toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda; 2012-yil, № 9/1, 241-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 12, 769-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-aprel,
OʻRQ-473-son
Davlat mukofotlari toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat mukofotlarini taʼsis etish, ular bilan taqdirlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida davlat mukofotlarini taʼsis etish, ular bilan taqdirlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
3-modda. Davlat mukofotlari
Davlat mukofotlari fuqarolarni ularning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni saqlashga, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, sotsial, ilmiy, intellektual, maʼnaviy salohiyatini hamda mudofaa qudratini oshirishga qoʻshgan hissasi, davlat va xalq oldidagi faoliyatning ijtimoiy, xayriya, gumanitar sohalaridagi hamda boshqa sohalardagi xizmatlari uchun ragʻbatlantirishning oliy shaklidir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatlarning mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Davlat mukofotlari bilan ayrim hollarda fuqarolar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, harbiy boʻlinmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari mukofotlanishi mumkin.
4-modda. Davlat mukofotlarini taʼsis etish
Davlat mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taʼsis etiladi.
Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomlar va davlat mukofotlarining tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining rasmiy nomlari davlat tilida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: 1994-yil 5-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi nizom” va “Oltin Yulduz” medalining tavsifi”, “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 26-apreldagi Qonun, mazkur Qonun bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi nizom” va “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mustaqillik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mehnat shuhrati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Shon-sharaf” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Amir Temur ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Jaloliddin Manguberdi ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mardlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Jasorat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Shuhrat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Sodiq xizmatlari uchun” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy yorligʻi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy yorligʻi tavsifini tasdiqlash haqida”gi Qonun.
2-bob. Davlat mukofotlari tizimi
5-modda. Davlat mukofotlarining turlari
Davlat mukofotlari quyidagilardan iborat:
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni;
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari;
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari;
Oʻzbekiston Respublikasining medallari;
Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi.
6-modda. “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofotdir va u bir marta beriladi.
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslarga oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medali va unga doir guvohnoma topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: 1994-yil 5-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi nizom” va “Oltin Yulduz” medalining tavsifi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari quyidagilardan iborat:
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”;
“Oʻzbekiston iftixori”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog”;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-650-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son)
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor”;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-avgustdagi OʻRQ-952-sonli Qonuniga asosan oʻttizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son)
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador”;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog”;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-martdagi OʻRQ-1048-sonli Qonuniga asosan oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son)
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi”;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi”.
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi koʻkrak nishoni va unga doir guvohnoma topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 26-apreldagi Qonun, mazkur Qonun bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi nizom” va “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari quyidagilardan iborat:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni;
“El-yurt hurmati” ordeni;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
“Mehnat shuhrati” ordeni;
Oldingi tahrirga qarang.
“Faxriy murabbiy” ordeni;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-iyundagi OʻRQ-622-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 03/20/622/0744-son)
I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni;
I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
“Doʻstlik” ordeni;
Oldingi tahrirga qarang.
I va II darajali “Salomatlik” ordeni;
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-620-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 03/20/620/0667-son)
“Mardlik” ordeni.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Sogʻlom avlod uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mustaqillik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mehnat shuhrati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Shon-sharaf” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Amir Temur ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “El-yurt hurmati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Jaloliddin Manguberdi ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mardlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni, “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni va “Imom Buxoriy” ordeni ham kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi OʻRQ-789-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2022-y., 03/22/789/0742-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oliy darajali doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining medallari
Oʻzbekiston Respublikasining medallari quyidagilardan iborat:
“Jasorat” medali;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali;
Oldingi tahrirga qarang.
“Sogʻlom turmush” medali;
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-maydagi OʻRQ-621-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 03/20/621/0668-son)
“Kelajak bunyodkori” medali;
“Shuhrat” medali.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Jasorat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Shuhrat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Sodiq xizmatlari uchun” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonun.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi
Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi belgilangan namunadagi Faxriy yorliqning jildga solingan blankasi tarzida boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy yorligʻi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy yorligʻi tavsifini tasdiqlash haqida”gi Qonun.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya
Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida doimiy ishlaydigan maslahat va kengash organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash va faxriy unvonlarini berish masalalarini hal etish boʻyicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini, shuningdek geraldika sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning tarkibi, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori.
3-bob. Davlat mukofotlariga taqdim etish, ular bilan taqdirlash va ularni topshirish
12-modda. Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa respublika muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Davlat mukofotlariga taqdim etish tashabbusi bilan chiqish va ularni koʻrib chiqish tartibi, taqdimnomaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati, shuningdek davlat mukofotlariga doir guvohnomalarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusi bilan mustaqil ravishda chiqishga haqlidir.
13-modda. Davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi
Davlat mukofotlari bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasining 21-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini davlat mukofotlari bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining ayni bir ordeni, medali va Faxriy yorligʻi bilan takroran taqdirlash, shuningdek takroran faxriy unvon berish amalga oshirilmaydi, bundan darajalarga ega boʻlgan davlat mukofotlari mustasno.
Darajalarga ega boʻlgan davlat mukofotlari bilan taqdirlash ketma-ketlikda — quyi darajadan yuqori darajagacha amalga oshiriladi.
Fuqarolarni navbatdagi davlat mukofotiga taqdim etish, qoida tariqasida, avvalgi taqdirlangan paytidan eʼtiboran kamida uch yil oʻtgach amalga oshiriladi. Alohida hollarda, fuqarolar navbatdagi mukofotga avvalgi taqdirlangan vaqtidan qatʼi nazar taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
14-modda. Davlat mukofotlarini topshirish
Davlat mukofotlarini topshirish tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlarini topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, boshqa respublika muassasalarining rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik korpusining vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti shunga vakolat bergan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat mukofotlarini topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslarga bir vaqtning oʻzida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Shaxs vafot etgandan keyin mukofotlangan taqdirda davlat mukofoti mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biriga uni taqib yurish huquqi berilmagan holda topshiriladi.
Davlat mukofotlari vafot etgan mukofotlangan shaxsning yoki vafotidan keyin mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan birining roziligi bilan davlat muzeylariga topshirilishi mumkin.
Agar mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlari boʻlmasa, uning vafotidan keyin davlat mukofoti va unga doir guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga topshiriladi.
4-bob. Davlat mukofotlaridan foydalanish
15-modda. Davlat mukofotlarini taqib yurish
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medalini, Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir koʻkrak nishonlarini, ordenlarini va medallarini koʻkragining chap tomoniga taqib yuradi, qadagʻichsiz ordenlar bundan mustasno. Taqdirlangan shaxslar davlat mukofotlarini boshqa hollarda ham taqib yurishi mumkin.
Oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medali Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir koʻkrak nishonlaridan, ordenlaridan va medallaridan yuqoriga taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir koʻkrak nishonlari ushbu Qonunning 7-moddasida koʻrsatilgan ketma-ketlikda Oʻzbekiston Respublikasi ordenlari va medallaridan oldin taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi ordenlari ushbu Qonunning 8-moddasida koʻrsatilgan ketma-ketlikda Oʻzbekiston Respublikasi medallaridan oldin taqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi medallari ushbu Qonunning 9-moddasida koʻrsatilgan ketma-ketlikda taqiladi.
Koʻkrakning oʻng tomonida Oʻzbekiston Respublikasining qadagʻichsiz ordenlari quyidagi ketma-ketlikda taqiladi:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni boʻyinga osiladigan muhayyar lentada belgilangan tartibda taqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oliy Darajali Doʻstlik” va “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordenlari koʻkrakning oʻng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi.
(15-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi OʻRQ-789-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2022-y., 03/22/789/0742-son)
Shaxsda chet davlatlarning mukofotlari boʻlsa, ular Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan keyin joylashtiriladi.
Taqdirlangan shaxslar kundalik taqib yurish uchun davlat mukofotlari oʻrniga plankalardagi lentalarni taqib yurishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari va medallari oʻrniga lentalar taqib yurish uchun plankalar bir oz boʻrtib chiqqan, orden va medallar qadagʻichlarining rangiga mos keladigan lentalar bilan qoplangan toʻgʻri burchakli metall plastinkalardan iborat boʻladi. Har bir plankaning boʻyi 12 mm, eni 24 mm.
Oldingi tahrirga qarang.
Plankalardagi lentalarni taqib yurish qoidalari oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medaliga, “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Oliy Darajali Imom Buxoriy”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir koʻkrak nishonlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(15-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-avgustdagi OʻRQ-789-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2022-y., 03/22/789/0742-son)
Alohida hollar va kundalik taqib yurish uchun ordenlarning belgilangan tartibda tayyorlangan frakbop kichkina koʻchirma nusxalari nazarda tutiladi.
Ordenlarning frakbop kichkina koʻchirma nusxalarini taqish chogʻida davlat mukofotlarini taqib yurishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy qoidalariga rioya etiladi.
Taqdirlangan shaxslarga alohida hollarda davlat mukofotlari yelkaga yoki boʻyinga osiladigan lentada topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 6-apreldagi PF-1095-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish Qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi”.
16-modda. Davlat mukofotlarining tasvirlaridan foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, harbiy boʻlinmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlarining qabariqli tasvirini binolarda joylashtirishi, davlat mukofotlarining tasvirini oʻz davriy bosma nashrlarida aks ettirishi mumkin.
17-modda. Davlat mukofotlarini saqlash tartibi
Taqdirlangan shaxslar davlat mukofotlarini va ularga doir guvohnomalarni ehtiyotkorlik bilan saqlashi, ularning but saqlanishini taʼminlashi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, harbiy boʻlinmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari davlat mukofotlarining va ularga doir guvohnomalarning but saqlanishini taʼminlashi lozim.
Davlat mukofoti va unga doir guvohnoma yoʻqolgan taqdirda, ushbu mukofotga boʻlgan huquq saqlanib qoladi.
Davlat mukofotlari harbiy vaziyatda, tabiiy ofat natijasida yoki davlat mukofoti yoʻqolishining oldini olish imkoniyatini istisno etadigan boshqa sharoitlarda yoʻqolgan taqdirda, ularning dublikatlari berilishi mumkin. Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan davlat mukofotlarining dublikatlari berilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya qaroriga koʻra mazkur mukofotlarning mum nusxalari berilishi mumkin.
Davlat mukofoti va unga doir guvohnoma boshqa sharoitlarda yoʻqolgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya taqdirlangan shaxsga davlat mukofoti bilan taqdirlanganlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda maʼlumotnoma beradi.
Davlat mukofotini va unga doir guvohnomani yoʻqotgan taqdirlangan shaxs vafot etgan taqdirda, ushbu mukofot va guvohnomaning dublikatlari berilmaydi.
18-modda. Davlat mukofotlarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan davlat mukofotlarini hamda ularga doir guvohnomalarni olib chiqish huquqiga ega.
Vafot etgan taqdirlangan shaxsning doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan yaqin qarindoshlari mazkur mukofotlarga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatganidan keyin davlat mukofotlarini olib chiqish huquqiga ega.
Davlat mukofotlariga boʻlgan huquq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa, ularni olib chiqish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan davlat mukofotlarini olib chiqish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan imtiyozlar va pul toʻlovlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikka muvofiq imtiyozlardan foydalanadi, pul toʻlovlari yoki esdalik sovgʻalari oladi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-sonli “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, harbiy boʻlinmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari taqdirlanganda pul toʻlovlari ajratilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini (premiyalarini), esdalik va koʻkrak nishonlarini, idoraviy mukofotlarni taʼsis etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat mukofotlari boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari (premiyalari), davlat va jamiyat tarixidagi muhim sanalarga va voqealarga atalgan esdalik va koʻkrak nishonlari taʼsis etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan idoraviy mukofotlar taʼsis etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya bilan kelishilgan holda, oʻzlarining ichki hujjatlari bilan xodimlarni ragʻbatlantirishning har xil turlarini, shu jumladan unvonlarni, esdalik va koʻkrak nishonlarini, idoraviy mukofotlarni belgilashi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari (premiyalari), esdalik va koʻkrak nishonlari, idoraviy mukofotlar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
21-modda. Davlat mukofotlaridan mahrum etish
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar quyidagi hollarda ulardan mahrum etilishi mumkin:
shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganda — sudning taqdimnomasiga binoan;
shaxs oʻz shaʼni va qadr-qimmatini badnom etuvchi xatti-harakat sodir etganda — taqdirlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish huquqiga ega boʻlgan organ yoki tashkilotning taqdimnomasiga binoan.
Davlat mukofotlaridan mahrum etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum boʻlganlik belgilangan imtiyozlar bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Davlat mukofotidan mahrum etilgan shaxsga tegishli davlat mukofoti va unga doir guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunga zid ravishda hukm qilingan va toʻliq oqlangan shaxslarning davlat mukofotlariga boʻlgan huquqlari qonunchilikka muvofiq tiklanadi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 52-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi yettinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(22-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ordenni, medalni, faxriy unvonga doir koʻkrak nishonini qonunga zid ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, almashish yoki oʻzga tarzda haq evaziga berish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 209-moddasi.
Tashqi koʻrinishi davlat mukofotlariga oʻxshash boʻlgan esdalik va koʻkrak nishonlarini, idoraviy yoki boshqa mukofotlarni taʼsis etish hamda tayyorlash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻygan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari, shuningdek egasi aniqlanmagan davlat mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga topshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2018-y., 03/18/473/1058-son; 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; 12.03.2020-y., 03/20/609/0287-son, 27.05.2020-y., 03/20/620/0667-son, 27.05.2020-y., 03/20/621/0668-son, 10.06.2020-y., 03/20/622/0744-son, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.08.2022-y., 03/22/789/0742-son; 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son; 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son)