Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-iyulda 2700-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyul,
118-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari Bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining harbiy tuzilmalariga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qurol va uning oʻq-dorilari qurolxonaning ichida joylashtirilgan seyflar va metall shkaflarda saqlanadi. Qurolxonada bitta kirish joyi (eshik oʻrni) boʻlishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan seyf va metall shkaflar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi lozim, oʻrtacha va katta gabaritli (oʻlchamlari 1500x600x500 mm dan kam boʻlmagan), ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq) seyf va metall shkaflar bundan mustasno. Seyf va metall shkaflarning eshiklari metalli ust qoʻymalar (nakladka) yoki burchaklar bilan mustahkamlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol va uning oʻq-dorilarini seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega boʻlgan ogʻir seyflarda saqlashga ruxsat beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Qurollarni saqlash uchun poʻlat shkaflardan foydalanish tavsiya etiladi.
2-bob. Qurolxonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga qoʻyiladigan talablar
5. Qurolxona boshqa xonalardan alohida joylashtirilgan boʻlishi, mustahkam devorlar, shift toʻsinlari va polga ega boʻlishi lozim.
6. Qurolxonaning asosiy (tashqi) devorlari qalinligi 360 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 200 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi lozim.
Qurolxonaning ichki devorlari (pardevorlari) qalinligi 240 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 120 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi lozim.
7. Qurolxonaning poli va shift toʻsinlari qalinligi 180 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan boʻlishi lozim.
8. Qurolxonaning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanadi (armaturalanadi). Metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oraligʻi 500x500 mm boʻlgan hamda diametri 12 mm dan kam boʻlmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanadi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda, 100x50x6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallarini toʻrtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yoʻl qoʻyiladi.
9. Qurolxona puxta, eshik kesakisiga zich mustahkamlangan (moslashtirilgan), soz boʻlgan ikkita eshik bilan jihozlanadi.
Tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlanib, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Tashqi (asosiy) eshik qurolxonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladi.
Ichki (qoʻshimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanadi. Ichki eshik qurolxonaga kirish tomonga (ichkariga) ochiladi.
Tashqi va ichki eshiklar sekretlari boʻyicha har xil boʻlgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanadi. Qulflar yoki qulflash uskunalari rigellari koʻndalang kesishmasining maydoni boʻyicha 3 sm2 dan kam boʻlmasligi lozim.
10. Eshik oʻrnining (qutisining) romi qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall profildan (shvellerdan, burchakdan va shu kabilardan) tayyorlanib, diametri 2 mm dan va uzunligi 130 mm dan kam boʻlmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida oʻnta metall shtirlar yordamida devorga qotiriladi.
Eshik oʻrnini (qutisini) romlash va qotirish uchun poʻlat profildan va poʻlat sim chiviqli shtirlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qurolxonada deraza oʻrinlarining boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi, qurol va uning oʻq-dorilarini berish va qabul qilish darchasi bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Avval qurilgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga qurolxonaning ichki tomonidan yoki romlar oʻrtasiga metall panjaralar oʻrnatilishi, panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi lozim.
Birinchi qavatda joylashgan qurolxonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga qoʻshimcha ravishda qurolxonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yogʻoch deraza eshiklari oʻrnatiladi. Ushbu eshiklarda osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi boʻlishi lozim.
12. Qurolxonaning ichkarisiga chiquvchi ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga oʻtish imkonini istisno etadigan diametri 15 mm dan kam hamda katakchalarning oʻlchami 100x100 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar oʻrnatilishi lozim.
Qurolxonaning devorlarida, shift toʻsinlari yoki polida muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
13. Qurolxonaning devorlari, shift toʻsinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek eshik va deraza oʻrinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 15 mm dan kam boʻlmasligi lozim. Sim chiviqlari 150x150 mm dan katta boʻlmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanadi.
Panjaralarni poʻlat sim chiviqlaridan (poʻlat armaturadan) tayyorlash tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qurol va uning oʻq-dorilarini bevosita berish va qabul qilish uchun qurolxonada qurolni oʻqlash-oʻqsizlantirish joyi tomonidan maxsus darcha jihozlanishi lozim. Maxsus darcha pol sathidan 110 sm balandlikda boʻlishi, oʻlchami 180x240 mm dan katta boʻlmasligi zarur. Maxsus darchaning romi qalinligi 5 mm dan va tokchasining kengligi 100 mm dan kam boʻlmagan metall profildan tayyorlanib, devorga har ikkala tomonidan diametri 12 mm dan va uzunligi 130 mm dan kam boʻlmagan kamida ikkitadan metall shtirlar bilan qotiriladi hamda ichki tomonidan qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan loʻkidon (tamba) va osma qulf bilan qulflanadigan metall eshikcha bilan jihozlanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Darcha qutisini romlash va qotirish uchun poʻlat profildan va poʻlat sim chiviqli shtirlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Qurolni oʻqlash-oʻqsizlantirish uchun qurolxonadan tashqarida, unga yondosh boʻlgan xona ajratilishi zarur.
15. Qurolxonaning ichi quruq boʻlishi hamda sunʼiy yoki tabiiy ravishda tortib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Qurolxonalarning qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qurolxonada qoʻriqlash texnik vositalari va tizimlari, yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasiga xabarnoma yuborgan va xabarnoma reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlaridagi qurolxonalarda qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlari ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Qurolxona qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan maxsus loyihalarga muvofiq jihozlanadi.
17. Qurolxonada oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qoʻriqlash markazining (punktining) boshqaruv va kuzatuv pultiga ulanishi lozim.
18. Qurolxonani Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) qoʻriqloviga topshirishning texnik imkoni boʻlmagan taqdirda, u yuridik shaxs binosining tashqi tomoniga joylashtirilgan baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining tashvish signalini kechayu kunduz ishlovchi eng yaqin qoʻriqlash postiga, shuningdek yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasiga uzatadigan avtonom signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) qoʻriqloviga topshirilmagan yoki kechayu kunduz ishlovchi qoʻriqlash posti hamda qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasi boʻlmagan yuridik shaxsda qurolxonaning jihozlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(16, 17 va 18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
19. Qurolxona ikki (tashqi va ichki) doirali qoʻriqlash, shuningdek yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Birinchi (tashqi) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasining datchiklari xonaga ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida eshiklarga, derazalarga, qurol va uning oʻq-dorilarini berish-qabul qilish darchasiga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari lyuklari va tuynuklariga oʻrnatiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
21. Ikkinchi (ichki) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida qurolxona ichiga oʻrnatiladi.
22. Yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning datchiklari xona ichiga, u yerdagi yongʻinga qarshi vaziyat keskin oʻzgarganda (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) yoki yongʻin yuzaga kelganda tashvish signalini berish uchun oʻrnatiladi. Yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya yongʻin chiqqanligi yoki bino ichidagi yongʻin xavfsizligi holati oʻzgarganligini aniqlash va signal berishga moʻljallangan tutunli, issiqlik, yorugʻlik va/yoki kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisidan (kommutatsion uskunadan) datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti toʻsiqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib oʻtkazilishi hamda unga shikast yetkazilganida ishlab ketadigan datchiklar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari boʻylab quvurlarda faqat qurolxona ichida yotqizilishi kerak.
Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining signal beruvchi va taʼminlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan boʻlishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tashvish signalini uzatishda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari avtomatik tarzda ishlashi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini taʼminlaydigan boʻlishi zarur.
Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi asosiy elektr tizimi oʻchirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr taʼminoti manbasiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari hamda videokuzatuv tizimlari yuridik shaxs binosining tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining tashvish signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasidagi maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yongʻin roʻy bergan joyni nur yordamida koʻrsatadigan tovushli, yorugʻlik yoki boshqa indikatorlar boʻlishi kerak.
Tashvish signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasidagi maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) uzatilishi lozim. Tashvish signali sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish va yolgʻon (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida, yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) oʻrtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi uchun:
qurol va uning oʻq-dorilarini saqlovchi yuridik shaxslar rahbarlari;
qurol va uning oʻq-dorilarini saqlovchi yuridik shaxslar rahbarlarining buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxslar javobgardir.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 1-iyundagi 290-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2700-2, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi, Markaziy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 1-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 1-iyul
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 1-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2015-yil 2-iyul
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 10-iyul
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi I. TURAMURATOV
2015-yil 2-iyul
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 2-iyul
“Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi raisi J. KADIROV
2015-yil 2-iyul
Markaziy bank boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 3-iyul
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori V. TYAN
2015-yil 3-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi J. RAMATOV
2015-yil 3-iyul
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2015-yil 6-iyul
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 6-iyul
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi E. KUDRATOV
2015-yil 6-iyul
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi E. IMINOV
2015-yil 7-iyul
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 7-iyul
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK boshqaruvi raisi Sh. RAXIMOV
2015-yil 7-iyul
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2015-yil 8-iyul
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori A. FARMANOV
2015-yil 9-iyul
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2015-yil 9-iyul
Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Rayosati raisi S. AYUPOV
2015-yil 10-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 392-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/2700-1/2055-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2700-2/0431-son)