1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan ovqatlar retsepturasini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishlarning namunalari 3-ilovaga muvofiq;
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi namunasi 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar hamda ushbu joylarda joylashtirilgan tibbiy ogohlantirishlar to‘g‘risida xabardor qiluvchi ko‘rsatkichlar namunalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarni barcha savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazsinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdoni tartibga soladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
Mazkur Qoidalarning amal qilishi savdo rastalari va bozorlardagi savdo o‘rinlari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
II. Asosiy tushunchalar va atamalar
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
rag‘batlantiruvchi aksiya — reklamadan foydalanuvchilarni muayyan harakatlarni bajarishga undaydigan tadbir, tanlov, o‘yin o‘tkazish shaklida amalga oshiriladigan, shu jumladan ularda ishtirok etish sharti reklama qilinayotgan tovarlarni olishdan iborat bo‘lgan reklama;
narxnoma — yagona namunadagi va aniq ko‘rsatilgan iste’molchiga hech qanday shartlarsiz odatda taklif etiladigan tovar birligi yoki ma’lum miqdordagi tovar uchun belgilangan yakuniy narx ko‘rsatilgan ma’lumot;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
chegirma narx — tovar narxini uning chegirma narxgacha bo‘lgan narxidan muayyan foiz yoki summa miqdorida arzonlashtirilgan narx;
chegirma narxgacha bo‘lgan narx — sotuvchi tomonidan isbotlanishi shart bo‘lgan, chegirma narx e’lon qilingunga qadar 30 kun davomida amalda bo‘lgan iste’molchiga odatda taklif etilayotgan tovar birligi uchun belgilangan eng past narx;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda (sonda) naqd pulga yoki bank plastik kartalari (korporativ bank kartasi bundan mustasno) yoxud kontaktsiz onlayn to‘lov tizimlari orqali sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
vositachilik savdosi — chakana savdo faoliyatining vositachilar tomonidan vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotish uchun ularga berilgan tovarlar sotilishini nazarda tutuvchi turi;
savdo obyekti — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning o‘lchamidan va hokazolardan qat’i nazar, tovarlar va xizmatlarni sotishga mo‘ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
Chakana savdoning savdo obyektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam, univermag, minimarket, oziq-ovqatlar do‘koni, ixtisoslashtirilgan do‘konlar, palatkalar, lotoklar, avtodo‘konlar, pavilyonlar, kioskalar, laryoklar, savdo avtomatlari.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
Savdo obyektlari turg‘un va ko‘chma obyektlarga bo‘linadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
turg‘un savdo shoxobchalari — ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo obyektlari (do‘konlar, kioskalar, laryoklar, pavilyonlar, dorixonalar, optika, avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari);
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
ko‘chma savdo obyektlari — vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek ish kuni tamom bo‘lgandan keyin yig‘ishtirib olishni va obyekt ko‘chirilishini talab etish asosida joylashtirilgan savdo obyektlari (lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, avtodo‘konlar va hokazolar);
savdo avtomati — naqd pul yoki boshqa to‘lov vositalarini qabul qilgandan so‘ng sotuvchining ishtirokisiz tovarlar berish orqali xizmat ko‘rsatuvchi savdo uskunasi (vending machine). Savdo avtomati turg‘un yoki ko‘chma savdo obyekti shaklida bo‘lishi mumkin;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
savdo zali — tovarlarning ommaviy ofertasiga va/yoki tovarlarning chakana oldi-sotdi shartnomalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo obyekti maydoni;
sotuvchi — savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va oldi-sotdi shartnomasining bir tomoni sifatida ish ko‘ruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs);
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
tarmoqli marketing — tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvchi agentlar tashkil etilishiga asoslangan tovarlarni chakana sotish turi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
tarmoqli tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi hududida mustaqil ravishda yoxud tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali savdoni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
sotuvchi agent — turg‘un savdo shoxobchalari orqali tovarlarni bevosita sotuvchi, shuningdek uyga buyurtma olish vositasida, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada potensial xaridorlar bilan ishlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxs – yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 5-son, 48-modda)
III. Sotuvchilarga, savdo obyektlariga va tovarlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
4. Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u o‘z faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo shoxobchasida bo‘lishi shart bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmog‘ining joylashishi respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
5. Sotuvchi o‘z faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yong‘inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (keyingi o‘rinlarda matnda “standartlar” deb yuritiladi) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
6. Sotuvchi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq tovarlarni qabul qilib olishda, saqlashda, savdo oldi tayyorgarligida va sotish paytida ularning sifati va xavfsizligi savdoning zarur shart-sharoitlarini, shuningdek xaridorlarning tovarlarni tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan zarur joylar, asbob-uskunalar va inventarga ega bo‘lishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
7. Sotuvchi qo‘llashga ruxsat berilgan o‘lchash vositalariga ega bo‘lishi va ularni soz holatda saqlashi, ularning metrologiya tekshiruvini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda o‘tkazishi shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
8. Barcha o‘lchash vositalari davlat metrologiya xizmatining metrologiya tekshiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikatga (yoki guvohnomaga) ega bo‘lishi kerak.
Nosoz va qo‘llashga ruxsat berilmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
9. Tarozilar va boshqa o‘lchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida o‘rnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal joyga o‘rnatiladi.
Savdo zallarida xaridorlarga qulay joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchash vositalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Tovarlarni elektron tijorat shaklida sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa o‘lchash vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida nazorat tarozilari ikki joyda o‘rnatiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Savdo avtomatlari, dozatorlar, avtosaturatorlar hamda tovarlarni tortish, dozalash va sotish uchun boshqa priborlarni o‘rnatish va montaj qilish, shuningdek ishga tayyorlash yetkazib berish komplektiga kiradigan ushbu buyumlarga zavodda tayyorlangan hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga alohida e’tibor berish zarur.
12. Mazkur Qoidalardan tegishli ko‘chirmalar sotuvchi tomonidan ko‘rgazmali va qulay shaklda xaridorlar e’tiboriga yetkaziladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotish joylarida ularni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining inson sog‘ligiga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari]
13. Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) hamda ushbu ma’lumotlarni (ish rejimi bundan mustasno) skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Agar sotuvchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, u litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
14. Sotuvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar to‘g‘risidagi quyidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni xaridorning e’tiboriga o‘z vaqtida ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart:
tovarning nomi;
tovarning shtrixli kodi (mavjud bo‘lganda);
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
agar u aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — kafolatli muddati;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
agar ular aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa — xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati, shuningdek ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridor amalga oshirishi kerak bo‘lgan zarur xatti-harakatlar haqidagi hamda, agar tovarlar ko‘rsatilgan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin xaridorning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavf tug‘dirsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, bunday harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ularning majburiy talablariga tovar muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan texnik reglamentlar va standartlarning belgilanishi;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
tovarning asosiy iste’mol xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar ular o‘ramda ko‘rsatilmagan bo‘lsa);
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati
(14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Agar xaridor tomonidan sotib olinadigan tovar iste’mol qilingan bo‘lsa yoki uning kamchiligi (kamchiliklari) bartaraf etilgan bo‘lsa, xaridorga bu to‘g‘rida ma’lumot berilishi kerak.
Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
tovarni tayyorlovchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili), xaridorlardan e’tirozlarni qabul qilib olishga va tovarni tuzatuvchi va unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tayyorlovchi (sotuvchi) tomonidan vakil qilingan tashkilot (tashkilotlar)ning joylashgan joyi to‘g‘risidagi axborotni;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
sertifikatning asl nusxasi egasi yoki sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash bo‘yicha organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatning nusxasini “(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlarni sotishda);
(14-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishi shart.
141. Sotuvchi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarni sotish vaqtida bu boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridorni yozma ravishda ogohlantirishi shart.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash]
15. Yovvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan go‘shtini, hayot faoliyati mahsulotlarini, ulardan tayyorlangan mahsulotlarni, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni sotish, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan tayyorlangan tovarlarni (mo‘yna, charm, tikuv, attorlik, dekorativ, yodgorlik buyumlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor-texnik xom ashyo) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi fauna va florasi uchun xos bo‘lmagan obyektlar va ulardan tayyorlangan tovarlar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan olib kirish uchun ruxsatnomalar mavjudligi ham talab etiladi.
16. Sotuvchi, tovarlar va ularni tayyorlovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar e’tiboriga davlat tilida yetkaziladi, shuningdek boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
17. Iste’molchiga, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularning narxlari va xizmatlar ko‘rsatish shartlari, shuningdek tovarlarni sotishda xizmat ko‘rsatishning qo‘llaniladigan shakllari to‘g‘risida (oldindan buyurtma berish, tovarlarni uyda sotish, kreditga sotish, gazlamalarni bichish, sovg‘a va komplektli to‘plamlarni komplektlash bo‘yicha va boshqa shakllardagi) ko‘rgazmali va ishonchli axborot taqdim etilishi kerak.
18. Tovarni sotishda xaridorga mustaqil ravishda yoki sotuvchi xodimning yordamida zarur tovarlar bilan tanishish, tosh-tarozining to‘g‘riligini, unga berilgan tovarning o‘lchamini tekshirish imkoni berilishi kerak.
Xaridor tavsiya etilayotgan tovarni ko‘zdan kechirishga, agar tovarning xususiyati buni istisno etmasa va mazkur Qoidalar talablariga zid bo‘lmasa, o‘zining hozirligida uning xossalarini tekshirishni yoki uning harakatlari namoyish qilinishini talab qilishga haqlidir.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Sotuvchi agar tekshirish texnik reglamentlar va standartlarining majburiy talablarida yoki shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarning sifatini va xavfsizligini (ko‘rib chiqish, sinov, analiz, ekspertiza) tekshirishga majburdir.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
19. Sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarlarning narxi, shuningdek shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, qonunlarda yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda o‘zgacha hol nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
20. Sotuvchi-xodim tovarning nomi, uning sorti, markasi, modeli, tipi, tovarning og‘irligi, o‘lchami yoki birligiga narxi ko‘rsatilgan holda sotiladigan tovarlarning yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalari bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari]
21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
Turg‘un savdo shoxobchalarida va ko‘chma savdo obyektlarida bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarda to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi maxsus QR-kod, yuridik shaxslarda banklarda generatsiya qilingan yagona QR-kod mavjud bo‘lishi kerak.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
22. Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida qonunda yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
Chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati ko‘rsatilgan holda kvitansiya yoki shunga o‘xshash hujjatni berishi shart.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.05 Cheklar bilan hisob-kitob]
23. Sotuvchi-xodim xaridorga xarid bilan birgalikda kassa chekini, tovarlarning ayrim turlarini (antikvariat buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tabiiy mo‘ynadan tikilgan buyumlar va boshqalarni) sotishda haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovar chekini berishi shart, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko‘rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo‘yishga haqli emas, tovarlar texnik talablarga ko‘ra tegishli mutaxassislarning ishtirokisiz yig‘ilishi va (yoki) o‘rnatilishi (ulanishi) mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
25. Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega bo‘lgan tovarni idishda va (yoki) o‘ralgan holda, muayyan to‘plamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari]
Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
26. Sotiladigan tovarning sifatiga, idish va (yoki) o‘rab-joylashtirilishiga, uning komplektliligi, anjomlari va hujjatlariga, tovarlarning komplektiga, shuningdek tovarni yetkazib berish shartlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
27. Xaridor nooziq-ovqat tovar unga berilgan paytdan boshlab 10 kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarni aynan shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rangdagi yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga xarid qilingan joyda va sotuvchi tomonidan e’lon qilingan boshqa joylarda narxida tafovut bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitob qilgan holda almashtirishga haqlidir.
Almashtirish uchun sotuvchida zarur tovar bo‘lmagan taqdirda xaridor sotib olingan tovarni sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘langan summani qaytarib olishga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
28. 27-bandda ko‘rsatilgan xaridorning tovarni almashtirish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi talabi, agar tovar iste’mol qilinmagan bo‘lsa, uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo‘lsa qondirilishi kerak, zarur sifatga ega bo‘lgan, qaytarilmaydigan yoki nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan, ana shunday o‘lcham, shakl, gabarit, fason, rang yoki komplektatsiyadagi boshqa tovarga (mazkur Qoidalarga 1-ilova) almashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
29. O‘ziga zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, o‘zining tanlashiga ko‘ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo‘ladi):
aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;
xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;
tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;
tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini talab etishga haqlidir.
Bunda xaridor zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotilganligi oqibatida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Texnik jihatdan murakkab yoki qimmatbaho tovarning sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy ravishda buzilgan taqdirda (bartaraf etilmaydigan nuqsonlar, mutanosib xarajatlarsiz yoki vaqt sarfisiz bartaraf etib bo‘lmaydigan nuqsonlar aniqlanishi, nuqsonlar qayta-qayta aniqlansa yoxud bartaraf etilgandan keyin qayta namoyon bo‘lsa hamda shunga o‘xshash boshqa nuqsonlar) xaridor uning almashtirilishini talab qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarning nuqsonlari sotuvchi tomonidan bartaraf etilishi to‘g‘risida xaridor tomonidan talab qo‘yilgan yoki bunday tovar almashtirilishi talab qilingan taqdirda, xaridor bir vaqtning o‘zida tuzatish davrida yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish davrida zarur sifatga ega bo‘lgan aynan shunday tovar berilishini talab qilishga haqlidir. Ularga nisbatan xaridorning tuzatish yoki almashtirish davrida unga ana shunday tovar tekin berilishi to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro‘yxatida (mazkur Qoidalarga 2-ilova) ko‘rsatilgan tovarlar bundan mustasno.
Xossalari bartaraf etib bo‘linmaydigan tovarning nuqsonlari aniqlangan taqdirda (pardoz-andoz buyumlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqa tovarlar), xaridor o‘zining tanlashi bo‘yicha bunday tovarni zarur sifatga ega bo‘lgan tovar bilan almashtirishni yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari]
Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni taqdim etish o‘rniga, xaridor sotib olingan tovarni rad etishga va tovar uchun to‘langan pul summasi qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni almashtirish yoki qaytarishda, xaridor o‘zi sotib olgan zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni sotuvchining hisobidan qaytarishi kerak.
Tovar uchun to‘langan pul summasini xaridorga qaytarishda sotuvchi tovardan to‘liq yoki qisman foydalanilganligi, uning tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovarning qiymati pasaygan summani xaridordan ushlab qolishga haqli emas.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
30. Sotuvchi-xodim yoki shartnoma asosida sotuvchining funksiyasini bajaruvchi shaxs, tovarning sifatini tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda, zarur sifatga ega bo‘lmagan tovarni xaridordan qabul qilib olishga majburdir. Xaridor tovarning sifatini tekshirishda qatnashishga haqlidir.
Tovarning nuqsonlari paydo bo‘lishi sabablari to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda sotuvchi o‘z hisobidan tovarning mustaqil ekspertizasini o‘tkazishi shart. Xaridor bunday ekspertiza xulosasi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
31. Sotuvchi tomonidan xaridorning talablari qondirilishi muddatlari, shuningdek ushbu muddatlar buzilganligi uchun javobgarlik “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
32. Agar nuqsonlar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida aniqlangan bo‘lsa, xaridor mazkur Qoidalarning 29-bandida ko‘rsatilgan tovarning kamchiliklariga nisbatan talab qo‘yishga haqlidir.
Tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin bo‘lmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli bo‘lgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli bo‘lgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar]
Agar tovar yig‘ilishi va (yoki) maxsus o‘rnatilishi (ulanishi) kerak bo‘lsa, kafolat muddati u yig‘ilgan va (yoki) o‘rnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yig‘ish va (yoki) o‘rnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom bo‘lgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo bo‘lgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
33. Agar tovarga kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan talablar xaridor tomonidan nuqsonlar maqbul muddatda, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida yoxud shartnomada belgilangan uzoqroq muddat davomida aniqlanishi sharti bilan berilishi mumkin.
Mavsumiy tovarlar uchun tovarning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan e’tirozlar bildirish muddati tovar xarid qilingan sanadan keyin tegishli mavsum boshlangan paytdan boshlab hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlaridan kelib chiqib mavsumlar quyidagichadir:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.26.00 Dam olish vaqti]
34. Davlat korxonasi chakana savdo obyektining ish rejimi (ish boshlanishi, tamom bo‘lishi, tushlik tanaffus, dam olish kunlari) ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlarining qarorlariga ko‘ra, mulkchilikning boshqa shakllaridagi tashkilotlarda esa mulkdor tomonidan belgilanadi. 10 ish o‘rinli va undan ko‘p ish o‘rinli savdo korxonalari, shuningdek majburiy ro‘yxatda nazarda tutilgan tovarlarni sotish bo‘yicha joylashtirishga kiritilgan korxonalar korxonaning yopilishi to‘g‘risida xaridorlarni oldindan xabardor qilishlari kerak.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
35. Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, yakka tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi va boshqa hujjatlar savdo obyektida turishi hamda nazorat organlarining birinchi talabi bilan ko‘rsatilishi kerak.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
36. Barcha savdo obyektlari ularning mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Tekshirish savdo obyekti ochilganda ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari tomonidan bir marta o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
IV. Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
37. Oziq-ovqat tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda, mazkur Qoidalarning 15-bandida ko‘rsatilgan talablardan tashqari texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga muvofiq, tovarlarning turiga bog‘liq ravishda:
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan ingredintlarning nomlari, shu jumladan oziq-ovqatga solinadigan qo‘shimcha masalliqlar;
oziqlik qiymati (mahsulotning kaloriyaliligi, oqsillar, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar mavjudligi), og‘irligi va metrik birliklardagi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
qo‘llaniladigan sohasi (bolalar, davolash-profilaktika, oziq-ovqat mahsulotlari va parhez taomlar va boshqalar uchun);
tayyorlash usullari va shartlari (konsentratlar va yarim tayyor mahsulotlar uchun) va qo‘llanilishi (bolalar, davolash-profilaktika mahsulotlari va parhez taomlar uchun);
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
muvofiqlik sertifikati yoki mahsulotning tayyorlovchi korxonalarda sertifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “(majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun);
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
saqlash shartlari (ular uchun saqlash sharoitlariga nisbatan majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);
identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash (identifikatsiya qilish orqali majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tayyorlangan sanasi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoizligi (ular to‘g‘risidagi ma’lumotda kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoizligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi kerak bo‘lgan tovarlar uchun);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlarining iste’mol o‘rovida (qutisida) uning old tomoni yuqori qismidagi asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini hamda orqa tomoni asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini iste’mol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini ko‘rsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak;
(37-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
tamaki mahsulotining blokida tamaki mahsuloti bloki gorizontal joylashtirilganda, chap qismida old va orqa tomonida hamda vertikal joylashtirilganda, yuqori qismida asosiy yuzaning kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir va matn tarzida tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamasining iste’mol o‘rovida, o‘rov asosiy tomonlari yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir va matn tarzida tibbiy ogohlantirish (chilimning o‘rovi bundan mustasno) bo‘lishi kerak;
chilim suvdonida uning yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir matn tarzida tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak;
alkogol mahsulotlarining (tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar bundan mustasno) iste’mol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
38. Tovarlar savdo zaliga yoki sotiladigan boshqa joyga qo‘yilgunga qadar idishdan, o‘rash va bog‘lash materiallaridan, metall klipsdan olinishi kerak. Tovarning iflos bo‘lgan yuzasi yoki qismi tozalanishi kerak. Sotuvchi-xodim, shuningdek tovarlarning sifatini tekshirishi (tashqi belgilariga qarab), ularda zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar mavjudligini tekshirishi, tovarlarni brak qilishi va sortlarga ajratishi kerak.
39. Tuz, shakar, un, yorma va boshqa sochiluvchan tovarlarni qadoqlash va sotishda alohida kurakchalardan foydalaniladi.
40. Oziq-ovqat tovarlarini vitrinada quyosh nurlari va yog‘ingarchiliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siriga uchraydigan holatda, shuningdek tovarlarni yonma-yon saqlash tartibi buzilgan holda saqlashga va joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
41. Tortib sotiladigan tovarlarni sotishda temir-tersak, chiqindilar, uvoqlar standartlarda belgilangan yo‘l qo‘yiladigan normalardan ortiq bo‘lmasligi kerak.
42. Tortib sotiladigan tovarlar sotishdan oldin sotuvchi tomonidan qadoqlangan va o‘ralgan taqdirda, yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan tovarlarni qadoqlash hajmi savdoning bir kuni mobaynida ular sotiladigan hajmdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Qadoqlangan tovar o‘ramiga etiketka yopishtiriladi, unda uning nomi, tayyorlovchi korxonaning yoki tayyorlovchi mamlakatning nomi, bir birligining bahosi, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, qadoqlangan sanasi, qadoqlovchining tartib raqami yoki familiyasi ko‘rsatiladi.
O‘ramdagi og‘irligi ko‘rsatilgan, tayyorlovchi tomonidan qadoqlangan va o‘rab-joylangan oziq-ovqat tovarlarini sotishda ular qo‘shimcha ravishda tarozida tortilmaydi.
43. Tortib sotiladigan oziq-ovqat tovarlari xaridorga o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘ralgan holda beriladi.
O‘rash uchun davlat standartining majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan va aniq tovarlarni o‘rashga ruxsat berilgan materiallardan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
44. Tortib sotiladigan tortiladigan oziq-ovqat tovarlarining narxi netto og‘irligi bo‘yicha belgilanadi.
45. Xaridorning iltimosiga ko‘ra sotuvchi-xodim gastronomiya tovarlarini kesilgan holda sotishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
46. Go‘sht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
47. Tamaki mahsulotlarini aksiz markalari va raqamli identifikatsiya vositalarisiz, shuningdek, tamaki mahsulotlari hamda tamaki va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini yigirma bir yoshdan kichik shaxslarga sotishga ruxsat berilmaydi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
471. Oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan 10 foizdan ortiq konsentratsiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(471-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 46-son, 602-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
48. Oziq-ovqat tovarlari chakanalab sotiladigan joylarda qo‘shimcha oziq-ovqat tovarlari sotilishi va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shimcha tovarlar bilan savdo qilish va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablari bilan belgilangan oziq-ovqat tovarlari sifati yomonlashishiga va xavfsizligiga va ularni sotish sharoitlari yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
49. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslardan oziq-ovqat tovarlarini qabul qilib olish (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari) taqiqlanadi.
50. Non va non-bulka mahsulotlari savdosini amalga oshiruvchi savdo korxonalarida belgilangan ish soatlarida assortiment ro‘yxatida nazarda tutilgan assortimentdagi non va non-bulka mahsulotlari bo‘lishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Ixtisoslashtirilgan non do‘konining savdo zalida yoki non mahsuloti savdosini amalga oshiruvchi bo‘limda ko‘rinarli joyga mahsulotning tayyorlovchilari, olib kelish jadvallari, non mahsulotlarini sotish muddatlari, parhezbop non mahsulotlari va yangi turdagi mahsulotlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Non sotish va saqlash uchun mo‘ljallangan joy quruq va shamollatib turiladigan bo‘lishi kerak.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Non va non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo obyektlari maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun cho‘tka va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, non va non-bulka mahsulotlarini elektron tijorat shaklida sotish holatlari bundan mustasno.
(50-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 299-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 37-son, 434-modda)
Savdo obyektida dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
51. Non va non-bulka mahsulotlarini qabul qilishda sotuvchi mahsulot sifatini organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, har bir mahsulot vaznining mahsulotning aniq turi uchun amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga muvofiqligini tekshirishi lozim. Buzilishlar aniqlangan taqdirda mahsulot tayyorlovchiga qaytariladi.
Yetkazib beruvchining ilova hujjatida ushbu tovarlar to‘g‘risida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 6-moddalarida nazarda tutilgan to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Non va non-bulka mahsulotlari faqat non mahsulotlari tashishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan avtomashinalarda tashiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
52. Ixtisoslashtirilgan va firma non-qandolat do‘konlarida va boshqa do‘konlarning non bo‘limlarida non, non-bulka mahsulotlari va qandolatchilik mahsulotlaridan tashqari shakar, choy, kofe, kakao, un, yorma, makaron mahsulotlari, bolalar ovqati uchun quruq mahsulotlar, oziq-ovqat konsentratlari, kafeteriyga ega bo‘lgan do‘konlarda esa, shuningdek issiq ichimliklar (choy, kofe, kakao, sut) shu jumladan o‘zlari ishlab chiqargan xamir va qandolatchilik mahsulotlari sotilishi mumkin.
53. Non, non-bulka mahsulotlarining tandirdan chiqqandan keyin sotuvda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddatlari faqat mahsulotning har bir turi uchun normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda belgilanadi.
54. Xaridorlar xohishiga ko‘ra og‘irligi 0,4 kg va undan ortiq bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlari (o‘ralganlaridan tashqari) 2—4 ta teng bo‘laklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin.
55. Amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek noto‘g‘ri saqlash tufayli buzilganlik belgilari bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Non mahsulotlari savdo obyektlarida noto‘g‘ri saqlanganligi tufayli buzilgan taqdirda buning uchun savdo obyektlari javob beradi.
Non texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiq saqlanadi.
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Xaridorlarga non va non-bulka mahsulotlari, maxsus anjom qo‘llanilmagan taqdirda, maxsus qo‘lqoplar (polietilen qo‘lqoplar yoki boshqa qo‘lqoplar) vositasida berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.
Non mahsulotlari zarur sifatga ega bo‘lmagan taqdirda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi.
56. Non, non-bulka mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda sotuvchi bu haqda mahsulot yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak. Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va amaldagi qoidalarga muvofiq yo‘q qilinadi. Non mahsulotlarida kartoshka kasalligi mavjudligi va ularning yo‘q qilinganligi haqidagi dalolatnoma belgilangan tartibda tuziladi.
Kartoshka kasalligi mavjud bo‘lgan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq belgilangan tartibda zararsizlantiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
V. Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
(V-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda)
57. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga mazkur faoliyat boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat faqat alkogol mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari hamda qoidalariga mos keladigan omborxonalari va asbob-uskunalari bo‘lgan, shaharlarda — kamida yigirma besh kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida o‘n besh kvadrat metrli (faqat alkogol mahsulotlari sotish uchun mo‘ljallangan va alohida kirish joyiga ega) savdo zali, uzoq tog‘li joylarda — alohida savdo seksiyasi bo‘lgan savdo obyektlarida amalga oshirilishi mumkin;
tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining chakana savdosi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga mazkur faoliyat boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining chakana savdosi bo‘yicha faoliyat fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish sharti bilan amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
58. Sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga muvofiq bo‘lgan, belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan (pivodan tashqari), shuningdek, identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotilishi kerak.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
581. Majburiy raqamli markirovkalanishi shart bo‘lgan tovarlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari “Asl belgisi” raqamli markirovkalash va mahsulotlarni kuzatib borish milliy axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
(581-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
582. Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining chakana savdosi faqat tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini saqlash hamda realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari va qoidalariga mos keladigan omborxonalari hamda uskunalari bo‘lgan ko‘chmas savdo obyektlarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
583.Chakana savdo subyekti alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini yigirma bir yoshga yetmagan sotuvchi-xodimlar tomonidan sotishga yo‘l qo‘ymasligi shart.
(582 va 583-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
59. Savdo obyektlari tomonidan alkogol mahsulotlarining chakana savdosi vaqti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
60. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yo‘l bilan oxirgi iste’molchilarga yetkazish yordamida (ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno);
sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan;
ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida;
dorixonalarda;
bolalarga mo‘ljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;
bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari, ta’lim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
ta’lim, sport va diniy tashkilotlar hududidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno;
yaroqlilik muddati o‘tganda;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanmaganda — aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
qalbaki aksiz markalari bilan tamg‘alanganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamg‘alanmaganda;
belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamg‘alanmaganda;
ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
alkogol mahsulotining idishi yorlig‘ida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda;
agar tamaki mahsulotining iste’mol o‘rovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta bo‘lsa — sigaretalarga nisbatan;
tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa tovarlar bilan bir to‘plamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
iste’mol o‘rovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) iste’mol o‘rovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
temir yo‘l vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo do‘konlari bundan mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (pivo bundan mustasno);
to‘liq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan iste’mol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (pivo bundan mustasno);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari bo‘lgan (bo‘g‘zi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy ko‘rinishi xiralashgan, yot qo‘shimchalari, cho‘kmalari bo‘lgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari bundan mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlariga o‘xshatib ishlangan tovarlarni (tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bundan mustasno) realizatsiya qilish taqiqlanadi;
chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan chekilmaydigan mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi, nosvoy bundan mustasno.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
601. Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart.
(601-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
602. Chakana savdo amalga oshirilayotganda tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini yoyib qo‘yish va ochiq namoyish etish taqiqlanadi.
603. Chakana savdo obyektlari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish joylarida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
alkogol mahsulotlarini bepul tarqatish;
alkogol mahsulotlarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqalarni) sotish;
har qanday turdagi rag‘batlantiruvchi aksiyalarni o‘tkazish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
604. Chakana savdo obyektlari tomonidan tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotish joylarida tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yo‘llar orqali rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek, ularga nisbatan chegirmalar qo‘llash;
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) sotish;
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalariga, mazkur moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga o‘xshatiladigan har qanday atamalar, ta’riflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish rag‘batlantiruvchi aksiyalar yoki shunga o‘xshash boshqa tadbirlar o‘tkazish.
(602 — 604-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
61. Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari mahsulotning tegishli turi bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, po‘stloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
62. Sotuvchi alkogol va tamaki mahsulotlarini savdo zaliga qo‘yishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishga majburdir.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda)
63. Alkogolli mahsulotlarni sotish chog‘ida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga mahsulot nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qo‘shilgan narxlari ko‘rsatilgan narxnomalarni birkitib qo‘yadi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
64. Sotuvchi-xodimlarning ish o‘rinlari (alkogolli mahsulotlarni quyib sotuvchi shaxslar uchun) tegishli savdo uskunasi, davlat tekshiruvidan o‘tgan o‘lchash menzurkalari va o‘lchash krujkalari bilan jihozlangan va alkogolli mahsulotlarni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi, shuningdek, alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
65. Xaridor kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo‘lsa, xaridorga uning to‘lagan summasini qaytarib berishga majburdir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotish oqibatida iste’molchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
66. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, chakana savdo korxonalarining sotuvchi-xodimlari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotganlik, shuningdek, ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1861-moddasi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
67. Pivo alkogolli mahsulot hisoblanadi (alkogolsizlari bundan mustasno). Pivoning (alkogolsizlari bundan mustasno) chakana savdosiga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga organiga mazkur faoliyat boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
VI. Meva-sabzavot tovarlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
68. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot do‘konlarida, oziq-ovqat do‘konlarining bo‘limlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilyonlarda yangi uzilgan sabzavot, ho‘l meva, uzum, rezavor meva, subtropik o‘simliklar, yong‘oqmevalar, poliz mahsulotlari, qo‘ziqorin, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi o‘rinlarda matnda “meva-sabzavot tovarlari” deb yuritiladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab beradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
69. Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka ko‘plab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmog‘ini tashkil etadilar.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Mayda chakana savdo tarmog‘i meva-sabzavot va boshqa qo‘shimcha tovarlar bilan o‘zlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
70. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qo‘shimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, o‘simlik moyi, tuz, oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan 10 foizdan ortiq bo‘lmagan konsentratsiyali sirka kislotasi, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-noyabrdagi 306-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 46-son, 602-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
71. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xo‘jalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va o‘rash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bog‘-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va ko‘chatlarini sotishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
72. Sotuvga qo‘yiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan bo‘lishi va sifatiga ko‘ra texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Saralash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari (“Oq olma”, “Astraxan oq olmasi”, “Rozmarin”), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), danakli mevalar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yo‘l qo‘yiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq bo‘lmasa, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qo‘yilishi mumkin.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
73. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni ta’minlovchi idishda va o‘ramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va o‘ziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
74. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki o‘rash materiali yopilgan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
75. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini ta’minlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalarining old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi o‘ralgan bostirmali maydon ajratiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
76. Ho‘l, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorug‘lik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Tovarning har bir turi saqlash joylarida alohida joylashtiriladi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi so‘rilarga qo‘yiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va ko‘tarish mexanizmlari jihozlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
77. Ho‘l meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
Mahsulotning nomi
Selsiy bo‘yicha harorat darajasi
Havoning nisbiy namligi, foiz
Kartoshka
+2 dan +3 gacha
85—95
Sabzi, petrushka, selderey, sholg‘om, yerqalampir (xren), lavlagi, turp, rediska, bryukva, piyoz
–1 dan +1 gacha
90—95
Karam
–1 dan +3 gacha
90—95
Pomidor
+10 dan +13 gacha
75—80
Bodring, kabachki, qovoq, patisson, baqlajon
+13 dan +15 gacha
90—95
Salat, ismaloq, ko‘kpiyoz, bog‘lamli rediska va boshqa oshko‘klar
78. Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.
79. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — so‘kchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam — 0 dan — 2 °C gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4 °C gacha haroratda, sovutiladigan xonalar bo‘lmagan taqdirda omborlarda +12 °C dan oshmaydigan haroratda tungi vaqtda majburiy shamollatishni qo‘llagan holda ko‘pi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
80. Quritilgan mevalar, sabzavot va qo‘ziqorinlar 0 darajadan +10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori bo‘lmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, so‘kchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.
81. Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yog‘och (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +10 °C darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
82. Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati — 8 — 10 °C darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.
83. Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va g‘alvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.
84. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qo‘yishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi. Qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash — kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.
Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qo‘yilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
85. Do‘konlarda yangi va quritilgan meva-sabzavot tovarlari va kartoshkani sotish tovarning narxi va sorti ko‘rsatilgan, qadoqlangan holda amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
86. Do‘konlarda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda ko‘rsatib qo‘yiladi, kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini elektron tijorat shaklida sotish bundan mustasno.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-sentabrdagi 299-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 37-son, 434-modda)
87. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bilan savdoga tayyorlanadigan tovarlar do‘konlarda bog‘lamlanadi, qadoqlanadi, ovqat tayyorlash uchun to‘plam qilib qo‘yiladi, ip va polietilen to‘rxaltalarga, qopchalarga va boshqa o‘rash-joylash materiallariga joylanadi hamda markalanadi.
88. Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini og‘irligi xaridorga ko‘rinarli joyda ko‘rsatilgan idishda tortishga yo‘l qo‘yiladi.
89. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan qo‘ziqorin amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiq foiz nisbatlaridagi sharbat, tuzli va sirkali suv bilan birga sotiladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Boshqa tuzlangan va sirkalangan meva-sabzavot tovarlarini sotishda suyuqlik tovar tortib bo‘lingandan so‘ng xaridor iltimosiga ko‘ra qo‘shiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sotishda maxsus anjomlar (qoshiq, vilka, kurakchalar) qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
90. Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
91. Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
92. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning chakana savdosi ushbu faoliyatni boshlaganlik haqida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat asillik darajasi inspeksiyasi) yuborilgan xabarnomaning qabul qilingani to‘g‘risidagi tasdiqnoma asosida tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar hamda affinaj korxonalar:
o‘zlari ishlab chiqargan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni chakana sotish;
ishlab chiqarish maqsadlarida aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, qimmatbaho metallar parchalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xabarnomaning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha sotib olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
Bunda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, qimmatbaho metallar parchalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni sotib olish uchun zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va (yoki) komplekslarining bo‘limlari, seksiyalarida maxsus jihozlangan punktlarni (keyingi o‘rinlarda — sotib olish punktlari) tashkil qilishga ruxsat etiladi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
93. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar, qayta ishlangan, tozalanmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar faqat ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning bo‘limlari hamda seksiyalarida sotiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
94. Savdo zalida belgilangan tartibda metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilgan, birinchi yoki ikkinchi toifa aniqlikdagi (elektron yoki tahliliy) tarozilar va toshlar, uzuk o‘lchagichlar, barmoq o‘lchagichlar majburiy tartibda bo‘lishi shart.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
95. Ixtisoslashtirilgan zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarning bo‘limlari hamda seksiyalarida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tekshirish, tahlil qilish va tamg‘alash tartibini belgilaydigan normativ hujjatlardan ko‘chirmalar, asillik darajasi tamg‘alarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining chakana savdo huquqi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi, mazkur Qoidalar va xaridor uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi zarur.
(95-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
O‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (litsenziyaga ega zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning probalari to‘g‘risidagi axborot, asillik darajasi tamg‘alarining izlari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari izlarining tasviri, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun beriladigan litsenziya, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asining kodi va xaridorlar uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi zarur.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
96. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar faqat ularda ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi qo‘ygan asillik darajasi tamg‘asining belgisi yoki zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda qo‘yiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlari mavjud bo‘lsagina sotiladi (O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari uchun).
(96-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Zargarlik va boshqa buyumlarga qo‘yilgan asillik darajasining ishonchliligi uchun ularni ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.
Chet eldan sotish maqsadida keltirilgan xorijda ishlab chiqarilgan buyumlarda ham asillik darajasi belgisi va tamg‘a, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘amasining izi majburiy tartibda qo‘yilishi shart.
(96-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
Bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan chet elda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni sotuvga qo‘yish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi. Bunda ushbu tartib 2024-yil 1-sentabrga qadar buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 1-noyabr)
Gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar qirralangan shaklda, gardishga solinmagan yarim qimmatbaho toshlar esa qayta ishlangan shaklda sotiladi.
Qirralangan olmos, zumrad, yoqut, la’l, aleksandritlar har bir shunday tosh yoki sotiladigan qimmatbaho toshlar to‘plami uchun import qiluvchining sertifikati bo‘lgan taqdirdagina sotiladi.
Sotilishi lozim bo‘lgan qirralangan qimmatbaho toshlar (0,3 karatdan ortiq) alohida o‘ramga ega bo‘lishi, shuningdek, gardishga solingan qimmatbaho tosh uchun import qiluvchining sertifikati bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
97. Chakana savdoga qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qo‘shimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini o‘zgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi ko‘rsatilgan tamg‘alangan yorliqli bo‘lishi kerak (qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar ulgurji sotilganda, har bir buyum uchun alohida tamg‘alangan yorliqlar bo‘lishi talab qilinmaydi).
Qimmatbaho toshlar xususiyatiga ega bo‘lgan sun’iy materiallardan qo‘shimchalar sifatida foydalanilganda, yorliqlarda ushbu tosh sun’iy tayyorlangani haqidagi axborot ko‘rsatilishi shart.
Qonun hujjatlariga muvofiq, tamg‘alanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati bo‘lishi zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
98. Qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdo zaliga qo‘yilishidan avval sotuvdan oldin tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Bu jarayon buyumlarni ko‘zdan kechirish va saralash, davlat asillik darajasi tamg‘asining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qo‘ygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asinining izi, plomba va yorliqlarning saqlangani, o‘lchamlari bo‘yicha saralanganligini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqaruvchilarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy tamg‘alari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan erkin foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.
(98-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
Sotuvchi xaridorga malakali yordam ko‘rsatishi va qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni tanlashda, yaxshi saqlashda zarur maslahat bilan ta’minlashi, xaridorni sotuvdagi mavjud namunalar bilan tanishtirishi kerak.
Xaridorning xohishiga ko‘ra, sotuvchi-xodim xaridor tanlagan qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini do‘kon ish kunining oxirigacha bo‘lgan muddatgacha saqlab turish huquqiga ega.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar alohida o‘rab joylangan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotishni tashkil etishi va xaridorga qo‘shimcha kompleks xizmatlar ko‘rsatishi mumkin (o‘yma naqsh solish, oldindan buyurtma qabul qilish, sovg‘ani yetkazib berish va topshirish, chiroyli qilib o‘rab joylash va boshqa turdagi xizmatlar).
Sotuvchi xaridorga sotib olgan tovarni berishda unda davlat asillik darajasi tamg‘asining izi yoki ishlab chiqaruvchi mustaqil ravishda qo‘ygan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining (O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan buyumlar uchun) va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asinining izi, shuningdek, qirrali qimmatbaho toshlar uchun sertifikatni tekshirishi hamda bular haqida xaridorni xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
Sotuvchi xaridorning talabiga binoan sotib olingan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni o‘lchashda xatoligi 0,01 grammdan oshmaydigan tarozilarda uning ishtirokida o‘lchaydi.
Sotuvchi xaridorning talabi bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy tamg‘alari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
99. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi, ularda sotib olungunga qadar sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning bo‘sh mahkamlangani, yoriqlar, singan, tirnalgan joylar, g‘udurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlangan, davlat asillik darajasi tamg‘asi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izining zargarlik qotishmasining haqiqiy asillik darajasiga, buyum xususiyatining plombalangan yorliq ma’lumotlariga mos kelmagan holatlar bundan mustasno.
Sotilgan buyumlar, gardishga solinmagan qimmatbaho toshlar va qayta ishlov berilgan yarim qimmatbaho toshlar uchun xaridorga kassa cheki beriladi.
Qirrali qimmatbaho (0,3 karatdan ortiq) toshlar almashtirilishi va qaytarilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
100. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda sotuvchi tomonidan qayd qilinmagan nuqsonlar aniqlangan taqdirda, xaridor ularni xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda, shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirish huquqiga ega yoki ulardagi nuqsonlar tekin bartaraf etilishi yoxud xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishi kerak.
Xaridor, shuningdek, zarari qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli. Xaridorning ko‘rsatib o‘tilgan talablari tovar cheki nusxasi taqdim etilgandan keyingina ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
101. Almashtirish yoki nuqsonlarni tekinga bartaraf etish muddati buzilgan taqdirda, sotuvchi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima to‘lashi shart.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
102. Sifatga oid nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablari masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqsa, sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumni xaridordan qabul qilib olishga va uni mustaqil ekspertiza o‘tkazish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga yuborishga majbur, ekspertizadan o‘tkazish ishlari uchun to‘lov sotuvchi tomonidan to‘lanadi.
Mahsulot sifati bo‘yicha e’tirozlar Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasiga asosan asossiz bo‘lgan taqdirda, xaridor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotuvchining xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi to‘g‘risida nizom.
103. Sotilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun xaridordan naqd pullar qonun hujjatlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, nazorat-kassa mashinalari yoki to‘lov terminallari orqali qabul qilinadi hamda albatta chek beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
104. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari bilan vositachilik savdosi tovarlar bilan vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq faqat mazkur Qoidalarning 92 va 93-bandlarida ko‘rsatilgan va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilgani to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan savdo obyektlarida amalga oshiriladi.
Chet elda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini, agar ular bo‘yicha bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa, vositachilik savdosi qoidalariga muvofiq realizatsiya qilish man etiladi. Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024-yil 1-sentabrga qadar rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
105. Sotuvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalarini buzganligi, zargarlik buyumlarini asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, shuningdek, kirim qilinmagan kontrafakt mahsulotlarni sotganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 219-moddasi.
106. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning chakana, vositachilik hamda ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, olingan va sotilgan zargarlik buyumlarining elektron reyestrini yuritishi shart.
Mazkur bandning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164, 166, 168-moddalari.
VIII. Qimmatbaho metallar, toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni aholidan sotib oluvchi punktlarning ish qoidalari xususiyatlari
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
107. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanish huquqi uchun berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari parchalarini, ulardan tayyorlangan buyumlarni, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni zargarlik do‘konlari, savdo markazlari va/yoki komplekslarining bo‘limlari, seksiyalaridagi maxsus jihozlangan punktlarda tashkil qilingan sotib olish punktlari orqali (keyingi o‘rinlarda sotib olish punktlarida deb ataladi) xarid qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
(107-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
Bunda Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga ega yuridik shaxslarga:
(107-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
a) aholidan shartnoma asosida quyidagilarni sotib olishga ruxsat etiladi:
oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi qimmatbaho toshlar (paladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) va ulardan yasalgan madaniy-maishiy buyumlar;
qimmatbaho metallardan standart, o‘lchovli yombilar;
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
qimmatbaho metallardan yasalgan soatlar va ularning qismlari;
kumush gardishli chinni va billur buyumlar;
b) quyidagilarni sotib olish taqiqlanadi:
texnik olmoslar;
ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar;
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy);
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan oltin, platina, paladiy va kumushdan yasalgan buyumlar (perchinlar, platinali laboratoriya shisha idishlari va anjomlari — tigllar, kosachalar, tigl qopqoqlari, elektrodlar, shpatellar, sinov naychalari, termal konvertorlar, platina va platina rodiyli qotishmalaridan tayyorlangan termoo‘zgartirgichlar va boshqalar);
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlarining qimmatbaho buyumlari.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
1071. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish huquqiga ega yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini boshlash to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan quyidagilarni sotib olish huquqiga ega:
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni hamda ularning parchalarini;
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni;
Markaziy bankning qimmatbaho metallardan yasalgan tangalari va pul belgilari, standart va o‘chovli quymalarini;
qimmatbaho metallardan yasalgan soatlar va ularning qismlarini;
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan oltin, platina, palladiy va kumushdan yasalgan buyumlar (perchinlar, platinali laboratoriya shisha idishlari va anjomlari — tigllar, kosachalar, tigl qopqoqlari, elektrodlar shpatellar, sinov naychalari, termal konvertorlar, platina va platina rodiyli qotishmalaridan tayyorlangan termoo‘zgartirgichlar va boshqalar);
stomatologik mahsulotlar uchun qimmatbaho metallardan tayyorlangan disklar, shuningdek, ularning parchalarini;
qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan madaniy-maishiy buyumlarni va yarim qimmatbaho toshlarni;
texnik olmoslarni;
ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni;
kumush gardishli chinni va billur buyumlarni.
(1071-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
1072. Notariusning ijro xatiga ega bo‘lgan lombardlar va mikromoliya tashkilotlari ixtiyorida qoladigan zargarlik buyumlari, shuningdek, ushbu buyumlarning parchalari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki affinaj korxonalarga shartnoma asosida sotilishi mumkin.
(1072-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(1073-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
1074. Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
a) zargarlik buyumlari savdosi faoliyatini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yubormasdan, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan quyidagilarni sotib olish huquqiga ega:
qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni hamda ularning parchalarini;
oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni;
Markaziy bankning qimmatbaho metallardan yasalgan tangalari va pul belgilari, standart va o‘lchovli quymalarini;
qimmatbaho metallardan yasalgan soatlar va ularning qismlarini;
sof holdagi, shlix, plastinalardagi, sim va qum shaklidagi oltin, kumush platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, rutiniy va osmiy);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan oltin, platina, palladiy va kumushdan yasalgan buyumlar (perchinlar, platinali laboratoriya shisha idishlari va anjomlari — tigllar, kosachalar, tigl qopqoqlari, elektrodlar shpatellar, sinov naychalari, termal konvertorlar, platina va platina rodiyli qotishmalaridan tayyorlangan termoo‘zgartirgichlar va boshqalar);
stomatologik mahsulotlar uchun qimmatbaho metallardan tayyorlangan disklar, shuningdek, ularning parchalarini.
(1074-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
b) qimmatbaho metallarni sotish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
v) oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga xizmat ko‘rsatish uchun sotib olinadigan qimmatbaho metallning saqlanishini ta’minlaydigan, shuningdek, mazkur Qoidalarning 112-bandi talablariga muvofiq jihozlangan sayyor punktlar tashkil etish huquqiga egadir.
(1071 — 1074-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
1075. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan affinaj korxonalari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida oldindan 100 foiz to‘lovni amalga oshirgan holda qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shakl va miqdorlarga keltirgan holda sotish;
qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni tayyorlash va realizatsiya qilish huquqiga egadir.
(1075-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qaroriga asosan kiritilgan.)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
108. Sotib olish punktlari ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli boyliklar ishonchli saqlanishini ta’minlaydigan, shuningdek topshiruvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus jihozlangan binolarda joylashtirilishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
109. Sotib olish punktlari tomonidan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng xarid qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, ulardan tayyorlangan buyumlar, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar qimmatbaho sotuvchilarga qaytarilmaydi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
112. Qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash va ularning og‘irligini o‘lchash uchun sotib olish punktlari:
belgilangan barcha asillik darajalarini aniqlash uchun tahlil uskunalari va/yoki kimyoviy moddalar;
qimmatbaho toshlarni o‘lchash uchun karat (elektron yoki tahliliy) tarozilar;
oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallarni o‘lchash uchun I yoki II toifadagi tarozilarga (elektron yoki tahliliy) ega bo‘lishi zarur.
(112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
113. Boyliklarni tosh-tarozida tortish:
oltin, platina, palladiy va ushbu metallardan yasalgan buyumlar uchun — 0,01 grammgacha;
kumush va kumushdan yasalgan buyumlar uchun — 0,1 grammgacha;
gardishsiz qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 karatgacha;
yarim qimmatbaho toshlar uchun — 0,01 grammgacha;
ishlov berilgan toshlar uchun — 0,1 grammgacha aniqlikda bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Xarid qilish paytida buyumdan olish mumkin bo‘lmagan yoki buyumdan olish maqsadga muvofiq bo‘lmagan barcha qimmatbaho toshlar karatomer bo‘yicha 0,1 karatgacha aniqlikda aniqlanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
114. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, zargarlik buyumlari parchalari, shuningdek, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar qimmatbaho buyumlar sotuvchi ishtirokida amalga oshiriladi (asillik darajasini aniqlash, o‘lchash, shtiftlar, kanifolni olib tashlash va boshqalar).
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(115-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(117-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
1171. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ham affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan sotib olish punktlari kabi sotib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish, saqlash, sarflash va hisob-kitob qilish tartibini mustaqil belgilaydi.
(1172-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(1173-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
(1174-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
118. Quyidagi masalalar bo‘yicha sotib olish punktlari ishini nazorat qilish:
sotib olish punktlari ishining to‘g‘ri tashkil etilganligi — tasarrufida ushbu punktlar bo‘lgan tashkilotlar tomonidan;
zargarlik buyumlarini sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborgani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lish — Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
hisobga olish va pul operatsiyalarini yuritish, shuningdek, nazorat-kassa mashinalari va plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminallari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qo‘llanilishi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi — Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
IX. O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish xususiyatlari
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
119. Sotuvga faqat belgilangan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lsa) avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) qo‘yiladi.
(119-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
(119-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 382-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/382/0612-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
Avtomototransport vositalarini sotuvchi do‘konlarning joylashishi avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari va sotish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
1191. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.
(1191-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 683-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 09/23/683/0968-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
120. Avtomototransport vositalari savdo zaliga qo‘yilguniga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgini qayd etmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
121. Sotuvchi rasmiylashtirishgacha xaridorga avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.
Chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qo‘llanma davlat tiliga qo‘shimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.
122. Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini ta’minlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud bo‘lgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.
Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay bo‘lgan boshqa joylarda xaridor uni erkin ko‘rib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qo‘shimcha haq to‘lash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qo‘shimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar o‘rnatish, avtomobillarni saqlash, yonilg‘i quyish va boshqalar) ko‘rsatishi mumkin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
123. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak: servis daftarchasi, foydalanish bo‘yicha amaliy qo‘llanma, pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat, avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar to‘plami, agar bunday to‘plam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi elektron hisob-ma’lumot.
(123-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi elektron hisob-ma’lumot.
(123-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
(123-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
124. Haqi to‘langan avtomototransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda to‘langan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
125. Avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.
Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
126. Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va ishlab chiqarishdagi yashirin nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi bo‘yicha shunga o‘xshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi, yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari to‘lanishi, yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno).
Kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra (ushbu Qoidalarning 130-bandiga muvofiq) amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar to‘langan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Ko‘rsatib o‘tilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
Istisno hollarda (sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda) kamchiliklarni tekin bartaraf etish yoki bartaraf etish bo‘yicha o‘z xarajatlarini qoplash, boshqa avtomototransport vositasiga almashtirish to‘g‘risidagi talab avtomototransport vositasi egasi tomonidan tovarni ishlab chiqaruvchiga berilishi mumkin. Avtomototransport vositasi egasi ushbu talablarni qo‘yish o‘rniga nosoz avtomototransport vositasini ishlab chiqaruvchiga qaytarishga hamda uning uchun to‘langan summa qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha avtomototransport vositasi egasining talablarini qondirish borasida ularning funksiyasini bajarishga vakil qilingan korxonalar tashkil etishlari, shuningdek ushbu maqsadlarda boshqa korxonalar bilan (keyingi o‘rinlarda matnda “ularning funksiyalarini bajaruvchi korxonalar” deb yuritiladi) shartnomalar tuzishlari mumkin.
Sotuvchi, tayyorlovchi (ularning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan avtomototransport vositasi egasining shaxsiy arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kun ushbu bandda sanab o‘tilgan talablar qo‘yiladigan muddat boshlanadigan kun hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
127. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘pi bilan 10 kun — avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;
ko‘pi bilan 20 kun — kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida avtomototransport vositasi egasi tomonidan tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
128. Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom bo‘ladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
129. Nuqsonlari bo‘lgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish yetti kun muddatda (agar almashtirish to‘g‘risida talab berilgan paytda shunga o‘xshash avtomototransport vositasi bor bo‘lsa), sifatni qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomobillarni almashtirish muddatlari mazkur Qoidalarning 127-bandiga muvofiq ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Shunga o‘xshash avtomototransport vositasi mavjud bo‘lmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.
Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish]
130. Kamchiliklar (nosozliklar) paydo bo‘lishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy bo‘yicha ekspert komissiyasi tashkil etadi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi bo‘yicha iste’molchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza o‘tkazilishida qatnashish huquqiga egadir.
Komissiya kamchilik (nosozlik):
a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish bo‘yicha zavod yo‘riqnomasi talablariga rioya etmaslik, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan foydalanish materiallarini qo‘llash bo‘yicha talablarga rioya etmaslik;
b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;
v) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida ko‘rsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;
g) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomototransport vositasini tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan qo‘l bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil o‘rnatishdan tashqari;
d) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki o‘z kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;
e) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida;
j) nosozliklar avtomototransport vositasi egasining ehtiyotsizligi (sovuqqonligi), nuqsonlar kelib chiqishining oldini olish uchun zarur xatti-harakatlar ko‘rmaganligi oqibatida kelib chiqqan deyish uchun yetarlicha asos bo‘lgan boshqa hollarda avtomototransport vositasi egasining talabini ko‘rib chiqmasligi mumkin.
Mazkur bandda sanab o‘tilgan sabablar tufayli paydo bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
131. Avtomototransport vositalarini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va ularni xaridorga qaytarish sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Ushbu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tovarni keltirish va qaytarish bilan bog‘liq zarur xarajatlarni avtomototransport vositasi egasiga to‘lashga majburdir.
132. Ekspertiza o‘tkazish, avtomototransport vositasini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni, agar kamchiliklar avtomototransport egasining aybi tufayli yoki yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida kelib chiqqanligi isbot qilinmagan bo‘lsa, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) to‘laydi.
133. Mazkur Qoidalarning 127 va 129-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlar vaqti o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasiga avtomototransport vositasi qiymatining bir foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
134. Nosoz avtomototransport vositasi ana shunday rusumdagi avtomototransport vositasiga, biroq o‘zgartirilgan narx bilan almashtirilganda qiymati qayta hisoblanmaydi, narx oshgan taqdirda boshqa modelga almashtirishda qiymatni qayta hisoblash almashtirish kunida amalda bo‘lgan narxdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Nosoz avtomototransport vositasi qaytarilganda va shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda avtomototransport vositasi egasi bilan hisob-kitoblar narx oshgan taqdirda — tegishli talab qo‘yilgan kunda ushbu transport vositasining qiymatidan kelib chiqib, narx pasaygan taqdirda esa — xarid kunidagi qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
135. Kafolat muddati tamom bo‘lgan avtomototransport vositasining kamchiliklarini bartaraf etish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.09.00 Tovarlarni kreditga, namunalar, buyurtmalar bo‘yicha va uyda sotish. Komission savdo]
X. Vositachilik savdosi xususiyatlari
136. Vositachilik savdosi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
137. Vositachalik savdosida hisob va hisobot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
138. Tovarlar vositachilik savdosiga yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilib olinadi.
139. Komitent (tovarni topshiruvchi)da, agar oldi-sotdi shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar sotilgan (berilgan) paytgacha komissioner (sotuvchi) tomonidan vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarga mulk egasi huquqi saqlanib qoladi.
Komissioner vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarning yo‘qolishi va shikastlanganligi uchun komitent oldida to‘liq javob beradi. Komitentga yetkazilgan zarar miqdori va uni qoplash tartibi tomonlarning kelishuviga ko‘ra aniqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
140. Tovarlarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish komissioner va komitent tomonidan imzolanadigan vositachilik bitimi (vositachilik shartnomasi, kvitansiya, yuk xati va boshqa turlari) tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Vositachilik bitimida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
hujjatning tartib raqami, u tuzilgan sana;
tomonlarning (manzili, hisob-kitob raqami, telefoni), komissionerning nomi va rekvizitlari, pasportiga oid ma’lumotlar va komitentning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlar;
tovarning nomi;
tovarning holatini tavsiflovchi ma’lumotlar: yangi, foydalanilgan, eskirish darajasi, asosiy tovar belgilari, tovarning nuqsonlari;
tovarning narxi;
vositachilik taqdirlash haqi miqdori va uni to‘lash tartibi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
tovarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish shartlari;
tovarni arzonlashtirish tartibi va arzonlashtirish miqdori;
tovar arzonlashtirilgungacha va undan keyin uni sotish muddatlari;
komissioner tomonidan sotilmagan tovarni komitentga qaytarish shartlari va tartibi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
komissioner va komitent o‘rtasidagi hisob-kitoblar shartlari va tartibi;
agar tomonlarning kelishuviga ko‘ra ushbu xarajatlar qoplanishi kerak bo‘lsa, vositachilik savdosiga qabul qilingan tovar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlarini to‘lash miqdori.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra vositachilik bitimiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin.
Agar vositachilik savdosiga bir nechta tovar topshirilsa, ularning nomlari va narxlari vositachilik bitimining ajralmas qismi hisoblangan tovarlar ro‘yxatida ko‘rsatilishi mumkin.
Vositachilik bitimi ikki nusxada tuziladi: birinchi nusxasi komitentga topshiriladi, ikkinchi nusxasi komissionerda qoladi.
141. Unga nisbatan tovarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari yoki xizmat ko‘rsatish muddatlari tasdiqlanishi to‘g‘risida axborot taqdim etilishi kerak bo‘lgan tovar faqat ana shunday axborot mavjud bo‘lgan taqdirda vositachilik savdosiga qabul qilinadi va sotiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
142. Vositachilik savdosiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida chakana savdoda sotish taqiqlangan tovarlardan boshqa barcha tovarlar qabul qilinadi.
Mazkur Qoidalarning 15-bandida sanab o‘tilgan tovarlar vositachilik savdosiga faqat mazkur bandda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
143. Antikvariat buyumlarini vositachilik savdosiga qabul qilib olish va sotish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining antikvariat buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
144. Oziq-ovqat tovarlari bilan vositachilik savdosi mazkur Qoidalarning 49-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
145. Qaytarilmaydigan yoki boshqa o‘lcham, shakl, gabarit, model, rang yoki komplektatsiyadagi ana shunday tovarga almashtirilmaydigan tovarlar; profilaktikaga va kasalliklarni uy sharoitida davolashga mo‘ljallangan tovarlar; shaxsiy gigiyena buyumlari, pardoz-andoz tovarlari, tikuv va trikotaj ich kiyimlari, paypoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlatilgan polimer materiallardan yasalgan, shu jumladan bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar va materiallar, foydalanilgan buyumlar va materiallar, maishiy kimyo tovarlari, dori vositalari vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi.
(145-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
145-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
146. Vositachilik savdosiga qabul qilinadigan tovarlarning narxi va komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro ahdlashuvga ko‘ra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib qo‘yiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]
147. Muayyan vaqt mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash chog‘ida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi.
148. Sotilgan tovar puli komitent — jismoniy shaxsga komissioner tomonidan berilgan vositachilik bitimi va fuqarolik pasporti taqdim etilgan holda, xarajat-kassa orderi yoki bank o‘tkazmasi to‘lanadi.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
149. Sotilgan tovar uchun pul to‘lash, shuningdek sotilmagan tovarni qaytarish komissioner tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va vositachilik shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach komitent tomonidan vakil qilingan shaxsga berilishi mumkin.
150. Davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan egasiz mol-mulk meros qilib qoldirish huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulk va xazinani hisobga olish, baholash va sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
151. Foydalanilgan tovarlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sotilishi kerak bo‘lgan tovarlar (davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan mol-mulk, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mulk; egasiz mol-mulk; sudlarning hukmlari va qarorlarini ijro etish yuzasidan yetkazilgan zararni qoplash uchun fuqarolardan olib qo‘yilgan mol-mulk; va hokazolar) faqat bunday vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlari orqali sotiladi.
152. Kafolat muddati tamom bo‘lmagan foydalanilgan tovarlarni sotishda xaridorga komitentdan olingan kafolat taloni, pasport, servis daftarchasi yoki kafolatning qolgan muddatidan sotuvchining foydalanishi huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
153. Vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo obyektlaridan sotib olingan foydalanilgan tovarlar xaridorlardan qaytarib olinmaydi, tovarlarni sotish uchun qabul qilishda aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlar, va agar ular xarid qilingandan keyin 2 ish kunidan kechikmay qaytarilsa bundan mustasno. Qabul qilib olish paytida aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlarni qaytarishda ular saqlanganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
154. Sotish uchun qabul qilib olish paytida aniqlanmagan va xaridorga sotish (berish)gacha aniqlangan yashirin nuqsoni bo‘lgan yangi tovarlar sotishdan olib qo‘yilishi va, agar nuqsonlar komissionerning aybi bilan paydo bo‘lganligi isbot qilinmasa, tovarlar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlariga haq to‘lanmasdan komitentga qaytarilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
155. Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, darhol o‘zining komissionerning ixtiyoridagi mulkini tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir.
156. Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan talablari komissionerga, agar tomonlarning bitishuvida o‘zgacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul to‘langan yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida berilishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
1561. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning (keyingi o‘rinlarda tovar deb ataladi) vositachilik savdosi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(1561-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
Bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan chet elda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni vositachilik savdoda realizatsiya qilish man etiladi. Bunda ushbu tartib 2024-yil 1-sentabrga qadar buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1561-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 1-noyabr)
1562. Vositachilikka qabul qilinadigan tovarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tamg‘a izi yoki ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi izi va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil qo‘yiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi (O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun) bo‘lishi shart.
(1562-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
1563. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan antikvar buyumlarni vositachilikka qabul qilish va sotish, O‘zbekiston Respublikasining antikvar buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga asosan amalga oshiriladi.
Vositachilikka qabul qilinadigan tovarning qiymati va komissioner mukofoti o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadi.
(X1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
XI. To‘qimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni sotish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
157. To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Savdo oldi tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tovarni o‘rovdan olish, sortlarga ajratish va ko‘zdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga ko‘ra) hamda tovar va uni tayyorlovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar borligini tekshirish; zarurat bo‘lganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
158. Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, o‘lchamlari, bo‘yiga ko‘ra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qo‘yilishi kerak. Savdo xususiyatlarini hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va o‘ziga kerakli tovarni xarid qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari qo‘yilishi kerak.
Erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak.
Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga ko‘ra, mo‘ynali tovarlar mo‘ynaning turiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.
Gazlamaning har bir namunasiga shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz miqdori to‘g‘risidagi, mo‘ynadan yasalgan buyumlarga esa mo‘ynaning turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.
159. Tovarlar o‘z nomi, artikuli, narxi, o‘lchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va bo‘yi (kiyim-kechak va ichki kiyimlar uchun) ko‘rsatilgan holda yorliqlarga ega bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
160. Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni kiyib ko‘rish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qo‘ygichlar o‘rnatilgan, kiyim kiyib ko‘riladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak.
161. Xaridorga sotishda jun gazlamalar, vatin va boshqa og‘ir, hajmli gazlamalarni kiyib ko‘rish peshtaxta (stol) erkin holatda yig‘ilmasdan turgan gazlamaga qattiq standart metrni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nozik va yengil gazlamalar xontaxtadan gazlamani metrga tortmasdan erkin qo‘yish yo‘li bilan qattiq standart metrda o‘lchanadi. Gazlamaning barcha turlarini o‘lchash, jun gazlamalar va trikotaj polotnolardan tashqari, shuningdek bir tomoniga tamg‘ali metall o‘lchov lentasi montaj qilingan peshtaxta (stol)ga gazlamani qo‘yish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Xaridga qirqilgan gazlamani qo‘shish, shuningdek gazlamani, agar bezagi buzilgan bo‘lsa va tamg‘a teskari tomonga qo‘yilmagan bo‘lsa, parchalarini fabrika yorlig‘i va tamg‘a (xazli uchlar) bilan sotish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
162. Sotuvni amalga oshirayotgan shaxs gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali tovarlar va poyabzalni sotishda xaridorning ishtirokida tovarning sifatini (sirtdan ko‘zdan kechirish yo‘li bilan), o‘lcham (soni)ning aniqligini, xarid qiymati to‘g‘ri hisoblab chiqilganligini tekshiradi.
163. Gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali tovarlar va poyabzal xaridorga o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘ralgan holda beriladi (alohida polimer plyonkali paketlarga o‘rash (joylash) bundan mustasno).
(163-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
164. Tovar bilan birgalikda xaridorga tovar cheki beriladi, unda tovar va sotuvchining nomi, sotilgan sana, tovarning artikuli, sorti va narxi ko‘rsatiladi, shuningdek sotuvni bevosita amalga oshirilgan shaxsning imzosi qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
XII. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni sotish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
165. Maishiy radioelektron apparatlar, aloqa vositalari, hisoblash va ko‘paytirish texnikasi, foto va kinoapparatlar, soatlar, musiqa tovarlari, maishiy elektr priborlari, mashina va jihozlar, texnik jihatdan murakkab boshqa maishiy tovarlar savdo zaliga yoki xaridni berish joyiga chiqarilgunga qadar savdooldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak, u tovarni ochish, zavod moylarini, changlarni, qirindilarni tozalash; tovarni ko‘zdan kechirish; buyumning butligini, sifatini tekshirish, tovar va uning tayyorlovchisi, zarurat bo‘lganda buyumni yig‘ish va sozlash to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligini tekshirishlarni o‘z ichiga oladi.
166. Sotuvga qo‘yilgan tovarlar namunalari savdo zaliga joylashtirilishi, ularda tovarning nomi, markasi, modeli, artikuli, narxi ko‘rsatilgan yorliqlari, shuningdek uning asosiy texnik tavsiflari yozilgan qisqacha annotatsiya bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
167. Xaridorning talabiga ko‘ra u tovarlarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirilishi, tovarlar yig‘ilgan, texnik jihatdan soz holatda namoyish qilinishi kerak. Ishlatish uchun maxsus jihozni talab qilmaydigan tovarlar ishlayotgan holatda namoyish qilinadi.
168. Sotuvchi xaridor ishtirokida tovarning sifatini, uning butligini, unga taalluqli hujjatlarning mavjudligini, narxining to‘g‘riligini tekshiradi.
1681. Quyidagilarni sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi:
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan maishiy elektr priborlarini;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari ro‘yxatida keltirilgan mahsulotlar markirovkalanmagan taqdirda.
(1681-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
169. Texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlarni xaridorga berish chog‘ida ayni bir vaqtda tovarni tayyorlovchi tomonidan qo‘yilgan buyumlar va hujjatlar komplekti (sotish sanasi va joyi ko‘rsatilgan texnik asbob yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa hujjatlar) ham beriladi. Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlari xaridorga davlat tilida taqdim etiladi. Bunda ularning tarjimasi uchun xarajat xaridorlardan undirilmaydi. Xaridorga tovar bilan birga ushbu Qoidalarning 164-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan tovar cheki ham beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
170. Sotuvchi yoki sotuvchi funksiyasini bajaruvchi tashkilot ular bilan shartnoma bo‘yicha texnik jihatdan murakkab bo‘lgan, texnik reglamentlar yoki standartlar yoki tovarga ilova qilingan hujjatlar (texnik pasport, ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma) talablarga muvofiq tovarni xaridor tomonidan mustaqil ravishda yig‘ish va (yoki) ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydigan tovarlarni xaridorning uyida yig‘ishi va (yoki) o‘rnatishi (ishlatishi) shart.
(170-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajaruvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni sotuvchi tovarlarni sotish chog‘ida xaridorga ma’lum qilishi shart.
Agar tovarni yig‘ish va (yoki) o‘rnatish qiymati uning narxiga kiritilgan bo‘lsa, u holda mazkur ishlar sotuvchi yoki tegishli tashkilot tomonidan bepul bajarilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
XIII. Attorlik-pardoz tovarlarini sotish xususiyatlari
171. Attorlik-pardoz tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, muayyan tovar xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsadda ishlatilishi, buyum tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar, ta’siri va samarasi, qo‘llanish uchun cheklashlar (ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlar), qo‘llanish usullari va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
172. Attorlik-pardoz tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha ochiladi va ko‘rikdan o‘tkaziladi, har qaysi tovarning (tashqi belgilari bo‘yicha) sifati hamda uning to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
173. Xaridorga atirlar, odekolonlar, pardoz suvining hidi bilan tanishish imkoniyati, buning uchun xushbuy suyuqlik shimdirilgan lakmus qog‘ozchalari, tovarlarni tayyorlovchilar tomonidan beriladigan hidlash uchun namunalar, shuningdek sotuvga qo‘yilgan tovarlarning boshqa xossalari va tavsiflari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
174. Tovarlar sellofan yoki firma lentasi bilan o‘ralgan holda berilgan taqdirda xaridorga o‘ramdagi buyumni sellofan yoki firma lentasini yechish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish tavsiya qilinishi kerak. Tovarning aerozol idishining soz holatdaligi tovar sotuvchi tomonidan xaridor ishtirokida tekshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
XIV. Hayvon va o‘simliklarni sotish xususiyatlari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash]
175. Sotuvga qo‘yiladigan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu qoidalarning 14-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, ular turining nomi, saqlash va ko‘paytirish xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Sotuvchi, shuningdek quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni qidirib topishga (tayyorlashga) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma (litsenziya) tartib raqami va sanasi;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning muayyan turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirishga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnomaning tartib raqami va sanasi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash]
sotuvga qo‘yiladigan yovvoyi hayvon uning bir qismi hisoblanadigan zoologiya kolleksiyasiga, davlat hisobiga qo‘yilgan zoologiya kolleksiyalari reyestriga kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan guvohnomaning tartib raqami va sanasi (noerkin holda ko‘paytirilgan va zoologiya kolleksiyasining bir qismi hisoblanadigan yovvoyi hayvonlar uchun).
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.11.00 Uy hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlash]
176. Sotuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarda, hayvonlarga muruvvatli munosabatda bo‘lishning umumiy qabul qilingan normalariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak.
(176-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
177. Tovar bilan birgalikda xaridorga sotishni bevosita amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan tovar cheki beriladi, unda hayvon yoki o‘simliklar turining nomi va soni, sotuvchining nomi, sotish sanasi, narxi; ushbu Qoidalarning 190-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining tartib raqami va sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yovvoyi hayvon yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlikni sotishda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hayvonning sog‘ligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi (veterinariya ma’lumotnomasi) ko‘rsatiladi.
(177-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
XV. Maishiy kimyo tovarlarini sotish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
178. Maishiy kimyo tovarlari (xonalar, mebel, idishlar, maishiy anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari, ichki kiyimlar, kiyim-kechaklar, poyafzal, avtomobillarni yuvish, tozalash vositalari va boshqa vositalar; yelimlar, laklar, bo‘yoqlar va boshqa lak-bo‘yoq mahsulotlari; dezinfeksiyalash vositalari va maishiy sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan maishiy xasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari; maishiy sharoitlarda ta’mirlash va pardozlash ishlari uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalar, ularning birikmalari va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda shunga o‘xshash boshqa tovarlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar bo‘lishi kerak:
maishiy kimyo tovarlari tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar nomi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (dezinfeksiyalovchi vositalar, maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari uchun);
texnik guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda qo‘llanish uchun yaroqliligini tasdiqlash bo‘yicha majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);
saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
179. Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha (sotish joyiga joylashtirilgungacha) savdooldi tayyorlanishidan o‘tishi kerak, u tashish idishidan bo‘shatish, tovarni sortlarga ajratish, idishining butligini (shu jumladan aerozol idishning ishlashini) va tovar sifatini (tashqi belgilari bo‘yicha), tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarning, tovarlarni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalarning mavjudligini, narxlarining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.
180. Sotuvga qo‘yilgan maishiy kimyo tovarlari ularni tanlashning qulayligini ta’minlash uchun buyumning qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga ko‘ra turlarga ajratilgan bo‘lishi kerak.
181. Aerozol idishdagi maishiy kimyo tovarlarini xaridorga berishda savdo binosida idishning ishlashini tekshirish amalga oshirilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo]
XVI. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
182. Pestitsidlarni (o‘simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga, saqlanayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zararkunandalariga, maishiy zararkunandalarga va hayvonlarning tashqi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni, shuningdek o‘simliklarning o‘sishini tartibga solish, yig‘im-terimdan oldin barglarni to‘ktirish, o‘simliklarni o‘rish-yig‘ishdan oldin quritish uchun foydalaniladigan kimyoviy yoki biologik preparatlarni) hamda agroximikatlarni (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda foydalaniladigan o‘g‘itlar, shu jumladan tuproq gruntlari, kimyoviy meliorantlar va ozuqa qo‘shimchalarini) sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va ushbu Qoidalarda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
183. Pestitsidlar va agroximikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ushbu Qoidalarning 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan pestitsid yoki agroximikatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining tartib raqami va sanasi, uning xavflilik klassi, ta’sirchan modda konsentratsiyasi, netto massasi yoki hajmi, tayyorlangan sanasi, zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
184. Pestitsidlar va agroximikatlar savdo zaliga qo‘yilgungacha savdooldi tayyorlashdan o‘tishi kerak, u tovarni ochish va idishining sifatini tekshirish; sortlarga ajratish; zarur ma’lumotlar, qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjudligini, narxlarining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
185. Savdo zalida pestitsidlar va agroximikatlar ishlatilish maqsadi (o‘simliklarni himoya qilish uchun insektitsidlar, hayvonlarni himoya qilish uchun insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, rodentitsidlar, mineral o‘g‘itlar, organik o‘g‘itlar, tuproq gruntlari, meliorantlar, ozuqa qo‘shimchalari) bo‘yicha guruhlarga ajratilishi kerak.
Sotuvchi pestitsidlar va agroximikatlarni saqlashda, savdo zaliga joylashtirishda va sotishda xavfsizlikning majburiy talablariga rioya qilinishini ta’minlashi shart.
186. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish faqat tayyorlovchining idishida va qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(XVII bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
187. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(187-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
XVII1. Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
1871. Tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni sotuvchi agentlar orqali sotish ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma (oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va boshqalar) asosida naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.
Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish sotuvchi agentlar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
1872. Sotuvchi agentlar turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida uyga buyurtmalar qabul qilish, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada savdo qilish orqali potensial xaridorlar bilan ishlaydilar. Sotuvchi agentlar tovarlarni xarid qilishga qiziqmaydigan iste’molchilarga tovarlarni zo‘rlab tiqishtirmasliklari, shuningdek ularning birinchi talabi bilan tovarlarni taklif qilishni to‘xtatishlari kerak.
1873. Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qilish asosida xaridorlarning tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qilinadi.
Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylashtiriladi, blankada:
buyurtmaning tartib raqami;
sotuvchi agentning familiyasi, ismi, otasining ismi;
sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilsa, ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati;
sotib olinadigan tovarga haq to‘lash usuli;
buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;
xaridorning familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi ko‘rsatiladi.
Buyurtma blankasining birinchi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
1874. Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishda ularni ishlab chiqaruvchilar, kelib chiqish mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir cheklashlar bor-yo‘qligi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xaridorga to‘liq ma’lum qilishga majburdir.
1875. Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy jihozlarni tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.
(1875-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Quyidagilar orqali:
tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxslar orqali;
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib kelish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
1876. Sotuvchi agentlarning iste’molchilardan to‘lovlarni qabul qilishi faqat fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan va to‘lov terminallaridan foydalangan holda turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.
(1876-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Tarmoqli tashkilotlar va (yoki) ularning sotuvchi agentlari tomonidan tovarlarni sotishdan olingan barcha naqd pul tushumlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilinishi (topshirilishi) kerak.
1877. Tarmoqli tashkilot o‘z faoliyatida:
sotib olingan tovarlar sotuvchi agent tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha sotilishiga;
sotuvchi agentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tarmoqli marketingni amalga oshirish uchun sotuvchi agentlarni jalb etishga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda soliq va moliya hisoboti taqdim etishga;
sotuvchi agentlarga tarmoqli tashkilotning tovarlari ular tomonidan sotilishi huquqidan dalolat beruvchi guvohnoma, sotiladigan tovarlarning zarur sertifikatlari va yukxatlari nusxalarini berishga;
sotilmagan tovarlarni oldin ular uchun qabul qilingan pul mablag‘larini qaytargan holda sotuvchi agentlardan so‘zsiz qaytarib olishga majburdir.
18 yoshga to‘lmagan shaxslarni hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini sotuvchi agentlar sifatida jalb etish taqiqlanadi.
1878. Tarmoqli marketingni amalga oshirishda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
shartnoma tuzish uchun sotuvchi agent sotib olishi kerak bo‘lgan tovarlarning minimal miqdorini belgilashga;
to‘lovni a’zolik badali shaklida undirishga;
shartnoma tuzilgandan keyin sotuvchi agent tomonidan boshqa sotuvchi agentlarni jalb etish to‘g‘risida talab belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1879. Sotuvchi agentga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida yakka tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi.
(XVII1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 5-son, 48-modda)
XVII2. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar savdosini internet-do‘konlar orqali amalga oshirish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
18710. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda internet-do‘konlari orqali sotiladi.
Bunda yuridik shaxsda chakana savdo bilan shug‘ullanishi uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi bo‘lishi shart.
(18710-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
Bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan chet elda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni internet-do‘konlar orqali chakana realizatsiya qilish man etiladi. Bunda ushbu tartib 2024-yil 1-sentabrga qadar buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(18710-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 591-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. Kuchga kirish sanasi — 2024-yil 1-noyabr)
XVII3. Savdo avtomatidan foydalangan holda chakana savdo qilish xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
18711. Savdo avtomatlari, qoida tariqasida, aholi ko‘p to‘planadigan joylarda (ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, ma’muriy binolar, savdo komplekslari, vokzallar, aeroportlar, piyodalar yo‘li, maydonlar, bog‘lar va boshqalar) joylashtiriladi.
Savdo avtomatlarini jamoat tartibini saqlashga, yo‘lovchilar va transport vositalari harakatiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18712. Savdo avtomatlari muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli hududda o‘rnatilganda, savdo avtomatlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash va boshqa masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
18713. Savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotishga “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida savdo avtomati ko‘chma savdo obyekti sifatida ro‘yxatga olingandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
18714. Savdo avtomatlari orqali alkogol va tamaki mahsulotlari, shuningdek, sotish uchun alohida litsenziya yoki ruxsatnoma talab qilinadigan tovarlar sotish taqiqlanadi.
18715. Elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo‘yicha o‘z elektr tarmoqlariga tadbirkorlik subyektlarining savdo avtomatlarini ulashlari shart.
18716. Savdo avtomatlarida ulardan foydalanish tartibi hamda savdo avtomatiga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar bilan bog‘lanish haqidagi ma’lumotlar davlat tilida va tushunarli shaklda joylashtirilgan bo‘lishi lozim. Savdo avtomatlarida ushbu ma’lumotlarning boshqa tillarga tarjimasi ham joylashtirilishi mumkin.
18717. Savdo avtomatlari yorug‘, toza, shuningdek, drenaj, quvurlar va boshqa zarar yetkazuvchi vositalardan holi bo‘lgan joyga joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
18718. Oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan savdo avtomatlari chang, hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa zararlovchi manbalardan himoyalangan bo‘lishi, tozalanishi hamda uning texnika, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi nazorat qilib borilishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
18719. Savdo avtomatlari orqali sotiladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari qonunchilik hujjatlariga, o‘rnatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan va qadoqlangan, shuningdek, ularning sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq, sifati buzilmagan holda saqlanishi hamda tovarlarni yonma-yon saqlash tartibiga rioya qilinishi ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari (kraxmal yoki krem to‘ldirilgan qandolat mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, go‘sht, baliq, parranda mahsulotlari va ulardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar) savdo avtomatlari orqali sotilishida ularni ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqlangan idishlari (qoplamalari) buzilmagan bo‘lishi kerak.
18720. Gazlangan ichimliklar tarqatadigan va suv ta’minotiga ulangan barcha savdo avtomatlarida konteyner klapanlari yoki boshqa qurilmalar, shu jumladan, suv bilan aloqa qiluvchi yuzalar toksik moddalar ishlab chiqarishga qarshilik qiladigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
18721. Savdo avtomati egasi uning yonida chiqindi tashlash uchun mo‘ljallangan idish bo‘lishini ta’minlashi shart.
(XVII3 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
XVII4. Chakana savdo qilishda tovarlarga rag‘batlantiruvchi aksiya va chegirmalar qo‘llash xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
18722. Sotuvchi iste’molchilarning qiziqishini oshirish, sotuvni ko‘paytirish yoki boshqa maqsadlarda o‘zi realizatsiya qilayotgan tovarlarga nisbatan rag‘batlantiruvchi aksiya yoki chegirmalar qo‘llashi mumkin, mazkur qoidalarning 206, 603va 604-bandlarida keltirilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda sotuvchi tovarning chegirma narxgacha bo‘lgan narxini ko‘rsatgan taqdirda, chegirma hisoblanadi, aks holda chegirma hisoblanmaydi va tovar narxini arzonlashtirish sifatida baholanadi. Chegirmada ko‘rsatilgan chegirma narxgacha bo‘lgan narx chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi lozim (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).
Sotuvchi sun’iy ravishda narxlarni oshirib, keyinchalik arzonlashtirilgan narxlarni chegirma sifatida ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
Tovarlarga nisbatan rag‘batlantiruvchi aksiya yoki chegirmalar qo‘llash holati ommaviy tadbir doirasida o‘tkazilsa, Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori talablari qo‘llaniladi.
18723. Sotuvchi o‘z tovarlariga nisbatan chegirmalarni e’lon qilishda tovarlar va narxlar hisobini yuritishga, tovarning oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan narxlarini qayd etish hamda iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga majbur (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
rag‘batlantiruvchi aksiyani e’lon qilishda uning shartlarini, shu jumladan, rag‘batlantiruvchi aksiyaning amal qilish muddati, sotib olish shartlari, rag‘batlantiruvchi aksiyaga qo‘yiladigan tovarlar nomi (turkumi), miqdori va boshqa muhim ma’lumotlarni iste’molchilarga aniq va tushunarli qilib yetkazishi;
rag‘batlantiruvchi aksiya e’lon qilingandan so‘ng uning shartlarini o‘zgartirmaslik, rag‘batlantiruvchi aksiyaga qo‘yiladigan tovar narxi to‘g‘risida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi;
rag‘batlantiruvchi aksiya davomida taklif etilayotgan chegirma, bonus va boshqa imtiyozlar haqiqatda amal qilishini ta’minlashi shart.
18725. Sotuvchi tovarlar narxiga nisbatan chegirma qo‘llashda:
chegirmani aniq foiz yoki summa shaklida belgilashi hamda tovar narxi oson aniqlanishi va aniq o‘qilishini ta’minlashi;
iste’molchining talabiga ko‘ra, har bir tovar uchun chegirma narxgacha bo‘lgan narx to‘g‘risida aniq ma’lumot taqdim etishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
sotuvchi tovarning chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narxini tasdiqlovchi hujjatlar (dalillar) bilan asoslashi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno);
agarda chegirma narxda sotilishi nazarda tutilgan tovar soni cheklangan yoki mavsumiy yoxud mahsulotlarining holatiga bog‘liq bo‘lsa (xizmat qilish muddati yoki yaroqlilik muddati yaqinlashgan, but bo‘lmagan, mavsumiy sotish, eski zaxiralarni tugatish, qadoqlashning shikastlanishi va/yoki boshqa sabablar), bu haqida sotuvchi chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotda iste’molchilarni xabardor qilishi;
chegirma narxning amal qilish muddati (boshlanish va tugash sanasi) aniq ko‘rsatilishi, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qo‘llanilsa, bu sharoitlar oldindan ma’lum qilinishi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
agar chegirmani taqdim etish iste’molchidan shaxsga doir ma’lumotlarni berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilsa, sotuvchi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi va iste’molchilarni ularning ma’lumotlarini qayta ishlash maqsadlari va shartlari to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
18726. Chegirma e’lon qilinganda, uning shartlari va amal qilish muddati aniq ko‘rsatilishi lozim.
(XVII4 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
XVIII. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
188. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni o‘tkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishda ko‘maklashishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi.
189. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:
(189-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
rag‘batlantiruvchi aksiya va chegirmalar qo‘llash bo‘yicha talablarni buzish;
(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
(189-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 22-son, 258-modda)
xaridorga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati, yomon tovarni ta’mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday tovarni berishdan bosh tortish;
bank kartalari orqali to‘lovni qabul qilishdan bosh tortish;
(189-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi maxsus QR-koddan, yuridik shaxslar esa banklarda generatsiya qilingan yagona QR-koddan foydalanish imkoniyatlarini yaratmaslik va (yoki) ular orqali to‘lovlarni qabul qilmaslik;
(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;
mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish tartibiga;
(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.07.00 Aholi bilan pullik hisob-kitoblar ko‘rsatishda kassa apparatini va terminalni qo‘llash]
to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;
(189-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshi bilan almashtirilgan— O‘R QHT, 2009-y., 22-son, 258-modda)
nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llash tartibiga;
(189-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
(189-moddaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari mahsulotlarini sotish;
(189-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning kontrafakt nusxalarini;
(189-modda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
sifatsiz, but bo‘lmagan tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib berishdan bosh tortish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
tovarlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan tovarlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
(189-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish;
kimyoviy moddalar qoldiqlari yuqori miqdorda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotish.
(189-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6314-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 15-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
(189-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
190. Ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari:
tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
savdoning zarur shart-sharoitlari va xaridorlar tomonidan tovarlarni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
korxonaning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod, uning ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berish rad etilganda;
(190-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
savdo obyekti ish rejimiga rioya qilinmaganda;
tovarlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qo‘yilganda;
rag‘batlantiruvchi aksiya va chegirmalar qo‘llash bo‘yicha talablar buzilganda;
(190-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
bitta tovarni sotish uchun boshqa tovarni majburan sotib olinishi yoki ularning sotilishi munosabati bilan majburiy ravishda xizmatlar ko‘rsatilishi shart qilib qo‘yilganda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
xaridorning zarur darajada sifatli bo‘lmagan nooziq-ovqat tovarlarini almashtirish bo‘yicha ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablariga rioya qilinmaganda;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob bermaydigan tovarlar sotilganda qo‘llaniladi.
(190-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
(190-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
1. Uy sharoitlarida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, to‘qimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy jihozlar, priborlar va apparatlar, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalari, ko‘zoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori vositalari.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkalari, taroqlar, soch to‘g‘nog‘ichlar, soch bigudilari, ulama sochlar, shinonlar va boshqa shu kabi tovarlar.
3. Attorlik-pardoz tovarlari.
4. To‘qimachilik tovarlari (ip-gazlama, zig‘ir tolali, ipak, jun va sintetik gazlamalar, gazlama tusidagi noto‘qima materiallardan tayyorlangan tovarlar — lentalar, jiyaklar, to‘rlar va boshqalar); kabel mahsulotlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalar va boshqalar) hamda metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.
5. Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik buyumlari va trikotaj ichki kiyimlar, paypoq va qo‘lqop buyumlari).
6. Polimer materiallardan tayyorlangan, oziq-ovqat materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan bir marta foydalaniladigan buyum va materiallar (oshxona va kuxnya idish-tovoqlari va anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va o‘rov materiallari).
7. Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.
9. Qimmatbaho toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlardan foydalangan holda qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, silliqlangan qimmatbaho toshlar (mazkur Qoidaning 99-bandida keltirilgan xolatlar bundan mustasno).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
10. Avtomobillar va motovelotovarlar, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar; qishloq xo‘jaligi ishlari uchun kichik mexanizatsiya ko‘chma vositalari; sayr qilish qayiqlari va boshqa maishiy suzish vositalari.
11. Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (metall qirquvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi maishiy dastgohlar; maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari; maishiy radioelektron apparat; maishiy hisoblash va ko‘paytirish texnikasi; foto va kinoapparatlar; telefon apparatlari va faksimil apparati; elektr musiqa asboblari; elektron o‘yinchoqlar).
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-sentabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 509-modda)
12. Hayvonlar va o‘simliklar.
O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga 2-ILOVA
Xaridorning ta’mirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarni almashtirish to‘g‘risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
1. Avtomobillar, mototsikllar va mototexnikaning boshqa turlari, ularga tirkamalar va nomerli agregatlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar, sayr qilish qayiqlari va suzish vositalaridan tashqari).
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2. Mebel.
3. Pardoz buyumlari sifatida va tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (elektrbritvalar, elektrofenlar, sochni jingalak qilish uchun elektrqisqichlar, tibbiy elektrreflektorlar, elektrgrelkalar, elektrbintlar, elektrpledlar, elektrodeyallar).
4. Mahsulotlarni termik qayta ishlash va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan maishiy elektr priborlari (maishiy SVCH pechlari, elektrpechlar, tosterlar, elektr suv qaynatgichlar, elektrchayniklar, elektrisitgichlar va boshqa tovarlar).
5. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Qoidalar, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy ovqatlanish sohasidagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlariga asosiy talablarni tartibga soladi.
2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste’mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*.
* Ushbu ta’rif umumiy ovqatlanish sohasida uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratiladigan joylarda ovqatlanish joylari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi.
Ruxsatnoma, umumiy ovqatlanish korxonasiga u belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin, uning joylashgan joyidagi hokimiyat tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ruxsatnomani berish, qaytarib olish va uning amal qilishini to‘xtatib turish Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 16-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana o‘tkazishni hamda ular savdo faoliyati ro‘yxatdan amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga bo‘linadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, mavsumiy kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
restoran — o‘z nomiga ega bo‘lgan, iste’molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli kulinariya va qandolatchilik mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat ko‘rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat ko‘rsatish bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi;
vagon-restoran — yo‘lda yurish davomida temir yo‘l transporti yo‘lovchilariga va poyezd brigadalari xodimlariga nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimliklar bilan xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi;
bar — tik turgan holda iste’molchilarga ichimliklar va zakuskalar bilan xizmat ko‘rsatishni (stolchalar yonida xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda) tashkil qiladi. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‘ra barlar pivo, vino, kokteyl, sut barlari va boshqa barlarga ixtisoslashgan bo‘ladi;
kafe — iste’molchilarga turli qaynoq va sovuq ichimliklar, qandolatchilik, sut mahsulotlari hamda tayyorlanishi murakkab bo‘lmagan kulinariya mahsulotlarini taqdim etadi. Sotiladigan mahsulotlari yoki yo‘nalishiga ko‘ra kafelar: shirinliklar, muzqaymoq, sut kafesi, bolalar kafesi, yoshlar kafesi va shu kabilarga ixtisoslashgan bo‘ladi; ularda o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish usullari qo‘llaniladi; kechki vaqtlarda musiqiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilishi mumkin;
mavsumiy kafe — umumiy ovqatlanish korxonasiga tutash yoki statsionar ovqatlanish tashkilotidan 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, ovqatlanish bo‘yicha qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, tasdiqlangan talablarga muvofiq jihozlangan, shu jumladan, yengil turdagi qurilmalardan tashkil topgan, qurilishga ruxsat olish talab qilinmaydigan bino yoki inshoot;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son)
kafeteriy — bu do‘kon huzurida shu joyning o‘zida iste’mol qilinadigan issiq ichimliklar, sut, sharbatlar, buterbrodlar, qandolatchilik mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun tashkil etilgan bo‘limdir;
oshxona — bu iste’molchilarni nonushtalar, tushliklar va kechki ovqatlar bilan ta’minlovchi korxonadir. Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlariga ko‘ra umumiy ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o‘quv yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv yurtlari va muassasalar huzuridagi oshxonalarda asosan hafta kunlari bo‘yicha turli xil kompleks tushliklar, nonushtalar va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va stollarga kompleks ovqatlarni oldindan qo‘yish usullari qo‘llaniladi;
choyxona — bu choynaklarda choy berish xizmat ko‘rsatishning asosiy turi hisoblanadigan korxonadir. Bundan tashqari choyxonalarda turli xil obinonlar, milliy shirinliklar, qandolatchilik, bulka mahsulotlari va boshqa bufet mahsulotlari bo‘lishi mumkin;
bufet — bu iste’molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar, sovuq taomlar va zakuskalar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, shuningdek oson tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan jadal xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan korxonadir. Unda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yoki ofitsiantlar tomonidan xizmat ko‘rsatish qo‘llaniladi;
kichik oshxona — bu iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal xizmat ko‘rsatishni tashkil etuvchi korxonadir. Sotiladigan mahsulotlar turiga ko‘ra kichik oshxonalar quyidagilarga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin: kabobxona, palovxona, somsaxona, sosiskaxona, chuchvaraxona, cheburekxona, pirojkaxona, blinchikxona va shu kabilar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Savdo, omborxona, ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarga, mahsulot ishlab chiqarish anjomlari va jihozlariga, texnologiya rejimlariga, sotish va iste’mol qilishni tashkil etishga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yiladigan talablar va mezonlar amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar, sanitariya normalari, texnika xavfsizligi qoidalari, yong‘indan saqlash va boshqa talablarga muvofiq belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
5. Umumiy ovqatlanish subyekti mahsulotlar va tovarlarni sotishni, iste’molni va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishni ushbu bobning 6-bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan holda ham savdo zallarida, ham ulardan tashqarida amalga oshirishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Umumiy ovqatlanish subyekti alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini yigirma bir yoshga yetmagan sotuvchi-xodimlar tomonidan sotishga yo‘l qo‘ymasligi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Tovarlarni saqlash, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq umumiy ovqatlanish korxonasida ishlaydigan xodim maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi, quyidagilar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 116-modda)
ushbu Qoidalar;
sanitariya-normalari va talablari;
yong‘indan saqlash normalari;
standartlar talablari;
texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan bo‘lishi va ularga rioya qilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
7. Xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari shtatida o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan hajmda kamida bitta xorijiy tilni (ingliz, nemis, fransuz tilini) biladigan xodimlar (metrdotellar, ofitsiantlar) bo‘lishi kerak. Ushbu korxonalarda firma jildlarida, davlat tilida va xorijiy tillarda yozilgan taomnoma bo‘lishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
mahsulotlar va tovarlar ro‘yxati;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari porsiyalarining umumiy vazni (hajmi), tavsiya etilayotgan ichimlik butilkasining sig‘imi va uning porsiyalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
xizmatlar ro‘yxati va ularni ko‘rsatish shartlari;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
81. Umumiy ovqatlanish subyekti umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishni taqiqlashi lozim.
Umumiy ovqatlanish subyekti hammaga ko‘rinadigan joylarda, shu jumladan, binolar (xonalar) hududiga kirish joylariga tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishiga, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi ogohlantiruvchi belgini joylashtirishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Agar mijozlar mumkin bo‘lmagan joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilsalar yoki tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalansalar, umumiy ovqatlanish subyekti ularni ogohlantirishlari, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishlari shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
82. Umumiy ovqatlanish subyekti binolar va inshootlardan tashqaridagi ochiq havoda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishlari uchun maxsus joylar ajratishlari mumkin.
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylarga tamaki mahsulotlarining qoldiqlari uchun yonmaydigan axlatdonlar, shuningdek, bunday joylar qayerdaligi haqida axborot beruvchi ko‘rsatkichlar o‘rnatilishi shart.
(81-82-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari, muassasalar, o‘quv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 116-modda)
Tasdiqlangan ish soatlariga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar tomonidan majburiy tartibda rioya qilinishi kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonasi (rejali sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, ta’mirlash va shu kabilar uchun) yopilgan taqdirda korxona kamida bir hafta oldin tegishli e’lonni osib qo‘yishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlariga mijozlarni kiritishni ularning yopilishidan 30 daqiqa oldin, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlariga esa — ularning yopilishidan 15 daqiqa oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yiladi.
11. Umumiy ovqatlanish korxonasi qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash vositalariga ega bo‘lishi va ularni soz holatda saqlashi, o‘z vaqtida va belgilangan tartibda metrologik tekshirishdan o‘tkazishi shart.
12. Barcha o‘lchash vositalari, tortish va o‘lchash priborlari, ko‘rinib turadigan ishonch tamg‘asiga yoki “O‘zstandart” agentligi organlarining amal qilish muddati o‘tmagan tekshirish guvohnomasi soz holatda, toza, to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi, belgilangan maqsadda qo‘llanilishi hamda o‘lchashlarning yagonaligini va ishonchliligini ta’minlashi va tegishli pasportga ega bo‘lishi kerak.
Nosoz va qo‘llanishga ruxsat etilmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari]
13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt ovqat uchun hisob-kitoblarning oldindan to‘lash, taomlar tanlangandan keyin to‘lash, ovqatlanib bo‘lgandan keyin to‘lash, o‘zi hisoblash kabi turli usullaridan foydalanishi mumkin. Ovqat uchun hisob-kitoblar shakllari xizmat ko‘rsatish metodiga, xizmat ko‘rsatiladigan mijoz spetsifikasiga, obyekt turiga va uning ixtisoslashganligiga ko‘ra belgilanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 116-modda)
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish obyektlarida va kulinariya do‘konlarida (bo‘limlarida) hisob-kitob vaqtida iste’molchiga kassa cheki beriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
Xizmat ko‘rsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida berilgan mahsulot uchun haq to‘lash ofitsiant bergan schyot yoki belgilangan namunadagi nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar cheki bo‘yicha amalga oshiriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Barcha umumiy ovqatlanish obyektlarida bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-iyundagi 116-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 187-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat ko‘rsatish]
Doimiy mijozlarga (ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilar va shu kabilarga xizmat ko‘rsatadigan oshxonalarda hisob-kitob yakka tartibdagi yoki guruh abonementlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
15. Umumiy ovqatlanish subyekti taomlar, mahsulotlar, ichimliklarning assortiment ro‘yxatini sanitariya va texnologiya talablariga to‘liq rioya qilishni hisobga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqadi, taomlar retsepturalarini tuzadi va tasdiqlaydi. Kalkulyatsiya kartochkasi mahsulot narxini belgilash uchun asos hisoblanmaydi, u faqat umumiy ovqatlanish obyektlari egalari tomonidan ichki foydalanish uchun xizmat qiladi. Kalkulyatsiya kartochkasini yuritish majburiy emas. Mahsulot narxi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 116-modda)
16. Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlar do‘konlarida, bufetlarda sotiladigan barcha tovarlar va mahsulotlarda tovar va mahsulotning nomi, uning sorti, o‘lchovi, og‘irligi yoki upakovkasi birligi narxlari ko‘rsatilgan, yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnomalar bo‘lishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
17. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, umumiy ovqatlanish korxonalari iste’molchiga unga sotilgan taomlar, kulinariya mahsulotlari, tovarlarning o‘lchami va og‘irligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) normativ-hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati tartibida umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar iste’molchining iltimosiga ko‘ra unga yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Kulinariya mahsuloti (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) sifatida kamchiliklar, kam tortishlar yoki hisob-kitobdan urib qolishlar aniqlangan taqdirda umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati va xodimlari iste’molchining tanlashiga ko‘ra:
belgilangan kamchiliklarni bepul bartaraf etishi;
kulinariya mahsuloti (xizmatlar) uchun to‘lov miqdorini kamaytirishi;
qo‘shimcha haq to‘latmasdan xuddi shunday taomni, kulinariya mahsulotini tayyorlashi (xizmatni takroran bajarishi);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
iste’molchining sifatsiz kulinariya mahsuloti sotib olish (xizmatlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarini to‘liq qaytarishi;
yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashi shart.
18. Xizmat ko‘rsatishga oldindan berilgan buyurtmani bajarish muddatlari buzilganda, ko‘rsatilayotgan xizmatda kamchiliklar aniqlanganda iste’molchi o‘z tanloviga ko‘ra:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
umumiy ovqatlanish subyektiga xizmatlar ko‘rsatishni boshlashi va (yoki) tugallashi kerak bo‘lgan yangi muddatni tayinlashga va ko‘rsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
ko‘rsatilayotgan xizmat narxini kamaytirishni talab qilishga;
iste’molchi tayinlagan maqbul muddatda kamchiliklarni bepul bartaraf etishni yoki zarur sifatdagi ana shunday umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlashni yoki uni boshqa mahsulotlar bilan almashtirishni talab qilishga;
ko‘rsatiladigan xizmatlardan voz kechishga haqlidir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
Iste’molchi shuningdek xizmatlar ko‘rsatishni boshlash va (yoki) tugallash muddatlari buzilishi sababli o‘ziga yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilishga haqlidir. Yetkazilgan zarar iste’molchining tegishli talablarini qondirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt xizmat ko‘rsatish muddatlarining buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida yoki iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlagan taqdirda iste’molchining talablari qondirilmaydi.
19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonida tayyor mahsulotlar va xarid qilingan tovarlar iste’molchining xohishiga ko‘ra tegishli idishda va o‘ramda olib chiqib ketilishi mumkin, alkogolli ichimliklar bundan mustasno.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
Alkogolli ichimliklarni olib chiqib ketish uchun sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 287-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
20. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga organiga mazkur faoliyat boshlanishi to‘g‘risida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli ichimliklar preyskurantlarida ichimliklar nomi, butilkasining sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 65-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 116-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotish joylarida ularni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
Alkogol mahsulotlarini quyib realizatsiya qilishni amalga oshiradigan umumiy ovqatlanish korxonalari tegishli savdo uskunalari, davlat tekshiruvidan o‘tgan o‘lchov menzurkalari va o‘lchovli krujkalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
201. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan;
elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yo‘l bilan oxirgi iste’molchilarga yetkazish yordamida (ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno);
sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan;
ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida;
bolalarga mo‘ljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;
bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;
sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari, ta’lim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
yaroqlilik muddati o‘tganda;
mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanmaganda — aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
qalbaki aksiz markalari bilan tamg‘alanganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamg‘alanmaganda;
belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamg‘alanmaganda;
ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
alkogol mahsulotining idishi yorlig‘ida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol o‘rovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda;
agar tamaki mahsulotining iste’mol o‘rovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta bo‘lsa — sigaretalarga nisbatan;
tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa tovarlar bilan bir to‘plamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish]
iste’mol o‘rovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) iste’mol o‘rovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;
temir yo‘l vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo do‘konlari bundan mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan;
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (pivo bundan mustasno);
to‘liq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan iste’mol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (pivo bundan mustasno);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari bo‘lgan (bo‘g‘zi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy ko‘rinishi xiralashgan, yot qo‘shimchalari, cho‘kmalari bo‘lgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari bundan mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
202. Alkogol mahsulotlari namunalarini bepul tarqatish taqiqlanadi.
203. Tamaki mahsulotlariga o‘xshatib ishlangan tovarlarni (tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari bundan mustasno) ishlab chiqarish, olib kirish, sotish va tarqatish taqiqlanadi.
204. Chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan chekilmaydigan mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi, bundan nosvoy mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
205. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini yoyib qo‘yish va ochiq namoyish etish taqiqlanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida taklif etilayotgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari to‘g‘risidagi axborot sotuvchi yoki ofitsiant tomonidan xaridorlar e’tiboriga savdo zalida sotiladigan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari ro‘yxatini joylashtirish orqali yetkaziladi, ro‘yxatning matni oq fonda bir xil o‘lchamdagi qora rangli harflar bilan yoziladi va ro‘yxat alfavit tartibida, sotiladigan tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining narxi ko‘rsatilgan holda, biror-bir grafik tasvirlar va rasmlardan foydalanmasdan tuziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarini xaridorga namoyish etish uning talabiga ko‘ra sotiladigan tamaki mahsulotlar va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari ro‘yxati bilan tanishib chiqqanidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
206. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yo‘llar orqali rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek, ularga nisbatan chegirmalar qo‘llash;
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va boshqa shu kabilarni) sotish;
umumiy ovqatlanish korxonalarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari bo‘lmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalariga, ushbu moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga o‘xshatiladigan har qanday atamalar, ta’riflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish;
rag‘batlantiruvchi aksiyalar yoki shunga o‘xshash boshqa tadbirlar o‘tkazish.
(202 — 206-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
21. Iste’molchi umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektga amalda qilingan xarajatlarni to‘lagan taqdirda o‘zi buyurtma bergan xizmatlardan istalgan vaqtda voz kechishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
22. Ishlab chiqarish jarayonida taomlar ularni sotish sanitariya qoidalarida belgilangan muddatlarga qat’iy muvofiq holda sotish mumkin bo‘lgan partiyalarda tayyorlanishi kerak. Oldingi kundan qolgan go‘sht, maydalangan baliq mahsulotlari, makaronlar, qayla, yorma mahsulotlardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
23. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
II. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
24. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Nazorat organlari (muassasalari) ushbu Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin. Savdo korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshiruvchi shaxslarga tekshirishlarni o‘tkazishda va kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishda ko‘maklashishi kerak.
III. Savdo qoidalari buzilishi turlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
25. Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;
(25-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 22-son, 258-modda)
yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar raqamli platformalarda generatsiya qilingan elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi maxsus QR-koddan, yuridik shaxslar esa banklarda generatsiya qilingan yagona QR-koddan foydalanish imkoniyatlarini yaratmaslik va (yoki) ular orqali to‘lovlarni qabul qilmaslik;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish;
to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;
(25-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-maydagi 147-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 22-son, 258-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibiga va qoidalariga;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llash tartibiga;
(25-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotish;
(25-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
quyidagilarni:
sifatsiz tovarlarni, kulinariya buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek xaridorga sotilgan sifatsiz tovarni, mahsulotni almashtirib berishni yoki pullarni qaytarishdan bosh tortish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
tovarlarni, mahsulotlarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlovchi yoki sertifikatsiyalangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotish;
ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan tovarlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno).
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 711-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/711/1865-son)
26. Shuningdek javobgarlik quyidagi hollarda:
tovarning yonma-yon turishiga rioya qilinmaganda va tovarlarning saqlash sharoitlari buzilganda;
ovqatni iste’mol qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lmaganda;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona]
korxonaning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod, uning ish rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmaganda, xaridorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ma’lumotlarni berishdan bosh tortganda.
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
korxonaning ish rejimiga rioya qilinmaganda;
tovarlarda, mahsulotlarda narxnomalar bo‘lmaganda yoki atayin noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar qo‘yilganda;
ruxsat berilmagan anjom qo‘llanilganda ham paydo bo‘ladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun).
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni hisobga olish va rasmiylashtirish]
texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yig‘imlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
(26-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(26-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-maydagi 217-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan va 18—27-bandlar 17—26-bandlar deb hisoblangan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 74-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
3-ILOVA
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishlarning
NAMUNALARI
1. Alkogol mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda quyidagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishning biri joylashtirilishi lozim:
a) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Alkogolning har bir tomchisi sog‘lik va jamiyat uchun xavfni oshiradi.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Kajdaya kaplya alkogolya povishayet risk dlya zdorovya i obshestva”;
b) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Xavf alkogolning birinchi tomchisidanoq yuzaga keladi.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Risk voznikayet s pervoy kapley alkogolya”;
v) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Alkogol salomatligingizga zarar keltiradi!
Alkogol vredit vashemu zdorovyu!”.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
2. Tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylarda quyidagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishning biri joylashtirilishi lozim:
a) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish kuchli qaramlikni chaqiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina vizivayet silneyshuyu zavisimost”;
b) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish saraton kasalliklarini chaqiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina vizivayet rak”;
v) “21 yoshga to‘lmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish infarkt, insult rivojlanish xavfini oshiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina povishayet risk razvitiya infarkta i insulta”.
3. Yozuvlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
a) yozuvlar Arial shrifti asosida kamida A3 (297 mm x 420 mm) yoki undan katta formatdagi qog‘ozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) chop etilishi lozim. Agar qog‘ozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) o‘lchami kattalashtiriladigan bo‘lsa, yozuvlarning o‘lchami ham proporsional ravishda o‘zgartirilishi lozim.
Qog‘ozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida keltirilganidan boshqa har qanday ma’lumotlarni (matn, tasvirlar, belgilar, ramzlar) chop etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
b) harflarning o‘lchami 48 kegldan yoki punktdan kam bo‘lmasligi, qatorlar orasidagi interval 1,2 bo‘lishi lozim.
v) yozuvlar oq rangli fonda qora rangli shrift bilan chop etilishi lozim. Qog‘ozning oqligi kamida 80 foiz bo‘lishi shart. Boshqa axborot tashuvchilardan foydalaniladigan bo‘lsa, fonning va harflarning rangini o‘zgartirish mumkin emas.
g) yozuvlardagi so‘zlar katta harflarda “yarim qora” shrift bilan yozilishi lozim. Yozuvlarning birinchi harflari “yarim qora” shrift bilan bosh harflarda yozilishi kerak.
d) plakat ko‘rinadigan joyda poldan kamida 1,5 metr va 2,0 metrdan oshmaydigan balandlikda joylashtirilishi lozim.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
4-ILOVA
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi
NAMUNASI
1. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi:
2. Belgining aniq ko‘rinishini ta’minlash uchun belgi turli texnologiyalar yordamida rasm ko‘rinishida tasvirlanishi yoki chop etilishi mumkin. O‘lchamlari kamida A5 formatda (148 mm x 210 mm) bo‘lishi lozim.
3. Belgini “Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi” yozuvi va ushbu huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun jarima miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga qo‘yishga ruxsat etiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
5-ILOVA
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar qayerdaligini xabardor qiluvchi lavha hamda bunday joylarda joylashtirilgan tibbiy ogohlantirishlar
NAMUNALARI
1. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar qayerdaligini xabardor qiluvchi lavha:
Bunda lavha:
qog‘ozning oqligi kamida 80 foiz bo‘lishi;
yozuvlar Arial shrifti asosida chop etilishi lozim.
a) yozuvlar Arial shrifti asosida kamida A4 (210 mm x 297 mm) yoki undan katta formatdagi qog‘ozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) chop etilishi lozim. Agar qog‘ozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) o‘lchami kattalashtiriladigan bo‘lsa, yozuvlarning o‘lchami ham mutanosib ravishda o‘zgartirilishi lozim;
b) harflarning o‘lchami 82 kegldan yoki punktdan kam bo‘lmasligi, qatorlar orasidagi interval 1,2 bo‘lishi lozim;
v) yozuvlar oq rangli fonda qora rangli shrift bilan chop etilishi lozim. Qog‘ozning oqligi kamida 80 foiz bo‘lishi shart. Boshqa axborot tashuvchilardan foydalaniladigan bo‘lsa, fonning va harflarning rangini o‘zgartirish mumkin emas.
g) yozuvlardagi so‘zlar katta harflarda “yarim qora” shrift bilan yozilishi lozim. Yozuvlarning birinchi harflari “yarim qora” shrift bilan bosh harflarda yozilishi kerak.
Lavhani aniq ko‘rinishini ta’minlagan holda turli texnologiyalar yordamida tasvirlash yoki chop etish mumkin.
2. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylarda quyida keltirilgan tibbiy ogohlantirishlarning biri joylashtirilishi lozim:
Bunda tibbiy ogohlantirishlar:
a) kamida A5 (148 mm x 210 mm) formatdagi qog‘ozga (yoki axborot tashuvchiga) tushirilishi lozim. Agar qog‘ozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) o‘lchami kattalashtiriladigan bo‘lsa, tasvirlarning o‘lchami ham mutanosib ravishda o‘zgartirilishi lozim.
b) tibbiy ogohlantirishlar ko‘rinadigan joyda poldan kamida 1,5 metr va 2,0 metrdan oshmaydigan balandlikda joylashtirilishi lozim.
Tibbiy ogohlantirishlarni aniq ko‘rinishini ta’minlagan holda turli texnologiyalar yordamida tasvirlash yoki chop etish mumkin.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 13-fevraldagi
75-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 23-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 36-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakana sotish qoidalariga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 2-fevraldagi 51-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 6-son, 21-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 1-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 14-iyundagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 30-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 30-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarorining 1-bandi.