1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida
Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar uygʻun muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini taʼminlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega boʻlish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiligi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron boʻlishdan, yoʻq boʻlib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
3-modda. Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yoʻlida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
tabiat obyektlari bilan bogʻliq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.13.00 Ekologik taʼlim va tarbiya;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xoʻjaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xoʻjalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
insonning yashash muhiti boʻlmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida gʻamxoʻrlik qilish;
fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega boʻlish huquqini taʼminlash, barcha turdagi taʼlim muassasalarida ekologiya oʻquvining majburiyligi;
jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uygʻunlashtirish;
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq toʻlash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq toʻlamaslik;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgar boʻlish.
(4-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62 va 68-moddalari, mazkur Qonunning V boʻlimi
6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yoʻsinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va oʻzga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.
II. DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARINING TABIATNI MUHOFAZA ETISHGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oʻzbekiston Respublikasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish hamda uning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
fuqarolarning qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqlarini amalga oshirish, shuningdek ekologik osoyishtalikni taʼminlash choralarini koʻrish;
tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solishga doir faoliyatni tashkil etish;
tabiiy resurslarning davlat kadastrlari yuritilishi tartibini belgilash va ushbu kadastrlarning yuritilishini taʼminlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
favqulodda ekologik vaziyatlarning va ekologik ofatlarning, ekologik jihatdan xavf tugʻdiradigan vaziyatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun haq toʻlash, atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash;
ekologik taʼlim va tarbiya tizimini yaratish, shuningdek uning amalga oshirilishini taʼminlash;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xoʻjalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiradi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz hududida mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tabiatni muhofaza qilish sohasida:
oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tabiiy resurslarni hisobga oladi va ularning holatiga baho beradi, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga oladi;
tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlaydi;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik davlat obyektlari faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq maxsus vakolatli davlat organlariga takliflar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi.
Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
yer, yer osti boyliklarini, suv, oʻrmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
(11-modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni taʼminlashni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulk shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.07.00 Ayrim mintaqalarning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizligini taʼminlash]
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi oʻz salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, oʻz salomatligini atrof muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
13-modda. Tabiatni muhofaza qilish jamoat birlashmalarining vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qoʻyiladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10 — 12-moddalari.
IV. ATROF TABIIY MUHIT SIFATINI NORMATIVLAR BILAN TARTIBGA SOLISH
14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik meʼyorlash]
Xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli taʼsiri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi.
Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi.
15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
Ekologik normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etiladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
V. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha talablar]
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi:
qazib olishda yer osti boyliklari va foydali qazilmalar hamda ularga qoʻshilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanish taʼminlansa, shuningdek atrof-muhit va yer qaʼri ifloslanishining oldi olinsa;
foydali qazilmalarni qazib olish chogʻida holati oʻzgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanilsa;
yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;
foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari boʻyicha, shuningdek mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlsa;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud boʻlsa yoki yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim mavjud boʻlsa;
(18-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil boʻladigan va sigʻdiradigan jinslar agʻdarmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli taʼsir koʻrsatishi taʼminlangan holda joylashtirilsa.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
19-modda. Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativda koʻrsatilgan darajada tozaligini taʼminlash, suv oʻsimliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarining ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari hamda suv xoʻjaligi organlari daryo irmoqlari hosil boʻladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni koʻpaytirishlari hamda ularning saqlanishini taʼminlashlari shart.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
20-modda. Atmosfera havosidan foydalanish shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Atmosfera havosi deyilganida Oʻzbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo boʻshligʻi tushuniladi. Havodan foydalanishga muayyan hudud havosining sifatini oʻzgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki siyraklashtirmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-son “Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xalqaro bitimga muvofiq vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari va kelgusida batamom toʻxtatishlari shart.
21-modda. Jonli tabiat obyektlaridan foydalanish shartlari
Jonli tabiat deyilganida tabiiy oʻsimliklar, shu jumladan oʻrmon, tabiatda erkin yashaydigan hayvonlar va boshqa jonli organizmlar tushuniladi.
Jonli tabiat obyektlaridan:
ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash;
ularning xilma-xil turini va toʻdalarining barqarorligini saqlash;
atrof tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan foydalaniladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda olib boriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hal qiladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
23-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etish
Tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan foydalanuvchi tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologiya ekspertizasi xoʻjalik qarori qabul qilinishidan oldin oʻtkazilishi shart boʻlgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiridir.
Davlat ekologiya ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
25-modda. Davlat ekologiya ekspertizasining obyektlari
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarni roʻyobga chiqarish man etiladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
27-modda. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga koʻra ularning mablagʻlari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni taʼminlash maqsadida atrof-muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek aytib oʻtilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻz kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart.
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringi doirasida ifloslantiruvchi manbalarda oʻrnatiladigan avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritishi shart.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Atrof-muhitning monitoringini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;
(29-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandni g kichik bandining 2 bandi.
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlash.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
30-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir boʻlayotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning oʻsimlik va hayvonot dunyosiga taʼsiri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi axborot ochiq-oshkora yoʻsinda boʻlib, uning asosiy koʻrsatkichlari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari tomonidan eʼlon qilish uchun muntazam berib boriladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari falokatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativda belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar toʻgʻrisida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
Tabiiy resurslarning miqdor, sifat va boshqa xil koʻrsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yuritiladi.
Atrof tabiiy muhit holatiga zararli taʼsir qiladigan yoki nomaqbul tarzda taʼsir etishi mumkin boʻlgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, chiqindilarning hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
(30-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi tartibi, davlat tabiiy resurslar kadastrlarini, atrof muhitga zararli taʼsir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat subyektlarining vakolatlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
VIII. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNI TAʼMINLASHNING IQTISODIY CHORA-TADBIRLARI
33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun toʻlov undirishni;
ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun utilizatsiya yigʻimi (bundan buyon matnda utilizatsiya yigʻimi deb yuritiladi) undirishni;
(33-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va oʻzga imtiyozlar berishni;
ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qoʻllanganlik va oʻzga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan oʻzga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olishni;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni;
tabiat obyektlarini buzish yoki yoʻq qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni;
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikning normativ-texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar boʻyicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan toʻliq yoki qisman mahrum etishni;
(33-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun ragʻbatlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilashni;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, meʼyorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy ragʻbatlantirishni qoʻllanishni;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori koʻrsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy ragʻbatlantirish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda qoʻllaniladi.
(33-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlardan utilizatsiya yigʻimidan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) hamda issiqxona gazlari ajratmalari uchun kompensatsiya toʻlovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlardan iborat boʻladi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara toʻlovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-son “Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, koʻrsatgan xizmatlarining) tannarxiga qoʻshiladi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va oʻzgacha tarzda nooqilona maxsus foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxsning daromadidan (foydasidan) undiriladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlov Davlat budjetiga tushadi.
Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilar joylashtirganlik, shuningdek, issiqxona gazlari ajratmalari uchun kompensatsiya toʻlovlarining summalari Ekologiya jamgʻarmasiga tushadi.
(34-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Utilizatsiya yigʻimi summalari daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 16-fevraldan kuchga kiradi)
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi, bundan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hamda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik uchun toʻlovlar va ularni koʻchirib oʻtqazish bilan bogʻliq majburiyatlardan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar mustasno.
(34-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik, shuningdek issiqxona gazlari ajratmalari uchun kompensatsiya toʻlovlaridan hamda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik, koʻchirib oʻtqazganlik uchun kompensatsiya tarzida ekishdan ozod qilish qonun bilan belgilanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlaganlik, shuningdek yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganligi yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(34-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-maydagi OʻRQ-1143-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-avgust)
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targʻibot va maʼrifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Ekologiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ekologiya jamgʻarmasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
36-modda. Ekologiya sugʻurtasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sugʻurta qilinadi.
Ekologiya sugʻurtasining tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilab qoʻyiladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
37-modda. Tabiatni muhofaza qilish tizimidagi ragʻbatlantirish
Tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirida ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash;
(37-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.
(37-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
IX. FAVQULODDA EKOLOGIYA VAZIYATLARI
38-modda. Falokatlarni va ularning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etish
Falokat sodir boʻlgan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotlar favqulodda ekologiya vaziyatlariga moʻljallangan oʻz harakat rejalariga muvofiq falokatni bartaraf etishga darhol kirishishlari shart. Ayni vaqtda ular falokat haqida va uni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga, shuningdek bunday falokatlarning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan xizmatlarga darhol xabar qiladilar.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
39-modda. Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.06.00 Favqulodda ekologiya vaziyatlari va ekologiya ofati mintaqalari]
Xoʻjalik faoliyati va boshqa yoʻsindagi faoliyat, tabiat stixiyali kuchlarining vayron etuvchi taʼsiri yoxud roʻy bergan falokat yoki halokat natijasida muayyan hududlarning, shu jumladan suv va havo boʻshligʻining atrof tabiiy muhitda inson salomatligiga, tabiiy ekologiya tizimlarining, oʻsimlik va hayvonlar genetik fondlarining holatiga tahdid soluvchi barqaror salbiy oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan qismi favqulodda ekologiya vaziyati mintaqalari deb eʼlon qilinadi.
Muayyan hududning tabiat muvozanati, tabiiy ekologiya tizimlari buzilishi bilan bogʻliq holda tabiiy muhitda barqaror yoki tuzatib boʻlmas oʻzgarishlar roʻy bergan yoki roʻy berayotgan qismi ekologiya ofati mintaqalari deb eʼlon qilinadi.
Favqulodda ekologiya vaziyati yoki ekologiya ofati mintaqalari deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartibda qabul qilinadi.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizom.
Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar toʻxtatib qoʻyiladi, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
40-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar deganda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan birinchi darajali xavfli moddalar jumlasiga kiritilgan oʻta zaharli, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va boshqa moddalarni saqlash, tashish va ulardan foydalanish chogʻida atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shikast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi tahdidi bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlar tushuniladi.
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tugʻdiradigan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining idoralari tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistral yoʻllari boʻylab alohida huquqiy tartib oʻrnatadilar.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
X. XOʻJALIK FAOLIYATI VA BOSHQA YOʻSINDAGI FAOLIYATGA DOIR EKOLOGIYA TALABLARI
41-modda. Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish va ularni tugatishga doir ekologiya talablari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, kengaytirish va texnika bilan qayta uskunalash, ulardan foydalanish va ularni tugatish chogʻida ekologiya xavfsizligi talablari bajarilmogʻi, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari nazarda tutilmogʻi lozim.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, ayrim shaxslar chiqitsiz va kamchiqit texnologiyalarni joriy etishlari, chiqindilarning hosil boʻlishini kamaytirishlari, ularni zararsizlantirishlari va qayta ishlashlari, chiqindilarni navlarga ajratish, toʻplash, koʻmib tashlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishlari shart.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Faoliyati atrof tabiiy muhitga ancha zararli ekologik taʼsir etishi mumkin boʻlgan yirik xalq xoʻjalik obyektlarini rivojlantirish va joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ekologiya talablariga javob bermaydigan obyektlarni foydalanishga topshirish man etiladi.
42-modda. Radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlatish paytidagi ekologiya talablari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qoʻllash, zararsizlantirish hamda koʻmib tashlash chogʻida ekologiya talablariga, belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qoʻllashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishlari, mazkur normativlardan oshib ketilgani taqdirda radiatsiya va kimyoviy xavfsizlikni taʼminlash idoralarini darhol xabardor etishlari shart.
Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni koʻmib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlganda, davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik taʼsirlardan muhofaza qilish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektrmagnit maydonlarining va zararli fizik taʼsirlar koʻrsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
(43-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
44-modda. Tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik taʼsirlardan muhofaza qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
Tabiatga zararli biologik taʼsir oʻtkazayotgan yoki oʻtkazishi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bunday taʼsir oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Yangi mikroorganizmlar, viruslar va shakllar hosil qilishga va foydalanishga, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishga faqat davlat sanitariya nazorati organlarining ijobiy xulosasi boʻlganidagina ruxsat etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga koʻra fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda koʻmib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega boʻlmagan, shuningdek ularda belgilangan talab koʻrsatkichlaridan chetlangan holda xom ashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ham oʻtkaziladi.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ekologik sertifikatlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
XI. TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK, TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID NIZOLARNI HAL QILISH
(XI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
47-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(47-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Tubandagi hollarda:
tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chogʻida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qoʻyilgan ekologiya sigʻimini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;
tabiiy boyliklardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan toʻlovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli taʼsir koʻrsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashdan bosh tortganlikda;
(47-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda;
atrof tabiiy muhitni tiklash, unga boʻladigan zararli taʼsir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini koʻrmaganlikda;
tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning koʻrsatmalarini bajarmaganlikda;
chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va koʻmib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;
(47-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa oʻz huquq va vazifalarini roʻyobga chiqarishlariga toʻsqinlik qilganlikda;
atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzganlikda;
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida oʻz vaqtida va toʻgʻri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan intizomiy, maʼmuriy, jinoiy va boshqa yoʻsindagi javobgarlikka tortiladilar.
(47-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIV bobi.
48-modda. Atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, tugatish va oʻzgartirish
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlarning inson salomatligiga yoki yashash sharoitiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli taʼsir etgan yoki bunday taʼsir etish xavfi tugʻilgan taqdirda ularning faoliyati cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir etish sabablarini bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda esa tugatilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Bunday obyektlarning faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish, tugatish yoki oʻzgartirish hamda ayni vaqtda ularni pul bilan taʼminlashni toʻxtatish xususidagi qarorlarni davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, oʻz vakolatlariga muvofiq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari chiqaradilar. Koʻrsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
49-modda. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzish oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati
(49-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foyda oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplashlari shart.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlikda ayblanayotganlarning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi ularni atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-maydagi OʻRQ-1143-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-avgust)
50-modda. Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
Tabiatdan maxsus ravishda foydalanishni oqilona amalga oshirmaganlik, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni, chiqindilarni joylashtirishni normativ va limitlarda belgilanganidan koʻpaytirib yuborganlik uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq oshirilgan soliq solinishi kerak.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Tegishli hollarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlarining qaroriga muvofiq aytib oʻtilgan qoidabuzarliklarning sabablariga barham berilgunga qadar yuridik va jismoniy shaxslarning xoʻjalik faoliyatini pul bilan taʼminlash toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Koʻrsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
501-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar
Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritmaganlik, toʻliq kiritmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumot kiritganlik uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima tarzida moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiya yuridik shaxslar aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olganda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qoʻllaniladi, nizo mavjud boʻlgan hollarda yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining qarorini olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida moliyaviy sanksiya summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamagan hollarda, moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi.
(501-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
51-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzish oqibatida zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning javobgarligi
(51-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan chiqimdor boʻlishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan moddiy javobgar boʻladilar.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi.
52-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni toʻxtatish xususidagi daʼvo talablari
Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Sudning ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori aytib oʻtilgan faoliyatni pul bilan taʼminlashni toʻxtatish uchun asos boʻladi.
53-modda. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalar
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.11.00 Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish]
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomada ushbu Qonundagidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida birmuncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno.
(53-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
XII. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABIATDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNI SODIR ETGANLIK UCHUNMOLIYAVIY SANKSIYALAR
54-modda. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning uch baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
55-modda. Suvlarni ifloslantirganlik, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik
Suvlarni ifloslantirganlik, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
56-modda. Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik, shuningdek ularni muhofaza qilish choralarini koʻrmaganlik
Daraxtlarni va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ularga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlariga nisbatan sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitga yetkazilgan zararning oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
57-modda. Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik
Ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlaganlik uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining ikki baravari, III toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — toʻrt baravari, II toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — olti baravari, I toifasiga mansub yuridik shaxslarga nisbatan — oʻn baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
58-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzganlik yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining uch baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
59-modda. Yoqilgʻini, moddalarni, materiallarni va chiqindilarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqqanlik, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻi sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqqanlik va shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqqanlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
60-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
61-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchunmoliyaviy sanksiyalar qoʻllash tartibi
Ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslarga nisbatan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari asosida qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslar ushbu Qonunning 54 — 60-moddalarida nazarda tutilgan, sodir etilgan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan taqdirda, moliyaviy sanksiya Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan qoʻllaniladi, nizo mavjud boʻlgan taqdirda yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddatda moliyaviy sanksiya summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamagan hollarda, moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tartibida hal etiladi.
Moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(XII bob Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 4-maydagi OʻRQ-1143-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-avgust)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
754-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son; 04.05.2026-y., 03/26/1143/0450-son)