1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-iyul,
O‘RQ-484-son
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘simliklar karantini to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Ushbu Qonunning maqsadi o‘simliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
zararli organizm — o‘simliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning o‘simliklarga yoki o‘simlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;
karantin ostidagi mahsulot — o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar;
karantin ruxsatnomasi — karantin ostidagi mahsulotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat berilganligini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan hujjat;
(3-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
karantin cheklovlari — karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishni, tashishni va undan foydalanishni o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olish maqsadida muayyan muddatga cheklovchi fitosanitariya tadbirlari;
fitosanitariya sertifikati — karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
fitosanitariya choralari — o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining yoki tarqalishining oldini olishga yoxud tartibga solinadigan, karantin ostida bo‘lmagan zararli organizmlarning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishini cheklashga qaratilgan tartib-taomillar (ko‘zdan kechirish, tahlil qilish, nazorat qilish, kurashish, taqiq qo‘yish va boshqalar);
fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilish — o‘simliklar karantini obyektlarini aniqlash va ular bo‘yicha mutanosib fitosanitariya choralarini qabul qilish maqsadida biologik, ilmiy va iqtisodiy ma’lumotlarni baholash jarayoni;
fumigatsiya — o‘simliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yo‘q qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
o‘simliklar karantini — qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui;
o‘simliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm) — O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lmagan yoki cheklangan tarzda mavjud bo‘lgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;
o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar — o‘simliklar karantini obyektlarining tarqalishiga imkoniyat tug‘dirishi mumkin bo‘lgan transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, yerga ishlov berish qurollari, idishlarning barcha turlari, ayrim sanoat tovarlari, qadoqlash vositalari, shuningdek o‘simlik materiallaridan tayyorlangan buyumlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari va (yoki) boshqa obyektlar.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
4-modda. Fitosanitariya talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirishga, olib chiqishga, ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, realizatsiya qilishga va yo‘q qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan hujjatlar fitosanitariya talablaridir.
Fitosanitariya talablari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (bundan buyon matnda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2022-yil 21-dekabrdagi 4-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya hamda yo‘q qilishga doir fitosanitariya talablari (Hisob raqami 147, 7-fevral 2023-yil).
Fitosanitariya talablari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo‘yiladi.
Fitosanitariya talablari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
2-bob. O‘simliklar karantini sohasini tartibga solish
5-modda. O‘simliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
o‘simliklar karantini sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
tashqi va ichki o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar tizimini amalga oshirish;
o‘simliklar karantini sohasida fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash;
o‘simliklar karantini sohasida samarali monitoring olib borish tizimini ishlab chiqish;
o‘simliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘simliklar karantini sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘simliklar karantini sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining o‘simliklar karantini sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o‘simliklar karantini sohasidagi hujjatlarni, xususan, karantin ruxsatnomasini, transport birliklarini ochish to‘g‘risidagi dalolatnomani, karantin ko‘rigi dalolatnomasini, fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini va reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini berish O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
(6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-yanvardagi O‘RQ-1020-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 03/25/1020/0053-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 22-iyul)
o‘simliklar karantini sohasida monitoringni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
fitosanitariyaga oid xavf tahlilini o‘tkazish, zararli organizmlardan xoli zonalar va zararli organizmlar soni kam bo‘lgan zonalarni e’lon qilish hamda bunday zonalar maqomini bekor qilish tartibini belgilaydi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qiladi hamda zarur karantin cheklovlarini o‘rnatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklar karantini sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘simliklar karantini sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
o‘simliklar karantini davlat inspektorlarining taqdimnomalariga ko‘ra tegishli hududlarni o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qiladi va zarur karantin cheklovlarini o‘rnatadi;
o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni o‘tkazishdagi ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududda o‘simliklar karantini sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
tegishli hudud aholisini o‘simliklar karantini obyektlari tarqalganligi to‘g‘risida xabardor qilishda o‘simliklar karantini davlat inspektorlariga ko‘maklashadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ham ishtirok etishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantini obyektlarining kirib kelishidan yoki tarqalishidan himoya qilishda (fitosanitar xavfsizlik) davlat organlariga va boshqa organlarga zarur yordam ko‘rsatishi mumkin.
3-bob. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
9-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimini:
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari;
tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlari;
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti deb yuritiladi);
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi chigirtkaga va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari;
“Biosifat” respublika markazi;
o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti tashkil etadi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunadi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bo‘ysunadi.
Tumanlar va shaharlarning o‘simliklar karantini davlat inspektorlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga bo‘ysunadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
10-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning o‘simliklar karantini davlat inspektorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
O‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlaridagi va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punktidagi o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga o‘simliklar karantini bo‘yicha tegishli chegara punktlarining O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod qilinadigan mudirlari boshchilik qiladi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom”.
11-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining vakolatlari
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari bo‘yicha hamkorlik]
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi:
(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 23-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 19-son “O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3597, 14.01.2025-y.).
o‘simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘simliklar karantini bo‘yicha dasturlar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, bu dasturlar va tadbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z vaqtida bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, yo‘riqnomalarni, o‘simliklar karantini qoidalarini va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda tashkilotlar va aholi e’tiboriga yetkazadi;
karantin ostidagi mahsulotni olib kirish chog‘idagi o‘simliklar karantini qoidalarini belgilaydi, xalqaro savdo kontraktlariga (shartnomalariga) O‘zbekiston Respublikasining hududiga o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining va tarqalishining oldini olishni ta’minlaydigan talablar kiritilishini ko‘rib chiqadi, shuningdek xulosalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti, shuningdek zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
(11-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya beradi;
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-yanvardagi O‘RQ-1020-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 03/25/1020/0053-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 22-iyul)
karantin ruxsatnomasini beradi;
o‘simliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro tashkilotlarda o‘simliklar karantini bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiladi;
zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlarini tashkil etadi, o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurash olib borishda tomorqa, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, o‘rmon xo‘jaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatadi;
(11-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
eksportga jo‘natilayotgan va xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotning hamda o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarini karantindagi hududlarga va mikrohududlarga bo‘lib chiqadi;
karantindagi zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or tajribani, innovatsion uslublar, vositalar va usullarni targ‘ib qilish hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishga, aholi o‘rtasida o‘simliklar karantini obyektlari to‘g‘risidagi bilimlarni tarqatishga doir ishlarni tashkil etadi;
tegishli hududda karantinni joriy etish (bekor qilish) to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘simliklar karantini, karantin cheklovlarini qo‘llash bo‘yicha har yilgi dasturlarni hamda tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
(11-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
fitosanitariya choralarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi;
zararli organizmlardan xoli zonalarni va o‘simliklar karantini obyekti soni kam bo‘lgan zonalarni belgilaydi, zaruratga qarab bunday zonalarning maqomini bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun potensial xavf tug‘diradigan zararli organizm aniqlangan yoki bunday holatlar to‘g‘risida xabar qilingan taqdirda, tezkor choralar ko‘radi;
karantin ostidagi mahsulotda, shuningdek o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega bo‘lmagan, foydalanilishi katta iqtisodiy zararga keltirishi mumkin bo‘lgan va shu munosabat bilan fitosanitariya choralari ko‘rilishi lozim bo‘lgan ekish materialida zararli organizmlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishning oldi olinishi ustidan nazorat olib boradi;
qo‘llaniladigan fitosanitariya choralari bo‘yicha asosni (fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilishning ilmiy prinsiplari va natijalari hamda fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida) taqdim etadi;
chet davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organini O‘zbekiston Respublikasiga eksport yoki reeksport qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan qo‘yiladigan fitosanitariya talablariga rioya etilmaganligi hollari to‘g‘risida xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilingan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan import qiluvchi mamlakatning e’tirozlarini tekshirish natijalari to‘g‘risida import qiluvchi mamlakatning vakolatli organini xabardor qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlari miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotgan mamlakatni aniqlaydi;
chet davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organi, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti doirasidagi Fitosanitariya choralari bo‘yicha komissiyasi Kotibi e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati, ko‘rilgan fitosanitariya choralari hamda tezkor choralar to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan yigirmanchi — o‘ttizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
12-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining vakolatlari
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari:
(12-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni va ularga tutash hududlarni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni, o‘rmon fondining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarini o‘simliklar karantini obyektlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida nazorat tekshiruvlaridan o‘tkazishni tashkil etadi;
aniqlangan zararlanish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek o‘simliklar karantini obyektlarini olib kirish yo‘llarini aniqlash hamda to‘sish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘radi;
fitosanitariya sertifikatini, ichki fitosanitariya sertifikatini, reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini, transport birliklarini ochish to‘g‘risidagi dalolatnomani va karantin ko‘rigi dalolatnomasini beradi;
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan keladigan karantin ostidagi mahsulotni sog‘lomlashtirish va zararsizlantirish, shuningdek transport vositalarini zararsizlantirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududni o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilish (karantinni bekor qilish), zarur karantin cheklovlarini qo‘llash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnomalar yuboradi.
tumanlar va shaharlar miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturlarini ishlab chiqadi, shuningdek ularni tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;
eksport uchun yuklanayotgan karantin ostidagi mahsulotning qayta zararlanishining oldini olishga va uning rasmiylashtirilgan fitosanitariya sertifikatiga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar amalga oshiradi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
13-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining ilmiy ta’minotini O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti o‘simliklar karantini obyektlarining bioekologik xususiyatlarini va ularga qarshi kurashish usullarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish sohasi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakasi oshirilishini, o‘simliklar karantini obyektlari to‘g‘risidagi bilimlarning aholi o‘rtasida tarqatilishini ta’minlaydi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi o‘simliklar karantini punktlari
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotni (shu jumladan tranzit yuklarni) tekshirish o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan o‘simliklar karantini chegara punktlarida o‘tkaziladi.
O‘simliklar karantini chegara punkti O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida, ichki hududlararo chegara punktlarida tashkil etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xonalar bilan, tekshiruvlar o‘tkazish va namunalar olish, fitosanitariya ekspertizasini hamda fumigatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vositalar, aloqa vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
O‘simliklar karantini davlat inspektori fitosanitariya sertifikatining qalbakiligini, belgilangan talablarga muvofiq emasligini aniqlagan yoki karantin ostidagi mahsulotlarda o‘simliklar karantini obyektlari mavjudligi to‘g‘risida shubha bo‘lgan taqdirda, ushbu karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini tegishli chegara punktida ushlab turiladi va bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga xabar beriladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
15-modda. O‘simliklar karantini davlat inspektorlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektoridir, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining direktori — O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlaridir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlaridir.
Tumanlar va shaharlar o‘simliklar karantini davlat inspektorlari hamda agronom-entomologlari o‘z faoliyatini tegishli hududda amalga oshiradi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining, tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlarining agronomlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlarining, shuningdek pochtamtdagi o‘simliklar karantini punktining mudirlari hamda agronomlari, zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi chigirtka hamda tut parvonasiga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlarning boshliqlari o‘simliklar karantini davlat inspektorlaridir.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
16-modda. O‘simliklar karantini davlat inspektorlarining huquqlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini davlat inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirishga;
o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilishlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritishga;
laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza o‘tkazish uchun karantin ostidagi mahsulotdan namunalar olishga;
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda o‘simliklar karantini qoidalariga muvofiq karantin cheklovlari o‘rnatishga, olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotni ushlab turishga, olib qo‘yishga yoki qaytarib yuborishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (31.10.2019-y., ro‘yxat raqami 3191).
kirib kelayotgan va jo‘natilayotgan, ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq o‘simliklar karantiniga doir tadbirlar tatbiq etiladigan yuklar to‘g‘risida bojxona organlaridan, temir yo‘l stansiyalarining, avtovokzallarning (avtostansiyalarning), aeroportlarning, daryo portlarining (pristanlarining), pochtamtlarning, dehqon bozorlarining va boshqa tashkilotlarning ma’muriyatlaridan ma’lumotlar talab qilishga;
zarur bo‘lgan taqdirda karantin ostidagi mahsulotni ko‘zdan kechirish va zararsizlantirish ishlarini amalga oshirish uchun yordamchi ishchilar, xizmat xonalari va yordamchi materiallar berilishini yuklarning egalaridan talab qilishga.
O‘simliklar karantini davlat inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-bobi.
17-modda. O‘simliklar karantini davlat inspektorlarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini davlat inspektorlari:
o‘simliklar karantini obyektlarining o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lgan hududga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi;
o‘simliklar karantini obyektlariga tashxis qo‘yish maqsadida laboratoriya tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlar o‘tkazilishini tashkil etishi;
tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan karantin holati to‘g‘risida xabardor qilishi, o‘simliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirishi hamda zarur tavsiyalar berishi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish to‘g‘risida taqdimnomalar yuborishi;
o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli zonalar va o‘simliklar karantini obyektlari soni kam bo‘lgan zonalar ustidan nazoratni amalga oshirishi;
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonliQonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
o‘simliklar karantini qoidalariga nomuvofiqlik va fitosanitariya talablari buzilganligi faktlari aniqlanganda temir yo‘l vagonlaridan, kemalardan, samolyotlardan va boshqa transport vositalaridan foydalanishga doir taqiq o‘rnatishi shart.
O‘simliklar karantini davlat inspektorlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-bobi.
4-bob. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklar karantini sohasidagi huquq va majburiyatlari
18-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklar karantini sohasidagi huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati vakillari bilan birgalikda o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
(18-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
o‘simliklar karantini obyektlarini aniqlash uchun o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatidan karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni, ularga tutash hududlarni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni, o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarini nazorat tekshiruvlaridan o‘tkazishni talab qilish;
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
o‘simliklar karantini obyektlari to‘liq yo‘q qilinganidan keyin o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga karantin cheklovlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
(18-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklar karantini sohasidagi majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar:
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati nazorati ostida tekshirishga (ko‘zdan kechirishga) va o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishga doir ishlarni, shuningdek ushbu karantin obyektlari tarqalishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirishi;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
belgilangan tartibda karantin ruxsatnomasi va (yoki) ichki fitosanitariya sertifikati olinmagan karantin ostidagi mahsulotni qabul qilmasligi;
xorijiy mamlakatlardan va O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilingan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishda o‘simliklar karantini qoidalariga rioya qilishi;
tegishli yuklar saqlanadigan omborxonalarda har yili kamida bir marta profilaktik fumigatsiya ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirishi shart.
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, dorivor o‘simliklar, daraxt va butalar yetishtirish, o‘simliklarning yangi navlari seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘simliklar karantini obyektlarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishni amalga oshirishi, ular aniqlangan taqdirda esa bu haqda mahalliy davlat hokimiyati organlarini, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatini darhol xabardor qilishi, shuningdek aniqlangan o‘simliklar karantini obyektlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
5-bob. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar va ularni amalga oshirish
20-modda. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi o‘simliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat.
O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar:
tabiiy sharoitlardagi mavjud o‘simlik dunyosiga, qishloq xo‘jaligiga, o‘rmonlarga, dorivor, manzarali o‘simliklarga, shu jumladan ularning urug‘lari, ko‘chatlari va qismlariga (qalamchasi, piyozi, tugunagi, mevasiga va boshqalarga), shuningdek o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘simlik mahsulotiga;
tirik zamburug‘larga, bakteriyalar, viruslar, nematodalar, kanalar, hasharotlarga;
hasharotlarning, o‘simliklar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarning kolleksiyalariga va ular yetkazadigan zararlarning namunalariga, shuningdek gerbariylarga va urug‘larning kolleksiyalariga;
xorijiy mamlakatlardan va O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilingan hududlaridan kirib kelayotgan o‘simliklarga, qishloq xo‘jaligi mashinalariga, yerga ishlov berish qurollariga, idishlarning barcha turlariga, ayrim sanoat tovarlariga, qadoqlash vositalariga, shuningdek o‘simlik materiallaridan tayyorlangan buyumlarga, yaxlit toshlarga, tuproq namunalariga, transport vositalariga hamda boshqa o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarga;
o‘simlik mahsulotini yetishtiradigan, tayyorlaydigan, g‘amlaydigan, qayta ishlaydigan hamda realizatsiya qiladigan korxonalar va tashkilotlarning hududlari va binolariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga va o‘rmon fondi yerlariga, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, shuningdek qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarga (yo‘llarga, elektr o‘tkazgichlar atrofidagi yerlarga va boshqalarga) hamda davlatning chegaraoldi hududlariga nisbatan tatbiq etiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Fitosanitariya choralari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilishning ilmiy prinsiplari va natijalariga, fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslangan holda qabul qilinadi.
Fitosanitariya choralari yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va asoslar yuzaga kelishiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi lozim.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariya choralari qabul qilinganligi, qo‘llanilganligi, bekor qilinganligi to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida e’lon qiladi hamda bu haqda bevosita tegishli chet davlatlarning vakolatli organlarini xabardor qiladi.
Karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish chog‘ida aniqlangan yangi zararli organizm tarqalishining oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariyaga oid xavf baholanguniga qadar vaqtinchalik tezkor fitosanitariya choralarini qabul qiladi va qo‘llaydi.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
21-modda. Karantin o‘rnatish va uni bekor qilish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini obyektlari aniqlangan hollarda tuman (shahar) o‘simliklar karantini davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklarining, o‘rmon xo‘jaliklarining hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, shaharchalar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek ularga tutash hududlar o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilinadi yoki ularda zarur karantin cheklovlari o‘rnatiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Tumanlar va shaharlarni o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilish yoki karantin cheklovlarini o‘rnatish tegishli o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining hududlarini o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilish yoki karantin cheklovini o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
O‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilingan hududda o‘simliklar karantini o‘chog‘ining tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi, unga tutash hududlarda o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olishga va ularni yo‘q qilishga qaratilgan o‘simliklar karantiniga doir tadbirlar o‘tkaziladi.
Karantin ostidagi mahsulotni karantin cheklovlari o‘rnatilgan hududlardan olib chiqish va ulardan foydalanish shartlari o‘simliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari asosida amalga oshiriladi, bundan zararlangan mahsulot mustasno.
Zararlangan mahsulotdan foydalanish shartlari o‘simliklar karantini qoidalariga muvofiq o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan belgilanadi.
Hududda o‘rnatilgan karantin cheklovlari o‘simliklar karantini bo‘yicha zarur tadbirlar o‘tkazilganidan va o‘simliklar karantini obyektlari to‘liq yo‘q qilinganidan keyin, tegishli o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomalariga ko‘ra cheklovlar o‘rnatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi.
211-modda. O‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi yangi zararli organizm aniqlangan taqdirda, fitosanitariyaga oid xavfni, o‘simliklar karantini obyektining biologik xususiyatlarini va uning aniqlanish holatlarini, geografik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarni, mavsumiy xususiyatga ega omillarni tahlil qilish asosida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar va shaharlar miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi tegishli o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(211-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
22-modda. Fitosanitar dala nazorati va uni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
Fitosanitar dala nazorati o‘simliklarning va o‘simlik mahsulotining fitosanitar tozaligini ta’minlash, ularda o‘simliklar karantini obyektlarining mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Fitosanitar dala nazorati o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fitosanitar dala nazorati o‘tkazilganidan keyin dalolatnoma tuziladi va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar belgilanadi.
23-modda. O‘simliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari karantin ostidagi mahsulotning qismlarini va (yoki) namunalarini ular zararlanganligini yoki zararlanmaganligini, ularda o‘simliklar karantini obyektlari mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqotlardan iborat va bu tadqiqotlar qonunchilikka muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
(23-moddaning birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘simliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari:
karantin ostidagi mahsulotning o‘simliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simliklar karantini sohasida monitoring olib borish;
fitosanitar xavfni tahlil qilish;
fitosanitariya sertifikatini berish;
karantin ruxsatnomasini berish;
ilmiy izlanishlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
O‘simliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(23-moddaning uchinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi
Karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotganda transport vositalaridagi va bo‘sh omborlardagi fumigatsiya ishlari zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilib, ularning yakunlari bo‘yicha zararsizlantirish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilib, uning yakunlari bo‘yicha zararsizlantirish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-yanvardagi O‘RQ-1020-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 03/25/1020/0053-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 22-iyul)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 5-bobi.
25-modda. O‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish o‘simliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish tizimidan iboratdir.
O‘simliklar karantini sohasidagi monitoring:
o‘simliklar karantini obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatishiga ko‘maklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
o‘simliklar karantini obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yo‘llarini va tarqalgan hududlarni aniqlash;
o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
fitosanitar xavfni aniqlash va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Fitosanitar xavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qo‘llash va bekor qilish tartibi to‘g‘risida nizom.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini sohasidagi monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qarori.
6-bob. O‘simliklar karantini sohasidagi axborotning ochiqligi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
O‘simliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shu jumladan fitosanitariyaga oid xavf tahlili natijalari, fitosanitariya talablari, fitosanitariya choralari, karantin ostidagi mahsulot olib kiriladigan o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlarining ro‘yxati, shuningdek karantindagi hududlar, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda o‘simliklar karantini sohasidagi boshqa axborot ommaviy axborot vositalarida hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati to‘g‘risidagi milliy ma’ruza
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi hududining fitosanitar holati to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
7-bob. Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish va olib chiqish
28-modda. Olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
Olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lishi hamda uning har bir turkumi fitosanitariya sertifikatlarining asl nusxalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotganda, olib chiqilayotganda va tranzit tarzida olib o‘tilayotganda o‘simliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablariga rioya qilinishi kerak.
29-modda. Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
O‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat organlariga ega bo‘lmagan xorijiy mamlakatlardan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan karantin ostidagi mahsulotning har bir turkumiga alohida-alohida beriladigan karantin ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. O‘simliklar karantini. Veterinariya]
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar karantin ostidagi mahsulotni olib kirishda:
karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga doir savdo shartnomalariga (kontraktlariga) o‘simliklar karantini obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishining oldini olishni ta’minlaydigan fitosanitariya talablarini kiritishi;
xorijiy mamlakatlardan karantin ostidagi mahsulotni xarid qilish chog‘ida, zarur bo‘lgan taqdirda, bu mamlakatlardagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini o‘rganish uchun o‘simliklar karantini bo‘yicha mutaxassislarni yuborishni nazarda tutishi shart.
Olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini chegara punktlarida o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish amalga oshiriladigan o‘simliklar karantini chegara punktlari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan belgilanadi.
(29-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Qo‘shni davlatlardan o‘simliklar karantini obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishi va tarqalishi tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlarning qaroriga ko‘ra xavf tug‘diruvchi uchastkalardagi chegara vaqtincha yopib qo‘yiladi.
O‘simliklar karantini obyektlari aniqlangan karantin ostidagi mahsulotni olib kirish taqiqlanadi, bundan ularning ilmiy maqsadlarda olib kirilayotgan namunalari mustasno.
Fitosanitariyaga oid yuqori xavfga ega bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotni, shu jumladan ekish, payvandlash, ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan ekish materiallarini, xususan ko‘chatlar, ildizlar, barglar, qalamchalar, urug‘lar, tugunaklar, piyozboshlar, ildizpoyalarni yoki ularning qismlarini xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarga pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborish, shu jumladan bagajda va qo‘l yukida olib o‘tish taqiqlanadi. O‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlanmagan ayrim mevalarni, yangi ho‘l meva va sabzavotlarni yo‘lovchilarning qo‘l yukida o‘tkazishga o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan ruxsat beriladi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan urug‘lar, o‘simliklar yoki ekish materiallari ilmiy-tadqiqot muassasalarining manziliga yo‘llangan taqdirda, ular o‘simliklar karantini davlat inspektorining xulosasiga ko‘ra introduksiya karantin ko‘chatxonasiga tekshirish uchun yuborilishi kerak.
(29-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va savdo vakolatxonalari tomonidan karantin ostidagi mahsulotni xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga yuk bilan olib kirish va pochta orqali jo‘natish, mamlakat ichida tashish hamda undan foydalanish o‘simliklar karantini qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda bir sutka ichida majburiy fumigatsiya qilinadi yoki boshqa usullar bilan zararsizlantiriladi, begona o‘tlardan tozalanadi, yashirin zararlanishlarni aniqlash va sog‘lomlashtirish maqsadida oranjereyalarga va karantin ko‘chatxonalariga o‘simliklar karantini qoidalariga muvofiq ekiladi. Bu o‘simlik materialiga texnik jihatdan ishlov beriladi yoki ulardan hududi o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishi xavfidan xoli bo‘lgan tumanlarda foydalaniladi. Yashirin zararlanishni aniqlash alohida hollarda laboratoriya tekshiruvi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan ishchi kuchidan, transportdan, xonalardan va yordamchi materiallardan foydalanish tegishli yukni oluvchilar yoki karantin ostidagi mahsulotni jo‘natuvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Karantin ostidagi mahsulot mavjud bo‘lgan tranzit yuklar o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. O‘simliklar karantini obyektlari aniqlangan taqdirda, mazkur yuklar ushlab turilishi, zararsizlantirilishi yoki uni eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuborilishi kerak.
(29-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 3, 4-boblari.
30-modda. Karantin ostidagi mahsulotni olib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini qoidalariga, fitosanitariya talablariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga muvofiq bo‘lishi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi kerak.
Karantin ostidagi mahsulotning har bir turkumiga belgilangan namunadagi fitosanitariya sertifikati ilova qilingan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
31-modda. O‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro hamkorlik
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari bo‘yicha hamkorlik]
O‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimini moliyalashtirish
(32-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini]
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish va fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash uchun har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablag‘lar ajratiladi.
O‘simliklar karantini sohasida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olingan daromadlar o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi xodimlarini rag‘batlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplashga sarflanadi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatining olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotni tekshirish hamda ko‘zdan kechirish, shuningdek zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlarining o‘rni tegishli yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 3-bobi.
O‘simliklar karantini sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(33-moddaning matniO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
34-modda. O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.21.00 Qishloq xo‘jaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(34-moddaO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 107 va 108-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 199-moddasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2018-y., 03/18/484/1483-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 21.01.2025-y., 03/25/1020/0053-son)