1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Ushbu Qonunning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
2-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishish, maʼnaviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
3-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzishning, ular faoliyatining, qayta tashkil etilishi va tugatilishining xususiyatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasining u yoki bu munosabatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonunning normalari qoʻllaniladi.
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.01.00 Davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarda asosiy tamoyillar]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Qonuni.
4-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat koʻmak koʻrsatishi mumkin.
Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasi.
5-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro aloqalari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro aloqalar oʻrnatishi, hamkorlik toʻgʻrisida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
II. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINING HUQUQIY MAQOMI, HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maqomi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs boʻladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
oʻz aʼzolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
(7-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish;
ommaviy axborot vositalarini taʼsis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
oʻz ramziy belgilarini taʼsis etish;
oʻz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yigʻilishlar, konferensiyalar oʻtkazish;
qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
(7-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari
oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanishi, shu jumladan moliyalashtirish manbalari hamda maqsadlari toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlashi;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda oʻz rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat xizmatlari koʻrsatiladigan maxsus elektron platformasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlagan shaklda eʼlon qilib borishi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilishi (bundan siyosiy partiyalar mustasno) va uning vakiliga oʻtkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;
nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bogʻliq tashriflari uyushtirilishi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilishi;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olishi, shuningdek ushbu manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni belgilangan tartibda eʼlon qilishi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Nodavlat notijorat tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida nizom” (roʻyxat raqami 3020), Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
9-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida boʻlinma boʻlib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida boʻlinma boʻlib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
10-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalariga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻzlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin.
11-modda. Jamoat birlashmasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari]
Maʼnaviy yoki boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun oʻz manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat birlashmasi qatnashchilari mazkur birlashmaga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan aʼzolik badallariga boʻlgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular aʼzo sifatida qatnashayotgan jamoat birlashmasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, mazkur birlashma esa oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 74-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
Jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi shart.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi.
13-modda. Muassasa
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Ijtimoiy, madaniy va boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti muassasa deb eʼtirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
Oʻz ustaviga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda bitta yoki undan koʻproq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin boʻlgan xalqaro tashkilot xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti deb hisoblanadi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TUZISH TARTIBI
15-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (aʼzolari) qarori asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42-moddasiga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari taʼsis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yigʻilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlari quyidagilardan iborat:
muassislar (aʼzolar) tomonidan tasdiqlangan ustav;
qatnashchilar tomonidan tuzilgan taʼsis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun.
Nodavlat notijorat tashkiloti taʼsis hujjatlarining talablari nodavlat notijorat tashkilotining oʻzi uchun, uning muassislari va qatnashchilari (aʼzolari) uchun majburiydir.
Taʼsis shartnomasida taraflar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibini, unga oʻz mol-mulkini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab beradilar. Taʼsis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasi.
17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hudud;
nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik firmalarini) jalb etishning majburiyligi;
rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan yer;
aʼzolik belgilangan birlashmalar uchun — aʼzo boʻlish va aʼzolikdan mahrum boʻlish shartlari va tartibi, aʼzolarning huquq va majburiyatlari;
pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy boʻlinmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari;
qayta tashkil qilish va tugatish tartibi;
ustavga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsifi boʻlishi mumkin.
Ustavda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga taalluqli, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (aʼzolariga) qoʻyiladigan umumiy talablar
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga oʻn toʻrt yoshga toʻlgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa oʻn yoshga toʻlgan shaxslar aʼzo boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga aʼzo boʻlish, aʼzolikdan mahrum boʻlish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga koʻra aʼzolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi.
Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga aʼzolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning koʻrsatilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos boʻla olmaydi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.05.00 Chet el fuqarolarining huquqiy holati]
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar.
19-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga oʻxshamasligi kerak.
Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
20-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish uning yuqori organi qaroriga binoan birlashish, qoʻshilish, boʻlinish, ajralib chiqish va oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotini qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga qarang.
IV. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH TARTIBI
21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, respublika nodavlat notijorat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Hududiy nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-avgustdagi 418-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3055, 15.08.2018-y.)
Nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatga olgan organ uning faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talab etiladigan hujjatlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar-organi aʼzolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini koʻrsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza;
nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;
(22-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilishning bayonnomasi yoxud taʼsischining qarori (respublika nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);
(22-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
joylashgan yeri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(22-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
dastlabki mablagʻlar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun;
vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 13-bandi.
(22-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib yuborish va oʻzgartirishda) yoki taqsimlash balansi (boʻlish va ajratib chiqarishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilot muhri va shtampi yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshib yuborish, boʻlish va oʻzgartirishda).
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish oʻtkazilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida, jamoat birlashmasi uchun esa bir oy ichida taqdim etiladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish nodavlat notijorat tashkilotining markaziy rahbar organi tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat koʻrsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham koʻrsatilgan ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan nusxalari;
bosh tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak;
vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsadlar va vazifalar ham koʻrsatilgan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan ishonchnoma;
bosh tashkilot faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan axborot;
ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
(22-modda oltinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami koʻrsatilgan holda;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi deklaratsiya.
(22-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandi.
23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida koʻrib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch kun ichida muassislarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq koʻrsatilgan hujjat beradi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 20-bandi.
24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining maʼlumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan yagona davlat reyestriga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandi.
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
taʼsis etilgan sana;
nomi va joylashgan yeri;
rahbar organlari;
vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar;
faoliyat sohasi.
25-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish asoslari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar:
nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi maqsadlarga ega boʻlsa;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
tashabbuskorlari (taʼsischilari, muassislari) yoki rahbar organi aʼzolari qonunchilik hujjatlariga koʻra terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan, shuningdek sud tartibida ekstremistik deb topilgan tashkilotlarning aʼzolari va rahbar organlari aʼzolari boʻlgan shaxslar boʻlsa;
tashabbuskorlari (taʼsischilari, muassislari) yoki rahbar organi aʼzolari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish yoxud firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar boʻlsa (jamoat fondlari tashkil etilayotganda);
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
hujjatlar roʻyxat boʻyicha toʻliq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan boʻlsa;
hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlsa;
ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa yoki uning taʼsis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar boʻlsa;
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar keltirilganligi aniqlangan boʻlsa;
nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari maʼnaviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuygʻulariga daxl qilsa;
nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, rad etilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish taʼsis hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid qoidalar mavjud boʻlgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 24-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 25-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishi rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etishga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 27-bandi.
Nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazuvchi adliya organiga takroriy qilingan murojaatni koʻrib chiqish va bu murojaat yuzasidan qaror chiqarish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
26-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 28-bandi.
27-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini qayta roʻyxatdan oʻtkazish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 29-bandiga qarang.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Nodavlat notijorat tashkiloti xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga yoki uning filialiga aylantirilgan taqdirda uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish majburiydir.
V. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI
28-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Binolar, inshootlar, turar joylar. uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk nodavlat notijorat tashkilotining mulki boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkiloti oʻz majburiyatlari yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 48-moddasi..
29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
kirish va aʼzolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan boʻlsa;
muassislardan, qatnashchilardan (aʼzolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulk;
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(29-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatining turlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda oʻzining taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq boʻlgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin.
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqarolari boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan xodimlari, shuningdek boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishiga, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga va bunday tashkilotlar tuzishni qoʻllab-quvvatlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulk hisobidan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
referendum va saylov natijalariga taʼsir oʻtkazish yoki taʼsir oʻtkazishga urinish;
Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan siyosiy partiyalarning saylovoldi kampaniyalarini qoʻllab-quvvatlash.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ayrim faoliyat turlari faqat litsenziyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat turlarining roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Qonuni.
31-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining tadbirkorlik faoliyati
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq oʻz ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
32-modda. Nodavlat notijorat tashkilotiga soliq solish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar toʻlaydi, shuningdek imtiyozlardan foydalanadi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 126-moddasi.
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
33-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining hisob va hisoboti
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkiloti oʻz faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 82-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 47-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-mx-sonli “Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3027, 27.06.2018-y.).
34-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati u Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligini buzgan taqdirda sud tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura organlari yoki adliya organlari koʻrsatilgan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar organlariga taqdimnoma kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati prokuratura va adliya organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining hududida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
35-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish oqibatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati sudning qarori bilan belgilangan muddatga toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda uning ommaviy axborot vositalari muassisi tariqasidagi huquqlari toʻxtatib qoʻyiladi, unga ommaviy tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, xoʻjalik faoliyati, mehnat shartnomalari, oʻz harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash va jarimalar toʻlashga doir xarajatlar bundan mustasno.
Agar nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini toʻxtatib qoʻyishning sud tomonidan belgilangan muddati mobaynida u oʻz faoliyatining toʻxtatilishiga sabab boʻlgan qoidabuzarlikni bartaraf etsa, mazkur muddat tugaganidan soʻng nodavlat notijorat tashkiloti oʻz faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti koʻrsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda uning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritgan organ bu tashkilotni tugatish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.
36-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi.
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 55-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(36-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (aʼzolari), shuningdek rahbar organlarning aʼzolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasi.
37-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 239-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 216-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-aprel,
763-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 115-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)