

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1453539" id="onLBC-1453539">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7550"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish;</span></div><div id="LBC7574"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.13.00 Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1453539" id="onLS-1453539">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1453581" id="-1453581">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1453582" id="-1453582">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1453583" id="-1453583">YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1453584" id="-1453584">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1453585" id="-1453585"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453586" id="-1453586">Sud statistikasi maʼlumotlari hamda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatadiki, jinoyat qonunchiligiga ushbu institutning kiritilishi jinoiy huquqiy munosabatlarni erkinlashtirishda samarali vosita boʻldi. Mazkur institut jabrlanuvchining huquqlarini ishonchli himoya qilish, respublikada sudlanganlik holatini kamaytirish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining kengroq qoʻllanilishiga imkon yaratdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453587" id="-1453587">Sudlar yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni asosan toʻgʻri hal qilmoqdalar. Shu bilan birga ushbu Qonunni qoʻllashda xato va kamchiliklar, ayrim muammolar mavjud.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453588" id="-1453588">Sud amaliyotida mazkur huquqiy institutning bir xilda qoʻllanilishi va qonun talablariga toʻliq rioya etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining<a href="/mact/-68532#-70640"> 17-moddasiga </a>asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453590" id="-1453590">1. Sudlarga tushuntirilsinki, yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453598" id="-1453598">Yarashuv toʻgʻrisida ish yuritish mumkin boʻlgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-286718">66<sup>1</sup>-moddasida </a>tugal keltirilgan boʻlib, uning doirasi kengaytirib talqin etilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453602" id="-1453602">Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260989">62-bobida </a>belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453591" id="-1453591">2. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibiga nisbatan qonunda muayyan talablar qoʻyilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453592" id="-1453592">Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza har doim yozma shaklda taqdim etilib, unda jinoyat natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligi (yoki jabrlanuvchining zarardan voz kechganligi) va yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453593" id="-1453593">Yarashuv toʻgʻrisida ish yuritish masalasini qoʻzgʻatish huquqiga qonunda belgilangan tartibda jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) deb topilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453594" id="-1453594">Jabrlanuvchi bilan ayni bir vaqtning oʻzida ishda fuqaroviy daʼvogar ham qatnashgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ish yuritishni boshlash uchun ham jabrlanuvchi, ham fuqaroviy daʼvogar tomonidan tegishli ariza berilgan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453595" id="-1453595">Ish boʻyicha bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va bir necha jabrlanuvchi boʻlgan hollar uchun ham qonunda aynan shunday talablar belgilangan. Jabrlanuvchilarning hatto birortasidan tegishli ariza boʻlmagan hollarda ham yarashuv toʻgʻrisida ish yuritish mumkin emas. Bunday holda jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy asoslarda olib boriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7336481" id="edi-7336481"><a href="/mact/-1453539?ONDATE=25.10.2002 00#-1453596">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7336481" id="-7336481"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7336484" id="-7336484">3. Tushuntirilsinki, qonunda yarashuv toʻgʻrisidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida, yaʼni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar berilishi mumkin, bundan JPK 583-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7336486" id="-7336486">Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar berilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7336493" id="-7336493">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16 dekbrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307801">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453597" id="-1453597">4. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-87124">qonunning</a> hayotga tatbiq etilishini taʼminlash, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida sudlar yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning qonuniy vakillariga yarashuv institutining mohiyatini, Jinoyat kodeksi <a href="/mact/-111453#-286718">66<sup>1</sup>-moddasida </a>koʻzda tutilgan jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslari tushuntirilganligiga va bu haqda tegishli bayonnoma tuzilganligiga eʼtiborlarini qaratishlari lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689544" id="edi-6689544"><a href="/mact/-1453539?ONDATE=25.10.2002 00#-1453599">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689544" id="-6689544"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689547" id="-6689547">Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud zimmasiga qonun bilan yuklatilgan majburiyatlardan biri, bu — yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakiliga tushuntirish shartligidir. Qonunning ushbu talabiga rioya etmaslik yarashuv toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorning bekor qilinishiga asos boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689550" id="-6689550">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli <a href="/mact/-6683593?ONDATE=20.11.2023 00#-6683792">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689551" id="edi-6689551"><a href="/mact/-1453539?ONDATE=25.10.2002 00#-1453600">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689551" id="-6689551"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689552" id="-6689552">Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakili faqat birinchi instansiya sudi maslahatxona(alohida xona)ga kirgunga qadar ayblanuvchi (sudlanuvchi) bilan yarashishdan voz kechishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689553" id="-6689553">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli <a href="/mact/-6683593?ONDATE=20.11.2023 00#-6683793">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453601" id="-1453601">5. Yarashuv toʻgʻrisidagi qonun normalari qoʻllanilishining tezkorligini taʼminlash va kafolatlash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning huquqlarini muhofaza etish maqsadida yarashuv toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarish va sudga yuborish uchun qonunda oʻn sutkalik muddat belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453604" id="-1453604">Tushuntirilsinki, ushbu muddatlar jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) tomonidan ariza berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, ariza jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar berilgan boʻlsa, unda bu muddat jinoyat ishining qoʻzgʻatilgan kunidan boshlanadi. Bordiyu, ariza berilgan vaqtda jinoyat ishi boʻyicha qilmishning Jinoyat kodeksi <a href="/mact/-111453#-286718">66<sup>1</sup>-moddasida </a>koʻrsatib oʻtilgan jinoyat tarkiblaridan birini tashkil etish-etmaslik masalasi hal qilinmagan boʻlsa, arizaning koʻrib chiqish muddati qilmishning kvalifikatsiya qilish uchun yetarli asoslar toʻplangan vaqtdan boshlab hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453605" id="-1453605">Shuningdek, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirilmay oʻtkaziladi. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud majlisida berilgan hollarda, bu masala sud majlisida darhol hal etilishi lozimligi sudlarga uqtirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453606" id="-1453606">Sudlar surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ishni sudga yuborish muddatlari buzilishiga nisbatan murosasiz boʻlishlari va buning oldini olish maqsadida xususiy ajrimlar chiqarishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453603" id="-1453603">6. Ish boʻyicha bir jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) va bir necha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilar boʻlgan taqdirda ham qonun jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning ulardan ayrimlari bilan yarashuvga kelishi mumkinligini eʼtirof etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453610" id="-1453610">Bunday hollarda ishning jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yarashuvga kelgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilarga oid qismi alohida ish yurituvga ajratilib Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260999">584-moddasi </a>tartibida sudga yuboriladi, qolganlarga doir qismi boʻyicha esa, ish yuritish umumiy asoslarda olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453607" id="-1453607">7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishtirok etuvchi shaxslar doirasi boshqa toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha protsess ishtirokchilaridan birmuncha farq qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453608" id="-1453608">Jumladan, qonunda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari va prokuror ishtirok etishi nazarda tutilgan. Biroq, bu sudning ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan hollarda yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari oʻzga shaxslarni ham ishga jalb etish hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlardan foydalanish huquqini cheklamaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453609" id="-1453609">8. Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, qonunda sud muhokamasini olib borishning alohida tartibi hamda yarashuv tufayli ishni tugatish masalasini hal etish chogʻida sud aniqlashi shart boʻlgan holatlar doirasi belgilangan (JPK 585-moddasi <a href="/mact/-111460#-261013">5-qismi</a>).</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3772339" id="edi-3772339"><a href="/mact/-1453539?ONDATE=25.10.2002 00#-1453612">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3772339" id="-3772339"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3772344" id="-3772344">Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3772351" id="-3772351">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli <a href="/mact/-3761369?ONDATE=19.05.2018 00#-3761497">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689554" id="edi-6689554"><a href="/mact/-1453539?ONDATE=25.10.2002 00#-1453613">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689554" id="-6689554"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689555" id="-6689555">Yarashuv toʻgʻrisidagi ish jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakilining ishtiroki taʼminlangan holda koʻrilishi shart. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689556" id="-6689556">(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli <a href="/mact/-6683593?ONDATE=20.11.2023 00#-6683796">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453611" id="-1453611">9. Yarashilganligi sababli ishni tugatish haqidagi sud qarori birinchi instansiya sudi tomonidan ajrim shaklida chiqariladi. Sud ajrim chiqarishda Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-261024">586-moddasida </a>nazarda tutilgan talablarga qatʼiy rioya etishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1453614" id="-1453614">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1453615" id="-1453615">11. Agar shaxs bir nechta jinoyat sodir etgan boʻlib, ulardan biri Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-286718">66<sup>1</sup>-moddasida </a>koʻrsatilgan boʻlsa, ishning shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/mact/-111460#-260989">62-bobida </a>belgilangan tartibda tugatilishi mumkin, lekin bu tartib takroriylik belgisini beradigan jinoyatlarga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1453616" id="-1453616">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1453617" id="-1453617"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1453618" id="-1453618"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1453619" id="-1453619">2002-yil 25-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1453620" id="-1453620">27-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
