1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarning buzilishidir.
(3-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yongʻin xavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga taʼsir qilish darajasiga koʻra I, II va III xavflilik darajalariga (oʻta xavfli, yuqori darajada xavfli va oʻrtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi taʼsir chogʻida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda oʻz-oʻzidan juda tez tarqaladigan kimyoviy oʻzgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sogʻligʻi va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan (togʻ temir yoʻllaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
5-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni oʻz ichiga oladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
Sanoat xavfsizligi talablari qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar boʻlib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini taʼminlaydi.
(7-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini oʻzgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
9-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga rioya etishi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilishini taʼminlashi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va koʻrsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qoʻyishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud boʻlishi hamda ishlashini taʼminlashi;
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma koʻrsatmasiga binoan taʼminlashi;
(9-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini taʼminlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
maxsus vakolatli davlat organi va qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma koʻrsatmalarini bajarishi;
(9-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni toʻxtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini koʻrishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini koʻrishi;
maxsus vakolatli davlat organini, qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya toʻgʻrisida oʻz vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
(9-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.
10-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga rioya etishlari;
(10-moddaning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi nizom 17-bandining ikkinchi xatboshisi.
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan oʻtishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda toʻxtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
11-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorgarlik koʻrishga oid sanoat xavfsizligi talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat koʻrsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa oʻz avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi ikkinchi qismining birinchi, toʻrtinchi xatboshilari, uchinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi.
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega boʻlishi;
(11-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga oʻqitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga koʻmaklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.
12-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sanoat xavfsizligi talablarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
13-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi jihatidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi kerak.
(13-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
14-modda. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega boʻlgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni moʻljallayotgan tashkilot mablagʻlari hisobidan oʻtkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisida nizom.
16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti boʻyicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonunchilikka muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
(16-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sugʻurta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yoʻl qoʻygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun koʻrilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar koʻrsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
17-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasi tuziladi.
18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi.
(18-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni taʼminlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati toʻgʻrisida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan xavfli moddalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini oʻz ichiga olishi kerak.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi maʼlumotlar oʻzgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari oʻzgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi.
20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.01 Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan zarar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish]
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonunchilikda belgilanadigan tartibda majburiy sugʻurta qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlarining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalari.
21-modda. Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.26.00 Sanoat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(21-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 97-moddasi.
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(22-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 29-sentabrdagi 191 (4090)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-sentabr,
OʻRQ-57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)