1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.03 Yo‘l va boshqa davlat jamg‘armalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yo‘l qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “O‘zavtoyo‘l” DAK bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalarda belgilangan talablar yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Avtomobil yo‘llaridan foydalanish qoidalari va ularni qo‘riqlash to‘g‘risida” 1974-yil 17-apreldagi 172-son qarori (Qarorlar to‘plami, 1974-y., 4-son, 16-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zokirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-dekabr,
342-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” va “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yo‘l qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq;
avtomobil yo‘lining o‘q chizig‘i — qatnov qismi yoki ajratuvchi tasma o‘rtasidan o‘tuvchi shartli chiziq;
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish chizmasi — iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni rivojlantirishga bog‘liq holda avtomobil yo‘llarini rivojlantirishning maqsadi va asosiy ko‘rsatkichlarini, ularni loyihalash, qurish, ta’mirlashning maqsadga muvofiqligini asoslovchi va texnik darajasini oshirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan chizma;
avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar — yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yo‘l bo‘yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
ajratilgan mintaqa — avtomobil yo‘li, uning tegishli tarkibiy elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtlar o‘tqazish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
qatnov qismining cheti — qatnov qismini yo‘lbo‘yidan ajratuvchi chiziq;
qizil chiziq — umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun yo‘l qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi. Ko‘chalar uchun qatnov qismi chetidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi;
magistral ko‘cha — shaharning asosiy tarmoq yo‘li. Ular umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan (aholi yashovchi, sanoat tumanlari va jamoat markazlari o‘rtasidagi aloqa, shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llariga chiqish) va tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar (tuman chegarasidagi va umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral ko‘chalar bilan transport aloqalari)ga bo‘linadi;
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Ushbu atama barcha traktor va o‘ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir;
yo‘lning rejasi — yo‘lda joylashgan barcha inshootlar bilan yo‘lning gorizontal tekislikdagi aksi;
yo‘lbo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
yo‘lga mutasaddi xo‘jalik — umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li tarmog‘ini, uning me’yoriy ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan barcha inshootlarni, shuningdek mazkur yo‘llarni tuzatish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi;
yo‘l xizmati — avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini saqlash va tuzatish, avtomobillarning xavfsiz harakatini ta’minlash, yo‘lning texnik toifasini saqlash va oshirish bo‘yicha ishlar yuklangan bo‘linmalar majmuasi;
yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish — hududdagi iqtisodiyot tarmoqlariga va aholining avtomobilda tashishga bo‘lgan ehtiyojiga hamda xalqaro avtotransport tashuvlarining hajmiga bog‘liq ravishda avtomobil yo‘llarining kelajakdagi rivojlanish rejasini amalga oshirish;
yo‘l muhandislik qurilmalari — harakat xavfsizligini va uzluksizligini ta’minlash, yo‘lovchilar, haydovchilar va avtomobillarga harakat bo‘ylab xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmuasi. Ularga avtobus bekatlari, tezlikni oshirib o‘tish tasmasi, avtomobillar to‘xtab turishi uchun maydonchalar, dam olish maydonchalari va avtobuslarni kutish uchun ayvonlar, yo‘lni qor ko‘chkilaridan, qor bosishidan himoyalash uchun qurilmalar, aloqa yo‘llari va yo‘lni yoritish vositalari kiradi;
yo‘l toifasi — avtomobil yo‘lining respublika umumiy transport tarmog‘i va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini, undagi harakat jadalligini ifodalovchi mezon;
yo‘l yoqasi — yo‘l poyining ikki tomonida joylashgan bo‘lib, u qatnov qismining yon tomonidan yo‘l poyining chetigacha bo‘lgan joydir. Yo‘lning qatnov qismini o‘rab turadigan yo‘l yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Yo‘l yoqasida mustahkamlangan chetki tasma yotqiziladi, ular qoplama chetining mustahkamligini oshiradi. Yo‘l yoqasining kengligi yo‘l toifasiga bog‘liq bo‘ladi;
yo‘l to‘shamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lib, bir nechta qatlam to‘shamasi qoplama, asos va asosning qo‘shimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv o‘tkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat bo‘ladi. Transport vositalaridan tushayotgan yuklamaga qarshiligi va iqlim ta’siriga munosabati bo‘yicha yo‘l to‘shamalari qattiq qoplamali va asosli to‘shamalar hamda qattiq bo‘lmagan qoplamali va asosli to‘shamalarga bo‘linadi;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
transport oqimi — turli darajada yuklangan har xil rusumdagi avtomobillarning va boshqa transport vositalarining yo‘l bo‘ylab aynan bir vaqtdagi harakati;
transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati bo‘yicha bir xil yo‘l uchastkasining birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori;
harakat jadalligi — ma’lum vaqt (o‘rtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oralig‘ida yo‘lning muayyan kesimidan o‘tadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;
xavfsizlik mintaqasi — umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun yo‘l qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa. Ko‘chalar uchun — qatnov qismi chetidan qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa.
3. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hamda shahar ko‘chalarida, shuningdek, ular uchun ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligini ta’minlash va tashkil etish tartibini belgilaydi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va takomillashtirish, yagona texnika siyosatini olib borish — maxsus vakolatli organga, shaharlar va boshqa aholi punktlarining transport infratuzilmasini rivojlantirish, ko‘chalarini loyihalashda normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llariga bo‘linadi.
Shahar ko‘chalari — shahar va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘chalarga hamda magistral ko‘chalarga bo‘linadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
6. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — maxsus vakolatli organ va uning hududiy idoralari tomonidan, ko‘chalar va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — mahalliy hokimiyatlar va ularga qarashli tegishli tashkilotlar (obodonlashtirish tashkilotlari va h.k.) tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
7. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining ta’minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi yo‘l tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati deb ataladi) tomonidan nazorat qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
8. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarning kelgusida rivojlantirish rejasini hamda mazkur joylarga quriladigan obyektlarning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalari hamda ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligi talablariga zid noqonuniy qurilishlar va boshqa kamchiliklar yo‘l tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan aniqlanib, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma (yoki xabarnoma) kiritilganda ular tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
II. Avtomobil yo‘llarini qurish (ta’mirlash va rekonstruksiya qilish) loyihalarini kelishish, tasdiqlash va ta’mirlash ishlarini tashkil etish tartibi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
10. Davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining hamda shahar ko‘chalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan so‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va kelishiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
11. Xalqaro ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining va shahar magistral ko‘chalarini ish loyihalari loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgandan so‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi bilan kelishiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qazish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari asosida bajariladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
13. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim.
Ta’mirlash ishlari olib boriladigan yo‘l qismiga ta’mirlashni boshlashdan oldin vaqtinchalik yo‘l belgilari, signallar va svetoforlar, to‘suvchi va yo‘naltiruvchi moslamalar o‘rnatiladi, qatnov qismiga vaqtinchalik yotiq chiziqlar chiziladi, zarur hollarda esa — ta’mirlanayotgan joyni aylanib o‘tish yo‘llari tashkil etiladi.
14. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylar to‘suvchi shitlar, ensiz to‘siqlar, ustunchalar, ishora ustunchalari, konuslar, rangli bayroqchali bog‘ichlar, ishora chiroqlari yordamida to‘sib muhofazalanadi.
15. Harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari yo‘l ishlari olib borilayotgan joylarni to‘siqlar bilan o‘rash va mazkur joylarda harakatlanishni tashkil etish ilovada keltirilgan namunaviy sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan joylarda harakatlanishni tashkil etish sxemasini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
transport haydovchilarini va piyodalarni yo‘l ishlarining boshlanishi sababli yuzaga kelgan xavf haqida ogohlantirish va ushbu xavfning tavsifini izohlab ko‘rsatish (panno va stendlar);
qatnov qismidagi to‘siqlarni aylanib o‘tish yo‘nalishini, yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tadigan yo‘l tashkil qilinganda esa — ushbu yo‘lning yo‘nalishi qaysi tomonga olib borishini aniq belgilab qo‘yish;
ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘lning qismiga yaqinlashganda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi tartibini ishlab chiqish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
17. Ta’mirlash ishlarini olib borish va transport vositalarining harakatlanishi sharoitlari mavjud sxemalar turlarining birontasiga ham to‘g‘ri kelmagan hollarda, shu joyning o‘zi uchun harakatlanishni tashkil etishning alohida sxemasi tuziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
18. Yo‘lning ta’mirlash ishlari bajariladigan joylarida harakatlanishni tashkil etish va ushbu joylarni to‘siqlar bilan to‘sish sxemasi hamda ta’mirlash ishlarini tugatish muddati yo‘l tashkilotining rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishiladi.
19. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda ishlar tugallangunga qadar xavfsiz harakatlanishni tashkil etish mas’uliyati mazkur ishlarni amalga oshirayotgan tashkilot rahbarlari zimmasida bo‘ladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]
20. Chegaradan o‘tkazish punktlari va undan keyin qo‘shni davlat bilan chegara chizig‘igacha bo‘lgan hududlardan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ularning mintaqasidagi xalqaro yuk tashuvchi transport vositalari uchun kutish maydonlari maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda quriladi, ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi.
III. Avtomobil yo‘llaridan hamda ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
21. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, avtomobil yo‘llari mintaqasida yer osti va ustidan o‘tuvchi hamda boshqa inshootlar va kommunikatsiyalarni quruvchi yoki ta’mirlovchi tashkilotlarning ushbu tartibga amal qilishi majburiydir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar]
22. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa) yo‘llarning toifalari bo‘yicha qurilish uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasidan quyidagicha belgilanadi:
1 va 2 — toifadagi avtomobil yo‘llarida — 25 metr;
3 — toifadagi avtomobil yo‘llarida — 20 metr;
4 va 5 — toifadagi avtomobil yo‘llarida — 15 metr.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar]
Avtomobil yo‘llari qurilishi uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasi tegishli qurilish me’yorlari va qoidalarida belgilangan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
23. Shahar ko‘chalari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa) shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
24. Yuridik va jismoniy shaxslar yo‘l qoplamalari va yo‘l inshootlariga ziyon yetkazmaydigan, harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mexanik transport hamda transport vositalaridan foydalanishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
25. O‘qiga tushadigan yuklama va to‘liq vazni amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangandan yuqori bo‘lmagan transport vositalariga, o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlarga avtomobil yo‘llarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
26. Avtomobil yo‘llari va ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar taqiqlanadi:
avtomobil yo‘llari va ko‘chalarni, ulardagi sun’iy inshootlarni saqlashga va harakat xavfsizligini ta’minlashga taalluqli bo‘lmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;
yo‘llarga, yo‘l inshootlari, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlariga, harakatlanishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi vositalarga hamda yo‘lga taalluqli boshqa narsalarga ziyon yetkazish;
harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan yo‘l qismlaridan transport vositasida maxsus ruxsatnomasiz o‘tish;
qattiq va kuchaytirilgan qoplamali yo‘llarda zanjirli transport vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi, shuningdek katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish;
podalarni haydab o‘tish, ularni boqish (podalarni faqat belgilangan va tegishli yo‘l belgisi qo‘yilgan joydan haydab o‘tishga ruxsat etiladi);
qatnov qismi va yo‘l chetini, ko‘priklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suv qochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yo‘llarga va ajratilgan mintaqaga to‘kilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdan tashish;
yo‘nalishlarni ajratuvchi tasmaga barcha turdagi transport vositalarining chiqishi;
yo‘l va yo‘l inshootlarini har qanday elementlar bilan, aravalar, texnikalar, materiallar va boshqalar bilan to‘sib qo‘yish, arkalar, shlagbaumlar va boshqa inshootlar qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, har xil materiallarni taxlab qo‘yish, chiqindi va qorlarni uyib qo‘yish;
transport vositalarini ta’mirlash va moylash, yonilg‘i-moylash materiallarini quyish, yuk ortish, yuk tushirish, yukni boshqa texnikaga ortish va mahkamlash, tozalash va yuvish (ilojsiz holatlarda ular yo‘ldan chiqib, ajratilgan tasma hududida amalga oshirilishi mumkin, biroq haydovchi yoki transport vositasi egasi shu joyni darhol tozalab qo‘yishi shart);
ajratilgan mintaqada hamda ko‘priklardan, yo‘l o‘tkazgichlardan va estakadalardan 200 metrgacha bo‘lgan masofalarda lagerlar, palatkali shaharchalar barpo etish va olov yoqish;
daryolar va anhorlarning ko‘priklari ostida qayiqlar stansiyasi, qayiqlar to‘xtash joyi va boshqa inshootlar qurish;
daryolardagi ko‘priklardan o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km.gacha bo‘lgan masofada qum va toshlar olish uchun karyerlar barpo etish;
yer sho‘rini yuvish, yo‘l chetidagi ariqchalardan sug‘orish uchun foydalanish, madaniy qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, yashil mintaqani sug‘orish kabi ishlarda avtomobil yo‘llarini suvga bostirish, ajratilgan mintaqani balchiqlantirish;
suv qochiruvchi inshootlarga va zaxira yerlarga kanalizatsiya, ishlatilgan melioratsiya va oqava suvlarni oqizish;
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining avtomobil yo‘llarini kesib o‘tish joylarini elektr simi uzilib yo‘l qismiga tushishiga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi himoya qurilmalarisiz qurish.
27. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida maxsus vakolatli organ bilan kelishmasdan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
avtomobil yo‘llarini kanallar, aloqa va elektr energiyasi uzatuvchi tarmoqlar, neft va gaz o‘tkazuvchi quvurlar hamda temir yo‘llar bilan kesib o‘tish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
avtomobil yo‘liga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash;
ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirish;
avtomobil yo‘llarining chetlarida, yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘ymalari qiyaliklarida joylashgan foydalanishdagi aloqa va elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini ta’mirlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
ajratilgan mintaqada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish (yo‘l tashkilotlari bundan mustasno);
daryolar va kanallardagi ko‘priklar osti qirg‘oqlarda turib o‘lchov va boshqa ishlarni tashkil qilish;
avtomobil yo‘llarida sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
avtomobil yo‘llaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va quritish maqsadlarida foydalanish;
katta hajmli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
28. Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l va obodonlashtirish tashkilotlari quyidagilarni amalga oshirishi shart:
yo‘llarni va yo‘l inshootlarini soz holda saqlash, qishda qisqa vaqtda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish uchun tegishli choralar ko‘rish;
yo‘l belgilarini amaldagi davlat standartlariga asosan o‘rnatish, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan uchastkalarni zarur to‘siqlar va qurilmalar bilan jihozlash;
yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganda ushbu uchastkalarning talab darajasida jihozlanishini, kechasi va kunduzi yaxshi ko‘rinadigan to‘siqlar, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishini ta’minlash, zarur hollarda aylanib o‘tuvchi yo‘llarni tashkil etish;
yo‘llarning qatnov qismini qurilish materiallari bilan to‘silib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ishlamayotgan yo‘l mashinalari va mexanizmlarini o‘z vaqtida yo‘ldan chetga chiqarib qo‘yish;
avtobus bekatlarida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish maydonchalari bo‘lishini ta’minlash, zarur hollarda avtopavilyonlar qurish;
haydovchilarning dam olishi uchun belgilangan joylarda transport vositalari turishi uchun tegishli shart-sharoitlar bo‘lgan maydonchalar tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
yo‘l sharoiti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining sabablarini doimiy ravishda o‘rganib borish va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan uzviy hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash.
29. Avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashi;
trotuarlar va piyodalar yo‘lkalarining qor va chiqindilardan tozalab turilishini amalga oshirishi;
ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrashi va saqlashi;
yo‘l bilan tutash bo‘lgan to‘siqlar hamda qurilishlarni soz va bo‘yalgan holda saqlashi;
avtomobil yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishi va imoratlarni soz holatda saqlashi;
avtomobil yo‘li o‘qidan ellik metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
30. Yo‘l harakati ishtirokchilari avtomobil yo‘llarida va yo‘l inshootlarida harakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlarni ko‘rishganda, bu haqda yaqindagi yo‘l tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.03 Temir yo‘l xo‘jaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
31. Amaldagi texnik me’yorlarga asosan avtomobil yo‘llari bilan bir sathda kesishgan temir yo‘l kesishmalarini saqlash, shuningdek barcha turdagi shlagbaumlar va kesishmalarni qo‘riqlash temir yo‘l organlari tomonidan amalga oshiriladi. Temir yo‘llar ustidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini o‘tkazish uchun qurilgan yo‘l o‘tkazgichlarini soz holatda saqlash va ulardan belgilangan tartibda foydalanishni ta’minlash yo‘l tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
32. Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar bilan tutashuvchi va kesib o‘tuvchi barcha yo‘llar asosiy yo‘ldan ikkala tarafda 100 metr masofagacha qattiq qoplamali bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
33. Birinchi va ikkinchi toifali hamda kelajakda qayta ta’mirlanib yuqori toifaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchinchi toifali avtomobil yo‘llarining ikkala tarafida ham yaqin masofalarda imoratlar qurish taqiqlanadi.
Avtomobil yo‘llarining bir tarafidan quyidagi hollarda, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari (hududlarni me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari) asosida qishloq xo‘jaligi yerlariga imoratlar qurilishi, Hukumat qarorlarida belgilangan hollarda - belgilangan tartibda obyektlar: yo‘lning qatnov qismi chetidan:
ochiq joylarda — 200 metr uzoqlikda;
aholi yashash joylarida, avtomobil yo‘llarining aholi punktlari chegaralari tutashgan tarafida — 100 metr uzoqlikda joylashtirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
34. Yer osti va yer ustidan o‘tuvchi muhandislik kommunikatsiyalari me’yoriy hujjatlar asosida rivojlanishni hisobga olgan holda 22-bandda belgilangan xavfsizlik mintaqasidan tashqarida o‘tishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Birorta kommunikatsiya tarmoqlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l to‘shamasida joylashtirilishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
35. Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar kelishilgan tartibga rioya etishlari, bajariladigan ishlarni o‘z vaqtida sifatli tugallashlari, shuningdek transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi shart.
Mazkur tashkilotlarning mas’ul xodimi ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, texnologik jarayon, ishlarni boshlash va tugallash vaqti ko‘rsatilgan hujjatlarni bosh pudratchi tashkilotlardan olishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar]
36. Avtomobil yo‘llari mintaqalarida servis va infratuzilma obyektlarini joylashtirish belgilangan tartibda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishilgandan hamda yer ajratish komissiyalaridan o‘tgandan keyin amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
37. Yo‘l bo‘yida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida joylashgan bozorlar va boshqa tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bo‘lsa, ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari uchun barcha qulayliklarga ega, kirish va chiqish yo‘llari bo‘lgan maydonlar hamda transport vositalarini vaqtincha saqlash joylari bo‘lishini belgilangan tartibda ta’minlashi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
38. Tabiiy ofatlar ro‘y berganda, favqulodda holatlar yuzaga kelganda yoki ta’mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilganda yo‘l tashkilotlarining mas’ul xodimlari yo‘l qismida “Harakatlanish taqiqlanadi” yo‘l belgisini o‘rnatib, transport vositalari harakatini to‘xtatish huquqiga egadirlar. Bunday holatlarda birinchi navbatda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga xabar berilishi kerak.
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish paytida esa yo‘llarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining farmoyishi bo‘lishi lozim.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Avtomobil yo‘llarida harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki to‘xtatish tegishli yo‘l tashkilotlari tomonidan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
IV. Vakolatli organlar tomonidan avtomobil yo‘llari va uning mintaqasini nazorat qilish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
39. Yo‘llardan foydalanishda sodir bo‘lgan va transport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hamda harakat xavfsizligiga zid kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan kundalik nazorat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
40. Avtomobil yo‘llari yoqasi va ularga ajratilgan mintaqalar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavsumiy (bahorgi va kuzgi), nazorat tartibidagi va maxsus ko‘riklar orqali doimiy nazoratga olinishi kerak.
41. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar va tartibsizliklar (noqonuniy qurilishlar) yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlarga yozma ko‘rsatmalar va mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritilishi zarur.
Yozma ko‘rsatmalar va taqdimnomalar olgan tegishli tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari zudlik bilan, o‘z vakolati doirasida, aniqlangan kamchiliklarni va tartibsizliklarni (noqonuniy qurilishlarni) bartaraf etish choralarini ko‘rishi kerak.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
42. Avtomobil yo‘llarini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organ Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan (shahar ko‘chalari bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan) kelishilgan holda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini (shahar ko‘chalarini) bir yilda ikki marta (bahor va kuzda) mavsumiy ko‘rikdan o‘tkazishi va ko‘rik natijalari asosida yo‘l harakati xavfsizligi tadbirlarini ishlab chiqishi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borishi, harakat xavfsizligiga zid holatlar yoki yo‘lning holatiga bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari ko‘paygan yo‘l qismlarini kelgusi yilga ta’mirlash rejasiga kiritish bo‘yicha tegishli organlarga taklif taqdim etishi (mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari esa o‘z rejalariga kiritishi) zarur.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
V. Yakunlovchi qoida
43. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarni buzganlikda aybdor hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XI bobi (Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik).
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga 2-ILOVA
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” va “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda uni muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.
Og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma berish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
avtopoyezd — tirkama (tirkamalar) ulangan mexanik transport vositasi;
katta hajmli yuk — o‘lchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta ko‘rsatkichi ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida tashishda mazkur Qoidalarda bayon etilgan me’yoriy o‘lchamlardan katta bo‘lgan yuk;
katta hajmli transport vositasi — yuklangan yoki yuksiz holda o‘lchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta ko‘rsatkichi ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishi uchun mazkur Qoidalarda bayon etilgan me’yoriy o‘lchamlardan katta bo‘lgan transport vositasi;
kuzatuvchi maxsus avtomobil — tashish yo‘nalishida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida (belgilangan tartibda to‘lov asosida) yukli avtomobilni kuzatib boruvchi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining patrul avtomobili;
mahalliy tashuvchi — qonunchilik asosida o‘zi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi;
maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositasi — metrologik tekshirishdan o‘tgan, foto va video suratga oluvchi, avtomatik rejimda ishlovchi, avtotransport vositalarining turi, rusumi, ro‘yxatdan o‘tgan davlat raqami belgisini, vazn va (yoki) gabarit parametrlarini qayd etuvchi sertifikatsiyalangan maxsus nazorat-o‘lchash texnik uskunasi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
maxsus ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yo‘nalish bo‘yicha katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishga huquq beruvchi hujjat. Maxsus ruxsatnoma avtomobil yo‘liga amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qiluvchi yuridik shaxs tomonidan bir martali yoki ko‘p martali tashuv uchun beriladi;
og‘ir vaznli yuk — vazni ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida tashishda transport vositasining g‘ildirak o‘qiga tushadigan og‘irligi mazkur Qoidalarda bayon etilgan me’yoriy miqdorlardan ortiq bo‘lgan yuk;
tashishga ruxsat beruvchi tashkilot — katta hajmli va og‘ir vaznli yuklar bilan avtotransport vositasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishga ruxsat beruvchi va harakatlanish yo‘nalishini belgilovchi, yo‘llarga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
tashishni kelishuvchi tashkilot — katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish yo‘nalishidagi avtomobil yo‘llariga, sun’iy inshootlarga yoki aloqa yo‘llari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, temir yo‘l kesishmalari va boshqalar)ga egalik qiladigan yoki ular balansida bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;
yuk tashish — transport vositalarining yuk bilan harakatlanishi;
yuklarni avtotransportda xalqaro tashish — yuklarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga tashish, shuningdek mamlakat hududidan tranzit tashish;
yuklarni avtotransportda mahalliy tashish — yuklarni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralaridan chiqmagan holda tashish;
himoya qiluvchi avtomobil — katta hajmli va og‘ir vaznli yukni transport vositasida tashishni kuzatib borish va xavfsizligini ta’minlash uchun yukni tashuvchi yoki jo‘natuvchi tomonidan ajratilgan avtomobil;
chet el tashuvchisi — qonunchilik asosida o‘zi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs.
3. Mazkur Qoidalar katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati, jihozlanishi va qo‘shimcha jihozlari hamda ularning harakatlanishida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
4. Mazkur Qoidalar hajmlari va og‘irlik xususiyatlari bo‘yicha amaldagi davlat standartlarida ko‘rsatilgan me’yorlardan yuqori bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalarida belgilangan o‘lchamlardan katta bo‘lgan transport vositalarida yuk tashishni tartibga soladi.
5. Ushbu qoidalarga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan o‘lchamlarning birortasidan yuqori o‘lchami bilan farq qiladigan transport vositasi (yuk bilan yoki yuksiz) katta hajmli va (yoki) og‘ir vaznli hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
Avtotransport vositasining gabarit o‘lchamlari haqiqiy ko‘rsatkichlari chiziqli-o‘lchash asbobi yordamida, to‘liq massa va o‘qqa tushadigan og‘irligi esa turg‘un yoki ko‘chma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
Chiziqli-o‘lchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda bo‘lishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat tamg‘asiga ega bo‘lishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
vazn va hajm parametrlarini aniqlashda o‘lchash asbobining avtotransport vositalarini to‘xtab turgan yoki 5 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanayotganda besh foiz, 5 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanayotganda — o‘n foiz farq bilan ishlashiga yo‘l qo‘yiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Agar tashiladigan yukning gabarit o‘lchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan ko‘rsatkichlardan o‘ta yuqori bo‘lganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarining yo‘qligi (nosozligi) sababli O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va o‘qlarga tushadigan og‘irligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda, zarur bo‘lgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
7. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, ularni bir necha qismlarga bo‘lish va boshqa transport vositasi bilan tashish imkoni bo‘lmagan holdagina amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Transport turini tanlash katta hajmli yoki og‘ir vaznli uskuna yoki mahsulotni tayyorlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarda avtomobil yo‘llari, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
8. Yo‘l harakati qoidalari va mazkur Qoidalar talablarini bajarmaslik natijasida yo‘l va sun’iy inshootlarga zarar yetkazilsa, yuk tashishni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs va transport vositasining haydovchisi amaldagi qonunchilik bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XI bobi (Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik).
(II bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
III. Yuk tashishga ruxsatnoma berishda qo‘yiladigan talablar
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
19. Yo‘l sharoitlari va transport vositalari harakatining serqatnov vaqtlarini hisobga olgan holda, harakatlanish uchun yuqori xavf tug‘dirib, ularning uzoq muddat to‘xtab qolishiga sabab bo‘lsa, yuk tashishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
20. Yuk tashishda harakat tezligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘nalish chizmasi kelishilayotganida tashilayotgan yukning og‘irligi, hajmi va boshqa xususiyatlari hamda yo‘l sharoitlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi kerak. Tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tarzda o‘rnatiladi.
21. Kuzatib borish zaruriyati hamda kuzatuv turi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘nalish chizmasi kelishilayotganda belgilanadi.
22. Kuzatib borish jo‘natuvchi yoki tashuvchi tashkilot tomonidan himoya qiluvchi va shatakka oluvchi avtomobillar (tashilayotgan yukning turi va yo‘l sharoitlariga qarab) ajratilgan holda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili bilan amalga oshiriladi.
23. Agar transport vositasining yuki bilan birgalikda kengligi 3,5 metrdan yoki uzunligi 24 metrdan oshsa, shuningdek transport vositasi me’yoridan ortiq og‘irlik bilan (4-ilova) harakat qilishi kerak bo‘lsa, avtomobilning harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi uchun himoya qiluvchi avtomobil bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari)ning bunga imkoni bo‘lmasa belgilangan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga kuzatuvchi maxsus avtomobil ajratilishi uchun murojaat etishlari mumkin.
24. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobili bilan kuzatib borish quyidagi hollarda (belgilangan tartibda to‘lov asosida) amalga oshiriladi:
transport vositasining kengligi 4,0 metrdan oshsa;
avtopoyezd uzunligi 30 metrdan oshsa;
transport vositasi harakatlanish davrida qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagini, qisman bo‘lsa-da, egallashga majbur bo‘lsa;
harakatlanish davrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zaruriyati tug‘ilsa;
yukni tashuvchi yoki jo‘natuvchi tomonidan yukni kuzatib borish masalasi bo‘yicha Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga murojaat qilinsa.
25. Himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasidan oldinda harakatlanishi kerak. Bunda himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasiga nisbatan chaproq tomonda harakatlanishi, ya’ni uning kengligi yuk tashuvchi transport vositasining kengligidan chap tomonga chiqqan bo‘lishi kerak.
Himoya qiluvchi avtomobilga sariq rangli chiroq-mayoqcha o‘rnatiladi, uning yoqilgan holatdagi harakatlanishi boshqa qatnovchilar uchun ogohlantiruvchi qo‘shimcha xabar beradi, lekin ularga nisbatan harakatlanishda imtiyoz bermaydi.
26. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili tomonidan kuzatib borish tartibi yuk tashuvchi avtomobilni himoya qiluvchi avtomobil kabi amalga oshiriladi.
Yuk tashishni amalga oshirish davrida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida kuzatuvchi maxsus avtomobil chorrahalarda transport vositalarining harakatini to‘xtatishi ham mumkin.
27. Kuzatib borish vaqtida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobilning chiroq-mayoqchasi yoqilgan bo‘lishi kerak.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobillari, himoya qiluvchi va yuk tashishni amalga oshirayotgan transport vositalari kunduz kuni gabarit hamda yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan holda harakatlanishi shart.
28. Yukni tashish yo‘nalishi ikki va undan ortiq viloyat hududidan o‘tsa, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobilining kuzatib borish tartibi kuzatuv uchun ruxsat bergan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organi tomonidan belgilanadi. Bu haqda yo‘nalish bo‘yicha hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari xabardor etiladi.
29. Joriy etilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish boshlanishidan avval transport vositasi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi va yuk tashishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili tomonidan ko‘zdan kechiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
IV. Haydovchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar
30. Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga va tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilarga katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositasini boshqarishga ruxsat beriladi.
31. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish davrida haydovchilar mazkur Qoidalar va yo‘l harakati qoidalari talablariga rioya qilishlari shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
32. Harakatlanish jarayonida haydovchilar quyidagilarni bajarishga majbur:
qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport vositalariga xavf tug‘dirmay va xalaqit bermay o‘tkazib yuborish uchun barcha choralarni ko‘rishga, kerak bo‘lsa to‘xtab turish;
harakatlanishdagi transport vositalariga xalaqit bermaslik maqsadida va orqa tomonda harakatlanayotgan transport vositalarining quvib o‘tishlariga sharoit yaratish uchun vaqti-vaqti bilan qulay joylarda to‘xtash.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
33. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
50 km/soat va undan ortiq tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib o‘tish;
boshqa transport vositalarini shatakka olish;
yo‘l marzasi bo‘ylab harakatlanish;
belgilangan harakatlanish yo‘nalishini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish;
yo‘lning mintaqasida joylashgan maxsus to‘xtash joylaridan tashqarida to‘xtash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
34. Yukni tashish paytida tasdiqlangan yo‘nalishga qat’iy rioya qilinishi shart. Agar yuk tashishda tasdiqlangan yo‘nalishni o‘zgartirish zarur bo‘lib qolsa, yukni tashishni amalga oshirayotgan tashkilot o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha yangi ruxsatnoma olishi kerak.
V. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
35. Texnik ko‘rsatkichlari katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishga mo‘ljallanmagan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
36. Transport vositalarida tashilayotgan katta hajmli yuklarni mustahkam tutib turish uchun mo‘ljallangan barcha moslama va qurilmalar suriladigan (yig‘iladigan) qilib tayyorlangan bo‘lib, katta hajmli yuk ortilmagan vaqtda transport vositasining gabarit o‘lchamlari belgilangan talablarga javob beradigan holatda bo‘lishi kerak.
37. Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holati yo‘l harakati qoidalariga, ishlab chiqaruvchi korxona hamda mazkur Qoidalar talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
38. Avtopoyezd harakatlanayotganda tirkamaning yon tomonlarga tebranishi tortuvchi avtomobilga nisbatan har bir tomon uchun gabarit o‘lchamlaridan 3 foizdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
39. Avtopoyezdni to‘xtatish tizimi tortuvchi avtomobilning to‘xtatish pedalidan ishlashi kerak va to‘xtatish kuchi uning bo‘linmalari bo‘yicha shunday ta’minlanishi lozimki, bunda avtopoyezd to‘xtash paytida “yig‘ilish” holati ro‘y bermasligi zarur.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
40. Tirkamalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan tortuvchi avtomobilning tirkama va yarim tirkama bilan bog‘lovchi uskunalari uzilganda, ularda to‘xtatib qoluvchi ishchi yoki avariya moslamalari bo‘lishi shart.
41. Tortuvchi avtomobildan ajratilgan, yuklangan tirkama va yarim tirkamalar 16 foizli qiyalikda ham mustahkam turishini ta’minlovchi moslamalar bilan jihozlanishi hamda harakatlanishda ularning barcha g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi tortuvchi avtomobil bilan bog‘lovchi qismi uzilganda o‘z-o‘zidan (avtomatik) to‘xtatishni ta’minlovchi ishchi to‘xtatish tizimi bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
42. Og‘ir vaznli yuklarni tashishga mo‘ljallangan avtopoyezdning har bir bo‘g‘inida kamida ikkitadan to‘xtatish ponasi bo‘lishi kerak (qiyaliklarda to‘xtashga majbur bo‘lganda foydalanish uchun).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
43. Avtomobil kabinasi chap va o‘ng tomondan orqani ko‘rsatuvchi ikkita ko‘zgu bilan jihozlanib, bu ko‘zgular tashilayotgan yukning hajmlarini hisobga olgan holda gorizontal va vertikal tekisliklarning yetarli darajada ko‘rinishini ta’minlashi kerak.
Orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgular avtomobil o‘qiga parallel yo‘naltirilgan, 20 — 25 kilogramm bilan ta’sir qilganda oldi va orqaga surilishini ta’minlovchi moslamaga ega bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
44. Uzunligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek tortuvchi avtomobillar belgilangan tartibda yon tomonidan burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlangan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
45. Tirkama va yarim tirkamali yuk avtomobillari kabinasining ustki o‘rta qismiga avtopoyezd haqida ogohlantiruvchi ichi yoritiladigan, teng tomonli (tomoni 250 millimetr), sariq rangdagi belgi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Avtopoyezdni belgilash uchun kabina ustki qismiga gorizontal joylashgan sariq rangli 3 ta chiroq o‘rnatish mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
46. Tirkama va yarim tirkamaning orqa tomoniga 2 ta qizil rangdagi yorug‘lik qaytaruvchi moslama o‘rnatiladi. Ularning har biri teng tomonli uchburchak (tomonlari 150 millimetrdan 200 millimetrgacha) shaklida bo‘lib, uchlari yuqoriga qaratilgan holda, kenglik bo‘yicha tashqi hajmdan 0,4 metrdan ortiq bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi kerak. Tirkama yoki yarim tirkamaning oldingi devorida yumaloq shakldagi 2 ta (diametri 0,2 metrgacha) tashqi hajmdan 0,15 metrdan ortiq bo‘lmagan masofada oq yorug‘ qaytargich o‘rnatilishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
47. Transport vositasining oldi yoki orqa tomonining hajmidan 1 metr chiqib turgan yoki kengligi bo‘yicha oldingi yoki orqa hajm chiroqlarining tashqi qirralaridan 0,4 metrga chiqib turgan yuk kunduz kuni orqa va oldidan ogohlantiruvchi taxtacha yoki bayroqchalar (400x400 millimetr) bilan belgilanadi. Ular diagonal bo‘yicha kengligi 50 millimetr bo‘lgan qizil va oq chiziqlar bilan ketma-ket chizilgan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Tungi vaqtda esa yoki ko‘rinish masofasi yetarli bo‘lmagan sharoitda yorug‘lik qaytaruvchi moslamalar va chiroqlar (oldida oq, orqasida qizil rangli) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Uzunligi va kengligi bo‘yicha transport vositalari belgilangan talabga javob bermasa, bunday transport vositalarining barchasi yuqorida bayon qilinganidek jihozlanishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
48. Balandligi yo‘l sathidan 4,5 metr va undan ortiq yuklarni tashish vaqtida yukli transport vositasining oldida harakatlanayotgan himoya qiluvchi avtomobilga bitta yoki ikkita ogohlantiruvchi sariq rangli chiroqcha o‘rnatilishi mumkin, bu chiroqlar tungi vaqtda yoki ko‘rinish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda yoqiladi. Chiroqchalar tashilayotgan yuk hajmining yuqori chegarasidan 5-10 santimetr baland qilib o‘rnatiladi va ular asosiy tortuvchi avtomobil haydovchisiga ko‘rinib turishi kerak.
49. Avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lsa transport vositasining orqa tomoniga maxsus taxtacha o‘rnatiladi. Unda avtopoyezdning haqiqiy uzunligini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi kerak (5-ilova).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
50. Yuk tashiyotgan avtomobilga himoya qiluvchi, shatakka oluvchi va itaruvchi avtomobillardan tashqari, texnik ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha maxsus transport vositalari (chilangarlik ustaxonalari, avtoko‘targich va boshqalar) ajratilishi mumkin.
VI. Og‘ir vaznli transport vositalarining sun’iy inshootlardan o‘tishdagi alohida holatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
51. Og‘ir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositalarining sun’iy inshootlardan o‘tishi yo‘l tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga asosan belgilanadi.
52. Yo‘l tashkilotlari 30 tonnadan kam og‘irlikka mo‘ljallangan barcha sun’iy inshootlar oldiga belgilangan tartibga asosan “Chegaralangan og‘irlik” — ogohlantiruvchi yo‘l belgisini o‘rnatishi kerak.
53. Agar transport vositasining haqiqiy og‘irligi me’yoriy og‘irlik o‘lchamlaridan ortiq bo‘lsa (3-ilova), lekin 4-ilovada keltirilgan birliklardan yuqori bo‘lmasa, bu holda transport vositasi quyidagilarga rioya qilish sharti bilan o‘tkazib yuborilishi mumkin:
sun’iy inshootlarda harakatlanayotganda u yerda boshqa transport vositalari bo‘lmasligi kerak;
yuk ortilgan transport vositasi yo‘l qatnov qismining o‘qi bo‘yicha 10 km/soatdan yuqori bo‘lmagan tezlik bilan harakatlanishi kerak.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
55. Og‘irligi me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositasini sun’iy inshootdan xavfsiz va beto‘xtov o‘tkazish uchun uning sun’iy inshoot o‘qi bo‘yicha 10 km/soatdan ortiq bo‘lmagan tezlikda bir tekisda, to‘xtamasdan harakatlanishi ta’minlanishi kerak.
Transport vositasining sun’iy inshoot orqali harakatlanishi faqat sun’iy inshootdan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda, uning tagidan o‘tayotgan barcha transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgandan keyin amalga oshiriladi.
Me’yordan ortiq yuk ortilgan transport vositasini sun’iy inshootdan o‘tkazish vaqtida boshqa transport vositalari va piyodalarning harakati taqiqlanadi.
Majburiy to‘xtash ro‘y bergan hollarda transport vositasini sun’iy inshootdan zudlik bilan olish choralarini ko‘rish kerak.
56. Transport vositasining orqa tomonida boshqariladigan buriluvchi tirkama bo‘lgan hollarda uning operatori va tortuvchi avtomobil haydovchisi o‘rtasida ishonchli radio yoki telefon aloqasi mavjud bo‘lishi kerak.
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalariga 1-ILOVA
Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari*
Uzunligi
yakka avtotransport vositasi
12 m
tirkama
12 m
mingashmali avtopoyezd
20 m
tirkamali avtopoyezd
20 m
yukning chiqib turishi**
2 m
Kengligi
avtotransport vositalari
2,55 m
izotermik kuzovli avtotransport vositasi
2,6 m
Balandligi
avtotransport vositalari
4 m
* Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan o‘lchamlari olib qo‘yiladigan kuzovlarni va yuk uchun taralarni, shu jumladan, konteynerlarni o‘z ichiga oladi.
** Avtotransport vositasi gabaritining yuk bilan uzunlik bo‘yicha chiqib turishi (yukning ortiq chiqib turganligi avtotransport vositasining uzunligini aniqlashda hisobga olinadi).
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalariga 2-ILOVA
Izoh. Avtotransport vositalarining har bir o‘qiga tushuvchi ruxsat etilgan og‘irligi avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda 10 tonnadan ortiq bo‘lmasligi kerak.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalariga 3-ILOVA
Me’yoriy og‘irlik o‘lchamlari
Ko‘prikka tushuvchi og‘irlikning hisob tizimi
Me’yoriy og‘irlik
Umumiy haqiqiy vazn, tn.
Minimal baza, metr
N 8 va NG-30
10,5 dan ortiq emas
4
N10 va NG-60
13,0 dan ortiq emas
4
N13 va NG-60
17,0 dan ortiq emas
4
N18 va NK-80
30,0 dan ortiq emas
6,8
N30 va NK-80
30,0 dan ortiq emas
6,8
Izoh:
NG — (zanjirli og‘irlik).
NK — (g‘ildirakli og‘irlik).
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalariga 4-ILOVA
Me’yordan yuqori bo‘lgan og‘irlik o‘lchamlari
Ko‘prikka tushuvchi og‘irlikning hisob tizimi
Me’yordan yuqori bo‘lgan og‘irlik
Umumiy haqiqiy vazn, t.k.
O‘qqa tushuvchi og‘irlik, tn.
Baza, metr
N 8 va NG-30
30 dan ortiq emas
7,6 dan ortiq
4 dan kam
N10 va NG-60
60 dan ortiq emas
9,5-13
5
N13 va NG-60
60 dan ortiq emas
16
5
N18 va NK-80
80 dan ortiq emas
20
3,6
N30 va NK-80
80 dan ortiq emas
20
3,6
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalariga 5-ILOVA
Uzun o‘lchamli transport vositasi belgisi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 562-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)