1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi
Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat toʻgʻrisidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga asoslangan boʻlib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 15, 22 va 48-moddalari.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydi.
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
Hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobi (“Mahkumlarning huquqiy holati”).
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16-moddasi.
6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
Jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʻladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishi kerak.
Jazolashdan koʻzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʻllash orqali erishib boʻlmaydigan taqdirdagina ogʻirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining birinchi xatboshisi.
9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining uchinchi boʻlimi (“Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 4 — 6-bandlari.
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
II bob. Kodeksning amal qilish doirasi
11-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) Oʻzbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa;
b) Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa;
v) Oʻzbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, Oʻzbekiston hududidan tashqarida yuz bergan boʻlsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan boʻlib, uning bir qismi Oʻzbekiston hududida yuz bergan boʻlsa, Oʻzbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Oʻzbekiston bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston portida roʻyxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga tegishli boʻlmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
12-modda. Kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun oʻsha davlat sudining hukmi bilan jazolangan boʻlmasalar, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushlab berilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 601-moddasi.
Chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
13-modda. Qonunning vaqt boʻyicha amal qilishi
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan boʻlsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblangan boʻlsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, yaʼni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi boʻlimida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining yettinchi boʻlimi (“Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari”), Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
181-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
V bob. Ayb
20-modda. Aybning shakllari
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan boʻlib, uni sodir etgan shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom boʻlgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar toʻgʻri yoki egri qasddan sodir etilgan boʻlishi mumkin.
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishini istagan boʻlsa, bunday jinoyat toʻgʻri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi.
22-modda. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bogʻlagan boʻlsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
Agar shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham boʻlmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetmagan va ishning holatlariga koʻra koʻzi yetishi mumkin va lozim ham boʻlmagan boʻlsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi.
VI bob. Tamom boʻlmagan jinoyat
25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir etilishi boshlangunga qadar toʻxtatilgan boʻlsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik koʻrish deb topiladi.
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi.
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
Jinoyatni bevosita toʻla yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga oʻz maslahatlari, koʻrsatmalari bilan, vositalar berish yoki toʻsiqlarni yoʻqotish bilan koʻmaklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 25-bandining beshinchi xatboshisi va 55-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining oltinchi xatboshisi hamda 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining uchinchi xatboshisi.
29-modda. Ishtirokchilikning shakllari
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida boʻladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
30-modda. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi
Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda aʼzolari tayyorgarlik koʻrilishi yoki sodir etilishida oʻzlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan boʻlsa, javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar boʻladi.
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni oʻz vaqtida koʻrganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasining ikkinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining oltinchi xatboshisi, 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda 20-bandi.
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan vaʼda bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 1551va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni oldindan vaʼda bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi.
Oldindan vaʼda bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom boʻlgan jinoyat ham, jazoga sazovor boʻlgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 2 va 14-bandlari.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan boʻlsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat boʻlgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat boʻlib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa choʻzilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan boʻlmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 3, 5, 6-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8, 11, 12, 13, 15-bandlari.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud boʻlsa, u moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 27-bandi.
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 16, 17, 18, 19-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, yaʼni:
a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qatʼi nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning ogʻir jinoyat sodir etishi oʻta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 21, 22, 26 va 27-bandlari.
Sudning hukmi bilan shaxs oʻta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasi birinchi qismining 8-bandi, 468-moddasi birinchi qismining 3-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 22, 25-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining oʻtib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 22, 24-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda oʻta xavfli retsidivist deb topilgan boʻlsagina qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
UCHINCHI BOʻLIM QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR
IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari
35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud boʻlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gʻayriqonuniy yoki aybli boʻlmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
Quyidagi holatlar, yaʼni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsa-da, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chogʻida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam soʻrab murojaat qilish yoxud tajovuzdan oʻzga yoʻsinda qutulish imkoniyati bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir.
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qoʻzgʻatish zaruriy mudofaa deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni oʻsha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji boʻlmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin boʻlsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim boʻlgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi.
(38-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 222-moddasi.
40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan boʻlsa, jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi.
Jinoiyligi oldindan ayon boʻlgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Gʻayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, u javobgarlikka tortiladi.
41-modda. Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik
Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining beshinchi xatboshisi.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qoʻyilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji boʻlmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni koʻrgan boʻlsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilishda koʻzlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin boʻlgan foydali natijadan koʻproq boʻlgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab boʻlmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok boʻlish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan boʻlsa, asosli deb topilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bogʻliq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, jinoyat hisoblanmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
(411-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qoʻllanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga toʻsqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.
43-modda. Jazo tizimi
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin:
(43-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan “b1” band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(43-moddaning “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(43-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan “d1” band bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(43-moddaning birinchi qismining “z” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15, 16, 17-bandlari.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, toʻrt yuz sakson soatdan koʻp boʻlmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat boʻyicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi.
(44-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 533-moddasining ikkinchi qismi, 539-moddasi, 542-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 30, 32, 321-moddalari.
Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida koʻrsatiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan boʻlsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish jazosiga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlangan boʻlsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qoʻshimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(45-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar mustasno.
(45-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 6-bobi (“Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 41, 43-bandlari, 47-bandining birinchi xatboshisi, 51-bandining beshinchi xatboshisi, 561-bandi.
Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki oʻqiyotgan boʻlsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda oʻtaladi.
Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga toʻrt soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda oʻtaladi.
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(451-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Maʼmuriy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
(451-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat boʻlib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning oʻz ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami oʻttiz kundan koʻprogʻini oʻtashdan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlasa yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlangan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
(46-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-moddalari, 542-moddasining uchinchi qismi, 545-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 67-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18 — 23-bandlari.
Xizmat boʻyicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida koʻrsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul taʼminotining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha boʻlgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Xizmat boʻyicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi oʻrniga shu muddatga xizmat boʻyicha cheklash jazosini qoʻllashi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni oʻtagan vaqt esa, uning koʻp yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos boʻladigan xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 25-bobi (“Xizmat boʻyicha cheklash va qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish”), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 293 va 294-bandlari.
(48-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
(481-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida oʻtaladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida oʻtash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan boʻyin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
(481-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qoʻllanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
muayyan joylarga bormaslik;
ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik;
muayyan faoliyat bilan shugʻullanmaslik;
muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik;
transport vositasini boshqarmaslik;
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) oʻqish joyini oʻzgartirmaslik, tegishli maʼmuriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
muayyan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;
aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;
alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik.
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga oʻzi yetkazgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash, ishga yoki oʻqishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga koʻmaklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqti oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 81-bobi (“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 251 — 256-bandlari.
(481-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Intizomiy qismga joʻnatish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq boʻlgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Intizomiy qismga joʻnatish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga shu muddatga intizomiy qismga joʻnatish jazosini qoʻllashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 26-bobi (“Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazoni ijro etish”) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism toʻgʻrisida”gi nizom.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni asosida uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qoʻshish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(50-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib yoki oʻtayotgan chogʻida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga:
a) oʻta xavfli retsidivistlarga;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV boʻlimi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 26 — 30-bandlari.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi boʻlib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qoʻyishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining V boʻlimi (“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
Harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin.
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotiga ega boʻlgan shaxs ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 531-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 161-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining oʻninchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 41-bandining birinchi, uchinchi xatboshisi.
(53-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
XI bob. Jazo tayinlash
54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilish, chin koʻngildan pushaymon boʻlish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) ogʻir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zoʻrlik, ogʻir haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
56-modda. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda;
(56-modda birinchi qismining “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish.
(56-modda birinchi qismining “o” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
57-modda. Yengilroq jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni eʼtiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni eʼtiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qoʻllanilishi shart deb koʻrsatilgan qoʻshimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, yaʼni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 37 — 39, 42-bandlari.
571-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganida jazo tayinlash
(571-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(571-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi OʻRQ-245-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda)
572-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
(572-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
58-modda. Tamom boʻlmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash
Sud tamom boʻlmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning ogʻir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning toʻrtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:
a) oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan;
b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan:
javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan;
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan;
oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan;
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan;
voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan;
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qoʻllanilmaydi.
(58-modda ikkinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining birinchi xatboshisi.
(58-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli boʻlgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining oʻziga jazo tayinlashda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining VII bobi (“Jinoyatda ishtirokchilik”), 55 va 56-moddalari.
59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan boʻlib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan boʻlmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, soʻngra tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng ogʻiri uchun nazarda tutilgan eng koʻp jazo muddatidan yoki meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 51-bandi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5 va 6-bandlari.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoxud yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(59-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Jinoyatlar majmui boʻyicha har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qoʻshimcha jazolarni ham qoʻshishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng koʻp muddatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 52-bandi.
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish boʻyicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo oʻsha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui boʻyicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning oʻtalgan qismi qoʻshib hisoblanadi.
(59-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 53-bandi.
(59-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻla yoki qisman qoʻshadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni asosida uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qoʻshimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qoʻshib tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 54 — 59-bandlari.
61-modda. Jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari
Har xil turdagi asosiy jazolarni qoʻshganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga joʻnatishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat boʻyicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatiga toʻgʻri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikni cheklash, xizmat boʻyicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qoʻshilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.
(61-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qoʻshish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
(63-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning muddatlari soatlar bilan hisoblanadi.
(63-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
BESHINCHI BOʻLIM JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH
XII bob. Javobgarlikdan ozod qilishning turlari
64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish
Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil;
b) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — toʻrt yil;
v) ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil;
g) oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — oʻn toʻrt yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
(64-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.
Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini boʻyniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning oʻtishi qaytadan tiklanadi.
Agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning oʻtishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari oʻtmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab oʻn yil, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(64-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi.
(64-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
(64-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish oʻzining ijtimoiy xavfliligini yoʻqotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda koʻrish vaqtida sharoit oʻzgarganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 1-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
66-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 2-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 8-bandi.
(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish), 115-moddasida (ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 1261-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish), 149-moddasida (muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish), 1491-moddasida (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 1492-moddasida (oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish), 1493-moddasida (ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish), 167-moddasining birinchi qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (oʻgʻrilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining “b” va “v” bandlarida (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta toʻlovga qobiliyatsizlik), 181-moddasida (toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish), 189-moddasida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obroʻsizlantirish), 229-moddasida (oʻzboshimchalik), 256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish), 257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish), 2769-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(661-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
(661-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining toʻrtinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining uchinchi qismi.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan kundan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari
69-modda. Jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
v) oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn yil;
g) oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — oʻn besh yil ichida ijro etilmagan boʻlsa, mahkum asosiy va qoʻshimcha jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar koʻpayadi va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning oʻtishi uziladi. Bunday holda muddatlarning oʻtishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil oʻtgan boʻlsa, jazoni ijro etish mumkin emas.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan muddatlar oʻtishini qoʻllash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar oʻtishini qoʻllashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.
(69-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
(69-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 2-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 3-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
71-modda. Aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma aʼzosi boʻlgan shaxs, agar u aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan boʻlsa, basharti u ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 6-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 131-bandi.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida koʻrsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
72-modda. Shartli hukm qilish
Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, shartli hukm qoʻllashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud boʻlsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki oʻqishga kirish, yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda roʻyxatdan oʻtib turish, muayyan joylarda boʻlmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
(72-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligi nazorat olib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining birinchi qismi, 32-bobi (“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat”).
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 535-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 30-bandining beshinchi xatboshisi.
Shartli hukm oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
(72-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 31 — 361-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari.
73-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.
(73-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllaniladi.
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;
(73-modda uchinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan uch qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
(73-modda uchinchi qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga;
(73-modda toʻrtinchi qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
b) oʻta xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
v1) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik, shuningdek firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplamagan shaxsga;
(73-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “v1” band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
g) javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda koʻp miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirgʻin qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan material va uskunalarni kontrabanda qilganlik, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik, gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etganlik, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilganlik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun hukm qilingan shaxslarga;
(73-modda toʻrtinchi qismining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(73-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-938-sonli Qonuniga asosan “d” band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida sud asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklatishi mumkin:
a) ishga yoki oʻqishga joylashish;
b) muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning yashash joyi, ish yoki oʻqish joyi oʻzgarganligi haqida uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga xabar berish;
v) muayyan joylarga bormaslik;
g) alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini oʻtash;
d) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan harbiy xizmatchilarning xulq-atvori ustidan nazoratni esa — harbiy qismlar yoki muassasalarning qoʻmondonligi amalga oshiradi.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan sud ilgari ushbu shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi yoxud uning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklatishi mumkin.
Prokurorning taqdimnomasiga yoki advokatning iltimosnomasiga binoan sud jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni oʻtalmagan jazo muddati davomida bajarmasa, sud uning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organning taqdimnomasiga binoan uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor qilish va oʻtalmagan jazo muddatini oʻtashi haqidagi masalani koʻrib chiqadi.
(73-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-938-sonli Qonuniga asosan beshinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin.
(74-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
b) ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
(74-modda uchinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi OʻRQ-825-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
(74-modda uchinchi qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini oʻtab boʻlganlaridan keyin ushbu Kodeksning 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
741-modda. Jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish
Ushbu Kodeks 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan tayinlangan jazoni oʻtash muddati qisqartirilishi mumkin. Bunda jazoni oʻtash muddati har bir oʻqilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda koʻpi bilan oʻttiz kungacha qisqartirilishi mumkin.
(741-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-aprel)
75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilish
Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqa ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim.
(75-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar oʻtib ketmagan boʻlsa, jazo ijro etiladi.
Intizomiy qismga joʻnatish yoxud xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sogʻligʻi harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar. Xizmat boʻyicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar.
Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash vaqtida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan boʻlsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilinadilar.
(75-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 534-moddasi, 542-moddasining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 482 — 484-bandlari va “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1854, 09.09.2008-y.).
76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish
Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jazo tayinlaydi.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5361-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 140, 166-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9 va 10-bandlari.
(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni asosida uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XIII bobi (“Jazodan ozod qilishning turlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega boʻladi.
Sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi.
Jazoni oʻtagan, ammo qonunning oʻzgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlinishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan boʻlsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6 va 7-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi, bundan oʻta ogʻir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlganidan keyin oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno.
(77-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1092-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1092/0976-son)
78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
(78-moddaning “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach;
g) ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach;
(78-moddaning “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
d) besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach;
e) besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach;
j) oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 5-bandining birinchi xatboshisi, 7 — 11, 13-bandlari.
79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab boʻlganidan keyin unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilmagan boʻlsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni oʻtab chiqqan shaxsning oʻzi bergan iltimosnomasiga koʻra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi oʻtganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda koʻp zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 132-bandi.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oʻn besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtab chiqqan shaxslar hamda oʻta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni oʻtab chiqqanidan keyin oʻn besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 544-moddasi.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 5-bandining beshinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 5, 7, 12, 13-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi yettinchi xatboshisi.
80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan boʻlsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrogʻi bilan almashtirilgan jazoning amalda oʻtab boʻlingan qismidan hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm boʻyicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan boʻlsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda oʻtab boʻlingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Agar jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7 — 10-bandalri.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.04.00 Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi]
OLTINCHI BOʻLIM VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
XV bob. Jazo va uni tayinlash
81-modda. Jazo tizimi
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin:
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan “a1” band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(81-moddaning “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan “v1” band bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12, 15, 16, 17-bandlari.
Mahkum jarima toʻlashdan olti oy muddat mobaynida boʻyin tovlasa, sud toʻlanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539-moddasi, 542-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 30, 32, 321-moddalari.
Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, oʻqish jarayonini buzmasligi lozim.
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha boʻlgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-sonli “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
(821-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻz ish joyida oʻtash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12 va 18 — 23-bandlari.
(83-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning oʻtalmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 539, 541-moddalari, 542-moddasining uchinchi qismi, 545-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-bobi (“Jarima tariqasidagi jazoni ijro etish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 67-moddasi.
(83-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida bir oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
(841-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1092-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1092/0976-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 81-bobi (“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish”).
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridanazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(85-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1092-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1092/0976-son)
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan:
(85-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
(85-modda ikkinchi qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 24-sentabrdagi OʻRQ-182-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda)
b) ogʻir jinoyat uchun — olti yilgacha;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan:
(85-modda uchinchi qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 24-sentabrdagi OʻRQ-182-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda)
b) ogʻir jinoyat uchun — yetti yilgacha;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun — oʻn yilgacha muddatga tayinlanadi.
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Hukm chiqarish paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida oʻtash tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV boʻlimi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12 va 26 — 30-bandlari.
(85-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(85-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(85-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
86-modda. Jazo tayinlash
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sogʻligʻini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”).
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddati oʻn yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn ikki yilgacha tayinlanadi.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — oʻn ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish paytida oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati oʻn besh yildan oshmasligi kerak.
(86-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi OʻRQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud boʻlsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9 va 10-bandlari.
XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
87-modda. Majburlov choralarini qoʻllagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qoʻllamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirilishi mumkin.
(87-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 3-bandi.
Besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 564-moddasi.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-10-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan boʻlsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetmasa, sud jazo oʻrniga majburlov chorasi qoʻllash maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
88-modda. Majburlov choralari
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qoʻllaniladi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash;
b) oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni oʻz mablagʻi hisobidan yoki mehnati bilan toʻlash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oshib ketmagan boʻlsa qoʻllaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
(88-modda birinchi qismining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) voyaga yetmaganni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining uchinchi qismi va 34-bobi (“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash”).
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlish muddati va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(88-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
89-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga, ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qoʻllanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va oʻqishga halol munosabatda boʻlgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining uchinchi qismi.
Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin qoʻllaniladi.
(89-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki oʻqishga halol munosabatda boʻlib kelayotgan mahkumga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Jazoning oʻtalmagan qismini yengilrogʻi bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) ogʻir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismi;
v) oʻta ogʻir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtab boʻlinganidan keyin qoʻllanilishi mumkin.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi oʻtab boʻlinganidan keyin ushbu Kodeksning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qoʻllanilishi mumkin.
Jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(90-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining uchinchi qismi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (roʻyxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.05.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari]
YETTINCHI BOʻLIM TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARI
XVII bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
(91-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasi.
92-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashning umumiy asoslari
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar yoxud jazoni oʻtash vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavf tugʻdirsa, sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(92-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3 va 4-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
93-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining turlari
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish;
b) yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish;
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish;
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish.
(93-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
94-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlash
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zoʻrayishi alomatlari boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davolashni talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi koʻproq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan reabilitatsiya choralari koʻrilishini talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish oʻta ijtimoiy xavfli boʻlgan yoki oʻz xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qoʻriqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
(94-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 181-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
95-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga muhtoj boʻlmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qoʻllash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy taʼminot muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sogʻliqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
(95-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(96-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 27-bandining birinchi xatboshisi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 182, 194-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni 44-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari toʻgʻrisida”gi nizom va “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom (roʻyxat raqami: 2591, 03.06.2014-y.).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 32-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
(96-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
MAXSUS QISM
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar]
BIRINCHI BOʻLIM SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar
97-modda. Qasddan odam oʻldirish
Qasddan odam oʻldirish —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish, yaʼni:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni;
v) aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
g) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda;
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
j) oʻta shafqatsizlik bilan;
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda;
n) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
(97-modda ikkinchi qismining “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) oʻta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam oʻldirilishi —
oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 12-bandi.
(97-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(98-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5 va 24-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandining birinchi xatboshisi.
99-modda. Onaning oʻz chaqalogʻini qasddan oʻldirishi
Onaning oʻz chaqalogʻini tugʻish vaqtida yoki tugʻilishi hamon qasddan oʻldirishi —
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam oʻldirish —
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20 va 22-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish
Shaxsni qoʻrqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli “Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
(103-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oʻzini oʻzi oʻldirishga undash, yaʼni koʻndirish, aldash yoki boshqa yoʻl bilan oʻzga shaxsda oʻzini oʻzi oʻldirish hissini uygʻotish, agar shaxs oʻzini oʻzi oʻldirgan yoki oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilgan boʻlsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1031-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli “Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 1 — 4, 6-bandlari, 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
II bob. Sogʻliqqa qarshi jinoyatlar
104-modda. Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa va ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
(104-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
i) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida;
(104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
(104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-645-sonli Qonuniga asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan;
v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
105-modda. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa —
(105-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) oʻta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
(105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-645-sonli Qonuniga asosan “l” va “m” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining oʻlimiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlgan yoxud sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlar tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(106-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 6 va 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining birinchi xatboshisi.
107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(107-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(108-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
(109-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-972-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 03/24/972/0785-son)
Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu Kodeksning 1261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa —
(109-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(109-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
b) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini koʻzlab;
v) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(109-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-972-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 03/24/972/0785-son)
Muttasil ravishda doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida, 1261-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan boʻlsa, —
(110-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(110-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(110-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi.
111-modda. Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish
Ehtiyotsizlik orqasida badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(111-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ehtiyotsizlik orqasida badanga ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(111-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga oʻrtacha ogʻir yoki badanga ogʻir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(111-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi va 22-bandining birinchi xatboshisi.
III bob. Hayot yoki sogʻliq uchun xavfli jinoyatlar
112-modda. Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish
Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(112-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(112-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(112-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi.
(113-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
114-modda. Jinoiy ravishda homila tushirish (abort)
Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin boʻlmagan holda sunʼiy ravishda homila tushirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(114-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sunʼiy ravishda homila tushirishga huquqi boʻlmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(114-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(114-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
115-modda. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash
Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sunʼiy tushirilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(115-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
1151-modda. Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash
Insonni undan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlash, zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan yoxud moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
116-modda. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(116-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(116-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 30-moddasining ikkinchi qismi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
Hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan va oʻzini oʻzi himoya qilish imkoniyatidan mahrum boʻlgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega boʻlsa yoxud aybdorning oʻzi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qoʻygan va bu hol badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga olib kelsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(117-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17, 18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 45-bandining ikkinchi xatboshisi.
Nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 119, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) oʻldirish bilan qoʻrqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
e) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(118-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
119-modda. Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish
Zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) oʻldirish bilan qoʻrqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
e) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(119-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
121-modda. Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish
Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga majbur etish, —
uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga olib kelsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan;
v) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
g) ogʻir oqibatlarga olib kelsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 116-moddasining birinchi qismi (“Oila aʼzolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 474-moddasi.
(122-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
1221-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini taʼminlamaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda boʻyicha javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar mustasno.
(1221-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi OʻRQ-823-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son — 2023-yil 16-iyundan kuchga kiradi)
123-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 116-moddasi (“Oila aʼzolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari”), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 475-moddasi.
(123-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
124-modda. Bolani almashtirib qoʻyish
Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qoʻyish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(124-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
125-modda. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga koʻra farzandlikka olishni sir saqlashi shart boʻlgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa;
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 153-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida nizom”ning 6-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom”ning 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 18-bandining uchinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
1251-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish
(1251-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1251-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 473-moddasining birinchi qismi.
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1251-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 473-moddasining ikkinchi qismi.
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1251-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 473-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15 va 51-moddalari.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash, ushbu shaxslarga sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1261-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi OʻRQ-978-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki bolaga, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —
(1261-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi OʻRQ-978-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son)
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki bolaga, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlmagan va ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, —
(1261-modda toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi OʻRQ-978-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 03/24/978/0835-son)
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
v) oʻta shafqatsizlik bilan;
g) gʻarazli niyatlarda;
d) diniy taassublar zamirida;
e) bir guruh shaxslar tomonidan;
j) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97, 104 va (yoki) 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
z) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
i) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotishga yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishiga yoki uning funksiyalari tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki sogʻliqning boshqacha tarzda yomonlashuviga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining yoʻqolishiga yoki homilaning tushishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 97 va (yoki) 104-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
g) jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(127-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi boʻlgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni majburan isteʼmol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1271-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga majburlagan holda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi OʻRQ-514-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son)
128-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) yaqin qarindoshiga yoki bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(128-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
1281-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
129-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan;
g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan;
d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 128-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
e) yaqin qarindoshiga yoki bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
j) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash muassasasining yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
z) telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
(129-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1130-sonli Qonuniga asosan “j” va “z” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(129-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
1291-modda. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni saqlash, tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon boʻlgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1130-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son)
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa —
(130-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(130-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 189-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(130-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(130-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1130-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 03/26/1130/0376-son)
1301-modda. Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
(1301-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1301-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1301-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1891-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(1301-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 12-apreldagi OʻRQ-324-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 166-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(131-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(132-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 19, 20-bandlari.
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi OʻRQ-754-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son)
Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi OʻRQ-754-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son)
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
133-modda. Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish
(133-modda nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
Inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 1151, 1331, 1332-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning aʼzolarini yoki toʻqimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki taʼlim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, —
(133-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(133-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) shaxs tomonidan oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa.
(133-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
1331-modda. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi
Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1331-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
1332-modda. Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish
Insonning transplantatsiya qilinadigan aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1332-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
134-modda. Qabrni tahqirlash
Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni olish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(134-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
VI bob. Shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
b) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan;
v) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram boʻlgan shaxsga nisbatan;
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
e) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
j) jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
z) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan, yashirgan yoxud yoʻq qilib yuborgan holda;
i) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida;
k) fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1065-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1065/0453-son)
a) oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali sodir etilgan boʻlsa;
b) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ushbu Kodeksning 137-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
g) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
d) jabrlanuvchining oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa;
e) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1065-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 03/25/1065/0453-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2020-yil 17-avgustdagi OʻRQ-633-sonli Qonuni.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(136-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 53-moddalari.
137-modda. Odam oʻgʻrilash
Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
v) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
(137-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuniga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
138-modda. Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish
Birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(138-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) jismoniy azob berib;
b) hayot yoki sogʻliq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Tuhmat qilish, yaʼni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(139-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali tuhmat qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(139-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Tuhmat:
a) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab;
b) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda;
v) xavfli retsidivist tomonidan;
g) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(139-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali haqorat qilish —
(140-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(140-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
VII bob. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
141-modda. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish —
(141-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(141-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi.
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1411-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 461-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa;
b) gʻarazli niyatlarda sodir etilgan boʻlsa;
v) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1411-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(1411-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
1412-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(1412-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda;
g) xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa;
d) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1412-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
1413-modda. Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish
Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalangʻoch holdagi foto- va (yoki) videotasvirini oʻz ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qoʻrqitish, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1413-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy bostirib kirish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(142-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 18-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari.
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
Xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(143-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(144-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(144-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan taʼqib etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
145-modda. Vijdon erkinligini buzish
Diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni oʻtkazishga toʻsqinlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(145-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yigʻim undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning shaʼni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy taʼlim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bogʻliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(145-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-699-son Qonuni.
146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(146-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlarning yoki saylov komissiyalarining yoxud referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov (ovoz berish) byulletenlariga yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni bila turib notoʻgʻri sanash —
(146-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-953-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 03/24/953/0683-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(146-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi.
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish
Fuqarolarning deputat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targʻiboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari oʻz vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, aldash yoki ogʻdirib olish yoʻli bilan toʻsqinlik qilish —
toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(147-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36 va 128-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi.
Bila turib, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, —
(148-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(148-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, —
(148-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(148-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 119-modasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi.
1481-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1482-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
(1482-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi OʻRQ-673-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1481 va 1482-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi OʻRQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1482-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi OʻRQ-826-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son)
149-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish
Asarga, ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, seleksiya yutugʻiga va integral mikrosxema topologiyasiga nisbatan mualliflikni oʻzlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek ushbu intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular rasman eʼlon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(149-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-noyabr)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining IV boʻlimi (“Intellektual mulk”), Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 61, 62-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) 5, 39-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) 45-moddasi.
1491-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish
Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularni tayyorlovchilar haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon axborotni koʻrsatish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib;
d) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
1492-modda. Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish
Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, xizmat koʻrsatish belgisiga, geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
1493-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish
Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(1491, 1492 va 1493-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-noyabr)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.02 Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar]
IKKINCHI BOʻLIM TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR
VIII bob. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
Urushni targʻib qilish, yaʼni bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar, gʻoyalar yoki chaqiriqlar tarqatish —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(150-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatining pasporti.
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik urushini boshlash va uni olib borish —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(151-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi”ning 5-bandi toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-sonli “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
152-modda. Urushning qonun va udumlarini buzish
Tinch aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-toroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarini buzish —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(152-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Xalqaro qurolli nizolar qurbonlarini himoya qilishga oid 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyasiga qoʻshimcha protokol”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-son “Urush qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyasi hamda Xalqaro va xalqaro xarakterga ega boʻlmagan qurolli nizolar qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyasiga Qoʻshimcha protokolga qoʻshilish haqida”gi qarori.
Genotsid, yaʼni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek, bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq berish —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(153-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustdagi 835-I-son “Genotsid jinoyatining oldini olish va bunday jinoyat uchun jazo toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi qarori.
Yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1541-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1541-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy taʼminlash va oʻqitishga qarshi kurash toʻgʻrisida Xalqaro Konvensiya” (Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555-I-son “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy taʼminlash va oʻqitishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Xalqaro Konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi qaroriga asosan qoʻshilgan).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qoʻrqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zoʻrlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugʻdiruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi —
(155-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga toʻsqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
oʻn besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
(155-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(155-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining 2, 28, 29-moddalari.
Ushbu Kodeksning 155, 1552, 1553, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq maʼlum boʻlgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat toʻgʻrisida xabar qilmaslik, —
(1551-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1551-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1551-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1552-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish, chiqish yoki harakatlanish
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1552-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquvdan oʻtish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(1552-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Terrorizmni moliyalashtirish, yaʼni terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansabdor shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(1553-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni 2-moddasining toʻrtinchi xatboshisi.
156-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(156-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1843-moddasi,Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandi.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuygʻularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targʻib qilish, xuddi shuningdek milliy, irqiy, etnik mansubligiga yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(156-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-874-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son)
(156-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
(156-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
IX bob. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
Davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish —
(157-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻzining bunday hamkorligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi, oʻz qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(158-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(158-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish —
(158-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-martdagi OʻRQ-679-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 03/21/679/0256-son)
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(158-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi qismi.
159-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
(159-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zoʻravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining Oʻzbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Fitna toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, koʻrilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasining uchinchi qismi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi —
(160-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(160-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, oʻziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda oʻz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oʻzining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgan va qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga maʼlum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
Qoʻporuvchilik, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sogʻligʻiga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(161-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 54-bandi.
162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish
Davlat sirlarini oshkor qilish yoki oʻzgaga berish, yaʼni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarning, bu maʼlumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari boʻlmasa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(162-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks VIII boʻlimining oʻninchi xatboshisi (“Atamalarning huquqiy maʼnosi”), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi.
Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yoʻqotish
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi maʼlumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yoʻqotilishi, basharti, bu yoʻqotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(163-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
UCHINCHI BOʻLIM IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR
X bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
(164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga ogʻir shikast yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4 — 9 va 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻzining mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish —
(165-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-899-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son — 2024-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(165-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Tovlamachilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(165-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
(166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Talonchilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(166-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 6 va 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(167-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
(167-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “v” va “g” bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “v” band bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(167-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
(167-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “g” va “d” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(167-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(167-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, 8 — 20-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 3 — 5-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, 28-bandining ikkinchi xatboshisi.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
(168-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi OʻRQ-794-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
(168-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “v” va “g” bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “v” band bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
(168-modda toʻrtinchi qismi dispozitsiyasining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(168-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi Qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3, 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi va 12-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi va 12-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib;
(169-modda ikkinchi qismining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan;
e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
(169-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuniga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib;
(169-modda uchinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi OʻRQ-794-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son)
g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(169-moddaning uchinchi qismi “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻgʻrilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(169-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 2, 5, 8, 9, 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi, 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
XI bob. Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
170-modda. Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish
Aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazish, basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(170-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandi.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(170-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(170-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
171-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish
Mulkning jinoiy yoʻl bilan topilganini bila turib, uni oldindan vaʼda qilmagan holda olish yoki oʻtkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(171-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(171-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(171-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
172-modda. Mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish
Shaxsning mulkni qoʻriqlash yuzasidan oʻz vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(172-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-son “Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(173-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(173-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 612-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 54-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
(174-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-137-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 532-modda)
XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
175-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish
Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(175-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.
(175-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1711-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.06.00 Iqtisodiy xavfsizlik. Moddiy zaxira]
176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish
(176-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish —
(176-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 26-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
177-modda. Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish
(177-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(177-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
(177-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.11.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
178-modda. Chet el valyutasini yashirish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) gʻarazgoʻylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 12-moddasi.
Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishini taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(178-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Soxta tadbirkorlik, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida tadbirkorlik subyektini tashkil etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
(180-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, yaʼni yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, ularni toʻliq hajmda bajara olmasligi toʻgʻrisida eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(180-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(180-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(180-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(180-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
(181-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatish yoki boshqacha tarzda oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligini qasddan yashirish yoʻli bilan kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(181-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(181-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(181-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
1811-modda. Qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish
(1811-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish, ushbu yuridik shaxsning yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(1811-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1811-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1795-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(1811-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
182-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(182-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(182-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(182-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(182-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
a) juda koʻp miqdorda;
b) chegarani buzib oʻtish, yaʼni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq oʻtkazish yoʻli bilan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(182-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
(182-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
183-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(183-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etmaslik yoki bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(183-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 178-moddasining birinchi qismi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarlikni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(183-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 178-moddasining uchinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi.
184-modda. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 174-moddasi.
Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash:
a) takroran;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 16, 18 — 25, 29-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor hisoblanadi.
(184-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1841-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1841-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1752-moddasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish qoidalarini buzish, davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(185-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
1851-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1851-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1851-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmishlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1851-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1852-moddasi birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 101-moddasi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1852-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1852-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1852-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(1852-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali talon-toroj qilish bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.
(1852-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish” qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari.
XIII bob. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
(186-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
1861-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish
Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(1861-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunining 4 va 5-boblari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-sentabrdagi 444-sonli “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6 va 7-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalarining V boʻlimi (“Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish xususiyatlari”), Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori bilan tasdiilangan Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish faoliyatining pasporti.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
1862-modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1862-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1862-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-sonli “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
(1862-modda Oʻzbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil OʻRQ-93-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)
(1863-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
(187-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan chiqarildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 176-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8, 11 — 13-bandlari.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda soliqlar va yigʻimlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(188-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
1881-modda. Pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash, xuddi shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida ushbu faoliyatni reklama qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda reklama qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1881-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Mulkiy manfaat berish boʻyicha zimmaga majburiyat olish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1881-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
189-modda. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish
(189-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
(189-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish —
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164-moddasi.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(189-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(189-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo” qoidalari va “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish” qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldashi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” II-boʻlimi 1-bobining 1 va 6-paragraflari (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish” qoidalari (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.), “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish” qoidalari (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 15 va 16-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 132-bandi.
190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shugʻullanish
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz oʻttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki oʻn oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻqson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(190-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda toʻplash —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 33-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(192-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi.
XIII1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, yaʼni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoxud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud toʻsqinlik qilish, talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1921-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi OʻRQ-1120-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1921-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2411-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1921-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1921-moddaning uchinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
1922-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1922-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2412-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1922-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1922-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining V-boʻlimi (“Soliq nazorati”), Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
1923-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1923-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2413-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1923-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1923-moddaning uchinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1924-modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlarini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1924-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2414-moddasi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
1925-modda. Litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(1925-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1925-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2415-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1925-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1926-moddaning birinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2416-moddasi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1926-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1927-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1927-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1927-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2417-moddasi.
1928-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1928-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(1928-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2418-moddasi.
1929-modda. Tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1929-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1929-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1929-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1929-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1929-modda beshinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Basharti pora evaziga ogʻdirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi.
19210-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(19210-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 611-moddasi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(19210-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
19211-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish
Mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, yaʼni nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(19211-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(19211-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “b” va “v” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(19211-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(XIII1 bob Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, OʻOʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi.
19212-modda. Pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ularni oʻz vaqtida qaytarmaslik
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik, talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(19212-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 10-maydagi OʻRQ-841-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2023-y., 03/23/841/0270-son — 2023-yil 12-avgustdan kuchga kiradi)
TOʻRTINCHI BOʻLIM EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.04 Ekologiya sohasidagi jinoyatlar]
XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining aʼzolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning oʻlimi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy taʼsir qiladigan darajada atrof muhitning oʻzgarib ketishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(193-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 80-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 48 va 49-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasining ikkinchi qismi, 21, 28, 29-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
194-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish yoki buzib koʻrsatish
Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sogʻligʻi, tirik tabiat uchun xavfli boʻlgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir maʼlumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(194-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(194-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 9-bandi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
195-modda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini koʻrmaslik
Mansabdor shaxsning ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini koʻrishdan boʻyin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(195-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(195-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
196-modda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(196-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(196-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 79-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 90-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
1961-modda. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1962-modda. Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1961 va 1962-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-984-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 03/24/984/0860-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.14.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
197-modda. Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish
Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(197-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 40, 79 va 90-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 va 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-bobi.
Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor etish boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(1971-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1971-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oʻsha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(1971-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(1971-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi OʻRQ-526-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi)
198-modda. Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(198-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(198-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(198-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
1981-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻrmon fondi yerlarida qonunga xilof ravishda bino-inshootlar qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(1981-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 Oʻrmonga oid qonun hujjatlarini va oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Oʻrmon fondiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar)]
199-modda. Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish
Oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(199-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasining oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
(200-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(200-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Yangi tahriri).
201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish
Xoʻjalik faoliyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻit, oʻsish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining toʻrtinchi qismi.
202-modda. Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yigʻish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(202-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmishlar:
a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
Oʻsha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno);
(202-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
d) uyushgan guruh tomonidan;
e) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
j) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, –
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorda, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvonot hamda oʻsimlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning oʻrni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(202-moddaning beshinchi qism Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1004-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)
2021-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2021-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(203-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 29-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
(204-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(204-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
(204-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(204-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar]
BESHINCHI BOʻLIM HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar]
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar
205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(205-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(205-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “b” va “v” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandi, 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, 26 va 29-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7, 13 va 16-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi.
206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish
Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(206-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(206-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “b” va “v” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandi, 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, 28 va 29-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi.
(2061-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(207-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishiga sabab boʻlsa, —
(207-modda uchinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(207-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13 va 16-bandlari.
(207-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-10-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Hokimiyat harakatsizligi, yaʼni davlat organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yoʻl qoʻygan holda sodir etilgan boʻlsa, —
(208-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(208-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Hokimiyat harakatsizligi gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(208-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Mansab soxtakorligi, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(209-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(209-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan “b” va “v” bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi va 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi, —
(210-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) tamagirlik yoʻli bilan;
g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
(210-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(210-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi, zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi.
Pora berish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
(211-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(211-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
(211-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
(211-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi va 25-bandi.
212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish
Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(212-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
(212-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(212-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6 — 8-bandlari, 13-bandi, 14-bandining ikkinchi xatboshisi, 16 va 18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(213-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1931-moddasi.
Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(213-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
(213-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1932-moddasi.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi.
2141-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi
Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan oʻzgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora evaziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, ushbu Kodeksning 210 va 214-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) koʻp miqdorda;
v) tamagirlik yoʻli bilan;
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2142-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga ogʻdirib olish
Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan oʻzgartirish maqsadida sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora evaziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki ularni mulkiy manfaatdor etish, ushbu Kodeksning 211 va 213-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
(2141 va 2142-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-noyabrdagi OʻRQ-988-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2024-y., 03/24/988/0885-son)
215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(215-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish —
(216-moddaning nomi va dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(216-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi va 2-bobi (“Jamoat birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining toʻxtatilishi”), Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining III (“Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tartibi”) va IV boʻlimlari (“Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi”), Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16 va 17-moddalari.
2161-modda. Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash
Oʻzbekiston Respublikasida gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(2161-moddaning nomi va dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2161-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2021-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari.
Oʻsha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2161-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi OʻRQ-673-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son)
2162-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(2162-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maxsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2162-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 240-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddaning uchinchi qismi, 7-modaning beshinchi qismi, .
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2162-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 240-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi.
217-modda. Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish
Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud oʻtkazish tartibini ularning tashkilotchisi tomonidan buzish shunday harakatlari uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(217-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 201-moddasining birinchi qismi.
Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,—
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(217-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 201-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish” qoidalari.
218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(218-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki maʼmuriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) oʻta xavfli retsidivist;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-moddasi ikkinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
221-modda. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmaslik
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni oʻtayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining qonuniy talablariga boʻysunmasligi yoxud maʼmuriyatning oʻz faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yoʻsinda toʻsqinlik qilishi, basharti, mahkumga nisbatan bir yil mobaynida jazoni oʻtash tartibi talablarini buzganligi uchun jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan keyin sodir etilsa, —
(221-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-moddasi ikkinchi qismi, 52, 109-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”.
222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(222-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Qochish:
a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish —
(223-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(223-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”.
a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan;
(223-modda ikkinchi qism dispozitsiyasining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” roʻyxati, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” roʻyxati, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” roʻyxati.
d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa.
(223-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi.
besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
(224-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-579-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)
225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan uzrli sababsiz boʻyin tovlashi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(225-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 237-moddasining birinchi qismi.
Oʻsha harakatlar:
a) oʻz badaniga shikast yetkazish;
b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(225-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik boʻyicha chaqiruvdan boʻyin tovlashi —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(225-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi.
(225-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
226-modda. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish
Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 206-moddasi.
Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish:
a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish;
b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
(227-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi OʻRQ-215-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatʼiy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan boʻlsa.
(227-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi OʻRQ-215-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(227-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
(227-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(227-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2271-modda. Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish
Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya (kuzov, shassi (rama), dvigatel) raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish
Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(228-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(228-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(228-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
2281-modda. Davlat proba tamgʻalarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab davlat proba tamgʻasini qonunga xilof ravishda tayyorlash, oʻtkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2281-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2281-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-bobi.
2282-modda. Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini buzish
Masʼul shaxs tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini yoxud traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnomani berishda taʼlim oluvchining oʻquv dasturini oʻzlashtirganligi yoki yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni oʻquv jurnallariga, yoʻl varaqalariga yoki imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib guvohnoma berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Masʼul shaxs tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga asos boʻladigan maxsus sertifikatni yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda nomzodning nazariy va amaliy imtihonlar natijalari toʻgʻrisidagi soxta maʼlumotlarni taʼlim oluvchining imtihon varaqasiga yoki imtihon natijalari bayonnomasiga kiritish yoxud ushbu soxta maʼlumotlarga asoslanib maxsus sertifikat berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2282-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
Oʻzboshimchalik, yaʼni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(229-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 200-moddasi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.24.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
2291-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2291-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2291-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(2291-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 60-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 90-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
2292-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2292-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 241-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasining toʻrtinchi — oltinchi qismlari.
Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxsga diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga yetmagan shaxsga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2292-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
2293-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(2293-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi OʻRQ-1050-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 27-iyun)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2294-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
Oʻsha harakat:
a) takroran sodir etilgan boʻlsa;
b) sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;
(2294-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuniga asosan “v” band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
g) davlat mulki boʻlgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerning yoki uning bir qismining begonalashtirilishiga, uning hududi qisqartirilishiga sabab boʻlsa, —
(2294-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan “g” band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2294-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
2295-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yer uchastkasining noqonuniy olib qoʻyilishi olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni oldindan va toʻliq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab boʻlsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda yoki juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2295-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-667-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/667/0035-son)
2296-modda. Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish
Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) yerlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) yerlarga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritilishini taʼminlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(2296-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon boʻlgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oʻsha harakat ogʻir yoki oʻta ogʻir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14, 15-moddalari va 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22 va 23-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasi.
Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari boʻyicha dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash chogʻida gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlarni kiritishda va oʻzga buzib koʻrsatishlarda namoyon boʻladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2301-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;
b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 951-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-344-son “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining birinchi, oltinchi xatboshilari.
2302-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
Jinoyatni sodir etishga aloqasi yoʻqligi oldindan ayon boʻlgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish maqsadida yoxud shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2302-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun moʻljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2302-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-344-son “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining birinchi, oltinchi xatboshilari.
231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish
Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(231-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oʻsha harakat odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 11, 455-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 253-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 179-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 3, 8-moddalari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, —
(232-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(232-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1981, 1982-moddalari.
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(232-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
2321-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish
Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, yaʼni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazishni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2321-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi OʻRQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, yaʼni band solingan yoxud garovga qoʻyilgan mulkni ishonib topshirib qoʻyilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish, —
(233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(233-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
(233-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, yaʼni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega boʻlmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
(234-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(234-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-bobi (“Ushlab turish”).
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(234-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 222, 242-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash, yaʼni maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik koʻrsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun oʻzboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qoʻrqitish, urish, doʻpposlash, qiynash, azob berish yoʻli bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim oʻtkazish yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazish, —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni qoʻllagan holda yoxud shunday zoʻrlikni qoʻllash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab boʻyicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ashyolar qoʻllanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(235-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 17-moddasining ikkinchi qismi.
236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni ishni har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(236-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining beshinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qoʻshma 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 3-bandining birinchi xatboshisi.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) gʻarazgoʻylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
g) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Yolgʻon guvohlik berish, yaʼni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chogʻida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi —
(238-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda koʻrish chogʻida yolgʻon koʻrsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolgʻon xulosa berish uchun ekspertni yoxud notoʻgʻri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga ogʻdirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatish yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish orqali yolgʻon koʻrsatuv berishga majbur qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(238-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 7-son “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
239-modda. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish
(239-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsatisiz, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilish —
(239-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(239-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan boʻyin tovlashi —
(240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(240-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik koʻrsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh oʻziga qarshi koʻrsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar.
(240-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni oldindan vaʼda bermasdan yashirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) takroran sodir etilgan boʻlsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2411-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi OʻRQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar]
OLTINCHI BOʻLIM. JAMOAT XAVFSIZLIGIGA, AHOLI SALOMATLIGI VA GENOFONDIGA, JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
(oltinchi boʻlimining nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish
Jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yaʼni mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(243-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining uchinchi xatboshisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida daʼvat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-martdagi OʻRQ-679-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 03/21/679/0256-son)
Shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qoʻrqitib shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish, qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish yoxud ushbu faoliyatni moliyalashtirish, xuddi shuningdek ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(244-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-martdagi OʻRQ-1051-sonli Qonuniga asosan uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 03/25/1051/0278-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash —
(2441-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2441-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish —
(2441-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2441-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
(2441-modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2441-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga asosan 2441-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2442-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2442-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga asosan 2442-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining beshinchi qismi.
2443-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2443-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2444-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-martdagi OʻRQ-921-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 03/24/921/0219-son — 2024-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;
g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2444-moddaning ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-martdagi OʻRQ-921-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 03/24/921/0219-son — 2024-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(2444-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi OʻRQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
2445-modda. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2445-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi OʻRQ-613-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(2446-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish
Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar boʻlmasa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]
Kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni yoki oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoxud ularning analoglarini yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish —
(246-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini koʻp miqdorda kontrabanda qilish —
(246-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-son “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
247-modda. Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash
(247-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —
(247-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(247-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) bosqinchilik yoʻli bilan;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(247-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
248-modda. Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi
(248-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish —
(248-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
(248-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
2481-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;
g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2481-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi OʻRQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
249-modda. Qurolni va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish
Oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning oʻlimiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(249-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29-iyundagi 15 va 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda unga oʻq-dorilarni saqlash, tashish berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-sonli bugʻrugʻi bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport uqotar qurol hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qoʻyiladigan Yagona talablar”.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 11-bandlari.
250-modda. Portlash xavfi boʻlgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Portlovchi, tez alangalanuvchi, oʻyuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami: 1491, 08.07.2005-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1492, 08.07.2005-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish” qoidalari (roʻyxat raqami: 1493, 08.07.2005-y.).
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2501-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1851-moddasi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2501-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2501-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-261-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 329-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori
(251-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
(2511-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
(2512-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, oʻgʻrilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoxud yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yoʻli bilan;
g) bosqinchilik yoʻli bilan;
d) ushbu Kodeksning 155 va 161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
253-modda. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish
Radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, joʻnatish va ular bilan muomalada boʻlishning boshqa qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(253-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(253-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish” qoidalari.
254-modda. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish
Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega boʻlish, ularni saqlash, ulardan foydalanish, ularni birovga oʻtkazish, koʻrinishini oʻzgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(254-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(254-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish” qoidalari.
255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Yadro energiyasi bilan bogʻliq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2551-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirgʻin qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash, olish, birovga oʻtkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2551-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
sakkiz yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2551-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga asosan 2551-modda bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiya” (Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185-I-sonli “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan).
2552-modda. Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2552-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) magistral quvurlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
g) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2552-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) odam oʻlishiga;
b) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2552-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(256-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun masʼul shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(256-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(256-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.02.00 Mehnat qonunchilik hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik]
257-modda. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20-bobi (“Mehnatni muhofaza qilish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(2571-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
258-modda. Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish
Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(258-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(258-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
259-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish
Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(259-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
2591-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2591-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 2101-moddasining ikkinchi qismi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
XVIII bob. Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
260-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 8, 10, 11, 22, 26-bandlari.
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, xuddi shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(2601-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi OʻRQ-534-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2601-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa,—
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2601-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-oktabrdagi 349-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari”, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”.
Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs, uning egasi yoki foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transportini yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi yoki boshqarishni unga topshirishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(261-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
ikki yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 8, 10, 21, 26-bandining ikkinchi xatboshisi.
Haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(2611-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(2611-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2612-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2611 va 2612-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
262-modda. Transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish
Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa transport vositasini, aloqa yoʻllari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini sifatsiz taʼmirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib, uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(262-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 37 va 38-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament va Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 180-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 8, 10, 11, 23, 26-bandlari.
2621-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Transport vositalariga gaz balloni uskunalarini oʻrnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul shaxs tomonidan siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizlik qoidalarini buzish yoxud gaz balloni uskunasi oʻrnatilgan transport vositalariga yoqilgʻi quyish talablarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odam oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2621-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
263-modda. Temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yoʻllarini yaroqsiz holatga keltirish
Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transporti vositalari, aloqa yoʻllari, ulardagi inshootlar, signalizatsiya qurilmalari, aloqa yoki boshqa transport uskunalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoxud ularni boshqa usulda foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(263-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 3-ilovasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8, 11-bandlari.
2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2631-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1161-moddasi.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2631-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilagan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
264-modda. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish
Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
265-modda. Xalqaro uchish qoidalarini buzish
Ruxsatnomada koʻrsatilgan uchish yoʻnalishiga, qoʻnish joylariga, havo darvozalariga, uchish balandligiga rioya qilmaslik yoki xalqaro uchish qoidalarini boshqacha tarzda buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(265-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksining IX bobi (“Xalqaro parvozlar”).
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
muayyan huquqdan mahrum qilib, oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(266-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6 — 13, 17, 19, 20, 22, 24, 26, 28-bandlari.
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
g) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan;
v) transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(267-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida” qarori.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
268-modda. Transportning xavfsiz ishlashini taʼminlashga doir qoidalarni buzish
Yoʻlovchi, piyoda, velosiped, ot-ulov transportining haydovchisi yoki yoʻl harakatining boshqa qatnashchilari tomonidan, ushbu Kodeksning 261-263, 265 yoki 266-moddalarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, harakat xavfsizligi qoidalarini yoki barcha turdagi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(268-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6 — 8, 10 va 11-bandlari.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
269-modda. Avtomobil yoʻllaridan va koʻchalardan foydalanish, ularni taʼmirlash ishlarini tashkil etish va saqlash qoidalarini buzish
(269-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
Avtomobil yoʻllaridan, shu yoʻllarga ajratilgan mintaqalar va koʻchalardan foydalanish, ularni saqlash hamda qoʻriqlash qoidalarini buzish, yaʼni avtomobil yoʻllarida va shu yoʻllar uchun ajratilgan mintaqada tegishli ruxsatsiz yer osti va yer usti kommunikatsiyalarini oʻtkazish, ularni taʼmirlash, bu ishlarni bajarishning belgilangan shartlari va muddatlariga rioya etmaslik, oʻzboshimchalik bilan arklar, toʻsiqlar, shlagbaumlar yoki boshqa inshootlar oʻrnatish, yoʻllarga material va boshqa narsalarni uyub qoʻyish, yoʻl ustini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
(269-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(269-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(269-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oʻsha qilmish:
a) odamlarning oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Avtomobil yoʻllaridan foydalanish), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish qoidalari”..
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 8, 10, 11-bandlari.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
XIX bob. Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar
(XIX bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish —
(270-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(270-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 271 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
(270-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻrtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(270-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(270-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 16-bandlari.
271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash
(271-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —
(271-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
(271-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan;
(271-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
(272-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
273-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar koʻp boʻlmagan miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 274 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;
g) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda;
d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
e) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab ikki yoxud undan ortiq davlat hududida yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(273-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining uchinchi xatboshisi, 21 — 28-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish
(274-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(274-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoki talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa, —
(274-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish, —
(274-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 273, 275 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylarida;
g) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
(274-modda toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(274-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-971-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 03/24/971/0777-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(274-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
275-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish
(275-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish, —
(275-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(275-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunining II (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat”), III (“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish shartlari”), IV boʻlimlari (“Giyohvandlik vositalari. psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish”) va “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami: 3604, 27.01.2025-y.).
276-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar
(276-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olish, tashish yoki joʻnatish, —
(276-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(276-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 275, 2761 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
(276-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(276-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 19-bandining toʻrtinchi xatboshiisi, 34-bandining uchinchi xatboshiisi.
2761-modda. Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish yoki saqlash, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276 va 2762 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
b) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.
2762-modda. Bangixona tashkil qilish yoki saqlash
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2761, 2763 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2763-modda. Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish
Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish yoxud bunday faoliyat fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xizmat faoliyati yuzasidan oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida xabar berish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran;
b) tamagirlik niyatida sodir etilgan boʻlsa;
v) odam oʻlimiga;
g) boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) gʻayriqonuniy narkolaboratoriya faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
b) koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bogʻliq holda;
v) ikki yoki undan ortiq gʻayriqonuniy narkolaboratoriyalar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2764-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik yoʻli bilan;
d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) bosqinchilik yoʻli bilan;
b) koʻp miqdorda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2765-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2766-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoxud ularni oʻtkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish yoki oʻtkazish, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2765, 2767, 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;
g) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda;
d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
e) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
2767-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashishning yoki joʻnatishning belgilangan qoidalarini buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning talon-toroj qilinishiga yoxud boshqa tarzda jiddiy ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2768-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) koʻp miqdorda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 2767-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
2769-modda. Tanosil yoki OIV kasalligini (OITSni) tarqatish
Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻzida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasallikni boshqa shaxsga yuqtirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxsning kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligini (OITSni) yuqtirishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
27610-modda. Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga taʼsir qiladigan vositalar va moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoxud ularning analoglarining yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi bilan bogʻliq jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa;
g) odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
27611-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish
Isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
g) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
27612-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoxud ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa;
e) dori vositalarining yoki tibbiy jihozlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlari tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.
27613-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2761 — 27613-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-doʻpposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻzganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bogʻliq holda sodir etilsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(277-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Bezorilik:
a) badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazib:
b) bir guruh shaxslar tomonidan;
v) sovuq qurol yoki kishining sogʻligʻi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoxud qoʻllab;
g) oʻz mazmuniga koʻra umum eʼtirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi oʻtaketgan behayolik bilan;
d) yosh bola, qariya, nogironligi boʻlgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab;
(277-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “d” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
e) koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Bezorilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) oʻqotar qurolni namoyish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki qoʻllab;
v) ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda;
g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandining “a” kichik bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash —
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 191-moddasining ikkinchi qismi.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 191-moddasining uchinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-martdagi PQ-608-sonli “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
XX1 bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2781-modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
Axborotlashtirish qoidalarini buzish, yaʼni belgilangan himoya choralarini koʻrmagan holda axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2781-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2781-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2782-modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Kompyuter axborotidan, yaʼni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yoʻq qilib yuborilishi, toʻsib qoʻyilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa koʻchirilishi yoxud uning qoʻlga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2782-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakat:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2782-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2783-modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish
(2783-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Himoyalangan kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash yoxud oʻtkazish va tarqatish —
(2783-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2783-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(2783-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, yaʼni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda oʻzgartirish, unga shikast yetkazish, uni oʻchirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolgʻon axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2784-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2784-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
2785-modda. Kompyuter sabotaji
Oʻzganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2785-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2785-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yoʻq qilib yuborish, toʻsib qoʻyish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa koʻchirish yoki uni qoʻlga kiritish maqsadini koʻzlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2786-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
2787-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish va xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2787-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalanib;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2787-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
2788-modda.Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
2789-modda. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yashirin mayningni amalga oshirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
(2788 va 2789-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-899-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son — 2024-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
YETTINCHI BOʻLIM HARBIY XIZMATNI OʻTASH TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.07 Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar]
XXI bob. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar
Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
280-modda. Buyruqni bajarmaslik
Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish
Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 20-bandi.
282-modda. Boshliqni qoʻrqitish
Jangovar vaziyatda boshliqni oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 22-bandi.
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oʻz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Badanga ogʻir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bob, 23-bandi.
284-modda. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi
Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini, shuningdek, boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(284-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi, 24-bandi.
285-modda. Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish
Bir-biriga tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, yaʼni muntazam xoʻrlash, azob berish, sogʻliqning buzilishiga sabab boʻlgan badanga yengil shikast yetkazish yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
v) badanga ogʻir shikast yetkazilishga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odamlarning oʻlimiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(285-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining II bobi.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin oʻn kecha-kunduzdan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyida hozir boʻlmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
(287-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan oʻn kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi —
(287-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, muddatidan qatʼi nazar, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bobi.
Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
(288-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 34-bandi.
289-modda. Halok boʻlayotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok boʻlayotgan harbiy kemani oʻz xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi boʻlmasdan kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish yoʻli bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan boʻyin tovlash
Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish, yaʼni harbiy xizmatchining oʻz badaniga biron shikast yetkazish yoʻli bilan, shuningdek, oʻzini yolgʻondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 35-bandi.
291-modda. Qorovul xizmatini oʻtash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(291-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha qilmish:
a) badanga ogʻir shikast yetkazilishiga;
b) odam oʻlishiga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
292-modda. Ichki xizmatni oʻtash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(292-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
293-modda. Jangovar navbatchilikni oʻtash qoidalarini buzish
Jangovar navbatchilikni oʻtash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qoʻriqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(293-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha qilmish Oʻzbekiston Respublikasiga toʻsatdan qilingan hujumni oʻz vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bob, 40-bandi.
294-modda. Chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish
Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(294-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining III bobi.
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar
295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish
Harbiy mulkni behuda sarflash, yaʼni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining shaxsan oʻzi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun birovga berishi yoki garovga qoʻyishi —
(295-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(295-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, texnika taʼminoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yoʻqotish yoki ishdan chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 52-53-bandlari.
296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish
Qurol, oʻq-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(296-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻsha qilmish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 53-54-bandlari.
297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga;
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 41-bandi.
298-modda. Mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(298-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bobi.
299-modda. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish
Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzish halokat yuz berishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining IV bob, 48, 50-bandlari.
300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish
Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy shikast yetkazilishiga, odamlar halok boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari
301-modda. Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
a) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib;
b) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —
(301-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining V bob, 59-bandi.
302-modda. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi tufayli bu vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(302-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-son “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining V bob, 60-bandi.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdor.
(sakkizinchi boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan majburlov choralari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari).
Valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, joʻnatish va oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, joʻnatish va oʻtkazish, rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar.
(sakkizinchi boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
Valyuta qimmatliklari — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan valyuta qimmatliklariga chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar kiradi.
(sakkizinchi boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
giyovandlik vositalari roʻyxatlariga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar
(sakkizinchi boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Giyohvandlik vositalarining va psixotrop moddalarning analoglari
—
kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga va psixotrop moddalarga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar
(sakkizinchi boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi koʻp miqdor
—
tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(sakkizinchi boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
Giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan yoki ularning analoglaridan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor
—
tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi.
(sakkizinchi boʻlimning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
1) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan tijorat tashkiloti; 2) toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan notijorat tashkiloti.
(sakkizinchi boʻlimning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)
oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy taʼsir etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar.
davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan cheklab qoʻyilgan oʻta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa maʼlumotlardir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga boʻlinadi.
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulot
—
tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlmagan, zoʻravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar
(sakkizinchi boʻlimning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdor.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs.
(sakkizinchi boʻlimning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
(sakkizinchi boʻlimning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka oʻxshash odatlar, erksiz holat yoxud inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-179-sonli Qonuni asosida atama bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)
jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish toʻgʻrisida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish.
prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar
(sakkizinchi boʻlimning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy aʼzolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga oʻxshatilgan yoxud kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video tasvirini yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va narsalar
(sakkizinchi boʻlimning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar
(sakkizinchi boʻlimning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa koʻrinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
(sakkizinchi boʻlimning 28, 29, 30-xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir maʼlumotlar.
davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
[SPiT:
1.Извините, отсутствует описание....]
Xoʻjalik yurituvchi subyekt
—
mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar.
Chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.
(sakkizinchi boʻlimning oʻttiz oltinchi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari.
(sakkizinchi boʻlimning oʻttiz oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
oʻyin tashkilotchisi (oʻyin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) oʻyin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bogʻliq yutuq toʻgʻrisida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq oʻyin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi oʻyin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek oʻyin avtomatlaridan foydalaniladigan oʻyin.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-109-sonli Qonuni asosida atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori.
harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni oʻtash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar.
oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harbiy yoʻsindagi maʼlumotlar.
davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs.
huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud boʻlgan yozma hujjat.
Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi yoki tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzishdagi koʻp miqdor
—
tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Kripto-aktiv — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yigʻindisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega boʻlgan mulkiy huquq.
Mayning — hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-899-sonli Qonuniga asosan atamalar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son — 2024-yil 20-apreldan kuchga kiradi)
Qimmatbaho metallar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho metallarga har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) kiradi, bundan shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari, ularning rezgilari mustasno.
Qimmatbaho toshlar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho toshlarga tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid kiradi, bundan shunday toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari mustasno.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuniga asosan atamalar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)
Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan, buning uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlangan har qanday koʻchar yoki koʻchmas mulk obyekti.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)
1) ushbu Kodeks 167-moddasi uchinchi qismining “d” bandida, 168-moddasi toʻrtinchi qismining “g” bandida, 1929, 19210-moddalarida, 19211-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 208-moddasining ikkinchi qismida, 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 2141, 2142-moddalarida va 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar;
2) ushbu Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa.
(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)