1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.
2-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligiga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bankrot — sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdor;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-moddasi.
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi;
kelishuv bitimi — taraflarning o‘zaro yon berish asosida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turish;
pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati;
soliqlar va yig‘imlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajara olmasligi to‘g‘risida e’lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil;
sudgacha sanatsiya qilish — qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili;
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno;
to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi;
to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili — sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil;
to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko‘rsatilganligi yoki o‘zining to‘lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish;
qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki uning mol-mulki egasining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida muassislar (ishtirokchilar) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzdor xodimlarining vakili — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili o‘tkazilayotganda o‘z manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan to‘lov qobiliyatini tiklash va kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llaniladigan tartib-taomil;
qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish — yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish;
qishloq xo‘jaligi korxonasi — qishloq xo‘jaligi kooperativi, fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar;
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila a’zolari ham qo‘shib hisoblanganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini yoki xodimlarining soni kamida uch ming nafar kishini tashkil etadigan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlaydigan, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo‘lgan yuridik shaxs.
4-modda. Joriy to‘lovlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan e’tiboran yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar joriy to‘lovlardir.
Kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablari kreditorlar talablarining reyestrida aks ettirilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning joriy to‘lovlar bo‘yicha talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladi.
5-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;
doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
6-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 36-moddasi.
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
7-modda. Sudga murojaat etish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 3-moddasi.
Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.
Qarzdor soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) ega bo‘ladi.
8-modda. Qarzdorning sudga murojaat etishi asoslari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining qarori yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
9-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining sudga ariza berish majburiyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hollarda qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan sudga murojaat etishi shart, agar:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qanoatlantirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qarzdorni tugatish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
(9-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan 2025-yil 8-maydan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yishi yoki boshqa kreditorlar talablari qanoatlantirilmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa.
Agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sudga yuborilishi kerak.
10-modda. Qarzdorning arizasini sudga berish majburiyatini bajarmaganlik uchun qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdorning rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza taqdim etilmaganligi ushbu Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin qarzdorning yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
11-modda. Korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek vakolatli davlat organining so‘roviga ko‘ra korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
2-bob. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish ishtirokchilarining, kreditorlar yig‘ilishining, jamoat birlashmalarining, sud boshqaruvchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yig‘ilishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi himoya qiladi. Sud qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas.
Qarzdorga nisbatan bajariladigan barcha harakatlar kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishida yoki kreditorlar qo‘mitasida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o‘zi amalga oshiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, qo‘mitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash yoki qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni to‘lash jadvalini ma’qullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi.
Ushbu modda beshinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan qarorlar, ushbu Qonun 86-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan qarzdorning moliyaviy holati to‘g‘risidagi muvaqqat boshqaruvchining xulosasi asosida qabul qilinishi mumkin.
Agar kreditorlar yig‘ilishida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, sud muvaqqat boshqaruvchining qarzdorning faoliyatini tiklash uchun imkoniyat mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasini inobatga olgan holda, qarzdorga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishga haqli.
Kreditorlar yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda o‘z vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘n kunlik muddatda kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti yig‘ilishni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, takroriy yig‘ilish hozir bo‘lgan kreditorlarning sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Kreditor o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yig‘ilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish davrida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
13-modda. Bir turdagi kreditorlar guruhlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek majburiy sug‘urta va bank kreditlarini sug‘urta qilish shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha kreditorlar;
uchinchi guruh — soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha kreditorlar;
to‘rtinchi guruh — mehnat shartnomalariga ko‘ra mehnatga haq to‘lash va kompensatsiyalar to‘lash bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiyatlarining teng darajada bajarilishini ta’minlovchi to‘lovlar va talablar, shuningdek fuqarolarning jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar bo‘yicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
14-modda. Kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, tegishli vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini ta’minlovchi boshqa usulda yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo‘lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va u belgilagan ommaviy axborot vositasida e’lon qilinishi ana shunday shaxslarni lozim darajada xabardor qilish deb e’tirof etiladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yig‘ilishining kun tartibi;
kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan materiallar bilan yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida uch ish kuni ilgari tanishish uchun kreditorlarga imkoniyat yaratishi kerak.
15-modda. Kreditorlar yig‘ilishini chaqirish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisining tashabbusiga ko‘ra yoki kreditorlar qo‘mitasining talabiga binoan yoxud pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoki kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda kreditorlar yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar ta’riflangan bo‘lishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yig‘ilishi kun tartibining masalalari ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yig‘ilishi kreditorlar qo‘mitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o‘tkaziladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
16-modda. Kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlar yig‘ilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarining ro‘yxatga olish varaqlari;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda tegishli vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay sudga topshirilishi lozim.
17-modda. Kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishining qarorlari yig‘ilishda hozir bo‘lgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir kreditor kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra umumiy kreditorlik qarzidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yig‘ilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarning zarur kvorumi bo‘lmasa, kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, ushbu takroriy yig‘ilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlar sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatlidir.
Kreditorlar yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan kreditorning arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kreditorlar yig‘ilishining qarori to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa, bunday qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kreditor va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs qabul qilingan qaror haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ariza berishi mumkin.
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chog‘ida har bir guruhda zarur ovozlar soni to‘planmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
18-modda. Kreditorlarning talablari reyestri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi kreditorlar talablari reyestrida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan kreditor talablarining aniqlangan miqdori, uning har bir talabining qanoatlantirish navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Kreditor talablari bayon etilgan arizada o‘zi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan firmaning to‘liq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), elektron pochta manzilini (mavjud bo‘lgan taqdirda), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek bank rekvizitlarini (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs o‘zi xususidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan o‘z talablarining miqdori va tarkibi o‘zgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisini bir haftalik muddat ichida xabardor qilishi kerak. Bunday ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shu munosabat bilan yetkazilgan zarar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar bo‘lmaydi.
Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi kerak. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qanoatlantirilishining miqdori, tarkibi va navbati to‘g‘risida bunday talab olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida kreditorlarning talablari reyestridan ko‘chirma yuborishi shart. Bunday ko‘chirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditorning zimmasiga yuklatiladi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
19-modda. Kreditorlar qo‘mitasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlar qo‘mitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Agar kreditorlar soni yigirmatadan kam bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasining vazifalari kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan kreditorlar yig‘ilishi zimmasiga yuklatish nazarda tutilishi mumkin.
O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kreditorlar qo‘mitasi quyidagilarga haqli:
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etishni talab qilishga;
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat berishga;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etish uchun o‘z vakilini saylashga;
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga.
Kreditorlar qo‘mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishni kreditorlar yig‘ilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo‘lgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
Kreditorlar qo‘mitasining majlisida masalalarni hal etishda kreditorlar qo‘mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi. Kreditorlar qo‘mitasining a’zosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlar qo‘mitasining qarorlari kreditorlar qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qo‘mitasi majlislarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
20-modda. Kreditorlar qo‘mitasini saylash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari kreditorlar yig‘ilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillari va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yig‘ilishining qaroriga binoan kreditorlar qo‘mitasi barcha a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir vaqtning o‘zida kreditorlar qo‘mitasining barcha a’zolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Kreditorlar qo‘mitasining a’zolari o‘z tarkibidan kreditorlar qo‘mitasining raisini saylashi mumkin.
Agar kreditorlar qo‘mitasida a’zolar besh kishidan ortiq bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasi raisi majburiy tarzda saylanadi.
21-modda. Manfaatdor shaxslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan manfaatdor shaxslar quyidagilardan iborat:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe bo‘lgan yuridik shaxs;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67 va 68-moddalariga qarang.
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.
Ushbu Qonunda jismoniy shaxsga, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan manfaatdor shaxs deganda uning xotini (eri), nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi va keyingi qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari hamda ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha o‘zidan keyingi qarindoshlari, xotinining (erining) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari tushuniladi.
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadi.
22-modda. Sud boshqaruvchilari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Oliy ma’lumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan o‘tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risida nizomga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan advokat ham sud boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar;
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o‘rnini qoplamagan shaxslar;
vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha to‘xtatib turilgan (sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatib turilgan muddatga) shaxslar;
o‘ziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar).
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar bo‘lgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni tayinlashni rad etadi yoki sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod etadi.
Sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun o‘z javobgarligini sud tomonidan sud boshqaruvchiligiga tayinlangan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida sug‘urtalashi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobiga (Sug‘urta) va “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan talablar to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
23-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchisi:
kreditorlar yig‘ilishini chaqirishga;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qo‘mitasi chaqirilishini talab qilishga;
oldindan davlat boji to‘lamay turib, da’vo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga;
boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag‘lari hisobidan haq to‘lagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, shartnoma asosida jalb etishga;
davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan haq to‘lamasdan foydalanishga;
(23-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul o‘tkazmalari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga;
qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olishga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, budjetdan tashqari jamg‘armalardan, ko‘chmas mulkka oid hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga;
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sudga ariza berishga haqli.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirishi va yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni kreditorning talabiga ko‘ra o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va choralar ko‘rishi hamda bunday alomatlar aniqlanganligi haqida kreditorlar yig‘ilishiga, sudga, vakolatli davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
qarzdor jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
qarzdor jismoniy shaxs tomonidan kreditorlarning talablari to‘la hajmda qanoatlantirilishi uchun mablag‘larning o‘z vaqtida to‘liq to‘lanishini nazorat qilishi;
sud hujjatlari bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazayotganda qarzdorning va kreditorlarning manfaatlarini ko‘zlab oqilona ish yuritishi shart.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, mazkur zarar sud boshqaruvchisidan sud tartibida undirilishi mumkin.
24-modda. Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarning kasbiy darajasini yuksaltirishi va saqlab turishi, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishi kerak.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari:
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
(24-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
davlat hokimiyati organlaridan va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rab oladi;
(24-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
ushbu Qonunda belgilangan tartibda sud boshqaruvchisi lavozimiga nomzodni sudga taqdim etadi;
sud boshqaruvchilarining kasbga oid odob qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholashni, ular tomonidan qonunchilikka, kasbga oid odob qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarni vakolatli davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazishda ishtirok etadi;
o‘z a’zolari faoliyatini o‘rganadi va tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
25-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq yuklatilgan vazifalar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, bu sud boshqaruvchisini o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
26-modda. Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud boshqaruvchisiga vazifalarini bajarganligi uchun haq to‘lash miqdori va tartibi bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan to‘lanadi.
Jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan pul mablag‘lari o‘tkaziladi.
Sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘larining o‘rni jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonida qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan ushbu Qonun 221-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki mavjud bo‘lmagan taqdirda, agar kreditorlar yig‘ilishida boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash sudning depozit hisobvarag‘iga arizachi tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari bilan cheklanadi.
To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlarining o‘rni qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun to‘lanadi.
Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilganda, sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga to‘lanadigan haq miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi va ushbu moddada belgilangan tartibda to‘lanadi.
Agar sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan bo‘lsa, sud qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qaytaradi.
Qarzdor jismoniy shaxsning uni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi bilan sudga murojaat etilganda sud moliyaviy boshqaruvchiga to‘lanadigan haqni sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishni kechiktirishi mumkin.
Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga ko‘ra quyidagi hollarda qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditor qarzdorlik to‘liq to‘langan bo‘lsa, ushbu to‘langan qarzdorlikka doir talablar summasining besh foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning yetmish besh foizidan ko‘prog‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining uch foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning ellik foizidan ko‘prog‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, mazkur kreditorlar talablari summasining bir foizigacha miqdorda.
Ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qo‘shimcha haq sud boshqaruvchisiga ushbu ish bo‘yicha to‘langan umumiy summaning yarmidan oshmasligi kerak.
Qarzdor to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomilidan tugatishga doir ish yuritish tartib-taomiliga o‘tgan taqdirda ushbu davr uchun sud boshqaruvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
27-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bilan bog‘liq xarajatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Sud boshqaruvchisi o‘z huquq va majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida jalb etilgan shaxslarga haq to‘lashni, sud xarajatlarini, qarzdorning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mol-mulkini xatlovdan o‘tkazish, baholash xarajatlarini, zarur hollarda, auditor xizmatlaridan foydalanganlik xarajatlarini, auksion xarajatlarini, hujjatlarni saqlashga topshirish xarajatlarini, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lashni amalga oshirishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishga sud boshqaruvchisi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga to‘lanadigan haqning miqdori qarzdor aktivlari balans qiymatining bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan hisob-kitob qilingan summadan kelib chiqib (bundan ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno), agar balans qiymatining summasi:
BHMning ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning ming baravaridan besh ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning besh ming baravaridan o‘n ming baravarigacha bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining sakkiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
BHMning o‘n ming baravaridan ortiq bo‘lsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining besh foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foizlarda belgilanadi. Bunda xarajatlar BHMning ko‘pi bilan ikki ming ikki yuz baravaridan oshmasligi kerak.
Ushbu moddaning maqsadlari uchun qarzdor aktivlarining balans qiymati to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilishidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobotlar asosida aniqlanadi.
Qarzdor aktivlarining haqiqiy balans qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda u baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan baholash qiymati asosida aniqlanadi. Ushbu qoidalar sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bilan bog‘liq xarajatlar haqidagi ma’lumotlar tegishincha sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish, shuningdek qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va mol-mulkni sotish rejasida aks ettiriladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish bilan bog‘liq xarajatlar, agar kreditorlar yig‘ilishida yoki kreditorlar qo‘mitasi majlisida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, garov bilan ta’minlangan kreditor tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini tartibga solish
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar yuzasidan majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o‘tishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyati to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga qarang.
vakolatli davlat organi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
29-modda. Vakolatli davlat organining vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.
Vakolatli davlat organi:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini to‘lovga qobiliyatsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;
sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;
moliyaviy holati bo‘yicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, agentliklar, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
4-bob. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari va sudgacha sanatsiya qilish
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:
qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish;
bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qo‘llaniladi.
31-modda. Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanatsiya qilishni yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) o‘z ichiga olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 56-moddalari.
32-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Sudgacha sanatsiya qilish to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilguniga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdor mol-mulkining egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.
33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishga oid huquqiy munosabatlarning obyekti va subyektlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor yuridik shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin.
34-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan chegirma berish to‘g‘risida qarzdor va kreditorlar o‘rtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lashni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomilida boshqa chora-tadbirlar ham bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazilayotganda qarzdorga uning xizmat ko‘rsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari to‘xtatib qo‘yilib, so‘mlardagi va (yoki) valyutadagi sanatsiya hisobvarag‘i ochiladi. Sanatsiya hisobvarag‘idan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
35-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish muddati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya]
Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
36-modda. Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
5-bob. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish
37-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish asoslari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ishni yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qo‘llash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berish uchun soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar asos bo‘ladi.
38-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran;
vakolatli davlat organi;
qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha ta’minot bergan shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
39-modda. Qarzdorning arizasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdor jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablari summasining qarzdor tomonidan tan olingan miqdori;
qarzdorning xodimlar hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash borasidagi qarzdorligi summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;
qarzdorga nisbatan da’vo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi, shuningdek so‘zsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bank hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zini to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
Kreditorlarga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan ko‘chirma nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
40-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini, shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining ko‘chirma nusxasi;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, ularning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi ko‘rsatilgan holda;
qarzdor yuridik shaxsning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor jismoniy shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi hujjatlar;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo‘lsa, ushbu yig‘ilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.
41-modda. Kreditorning arizasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditor qarzdorga o‘z arizasidan ko‘chirma nusxa yuborishi shart.
42-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi turli majburiyatlar bo‘yicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan bo‘lishi mumkin.
Kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza o‘z talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
43-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek qarzi mavjudligini va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar, to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilida hamda jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga vakilning arizani imzolashga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga quyidagilar ham, agar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga nisbatan talablarini ko‘rib chiqqan sudning qarori;
ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
44-modda. Vakolatli davlat organining arizasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonaga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi vakolatli davlat organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda beriladi.
Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
45-modda. Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi]
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasi ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
46-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z ish yurituviga qabul qiladi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan yerdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan yerdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga yuklatiladi.
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
47-modda. Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari sud bitimlarni sud boshqaruvchisining roziligisiz tuzishni taqiqlab qo‘yishga, qimmatli qog‘ozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni qarzdorning zimmasiga yuklatishga hamda qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga haqli.
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tegishincha sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini joriy etish to‘g‘risida yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilinguniga qadar yoxud sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelguniga qadar kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Sudning kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish haqidagi ajrimi ustidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
48-modda. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Kreditor, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida arizasi qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda qarzdor, agar ushbu Qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, sudga, arizachiga va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
Qarzdorning sudga yuborayotgan yozma fikriga uning ko‘chirma nusxasi arizachiga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza yuzasidan yozma fikrda O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Qarzdorning yozma fikri mavjud emasligi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishning ko‘rilishiga monelik qilmaydi.
49-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza tushgan kundan e’tiboran sudya besh kundan kechiktirmay kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organda e’tirozlar mavjud bo‘lsa, sudya ularning e’tirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ e’tirozlari asosliligini tekshirishi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning belgilangan muddati tugashiga kamida bir oy qolganda o‘tkaziladi.
Sud qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning e’tirozlari asosliligini ko‘rib chiqish natijalari asosida kreditorlar talablarini kreditorlarning talablari reyestriga kiritish haqida yoki ularni reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan e’tirozlar asossiz deb topilgan bo‘lsa, talablari miqdori va ularni qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan e’tirozlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
50-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
51-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim;
kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro etilishi lozim. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatining ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
52-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to‘lash haqidagi ko‘rsatma aks ettirilishi kerak.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ustidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi ko‘rsatiladi.
53-modda. Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud tomonidan kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ommaviy axborot vositalarining ro‘yxati, davriyligi va mazkur ma’lumotlarni e’lon qilish muddati, ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 160-son “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan e’lonni yuboradi.
E’lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular olingan kundan e’tiboran uch kun ichida e’lon qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablag‘lari mavjud bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni e’lon qilish haqini to‘lash to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi, bu mablag‘larning o‘rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
54-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik nafardan ortiq bo‘lsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin bo‘lmasa, qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan har bir to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili boshlanishi haqidagi ma’lumotlar ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
Kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqida e’lon qilingan ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining nomi, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bo‘yicha keyingi sud majlisining sud tomonidan belgilangan sanasi;
qarzdorning qarzini to‘lash istagini bildirgan shaxslarning sud boshqaruvchiga murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa axborot.
55-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qanoatlantirilganda;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
56-modda. Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud tomonidan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi oqibati bo‘lgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
57-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish asoslari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni quyidagi hollarda tugatadi:
sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
kelishuv bitimi tuzilganda;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qanoatlantirilganda.
Sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish haqida sud ajrimi chiqarilgan sanadan e’tiboran sud boshqaruvchisi davlat soliq xizmati organini ushbu ajrim to‘g‘risida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
58-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud tomonidan ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
59-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini taqsimlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Sud xarajatlari, shu jumladan to‘lov muddati kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan davlat boji bo‘yicha xarajatlar, ma’lumotlarni ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlari qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari to‘lanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Sud qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli bo‘ladi va kreditorlar o‘rtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini taqsimlash tartibi sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
60-modda. Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi bergan arizalar, shu jumladan o‘zi bilan kreditorlar o‘rtasida, o‘zi bilan qarzdor o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida ushbu Qonunga muvofiq berilgan arizalar, shuningdek kreditorlarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatdan kechiktirmay sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning ko‘chirma nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinishi kerak. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi mumkin.
Quyidagilar:
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori hamda tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
kreditorlarning, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan holda berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
61-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda qayta ko‘rilishi lozim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ajrimiga apellyatsiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi O‘RQ-943-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
62-modda. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lsa, sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
Vakolatli davlat organi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi o‘z munosabatini ma’lum qiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan taqdirda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Bitimlarning haqiqiy emasligi
63-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.03.00 Sudgacha sanatsiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Qarzdor tuzgan har qanday bitim, shu jumladan qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilguniga yoki tashqi boshqaruv yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomillari joriy etilguniga qadar tuzgan bitim qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Agar bitimlar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar uch yil ichida qarzdor yoki uning vakili tomonidan tuzilgan va ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 115 — 126-moddalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan tashqari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan quyidagi bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
qarzdor tomonidan tuzilgan past qiymatdagi bitimlar, shu jumladan o‘z tovarlarini ayni shu turdagi tovarlar bilan ayirboshlash yoki hadya qilish orqali tuzilgan bitimlar;
bitim narxi va (yoki) undagi boshqa shartlar aynan shunga o‘xshash tuzilgan bitim bilan solishtirilganda qarzdorning holatini jiddiy ravishda yomonlashtirsa, agar ushbu bitim moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelgan bo‘lsa;
shunga o‘xshash yoki ayni shunday mol-mulkning narxidan farq qiladigan va kreditorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa ham qarzdorning holatini jiddiy yomonlashtiradigan narx bo‘yicha mol-mulkni tekinga yoki to‘lov asosida (shu jumladan vaqtinchalik foydalanishga) topshirish to‘g‘risida bitim;
bitim bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa;
qarzdorning mol-mulkini hadya qilish shartnomalari, bundan doimiy tijorat operatsiyalarida tuziladigan shartnomalar mustasno, agar ular to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilishidan bir yil oldin tuzilgan bitimlardan sezilarli darajada farq qilsa.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berilishidan oldingi o‘ttiz olti oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini to‘lash (ajratib berish) bilan bog‘liq bo‘lgan bitim sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi va bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qo‘llanilishi mumkin, shunday bitim bo‘yicha olingan barcha mol-mulk (pul mablag‘lari) esa qarzdorga qaytariladi. Bu holda ishtirokchi ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq to‘rtinchi navbatdagi kreditor deb e’tirof etiladi.
64-modda. Kreditorlarga zarar yetkazuvchi bitimlarning haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdor tomonidan manfaatdor shaxs yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida qarzdorga va (yoki) kreditorlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoki zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
65-modda. Ba’zi kreditorlarning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirish bilan bog‘liq bitimlarning haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan muayyan kreditorga yoki o‘zga shaxsga nisbatan tuzilgan bitim, agar bunday bitim qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirilishiga olib kelsa, quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
bitim qarzdorning yoki uchinchi shaxsning muayyan kreditor oldidagi majburiyatlari bajarilishini bitim bajarilguniga qadar ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa;
bitim tuzilguniga qadar vujudga kelgan majburiyatlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatining o‘zgarishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa;
bitim boshqa kreditorlar oldida belgilangan muddatda bajarilmagan majburiyatlar mavjud bo‘lganda bitim tuzilgan paytda bajarish muddati kelmagan ba’zi kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa;
agar talablarni qanoatlantirishga nisbatan muayyan kreditorga ko‘proq afzallik berilgan bo‘lsa yoki afzallik berishi mumkin bo‘lsa va ushbu Qonunda nazarda tutilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tartibi buzilishiga olib kelsa.
66-modda. Qarzdorning huquqiy vorislari bilan bog‘liq bitimlarning haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Agar bitimlar qarzdor tomonidan merosxo‘rlari va nizolashilayotgan bitimdan manfaatdor bo‘lgan boshqa huquqiy vorislari foydasiga tuzilgan bo‘lsa, ushbu bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
67-modda. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdor tuzgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan va ushbu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qo‘llangan taqdirda, taraf bitim bo‘yicha olingan barcha narsalarni boshqa tarafga qaytarishi shart, ularni natura shaklida qaytarishning imkoni bo‘lmagan (shu jumladan, olingan narsalar mulkdan foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish shaklida bo‘lsa) taqdirda, agar qonunda bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular qiymatining o‘rnini pul bilan qoplashi kerak.
Bunda qarzdor bilan bitim tuzgan taraf ushbu Qonunga muvofiq qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan talablarini qarzdorga nisbatan taqdim etishga haqli.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mol-mulkning yo‘qotilishi, shikastlantirilishi yoxud uchinchi shaxslar tomonidan asossiz ravishda olinishi munosabati bilan mol-mulkni natura shaklida qaytarish mumkin bo‘lmasa, talab qilingan mol-mulkning dastlabki xaridori qarzdor oldida yo‘qotilgan zararning o‘rnini qoplash uchun javobgar bo‘ladi.
Mol-mulk qiymatini qaytarish mumkin bo‘lmagan taqdirda, qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxs ushbu Qonunda belgilangan tartibda subsidiar tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
68-modda. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida ariza berish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi]
Qarzdor tuzgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasi sudga qarzdorning nomidan sud boshqaruvchisi tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining, shuningdek talablari kreditorning reyestriga kiritilgan bir yoki bir necha kreditorlarning qaroriga ko‘ra berilishi mumkin.
Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab bo‘yicha da’vo muddati sud boshqaruvchisi ushbu Qonunda nazarda tutilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi shart bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
7-bob. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qarzdor rahbarining va boshqa shaxslarning javobgarligi
69-modda. Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.02.00 Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi]
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi holatlar qarzdorning ishlarini boshqarish deb e’tirof etiladi:
ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish huquqiga yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash imkoniyatiga to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelguniga qadar uch yil mobaynida ega bo‘lish;
to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari paydo bo‘lgan paytdan boshlab va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingunigacha bo‘lgan davrda ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash huquqiga ega bo‘lish.
Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdorning ijroiya organi rahbari va a’zolari, tugatish komissiyasi yoki qarzdorning tugatuvchisi;
mustaqil ravishda yoki manfaatdor shaxslar bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ellik va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan shaxslar;
mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondining (ustav kapitalining) yarmidan ko‘pini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar;
rahbarni tayinlash (saylash) huquqiga ega bo‘lgan shaxslar.
70-modda. Kreditorlarning talablari to‘liq qanoatlantirilmaganligi sababli subsidiar javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Agar yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Boshqa holatlar isbotlanmaguniga qadar sud hujjati bilan belgilangan quyidagi holatlar g‘ayriqonuniy harakatlar tufayli kreditorlar talablarini to‘liq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qo‘ygan deb hisoblanadi:
agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs foydasiga yoxud ushbu shaxs tomonidan qarzdorning bir yoki bir nechta bitimlarini (bunday bitimlar ushbu shaxsning ko‘rsatmasiga ko‘ra tuzilgan bo‘lsa), shu jumladan ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan bitimlarni tuzish natijasida kreditorlarning mulkiy huquqlariga jiddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qarzdorni qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari benefitsiarlar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari bilan aniqlanganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa;
qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud hujjati qabul qilinganligi munosabati bilan yuzaga kelgan qarzdorlik kreditorlar talablari reyestriga kiritilgan talablar umumiy miqdorining yetmish foizidan oshgan bo‘lsa.
Agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi bir nechta shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari kreditorlarning talablarini to‘liq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qo‘ysa, bunday shaxslar solidar tartibda subsidiar javobgar bo‘ladi.
Agar subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs qarzdor faoliyatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatganligi isbotlanmagan bo‘lsa, sud shaxsni sudbsidiar javobgarlikdan ozod qilishi yoki javobgarlik miqdorini kamaytirishi mumkin.
Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning subsidiar javobgarligi miqdori kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar summasi bilan tugatish massasi o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi.
Agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning subsidiar javobgarligi miqdori bunday shaxsning aybi bilan kreditorlarning mulkiy huquqlariga yetkazilgan zarar miqdoridan kam ekanligi isbotlangan bo‘lsa, ushbu boshqaruvchi shaxs hisobidan qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan talablar miqdori tegishli ravishda kamaytirilishi mumkin.
Agar yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassisning (ishtirokchining) yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu shaxslar qarzdorning kreditorlari oldidagi majburiyatlari qanoatlantirilguniga qadar qarzdor rahbari va (yoki) boshqa yuridik shaxs muassislari (ishtirokchisi) yoki mulkdori sifatida ishtirok etishga haqli emas.
71-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish jarayoni boshlangan kundan e’tiboran to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek sud boshqaruvchisi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq yoki vakolatli davlat organining ko‘rsatmasiga asosan sudga subsidiar javobgarlikka tortish haqidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilgandan so‘ng qarzdorning xodimlari yoki sobiq xodimlari mol-mulk yetarli emasligi sababli qoplanmay qolgan qarzdorlik masalasi bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladigan shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqli.
Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, subsidiar javobgarlikka tortish uchun tegishli asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran uch yil ichida, biroq qarzdorni tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan so‘ng uch yildan kechiktirmay sudga subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
72-modda. Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsning huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida sudga berilgan arizaga asosan subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxs to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxsdir.
Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qarzdorga nisbatan qayta talab qo‘yish (regress) huquqiga ega, uning talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlik qarzdorligiga doir barcha boshqa talablar qanoatlantirilganidan so‘ng qanoatlantiriladi.
73-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ariza ushbu bobda belgilangan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizada ko‘rsatilgan shaxs qarzdorning ishlarini boshqaruvchi ekanligi to‘g‘risida yetarli ma’lumot mavjud emasligi aniqlansa, sud subsidiar javobgarlikka tortishni rad etishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda, ushbu shaxsni javobgarlikka tortish masalasi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rib chiqiladi.
Agar ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish jarayonida subsidiar javobgarlik miqdorini aniqlash mumkin bo‘lmasa, sud arizani ko‘rib chiqishni subsidiar javobgarlikka tortish uchun zarur bo‘lgan barcha dalillar aniqlanguniga va kreditor bilan hisob-kitoblar tugaguniga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud tomonidan arizani ko‘rib chiqish jarayonida da’voni ta’minlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan bo‘lsa, ushbu arizani ko‘rib chiqish to‘xtatib turilgan davrda ham da’voni ta’minlash choralari amal qiladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan so‘ng qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning talablari qanoatlantirilmagan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek kreditorlar yig‘ilishining kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablari miqdori to‘g‘risidagi qarorini ilova qilgan holda subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ishni tiklash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Subsidiar javobgarlik miqdorini belgilash to‘g‘risidagi masala va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi tugatish boshqaruvchisining hisoboti sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
74-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talab qilish huquqidan foydalanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Tugatishni boshqaruvchi subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash haqida kreditorlarni qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida xabardor qiladi.
Bunday xabarnoma olingan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida kreditor tugatish boshqaruvchisiga subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida quyidagi talab qilish huquqidan foydalanish usullaridan birini tanlashga doir arizani yuborishga haqli:
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida qarzni undirish;
talab qilish huquqini sotish;
talab qilish huquqidan yoki uning bir qismidan boshqa kreditor foydasiga voz kechish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran yigirma kun ichida tugatish boshqaruvchisi sudga kreditorlar tomonidan subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash natijalari haqidagi hisobotni yuboradi.
Hisobotda har bir kreditorning tanlovi, talablarning miqdori va navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Kreditor ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat ichida ariza taqdim etmagan taqdirda, kreditor ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan deb hisoblanadi.
Sudning subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi hujjati asosida sud:
ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan har bir kreditorga ushbu Qonunning 150-moddasida nazarda tutilgan talabni qanoatlantirish navbati va miqdori ko‘rsatilgan holdagi ijro hujjatini talablarining summasiga muvofiq beradi;
to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ijro hujjatini qolgan summani undiruvchi sifatida qarzdorga beradi.
Agar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasi mazkur modda ikkinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasidan ortiq bo‘lsa, tugatish boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida subsidiar javobgarlik bo‘yicha qarzni undirishni amalga oshiradi. Aks holda, sud boshqaruvchisi talab qilish huquqini sotish va boshqa kreditor foydasiga voz kechish usullarini tasdiqlash uchun kreditorlar yig‘ilishini chaqiradi.
Agar subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjatining ijrosini ta’minlash haqidagi ijro varaqasi to‘lovga qobiliyatsizlik doirasidagi ish bo‘yicha undiruvchi sifatida qarzdorning nomiga berilgan bo‘lsa va uning ijrosi ushbu Qonunning 140-moddasida nazarda tutilgan tugatishga doir ish yuritish muddatining oshishiga olib kelsa, qarz boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechish yoki qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish orqali undirilishi mumkin.
75-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjatini ijro etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjatiga ega bo‘lgan har qanday kreditor ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishni talab qilishga haqli. Mazkur ijro ishini yuritish jarayonida undiruvchilarning talablari ushbu Qonunda nazarda tutilgan navbat bo‘yicha qanoatlantirilishi kerak.
Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjatini ijro etish hisobiga kelib tushgan pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yo‘naltiriladi. Tugatish boshqaruvchisi ushbu qoida talablarini amalga oshirish maqsadida mazkur mablag‘larni sudning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
76-modda. Subsidiar javobgarlik to‘g‘risidagi arizani to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasidan tashqari ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish tamomlangandan keyin talablari to‘liq qanoatlantirilmagan shaxslar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasidan tashqari subsidiar javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, sudga subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega.
Agar subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
agar arizada qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud bunday arizani harakatsiz qoldiradi va manfaatdor shaxslarni aniqlash maqsadida arizachiga to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bilan tanishish huquqini beradi;
ariza, talab qiluvchi shaxslarning sonidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi;
shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjatida har bir kreditor foydasiga undiriladigan summa va talablarni qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi;
qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatida sud har bir kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari har bir kreditorning talabini qanoatlantirish navbatini ko‘rsatadi.
77-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda kelishuv bitimini tuzishning va tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish jarayonida kelishuv bitimi tuzilishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan kelishuv bitimini bajarish uchun yetarli miqdordagi mol-mulk to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Kelishuv bitimi faqat subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza bergan shaxs hamda subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs o‘rtasida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi shartlari (shu jumladan kompensatsiya berish, talablarni ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, aksiyalarga, obligatsiyalarga yoki boshqa qimmatli qog‘ozlarga aylantirilgan aksiyalarga, innovatsion g‘oyalar va boshqalarga almashish) subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza bergan shaxslarning bir ovozdan ma’qullashi asosida tuziladi.
Kelishuv bitimi shartlari belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, kreditor subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqan sudga qarzni undirish uchun ijro varaqasini olish maqsadida murojaat etishga haqli.
8-bob. Kuzatuv tartib-taomili
78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qo‘llanilishi kerak bo‘lgan hollar mustasno. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda sudning arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
79-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, bundan ish haqi bo‘yicha, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi.
Qarzdordan pul mablag‘larini olish to‘g‘risidagi talablar qarzdorga talablar qo‘yishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qo‘yilishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan e’tiboran qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama o‘zgartirishga, agar bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo‘lsa ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lgan taqdirda, qarzdor kontragentining shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabi sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rib chiqiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining kechikishini bartaraf etishi mumkinligi to‘g‘risida dalillarni (fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa kreditor yoki uchinchi shaxs tomonidan majburiyatlarning ta’minlanishi shunday dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin) taqdim etgan taqdirda, sud shartnomani o‘zgartirishni yoki bekor qilishni rad etishga haqli.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi sud sanatsiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini yoki tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, sud kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishini shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talab ko‘rib chiqilguniga qadar kechiktirishga haqlidir.
80-modda. Talablarni o‘zaro hal etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni o‘zaro hal etish orqali tugatishga, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, faqat quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar:
qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari bo‘yicha talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan bo‘lsa;
qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Ushbu Qonun 150 va 185-moddalarining qoidalari o‘zaro talablarni ko‘rib chiqishda inobatga olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish to‘g‘risida ma’lum qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan e’tiboran kuchga kirgan, ya’ni majburiyatni bajarish muddati o‘tgan paytdan e’tiboran majburiyatlar, to‘lash uchun ariza tushgan-tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qat’i nazar, tugatilgan deb hisoblanadi.
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni o‘zaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgandan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari bo‘yicha talablari (yoki qarzdorga nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga olib kelsa;
qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari bo‘yicha talablari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilguniga qadar insofsizlik bilan olingan bo‘lsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs qarzdorda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan bo‘lsa, u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni isbotlash talab qilish huquqini sotib oluvchining zimmasiga yuklatiladi.
Agar majburiyatdagi shaxs o‘zgarganligi natijasida talablar qarama-qarshi talablarga aylangan bo‘lsa, ularning yuzaga kelish vaqti bunday o‘zgarish sanasidan ilgari bo‘lishi mumkin emas.
O‘zaro hisob-kitob orqali qarama-qarshi muqobil talab qilish to‘g‘risidagi ariza kreditor, qarzdor yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdorning qarama-qarshi muqobil talabini o‘zaro hal etish orqali pul majburiyatlarini tugatish to‘g‘risidagi nizolar ushbu Qonunning 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar o‘zaro hisob-kitoblarning shartlari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar olti oy ichida yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘zaro hisob-kitob yuzasidan faqat kreditorlarning insofsiz harakatlari sodir etilgan taqdirda nizolashish mumkin.
Agar qarzdorning talablari qiymatidan ancha past narx bo‘yicha olinganligi, shuningdek shaxsning majburiyatlari oqilona pul kompensatsiyasisiz (shu jumladan qarzni o‘tkazish orqali) zimmaga olinganligi oxir-oqibatda qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lsa, bu kreditorning insofsizligi dalili bo‘lishi mumkin.
81-modda. Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor huquqlarining cheklanishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Kuzatuv tartib-taomilining joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan cheklovlar bilan o‘z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos bo‘lmaydi.
Qarzdorning boshqaruv organlari:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlarni;
yirik bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, ajratib chiqarish, bo‘lish, o‘zgartirish) va tugatish to‘g‘risidagi qaror;
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish to‘g‘risidagi qaror;
dividendlar to‘lash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qog‘ozlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror, bundan aksiyalar chiqarish haqidagi qaror mustasno;
ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish to‘g‘risidagi qaror.
82-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki vakolatli davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
Sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risidagi ajrimida unga to‘lanadigan haq miqdori va uni to‘lash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muvaqqat boshqaruvchiga to‘lanadigan haq miqdori kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida sud tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Muvaqqat boshqaruvchining uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda sud kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud muvaqqat boshqaruvchini vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettiradi.
83-modda. Muvaqqat boshqaruvchining huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida, shuningdek qarzdor tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qo‘llanilishi haqida sudga o‘z nomidan talablar qo‘yishga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafi (Bitimlarning haqiqiy emasligi).
ushbu Qonunning 79-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv tartib-taomili davrida kreditorlarning talablarini bajarishga e’tirozlar bildirishga;
kreditorlarning talablari bo‘yicha qarzdorning taqdim etilgan e’tirozlari asosliligini sudya tomonidan tekshirishda ishtirok etishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish haqidagi, shu jumladan ushbu Qonunning 81-moddasida nazarda tutilmagan bitimlarni muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz tuzishni taqiqlash to‘g‘risidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga;
qarzdorning rahbarini vazifalarini bajarishdan chetlashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma bilan murojaat etishga;
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni olishga.
Muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
84-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Muvaqqat boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi va kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirishi va o‘tkazishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tartib-taomili tugagandan keyin, lekin sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda sudga o‘z faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
85-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqida xabar qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi o‘zi tayinlangan paytdan e’tiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida ushbu Qonunning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi to‘g‘risida sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligiga oid xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi sud ajrimini olgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabini qo‘yadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan xabar olingan sanani belgilay olish imkoniyatini beradigan usulda xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ish haqi bo‘yicha qarzni to‘lash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud ta’sis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqargan sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
xabarni jo‘natuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki qarzdor rahbarining) xohishiga ko‘ra boshqa axborot.
86-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorning mol-mulki sud xarajatlarining, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki bo‘lsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini va mulk huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflarni, to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi ma’lumotlarni tayyorlaydi.
Muvaqqat boshqaruvchi moliyaviy tahlil natijasida qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
agar vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishning asoslari mavjudligi to‘g‘risida;
agar doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida.
Qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kreditorlar o‘z talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki ushbu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda sudga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
Kreditorlarning aniqlangan deb e’tirof etish uchun asosga ega bo‘lgan talablariga nisbatan qarzdor o‘z e’tirozlarini sudga quyidagi hollarda yuborishga haqli, agar:
kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb hisoblash uchun asos sifatida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini o‘zgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud bo‘lsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb e’tirof etish uchun asos sifatida taqdim etilgan hujjatni (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar) bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turuvchi hujjat mavjud bo‘lsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili sifatida taqdim etilgan hujjat bo‘yicha qarzni to‘lash muddatlarini, tartibini va shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qarzdor va kreditor o‘rtasida bitim tuzilgan bo‘lsa;
qarzdor qarzni to‘liq yoki qisman to‘lagan bo‘lsa;
talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning o‘zgarganligiga dalillar mavjud bo‘lsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb e’tirof etiladigan talablariga o‘z e’tirozlarini, agar muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish bo‘yicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossiz deb hisoblash uchun yetarli asoslar bo‘lsa, sudga yuborishga haqli.
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kreditorlar talablariga e’tirozlari tegishli talablar olingan paytdan e’tiboran bir haftalik muddat ichida sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning talablari, agar ular ustidan e’tirozlar tushgan bo‘lsa, sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risida sudning ajrimi chiqariladi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda e’tirozlar taqdim etilmagan talabi kreditorlarning talablari reyestriga kreditor tomonidan bildirilgan miqdorda kiritiladi.
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi lozim. Mazkur talablar to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
Kreditor muvaqqat boshqaruvchining yoki sudning o‘z talablarini kreditorlar talablari reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat berishi mumkin.
88-modda. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini chaqirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni (organlarni) xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda muvaqqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sud ajrimida sud majlisini o‘tkazishning belgilangan sanasiga kamida besh kun muddat qolganida o‘tkazilishi kerak.
Talablari ushbu Qonun 87-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlar kreditorlar birinchi yig‘ilishining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchilaridir.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdor xodimlarining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin. Kreditorlar yig‘ilishida mazkur shaxslarning yo‘qligi yig‘ilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
89-modda. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi:
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risida;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida;
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarining soni va ularni saylash to‘g‘risida;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini ma’qullash to‘g‘risida;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha.
90-modda. Kreditorlar birinchi yig‘ilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to‘lashning ma’qullangan jadvali bo‘lishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yig‘ilishi muvaqqat boshqaruvchini o‘z vazifalarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yig‘ilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
91-modda. Kreditorlar birinchi yig‘ilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida tashqi boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatish boshqaruvchiligiga nomzod, shuningdek u haqdagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
92-modda. Kuzatuv tartib-taomilini tugatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.06.00 Kuzatuv]
Sud kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yig‘ilishida to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qo‘llash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa, sud doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari bo‘lgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish to‘g‘risidagi masalani kreditorlar yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni qaytaradi.
Agar kreditorlarning birinchi yig‘ilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa yoxud sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan bo‘lsa, sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, vakolatli davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq ta’minoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga to‘la hajmda yuklatiladi.
Sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e’tiboran kuzatuv tartib-taomili tugatiladi.
9-bob. Sud sanatsiyasi tartib-taomili
93-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnoma
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig‘ilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to‘lash jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yig‘ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.
Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni to‘lash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yig‘ilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) ro‘yxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni to‘lash jadvalining bajarilishini ta’minlashga oid hujjatlar ko‘rsatilishi kerak.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga qarzni to‘lash jadvali va qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan ta’minlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to‘g‘risida kreditorlarning yig‘ilishiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan ta’minlanishi ular o‘rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
94-modda. Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq bajarishni ta’minlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq bajarish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ta’minlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-bobi (Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash).
Qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish bo‘yicha majburiyatlari sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran ta’minlangan deb hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minoti berilganligi to‘g‘risidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining vakili, sudning tashabbusi bilan sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan taqdirda esa sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, boshqa tarafdan — qarzdorning majburiyatlarni qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq bajarishi ta’minotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi.
Majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra balansda aks ettirilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar asosida tuzilgan qarzni to‘lash jadvalidagi miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq bo‘lishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to‘lash jadvalini bajarish ta’minotining predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning yangi tartib-taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan ta’minotini tugatish uchun asos bo‘lmaydi.
95-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sud sanatsiyasi tartib-taomili sud tomonidan kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida joriy etiladi, bundan ushbu Qonun 92-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimida sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddati ko‘rsatilishi, unda sud tomonidan tasdiqlangan qarzni to‘lash jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari to‘g‘risidagi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash hamda unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili ko‘pi bilan yigirma to‘rt oy muddatga joriy etiladi.
96-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sud sanatsiyasi tartib-taomili o‘tkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari o‘z vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytda:
kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili doirasida joriy etiladi;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib turiladi va sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonining muddati yakunlangach to‘lanadi. Bunday holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq qarzlari olti oy ichida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi;
sud sanatsiyasi tartib-taomili paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha kreditorning talablari summasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish ro‘y bermasa, — unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qo‘shib yozilishi lozim.
Kreditorlar yig‘ilishining, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirishga haqlidir. Bunday hollarda sud qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasiga yuklatishga haqli. Sud qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:
ko‘chmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qo‘shish yoki bunday mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlar;
(96-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
yirik bitimlar;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik berish, talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bog‘liq bitimlar;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar muayyan bitimlarning tuzilishidan qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor bo‘ladigan bitimlar.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini davom ettirish uchun muhim hisoblangan shartnomalarning bajarilishi qarzdor yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi.
Bunday holda qarzdor tomonidan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganligi munosabati bilan to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafi (Bitimlarning haqiqiy emasligi).
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida tuzilgan hamda butunlay yoki qisman bajarilmagan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan yoxud qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa;
shartnoma bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa.
To‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalar bo‘yicha shartnomalarni bekor qilish haqidagi talab qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga monelik qiladigan boshqa holatlarda ham bildirilishi mumkin.
97-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yig‘ilishi yoki majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan sudga taqdim etiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran va sud sanatsiyasi tartib-taomili tugaguniga yoki muddatidan ilgari tugatilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi o‘z arizasiga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishining yoxud majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tomonidan ozod qilinishi mumkin.
Sudning sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini o‘z vazifasidan ayni bir paytda yangi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili paytida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishning tugatilishi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tugashiga sabab bo‘ladi.
Agar tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida sud tomonidan ajrim chiqarilgan yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, shuningdek boshqa shaxs tashqi boshqaruvchi yoki tugatuvchi boshqaruvchi etib tayinlangan bo‘lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki tugatuvchi boshqaruvchiga o‘tkaziladigan paytga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettirib turadi.
98-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati, sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qarzni to‘lash jadvalining bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilishga;
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini talab qilishga;
qarzdor mol-mulk inventarizatsiyasini o‘tkazgan taqdirda unda ishtirok etishga;
kreditorlarning joriy talablari qarzdor tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etishga;
ushbu Qonunning 63, 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza berishga;
qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga;
ushbu Qonun 96-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga;
qarzdor rahbaridan, ta’sischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni so‘rab olishga;
o‘z vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga;
(98-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish to‘g‘risidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga o‘tkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
99-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yig‘ilishini chaqirishi;
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali bajarilishi jarayoni to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqishi hamda kreditorlarning yig‘ilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati haqidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida kreditorlar yig‘ilishiga va (yoki) kreditorlar qo‘mitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
100-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni to‘lash jadvali
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sud sanatsiyasi rejasi qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlanadi.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga doir aniq chora-tadbirlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzni to‘lash jadvali;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorning yoki ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditorning qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonning miqdori va to‘lash muddati;
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash davri.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan ushbu Qonunning 125-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bo‘lishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasini amalga oshirish muddati sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimida nazarda tutilgan muddatdan oshishi mumkin emas.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzni to‘lash jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi kerak. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozi to‘planmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish, ushbu Qonunning 130-moddasiga muvofiq qarzdorning qo‘shimcha emissiyaviy aksiyalarini chiqarish va joylashtirish, ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shimcha ulush kiritish hamda kreditorlarning talablarini aksiyalarga ayirboshlash nazarda tutilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismi ushbu Qonunning 126 va 127-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotilishi nazarda tutilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida ekspertlarni:
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor, qarzdor tugatilgan taqdirda, eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga teng tovon olish huquqiga ega bo‘lishini;
sud sanatsiyasi rejasining muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini;
kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan ustunlik huquqini tekshirish uchun jalb etishi mumkin.
Agar qarzdor sud sanatsiyasi rejasi uchun mol-mulki to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlarni taqdim etgan yoxud o‘z faoliyatiga va (yoki) ishga taalluqli bo‘lgan axborotni yashirgan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi sud sanatsiyasi rejasini bekor qilish va sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda sudga tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Sud kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi asosida sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda tegishincha tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qarzdorning boshqaruv organi va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasining tasdiqlangan rejasi amalga oshirilishi uchun mas’uldir.
Kreditorlar yig‘ilishi va (yoki) kreditorlar qo‘mitasi sanatsiya rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kreditor sanatsiya qiluvchi boshqaruvchidan sud sanatsiyasi rejasining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ma’lumotni so‘rab olishga haqlidir.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorni qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni o‘zgartirish nazarda tutilishi mumkin.
Qarzdorni qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni o‘zgartirish barcha kreditorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar biror-bir kreditor qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod etilishiga yoki ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lsa, qolgan kreditorlar unga talabni kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq sotib olish bo‘yicha taklif berishga haqli.
Qarzdorning qarzlardan to‘liq yoki qisman ozod qilinishiga yoki ularning o‘zgartirilishiga qarshi bo‘lgan kreditor qolgan kreditorlar tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilishi shart.
Qarzni to‘lash jadvali, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, barcha kreditorlar oldidagi qarzning to‘lanishini nazarda tutishi kerak. Qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan joriy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdor qarzni to‘lash jadvalini muddatidan ilgari bajarishga haqlidir.
101-modda. Sud sanatsiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Qarzdor sud sanatsiyasi rejasini va (yoki) qarzni to‘lash jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda to‘lanmaganda), u qarzni to‘lash jadvaliga kiritish mo‘ljallanayotgan o‘zgartishlarni ma’qullash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarga talablarni bajarish sanasi boshlangan vaqtdan e’tiboran ikki hafta muddat ichida murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay ushbu iltimosnoma asosida kreditorlarning yig‘ilishini chaqiradi.
Agar kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini va qarzni to‘lash jadvalini to‘liq yoki qisman bajarishning imkoni mavjud emasligini aniqlasa yoxud ularni faqat o‘zgartishlar kiritish orqali amalga oshirish imkoni mavjud deb hisoblasa, sud sanatsiyasi rejasiga va qarzni to‘lash jadvaliga sud o‘zgartish kiritishi mumkin.
Kreditorlar yig‘ilishining sud sanatsiyasi rejasiga va (yoki) qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarori ushbu Qonunning 100-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Agar qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, kreditorlarning yig‘ilishi qarzni to‘lash jadvalidagi o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida o‘z vaqtida xabardor qilinmagan va qarzni to‘lash jadvali sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qo‘shilgan kreditorning talablari yoki ushbu kreditorning qaysi talablari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv tartib-taomili jarayonida boshlangan bo‘lsa, o‘sha talablari sudning ajrimiga ko‘ra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni to‘lash jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
102-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddatidan ilgari tamomlanishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Kreditorlarning qarzni to‘lash jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasi tartib-taomilining sud tomonidan belgilangan muddati o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida sudga ushbu Qonunning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to‘g‘risidagi hisoboti, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining talablari qarzni to‘lash jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi to‘g‘risidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari asosida sud:
agar to‘lanmagan qarz mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatadi;
agar to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish haqida yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
103-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni to‘lash jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
qarzdor qarzni to‘lash jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlarning yig‘ilishini ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ikki hafta ichida o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida chaqirishi shart.
Qarzdorning rahbari kreditorlarning yig‘ilishiga qarzni to‘lash jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari haqida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari to‘g‘risidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yig‘ilishiga qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlarning yig‘ilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot bo‘yicha xulosasini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi, shuningdek kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi asosida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
104-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining tamomlanishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Sud sanatsiyasi tartib-taomilining belgilangan muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida qarzdorning rahbari o‘tkazilgan sud sanatsiyasi tartib-taomilining natijalari haqida sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning oxirgi sanadagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi, qanoatlantirilgan talablar miqdori ko‘rsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzni to‘lash jadvaliga talablari kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisobotini ko‘rib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini o‘tkazish natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud:
agar to‘lanmagan qarzi mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatish haqida ajrim chiqaradi;
agar to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
105-modda. Majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Kreditorlarning ta’minot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi sud sanatsiyasi tartib-taomilini tugatish yoki tamomlash to‘g‘risida sud ajrim chiqargan paytdan e’tiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yig‘ilishining (kreditorlar qo‘mitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablag‘lari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun qarzdorning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan amalga oshiriladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan e’tiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
106-modda. Ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobot
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat o‘tgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarini shaxslar tomonidan ta’minot berilgan holda bajarish yakunlari to‘g‘risida sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Hisobotga qo‘yiladigan talablar, shuningdek uni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi ushbu Qonunning 132 va 133-moddalarida belgilanadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sud:
agar to‘lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi;
agar qoplanmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
107-modda. Ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.07.00 Sud sanatsiyasi]
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta’minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Bunday holda to‘lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili jarayonida sud boshqaruvchisi sudga ta’minotni bergan shaxslarga nisbatan da’vo bilan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga qarang.
10-bob. Tashqi boshqaruv tartib-taomili
108-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlansa, tashqi boshqaruv tartib-taomili kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdor bo‘yicha esa vakolatli davlat organining arizasi asosida sud tomonidan joriy etiladi.
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili uchun belgilangan muddat ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra sud tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining jami muddati o‘ttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan sanadan to sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish kuniga qadar o‘n sakkiz oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
109-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran:
qarzdorning rahbari o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarishi shart;
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, bundan ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) o‘tadigan vakolatlar mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning ilgarigi tartib-taomilida tayinlangan sud boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi shart;
kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarining boshqacha tarzdagi cheklovlari faqat to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida qo‘llanilishi mumkin;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida vujudga kelgan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib turiladi va tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonining muddati yakunlanganidan keyin to‘lanadi. Bunday holda sud tashqi boshqaruvchining hisoboti tasdiqlangan hamda qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish haqida qaror chiqargan sanadan e’tiboran ushbu soliq qarzlari olti oy davomida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yig‘imlari yuzasidan kreditorlar talablarining qanoatlantirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi, bundan ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar qarzdorning majburiyatlar bajarilishi ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan mazkur tartib-taomil joriy etilganidan keyin olingan hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha kreditorlarga qarzdor to‘lashi shart bo‘lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zararning summalari tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda to‘lash uchun taqdim etilishi mumkin.
110-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati ichida:
undiruv so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha undiruvga yo‘l qo‘yilmaydi;
pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha kreditorlar talablarining summasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan e’tiboran va sud tomonidan shu navbat talablari bo‘yicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanishi lozim.
Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 119-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi talablariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlarga hamda yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq to‘lashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ana shu fuqaroning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Kreditorning iltimosnomasiga asosan sud qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida mazkur kreditorning foydasiga qaysi pul majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk berilgan bo‘lsa, o‘sha pul majburiyatlarini moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish to‘g‘risida, agar mol-mulk tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun zarur bo‘lmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
Talablari qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorning iltimosnomasiga asosan quyidagi hollarda sud mazkur mol-mulkni moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin, agar:
qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorning yoki kreditorlarning talablari miqdori garov narsasi qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa;
garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatini pasayib ketishdan himoya qilish mavjud bo‘lmasa;
tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarga daxl qilmasa;
garovga qo‘yilgan mol-mulkni tez buziladigan mahsulot sifatida saqlab qolish uchun choralar ko‘rish talab etilsa;
sud sanatsiyasining rejasi yoki tashqi boshqaruv rejasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan bo‘lsa.
111-modda. Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy qilish haqida sudga iltimosnoma bilan murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlarning yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni ma’qullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yig‘ilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki vakolatli davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq kreditorlarning eng ko‘p ovozini olgan shaxsning nomzodi sudga taklif etiladi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lmagan holda joriy etayotgan bo‘lsa, kreditorlarning yig‘ilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqargan paytdan e’tiboran uch haftalik muddat ichida ko‘rib chiqishga, ma’qullashga va sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yig‘ilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, sud vakolatli davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
112-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmasa, sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
113-modda. Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi o‘z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud tomonidan ozod etilishi mumkin:
o‘z arizasiga binoan;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar yig‘ilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
vakolatli davlat organining arizasi asosida;
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
114-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari vakolatlarini amalga oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
kreditorlarning yig‘ilishini hamda kreditorlar qo‘mitasini chaqirishga;
ushbu Qonunning 118-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etishga;
agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag‘laridan haq to‘lagan holda shartnoma asosida ishga jalb qilishga;
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sudga ariza berishga;
ushbu Qonunning 63 — 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza berishga;
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklaridan, moliya tashkilotlaridan qarz olishga, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan moliyaviy yordam olishga;
qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni qarzdorning rahbaridan, ta’sischilaridan va (yoki) davlat organlaridan so‘rab olishga;
o‘z huquq va majburiyatlarining amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanish;
(114-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
qarzdorning shartnomalarini bajarish ushbu Qonunning 119-moddasida belgilangan tartibda rad etilishini ma’lum qilishga.
Tashqi boshqaruvchi o‘z huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirayotganda qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladigan shaxslarga nisbatan ular qarzdorni to‘lovga qobiliyatsizlikka olib borganligi munosabati bilan talablar qo‘yishga haqlidir.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 329-moddasiga qarang.
115-modda. Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini qabul qilib olishi va uni inventarizatsiyadan o‘tkazishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralar ko‘rishi;
tashqi boshqaruvni o‘tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;
tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlarning yig‘ilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;
moliyaviy, buxgalteriya va statistika hisobini yuritishi hamda hisobdorlikni ta’minlashi;
kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan e’tirozlar bildirishi;
qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko‘rishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
kreditorlarning yig‘ilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi;
kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi haqida kreditorlar yig‘ilishiga va kreditorlar qo‘mitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo‘lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
116-modda. Kreditorlarning talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini tashqi boshqaruv tartib-taomili amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning joylashgan yeri va (yoki) elektron pochta manzili bo‘yicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb e’tirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini ko‘rib chiqadi va tegishli talab olinganidan keyin uni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha kreditorlarning talablari reyestriga uzog‘i bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Kreditor kreditorlarning talablarini tashqi boshqaruvchi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan e’tirozlarini to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rayotgan sudga bu natijalardan xabardor bo‘lgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda e’tirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qanoatlantirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
Kreditor mustaqil ravishda qarzdordan talab qilish huquqini notarial tartibda boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Bunda talab qilish huquqini sotib olgan shaxs talabini o‘n kun muddat ichida kreditorlar reyestriga kiritish uchun qarzdorning tashqi boshqaruvchisiga murojaat qilishi kerak.
117-modda. Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan o‘z talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 116-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan e’tirozlari sud tomonidan mazkur e’tirozlar olingan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan e’tirozlar asosli deb topilgan bo‘lsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish chog‘ida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini ko‘rib chiqishda preyuditsial kuchga ega bo‘ladi.
Qarzdor xodimlari vakilining mehnatga haq to‘lash va mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha qarzning miqdori va tarkibi haqidagi e’tirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
118-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor mol-mulkining egasi yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan tuziladi.
Balans qiymati qarzdorning ko‘chmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlar jumlasiga kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e’tirof etiladi.
119-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishni rad etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini davom ettirish uchun muhim bo‘lgan shartnomalarning bajarilishi tashqi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda qarzdor tuzgan shartnomalarni qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganligi munosabati bilan bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruvchi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar qarzdor tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat to‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda rad etishga haqli:
shartnomalarni bajarish qarzdor uchun zarar keltirsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) bo‘lsa yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa;
shartnomada bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan afzalroq tarzda qanoatlantirish nazarda tutilgan bo‘lsa;
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shartnoma barcha taraflar tomonidan shunday shartnoma yuzasidan tashqi boshqaruvchining shartnomani bajarishni rad etishi to‘g‘risidagi arizasi olingan paytdan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Shartnomani tuzgan taraflardan biri, agar unga nisbatan qarzdor rad qilishni bildirgan bo‘lsa, qarzdordan shartnomani bajarishni rad etganlik oqibatida kelib chiqqan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
120-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Qarzdorning tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrog‘ini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, bundan tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlar mustasno, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan bo‘lsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
121-modda. Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning iste’molga, shu jumladan mehnatga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlarining ko‘payishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan qabul qilinishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
122-modda. Tashqi boshqaruv rejasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi sud tomonidan tayinlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash haqidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga teng tovon olishga haqlidir.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari to‘planmasa, sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish to‘g‘risida ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning to‘lov qobiliyati ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan va (yoki) kreditorlar tomonidan bildirilgan talablardan voz kechilgan taqdirda tiklangan deb e’tirof etiladi.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagilarni tekshirish uchun ekspertlarni jalb etishi mumkin:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga teng tovon olish huquqiga ega bo‘lishini;
tashqi boshqaruv rejasining muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini;
qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik huquqini.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdor talabini kamaytirish yoki hisobdan chiqarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bu ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xo‘jalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi kerak, bundan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga o‘tadigan hollar mustasno.
123-modda. Tashqi boshqaruv rejasini ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, yig‘ilish tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi zaruratga qarab barcha kreditorlarga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabar qiladi hamda mazkur yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kreditorlarning yig‘ilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruv rejasi, agar yig‘ilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Kreditorlarning yig‘ilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan bir vaqtning o‘zida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzodni tasdiqlagan holda ozod qilish haqidagi tegishli iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qaror. Mazkur qarorda tashqi boshqaruvning yangi rejasini ko‘rib chiqish uchun kreditorlarning keyingi yig‘ilishi chaqiriladigan sana nazarda tutilgan bo‘lishi va bu muddat kreditorlarning yig‘ilishi mazkur qarorni chiqargan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Kreditorlar yig‘ilishida tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan sudga taqdim etiladi.
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda sudga tashqi boshqaruv rejasi taqdim etilmagan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilishga haqli.
124-modda. Tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Kreditorlarning yig‘ilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati belgilangan dastlabki muddatdan ortiq bo‘lgan taqdirda, agar tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, sud tashqi boshqaruvning tartib-taomili muddatini uzaytirish haqida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muddat ushbu Qonunning 108-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi kerak.
125-modda. Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarini undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;
qarzdorning majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish;
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
tijorat banklaridan, moliya institutlaridan qarz olish, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan mablag‘lar jalb etish;
aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) kreditorlik qarzdorligi hisobiga ko‘paytirish (qarzdorlikni aksiyaga ayirboshlash) to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan, ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik) ovozi bilan qabul qilinadi;
qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan sud ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning faoliyat ko‘rsatmayotgan obyektlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
126-modda. Qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xom ashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mutlaq huquqlar o‘zga shaxslarga o‘tkaziladi, bundan boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar mustasno.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar qarzdorning hisobvarag‘idagi pul mablag‘i uning mol-mulkini baholash uchun yetarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi bu haqda kreditorlarni xabardor qilishi kerak. Bunday holda qarzdorning mol-mulkini baholash bo‘yicha xarajatlar kreditorlar tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xarajatlar qarzdor korxona mol-mulkining sotilishi natijasida qarzdorning hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda navbatdan tashqari qoplanadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar qarzdorning mol-mulkini baholash haqidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan mulkiy majmua sifatida realizatsiya qilishga, basharti xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etsa, haqli bo‘ladi.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda korxona (biznes) sotilayotgan paytda amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari o‘z kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotib oluvchi ixtiyoriga o‘tadi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazish vositasida amalga oshiriladi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish shartlari kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Agar korxona (biznes) tarkibida muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk bo‘lsa, korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishning boshlang‘ich narxi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxonaning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish shartlarida korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan tushgan pul mablag‘larining tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin qarzdor tomonidan olinishi nazarda tutilishi kerak.
Tashqi boshqaruvchi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etadi va uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘laydi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga hamda tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lishi mumkin emas va kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot:
o‘z rasmiy veb-saytida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarni e’lon qiladi;
elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida qatnashish uchun ishtirokchilardan elektron buyurtmalarni qabul qiladi;
elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini tashkillashtirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi;
kimoshdi savdosi g‘olibini aniqlaydi va savdo natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Korxonaning (biznesning) mulkiy majmua sifatida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilishi to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida kimoshdi savdosi o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin berilishi kerak. Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilishi haqidagi e’londa quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
mulkiy majmua sifatida sotilayotgan korxona (biznes) to‘g‘risidagi ma’lumotlar va u bilan tanishish tartibi;
elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida ishtirok etish muddatlari, vaqti va savdolar tashkilotchisining veb-sayti;
korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishning boshlang‘ich narxi;
elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish vaqti va uning yakunlarini chiqarish hamda savdo tashkilotchisining veb-sayti;
oldi-sotdi shartnomasini tuzishning hamda to‘lovlarning shartlari va muddatlari.
Korxonaning (biznesning) mulkiy majmua sifatida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilishi haqidagi e’londa qonunchilikka muvofiq boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
Agar korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddat ichida bitta ham buyurtma kelib tushmasa yoki bitta ishtirokchidan buyurtma tushgan bo‘lsa, kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi va ushbu moddaning o‘ninchi — o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkaziladi. Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida birinchi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilmagan hollarda ham takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkaziladi.
Takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish haqidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilmagan elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosining sanasidan e’tiboran o‘n besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 54-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qiladi. Bunda elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran kamida o‘n besh kunlik muddat o‘tgach, o‘tkaziladi. Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish narxi kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga ko‘ra bosqichma-bosqich pasaytirilishi mumkin, bunda pasaytirish miqdori avvalgi kimoshdi savdosidagi narxning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Agar mulkiy majmua sifatida sotilayotgan korxona (biznes) dastlabki savdodagi boshlang‘ich narxidan yigirma foizgacha kamaytirilgan narxda sotilmasa, keyingi takroriy savdoning boshlang‘ich narxi kreditorlar yig‘ilishi bilan kelishilgan holda belgilanishi mumkin. Bunda pasaytirish miqdori dastlabki savdodagi boshlang‘ich narxdan ellik foizdan oshmasligi kerak.
Mulkiy majmua sifatida sotilayotgan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasi elektron onlayn kimoshdi savdosi g‘olibi bilan tashqi boshqaruvchi o‘rtasida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay tuziladi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi bayonnomasini yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda o‘zi to‘lagan zakalatdan mahrum bo‘ladi. Zakalat summasi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni o‘tkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdorning aktivlari tarkibiga kiritiladi.
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlar asosida mulkiy majmua sifatida sotilmagan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida ommaviy oferta savdosiga qo‘yishi va ommaviy axborot vositasida ommaviy oferta to‘g‘risidagi taklif e’lon qilingach, kamida o‘n besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasini tuzishi mumkin.
Ommaviy oferta savdosiga qo‘yish haqidagi qaror kreditorlarning uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi, ofertaga taklif etilgan korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdagi boshlang‘ich narx esa ilgarigi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida belgilangan boshlang‘ich narxdan kam bo‘lmasligi kerak.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda qanoatlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hollarda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan sud tomonidan tugatilishi lozim.
Agar korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan tushgan summa kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif qiladi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, sud tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan mablag‘lar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi.
127-modda. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruv rejasiga muvofiq mol-mulkning bir qismi sotilishi mumkin.
Mol-mulkning bir qismi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotiladi.
Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qo‘ymasligi kerak.
Qarzdorning muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosi o‘tkazish orqali realizatsiya qilinadi.
Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlang‘ich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish bo‘yicha elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Xaridor o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yig‘ilishining roziligiga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo hamda tayyor mahsulot qoldiqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazmagan holda, oldi-sotdi shartnomalari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga haqlidir.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan mablag‘lar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi.
128-modda. Qarzdorning talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, talab qilish huquqlarini tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lsa yoki talab qilish huquqlari elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi talab qilish huquqlarini sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini belgilaydi.
129-modda. Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv tartib-taomili tugagunga qadar istalgan vaqtda kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qanoatlantirishga haqli.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan bajarilishiga, basharti bunday bajarish kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qanoatlantirsa, yo‘l qo‘yiladi.
Kreditorning o‘zi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlarini buzganligi, xuddi shuningdek ijroni ta’minlashdan boshqacha tarzda bosh tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganda, pul mablag‘lari qarzdor joylashgan yerdagi (uning yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
130-modda. Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor aksiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan qarzdorning aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining iltimosnomasiga binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv tartib-taomili tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan bo‘lsa, kiritilishi mumkin.
Qarzdor aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) uning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) uning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish haqidagi masalani hal qilishda e’lon qilingan aksiyalarning qarzdorning ustavida belgilangan miqdorini ko‘paytirishga oid qismiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa, u holda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasining oltinchi qismiga qarang.
Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish asosan ularning haqini faqat pul mablag‘lari bilan to‘lagan holda, ochiq obuna bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning aksiyadorlari qarzdorning joylashtiriladigan aksiyalarini aksiyadorlik jamiyatining o‘zlariga tegishli aksiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha aksiyalar aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirilayotgan aksiyalarning nominal qiymatidan past bo‘lmagan narxda joylashtiriladi, bunda joylashtirilayotgan aksiyalarning hammasini mazkur narxda sotish barcha kreditorlarning talablarini to‘la qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari to‘planishiga olib kelishi shart. Aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirish narxi qarzdorning tashqi boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi va kreditorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi. Qarzdorning qo‘shimcha aksiyalarini sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun qarzdorning aksiyadorlariga beriladigan muddat kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat aksiyalarni joylashtirish boshlanadigan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kam bo‘lishi mumkin emas.
Qarzdorning aksiyadorlari o‘rtasida joylashtirilmagan qo‘shimcha aksiyalar tashqi boshqaruvchi tomonidan fond birjasi savdosida realizatsiya qilinadi. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari qarzdorning aksiyadorlari bo‘lmagan, qarzdorning yangi emissiyadagi aksiyalarini sotib olgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga sotib olingan aksiyalar summasida o‘z talablarini bildirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish qarzdorning mol-mulki asosida bitta yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish imkoniyati, agar shunday qaror qabul qilinishi uchun barcha kreditorlar yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Qarzdorning mol-mulki asosida bitta yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish haqida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining qarori asosida tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida bitta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lsa, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mol-mulki, shu jumladan mulkiy huquqlari kiritiladi.
Agar tashqi boshqaruv rejasida bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning ustav fondlariga (ustav kapitallariga) qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mol-mulki kiritiladi. Tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) qarzdorning haq tariqasida kiritilayotgan mol-mulki tarkibi tashqi boshqaruv rejasi bilan belgilanadi.
Tashkil etilayotgan jamiyatlar ustav fondlarining (ustav kapitallarining) miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan qarzdor mol-mulki egasi yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organi takliflari hisobga olingan holda aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
Qarzdor aktivlarining o‘rni almashtirilayotganda bu haqda qaror qabul qilinguniga qadar amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari, ish beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatiga yoki aksiyadorlik jamiyatlariga o‘tkazilgan holda, o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalari qonunchilikda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Mol-mulkning baholash qiymati kreditorlar talablarining summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va fond birjasida sotiladi.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablag‘lari to‘planishini ta’minlashi kerak.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini fond birjasida sotish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini fond birjasida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonunning 149 va 150-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Qarzdor mol-mulkining baholash qiymati kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq talablar summasidan oshmagan taqdirda, qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishni yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi mazkur qarorni qarzdorning barcha mol-mulkini qarzdorning ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligisiz aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish yo‘li bilan qabul qilishi mumkin. Bunda mazkur jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot aniqlagan baholash qiymati asosida belgilanadi. Mazkur holda qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish amalga oshirilguniga qadar tashqi boshqaruvchi tomonidan ish haqi bo‘yicha, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi soliqlar hamda yig‘imlar va talablar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini teng darajada ta’minlaydigan, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoxud ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha qarzlar to‘lanishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni kreditorlar o‘rtasida taqsimlash kreditorlarning talablari reyestridagi o‘z ulushiga mutanosib ravishda, kreditorlarga aksiyadorlik jamiyatining muassislari (aksiyadorlari) bo‘lish huquqi berilgan holda amalga oshiriladi.
Qarzdorning garov narsasini almashtirishni nazarda tutuvchi aktivlari o‘rnini almashtirish tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin va bunda qarzdor mol-mulkining garovi bilan majburiyatlari ta’minlangan barcha kreditorlar shunday qaror qabul qilinishini yoqlab ovoz berishi shart.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyati yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalar uchun kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlangan majburiyatlari garov predmetiga nisbatan mutanosib ravishda paydo bo‘ladi.
Garovga berilgan aksiyalarning qiymati aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) berilgan garov mulkining bozor qiymatiga mutanosib bo‘lishi kerak.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tashqi boshqaruvchi ushbu Qonunning 158-moddasi talablariga muvofiq hisobot tayyorlaydi va ushbu Qonunning 160-moddasida belgilangan tartibda qarzdor korxonaning to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini tugallaydi.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan banklarga, sug‘urtalovchilarga va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
132-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lganda kreditorlar yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari to‘plangan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, sudga hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi;
pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot;
qarzdorning moliyaviy natijalari haqidagi hisobot;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qaratilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘lari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdorning kreditorlik qarzini to‘lash imkoniyati to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yig‘ilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga o‘tish to‘g‘risidagi;
kelishuv bitimi tuzish haqidagi;
tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi;
tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi.
133-modda. Tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar yuzaga kelganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar yig‘ilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan kreditorlar yig‘ilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabar berishi shart.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida yoki kreditorlar yig‘ilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida o‘n kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi;
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi;
tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi.
134-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining sud tomonidan tasdiqlanishi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan keyin ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan sudga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar yig‘ilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Sud majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti quyidagi hollarda sud tomonidan tasdiqlanishi lozim, agar:
kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qanoatlantirilgan bo‘lsa;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tilishi munosabati bilan kreditorlar yig‘ilishi tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa;
kreditorlar yig‘ilishi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risida iltimosnoma bergan bo‘lsa;
kreditorlar bilan qarzdor o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan bo‘lsa;
tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqida kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa.
Sud, agar quyidagilar aniqlangudek bo‘lsa, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilmaganligi;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi alomatlari mavjud emasligi;
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asoslar mavjud emasligi;
kelishuv bitimini tasdiqlash uchun moneliklar mavjudligi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilgan bo‘lsa yoki kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, — to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish haqida;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda, — kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida;
kreditorlar yig‘ilishining yoki tashqi boshqaruvchining muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda, — muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida;
tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, — tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish to‘g‘risida;
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, — tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Kreditorlar yig‘ilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi mavjud bo‘lsa, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni sud rad etgan yoki tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruv tartib-taomilining belgilangan muddati tugagan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmagan yoxud uning ushbu Qonun 133-moddasi to‘rtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlaridan hech biri qabul qilinmagan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.
135-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish haqidagi sud ajrimida kreditorlar bilan hisob-kitoblarning tamomlanish muddati belgilanadi, bu muddat mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga ko‘ra sud tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin tugatiladi.
Agar sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilmagan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.
136-modda. Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risida ajrim chiqarish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar belgilanadi:
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran ikki oydan oshmasligi shart bo‘lgan muddati;
bunday navbatdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirish nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan talablari sud tomonidan aniqlangan taqdirda, sud kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar sud tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, kreditor muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran to uning talablari tegishincha to‘la yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga qadar to‘lanmagan summaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan miqdorda foizlar hisoblanishini talab qilishga haqli.
137-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tashqi boshqaruvchi sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga o‘tish to‘g‘risidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiradi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari, shuningdek qaysi talablar bo‘yicha haq evaziga voz kechish yoki majburiyatlarni yangilash yoxud pul majburiyatlarini o‘zgacha tarzda tugatish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan bo‘lsa, o‘sha talablar hamda ushbu Qonunning 150 va 154-moddalariga muvofiq qanoatlantirilgan deb e’tirof etiladigan boshqa talablar qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
139-modda. Tashqi boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilganligi yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilganligi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
Agar tashqi boshqaruv tartib-taomili kelishuv bitimini tuzish yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylanguniga (tayinlanguniga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv organini o‘z tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Agar sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.
11-bob. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili
140-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddati o‘n ikki oydan oshishi mumkin emas. Zarurat bo‘lganda bu muddat to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddatini uzaytirish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
sud ishini va ijro ishini yuritishda qarzdorning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi;
qarzdorning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 57-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlari manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari bo‘yicha jinoyat ishining mavjudligi;
qonunchilikning tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi haqidagi sud ajrimida ko‘rsatilgan buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda;
qonunchilikning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda.
Sudning tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yig‘ilishining, tugatish boshqaruvchisining va (yoki) tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining iltimosnomasiga ko‘ra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan amalga oshirilishini ko‘rsatishi mumkin. Bunda qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan shartnomalarini bajarishni to‘xtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(140-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Tugatish boshqaruvchisi tomonidan qarzdorning faoliyatini davom ettirish uchun muhim deb topilgan va qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yurituv qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan shartnomalarning bajarilishi davom ettiriladi. Bunda taraflarning shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish to‘g‘risidagi kelishuvlari qarzdor bankrot deb topilganligi va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili boshlanganligi munosabati bilan haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaxs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan turib, uni tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish, agar ikki hisobot choragi yakunlariga ko‘ra faoliyatdan ketma-ket zarar ko‘rilgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.
Qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan turib, uni tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan turib, uni tugatishga doir ish yuritishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilining umumiy tartibiga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
141-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran:
qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslarga foydalanish uchun topshirishga sabab bo‘luvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash muddati boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi;
mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, shuningdek soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan avval hisoblangan va undirilmagan penyalar va jarimalar hisoblash to‘xtatib turiladi;
qarzdor mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning qarzdorlikni to‘lashga yo‘naltirilgan qismi qo‘shilgan qiymat va daromad solig‘idan ozod etiladi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar maxfiylik toifasiga, shu jumladan tijorat siriga mansubligini yo‘qotadi;
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi;
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, bundan mulk huquqini e’tirof etish, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talablar, shuningdek joriy to‘lovlar bo‘yicha talablar mustasno.
Tugatishga doir ish yuritish boshlanguniga qadar qarzdorning majburiyatlarini bajarish ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkdan foydalanishdan mazkur ish yuritish boshlanganidan keyin olinadigan hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
Ijro etilishi ushbu modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisiga muvofiq tugatilgan ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga o‘tkazilishi lozim. Qarzdorning barcha majburiyatlarini bajarishga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yo‘l qo‘yiladi.
Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan bo‘lsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tugatiladi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisining zimmasiga yuklatiladi, shuningdek mulkdorning qarzdor mol-mulkini boshqarish va tasarruf etishga doir vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Ushbu bobda belgilangan hollarda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili jarayonida qarzdorning ishtirokchilari (muassislari) to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlariga ega bo‘ladi.
142-modda. Tugatish boshqaruvchisi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Sud qarzdorni bankrot deb topish haqida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo‘lgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.
143-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni tugatish boshqaruvchisi ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida e’lon qilinayotgan ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va boshqa rekvizitlari;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan sudning nomi va ishning tartib raqami;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida sud qaror qabul qilgan sana;
kreditorlar talablarini qo‘yishning belgilangan muddati, bu muddat mazkur e’lon chiqqan sanadan e’tiboran bir oydan kam bo‘lishi mumkin emas;
kreditorlar tomonidan qarzdorga o‘z talablarini bildirish uchun qarzdorning joylashgan yeri (pochta manzili) va (yoki) elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
tugatish boshqaruvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ma’lumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish uchun yuborishi kerak.
144-modda. Tugatish boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan kundan e’tiboran unga qarzdorning ishlarini boshqarish hamda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha barcha vakolatlar o‘tadi.
Tugatish boshqaruvchisi quyidagilarga haqli:
qarzdorning mol-mulkini ushbu Qonunning 118-moddasiga muvofiq tasarruf etishga;
xodimlar bilan, shu jumladan qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tugatishga;
qarzdorning shartnomalarini bajarishni ushbu Qonunning 119-moddasida belgilangan tartibda rad etishga;
tugatishga doir ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlarning yig‘ilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olishga;
qarzdor tomonidan tuzilgan bitimlarni, agar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’volar taqdim etishga;
davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga;
(144-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan qarzdorlarning ko‘chmas mulkiga oid kadastr hujjatlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirishga;
qarzdor korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat soliq xizmati organlari uchun ochiq bo‘lgan hisobotlardan, tekshirish dalolatnomalaridan va ishi bilan bog‘liq boshqa materiallardan foydalanishga;
qarzdorni to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga olib kelganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yig‘imlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladigan shaxslarga nisbatan talablar qo‘yishga. Mazkur talablarning miqdori kreditorlar talablarining summasi bilan tugatish massasi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Undirilgan summalar tugatish massasiga qo‘shiladi va ulardan faqat kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Tugatish boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulkini o‘z tasarrufiga qabul qilishi, uni inventarizatsiya qilishi va baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi, uning but saqlanishi choralarini ko‘rishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
kreditorlar yig‘ilishini va kreditorlar qo‘mitasini chaqirishi;
qarzdor oldidagi qarzlarni undirish choralarini ko‘rishi;
qarzdor tugatilganda uning xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari kelgusida tugatilishi to‘g‘risida ularni xabardor etishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi va ularning talablarini ko‘rib chiqishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati haqidagi axborotni kreditorning talabiga ko‘ra o‘n kunlik muddatda taqdim etishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rishi;
qarzdorning saqlanishi lozim bo‘lgan hujjatlarini saqlashga topshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Tugatish boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) tugatish boshqaruvchisi tayinlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini ta’minlaydi. Mazkur majburiyatni bajarishdan bosh tortilgan taqdirda, qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi), shu jumladan qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
145-modda. Tugatish rejasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatish rejasida quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati;
qarzdor mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi;
sotilishi lozim bo‘lgan mol-mulk ro‘yxati;
mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
sud xarajatlarini to‘lash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlarning va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq to‘lash shartlari.
Tugatish rejasi kreditorlarning yig‘ilishi bilan kelishib olinishi kerak va, agar reja talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ma’qullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi ma’qullanmagan bo‘lsa, kreditorlar esa tugatish rejasini bir hafta muddatda taqdim etmagan bo‘lsa, tugatish boshqaruvchisi o‘z rejasini tasdiqlaydi.
Agar qarzdorning o‘zi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish tashabbuskori bo‘lsa, u o‘z tugatish rejasini taqdim etishga haqli.
Tugatish rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda kreditorlarning qarzdorga qo‘yadigan talablari ushbu Qonunning 149, 150, 154 va 185-moddalarida belgilangan tartibda qanoatlantiriladi.
146-modda. Tugatish massasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Qarzdorning barcha aktivlari, ular balanslarda ko‘rsatilganligidan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, tugatish massasini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi:
qarzdor xodimlariga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk;
ishonchli boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk;
garov narsasi, shu jumladan garovga berilgan talab qilish huquqlari hamda garov xatlari, bundan ushbu Qonun 149-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(146-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 12-fevraldagi O‘RQ-1028-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)
qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar;
qonunchilikka muvofiq qarzdorning mulki bo‘lmagan boshqa mol-mulk.
Qarzdorning balansida bo‘lgan, lekin uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilmagan, shuningdek qarzdorga foydalanish uchun berilgan davlatga tegishli ijtimoiy infratuzilma obyektlari va umumiy foydalanishdagi kommunal soha obyektlari qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili boshlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida ularning qoldiq qiymati bo‘yicha tugatish boshqaruvchisi tomonidan tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va (yoki) tashkilotlarga ularning funksional mansubliligiga ko‘ra topshiriladi.
(146-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
147-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va uning qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni ularning xizmatlari uchun qarzdorning mol-mulki hisobidan haq to‘lagan holda jalb etishga, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan haq to‘lashning boshqa manbai belgilanmagan bo‘lsa, haqli. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yig‘ilishi yoki kreditorlari qo‘mitasi mazkur xizmatlar haqini to‘lash majburiyati zimmasiga yuklatiladigan, qilgan xarajatlarining o‘rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning o‘zi rozi bo‘lsa, tayinlashga haqli.
Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq to‘lash ko‘chmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda o‘tkaziladi.
148-modda. Qarzdorning hisobvaraqlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning so‘mda yuritiladigan yagona va valyutada yuritiladigan yagona hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda qarzdorning yagona hisobvaraqlari deb yuritiladi) foydalanishi shart. Qarzdorning bankdagi tugatishga doir ish yuritish boshlanayotgan paytda ma’lum bo‘lgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq tugatish boshqaruvchisi tomonidan yopilishi lozim. Qarzdorning ana shu hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari qoldig‘i qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o‘tkazilishi kerak.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelib tushgan pul mablag‘lari ham qarzdorning yagona hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qarzdorning yagona hisobvaraqlaridan kreditorlarga to‘lovlar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi hamda quyidagilar to‘lanadi:
tugatish boshqaruvchisiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
qarzdorning kommunal xizmatlarga va foydalanish xarajatlariga oid joriy to‘lovlari;
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini xabardor qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning pul mablag‘laridan foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotni kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga ushbu Qonunning 155-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etadi.
149-modda. Qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk sotilganidan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mablag‘larning qoldig‘i ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkini sotishdan tushgan summa kreditorlarning mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 150-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga o‘z talablari hisobiga o‘tkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablaridan ko‘p bo‘lsa, bunda yuzaga kelgan farqning o‘rni mazkur mol-mulkni o‘z talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Agar qarzdorning butun mol-mulki majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida qabul qilingan bo‘lsa va mazkur mol-mulkni sotishdan tushgan summa kreditorlarning qarzdorning barcha mol-mulki bilan ta’minlangan talablari summasidan kam yoki unga teng bo‘lib qolsa, u holda ushbu kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlarning o‘rni qoplanganidan va talablar qanoatlantirilganidan keyin hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha talablar qanoatlantirilganidan keyin amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, joriy kommunal va foydalanish to‘lovlari, qarzdorning mol-mulkini sug‘urta qilish xarajatlari, shuningdek qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan joriy to‘lov majburiyatlari bo‘yicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘lsa, shu fuqaroning talablari navbatdan tashqari qanoatlantiriladi, bundan ushbu Qonun 154-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar mustasno.
Ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun qarzdorning yagona hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga ko‘ra haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha, majburiy sug‘urta bo‘yicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sug‘urtasi bo‘yicha talablar, shuningdek kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi hamda kreditorlarning garov bilan ta’minlanmagan talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Aksiyalar egalarining hisoblangan dividendlar bo‘yicha talablari uchinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Qolgan barcha talablar to‘rtinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Har qaysi keyingi navbat bo‘yicha talablar oldingi navbat talablari to‘la qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim bo‘lgan summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Oxirgi to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida maxsus xabar e’lon qilinadi.
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyingi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish xarajatlari to‘langanidan keyingi qoldig‘ini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi, bundan ushbu Qonunning 159-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
151-modda. Qarzdorning mol-mulkini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi, ushbu mol-mulkni elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotishga kirishadi.
Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
Agar tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi o‘z takliflarini kreditorlarga taqdim etgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan ma’qullanmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi yoxud tugatish boshqaruvchisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Mazkur kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish yakunlariga qarab sud mol-mulkni sotish tartibi va muddatlarini (jadvalini) tasdiqlaydi, yoki tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qiladi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida mol-mulkni sotish muddatlariga (jadvaliga) o‘zgartirishlar kiritishni talab etuvchi holatlar yuzaga kelsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida muddatlarni (jadvalni) o‘zgartirish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishi va kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga taqdim etishi shart.
Qarzdorning muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulki faqat elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirok etadi.
Tugatish boshqaruvchisi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tugatish boshqaruvchisiga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lishi mumkin emas.
Qarzdorning korxonasini (biznesini) yoki uning mol-mulkining bir qismini sotish ushbu Qonunning 126 va 127-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
152-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning talab qilish huquqlarini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning talab qilish huquqlarini, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning boshqacha tartibi belgilanmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qo‘yishga haqli.
Qarzdorning talab qilish huquqlarini elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 128-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
153-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq ovoz bersa, amalga oshirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi.
Qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish ushbu Qonunning 131-moddasida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
154-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq hisob-kitob qiladi.
Pul mablag‘larini kreditorning hisobvarag‘iga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, unga tegishli summa qarzdor joylashgan yerdagi (uning yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozit hisobvarag‘iga tugatish boshqaruvchisi tomonidan o‘tkazilib, bu haqda kreditorga xabar qilinadi. Mazkur summa notariusning yoki sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida kreditor tomonidan olinmagan taqdirda, bu summa tegishli notarius yoki sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Kreditorlarning tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi e’londa nazarda tutilgan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin bildirilgan talablari, shuningdek tugatishga doir ish yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha talablar, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qat’i nazar, qarzdorning belgilangan muddatda bildirilgan kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin ushbu Qonunning 150-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.
Qanoatlantirilgan talablar, shuningdek qaysi talablar bo‘yicha qarzdan voz kechish to‘g‘risida bitimga erishilgan bo‘lsa, o‘sha talablar yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan hisobga olinishi bildirilgan yoxud majburiyatlarni tugatishning boshqa asoslari bo‘lgan talablar kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari deb hisoblanadi. Talabni hisobga olish, shuningdek qarzdan voz kechish orqali talabni qanoatlantirishga faqat bildirilgan talablarni qanoatlantirishning navbati va nisbati prinsipiga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Qarzdan voz kechish haqida bitim imzolash yo‘li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga mazkur bitim kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi bilan kelishilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Tugatishga doir ish yuritishda qarzdorning majburiyatlarini yangilash to‘g‘risida bitim tuzish yo‘li bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlarning qarzdor mol-mulki yetarli bo‘lmaganligi sababli qanoatlantirilmagan talablari ham qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi, bundan qarzdor majburiyatlari boshqa shaxslar tomonidan ta’minlangan holatlar mustasno. Tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarning tan olinmagan talablari ham, agar kreditor sudga murojaat etmagan bo‘lsa yoki bunday talablar sud tomonidan asossiz deb topilgan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi.
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlarning talablari reyestriga kreditorlar talablari qanoatlantirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.
155-modda. Tugatish boshqaruvchisining faoliyatini nazorat qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatish boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yig‘ilishiga yoki kreditorlar qo‘mitasiga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda uning tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki haqida axborot, shuningdek boshqa axborot taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisining hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
shakllantirilgan tugatish massasi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va yakunlari haqidagi, qarzdorning mol-mulkini baholash jarayoni hamda natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning yagona hisobvarag‘iga tushgan va ishlatilgan pul mablag‘larining summasi hamda tushumlarning manbalari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalar ko‘rsatilgan holda;
uchinchi shaxslarga nisbatan qarzni undirish haqida tugatish boshqaruvchisi tomonidan qo‘yilgan talablar, shu jumladan sud tartibida qo‘yilgan talablarning miqdori va summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, shuningdek qarzdorning uchinchi shaxslar egaligida turgan mol-mulkini aniqlash va talab qilib olish chora-tadbirlari haqidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortilishini bildirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning kreditorlarning talablari reyestrini yuritishga oid ishi haqidagi ma’lumotlar, kreditorlarning reyestrga kiritilgan talablarining umumiy miqdorini va har bir navbat bo‘yicha talablari miqdorini alohida-alohida ko‘rsatgan holda;
qarzdorning tugatishga doir ish yuritish davrida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan xodimlarining hamda o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari tugatishga doir ish yuritish davrida tugatilgan xodimlarning soni haqidagi ma’lumotlar;
qarzdorning hisobvaraqlarini yopish bo‘yicha tugatish boshqaruvchisi amalga oshirgan ishlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish xarajatlarining summasi haqidagi ma’lumotlar, ularning maqsadini ko‘rsatgan holda.
Tugatish boshqaruvchisining hisobotida qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritish jarayoni to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak, ularning tarkibi tugatish boshqaruvchisining o‘zi tomonidan, shuningdek kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining yoxud sudning talablari bilan belgilanadi.
Tugatish boshqaruvchisi sudning talabiga ko‘ra ushbu sudga tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini amalga oshirishga taalluqli barcha ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
156-modda. Tugatish boshqaruvchisini ozod etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatish boshqaruvchisi o‘z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud tomonidan ozod etilishi mumkin:
o‘z arizasiga binoan;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar yig‘ilishining qarorida tugatish boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
vakolatli davlat organining arizasi asosida;
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tugatish boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda.
Tugatish boshqaruvchisi o‘z vazifasini bajarishdan qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham sud tomonidan ozod etilishi mumkin.
Sud tugatish boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish bilan bir vaqtda yangi tugatish boshqaruvchisini ushbu Qonunning 142-moddasida nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi.
Tugatish boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish haqidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
157-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomiliga o‘tish imkoniyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.08.00 Tashqi boshqaruv]
Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va (yoki) tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilmagan bo‘lsa, tugatishga doir ish yuritish mobaynida esa qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar, shu jumladan moliyaviy tahlil ma’lumotlari bilan tasdiqlangan asoslar paydo bo‘lsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida sudga tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruv tartib-taomiliga o‘tish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish maqsadida qarzdorning kreditorlari yig‘ilishini chaqirishi shart.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruv tartib-taomiliga o‘tish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror shunday qarorni qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqayotgan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan paytdagi holatga ko‘ra qanoatlantirilmagan kreditorlar talablari umumiy miqdorining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruv tartib-taomiliga o‘tish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to‘g‘risidagi kreditorlar yig‘ilishining qarorida tashqi boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek bu nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
158-modda. Tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari to‘g‘risidagi hisoboti
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi sudga tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.
Tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari haqidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
qarzdorning ushbu Qonunning 159-moddasida nazarda tutilgan mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
159-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga) yoki qarzdorning mol-mulki egasiga beriladi.
Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini to‘lash hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditor tomonidan xabarning belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi.
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki to‘g‘risida kreditorlar mazkur mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yozma shaklda xabardor qiladi.
(159-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xabarnoma olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni to‘laydi.
(159-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Mol-mulkni qabul qilish rad etilgan yoki uni qabul qilishdan bo‘yin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga undash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sud mol-mulk topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish uchun qarzdor yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning belgilangan muddatida qabul qilishni rad etgan bo‘lsa, davlat mulkiga o‘tadi hamda tugatish boshqaruvchisi uni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining balansiga topshiradi. Sud mol-mulk topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(159-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
160-modda. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini tamomlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot ko‘rib chiqilganidan keyin sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisining zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga o‘n kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
Sudning ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi to‘g‘risida yozuv kiritilishi uchun asos bo‘ladi. Yagona davlat reyestriga tegishli yozuv sudning mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak.
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi haqidagi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatiladi, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.
12-bob. Kelishuv bitimi
161-modda. Kelishuv bitimini tuzish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Qarzdor va kreditorlar sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimini tuzishga haqli.
Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini tuzish haqidagi qaror kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Kreditorlar yig‘ilishining kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi qarori birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda qaror, basharti qarzdorning garov bilan ta’minlangan mol-mulki majburiyatlari bo‘yicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kreditor vakilining kelishuv bitimini tuzish masalasi to‘g‘risida ovoz berishga doir vakolatlari uning ishonchnomasida alohida nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimi qarzdor nomidan tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi yoxud moliyaviy boshqaruvchi tomonidan tuziladi.
Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi, unda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish ko‘rsatiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan bo‘lsa, sud kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqaradi, unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror bajarilmasligi ko‘rsatiladi.
Kelishuv bitimi qarzdor, kreditorlar, shuningdek kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxslar uchun sud tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ular uchun majburiydir. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishni bir tomonlama rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kelishuv bitimi tuzishni yoqlab ovoz bergan kreditor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan yoxud ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlar oldida qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatini bajarishga haqli. Bu holda kreditor qarzdor uchun taklif etilgan ijroni qabul qilishi shart, qarzdorning majburiyatlarini bajargan shaxsga esa kreditorning majburiyat bo‘yicha talab qilish huquqlari o‘tadi.
Uchinchi shaxslar kelishuv bitimi bo‘yicha qarzdor tomonidan pul majburiyatlari qanoatlantirilishi va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyati bajarilishi kafilligini yoki kafolatini berishga, xuddi shuningdek uning lozim darajada bajarilishini boshqacha tarzda ta’minlashga haqli. Agar kelishuv bitimining sharti qarzdorning mol-mulkini uchinchi shaxs foydasiga o‘tkazishdan iborat bo‘lsa, bitim faqat mazkur mol-mulk uchinchi shaxs tomonidan kreditorlarning talablari qanoatlantirilishini ta’minlovchi garovga berilishi sharti bilan tuzilishi mumkin.
162-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari chog‘ida kelishuv bitimini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Qarzdor tomonidan kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv va sud sanatsiyasi tartib-taomillari chog‘ida qarzdorning rahbari, mazkur rahbar o‘z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda esa sud boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadi.
Agar kelishuv bitimi qarzdor uchun qonunchilikka yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorning boshqaruv organlari qaroriga (ma’qullashiga) ko‘ra tuziladigan bitim bo‘lsa, qarzdor nomidan kelishuv bitimini tuzish haqidagi qaror tegishli qarordan (ma’qullashdan) keyin qabul qilinishi mumkin. Tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarida kelishuv bitimini tuzish chog‘ida bunday qaror (ma’qullash) talab etilmaydi.
Qarzdorga, sud boshqaruvchisiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor bo‘lgan uchinchi shaxslar ishtirokida kelishuv bitimi tuzilayotganda kelishuv bitimida uning tuzilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitim ekanligi haqidagi, bunday manfaatdorlikning xususiyati ko‘rsatilgan axborot bo‘lishi kerak. Kelishuv bitimi kreditorlarning bajarilish muddati to‘lovga qobiliyatsizlikning tegishli tartib-taomili joriy etilgan sanada boshlangan talablariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar mustasno.
163-modda. Kelishuv bitimini rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi.
Qarzdor nomidan kelishuv bitimi tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdorning rahbari yoki sud boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yig‘ilishi tomonidan vakolat berilgan shaxs imzolaydi.
Agar kelishuv bitimida uchinchi shaxslar ishtirok etayotgan bo‘lsa, ularning nomidan kelishuv bitimi ushbu shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
164-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdorlari, ularni bajarish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi va (yoki) voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechib yuborish yo‘li bilan yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatish haqidagi qoidalar bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimida:
pul majburiyatlarining bajarilishini kechiktirish yoki ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi;
qarzdorning talab qilish huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi;
qarzdorning pul majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish to‘g‘risidagi;
qarzlardan siylov berish haqidagi;
soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash muddatlari va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
kreditorlarning talablarini qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan qanoatlantirish haqidagi shartlar ko‘rsatilishi mumkin.
Kelishuv bitimini tuzish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, xuddi o‘sha navbatning kreditorlari uchun belgilangan shartlardan yomon bo‘lishi mumkin emas.
Agar kelishuv bitimida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi mol-mulk garovi saqlanib qoladi.
165-modda. Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimi faqat xarajatlarning o‘rni qoplanganidan va ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar hamda ish haqini to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlariga doir talablar qanoatlantirilganidan keyin sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi kelishuv bitimi imzolangan paytdan e’tiboran besh kun ichida sudga kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kelishuv bitimining matni;
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi;
qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kelishuv bitimi tuzish haqidagi masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma e’tirozlari.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi arizaga qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Sud kelishuv bitimi ko‘rib chiqiladigan sana haqida manfaatdor taraflarni xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
166-modda. Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishning tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari saylanguniga (tayinlanguniga) qadar o‘z vakolatlarini bajarishni davom ettiradi.
Kelishuv bitimi tasdiqlangan kundan e’tiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi yoxud uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni to‘lashga kirishadi.
167-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni sud tomonidan rad etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarning o‘rnini qoplashga va talablarni qanoatlantirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.
Sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi:
kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;
kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;
uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda;
kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid bo‘lganda.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqarilgan taqdirda bitim tuzilmagan deb hisoblanadi.
Sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning chiqarilishi yangi kelishuv bitimini tuzishga to‘sqinlik qilmaydi.
169-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Qarzdorning, kreditorning, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning arizasiga ko‘ra kelishuv bitimi quyidagi hollarda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
agar kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzalliklar berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa;
bitimlar haqiqiy emasligining qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslari mavjud bo‘lganda.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
170-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos bo‘ladi. Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash haqida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarning qaysi talablari bo‘yicha ularga tegishli bo‘lgan to‘lovlarni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzlardan siylov berish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha talablari ularning qanoatlantirilmagan qismi bo‘yicha tiklanadi.
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi qarzdorga qoplangan xarajatlarni qaytarish va ushbu Qonun 165-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qanoatlantirish majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismda bitimlar haqiqiy emasligining qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlari yuzaga keladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasiga qarang.
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi xabar sud tomonidan ommaviy axborot vositalarida qarzdorning mol-mulki hisobidan ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilinadi.
Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib bo‘lingan, ushbu Qonunga zid bo‘lmagan talablari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi. Qaysi kreditorlarning talablari kelishuv bitimining muayyan kreditorlarning ustunligini yoki boshqa kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olingan barcha narsalarni qaytarishi shart. Bunda mazkur talablar kreditorlarning talablari reyestrida tiklanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmda talablar taqdim etishga haqli.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida yangi ish qo‘zg‘atilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlariga ko‘ra aniqlanadi.
13-bob. Qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalari to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos xususiyatlari
172-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.01 Shaharni tashkil etuvchi korxonaning bankrotligi]
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi va (yoki) tegishli vazirlik, idora, xo‘jalik boshqaruvi organi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida e’tirof etiladi.
(172-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
173-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi sud tomonidan kreditorlar yig‘ilishining qarori asosida, bunday qaror bo‘lmaganda esa shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yoki vazirlikning, idoraning va xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga ko‘ra ham, basharti ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan ta’minot bergan bo‘lsa, joriy etilishi mumkin.
(173-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi rejasi u kreditorlar yig‘ilishiga taqdim etilguniga qadar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar bo‘yicha esa vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organi bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
(173-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining hamda vazirlikning, idoraning, xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga ko‘ra ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi ta’minoti ta’minlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yo‘li bilan ta’minlanganda, sud qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomiliga o‘tishi to‘g‘risida, agar ilgari bunday tartib-taomil qarzdorga nisbatan qo‘llanilmagan bo‘lsa, qaror qabul qilishi mumkin.
(173-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
174-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi tartib-taomili muddatini uzaytirish
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining iltimosnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda sud tomonidan ko‘pi bilan bir yil muddatga uzaytirilishi mumkin.
(174-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona faoliyatiga investitsiya kiritish, xodimlarni ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘li bilan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari bilan korxonani moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish rejasi tashqi boshqaruv tartib-taomilini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatga uzaytirish uchun asos bo‘ladi.
Tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining, vazirlikning, idoraning va xo‘jalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga ko‘ra qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yig‘imlari yuzasidan kafillik berish sharti bilan shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi tartib-taomili muddati besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bu holda qarzdor va uning kafili kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlardan kechiktirmay kirishishi shart.
(174-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmasligi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos bo‘ladi.
175-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.01 Shaharni tashkil etuvchi korxonaning bankrotligi]
Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish o‘rinlarini saqlab qolish;
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning faoliyat sohasi o‘zgartirilgan taqdirda sotib oluvchining xodimlarni qayta o‘qitish yoki ishga joylashtirish majburiyati.
Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta’minlovchi korxona mulkiy majmuasining, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxona mol-mulkining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi, shuningdek strategik ahamiyatdagi mol-mulkning muayyan maqsadi saqlab qolinishini ta’minlash;
qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmaga, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi davlat ehtiyojlarini ta’minlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq shartnomalarini bajarish.
Tabiiy monopoliyalarning subyekti bo‘lgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat:
tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikning tartibga solish predmeti bo‘lgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi o‘z zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) iste’molchilarning erkin foydalana olishi ta’minlanganligi;
agar qarzdorning faoliyati litsenziyalanishi lozim bo‘lsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun sotib oluvchida litsenziyaning mavjud bo‘lishi.
Tanlovning mazkur moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilmagan shartlari faqat kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.
Agar shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona tanlov shartlarida sotilmagan bo‘lsa, korxona elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotilishi lozim.
Agar davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonaning mol-mulki tarkibida muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk mavjud bo‘lsa, bunday korxonani sotish faqat yopiq kimoshdi savdosida tanlov shaklida amalga oshirilib, qonunga muvofiq faqat mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar bunday savdoning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi sotilayotgan korxonaning muomaladan chiqarilgan mol-mulki mol-mulkning egasiga u shunday mol-mulk mavjudligi haqida tashqi boshqaruvchi tomonidan xabardor qilingan paytdan e’tiboran uch oydan kechiktirmay topshiriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish natijasida belgilangan narx bo‘yicha davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonani, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni va (yoki) tabiiy monopoliya subyektlarini sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
(175-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
176-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan, bankrot deb topilgan korxonaning mol-mulkini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.01 Shaharni tashkil etuvchi korxonaning bankrotligi]
Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning mol-mulki sotilayotganda tugatish boshqaruvchisi korxonani elektron onlayn-auksion shaklidagi dastlabki kimoshdi savdosida mulkiy majmua sifatida sotishga taklif etishi kerak.
Agar shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning mol-mulki mulkiy majmua sifatida sotilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 127-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxonaning tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni, xizmatlarni bajarish) va (yoki) realizatsiya qilish jarayonida foydalanadigan mol-mulki elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga faqat mulkiy majmua sifatida qo‘yiladi.
Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrda tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxonaning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) yetkazib berish shartnomalarini bajarishni bunday shartnomalarning bajarilishini tugatish aholining hayot faoliyati yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan korxonalar faoliyati sharoitlarini buzadigan hollarda ta’minlashi shart.
Tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan qarzdor korxonani tugatishga doir ish yuritish sudning qarori qabul qilingan va tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran olti oydan kechiktirmay tamomlanishi kerak. Agar mazkur muddat tugaganidan keyin korxonaning mol-mulki sotilmay qolsa, tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishining qaroriga binoan, yig‘ilish rad etgan taqdirda esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining qaroriga binoan ushbu Qonunning 131-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aktivlar o‘rnini almashtirish yo‘li bilan tugatishga doir ish yuritishni tamomlaydi.
(176-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
177-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.02 Qishloq xo‘jaligi korxonasi bankrotligi]
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilguniga qadar ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qo‘llanilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar bo‘lishi mumkin.
(177-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
178-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.02 Qishloq xo‘jaligi korxonasi bankrotligi]
Qishloq xo‘jaligi korxonasida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari yetishtirilgan tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar bo‘lgan muddatga joriy etiladi. Bunda kuzatuv tartib-taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari muddati esa ushbu Qonun 108-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatdan oshishi mumkin emas.
Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlari tufayli qishloq xo‘jaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir bo‘lgan bo‘lsa, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati o‘n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu Qonunning 103-moddasi talablariga muvofiq sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish faqat qishloq xo‘jaligi ishlarining tegishli davri tugaydigan muddatni hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga nisbatan joriy etilmaydi.
179-modda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotishning (ulardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishning) o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.02 Qishloq xo‘jaligi korxonasi bankrotligi]
Qarzdorning mol-mulkini sotishda (undan boshqa shaxs foydasiga voz kechishda) sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari qishloq xo‘jaligi korxonasini elektron onlayn-auksion shaklidagi dastlabki kimoshdi savdosida mulkiy majmua sifatida sotishga qo‘yishi kerak.
Qarzdorning mol-mulkini sotib olishda imtiyozli huquqqa, shuningdek yerga egalik qilish huquqiga qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan va qarzdorning yer uchastkasiga bevosita tutash yer uchastkasiga egalik qiluvchi shaxslar ega bo‘ladi. Sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mazkur mol-mulkni, shuningdek mulkiy huquqlarni sotishda (ulardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishda) mazkur mol-mulk va mulkiy huquqlar qiymatini baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi hamda shaxslarga ushbu mol-mulkni baholangan qiymati bo‘yicha olishni taklif etishi shart.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bir oy ichida qishloq xo‘jaligi korxonasining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa, sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mol-mulk qonunchilikka muvofiq realizatsiya qilinishini amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi to‘lovga qobiliyatsizlik oqibatida tugatilgan taqdirda mazkur korxonaga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi yoki o‘zga shaxsga o‘tishi mumkin.
180-modda. Bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish asosi
Sud majburiy tugatilayotgan bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatuvchi tomonidan ariza taqdim etilganda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
(180-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi O‘RQ-1070-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
181-modda. Bankning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq masalalar “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
(181-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi O‘RQ-1070-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
Bankka nisbatan sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari joriy etilmaydi.
Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Omonatlarni kafolatlash agentligi ham bankning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslardir.
(181-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 03/25/1031/0160-son)
182-modda. Sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.03 Sug‘urta tashkilotlari bankrotligi]
Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, sug‘urta faoliyatini tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ham sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsdir.
183-modda. Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.03 Sug‘urta tashkilotlari bankrotligi]
Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida ushbu Qonunning 126-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Faqat sug‘urta tashkiloti qarzdor sug‘urtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida sotilgan taqdirda sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sug‘urta hodisasi yuzaga kelmagan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga o‘tadi.
Tugatishga doir ish yuritish o‘tkazilayotganida sug‘urtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sug‘urtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sug‘urta hodisasi yuzaga kelmagan sug‘urta shartnomalarini o‘z zimmasiga olishga rozi bo‘lganda sotilishi mumkin.
184-modda. Sug‘urtalovchi to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.03 Sug‘urta tashkilotlari bankrotligi]
Sud sug‘urtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan sanaga qadar qaysi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelmasa, o‘sha barcha sug‘urta shartnomalari bekor qilinadi, bundan ushbu Qonunning 183-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sug‘urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofotining sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati va mazkur shartnoma bekor qilingan muddat o‘rtasidagi farqqa mutanosib ravishdagi qismini, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaytarishi shart.
Sug‘urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) sud sug‘urtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilguniga qadar sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta to‘lovi) to‘lanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilish huquqiga ega.
(184-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.03 Sug‘urta tashkilotlari bankrotligi]
Sud sug‘urtalovchini bankrot deb topgan taqdirda kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — sug‘urta qildiruvchilarning hayotni sug‘urta qilish sohasidagi majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
ikkinchi navbatda — sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
to‘rtinchi navbatda — soliqlar hamda yig‘imlarni nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Mazkur talablar to‘liq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar va fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sug‘urtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
186-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ham qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari qonunchilik hujjatlarida belgilanishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari to‘lovga qobiliyatsizligining oldini olish va ularning to‘lov qobiliyatini tiklashning sudga qadar tartib-taomillarini o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3487, 28.12.2023-y.).
187-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda sud boshqaruvchilariga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.05 Qimmatli qog‘ozlar bozori kasb qatnashchilarining bankrotligi]
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud boshqaruvchisi faoliyatni sud boshqaruvchisi sifatida amalga oshirish uchun attestatsiyadan o‘tishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak.
188-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.05 Qimmatli qog‘ozlar bozori kasb qatnashchilarining bankrotligi]
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar mazkur ishtirokchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilayotganida o‘z mijozlarining qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin investorlar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlari bo‘yicha tuziladigan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
189-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda kuzatuv, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.11.00 Yuridik shaxslar ayrim toifalarining bankrotlik xususiyatlari / 09.03.11.05 Qimmatli qog‘ozlar bozori kasb qatnashchilarining bankrotligi]
Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran muvaqqat boshqaruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining qarzdor professional ishtirokchisiga o‘zlariga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni boshqaruvga topshirgan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investorlarga to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi va muvaqqat boshqaruvchi o‘z huquqini amalga oshira boshlaganligi haqidagi xabarnomani o‘zi tayinlangan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida yuborishi shart. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi tasarrufida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Agar tashqi boshqaruvchining yoki tugatish boshqaruvchisining mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran mijozlarning qolgan qimmatli qog‘ozlari mijozlarga qaytarilishi lozim.
Agar mijozlarning o‘ziga tegishli bir turdagi (bir emitent chiqargan, bir toifadagi, bir turkumdagi, bir seriyadagi) qimmatli qog‘ozlarni qaytarishga doir talablari qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ixtiyoridagi mazkur qimmatli qog‘ozlar miqdoridan ortiq bo‘lsa, mazkur qimmatli qog‘ozlarni mijozlarga qaytarish mijozlarning talablariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mijozlar talablarining qanoatlantirilmagan qismi pul majburiyatlari deb e’tirof etiladi va ushbu Qonunning 11-bobida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi (to‘lanadi).
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining tashqi boshqaruvi tartib-taomili chog‘ida tashqi boshqaruvchi o‘ziga mijozlar tomonidan boshqaruvga topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisiga topshirishi mumkin.
190-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilish bo‘yicha quruvchining to‘lovga qobiliyatsizligining o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quruvchining to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan, qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligini tartibga soladigan qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qurilish faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi ham ulush kiritish asosidagi qurilish bo‘yicha quruvchining (bundan buyon matnda quruvchi deb yuritiladi) to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsdir.
Qurilish obyektini mulk huquqi asosida olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish shartnomasini tuzgan shaxsni (bundan buyon matnda ulushdor deb yuritiladi) sud boshqaruvchisi o‘zi tayinlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida quruvchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Qurilish ishtirokchilarining mablag‘lari va (yoki) ulush kiritish asosidagi qurilish bo‘yicha ishtirokchilarining mablag‘lari jalb etilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar (ko‘p kvartirali uylar), infratuzilma obyektlari va (yoki) ularga qo‘shilgan muhandislik-texnologik obyektlar kreditorlar yig‘ilishi qaroriga asosan Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan boshqa qurilish tashkilotiga (bundan buyon matnda boshqa qurilish tashkiloti deb yuritiladi) qurilish ishlarini tugallash maqsadida topshirilishi mumkin. Bunda quruvchining ulushdorlar bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari ushbu obyektlarni qurilishni tugallash maqsadida qabul qilib olgan boshqa qurilish tashkilotiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qurilish faoliyatini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining takliflari asosida qurilish obyektini Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan boshqa qurilish tashkilotiga topshirish tartibi belgilanadi.
Quruvchiga, boshqa qurilish tashkilotiga topshiriladigan qurilish obyektlarining (ko‘p kvartirali uylarning), infratuzilma obyektlarining va (yoki) ularga qo‘shilgan muhandislik-texnologik obyektlarning qiymati tugatish boshqaruvchisi qarzdor quruvchining mablag‘lari hisobidan jalb etgan baholovchi tomonidan aniqlanadi.
191-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilish ishtirokchilariga yetkazilgan zararlarni aniqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ulushdorning pul talablari miqdorini belgilashda quruvchining turar-joy binolarini topshirish bo‘yicha majburiyatni buzishi natijasida yetkazilgan haqiqiy zarar ko‘rinishidagi yo‘qotishlar miqdori, quruvchining ulushdorga topshirishi kerak bo‘lgan turar-joy binosining (quruvchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan sana bo‘yicha aniqlangan) qiymati va qurilish shartnomasiga asosan ulushdorlar tomonidan to‘langan pul summasi o‘rtasidagi farq shaklida hisobga olinadi.
Turar-joy binolarini topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma bo‘yicha to‘langan pul miqdori ulushdorga berilishi kerak bo‘lgan turar-joy binosining qiymatidan oshib ketishi (quruvchiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan sana bo‘yicha aniqlanadi) ulushdorning pul talablari miqdorini o‘zgartirishga olib kelishi mumkin emas.
Agar ulushdor tomonidan turar-joy qiymatini to‘lash majburiyati to‘liq bajarilmagan bo‘lsa, aniqlangan haqiqiy zarar miqdori majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
192-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilishda kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishdan oldin to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud xarajatlarining o‘rni qoplanadi, shuningdek fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun qarzdorning javobgarligi haqidagi fuqarolarning talablari qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar undirish, mualliflik shartnomalari, shuningdek mehnatga haq to‘lash uchun pul mablag‘larini berishni nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha talablar;
ikkinchi navbatda — ulushdorlarga yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha talablar;
uchinchi navbatda — quruvchining boshqa kreditorlari talablari.
Kreditorlarning bir navbatdagi talablari bildirilgan talablarning kalendar navbati tartibida qanoatlantiriladi.
Har bir navbatdagi talablar oldingi navbatdagi talablar to‘liq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
193-modda. Ulush kiritish asosidagi qurilish bo‘yicha quruvchining javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Quruvchining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, noqonuniy harakatlari (harakatsizlik) to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan quruvchining muassislari (ishtirokchilari), mulkdori va (yoki) rahbarlari quruvchining yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha majburiyatlari yuzasidan subsidiar yoki solidar javobgar bo‘ladi hamda haqiqiy zarar summasi to‘liq qoplanguniga qadar qurilish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.
14-bob. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi
194-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligini tartibga solish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan ushbu Qonun 1, 2, 3, 5, 6 va 7-boblarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
195-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini tashkil etsa, qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari hisoblanadi.
196-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun asoslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxs, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati va boshqa vakolatli organlar jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish ushbu Qonunning 195-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartib-taomillar qo‘llaniladi.
197-modda. Qarzdor jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonun 9-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, agar jismoniy shaxs barcha majburiyatlarining umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, bunday holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jismoniy shaxs o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi kerak.
Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonun 195-moddasida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda sudga berilishi mumkin.
198-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yakka tartibdagi tadbirkor maqomining mavjudligini yoki yo‘qotilganligini tasdiqlovchi ma’lumot (agar bunday faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lsa);
qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun taqdim etishga tayyor bo‘lgan mol-mulki ro‘yxati (narxi ko‘rsatilgan holda), garov predmeti bo‘lgan mol-mulk joylashgan yoki saqlanadigan joy, mol-mulk egasining nomi yoki ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatilgan holda;
jismoniy shaxsning mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma nusxalari;
ko‘chmas mulkka, qimmatli qog‘ozlarga, yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, transport vositalariga oid hujjatlarning, shuningdek ariza berilgan sanaga qadar uch yil ichidagi davrda jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarning ko‘chirma nusxalari;
jismoniy shaxs aksiyador (ishtirokchi) bo‘lgan yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) reyestridan (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma;
jismoniy shaxs tomonidan olingan daromadlar, jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza berilgan sanaga qadar bo‘lgan uch yil ichidagi davrda hisoblangan va to‘langan soliqlar hamda yig‘imlar haqidagi ma’lumotlar;
tijorat banklaridagi hisobvaraqlar va ulardagi pul mablag‘larining qoldiqlari, jamg‘armalar (depozitlar) to‘g‘risida tijorat banki tomonidan berilgan ma’lumotnoma, shuningdek jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi ariza berilgan sanaga qadar uch yil ichidagi davr uchun jismoniy shaxsning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorning hisobvaraqlaridagi operatsiyalar, omonatlar (depozitlar) bo‘yicha ma’lumotlar (mavjud bo‘lgan taqdirda);
sug‘urtalangan shaxs shaxsiy hisobvarag‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lgan taqdirda);
bandlik va mehnat munosabatlari hududiy boshqarmasining jismoniy shaxsni ishsiz deb topish haqidagi qarorining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning (agar nikoh ariza topshirilgan sanada tuzilgan bo‘lsa yoki nikohdan ajralish qayd etilmagan bo‘lsa) va (yoki) nikohdan ajralish haqidagi guvohnomaning (agar guvohnoma ariza berilguniga qadar uch yil ichida berilgan bo‘lsa) ko‘chirma nusxasi, shuningdek nikoh shartnomasining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
ariza berilgan sanaga qadar uch yil ichida tegishincha tuzilgan va qabul qilingan, er-xotinning umumiy mol-mulki to‘g‘risidagi shartnomaning yoki sud hujjatining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda).
Jismoniy shaxs o‘z arizasida moliyaviy boshqaruvchining nomzodini ko‘rsatishi mumkin.
199-modda. Kreditorning, davlat soliq xizmatining yoki boshqa vakolatli organning jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza kreditor, davlat soliq xizmati yoki boshqa vakolatli organ tomonidan kreditorlarning pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlariga doir talablarini tasdiqlovchi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin, bundan ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sud qarori mavjud bo‘lmagan taqdirda, jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi ariza kreditor tomonidan quyidagi talablar bo‘yicha berilishi mumkin:
notarial tarzda tasdiqlangan bitimlar asosidagi talablar;
notariusning ijro yozuvi bilan tasdiqlangan talablar;
jismoniy shaxs tomonidan tan olingan, ammo bajarilmagan pul majburiyatlari bo‘yicha kreditor taqdim etgan hujjatlar asosidagi talablar;
otalikni belgilash, otalikni (onalikni) rad etish yoki boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish zarurati bo‘lmagan voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar.
Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizaga ushbu Qonunning 41 — 43-moddalarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor maqomi mavjudligini yoki yo‘qotilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar (agar bunday faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lsa) ilova qilinadi.
200-modda. Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya arizani qabul qilish va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish yoxud arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi ajrimni chiqaradi.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi ajrimda sud qarzdor jismoniy shaxsning zimmasiga sudning ajrimi olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddat ichida sudga ushbu Qonunning 198-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holdagi yozma fikrini taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Agar jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ariza qarzdor jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, bu qoida qo‘llanilmaydi.
Sud jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimni;
jismoniy shaxsni bankrot deb topish va jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarorni;
arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorni.
Agar boshqacha holat isbotlanmagan bo‘lsa, quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, jismoniy shaxs to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblanadi:
pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar umumiy summasining o‘n foizidan ko‘prog‘i bunday majburiyatlar bajarilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq vaqt davomida bajarilmaganda;
jismoniy shaxs qarzining miqdori uning mol-mulki qiymatidan ortiq bo‘lganda;
ijroga doir ish yuritishni jismoniy shaxsda mol-mulk mavjud emasligi munosabati bilan tugatish to‘g‘risida qaror mavjud bo‘lganda.
Jismoniy shaxsga nisbatan meros ochilganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish yuritishni merosning taqdiri haqidagi masala hal qilinguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
201-modda. Sud tomonidan arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini joriy etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sudning jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish va uning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi, agar bunday ariza ushbu Qonunning 196-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, agar jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari isbotlangan hamda ushbu Qonunning 200-moddasida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi sodir bo‘lsa, chiqariladi.
Moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
202-modda. Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sudning jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi:
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risida boshqa ish mavjud bo‘lsa;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari yo‘q bo‘lsa;
ushbu Qonun 200-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lmasa;
kreditorning yoki tegishli vakolatli organning arizasida ko‘rsatilgan talablar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ariza berilgan sanada sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa hamda kreditor yoki tegishli vakolatli organ va jismoniy shaxs o‘rtasida da’vo ishi tartibida hal etilishi lozim bo‘lgan huquqqa oid nizo mavjud bo‘lsa.
203-modda. Jismoniy shaxsning garov bilan ta’minlangan talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sudning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarori chiqarilguniga qadar undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi tasdiqlanganidan keyin ushbu reja uchun jismoniy shaxsning mol-mulk garovi bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha ovoz bermagan kreditor undiruvni jismoniy shaxsning garovga qo‘yilgan mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli bo‘lib, bu iltimosnoma, agar undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarishga to‘sqinlik qilishi isbotlanmagan bo‘lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin.
Kreditorlarning jismoniy shaxsning mol-mulk garovi bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish shartlari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida ko‘rsatilishi kerak. Bu shartlar garov bilan ta’minlangan kreditorlar tomonidan ma’qullanadi.
204-modda. Kreditorlar yig‘ilishining jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishga doir mutlaq vakolatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga:
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, qo‘mitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi yoki tasdiqlashni rad etish haqidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritiladigan o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi yoki tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
kelishuv bitimini tuzish haqidagi qarorni qabul qilish kiradi.
205-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud tomonidan jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran:
kreditorlarning pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarziga doir talablarini qanoatlantirishga nisbatan moratoriy joriy etiladi;
kreditorlarning pul majburiyatlari, soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash to‘g‘risidagi talablar (bundan joriy to‘lovlar mustasno), shuningdek mulk huquqini e’tirof etish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish hamda bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydigan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talablar faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin;
jismoniy shaxsning taqiq qo‘yilgan mol-mulkiga nisbatan ilgari belgilangan cheklovlar olib tashlanadi, jismoniy shaxsning mol-mulkiga nisbatan taqiq qo‘yish va uning mol-mulkiga nisbatan boshqa cheklovlar faqat jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish doirasida qo‘llanilishi mumkin;
ijro hujjatlarini, xususan, undiruvni jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratish bo‘yicha ijro hujjatlarini bajarish to‘xtatib turiladi, bundan hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish, mazkur mol-mulkka egalik qilishga doir taqiqlarni olib tashlash, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini tan olish, alimentlarni undirish, shuningdek garovga qo‘yilgan mol-mulkni undirish haqidagi ijro hujjatlari mustasno.
Sud kreditorning yoki moliyaviy boshqaruvchining iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini va jismoniy shaxs manfaatlarini ta’minlashga doir choralar ko‘rishga, shu jumladan jismoniy shaxs mol-mulkining bir qismini tasarruf etishga nisbatan taqiq qo‘yishga, jumladan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish bo‘yicha elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazishga nisbatan taqiq qo‘yishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilining joriy etilishi jismoniy shaxs tomonidan muayyan kreditorning talabi pul shaklida bajarilishini nazarda tutgan shartnomani bajarishni bir tomonlama rad etish uchun asos bo‘ladi. Bunday shartnomalarni bir tomonlama rad etish to‘g‘risida jismoniy shaxsga nisbatan kreditorning talablarini belgilash jarayonida ma’lum qilinishi mumkin.
Agar kredit tashkiloti jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlari va banklardagi omonatlari bo‘yicha, shu jumladan bank kartalaridagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni ushbu moddada belgilangan qoidalarni buzgan holda amalga oshirayotgan bo‘lsa, kredit tashkiloti, agar u jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish joriy etilganligi haqida xabardor qilingan yoki bu haqda bilgan bo‘lsa, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
206-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning vakolatlarini cheklash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish jarayonida qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar yig‘ilishining roziligi bilan quyidagi bitimlarni tuzishi mumkin:
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oshmagan miqdordagi mol-mulkni, qimmatli qog‘ozlarni, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni va transport vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita boshqa shaxsga o‘tkazish yoxud sotib olishga qaratilgan;
ssudalar olish va berish, kreditlar olish, kafilliklar va kafolatlar berish, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzni o‘tkazish, shuningdek jismoniy shaxsning mol-mulkini ishonchli boshqaruvga topshirish haqidagi;
jismoniy shaxsning mol-mulkini garovga berish haqidagi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bitimlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomili joriy etilgan sanadan e’tiboran jismoniy shaxs o‘z mol-mulkini yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki ulush sifatida berishga, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga, shuningdek beg‘araz bitimlarni tuzishga haqli emas, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxs maxsus bank hisobvarag‘ini ochishga va unga qo‘yilgan pul mablag‘larini moliyaviy boshqaruvchining roziligisiz tasarruf etishga haqli. Jismoniy shaxs tomonidan maxsus bank hisobvarag‘iga qo‘yilgan pul mablag‘larini tasarruf etish yuzasidan amalga oshirilgan operatsiyalar summasi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi va sud tomonidan tasdiqlanadi.
Agar kreditorlar yig‘ilishi jismoniy shaxs tomonidan pul mablag‘larini tasarruf etish yuzasidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilamagan bo‘lsa yoki qarzdor jismoniy shaxs belgilangan miqdordan qanoatlanmagan bo‘lsa, bunday miqdor qarzdor jismoniy shaxsning arizasiga ko‘ra sud tomonidan belgilanishi va tasdiqlanishi mumkin.
Sud qarzdor jismoniy shaxsning arizasiga ko‘ra uning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini tasarruf etishga doir eng ko‘p miqdorni ko‘paytirish huquqiga ega.
Qarzdor jismoniy shaxs boshqa hisobvaraqlarga (omonatlarga) qo‘yilgan mablag‘larni moliyaviy boshqaruvchining oldindan berilgan yozma roziligi asosida tasarruf etadi.
207-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish jarayonida qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) kreditor ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan muddat tugagan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini moliyaviy boshqaruvchiga taqdim etishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining loyihasi hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan tanishish tartibi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Agar moliyaviy boshqaruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq shaxsdan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejalarining loyihalarini olgan bo‘lsa, u bunday loyihalarni kreditorlar yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Agar jismoniy shaxsning moliyaviy boshqaruvchisi ushbu moddada ko‘rsatilgan muddat ichida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining birorta ham loyihasini olmagan bo‘lsa, u qarzdor jismoniy shaxs bilan hamkorlikda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini ishlab chiqish choralarini ko‘radi. Agar qarzdor jismoniy shaxs bunday rejani ishlab chiqishga monelik qilayotgan bo‘lsa, qarzdor jismoniy shaxsning moliyaviy boshqaruvchisi kreditorlar yig‘ilishiga jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini joriy etish haqida taklif kiritadi.
Moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini, taqdim etilgan rejaga oid e’tirozlarni va (yoki) uni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni (bunday e’tirozlar mavjud bo‘lganda), shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, kreditorlar reyestrini, qarzdor jismoniy shaxsning moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlarni kreditorlarning birinchi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi shart.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining loyihasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy shaxsning moliyaviy boshqaruvchisi jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi sanasidan kamida besh kun avval sudga o‘z faoliyati haqidagi hisobotni, jismoniy shaxsning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining loyihasi ko‘rib chiqilgan kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasini ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
208-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi taqdim etilgan sanada qarzdor jismoniy shaxs daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak;
jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sanaga qadar jismoniy shaxsni mayda o‘g‘rilik sodir etganligi uchun, mol-mulkni qasddan yo‘q qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash yoxud soxta to‘lovga qobiliyatsizlik yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish tugatilgan bo‘lishi, shuningdek jismoniy shaxsning iqtisodiy sohada qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlanganlik holati olib tashlangan yoki tugatilgan bo‘lishi;
qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi besh yil davomida jismoniy shaxs bankrot deb topilmaganligi va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llanilmaganligi;
ushbu reja taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil davomida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi tasdiqlanmagan bo‘lishi.
Qarzdor jismoniy shaxs kreditorlarni:
mayda o‘g‘rilik, mol-mulkni qasddan yo‘q qilish, unga zarar yetkazish yoki uni shikastlash, to‘lovga qobiliyatsizlik vaqtida g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etilganligi, soxta to‘lovga qobiliyatsizlik yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlik uchun ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari haqida;
jismoniy shaxsga ma’lum bo‘lgan jinoyat ishlari va ma’muriy ishlar haqida, shuningdek sudlanganlik holati olib tashlanganligi yoki sudlanganligi tugatilganligi to‘g‘risida;
ilgari besh yil mobaynida qabul qilingan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini qo‘llash haqidagi qaror yoki uning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi taqdim etilishidan oldingi sakkiz yil ichida qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejalari to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida ko‘rsatiladi.
209-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining mazmuni
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida jismoniy shaxs kreditorlarining talablari, shuningdek talablarni qanoatlantirish tartibi va muddatlari ko‘rsatilishi kerak.
Kreditorlarni va tegishli vakolatli organni jismoniy shaxsning mulkiy holatida jiddiy o‘zgarishlar mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilish tartibi uning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida belgilanadi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini amalga oshirish muddati uch yildan oshishi mumkin emas.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida jismoniy shaxsning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha talablarni garov bilan ta’minlangan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan to‘liq hajmda qanoatlantirish nazarda tutilishi kerak.
Qarzdor jismoniy shaxsning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, shuningdek alimentlar undirish, mehnatga oid va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan, intellektual faoliyat natijalariga ko‘ra muallifga haq to‘lashga doir talablardan kelib chiquvchi to‘lovlar bo‘yicha talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritiladi.
Kreditorlarning va tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish belgilanadi.
Kreditorning va (yoki) tegishli vakolatli organning alohida roziligi bilan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida bunday rozilikni bergan shaxsning talablarini to‘liq bo‘lmagan hajmda qanoatlantirilishi ko‘rsatilishi mumkin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida garov narsasi bo‘lgan mol-mulkni sotish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi qoidalar bo‘lishi mumkin.
210-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga ilova qilinadigan hujjatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
jismoniy shaxs mol-mulkining va mulkiy huquqlarining ro‘yxati;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi sudga taqdim etilishidan oldingi olti oy uchun uning daromad manbalari haqidagi ma’lumotlar;
kreditorlik qarzi, shu jumladan joriy majburiyatlarga doir to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
garovlar reyestrini yuritadigan tashkilotdan olingan kredit hisoboti va jismoniy shaxsning kredit tarixi haqidagi ma’lumotlar;
kreditor yoki tegishli vakolatli organ qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini taqdim etganda, agar jismoniy shaxsning e’tirozlari bo‘lsa, uning arizasi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga uning mol-mulkini va mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘chirma nusxalari ham ilova qilinadi.
211-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini sud tomonidan ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Agar ushbu Qonunning 221-moddasiga muvofiq qanoatlantirilishi kerak bo‘lgan joriy majburiyatlarga doir talablarning, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan birinchi va ikkinchi navbatdagi kreditorlar talablarining to‘liq qanoatlantirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Agar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi ma’qullanmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxs mazkur rejani maromiga yetkazish uchun qo‘shimcha muddat berish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etganda, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishi mumkin.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini maromiga yetkazish uchun sud tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha muddat ikki oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ma’qullanmasa, sud ushbu rejani quyidagi holatlarda tasdiqlashga haqli:
rejani amalga oshirish jismoniy shaxsning barcha kreditorlari talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirish imkonini berganda;
jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijasida, shuningdek uning o‘rtacha olti oylik daromadi miqdori kreditor va tegishli vakolatli organ talablarining kamida ellik foizini qanoatlantirganda.
Ushbu moddada nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
212-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish uchun asoslar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud quyidagi hollarda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, agar:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi ushbu Qonunning 208-moddasi talablariga javob bermasa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida kreditorlarni va tegishli vakolatli organni ushbu shaxsning mulkiy holatida yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar haqida xabardor qilish tartibi belgilanmagan bo‘lsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi ushbu Qonun talablariga muvofiq kreditorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa, bundan ushbu Qonunning 211-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining shartlari ushbu Qonunga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo‘lsa.
213-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud tomonidan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi tasdiqlangan sanadan e’tiboran quyidagi oqibatlar yuzaga keladi:
kreditorlarning rejaga kiritilgan talablari jismoniy shaxsga faqat ushbu rejada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda taqdim etiladi;
kreditorlarning rejaga kiritilmagan talablari jismoniy shaxsga ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin;
kreditorlar reja tasdiqlanganidan keyin o‘zi ko‘rgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida talablar qo‘yishga haqli bo‘lmaydi;
jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini qarama-qarshi talabni o‘zaro hisobga olish yo‘li bilan tugatishga, agar rejada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi;
pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) va boshqa sanksiyalar, shuningdek rejaga kiritilgan, biroq bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan haq to‘lash shartlari bo‘yicha foizlar hisoblanmaydi, bundan joriy to‘lovlar mustasno;
jismoniy shaxs o‘z qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirishning belgilangan rejasiga nisbatan o‘z mulkiy holatining muhim o‘zgarishi to‘g‘risida bunday o‘zgarish yuz bergan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida kreditorni va tegishli vakolatli organni yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jismoniy shaxs mulkiy holatining muhim o‘zgarishi mezonlari uning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida belgilanadi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish muddati davomida qarzdor jismoniy shaxs qarz olish uchun murojaat qilganda, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qarzga olayotganda ushbu reja amalga oshirilganligini yashirishga haqli emas.
Talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilmagan kreditorlar va (yoki) tegishli vakolatli organ mazkur talablarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda rejani tasdiqlash vaqtida taqdim etishga haqli. Kreditorlar talablarining reyestriga kiritilgan bunday talablar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasida nazarda tutilgan umumiy shartlar asosida qanoatlantiriladi.
214-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning tashabbusi bilan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish va mazkur rejani bajarish muddatini uzaytirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxs qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘z qarzlari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish haqidagi takliflarni moliyaviy boshqaruvchiga yuborishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi taklif moliyaviy boshqaruvchi tomonidan olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida mazkur reja unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilishi kerak.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qullash haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kreditorlar yig‘ilishi mazkur reja unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilgan sanadan e’tiboran bir oy ichida moliyaviy boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra kreditorlar yig‘ilishi ushbu o‘zgartishlarni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar ovozlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanishi kerak.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi:
o‘zgartishlar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirda, mazkur rejaga kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqlash haqida;
rejaga kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish muddati kreditorlar yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan bo‘lsa, sud jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ushbu muddatni uzaytirishi mumkin.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini unda ko‘rsatilgan muddat ichida bajarishning imkoni bo‘lmaganligi isbotlansa, sud qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish muddatini kreditorlar yig‘ilishining ma’qullashisiz ko‘pi bilan olti oy muddatga uzaytirishi mumkin.
Sudning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish muddatini uzaytirish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
215-modda. Kreditorlar yig‘ilishining tashabbusiga ko‘ra jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan talablarini mazkur rejaga nisbatan rejalashtirilganidan qisqaroq muddatda va (yoki) ko‘proq muddatda qanoatlantirish imkoniyati;
jismoniy shaxsning mulkiy holati uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi tasdiqlangan sanadagi mulkiy holatiga nisbatan yaxshilanganligi dalillari aniqlanganligi;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritishga doir takliflar.
Kreditorlar yig‘ilishining jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qarori ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Sud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarni jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi iltimosnomani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqlash haqida;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
216-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxs moliyaviy boshqaruvchisi talabiga ko‘ra jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish muddati tugashidan kamida bir oy oldin moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish natijalari to‘g‘risida hisobot tayyorlashi shart.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini bajarish haqidagi hisobot kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan kreditorlarga va tegishli vakolatli organga, shuningdek sudga yuboriladi.
Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan talablari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hisobot ko‘rib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan bo‘lsa yoki hisobot mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa, moliyaviy boshqaruvchi, kreditor yoki tegishli vakolatli organ kreditorlar yig‘ilishini chaqiradi.
Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasiga kiritilgan talablari hisobot ko‘rib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Kreditorlar yig‘ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining bajarilish muddati tugashidan kamida o‘n to‘rt kun oldin o‘tkazilishi kerak.
Hisobot va (yoki) kreditorlar yig‘ilishining jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi, shuningdek kreditorlarning shikoyatlari sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
kreditorlarning rejada nazarda tutilgan talablari qanoatlantirilgan va (yoki) kreditorlarning shikoyatlari asossiz deb topilgan taqdirda, jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarorni.
217-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatadi:
rejada va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning shikoyatlari (arizalari) mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsning kreditorlarni mulkiy holatining muhim o‘zgarishlari to‘g‘risida xabardor qilishga doir majburiyati rejada belgilangan tartibda bajarilmaganda;
kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi rejaga kiritilgan majburiyatlar jismoniy shaxs tomonidan bajarilmaganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kreditor yoki tegishli vakolatli organ jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasiga ushbu arizaning ko‘chirma nusxalari to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasi mazkur ariza olingan sanadan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi shikoyatini (arizasini) ko‘rib chiqish chog‘ida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining shartlariga muvofiq jismoniy shaxs o‘zining kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi aniqlansa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash haqida qaror qabul qiladi.
218-modda. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotishni boshlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risida quyidagi hollarda qaror qabul qiladi, agar:
jismoniy shaxs sud tomonidan ushbu Qonun 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq zimmasiga yuklatilgan majburiyatni uzrli sabablarsiz bajarmagan bo‘lsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasi ushbu Qonunning 207-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo‘lsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini tasdiqlash sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa.
Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili ko‘pi bilan olti oy muddatga joriy etiladi. Zarur bo‘lganda bu muddat to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan ko‘pi bilan uch oy muddatga uzaytirilishi mumkin.
Agar kreditorlar yig‘ilishi tomonidan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini o‘tkazish uchun uning moliyaviy boshqaruvchisi nomzodi taqdim etilmagan bo‘lsa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomilini o‘tkazgan moliyaviy boshqaruvchini tayinlaydi.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan taqdirda, sud jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo‘lgan huquqini vaqtincha cheklash haqida ajrim chiqarishga haqli.
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga bo‘lgan huquqi jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash yoki tugatish haqida, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladigan kunga qadar cheklanadi.
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi talab etiladigan uzrli sabab mavjud bo‘lgan taqdirda, sud jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra hamda kreditorlarning va moliyaviy boshqaruvchining fikrlarini inobatga olgan holda jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo‘lgan huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi ajrimni muddatidan ilgari bekor qilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga bo‘lgan huquqiga vaqtincha cheklov belgilash va uni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimlarning ko‘chirma nusxalari jismoniy shaxsga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga yuboriladi.
(218-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash jarayonida kreditorlarning hamda tegishli vakolatli organning talablari ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim. Kreditor kreditorlarning talablari reyestriga kiritish uchun o‘z talablarini belgilangan muddatda uzrli sabablarga ko‘ra bildirmagan, moliyaviy boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaganligidan yoki reyestrning talablarini qanoatlantirish navbatidan norozi bo‘lgan hollarda sudga murojaat qilishga haqli.
Kredit tashkilotlari jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlanganda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning mavjud omonatlari, hisobvaraqlari va mablag‘lari haqida, shuningdek boshqa mol-mulki hamda bank yacheykasining (seyfning) ijara shartnomasi to‘g‘risida moliyaviy boshqaruvchining so‘rovi asosida axborot taqdim etishi shart.
219-modda. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran jismoniy shaxsning aniqlangan yoki mazkur tartib-taomil boshlanganidan keyin sotib olingan barcha mol-mulki tugatish massasini tashkil etadi, bundan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasida nazarda tutilgan hamda undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno.
Agar undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk tugatish massasiga kiritilgan bo‘lsa, jismoniy shaxsning yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sudning ajrimi bilan bu mol-mulk tugatish massasidan chiqarib tashlanadi. Sudning mazkur ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Jismoniy shaxsning va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra sud qonunchilikka muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni tugatish massasidan chiqarib tashlashga haqli hamda uni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning kreditorlar talablarini qanoatlantirishga aloqasi bo‘lmaydi.
Qarzdor jismoniy shaxsning fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini tashkil etuvchi mol-mulki tugatish massasiga kiritilishi mumkin. Kreditor qarzdor jismoniy shaxsning ulushini umumiy mol-mulkdan ajratish haqida talab qo‘yishga haqli.
Qarzdor jismoniy shaxs bankrot deb topilgan va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan kundan e’tiboran:
tugatish massasini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan barcha huquqlar, shu jumladan uni tasarruf etishga doir huquq jismoniy shaxs nomidan faqat moliyaviy boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
tugatish massasini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan jismoniy shaxs tomonidan (moliyaviy boshqaruvchining ishtirokisiz) tuzilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Jismoniy shaxsning o‘zi (moliyaviy boshqaruvchining ishtirokisiz) shaxsan tuzgan bitimlari bo‘yicha kreditorlarning talablari tugatish massasi hisobidan qanoatlantirilmaydi;
jismoniy shaxsning mol-mulkiga ilgari qo‘yilgan taqiqlar va jismoniy shaxsning mol-mulkini tasarruf etishga doir boshqa cheklovlar olib tashlanadi;
neustoykalarni (jarimalarni, penyalarni) va boshqa moliyaviy sanksiyalarni, shuningdek jismoniy shaxsning barcha majburiyatlari bo‘yicha foizlarni hisoblash tugatiladi, bundan joriy to‘lovlar mustasno.
Qarzdor jismoniy shaxs moliyaviy boshqaruvchisi tayinlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘z egaligidagi barcha mol-mulklarni, shu jumladan bunday mol-mulklar bo‘yicha mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni moliyaviy boshqaruvchisiga topshirishi shart, qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar bundan mustasno. Mazkur majburiyatni bajarishdan bosh tortgan qarzdor jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning nomidan mol-mulkni sotish paytida:
jismoniy shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari hamda omonatlari mablag‘larini boshqaradi;
jismoniy shaxsning banklardagi hamda boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarini ochadi va (yoki) yopadi;
yuridik shaxs ishtirokchisining qarzdor jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan huquqini, shu jumladan ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini amalga oshiradi;
jismoniy shaxsning mulkiy huquqlariga taalluqli bo‘lgan, shu jumladan jismoniy shaxsning mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish yoki qaytarish, uni o‘zga shaxsning egaligidan talab qilib olish haqidagi ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishda ishtirok etadi.
Qarzdor jismoniy shaxs bankrot deb topilgan va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan kundan e’tiboran:
qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkka, shu jumladan ko‘chmas mulkka va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishni yoki boshqa shaxs zimmasiga yuklatishni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat moliyaviy boshqaruvchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxsning ushbu sanaga qadar berilgan arizalari ijro etilmaydi;
qarzdor jismoniy shaxsning majburiyatlarini bajarish maqsadida pul mablag‘larini yoki mol-mulkni kreditorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchinchi shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda berishga yo‘l qo‘yilmaydi, bu mablag‘lar va mol-mulk tugatish massasiga kiritiladi;
qarzdor jismoniy shaxs banklarda va boshqa kredit tashkilotlarida bank hisobvaraqlarini hamda omonatlarni ochishga va ulardan pul mablag‘larini olishga haqli emas, bundan ushbu Qonun 206-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari, agar ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsga nisbatan bankrotlik va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etilganligi to‘g‘risida lozim darajada xabardor qilingan bo‘lsa, qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini tasarruf etishga doir yoxud ular tomonidan jismoniy shaxsga berilgan ishonchnoma, depozit shartnomasi va (yoki) bank hisobvarag‘i shartnomasi, shu jumladan bank kartasi bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay jismoniy shaxs o‘zida mavjud bo‘lgan barcha bank kartalarini (PIN-kodni ko‘rsatgan holda) moliyaviy boshqaruvchiga topshirishi shart. Ular olingan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay moliyaviy boshqaruvchi pul mablag‘larini qarzdor jismoniy shaxsning alohida hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun o‘zi olgan bank kartalari bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘rishi shart.
Ko‘p kvartirali uylarning va (yoki) boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining ulush kiritish asosidagi qurilishida ishtirok etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ulush kiritish asosidagi qurilishda ishtirok etish haqidagi bitimga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tuzilgan shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan jismoniy shaxsning mol-mulki alohida hisobga olinadi va mazkur bitim bo‘yicha talab qilish huquqi tugatish massasiga kiritiladi.
220-modda. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsning mol-mulki xatlovdan va baholashdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran bir oy muddat ichida moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishning tartibi va shartlarini mol-mulkni sotishning boshlang‘ich narxini ko‘rsatgan holda sudga taqdim etishi shart. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartibi, shartlari va muddatlari sud tomonidan tasdiqlanadi hamda qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 126, 127 va 151-moddalarida belgilangan qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartibi, shartlari va muddatlarini tasdiqlash haqida hamda mol-mulkning boshlang‘ich sotish narxini belgilash to‘g‘risida sudning ajrimi chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan mol-mulkka nisbatan sudning alohida ajrimi chiqariladi, uning ijrosi ushbu mol-mulk o‘z hududida joylashgan davlatning protsessual qonunchiligi qoidalariga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining ushbu mol-mulk o‘z hududida joylashgan davlat bilan tuzilgan xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxsning tugatish massasiga kiritilgan mol-mulkini baholash moliyaviy boshqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. O‘tkazilgan baholash yuzasidan jismoniy shaxs, kreditorlar, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda vakolatli bo‘lgan organ tomonidan nizolashilishi mumkin.
Kreditorlar yig‘ilishi qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini baholashni ushbu Qonunga muvofiq baholovchi tashkilotni jalb etgan va ushbu baholashni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun tegishli qaror qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan shaxslar hisobidan haq to‘lagan holda o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli.
Agar kreditorlar yig‘ilishining qarorida yoki sudning ajrimida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning mol-mulki, ushbu mol-mulkning bir qismi mazkur Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotiladi. Garov narsasini sotish ushbu Qonunning 126-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni va (yoki) uchinchi shaxslardan talab qilish huquqini belgilangan tartibda sota olmasa hamda kreditorlar ushbu mol-mulkni yoki talab qilish huquqini o‘z talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish ishlari yakunlangandan keyin uning ushbu mol-mulkni va (yoki) talab qilish huquqini tasarruf etish huquqi tiklanadi. Bu holda tugatish massasini tashkil etuvchi va moliyaviy boshqaruvchi tomonidan sotilmagan mol-mulk dalolatnoma bo‘yicha jismoniy shaxsga topshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning mol-mulkini inventarizatsiya qilish, baholash va sotish haqida jismoniy shaxsni, kreditorlarni hamda tegishli vakolatli organni ularning talabiga ko‘ra xabardor qilishi, shuningdek kreditorlar yig‘ilishida hisobot taqdim etishi shart.
Jismoniy shaxsning eri (xotini) (sobiq eri (xotini)) bilan umumiy mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishning ushbu moddada nazarda tutilgan umumiy qoidalari bo‘yicha sotiladi. Bunday hollarda er (xotin) (sobiq er (xotin)) jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishda umumiy mol-mulkni sotish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ishtirok etishga haqli.
Tugatish massasiga er-xotinning (sobiq er-xotinning) umumiy mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning qarzdor jismoniy shaxsning bunday mol-mulkdagi ulushiga muvofiq bo‘lgan qismi kiritiladi, ushbu mablag‘larning qolgan qismi qarzdor jismoniy shaxsning eriga yoki xotiniga (sobiq eriga yoki xotiniga) to‘lanadi.
Bunda, agar erning yoki xotinning (sobiq erning yoki xotinning) umumiy majburiyatlari mavjud bo‘lsa (shu jumladan solidar majburiyatlar mavjud bo‘lganda yoxud er-xotinning biri boshqasi uchun kafillik yoki garov taqdim etganda), mablag‘larning erga yoki xotinga (sobiq erga yoki xotinga) tegishli bo‘lgan qismi erning yoki xotinning (sobiq erning yoki xotinning) majburiyati qanoatlantirilganidan keyin to‘lanadi.
221-modda. Jismoniy shaxs kreditorlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlarning joriy to‘lovlarga doir talablari jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan talablarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi va bu talablar navbatdan tashqari qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning joriy to‘lovlarga doir talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar to‘lash, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishga oid sud xarajatlari, moliyaviy boshqaruvchiga, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni ta’minlash uchun moliyaviy boshqaruvchi tomonidan jalb etilgan shaxslarga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan joriy to‘lovlar;
ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan joriy to‘lovlar;
uchinchi navbatda — kommunal to‘lovlar, shuningdek ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
to‘rtinchi navbatda — boshqa joriy to‘lovlarga doir talablar qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning joriy to‘lovlarga doir bitta navbatga taalluqli bo‘lgan talablari kalendar navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Kreditorlar talablarining reyestriga kiritilgan talablar quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik bo‘yicha talablar, shuningdek alimentlar undirishga doir talablar;
ikkinchi navbatda — mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar;
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunning 150 va 154-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Garov narsasini sotishdan tushgan pul mablag‘lari kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirishga yo‘naltiriladi. Garovga qo‘yilgan mulk sotilganidan keyin kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari to‘liq qanoatlantirilganidan so‘ng qolgan qismi tugatish massasiga kiritiladi.
Garov narsasining qiymati hisobidan qanoatlantirilmagan, jismoniy shaxsning mol-mulki garovi bilan ta’minlangan majburiyatlar kreditorlarning uchinchi navbatdagi talablari tarkibida qanoatlantiriladi.
Agar qarzdorning barcha mol-mulki garov bo‘lsa va (yoki) qarzdorning mol-mulklari kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, garov narsasini sotishdan tushgan pul mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
kreditorning birinchi va ikkinchi navbatdagi talablarini qanoatlantirish uchun, biroq pul mablag‘larining o‘n foizdan ortiq bo‘lmagan qismi doirasida;
moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash, boshqaruvchi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga haq to‘lash va garov narsasini sotish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek sud xarajatlarini hamda boshqa joriy to‘lovlarning o‘rnini qoplash, biroq pul mablag‘larining o‘n foizdan ortiq bo‘lmagan qismi doirasida qoplash uchun;
qolgan pul mablag‘lari kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirishga yo‘naltiriladi.
Kreditorlarning jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli qanoatlantirilmagan talablari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
222-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tamomlash va jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin moliyaviy boshqaruvchi sudga jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni, jismoniy shaxsning mol-mulki sotilganligini va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari miqdorini ko‘rsatgan holda kreditorlarning talablari reyestrini taqdim etishi shart.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish yakunlari haqidagi hisobotni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablarini, shu jumladan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etilayotganda kreditorlarning bildirilmagan talablarini bajarish majburiyatidan ozod etiladi (bundan buyon matnda jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish deb yuritiladi).
Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlarga, shuningdek jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganligi haqida xabardor bo‘lmagan yoki xabardor bo‘lishi mumkin bo‘lmagan kreditorlarning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda jismoniy shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikni vujudga keltirganligi yoki to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirganligi uchun ushbu shaxsni jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati mavjud bo‘lsa;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligini ko‘rib chiqayotgan sudga jismoniy shaxs zarur ma’lumotlarni taqdim etmaganligi yoki bila turib soxta ma’lumotlar taqdim etganligi dalillari aniqlangan va bu dalillar jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida qabul qilingan tegishli sud hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa;
kreditorning yoki tegishli vakolatli organning talablari yuzaga kelgan yoki bajarilayotgan davrda qarzdor jismoniy shaxsning qonunga xilof harakatlari, shu jumladan firibgarlik, qarzlarni to‘lashdan asossiz ravishda bo‘yin tovlash, soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, shuningdek kredit olayotganda kreditorga bila turib soxta ma’lumotlar taqdim etish, mol-mulkni yashirish yoki qasddan yo‘q qilish isbotlangan bo‘lsa.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda sud jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risidagi ajrimda jismoniy shaxsga nisbatan majburiyatlarni bajarishdan ozod etish haqidagi qoida qo‘llanilmasligini ko‘rsatadi, agar ushbu hollar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish tamomlanganidan keyin aniqlangan bo‘lsa, sud qarzdor jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qo‘llanilmasligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Kreditorlarning joriy to‘lovlarga doir, hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablari, mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan (shu jumladan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda berilmagan) da’volar o‘z kuchida qoladi hamda ularning qanoatlantirilmagan qismi bo‘yicha jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish tamomlanganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili tamomlanganidan keyin sud kreditorlarning ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan qanoatlantirilmagan talablariga qonunchilikda belgilangan tartibda ijro varaqasini beradi.
jismoniy shaxsni subsidiar javobgarlikka tortilgan mas’ul shaxs sifatida jalb etish to‘g‘risidagi;
jismoniy shaxs tomonidan uning kollegial organlarining ishtirokchisi yoki a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsga qasddan yoki beparvolik oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi;
jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar moliyaviy boshqaruvchi tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qasddan, beparvolik oqibatida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi;
jismoniy shaxs tomonidan o‘zganing mol-mulkiga qasddan yoki beparvolik oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi;
ushbu Qonun talablariga muvofiq haqiqiy emas deb topilgan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi talablarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
223-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni qayta tiklash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki yashirilganligi yoki jismoniy shaxsning mol-mulki qonunga xilof ravishda uchinchi shaxslarga berilganligi dalillari aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomili jarayonida talablari qanoatlantirilmagan kreditor yoki tegishli vakolatli organ sudga to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishga haqli.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrim ushbu ajrim chiqarilgan sanada kreditorga yoki tegishli vakolatli organga ma’lum bo‘lmagan yangidan ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kreditor yoki tegishli vakolatli organ ushbu moddada belgilangan asoslarga ko‘ra jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani sud tomonidan mazkur ajrimni qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran bir oy ichida berishga haqli.
Sudning jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimini bekor qilish to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos bo‘ladi. Sud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqida ajrim chiqaradi, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishni yuritish qayta tiklanganda uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqidagi xabarni e’lon qilish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritish qayta tiklanganda, jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrim bekor qilingan kundan e’tiboran to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili tamomlanguniga qadar kreditorlarning talablari reyestridagi qanoatlantirilmagan qarzning bir qismi tiklanadi. Boshqa kreditorlar yoki tegishli vakolatli organ o‘z talablarini ushbu Qonunda belgilangan tartibda bildirish huquqiga ega.
Kreditorlar va (yoki) tegishli vakolatli organ talablarining tarkibi va miqdori jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish yuritish qayta tiklangan sanaga ko‘ra aniqlanadi.
224-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni tamomlash oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Jismoniy shaxsga nisbatan mol-mulkni sotish tartib-taomili tamomlangan yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilgan sanadan e’tiboran besh yil ichida ushbu shaxs o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganligi haqidagi faktni ma’lum qilmasdan turib o‘z zimmasiga kredit shartnomalari va (yoki) qarz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilishga haqli emas.
Jismoniy shaxsga nisbatan mol-mulkni sotish tartib-taomili tamomlangan yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilgan sanadan e’tiboran besh yil ichida ushbu jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas.
Besh yil davomida jismoniy shaxs kreditorning yoki tegishli vakolatli organning arizasi asosida takroran to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan taqdirda, jismoniy shaxsga nisbatan ushbu Qonun 222-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish to‘g‘risidagi qoida qo‘llanilmaydi.
Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili tamomlanganidan keyin sud to‘lov muddati yetib kelgan, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan talablar bo‘yicha ijro varaqasini qonunchilikda belgilangan tartibda beradi.
225-modda. Kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.10.00 Kelishuv bitimi]
Kelishuv bitimini tuzish jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish uchun asos bo‘ladi.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishni yuritish jarayonida tuzilgan kelishuv bitimi tegishli vakolatli organning va (yoki) kreditorlarning kreditorlar talablari reyestriga kelishuv bitimini tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanada kiritilgan talablariga nisbatan tatbiq etiladi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv bitimi tuzilgan taqdirda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasining bajarilishi, shuningdek kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriyning amal qilishi tugatiladi.
Kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilganda:
moliyaviy boshqaruvchining vakolatlari tugatiladi;
jismoniy shaxs yoki kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni to‘lashga kirishadi.
Kelishuv bitimining shartlari buzilganligi munosabati bilan to‘lovga qobiliyatsizlik haqidagi ish yuritish qayta tiklangan taqdirda, jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi.
226-modda. Qarzdor jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimni bajarishdan bo‘yin tovlashning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza moliyaviy boshqaruvchi tomonidan ushbu Qonunning 63, 64 va (yoki) 65-moddalariga asosan sudga o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga binoan, shuningdek kreditor yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi arizani berish huquqi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish tartib-taomili joriy etilgan sanadan e’tiboran ushbu Qonunning 63, 64 va (yoki) 65-moddalariga asosan yuzaga keladi.
Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha er-xotinning umumiy mol-mulkiga nisbatan qarzdor jismoniy shaxsning eri (xotini) tomonidan tuzilgan bitimlarning haqiqiy emasligi haqidagi ariza oila to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra beriladi.
15-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi
227-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligini tartibga solish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan mazkur Qonunning 1, 2, 4 va 5-boblari qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu bobning qoidalari avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan majburiyatlar munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi munosabatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
228-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari va uni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bajarilmasa hamda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz ekanligining alomatlari bo‘ladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, kreditor, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin, bundan hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar bildiradigan kreditorlar mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomili amalga oshirilayotganda kreditorlar hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar yuzasidan o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qo‘llanilayotganda taqdim etilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritish tamomlanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
229-modda. Qarzlarni to‘lash rejasi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizasiga qarzlarni to‘lash rejasi ilova qilinishi mumkin bo‘lib, rejaning ko‘chirma nusxasi kreditorlarga va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuboriladi.
Kreditorlarning e’tirozlari bo‘lmagan taqdirda, sud qarzlarni to‘lash rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni ko‘pi bilan ikki oy muddatga to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Qarzlarni to‘lash rejasi:
qarzni to‘lash manbalarini;
rejani amalga oshirish muddatini;
qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan summalar miqdorlarini;
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish nazarda tutilgan summalar miqdorlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda qarzlarni to‘lash rejasini o‘zgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini, qarzdorga yoki uning oila a’zolariga iste’mol uchun har oyda qoldiriladigan summalar miqdorlarini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni to‘lash rejasini bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari to‘liq hajmda qanoatlantirilgan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilishi lozim.
230-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish massasiga kiritilmaydigan mol-mulklari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulklari tugatish massasiga kiritilmaydi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan nolikvid bo‘lgan mol-mulkini yoxud realizatsiya qilinishidan olingan daromad kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga jiddiy ta’sir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-mulkning ro‘yxati sud tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
231-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bitimlarining haqiqiy emasligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z mol-mulkini boshqa shaxsga o‘tkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqacha usulda berish bilan bog‘liq bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Kreditorning talabiga ko‘ra sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydigan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qo‘llaydi.
232-modda. Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish bilan bir vaqtda uning mol-mulkini xatlaydi, bundan qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning pul majburiyatlari bajarilishining asoslangan kafilligi yoki kafolatlangan boshqa ta’minoti uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan taqdirda, sud mazkur qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra uning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishilishi uchun to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishni qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan bir oyga kechiktirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan fuqaroga nisbatan meros ochilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritishni meros taqdiri haqidagi masala hal etilguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligi dalillarini taqdim etmagan va belgilangan muddatda kelishuv bitimi tuzilmagan bo‘lsa, sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.
233-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran:
qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddatlari boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoykalar (jarima, penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv bekor qilinadi, bundan alimentlar undirish haqidagi talablarga oid, shuningdek hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablarga oid ijro hujjatlari mustasno.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorni barcha ma’lum bo‘lgan kreditorlarga kreditorlar tomonidan talablar taqdim etiladigan muddatni ko‘rsatgan holda yuboradi, bu muddat bir oydan oshmasligi kerak. Sudning ushbu qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ushbu tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun unga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi.
Sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi qarorning ko‘chirma nusxasini ushbu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organga va litsenziyalovchi organga yuboradi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish chog‘ida qo‘llanilmaydi.
234-modda. Sudning bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorini bajarish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga yuboriladi. Ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kiritilmaydigan mol-mulkdan tashqari quyidagilar sotilishi lozim:
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning barcha mol-mulki;
yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan qarzdor jismoniy shaxsning o‘zining avvalgi tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan mol-mulki. Bunda jismoniy shaxs mol-mulkining uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatida olingan mol-mulk jumlasiga taalluqliligi yoki avvalgi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq emasligi sud tomonidan belgilanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqarish zarur bo‘lganda sud mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu holda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvarag‘idagi va bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larining qoldig‘i, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, shuningdek naqd pul mablag‘lari qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sudning depozit hisobvarag‘iga kiritiladi.
235-modda. Kreditorlarning talablarini ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Sud kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni ushbu Qonun 233-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra sud kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibi va miqdori haqida ajrim chiqaradi.
236-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishdan oldin sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilgan pul mablag‘lari hisobidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish va sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi qarorini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanadi, fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlarni qoplash haqidagi talablari qonunchilikka muvofiq qanoatlantiriladi.
Kreditorlarning talablari quyidagi navbatda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — alimentlar undirish haqidagi talablar, shuningdek mehnatga haq to‘lashga oid va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lashga oid hisob-kitoblarni nazarda tutadigan talablar;
ikkinchi navbatda — soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha talablar, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarining garovga qo‘yilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli bo‘lmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzga oid qismi va kreditorlarning garov bilan ta’minlanmagan talablari;
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Har bir navbat talablari oldingi navbatdagi talablar to‘liq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.
Agar sudning depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, bu mablag‘lar tegishli navbatdagi kreditorlar o‘rtasida ular talablarining summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
237-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni majburiyatlardan ozod etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili tamomlanganda qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning talablarini kelgusida bajarishdan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
kreditorlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablari;
alimentlarni undirish haqidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega boshqa talablar;
sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan talablar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish tartib-taomili amalga oshirilganda bildirilmagan talablar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida bildirilmagan boshqa talablar.
Bajarilishdan ozod etilmagan talablar o‘z kuchini saqlab qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomili tamomlanganidan keyin tegishincha to‘liq hajmda yoki ularning qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
238-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatish to‘g‘risida o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar ko‘rilishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
239-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
Sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari qo‘llanilmaydi.
Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga nisbatan o‘z talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi e’lon chiqarilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddatda taqdim etishga haqli.
240-modda. Yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsizlik tartibida tugatishni rad etish oqibatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
Ushbu Qonun 238-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Ushbu Qonun 238-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yig‘imlari yuzasidan qanoatlantirilmagan talablar bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
241-modda. Hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risida ariza berishning o‘ziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
O‘z faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir bo‘lmagan va ularning joylashgan yerini (yashash joyini) aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, hozir bo‘lmagan qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qat’i nazar, kreditor, vakolatli davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan berilishi mumkin.
242-modda. Hozir bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.13.00 Soddalashtirilgan bankrotlik jarayoni]
Sud hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani o‘z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hozir bo‘lmagan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishda kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari qo‘llanilmaydi.
Sudning qarori vakolatli davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qaror olingan kundan e’tiboran bir haftalik muddatda sudga tugatish boshqaruvchiligiga nomzodni taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarni hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotligi haqida yozma shaklda xabardor qiladi, ular xabarnomani olgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda tugatish boshqaruvchisiga o‘z talablarini taqdim etishi mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi hozir bo‘lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini tugatish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy tartib-taomillariga o‘tish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
17-bob. Yakunlovchi qoidalar
243-modda. To‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatlar deganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlarning yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bog‘liq qoidabuzarliklar tushuniladi.
G‘ayriqonuniy harakatlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
qarzdorning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yo‘q qilish, buzib ko‘rsatish, soxtalashtirish;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablag‘larini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvni kiritmaslik;
qarzdorning kreditga olingan va haqi to‘lanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yo‘q qilish, garov sifatida kiritish;
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini oshirish;
aylanma mablag‘larni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadida qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish;
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar ko‘rishi hisobiga afzalroq qanoatlantirish, shunday qanoatlantirishga rozilik berish;
qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan qochish maqsadida qasddan o‘zini o‘zi tugatish.
244-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
245-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
246-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qismlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 130-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 1055-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 131-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 281-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda) VI bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 485-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda) X bo‘limi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 7-bandi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 668-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 168-modda);
7) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) X bo‘limi;
8) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 82-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) XIV bo‘limi;
9) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 8-bandi;
10) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 474-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda);
11) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 110, 111, 133 va 135-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-15-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda);
12) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 8-moddasi;
13) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-199-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 10-moddasi;
14) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 7-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-206-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 133-modda) 1-moddasi;
15) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-216-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda) 5-moddasi;
16) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrda qabul qilingan “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-257-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 337-modda) 3-moddasi;
17) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-300-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 270-modda);
18) O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Soliq va budjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-343-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 334-modda) 1-moddasi;
19) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-372-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 130-modda) 6-moddasi;
20) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-373-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 6-moddasi;
21) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-381-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 6-moddasi;
22) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 4-moddasi;
23) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-446-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 17-moddasi;
24) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-448-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 10, 605-modda) 3-moddasi;
25) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-455-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 773-modda) 1-moddasi;
26) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-463-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 5-modda) 1-moddasi;
27) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martda qabul qilingan “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-531-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 3, 166-modda) 1-moddasi;
28) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-572-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 671-modda) 2-moddasi;
29) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-586-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 14-moddasi;
30) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-594-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 888-modda);
31) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 44-moddasi.
247-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
248-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
249-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 14-bobi 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV