1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi o‘rinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida o‘g‘irlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish]
portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud bo‘lganda) transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yo‘l vagonlarida faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan bo‘linmalari soqchiligi ostida tashiladi;
portlovchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qat’iyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.06.00 Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlarning xavfsizligini ta’minlash]
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadi, qisqa muddatli, ko‘chma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari yoki idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlanishi mumkin;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus mo‘ljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
4. Ichki ishlar vazirligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qat’iy nazoratni ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.01.00 Xo‘jalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik]
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari (ro‘yxat № 1492, 08.07.2005-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish Qoidalari (ro‘yxat № 1493, 08.07.2005-y.).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qo‘yilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilsin.
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-may,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxati
LexUZ sharhi
1-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-sentabrdagi 271-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
1-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
T/r
Nomi
TIF TN
1.
Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlar
283410000 dan
2.
Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlar
283429800 dan
3.
Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa fulminatlar
283800000 dan
4.
Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar
290420000 dan
5.
Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar
290890000 dan
6.
Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa geterotsiklik birikmalar
293369100 dan
7.
Porox
360100000
8.
Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari
360200000
9.
Bikford piltasi; portlovchi piltalar;
360300100
10.
Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar
360300900
11.
Boshqa signal rakatelari, yomg‘ir yog‘diriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari
360490000
Izoh: Ro‘yxatda tovarlar faqat O‘zbekiston Respublikasining TIF TN bo‘yicha tovar kodi bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining TIF TN bo‘yicha tovar kodiga “dan” qo‘shimchasi qo‘shilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)