Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-sentabr,
269-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida
NIZOM
I. Vasiylik va homiylik organlari
1. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini, ularning vazifalari hamda vasiylikni va homiylikni belgilash, amalga oshirish va toʻxtatish tartibini belgilaydi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
2. Vasiylik va homiylik faoliyati:
a) voyaga yetmaganlarga nisbatan — tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari tomonidan;
b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga nisbatan, shuningdek, sogʻligining holatiga koʻra homiy tayinlashga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
3. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari zimmasiga yuklanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
4. Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Vasiylik va homiylik organlarining vakolatlari, ularning vazifalari
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
5. Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari vasiylik va homiylik sohasida oʻz vakolatlari doirasida.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadilar;
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadi, shuningdek, davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadilar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
yetim bolalarning va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulkining but saqlanishini taʼminlaydilar;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam koʻrsatadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻgʻrisida, vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadilar;
bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid paydo boʻlgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan olib qoʻyish choralarini koʻradilar;
davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balogʻatga yetmaganlarning hisobini olib boradilar va hujjatlarini tayyorlaydilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.04.00 Ota-onalar huquq va majburiyatlari]
ota-onalar va bolalar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydilar;
belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash toʻgʻrisida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda ishtirok etadilar;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadilar;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar.
Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
6. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari oʻz vakolatlari doirasida:
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlaydilar hamda ularning hisobini yuritadilar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar hamda sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadilar, maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek, davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadilar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar hamda sogʻligʻi holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydilar;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni esa homiylikka joylashtirilishini taʼminlaydilar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam koʻrsatadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻgʻrisida, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladilar, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha maslahatlar beradilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadilar va ular yuzasidan chora-tadbirlar koʻradilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan qabul qilingan hokim qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qiladilar.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
8. Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar hamda amalga oshiradilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradilar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadilar hamda amalga oshiradilar;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
9. Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylik yoki homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladilar. Mazkur qarorlar vasiylik va homiylik organlari tomonidan manfaatdor tashkilot va shaxslarga yuboriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
10. Vasiylik va homiylik organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
11. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatiga rahbarlikni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
3. Vasiylik va homiylik organlarining alohida funksiyalari
1-§. Sudlar tomonidan bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda vasiylik va homiylik organlarining ishtiroki
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
12. Oila kodeksining 88-moddasiga muvofiq, sud tomonidan bolalar tarbiyasi toʻgʻrisidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim daʼvo taqdim qilganligidan qatʼi nazar, vasiylik va homiylik organi ishda qatnashishga jalb qilinishi kerak.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
13. Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni oʻz tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxsning (shaxslarning) turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazish va tekshirish dalolatnomasini hamda unga asoslangan nizo mohiyati boʻyicha xulosani sudga taqdim qilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
14. Oila kodeksining 87-moddasiga muvofiq bolaning hayotiga yoki uning sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻilganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qoʻyishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olib qoʻyish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
15. Bola olib qoʻyilganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorni xabardor qilishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolani olib qoʻyish haqidagi dalolatnomasi chiqarilgandan keyin yetti kun mobaynida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqlarini cheklash haqida sudga daʼvo bilan murojaat etishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
16. Bolani olib qoʻyish va uni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sudning qarorlarini majburiy tartibda ijro etish vasiylik va homiylik organi va bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs (shaxslar)ning majburiy ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Oila kodeksining 196-moddasiga muvofiq, bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi bitimlarni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.
2-§. Vasiylik va homiylik organlarining tugʻilishni qayd qilishdagi vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
17. Tugʻilishni qayd qilishda bolaning otasi va onasi haqidagi maʼlumotlar boʻlmagan hollarda ota va ona haqidagi yozuvlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga va mazkur Nizomga binoan vasiylik va homiylik organi koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
18. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi.
Agar ota-onalar turli familiyalarda boʻlsa, unda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga ulardan birining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga koʻra bolaga ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga koʻra ota yoki ona tomonidan boboning ismi boʻyicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona oʻrtasidagi bolaning ismi va (yoki) familiyasiga doir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
19. Ota-onasining oʻrtasida nikohdan ajralishi yoki nikohning haqiqiy emas deb topilishi bolaning familiyasi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. Agar ajralishdan, nikoh haqiqiy emas deb topilganidan keyin yoki ota-onadan biri otalik yoki onalik huquqidan mahrum etilganidan soʻng bolani oʻz tarbiyasiga olgan ota yoki ona unga oʻz familiyasini berishni xohlasa, bu masala vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi.
3-§. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan bolalar tarbiyasi va ular bilan koʻrishib turish toʻgʻrisidagi masalalarning hal etilishi
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
20. Bolalar tarbiyasi va taʼlimiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan ularning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hal etiladi. Ota-ona oʻrtasidagi bolaning tarbiyasi va taʼlimiga doir kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan hal etiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
21. Ota-onalar boladan alohida yashaydigan ota-ona tomonidan ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
22. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
Ota-onalar (ulardan biri) bolaning yaqin qarindoshlarga u bilan koʻrishib turishni rad etgan hollarda, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday koʻrishib turishlarga toʻsqinlik qilmaslik majburiyatini yuklashi mumkin.
4-§ Vasiylik va homiylik organlarining bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish(patronat) bilan bogʻliq masalalardagi vakolatlari
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
23. Vasiylik va homiylik organlari bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish (patronat) bilan bogʻliq masalalardagi vakolatlari doirasida:
bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama oʻrganadi va oʻrganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning, farzandlikka olgan va farzandlikka olinganlarning hisobini yuritadi, farzandlikka olish sirining saqlanishini taʼminlaydi;
tuman, shahar sudiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi va sud jarayonida ishtirok etadi;
farzandlikka olishni bekor qilish uchun sudga belgilangan tartibda hujjatlar tayyorlaydi;
bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat)ga olishni istagan shaxslarning hisobini yuritadi;
bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida bitim tuzadi va uni bekor qiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
24. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
25. 10 yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
26. Agar bola vasiylik yoki homiylikda boʻlsa va uni farzandlikka olish uchun ota-ona roziligi talab qilinmasa, farzandlikka olish vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
27. Vasiylik va homiylik organi Oila kodeksining 169-moddasida belgilangan hollarda farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
28. Agar daʼvo vasiylik va homiylik organiga nisbatan qilingan boʻlsa, u bu haqda farzandlikka olgan shaxsga xabar berishi shart, farzandlikka olgan shaxs ishni koʻrib chiqishda javobgar tomonida ishtirok etishga haqlidir.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
29. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni tanlashni amalga oshiradi, ular bilan bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisida bitim tuzadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
30. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi bitim uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy holatining oʻzgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, bolalarning tutingan ota-onasining tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda, muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
31. Vasiylik va homiylik organi oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradi.
5-§. Vasiylik va homiylik organining voyaga yetmaganlarni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha vakolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
32. Voyaga yetmagan, oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs, agar u mehnat shartnomasi boʻyicha ishlab turgan yoki ota-onasi, farzandlikka olganlar yoxud homiyning roziligi bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
33. Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) vasiylik va homiylik organining qaroriga koʻra, ikkala ota-onaning, bolani farzandlikka olganlarning yoki homiyning roziligi bilan yoxud, bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, sud qarori bilan amalga oshiriladi.
4. Vasiylik va homiylik organining qarori hamda vasiy va homiyning xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
34. Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish, vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
35. Vasiy va homiyning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
36. Vasiylik va homiylik organining qarori hamda vasiy va homiyning xatti-harakatlari yuzasidan qilingan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
37. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida tuman, shahar hokimligi huzurida vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
38. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalarning vazifalari quyidagilardan iborat:
vasiylik va homiylik organlari faoliyatini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
axborot tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoki chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni koʻrib chiqish va tegishli xulosalar tayyorlash;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Bolalar uylari va Mehribonlik uylariga joylashtirishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish va tegishli xulosalar tayyorlash.
Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
39. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya tarkibi yetti kishidan iborat boʻladi, shu jumladan:
komissiya raisi — tuman, shahar hokimining oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — tuman, shahar hokimligining yuridik xizmati xodimi, ijtimoiy masalalar boʻyicha mutaxassisi (masʼul kotib), tuman, shahar tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman, shahar boʻlimi xodimlari.
(39-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Zarur hollarda komissiya ishiga boshqa manfaatdor shaxslar va mutaxassis-ekspertlar ham taklif qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
40. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya tarkibi tuman, shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari, tibbiyot birlashmalarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyati
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
41. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oʻz vaqtida aniqlash, hisobga olish va joylashtirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalarining maxsus tayinlangan mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
42. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash, hisobga olish va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tegishli ravishda viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari va tuman poliklinikalari mutaxassislari, shuningdek tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
43. Vasiylik va homiylik masalalarini hal qilish uchun viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari, tuman poliklinikalari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzurida vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
44. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlaydi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan va sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan fuqarolarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar va ularga tegishli mol-mulkning, shuningdek, vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritish, sogʻligining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan fuqarolar, ularni joylashtirish haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etish;
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritish;
vasiylik yoki homiylikni belgilash, tugatish, vasiylarning yoki homiylarning oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning davolanganlik yoki ular ahvolining yaxshilanishi holatlarida ularning muomalaga layoqatini tiklash masalasida sudga iltimos bilan murojaat etish va sud majlislarida ishtirok etish;
tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari va tuman poliklinikalar huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(44-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
45. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tarkibi besh kishidan iborat boʻladi, shu jumladan:
komissiya raisi — boshliqning ambulatoriya-poliklinika yordami boʻyicha oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — tashkiliy-metodik boʻlim mutaxassisi (masʼul kotib), yuriskonsult, shifokor-psixiatr, oila(hudud) shifokori.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
46. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlaydi:
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning hisobini yuritish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etish uchun hujjatlarni tayyorlash;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning davolanganlik yoki ular ahvolining yaxshilanishi holatlarida ularning muomalaga layoqatini tiklash masalasida sudga iltimos bilan murojaat etish;
homiylikdagi shaxslarni davolash, parvarish qilish, tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklash ishlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish, ushbu shaxslar tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik holatlarida tegishli dalolatnomani tuzish va tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyasiga yuborish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan hamda vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman, shahar tibbiyot birlashmalariga yuborish.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
47. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaning tarkibi besh kishidan iborat boʻladi, shu jumladan:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)
komissiya raisi — bosh shifokorning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — tibbiy hamshira (masʼul kotib), shifokor-psixiatr (shifokor-narkolog), shifokor-nevropatolog, oila (hudud) shifokori.
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
48. Viloyat, tuman, shahar psixonevrologiya, narkologiya dispanserlari va tuman poliklinikalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya tarkibi tibbiy muassasa bosh shifokori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
51.Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar tarkibi tibbiyot birlashmasi rahbari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
II. Vasiylik va homiylik
1. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
52. Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy, shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
53. Vasiylik yoki homiylik yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:
ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
ota-onasi ikki oydan ortiq kasal boʻlishi oqibatida oʻzlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;
ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ota-onasi yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
ota-onasi yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, agar vasiylik yoki homiylik bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa;
(53-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
ota-onasi bedarak yoʻqolganda;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va shunga oʻxshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi boʻlgan voyaga yetmagan bolaga, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaxsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki sogʻligʻi uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlanganda vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
54. Sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik ushbu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
55. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha bajariladi.
2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni hisobga olish
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
56. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim muassasalari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, huquqni muhofaza qilish organlari, tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga quyidagi vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar aniqlanganda:
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
ota-onasi vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasining tarbiyasida boʻlishi bolalar manfaatlariga zid boʻlganda, shuningdek ularning hayoti va sogʻligʻi uchun bevosita tahdid mavjud boʻlgan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi 6 oydan ortiq muddatda yoʻq boʻlgan bolalar toʻgʻrisida, agar bola qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa;
(56-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
ota-onasi 6 oydan kam muddatda vaqtincha boʻlmagan bolalar toʻgʻrisida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur boʻlsa;
ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga oʻxshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar toʻgʻrisida;
odam savdosidan jabrlangan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi nomaʼlum boʻlgan yoxud ular sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilgan bolalar toʻgʻrisida;
boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan fuqarolar toʻgʻrisida;
sogʻligʻining holatiga koʻra homiy tayinlanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar berishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
57. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar vasiylik va homiylik organlariga mazkur shaxslar aniqlangan kundan eʼtiboran yetti kun mobaynida yozma shaklda yuboradi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
58. Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.
3. Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash
1-§. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
59. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun mobaynida ularning turmush va taʼminot sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
60. Tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng vasiylik va homiylik organi yetti kun mobaynida quyidagilarni amalga oshiradi:
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi;
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki xomiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan soʻrab oladi;
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
61. Vasiylik va homiylikka oid ishlarni koʻrib chiqishda vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarni, vasiylar va homiylarni, ariza beruvchilarni, manfaatdor va ishga aloqador shaxslar (qarindoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalari aʼzolari, ekspertlar, guvohlar hamda ayrim hollarda — vasiylikka yoki homiylikka muhtoj shaxslar)ni taklif qilishi mumkin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
62. Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi boʻlmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
63. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
64. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarni vasiy yoki homiy tayinlash mumkinligi toʻgʻrisida xulosa berilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida tuman, shahar hokimligiga mazkur Nizomning 78 — 82-bandlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
65. Tuman, shahar hokimi hujjatlarni olgan kundan boshlab uch kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
66. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan taqdim qilingan hujjatlarni besh kun mobaynida koʻrib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
67. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya xulosasi asosida besh kun mobaynida vasiylik yoki homiylik boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Hokimning vasiy yoki homiyni tayinlash boʻyicha qarori bir kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiylarga yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
68. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs oʻrtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek 10 yoshga toʻlgan homiylikka olinuvchining istagi inobatga olinishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
69. Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan fuqarolar ularning roziligi bilangina, mazkur Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan holatlar hisobga olingan holda, tayinlanishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
70. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga taʼlim-tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
71. Quyidagi shaxslar vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin emas;
ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa;
oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
hayotga, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, oʻzgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar, jinoiy yoʻl bilan topilgan mol-mulkni olish yoki oʻtkazish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
(71-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
ushbu bandning yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
tanosil kasalliklarining maishiy yoʻl bilan yuquvchi turlari (zaxm, soʻzak);
mehnatga yaroqlilikni inkor etuvchi I va II guruh nogironligiga olib keluvchi barcha kasalliklar va jarohatlar.
(711-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
72. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashgan joyi boʻyicha belgilanadi.
Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga oʻtkazish, vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni saqlash, mol-mulkni boshqarish va saqlash boʻyicha hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadilar.
2-§. Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
73. Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini koʻrishi shart.
Ota-ona uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart. Bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, belgilanadi.
Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisidagi arizani oʻzi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
74. Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning manfaatini koʻzlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur boʻlsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan olib qoʻyilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning arizasiga koʻra, agar mazkur shaxs tomonidan oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgunga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan boʻlsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
75. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning oʻzida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini taʼminlash va uning tibbiy yordamni oʻz vaqtida olishiga koʻmaklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek taʼminot, tarbiya va taʼlim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar oʻrtasida taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning oʻzida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari oʻrtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar oʻz majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar oʻrtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
76. Zarurat boʻlganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.
Shaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash toʻgʻrisidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Aynan bir vasiy yoki homiy oʻz majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
77. Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga koʻra oʻzlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun oʻzining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi oʻz sogʻligʻi holatiga koʻra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi boʻlsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana koʻrsatilgan holda ularning oʻz qoʻli bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ota-ona oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yoʻli bilan bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaxs koʻrsatilgan arizasiga koʻra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganning oʻzi koʻrsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonunchilik yoxud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid boʻlgan taqdirda qabul qiladi.
(77-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Vasiylik yoki homiylikni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
78. Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan bola toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etadilar:
a) tugʻilganlik haqida guvohnoma (pasport) nusxasi;
bolalarning ota-ona qarovisiz qolganlik holatini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan biri:
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnomalar nusxasi;
ota-onasining yoki ulardan birining ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi haqida sud qarori;
ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdan va taʼminotidan boʻyin tovlaganligi, ota-onalarga qidiruv eʼlon qilinganligi haqidagi hujjatlar, ichki ishlar organlari, davolash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalarning bolalarning ota-onasiz qolganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalari;
b) sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy muassasa (tibbiy-maslahat komissiyasi)ning xulosasi;
v) vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxsning turar joyi, mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari, oila aʼzolarining salomatligi va oilaning boshqa sharoitlari toʻgʻrisidagi tekshiruv dalolatnomalari;
d) vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy belgilanishiga muhtoj shaxslarga nisbatan vasiy yoki homiy belgilash zarurligi, vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosalari.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
79. Vasiylik va homiylik organlari muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
shaxsning muomala layoqati cheklanganligi yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgani toʻgʻrisidagi sud qarori (muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun);
davolash muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) fuqaroning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi xulosasi;
vasiylik va homiylik organining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish istagini bildirgan shaxsning turmush sharoitlari toʻgʻrisidagi tekshiruv dalolatnomasi;
vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
80. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
a) vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turgan shaxs tomonidan nikohda qachondan beri turganligi (nikohda turgan shaxs uchun), er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar boʻlsa — ularning soni va yoshi, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari koʻrsatilgan ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
v) yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan oila aʼzolari koʻrsatilgan holda olingan maʼlumotnoma;
g) nikohda turgan shaxslar uchun — nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning (nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning) nusxasi;
(80-bandining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
e) ish joyidan ish haqi koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
(80-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
(80-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
i) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning sogʻligʻi toʻgʻrisida davlat muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi, ruhiy va narkologiya muassasalaridan, sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseridan olingan maʼlumotnomalar;
k) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning sudlanganlik (sudlanmaganlik) holati haqida maʼlumotnoma.
(80-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
81. Voyaga yetmaganlarga ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning oʻz arizasiga koʻra vasiy yoki homiy tayinlashda, shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlashda vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolani vasiylik yoki homiylikka qoldirish muddatlari va asoslari koʻrsatilgan ota-onaning arizasi;
b) vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar boʻlsa — ularning soni va yoshi, vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, vasiylik yoki homiylikka olish asoslari koʻrsatilgan arizasi;
v) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
g) nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan vasiylik yoki homiylikka olinganda — vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(81-bandining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
(81-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
(81-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
z) vasiy va homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning sogʻligʻi toʻgʻrisida davolash muassasasining (vrachlik-maslahat komissiyasining) xulosasi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
82. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
a) vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda turgan shaxs tomonidan nikohda qachondan beri turganligi va ularning birga yoki alohida yashashi, oilada farzandlar boʻlsa — ularning soni, yoshi hamda vasiylik yoki homiylikka olinuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, shuningdek vasiylik yoki homiylikka olish asoslari koʻrsatilgan ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
v) turar joyidan oila aʼzolari koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
(82-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
5. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
83. Vasiylar oʻz vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili boʻlib, ularning nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab zarur bitimlarni tuzadi.
Homiylar oʻz homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili boʻlib, homiyligidagi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida koʻmaklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslarning suiisteʼmolliklaridan muhofaza qiladi.
Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini barcha muassasalarda, shu jumladan, sudda ham alohida ishonchnomasiz himoya qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
84. Vasiylar va homiylar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilash;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni qonuniy asoslarsiz oʻzida ushlab turgan har qanday shaxsdan, shu jumladan ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminoti, unga tarbiya, taʼlim berish va uning sogʻligʻini saqlash boʻyicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli boʻlmagan bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, taʼlim muassasalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning davolanishi va sogʻligʻini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar olish uchun sogʻliqni saqlash muassasalariga murojaat qilish.
Vasiylar va homiylar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(84-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
85. Vasiy yoki homiy oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda boʻlishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
86. Vasiylar va homiylar quyidagilarga majbur:
oʻzining yashash joyi oʻzgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilish;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni tarbiyalashi, uning taʼminoti, sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilish, shuningdek uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishi uchun sharoitlarni taʼminlash;
alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlashni talab qilish yuzasidan zarur choralar koʻrish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning oʻzlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yoʻl qoʻymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tugʻdirmaslik;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlarini olish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini boshqarishdan tushgan daromadlardan va boshqa mavjud mablagʻlaridan uning taʼminoti uchun foydalanish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning parvarish qilinishini, tibbiy kuzatuvini va davolash-profilaktika muassasalarida davolanishini taʼminlash;
vasiylik va homiylik organlariga oʻz majburiyatlarining bajarilishi haqida hisobotlar taqdim etish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs statsionarda davolanish uchun joylashtirilganligi haqida vasiylik va homiylik organlarini xabardor qilish;
agar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga yoki muomala layoqati cheklanganligiga doir asoslar bekor boʻlgan boʻlsa, oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni muomalaga layoqatli deb topish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish;
oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi voyaga yetmagan shaxs bilan birga yashash.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Homiyning oʻz homiyligidagi oʻn olti yoshga toʻlgan shaxsdan alohida yashashiga, basharti bu homiylikdagi shaxsning tarbiyasiga, taʼminotiga va taʼlim olishiga, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasa, vasiylik va homiylik organlarining yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Homiy oʻz homiyligidagi shaxsdan alohida yashagan taqdirda, uning yashash, taʼlim olish sharoitlarini nazorat qilishi, uni atrofdagilarning salbiy taʼsiridan himoya qilishi shart.
Oʻz homiyligidagi shaxs bilan birga yashayotgan homiyning yashash joyini oʻzgartirishi vasiylik va homiylik organining yozma ruxsati va oʻn toʻrt yoshga toʻlgan voyaga yetmaganning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsning turar joyi mavjud boʻlmagan taqdirda, vasiy yoki homiy uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq uni olish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Muomala layoqati cheklangan fuqarolarning homiylari ularni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-idrok faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol etishdan, chekishdan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Vasiylar va homiylarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(86-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
87. Vasiy yoki homiy, agar oʻz qaramogʻidagi shaxsni spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari yoxud psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi natijasida muomala layoqati cheklangan deb topilishiga asos boʻlgan holatlar barham topsa, uni muomalaga layoqatli deb topishni va vasiylik yoki homiylik bekor qilinishini soʻrab sudga murojaat etishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
88. Vasiy vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan:
vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga garovga qoʻyish yoki ijaraga berishga;
vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli turar joyni ayirboshlashga haqlidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
89. Vasiy yoki homiy, uning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiyning yoki homiyning eri (xotini), uning yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
90. Vasiylik va homiylik boʻyicha majburiyatlar bepul bajariladi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Vasiy yoki homiyning oʻz vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminotiga doir xarajatlarining oʻrni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablagʻlari hisobidan qoplanadi, bu mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning taʼminoti uchun vasiy va homiyga qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa tayinlanishi mumkin.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
91. Vasiy yoki homiy oʻzining arizasiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.
Vasiyni yoki homiyni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, homiylikdagi shaxsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaxs tayinlanadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaxs oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.
(91-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Vasiylar va homiylar faoliyatini nazorat qilish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
92. Vasiylik va homiylik organi vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi yuzasidan yiliga kamida ikki marta nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, taʼlim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
93. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
94. Vasiy yoki homiy oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilgan hollarda, ularni oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi oʻz majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
(94-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid tugʻilganligi toʻgʻrisida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday maʼlumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar koʻrishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
95. Vasiy yoki homiy oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlardan gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni koʻrishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
96. Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsdan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplanishini vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik yoki homiylik tugatilganda esa vasiylikdagi yoki homiylikdagi muomalaga layoqatli shaxs talab qilishga haqli.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
97. Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (mol-mulkni yaroqsiz holga keltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-mulkni belgilangan maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining qiymati pasayishiga sabab boʻlgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirish va boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma tuzishi hamda vasiyga yoki homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida talabnoma taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
98. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
99. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid tugʻilganligi toʻgʻrisida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart. Bunday maʼlumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar koʻrishi shart.
7. Vasiylik va homiylikning tugashi
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
100. Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
vasiylikdagi shaxs vafot etganda;
voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlganda;
voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;
vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
101. Voyaga yetmagan bola oʻn toʻrt yoshga toʻlganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi boʻlib qoladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
102. Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:
homiylikdagi shaxs vafot etganda;
homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;
homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;
homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;
fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning qarori bekor qilinganda;
voyaga yetmagan toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinganda (emansipatsiya);
homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;
sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning sogʻligʻi yaxshilanganda.
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FXDYO organlari, taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolar
1. Vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarning aniqlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
2. Maʼlumotni vasiylik va homiylik organiga yuboradi.
aniqlangan kundan boshlab 7 kun mobaynida
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar
1. Vasiylik va homiylik organiga vasiy yoki homiy boʻlishga nomzod sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etadi.
2. Vasiylik va homiylikni belgilash uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi.
zaruratga koʻra
↓
2-bosqich
Vasiylik va homiylik organlari
1. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning turmush va taʼminot sharoitlarini oʻrganadi va tegishli dalolatnoma tuzadi.
shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida
2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni hisobga oladi.
3. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitini, ular taqdim etgan hujjatlarni oʻrganadi, tegishli dalolatnoma tuzadi va hisobga oladi.
4. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
murojaat etilgan kundan boshlab 7 kun mobaynida
↓
3-bosqich
Vasiylik va homiylik organlari
1. Vasiylik yoki homiylikni belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Vasiylik yoki homiylikni belgilash uchun hujjatlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi.
Vasiy yoki homiy etib tayinlash mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tuzilgan kundan boshlab 7 kun mobaynida
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar, ularning mol-mulki va joylashtirilishi haqidagi maʼlumotlarni tuman, shahar hokimligiga davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etadi.
har oyning 10-sanasigacha
↓
4-bosqich
Tuman, shahar hokimi
1. Hokim vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaga hujjatlarni taqdim etadi.
2. Komissiya xulosasi asosida tuman, shahar hokimining vasiy yoki homiyni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini chiqaradi.
1) hujjatlar olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida
2) 5 kun mobaynida
↑
↓
Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda vasiylik yoki homiylikni belgilash toʻgʻrisida xulosani tayyorlaydi.
hujjatlar olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida
↓
5-bosqich
Vasiy yoki homiy
1. Tuman, shahar hokimining qarorini oladi.
qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 kun mobaynida
2. Vasiylik yoki homiylik majburiyatlarini amalga oshiradi.
belgilangan muddat mobaynida
3. Oʻz majburiyatlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
har yilning 10-yanvarigacha
↓
6-bosqich
Vasiylik va homiylik organlari
1. Homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar turmush sharoitlarini va taʼminotini tekshiradi, bu haqda dalolatnoma tuzadi.
yiliga kamida ikki marta
2. Vasiylar va homiylar tomonidan oʻzlariga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
3. Vasiy yoki homiyning hisobotini qabul qiladi.
doimo har yili 10-yanvargacha
→
4. Homiylikdagilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha sudga belgilangan tartibda murojaat qiladi, koʻrsatib oʻtilgan masalalarni koʻrib chiqishda sud majlislarida qatnashadi.
zaruriyatga koʻra
5. Vasiylar va homiylarni oʻz vazifalarini bajarishdan ozod qilish, chetlashtirish, shuningdek vasiylik va homiyligini toʻxtatish toʻgʻrisida tuman, shahar hokimiga iltimosnoma kiritadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga 2-ILOVA
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda axborot tizimi deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Axborot tizimi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha shakllantiriladi va yuritiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Quyidagilar axborot tizimini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborotning yagona elektron bazasini yaratish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari oilalariga tarbiyaga berishga koʻmaklashish;
bolalarni oʻz oilalariga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida toʻliq va ishonchli maʼlumotlar olishi uchun sharoitlar yaratish;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan fuqarolarni vasiylik yoki homiylikka joylashtirishga koʻmaklashish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar mol-mulkining saqlanishini taʼminlash.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Axborot tizimini shakllantirish va yuritishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar va ularning mol-mulklari hamda vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlari oʻrtasida almashish imkoniyatini yaratish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona axborot almashish muhitini yaratish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar va ularning mol-mulki hamda ularga vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarning ishonchli va toʻliq boʻlishini taʼminlash;
maʼlumotlarni qalbakilashtirish, yoʻqotish, buzish va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash.
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Axborot tizimi vasiylik va homiylik organlaridan tushgan maʼlumotlar asosida elektron hujjat koʻrinishida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Axborot tizimini shakllantirish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan har oy yakuni boʻyicha navbatdagi oyning oʻninchi sanasiga qadar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6. Bolani farzandlikka olish, oilaga tarbiyaga olish (patronat), vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar deb ataladi) oʻzi haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
7. Axborot tizimi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi boʻlgan hamda bolalarning hayoti yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid tugʻdirayotgan yoki ularning taʼminoti, tarbiya va taʼlim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar haqida;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar haqida;
voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolar haqida;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar haqida.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
8. Axborot tizimidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni oʻzi ichiga oladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
bolaning tugʻilgan vaqti va joyi, fuqaroligi, millati;
bolaning shaxsiy belgilari (boʻyi, vazni, koʻzining rangi, sochi va boshqalar);
bolaning salomatligi, jismoniy va aqliy rivojlanish holati;
bolaning feʼl-atvori xususiyatlari (kirishuvchan, tortinchoq va h.k.);
bolaning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganligining sabablari;
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ota-onasi yoki yolgʻiz onasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, fuqaroligi, millati, sogʻligʻining holati (maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda), doimiy yashash va (yoki) turar joyi;
bolaning voyaga yetmagan aka-uka, opa-singillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan vaqti, sogʻligʻining holati (maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda), turar joyi;
vasiylik va homiylik organiga maʼlum boʻlgan voyaga yetgan qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, doimiy yashash va (yoki) turar joyi, ushbu qarindoshlar tomonidan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish rad etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
bolani oilaga tarbiyaga berishning mumkin boʻlgan shakllari;
vasiylik va homiylik organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan oilalarga tarbiyaga berish borasida koʻrilgan choralar haqidagi maʼlumotlar;
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola haqidagi maʼlumotlar hisobini yuritish toʻxtatilganligi haqida maʼlumotlar (sababi koʻrsatilgan holda);
bolaning mol-mulki haqidagi maʼlumotlar:
yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv.m), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar;
turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv.m), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot,egalik huquqi –sotib olish, hadya, almashtirish, meros, xususiylashtirish va boshqalar);
boshqa mol-mulk (mol-mulk manzili, mol-mulk haqida maʼlumot, mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar).
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
9. Axborot tizimidagi muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tugʻilgan vaqti va joyi, fuqaroligi, millati;
fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqaroga tegishli mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv.m), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar;
turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv.m), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot,egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros, xususiylashtirish va boshqalar;
boshqa mol-mulk (mol-mulk manzili, mol-mulk haqida maʼlumot, mol-mulkka egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot, egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
10. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs haqidagi maʼlumotlar, agar uning farzandlikka oluvchi, vasiy (homiy) yoki tutingan ota-ona boʻlishi uchun asoslar boʻlsa, mazkur shaxsning yozma arizalariga muvofiq axborot tizimiga kiritiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritishdan avval, mazkur shaxs oʻzi haqidagi maʼlumotlar roʻyxati, maʼlumotlarni rasmiylashtirish asoslari va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishtiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs haqidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq jadval shaklida quyidagilarni oʻzi ichiga oladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ nomi, fuqaroligi, millati, yashash yoki turar joy manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan berilgan uning yashash sharoiti, farzandlikka oluvchi, vasiy (homiy) yoki tutingan ota-ona boʻlishi asosliligi toʻgʻrisidagi xulosasi (sanasi va raqami);
chet el fuqarosining va chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash sharoiti, uning vasiy, homiy yoki farzandlikka oluvchi boʻlishi asosliligi toʻgʻrisidagi u yashaydigan davlatning qonun hujjatlariga asosan berilgan xulosasi (sanasi va raqami), fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ular doimiy yashayotgan davlatning qonunchiligiga muvofiq berilgan xulosasi (sanasi va raqami);
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs tomonidan tanlangan bola tarbiyalanayotgan muassasaga berilgan yoʻllanma haqidagi maʼlumot (sanasi, bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi);
yetim bola, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olishi yoki tarbiyaga olishini rad etishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sababi koʻrsatilgan holda (bolani tarbiyaga olishni rad etgan taqdirda);
bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish isagini bildirgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimida hisobini yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, sabablari koʻrsatilgan holda.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
11. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola va vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs haqidagi maʼlumotlar qonunchilikka muvofiq maxfiy maʼlumotlar hisoblanadi, ushbu Nizomning 14-bandidagi maʼlumotlar bundan mustasno.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
12. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida erkin maʼlumotlarni yaratish va fuqarolarni xabardor qilish maqsadida vasiylik va homiylik organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu bolalar toʻgʻrisidagi maxfiy maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Erkin maʼlumotlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola, uning ota-onasi va boshqa qarindoshlari haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni identifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
13. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maxfiy maʼlumotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
14. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi erkin maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
jinsi, yoshi, sogʻligʻi, jismoniy va aqliy rivojlanish holati, feʼl-atvorining xususiyatlari, ota-ona qarovisiz qolganligining sabablari;
ota-onasi toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlsa, ularning sogʻligʻining holati haqidagi maʼlumotlar;
voyaga yetmagan aka-uka, opa-singillarining mavjudligi, ularning yoshi, sogʻligʻining holati haqidagi maʼlumotlar;
voyaga yetgan qarindoshlarining mavjudligi, bolani oʻz oilalariga tarbiyaga olishni rad etganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
oilaga joylashtirishning mumkin boʻlgan shakllari.
IV. Axborot tizimida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar va ularning mol-mulki hisobini yuritishning toʻxtatilishi
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
15. Axborot tizimida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ularning mol-mulkining hisobini yuritish quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tarbiyalash uchun oilaga (farzandlikka, vasiylikka (homiylikka), oilaga tarbiyaga (patronatga) joylashtirilganda;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola ota-onasiga qaytarilganda;
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola voyaga yetganda yoki toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinganda (emansipatsiya);
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vafot etganda.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
16. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolar va ularning mol-mulkining hisobini axborot tizimida yuritish quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanganda;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning muomala layoqati tiklanganda;
sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolar vasiylik va homiylik organiga oʻzlari haqidagi maʼlumotlarning hisobga olinishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar vafot etganda.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
17. Axborot tizimida yetim bola va ota qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organiga axborot tizimida oʻzlari haqidagi maʼlumotlarning hisobga olinishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs vafot etganda.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
18. Axborot tizimida muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, voyaga yetgan muomalaga layoqatli, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan fuqarolarga vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs hisobini yuritish quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanganda;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs vasiylik va homiylik organiga axborot tizimida oʻzi haqidagi maʼlumotlarning hisobga olinishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs vafot etganda.
(V bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
19. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olish uchun ular yashayotgan hududidagi vasiylik va homiylik organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga yozma ariza bilan murojaat etadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
20. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar vasiylik va homiylik organidan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy, tutingan ota-ona boʻlishga nomzodlar sifatida roʻyxatdan oʻtganidan soʻng, shuningdek ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilganidan soʻng, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
21. Vasiylik va homiylik organi, mahalliy davlat hokimiyati organiga ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh kun muddat mobaynida vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsga soʻralgan maʼlumotni yoki asoslangan rad javobini taqdim etadi.
Vasiylik va homiylik organining rad javobida vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs soʻragan maʼlumot berilmasligining asoslari, yozma javobning sanasi, shuningdek ushbu javob ustidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
22. Maʼlumotlarni taqdim etish sanasi maʼlumotlarni qayd qilish daftarida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
23. Vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan faqat xizmat doirasida foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
24. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani farzandlikka olish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, bolaning anketasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyalashga berish oilasi yoki fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar, bolaning qarindoshlari oilasiga tarbiyalashga berish boʻyicha vasiylik va homiylik organlari tomonidan choralar koʻrilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirdagina bola haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga haqli.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
25. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga faqat mazkur shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilgandagina yoʻl qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
26. Vasiylik va homiylik organlari sud, prokuratura va tergov organlarining rasmiy soʻrovlariga asosan, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ushbu bolalarni oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
27. Agar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani bir necha shaxs oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirsa, axborot tizimida oldinroq muddatda roʻyxatdan oʻtgan shaxs bola haqidagi tegishli maʼlumotni olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
28. Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga yoʻllanma beriladi, axborot tizimi maʼlumotlarida yoʻllanma berilganligi haqida tegishli maʼlumotlar qayd etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
29. Agar axborot tizimida yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqaro tomonidan soʻralgan bola toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmasa, fuqaroning yozma arizasiga koʻra soʻralgan bolani qidirish davom ettiriladi yoki mazkur fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobini yuritish toʻxtatiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 471, 472, 477, 48-moddalari.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimini shakllantirish va yuritish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Vasiylik va homiylik organlari
1. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritadi.
zaruratga koʻra
2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar, ularning mol-mulki va joylashtirilishining hisobini yuritadi.
3. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar, ularning mol-mulki va joylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi.
4. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarga taqdim etadi.
↓
Tuman, shahar hokimligi
1. Vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxslar, ularning mol-mulki va joylashtirilishi toʻgʻrisida axborot tizimini shakllantiradi.
har oyning 10-sanasigacha
2. Axborot tizimidagi maʼlumotlarni toʻldirib boradi.
3. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarga zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida
↓
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar
1. Ariza boʻyicha vasiylik yoki homiylikka nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtadi.
2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar haqida maʼlumotni olish uchun ariza bilan murojaat etadi.
3. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqida kerakli maʼlumotlar oladi.
4. Vasiylik yoki homiylikka muhtoj boʻlgan shaxslarni koʻrish uchun yoʻllanma oladi.
5. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsni tanlaydi.
zaruratga koʻra
ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda
↓
Vasiylik va homiylik organlari
6. Vasiylik va homiylikni belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
7. Vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxslar hisobi yuritilishini toʻxtatadi.
aniqlangandan keyin 15 kun mobaynida vasiylik yoki homiylik belgilangandan keyin 1 kun mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
T.r.
Bolaning F.I.O.
Tugʻilgan vaqti va joyi
Fuqaroligi, millati
Bolaning shaxsiy belgilari (boʻyi, vazni, koʻzining rangi, sochi va boshqalar)
Bolaning sogʻligʻi, jismoniy va aqliy rivojlanish holati
Bola feʼl-atvorining xususiyatlari (kirishuvchan, tortinchoq va h.k.)
Bolaning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganligining sabablari
Bolaning ota-onasi yoki yolgʻiz onasining F.I.O.., tugʻilgan yili, fuqaroligi, millati , sogʻligʻining holati, doimiy yashash yoki turar joyi
Bolaning voyaga yetmagan aka-uka, opa-singillarining F.I.O, tugʻilgan vaqti, sogʻligʻining holati, turar joyi
Bolaning voyaga yetgan qarindoshlarining F.I.O., tugʻilgan yili, doimiy yashash yoki turar joyi, ushbu qarindoshlar tomonidan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish rad etilganini tasdiqlovchi hujjatlar
Bolani oilaga tarbiyaga berishning mumkin boʻlgan shakllari
Vasiylik va homiylik organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilalariga tarbiyaga berish borasida koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tegishli mol-mulk
Bola haqidagi maʼlumotlar hisobini yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv. m)), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va b.)
turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv. m)), koʻchmas mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida maʼlumot (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros, xususiylashtirish va b.)
Boshqa mol-mulk (mol-mulk manzili, mol-mulk, mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va b.))
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, voyaga yetgan, sogʻligʻi holatiga koʻra vasiylik yoki homiylikka muhtoj fuqarolarning
anketa maʼlumotlari
T.r.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan, sogʻligʻi holatiga koʻra homiylikka muhtoj shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi
Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan, sogʻligʻi holatiga koʻra homiylikka muhtoj fuqaroning tugʻilgan vaqti va joyi
Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan, sogʻligʻi holatiga koʻra homiylikka muhtoj fuqaroning fuqaroligi
Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan, sogʻligʻi holatiga koʻra homiylikka muhtoj fuqaroning millati
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori haqidagi maʼlumotnoma
Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan fuqarolarga tegishli mol-mulk
Muomalaga layoqatsiz,muomala layoqati cheklangan, sogʻligʻi holatiga koʻra vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj fuqarolar haqidagi maʼlumotlar hisobini yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma
yer maydoni (yer maydonining manzili, hajmi (kv.m))
koʻchmas mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi
turar joy (turar joy manzili, maydoni (kv.m))
turar joyga egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi
boshqa mol-mulk mol-mulk manzili, mol-mulk, mol-mulkka egalik huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotnoma (egalik huquqi — sotib olish, hadya, almashtirish, meros va boshqalar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning
anketa maʼlumotlari
T.r.
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ
Fuqaroligi, millati
Tugʻilgan vaqti va joyi
Yashash yoki turar joyi manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning yashash sharoiti
Farzandlikka oluvchi, vasiy (homiy) yoki tutingan ota-ona boʻlishi asosliligi toʻgʻrisidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi xulosasi (sanasi va raqami)
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan chet el fuqarosining va chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash sharoiti, uning vasiy, homiy yoki farzandlikka oluvchi boʻlishi asosliligi toʻgʻrisidagi xulosa (sanasi va raqami)
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ular doimiy yashayotgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq berilgan xulosasi (sanasi va raqami)
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxs tanlagan bola tarbiyalanayotgan muassasaga berilgan yoʻllanma haqidagi maʼlumotnoma
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning yetim bola, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz oilasiga tarbiyaga olishi yoki sababi koʻrsatilgan holda uni olishdan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi (bolani tarbiyaga olishni rad etgan taqdirda)
Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar hisobini yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qaroriga 3-ILOVA
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish tartibi haqida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
2. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini yuritish, vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish quyidagilarni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi:
vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shuʼbasiga taqdim etish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
vasiylar va homiylar majburiyatlarining bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning taʼminoti, ularga tarbiya va taʼlim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki saqlanishini nazorat qilish.
II. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantirish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
3. Vasiylik va homiylik organi vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning har biri uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini shakllantiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
4. Vasiylik yoki homiylikdagi voyaga yetmaganlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar saqlanadi:
a) tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki pasport, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan berilgan tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftaridan koʻchirma;
b) bolaga vasiylik yoki homiylikning belgilanishi haqidagi tuman, shahar hokimining qarori, vasiylik va homiylik organining vasiy yoki homiyning tayinlanishi haqidagi xulosasi yoki yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga berilgan yoʻllanma nusxasi;
v) bolaning ota-ona qaramogʻidan mahrum etilganligini yoki bola tarbiyasida ishtirok etish imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarning biri:
ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ota-onalik huquqini cheklash, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori;
ota-onaning, yolgʻiz ota yoki onaning oʻlimi haqidagi guvohnoma;
bolaning topib olinganligi (tashlab ketilganligi) haqidagi ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilgan hujjat;
ota-onaning (yolgʻiz ota yoki onaning) bolaning farzandlikka olinishiga roziligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan arizasi;
ota-onaning jinoyat sodir etilganligi boʻyicha gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxs sifatida tergov hibsxonasida yoki ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazoni ijro etish muassasalarida ekanligi haqidagi maʼlumotnoma;
ota-onaning ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganligi toʻgʻrisida sud qaroridan nusxa;
g) tibbiy hujjatlar, shu jumladan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, shuningdek, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun);
d) vasiy yoki homiyning vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlash, foydalanish va ushbu mol-mulkni boshqarish toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organi rahbari tomonidan tasdiqlangan, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha yillik hisobotlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
5. Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar, sogʻligʻining holatiga koʻra homiylikka muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:
a) pasport nusxasi;
b) fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori;
v) shaxsga vasiylik yoki homiylikning belgilanishi haqidagi tuman (shahar) hokimining qarori;
g) tibbiy hujjatlar, shu jumladan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi;
d) vasiy yoki homiyning vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlash, undan foydalanish va ushbu mol-mulkni boshqarish toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organi rahbari tomonidan tasdiqlangan, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha yillik hisobotlari (muomalaga layoqatsiz fuqarolar uchun).
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
6. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga quyidagi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshimcha ravishda kiritiladi:
a) uy daftaridan koʻchirma yoki vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning turar joyidan oila aʼzolari haqidagi maʼlumotnoma;
b) turar joy va boshqa koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (egalik huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma, turar joyni ijaraga berish shartnomasi, orderi);
v) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsga tegishli mol-mulkining roʻyxati va mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazish dalolatnomasi;
d ) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning nomiga bankda hisob raqamini ochish toʻgʻrisidagi shartnoma;
e) aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlari va ularning yashash (turar) joylari haqidagi maʼlumotlar;
j) sudning alimentlar undirish toʻgʻrisidagi qarori, nafaqa oluvchi vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning pensiya guvohnomasi;
z) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori, nogironligi boʻlgan shaxsning reabilitatsiya dasturi;
(6-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
i) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning daromadlarini taqsimlash haqidagi vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasi;
k) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning ehtiyojlari uchun pul mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi vasiy yoki homiylarning hisoboti va sarf-xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
l) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning manfaati uchun tuzilgan shartnomalar;
m) merosga ega boʻlish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
n) ish (oʻqish) joyidan maʼlumotnoma;
o) vasiy yoki homiy boʻlish yoki bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslarning vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning tibbiy tashxisidan xabardorligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
p) oʻn yoshga toʻlgan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning unga nisbatan vasiy yoki homiy tayinlashga roziligi (arizasi).
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
7. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida hujjatlarning asl nusxalari, qayta berilgan hujjatlar (dublikatlar), hujjatlarning nusxalari, shuningdek qonunda belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan hujjatlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
8. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxsga taalluqli boʻlgan yangi maʼlumotlar aniqlanganda, tegishli hujjatlar shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshiladi va maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
9. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritish, saqlash va hujjatlarning roʻyxatini tuzish ishlari vasiylik va homiylik organining mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarga tegishli, ushbu Nizom 4-bandining “a”, “v” kichik bandida, 6-bandining “b”, “v”, “d”, “m” kichik bandlarida qayd etilgan hujjatlar (mavjud boʻlgan holda) tuman, shahar hokimining vasiylik yoki homiylikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori chiqqandan soʻng uch kun mobaynida vasiy yoki homiyga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Vasiylik va homiylik tugatilgandan soʻng vasiy yoki homiy tomonidan hisobot va tegishli hujjatlar vasiylik va homiylik organiga topshiriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
11. Vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning turar joyi oʻzgargan taqdirda vasiy yoki homiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra mazkur shaxs muqaddam yashagan joyidagi vasiylik va homiylik organi shaxsning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini uch kun mobaynida yangi turar joyidagi vasiylik va homiylik organiga joʻnatadi. Yangi turar joydagi vasiylik va homiylik organi vasiylik va homiylikdagi shaxsning hujjatlarini qabul qilgandan soʻng bir kun mobaynida mazkur shaxsni belgilangan tartibda roʻyxatga olishi shart.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
12. Voyaga yetmaganni yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasadan shu turdagi boshqa muassasaga oʻtkazishda uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi mazkur muassasa rahbariga imzo qoʻydirilgan holda topshiriladi. Hujjatlarning nusxalari vasiylik va homiylik organida saqlanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
13. Voyaga yetmagan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasadan vasiylik yoki homiylikka berilganda shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi bolaning yangi yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
14. Voyaga yetmagan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasadan chiqarilgandan keyin bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi uning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
15. Voyaga yetmagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasadan chiqarilgandan keyin, shuningdek vasiylik yoki homiylik tugatilganda unga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
pasport;
tibbiy maʼlumotnomalar, shu jumladan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning sogʻligʻining holati toʻgʻrisida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosalari, shuningdek psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun);
taʼlim muassasasidan taʼlim olganligi haqida maʼlumotnoma;
turar joyi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarining mavjudligi haqidagi hujjatlar;
mol-mulkka, pul mablagʻlariga boʻlgan huquqi, turar joyga egalik huquqi va ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasada boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
pensiya guvohnomasi (mavjud boʻlganda).
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
16. Vasiylik yoki homiylikdagi voyaga yetmagan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasaga topshirilganda vasiylik va homiylik organi:
a) shaxsiy hujjatlar yigʻmajildidagi hujjatlar roʻyxatini, shuningdek vasiylik va homiylik organining rahbari hamda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasa tomonidan imzolanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini topshirish dalolatnomasini tuzadi;
b) shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanayotgan hujjatlarni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasa rahbariga roʻyxat boʻyicha topshiradi;
v) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasaga yuborish hamda shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini topshirish dalolatnomasini va hujjatlar roʻyxatini saqlaydi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
17. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylik va homiylik organlari tomonidan hisobga olingan shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar vasiy yoki homiy etib tayinlangandan soʻng vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi.
III. Vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisidagi hisobot
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
18. Vasiy va homiy oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili oʻninchi yanvargacha vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
19. Vasiy yoki homiyning hisobotida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga tegishli boʻlgan va saqlash uchun topshirilgan mol-mulkning saqlanayotgan joyi va uning holati haqidagi maʼlumotlar;
vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsga tegishli mol-mulkning begonalashtirilishi haqidagi maʼlumotlar (shunday holatlar mavjud boʻlsa);
mol-mulk, shu jumladan begonalashtirilgan mol-mulk evaziga sotib olingan mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yil davomida vasiylik yoki homiylikdagi shaxs tomonidan olingan daromad toʻgʻrisida, daromad manbai, vaqti va miqdori koʻrsatilgan maʼlumotlar;
olingan daromadlar hisobiga vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning ehtiyojlari uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulki hisobidan qilingan xarajatlar haqidagi maʼlumotlar;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni tarbiyalash, unga taʼlim berish, sogʻligʻini muhofaza qilish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
20. Vasiy yoki homiyning hisoboti vasiylik va homiylik organining rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin vasiylik va homiylik organi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili ishtirokida vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulki roʻyxatidan yaroqsiz holatga kelgan mol-mulkning nomlari (ular mavjud boʻlgan hollarda) chiqariladi va roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
21. Vasiylik va homiylik organi vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini saqlashda undagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
22. Vasiylik yoki homiylik tugatilishi bilan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi vasiylik va homiylik organining arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi vasiylik va homiylik organining arxivida 75 yil mobaynida saqlanadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 471, 472, 477, 48-moddalari.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ________________________________ (Vasiylik va homiylik organi rahbarining F.I.O. va imzosi) M.Oʻ. 201__ yil “___” ______________ (hisobot tuzilgan sana)
Vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli turar joy va boshqa mol-mulkining saqlanishi holati toʻgʻrisida vasiy yoki homiylarning ___________ yil uchun HISOBOTI
1. Hisobot taqdim etildi____________________________________________________
(vasiy, homiy yoki tutingan ota-onaning toʻliq yashash manzili)
manzili boʻyicha istiqomat qiluvchi___________________________________________
Pasport raqami va seriyasi: _________________________________________________
Pasport kim tomonidan va qachon berilgan:_____________________________________
Ish joyi va lavozimi______________________________________________________
2. Hisobot yetim bola,ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)_________________________________________________________________
________________________________________________________________________ (yetim bola, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaroning F.I.O.)
ga tegishli turar joy va boshqa mol-mulkning holati va saqlanishi toʻgʻrisida tuzildi.
3. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro) ni joylashtirish vaqti va shakli______________________________________________
4. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro) ning yashash (turar) manzili__________________________________________________
5. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)ga tegishli turar joy va boshqa mol-mulk toʻgʻrisida maʼlumotlar
* Asosiy xaridlar (sotib olish, hadya, almashish, meros va boshqalar), shuningdek tegishli shartnoma yoki dalolatnoma rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatiladi.
** Yer uchastkasining turi (xususiy uy-joy qurilishi, dala hovli, bogʻ, tomorqa uchun va boshqalar) koʻrsatiladi.
6. Koʻchmas mulkning, shu jumladan, turar joyning saqlanishi va holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
* Koʻchmas mulk tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
** Vasiylik va homiylik organlarining yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)ga tegishli turar joyni oʻrganish natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) koʻrsatiladi.
7. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola(muomalaga layoqatsiz fuqaro)ga tegishli mol-mulkdan, jumladan turar joydan tushayotgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
* Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)ga tegishli mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga ruxsat beruvchi vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilgan dalolatnomalarning rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va mulkning ularning tasarrufidan chiqarilishi haqidagi shartnoma rekvizitlari koʻrsatiladi.
** Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz shaxs)ga tegishli mulkdan olinayotgan mablagʻlarni qabul qilayotgan bankning rekvizitlari, bolalarning shaxsiy hisob raqami koʻrsatiladi.
8. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)ga tegishli turar joy va boshqa mol-mulk hisobidan qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Majburiy badallar va majburiy toʻlovlar — hisobot davri uchun jami
2.
Turar joyni taʼmirlash: 1) 2) Hisobot davri uchun jami
3.
Boshqa xarajatlar 1) 2) Hisobot davri uchun jami
4.
Hisobot davri uchun jami xarajatlar
* Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (muomalaga layoqatsiz fuqaro)ning shaxsiy hisob raqamidan pul mablagʻlari olingan sana va ushbu mablagʻlar hisobiga bajarilgan xarajatlar sanasi koʻrsatiladi.
9. Ushbu hisobotning 7, 8-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar nusxasi hisobotga ilova qilinishi zarur.
____________________________________
__________________
(hisobot tuzgan shaxsning F.I.O.)
(imzo)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ___________________________________ (Vasiylik va homiylik organi rahbari F.I.O. va imzosi) 20__ yil “___” ______________
Vasiyning yoki homiyning oʻz majburiyatlarini bajarishi yuzasidan 20____ yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha HISOBOTNING NAMUNASI
Men, ________________________________________________, _______ yil______ da _________________ tuman (shahar) hokimining (XTMFMTTEBning) ___ -son qarori (kontrakt shartnomasi)bilan voyaga yetmagan ____________________ ________________ ustidan vasiy (homiy) etib tayinlanganman (oilaga tarbiyaga olganman).
20____ yilda vasiyligimdagi (homiyligimdagi, tarbiyamdagi) voyaga yetmagan___________ ___________________________________________________ni tarbiyalash, sogʻligʻini muhofaza qilishga doir quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Vasiyligimdagi (homiyligimdagi, tarbiyamdagi) ________________________________ ___________________________________ hozirgi kunda sogʻlom (nosogʻlom), dispanser hisobida turmaydi (turadi), tuman (shahar) tibbiy hududiy birlashmasi tomonidan tashkil etilgan tor doiradagi mutaxassislar tomonidan 20____ yilda tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, davolandi _______________________ tumani (shahar)dagi ________-son maktab, __________________________ akademik litsey (kollej)ning _______-sinfida (bosqichida) taʼlim oladi. Voyaga yetmagan uchun ____________ soʻm miqdorida nafaqa tayinlangan. Voyaga yetmagan ________________________________________ning otasi
(F.I.O.)
____________________ yilda, onasi ________________________________________
(F.I.O.)
yilda vafot etgan, (ota-ona huquqidan mahrum etilgan, qayerdaligi nomaʼlum, farzandi tarbiyasida ishtirok etmaydi). Voyaga yetmagan __________________________________ bilan oʻzaro munosabatlarimiz yaxshi (yaxshi emas), oila aʼzolarim bilan munosabatlari yaxshi (yaxshi emas), ___________________ toʻgaragiga qatnashadi, sportning sportning ______________________ turi bilan shugʻullanadi, sport musobaqalari, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etadi (etmaydi),taʼlim muassasasining jamoa hayotida faol ishtirok etadi.
Voyaga yetmagan _____________________________________________ga tegishli boʻlgan ______________________________________________________________________da joylashgan uy-joy, boshqa mol-mulk toʻliq saqlanmoqda.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 490-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)