O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA CHIGITINI YETKAZIB BERISH VA UNDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanilishini nazorat qilishning bozor mexanizmini takomillashtirish, bozorda sifatsiz yog‘-moy mahsulotlari paydo bo‘lishining olini olish, aholini belgilangan standartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat yog‘i iste’mol qilishdan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston “Sifat” markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” davlat markazi tomonidan paxta chigitini hisobga olish, uning harakati va sifati tizimi ishlab chiqilganligi hamda unda quyidagilar nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
texnik chigitni yog‘-moy korxonalarining mas’ul vakillari tomonidan bevosita paxta tozalash zavodlarida sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilish;
yog‘-moy zavodlari va paxta tozalash zavodlari o‘rtasida paxta chigiti yetkazib berish va uni qabul qilib olish yuzasidan har oyda uch tomonlama solishtirish dalolatnomalari tuzish asosida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish;
paxta tozalash zavodlaridan yuklab jo‘natilayotgan texnik va urug‘lik chigitning barcha turkumlarini ularning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishiga ko‘maklashuvchi sertifikatlanishini ta’minlash;
barcha paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonida qayta ishlangan paxta chigiti hajmini hisobga olishning elektron vositalari faoliyat ko‘rsatishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra 2006-yil paxta xom ashyosi hosilidan boshlab:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, pressli yog‘-moy zavodlariga paxtaning texnik chigitini berish to‘xtatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uy sharoitlarida va ekstraksiya bo‘limlariga ega bo‘lmagan kichik sexlarda paxta chigitini qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarish amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi hamda paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda qattiq jazo choralari, hatto jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga paxtaning texnik chigitini taqsimlash bilan shug‘ullanish qat’iyan taqiqlanadi.
3. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2007-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda “Chimboy-moy” aksiyadorlik jamiyatini, “Turon-Xo‘jayli” aksiyadorlik jamiyatini va “Yog‘gar” aksiyadorlik jamiyatini ekstraksiya bo‘limlari o‘rnatish yo‘li bilan modernizatsiya qilsin. Bunda ushbu korxonalar modernizatsiya davrida, istisno tariqasida, paxtaning texnik chigiti bilan ta’minlanadi.
4. Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
5. Belgilab qo‘yilsinki, paxta xom ashyosini qayta ishlashning texnologik jarayonida ishlab chiqarilayotgan paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish uchun majburiy tartibda elektron tarozilar o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tarmoqning paxta tozalash korxonalarida 2006-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda paxta chigitini miqdor jihatdan hisobga olish bo‘yicha elektron tarozilar o‘rnatishga doir tadbirlarni, moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi hamda Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan birgalikda Jinoyat kodeksiga paxta chigitini qayta ishlash bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek ishonib topshirilgan korxonalarda ishlab chiqarishning texnologiya va sanitariya normalariga rioya etmayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-sentabr,
199-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qaroriga
ILOVA
Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Paxta chigiti ishlab chiqarishni hisobga olish
2. Paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonalarining linter sexlarida qayta ishlash jarayonida paxtaning texnik va urug‘lik chigiti tozalanadi.
3. Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatmasdan qayta ishlash jarayonida olinadigan chigitlarning jami hajmi maxsus elektron tarozilarda tortiladi.
Ishlab chiqarishdan olingan chigitni hisobga olish uchun har qaysi smena bo‘yicha o‘lchashlar natijalari smena boshlig‘i (master) tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni tarozida o‘lchash uchun o‘lchovnoma” 38-XL shakli bir nusxada to‘ldiriladi.
Maxsus tarozilar buzilgan taqdirda chigitlar avtomobil tarozilarida tortiladi.
4. Tortilgan chigitlar o‘lchovnomasi asosida har qaysi smena bo‘yicha smena boshlig‘i va buxgalter tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan tortilgan chigitlarni hisobga olish daftari” 44-XL shakli to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olishda klassifikator (tovarshunos) tomonidan “Ishlab chiqarishdan olingan chigitlarni qabul qilib olish to‘g‘risida raport” to‘ldiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
birinchi nusxa — xom ashyo va tayyor mahsulot bo‘limi tovarshunosiga beriladi;
ikkinchi nusxa — paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
6. Paxta xom ashyosining butun turkumini qayta ishlash tugallangandan keyin tovarshunos tomonidan 45-XL shakli bo‘yicha yig‘ma raport tuziladi.
Yig‘ma raport ishlab chiqarish topshirig‘ini to‘ldirish uchun tortilgan chigitlar o‘lchovnomalari bilan birga korxonaning reja bo‘limiga, so‘ngra ishlab chiqarish topshirig‘i bilan birga korxona buxgalteriyasiga beriladi.
7. Omborda chigitlarning harakatini hisobga olish xom ashyo va tayyor mahsulot tovarshunosi tomonidan “Omborda texnik chigitlarni hisobga olish daftari” 46-XL hamda “Omborda urug‘lik chigitlarni hisobga olish daftari” 47-XL shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu daftarlar paxta tozalash korxonasi buxgalteriyasida ham yuritiladi.
8. Kalendar oy tugagach chigitlarning qoldiq miqdori aniqlanadi va omborda hisobga olish daftarlari bilan taqqoslanadi, buxgalter va tovarshunos tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
10. Paxta tozalash korxonasida paxta xom ashyosini qayta ishlash mavsumi oxirida chigit omborlari xatlovdan o‘tkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
II. Paxtaning texnik chigitini sinash
11. Paxta tozalash korxonasida paxta chigiti turkumidan namuna olish yog‘-moy korxonalari tomonidan, mahsulot qabul qilib olingan kunda, ishonchnoma asosida birkitilgan paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sinash uchun olingan texnik chigitni akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organining (keyingi o‘rinlarda bajaruvchi deb ataladi) sinov laboratoriyasi vakili qopqog‘i zich yopilgan bankaga yoxud qalin polietilen paketga joylaydi va unga namunani identifikatsiya qiluvchi maxsus etiketka qo‘yadi. Namuna oluvchi imzolagan etiketkada paxta zavodining, paxta chigiti turkumining tartib raqami, namuna olingan sana, namuna oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Namuna bajaruvchining sinov laboratoriyasiga beriladi, bu yerda undan 2 kg miqdorida o‘rtacha namuna ajratiladi. O‘rtacha namuna taxminan teng bo‘lgan ikki qismga — sinash uchun va nazorat namunasiga ajratiladi. Olingan namuna sinovdan o‘tkaziladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Namunaning nazorat qismi idishga joylanadi, unga barcha namuna oluvchilar vakillarining familiyalari va imzolari bilan yozilgan yorliqcha joylanadi, so‘ngra u idishning ochilgani bilinmaydigan rasmiy tartib raqamli plomba yoki yorliq bilan bekitiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Namunaning nazorat qismi bajaruvchining sinov laboratoriyasida 15 kun mobaynida saqlanadi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Paxta tozalash yoki yog‘-moy korxonalari tomonidan e’tirozlar paydo bo‘lganda kelishmovchiliklar namunaning nazorat qismi bo‘yicha hal etiladi. Tekshirilayotgan aniq turkumning tegishliligini tasdiqlaydigan nazorat namunasining saqlanishi va identifikatsiya qilinishi uchun Bajaruvchi javob beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bajaruvchining vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni bajaruvchi, paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi bajaruvchida qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillariga beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Texnik chigitning har qaysi turkumini sinash bajaruvchining mutaxassislari tomonidan O‘z DSt 596 “Texnik paxta chigiti. Texnik shartlar” talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
Bajaruvchining sinov laboratoriyasida texnik chigit sinovlarini o‘tkazishda paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari ishtirok etadilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sinovlar texnik chigitning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
nuqsonli paxta chigitining massaviy ulushi bo‘yicha navlar — O’z DSt 597 “Texnik paxta chigiti. Nuqsonli paxta chigitini aniqlash metodi”;
mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushi — O’z DSt 599 “Texnik paxta chigiti. Mineral va organik aralashmalarni aniqlash metodi”;
namlikning massaviy ulushi — O’z DSt 600 “Texnik paxta chigiti. Namlikning massaviy ulushini aniqlash metodi”;
tukdorligining massaviy ulushi — O’z DSt 601 “Texnik paxta chigiti. Tukdorlikni aniqlash metodi”.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
17. Tashib keltirilayotgan har qaysi turkum uchun texnik paxta chigiti sifatini sinash natijalari Sinash protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sinov bayonnomalari sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari Sinov bayonnomalarida bajaruvchining texnik paxta chigiti sifati bahosiga roziligini tasdiqlaydilar.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Paxta tozalash yoki yog‘-moy korxonalari vakillari texnik paxta chigiti sifatining bahosidan norozi bo‘lganda, bajaruvchiga apellyatsiya, ya’ni sertifikatlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha biron-bir qaror yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish tartiboti amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Paxta tozalash yoki yog‘-moy korxonalari vakillari bajaruvchining laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida o‘zlarining ishtirokida takroriy va parallel sinovlar o‘tkazilishini talab qilishlari mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Agar takroriy sinashlar natijasi dastlabki sinashlardan yo‘l qo‘yiladigan doirada farq qilsa, u holda sifatning dastlabki bahosi to‘g‘ri hisoblanadi va qatnashuvchi tomonlar uchun uzil-kesil hisoblanadi. Aks holda takroriy sinashlar natijasi uzil-kesil baho hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sifat ko‘rsatkichlari O’z DSt 596 talablariga muvofiq bo‘lgan texnik paxta chigiti Sinov bayonnomalarida bajaruvchining vakillari tomonidan Muvofiqlik sertifikatining tartib va reyestr raqami, shuningdek muayyan turkumning sertifikatlashdan o‘tganini tasdiqlaydigan O’z DSt 1.19:2000 “Muvofiqlikni tasdiqlash belgilari. Shakli, yozilishi, asosiy kattaliklari”ga muvofiq Muvofiqlik belgisi ko‘rsatiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sifat ko‘rsatkichlari O‘z DSt 596 talablariga muvofiq bo‘lgan texnik paxta chigiti Sinov bayonnomalarida bajaruvchining vakillari tomonidan Muvofiqlik belgisi qo‘yilmaydi va nomuvofiqlik dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sinov bayonnomasining bir nusxasi turkumni qabul qilib oluvchi yog‘-moy korxonalarining vakillariga beriladi va u yog‘-moy korxonasida tekshirilgan turkumni tashishda texnik paxta chigiti sifati to‘g‘risidagi ilova hujjat hisoblanadi.
Sinov bayonnomalarining ikkinchi nusxasi paxta tozalash korxonalari vakillariga, uchinchi nusxasi esa bajaruvchining sinov laboratoriyasiga beriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yog‘-moy korxonalariga paxta chigiti turkumi qismlar (bir nechta avtotransport vositalari) bo‘yicha yuklab jo‘natilgan taqdirda har qaysi turkum uchun Sinov bayonnomalarining dublikati beriladi.
Yuklab jo‘natiladigan turkum qismiga beriladigan Sinov bayonnomalarining har qaysi dublikatida sifat natijalari takrorlanadi, paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillarining axboroti bo‘yicha aniq transport vositasining rekvizitlari, shuningdek tashib ketilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bunda paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari paxta zavodida o‘z tanlovi bo‘yicha alohida transport birligidan olingan namunani birgalikda tekshirib ko‘rishni talab qilish huquqiga egadirlar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. O`z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik paxta chigiti aniqlangan taqdirda Sinov bayonnomasiga aniqlangan nomuvofiqlar to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
Tegishli belgilar va sinov bayonnomasida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. Bajaruvchi vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari bo‘yicha bundan keyingi harakatlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan Paxta texnik chigitini sertifikatlash tartibi bilan belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
III. Paxta chigitini yog‘-moy korxonalariga yuklab jo‘natish va tashish
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
26. Yog‘-moy korxonalari har qaysi oy boshlangungacha paxta tozalash korxonasiga tashishda qatnashadigan avtotransport vositalari ro‘yxatini davlat raqami va haydovchilar familiyasini ko‘rsatgan holda taqdim etadilar.
27. Texnik paxta chigitini yog‘-moy korxonalariga yuklab jo‘natish faqat mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan avtomashinalarda, shuningdek temir yo‘l transportida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Paxta chigitini omborlarda yoki bevosita ishlab chiqarishda avtomashinalarga yuklash jarayonida va yog‘-moy korxonalariga yuklab jo‘natish vaqtidagi tortishda paxta tozalash, yog‘-moy korxonalari, Bajaruvchining vakillari ishtirok etadilar. Paxta chigiti yog‘-moy korxonalarining haydovchi-ekspeditori tomonidan qabul qilinadi, u tashilayotgan yukning saqlanishi uchun javob beradi.
Yuklangan transport vositasiga paxta tozalash zavodi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtiriladi. Yuk xatiga Sinov bayonnomasi dublikati ilova qilinadi, unda Bajaruvchining laboranti paxta chigiti sifatining natijalarini takrorlaydi, yuk xati tartib raqami bilan birga aniq transport vositasi rekvizitlarini, shuningdek paxta zavodi va yog‘-moy korxonasi vakillari o‘rtasida kelishilgan holda tashilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
29. Avtomashinalar yoki tirkamali traktorlar bilan tashilayotgan paxta chigiti uchun 1-TXL yoki 1-TAXL shakli bo‘yicha tovar-transport yuk xatlari, temir yo‘l orqali tashilganlari uchun esa temir yo‘l yuk xati rasmiylashtiriladi.
30. Yuklangan paxta chigiti hisobi 42-XL va 43-XL shaklli daftarlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Paxta tozalash korxonalarida temir yo‘l tarozilari mavjud bo‘lmaganda paxta chigiti ortilgan vagonni temir yo‘l stansiyasi tarozilarida tortish jarayonida temir yo‘l, paxta tozalash, yog‘-moy korxonalari, Bajaruvchining vakillari ishtirok etadilar, ular temir yo‘l yuk xatini imzolaydilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
32. Paxta tozalash korxonalaridan yog‘-moy korxonalariga yuklab jo‘natilgan paxta chigitini fizik va konditsion massasi bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari tuzish har oyda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqqoslash dalolatnomalari 1-shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari tomonidan imzolanadi va 9-SB “Tayyor mahsulot kirimi, sarfi va qoldiqlari” shakli bo‘yicha hisobotga ilova qilinadi. 9-SB shakli paxta tozalash korxonalari buxgalteriyasi va reja bo‘limlari tomonidan to‘ldiriladi, yuqori tashkilotga hisobot oyidan keyingi oyning 2-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. 9-SB “Paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari kirimi, sarfi va qoldig‘i” shaklining hisobot ma’lumotlari 1P “Mahsulotni ta’minlash hisoboti” shaklidagi hisobot ma’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi kerak. Ushbu hisobotlarda texnik paxta chigitining konditsion massasi ko‘rsatiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga doir normativ hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilish, yuklab jo‘natish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalari vaqtida ularning sifatini sinov metodlariga rioya qilinishini doimiy nazorat qilib borish maqsadida har qaysi inspektorga aniq paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari birkitilgan.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalari vakillari Bajaruvchining xodimi ishtirokida paxta tozalash korxonasida har kuni paxta tozalash korxonalaridan yuklab jo‘natilgan paxta chigiti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuzadilar, ularda avtomashinalarning davlat raqamlari, paxta chigiti massasini ko‘rsatishadi va ularning yog‘-moy korxonasiga yetib kelishini taqqoslaydilar.
Bajaruvchining xodimi paxta tozalash korxonasidan yuklab jo‘natilgan paxta chigiti sifati va massasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi va elektron pochta orqali bajaruvchiga jo‘natadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
IV. Yog‘-moy korxonalari tomonidan texnik paxta chigitini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tarozibon paxta chigiti avtomobil transportida keltirilganda haydovchi-ekspeditordan uch nusxada tovar-transport yuk xatini, Sinov bayonnomasini oladi, paxta chigiti yuklangan avtotransport vositasini tarozida tortadi va brutto massasini tarozida tortish daftariga, shuningdek nusxa ko‘chirish qog‘ozi vositasida yuk xatining barcha uch nusxasiga yozadi hamda paxta chigiti yuklangan avtomobil transporti vositasini ko‘rsatilgan yuk tushirish joyiga jo‘natadi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Paxta zavodi yuk xatining barcha uch nusxasi yuk tushirilgungacha va bo‘sh avtotransport taroziga qaytib kelgungacha tarozibonda qoladi.
37. Avtotransport tarozida tortilgandan keyin tarozibon qabul qilingan paxta chigitining netto massasini (brutto va tara massasi o‘rtasidagi tafovut bo‘yicha) tarozida tortish daftariga va yuk xatining barcha nusxalariga yozadi, yuk xatlarini imzolaydi va shtamp qo‘yadi. O‘lchovnomalar daftari tarozida tortish xonasida qulflangan holda saqlanishi kerak. Navbatchi tarozibonlar har qaysi smena bo‘yicha so‘nggi yozuvlar oxiriga smena topshirilgani va qabul qilingani to‘g‘risida imzo qo‘yadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
38. To‘ldirilgan yuk xatining birinchi nusxasini sinov bayonnomasi bilan birga tarozibon o‘zida qoldiradi, ikkinchi va uchinchi nusxalarini esa paxta chigitini yetkazib bergan haydovchiga (topshiruvchiga) qaytaradi va unga, agar bunday holat mavjud bo‘lsa, kamomad to‘g‘risidagi dalolatnomani beradi. Kamomad to‘g‘risidagi dalolatnoma yuk xati, sinov bayonnomasi bilan birga buxgalteriyaga taqdim etiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Agar paxta chigiti kamomadi avtomobillarda tashish vaqtidagi tabiiy kamayish normalaridan oshmasa, u holda kamomad to‘g‘risida dalolatnoma tuzilmaydi. Kamomad dalolatnomasi asosida haydovchi- ekspeditordan yo‘ldagi kamomad hajmidan ishlab chiqariladigan yog‘-moy mahsuloti qiymati summasi undirib olinadi va kelgusida ushbu haydovchi paxta chigiti tashishga takroran jalb etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Chigit sifatining sinov bayonnomasi ma’lumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yog‘-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan avtotransport vositasidan namuna oladi hamda standart bo‘yicha belgilangan metodlar bo‘yicha nazorat tartibidagi tahlillar o‘tkazadi. Sinov bayonnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan amaldagi standart bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan doirada chigit sifatida farq mavjud bo‘lganda, chigit sinov bayonnomasida ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlari asosida kirim qilinadi.
Yog‘-moy zavodining nazorat tahlili sifat bo‘yicha sinash protokolida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan amaldagi standart bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan doiradan ortiqcha farqni aniqlagan taqdirda bu haqda chigitning ushbu turkumini qaytadan sinash uchun yog‘-moy zavodining vakiliga va Bajaruvchiga xabar beriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Qayta sinovdan o‘tkazish chigit turkumining nazorat namunasi bo‘yicha belgilangan shaklda berilgan apellyatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu masala hal bo‘lmagunga qadar chigit sinov bayonnomasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha kirim qilinadi. Qayta tahlil natijalari olinganda miqdor-sifat hisobi daftariga tegishli tuzatish yozuvi kiritiladi. Dastlabki yozuv qizil siyoh bilan chiziladi, yangi yozuv esa qora siyoh bilan e’tiroz qanoatlantirilgan oyga yoziladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
41. Chigit temir yo‘l transportida keltirilganda tarozibon temir yo‘l vagonini chigit bilan birga tortadi, daftarga brutto massasini yozadi va vagonni tushirishga yuboradi. Chigit tushirilgandan keyin vagon yana tortiladi, daftarga vagon massasi yoziladi va qabul qilingan chigitning netto massasi hisoblab chiqariladi. Paxta chigiti kamomadi uni temir yo‘l transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq bo‘lmagan taqdirda tijorat dalolatnomasi tuzilmaydi. Tabiiy kamayish normalaridan tashqari brutto massasining 0,1 foizi miqdorida tarozi farqiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Paxta chigiti kamomadi uni temir yo‘l transportida tashishda tabiiy kamayish normasidan ortiq bo‘lgan taqdirda temir yo‘l stansiyasi, chigit xo‘jaligi boshlig‘i ishtirokida, sertifikatlashtirish organi vakilini jalb etgan holda tijorat dalolatnomasi tuziladi. Bunda temir yo‘lga kamomad yuzasidan e’tiroz tasdiqlangan normalar bo‘yicha tabiiy kamayish chegirib tashlangan holda taqdim etiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Sinov bayonnomasining chigit sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yog‘-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan temir yo‘l vagonlaridan namuna oladi hamda standart bo‘yicha belgilangan metodlar bo‘yicha nazorat tartibidagi tahlillarni o‘tkazadi. Sifat bo‘yicha yog‘-moy zavodining nazorat tahlili bilan sinov bayonnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarda farq bo‘lgan taqdirda avtomobil transportida keltirilgan chigitga nisbatan tutilgan yo‘l qo‘llanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
44. Chigitni chigit xo‘jaligi ombori bo‘yicha hisobga olish miqdor-sifat hisobi daftarida (ombor daftarida) navlar bo‘yicha — kirim bo‘yicha hamda turli navlar chigiti aralashmasi — chiqim bo‘yicha olib boriladi. Paxta chigiti o‘zaro solishtirish dalolatnomalariga muvofiq kirim bo‘yicha — namlikning massadagi ulushi hamda mineral va organik aralashmalarning massadagi ulushi amaldagi standartga muvofiq hisoblab chiqarilgan normalarga keltirilgan holda, chiqim bo‘yicha — fizik massa bo‘yicha, miqdor jihatdan fizik va konditsion massa bo‘yicha hisobga olinadi.
45. Paxta chigitini omborda saqlash davrida ularning sifati va miqdori bo‘yicha saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxs — ombor mudiri javob beradi, u bilan ushbu lavozimga tayinlash vaqtida uning moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Paxtaning texnik chigiti saqlanishini ta’minlash uchun paxta chigitini yetkazib berishni o‘zaro taqqoslash o‘tkaziladi. Har oyda paxta tozalash zavodlari yog‘-moy zavodlari xodimi bilan birgalikda 4 nusxada o‘zaro taqqoslash dalolatnomasini to‘ldiradilar (1-shakl), unda paxta tozalash zavodlari tomonidan yuklab jo‘natilgan chigit hajmi assortiment bo‘yicha, fizik va konditsion og‘irlikda hamda yog‘-moy zavodlari tomonidan qabul qilingan chigit hajmi assortiment bo‘yicha, fizik va konditsion og‘irlikda ko‘rsatiladi, agar farq mavjud bo‘lsa uning sabablarini birgalikda ko‘rsatadilar.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Paxta tozalash zavodi va yog‘-moy zavodining rahbari, bosh buxgalteri va chigit xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan dalolatnomalarni paxta tozalash zavodi, yog‘-moy zavodi bir nusxadan hisobot davridan keyingi oyning 3-kunigacha bo‘lgan muddatda o‘z yuqori tashkilotlariga yuboradilar hamda bir nusxadan o‘zlariga olib qoladilar. Paxta chigitini yuklab jo‘natish va qabul qilib olish o‘rtasidagi farq ularning hosil bo‘lish sabablari aniqlangandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda tartibga solinadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
49. Ishlab chiqarilgan tayyor yog‘-moy mahsulotlari tortiladi va og‘irligi bo‘yicha ombor mudirlarining mas’uliyati ostida tayyor mahsulotlar omborlariga beriladi.
Korxonaning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi xatlov komissiyasi har oyda xom ashyo, tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarish omborlarini xatlovdan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Paxtaning texnik chigitini qayta ishlash tugallangandan keyin barcha yog‘-moy korxonalarida paxta chigiti omborlari xatlovdan o‘tkaziladi va tozalanadi, ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
V. Kamomad va normativdan ortiqcha yo‘qotishlar bo‘lganda zarar summasini aniqlash
51. Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yo‘qotishlari:
paxta tozalash zavodlarida — qoldiqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan va yuklab jo‘natilgan paxta chigiti hajmlarini taqqoslash yo‘li bilan;
yog‘-moy zavodlarida — paxta tozalash zavodlaridan yuklab jo‘natilgan chigit hajmlarini hamda omborlardagi mavjud qoldiqlarni hisobga olgan holda qayta ishlangan hajmlarga muvofiqligini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Paxta chigitining kamomadi yoki normativdan ortiqcha yo‘qotishlari holati bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi.
52. Aniqlangan kamomad yoki normativdan ortiqcha yo‘qotishlar bo‘yicha zarar summasi tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan kamomad (yo‘qotish) hajmidan ishlab chiqariladigan yog‘-moy mahsulotlari qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-SHAKL
Oldingi tahrirga qarang.

Paxta chigitini yetkazib berishni o‘zaro taqqoslash
‎DALOLATNOMASI ‎‎

‎‎20__yil “__” _______

‎‎Yetkazib beruvchi____________________________________________________________________________________
‎ (nomi va manzili)
‎Oluvchi___________________________________________________________________________________________
‎ (nomi va manzili)

‎‎20__yil “__” ________ dan 20__yil “___” _______ gacha bo‘lgan davrda paxta chigiti yetkazib berishni taqqoslab chiqdik. ‎
‎‎Taqqoslash natijasida quyidagilar aniqlandi:

Yetkazib beruvchi ma’lumotlariga ko‘ra‎‎‎

Oluvchi ma’lumotlariga ko‘ra‎‎

Farqi
‎(+ortiqcha,– kamomad) ‎‎

navi‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

navi‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

Fizik massasi, kg‎‎

Konditsion massasi, kg ‎‎

1‎‎ 2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7‎‎

8‎‎

‎‎
‎Yuzaga kelgan farqni tushuntirish: (chigitning navini noto‘g‘ri aniqlash hisobiga, chigitning yo‘lda ushlanib qolishi hisobiga va boshqalar)

‎‎Yetkazib beruvchi imzosi: Rahbar — imzo
‎Bosh buxgalter — imzo

Oluvchi imzosi: Rahbar — imzo
‎Bosh buxgalter — imzo ‎‎‎

‎‎M.O‘.
‎‎

‎‎M.O‘.

(1-shakl O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 381-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)