1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 30-iyuldagi 8-mh-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 550-sonli qarori (roʻyxat raqami 2701-1, 02.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/2701-1/0801-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-iyulda 2701-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi hamda “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 30-iyuldagi 8-mh-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 550-sonli qarori (roʻyxat raqami 2701-1, 02.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/2701-1/0801-son)
1. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 30-iyuldagi 8-mh-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 550-sonli qarori (roʻyxat raqami 2701-1, 02.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/2701-1/0801-son)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ushbu Yoʻriqnoma oʻq otish, biatlon, zamonaviy koʻpkurash sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (sport va sport-texnik klublari, sport maktablari, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashining hududiy boʻlinmalari hamda tashkilotlari va boshqalar) (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
pnevmatik sport quroli — siqilgan, suyultirilgan yoki qotirilgan gazsimon moddaning quvvati hisobiga yoʻnaltirilgan holda harakatga keladigan aslaha bilan nishonni masofadan turib urish uchun sportning pnevmatik oʻq otish turlari boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulot va musobaqalarda foydalanishga moʻljallangan qurol;
oʻqotar sport quroli — porox yoki boshqa modda quvvati hisobiga yoʻnaltirilgan holda harakatga keluvchi aslaha bilan nishonni masofadan turib mexanik urish uchun sportning oʻq otish turlari boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulot va musobaqalarda foydalanishga moʻljallangan qurol;
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).
2-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash
2. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari faqat qurolxonada saqlanishi lozim.
Agar yuridik shaxsda qurolxona mavjud boʻlmasa, unga tegishli boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari boshqa yuridik shaxsga tegishli boʻlgan qurolxonada saqlanishi lozim.
3. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini fuqarolarning, shu jumladan yuridik shaxs xodimlarining turar joylarida, shuningdek sport delegatsiyalari (jamoalari) joylashtirilgan joylarda (mehmonxonalar, yotoqxonalar, sport lagerlari va boshqalar) saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Oʻqotar sport quroli hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan qurolxonalar idoraviy va sport oʻqotar qurol hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Pnevmatik sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan qurolxonalar oʻqotar sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan qurolxonalarga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak. Pnevmatik sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan qurolxonalarning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armatura bilan jihozlanishi) hamda ichki ishlar organlarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) qoʻriqloviga topshirilishi talab etilmaydi.
5. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflar (yashiklar)da saqlanadi.
Qurollar oʻq-dorilardan alohida saqlanishi kerak.
6. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan seyf va metall shkaflar (yashiklar) devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi lozim, katta gabaritli (oʻlchamlari 1500x600x500 mm dan koʻp boʻlgan) va ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq boʻlgan) seyf va metall shkaflar (yashiklar) bundan mustasno.
Seyf va metall shkaflar (yashiklar)ning eshiklari metalli qoplamalar yoki burchaklar bilan mustahkamlangan boʻlishi kerak.
7. Qurolxonada seyflar, metall shkaflar (yashiklar)ning soni, raqami va qaysi muhr bilan muhrlanishi koʻrsatilgan roʻyxat osilgan boʻlishi kerak.
8. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻquv-koʻrgazma qurollari, sport anjomlari va boshqa buyumlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolini tozalash-moylash materiallari (moy, ishqorlar va boshqalar) ular uchun ajratilgan maxsus joylarda qurol va uning oʻq-dorilaridan alohida saqlanadi.
10. Qurolxona, oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari saqlanadigan seyf va metall shkaflar (yashiklar)ning ikkita kalitlar toʻplami boʻlishi kerak. Kalitlarning birinchi toʻplami yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, berilishi, qabul qilib olinishini hamda hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsda (bundan buyon matnda saqlash uchun masʼul shaxs deb yuritiladi), ikkinchisi esa, yuridik shaxs rahbarida muhrlangan qutiga joylashtirilgan holda qulflanadigan seyf yoki metall shkafda saqlanishi lozim.
11. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari quruq holda saqlanishi taʼminlanishi kerak.
3-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashish
12. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashilishi mumkin.
Qurol va oʻq-dorilarni shahar jamoat transportida va ot-aravalarda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashishda yuridik shaxs rahbari tomonidan ularni tashish uchun masʼul shaxs (bundan buyon matnda tashish uchun masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Oʻq otish mashgʻulotlari va musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan vaqtda Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashish uchun yuridik shaxs rahbari tomonidan tayinlanadigan oʻq otish rahbari (bundan buyon matnda oʻq otish rahbari deb yuritiladi) masʼul hisoblanadi.
14. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari belgilangan joyga (yuridik shaxs, ichki ishlar organi, qurolni taʼmirlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs) yetkazilganda ular tashish uchun masʼul shaxs tomonidan shu kunning oʻzida tegishli qurolxonaga topshirilishi lozim.
15. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari oʻq otish mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkaziladigan joyga yetkazilganda qurol va oʻq-dorilar oʻq otish rahbari tomonidan vaqtinchalik saqlab turish uchun tegishli qurolxonaga shu kunning oʻzida topshirilishi kerak.
Agar oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari bir kundan oshmaydigan muddatda oʻtkazilishi moʻljallanayotgan boʻlsa, yetkazilgan qurol va uning oʻq-dorilari qurolxonaga topshirilmasdan oʻq otish rahbari tomonidan doimiy qarov ostida saqlanadi hamda mashgʻulotlar yoki musobaqalar yakunlanishi bilan ular doimiy saqlanadigan qurolxonaga qaytarib yetkaziladi va topshiriladi.
16. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari ular uchun moʻljallangan maxsus qutilarda gʻilof kiydirilgan holda tashiladi. Bunda, qurol oʻqsizlantirilgan boʻlishi hamda oʻq-dorilardan alohida joylashtirilishi kerak.
17. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari avtomobil transportida tashilganda, ular avtomobil transportining qulflanadigan kuzovi (bagaj qismlari)da tashiladi. Bunda, qurol va uning oʻq-dorilari begona shaxslar tomonidan koʻzdan kechirilishi imkoniyati istisno etilishi kerak.
18. Avtomobil transportida oʻqotar sport quroli va uning oʻq-dorilarini tashishda tashish uchun masʼul shaxsga yuridik shaxs rahbari tomonidan qoʻshimcha ravishda qoʻriqlovchi shaxs biriktiriladi.
Oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar sport quroli yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi olib borilayotgan yoʻlda ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash organlarining ikki nafar qurolli qoʻriqchilari hamrohligida kuzatib borilishi taʼminlanishi kerak. Qurollar va oʻq-dorilar ikki va undan ortiq avtomobil transportida tashilsa, uch nafar qurollangan xodim boʻlishi lozim.
19. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashishda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda 2023-yil 17-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya etilishi kerak.
20. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini havo transportida tashishda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari” (OʻzR AQ-198) (roʻyxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) talablariga rioya etilishi lozim.
4-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini berish va qabul qilish
21. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari ulardan foydalanuvchi oʻquvchi, sportchi, trener (trener-oʻqituvchi) yoki instruktorga (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) oʻq otish mashgʻulotlarida yoki musobaqalarda foydalanish yoxud qurolni tozalash-moylash uchun beriladi.
22. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari ular saqlanadigan qurolxonalardan saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan beriladi va qabul qilinadi hamda ushbu haqidagi tegishli maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan jurnalda (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.
23. Saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini foydalanuvchilarga berish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan oʻqotar va pnevmatik sport qurolini biriktirish qaydnomasi asos boʻlib hisoblanadi.
Qurol faqat qaydnomada koʻrsatilgan shaxslarga, oʻq otish mashgʻulotlari va musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan taqdirda esa, oʻq otish rahbariga beriladi.
Mazkur qaydnoma saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan har yili 1-yanvar holatiga tuziladi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qaydnomada koʻrsatilgan shaxslar oʻzgargan taqdirda, u yangitdan tuzilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
24. Oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari joyiga borgan holda oʻtkazilgan taqdirda oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari zarur miqdorda oʻq otish rahbariga beriladi va bu haqda jurnalda tegishli yozuvlar qayd qilinadi.
Oʻq otish mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkaziladigan joyda qurollar va oʻq-dorilar foydalanuvchilarga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan tarqatish-qabul qilish qaydnomasi (bundan buyon matnda tarqatish-qabul qilish qaydnomasi deb yuritiladi) asosida oʻq otish rahbari tomonidan tarqatiladi va qabul qilib olinadi.
Oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari yakunlangandan soʻng qurol va oʻq-dorilar (foydalanilmay qolgan va foydalanishda otilmay qolgan oʻq-dorilar) foydalanuvchilar tomonidan oʻq otish rahbariga topshiriladi.
Qurol va oʻq-dorilar (foydalanilmay qolgan va ishlatishda otilmay qolgan oʻq-dorilar) oʻq otish rahbari tomonidan ular saqlanadigan qurolxonaga tarqatish-qabul qilish qaydnomasi bilan birga topshiriladi va bu haqda jurnalga tegishli yozuvlar qayd qilinadi.
5-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini hisobga olish
25. Yuridik shaxsga foydalanishga qabul qilingan (kirim qilingan) hamda uning hisobida mavjud boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobi doimiy ravishda olib borilishi shart.
26. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini hisobga olish bilan birga, ularning hisobdan chiqarilishi va hisobda mavjud boʻlgan qurollar va oʻq-dorilarning harakati bilan bogʻliq maʼlumotlar ham umumlashtirib boriladi.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobi saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan olib boriladi.
27. Yuridik shaxsga foydalanishga qabul qilingan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari shu kunning oʻzida qurolxonaga saqlash uchun topshirilishi va tegishli kirim hujjati (hisobvaraq-faktura, yuk xati) asosida har bir yuridik shaxsda yuritiladigan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini hisobga olish kitobida (bundan buyon matnda kitob deb yuritiladi) hisobga olinishi lozim.
28. Kitob uch qismdan iborat boʻladi va saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan yuritiladi.
29. Kitobning birinchi qismida oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarining jamlanma hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4a-ilovasiga muvofiq shakldagi jadval koʻrinishida har bir qurol (aniq bir turdagi, nomdagi, marka, model va kalibrdagi) hamda uning oʻq-dorilari boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi.
Kitobning mazkur qismi qurol va uning oʻq-dorilari hisobga olingan hamda (yoki) hisobdan chiqarilgan vaqtdagi ularni hisobda mavjud boʻlgan jami miqdorini aniqlash uchun yuritiladi. Bunda, hisobda mavjud boʻlgan qurol va uning oʻq-dorilari jami miqdori aniq bir sanada hisobga olingan va (yoki) hisobdan chiqarilgan qurol hamda uning oʻq-dorilari miqdorini ularning mavjud miqdoridan ayirish va (yoki) unga qoʻshish orqali aniqlanadi.
30. Kitobning ikkinchi qismida oʻqotar va (yoki) pnevmatik sport qurolining individual hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4b-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida har bir qurol boʻyicha uning hisobga olingan sanasi, yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi, hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (hisobvaraq-faktura, yuk xati) raqami va sanasi, qurolga oid individual maʼlumotlar, qurolning hisobdan chiqarilishi va uni taʼmirlash uchun yuborilishi, shuningdek uning texnik holati va yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
31. Kitobning uchinchi qismida oʻqotar va pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi va u mazkur Yoʻriqnomaning 4v-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Kitobning mazkur qismida oʻq-dorilarning hisobga olingan sanasi, yuridik shaxsga qachon va qayerdan kelib tushganligi, hisobga olish uchun asos boʻlgan kirim hujjatining (hisobvaraq-faktura, yuk xati) raqami va sanasi, ularning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi, miqdori hamda hisobdan chiqarilishi, shuningdek ularning yaroqlilik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
32. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli yuridik shaxs tomonidan berib yuborilishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi oqibatida, tegishlicha chiqim hujjati (hisobvaraq-faktura, yuk xati), surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurol va uning oʻq-dorilari yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi.
Bu haqda hisobdan chiqarishning sababi va uni tasdiqlovchi hujjat haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kitobning ikkinchi qismida qayd qilib qoʻyilishi lozim.
33. Oʻq-dorilar yuridik shaxs tomonidan berib yuborilishi, oʻtkazilgan oʻq otish mashgʻulotlari va (yoki) musobaqalarda sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoxud yaroqsiz holga kelishi oqibatida, tegishlicha chiqim hujjati (hisobvaraq-faktura, yuk xati), oʻq otish mashgʻuloti va (yoki) musobaqada sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish boʻyicha dalolatnoma, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining tegishli qarori yoxud qurol va uning oʻq-dorilari yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi.
Bu haqda hisobdan chiqarishning sababi va uni tasdiqlovchi hujjat haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kitobning uchinchi qismida qayd qilib qoʻyilishi lozim.
34. Qurolxonada saqlanayotgan qurol va uning oʻq-dorilari texnik va yaroqlilik holatini aniqlash hamda qurollarning yaroqlilik toifasini belgilash uchun yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi bilan kamida uch kishidan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda Qurol va uning oʻq-dorilarining texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tuziladi.
Zarur hollarda komissiya ish faoliyatiga boshqa yuridik shaxslarning mutaxassislari hamda hududiy ichki ishlar organining masʼul xodimi taklif etilishi mumkin.
35. Qurol va uning oʻq-dorilari texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan yiliga kamida bir marta qurollarning texnik holati va yaroqlilik toifasi hamda uning oʻq-dorilari yaroqlilik holati oʻrganiladi.
Bunda, taʼmirlashga muhtoj boʻlgan qurol yoxud yaroqsiz holga kelgan qurol yoki uning oʻq-dorilari aniqlanganda ular boʻyicha tegishlicha mazkur Yoʻriqnomaning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shaklda dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada tegishlicha qurolni taʼmirlashga yuborish yoki yaroqsiz holga kelganligi sababli qurol yoki uning oʻq-dorilarini hisobdan chiqarish va yoʻq qilish uchun yuborish boʻyicha xulosa qilinadi.
Mazkur dalolatnomalar komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
36. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli taʼmirlash uchun yuborilganda uning taʼmirlashga yuborilganligi va taʼmirlashdan qaytarilganligi haqida kitobning ikkinchi qismida tegishli yozuv qayd qilinadi.
Taʼmirlash uchun yuborilgan qurol hisobdan chiqarilmaydi.
37. Yaroqsiz holga kelgan deb xulosa qilingan va hisobdan chiqarilgan qurol va (yoki) uning oʻq-dorilari ularni yoʻq qilish uchun hududiy ichki ishlar organiga yuboriladi.
38. Oʻtkazilgan oʻq otish mashgʻulotlari va (yoki) musobaqalarda sarflangan oʻq-dorilar (foydalanilgan hamda foydalanishda otilmay qolgan oʻq-dorilar) boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada sarflanganligi sababli hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan oʻq-dorilarning miqdori koʻrsatiladi.
Mazkur dalolatnoma saqlash uchun masʼul shaxs tomonidan jurnalda qayd qilingan maʼlumotlarga asoslangan holda tuziladi va u yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
39. Qurolxonada saqlanayotgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari bir nechta yuridik shaxsga tegishli boʻlsa, ular boʻyicha jurnal va kitob har bir yuridik shaxs tomonidan alohida yuritiladi.
40. Jurnal va kitob hududiy ichki ishlar organida hisobga qoʻyilgan boʻlishi kerak.
41. Saqlash uchun masʼul shaxs almashganda jurnal va kitob yangidan tayinlangan shaxsga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshirilishi shart.
Mazkur dalolatnoma yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
42. Jurnal va kitobning titul varagʻi qalin material (karton)dan ishlangan boʻlishi va unda yuridik shaxs hamda u idoraviy mansub boʻlgan yuridik shaxsning (agar mavjud boʻlsa) nomi, shuningdek u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani koʻrsatilishi zarur.
Jurnal va kitobning titul varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
43. Jurnal va kitob betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak.
Jurnal va kitobning oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatilishi va ushbu maʼlumot yuridik shaxs rahbarining imzosi hamda muhri, shuningdek hududiy ichki ishlar organi masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Jurnal va kitobning oxirgi varagʻi mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
44. Jurnal va kitobdagi yozuvlar koʻk yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Xato yozilganda u matnni oʻqish imkoniyatini beradigan holda ingichka chiziq bilan oʻchirilib, uning tepasidan toʻgʻirlangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qoʻyiladi hamda matnni toʻgʻrilagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
45. Jurnal va kitob toʻliq toʻldirilguncha yuritiladi.
46. Jurnal va kitobning butligi va toʻgʻri toʻldirilishiga saqlash uchun masʼul shaxs javobgar hisoblanadi.
47. Jurnal va kitob qurolxonaning ichida joylashtirilgan qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
48. Yuridik shaxsda hisobga olingan (balansda) mavjud boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari yiliga kamida bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazilishi shart.
49. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan kamida uch nafar aʼzodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda Berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Berilgan hamda qabul qilib olingan qurol va uning oʻq-dorilarini inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tarkibiga saqlash uchun masʼul shaxs va yuridik shaxs buxgalteriyasi xodimi majburiy ravishda kiritiladi. Zarur hollarda komissiya ish faoliyatiga hududiy ichki ishlar organining masʼul xodimi taklif etilishi mumkin.
50. Inventarizatsiyani oʻtkazishda buxgalteriya hisobida koʻrsatilgan hamda kitobda hisobga olingan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari ularning faktik mavjudligi bilan solishtirib chiqiladi va natijasi boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
51. Inventarizatsiya natijasida tafovut (qurol yoxud uning oʻq-dorilari kamomadi (yoʻqolganligi) yoki ortiqcha mavjudligi) aniqlanganda yuridik shaxs rahbari bu haqda hududiy ichki ishlar organiga va idoraviy mansub boʻlgan yuridik shaxsga (agar mavjud boʻlsa) xabar berilishini taʼminlashi shart.
6-bob. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilaridan foydalanish
52. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilaridan faqat oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalarida foydalaniladi.
53. Har bir yuridik shaxs tomonidan oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
54. Foydalanuvchilar oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari bilan tanishtirilgandan soʻng ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
55. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari foydalanish uchun olinganda foydalanuvchi tomonidan jurnalning yoxud tarqatish-qabul qilish qaydnomasining tegishli katagiga imzo qoʻyiladi.
56. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan faqat maxsus jihozlangan muhandislik-qurilish inshooti (tir, oʻq otish stendi, oʻq otish maydoni)da foydalanishga ruxsat beriladi.
57. Oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari jarayonida oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish chizigʻi, oʻtish yoʻllari va boshqa joylarda foydalanuvchining qarovisiz qoldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
58. Oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari jarayonida oʻqotar va pnevmatik sport qurolini oʻqlash hamda undan nishonga otish va qurol bilan bogʻliq boshqa harakatlarni bajarish faqatgina trener (trener-oʻqituvchi, instruktor)ning ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida amalga oshiriladi.
59. Quyidagi hollarda oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan foydalanish taqiqlanadi:
kunning kechki va tungi vaqtlarida, yaxshi koʻrinmaydigan sharoitlarda;
foydalanuvchi mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlganda;
60. Oʻqotar va pnevmatik sport qurolidan foydalanishda uni otish yoʻnalishidan (nishon) tashqari boshqa tomonlarga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qurolni odam(lar)ga qaratish va oʻqtalish taqiqlanadi.
61. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari (foydalanilmagan hamda foydalanishda otilmay qolgan oʻq-dorilar) oʻq otish mashgʻuloti yoki musobaqasi yakunlanganidan soʻng foydalanuvchi tomonidan qurolxonaga, oʻq otish mashgʻuloti yoki musobaqa joyiga borib oʻtkazilgan paytda esa, oʻq otish rahbariga darhol topshirilishi shart.
62. Oʻqotar va pnevmatik sport quroli foydalanuvchi tomonidan uni tozalash-moylash uchun olinishi mumkin. Bunda, jurnalning tegishli qismida uning tozalash-moylash uchun olinganligi koʻrsatiladi va foydalanuvchi tomonidan imzo qoʻyiladi.
Qurolni tozalash-moylash ishlari bu uchun ajratilgan maxsus joylarda va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
63. Foydalanuvchi foydalanish uchun olingan qurol va uning oʻq-dorilari butligini taʼminlashi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etishi shart.
7-bob. Yakuniy qoidalar
64. Mazkur Yoʻriqnoma talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini berish va qabul qilish
JURNALI
T/r
Qurol va uning oʻq-dorilarini foydalanish uchun olgan shaxsning F.I.O.
Foydalanish uchun olingan qurol va uning oʻq-dorilari, foydalanish maqsadi
Qurol va uning oʻq-dorilari olingan sana va vaqt
Qurol va uning oʻq-dorilarini foydalanishga olgan shaxsning imzosi
Qaytarib topshirilgan qurol va uning oʻq-dorilari
Qurol va uning oʻq-dorilarini qabul qilib olgan shaxs (saqlash uchun masʼul shaxs)ning imzosi
Izoh:
qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri
vaqt
(soat, daqiqa)
qurolning oʻq-dorilari soni
(dona)
foydalanish maqsadi
(mashgʻulot, musobaqa, tozalash-moylash)
sana
(kun, oy, yil)
vaqt
(soat, daqiqa)
qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri
qurolning zavod seriyasi va raqami
oʻq-dorilar (dona)
sana
(kun, oy, yil)
vaqt
(soat, daqiqa)
foydalanilmay qolgan
foydalanishda otilmay qolgan
(osechka)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15..
16.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Qaydnomani tuzuvchi: _______________________________ __________ 20 __ yil “___” _________
_______________________(saqlash uchun masʼul shaxsning F.I.O.)__ (imzo)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Oʻq otish mashgʻulotlari yoki musobaqalari oʻtkazilgan joyda oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini foydalanuvchilarga tarqatish-qabul qilish
Qurol va uning oʻq-dorilarini foydalanish uchun olgan shaxsning F.I.O.
Foydalanish uchun olingan qurol va uning oʻq-dorilari
Qurol va uning oʻq-dorilari olingan vaqt
Qurol va uning oʻq-dorilarini foydalanishga olgan shaxsning imzosi
Qaytarib topshirilgan qurol va uning oʻq-dorilari
Qurol va uning oʻq-dorilari qaytarib topshirilgan vaqt
Qurol va uning oʻq-dorilarini qabul qilib olgan shaxs (oʻq otish rahbari)ning imzosi
Izoh
qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri
qurolning zavod seriyasi va raqami
qurolning oʻq-dorilari soni
(dona)
vaqt
(soat / daqiqa)
qurolning turi, nomi, markasi, modeli va kalibri
qurolning zavod seriyasi va raqami
oʻq-dorilar (dona)
foydalanilmay qolgan
foydalanishda otilmay qolgan
(osechka)
vaqt
(soat / daqiqa)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Oʻq otish rahbari: ___________________________________________________________________________________ ____________________ 20___ yil “____” ___________________
______________________________________________(lavozim va F.I.O.)________________________________________________(imzo)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4a-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobini yuritish
KITOBI
(kitobning birinchi qismi)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari jamlanma
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4b-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobini yuritish
KITOBI
(kitobning ikkinchi qismi)
Oʻqotar va pnevmatik sport qurolining individual
HISOBI
T/r
Qurol hisobga olingan sana
Qurol qaysi yuridik shaxsdan kelib tushganligi va sanasi
Kelib tushgan qurolning kirim hujjati (hisobvaraq-faktura, yuk xati) sanasi va raqami
Hisobga olingan qurolga oid individual maʼlumotlar
Qurolning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar
Qurolning taʼmirlash uchun yuborilganligi haqida maʼlumot
Qurolning texnik holati va yaroqlilik toifasi
Izoh
turi, nomi, markasi va modeli
kalibri
ishlab chiqarilgan yili
zavod seriyasi va raqami
hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi)
hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi
hisobdan chiqarilgan sana
taʼmirlash uchun yuborilganligi
taʼmirlashdan qaytarilganligi
yuborilgan yuridik shaxs nomi, yuborilgan sana
yuk xatining raqami va sanasi
qaytarilgan sana
yuk xatining raqami va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4v-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobini yuritish
KITOBI
(kitobning uchinchi qismi)
Oʻqotar va pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari
HISOBI
T/r
Oʻq-dorilar hisobga olingan sana
Oʻq-dorilar qaysi yuridik shaxsdan kelib tushganligi va sanasi
Kelib tushgan oʻq-dorilarning kirim hujjati (hisobvaraq-faktura, yuk xati) sanasi va raqami
Hisobga olingan oʻq-dorilarga oid maʼlumotlar
Oʻq-dorilarning hisobdan chiqarilishiga oid maʼlumotlar
Oʻq-dorilarning yaroqlilik holati
Izoh miqdori
(dona)
turi
kalibri
ishlab chiqarilgan yili va partiyasi
miqdori
(dona)
hisobdan chiqarilishi sababi (berib yuborilishi, sarflanishi, yoʻqotilishi (talon-toroj qilinishi) yoki yaroqsiz holga kelishi)
hisobdan chiqarish uchun asos boʻlgan hujjat, uning raqami va sanasi
hisobdan chiqarilgan sana
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_____________________________
(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)
_____________________________
_____________________________
(imzo)
20___ yil “____” _____________
M.Oʻ.
Oʻqotar va pnevmatik sport qurolining texnik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha
DALOLATNOMA
_________________________ shahri
(joy nomi) ______________
Qurol va uning oʻq-dorilari texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan _____________________________________________ da hisobda mavjud boʻlgan oʻqotar va pnevmatik sport qurollarining texnik holati oʻrganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi:
Qurolning taʼmirlanishga muhtojligini bildiruvchi sabab (lar)
Qurolni taʼmirlash darajasi (qisman, oʻrtacha yoki toʻlaligicha) va uning qisqacha tavsifi
4
5
Yuqoridagilardan kelib chiqib, komissiya tomonidan jadvalda koʻrsatilgan taʼmirlanishga muhtoj deb topilgan qurolni taʼmirlashga yuborilishi taklif etiladi.
______________________
_________
(F.I.O.)
(imzo)
______________________
_________
(F.I.O.)
(imzo)
______________________
_________
(F.I.O.)
(imzo)
______________________
_________
(F.I.O.)
(imzo)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
________________________________
(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)
________________________________
________________________________
(imzo)
20___ yil “____” ______________
M.Oʻ.
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli va uning oʻq-dorilari yaroqlilik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha
DALOLATNOMA
20__-yil “___” __________
________________ shahri
(joy nomi)_______
Qurol va uning oʻq-dorilari texnik va yaroqlilik holatini aniqlash komissiyasi tomonidan _________________________________________________________ da hisobda mavjud boʻlgan oʻqotar va
(yuridik shaxs nomi)
pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilari yaroqlilik holati oʻrganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi:
T/r
Qurolning turi, nomi, markasi va modeli, ishlab chiqarilgan yili hamda zavod seriyasi va raqami (oʻq-dorilarning turi, kalibri, ishlab chiqarilgan yili va partiyasi hamda ularning miqdori)
Qurol (oʻq-dorilar)ning hisobga olingan sanasi
Qurol (oʻq-dorilar)ning yaroqsiz holga kelganligini bildiruvchi sabab (lar)
Qurolning yaroqlilik toifasi (oʻq-dorilarning yaroqlilik holati) boʻyicha qisqacha tavsifi
Izoh
1
2
3
4
5
Yuqoridagilardan kelib chiqib, komissiya tomonidan jadvalda koʻrsatilgan yaroqsiz holga kelgan deb topilgan qurol (oʻq-dorilar)ning hisobdan chiqarilishi va yoʻq qilish uchun yuborilishi taklif etiladi.
Komissiya raisi
______________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
____________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
____________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
____________________
____________
(F.I.O.)
(imzo)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
___________________________________
(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)
__________________________
__________________________
(imzo)
20__ yil “____” ______________
Oʻq otish mashgʻuloti va (yoki) musobaqalarda sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish boʻyicha
______________________________________________________________________________________ da
(yuridik shaxs nomi)
hisobda mavjud boʻlgan, oʻq otish mashgʻuloti va (yoki) musobaqalarda foydalanuvchilarga berilgan va ular tomonidan sarflangan oʻq-dorilarning miqdorini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladim:
T/r
Qurolning turi, nomi, markasi va modeli
Foydalanuvchiga berilgan qurolga oʻq-dorilarning jami miqdori (dona)
Berilgan oʻq-dorilarning sarflangan jami miqdori (dona)
Izoh
1
2
3
4
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jadvalda koʻrsatilgan sarflangan oʻq-dorilarni hisobdan chiqarishni taklif etaman.
Dalolatnomani tuzuvchi:
_______________________________________
___________
(saqlash uchun masʼul shaxsning F.I.O.)
(imzo)
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini berish va qabul qilish jurnali (Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularning oʻq-dorilari hisobini yuritish kitobi) titul varagʻining
SHAKLI
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini berish va qabul qilish jurnali (Oʻqotar va pnevmatik sport quroli hamda ularning oʻq-dorilari hisobini yuritish kitobi) oxirgi varagʻining
SHAKLI
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 30-iyuldagi 8-mh-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 28-iyuldagi 550-sonli qarori (roʻyxat raqami 2701-1, 02.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/2701-1/0801-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 393-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.09.2025-y., 10/25/2701-1/0801-son)