O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oldingi tahrirga qarang.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, dori vositalari va tibbiy jihozlarning ulgurji va chakana realizatsiyasini tartibga solish, aholini xavfsiz, sifatli va samarador dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Ushbu qaror 2017-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi o‘rinlarda ishlab chiqaruvchilar deb ataladi), shuningdek dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiydir.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalari farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish qoidalari bo‘yicha ulgurji realizatsiya qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish huquqiga ega, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy jihozlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama qo‘llaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining ulgurji narxlari cheklangan ulgurji referent narxlardan yuqori bo‘lmasligi shart.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Import qilinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalari uchun xarid qiymati import mahsulotga tartibga solinadigan narx belgilash bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Xarid (bazaviy) qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Q = Shq + B + Bx, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Q — import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining xarid (bazaviy) qiymati;
(51-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shq — import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi (IM-40) asosida bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanadagi Markaziy bankning kursidan kelib chiqib belgilangan shartnomaviy qiymati;
(51-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
B — Markaziy bankning kursi bo‘yicha belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan bojxona to‘lovlari;
Bx — qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan, tovarni sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarning sotish qiymati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakllantiriladi.
(51-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining sotish qiymati ishlab chiqariladigan mahsulotga tartibga solinadigan narx belgilash bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
(51-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining sotish qiymati mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotga keyinchalik qat’iy belgilangan yoki boshqariladigan narx o‘rnatish bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
(51-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy jihozlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy jihozlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Asosiy tushunchalar
8. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanish uchun tayyor dori vositalari;
dorivor o‘simlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz— yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qo‘yish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab o‘tilgan jarayonlarni ta’minlash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda o‘zgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etilgan, qo‘llanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta’sir ko‘rsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qo‘llaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy ta’minotlar;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy jihozlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasi — xom ashyo, oraliq mahsulot yoki tayyor mahsulotning boshqa xom ashyo yoki tayyor mahsulot bilan texnologik jarayon vaqtida, tashish yoki saqlashda ifloslanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tegishli davlat standartlari talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash va realizatsiya qilishda ularning sifatini va xavfsizligini ta’minlash talabiga javob beradigan tegishli binolarga, asbob-uskunalar va jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tashish va saqlashda ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanishi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, referent narxlari qayd etilmagan va retsept bilan beriladigan dori vositalarini, shuningdek, kontrafakt dori vositalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
13. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
14. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek litsenziya bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tanishish uchun qulay bo‘lgan va ko‘rinadigan joyga joylashtirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy jihozlarning muvofiqlik sertifikati bilan manfaatdor shaxslarning elektron yoki qog‘oz shaklda tanishishlari uchun imkoniyat yaratishi shart.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
16. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ulgurji realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishni ta’minlash sharoitlari
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
17. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar binosining kirish qismida tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi peshlavha bo‘lishi kerak.
18. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy jihozlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy jihozlarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
20. Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining xonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yo‘lakchasi va maydoniga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Omborxona turar joy binolarining noturar joyga aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy jihozlarni yuklash va tushirish turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
22. Omborxonada elektr ta’minoti, issiqlik va suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Omborxonaning dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish xonalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
24. Omborxonaning asosiy saqlash xonalarida quyidagilar bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish xonasi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni asosiy saqlash xonasi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Saqlashning alohida sharoitlarini talab qiladigan dori vositalarini saqlash uchun xonalar maydoni saqlanayotgan dori vositalari hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
25. Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar;
havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar);
alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar;
yechinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf;
sanitariya holatini ta’minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni omborxonada qabul qilish va berish
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Omborxonada dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy jihozlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta’sirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta’minlanishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish va saqlash joylari bir-biridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q qilib tashlanishi kerak. Bunda ular identifikatsiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga qadar boshqa dori vositalari va tibbiy jihozlardan alohida maxsus izolyatsiya qilingan joyda dalolatnoma asosida saqlanishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar ular bo‘yicha belgilangan tartibda qaror qabul qilingunga qadar identifikatsiya qilinib, alohida joyda saqlanishi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar asosiy saqlash xonasiga o‘tkazilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlashni tashkil qilish
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy jihozlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy jihozlarning buzilishi (to‘kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
35. Omborxonada hasharotlar, kemiruvchi va boshqa turdagi hayvonlardan saqlanadigan sharoitlarni yaratish va ularga qarshi qo‘llaniladigan vositalar bilan ta’minlanish talab etiladi. Bunda kuchli ta’sir etuvchi vositalar ishlatilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash quyidagicha tizimlashtirilgan tarzda bo‘lishi mumkin:
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
farmakologik guruhlari bo‘yicha;
qo‘llanish usullari bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Barcha dori vositalarini va tibbiy jihozlarni o‘ramlarda tamg‘alanishi tashqi tomonga qaratilgan holda taxlanishi va joylashtirilishi kerak.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
38. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda dori vositalarining hisobi yaroqlilik muddatlari bo‘yicha elektron yoki qog‘oz shaklida yuritiladi.
39. Dori vositalari omborxonalarda fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab alohida, ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan sharoitlarda harorat, namlik va yorug‘lik rejimlariga rioya qilgan holda saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Omborxonada harorat va namlik har kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) jurnalda qayd etilishi lozim.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
41. Yorug‘likdan himoya qilishni talab qiladigan dori vositalari qorong‘i xonada yoki qora rangga bo‘yalgan, eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqog‘i zich yopilgan yashiklarda saqlanishi kerak.
42. Termolobil dori vositalarini saqlashda ular tamg‘alanishi yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan harorat rejimiga rioya etilishi kerak.
43. Dorivor o‘simlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yog‘och) idishlarda saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Bog‘lovchi materiallardan iborat tibbiy jihozlarni saqlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
bog‘lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat o‘zgarishida o‘ram sifatiga ta’sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o‘zgarmaydigan xonada saqlashga yo‘l qo‘yiladi;
sterillangan bog‘lov materiallarini omborxonada saqlashda ularni ishlab chiqarish muddatlari bo‘yicha taxlash zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Rezina buyumlardan iborat tibbiy jihozlarni saqlashga bo‘lgan talablar:
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
xona quyosh nuridan himoya qilingan bo‘lishi kerak. Yorug‘lik faqat sun’iy, elektr orqali bo‘lishi lozim;
buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam bo‘lmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi, Bojxona kodeksining 246-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchilar hamda tashkilotlarning mazkur Nizom talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Ushbu Nizom talablari, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha dorixonalar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalari faqat dorixonalar va dorixonalarning filiallari orqali chakana realizatsiya qilinadi.
Tibbiy jihozlar vakolatli organni xabardor qilgan holda chakana realizatsiya qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilish, saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hujjatli va elektron rasmiylashtirish tartibi va talablariga qat’iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Asosiy tushunchalar
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanish uchun tayyor dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qo‘yish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab o‘tilgan jarayonlarni ta’minlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda o‘zgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanishiga ruxsat etilgan, qo‘llanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta’sir ko‘rsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qo‘llanadigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy ta’minotlar;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy jihozlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat:
birlamchi o‘ram — dori vositasi bilan bevosita aloqada bo‘lgan konteyner yoki o‘ram.
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro patentlanmagan nom — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasi (substansiyasi)ning qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish;
elektron retsept — yagona elektron retseptlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Dorixonalar tegishli davlat standartlari talabiga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash va chakana realizatsiya qilishda ularning sifatini, xavfsizligini va bezararligini ta’minlash talabiga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskunalar va jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Dorixona filialining mudiri oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga rioya etishi kerak.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama qo‘llaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining chakana narxlari cheklangan chakana referent narxlardan yuqori bo‘lmasligi shart;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
13. Dorixonalar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
14. Dorixonalar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek litsenziya bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoki litsenziya nusxasini iste’molchilar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishi kerak.
15. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning chakana realizatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3604, 27.01.2025-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
16. Dori vositalari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan tayyorlanadi.
Tibbiy jihozlarni tayyorlash uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
17. Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, shuningdek, ularni saqlash, sifatini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Dorixona dori vositalarini chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika tashkilotlari dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
21. Dorixonalar alohida binoda yoki turar joy va noturar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lishi, dori vositalarini saqlash va qadoqlash uchun mo‘ljallangan xonalar birinchi qavat ostidagi xonalarda joylashgan bo‘lishi mumkin.
22. Dorixonalar binosining kirish qismida dorixonaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan peshlavha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dorixonalarda dori vositalari va tibbiy jihozlarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishi kerak.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha dorixonalar dori vositalari va tibbiy jihozlarning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq sotilishini ta’minlashi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy dorixonalar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot jihozlarining qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ro‘yxatini davlat va rus tillarida 12 shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishlari shart.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiyot jihozlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), dori vositalari yoki tibbiyot jihozlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat natijalari bo‘yicha olingan dori vositalari narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixonaning litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni, tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Dorixonada barcha dori vositalari va tibbiy jihozlar narxi ko‘rsatilgan holda hamda dorixona javobgar shaxsining imzosi bilan sotuvga qo‘yiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarida faqat vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni qo‘yishga ruxsat beriladi. Bunda peshtaxtaga ichish uchun mo‘ljallangan va tashqi qo‘llaniladigan dori vositalari alohida-alohida joylashtiriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizida dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari joylashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar hamda ular haqidagi ma’lumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun ko‘rinadigan boshqa joylarga qo‘yish ta’qiqlanadi.
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar, shu jumladan, elektron retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Dori vositasi va tibbiy jihozni berish paytida dorixonaning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimi dori vositasi va tibbiy jihozni sotib oluvchiga dori vositasi va tibbiy jihozni qo‘llash tartibi, xususan, qo‘llash davriyligi, bir marotabalik va sutkalik dozalari, qo‘llash usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati va boshqalar haqida ma’lumot berishi lozim.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona xodimi dori vositasi va tibbiy jihozni sotib oluvchining e’tiborini dori vositasi va tibbiy jihozning qo‘llash yo‘riqnomasi bilan diqqat bilan tanishib chiqishga qaratishi kerak.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Dorixona xodimi mijozlar bilan bo‘lgan munosabatda etika qoidalariga rioya etishi, professionallik va savodxonlik xislatlarini namoyon etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Dorixona xodimlari tomonidan dori vositasini sotib oluvchilarga zarur ma’lumotlar berilishi kerak. Sotib oluvchining talabiga binoan dorixona xodimi dori vositalari va tibbiy jihozlarning narxlari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi lozim.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
291. Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy jihozlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil ilovalarda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishga majburdir:
(291-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
yuridik shaxsning to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadbirkorlik subyektining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish telefon raqami;
litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, amal qilish muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlar haqidagi ma’lumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun);
(291-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlar analoglari haqidagi ma’lumotlar;
(291-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
30. Dori vositasini donalab sotishga ruxsat etiladi. Bunda joylash-o‘rash materialida dori vositasining nomi, seriyasi, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchisi ko‘rsatilishi kerak. Dori vositasini birlamchi o‘rami buzilgan holda berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Vrach retsepti bo‘yicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampi qo‘yilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.
Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qo‘shimcha ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yo‘qotilgan yoki u yaroqsiz xolga kelib qolgan xolatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi o‘rnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin.
Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt xodimi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
32. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan retseptda dori vositasi uning bir marotaba qo‘llanadigan eng yuqori dozasidan ko‘proq dozada tayinlangan holatlarda dorixona xodimi ushbu dori vositasi eng yuqori dozasining yarmiga teng dozasini berishi shart.
33. Ambulatoriyada davolanishda imtiyozga ega shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaxslarning ayrim toifalariga imtiyozli retseptlar bo‘yicha dori vositalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha dorixonalar orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Favqulodda holatlarda, bemorning yashash joyidan jo‘nab ketishi, vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yo‘qligi va boshqa shu kabi holatlarda dori vositalari retsept bo‘yicha uch oygacha bo‘lgan muddat mobaynida qo‘llash uchun zarur miqdorda berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
35. Dori vositalari uzoq vaqt amal qiluvchi retsept asosida qisman berilganda retseptning orqa tomoniga dori vositasining miqdori va berilgan sana ko‘rsatiladi hamda bemorga qaytarib beriladi. Bemorning dorixonaga navbatdagi murojaati paytida dori vositasining oldin olinganligi haqidagi belgilar hisobga olinadi.
Dori vositasi retseptda nazarda tutilgan miqdorda olib bo‘linganda unga “Retsept haqiqiy emas” degan shtamp bosiladi va dorixonada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga ushbu Nizomga muvofiq ma’lumotlarni kiritgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga qaytariladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonalarda uch yil davomida, maxsus pushti rangdagi blankalar bo‘yicha berilgan giyohvand vositalar retseptlari — 5 yil, psixotrop moddalar, etil spirti va anabolik vositalar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarga berilgan retseptlar — bir yil davomida, boshqa dori vositalariga berilgan retseptlar — uch oy davomida saqlanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son — 2019-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
37. Saqlash muddati tugagandan so‘ng retseptlar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda yo‘q qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
371. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-biriga nomutanosib dori vositalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, dorixona tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor qilingan retsept haqidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi noto‘g‘ri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining rahbariga noto‘g‘ri yozilgan retseptlar to‘g‘risida xabar beriladi hamda vrach tomonidan berilgan retseptga nomutanosib dori vositalari dorixona tomonidan berilganda, dori vositalari qaytariladi.
(371-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
38. Dorixonalar tomonidan shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan retsept asosida imtiyozli ta’minlash amalga oshirilganda ushbu dori vositalari uchun to‘lov sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan shartnomaga muvofiq dorixonalar hisobiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy jihozlar qaytarib olinmaydi va shunga o‘xshash dori vositalari va tibbiy jihozlarga almashtirilmaydi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
391. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish mumkin. Bunda dorixonaning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimi xaridorga dori vositasi va tibbiy jihozni qo‘llash tartibini aloqa vositalari orqali maslahat beradi va dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish uchun farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassis bo‘lishi talab etilmaydi.
(391-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Narxi xaridor tomonidan to‘langan dori vositalari va tibbiy jihozlarni dorixonalardan olib xaridorlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning shtatida farmatsevt bo‘lishi talab etilmaydi.
(391-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish uchun ularning sifati va xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlovchi dori vositalari va tibbiy jihozlarni saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
(391-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy jihozlarni saqlash kamerasida kerakli zarur harorat, namlik, shuningdek, toza havo ta’minlab turilishi lozim.
(391-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
O‘lchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek, ta’mirlangandan so‘ng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan o‘tadi va (yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni tashish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda ularning sifat ko‘rsatgichlari yo‘qolmasligi hamda dori vositalarining o‘ramlari va tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomalarda qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.
(391-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlar, ularning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda tashqi muhit ta’siridan saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.
(391-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshirgan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga yuklanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Retseptlarni qayd etish
JURNALI

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Bemorning
F.I.O.

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Davolovchi

shifokor
F.I.O.

Dori vositasining nomi, miqdori va dozasi

Dori vositasining shakli

Dori vositasining narxi

Bemorning manzili, telefon raqami

Izoh

Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Noto‘g‘ri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish
JURNALI

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Noto‘g‘ri retsept bergan shifokorning

F.I.O.

Retsept tarkibi

Retseptdagi xatoliklar (dozasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan dori vositalari yoki undagi yozuvlarning noaniqligi ko‘rsatiladi)

Davolash-profilaktika tashkilotining

rahbariga xabar

berilganligi haqidagi ma’lumot

Dorixona/filiali farmatsevtning
F.I.O.

(1-2-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni (keyingi o‘rinlarda qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar deb ataladi) ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Ushbu Nizom talablari giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni muomaladan chiqarish va yo‘q qilishga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom talablarining dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar ularning egalarining yoki sudning qarori bo‘yicha muomaladan chiqariladi va yo‘q qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar aniqlangan taqdirda ularning egasi mazkur dori vositalari va tibbiy jihozlarni zudlik bilan muomaladan chiqarishi va 30 kun mobaynida yo‘q qilishi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy jihozlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari natijasida qo‘llash uchun yaroqsizligi aniqlangan bo‘lsa, bunday dori vositalari va tibbiy jihozlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yo‘q qilingunga qadar bojxona rejimida joylashtiriladi va yo‘q qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 6-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish bilan bog‘liq xarajatlar ularning egalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Yo‘q qilish usullari
9. Suyuq dori shakllari (ampulalardagi inyeksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar) sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qo‘yiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil bo‘lgan eritma kanalizatsiya tizimiga to‘kiladi.
Bo‘shagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yo‘q qilinadi.
10. Tarkibida suvda eriydigan moddalar bo‘lgan qattiq dori shakllari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar) maydalanib kukun holiga kelgunga qadar eziladi, suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil bo‘lgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiya tarmog‘iga to‘kiladi.
11. Tarkibida suvda erimaydigan moddalar bo‘lgan qattiq dori shakllari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori shakllari (maz, suppozitoriylar), dori vositalarining transdermal shakllari, shuningdek substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.
12. Tarkibida tirik organizmlar (tibbiy immunobiologik preparatlar) mavjud dori vositalari avval dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim hamda harorat ta’sirida ularning hujayralari parchalanadi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tibbiy jihozlar ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yo‘q qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud bo‘lgan dori vositalari va tibbiy jihozlar atrof muhitga bezararligi to‘g‘risida tegishli komissiya xulosasi olingandan keyin, mazkur Nizom bilan tashkil etiladigan va unda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanadigan Komissiya tomonidan ularni yo‘q qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
3-bob. Yo‘q qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish uchun ularning egasining, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya qo‘mitasi) hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) tuman (shahar) bo‘limi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) vakillari ishtirokida besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda yo‘q qilish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi.
Komissiya ishlari qo‘llashga yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi tomonidan tashkil etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Komissiya dori vositalari va tibbiy jihozlarning atrof muhit uchun bezararligi, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ularning fizik-kimyoviy mutanosibligini e’tiborga olgan holda ularni yo‘q qilish sanasi, usuli va joyini belgilash haqida qaror chiqaradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilingunga qadar saqlash uchun javobgarlik qo‘llash uchun yaroqsiz bo‘lgan dori vositalari va tibbiy jihozlar egasi hisoblangan tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni egasi hisoblangan tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi, buyruqda javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, saqlashga qoldirilgan yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning nomlari va seriyalari, o‘ramlari soni (miqdori) ko‘rsatiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi yoki uning vakili ishtirokida Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Yo‘q qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar belgilangan tartibda yo‘q qilingandan so‘ng Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
21. Dalolatnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
a) qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish sanasi, vaqti va joyi;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, o‘ramlari soni, miqdori (ishlab chiqaruvchining nomi ko‘rsatilgan holda);
(21-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar egasi, moddiy javobgar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
(21-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
g) Komissiyaning yo‘q qilish to‘g‘risidagi qarori;
d) yo‘q qilish usuli;
Oldingi tahrirga qarang.
e) qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi.
(21-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yo‘q qilish jarayonidan so‘ng dalolatnoma tuziladi, u Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi, qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dalolatnoma nusxalari dori vositalari va tibbiy jihozlar egasiga, Ekologiya qo‘mitasining hududiy organlariga, Sanepidqo‘mning tuman (shahar) bo‘limiga, shuningdek, Markaz vakiliga, buyruq va Komissiya qarori nusxalari hamda foto yoki videomateriallar bilan birgalikda taqdim etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun dori vositalari va tibbiy jihoz namunalari olingan taqdirda ular, saqlash muddatidan qat’i nazar, ko‘rib chiqish oxiriga yetmagunga qadar yo‘q qilinmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4-bob. Yakuniy qoida
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1651-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yo‘q qilish komissiyasining
‎QARORI

‎‎20____ yil _____ ___________________

‎‎________________-son

‎‎Kun tartibi:
‎_________________________________________________________________ ni yo‘q qilish usulini belgilash.

‎‎Qatnashganlar: ________________________________________________________________________________
(F.I.O.)

Kun tartibi bo‘yicha muhokama:
‎1. Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar haqida mahsulot egasining ma’lumoti;
‎2. Komissiyaning ekspert xulosasi;
‎3. Takliflar.

‎‎Qaror qilindi: _______________________________________________________________________________
‎(yo‘q qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yo‘q qilinayotgan dori
____________________________________________________________________________________________
‎‎vositalari va tibbiy jihozlarning atrof muhit uchun bezararligi, ularning
____________________________________________________________________________________________
‎‎fizik-kimyoviy mutanosibligi e’tiborga olingan holda yo‘q qilish usullari ko‘rsatiladi)

‎‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)

‎‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)

M.O‘.‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎“Tasdiqlayman”
‎______________________________
‎(muassasa nomi)
‎_______________________________
‎(muassasa rahbarining F.I.O.)
‎20__ yil _____ _______________
YO‘Q QILISH DALOLATNOMASI

‎‎Ushbu dalolatnoma 20___ yil ____________________ soat _____ da quyidagi Komissiya a’zolari tomonidan quyidagi qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning yo‘q qilinganligi haqida tuzildi.

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(yo‘q qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning nomi, ____________________________________________________________________________________________
‎seriya raqami, o‘ramlar soni (miqdori))

‎‎_______________________________ usulda yo‘q qilindi.
‎‎Yo‘q qilish joyi va sanasi _____________________________________________.
‎Yo‘q qilishda ishtirok etganlar:

_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)‎‎

‎‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)

M.O‘.‎

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/842/3868-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 145-banddagi “dori-darmon vositalari” so‘zlari “dori vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) XVII bo‘lim nomidagi “Dori-darmonlar” so‘zlari “Dori vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) XVII bo‘lim nomidagi va 187-banddagi “Dori-darmonlar” so‘zlari “Dori vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1875-bandning birinchi xatboshidagi “maqsadidagi” so‘zi chiqarib tashlansin;
d) 1-ilovaning 1-bandidagi “tibbiy jihozlar” va “dori-darmonlar” so‘zlari tegishli ravishda “tibbiy buyumlar” va “dori vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 103-modda):
a) 3-banddagi “Dori-darmon siyosati markaziga” so‘zlari “Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Dori-darmon siyosati markaziga” so‘zlari “Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan yig‘ma ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari tomonidan aniqlanadi, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan umumlashtiriladi”;
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “aylanishi” so‘zi “muomalasi” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda):
a) 6-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “tibbiyot buyumlari” so‘zlari “tibbiy buyumlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari” so‘zlari “dori vositalari va tibbiy buyumlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dori vositalari va tibbiy buyumlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ushbu Nizomga muvofiq litsenziyalanadigan farmatsevtika faoliyati faoliyatning quyidagi turlarini o‘z ichiga oladi:
a) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
b) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
v) dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
g) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
d) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
e) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
j) dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish”;
b) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ushbu Nizom 3-bandining “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini (turining bir qismini) amalga oshirish huquqiga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga beriladi, bunda, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini (turining bir qismini) amalga oshirishga litsenziyalar faqat dorixonalarga beriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya olish litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va dorixonalari orqali chakana realizatsiya qilish huquqini beradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun litsenziya olish dorixonalarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagilarga majbur:
farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzil (manzillar) bo‘yicha amalga oshirish;
litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq binolarga ega bo‘lish;
litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan tegishli moddiy-texnik bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan foydalanish;
ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarning dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega bo‘lishi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashishni ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda amalga oshirish;
dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga rioya etish.
Ushbu Nizom 3-bandining “e” va “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziat, shuningdek dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi vakolatli tashkilot bilan shartnoma tuzishi shart”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dorixonalar uchun — mudirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun — omborxona mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi”;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatining turini (turining qismini) amalga oshirish manzili o‘zgargan, dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri o‘zgargan taqdirda litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladi yoxud mazkur Nizomning V1 bobida nazarda tutilgan tartibda yangi litsenziya bitimi tuziladi”;
d) 251-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“251. Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatni amalga oshirish manzili o‘zgargan, dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri o‘zgargan taqdirda litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya bitimiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi”;
e) 252-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri o‘zgargan taqdirda — yangi xodimning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi haqida ma’lumot va litsenziya bitimi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud bo‘lgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 39-modda) 6-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tender savdolari faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan polivitaminlar komplekslariga e’lon qilinishi mumkin”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 22-iyuldagi 204-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 46-modda):
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “dorixona muassasalari” so‘zlari “dorixonalar” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-banddagi “dorixona muassasalari” so‘zlari “dorixonalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5 va 16-bandlardagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi va 24-banddagi “dorixona muassasalaridan” so‘zlari “dorixonalardan” so‘zi bilan almashtirilsin;
11, 12 va 17-bandlardagi “Dorixona muassasalarini” so‘zlari “Dorixonalarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Dorixona muassasasining” va “dorixona muassasasida” so‘zlari tegishli ravishda “Dorixonaning” va “dorixonada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Dorixona muassasalarida” va “dorixona muassasasining” so‘zlari tegishli ravishda “Dorixonalarda” va “dorixonaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “dorixona muassasasining” so‘zlari “dorixonaning” so‘zi bilan almashtirilsin;
26-bandning 1-xatboshidagi “dorixona muassasasi” so‘zlari “dorixona” so‘zi bilan almashtirilsin;
27-banddagi “dorixona muassasalariga” so‘zlari “dorixonalarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
ilovadagi “dorilar” va “Dorixona muassasasining” so‘zlari tegishli ravishda “dori vositalari” va “Dorixonaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 5-fevraldagi 22-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 2-son, 10-modda) 2-bandida:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “dori-darmonlarni” so‘zlari “dori vositalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Dori-darmonlar” so‘zlari “Dori vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “shifokor retseptisiz” so‘zlari “retseptsiz” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-bandning “v” kichik bandidagi “vrach retseptisiz” so‘zlari “retseptsiz” so‘zi bilan almashtirilsin;
37-banddagi “shifokor retseptisiz” so‘zlari “retseptsiz” so‘zi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 18-iyuldagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 40-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori 2-ilovasining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2005-yil 20-maydagi 131-son qarori 4-ilovasining II bo‘limi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 16-fevraldagi 18-son qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 228-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son, 04.10.2019-y., 09/19/842/3868-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)