toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 20-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 87-moddasining ikkinchi qismidagi “Uch” degan so‘z “Besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 207-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
b) giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarning ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 1-oktabrdagi 196 (3741) e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
O‘RQ-10-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 294-modda)