1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan so‘ng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari to‘lanishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat ta’lim muassasalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
to‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish to‘lovidan iborat bo‘ladi. Bunda ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga pul nafaqalari 2026-yil 1-dekabrga qadar naqd pul shaklida yoki bank kartalari, shu jumladan ijtimoiy karta orqali, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab esa faqat ijtimoiy karta orqali to‘lanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
davlat ta’minotiga olingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi (talaba) ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
21. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan bitiruv nafaqasi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chetlashtirilgan (o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi bundan mustasno) talabalarga ham ular mehnat shartnomasi asosida o‘zlarining bandligini ta’minlagan hamda uch oylik ish haqi olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda beriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular o‘qishdan chetlatilgan ta’lim muassasasi tomonidan beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
3. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band to‘rtinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-noyabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
2. Davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab o‘qishni tamomlagunga qadar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
3. Ushbu Nizom:
a) quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab ta’lim muassasalarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga;
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan davrida yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lib qolgan hamda homiy tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmaganligi sababli to‘liq davlat ta’minotiga olingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi (talaba);
b) quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga;
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi, ta’limning sirtqi shaklida ta’lim olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili o‘qishga qabul qilinmagan talabalarga.
4. To‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish to‘lovidan iborat bo‘ladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
O‘quvchi (talaba)lar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan, 2-ilovaga muvofiq kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, o‘quvchi (talaba)larga ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, o‘qishdan chetlashtirilganda (o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilganligi, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganligi, vafot etganligi munosabati bilan o‘qishdan chetlatilganlik bundan mustasno), ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan o‘quvchi (talaba)lar bundan mustasno.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
5. Agar o‘quvchi (talaba)ning yashash joyi u ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi joylashgan joydan 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, o‘quvchi (talaba)lar transportda yurish to‘lovlari bilan ta’minlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6. Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga to‘lganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi to‘htatilgan yoki bekor qilingan o‘quvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari berib boriladi.
Ushbu pul mablag‘i oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga to‘lanmaydi.
7. Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan vaqtida to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ushbu muassasalarni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgandan so‘ng ham to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan ushbu toifadagi talabalar ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlanadi.
8. Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtda yetim bo‘lib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchi (talaba)larga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni bo‘lmagan hollarda muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu o‘quvchi (talaba)larga nisbatan ular ta’lim olayotgan muassasa o‘quvchi (talaba) muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizom.
Tuman (shahar) hokimining qarori o‘quvchi (talaba)ning to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar toifasiga kirishiga asos hisoblanadi.
Ushbu toifadagi o‘quvchi (talaba)larga ta’lim muassasasini bitirayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda — budjet) berilishi belgilangan bir yo‘la to‘lanadigan bitiruv nafaqasi berilmaydi.
81. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(81-band Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
2-bob. O‘quvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek transportda yurish to‘lovini berish masalasini ko‘rib chiqish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
9. Ta’lim muassasasida o‘quvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy ta’minot yordami), shuningdek, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish yuzasidan murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
10. Ishchi guruh tarkibiga muassasaning tegishli xodimlari kiritiladi va muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi guruh kamida yetti kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ishchi guruh rahbari — muassasa rahbari;
ishchi guruhning mas’ul kotibi — muassasa rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
muassasa yuriskonsulti;
muassasa buxgalteri;
to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolaning guruh rahbari yoki murabbiyi;
11. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
12. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish o‘quvchi (talaba)ning guruh rahbari (murabbiy) yoki ishchi guruhning boshqa mas’uli tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa mas’uli tomonidan o‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirishda o‘quvchi (talaba)larga muqaddam ushbu nafaqa berilmaganligini aniqlash uchun ularni boshqa ta’lim muassasalarini bitirgan yoki ulardan o‘qishdan chetlatilganda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali tekshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
13. O‘quvchi (talaba) ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasi olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
14. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasi berish masalasini hal qilish uchun guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa mas’uli tomonidan ishchi guruhga o‘quvchi (talaba)ning murojaatidan so‘ng uch ish kunida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
a) o‘quvchi (talaba)ning arizasi;
b) tuman (shahar) hokimining o‘quvchi (talaba)ni davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish yoki to‘liq davlat ta’minotiga olish haqidagi qarori nusxasi;
v) o‘quvchi (talaba)ning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
g) o‘qishdan chetlashtirilgan talabaning uch oy ishlaganligi hamda ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
d) o‘quvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
(14-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan “g” va “d” kichik bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
15. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.
16. Tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha o‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida ishchi guruhning qarori qabul qilinadi va ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ishchi guruh tomonidan barcha hujjatlar to‘liq, asoslangan holda taqdim etilganligi aniqlanganda o‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish to‘g‘risida, aksincha taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda nafaqa berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ishchi guruh tomonidan qaror nusxasi uch ish kunida o‘quvchi (talaba)ga yetkaziladi.
O‘quvchi (talaba) qaror nusxasini olgan kundan boshlab bir oy davomida tegishli kamchiliklarni bartaraf etgan holda nafaqa olish bo‘yicha ishchi guruhga qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
17. Ishchi guruh rahbari va a’zolari ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida ishchi guruh qarorining qonuniyligi va uning to‘g‘ri qabul qilinganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
3-bob. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordamini berishni rasmiylashtirish tartibi
18. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘iga asosan beriladi.
19. Muassasa buxgalteri tomonidan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish bo‘yicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada so‘rovnoma tuziladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
20. So‘rovnomaning bir nusxasi uch ish kunida tegishliligi bo‘yicha budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning moliya-iqtisod bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — moliya organlari) taqdim etiladi.
21. So‘rovnoma muassasaning birinchi bosqichiga qabul qilingan o‘quvchi (talaba)lar uchun har yili 15-sentabrgacha, boshqa o‘quvchi (talaba)larga esa kelgusi yil uchun joriy yilning 15-dekabriga qadar shakllantiriladi.
Muassasada ta’lim olayotgan davrida to‘liq davlat ta’minotiga olingan o‘quvchi (talaba)lar uchun so‘rovnoma u to‘liq davlat ta’minotiga olingandan so‘ng 15 kun ichida shakllantiriladi.
22. Moliya organlari tomonidan so‘rovnomaga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muassasaning xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali mablag‘ ajratiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordamini berish tartibi
23. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordamini berish ularning ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
24. O‘quvchi (talaba)larning xohishiga ko‘ra ijtimoiy ta’minot yordamini olish uchun to‘lanadigan pul mablag‘larining o‘rniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari berilishi mumkin.
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatda belgilangan ashyoviy ta’minot buyumlari orasidan o‘zi istagan buyumlarni ko‘rsatgan holda o‘quvchi (talaba)ning muassasa rahbari nomiga yozgan arizasiga binoan beriladi.
25. O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami shaxsiy imzosi qo‘yilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Ijtimoiy ta’minot yordami o‘quvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul o‘tkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qo‘ydirish talab etilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
26. Ayrim sabablarga ko‘ra o‘tgan davr uchun to‘lanmay qolgan ijtimoiy ta’minot yordami keyingi to‘lovlarga qo‘shib to‘lanadi.
5-bob. O‘quvchi (talaba)larni transportda yurish to‘lovi bilan ta’minlash tartibi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
27. Transportda yurish to‘lovi umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan hududlarda oylik tarif rejalari asosida o‘quvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasi orqali amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy kartada transport karta funksiyasini faollashtirish bepul amalga oshiriladi.
Agar o‘quvchi (talaba) o‘qiydigan tuman (shahar)da yoki aholi punktida bu turdagi avtomatlashtirilgan tizim bo‘lmasa, u holda ularga jamoat transportida yurishlari uchun tegishli oylik tarif rejasi miqdoridagi pul mablag‘i o‘quvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish orqali beriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
28. Transportda yurish to‘lovi muassasalarning xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
29. Transportda yurish to‘lovi muassasalar tomonidan o‘quvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘qish davrida tarif amal qiladigan oydan oldingi oy tugashiga kamida ikki kun qolganida amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
30. Transportda yurish to‘lovi o‘qish davri uchun amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6-bob. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish tartibi
31. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi bir marta, ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, o‘qishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda o‘zi ta’lim olgan ta’lim muassasasidan beriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
Davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari bitiruvchilariga bitiruv nafaqasi ular ishga qabul qilinayotganda, ushbu muassasalardan beriladi.
O‘qishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular tomonidan mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etilgan taqdirda beriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
32. Agar o‘quvchi (talaba) umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 11-sinfini yoki muassasani bitirib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan taqdirda, unga bitiruv nafaqasi o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasini bitirayotganda, o‘qishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan beriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
33. Bitiruv nafaqasi har yili 1-sentabrgacha bitiruvchining ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish orqali beriladi.
O‘qishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan e’tiboran uch oy ichida uning ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish orqali beriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
34. O‘quvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi shaxsiy imzosi qo‘yilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Bitiruv nafaqasi o‘quvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul o‘tkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qo‘ydirish talab etilmaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
35. Bitiruvchi o‘z xohishiga ko‘ra bitiruv nafaqasi o‘rniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olishi mumkin.
61-bob. O‘quvchi (talaba)larning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘larni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy ta’minot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan ta’lim muassasalari rahbarining buyrug‘iga asosan beriladi.
353. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ta’lim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
354. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul o‘tkazish orqali beriladi.
(354-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
355. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ga o‘quv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda to‘lab beriladi.
Bunda, o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) o‘quvchi (talaba) hamda ta’lim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
(61-bob Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
7-bob. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
(7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
36. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini moliyalashtirish budjet mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
37. O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori ular ta’lim olayotgan muassasalar tomonidan taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan muassasalarning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
38. Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalari uchun sarflanadigan mablag‘larning buxgalteriya hisobi va hisoboti tegishli ta’lim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
39. Muassasalar tomonidan har o‘quv yili yakunida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot tayyorlanadi hamda iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.
Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ushbu hisobotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
40. Asossiz ravishda to‘langan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalari belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
41. Muassasalarning ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini to‘lash bilan bog‘liq faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
ta’lim muassasasi tomonidan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovlari hamda bitiruv nafaqalarini asosli tayinlash va to‘lash tartibiga rioya qilinganligi va moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha ishchi guruh rahbariga;
ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovlari hamda bitiruv nafaqalari uchun ajratilgan mablag‘larning muassasalarga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi bo‘yicha iqtisodiyot va moliya organi rahbariga;
ta’lim muassasasi tomonidan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovlari hamda bitiruv nafaqalarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilishi bo‘yicha muassasa rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
43. Ushub Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oziq-ovqat bilan ta’minlash
1. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari bo‘yicha almashtirish jadvaliga muvofiq ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida almashtirishga ruxsat etiladi.
2. Muassasalar va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, faqat bir martalik issiq ovqat mavjud bo‘lganda, o‘quvchi (talaba)larga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) to‘liq yoki qisman o‘quvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga o‘tkaziladi yoki naqd pul shaklida beriladi.
(izohning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
3. Muassasalarda boshqa shaharlardan kelgan yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular muassasaga yetib kelgan vaqtdan boshlab o‘qishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash
NORMALARI
T/r
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar nomi
O‘lchov birligi
Biro‘quvchi (talaba) hisobiga
O‘g‘il bolalar uchun
Qiz bolalar uchun
soni
foydalanish muddati (yil)
soni
foydalanish muddati (yil)
Kiyim-bosh
1.
Qishki palto
dona
1
3
1
3
2.
Mavsumiy palto, kurtka
dona
1
2
1
2
3.
O‘qish uchun kostum:
dona
1
2
1
2
4.
Qishki
to‘plam
1
1
1
1
5.
Yozgi
to‘plam
1
1
1
1
6.
O‘qish uchun ip gazlamadan tikilgan oq ko‘ylaklar
dona
2
2
2
2
7.
Sport formasi va ketalar
to‘plam
2
2
2
2
8.
O‘g‘il bolalar uchu kostumlar
to‘plam
3
2
9.
Qizlar uchun ko‘ylaklar (yubkalar, bluzkalar)
dona
3
2
10.
Qizlar uchun uy xalatlari
dona
2
2
11.
O‘g‘il bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki ko‘ylaklar
dona
3
1
12.
Bayramlar uchun qishki kostum yoki ko‘ylak
dona
1
2
1
2
13.
Bayramlar uchun yozgi kostum yoki ko‘ylak
dona
1
2
1
2
14.
Jun sviter (jemper)
dona
1
2
1
2
15.
Qizlar uchun reytuzalar
dona
2
1
16.
Yozgi bosh kiyim
dona
1
1
1
1
17.
Qishki bosh kiyim
dona
1
2
1
2
18.
Dastro‘mol
dona
4
1
4
1
19.
Uyshimlari (jinsilar)
dona
1
1
1
1
20.
O‘g‘il bolalar uchun shimkamarlari
dona
1
1
21.
Yarim jun sharflar
dona
1
3
1
3
22.
Qo‘lqoplar (panjasiz qo‘lqoplar)
juft
1
3
1
3
23.
Byustgalter
dona
3
1
24.
Qizlar uchun triko
dona
5
1
25.
Kalta sport ishtonlari
dona
2
1
26.
Shortilar
dona
1
1
1
1
27.
Mayka
dona
3
1
28.
Futbolka
dona
2
1
2
1
29.
Ip gazlama paypoqlar, golflar
juft
5
1
5
1
30.
Tungi ko‘ylaklar, pijamalar
ta
2
1
2
1
31.
Kolgotkalar
juft
5
1
32.
Cho‘milish ko‘ylagi, plavkilar
ta
1
1
1
1
Poyabzal
33.
Botinkalar, tuflilar, krossovkalar
juft
3
1
3
1
34.
Shippaklar
juft
2
1
2
1
35.
Etiklar, qishki botinkalar
juft
1
1
1
1
Ashyoviy ta’minot buyumlari
36.
Portfellar, sumkalar
dona
2
3
2
3
37.
Jomadon
dona
1
5
1
5
38.
Choyshablar
dona
3
2
3
2
39.
Ko‘rpa choyshablari
dona
2
3
2
3
40.
Kichik yostiq jildi
dona
1
4
1
4
41.
Katta yostiq jildi
dona
3
3
3
3
42.
Sochiq
dona
3
2
3
2
43.
Paxmoq sochiq
dona
3
3
3
3
44.
Jun yoki momiqli adyol
dona
1
6
1
6
45.
Paxmoq adyol
dona
1
4
1
4
46.
To‘shak
dona
1
4
1
4
47.
Yostiq
dona
1
6
1
6
48.
To‘shak qoplamasi
dona
1
6
1
6
49.
Karavot oldiga to‘shaladigan gilamcha
dona
1
6
1
6
Shaxsiy gigiyena buyumlar
50.
Tish pastasi
dona
12
1
12
1
51.
Tish cho‘tkasi
dona
3
1
3
1
52.
Kir sovun
dona
12
1
12
1
53.
Atirsovun
dona
24
1
24
1
54.
Kir yuvish poroshoklari
o‘ram (400 g.)
12
1
12
1
55.
Soqol olish buyumlari
dona
12
1
5
1
56.
Taroq
dona
2
1
2
1
57.
Hojatxona qog‘ozi
o‘ram
24
1
24
1
58.
Shampun
dona (200 g.)
12
1
12
1
59.
Dezodorant (aerozol)
dona
6
1
6
1
60.
Gigiyena qistirmalari
o‘ram
(10 tadan)
12
1
61.
Momiq
o‘ram
(200 g.)
4
1
62.
Poyabzal moyi
tyubik
6
1
6
1
63.
Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson
flakon (100 — 150 g.)
6
1
64.
Badanni yuvish uchun gubka
dona
2
1
2
1
65.
Tog‘ora
dona
1
3
1
3
Izoh: Muassasalar rahbarlariga ko‘rsatib o‘tilgan ta’minot normalariga yangi fasonlarni va o‘quvchi (talaba)lar xohishini hisobga olgan holda ushbu maqsadlar uchun o‘quv muassasasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
O‘quvchi (talaba)larga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini ko‘rib chiqish tartibi
SXEMASI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
O‘quvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi
O‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini hal qilish uchun murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha muassasada tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etadi.
O‘quvchi (talaba)ning murojaatidan so‘ng uch ish kunida
3-bosqich
Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh
1. O‘quvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
2. Tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha o‘quvchi (talaba)ga ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida
4-bosqich
Ta’lim muassasasi rahbari
Ishchi guruhning qarorini tasdiqlaydi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Ishchi guruhning qarori qabul qilingan kundan so‘ng bir ish kunida
5-bosqich
Muassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) ni xarid qilish xarajatlari (so‘m)
Asos
Umumiy miqdori (so‘m)
Nafaqa
Oziq-ovqat
Kiyim-bosh va poyabzal
Shaxsiy gigiyena buyumlari
Ashyoviy ta’minot buyumlari
Transportda yurish to‘lovi
Bitiruv nafaqasi
Ta’lim muassasasi rahbari:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Bosh buxgalter:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Muassasa nomi:_____________________________________________________________ Muassasa joylashgan tuman (shahar) _____________________________________________
T/r
Ijtimoiy ta’minot yordami turi
O‘lchov birligi
Yil boshidan
1.
Ijtimoiy ta’minot yordami uchun muassasaga ajratilgan mablag‘lar miqdori
so‘m
2.
Qaydnomaga asosan berilgan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalari miqdori
so‘m
3.
Qaydnomaga asosan ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar soni
nafar
4.
Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini olish yuzasidan arizalar soni
nafar
5.
Ko‘rib chiqilgan arizalar soni
nafar
6.
Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorlar soni
dona
7.
Ijtimoiy ta’minot yordami, transportda yurish to‘lovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar soni
dona
8.
O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun muassasaga ajratilgan mablag‘lar miqdori
so‘m
9.
Qaydnomaga asosan berilgan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun berilgan mablag‘lar miqdori
so‘m
10.
Qaydnomaga asosan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘ olayotgan o‘quvchi (talaba)lar soni
nafar
Ta’lim muassasasi rahbari:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Bosh buxgalter:
_____________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
20____ yil “____” ______________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 4-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomda:
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama o‘rganadi va o‘rganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi”;
“Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ta’lim-tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan vaqtda yetim bo‘lib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular ta’lim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi”;
d) 71-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar”;
“73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, bolaga nisbatan vasiy yoki homiy belgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa belgilanadi.
Har ikki holatda ham bolaning ota-onasidan rozilik arizasi talab etilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-yil, 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 204-bandi ikkinchi xatboshisiga “shuningdek FHDY organlari” so‘zlaridan keyin “vasiylik va homiylik organlari” so‘zlari qo‘shilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlash normalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 48-49-son, 485-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 22-23-son, 199-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 43-son, 435-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/739/1522-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son; 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)