1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI “SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA PORTLOVCHI MATERIALLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1492-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab:
sobiq SSSRning Togʻkontexnazorat Davlat qoʻmitasi tomonidan 1988-yilning 22-noyabr kuni tasdiqlangan Portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari;
Portlovchi materiallarni tashish boʻyicha Yoʻriqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qoʻllaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 5-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmalari hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.
LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 16, 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1492-1, 17.03.2018-y.) asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
4-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
79-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 200-modda)