toggle_night_mode
Hujjat 16.12.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
UMUMIY QISM
BIRINCHI BOʻLIM
UMUMIY QOIDALAR
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga asoslangan boʻlib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 15, 22 va 48-moddalari.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3, 14, 42, 43, 88 va 93-moddalari.
3-modda. Kodeksning prinsiplari
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 10-moddalari.
4-modda. Qonuniylik prinsipi
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
Hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobi (“Mahkumlarning huquqiy holati”).
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 1-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi, 7 va 99-moddalari.
7-modda. Insonparvarlik prinsipi
Jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerak.
Jazolashdan koʻzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”).
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 15-moddasi, V bobi, 54-moddasining ikkinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi.
9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining uchinchi boʻlimi (“Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar”).
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
II bob. Kodeksning amal qilish doirasi
11-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) Oʻzbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa;
b) Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa;
v) Oʻzbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududidan tashqarida yuz bergan boʻlsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan boʻlib, uning bir qismi Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa, Oʻzbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Oʻzbekiston bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston portida roʻyxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga tegishli boʻlmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun oʻsha davlat sudining hukmi bilan jazolangan boʻlmasalar, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushlab berilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 601-moddasi.
Chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
13-modda. Qonunning vaqt boʻyicha amal qilishi
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan boʻlsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, yaʼni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi.
IKKINCHI BOʻLIM
JAVOBGARLIK ASOSLARI
III bob. Jinoyat
14-modda. Jinoyat tushunchasi
Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 2-moddasining birinchi qismi.
15-modda. Jinoyatlarni tasniflash
Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 88 va 93-moddalari.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasining birinchi qismi.
IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar
17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn olti yoshga toʻlgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn uch yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etgunga qadar oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar ushbu Kodeks 97-moddasining birinchi qismi, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 122, 123, 127, 144, 146, 193 — 195, 205 — 210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.
18-modda. Aqli rasolik
Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va oʻz harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Ayb
20-modda. Aybning shakllari
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 va 22-moddalari.
21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan boʻlib, uni sodir etgan shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar toʻgʻri yoki egri qasddan sodir etilgan boʻlishi mumkin.
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishini istagan boʻlsa, bunday jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat
Oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.
23-modda. Murakkab aybli jinoyat
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bogʻlagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
24-modda. Aybsiz holda zarar yetkazish
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi.
VI bob. Tamom boʻlmagan jinoyat
25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir etilishi boshlangunga qadar toʻxtatilgan boʻlsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik koʻrish deb topiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
VII bob. Jinoyatda ishtirokchilik
27-modda. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
Jinoyatni bevosita toʻla yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga oʻz maslahatlari, koʻrsatmalari bilan, vositalar berish yoki toʻsiqlarni yoʻqotish bilan koʻmaklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 25-bandining beshinchi xatboshisi va 55-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining oltinchi xatboshisi hamda 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining uchinchi xatboshisi.
29-modda. Ishtirokchilikning shakllari
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda aʼzolari tayyorgarlik koʻrilishi yoki sodir etilishida oʻzlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan boʻlsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar boʻladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni oʻz vaqtida koʻrganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi.
31-modda. Jinoyatga daxldorlik
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan vaʼda bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni oldindan vaʼda bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi.
Oldindan vaʼda bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
VIII bob. Bir qancha jinoyat sodir etish
32-modda. Takroran jinoyat sodir etish
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 2 va 14-bandlari.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
33-modda. Jinoyatlar majmui
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan boʻlmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 3, 5, 6-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8, 11, 12, 13, 15-bandlari.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 27-bandi.
34-modda. Retsidiv jinoyat
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 16, 17, 18, 19-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, yaʼni:
a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qatʼi nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning ogʻir jinoyat sodir etishi oʻta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 21, 22, 26 va 27-bandlari.
Sudning hukmi bilan shaxs oʻta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi birinchi qismining 8-bandi, 468-moddasi birinchi qismining 3-bandi.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining oʻtib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 22, 24-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda oʻta xavfli retsidivist deb topilgan boʻlsagina qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
UCHINCHI BOʻLIM
QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR
IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari
35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud boʻlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gʻayriqonuniy yoki aybli boʻlmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi.
Quyidagi holatlar, yaʼni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsa-da, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
37-modda. Zaruriy mudofaa
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chogʻida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam soʻrab murojaat qilish yoxud tajovuzdan oʻzga yoʻsinda qutulish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir.
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qoʻzgʻatish zaruriy mudofaa deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
38-modda. Oxirgi zarurat
Oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni oʻsha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji boʻlmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin boʻlsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim boʻlgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik masalasi ushbu modda qoidalarini hisobga olgan holda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi.
Jinoiyligi oldindan ayon boʻlgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Gʻayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, u javobgarlikka tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qoʻyilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji boʻlmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni koʻrgan boʻlsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilishda koʻzlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin boʻlgan foydali natijadan koʻproq boʻlgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab boʻlmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok boʻlish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan boʻlsa, asosli deb topilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
TOʻRTINCHI BOʻLIM
JAZO VA UNI TAYINLASH
X bob. Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari
42-modda. Jazo tushunchasi va maqsadlari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.
43-modda. Jazo tizimi
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin:
a) jarima;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi.
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
v) axloq tuzatish ishlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
g) xizmat boʻyicha cheklash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi.
d) qamoq;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
e) intizomiy qismga joʻnatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi.
j) ozodlikdan mahrum qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi.
z) oʻlim jazosi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin.
44-modda. Jarima
Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Agar mahkum jazo tariqasida tayinlangan jarimani toʻlashdan uch oy mobaynida boʻyin tovlasa, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki qamoq tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda axloq tuzatish ishlari yoki xizmat boʻyicha cheklash jazosining har bir oyi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi. Qamoqning har bir oyi esa, eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45-modda. Muayyan huquqdan mahrum qilish
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida koʻrsatiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan boʻlsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish yoki qamoq jazosiga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan boʻlsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 6-bobi (“Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 41, 43-bandlari, 47-bandining birinchi xatboshisi, 51-bandining beshinchi xatboshisi, 561-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Axloq tuzatish ishlari
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat boʻlib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning oʻz ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, yosh bolasini boqish uchun taʼtilda boʻlgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami boʻlib oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-moddalari, 542-moddasining uchinchi qismi, 545-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 67-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18 — 23-bandlari.
47-modda. Xizmat boʻyicha cheklash
Xizmat boʻyicha cheklash — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi, praporshchik, michman va harbiy xizmatni kontrakt boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida koʻrsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul taʼminotining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha boʻlgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat boʻyicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish, qamoq yoki axloq tuzatish ishlari jazosi oʻrniga shu muddatga xizmat boʻyicha cheklash jazosini qoʻllashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni oʻtagan vaqt esa, uning koʻp yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos boʻladigan xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 25-bobi (“Xizmat boʻyicha cheklash va qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish”), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 293 va 294-bandlari.
48-modda. Qamoq
Qamoq — shaxsni batamom ajratgan sharoit ostida saqlashdan iborat boʻlib, bir oydan olti oygacha muddatga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Intizomiy qismga joʻnatish
Intizomiy qismga joʻnatish — muddatli harbiy xizmatchilarni sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 26-bobi (“Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazoni ijro etish”) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism toʻgʻrisida”gi nizom.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qilish olti oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qoʻshish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining toʻrtdan uch qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonunga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
Keyingi tahrirga qarang.
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Afv etilib, oʻlim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga:
a) oʻta xavfli retsidivistlarga;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV boʻlimi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 26 — 30-bandlari.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
51-modda. Oʻlim jazosi
Oldingi tahrirga qarang.
Otib oʻldirish tariqasidagi oʻlim jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻlim jazosi ayolga, oltmish yoshdan oshgan erkakka va oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
(51-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻlim jazosi afv etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 531-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 161-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining oʻninchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 41-bandining birinchi, uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
XI bob. Jazo tayinlash
54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilish, chin koʻngildan pushaymon boʻlish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) ogʻir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zoʻrlik, ogʻir haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
56-modda. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
d) oʻta shafqatsizlik bilan;
e) koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda;
j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
57-modda. Yengilroq jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni eʼtiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni eʼtiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qoʻllanilishi shart deb koʻrsatilgan qoʻshimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, yaʼni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 37 — 39, 42-bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
58-modda. Tamom boʻlmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash
Sud tamom boʻlmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning ogʻir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli boʻlgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining oʻziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining VII bobi (“Jinoyatda ishtirokchilik”), 55 va 56-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 51-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 52-bandi.
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 53-bandi.
(59-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻla yoki qisman qoʻshadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qoʻshimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qoʻshib tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 54 — 59-bandlari.
61-modda. Jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari
Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) qamoq yoki intizomiy qismga joʻnatishning bir kuniga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga toʻgʻri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, qamoq, xizmat boʻyicha cheklash, axloq tuzatish ishlari jazolari bilan qoʻshilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
62-modda. Dastlabki qamoq vaqtini hisobga olish qoidalari
Sud jazo tayinlash vaqtida dastlabki qamoqning har bir kunini:
a) qamoq, intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga tenglashtirib hisoblaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qoʻshish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
BESHINCHI BOʻLIM
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — uch yil;
b) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — besh yil;
v) ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — oʻn yil;
g) oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno) — oʻn besh yil oʻtib ketgan boʻlsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini boʻyniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning oʻtishi qaytadan tiklanadi.
Agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning oʻtishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari oʻtmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sodir etilgan jinoyat uchun ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida oʻlim jazosi tayinlash nazarda tutilgan boʻlsa, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, oʻlim jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
66-modda. Aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli keltirilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
661-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat),140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 185²-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(66¹-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-19-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son,385-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
(661-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining toʻrtinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs hukm chiqarilgunga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va oʻz harakatlarini boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining uchinchi qismi.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari
69-modda. Jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
v) oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn yil;
g) oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn besh yil ichida ijro etilmagan boʻlsa, mahkum asosiy va qoʻshimcha jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar koʻpayadi va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning oʻtishi uziladi. Bunday holda muddatlarning oʻtishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, jazoni ijro etish mumkin emas.
Oʻlim jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, oʻlim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyati uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 3-bandi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
71-modda. Aybdorni chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etganidan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan boʻlsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma aʼzosi boʻlgan shaxs, basharti, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa, shaxsan oʻzi yoki uning vakili hokimiyat organiga oʻz ixtiyori bilan kelib qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan boʻlsa va jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam bergan boʻlsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
72-modda. Shartli hukm qilish
Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, shartli hukm qoʻllashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʻlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʻqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda roʻyxatdan oʻtib turish, muayyan joylarda boʻlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʻlishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligi nazorat olib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining birinchi qismi, 32-bobi (“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat”).
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 535-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 30-bandining beshinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartli hukm oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
(72-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 31 — 361-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari.
73-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
Keyingi tahrirga qarang.
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(73-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) oʻlim jazosi afv etish tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan shaxsga;
Keyingi tahrirga qarang.
b) oʻta xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirgʻin qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan material va uskunalarni, giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(73-moddaning toʻrtinchi qismi “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
74-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish
Ozodlikdan mahrum etilgan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini;
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
Keyingi tahrirga qarang.
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(74-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini oʻtab boʻlganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilish
Shaxs hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqacha ogʻir kasallikka chalinib qolsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar oʻtib ketmagan boʻlsa, jazo ijro etiladi.
Intizomiy qismga joʻnatish yoxud xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sogʻligʻi harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. Xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar.
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash vaqtida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan boʻlsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 534-moddasi, 542-moddasining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 482 — 484-bandlari va “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1854, 09.09.2008-y.).
76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish
Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV bob. Sudlanganlik
77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XIII bobi (“Jazodan ozod qilishning turlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega boʻladi.
Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 78 va 79-moddalari.
Jazoni oʻtagan, ammo qonunning oʻzgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlinishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan boʻlsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6 va 7-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari.
Keyingi tahrirga qarang.
78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
b) xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
Keyingi tahrirga qarang.
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach;
g) qamoq jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach;
Keyingi tahrirga qarang.
d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach;
e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach;
j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 5-bandining birinchi xatboshisi, 7 — 11, 13-bandlari.
79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab boʻlganidan keyin unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilmagan boʻlsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni oʻtab chiqqan shaxsning oʻzi bergan iltimosnomasiga koʻra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab chiqqan shaxslar hamda oʻta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni oʻtab chiqqanidan keyin oʻn besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 544-moddasi.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 5-bandining beshinchi xatboshisi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 5, 7, 12, 13-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi yettinchi xatboshisi.
80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan boʻlsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrogʻi bilan almashtirilgan jazoning amalda oʻtab boʻlingan qismidan hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm boʻyicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan boʻlsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7 — 10-bandalri.
OLTINCHI BOʻLIM
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
XV bob. Jazo va uni tayinlash
81-modda. Jazo tizimi
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin:
a) jarima;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) axloq tuzatish ishlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 83-moddasi.
v) qamoq;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
g) ozodlikdan mahrum qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 85-moddasi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
82-modda. Jarima
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mahkum jarima toʻlashdan olti oy muddat mobaynida boʻyin tovlasa, sud toʻlanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtiradi. Bunda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi jarima axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
83-modda. Axloq tuzatish ishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻz ish joyida oʻtash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari.
(83-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, sud bu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
84-modda. Qamoq
Oldingi tahrirga qarang.
Qamoq bir oydan uch oygacha muddatga tayinlanadi.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn uch yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan:
Keyingi tahrirga qarang.
a) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — uch yilgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ogʻir jinoyat uchun — olti yilgacha;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan:
a) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun — toʻrt yilgacha;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ogʻir jinoyat uchun — yetti yilgacha;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hukm chiqarish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida oʻtash tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV boʻlimi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
(85-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(85-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(85-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
86-modda. Jazo tayinlash
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sogʻligʻini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”).
Oʻn uch yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddati oʻn yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn ikki yilgacha tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — oʻn ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish paytida oʻn uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati oʻn besh yildan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud boʻlsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9 va 10-bandlari.
XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
87-modda. Majburlov choralarini qoʻllagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qoʻllamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyada koʻrishga topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 564-moddasi.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-10-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan boʻlsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetmasa, sud jazo oʻrniga majburlov chorasi qoʻllash maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
88-modda. Majburlov choralari
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qoʻllaniladi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash;
b) oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni oʻz mablagʻi hisobidan yoki mehnati bilan toʻlash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oshib ketmagan boʻlsa qoʻllaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining uchinchi qismi va 34-bobi (“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash”).
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlish muddati va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
89-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va oʻqishga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi.
(89-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
90-modda. Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish
Oʻn sakkiz yoshga toʻlguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki oʻqishga halol munosabatda boʻlib kelayotgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtab boʻlinganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi oʻtab boʻlinganidan keyin ushbu Kodeksning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilishi mumkin.
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
YETTINCHI BOʻLIM
TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARI
XVII bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash
91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
Sud jazolash bilan bir qatorda alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yoʻliqqan shaxslarga nisbatan — davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga koʻmaklashuvchi sharoit yaratish uchun tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
92-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashning umumiy asoslari
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni oʻtash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va oʻz harakatlarini boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavfli deb topilsa, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3 va 4-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
93-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining turlari
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi:
a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish;
b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
v) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sogʻliqni tiklash maxsus boʻlimida majburiy davolanish;
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki boʻlinmasida majburiy davolanish.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
94-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlash
Majburiy ambulatoriya kuzatuvi va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish ruhiy kasalligi zoʻrayib ketayotganligini koʻrsatuvchi alomatlar boʻlmagan, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy kasallarga nisbatan, bunday kasallikning qaytarilmasligi va yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilmasligi uchun tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bogʻliq boʻlgan, umumiy asoslarda davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfliligi koʻproq salomatlikni tiklovchi choralarni koʻrishni talab qiladigan, ularni esa ixtiyoriy tartibda oʻtkazish mumkin boʻlmagan ruhiy kasallarga nisbatan umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sogʻliqni tiklash maxsus boʻlimida majburiy davolash tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki boʻlimda majburiy davolash oʻta ijtimoiy xavfli boʻlgan yoki oʻz xulqiga koʻra umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolanishining imkoni boʻlmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki boʻlimda ruhiy kasallar batamom ajratilgan holda saqlanadi va qoʻriqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
95-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, oʻzgartirish va bekor qilish
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, oʻzgartirish va bekor qilish masalasini ruhiy kasalliklar shifokorlari komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud hal qiladi.
Agar ruhiy kasalga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburiy davolash choralari qoʻllash zarurati boʻlmasa, shuningdek bu choralar bekor qilingan boʻlsa, sud uni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy taʼminot muassasalariga yuborish masalasini hal etish uchun sogʻliqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
96-modda. Alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi choralarni qoʻllash
Alkogolizm, giyovandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgani taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yoʻsindagi choralarni ham tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
MAXSUS QISM
BIRINCHI BOʻLIM
SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar
97-modda. Qasddan odam oʻldirish
Qasddan odam oʻldirish —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, yaʼni:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni;
v) aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
g) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda;
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
j) oʻta shafqatsizlik bilan;
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda;
i) tamagirlik niyatida;
k) milliy yoki irqiy adovat zamirida;
l) bezorilik oqibatida;
m) diniy taassublar zamirida;
n) kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
Keyingi tahrirga qarang.
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) oʻta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam oʻldirilishi —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5 va 24-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandining birinchi xatboshisi.
99-modda. Onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi
Onaning oʻz chaqalogʻini tugʻish vaqtida yoki tugʻilishi hamon qasddan oʻldirishi —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining ikkinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 39-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi.
102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish
Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam oʻldirish —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20 va 22-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish
Moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlmagan shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar
104-modda. Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sogʻligʻi buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
b) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
v) oʻta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
Keyingi tahrirga qarang.
k) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan;
v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
d) jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
105-modda. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) oʻta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
l) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining oʻlimiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlgan yoxud sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlar tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 6 va 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining birinchi xatboshisi.
107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 39-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari.
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
Sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud toʻrt oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
110-modda. Qiynash
Muttasil ravishda doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi.
111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish
Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ehtiyotsizlik orqasida badanga ogʻir shikast yetkazish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga oʻrtacha ogʻir yoki badanga ogʻir shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch oydan olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(111-modda uchinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi va 22-bandining birinchi xatboshisi.
III bob. Hayot yoki sogʻliq uchun xavfli jinoyatlar
112-modda. Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish
Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi.
113-modda. Tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish
Keyingi tahrirga qarang.
Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(113-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish —
Oldingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bila turib, boshqa shaxsni OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OITS kasalligini yuqtirish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(113-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort)
Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin boʻlmagan holda sunʼiy ravishda homila tushirish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sunʼiy ravishda homila tushirishga huquqi boʻlmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:
a) jabrlanuvchining oʻlishiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
115-modda. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash
Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sunʼiy tushirilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
116-modda. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 30-moddasining ikkinchi qismi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch oydan olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
117-modda. Xavf ostida qoldirish
Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlsa yoxud aybdorning oʻzi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qoʻygan va bu hol badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(117-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(117-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(117-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17, 18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 45-bandining ikkinchi xatboshisi.
IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar
118-modda. Nomusga tegish
Nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) oʻldirish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda;
b) yaqin qarindoshga nisbatan;
v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;
g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
d) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsning nomusiga tegish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(118-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
119-modda. Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish
Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) oʻldirish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) jabrlanuvchining oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda;
b) yaqin qarindoshiga nisbatan;
v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;
g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
d) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(119-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
120-modda. Besoqolbozlik
Besoqolbozlik, yaʼni erkakning erkak bilan zoʻrlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
121-modda. Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish
Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga majbur etish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib uch oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
123-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib uch oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
124-modda. Bolani almashtirib qoʻyish
Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qoʻyish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(124-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga koʻra farzandlikka olishni sir saqlashi shart boʻlgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 153-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida nizom”ning 6-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom”ning 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 18-bandining uchinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
126-modda. Koʻp xotinli boʻlish
Koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan vosita va moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 188-moddasi.
Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol etishga jalb qilish —
Keyingi tahrirga qarang.
uch oydan olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bogʻliq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, talabalar oʻquv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
128-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
Shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
129-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish
Shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda, unga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
130-modda. Pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish
Namoyish qilish yoki tarqatish maqsadida pornografik narsalarni tayyorlash, shuningdek ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida namoyish qilish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(130-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
131-modda. Fohishaxona saqlash yoki qoʻshmachilik qilish
Fohishaxona ochish yoki saqlash, shuningdek gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qoʻshmachilik qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(131-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan sodir qilingan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
132-modda. Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish
Davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 64-moddasi.
Davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
133-modda. Inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish
Keyingi tahrirga qarang.
Shaxs tirikligida uning roziligini olmasdan turib yoki oʻlganidan keyin yaqin qarindoshlarining roziligisiz ilmiy ishlar yoxud taʼlim ishlari uchun transplantatsiya qilish yoki buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) maqsadida murdaning aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
134-modda. Qabrni tahqirlash
Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
VI bob. Shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
135-modda. Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash
Shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun aldash yoʻli bilan odam yollash —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(135-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat bunday shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 53-moddalari.
137-modda. Odam oʻgʻrilash
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
138-modda. Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) jismoniy azob berib;
b) hayot yoki sogʻliq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
139-modda. Tuhmat
Tuhmat qilish, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(139-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(139-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tuhmat:
a) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab;
b) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(139-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
140-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 41-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(140-moddaning uchinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(141-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy bostirib kirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 18-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari.
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
144-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Murojaat koʻrib chiqilishini asossiz rad etish, murojaatni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, asossiz, qonunga zid qaror qabul qilish yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini fuqarolarning huquqlari yoki fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan holda buzish —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Fuqaroni davlat organiga, korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasiga murojaat qilganligi yoki murojaatda bayon etilgan tanqid, shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan taʼqib qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
145-modda. Vijdon erkinligini buzish
Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni oʻtkazishga toʻsqinlik qilish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning shaʼni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy taʼlim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bogʻliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-699-son Qonuni.
146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab notoʻgʻri hisoblash —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi.
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish
Fuqarolarning deputat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36 va 128-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi.
148-modda. Mehnat qilish huquqini buzish
Bila turib, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish yoki ishga tiklash toʻgʻrisidagi sud qarorini bajarmaslik, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
Ayolni homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 119-modasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish
Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular rasman roʻyxatdan oʻtkazilgunga yoki eʼlon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IKKINCHI BOʻLIM
TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR
VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
150-modda. Urushni targʻib qilish
Urushni targʻib qilish, yaʼni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar, gʻoyalar yoki chaqiriqlar tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(150-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
151-modda. Agressiya
Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek shu harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish
Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(152-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
153-modda. Genotsid
Genotsid, yaʼni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek, bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq berish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(153-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
154-modda. Yollanish
Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan 1541-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
155-modda. Terrorizm
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qoʻrqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zoʻrlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugʻdiruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini taʼminlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat —
Keyingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga toʻsqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.
(155-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(155-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining 2, 28, 29-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1843-moddasi,Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandi.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuygʻularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda;
b) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda;
v) fuqarolarni doimiy yashash joyidan zoʻrlik ishlatib koʻchirgan holda;
g) masʼul mansabdor shaxs tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
(156-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
IX bob. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
157-modda. Davlatga xoinlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish —
(157-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻzining bunday hamkorligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi, oʻz qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(158-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(158-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi qismi.
159-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
(159-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zoʻravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining Oʻzbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlagan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hokimiyatni bosib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini agʻdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Fitna toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, koʻrilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasining uchinchi qismi.
160-modda. Josuslik
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi —
(160-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(160-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, oʻziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda oʻz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oʻzining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgan va qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga maʼlum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
161-modda. Qoʻporuvchilik
Qoʻporuvchilik, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(161-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 54-bandi.
162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish
Davlat sirlarini oshkor qilish yoki oʻzgaga berish, yaʼni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarning, bu maʼlumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari boʻlmasa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks VIII boʻlimining oʻninchi xatboshisi (“Atamalarning huquqiy maʼnosi”), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi.
Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotish
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi maʼlumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yoʻqotilishi, basharti, bu yoʻqotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
UCHINCHI BOʻLIM
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR
X bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish
164-modda. Bosqinchilik
Oldingi tahrirga qarang.
Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
(164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4 — 9 va 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari.
165-modda. Tovlamachilik
Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(165-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tovlamachilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(165-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Tovlamachilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(165-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining uchinchi xatboshisi.
166-modda. Talonchilik
Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Talonchilik:
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
(166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Talonchilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib;
v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Talonchilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 6 va 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
167-modda. Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(167-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, 8 — 20-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 3 — 5-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, 28-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
168-modda. Firibgarlik
Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Firibgarlik:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Firibgarlik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(168-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
169-modda. Oʻgʻrilik
Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻgʻrilik:
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻgʻrilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;
Keyingi tahrirga qarang.
v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻgʻrilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 2, 5, 8, 9, 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi, 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
XI bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar
170-modda. Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish
Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari boʻlmasa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(170-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda qamoq tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(170-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
171-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish
Mulkning jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib, uni oldindan vaʼda qilmagan holda olish yoki oʻtkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(171-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(171-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(171-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
172-modda. Mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish
Shaxsning mulkni qoʻriqlash yuzasidan oʻz vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari boʻlmasa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(173-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 54-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
174-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
Axborotlashtirish qoidalarini buzish, yaʼni axborot tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsati boʻlgani holda tegishli himoya choralarini koʻrmaslik yoki axborotlar tarmogʻidan qonunga xilof ravishda axborotlar olish, shuningdek, axborotlashtirish tizimidan foydalanishga ruxsati boʻlgan holda undagi maʼlumotlarni qasddan oʻzgartirish, yoʻqotish, olib tashlash yoki yoʻq qilib yuborish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(174-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Kompyuter tizimlarida saqlanayotgan maʼlumotlar yoki dasturlarni oʻzgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish, shuningdek, ruxsati boʻlmagani holda axborot tizimidan foydalanish maʼlumotlarning buzilishi, olib tashlanishi, yoʻq qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch oydan olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(174-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
175-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish
Davlat organining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilotning, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish respublika manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(175-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(175-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda qamoq va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(175-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi va 18-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish
(176-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish —
(176-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
177-modda. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda ancha miqdorda valyuta qimmatliklarini olishi yoki oʻtkazishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa —
(177-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(177-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 170-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(177-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
178-modda. Chet el valyutasini yashirish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) gʻarazgoʻylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 12-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
179-modda. Soxta tadbirkorlik
Soxta tadbirkorlik, yaʼni ustavida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(179-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
180-modda. Soxta bankrotlik
Keyingi tahrirga qarang.
Soxta bankrotlik, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(180-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(180-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
181-modda. Bankrotlikni yashirish
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoʻli bilan iqtisodiy jihatdan oʻzining toʻlovga qodirligining yoʻqotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(181-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(182-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 22716, 22719, 22720, 22721-moddalari, 22722-moddasining birinchi qismi.
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish:
Keyingi tahrirga qarang.
a) juda koʻp miqdorda;
b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
(182-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
183-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organga axborotlar bermaslik yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni bila turib, taqdim qilish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Monopoliyaga qarshi faoliyat olib borish vakolati berilgan organning qonun-qoidalarni buzishni toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki ularni oʻz vaqtida bajarmaganlik, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
184-modda. Soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Oldingi tahrirga qarang.
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yigʻimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, —
(184-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash:
a) takroran;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliq yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(184-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1841-modda. Budjet intizomini buzish
Budjet intizomini buzish, yaʼni budjet mablagʻlarini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar toʻlovi uchun pul mablagʻlari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
(1841-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga asosan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
1851-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(1851-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoxud issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(1852-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-19-sonli Qonuni bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 385-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
XIII bob. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
186-modda. Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(186-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
(1861-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1861-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1861-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1861-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(1861-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(187-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan chiqarildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
188-modda. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8, 11 — 13-bandlari.
(188-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
189-modda. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish
Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish:
a) xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 188 yoki 190-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalari va “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish” qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldashi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” II-boʻlimi 1-bobining 1 va 6-paragraflari (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish” qoidalari (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish” qoidalari (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.).
190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish
Litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(190-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 165, 1763-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanish:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(190-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda toʻplash —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(191-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 33-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
192-modda. Raqobatchini obroʻsizlantirish
Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
TOʻRTINCHI BOʻLIM
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining aʼzolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning oʻlimi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy taʼsir qiladigan darajada atrof muhitning oʻzgarib ketishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(193-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 80-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 48 va 49-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasining ikkinchi qismi, 21, 28, 29-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish yoki buzib koʻrsatish
Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sogʻligʻi, tirik tabiat uchun xavfli boʻlgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir maʼlumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(194-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(194-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 9-bandi.
195-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini koʻrmaslik
Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini koʻrishdan boʻyin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(195-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(195-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(196-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(196-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 79-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 90-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
197-modda. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish
Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 40, 79 va 90-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 va 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-bobi.
Keyingi tahrirga qarang.
198-modda. Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(198-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
199-modda. Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish
Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasining oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi.
200-modda. Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizootiya) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Yangi tahriri).
201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish
Xoʻjalik faoliyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻit, oʻsish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining toʻrtinchi qismi.
202-modda. Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
Ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud oʻsimliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yigʻish yoki tayyorlash, shuningdek maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va oʻsimlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar:
a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va oʻsimlik dunyosining Qizil kitobga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qoʻllagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
e) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(202-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼulumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi va “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
204-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
BESHINCHI BOʻLIM
HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar
205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz mansab vakolatidan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish
Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(207-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar:
a) odam oʻlishiga;
b) giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarning koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13 va 16-bandlari.
(207-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-10-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
208-modda. Hokimiyat harakatsizligi
Hokimiyat harakatsizligi, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, shuningdek, bunday harakatsizlik jinoyatga yoʻl qoʻygan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(208-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
209-modda. Mansab soxtakorligi
Mansab soxtakorligi, yaʼni mansabdor shaxsning gʻarazgoʻylik yoki boshqa manfaatlarni koʻzlab, rasmiy hujjatlarga bila turib, soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
210-modda. Pora olish
Pora olish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf koʻrishi —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) tamagirlik yoʻli bilan;
g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Pora olish:
a) juda koʻp miqdorda;
b) masʼul mansabdor shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi.
211-modda. Pora berish
Pora berish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(211-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Pora berish:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(211-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish
Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek, manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(212-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish bilan;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
g) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(212-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
213-modda. Xizmatchini pora evaziga ogʻdirish
Xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, yaʼni davlat organining, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa yoki tashkilotning, jamoat birlashmasining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi boʻlmagan xizmatchisiga oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, ancha miqdorda moddiy haq berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Davlat organining, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa yoki tashkilotning, jamoat birlashmasining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi boʻlmagan xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni oʻziga ogʻdirayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, ancha miqdorda moddiy haq olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(213-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210—212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(213-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
214-modda. Tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish
Tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish, yaʼni davlat organining, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxona, muassasa yoki tashkilotning, jamoat birlashmasining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxs boʻlmagan xizmatchisining xizmat vazifasi doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi yoki xizmat koʻrsatishi evaziga haq berishni yoki mulkiy yoʻsindagi manfaatni talab qilishi, shuningdek, shaxsni qasddan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishining oldini olish uchun haq berishga majbur etadigan ahvolga solib qoʻyish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish —
(216-moddaning nomi va dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi va 2-bobi (“Jamoat birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining toʻxtatilishi”), Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining III (“Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tartibi”) va IV boʻlimlari (“Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi”), Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16 va 17-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
2161-modda. Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash
Oʻzbekiston Respublikasida gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(2161-moddaning nomi va dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2021-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2162-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 240-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddaning uchinchi qismi, 7-modaning beshinchi qismi, .
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 240-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi.
217-modda. Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish
Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud oʻtkazish tartibini ularning tashkilotchisi tomonidan buzish shunday harakatlari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(217-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 201-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(217-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 201-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish” qoidalari.
218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish
Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
uch oydan olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki maʼmuriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) oʻta xavfli retsidivist;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni oʻtayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmasligi yoxud maʼmuriyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yoʻsinda toʻsqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni oʻtash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan keyin sodir etilsa, —
(221-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(222-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Qochish:
a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan oʻtish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(223-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-70-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 498-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) chegarani yorib oʻtish yoʻli bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
224-modda. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, yaʼni Oʻzbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiska, koʻchish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, boʻlish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda oʻtish tartibiga rioya qilmasligi, agar shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(224-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(224-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-70-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 498-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qilish tartibining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, ana shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(224-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-70-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 498-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 225-moddasining ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni xususiy ish bilan Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan fuqaro tomonidan mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu yerda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga doir choralar koʻrilmasligi, shuningdek uy-joy, transport vositalari berib qoʻyilishi yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatilishi, agar bu Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarining buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlib, ana shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(224-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
(224-moddaning uchinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-70-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 498-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari” qoidalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan uzrli sababsiz boʻyin tovlashi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 237-moddasining birinchi qismi.
Oʻsha harakatlar:
a) oʻz badaniga shikast yetkazish;
b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik boʻyicha chaqiruvdan boʻyin tovlashi —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi.
(225-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
226-modda. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish
Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 206-moddasi.
Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish:
a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish;
b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, shuningdek, ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa, —
(227-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish
Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(228-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(228-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(228-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
2281-modda. Davlat proba tamgʻalarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2281-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2281-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-bobi.
Keyingi tahrirga qarang.
229-modda. Oʻzboshimchalik
Oʻzboshimchalik, yaʼni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
2291-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, agar xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(2291-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2292-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 241-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasining toʻrtinchi — oltinchi qismlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon boʻlgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat ogʻir yoki oʻta ogʻir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14, 15-moddalari va 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22 va 23-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish
Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 11, 455-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 253-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 179-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 3, 8-moddalari.
232-modda. Sud qarorini bajarmaslik
Mansabdor shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga toʻsqinlik qilishi —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, yaʼni band solingan yoxud garovga qoʻyilgan mulkni ishonib topshirib qoʻyilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(233-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(233-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, yaʼni surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega boʻlmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-bobi (“Ushlab turish”).
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 222, 242-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, yaʼni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud jazoni oʻtayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro etish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy yoki jismoniy taʼsir koʻrsatish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar:
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoki shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(235-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni ishni har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining beshinchi qismi.
237-modda. Yolgʻon xabar berish
Yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon xabar berish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) gʻarazgoʻylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 324-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
238-modda. Yolgʻon guvohlik berish
Yolgʻon guvohlik berish, yaʼni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoki ishni sudda koʻrish vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib, yolgʻon koʻrsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berishi, shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda koʻrish vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining yolgʻon koʻrsatuv berishi yoki ekspertning yolgʻon xulosa berishi yoxud tarjimonni notoʻgʻri tarjima qilishi uchun pora evaziga ogʻdirib olish, shuningdek, ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy yoki jismoniy tazyiq oʻtkazish orqali yolgʻon koʻrsatuv berishga majbur qilish —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
239-modda. Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 68-moddasining toʻrtinchi qismi, 70-moddasining ikkinchi qismi, 72-moddasining ikkinchi qismi, 74-moddasining ikkinchi qismi, 271-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi, 353-moddasi.
240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining oʻz zimmasidagi vazifani bajarishdan boʻyin tovlashi
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan boʻyin tovlashi —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 55-moddasining toʻrtinchi qismi, 66-moddasining toʻrtinchi qismi, 68-moddasining toʻrtinchi qismi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik koʻrsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun javobgarlikka tortilmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni oldindan vaʼda bermasdan yashirish —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
OLTINCHI BOʻLIM
JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
Keyingi tahrirga qarang.
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish
Jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining beshinchi qismi.
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (legallashtirish)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish, yaʼni jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish, shuningdek, jinoiy faoliyat natijasida olingan mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, tashilish usulini, mulkga nisbatan haqiqiy egalik huquqining yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoki sir saqlash —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(243-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
244-modda. Ommaviy tartibsizliklar
Keyingi tahrirga qarang.
Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qoʻrqitib shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish
Keyingi tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244¹-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244¹-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-18-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 384-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2441-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga asosan 2441-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2442-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar — ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2442-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga asosan 2442-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining beshinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
2443-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuniga asosan 2443-modda bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish
Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar boʻlmasa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
246-modda. Kontrabanda
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni, shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish —
(246-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalarni, shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda kontrabanda qilish —
(246-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
247-modda. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(247-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoxud mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik;
d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(247-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) bosqinchilik yoʻli bilan;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(247-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
248-modda. Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Tegishli ruxsatnomasiz oʻqotar qurol, shuningdek oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib oʻtish yoki joʻnatish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
(248-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Keyingi tahrirga qarang.
249-modda. Oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash
Oʻqotar qurol yoki unga moʻljallangan oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
250-modda. Portlash xavfi boʻlgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Portlovchi, tez alangalanuvchi, oʻyuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami: 1491, 08.07.2005-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1492, 08.07.2005-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1493, 08.07.2005-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
251-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik yoʻli bilan;
d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(251-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) bosqinchilik yoʻli bilan;
b) koʻp miqdorda;
v) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(251-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2511-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoxud joʻnatish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning oʻgʻirlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qarori bilan tasdiqlangan Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuniga asosan 2511-modda bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash —
Oldingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Keyingi tahrirga qarang.
253-modda. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish
Radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish va ular bilan muomalada boʻlishning boshqa qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(253-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(253-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish” qoidalari.
254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish
Radioaktiv materiallarga, yaʼni qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa koʻrinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalarga, radioaktiv modda yoki yadro materiallariga qonunga xilof ravishda ega boʻlish, ularni saqlash, ulardan foydalanish, ularni birovga oʻtkazish yoki buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish” qoidalari.
255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Yadro energiyasi bilan bogʻliq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
2551-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2551-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2551-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga asosan 2551-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
257-modda. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20-bobi (“Mehnatni muhofaza qilish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
2571-modda. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga asosan 2571-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
258-modda. Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish
Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(258-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(258-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
259-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish
Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(259-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(259-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
260-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
261-modda. Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish
Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning mast holatdagi yoki giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsni temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
262-modda. Transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish
Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz taʼmirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(262-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 37 va 38-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament va Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 180-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
263-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yoʻllarini yaroqsiz holatga keltirish
Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transporti vositalari, aloqa yoʻllari, ulardagi inshootlar, signalizatsiya qurilmalari, aloqa yoki boshqa transport uskunalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoxud ularni boshqa usulda foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 3-ilovasi.
Keyingi tahrirga qarang.
264-modda. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish
Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish
Ruxsatnomada koʻrsatilgan uchish yoʻnalishiga, qoʻnish joylariga, havo darvozalariga, uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksining IX bobi (“Xalqaro parvozlar”).
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”.
267-modda. Transport vositasini olib qochish
Transport vositasini olib qochish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
Keyingi tahrirga qarang.
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish
Yoʻlovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yoʻl harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”.
269-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash qoidalarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni qoʻriqlash qoidalarini buzish, yaʼni avtomobil yoʻllarida va shu yoʻllar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti kommunikatsiyalari oʻtkazish, ularni taʼmirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va muddatlariga rioya qilmaslik, oʻzboshimchalik bilan arklar, toʻsiqlar, shlagbaumlar yoki boshqa inshootlar oʻrnatish, yoʻllarga material va boshqa narsalarni uyub qoʻyish, yoʻl ustini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) odamlarning oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Avtomobil yoʻllaridan foydalanish), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish qoidalari”..
XIX bob. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish
Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻrtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) katta ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(270-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 16-bandlari.
271-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash
Keyingi tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik yoʻli bilan;
d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib;
e) tamagirlik yoʻli bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(272-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
273-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
Keyingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;
g) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, studentlar oʻquv, sport va jamoat tadbirlarini oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda beshinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining uchinchi xatboshisi, 21 — 28-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
(273-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
274-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish
Keyingi tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylarida;
v) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
275-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunining II (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat”), III (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish shartlari”), IV boʻlimlari (“Giyohvandlik vositalari. psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish”) va “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami: 3604, 27.01.2025-y.).
276-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar
Keyingi tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʻnatish —
Keyingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar:
a) koʻp miqdorda;
b) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 19-bandining toʻrtinchi xatboshiisi, 34-bandining uchinchi xatboshiisi.
Keyingi tahrirga qarang.
XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar
277-modda. Bezorilik
Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bezorilik:
a) badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazib:
b) bir guruh shaxslar tomonidan;
v) sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab;
g) oʻz mazmuniga koʻra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʻtaketgan behayolik bilan;
d) yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab;
Keyingi tahrirga qarang.
e) koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bezorilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) oʻqotar qurolni namoyish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki qoʻllab;
v) ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda;
g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandining “a” kichik bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
278-modda. Qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash
Qonunga xilof ravishda qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(278-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
YETTINCHI BOʻLIM
HARBIY XIZMATNI OʻTASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
XXI bob. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar
279-modda. Boʻysunmaslik
Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
280-modda. Buyruqni bajarmaslik
Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish
Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 20-bandi.
282-modda. Boshliqni qoʻrqitish
Jangovar vaziyatda boshliqni oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 22-bandi.
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oʻz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Badanga ogʻir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 23-bandi.
284-modda. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi
Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini, shuningdek, boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
(284-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi, 24-bandi.
285-modda. Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish
Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, yaʼni muntazam xoʻrlash, azob berish, sogʻliqning buzilishiga sabab boʻlgan badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
olti oygacha qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa;
v) badanga ogʻir shikast yetkazilishga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odamlarning oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(285-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
286-modda. Marodyorlik
Marodyorlik, yaʼni halok boʻlganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXII bob. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin oʻn kecha-kunduzdan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyida hozir boʻlmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs, praporshchik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan oʻn kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi —
Keyingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, muddatidan qatʼi nazar, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bobi.
288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs, praporshchik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 34-bandi.
289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish yoʻli bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan boʻyin tovlash
Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish, yaʼni harbiy xizmatchining oʻz badaniga biron shikast yetkazish yoʻli bilan, shuningdek, oʻzini yolgʻondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 35-bandi.
291-modda. Qorovul xizmatini oʻtash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud uch oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) badanga ogʻir shikast yetkazilishiga;
b) odam oʻlishiga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
292-modda. Ichki xizmatni oʻtash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
293-modda. Jangovar navbatchilikni oʻtash qoidalarini buzish
Jangovar navbatchilikni oʻtash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoʻriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish Oʻzbekiston Respublikasiga toʻsatdan qilingan hujumni oʻz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
294-modda. Chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish
Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch oygacha qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bobi.
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar
295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish
Harbiy mulkni behuda sarflash, yaʼni muddatli xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan oʻzi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qoʻyishi —
Keyingi tahrirga qarang.
olti oygacha qamoq yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, texnika taʼminoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yoʻqotish yoki ishdan chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 52-53-bandlari.
296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish
Qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 53-54-bandlari.
297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga;
b) ogʻir shikast yetkazilishiga;
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 41-bandi.
298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga;
b) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish
Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 48, 50-bandlari.
300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish
Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari
301-modda. Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmishlar badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib, sodir etilgan boʻlsa, —
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oʻsha qilmishlar:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining V bob, 59-bandi.
302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(302-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining V bob, 60-bandi.
SAKKIZINCHI BOʻLIM
ATAMALARNING HUQUQIY MAʼNOSI
Oldingi tahrirga qarang.
Ancha miqdor‎

—‎

eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdor. ‎

(sakkizinchi boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ancha miqdordagi zarar

—‎

eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar. ‎
(sakkizinchi boʻlimning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa huquqiy taʼsir chorasi

—‎

jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan majburlov choralari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari).

Valyuta operatsiyalari

—‎

valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidan toʻlov vositasi sifatida foydalanish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan Oʻzbekiston Respublikasiga keltirish va joʻnatish, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va joʻnatish; xalqaro miqyosda pul oʻtkazish operatsiyalari.

Keyingi tahrirga qarang.
Valyuta qimmatliklari

—‎

chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan toʻlanadigan toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday koʻrinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari bundan mustasnodir.

Keyingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari

—‎

“Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida”gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Roʻyxatlariga kiritilgan tabiiy yoki sunʼiy tayyorlangan har qanday giyohvandlik vositalari, “1961-yilgi “Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisida”gi Yagona Konvensiyaga tuzatishlar haqida”gi 1972-yilgi Protokolga asosan kiritilgan tuzatishlar bilan birga.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor

—‎

tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor

—‎

tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat siri

—‎

oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy taʼsir etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar.

Davlat sirlari

—‎

davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan cheklab qoʻyilgan oʻta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa maʼlumotlardir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga boʻlinadi.

Oldingi tahrirga qarang.
Juda koʻp zarar

—‎

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Juda koʻp miqdor

—‎

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Katta ekin maydoni

—‎

1000 kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan ekin maydoni

Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp boʻlmagan zarar

—‎

eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha boʻlgan zarar.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp miqdor

—‎

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdor.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp miqdordagi zarar

—‎

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻpchilik uchun xavfli usul

—‎

oʻt qoʻyish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok boʻlishi yoki koʻp miqdorda zarar yetkazish xavfini tugʻdiradigan boshqa usullar.

Mansabdor shaxs

—‎

tashkiliy-boshqaruv yoki maʼmuriy-xoʻjalik vakolatlari berilgan va masʼul mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs.

Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul mansabdor shaxs

—‎

1) hokimiyat vakillari;
‎2) davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash boʻyicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliy boshqaruv yoxud maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarish bilan bogʻliq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar;
‎3) mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari;
‎4) ikkinchi bandda nazarda tutilgan vazifalarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida bajarish bilan bogʻliq mansablarni egallovchi shaxslar.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldindan ayon boʻlish

—‎

qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi.

Oldindan til biriktirish

—‎

jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish toʻgʻrisida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish.
Prekursorlar

—‎

BMTning “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi 1988-yilgi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har qanday modda.

Keyingi tahrirga qarang.
Poraxoʻrlik

—‎

pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish.

Keyingi tahrirga qarang.
Psixotrop modda

—‎

BMTning “Psixotrop moddalar haqida”gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Roʻyxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tamom boʻlgan jinoyat

—‎

muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini oʻz ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish.

Tamom boʻlmagan jinoyat

—‎

shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs

—‎

biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega boʻlmagan jismoniy shaxs.

Oldingi tahrirga qarang.
(sakkizinchi boʻlimning 28, 29, 30-xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xizmat siri

—‎

oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir maʼlumotlar.

Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt

—‎

mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar.
Chet el valyutasi

—‎

1) tegishli chet el davlatining muomalasida boʻlgan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin Oʻzbekiston Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim boʻlgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi;
‎2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi schyotlar va omonatlardagi mablagʻlar.

Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi

—‎

biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega boʻlgan shaxs.

Yaqin qarindoshlar

—‎

qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari.

Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi

—‎

qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega boʻlgan shaxs.

Oʻrtacha kattalikdagi ekin maydoni

—‎

250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha boʻlgan ekin maydoni.
Qilmish

—‎

harakat yoki harakatsizlik.
Keyingi tahrirga qarang.
Gʻarazgoʻylik niyatlari

—‎

sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yoʻsindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat.

Harakat

—‎

shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va faol xulq-atvori.
Harakatsizlik

—‎

shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori.

Harbiy jinoyatlar

—‎

harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni oʻtash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar.

Harbiy sir

—‎

oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harbiy yoʻsindagi maʼlumotlar.

Hokimiyat vakili

—‎

davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs.

Hujjat

—‎

huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud boʻlgan yozma hujjat.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2005-y., 39-son, 294-modda, 52-son, 384-modda, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda, 51-52-son, 498-modda; 2007-y., 14-son, 134-modda, 17-18-son, 171-modda, 37-38-son, 377-modda, 39-son, 401-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 94-modda, 16-son, 116-modda, 117-modda, 28-son, 263-modda, 37-38-son, 366-modda, 39-son, 390-modda, 391-modda, 52-son, 513-modda, 514-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 171-modda, 37-son, 402-modda, 38-son, 414, 415-moddalar, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2010-y., 20-son, 147-modda, 21-son, 161-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 482-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2012-y., 15-son, 166-modda, 37-son, 423-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda, 32-son, 425-modda, 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son; 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son; 30.03.2021-y., 03/21/679/0256-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son; 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son; 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son; 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son; 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son; 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son; 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 16.03.2024-y., 03/24/921/0219-son; 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son; 05.09.2024-y., 03/24/953/0683-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 05.10.2024-y., 03/24/971/0777-son; 08.10.2024-y., 03/24/972/0785-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 28.10.2024-y., 03/24/984/0860-son; 04.11.2024-y., 03/24/988/0885-son; 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son; 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son; 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son; 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son; 27.03.2025-y., 03/25/1051/0278-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 20.05.2025-y., 03/25/1065/0453-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son; 24.10.2025-y., 03/25/1092/0976-son; 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son; 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son; 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son; 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son; 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son; 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son; 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son; 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son; 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)