1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TERRORIZMGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini taʼminlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
garovga ushlab turilgan shaxs — qoʻlga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qoʻlga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasiga qarang.
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat;
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;
(2-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik koʻrgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi;
terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi;
terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qoʻyish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini taʼminlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va oʻzaro bogʻliq maxsus tadbirlar majmui;
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo boʻshligʻi, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar;
terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan taʼminlashdan iborat boʻlgan faoliyat;
terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qoʻlga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yoʻq qilish, portlatishlar, oʻt qoʻyishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qoʻrqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qoʻlga olish, olib qochish, shikastlantirish, yoʻq qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotganda vahima koʻtarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sogʻligʻiga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yoʻli bilan zarar yetkazish yoki xavf tugʻdirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish;
(2-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasining 8-kichik boʻlimi.
4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari
Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
jazoning muqarrarligi;
terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uygʻunligi;
jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi oʻtkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Quyidagilar taqiqlanadi:
terrorizmni targʻib qilish;
terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi;
terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning boʻlinmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat koʻrsatishi;
terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid maʼlumotlar va faktlarni yashirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasining 2-kichik boʻlimi.
6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga koʻmaklashish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga koʻmaklashadilar va zarur yordam beradilar.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
Terrorizmga qarshi kurash sohasida Oʻzbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasining 9-kichik boʻlimi.
II. DAVLAT ORGANLARINING TERRORIZMGA QARSHI KURASH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
8-modda. Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha davlat organlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(8-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
(8-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
(8-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qoʻyish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qoʻriqlash;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish yoʻli bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
(9-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
terrorchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin boʻlgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib oʻtilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik koʻrsatilgan taqdirda esa ularni yoʻq qilish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini himoya qilishni taʼminlaydi;
(9-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi boʻlinmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(91-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda qoʻriqlanishi lozim boʻlgan chet davlatlar va hukumatlar boshliqlarining, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini taʼminlaydi;
qoʻriqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylari, shuningdek harakatlanish yoʻnalishlari xavfsizligini taʼminlaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(92-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qoʻyish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yoʻli bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning qoʻriqlanishini va xavfsizligini taʼminlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻlar, qurollar va oʻq-dorilar, yadroviy, biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirgʻin qurollari, terrorchilik harakatlarida ishlatilishi mumkin boʻlgan materiallar va asbob-uskunalarni noqonuniy olib oʻtishga urinishlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(12-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻi xavfsizligini, mamlakat maʼmuriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim harbiy va boshqa obyektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
oʻz tasarrufidagi harbiy obyektlarning qoʻriqlanishi va mudofaa qilinishini amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar oʻtkazadi;
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
141-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
(141-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
(141-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(141-moddaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
III. TERRORCHILIKKA QARSHI OPERATSIYANING OʻTKAZILISHI
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
Terrorchilik harakatiga chek qoʻyish uchun qonunchilikka muvofiq zarur choralar qoʻllaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkaziladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfining koʻlamlarini inobatga olgan holda belgilanadi hamda mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tegishli tuzilmalar zimmasiga yuklanadi.
Terrorizm tahdidini zararsizlantirish va tugatish uchun jalb etiladigan tuzilmalar va boʻlinmalarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish boʻyicha zaruratga qarab shtablar tuziladi.
17-modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
Terrorchilik harakatining xususiyatiga qarab jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻini, moddiy boyliklarni saqlash, garovda ushlab turilgan shaxslarni ozod etish, shuningdek kuch ishlatmasdan terrorchilik harakatiga chek qoʻyish imkoniyatini oʻrganish maqsadida terrorchilar bilan muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbari tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxslar terrorchilar bilan muzokaralar olib borishiga ruxsat etiladi.
Terrorchilar bilan muzokaralar olib borilishi ularni sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikdan ozod etishning asosi yoki sharti boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Agar terrorchilar bilan muzokaralar oʻtkazish natijasida ular terrorchilik harakatini toʻxtatishga rozi emasligi sababli muzokaralardan koʻzlangan maqsadga erishish mumkin boʻlmasa hamda jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid saqlanib turgan boʻlsa, terrorchilarni zararsizlantirish va yoʻq qilish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.
18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaning chegaralari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbarlari tomonidan joyning xususiyati va sharoitlarini, shuningdek terrorchilik harakatining koʻlamlari hamda ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
19-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazayotgan shaxslarning operatsiya oʻtkaziladigan zonadagi huquqlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.02 Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.06.00 Jinoyatlarning oldini olish choralari;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.01.00 Umumiy masalalar]
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonada mazkur operatsiyani oʻtkazayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
zarurat boʻlganda transport vositalari va yoʻlovchilarning koʻcha va yoʻllarda harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, transport vositalarini, shu jumladan diplomatiya vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining va fuqarolarning transport vositalarini joyning ayrim uchastkalariga va obyektlarga kiritmaslik, fuqarolarni joyning ayrim uchastkalaridan va obyektlardan chiqarib yuborish, shuningdek maxsus ruxsatnomasi boʻlmagan transport vositalarini shatakka olib chiqarib tashlash choralarini koʻrish;
jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
huquqbuzarliklar sodir etgan yoki terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablariga toʻsqinlik qilishga qaratilgan, shuningdek terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonaga ruxsatsiz kirish yoki kirishga urinish bilan bogʻliq harakatlar sodir etgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
agar kechiktirish jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, terrorchilik harakatiga chek qoʻyish, uni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hududiga hamda xonalariga, turar joy va boshqa joylarga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida moneliksiz kirish (oshib tushish);
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonaga kirayotgan (transport bilan kirishda) hamda mazkur zonadan chiqayotgan (transport bilan chiqishda) jismoniy shaxslarni shaxsan koʻrikdan oʻtkazish, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda bu vositalarda olib oʻtilayotgan yuklarni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalaridan foydalangan holda koʻrikdan oʻtkazish;
jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan aloqa vositalaridan, shu jumladan maxsus aloqa vositalaridan, shuningdek transport vositalaridan (chet el davlatlari diplomatiya vakolatxonalari hamda boshqa muassasalarining, xalqaro tashkilotlarning aloqa va transport vositalaridan tashqari) terrorchilik harakatining oldini olish, terrorchilik harakatini sodir etgan yoki sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilish va ushlash, hodisa roʻy bergan joyga yetib borish, tez tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni davolash muassasalariga olib borish uchun xizmat maqsadlarida foydalanish;
terrorchilarga nisbatan qurol va jangovar texnikaning mavjud turlarini hamda maxsus vositalarini qoʻllash.
20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilishini qiyinlashtirib qoʻyadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga xavfni keltirib chiqaradigan;
terrorchilikni targʻib qilishga yoki oqlashga koʻmaklashadigan;
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotganda boʻlinmalarning xodimlari toʻgʻrisidagi, shuningdek uni oʻtkazishga koʻmaklashayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasining 6-kichik boʻlimi.
21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorchilik harakatiga chek qoʻyilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sogʻligʻiga boʻlgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operatsiya tugallangan hisoblanadi.
IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYASI
22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”) va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining beshinchi boʻlimiga (“Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash”) qarang.
23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
(23-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
Shaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida oʻtkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat boʻladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
V. TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA ISHTIROK ETAYOTGAN SHAXSLARNING HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYASI
25-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan, huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi zarur boʻlgan shaxslar
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.14.00.00 Fuqaro mudofaasi. Obyektlarni himoya qilish. Fuqarolarni himoya qilish]
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslar davlat himoyasidadir.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Quyidagilar huquqiy va ijtimoiy himoyalanishi lozim:
terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, davlat organlarining xodimlari va mutaxassislari;
terrorchilik faoliyatining oldini olishda, uni aniqlashda, unga chek qoʻyishda, uni tergov qilishda hamda uning oqibatlarini minimallashtirishda terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirayotgan davlat organlariga doimiy yoki vaqtincha koʻmaklashayotgan shaxslar;
ushbu qismning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari, agar ularning himoyalanishini taʼminlash zarurati mazkur shaxslarning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokiga bogʻliq boʻlsa.
Terrorizmga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan, terrorizmga qarshi kurashga koʻmaklashayotgan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga, basharti ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, iltimoslariga koʻra ularning tashqi qiyofasi, familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ish va yashash joylari terrorizmga qarshi kurash organlari taʼminotiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻzgartirilishi mumkin.
26-modda. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlgan shaxsning oila aʼzolariga hamda uning qaramogʻidagi shaxslarga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining IV bobiga (“Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari”) qarang.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda mayib boʻlgan va bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi hamda qonunchilikka muvofiq nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining III bobiga (“Nogironlik pensiyalari”) qarang.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.03 Qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda ijtimoiy taʼminot olish huquqi]
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda yarador boʻlgan taqdirda bu uning mehnat layoqatini yoʻqotishiga olib kelmasa, unga qonunchilikka muvofiq bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
(26-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Xodimga yetkazilgan zararni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 319 — 336-moddalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash Qoidalari bilan tartibga solingan.
27-modda. Koʻp yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.08.00 Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti]
Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan boʻlinmalarda xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda ishtirok etgan davrda xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazishda ishtirok etishga jalb qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur operatsiyada ishtirok etishning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Koʻp yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
VI. TERRORCHILIK FAOLIYATIDA ISHTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
(VI-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasiga qarang.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan oʻz ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 26-moddasiga muvofiq shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, Jinoyat kodeksi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.02 Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar]
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan xalqaro tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga oʻtkaziladi.
30-modda. Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
Terrorchilikka qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operatsiya oʻtkazilayotganda majburan zarar yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
31-modda. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.02 Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar]
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasining 7-kichik boʻlimi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793 -moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 1553-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
167-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 15-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)