toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni o‘zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijro etish organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 26-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi, 27-modda birinchi qisminingo‘n oltinchi xatboshisi, 55-modda, 116-moddaning beshinchi qismi hamda 15-bobi.
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.
4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining ta’minlanishi
Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lsa, pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro hujjatida bayon etilgan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘i yo‘qligi sababli ko‘rsatilgan talablar to‘la yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qo‘yadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos bo‘ladi.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Jarima miqdori mazkur Qonunning 81-moddasida belgilangan.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 81-moddasi.
5-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-151-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
3) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
31) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
4) alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
5) notariuslarning ijro xatlari;
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
7) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) hakamlik sudining qarorlari;
(5-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
(5-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
(5-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
(5-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Boshqa davlatlar sudlarining qarorlarini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga chet el arbitrajlarining qarorlarini ijro qilish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli qarori bilan 1958-yil 10-iyundagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi Nyu-York Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli “1958-yil 10-iyundagi xalqaro hakamlik qarorlarini ijrosini ta’minlash va ularni tan olish bo‘yicha Nyu-York konvensiyasiga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
7-modda. Ijro hujjatlari
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
1) sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;
Oldingi tahrirga qarang.
11) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari asosida mazkur sud kotibi tomonidan beriladigan ijro varaqalari;
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
(7-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-1089-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;
4) sud buyruqlari;
5) alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
6) notariuslarning ijro xatlari;
7) mehnat nizolari komissiyalari o‘z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;
8) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
9) o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
10) davlat ijrochilarining qarorlari;
(7-moddaning birinchi qismi 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
(7-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent xalqaro tijorat sudining xorijiy tildagi qarorlari asosidagi ijro varaqasi mazkur sud kotibi tomonidan qarorni davlat tiliga tarjima qilgan holda beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Bunda ijro varaqasi Toshkent xalqaro tijorat sudi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda, elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi.
8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
Ijro hujjatida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;
2) ijro hujjatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi shart bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
(8-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘ining hamda alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi, Oila kodeksining 17-bobi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 79-moddasiga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi, Oila kodeksining 17-bobi va O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 79-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi
Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:
turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatning rezidenti bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning o‘rinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlaridan olib qo‘yishga va uni o‘z ish yurituviga qabul qilishga haqli.
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega bo‘lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning o‘rinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qo‘yishga va uni o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga o‘tkazishga haqli.
82-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash
Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini ta’minlash uchun topshiriladi:
yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash to‘g‘risidagi yoki ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qog‘ozlarning miqdori va turi bo‘yicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash to‘g‘risidagi yoxud qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini ijro hujjatida ko‘rsatilgan shaxs nomiga hisobga qo‘yish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);
ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;
ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishi shart bo‘lgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);
qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari to‘g‘risidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida o‘z zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga;
ma’muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani to‘lashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma’lum bo‘lgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari o‘ziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.
Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni ta’minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1981-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi.
83-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar
Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
1) ushbu Qonunning 82-moddasida ko‘rsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
21) iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi O‘RQ-947-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son)
3) undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha garov to‘g‘risidagi shartnoma;
4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarining (to‘lov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk xatlangan taqdirda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror va bayonnoma.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(81, 82 va 83-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning III va IV boblari.
2-BOB. IJRO ISHI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.
10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar.
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma’muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
O‘n olti yoshga to‘lgan, voyaga yetmagan shaxs to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga qarang.
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish huquqiga ham ega.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1082-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 87-moddasi.
12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa, uning o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-moddasi (Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik), 23-bobi (majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi) hamda V bo‘limiga (vorislik huquqi) qarang.
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o‘zi shaxsan ijro etishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi o‘z vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi shart.
14-modda. Vakilning vakolatlari
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak:
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish;
undiruvdan voz kechish;
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish);
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish;
(14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish;
Oldingi tahrirga qarang.
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
(14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
15-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil bo‘lishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
16-modda. Qonuniy vakillar
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli bo‘lgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, bedarak yo‘qolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yo‘qolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33, 35-moddalari va 49-bobi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
 LexUZ sharhi
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36 va 37-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 30-bobida belgilangan.
Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni o‘zlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar.
17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Tarjimon o‘z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo‘lib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon bila turib, noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 238-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksining 72-moddasi.
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko‘zdan kechirish, xatlash, olib qo‘yish va berish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko‘ra chaqiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo‘lmagan, bir-biriga bo‘ysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida o‘zi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis o‘zining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning o‘z qo‘li bilan yozilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga o‘z huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar o‘z majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan o‘zlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang.
20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o‘zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishi, qo‘yilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, o‘zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Davlat ijrochilari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda davlat ijrochilariga ko‘maklashishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida:
1) ichki ishlar organlari:
davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;
davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir to‘siq bo‘lganda, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi;
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy to‘xtatilishini davlat ijrochisining topshirig‘i asosida ta’minlaydi;
avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risidagi, tegishli qarzdorlar nomiga ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotni davlat ijrochisining yozma so‘rovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, davlat ijrochilarining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalarini ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 17-modda birinchi qismining yigirma yettinchi xatboshisi.
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari:
(21-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, huquq egalari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek o‘zga kadastr ma’lumotlarini davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasidagi ko‘chmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirig‘i asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ko‘chmas mulkni va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga davlat ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga olingan boshqa ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;
4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:
davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablag‘lari va o‘zga mol-mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma so‘roviga ko‘ra unga bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etadi;
davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra qarzdorning banki va xatlash mumkin bo‘lgan hisobvarag‘ini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati bo‘yicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz tartibda undirish to‘g‘risidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi;
(21-modda ikkinchi qismi 4-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;
qarzdorning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash haqidagi davlat ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida ko‘rsatilgan qarzdorning hisobvarag‘idan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qo‘yilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘ida vaqtinchalik saqlanishini ta’minlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu mablag‘larni tegishli undiruvchiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini to‘lash uchun o‘tkazadi (beradi);
5) davlat soliq xizmati organlari:
budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda davlat ijrochilariga yordam ko‘rsatadi;
davlat ijrochisining topshirig‘iga ko‘ra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim etadi;
davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasida qarzdor soliq to‘lovchi to‘g‘risida mavjud bo‘lgan axborotni davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etadi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan hollarda ishtirok etadi;
(21-modda ikkinchi qismi 5-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) g‘aznachilik organlari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida o‘n kunlik muddatda o‘tkazadi;
davlat ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona g‘aznachilik hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash to‘g‘risidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablag‘laridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari:
(21-modda ikkinchi qismi 7-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar to‘g‘risida axborotlarning tezkor almashinuvini Majburiy ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari bo‘lsalar yoxud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor bo‘lsalar yoki ularning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
Rad qilish uchun holatlar mavjud bo‘lsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaxs o‘zini o‘zi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar bo‘yicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan bo‘lishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan hollar bundan mustasno.
Tarjimon va mutaxassisni rad qilish to‘g‘risidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi. Davlat ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalariga muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi masalani katta davlat ijrochisining o‘zi hal qiladi.
Davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o‘tkaziladi yoki katta davlat ijrochisi ijro hujjatini o‘z ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o‘tkaziladi.
Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
221-modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari to‘g‘risida va majburiy ijro etish choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.
(221-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarga, mavjud bo‘lgan taqdirda — ularning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
(221-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qo‘llashga haqli.
(221-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni ko‘rsatmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, o‘qish joyiga yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud bo‘lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo‘lsa), ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi bildirishnoma, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar, ularning jo‘natilganligi va qabul qilib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi.
(221-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsga yo‘llangan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining bo‘linmasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan topshirganlik to‘g‘risidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo‘ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
(221-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Agar chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga topshiriladi, ular yo‘qligida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (o‘quv muassasasi ma’muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.
Adresat vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bu ma’lumotlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (o‘quv muassasasi ma’muriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaxs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qog‘oziga, boshqa xabarnomaga belgi qo‘yadi.
(221-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan hisoblanadi, agar:
chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) bo‘lsa;
adresat chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa;
pochta xabarnomasini olgan bo‘lishiga qaramasdan adresat o‘z nomiga yuborilgan chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa.
Majburiy ijro etish choralari to‘g‘risida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi mazkur choralarning bajarilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, davlat ijrochisining chaqiruvi bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.
(221-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiruv qog‘ozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qo‘yiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi.
(221-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
3-BOB. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISHNING UMUMIY SHARTLARI
23-modda. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart (bundan ushbu Qonunning 31-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo‘lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash to‘g‘risidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni buzish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, yoxud zarur hujjatlarni ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish to‘g‘risidagi talabga rioya qilinmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi ko‘rsatiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatining yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qarzdor jismoniy shaxs bo‘lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi o‘zgargan bo‘lsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yo‘q ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ma’lum bo‘lib qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma’lum bo‘lgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi.
Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug‘ilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini o‘z vazifalarini bajara olishi mumkin bo‘lgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, ko‘rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi to‘g‘risida ma’lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga ko‘maklashadi.
Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim.
Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to‘g‘risida davlat ijrochilari o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan hal etiladi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
251-modda. Yig‘ma ijro ishi yuritish
Bitta qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan mulkiy tusga ega bo‘lgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar bo‘lgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishlar yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.
Majburiy ijro byurosining bir nechta hududiy boshqarmasi bo‘linmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo‘lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo‘yicha ijro hujjatlari yuzasidan yig‘ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi direktori yoxud uning o‘rinbosari belgilaydigan bo‘linma tomonidan qo‘zg‘atiladi va yuritiladi.
Majburiy ijro byurosi bitta hududiy boshqarmasining bir nechta bo‘linmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo‘lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo‘yicha ijro hujjatlari yuzasidan yig‘ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari belgilaydigan hududiy bo‘linma tomonidan qo‘zg‘atiladi va yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘ma ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin kelib tushgan va yig‘ma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar ko‘rsatilgan ijro hujjatlari yig‘ma ijro ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi.
(251-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning o‘zlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib bo‘lmaydigan yoki qarzdorning aybiga ko‘ra ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida;
(27-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) hakamlik sudining qarorlarini yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish to‘g‘risidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida;
(27-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-1089-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida;
4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida;
5) ishlarni ma’muriy tartibda ko‘rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatiladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrug‘i bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab;
2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat o‘tganidan keyin;
3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab.
Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari bo‘yicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi (alimentlar undirish, sog‘liqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari bo‘yicha ijro hujjatlari to‘lovlarni undirishning belgilangan butun davrida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir to‘lov uchun alohida hisoblanadi.
28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati:
1) ijro hujjati ijroga topshirilganda;
2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so‘ng muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o‘tgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi.
Ijro hujjati uni to‘liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijroga topshirish muddati o‘tkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘ini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:
alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to‘g‘risidagi talablar;
qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi talablar;
ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko‘rsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 266 — 268-moddalari va Iqtisodiy protsessual kodeksining 192-moddasiga qarang.
(30-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-151-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatga:
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro qilish vaqti;
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;
ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish vaqti;
Oldingi tahrirga qarang.
mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari to‘g‘risidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha bo‘lgan vaqt;
(30-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga kelib tushgunigacha bo‘lgan vaqt kirmaydi.
(30-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining o‘tishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos bo‘lmaydi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
31-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo‘lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga ko‘ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so‘rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan o‘zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko‘ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o‘zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
32-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan obyektiv holatlar bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoxud taraflardan birining arizasiga ko‘ra, shuningdek taraflarning har biri mustaqil tarzda ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish hamda ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilishga haqlidir.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan xatlov kechiktirish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.
Ijro hujjati bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar bo‘yicha ijro etiladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish
(321-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart.
(321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga o‘n kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
(321-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga ko‘ra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning so‘ralayotgan muddati ko‘rsatilishi kerak.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘pi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin.
Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini ko‘rsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi.
Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish
Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga ushbu majburiyatlarning to‘liq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlashdan iboratdir, bundan davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlari mustasno.
Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish:
1) ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
2) davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda qo‘llaniladi.
Majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari:
1) ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati bekor bo‘lganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda qarzdorga uch kunlik muddatda qaytariladi.
Ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari, ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilganidan tashqari hollarda, ijro hujjatining talablarini qanoatlantirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu modda uchinchi qismining 2-bandiga asosan kiritilgan ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor bo‘lgan kundan e’tiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘ida saqlanadi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan shikoyat berilsa yoki protest keltirilsa, ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
(331-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1082-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
34-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to‘xtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) agar qonunchilikda nizolashishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
(34-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to‘xtatib turilishi shart:
(34-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda bo‘lganda yoki muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan undiruvchi iltimos qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo‘zg‘atilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda, bundan ijro etilishi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq to‘xtatib turilishi mumkin bo‘lmagan ijro hujjatlari mustasno;
(34-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni to‘xtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan to‘xtatib turilmagan bo‘lsa;
(34-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan 3 va 4-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 455-moddasi va Iqtisodiy protsessual kodeksining 345-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5) qarzdor tomonidan ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘lari kiritilganda.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1082-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
35-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin:
1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lganda;
3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
4) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
5) ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin:
1) davlat ijrochisi ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish to‘g‘risidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;
2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganda;
3) davlat ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi iltimos qilganda.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari ularga bo‘ysunuvchi davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur bo‘lgan hollarda, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga haqli.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
36-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yo‘qolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo‘zg‘atilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar;
(36-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganda, qarzdor kasal bo‘lib qolganda, xizmat safarida bo‘lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirib topilguniga qadar;
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo‘lgan hujjat yuzasidan, shuningdek ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil ko‘rib chiqilguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko‘rib chiqilguniga qadar;
6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga.
(36-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan 5 va 6-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar tugaguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi va qarzdor o‘rtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin.
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
37-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yo‘qolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qo‘yilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo‘qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga o‘tishi mumkin bo‘lmasa;
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yo‘qolganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan tugatiladi:
(37-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
2) undiruvchi va qarzdor o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
21) undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilganda;
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan 21-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
4) ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga ko‘ra ijro hujjati bo‘lgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi masalalarning sud yoki davlat ijrochisi tomonidan ko‘rib chiqilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
(38-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi yoki tugatish to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida bo‘lsa, o‘sha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishni yoki tugatishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan e’tiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida bu haqda unga ma’lum bo‘lgan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan bo‘lsa) yoki ijro hujjatini bergan o‘zga organga ma’lum qiladi.
To‘xtatilgan ijro ishi yuritish bo‘yicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan xatlov ijro hujjatini ijro etishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud hujjatida nazarda tutilgan taqdirda, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish uchun belgilangan muddatga olib tashlanadi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1082-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoxud tugatish to‘g‘risidagi hujjati ustidan o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi asosida, shuningdek davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qarorida ijro etish bo‘yicha o‘zi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tugatilganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yig‘imi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tugatilgan taqdirda ijro yig‘imi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat’i nazar, to‘liq hajmda qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
1) undiruvchining arizasiga ko‘ra;
Oldingi tahrirga qarang.
2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lmasa, bundan ushbu Qonunda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar, shuningdek Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma’lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasida (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno;
(40-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa, bundan Majburiyatlar reyestrida saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno;
(40-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to‘g‘risidagi davlat ijrochisining taklifi bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa;
5) agar undiruvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.
Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi va ijro hujjati bo‘yicha ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilib, bir vaqtning o‘zida bu haqda undiruvchi, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Ijro hujjati Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanganda budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlik undirilishini nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o‘zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan bo‘nak badali to‘liq qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilgan hollarda bo‘nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va bo‘nak badalini qaytarish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi.
(40-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv to‘g‘risidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganda.
(41-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklovlar va qarzdorning o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi, bundan Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishini yuritish mustasno.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o‘tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko‘chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur bo‘lgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
411-modda. Ijro ishini yuritishni qayta tiklash
Ijro ishini yuritish:
1) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag‘lari aniqlanganda;
2) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishini yuritishni tugatish uchun asoslar yuzaga kelganda;
3) O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining qonunga xilof va asossiz qarorlari bekor qilinganda;
4) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta tiklanadi.
Ijro ishini yuritish qayta tiklanganda davlat ijrochisi darhol bu haqda qaror chiqaradi va majburiy ijro harakatlari umumiy tartibda davom ettiriladi.
(411-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Oldingi tahrirga qarang.
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash, zararni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi, shuningdek bolani olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmaganda, davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra qarzdorni qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo‘yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko‘rsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq bo‘nak to‘lash uchun undiruvchining roziligi bo‘lgan taqdirda qidiruv e’lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to‘lashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish bo‘yicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga ko‘ra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.
(42-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish to‘g‘risidagi va qidirish xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
421-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo‘yicha ijro ishini yuritish hollari mustasno.
(421-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning ko‘chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma’lum bo‘lsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (boshqarmasiga) hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga yuboriladi.
(421-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Agar ijro hujjati sud hujjati bo‘lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo‘lsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos bo‘lgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u bo‘yicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(421-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
(421-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qarori bilan tasdiqlangan Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
(421-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
43-modda. Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishi to‘liq yoki u sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.
Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir ma’lumotlar to‘liq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni ko‘rayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnoma va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir bo‘lgan shaxslarni guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
To‘plangan materiallar yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilishi vaqtida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolg‘on ariza berilgan bo‘lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO ISHINI YURITISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBIDA IJRO ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
431-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablag‘lari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 432-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan ma’muriy jarimalarni, soliq qarzini, davlat bojini, pochta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar to‘lovi yuzasidan qarzdorlikni, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish to‘g‘risidagi va darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari mustasno.
(431-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi O‘RQ-1134-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son)
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 8 va 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi.
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada ko‘rsatiladi.
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 432-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo‘llaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yig‘imi undiriladi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablag‘lari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.
Undiruv to‘liq amalga oshirilgan ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati to‘liq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati bo‘yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilingan yoxud qonunga ko‘ra ijro hujjati bo‘lgan hujjat bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni tegishli axborot olingan kunning ertasidan kechiktirmay ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qiladi.
(431-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi O‘RQ-947-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son)
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda ijro hujjati va ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yig‘imi qo‘shimcha undirilmaydi.
432-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan majburiy ijro etish choralari
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llaydi:
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish;
2) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan majburiy ijro etish chorasi videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar to‘lovi yuzasidan qarzdorlikni, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(432-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi O‘RQ-1134-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son)
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin emas.
(31-bob O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-BOB. MAJBURIYATLAR REYESTRI
433-modda. Majburiyatlar reyestrini yuritish
Majburiyatlar reyestrida ushbu Qonun 40-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar vaqtincha saqlanadi.
Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha qo‘llanilgan taqiqlar va cheklovlar ushbu Qonun 434-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar yuzaga kelganda bekor qilinadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlar mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimda tekshiriladi.
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
434-modda. Majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlari
Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va o‘n yil davomida saqlanadi.
Ijro hujjatiga doir ma’lumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilganligi qarzdorni qonunda belgilangan asoslar vujudga kelganda bankrot deb topish tartib-taomilini boshlashga to‘sqinlik qilmaydi.
Ijro hujjatlariga doir ma’lumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanadi:
1) ijro ishini yuritish qayta tiklanganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda;
3) undiruvchining arizasiga ko‘ra;
4) ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga ko‘ra ijro etilmasdan qaytarilganda;
5) iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to‘g‘risidagi yoki qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda;
6) qarzdor yuridik shaxs davlat reyestridan chiqarilganda;
7) qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag‘lari haqidagi ma’lumotlar o‘n yil davomida aniqlanmaganda.
(32-bob O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISH ASOSI VA CHORALARI
44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro etish choralari to‘g‘ri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinganda qo‘llaniladi, bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 431, 432 va 46-moddalari.
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash asosi
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning o‘tganligi majburiy ijro etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
46-modda. Majburiy ijro etish choralari
Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1) undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish (bundan davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘sh turgan yer uchastkalari mustasno);
(46-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;
(46-moddaning birinchi-ikkinchi bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan mablag‘larga qaratish;
22) undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish;
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan 21 va 22-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish;
4) ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish;
5) ijro hujjatining ijro etilishini ta’minlovchi qonunlarga muvofiq ko‘riladigan boshqa choralar.
5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISH
47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.
Ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning so‘mdagi va chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablag‘lariga hamda o‘zga qimmatliklariga qaratiladi.
Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan so‘mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari darhol olib qo‘yilishi lozim.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi naqd pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lari va o‘zga qimmatliklari to‘g‘risida axborot bo‘lganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha so‘mdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi so‘mdagi mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki o‘zga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.
Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin bo‘lgan hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risida axborot bo‘lmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash to‘g‘risida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma so‘rov yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining yozma so‘rovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi.
(47-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni o‘zi ko‘rsatishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz to‘liq uzilguniga qadar qonunchilikda belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablag‘larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq bo‘yicha xatlangan pul mablag‘lari miqdorini ma’lum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno.
(47-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablag‘lariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lariga undiruv ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va hajmda qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor jismoniy shaxslarning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lariga undiruv qaratilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari miqdorini aniqlashda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi pul mablag‘lari hisobga olinib, ularga nisbatan undiruv qaratilmaydi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan ijro hujjatlari, shuningdek aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mustasno.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega bo‘lgan hollarda undiruv uning qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
(47-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
48-modda. So‘mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorning ma’lum bo‘lib qolgan va olib qo‘yilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘ini u olib qo‘yilgan kunning ertasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi.
Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvarag‘ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan bo‘lsa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan bank zimmasiga ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
(48-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
481-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga qaratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdordan topilgan va olib qo‘yilgan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan naqd chet el valyutasini davlat ijrochisi olib qo‘yilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga topshiradi, ijro hujjatida ko‘rsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki so‘mdagi naqd pul mablag‘larini sotish (ijro hujjatida ko‘rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi.
Qarzdorning bank hisobvarag‘ida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida ko‘rsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki so‘mdagi pul mablag‘lari xatlanganida, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda ijro hujjatida ko‘rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan bo‘lsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki so‘mni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablag‘lari ular tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yig‘imi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda so‘mda hisoblab chiqaradi.
(481-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
482-modda. Undiruvni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablag‘lariga hamda qimmatli qog‘ozlariga qaratish xususiyatlari
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvarag‘idagi pul mablag‘lariga qaratilishi mumkin emas.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlariga qaratilishi mumkin emas.
(482-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
483-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari
Yuridik shaxsning qarzlari bo‘yicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli bo‘lmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) pul mablag‘lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo‘jaligining rahbari, dehqon xo‘jaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, to‘liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to‘liq sheriklar pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
(483-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki bo‘lmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas’uliyati cheklangan jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.
(483-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
484-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin:
ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq;
(484-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq;
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli bo‘lgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.
485-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar bo‘yicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish to‘g‘risida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha debitor to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lariga qaratish qarzdor o‘z debitori bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoxud solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilganidan farq qilsa, debitor o‘sha muddatda davlat ijrochisiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Qarzdor bilan uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;
qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning o‘z muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan imzosi;
solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor va uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u davlat ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan o‘tib ketmagan sanaga tuzilgan bo‘lishi kerak.
Davlat ijrochisi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:
uni undirish uchun da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa;
qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organining ish yuritishida bo‘lsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati o‘tgan bo‘lsa yoxud ushbu ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari belgilangan tartibda to‘xtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan) bo‘lsa;
debitor huquqiy yordam to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
debitor tugatilish jarayonida bo‘lsa yoki unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan bo‘lsa;
(485-modda to‘qqizinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
debitor o‘z faoliyatini tugatgan va yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa.
(485-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish bo‘yicha ma’lumotlarni almashish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
(485-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-1108-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
486-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘lariga qaratish xususiyatlari
Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qo‘yilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘lar sifatida olib qo‘yilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablag‘lari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining ish yuritishida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘larini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
(486-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha turgan pul mablag‘larini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.
(486-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
487-modda. Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablag‘lariga qaratish xususiyatlari
Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablag‘lariga qaratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet tashkilotlarining mablag‘lariga qaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(481—487-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning o‘zga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar bo‘lmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
50-modda. Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu jumladan uning chet el banklaridagi pul mablag‘lariga qaratish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratish
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta’minlanmagan, qarzdorga qo‘yilgan barcha talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmay qolsa, u holda ko‘rsatilgan talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish uchun qaratilgan bo‘lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
52-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo‘lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo‘lsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo‘yicha garov narsasi bo‘lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari yoxud o‘zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat’i nazar, qaratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga bo‘lish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag‘lar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.
(52-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
53-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro‘yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo‘yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlash quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlash maqsadida;
javobgarga tegishli bo‘lib, uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Xatlangan mol-mulkni olib qo‘yib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan so‘ng amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo‘yishga haqli.
Olib qo‘yilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so‘mlar va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo‘laklari) olib qo‘yilishi shart.
(53-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
(53-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan o‘chiriladi.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Qimmatli qog‘ozlarni xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar ularning turgan joyi bo‘yicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar ushbu qog‘ozlar egasining huquqlari ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha xatlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli qog‘ozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi.
Davlat ijrochisining qimmatli qog‘ozlar xatlanganligi to‘g‘risidagi qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qog‘ozlar emitentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan sana (aksiyalar bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qog‘ozlar o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. O‘zga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qog‘ozlarda mustahkamlab qo‘yilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qog‘ozlarni xatlash to‘g‘risidagi qarorda sanab o‘tishi shart.
(531-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(54-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
(54-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qo‘yilgan mol-mulk sud tomonidan majburiy tarzda baholashdan o‘tkaziladi hamda ushbu kimoshdi savdosidagi boshlang‘ich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan baholash to‘g‘risidagi hisobotda aniqlangan miqdorda belgilanadi.
(54-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi O‘RQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(54-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali davlat ijrochisi tomonidan aniqlanadi.
(54-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat ijrochisi tomonidan ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi qimmatli qog‘ozlarni baholash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi.
(54-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro ishi yuritishdagi taraflar o‘tkazilgan baholash to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
55-modda. Mol-mulkni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan bo‘lsa, o‘sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga ko‘ra, undan foydalanish uning yo‘q bo‘lib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Saqlovchi, agar qarzdor uning o‘zi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, uning xodimi) bo‘lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatlangan avtomototransport vositasi auksion o‘tkazilguniga qadar davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maxsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi.
(55-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi nizom.
56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, xatlangan kundan e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
(56-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
(56-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga mol-mulkni takroriy auksion savdolaridagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chog‘idagi boshlang‘ich sotish narxidan 25 foiz kamroq summada baholangan holda o‘zida qoldirishni taklif qiladi.
(56-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi O‘RQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi taklifga rozilik bersa, mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi, davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi. Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.
(56-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 4-martdagi O‘RQ-1119-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
(56-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(56-moddaning uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi nizom.
57-modda. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qo‘yadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Olib berilishi lozim bo‘lgan ashyolar yo‘qotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir bo‘lish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror chiqaradi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
6-BOB. UNDIRUVNI QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKIGA QARATISHNING XUSUSIYATLARI. QARZDOR YURIDIK SHAXSNING MOL-MULKINI XATLASH VA REALIZATSIYA QILISH
58-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo‘lgan so‘mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish ijro yig‘imi va ijro bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda darhol olib qo‘yilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi pul mablag‘lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig‘imi summalari, shuningdek ijro xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan summalar davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilib, so‘ngra ijro xarajatlarining o‘rni ushbu summa hisobidan qoplanadi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash choralarini ko‘radi.
(58-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, qayerda va kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’i nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.
60-modda. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish navbati
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan ko‘char mol-mulkka (qimmatli qog‘ozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan;
ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga mo‘ljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga mo‘ljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qo‘llaniladi.
(60-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari
Oldingi tahrirga qarang.
Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo‘linmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lovlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sudda ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs to‘lovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi
(62-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborilgan, qo‘shib olingan, bo‘lingan, ajratib chiqarilgan, o‘zgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.
(62-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi, mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni o‘zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish haqidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga o‘zi qo‘ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi O‘RQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudning qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi, bundan alimentlarni undirish to‘g‘risidagi va jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi, shuningdek undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro ishlari mustasno. Ijro ishini yuritishni tamomlash bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishini yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga o‘zi qo‘ygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
Ijro ishini yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishini yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tegishincha tugatuvchiga, moliyaviy boshqaruvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi.
(62-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63-modda. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularning asosiy shartlari
Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlang‘ich) bahosi ko‘rsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarori yoxud ularni baholash qiymati ko‘rsatilgan sud qarorining ko‘chirma nusxasi;
mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar.
Ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
ijara shartnomasining ko‘chirma nusxasi;
ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi;
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan bo‘lsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz o‘tkazish imkonini beruvchi hujjat.
Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:
yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi;
tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining ko‘chirma nusxasi.
Yer uchastkasini va yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni sotishda davlat ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.
Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narxning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narxning tushib borishi prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(63-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
7-BOB. QARZDORNING ISH HAQI VA UNGA TENGLASHTIRILGAN TO‘LOVLARGA NISBATAN UNDIRUV
64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratiladi:
davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishda;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi, shu jumladan yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;
(64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
undirilayotgan summalarni to‘liq uzish uchun qarzdorning mol-mulki bo‘lmaganda yoki uning mol-mulki yetarli bo‘lmaganda.
Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar undiruvchidan yoxud davlat ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablag‘larini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs ushlab qolingan pul mablag‘larini undiruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida to‘lashi yoki o‘tkazishi shart. Pul mablag‘larini to‘lash va o‘tkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u o‘qishni bitirganda (boshqa joyga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.
Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi to‘g‘risida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart.
Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda ta’minlaydi.
Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha pul mablag‘larining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan tekshirish o‘tkazadi. Bunday tekshirishni o‘tkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tegishli buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni davlat ijrochisiga taqdim etishi shart.
(64-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori
Ijro hujjatlari bo‘yicha qarz to‘liq uzilgunga qadar, qarzdorga to‘lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning ko‘pi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.
Bir necha ijro hujjati bo‘yicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan cheklovlar aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1082-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)
67-modda. Undiruvni jazoni o‘tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining to‘liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
68-modda. Undiruvni ijtimoiy sug‘urta nafaqasiga qaratish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi bilan bog‘liq holda ko‘rilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganda to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.
69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar
Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;
(69-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.
70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi
Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining V bo‘limiga qarang.
8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BO‘LMAGAN NIZOLAR BO‘YICHA IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISH
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga o‘n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o‘zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so‘ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi;
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1981-modda va 1982-moddalari, Jinoyat kodeksining 232-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan bo‘lsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to‘g‘risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo‘yilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
73-modda. Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda ko‘chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi majburiy ko‘chirish kuni va vaqti to‘g‘risida qarzdorga rasman ma’lum qiladi. Ko‘chirish kuni to‘g‘risida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo‘lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ko‘chirish ijro hujjatida ko‘rsatilgan xonani ko‘chiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy hayvonlaridan bo‘shatishdan va ko‘chiriluvchining bo‘shatilgan xonadan foydalanishini man qilishdan iborat bo‘ladi.
Ko‘chirish xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar organlari xodimlarining ko‘magida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan holda uning mol-mulki saqlanishini ta’minlaydi.
Agar qarzdor uydan ko‘chirilgan kundan e’tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan so‘ng mazkur mol-mulkni ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining o‘rni qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablag‘lari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘ida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablag‘lari ushbu muddat o‘tganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirish to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
(73-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
731-modda. Imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari ko‘magida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to‘sqinlik qilmaydi.
(731-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
732-modda. Yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(732-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qo‘yish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to‘sqinlik qilmaydi.
(732-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan tegishli huquqi ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
(732-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
74-modda. Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunda qarzdorga majburiy ko‘chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
(74-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organlari xodimlarining ko‘magida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
(74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlangan bo‘lsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Agar undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal qilinadi.
9-BOB. IJRO ISHI YURITISHDAGI XARAJATLAR
75-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘ida bo‘lib, ijro harakatlarini tashkil etish va amalga oshirishga sarflangan mablag‘lar, shuningdek ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaxslarning mablag‘lari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hisoblanadi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
(75-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdorning mol-mulkini tashish, saqlash va realizatsiya qilishga sarflangan mablag‘lar;
ijro harakatlarini amalga oshirishga belgilangan tartibda jalb etilgan tarjimonlar, mutaxassislar va boshqa shaxslarga haq to‘lashga sarflangan mablag‘lar;
undirilgan summalarni undiruvchiga pochta orqali o‘tkazishga (jo‘natishga) sarflangan mablag‘lar;
qarzdorni, uning mol-mulkini yoki qarzdordan sudning qarori bo‘yicha olib qo‘yilgan bolani qidirishga sarflangan mablag‘lar;
ijro hujjatini ijro etish jarayonida amalga oshiriladigan boshqa zarur ijro harakatlariga sarflangan mablag‘lar.
Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan ta’minlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo‘nak badalini o‘tkazishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha tegishli xarajatlarni to‘liq bo‘nak bilan ta’minlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlari tamomlanganda bo‘nak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga to‘liq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, davlat ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Ko‘rsatilgan hollarda xarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi.
Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo‘yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to‘g‘risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
(77-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
771-modda. Ijro yig‘imi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yig‘imi undiriladi.
(771-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi va alohida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan ijro etiladi.
(771-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro yig‘imining miqdori va undirilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(771-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-BOB. UNDIRILGAN PUL SUMMALARINI TAQSIMLASH VA UNDIRUVCHI TALABLARINI QANOATLANTIRISHNING NAVBATI
78-modda. Undirilgan pul summasini taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yo‘li bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar to‘lanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yig‘imini qoplash uchun foydalaniladi.
(78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.
79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu summa undiruvchilar o‘rtasida ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbat bo‘yicha taqsimlanadi.
Har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi talablar to‘liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
80-modda. Undiruvlar navbati
Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish bo‘yicha talablar; mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni to‘lash bo‘yicha talablar; hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar; advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam haqini to‘lash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi.
Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar; jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar qanoatlantiriladi.
Uchinchi navbatda majburiy sug‘urta organlarining talablari qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
To‘rtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ­ta’minlangan talablari qanoatlantiriladi.
(80-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ­ta’minlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
(80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun mo‘ljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchiga o‘tkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
(81-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(82-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2321-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-BOB. DAVLAT IJROCHISINING MAQOMI
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Davlat ijrochisi
O‘rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi bo‘lishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘linmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonunchilikda prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
(83-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilariga qonunchilikda belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
(83-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishincha bosh davlat ijrochilarining o‘rinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega bo‘ladi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
831-modda. Bosh davlat ijrochilarining va ular o‘rinbosarlarining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari:
quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;
ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar beradi;
davlat ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;
(831-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshlig‘ining vazifalarini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning o‘rinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(831-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari
(84-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
(84-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan, qarzdorga qarashli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish, o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish;
(84-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O‘RQ-1069-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 18-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
(84-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi nizom.
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish;
olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro yig‘imlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
(84-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga nisbatan qidiruv e’lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
(84-modda birinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;
(84-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari
Davlat ijrochisi o‘ziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda o‘z faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Davlat ijrochisi:
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
ijro hujjatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishi choralarini ko‘rishi;
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi;
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini ko‘rib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;
agar o‘zi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor bo‘lsa yoki uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin
(85-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86-modda. Davlat ijrochisining qarori
Agar davlat ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish, ijro yig‘imini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor bo‘lsa, davlat ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qo‘shib qo‘yiladi.
Davlat ijrochisining qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
qaror chiqarilgan sana va joy;
qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qilinayotgan qarorning davlat ijrochisi amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini ko‘rsatgan holdagi asoslari;
(86-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ko‘rilayotgan masala bo‘yicha xulosa;
qaror ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish tartibi va muddati.
Davlat ijrochisining ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilmasdan ijro etiladi.
Davlat ijrochisining qarori ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
(86-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
(861-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Davlat ijrochilari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga ko‘ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
88-modda. Davlat ijrochilarining javobgarligi
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Davlat ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
(88-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
89-modda. Davlat ijrochilarining ijtimoiy himoyasi
Davlat ijrochilari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan yoki ularning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yohud ular halok bo‘lgan taqdirda davlat ijrochisiga yoki halok bo‘lgan shaxsning oilasiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi.
(89-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XIX bobiga qarang.
Davlat ijrochilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 323 va 330-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
891-modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq ta’minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qo‘yishga faqat sud qarori asosida yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(891-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritadi.
(891-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
892-modda. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirish uchun nomzodlarni o‘rganadi, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini ko‘radi.
(892-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki xavfsizlik inspeksiyasi o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
(892-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Majburiy ijro byurosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida jamg‘arma tuzilishi mumkin. Ushbu jamg‘armani tashkil etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarash tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
258-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda, 50-51-son, 506-modda; 2008-y., 14-15-son, 91-modda, 94-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda, 38-son, 328-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son; 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son; 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son; 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son; 05.03.2026-y., 03/26/1119/0199-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 20.04.2026-y., 03/26/1134/0389-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son)