O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SPIRT, ALKOGOLLI MAHSULOTLAR VA TAMAKI MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISHNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari g‘ayriqonuniy ishlab chiqarilishi, ular kontrabandasi va aylanishi hollariga barham berish, budjetga daromadlar tushumining to‘liqligini ta’minlash, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh vazir O‘.T. Sultonov va Bosh vazirning o‘rinbosari B.M. Olimjonov tomonidan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi hamda spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ustidan sust rahbarlik qilinayotganligi qayd etilsin.
Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar lavozimlarini maxsus ma’lumotga va tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar egallab turishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hol deb hisoblansin.
Qonun hujjatlarini buzish, spirt va vino-aroq mahsulotlarini g‘ayriqonuniy ishlab chiqarish va sotish hollari davom etmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
3. Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari (muhandislar va texnologlar), bosh buxgalterlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Komissiya bir oy muddatda xodimlarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalarini talabchanlik bilan attestatsiyadan o‘tkazsin hamda ularning saflarini kasbiga yaroqsiz shaxslardan va jinoyatchi unsurlardan shafqatsiz tozalasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari g‘ayriqonuniy ishlab chiqarilishi, keltirilishi va sotilishi hollarini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha rejali va muntazam ish olib borilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
texnik spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan faqat yuridik shaxslarga sotiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
spirtni mas’uliyatli saqlashga topshirish daromadni yashirishga tenglashtiriladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ushbu tartib buzilishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
barter bitishuvlarida qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari vino-aroq mahsulotlari bilan barter operatsiyalari o‘tkazganligi uchun qonunchilikda soliq to‘lashdan bosh tortganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
sotiladigan tamaki mahsulotlari uchun oldindan haq to‘lash miqdori kontrakt tuzilgan mahsulotning butun hajmi uchun aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga olishi kerak;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kontrakt tuzilgan mahsulotning haqi to‘langan hajmini o‘z vaqtida yuklab jo‘natmaganligi uchun (mablag‘lar tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan ortiq) xaridorga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun o‘z vaqtida yuklab jo‘natilmagan mahsulot qiymatining 3 foizi miqdorida neustoyka to‘laydilar.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
9. “O‘zdavstandart” markazi tizimida xodimlarning umumiy soni doirasida Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va unga alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish vazifasi yuklansin.
“O‘zdavstandart” markazi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda Alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi nizomini va tuzilmasini o‘n kun muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi:
Oldingi tahrirga qarang.
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida huquqni buzishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni o‘z vaqtida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga og‘ishmay rioya qilinishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, keltirish va sotishni tashkil etishda yuzaga kelayotgan ahvolni yarim yillik yakunlari va umuman yil yakunlari bo‘yicha muntazam ravishda tahlil qilib borsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-sentabr,
444-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 58-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)