toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
VOYAGA YETMAGANLAR OʻRTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-sonli “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
voyaga yetmagan — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxs;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi — voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan — voyaga yetmaganning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan yoxud uni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda boʻlgan yoxud huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etayotgan voyaga yetmagan;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oila — ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan oila;
nazoratsiz — ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmaganni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan;
yakka tartibdagi profilaktika ishi — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalarni oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat;
qarovsiz — aniq yashash joyi boʻlmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan;
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar — voyaga yetmaganning muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishida, fohishalik, tilanchilik bilan shugʻullanishida ifodalanadigan xatti-harakatlari, shuningdek oʻzga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan boshqa xatti-harakatlari.
4-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.
5-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik;
tizimlilik;
oilani qoʻllab-quvvatlash va u bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.
6-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatni axborot bilan taʼminlash
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar:
prokuratura organlarini — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarni — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida, shuningdek voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
vasiylik va homiylik organlarini — yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoxud hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan yoxud taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda boʻlgan bolalar toʻgʻrisida;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 21-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi toʻgʻrisida;
(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
ichki ishlar organlarini — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida, shuningdek voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan ota-onalar va oʻzga shaxslar haqida;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalarini — muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida tibbiy tekshiruvga, kuzatuvga yoki davolanishga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida;
taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalarini — ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoxud taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy boʻlinmalarini — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi OʻRQ-747-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
7-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ota- ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajara borib, ularning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining profilaktikasini taʼminlash maqsadida:
taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan voyaga yetmaganlarning oʻqish vaqtida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (dam olish) joylarda boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan mazkur muassasalarda taʼlim faoliyati yoki taʼlim muassasasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbir doirasida boʻlishi mustasno;
voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishiga, chekishiga yoʻl qoʻymaslik;
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi.
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlarning restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda ulardan birining kuzatuvisiz boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi.
2-bob. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar va ularning vakolatlari
8-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimi
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizom.
ichki ishlar organlari;
taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;
vasiylik va homiylik organlari;
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat organlari;
(8-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi OʻRQ-747-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan organlar hamda muassasalar voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
(9-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
hududiy komissiyalar ishini nazorat qiladi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati tahlilini amalga oshiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi va tarqatadi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ularning nazoratsizligi hamda huquqbuzarligi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash hamda joylashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganadi va umumlashtiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning profilaktikasi boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz vakolatiga kiritilgan muammolarni hal etish bilan bogʻliq maqsadli dasturlar loyihalarini oʻrganadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikka, qarovsizlikka, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar tahlilini oʻtkazadi;
davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy sheriklikni va fuqarolik jamiyati institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirayotgan organlar hamda muassasalar faoliyatini oʻrganadi, bu faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning takliflarini koʻrib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomning 2, 3-boblari.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizom.
10-modda. Ichki ishlar organlari
Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalaridan hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi hamda zarur yordam koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4, 16, 17-moddalari.
11-modda. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi;
qidiruv eʼlon qilingan voyaga yetmaganlarni, shuningdek ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda ularni voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlarga yoki muassasalarga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarni yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
(11-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
voyaga yetmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek boshqa shaxslarning voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlar va muassasalarga takliflar kiritadi;
(11-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish uchun ularga taalluqli hujjatlarni tayyorlaydi;
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari faktlari, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ichki ishlar organlariga olib boradi, bu haqda zudlik bilan bayonnoma tuzadi hamda voyaga yetmaganlar keltirilganligi haqida ularning ota-onasini yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni xabardor qiladi;
(11-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
voyaga yetmaganlarning yashash, oʻqish (ish) joyidagi taʼlim, madaniy-koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, boshqa tashkilotlarda, toʻgaraklar va klublarda voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini oʻrganadi;
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklari yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi materiallarning tegishli organlar va muassasalar tomonidan koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalar yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning hisobini yuritadi, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan axborotni yigʻadi va umumlashtiradi;
yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari oʻz vakolatlari doirasida:
uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sogʻligʻini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni taʼminlaydi;
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga quyidagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin:
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etganlar;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻn olti yoshgacha boʻlganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur boʻlsa, shuningdek ularning shaxsi aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
(12-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan boʻlsa yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari huquqbuzarliklar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
oʻzining ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi toʻgʻrisidagi masalaning sud tomonidan koʻrib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;
sudning ajrimiga koʻra ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos boʻladi.
Voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻining yoxud uning oʻrinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan markazga joylashtirilganidan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari voyaga yetmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi toʻgʻrisida mazkur markaz joylashgan yerdagi prokurorni va bolalar masalalari boʻyicha komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida ularni joylashtirish uchun zarur boʻlgan eng kam vaqt davomida, lekin koʻpi bilan oʻttiz kun boʻlishi mumkin. Alohida hollarda bu muddat sudning ajrimi asosida oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganning boʻlishi muddatiga quyidagilar kirmaydi:
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida sogʻliqni saqlashni boshqarish organi tomonidan eʼlon qilingan karantin davri;
voyaga yetmaganning sogʻliqni saqlash muassasasining hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga toʻsqinlik qilayotgan kasalligi davri;
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan berilgan shikoyatning (protestning) koʻrib chiqilish vaqti.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom.
13-modda. Taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari
Taʼlimni boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sogʻlom turmush tarzi asoslarini singdirishga yoʻnaltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va taʼlim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi, ularning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, taʼlim olishiga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
(13-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
voyaga yetmaganlarga oʻz hayot yoʻlini va kasb-hunar tanlashida ularning qobiliyati, qiziqishi, moyilligi hamda sogʻligʻining holatiga muvofiq psixologik yordam koʻrsatadi;
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydigan, ularni kompleks tekshiruvdan oʻtkazadigan hamda ularning kelgusidagi taʼminoti, tarbiyasi va taʼlimi shakllarini belgilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydigan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar tuzadi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi;
taʼlim muassasalarida ommabop sport seksiyalari, texnik va boshqa toʻgaraklar, klublar tashkil etilishini hamda voyaga yetmaganlarni ularda qatnashishga jalb etishni taʼminlaydi, voyaga yetmaganlarning bandligi va dam olishini tashkil etishda qatnashadi.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda boshqa taʼlim muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni yoxud oʻqishida muammolari boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik yordam koʻrsatadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, ularni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
taʼlim muassasalarida ommabop sport seksiyalari, texnik va boshqa toʻgaraklar, klublar tashkil qiladi hamda voyaga yetmaganlarni ularda qatnashishga jalb etadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarni aniqlaydi hamda ushbu oilalarga oʻz bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasida yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sogʻlom turmush tarzi asoslarini singdirishga yoʻnaltirilgan dasturlar hamda uslublarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni koʻradi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarning ota-onasi vafot etgan, ularning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ular ota-onalarining ota-onalik huquqi cheklangan, ota-onasi muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi kasal boʻlgan, ota-onasi uzoq muddat boʻlmagan, ota-onasi bolalarini tarbiyalashdan yoki ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda, shu jumladan ota-onasi oʻz bolalarini taʼlim muassasalaridan, sogʻliqni saqlash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortgan taqdirda, shuningdek bolalar ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash, ularga taʼlim berish, kelgusida ularni joylashtirish va mustaqil hayotga tayyorlash uchun qabul qiladi;
kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalarning voyaga yetmagan bolalarini, faqat otasi yoki onasi bor boʻlgan voyaga yetmaganlarni ushbu oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish uchun qabul qiladi;
mazkur muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
14-modda. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari kiradi.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻn bir yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish uchun alohida sharoitlarga muhtoj voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga joylashtirilishi mumkin, agar ular:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmagan boʻlsa;
(14-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;
(14-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan boʻlsa;
yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan boʻlsa.
Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ushbu Qonunga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi;
ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga ushbu muassasalarda saqlash, tarbiyalash va taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalligi boʻlgan voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin emas.
Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni, ularning kasb-hunar tayyorgarligini va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlarni saqlashning mazkur muassasalar hududini qoʻriqlashni, voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligini va salbiy taʼsirlardan himoyalanganligini, ushbu muassasalar hududiga begona shaxslarning erkin kirishini, bu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning erkin chiqishini cheklashni oʻz ichiga olgan maxsus shart-sharoitlarini taʼminlaydi;
voyaga yetmaganlarning mazkur muassasalarni oʻzboshimchalik bilan tark etishi holatlari toʻgʻrisida ushbu muassasalar joylashgan yerdagi va voyaga yetmaganlarning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini xabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda ularni topish va mazkur muassasalarga qaytarishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlarning yashash joyidagi bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga voyaga yetmaganlarning ushbu muassasalardan chiqarilayotganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni, shuningdek voyaga yetmaganlarga oid tavsifnomalarni ularni chiqarishdan kamida bir oy oldin yuboradi.
(14-modda oltinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari mazkur muassasalar joylashgan yerdagi bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga quyidagi masalalar yuzasidan taqdimnomalar kiritadi:
(14-modda yettinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
voyaga yetmaganlarni boshqa ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻtkazish;
voyaga yetmaganlarning mazkur muassasalarda boʻlishini sud tomonidan belgilangan muddat oʻtishidan oldin, agar ular xulq-atvori tuzalganligi sababli ushbu taʼsir chorasini qoʻllashni davom ettirishga muhtoj boʻlmasa yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bu muassasalarda boʻla olmasa, tugatish;
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni tamomlash zarur boʻlgan taqdirda, ularning ushbu muassasalarda boʻlish muddatini uzaytirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: 2026-yil 9-fevraldagi 48-son “Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
15-modda. Vasiylik va homiylik organlari
Vasiylik va homiylik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
yetim bolalarni, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek ularni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish sharoitlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylikni belgilashga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyish yoki uni bu huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi, bundan voyaga yetmaganning belgilangan tartibda toʻla hajmda muomala layoqatini olishi hollari mustasno;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi;
ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻatadi;
ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek ota-onalik huquqini tiklash haqidagi ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylik va homiylik organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi nizom.
16-modda. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari
Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini keng yoyishni, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni tashkil etadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlik hamda ularning xulq-atvoridagi shu bilan bogʻliq nuqsonlarning profilaktikasi boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlar oʻrtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlikning tarqalishi toʻgʻrisida bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarni xabardor qiladi;
(16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
uch yoshgacha boʻlgan adashib qolgan, tashlab ketilgan va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa bolalarni kecha-kunduz qabul qilish hamda parvarishlashni amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga, shuningdek voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga maslahat yordamini koʻrsatadi;
alkogol taʼsirida mast holatda boʻlgan yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz qabul qilishni amalga oshiradi va ularga tibbiy yordam koʻrsatadi;
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni boʻlgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan tashxis hamda davolash-tiklash yordamini koʻrsatadi;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborilayotgan voyaga yetmaganlarning sogʻligʻi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xulosalar tayyorlaydi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni tashkil etadi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2215, 11.04.2011-y.).
jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarning manbalarini aniqlash, ushbu kasalliklarga chalingan voyaga yetmaganlarni tekshirish va davolashni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari va texnologiyalaridan foydalanadi;
voyaga yetmaganlarning dam olishini, ijtimoiy muassasalarda tashkil etilgan toʻgaraklarda yoki markazlarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishini tashkil etishda ishtirok etadi;
nogiron bolalarni tibbiy-ijtimoiy yordam bilan taʼminlaydi, nogiron bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini rivojlantiradi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Mehnat organlari
Mehnat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
171-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
voyaga yetmaganlarning oʻz iqtidori va isteʼdodini toʻlaqonli namoyon etishiga, shuningdek ularning oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishiga monelik qiladigan omillarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilishga va ularning moslashuviga koʻmaklashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(171-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi OʻRQ-747-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
18-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlarning hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
faoliyati voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bolalar va yoshlar jamoat birlashmalari, ijtimoiy muassasalar, jamoat fondlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni, ularning bandligi va dam olishini tashkil etishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda shakllantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarning maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etadi, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashadi;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga yordam koʻrsatadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashadi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
3-bob. Yakka tartibdagi profilaktika ishini tashkil etish
20-modda. Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib boriladigan shaxslarning toifalari
Yakka tartibdagi profilaktika ishi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan olib boriladi:
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotganlar;
taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotganlar;
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlar;
amnistiya akti asosida yoki qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotganligi sababli yoki aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi yoxud yarashilganligi munosabati bilan, shuningdek voyaga yetmaganni jazo qoʻllamasdan turib tuzatish mumkin deb eʼtirof etilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XII bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmaganlar yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar;
(20-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot chorasi qoʻllanganlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 28-bobi.
majburlov choralari qoʻllangan holda jinoiy jazodan ozod qilinganlar;
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganlar, shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotganligi sababli yoki aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi munosabati bilan yoxud amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII bobi.
hukmning ijrosi kechiktirilganlar;
shartli hukm qilinganlar, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo turlariga hukm qilinganlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ruhiy holatining buzilganligi tufayli sogʻliqni saqlash muassasalarida hisobda turganlar va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlganlar.
(20-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarga nisbatan ham olib boriladi.
21-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish asoslari
Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish uchun ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan holatlar, agar ular quyidagi hujjatlarda qayd etilgan boʻlsa, asos boʻladi:
voyaga yetmaganning yoxud uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan oʻziga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizasida;
sudning hukmi yoki ajrimida;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarorida;
(21-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi muassasalarga voyaga yetmaganlarni joylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarda;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organ yoki muassasa rahbari shikoyatlar, arizalar yoki boshqa xabarlarni tekshirish natijalari boʻyicha tasdiqlagan xulosada.
22-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy va boshqa yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan muddatlarda, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar bartaraf qilinguniga yoki voyaga yetmaganlar oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar yuzaga kelguniga qadar olib boriladi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
23-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilishini tashkil etish
Ichki ishlar organlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini uning shaxsi va yon-atrofidagilarning oʻziga xos xususiyatlarini, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning xususiyatini, oilaviy tarbiya sharoitlarini hisobga olgan holda olib boradi. Ushbu holatlar voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, boshqa shaxslar bilan profilaktika suhbatlari oʻtkazish, voyaga yetmaganni uning yashash, oʻqish (ish) joyiga borib koʻrish, tavsiflovchi materiallarni oʻrganish davomida aniqlanadi.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida:
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyati aniqlanadi;
voyaga yetmaganga huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oqibatlari tushuntiriladi;
voyaga yetmaganning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishi sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar koʻriladi;
voyaga yetmaganni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etayotgan shaxslar aniqlanadi va ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga doir chora-tadbirlar koʻriladi;
voyaga yetmaganga ijobiy taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan shaxslar jalb etiladi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda voyaga yetmaganni saqlash, tarbiyalash, unga taʼlim berish, uning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida:
oiladagi muhitni sogʻlomlashtirishga, ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning bolalarga salbiy taʼsir koʻrsatishini bartaraf etishga doir tadbirlar amalga oshiriladi;
ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatganlik yoxud ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganlik oqibatlari tushuntiriladi;
oilani yashash joyiga borib koʻrish, tavsiflovchi materiallarni oʻrganish, sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari vakillari, boshqa shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazish orqali ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning turmush tarzi hamda niyati aniqlanadi;
ularga ijobiy taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan shaxslar jalb etiladi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash, ularga taʼlim berish, ularning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalar yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda takliflar kiritiladi.
(23-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan shaxslarning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlar bilan taʼminlanadi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan taʼminlanadi:
ota-onasini yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni voyaga yetmaganlar mazkur muassasalarga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
(24-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlish;
cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan aloqada boʻlish, posilkalar, banderollar, yoʻqlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;
belgilangan normalar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlarini olish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash meʼyorlari.
4-bob. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish tartibi
25-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirishni talab qiluvchi holatlar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari voyaga yetmagan ichki ishlar organlarining boʻlinmalariga keltirilgan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan topilgan joydagi yoxud ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan yuboriladi.
26-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ichki ishlar organi uni taqdim etgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, prokuror, vasiylik va homiylik organining, ichki ishlar organining vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani koʻrib chiqishda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning vakili va advokat ishtirok etishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish ichki ishlar organi vakilining voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra prokuror, oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar oʻrganiladi.
Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisida;
iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida.
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi darhol ichki ishlar organiga ijro etish uchun, voyaga yetmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, maʼlumot uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
(26-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi OʻRQ-943-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining sudyasi voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
(26-modda toʻqqizinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi OʻRQ-943-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
sudyaning ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida;
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimini voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.
27-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish tartibi
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va ushbu muddatni uzaytirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan mazkur markaz joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlashning muddati tugashidan kamida uch kun oldin yuboriladi.
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
5-bob. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi
28-modda. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv- tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiya voyaga yetmaganga nisbatan kelib tushgan uning aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini yoxud oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilgan voyaga yetmaganning huquqbuzarligi yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqib, voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish yoki boshqa taʼsir choralarini qoʻllash haqida qaror qabul qiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiya voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda zudlik bilan xabardor qilinadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun zarur boʻlgan materiallarni oʻn kun ichida bolalar masalalari boʻyicha komissiya uchun tayyorlashi shart.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ichki ishlar organlari tegishli davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga zarur hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuboradi. Soʻrovlar olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bajarilishi kerak.
Sogʻliqni saqlash muassasalari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligini aniqlash uchun uni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy tekshiruv vaqtida voyaga yetmaganda uning ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasida saqlanishi, tarbiyalanishi va taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar aniqlangan taqdirda, unga taalluqli materiallar boshqa taʼsir choralarini qoʻllash uchun bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga topshiriladi.
(28-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oʻziga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish haqidagi materiallar tayyorlanayotgan voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilishi yoxud ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning nazoratiga topshirilishi mumkin boʻlib, ular voyaga yetmaganning munosib xulq-atvorda boʻlishini va sudning chaqiruviga binoan kelishini taʼminlashi shart. Sudga kelishdan boʻyin tovlayotgan ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmaganlar majburiy keltirilishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar, agar jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan yoxud jinoiy jazodan ozod qilingan paytdan eʼtiboran bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilmaydi.
29-modda. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv- tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga quyidagi hujjatlarni yuboradi:
(29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
voyaga yetmaganning oʻqish (ish) joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma;
voyaga yetmaganning oilaviy-maishiy turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;
ichki ishlar organining voyaga yetmagan tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar hamda shu sababli koʻrilgan taʼsir choralari haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomasi;
sogʻliqni saqlash muassasasining voyaga yetmaganning sogʻligʻi holati hamda uni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha komissiya ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni olgach, voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olingan hujjatlarni, shuningdek jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini ilova qilgan holda uch sutkadan kechiktirmay sudga yuboradi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
30-modda. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bolalar masalalari boʻyicha komissiya uni taqdim etgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida voyaga yetmaganning yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻziga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, prokuror, vasiylik va homiylik organining, bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani koʻrib chiqishda ichki ishlar organining vakili va advokat ishtirok etishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish bolalar masalalari boʻyicha komissiya vakilining voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra prokuror, oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar oʻrganiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga mazkur majburlov chorasini qoʻllash muddatini koʻrsatgan holda joylashtirish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirmay turib tuzalishi mumkinligini tasdiqlovchi holatlar yoki uni mazkur muassasaga joylashtirishga toʻsqinlik qiladigan sabablar sudya tomonidan aniqlangan hollarda, iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish va materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga voyaga yetmaganga nisbatan boshqa taʼsir choralarini qoʻllash uchun yuborish toʻgʻrisida.
(30-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi darhol mazkur ajrimni ijro etishni taʼminlovchi organlar va muassasalarga yuboriladi, voyaga yetmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, maʼlumot uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari boʻyicha komissiya hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
(30-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi OʻRQ-943-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining sudyasi voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
(30-modda toʻqqizinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi OʻRQ-943-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
sudyaning ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida;
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimini voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.
31-modda. Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimini ijro etish
Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimining ijrosini quyidagilar taʼminlaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar masalalari boʻyicha komissiya — voyaga yetmaganga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa taʼsir choralarini qoʻllashga taalluqli qismini;
(31-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi — voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga olib borishga taalluqli qismini;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi — voyaga yetmaganni mazkur muassasada saqlash muddati mobaynida uning tuzalishi va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishini taʼminlashga taalluqli qismini.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
32-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
33-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
35-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(35-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 30-sentabrdagi 190 (5105)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-sentabr,
OʻRQ-263-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)