Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
2. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari boʻyicha xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning aniq roʻyxatini aniqlasin, keyinchalik ularni “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab majburiy tusdaligini bekor qilish va qoʻllashning ixtiyoriylikka ega boʻlishi chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligini taʼminlashga doir talablar toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini va ular oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari U.U. Rozuqulov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-iyul,
191-son
 LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qaroriga
ILOVA
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi
UMUMIY TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Texnik reglament fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini hamda davlat mulkini himoya qilish maqsadida, ishlab chiqarilgan joyidan qatʼi nazar, avtotransport vositalaridan foydalanish jarayonida ularning konstruksiyasiga foydalanish shartlari boʻyicha qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Texnik jihatdan tartibga solish obyektlari quyidagilardan iborat:
a) yoʻlovchilar, bagaj, yuklarni tashish va maxsus ishlarni bajarish uchun moʻljallangan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida foydalanilayotgan avtomobillar, shatakchi-avtomobillar, tirkamalar va yarimtirkamalar (keyingi oʻrinlarda — avtotransport vositalari);
b) avtotransport vositalaridan foydalanish xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi avtotransport vositalarining tarkibiy qismlari.
3. Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish obyektlari hisoblanmaydi:
a) tekis yoʻlda konstruktiv tezligi soatiga 25 km dan oshmaydigan yoki qonunchilikka muvofiq tezligi soatiga 25 km dan oshmasligi lozim boʻlgan avtomobillar va tirkamalar;
b) imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan va maxsus konstruksiya qilingan avtomobillar;
v) ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan eksperimental avtotransport vositalari;
g) harbiy maqsadlar, ichki ishlar organlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositalari.
4. Avtotransport vositalarining tasnifi mazkur Texnik reglamentning 1-ilovasida keltirilgan.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
5. Mazkur Texnik reglament maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tushunchalardan, shuningdek, quyidagi maʼnolarni anglatuvchi atamalardan foydalaniladi:
favqulodda chiqish joyi — zaxira eshik, zaxira oyna yoki favqulodda lyuk;
favqulodda lyuk — yoʻlovchilar uchun faqat favqulodda vaziyatda chiqish yoʻli sifatida foydalanish uchun moʻljallangan, avtotransport vositasining tomida yoki polida joylashgan teshik;
favqulodda signal — avtotransport vositasi ayni vaqtda xavf tugʻdirayotgani haqida ogohlantirish uchun barcha burilish signallarini bir vaqtning oʻzida yoqish;
avtomatik xizmat eshigi — mexanik yuritmaga ega boʻlgan, boshqaruv elementi ishga tushirilgandan soʻng favqulodda boshqaruv vositalaridan foydalanmagan holda ochiladigan va avtomatik ravishda yopiladigan xizmat eshigi;
avtomatik (favqulodda) tormozlash — tormoz yuritmasining tormoz magistrallari uzilganda, haydovchining boshqaruv taʼsirisiz tirkamaning tormoz tizimi bilan amalga oshiriladigan tormozlash;
avtopoyezd — egarli shatakchi va yarimtirkamadan yoki yuk avtomobili va tirkama(lar)dan iborat boʻlgan, tortish-ulanish qurilmasi(lari) bilan birlashtirilgan boʻgʻinli avtotransport vositasi;
bloklashga qarshi tizim — avtotransport vositasini (ularning) tormozlashda bir yoki bir nechta gʻildirakning aylanish yoʻnalishi boʻyicha sirpanish darajasini avtomatik ravishda tartibga solish uchun ishlovchi tormoz tizimining elementlari toʻplami;
avtopoyezd boʻgʻinlari tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti asinxronligi — oʻzaro bevosita bogʻlangan avtopoyezd boʻgʻinlari tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti qiymatlari oʻrtasidagi farq moduliga teng boʻlgan kattalik;
avtotransport vositasi bazasi — oldi gʻildiraklar oʻqidan oʻtadigan vertikal koʻndalang tekislik bilan orqa gʻildiraklar oʻqidan oʻtadigan vertikal koʻndalang tekislik orasidagi masofa (yarimtirkamalar uchun — bu tirkash joyi oʻqidan oʻtadigan vertikal koʻndalang tekislik bilan orqa gʻildiraklar oʻqi orqali oʻtadigan vertikal koʻndalang tekislik orasidagi masofa);
bazaviy avtotransport vositasi — muomalaga chiqarilgan, butunlay yoki kuzov qismi yoki shassisi boshqa avtotransport vositasini yaratish uchun ishlatilgan avtotransport vositasi;
avtotransport vositasining xavfsizligi — avtotransport vositasi konstruksiyasining va texnik holatining fuqarolar hayoti yoki sogʻligʻiga, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga, davlat mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfiga yoʻl qoʻyilmasligini yoki uning minimallashtirilishini taʼminlaydigan parametrlar majmui bilan tavsiflanadigan holat;
gʻildirakning bloklanishi — tayanch yuzasi boʻylab harakatlanish jarayonida gʻildirak aylanishining toʻxtashi;
bron chidamliligi — bron himoyasining belgilangan turdagi shikast yetkazuvchi vositalar taʼsiriga chidamliligi;
loy toʻskich — shassining pastki qismida, yuklash platformasida yoki vertikal tekislikdagi loy qopqogʻida gʻildirak orqasida oʻrnatilgan va suvni qaytarish va shinalar tomonidan ushlangan kichik narsalarning otilib chiqish xavfini kamaytirish uchun moʻljallangan egiluvchan komponent;
shamollatish — avtotransport vositasining kabinasida va yoʻlovchi boʻlinmasida havo almashinuvini taʼminlash;
tashqi yoritish uskunalari — yoʻlni, roʻyxatdan oʻtkazish davlat belgilarini yoritish moslamalari, shuningdek, yorugʻlik signalizatsiya moslamalari;
zararli moddalar — inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, havo tarkibida mavjud boʻlgan aralashmalar — uglerod oksidi, azot dioksidi, azot oksidi, metan, alifatik chegaraviy uglevodorodlar, formaldegid va tarqalgan dispers zarralar);
tormoz tizimining kechikish vaqti — tormozlash boshlanishidan sekinlashuv (tormoz kuchi) paydo boʻlishigacha boʻlgan vaqt oraligʻi. Mazkur Texnik reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemada tz bilan belgilangan;
sekinlashuvning ortish vaqti — sekinlashuv paydo boʻlgan paytdan boshlab, sekinlashuv meʼyoriy qiymatga erishadigan paytgacha boʻlgan vaqt oraligʻi. Mazkur Texnik reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemada tn bilan belgilangan;
tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti — tormoz tizimining boshqaruv elementini ishga tushirish boshlanishidan boshlab, eng noqulay sharoitlarda joylashgan tormoz yuritmasining ijro etuvchi elementidagi bosim boshqaruv elementini toʻliq favqulodda ishga tushirishda mazkur ijro etuvchi elementda oʻrnatilishi lozim boʻlgan bosimning 75 foiziga yetadigan vaqtgacha boʻlgan vaqt;
tormoz tizimining ishga tushish vaqti — yoʻl sharoitida oʻtkaziladigan sinovlarda tormozlash boshlanishidan avtotransport vositasining sekinlashuvi barqaror qiymatga erishadigan paytgacha, stendlarda oʻtkaziladigan sinovlarda esa tormoz kuchi maksimal qiymatga erishadigan yoki stend roliklarida avtotransport vositasi gʻildiragi bloklanadigan paytgacha boʻlgan vaqt oraligʻi;
yordamchi tormoz tizimi — avtotransport vositasining ishchi tormoz tizimining tormoz mexanizmlariga tushadigan energiya yuklamasini kamaytirish uchun moʻljallangan yemirilishga bardoshli yoki kontaktsiz tormoz tizimi;
koʻtariladigan oʻq — avtotransport vositasidan odatiy foydalanish sharoitlarida oʻqni yuklamadan boʻshatish qurilmasi yordamida tayanch yuzasidan koʻtarish mumkin boʻlgan oʻq;
loydan himoya gʻilofi — harakat paytida shinalardan sachragan suvni qaytarish uchun moʻljallangan, toʻliq yoki qisman avtotransport vositasining kuzovi yoki boshqa qismlari (kabina, yuklash platformasining pastki qismi va boshqalar) bilan toʻliq yoki qisman bitta qism sifatida ishlab chiqarilgan qattiq yoki yarimqattiq komponent;
ikki tomonlama (kombinatsiyalangan) oyna — xayoliy tekislik yoki tekisliklar yordamida 2 yoki undan ortiq qismlarga ajratilganda, tegishlicha 2 yoki undan ortiq qism hosil boʻladigan, ularning har biri oʻlchamlari va foydalanish imkoniyati boʻyicha oddiy zaxira oynaga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan zaxira oyna;
himoya qurilmasi — orqadan urilganda M1 va N1 toifali avtomobillar avtotransport vositalarining ostiga tushishini oldini olish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari konstruksiyasining bir qismi;
orqa gabarit chiroqlar — avtotransport vositasining orqa tomonidan umumiy kengligini koʻrsatish uchun moʻljallangan chiroqlar;
orqa tumanga qarshi chiroq — avtotransport vositasining qalin tuman ichida orqa tomondan koʻrinishni yaxshilash uchun moʻljallangan chiroq;
zaxira eshik — yoʻlovchilar favqulodda vaziyatlarda, xususan, favqulodda vaziyatda chiqish joyi sifatida foydalanishi uchun moʻljallangan eshik;
zaxira tormoz tizimi — ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganda avtotransport vositasining tezligini kamaytirishga moʻljallangan tormoz tizimi;
zaxira oyna — yoʻlovchilar faqat favqulodda vaziyatda chiqish sifatida foydalanishi uchun moʻljallangan oyna;
muzdan tozalangan zona — old yoki orqa oynaning tashqi yuzasidagi quruq yuzaga ega boʻlgan yoki erigan yoxud qisman erigan qirov bilan qoplangan, oynatozalagich yordamida oynaning tashqi yuzasidan olib tashlanishi mumkin boʻlgan zona (ushbu zona quruq, erimagan qirov bilan qoplangan oyna yuzasini oʻz ichiga olmaydi);
boshlangʻich oʻq — yorugʻlik asbobining choʻgʻlanma lampasi simmetriya oʻqi orqali oʻtuvchi yoki yorugʻlik asbobining geometrik markazidagi yuzasiga urinma boʻlgan tekislikka perpendikulyar boʻlgan, yorugʻlik chiqarish yoʻnalishining moʻljalini belgilovchi chiziq;
avtotransport vositasi toifasi — texnik reglamentda talablarni belgilash uchun qoʻllaniladigan avtotransport vositasining tasniflovchi xususiyati;
gʻildirak tormoz mexanizmlari — aylanmaydigan qismlar va tormoz diski (baraban) oʻrtasidagi ishqalanish tufayli avtotransport vositasining harakatiga sunʼiy qarshilik koʻrsatish uchun moʻljallangan qurilmalar;
kombinatsiyalangan chiroqlar — alohida yorituvchi (yorugʻlik chiqaruvchi) yuzalarga ega boʻlgan, biroq umumiy yorugʻlik manbai va korpusga ega qurilmalar;
avtotransport vositasining komponentlari — avtotransport vositasi konstruksiyasining tarkibiy qismlari;
shamollatish — avtotransport vositasining kabinasi va yoʻlovchi salonidagi havoni tashqi muhit harorati darajasigacha yoki undan pastroq darajagacha boshqariladigan tarzda sovitishni taʼminlash;
tormozlashning yakunlanish payti — avtotransport vositasining harakatiga sunʼiy qarshilik yoʻqolgan yoki avtotransport vositasi toʻxtagan vaqt. Mazkur Texnik reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemada K nuqta bilan belgilangan;
kontur chiroqlari — avtotransport vositasining eng keng nuqtalarida iloji boricha balandroq balandlikda oʻrnatilgan va uning umumiy kengligini koʻrsatish uchun moʻljallangan yorugʻlik manbalari (kontur chiroqlari avtotransport vositasining gabaritlariga alohida eʼtibor bergan holda old va orqa yon gabarit chiroqlarini toʻldirishi mumkin);
faralar yorugʻligini tuzatgich — avtotransport vositasining yuklanganlik darajasi, yoʻl profili va koʻrish sharoitlariga qarab, fara yaqin va (yoki) uzoqni yorituvchi yorugʻlik dastasining qiyalik burchagini mexanik usulda yoki avtomatik rejimda rostlash uchun moʻljallangan qurilma;
gʻildirakning tayanch yuzasi bilan ilashish koeffitsiyenti — gʻildirakning tayanch yuzasi bilan tutashish joyida tayanch yuzasining reaksiyasi natijasida gʻildirakka taʼsir etuvchi boʻylama va koʻndalang kuchlar natijaviy qiymatining tayanch yuzasining gʻildirakka taʼsir etuvchi normal reaksiyasi qiymatiga nisbati;
ilashish qurilmasiga tushadigan maksimal massa — M va N toifalaridagi avtotransport vositalarining ilashish qurilmasi konstruksiyasiga va (yoki) ilashish qurilmasining konstruksiyasiga bogʻliq boʻlgan, ilashish qurilmasiga tushadigan maksimal ruxsat etilgan statik vertikal yuklamaga mos keluvchi kattalik (avtotransport vositasi ilashish qurilmasining massasidan tushadigan yuklama hisobga olinmagan holda);
avtotransport vositasining jihozlangan holatidagi massasi — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan kuzovi va ulagich qurilmasi mavjud boʻlgan boʻsh avtotransport vositasining massasi yoki kabina va (yoki) ulagich qurilmasi boʻlgan shassining massasi. Ushbu massa M va N toifalari uchun sovitish suyuqligi, moylar, kamida 90 foiz yoqilgʻi, 100 foiz boshqa foydalanishdagi suyuqliklar, asboblar, haydovchi (75 kg), avtobuslar uchun — ekipaj aʼzolari (75 kg), M, N va O toifalari uchun - zaxira gʻildirak (mavjud boʻlsa) massalarini oʻz ichiga oladi;
modifikatsiya — avtotransport vositasi yoki komponentining mos ravishda avtotransport vositasi yoki komponenti rusumiga tegishli boʻlgan va ayni shu rusumga mansub boshqa turdagilardan konstruksiya mezonlari boʻyicha farq qiladigan turi;
tashqi yon qoplama — avtotransport vositasining boʻylama tekisligiga parallel va unga yaqin boʻlgan vertikal tekislikda joylashgan, loydan himoyalovchi qoplamaning yoki avtotransport vositasi kuzovining bir qismi boʻlishi mumkin boʻlgan komponent;
oyna tozalagich nasosi — yuvish suyuqligini rezervuardan oynaning tashqi yuzasiga yetkazib beradigan qurilma;
tormozlashning boshlanish payti — tormoz tizimi tormozlashni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida signal oladigan vaqt. Mazkur Texnik reglamentning 2-ilovasida keltirilgan sxemada N nuqta bilan belgilangan;
rul chambaragi (boshqariladigan gʻildiraklar)ning neytral holati — rul chambaragi (boshqariladigan gʻildiraklar)ning tashqi taʼsirlar mavjud boʻlmaganda avtotransport vositasining toʻgʻri chiziqli harakatiga mos keladigan holati;
koʻrinmaydigan zonalar — old tomondan koʻrinishni cheklaydigan koʻrinmas zonalar boʻlib, ular kabina konstruksiyasining, ichki va tashqi uskunalarning shaffof boʻlmagan qismlari toʻsib qoʻyishi natijasida vujudga keladi;
meʼyoriy harakat koridori — avtotransport vositasining tormozlash sinovlari oʻtkaziladigan avtomobil yoʻlining meʼyoriy belgilangan kenglikdagi qismi;
koʻrinuvchanlik — haydovchi tomonidan avtotransport vositasini xavfsiz va samarali boshqarish uchun zarur boʻlgan vizual maʼlumotlarni oʻzlashtirishning obyektiv imkoniyati va shartlarini tavsiflovchi avtotransport vositasining konstruktiv xususiyati;
chiroq — yoʻlni yoritish yoki yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga yorugʻlik signali berish uchun moʻljallangan qurilma, shuningdek, orqa davlat raqami belgisini yoritish chiroqlari va yorugʻlik qaytaruvchi qurilmalar;
taniqli belgilar — avtotransport vositasining idoraviy mansubligi va (yoki) funksional vazifasi toʻgʻrisidagi axborotning grafik tasviri (gerblar, emblema, logotiplar va h.k.);
optik markaz (hisoblash markazi) — yorugʻlik asbobining tashqi yuzasidagi nur sochuvchi element bilan boshlangʻich oʻqning kesishish nuqtasi;
yorituvchi yuza — samarali yorugʻlik chiqaruvchi yuzaning vertikal koʻndalang tekislikdagi ortogonal proyeksiyasi;
oʻqga tushadigan ogʻirlik — avtotransport vositasining konstruksiyasi bilan belgilanadigan, oʻq yoki oʻqlar guruhi orqali tayanch yuzaga uzatiladigan maksimal ruxsat etilgan statik vertikal yukka mos keladigan massa;
rang-grafik sxemasining asosiy rangi — avtotransport vositasining tashqi yuzasining eng katta qismini egallagan qoplama rangi;
oʻrindiqni egish qurilmasi — oʻrindiqni yoki oʻrindiq suyanchigʻini oldinga egishni taʼminlaydigan qurilma;
oldi gabarit chiroqlari — old tomondan avtotransport vositasining umumiy kengligini koʻrsatish uchun moʻljallangan chiroqlar;
oldingi koʻrinuvchanlik — haydovchi oʻrnidan qarash chizigʻi avtotransport vositasining oʻrta boʻylama tekisligiga parallel yoʻnaltirilganda, kabinaning old va yon oynalari orqali koʻrinish imkoniyati;
sizib chiqish — avtotransport vositasining germetik tizimlari detallarining yuzasida teginish orqali aniqlanadigan suyuqlikning paydo boʻlishi;
xavfsizlik yostiqchasi — avtotransport vositasiga oʻrnatilgan qurilma boʻlib, u harakatlanayotgan avtotransport vositasi toʻsiqqa urilganda, tarkibidagi gazning siqilishi hisobiga, zarba energiyasini oʻziga olish uchun moʻljallangan elastik komponentni avtomatik ravishda yoyib beradi;
toʻliq massa — avtotransport vositasining konstruksiyasi va belgilangan xususiyatlariga koʻra massasi;
toʻliq tormozlash — avtotransport vositasi toʻxtashiga olib keladigan tormozlash;
toʻliq komplektli avtotransport vositasi — foydalanishga yaroqli avtotransport vositasi;
boʻsh avtotransport vositasi — haydovchisiz, ekipajsiz, yoʻlovchilarsiz va yuksiz, ammo toʻliq yoqilgʻi zaxirasi, zaxira gʻildiragi va asboblar toʻplamiga ega avtotransport vositasi;
avtotransport vositasining texnik holatini tekshirish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekspluatatsiya qilinayotgan avtotransport vositasining ushbu texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash jarayoni;
yorugʻlik chiqarish davomiyligi — maxsus yorugʻlik signalining chaqnashi yorugʻlik kuchi maksimal qiymatining 10 foizidan ortiq boʻladigan vaqt davri;
avtotransport vositasining boʻylama markaziy tekisligi — tayanch yuzasi tekisligiga perpendikulyar boʻlgan va avtotransport vositasi gʻildiraklar izi kengligining oʻrtasidan oʻtuvchi tekislik;
tumanga qarshi fara — tuman, qor yogʻishi, yomgʻir yoki chang boʻroni sharoitida avtotransport vositasi old qismidagi yoʻlning yoritilishini yaxshilash uchun moʻljallangan chiroq;
oʻtish yoʻlagi — yoʻlovchilarning istalgan oʻrindiq yoki oʻrindiqlar qatoridan boshqa istalgan oʻrindiq yoki oʻrindiqlar qatoriga, shuningdek, istalgan xizmat eshigi va istalgan maydonchadan tik turgan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan istalgan kirish yoʻlagiga oʻtishini taʼminlaydigan boʻshliq;
ish qobiliyati — avtotransport vositasi yoki uning komponentlari loyiha yoki ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq oʻz funksiyalarini bajarishi mumkin boʻlgan holat;
ishchi tormoz tizimi — avtotransport vositasining tezligini kamaytirish va (yoki) uni toʻxtatish uchun moʻljallangan tormoz tizimi;
tormoz kuchi regulatori — avtotransport vositasining yuklanish darajasiga qarab tormoz silindrlaridagi (kameralari) ishchi suyuqlik bosimini avtomatik ravishda oʻzgartiruvchi qurilma;
yorugʻlik qaytaruvchi qurilma — avtotransport vositasiga bogʻliq boʻlmagan manba tomonidan chiqarilgan yorugʻlikni qaytaruvchi qurilma;
yorugʻlik qaytaruvchi markirovkalash materiali — tashqi yorugʻlik manbasidan uning yoʻnalishiga yorugʻlik tushganda, dastlabki nurlanishning yorugʻlik nurlarining sezilarli qismini qaytaradigan yuza yoki qurilma;
tormoz signali — avtotransport vositasining orqasidagi boshqa harakatlanuvchilarga ishchi tormoz (sekinlatuvchi yoki boshqa shunga oʻxshash qurilma) ishga tushirilganligi haqida signal berish uchun moʻljallangan chiroq;
ishlatilgan gazlarni zararsizlantirish tizimi — dvigatelning ishlash vaqtida ishlatilgan gazlar bilan ifloslantiruvchi moddalarning tashlanishini kamaytiradigan komponentlar toʻplami;
yuvish tizimi — suyuqlikni saqlash va uni oynaning tashqi yuzasiga yetkazib berish qurilmasidan, shuningdek, qurilmani ishga tushirish va toʻxtatish uchun moʻljallangan boshqaruv elementlaridan tashkil topgan tizim;
tozalash tizimi — oynaning tashqi yuzasini tozalash qurilmasidan, shuningdek, qurilmani ishga tushirish va toʻxtatish uchun moʻljallangan qoʻshimcha moslamalar hamda boshqaruv elementlaridan tashkil topgan tizim;
avtotransport vositasining tezligi — avtotransport vositasining massa markazi chiziqli tezligi;
xizmat eshigi — yoʻlovchilar va haydovchining kirishi va chiqishi uchun moʻljallangan eshik;
biriktirilgan avtotransport vositasi — bir-biri bilan sharnirli biriktirilgan 2 yoki undan ortiq qattiq seksiyalardan tashkil topgan avtotransport vositasi;
ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi — aniq turdagi yuklarni (neft mahsulotlari, oziq-ovqat suyuqliklari, suyultirilgan uglevodorod gazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni) tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi;
maxsus avtotransport vositasi — maxsus jihozlar yordamida maxsus funksiyalarni bajarish uchun moʻljallangan va yuk yoki yoʻlovchi tashish transport vositasi hisoblanmaydigan avtotransport vositasi (avtokranlar, oʻt oʻchirish avtomobillari, ishchi platformali koʻtargichlar bilan jihozlangan avtomobillar, evakuatorlar va boshqalar);
rul boshqaruvining barqarorlashuvi — avtotransport vositasi harakatlanayotganda rul chambaragiga qoʻllaniladigan kuch olib tashlangandan soʻng, neytral holatdan chiqarilgan boshqariladigan gʻildiraklar va rul chambaragining mustaqil ravishda ushbu holatga qaytishini taʼminlaydigan rul boshqaruvi xususiyati;
meʼyoriy zonaning tozalanish darajasi — oyna tozalagich choʻtkalari tomonidan tozalanadigan meʼyoriy zona yuzasi maydonining tegishli meʼyoriy zonaning umumiy yuzasi maydoniga nisbati boʻlib, foizlarda ifodalanadi;
toʻxtatib turish tormoz tizimi — avtotransport vositasini harakatsiz ushlab turish uchun moʻljallangan tormoz tizimi;
toʻxtab turish chiroqlari — avtotransport vositasi toʻxtaganda va toʻxtab turganda uning gabaritlarini belgilash uchun avtotransport vositasining old qismida oq rangdagi 2 ta, orqa qismida qizil rangdagi 2 ta yorugʻlik manbai;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuft — boshqaruv gʻildiragining bir yoʻnalishda burilish boshlanishiga mos keladigan holatdan teskari yoʻnalishda aylanishning boshlanishiga mos keladigan holatga taxminan mos keladigan pozitsiyadan burilish burchagi, bunda avtotransport vositasi oʻzining toʻgʻri chiziqli harakatini saqlaydi.
avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish — ishdan chiqish va nosozliklar xavfini kamaytirish maqsadida avtotransport vositasi yoki uning tarkibiy qismlarining ishlashini taʼminlash uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan, belgilangan davrda amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
avtotransport vositasi (shassi) turi — bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan, texnik tavsifda qayd etilgan bir xil konstruktiv belgilarga ega boʻlgan avtotransport vositalari (shassilar);
tormozlash — avtotransport vositasining harakatiga sunʼiy qarshilikni yaratish va oʻzgartirish jarayoni;
tormoz kuchi — avtotransport vositalarining gʻildiraklariga tayanch yuzasining reaksiyasi, bu avtotransport vositalarining va (yoki) avtotransport vositalari gʻildiraklarining sekinlashishiga olib keladi;
tormoz tizimi — tormoz tizimini boshqarish organiga taʼsir koʻrsatganda avtotransport vositasining tormozlash uchun moʻljallangan qismlari majmui;
tormoz boshqaruvi — avtotransport vositasi barcha tormoz tizimlarining toʻplami;
tormoz yuritmasi — tormozlashni amalga oshirish uchun energiyani uning manbaidan tormoz mexanizmlariga boshqariladigan tarzda uzatish uchun moʻljallangan tormozlashni boshqarish qismlarining toʻplami;
tormozlash yoʻli — tormozlashning boshidan oxirigacha avtotransport vositasi bosib oʻtgan masofa;
koʻrinish burchagi — nurlanish manbai markazi orqali oʻtuvchi gorizontal tekislikdagi, oʻrnatilgan transport vositasining detallariga toʻsqinlik qilinmaydigan va unda miltillovchi mayoqcha tomonidan beriladigan yorugʻlik signali koʻrinadigan burchak;
avtotransport vositasining yaqin nurli faralari va tumanga qarshi faralar yorugʻlik dastasini rostlash burchagi — yaqin nurli fara va tumanga qarshi faraning yorugʻlik dastasidagi yorugʻlik-soya chegarasining gorizontal qismini oʻz ichiga olgan qiya tekislik bilan fara optik markazi orqali oʻtuvchi gorizontal tekislik orasidagi burchak;
massa birligiga solishtirma quvvat — dvigatel maksimal quvvatining avtotransport vositasi umumiy massasiga nisbati, kVt/t;
solishtirma tormoz kuchi — avtotransport vositasi gʻildiraklaridagi tormoz kuchlari yigʻindisining avtotransport vositasi massasini erkin tushish tezlashishi bilan koʻpaytirilgan qiymatiga nisbati;
burilish koʻrsatgichi — haydovchining harakat yoʻnalishini oʻzgartirish niyati haqida boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga signal berish uchun moʻljallangan chiroq;
boshqariladigan gʻildirak — avtotransport vositasini rul boshqaruvi qurilmalari bilan harakatlantiradigan gʻildiraklar;
barqarorlashgan sekinlashuv — sekinlashuvning ortish davri tugagan paytdan tormozlash yakunida uning pasayishi boshlanguniga qadar boʻlgan tormozlash vaqtidagi sekinlashuvning oʻrtacha qiymati;
tormozlashda avtotransport vositasining barqarorligi — avtotransport vositasining tormozlash vaqtida harakat koridori chegaralaridan chiqmagan holda harakatlanish qobiliyati;
sachrashni kamaytirish qurilmasi — sachrashdan himoya qilish tizimining energiyani yutuvchi qurilma yoki “havo — suv” separatori koʻrinishida bajarilishi mumkin boʻlgan tarkibiy qismi;
deterioratsiya omili — avtotransport vositasining bosib oʻtgan yoʻl masofasiga qarab, uning ishlatilgan gazlaridagi zararli moddalar chiqindilari miqdorining ortishini tavsiflovchi tuzatish koeffitsiyenti;
yaqinni yorituvchi fara — qarama-qarshi yoʻnalishdagi haydovchilar va boshqa yoʻl harakati ishtirokchilarining koʻzini qamashtirmaydigan hamda ularga noqulaylik tugʻdirmaydigan tarzda avtotransport vositasining old tomonidan yoʻlni yoritish uchun moʻljallangan chiroq;
uzoqni yorituvchi fara — avtotransport vositasi old tomonida uzoq masofadagi yoʻlni yoritish uchun moʻljallangan chiroq;
DR, DC, DCR turidagi faralar — D toifasidagi gaz razryadli yorugʻlik manbalariga ega boʻlgan, uzoqni yorituvchi DR nurli, yaqinni yorituvchi DC nurli va 2 rejimli (yaqin va uzoq) DCR nurli, gaz razryadli lampalar bilan jihozlangan faralar;
HR, HC, HCR turidagi faralar — uzoqni yorituvchi HR nurli va yaqin nurli HC nurli, shuningdek, 2 rejimli (yaqin va uzoq) HCR nurli, galogen lampalar bilan jihozlangan faralar;
R, C, CR turidagi faralar — uzoqni yorituvchi R nurli, yaqinni yorituvchi C nurli va 2 rejimli (yaqin va uzoq) CR nurli, choʻgʻlanma lampalar bilan jihozlangan faralar;
B rusumidagi faralar — tumanga qarshi faralar;
orqaga harakatni yoritish chirogʻi — avtotransport vositasi orqasidagi yoʻlni yoritish va avtotransport vositasi orqaga harakatlanayotganda yoki bunday harakatga tayyorlanayotganda boshqa yoʻl foydalanuvchilariga ogohlantirish signalini berish uchun moʻljallangan chiroq;
orqa roʻyxatdan oʻtkazish belgisi chirogʻi — orqa roʻyxatdan oʻtkazish belgisi uchun moʻljallangan joyni yoritishga xizmat qiladigan va bir nechta optik elementlardan iborat boʻlishi mumkin boʻlgan chiroq;
oynani yuvish forsunkasi — yuvish suyuqligini old oynaga yoʻnaltiradigan qurilma;
sovuq tormozlash mexanizmi — tormoz barabanining yoki tormoz diskining ishqalanish yuzasida oʻlchangan harorat 100° C dan kam boʻlgan tormoz mexanizmi;
rang-grafik sxema — avtotransport vositasining tashqi yuzasiga tushirilgan asosiy rang, dekorativ chiziqlar, taniqli belgilar va axborot yozuvlarining joylashuvi, konfiguratsiyasi hamda kompozitsion oʻzaro bogʻliqligining grafik tasviri;
oyna tozalagich sikli — oyna tozalagich choʻtkasining bir marta toʻgʻri va ortga qaytuvchi harakati;
shassi — avtotransport vositasi sifatida foydalanish uchun moʻljallanmagan, kabina va (yoki) dvigatel va (yoki) yukxona bilan jihozlanmagan, gʻildirakda yuradigan yerusti mexanik qurilmasi;
ekologik klass — avtotransport vositasini zararli ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish darajasiga qarab ajratadigan tasniflash kodi;
ekspluatatsiya — belgilangan maqsadda foydalanish uchun sotib olingan paytdan utilizatsiya qilish paytigacha avtotransport vositasidan belgilangan maqsadda foydalanish muddatini oʻz ichiga olgan avtotransport vositasi hayotiy siklining bosqichi;
favqulodda tormozlash — avtotransport vositasi tezligini iloji boricha tezroq kamaytirish uchun tormozlash;
boshqarish elementi — avtotransport vositasining yoki uning qismlarining ishlashini oʻzgartirish uchun haydovchi taʼsir koʻrsatadigan avtotransport vositasining konstruktiv qismi;
tormoz tizimining boshqaruv elementi — tormozlashni boshlash toʻgʻrisida signal berish hamda energiya manbai yoki akkumulyatordan tormoz mexanizmlariga uzatiladigan energiyani boshqarish uchun moʻljallangan qurilmalar majmui;
tormozlash samaradorligi — avtotransport vositalarining harakatiga zarur sunʼiy qarshilik koʻrsatish qobiliyatini tavsiflovchi tormoz tizimining tormozlash oʻlchovi;
avtotransport vositasi identifikatsiya raqami (kod) — Vehicle Identification Number (bundan keyin VIN kodi deb ataladi): identifikatsiya qilish uchun avtotransport vositalariga tayinlangan belgilarning tarkibiy birikmasi;
ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi — World Manufacturer Identifier (keyingi oʻrinlarda — WMI kodi): VIN-kodning avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchini koʻrsatuvchi birinchi qismi. WMI kodi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchisiga mazkur ishlab chiqaruvchini identifikatsiya qilish maqsadida beriladi. WMI kodi VIN-kodning qolgan qismlari bilan birgalikda qoʻllanilganda, dunyoning barcha davlatlarida 30 yil davomida ishlab chiqarilgan barcha avtotransport vositalari uchun VIN-kodning takrorlanmasligini taʼminlaydi;
VIN-kodning tavsiflovchi qismi — Vehicle Descriptor Section, VDS: VIN-kodning ikkinchi qismi. Avtotransport vositalarining asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. VIN-kodning ushbu qismida avtotransport vositasining turi, tur varianti va versiyasi koʻrsatilishi mumkin;
VIN-kodning koʻrsatuvchi qismi — Vehicle Indicator Section, VIS: VIN-kodning uchinchi qismi. Bir avtotransport vositasini boshqasidan farqlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan belgilar kombinatsiyasidan iborat. VIN-kodning ushbu qismi VDS bilan birgalikda har bir ishlab chiqaruvchi tomonidan 30 yil davomida ishlab chiqarilgan barcha avtotransport vositalarini identifikatsiya qilishni taʼminlaydi;
ishlab chiqaruvchi — ishlashga tayyor holatda yigʻilgan avtotransport vositasi uchun masʼul boʻlgan yuridik shaxs. VIN kodining takrorlanmasligi uchun ishlab chiqaruvchi ham javobgardir;
ajratgich — VIN kodi boʻlimlarini ajratish yoki uning boshi va oxirini belgilash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan ramz, belgi yoki chegaraning boshqa ifodasi. Ajratkichlar ularni arab raqamlari yoki lotin harflari bilan adashtirib yuborish mumkin boʻlmagan koʻrinishda boʻlishi kerak.
ishlab chiqarish yili — avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan kalendar yili;
model yili — ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan shartli yil (qoida tariqasida, avtotransport vositalari ishlab chiqarilgan haqiqiy yildan keyingi yil).
3-bob. Avtotransport vositalarini markirovkalash va identifikatsiyalashga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
6. VIN kodining tuzilishi va tarkibiga qoʻyiladigan talablar.
VIN kodi uchta boʻlimdan iborat:
ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
tavsiflovchi qismi (VDS);
koʻrsatkich qismi (VIS).
7. VIN kodini tashkil etuvchi belgilar sifatida quyidagilar qoʻllaniladi:
arab raqamlari — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0;
lotin harflari — A, V, S, D, E, F, G, N,J, K, L, M, N, P, R, S, T,U, V,W,X,Y, Z.
Eslatma: I, O va Q harflari ishlatilmaydi.
8. Ishlab chiqaruvchiga tayinlangan WMI kodi, ushbu kod ishlatilgan yildan keyin 30 yil ichida boshqa ishlab chiqaruvchiga qayta tayinlanmasligi kerak.
9. WMI kodi uchta belgidan iborat.
10. WMI kodining birinchi belgisi harf yoki raqam boʻlishi mumkin.
Bu geografik zonani anglatadi. Bir nechta belgilar bir xil geografik zonaga mos kelishi mumkin.
11. WMI kodining ikkinchi belgisi harf yoki raqam boʻlishi mumkin.
Bu yuqoridagi geografik zonada joylashgan mamlakatni anglatadi. Bir nechta belgilar bitta mamlakatga mos kelishi mumkin. Mamlakatni aniq aniqlash uchun birinchi va ikkinchi belgilarning identifikatsiyasi qoʻllaniladi.
12. WMI kodining uchinchi belgisi harf yoki raqam boʻlishi mumkin. Har bir aniq ishlab chiqaruvchiga uni mamlakatning vakolatli organi tayinlaydi. Muayyan ishlab chiqaruvchining aniq identifikatsiyasi WMI kodining birinchi, ikkinchi va uchinchi belgilari kombinatsiyasi bilan taʼminlanadi. Yiliga 500 dan kam avtotransport vositalarini ishlab chiqaradigan ishlab chiqaruvchini belgilash uchun WMI kodining uchinchi belgisi sifatida 9-raqam ishlatiladi. Bunday ishlab chiqaruvchi uchun maʼlum bir ishlab chiqaruvchini aniqlaydigan belgilar kombinatsiyasi VIS ning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi pozitsiyalariga qoʻyiladi.
13. VIN kodining VDS tavsiflovchi qismi oltita pozitsiyada joylashgan belgilardan (harflar yoki raqamlar) iborat. Kodlash uchun belgilarni tanlash va ularning ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
Agar VDS kodlash uchun bir yoki bir nechta pozitsiyalar ishlatilmasa, ularning oʻrniga ishlab chiqaruvchining xohishiga koʻra harflar yoki raqamlar qoʻyiladi.
14. VIN kodining VIN koʻrsatkich qismi sakkizta belgidan iborat boʻlib, ularning oxirgi toʻrttasi raqamlar boʻlishi kerak. Barcha foydalanilmagan pozitsiyalarga nol qoʻyilishi kerak.
VIN kodining ushbu boʻlimida ishlab chiqarilgan yil (model yili) va (yoki) yigʻish zavodini belgilashga ruxsat beriladi. Bunday holda, ishlab chiqarilgan yil kodini (model yili) boʻlimning birinchi holatiga, yigʻish zavodining kodini esa ikkinchi holatiga qoʻyish tavsiya etiladi. Agar VISda model yilining kodi koʻrsatilgan boʻlsa, unda VIS kodining tavsifini oʻz ichiga olgan hujjatlarda bu koʻrsatilishi kerak.
15. Ajratuvchilar ishlab chiqaruvchining xohishiga koʻra tanlanadi. VIN kodini tuzish uchun ishlatiladigan harflar va raqamlar, shuningdek, ushbu harflar va raqamlar bilan yanglishishi mumkin boʻlgan har qanday belgilar ajratuvchi sifatida ishlatilmasligi kerak.
2-§. VIN kodini tartiblash uchun talablar
16. Bitta avtotransport vositasiga faqat bitta VIN kodi berilishi mumkin.
Hujjatlarda koʻrsatilgan VIN kodi boʻsh joysiz bir qatorda joylashgan boʻlishi kerak.
17. VIN kodi avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchining plastinkasiga, shuningdek, rama, shassi yoki kuzovning osonlikcha yechib boʻlmaydigan bir qismiga, boʻsh joy va boʻlinishlarsiz bir yoki ikki qator qilib yoziladi.
18. VIN kod belgilari aniq, bardoshli va ularni oson oʻzgartirishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
IV bob. Avtotransport vositalarining texnik holatiga qoʻyiladigan talablar
§ 1. Avtotransport vositalariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
19. Foydalanish jarayonida ishlab chiqaruvchi korxona bilan kelishmasdan konstruksiyani oʻzgartirish, rul va tormoz boshqaruvining, shuningdek, ushbu Texnik reglamentda talablar belgilangan avtotransport vositasining boshqa tarkibiy qismlarining nazarda tutilgan elementlarini chiqarib tashlash yoki nazarda tutilmagan elementlarini oʻrnatish taqiqlanadi.
20. Tormoz va rul boshqaruvida qoʻllaniladigan ishchi suyuqliklar va detallarni, shuningdek, ushbu Texnik reglamentda talablar belgilangan avtotransport vositasining boshqa tarkibiy qismlarini texnik va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan oʻxshash suyuqliklar va detallar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 2. Tormoz boshqaruviga qoʻyiladigan talablar
21. Tormoz boshqaruvi tormozlanish samaradorligi va tormozlanishdagi turgʻunlik boʻyicha talab etiladigan normativlarni taʼminlashi kerak. Konstruksiyada nazarda tutilgan tormoz boshqaruvining barcha elementlari mavjud va ishga yaroqli holatda boʻlishi kerak.
22. Ishchi tormoz tizimi bilan yoʻl va stend sinovlari uchun tormozlanish samaradorligi va tormozlanishdagi turgʻunlik normativlari 1, 2, 3, 4-jadvallarda keltirilgan. Ishchi tormoz tizimi bilan yoʻlda sinov oʻtkazishda tormozlanishning boshlangʻich tezligi 13,88 m/s (50 km/soat) boʻlishi kerak. Sinovlarda avtotransport vositasining massasi ishlab chiqaruvchi korxona ruxsat etgan massadan oshmasligi kerak. Tormozlanishda avtotransport vositasining harakat normativ koridori chegaralaridan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yoʻl va stend sinovlarida qoʻllaniladigan avtotransport vositasining tormozlanish samaradorligi va tormozlanishdagi turgʻunlik koʻrsatkichlari ushbu Texnik reglamentga 6-ilovada keltirilgan.
23. Tormoz tizimi yoki tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti faqat tormozlari pnevmatik yuritmali avtotransport vositasi uchun oʻlchanadi. Avtopoyezdlar uchun tormoz tizimi yoki tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti shatakchi va tirkama(lar), yarimtirkamalar uchun alohida oʻlchanadi. Stendda nazorat qilishda tormoz tizimi yoki tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti tormoz boshqaruv kranidan eng uzoq joylashgan oʻqda oʻlchanadi.
24. Boshqa tormoz tizimlaridan mustaqil boshqaruv elementi bilan jihozlangan zaxira tormoz tizimi tormozlanish samaradorligini taʼminlashi kerak, uning normativlari stend sinovlari uchun 5-jadvalda, yoʻl sinovlari uchun esa 6-jadvalda keltirilgan. Yoʻl sinovlarida tormozlanishning boshlangʻich tezligi 13,88 m/s (50 km/soat)ni tashkil etadi.

1-jadval

Yoʻldagi sinovlarda ishchi tormoz tizimi bilan tormozlanish samaradorligi va harakat normativ koridori kengligi

NORMATIVLARI

Turi

Toifa

Boshqaruv elementidagi kuch Rp, N, koʻpi bilan

Tormoz yoʻli St, m, koʻpi bilan

Sekinlashish jn, m/s2, kamida*

Sekinlashish τsr, s, koʻpi bilan

Harakat normativ koridorining kengligi, m

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1

490

23,5

5,2

—

2,5***

M2

686

28,9

4,5

0,6**

2,5***

M3

686

28,9

4,5

0,6

3,0

Yuk avtomobillari

N1

686

28,9

4,5

—

2,5***

N2

686

28,9

4,5

0,6**

3,0

N3

686

28,9

4,5

0,6

3.0

Shatakchilari M-N toifadagi avtomobillar boʻlgan avtopoyezdlar

M1'

490

24,6

4,9

—

2,5

N1'

686

28,9

4,5

—

2,5

N2'

686

31,4

4,5

0,8

3,0

N3'

686

31,4

4,5

0,8

3,0

* Normativlar BMT YEIKning 13-son Qoidalarida yangi avtotransport vositalari uchun belgilangan normativlardan 10% past.
** Tormozlari pnevmatik yuritmali avtotransport vositalari uchun.
*** Kengligi 2 m dan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun. Kengligi 2 m dan ortiq avtotransport vositalari uchun — normativ koridori kengligi = 3 m.
25. Tirkamalar va yarimtirkamalarning (yoyma tirkamalardan tashqari) ishchi tormoz tizimini nazorat qilishda solishtirma tormoz kuchi O2, O3, O4 toifadagi tirkamalar uchun kamida 0,5 va O3 hamda O4 toifadagi yarimtirkamalar oʻqlari uchun kamida 0,5 boʻlishi kerak.

2-jadval

Avtotransport vositalari ishchi tormoz tizimining stendlarda nazorat qilishdagi tormozlanish samaradorligi

NORMATIVLARI

Turi

Toifa

Boshqaruv elementidagi kuch Rp, N, koʻpi bilan

Solishtirma tormoz kuchi γt, kamida

Tormoz tizimining ishga tushish vaqti tsr*, s, koʻpi bilan

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1

490

0,53‎

-

M2

686

0,46

0,6**‎

M3

686

0,46

0,6

Yuk avtomobillari

N1

686

0,46

-

N2

686

0,46

0,6**

N3

686

0,46

0,6

Shatakchilari M-N toifadagi avtomobillar boʻlgan avtopoyezdlar

M'1

490

0,5

-

N'1

686

0,46

-

N'2

686

0,46‎

0,8

N'3

686

0,46

0,8

* tsr parametri oʻrniga tormoz yuritmasining ishga tushish vaqtini (tsrp) oʻlchashga yoʻl qoʻyiladi.
** Tormozlari pnevmatik yuritmali avtotransport vositalari uchun.
Izoh: 01.01.81 gacha ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun tormozlanish samaradorligi normativlari ushbu Texnik reglamentga 5-ilovada keltirilgan.

3-jadval

Avtotransport vositasi oʻqlari boʻyicha tormoz kuchlarining ruxsat etilgan notekisligi

NORMATIV QIYMATLARI

Avtotransport vositasi turi

Toifa

Tormoz kuchlarining notekisligi ΔRt, %

old oʻq

orqa (oʻrta) oʻq

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1

15

20

M2

15

20

M3

20

25

Yuk avtomobillari

N1

N2

N3

Shatakchilari M1 va N1 toifadagi avtotransport vositalari boʻlgan avtopoyezdlar

M'1

15‎

20

N'1

20

25

26. Tormoz-sekinlashtirgichdan tashqari, yordamchi tormoz tizimining samaradorligi yoʻlda aniqlanadi. U toʻliq massali avtotransport vositasi uchun kamida 0,5 m/s2 va jihozlangan holatdagi avtotransport vositasi uchun kamida 0,8 m/s2 normativ sekinlashishni taʼminlash uchun yetarli boʻlishi kerak. Tormoz-sekinlashtirgich soz boʻlishi kerak.
27. Toʻxtab turish tormoz tizimi toʻliq massali avtotransport vositasining kamida 16% qiyalikdagi yoʻlda harakatsiz holatini taʼminlashi kerak. Jihozlangan holatdagi avtotransport vositasini nazorat qilish uchun yoʻl qiyaligi qiymatlari tegishlicha M toifalari uchun kamida 25%, N toifalari uchun kamida 31%ni tashkil etadi. Toʻxtab turish tormoz tizimini yoʻlda yoki stendda tekshirishda boshqaruv elementiga tushadigan kuch M1 toifasi uchun 392 N dan va boshqa toifadagi avtotransport vositalari uchun 588 N dan oshmagan holda solishtirma tormoz kuchi kamida 0,16 boʻlishi taʼminlanishi kerak.

4-jadval

N2' va N3' toifadagi avtopoyezdlar oʻqlari boʻyicha tormoz kuchlarining ruxsat etilgan notekisligi

NORMATIV QIYMATLARI

Avtopoyezd turi

Tormoz kuchlarining notekisligi ΔRt, %

shatakchi

birinchi tirkama

yarimtirkama

oxirgi tirkama

1-oʻq

keyingi oʻqlar

1-oʻq

keyingi oʻqlar

1-oʻq

keyingi oʻqlar

Bir tirkamali

20

25

20

25

-‎

-

-‎

Ikki tirkamali

20

25

20

25

-

20

30

Egarsimon

20

25

-

-

30

-

-‎

Egarsimon-tirkamali

20

25

-

-

25

20

30

5-jadval

Avtotransport vositasini zaxira tormoz tizimi bilan stendlarda nazorat qilishdagi tormozlanish samaradorligi NORMATIVLARI

Turi

Toifa

Boshqaruv elementidagi kuch Rp, N, koʻpi bilan

Solishtirma tormoz kuchi γt, kamida

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1

490 (392)*

0,26

M2 M3

686 (589)*

0,23

Yuk avtomobillari

N1, N2, N3

686 (589)*

0,23‎

* Zaxira tormoz tizimi qoʻlda boshqariladigan avtotransport vositasi uchun.
28. Tirkama yoki yarimtirkamaning shatakchidan ajratilgan holatdagi toʻxtab turish tormoz tizimi uning shatakchi mansub boʻlgan avtotransport vositasi toifasi uchun keltirilgan qiymatdagi qiyalikda harakatsiz holatini taʼminlashi kerak.
29. Tormozlarning pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritmasi resiverlaridagi siqilgan havo bosimi quyidagicha boʻlishi kerak:
yakka avtotransport vositalari va egarsimon shatakchilar uchun — (0,65 — 0,85) MPa;
bir simli yuritma boʻyicha shatakchiga ulangan tirkama boʻgʻinlari uchun — kamida 0,48 MPa;
ikki simli yuritma boʻyicha ulanganda — kamida 0,63 MPa.

6-jadval

Avtotransport vositasining zaxira tormoz tizimi bilan yoʻldagi sinovlarda tormozlanish samaradorligi

NORMATIVLARI

Turi

Toifa

Boshqaruv elementidagi kuch Rp, N, koʻpi bilan

Tormoz yoʻli St, m, koʻpi bilan

Sekinlashish jn, m/s2, kamida

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1

490 (392)*

42,0

2,6

M2 M3

686 (589)*

50,0

2,25

Tirkamali yengil avtomobillar

M'1

490 (392)*

43,5 (53,0)**

2,5 (2,0))**

Yuk avtomobillari

N1 N2 N3

686 (589)*

51,0

2,2

Avtopoyezdlar

N'1, N'2, N'3

686 (589)*‎

53,5

2,2

* Zaxira tormoz tizimi qoʻlda boshqariladigan avtotransport vositalari uchun.
** Tirkamasi tormozlar bilan jihozlanmagan avtotransport vositalari uchun.
30. Tormoz tizimida havoning (vakuumning) normativ bosimiga erishish uchun zarur boʻlgan vaqt ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
31. Tormozlarning pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritmasi germetik boʻlishi kerak.
32. Dvigatel ishlamayotganda tizimdagi bosimning pasayishi boshqaruv elementlari erkin holatda boʻlganda 30 min. davomida 0,05 MPa dan va tormoz tizimi boshqaruv elementlari ishga tushirilgandan keyin 15 min. davomida 0,05 MPa dan oshmasligi kerak.
33. Tormoz yuritmasi elementlarida korroziya, mexanik shikastlanishlar, yoriqlar, qoldiq deformatsiya, quvurlar yoki birikmalar germetikligining buzilishi, tormoz suyuqligining sizib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Tormoz tizimining boshqaruv elementlari, signalizatsiya va nazorat tizimi, tormozlarning pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmasi manometrlari ishga yaroqli boʻlishi kerak. Ishchi va zaxira tormoz tizimlarining ishlashi butun rostlash diapazonida tormoz kuchini ravon va mutanosib oʻzgartirish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
35. Gʻildirak tormoz mexanizmlari detallarida mexanik shikastlanishlar, yoriqlar, deformatsiya, moylash materiallari va tormoz suyuqligi bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Egiluvchan tormoz shlanglari qoʻshimcha oʻtish elementlarisiz biriktirilishi kerak, ularning joylashuvi va uzunligi osmaning yoʻnaltiruvchi apparati ishlaganda va boshqariladigan gʻildiraklar burilganda shikastlanish ehtimolining oldini olish uchun yetarli boʻlishi kerak. Shlanglarning bosim ostida shishishi, yoriqlar va mexanik shikastlanishlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Avtopoyezdlar pnevmoyuritmasining biriktiruvchi shlanglari joylashuvi va uzunligi avtopoyezd boʻgʻinlari oʻzaro siljiganda ularning shikastlanish ehtimolini istisno qilishi kerak.
38. Tormoz pnevmoyuritmasi tarkibiga kiruvchi tormoz kuchlari regulatorining nazorat chiqishidagi, toʻliq massa va jihozlangan holatga mos holatlarda oʻlchangan bosim avtotransport vositasiga oʻrnatilgan ishlab chiqaruvchi zavod tablichkasida yoki foydalanish hujjatlarida koʻrsatilgan meʼyorlar doirasida boʻlishi kerak.
39. Gidroyuritma tarkibidagi tormoz kuchlari regulatori soz boʻlishi, uning rostlanishi esa ishlab chiqaruvchi zavod meʼyorlariga muvofiq boʻlishi kerak.
40. Blokirovkaga qarshi tizimlar (ABS) bilan jihozlangan avtotransport vositalari jihozlangan holatda 24-bandda keltirilgan tormozlanishning boshlangʻich tezligidan tormozlanganda koʻrinadigan chetga ogʻish yoki yonlama sirpanish izlarisiz harakatlanishi va ABS uzilish chegarasiga mos, 4,16 m/s (15 km/soat) dan oshmaydigan tezlikka erishguncha yoʻl qoplamasida sirpanish izlarini qoldirmasligi kerak. ABS signal qurilmasi soz holatda boʻlishi kerak.
41. O1 va O2 toifadagi tirkamalar inersiya tormozi boshqaruv qurilmasining erkin yoʻli foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Yuritma ajratilgan holatda tirkamalarning ulash qurilmasini ichkariga surish kuchi O1 toifa uchun kamida 200 N, O2 uchun — kamida 350 N boʻlishi kerak.
§ 2. Rul boshqaruviga qoʻyiladigan talablar
42. Rul chambaragi gardishi, spitsalari va gupchagida uchib ketgan joylar, yoriqlar va boshqa nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Rul chambaragi gardishiga oʻrama qoʻllanilgan taqdirda uning mahkamlanishi gardishga nisbatan sirpanish yoki undan oʻz-oʻzidan ajralish ehtimolini istisno qilishi kerak. Oʻrama kiydirilgan gardishning maksimal qalinligi 40 mm dan oshmasligi kerak.
43. Rul chambaragi valga ishonchli mahkamlangan va stoporlangan boʻlishi kerak.
44. Rul kolonkasining oʻqi orqali oʻtuvchi tekisliklardagi koʻndalang lyuftlar va oʻq boʻylab lyuftga yoʻl qoʻyilmaydi. Rul chambaragi holati rostlanadigan rul kolonkasi holatini mahkamlash qurilmasi soz boʻlishi kerak.
45. Konstruksiyada nazarda tutilmagan rul boshqaruvi detallari va uzellarining bir-biriga yoki tayanch yuzasiga nisbatan siljishi, shuningdek, rul trapetsiyasi birikmalaridagi lyuftlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Rezbali birikmalar tortilgan va stoporlangan boʻlishi kerak.
46. Rul mexanizmi va yuritmasida qoldiq deformatsiya izlari, yoriqlar va boshqa nuqsonlari boʻlgan detallarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Rul boshqaruvi uzellarining tayanch yuzalarida yoriqlar va shikastlanishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Rul yuritmasi sharnirlarining changdonlarida shikastlanishlar boʻlmasligi kerak.
49. Rul gidrokuchaytirgichi nasosi rezervuaridagi suyuqlik darajasi avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod yoki foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Gidrotizimdan suyuqlik sizib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
50. Rul chambaragining butun burilish burchagi diapazonida aylanishi ravon, tiqilib qolishlarsiz sodir boʻlishi kerak. Rul chambaragining maksimal burilish burchaklari faqat avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan qurilmalar bilan cheklanishi kerak.
51. Rul boshqaruvi kuchaytirgichli avtotransport vositalarida gʻildiraklar harakatsiz holatda va dvigatel yoqilganida rulning neytral holatdan oʻz-oʻzidan burilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Avtotransport vositasining tartibga solingan sinov sharoitlarida rul boshqaruvidagi umumiy lyuft quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:

Toifa

Ruxsat etilgan qiymat

M1

100‎

M2, M3, N1

200‎

N2, N3

250‎

§ 3. Yoritish va yorugʻlik signalizatsiyasi qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
53. Yoritish va yorugʻlik signalizatsiyasi qurilmalari ishga yaroqli boʻlishi, ularning ishlash rejimi esa ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi kerak. M, N va O toifadagi avtotransport vositalarida yoritish va yorugʻlik signalizatsiyasi qurilmalarini qoʻllash 7 va 8-jadvallar bilan tartibga solinadi.

7-jadval

Avtotransport vositalarida tashqi yorugʻlik asboblarining mavjudligiga qoʻyiladigan

TALABLAR

Tashqi yorugʻlik asboblarining nomi

Nurlanish rangi

Avtotransport vositasidagi asboblar soni

Toifalarga qarab avtotransport vositasida asboblarning mavjudligi

Uzoqni yoritish farasi

Oq

2 yoki 4

M, N toifalari uchun majburiy.

O toifalari uchun taqiqlanadi.

Yaqinni yoritish farasi

Oq

2

Old tumanga qarshi fara

Oq yoki sariq

2

M, N toifalari uchun ixtiyoriy.

O toifasi uchun taqiqlanadi.

Orqaga yurish chirogʻi

Oq

1 yoki 21

M, N, O2, O3, O4 toifalari uchun majburiy.

O1 toifasi uchun ixtiyoriy.

Burilish koʻrsatkichlari

Old

Avtosariq2

2

M, N toifalari uchun majburiy.

O toifasi uchun taqiqlanadi.

Orqa

Avtosariq2

2

Majburiy

Yon 4

Avtosariq2

2

M, N toifalari uchun majburiy.

O toifasi uchun taqiqlanadi.

Avariya signalizatsiyasi3

‎

Avtosariq2

‎

Majburiy

Tormozlanish signali

Asosiy

Qizil

2‎

Majburiy

Qoʻshimcha4

Qizil

1 yoki 2

M1, N15 toifalari uchun majburiy.

Avtotransport vositalarining qolgan toifalari uchun ixtiyoriy.

Old gabarit chirogʻi

Oq yoki avtosariq

2

M, N toifalari uchun majburiy.

Kengligi 1,6 m dan ortiq O toifalari uchun majburiy. Kengligi 1,6 m dan oshmaydigan O toifalari uchun ixtiyoriy.

Orqa gabarit chirogʻi

Qizil

2

Majburiy

Orqa tumanga qarshi chiroq4

Qizil

1 yoki 2

Majburiy

Toʻxtab turish chirogʻi

Old

Oq

Old va orqada 2 tadan yoki har bir tomonda bittadan

Uzunligi 6 m gacha va kengligi 2 m gacha boʻlgan avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy, qolgan avtotransport vositalarida taqiqlanadi.

Orqa

Qizil

Yon

Avtosariq6

Yon gabarit chirogʻi

Avtosariq yoki qizil7

Har bir tomonda kamida ikkitadan.

Kuzovsiz yuk avtomobillaridan tashqari, uzunligi 6 m dan ortiq avtotransport vositalarida majburiy. Bundan tashqari, uzunligi 6 m dan kam M1 va N1 toifadagi avtotransport vositalarida, agar ular old va orqa gabarit chiroqlarining geometrik koʻrinuvchanligiga doir talablarning bajarilishini taʼminlamasa, yon gabarit chiroqlari qoʻllanilishi kerak.

Avtotransport vositalarining boshqa toifalari uchun ixtiyoriy.

Kontur chirogʻi

Old

Oq

2

Kengligi 2,1 m dan ortiq avtotransport vositalarida majburiy.

Kengligi 1,8 dan 2,1 m gacha boʻlgan avtotransport vositalari va kuzovsiz yuk avtomobillari uchun ixtiyoriy.

Orqa

Qizil

2

Orqa davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgisini yoritish chirogʻi

Oq

Reglamentlanmaydi8

Majburiy

Old uchburchak shaklda boʻlmagan yorugʻlik qaytaruvchi qurilma

Oq

2

O toifadagi avtotransport vositalari va yigʻiladigan farali avtotransport vositalari uchun majburiy.

Boshqa avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy.

Yon uchburchak shaklda boʻlmagan yorugʻlik qaytaruvchi qurilma

Old

Sariq

Uzunligi 6 m dan ortiq avtotransport vositalari uchun har bir tomonda kamida ikkitadan.

O toifadagi avtotransport vositalari hamda uzunligi 6 m dan ortiq M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun majburiy.

Boshqa avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy.

Yon

Sariq yoki qizil9

Uzunligi 6 m dan kam avtotransport vositalari uchun bitta (oldinda yoki orqada) boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi

Orqa yorugʻlik qaytaruvchi qurilma

Uchburchak shaklda boʻlmagan

Qizil

2

M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun majburiy.

Boshqa orqa yorugʻlik signalizatsiyasi asboblari bilan guruhlanganda O toifadagi avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy.

Uchburchak shaklda

Qizil

2

O toifadagi avtotransport vositalari uchun majburiy.

M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun taqiqlanadi.

Old yoritishning adaptiv tizimi

Oq

2

M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy.

O toifadagi avtotransport vositalari uchun taqiqlanadi.

Burchak chirogʻi

Oq

2

M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun ixtiyoriy.

Kontur markirovkasi

Yon10

Oq yoki sariq

Bitta yoki bir nechta element

M1, O1 toifadagi avtotransport vositalari uchun taqiqlanadi.

M2, M3, texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 7,5 tonnagacha boʻlgan N1, N2 va O2 toifalari uchun ixtiyoriy.

Texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 7,5 tonna va undan ortiq N2, N3, O3, O4 toifalari uchun majburiy.

Orqa11

Qizil yoki sariq

Izohlar:
1 M1 toifadagi avtotransport vositalari va uzunligi 6 m dan oshmaydigan boshqa toifadagi avtotransport vositalari uchun bitta qurilma majburiy va bittasi ixtiyoriy. M1 toifadan tashqari, uzunligi 6 m dan ortiq boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari uchun ikkita qurilma majburiy.
2 Rangga qoʻyiladigan talablar ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar muomalaga chiqarilgan avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
3 Avariya signalizatsiyasi bir vaqtda miltillovchi barcha burilish koʻrsatkichlaridan iborat.
4 Yorugʻlik asbobining mavjudligiga qoʻyiladigan talablar ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar muomalaga chiqarilgan avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
5 N1 toifadagi avtotransport vositalari uchun, shassi va ochiq kuzovli avtotransport vositalari (pikaplar) bundan mustasno.
6 Yon burilish koʻrsatkichlari va yon gabarit chiroqlari bilan birlashtirilganda.
7 Orqa gabarit, kontur chiroqlari, orqa tumanga qarshi chiroq yoki tormozlanish signali bilan guruhlanganda, kombinatsiyalanganda yoki birlashtirilganda yoxud orqa yorugʻlik qaytaruvchi qurilma bilan qisman umumiy yorugʻlik chiqaruvchi yuzaga ega boʻlsa.
8 Orqa roʻyxatdan oʻtkazish belgisini yoritish chiroqlarining soni uning butun yuzasini yoritish uchun yetarli boʻlishi kerak.
9 Orqa gabarit chirogʻi, orqa kontur chirogʻi, orqa tumanga qarshi chiroq, tormozlanish signali yoki qizil yon gabarit chirogʻi bilan guruhlanganda yoki umumiy yorugʻlik chiqaruvchi yuzaga ega boʻlganda.
10 Gabarit kengligi 2,1 m dan ortiq avtotransport vositalari uchun majburiy.
11 Gabarit uzunligi 6 m dan ortiq avtotransport vositalari uchun majburiy.

8-jadval

Qoʻshimcha ixtiyoriy yorugʻlik asboblariga qoʻyiladigan

TALABLAR

Tashqi yorugʻlik asboblarining nomi

Avtotransport vositasidagi asboblar soni

Nurlanish rangi

Qoʻshimcha talablar

Projektor fara yoki qidiruv projektori

1

Oq

Agar ular avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan boʻlsa, mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi

Uzoqni yoritish faralari

2

Oq

N3 toifadagi avtotransport vositalarida ruxsat etiladi. Agar avtotransport vositasida allaqachon toʻrtta uzoqni yoritish farasi mavjud boʻlsa, qoʻshimcha ikkita fara faqat kunduzgi vaqtda qisqa muddatli ogohlantiruvchi yorugʻlik signallarini berish uchun qoʻllanilishi mumkin.

Orqaga yurish chiroqlari

2

Oq

M1 toifadagi avtotransport vositalaridan tashqari, uzunligi 6 m dan ortiq avtotransport vositalarida ruxsat etiladi. Avtotransport vositasi oʻqiga nisbatan simmetrik oʻrnatilishi kerak.

Orqa gabarit chiroqlari

2

Qizil

M2, M3, N2, N3, O3 va O4 toifadagi avtotransport vositalarida ruxsat etiladi. Avtotransport vositasi oʻqiga nisbatan simmetrik, avtotransport vositasining gabarit kengligiga imkon qadar yaqin va majburiy gabarit chiroqlaridan kamida 600 mm yuqorida oʻrnatilishi kerak.

Tormozlanish signallari

Oʻrnatilishi majburiy boʻlmaganda 1 ta markaziy, markaziy boʻlmaganda 2 ta yon

Qizil

Bevosita orqaga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

Majburiy tormozlanish signallaridan kamida 600 mm yuqorida joylashishi kerak.

Avariyaviy tormozlanish signallari1.

‎

Miltillash chastotasi (4 ± 1) Gs taʼminlanishi kerak.

Yon burilish koʻrsatkichlari (takrorlagichlar)

Istalgan son

Avtosariq

Qolgan burilish koʻrsatkichlari bilan sinxron ishlashi taʼminlanadigan tarzda ulangan boʻlishi kerak.

Orqa burilish koʻrsatkichlari

2 tadan

Avtosariq

M2, M3, N2, N3, O2, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalarida ruxsat etiladi.

Majburiy burilish koʻrsatkichlaridan kamida 600 mm yuqorida joylashishi kerak.

Tashqi yoritish

Istalgan son

Oq

M va N toifadagi avtotransport vositalarida ruxsat etiladi va dvigateli oʻchirilgan, toʻxtab turgan avtotransport vositasida haydovchi, yoʻlovchi yoki bagaj boʻlimlari eshiklari ochilganda yoqilishi mumkin.

Tashqi yoritishni avtotransport vositasining boshqa chiroqlari bilan adashtirish mumkin boʻlmasligi kerak.

Orqa yorugʻlik qaytaruvchi qurilmalar

Agar majburiy qurilmalar samaradorligini pasaytirmasa, istalgan sonda.

Qizil

M va N toifadagi avtotransport vositalari uchun uchburchak shaklda boʻlmasligi kerak.

O toifadagi avtotransport vositalari uchun uchburchak shaklda boʻlishi kerak.
Koʻrinadigan yuzaning tashqi chegarasi avtotransport vositasining tashqi chegarasidan 400 mm dan ortiq uzoqlashmagan boʻlishi kerak.

Yon yorugʻlik qaytaruvchi qurilmalar

Agar majburiy qurilmalar samaradorligini pasaytirmasa, istalgan sonda.

Qizil

Koʻrinadigan yuzaning tashqi chegarasi tayanch yuzasidan 250 mm dan past va 900 mm dan yuqori boʻlmasligi kerak (agar konstruksiya xususiyatlari sababli 900 mm masofani saqlash imkoni boʻlmasa — 1500 mm).

Izoh:
1 Avariyaviy tormozlanish signallari bir vaqtda miltillovchi barcha burilish koʻrsatkichlari va tormozlanish signallaridan iborat.
54. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan yorugʻlik-texnik qurilmalarni demontaj qilish, chiroqlar rangini, ishlash rejimini va joylashuvini oʻzgartirish, 7 va 8-jadvallarda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa yorugʻlik-texnik qurilmalarini qoʻshimcha oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlab chiqarishdan olingan avtotransport vositalarida yorugʻlik-texnik qurilmalarini boshqa turdagi avtotransport vositalarida qoʻllaniladiganlari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Burilish koʻrsatkichlari chiroqlari, avariya signalizatsiyasi chiroqlari, avariyaviy tormozlanish signali chiroqlari va burilish koʻrsatkichlari bilan birgalikda qoʻllaniladigan avtosariq rangli yon gabarit chiroqlaridan tashqari, hech bir chiroq miltillovchi boʻlmasligi kerak.
56. Hech qanday qizil rangli yorugʻlik oldinga yoʻnalishda va orqaga yurish chirogʻi yorugʻligidan tashqari hech qanday oq rangli yorugʻlik orqaga yoʻnalishda tarqalmasligi kerak. Ushbu talab avtotransport vositasining ichki qismini yoritish uchun oʻrnatiladigan yoritish qurilmalariga tatbiq etilmaydi.
57. Old va orqa gabarit chiroqlari, mavjud boʻlsa, kontur chiroqlari, mavjud boʻlsa, yon gabarit chiroqlari hamda orqa raqam belgisini yoritish chirogʻi faqat bir vaqtda yoqilishi va oʻchirilishi kerak. Ushbu talab old va orqa gabarit chiroqlari, shuningdek, yon gabarit chiroqlari toʻxtab turish chiroqlari sifatida qoʻllanilganda tatbiq etilmaydi.
58. Uzoqni va yaqinni yoritish faralari hamda old tumanga qarshi faralar faqat 57-bandda qayd etilgan chiroqlar ham yoqilgan taqdirdagina yoqilishi kerak. Ushbu talab uzoqni va yaqinni yoritish faralari miltillatish orqali qisqa muddatli ogohlantiruvchi yorugʻlik signallarini berish uchun qoʻllanilganda ularga tatbiq etilmaydi.
59. Uzoqni yoritish faralari, old tumanga qarshi faralar, burilish koʻrsatkichlari, old va orqa gabarit chiroqlari, orqa tumanga qarshi chiroqlar uchun haydovchiga koʻrinadigan, ishga yaroqli yoqilganlik nazorat yorugʻlik signallari mavjud boʻlishi majburiy. Ushbu kichik bandning old va orqa gabarit chiroqlariga doir talablari, agar ular bilan bir vaqtda asboblar kombinatsiyasi yoritilishi yoqilsa, bajarilgan hisoblanadi.
60. Yorugʻlik asboblari nur tarqatgichlarining yoʻqligi, buzilishi va ifloslanishiga hamda yorugʻlik asbobi konstruksiyasiga nisbatan qoʻshimcha optik elementlar (shu jumladan, rangsiz yoki boʻyalgan optik detallar va plyonkalar) oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu talab faralarning yorugʻlik dastasini ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqlashtirish maqsadida tuzatish uchun moʻljallangan optik elementlarga tatbiq etilmaydi.
61. Yorugʻlik qaytaruvchi markirovkaning shikastlanishi va qatlamdan ajralishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
62. Yaqinni va uzoqni yoritish hamda tumanga qarshi faralarga qoʻyiladigan talablar:
a) yaqinni va uzoqni yoritish hamda tumanga qarshi faralarning shakli, rangi, oʻlchami bir xil, joylashuvi esa simmetrik boʻlishi kerak;
b) yaqinni yoritish faralari oʻng tomonlama harakatlanishli yoʻllar uchun moʻljallangan boʻlishi kerak;
v) uzoqni yoritish faralari bir vaqtda yoki juftlab yoqilishi mumkin. Uzoqni yoritishdan yaqinni yoritishga oʻtkazishda barcha uzoqni yoritish faralari bir vaqtda oʻchishi kerak;
g) yaqinni yoritish faralari uzoqni yoritish faralari bilan bir vaqtda yoqilgan holda qolishi mumkin. Biroq, gaz-razryadli yorugʻlik manbalariga ega yaqinni yoritish faralari mavjud boʻlsa, uzoqni yoritish chirogʻi yoqilgan vaqtda gaz-razryadli yorugʻlik manbalari yoqilgan holda qolishi kerak;
d) tumanga qarshi faralar uzoqni va (yoki) yaqinni yoritish faralarining yoqilishidan qatʼi nazar, gabarit chiroqlari yoqilgan holda yoqilishi kerak;
e) gaz-razryadli yorugʻlik manbalariga ega yaqinni yoritish faralari fara tozalash qurilmasi va qiyalik burchagini rostlovchi ishga yaroqli avtomatik tuzatish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
j) B turidagi tumanga qarshi faralarda faqat choʻgʻlanma lampalardan foydalanishga ruxsat etiladi. F3 turidagi tumanga qarshi faralarda fara konstruksiyasida nazarda tutilgan yorugʻlik manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi;
z) optik modul turiga mos yorugʻlik manbalari qoʻllanilishi kerak. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan yorugʻlik manbasini boshqa turdagi yorugʻlik manbasiga (gaz-razryadli, yorugʻlik diodli) almashtirish zarur boʻlsa, bunday almashtirish faqat almashtirilayotgan yorugʻlik manbasiga mos optik modul bilan birgalikda, avtotransport vositasi konstruksiyasiga oʻzgartirish kiritish uchun ushbu Texnik reglamentda belgilangan tartibda va ushbu Texnik reglamentda belgilangan talablarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi mumkin;
i) faralari tuzatish qurilmasi bilan jihozlangan avtotransport vositalarida ushbu qurilma avtotransport vositasi yuklanganda yuklanishga mos holatga oʻrnatilishi kerak;
k) C, HC, DC, CR, HCR, DCR turidagi yaqinni yoritish faralari yorugʻlik dastasining yuqori yorugʻ-soya chegarasi izining chap (avtotransport vositasidan) qismini oʻz ichiga olgan tekislik qiyalik burchagi foydalanish hujjatlarida koʻrsatilgan va (yoki) avtotransport vositasida belgilangan rostlash burchagining normativ qiymatidan vertikal yoʻnalishda ±0,2% doirasida boʻlishi kerak. Avtotransport vositasida va foydalanish hujjatlarida rostlash burchagining normativ qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, C, HC, DC, CR, HCR, DCR turidagi faralar 1 yoki 2-rasmda va 9-jadvalda koʻrsatilgan yorugʻlik dastasining gorizontal tekislikka qiyalik burchagi α qiymatlariga muvofiq rostlanishi kerak.
Rostlash burchagi normativlari faraning optik markazini ishchi maydoncha tekisligidan oʻrnatish balandligi H ga bogʻliq ravishda, faraning optik markazidan ekrangacha boʻlgan L masofa uchun α burchak qiymatlari bilan yoki faraning optik markazi proyeksiyasidan yorugʻlik dastasining yorugʻlik chegarasigacha ekran boʻylab R masofa hamda L va H masofalar bilan berilgan.
C, HC, DC, CR, HCR, DCR turidagi yaqinni yoritish faralari yorugʻlik dastasining yorugʻ-soya chegarasi izining ekrandagi oʻng qismi qiya yoki siniq boʻlishi mumkin;
l) C, HC, DC, CR, HCR, DCR turidagi faralar yorugʻlik dastasi yorugʻ-soya chegarasining chap gorizontal va oʻng qiya qismlari kesishish nuqtasining hisob oʻqi orqali oʻtuvchi vertikal tekislikdan gorizontal yoʻnalishdagi burchak ogʻishi ±0,2% dan oshmasligi kerak;
m) har bir faraning “yaqinni yoritish” rejimidagi, faraning optik oʻqi yoʻnalishida va yorugʻ-soya chegarasining chap qismidan 52′ pastga yoʻnalishda oʻlchangan yorugʻlik kuchi 10-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga muvofiq boʻlishi kerak;
n) 10-jadvalda koʻrsatilgan parametrlarni tekshirish yaqinni yoritish yorugʻlik dastasi holati 62-bandga muvofiq rostlangandan keyin amalga oshiriladi;
i) fara parametrlari 10-jadvalda koʻrsatilgan normativlarga muvofiq boʻlmaganda, 12-jadval boʻyicha burchakning nominal qiymatidan vertikal yoʻnalishda ±0,5% doirasida takroriy rostlash va yorugʻlik kuchini takroriy oʻlchash amalga oshiriladi.
1-rasm
2-rasm
1 — hisob oʻqi; 2 — yorugʻ-soya chegarasining gorizontal (chap) qismi; 3 — yorugʻ-soya chegarasining qiya (oʻng) qismi; 4 — hisob oʻqi orqali oʻtuvchi vertikal tekislik; 5 — avtotransport vositasi oʻrnatilgan ishchi maydoncha tekisligiga parallel tekislik; 6 — xira ekran tekisligi; α — yorugʻlik dastasining gorizontal tekislikka qiyalik burchagi; L — faraning optik markazidan ekrangacha boʻlgan masofa; 7 — yorugʻlik asbobining hisob oʻqi yoʻnalishida yorugʻlik kuchini oʻlchash uchun nazorat nuqtasining holati); 8 — faralarni tekshirish va rostlash asbobining optik oʻqi bilan bir vertikal tekislikda joylashgan va yaqinni yoritish yorugʻlik dastasi yorugʻ-soya chegarasining gorizontal qismidan 52′ pastga burchak ostida yoʻnaltirilgan chiziq yoʻnalishida “yaqinni yoritish” rejimida yorugʻlik kuchini oʻlchash uchun nazorat nuqtasining holati; 9 — tumanga qarshi faralarning yorugʻlik kuchini 3° yuqoriga yoʻnalishda oʻlchash uchun nazorat nuqtasining holati; 10, 11 — yorugʻ-soya chegarasi holatini vertikal tekislikda oʻlchash nuqtalarining koordinatalari; R — faraning optik markazi proyeksiyasidan yorugʻ-soya chegarasining gorizontal (chap) qismi holatigacha ekran boʻylab masofa; H — faraning optik markazi proyeksiyasidan ishchi maydoncha tekisligigacha masofa; U, S — yorugʻ-soya chegarasi holatini mos ravishda gorizontal va vertikal tekisliklarda oʻlchash nuqtalarining koordinatalari (U ≤ 600 mm; S = 174,5 mm);
Faralar yorugʻligini tekshirish postida avtotransport vositasining joylashish sxemasi, yorugʻ-soya chegarasining shakli va ekranda nazorat nuqtalarining joylashuvi:
1-rasm. Yorugʻ-soya chegarasining oʻng qismi qiya boʻlgan “yaqinni yoritish” rejimi uchun.
2-rasm. Yorugʻ-soya chegarasining oʻng qismi siniq boʻlgan “yaqinni yoritish” rejimi uchun.
o) avtotransport vositasining bir tomonida joylashgan R, HR, CR, HCR, DR, DCR turidagi barcha faralarning “uzoqni yoritish” rejimidagi yorugʻlik kuchi kamida 10000 kd boʻlishi, koʻrsatilgan turdagi barcha bosh faralarning umumiy yorugʻlik kuchi esa 225000 kd dan oshmasligi kerak;
p) CR, HCR, DCR turidagi faralarning “uzoqni yoritish” rejimidagi yorugʻlik kuchi faraning optik oʻqi yoʻnalishida oʻlchanadi;
r) R, HR, DR turidagi faralar yorugʻlik dastasining markazi faraning optik oʻqi ekran bilan kesishadigan nuqtaga (1 va 2-rasmlardagi 7-nuqta) mos keladigan qilib rostlanishi kerak;
s) R, HR, DR turidagi faralarning yorugʻlik kuchi “n” bandiga muvofiq rostlash amalga oshirilgandan keyin faraning optik oʻqi yoʻnalishida oʻlchanadi;

9-jadval

Faralarni oʻrnatish balandligi va ekrangacha boʻlgan masofaga qarab yaqinni yoritish faralari yorugʻlik dastasining yorugʻ-soya chegarasining xira ekranda joylashishi

GEOMETRIK KOʻRSATKICHLARI

Faraning optik markazidan ishchi maydoncha tekisligigacha masofa H, mm

Fara yorugʻlik dastasining vertikal tekislikdagi nominal qiyalik burchagi α

Optik markaz proyeksiyasidan 10 m uzoqlashtirilgan ekrandagi faraning yorugʻ-soya chegarasigacha R masofa, mm foiz

burch. min.

foiz

600 gacha

34

1,00

100‎

600 dan 700 gacha

45

1,30

130

700 dan 800 gacha

52

1,50

150

800 dan 900 gacha

60

1,76

176

900 dan 1000 gacha

69

2,00

200

1000 dan 1200 gacha

75

2,20

220‎

1200 dan 1500 gacha

100

2,90

290‎

10-jadval

Faralarning “yaqinni yoritish” rejimida

YORUGʻLIK KUCHI

Fara turi

Faraning optik oʻqi yoʻnalishidagi yorugʻlik kuchi, kd, koʻpi bilan

Yorugʻlik chegarasining chap qismidan 52′ pastga yoʻnalishdagi yorugʻlik kuchi, kd, kamida

C; CR

800

1600*

HC; HCR; DC; DCR

950

2200*

* Dvigatel ishlamayotganda olingan parametrlar muvofiq boʻlmagan taqdirda, oʻlchash dvigatel ishlayotganida amalga oshiriladi.
t) tumanga qarshi faralar shunday rostlanishi kerakki, oʻlchash ekranidagi yorugʻ-soya chegarasi B turidagi faralar uchun H chizigʻidan 1,150 ga, F3 turidagi faralar uchun — 10 ga pastda joylashsin.
63. Orqaga yurish chiroqlari orqaga yurish uzatmasi yoqilganda yoqilishi va doimiy rejimda ishlashi kerak.
64. Burilish koʻrsatkichlari va avariya signalizatsiyasiga qoʻyiladigan talablar:
a) burilish koʻrsatkichlari miltillovchi rejimda ishlashi kerak. Miltillashlar takrorlanish chastotasi minutiga 90 ± 30 miltillash yoki 1,5 ± 0,5 Gs doirasida boʻlishi kerak;
b) avariya signalizatsiyasi barcha burilish koʻrsatkichlarining miltillovchi rejimda sinxron yoqilishini taʼminlashi kerak;
v) burilish koʻrsatkichlari boshqa chiroqlarning yoqilishidan qatʼi nazar yoqilishi kerak. Avtotransport vositasining bir xil tomonida joylashgan barcha burilish koʻrsatkichlari bir xil qurilma bilan yoqilishi va oʻchirilishi hamda bir fazada ishlashi kerak.
65. Tormozlanish signallariga qoʻyiladigan talablar:
a) tormozlanish signallari (asosiy va qoʻshimcha) ishchi va avariyaviy tormoz tizimlarining boshqaruv elementlariga taʼsir etilganda yoqilishi va doimiy rejimda ishlashi kerak;
b) markaziy qoʻshimcha tormozlanish signalini boshqa chiroqlar bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
v) faqat avtotransport vositasining oʻrta boʻylama tekisligi kuzovning qoʻzgʻalmas paneli orqali oʻtmay, avtotransport vositasining bir yoki ikki harakatlanuvchi qismini (masalan, eshiklarni) ajratib turgan va bunday harakatlanuvchi qismlar ustidagi oʻrta boʻylama tekislikda bitta qoʻshimcha markaziy tormozlanish signalini oʻrnatish uchun yetarli joy boʻlmagan taqdirdagina qoʻshimcha tormozlanish signalining optik markazini oʻrta boʻylama tekislikdan chapga yoki oʻngga 150 mm dan ortiq boʻlmagan masofaga siljitishga yoxud ikkita qoʻshimcha tormozlanish signalini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi, bu holda ular oʻrta boʻylama tekislikka imkon qadar yaqin, ushbu tekislikning har bir tomonida bittadan qurilma boʻlib joylashishi kerak.
66. Orqa tumanga qarshi chiroqlarga qoʻyiladigan talablar:
a) orqa tumanga qarshi chiroqlar faqat uzoqni yoki yaqinni yoritish faralari yoxud tumanga qarshi faralar yoqilganida yoqilishi va doimiy rejimda ishlashi kerak;
b) orqa tumanga qarshi chiroqlar gabarit chiroqlari oʻchirilguncha yoqilgan holda qolishi mumkin, shundan keyin orqa tumanga qarshi chiroqlar qayta yoqilmaguncha oʻchirilgan holda qolishi kerak;
v) orqa tumanga qarshi chiroqlar ishchi tormoz tizimi pedaliga taʼsir etilganda yoqilmasligi kerak.
67. Avtotransport vositasining bir tomonida joylashgan toʻxtab turish chiroqlari har qanday boshqa chiroqlardan, shuningdek, oʻt oldirish kalitining holatidan qatʼi nazar yoqilishi kerak.
68. Gabarit va kontur chiroqlari doimiy rejimda ishlashi kerak.
69. Orqa davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgisini yoritish chirogʻi gabarit chiroqlari bilan bir vaqtda yoqilishi va doimiy rejimda ishlashi kerak.
70. Yon chiroqlarga qoʻyiladigan talablar:
a) yon chiroqlar, agar bunda uzoqni yoritish faralari yoki yaqinni yoritish faralari bir vaqtda yoqilmagan boʻlsa, yoqilmasligi kerak;
b) avtotransport vositasining bir tomonida joylashgan yon chiroq faqat avtotransport vositasining shu tomonida joylashgan burilish koʻrsatkichlari yoqilganda va/yoki toʻgʻri chiziqli harakatga mos boshqariladigan gʻildiraklar holati avtotransport vositasining shu tomoni yoʻnalishiga oʻzgarganda avtomatik ravishda yoqilishi mumkin. Yon chiroq burilish koʻrsatkichi oʻchirilganda va (yoki) boshqariladigan gʻildiraklar toʻgʻri chiziqli harakatga mos holatga qaytganda avtomatik ravishda oʻchishi kerak;
v) yon chiroqlar avtotransport vositasining harakat tezligi 40 km/soatdan oshganda yoqilmasligi kerak.
71. Uchburchak shakldagi yorugʻlik qaytaruvchi qurilma ichida hech qanday chiroq boʻlmasligi kerak.
§ 4. Koʻrinishni taʼminlashga qoʻyiladigan talablar
72. Avtotransport vositasi oʻz konstruksiyasida nazarda tutilgan oynalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
73. Avtotransport vositasini boshqaradigan haydovchi oʻzi oldidagi yoʻlni toʻsiqsiz koʻrish, shuningdek, avtotransport vositasining oʻng va chap tomonidan koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Haydovchi oʻrindigʻidan koʻrinishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar yoki qoplamalarning mavjudligiga yoʻl qoʻyilmaydi (orqa koʻrinish oynalari, old oynani artib oluvchi qismlar, tashqi va oynaga oʻrnatilgan radio antennalar, old oynani muzdan tushirish va quritish moslamalarining isitish elementlari bundan mustasno).
Old oynaning yuqori qismida kengligi 140 mm dan ortiq boʻlmagan shaffof rangli plyonka tasmasini mahkamlashga, M3, N2, N3 toifadagi avtotransport vositalarida esa — old oynaning yuqori chetidan uni tozalagich tomonidan tozalanadigan zonaning yuqori chegarasigacha boʻlgan minimal masofadan oshmaydigan kenglikda mahkamlashga ruxsat etiladi. Bunda 74-bandda belgilangan yorugʻlik oʻtkazuvchanlikka qoʻyiladigan talablar bajarilishi kerak.
M3 sinf III toifadagi avtotransport vositalarining yon va orqa oynalarida pardalarning boʻlishiga ruxsat etiladi.
74. Barcha transport vositalarida old, yon va orqa oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligi kamida 70% ni tashkil etishi kerak. Ushbu talablar avtotransport vositasining tomiga oʻrnatilgan lyuk oynalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida oʻrnatilgan tonirovka qilingan (qorongʻilashtirilgan) avtotransport vositalari oynalariga tatbiq etilmaydi.
Barcha toifadagi avtotransport vositalarida, ushbu Texnik reglament talablariga javob beradigan tashqi orqaga qarash oynalari ikkala tomonda mavjud boʻlganda, orqa old oynani yorugʻlik oʻtkazuvchanligini cheklamasdan tonirovka qilishga (qorongʻilashtirishga), shuningdek, unda parda (jalyuzi, pardacha) boʻlishiga ruxsat etiladi.
Oyna effektiga ega oynalarni qoʻllashga ruxsat etilmaydi.
Massasi boʻyicha boʻyalgan va tonirovka qilingan old oynalar oq, sariq, qizil, yashil va koʻk ranglarning toʻgʻri idrok etilishini buzmasligi kerak.
75. Avtotransport vositalarining old oynalarida, haydovchi tomonida joylashgan oynaning tozalagich tomonidan tozalanadigan yarmi zonasida yoriqlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
76. Avtotransport vositasi kamida bitta tozalagich va old oynani yuvish uchun kamida bitta forsunka bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
77. Tozalagichlar va oyna yuvgichlar ishga yaroqli boʻlishi kerak. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan tozalagichlar va oyna yuvgichlarni demontaj qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
78. Oyna yuvgich suyuqlikni oynaning tozalanadigan zonalariga berishni taʼminlashi kerak.
79. Avtotransport vositasi quyosh soyabonlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
80. Avtotransport vositasi 11-jadvalga muvofiq koʻrish maydonlarini taʼminlaydigan orqaga qarash oynalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Majburiy orqaga qarash oynalari avtotransport vositasida oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
81. Toʻrttadan kam gʻildirakka ega, haydovchini toʻliq yoki qisman yopib turadigan kuzovli avtotransport vositalari quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
yoki I sinf ichki orqaga qarash oynasi va haydovchi tomonida oʻrnatiladigan II yoki III sinf tashqi orqaga qarash oynasi bilan;
yoki avtotransport vositasining har bir tomonida bittadan boʻlgan II yoki III sinf ikkita tashqi orqaga qarash oynasi bilan.

11-jadval‎‎

Avtotransport vositalarida orqaga qarash oynalari mavjudligiga qoʻyiladigan

TALABLAR‎‎‎

Avtotransport vositasining toifasi‎

Oynaning tavsifi

Oyna sinfi‎

Avtotransport vositasidagi oynalarning soni va joylashuvi ‎

Oynaning mavjudligi ‎

M1, N1‎‏

Ichki

I

Bitta ichkarida

Faqat undan koʻrinish mavjud boʻlgandagina majburiy‎

Tashqi asosiy ‏

III (yoki II) ‎‏

Bitta chapda

Majburiy

Bitta oʻngda

Ichki oyna orqali koʻrinish yetarli boʻlmaganda majburiy,‎ qolgan hollarda‎ — ruxsat etiladi‎

Tashqi keng burchakli

IV

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Ruxsat etiladi‎

Tashqi yon koʻrinish

V*

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Ruxsat etiladi‎

Tashqi old koʻrinish‎

VI*

Bitta oldinda

Ruxsat etiladi‎ ‎

M2, M3‎

Tashqi asosiy

II

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Majburiy

Ichki

I

Bitta ichkarida

Ruxsat etiladi

Tashqi keng burchakli

IV

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Ruxsat etiladi

Tashqi yon koʻrinish

V*

Bitta oʻngda,‎bitta chapda‎

Ruxsat etiladi

Tashqi old koʻrinish

VI*

Bitta oldinda

Ruxsat etiladi

N2 (7,5 tonnadan ortiq boʻlmagan)‎

Tashqi asosiy

II

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Majburiy

Ichki

I

Bitta ichkarida

Ruxsat etiladi‎

Tashqi keng burchakli

IV

Bitta oʻngda,‎bitta chapda‎

Ruxsat etiladi

Tashqi yon koʻrinish

V*

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Ruxsat etiladi

Tashqi old koʻrinish

VI*

Bitta oldinda‏

Ruxsat etiladi

N2 (7,5 tonnadan ortiq), N3 ‎

Tashqi asosiy ‎

II

Bitta oʻngda,‎bitta chapda

Boshqaruv elementlari oldinda joylashgan‎ avtotransport vositalari uchun‎ majburiy‎**‏

Tashqi keng burchakli

IV

Bitta oʻngda

Tashqi yon koʻrinish

V*

Bitta oʻngda

Tashqi old koʻrinish

VI*

Bitta oldinda

Ichki

I

Bitta ichkarida

Ruxsat etiladi‎

Tashqi yon koʻrinish

V*

Bitta chapda

Ruxsat etiladi

Izohlar:
* Oyna tayanch yuzasi darajasidan kamida 2 m balandlikda joylashgan boʻlishi kerak. Kabinasi shunday balandlikda joylashgan avtotransport vositalarida, ushbu talab bajarilishi mumkin boʻlmasa, oyna oʻrnatilmasligi kerak.
** “Boshqaruv elementlarining oldinda joylashuvi” deganda — dvigatel uzunligining yarmidan koʻpi old oynaning eng chekka old nuqtasidan orqada joylashgan, rul gʻildiragining oʻqi esa — avtotransport vositasi uzunligining old chorak qismida joylashgan komponovka tushuniladi.
Orqaga qarash oynalarining sinflari:
I — tekis yoki sferik ichki orqaga qarash oynalari;
II — katta oʻlchamdagi sferik asosiy tashqi orqaga qarash oynalari;
III — kichik oʻlchamdagi tekis yoki sferik asosiy tashqi orqaga qarash oynalari (II sinf oynalarga qaraganda kichikroq egrilik radiusiga ruxsat etiladi);
IV — sferik keng burchakli tashqi orqaga qarash oynalari;
V — sferik tashqi yon koʻrinish oynalari;
VI — sferik old koʻrinish oynalari.
82. Majburiy orqaga qarash oynalari avtotransport vositasi harakatlanayotganda koʻrish maydonining oʻzgarishiga olib keladigan ixtiyoriy siljish imkoniyati istisno etiladigan tarzda mahkamlangan boʻlishi kerak.
§ 5. Shinalar va gʻildiraklarga qoʻyiladigan talablar
83. Avtotransport vositalari talablarga hamda avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarining ekspluatatsiya hujjatlariga muvofiq shinalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
84. Avtotransport vositasiga oʻrnatilgan har bir shina:
avtotransport vositasiga oid ekspluatatsiya hujjatlari tavsiyalariga hamda u oʻrnatilgan gʻildirak oʻlchamiga mos nominal oʻlchamga ega boʻlishi kerak;
avtotransport vositasining maksimal konstruktiv tezligiga mos tezlik toifasiga ega boʻlishi kerak.
85. Qoʻshaloq gʻildiraklar disklardagi ventil teshiklari havo bosimini oʻlchash va shinalarni pompalash imkonini taʼminlash uchun bir-biriga toʻgʻri kelib turadigan tarzda oʻrnatilishi kerak.
86. Sirpanishga qarshi shipli shinalar qoʻllanilgan taqdirda, ular avtotransport vositasining barcha gʻildiraklariga oʻrnatilishi kerak.
87. Sirpanishga qarshi shipli shinalar bilan jihozlangan avtotransport vositalarini issiq mavsumda ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi.
88. Shina quyidagi hollarda ekspluatatsiyaga yaroqsiz hisoblanadi:
a) yeyilish indikatorlari bilan jihozlanmagan shinalar protektor rasmining qolgan balandligi koʻrsatilgan chegaraviy qiymatlardan ortiq boʻlmasa:
N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm;
M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm;
M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm;
ichida uch choʻqqili togʻ choʻqqisi va qor parchasi shaklidagi belgi bilan belgilangan qishki shinalar uchun (3-rasm) — 4,0 mm;
3-rasm. Qishki shinaga tushiriladigan belgilash.
b) protektorning butun uzunligi boʻyicha rasm balandligi 88-bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgandan kam boʻlgan yugurish yoʻlagi qismi mavjud boʻlganda. Agar kesim protektorning markazida joylashgan boʻlsa, uning oʻlchami kengligi protektor kengligining yarmidan koʻp boʻlmagan va uzunligi shinaning aylanasining 1/6 qismiga teng boʻlgan (xordasi shinaning radiusiga teng boʻlgan yoy uzunligiga mos keladigan) toʻrtburchak bilan cheklangan. Shinalarning notekis ashinmasi holatida, umumiy maydoni bir xil boʻlgan, turli xil ashinmaya ega boʻlgan bir nechta kesimlar hisobga olinadi;
v) protektor bir tekis yeyilganda bitta yeyilish indikatori (yugurish yoʻlagi ariqchasi tubidagi doʻnglik boʻlib, uning balandligi shina protektori ariqchasining ruxsat etilgan eng kam balandligiga mos keladi) paydo boʻlganda yoki yugurish yoʻlagi notekis yeyilganda ikkita kesimning har birida ikkitadan indikator koʻringanida;
g) zolotniklarni tiqinlar, probkalar va boshqa moslamalar bilan almashtirilganda;
d) shinalarning mahalliy shikastlanishlarida (teshilishlar, shishishlar, kord ochilib qoladigan, yon devor va protektor boʻylab kesimlar), shuningdek, protektor va yon devorlarning mahalliy koʻchishlarida.
89. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) disklar va gʻildirak jantlarrini mahkamlovchi kamida bitta bolt yoki gaykaning yoʻqligi;
b) disklar va gʻildirak jantlarida yoriqlarning boʻlishi, ularni payvandlash orqali bartaraf etish izlari;
v) gʻildirak disklaridagi mahkamlash teshiklari shakli va oʻlchamlarining koʻzga koʻrinadigan buzilishi;
g) avtotransport vositasining bir oʻqiga turli oʻlchamdagi, konstruksiyadagi (radial, diagonal, kamerali, kamerasiz), modeldagi, turli protektor ariqchasiga ega, sovuqqa chidamli va sovuqqa chidamsiz, yangi va tiklangan, yangi va chuqurlashtirilgan protektor rasmiga ega shinalarni oʻrnatish.
90. Qayta ishlangan shinalarni qoʻllash:
a) yangi protektor bosib tiklangan shinalarni N2 va N3 toifadagi kabinasiz komponovkali magistral shatakchilarning old oʻqida, shuningdek, II va III sinf M3 toifadagi avtotransport vositalarining old oʻqida qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;
b) yangi protektor bosib tiklangan shinalarni quyidagi shinalarni tiklash sinflari boʻyicha qoʻllashga ruxsat etiladi:
I sinf boʻyicha:
M1, I sinf M2, M3 toifadagi avtotransport vositalarining barcha oʻqlarida, II va III sinf M3 toifadagi avtotransport vositalarining oʻrta va orqa oʻqlarida;
N2 va N3 toifadagi kabinasiz komponovkali magistral shatakchining old oʻqlaridan tashqari, N va O toifadagi avtotransport vositalarining barcha oʻqlarida;
II sinf boʻyicha:
M1, I sinf M2 va M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa oʻqlarida;
N va O toifadagi avtotransport vositalarining orqa oʻqlarida;
“D” sinfi boʻyicha:
M1, I sinf M2 va M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa oʻqlarida;
N va O toifadagi avtotransport vositalarining orqa oʻqlarida.
91. M toifadagi avtotransport vositalarining orqa oʻqida, N toifadagi avtotransport vositalarining oʻrta va orqa oʻqlarida, O toifadagi avtotransport vositalarining istalgan oʻqida mahalliy shikastlanishlari taʼmirlangan shinalarni, “Regroovable” belgisiga ega shinalar boʻlsa esa — kesish usuli bilan chuqurlashtirilgan protektor rasmiga ega shinalarni ham qoʻllashga ruxsat etiladi.
§ 6. Tirkash qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
92. Egarli shatakchilar egar-tirkash qurilmasining qulfi tirkalgandan soʻng avtomatik ravishda yopilishi kerak. Egar-tirkash qurilmasining qoʻlda va avtomatik blokirovkalari shatakchi va yarim tirkamaning oʻz-oʻzidan ajralib ketishining oldini olishi kerak. Tirkash shkvoreni, shkvoren uyalari, tayanch plitasi, tortish ilgagi, tortish-tirkash qurilmasi sharining deformatsiyalari, uzilishlari, yoriqlari va boshqa koʻrinadigan shikastlanishlariga, yoriqlar, buzilishlar, shu jumladan, mahalliy buzilishlar yoki tirkash qurilmalari va ularning mahkamlash qismlarining yoʻqligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
93. Bir oʻqli tirkamalar (tirkamaga oʻxshash dizayndagi tirkamalardan tashqari) va ishlaydigan tormoz tizimi bilan jihozlanmagan tirkamalar yaxshi ish holatidagi xavfsizlik moslamalari (zanjirlar, kabellar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Xavfsizlik zanjirlarining (kabellarning) uzunligi tortish moslamasining ulash koʻzining yoʻl yuzasiga tegib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak, shu bilan birga tortish moslamasi uzilib qolgan taqdirda tirkama boshqaruvini taʼminlashi kerak.
94. Tirkamalar (bir oʻqli va ikki oʻqli tirkamalardan tashqari) tortish moslamasining ulash joyni shatakchidan ulash va ajratishni osonlashtiradigan holatda ushlab turadigan moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
95. Jihozlangan holatdagi bir oʻqli tirkama (tirkama-rospusk)ning tirkash halqasidan avtomobilning tortish qurilmasiga tushadigan vertikal statik yuk 490 N dan ortiq boʻlmasligi kerak. Tirkamaning tirkash halqasidan tushadigan vertikal statik yuk 490 N dan ortiq boʻlganda, old tayanch ustuni tirkash halqasini tirkamaning shatakchi bilan ulanish (ajralish) holatiga oʻrnatishni taʼminlaydigan koʻtarish-tushirish mexanizmi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
96. Treylerning muftasi halqasi yoki tortuvchi tirgagining tirkamaning uzunlamasina markaziy simmetriya tekisligiga nisbatan oʻrnini qoʻpol ravishda buzadigan deformatsiyalariga, tirkamaning muftasi halqasi yoki tortuvchi tirgagining sinishi, yoriqlari va boshqa koʻrinadigan shikastlanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
97. Boltli ulanishlarni boʻshatish va tortish moslamasini tirkamaga, tortish moslamasining koʻziga, qirol mixiga va moment sterjen gaykalariga mahkamlashga ruxsat berilmaydi.
Tortish moslamasining oʻq gaykasi toʻliq tortilishi va shpal mix bilan mahkamlanishi kerak.
Tortish moslamasining koʻz gaykasi toʻliq tortilishi va qulflash moslamasi va gayka bilan mahkamlanishi kerak.
King mix qulflash moslamasi toʻliq tortilgan gaykani mahkamlashi kerak.
Shkvornning qulflovchi shaybalari toʻliq tortilgan gaykani mahkamlashi kerak.
98. Tortish vilkasi bilan jihozlangan boʻshliqsiz tortish-tirkash qurilmalarida tirkama bilan ulangan shatakchi uchun boʻylama lyuftga yoʻl qoʻyilmaydi.
99. Yengil avtomobillarning tortish-tirkash qurilmalari boʻshliqsiz ulanishni taʼminlashi kerak. Oʻz-oʻzidan ajralib ketishga yoʻl qoʻyilmaydi.
100. Ushbu qurilmalar bilan jihozlangan avtotransport vositasi (tirkamalar va yarimtirkamalardan tashqari)ning old bukserlash qurilmalari ishga yaroqli boʻlishi kerak.
101. Tirkash qurilmalarining oʻlcham xususiyatlariga qoʻyiladigan talablar:
texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 40 t gacha boʻlgan yarimtirkamalar tirkash qurilmalarining tirkash shkvorni diametri nominal qiymati 50,9 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 48,3 mm gacha boʻlishi, tirkash qurilmasi ushlagichlarining ish yuzalari eng katta ichki diametri esa mos ravishda 50,8 mm dan 55 mm gacha boʻlishi kerak;
texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 55 t gacha boʻlgan yarimtirkamalarning ponasimon qulfli tirkash qurilmalari tirkash shkvorni diametri nominal qiymati 50 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 49 mm gacha, texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 55 t dan ortiq boʻlgan yarimtirkamalarniki esa — nominal qiymati 89,1 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 86,6 mm gacha boʻlishi kerak;
shatakchining “ilgak-halqa” tortish-tirkash tizimi tortish ilgagining boʻylama tekislikda oʻlchangan boʻgʻiz diametri minimal 48,0 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 53,0 mm gacha, tirkash halqasi prutining eng kichik kesim diametri esa 43,9 mm dan 36 mm gacha boʻlishi kerak;
shatakchining tortish vilkasiga ega boʻshliqsiz tortish-tirkash qurilmalarining 40 mm oʻlchamdagi shkvorni diametri nominal qiymati 40 mm dan minimal ruxsat etilgan 36,2 mm gacha, 50 mm oʻlchamdagi shkvorn diametri esa nominal qiymati 50 mm dan minimal ruxsat etilgan 47,2 mm gacha boʻlishi kerak. Tirkama dishlosining 40 mm oʻlchamdagi almashtiriladigan qoʻshimchasi diametri nominal qiymati 40 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 41,6 mm gacha, 50 mm oʻlchamdagi almashtiriladigan qoʻshimchaniki esa — nominal qiymati 50 mm dan chegaraviy ruxsat etilgan 51,6 mm gacha boʻlishi kerak;
yengil avtomobillarning tortish-tirkash qurilmasi shari diametri nominal qiymati 50,0 mm dan minimal ruxsat etilgan 49,6 mm gacha boʻlishi kerak.
§ 7. Passiv xavfsizlikning ushlab turuvchi tizimlariga qoʻyiladigan talablar
102. Avtotransport vositalariga oʻrnatilgan xavfsizlik kamarlari quyidagi kamchiliklarga ega boʻlmasligi kerak:
tasmadagi oddiy koʻz bilan koʻrinadigan yirtiq;
qulf tasmaning “tili”ni mahkamlamasa yoki qulflash qurilmasi tugmasi bosilgandan keyin uni chiqarib tashlamasa;
tasma tortib olinuvchi (gʻaltak) qurilmadan chiqmasa yoki unga tortilib kirmasa;
kamar tasmasi keskin tortib olinganda uning tortib oluvchi qurilma (gʻaltak)dan chiqishining toʻxtatilishi (bloklanishi) taʼminlanmasa.
103. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilmagan xavfsizlik yostiqchalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 8. Orqa va yon himoya qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
104. N2, N3 (egarsimon shatakchilardan tashqari), O3 va O4 toifadagi avtotransport vositalarida yoʻl-transport hodisasi yuz berganda yengil avtomobilning avtotransport vositasi ostiga tushib qolishini istisno qiladigan orqa va yon himoya qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan orqa va yon himoya qurilmalarini demontaj qilish yoki joylashuv oʻrnini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Konstruktiv xususiyatlari tegishli qurilmalarni oʻrnatish imkonini bermaydigan avtotransport vositalarida orqa himoya qurilmalarining yoʻqligiga ruxsat etiladi.
Konstruktiv xususiyatlari va vazifasi tegishli talablarning toʻliq bajarilishini taʼminlashga imkon bermaydigan avtotransport vositalarida belgilangan talablardan chetlanishlar bilan yon himoya qurilmalarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
105. Orqa himoya qurilmasining kengligi orqa oʻq kengligidan ortiq boʻlmasligi va har bir tomondan undan 100 mm dan ortiq qisqa boʻlmasligi kerak.
106. Orqa himoya qurilmasining balandligi kamida 100 mm boʻlishi kerak.
107. Orqa himoya qurilmasining uchlari orqaga qayrilgan boʻlmasligi kerak.
108. Orqa himoya qurilmasining orqa yuzasi avtotransport vositasining orqa gabaritidan 400 mm dan ortiq masofada boʻlmasligi kerak.
109. Yon himoya qurilmasi avtotransport vositasining kengligi boʻyicha gabaritidan chiqib turmasligi kerak.
110. Yon himoya qurilmasining tashqi yuzasi avtotransport vositasining yon gabaritidan ichkariga 120 mm dan ortiq masofada boʻlmasligi kerak. Orqa qismida kamida 250 mm masofada yon himoya qurilmasining tashqi yuzasi tashqi orqa shinaning tashqi chetidan ichkariga 30 mm dan ortiq masofada boʻlmasligi kerak (shinaning avtotransport vositasi ogʻirligi ostida pastki qismida egilishini hisobga olmagan holda).
111. Yon himoya qurilmasining tashqi yuzasi silliq boʻlishi kerak.
§ 9. Dvigatel va uning tizimlariga qoʻyiladigan talablar
112. Zararli moddalar chiqindilariga oid talablar.
Benzinli va gazli dvigatelli avtotransport vositasining ishlash rejimida dvigatel aylanishining minimal va oshirilgan chastotalarida chiqindi gazlaridagi uglerod oksidi (CO) miqdori avtotransport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan qiymatlardan, bunday maʼlumotlar boʻlmaganda esa — 12-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.

12-jadval‎‎‎

Avtotransport vositalarining toifasi va komplektatsiyasi

Dvigatel vali aylanish chastotasi

CO, hajmiy ulush, foiz

1986-yil 1-oktabrgacha‎ ishlab chiqarilgan M va N

minimal

4,5

Chiqindi gazlarini neytrallash tizimlari bilan jihozlanmagan M va N

minimal

3,5

oshirilgan

2,0

Chiqindi gazlarini neytrallash tizimlari bilan jihozlangan M va N

minimal

1,0‎

oshirilgan

0,7

113. Avtotransport vositalarining kafolat probegi (kafolat xizmat muddati) davomida, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgandan soʻng butun ekspluatatsiya muddati davomida tutunlanishi jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.

Tutunlanishni oʻlchash rejimi‎

Ruxsat etilgan maksimal tabiiy yorugʻlik oqimining susayish indeksi Kdop, M-¹, koʻpi bilan

Yorugʻlik oqimi susayishining ruxsat etilgan maksimal koeffitsiyenti Ndop, %, koʻpi bilan emas

Dizelli avtomobillar uchun erkin tezlanish:

‎

‎

Turbonaddufsiz

1,2

40‎

Turbonaddufli‎

1,6

50

Maksimal aylanish chastotasi

0,4

15

114. Ekspluatatsiya sharoitida (yoʻlda) avtomobillar tutunlanishining nazorat tekshiruvlarida, erkin tezlanish rejimi uchun 113-band jadvalida belgilangan meʼyorlardan Kdop boʻyicha 0,5 M-1 dan ortiq boʻlmagan miqdorda oshishiga yoʻl qoʻyiladi.
115. 113 va 114-bandlar talablariga muvofiqlikni tekshirishda avtotransport vositasining probegi kamida 3000 km boʻlishi kerak. Kamroq probegda tekshirish oʻtkazilmaydi.
116. Avtotransport vositalarida vizual koʻrikdan oʻtkazishda zararli moddalar chiqindilarini nazorat qilish tizimi elementlarining mavjudligi va texnik holati (dvigatelni boshqarishning elektron bloki, kislorod datchigi, katalitik neytralizator va boshqalar) tekshiriladi.
117. Asboblar panelida joylashgan dvigatel va tizimni kuzatish koʻrsatkichlari dvigatel va uning tizimlari yaxshi ish holatida ekanligini koʻrsatishi kerak. Bort diagnostikasi bilan ishlab chiqilgan transport vositalari uchun bort diagnostika tizimining toʻliqligi va funksionalligi, shuningdek, transport vositasining xizmatga yaroqliligi bort diagnostika tizimi tomonidan saqlangan nosozlik kodlarini oʻqish orqali tekshiriladi.
118. Avtotransport vositalarining yonilgʻi taʼminlash va chiqarish tizimlari toʻliq komplekt holatda va germetik boʻlishi kerak, bu vizual koʻrikda tasdiqlanadi. Benzin va dizel dvigatellari yoqilgʻi taʼminlash tizimida yoqilgʻining sizib chiqishi va tomchilashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Havo soʻrilishiga va (yoki) chiqindi gazlarining oqib chiqishiga sabab boʻladigan nuqsonlar boʻlmasligi kerak. Yoqilgʻi bugʻlarini ushlab qolish tizimi, chiqindi gazlarini retsirkulyatsiya qilish tizimi, shamollatish tizimi toʻliq komplekt holatda va germetik boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan tizimlar avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan boʻlsa, ularni demontaj qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
119. Yoqilgʻi baklarining berkitish qurilmalari va yoqilgʻini toʻsib qoʻyish qurilmalari ishga yaroqli boʻlishi kerak. Yoqilgʻi baklarining qopqoqlari yopiq holatda mahkamlanishi, qopqoqlarning zichlovchi elementlari shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak. Yoqilgʻi berish tizimi elementlarini mahkamlash detallarining yoʻqligi, shikastlanishi yoki boʻshashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
120. Siqilgan tabiiy va suyultirilgan neft gazlarida ishlaydigan avtotransport vositalarining gaz ballonlariga ularning pasport maʼlumotlari, shu jumladan, amaldagi keyingi koʻrikdan oʻtkazish sanasi tushirilgan boʻlishi kerak. Davriy koʻrikdan oʻtkazish muddati oʻtib ketgan gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
121. Avtotransport vositasi chiqindi gazlarini chiqarish tizimining, harakatsiz avtotransport vositasida dvigatel boʻsh ishlab turganda, doimiy maqsadli aylanish chastotasi saqlab turilganda va dvigatel ishlashi maqsadli chastotadan dvigatelning minimal boʻsh ishlash chastotasigacha sekinlashtirilgan rejimida, chiqarish trubasi kesimidan 0,5 m masofada, gaz oqimi oʻqiga 45O ± 10O burchak ostida oʻlchangan tovush darajasi, avtotransport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan qiymatlardan, bunday maʼlumotlar boʻlmaganda esa — 13-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Dvigatel valining maqsadli aylanish chastotasi quyidagicha:
dvigatelning maksimal quvvatidagi kolenval aylanish chastotasi 5000 min-1 dan yuqori boʻlmagan avtotransport vositalari uchun — dvigatelning maksimal quvvatiga mos aylanish chastotasining 75%;
dvigatelning maksimal quvvatidagi kolenval aylanish chastotasi 5000 min-1 dan yuqori, lekin 7500 min-1 dan past boʻlgan avtotransport vositalari uchun — 3750 min-1;
dvigatel kolenvali aylanish chastotasi 7500 min-1 va undan yuqori boʻlgan avtotransport vositalari uchun — dvigatel kolenvali aylanish chastotasining 50%.
Agar ichki yonuv dvigateli yuqorida koʻrsatilgan kolenval aylanish chastotasiga erisha olmasa, maqsadli chastota harakatsiz avtotransport vositasi uchun maksimal mumkin boʻlgan chastotadan 5% past qilib qabul qilinadi.
Ichki yonuv dvigateli avtotransport vositasi harakatsiz turganda ishlay olmaydigan avtotransport vositasi uchun tekshirish oʻtkazilmaydi.
122. Avtotransport vositasining chiqindi gazlarini chiqarish tizimiga oʻzgartirishlar kiritib, shovqinni oshirishga ruxsat berilmaydi.

13-jadval

Avtotransport vositalari dvigatellari chiqarish tizimining ruxsat etiladigan tovush darajalari

Avtotransport vositasining toifasi

Tovush darajasi, dB A‎

M1, N1‎

91‎

M2, N2‎

98

M3, N3‎

100

§ 10. Boshqa konstruksiya elementlariga qoʻyiladigan talablar
123. Kuzov yoki kabina eshiklarining qulflari, yuk platformasi bortlarining qulflari, sisternalar boʻgʻizlarining qulflari, haydovchi va yoʻlovchilar oʻrindiqlarini sozlash va mahkamlash mexanizmlari, isitish va shamollatish qurilmalari, avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻzda tutilgan haydab ketishga qarshi moslamalar ishga yaroqli boʻlishi shart.
124. Avtotransport vositasining yon osma eshiklarining qulflari ikkita qulflash holatida — oraliq va yakuniy holatda mahkamlanishi kerak.
125. Avtotransport vositasi ishga yaroqli holatdagi tovushli signal beruvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Tovushli signal beruvchi qurilma uning boshqaruv elementi ishga tushirilganda uzluksiz va bir xilda tovush chiqarishi kerak, uning akustik spektri sezilarli oʻzgarishlarga uchramasligi kerak. Tovush darajasi ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilganning 90% idan past boʻlmasligi, ammo kamida 90 dBA boʻlishi kerak.
126. Tezlikni (spidometrlar) va bosib oʻtilgan yoʻlni oʻlchash vositalari, shuningdek, haydovchilarning harakat, mehnat va dam olish rejimlariga rioya qilishini nazorat qilish texnik vositalari (agar ularning oʻrnatilishi avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan boʻlsa) avtotransport vositasida mavjud boʻlishi va ishga yaroqli boʻlishi kerak. Spidometrni demontaj qilish yoki oʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
127. Avtotransport vositasi osmasi va kardan uzatmasi bolt ulanishlari tortilishining boʻshashishi va detallarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
128. Pnevmatik osmali avtotransport vositasining pol (kuzov) sathi regulatori richagi jihozlangan holatda ishlab chiqaruvchi tomonidan ekspluatatsiya hujjatida belgilangan holatda boʻlishi kerak. Pnevmatik osmali avtotransport vositasining pol sathi regulatorining nazorat chiqishidagi bosim ishlab chiqaruvchining lavhasida koʻrsatilganiga mos kelishi kerak.
129. M va N toifadagi avtotransport vositalarining old va orqa bamperlarining shikastlanishlari yoki konstruksiyasining oʻzgarishi natijasida yuzaga kelgan, bamperning tashqariga chiqib turgan qismlari egrilik radiusi 5 mm dan kam boʻlgan deformatsiyalarga yoʻl qoʻyilmaydi (metall boʻlmagan elastik materiallardan tayyorlangan detallardan tashqari).
130. Elektr simlar izolyatsiyasining koʻzga koʻrinadigan buzilishlari, qisqa tutashuvlari va teshilish izlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
131. Zaxira gʻildirak, akkumulyator batareyalari, oʻrindiqlar avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan joylarda ishonchli mahkamlangan boʻlishi kerak.
132. Oʻrindiq yostigʻining boʻylama holati va suyanchigʻining ogʻish burchagini rostlash mexanizmlari yoki oʻrindiqni siljitish mexanizmi (yoʻlovchilarni oʻtqizish va tushirish uchun) bilan jihozlangan avtotransport vositalarida, koʻrsatilgan mexanizmlar ishga yaroqli boʻlishi kerak. Rostlash yoki foydalanish toʻxtatilgandan soʻng, bu mexanizmlar avtomatik ravishda bloklanishi kerak.
133. Texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 7,5 t dan ortiq boʻlgan N2, N3, O3 va O4 toifadagi avtotransport vositalari gʻildirak ustidagi loyqa himoya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ushbu qurilmalarning kengligi qoʻllaniladigan shinalar kengligidan kam boʻlmasligi kerak.
134. Zaxira gʻildirak ushlagichi, lebyodka va zaxira gʻildirakni koʻtarish-tushirish mexanizmi ishga yaroqli boʻlishi kerak. Lebyodkaning qaytmas tishli mexanizmi mahkamlash arqoni bilan barabanni aniq mahkamlashi kerak.
135. Tayanchlarni koʻtarish va tushirish mexanizmlari hamda avtotransport vositasi harakatlanayotganda ularning oʻz-oʻzidan tushib ketishining oldini olish uchun moʻljallangan tayanchlarning avtotransport holati fiksatorlari ishga yaroqli boʻlishi kerak.
136. Yarimtirkamalarning tayanch qurilmasini demontaj qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tayanchlarning avtotransport holati fiksatorlari ishga yaroqli boʻlishi kerak.
137. Dvigatel, uzatmalar qutisi, bort reduktorlari, orqa koʻprik, ilashma, akkumulyator batareyasi, havoni sovutish va shamollatish tizimlaridan, shuningdek, avtotransport vositalariga qoʻshimcha oʻrnatiladigan gidravlik qurilmalardan moy va ish suyuqliklarining tomchilashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
138. Amortizatorlarni mahkamlash qismlarining yoʻqligi, shikastlanishi yoki toʻliq korroziyaga uchrashi natijasida ularning mahkamlanishi boʻshashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
139. Osma kronshteynlari yelkalarining, shuningdek, bort tayanchlari yoki karkaslarining va yuklarni mahkamlash moslamalarining yoriqlari va buzilishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
140. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan gʻildiraklar ostidan sachrashdan himoya qilish tizimi elementlarining yoʻqligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
141. Avtotransport vositasini maxsus tovushli va yorugʻlik signal beruvchi qurilmalar bilan noqonuniy jihozlash, operativ xizmatlar avtotransport vositalari uchun belgilangan rang-grafik sxemalari boʻyicha boʻyash taqiqlanadi.
142. Kuzovning va harakatlanuvchi qismlar (eshiklar, bosqich, fartuk va avtotransport vositasi qanoti) korroziyasining aniq belgilariga ega avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 11. Avtotransport vositalarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar
143. Avtotransport vositalari toifasiga qarab tibbiy dori qutisi (aptechka) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Tibbiy dori qutisining jihozlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
144. M3, N2, N3 toifadagi avtotransport vositalari avtotransport vositasi gʻildiraklari diametriga mos keladigan kamida ikkita gʻildirak tirgovichi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
145. Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi mavjudligidan qatʼi nazar, M1 va N toifadagi avtotransport vositalari sigʻimi kamida 2 l boʻlgan kamida bitta kukunli yoki xladonli oʻt oʻchirgich bilan, M2 va M3 toifadagi avtotransport vositalari esa — ikkita oʻt oʻchirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak, ulardan biri haydovchi kabinasida, ikkinchisi esa — yoʻlovchilar salonida (kuzovda) joylashgan boʻlishi kerak. Oʻt oʻchirgichlar plombalangan boʻlishi va ularda foydalanish muddatining tugash sanasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak, tekshirish paytida bu muddat tugamagan boʻlishi kerak.
146. Texnik xususiyatiga koʻra va (yoki) texnologik operatsiyalarni bajarishda maksimal tezligi Yoʻl harakati qoidalari bilan ruxsat etilgandan past boʻlgan avtotransport vositalariga avtotransport vositalarini ekspluatatsiyaga qoʻyish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslarning majburiyatlariga oid qoidalarga muvofiq tezlikni cheklash tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak. Agar avtotransport vositasining texnologik operatsiyalarni bajarishdagi harakat tezligi transport tezligidan past boʻlsa, ushbu operatsiyalarni bajarishda tezlikni cheklash belgisi oldinga oʻrnatilishi kerak.
§ 12. Avtotransport vositalarini identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar
147. Avtotransport vositasiga tushirilgan identifikatsiya raqami ushbu avtotransport vositasiga oid hujjatlarda koʻrsatilganiga mos kelishi kerak.
148. Davlat roʻyxat raqamlari avtotransport vositasida uning konstruksiyasida nazarda tutilgan joylarga oʻrnatilishi kerak.
149. Avtotransport vositasi konstruksiyasiga, ushbu Texnik reglamentda nazarda tutilgan, konstruksiyaga kiritilgan oʻzgarishlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishni talab qiluvchi oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda, davlat texnik koʻrigidan oʻtkazishda ushbu guvohnoma taqdim etilishi kerak.
V bob. Avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
§ 1. M2 va M3 toifadagi avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
150. Avariya holatida eshiklarni oʻchirish moslamasi va toʻxtashni talab qilish signali, avariya holatida chiqish joylari va ularni ishga tushirish qurilmalari, salonning ichki yoritish asboblari, eshiklarni boshqarish privodi va ularning ishlashi signalizatsiyasi ishga yaroqli boʻlishi kerak.
151. Avariya holatida chiqish joylari belgilangan boʻlishi va ulardan foydalanish qoidalari boʻyicha lavhalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
152. Avariya holatida chiqish joylarini ishga tushirish detallari (dastalar, skobalar, tutqichlar va boshqalar) yorqin qizil rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
153. Salonni avariya holatida chiqish joylariga erkin kirishni cheklovchi qoʻshimcha konstruksiya elementlari bilan jihozlash yoki boshqa toʻsiqlar yaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
154. Tutqichlar avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan joylarda mahkamlangan boʻlishi kerak.
155. Yoʻlovchilar qismi polining korroziya natijasida teshilishiga yoki buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
156. Avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilmagan yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha oʻtirish joylarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 2. Operativ xizmatlarning maxsus avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
157. Operativ xizmatlar avtotransport vositalarini maxsus yorugʻlik va (yoki) tovush signal beruvchi qurilmalar bilan jihozlash, maxsus rang-grafik sxemalar boʻyicha boʻyash belgilangan talablarga mos kelishi kerak va tegishli ruxsatnomasiz bunga yoʻl qoʻyilmaydi.
158. Maxsus yorugʻlik va (yoki) tovush signal beruvchi qurilmalar ishga yaroqli boʻlishi kerak.
§ 3. Qurilish kompleksiga, kommunal xoʻjalikka xizmat koʻrsatish va avtomobil yoʻllarini saqlash uchun avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
159. Maxsus uskunalar mahkamlanishining boʻshashishi, bolt ulanishlari tortilishining boʻshashishi, mahkamlash detallari, lonjeronlar, platforma yoki sisternaning yoriqlari, shikastlanishlari, payvandlash choklarining uzilishi va yoriqlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
160. Maxsus avtotransport vositasining chigʻirlari va yuk koʻtarish qurilmalarida, yarim tirkama aravachalarining burilishini boshqarish tizimlarida samosval platformasining yon bortlarini majburiy yopish uchun troslar; mahkamlash troslari, zanjirlar va ularga mahkamlangan ilgakli arqonlar ishga yaroqli boʻlishi shart. Troslar moy bilan singdirilgan boʻlishi, ularda uzilgan tolalar va simlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Zanjir boʻgʻinlarining yoriqlari va shikastlanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
161. Yurish telejkasining trosli burilish qurilmasi bilan jihozlangan yarimtirkama-ferma tashuvchisining burilish qurilmasi bloklash tizimi ishga yaroqli boʻlishi kerak.
162. Avtobitum tashuvchilar, avtobeton aralashtirgichlar va shu kabi tizim bilan jihozlangan boshqa ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarining maxsus uskunasi tarkibidagi qoʻshimcha yoqilgʻi tizimidan oqib chiqish va tomchilash holatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
163. Ish tarasining shiber tiqinlari yoki gidroaralashtirish qurilmasi va bunker ulanishlarining zichlanmaganligi orqali eritmaning oqib chiqishi va yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
164. Orqa tomondan yuk tushiradigan samosvallardan tashqari, samosval avtotransport vositalari platformasining avtotransport (yopiq) holati mexanik fiksatorlarining ishlamay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
165. Sochiluvchan yuklarni tashish uchun samosvallar platformasi ustida tentni ish holatida mahkamlash moslamalarining (ilgaklar, skobalar va boshqalar) hamda platforma bortlari va poli choklaridagi boʻshliqlarni yoʻq qilish uchun zichlovchi qurilmaning ishlamay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
166. Mashina harakatlanayotganda avtotransport vositasining gabarit chiroqlarining tashqi chetidan chapga va (yoki) oʻngga 0,4 m dan ortiq, yoki avtotransport vositasining gabarit uzunligidan oldinga va (yoki) orqaga 1,0 m dan ortiq chiqib turadigan texnologik uskuna konstruksiyasi elementlari chiziqlar bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
§ 4. Tirkama-rospusk yordamida yuk tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
167. Yukni mahkamlovchi lebyodkalar, qisqichlar va boshqa mexanizmlarning shikastlanishi yoki ishlamay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
168. Avtotransport vositasi ishlab chiqaruvchisi ekspluatatsiya hujjatida boshqacha qiymat belgilamagan boʻlsa, yogʻoch-taxta tashuvchi tirkama-rospuskning krest tirkash troslari 100 mm dan ortiq osilib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
169. Tirkama-rospuskni shatakchiga joylashtirishda uning dishlosining siljish va burilishdan avtotransport holatini mustahkamligi va mahkamlanishining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
170. Konik ustunlarini uzaytirish, konik ustunlari, krest tirkash, zanjirlar va konik ustunlari trosining mahkamlanishining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 5. Avtoevakuatorlarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
171. Tashiladigan avtomobillar va mashinalarni qoʻshimcha arqonlar (troslar) bilan bogʻlash uchun moʻljallangan halqalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
172. Tayanch qurilmalari va tayanchlarni transport holatida mahkamlash fiksatorlari ishga yaroqli boʻlishi kerak.
173. Avtoevakuator platformasida tashiladigan avtotransport vositalarini mahkamlash uchun himoya bortik va tirgovichlarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 6. Yuk koʻtarish qurilmalariga ega avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
174. Ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi kuzovi ichidagi platforma polida tara-uskunasi gʻildiraklarini transport holatida ushlab turish uchun moslamalar (fiksatorlar) ishga yaroqli boʻlishi kerak.
175. Asosiy avtotransport vositasining uzunligi boʻyicha gabaritidan chiqib turgan koʻtargich qismlari (strelaning old va orqa qismlari, lyulka va boshqalar) yorugʻlik asboblariga ega boʻlishi kerak.
§ 7. Xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
176. Avtotsisternalar va tirkama (yarimtirkama) — sisternalarda, olinadigan sisternalarni tashish uchun avtotransport vositalarida va batareya — avtotransport vositalarida sisternaning butun perimetri boʻylab yon yoki orqa himoya qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Kukunsimon yoki donador moddalarni tashish uchun moʻljallangan, orqa devor orqali tushiriladigan sisterna-samosvalli avtotransport vositalarida, sisterna korpusini himoya qilish funksiyasi orqa armatura korpusi tomonidan bajarilishi sharti bilan, orqa himoya qurilmasi talab qilinmaydi.
177. Sisternaning orqa devori bilan himoya qurilmasining orqa qismi orasidagi masofa (sisterna devorining eng chekka orqa nuqtasidan yoki tashiladigan modda bilan aloqada boʻladigan chiqib turgan armaturadan) kamida 100 mm boʻlishi kerak.
178. Xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga avtotransport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan nazarda tutilmagan qoʻshimcha yoqilgʻi baklarini oʻrnatish taqiqlanadi.
179. Haydovchi kabinasida yoqilgʻi isitgichlarini (shu jumladan, gazsimon yoqilgʻida ishlaydiganlarini) qoʻllash va ularni avtotransport vositasining yuk boʻlimlarida joylashtirish taqiqlanadi.
180. Tent sifatida uzilishga chidamli, suv oʻtkazmaydigan va qiyin yonuvchan materialni qoʻllashga ruxsat etiladi. Tent tortilgan boʻlishi, kuzov bortlarini barcha tomondan kamida 200 mm yopib turishi va bu holatda mahkamlovchi moslamalar bilan ushlab turilishi kerak.
181. Xavfli yuklarni tashish uchun tirkamalar avtomatik tormozlash funksiyasiga ega ish tormoz tizimiga ega boʻlishi kerak.
182. Avtotransport vositalari kamida quyidagi miqdor va sigʻimdagi oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanishi kerak:
texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 7,5 t dan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari — sigʻimi kamida 12 kg boʻlgan kamida bitta koʻchma oʻt oʻchirgich yoki har biri kamida 6 kg boʻlgan ikkita oʻt oʻchirgich;
texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 3,5 t dan 7,5 t gacha boʻlgan avtotransport vositalari — umumiy sigʻimi minimal 8 kg boʻlgan kamida bitta koʻchma oʻt oʻchirgich yoki ulardan biri kamida 6 kg boʻlgan ikkita oʻt oʻchirgich;
texnik jihatdan ruxsat etilgan maksimal massasi 3,5 t gacha (shu jumladan) boʻlgan avtotransport vositalari — umumiy sigʻimi kamida 4 kg boʻlgan bir yoki bir nechta koʻchma oʻt oʻchirgich;
qadoqlangan cheklangan miqdordagi xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositalari — dvigatel yoki avtotransport vositasi kabinasidagi yongʻinni oʻchirishga yaroqli, sigʻimi kamida 2 kg boʻlgan bitta koʻchma oʻt oʻchirgich;
neft mahsulotlarini tashish va quyish uchun avtotsisternalar — har biri kamida 6 kg boʻlgan kamida ikkita kukunli oʻt oʻchirgich, ulardan biri tirkama-sisterna (yarimtirkama-sisterna)da joylashgan boʻlishi kerak;
transport vositasida dvigatelning avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi mavjud boʻlganda, dvigatelda yongʻinni oʻchirishga moslashtirilmagan koʻchma oʻt oʻchirgichni qoʻllashga ruxsat etiladi.
183. Xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasi:
har bir avtotransport vositasiga (avtopoyezd boʻgʻiniga) gʻildiraklar diametriga mos keladigan kamida ikkita gʻildirak tirgovichi;
ikkita avariya toʻxtash belgisi;
tashiladigan xavfli moddalarni neytrallash vositalari va dori qutisi (aptechka);
avtotransport vositasini avariya holatida taʼmirlash uchun qoʻl asboblari toʻplami;
moʻljallangan yoki doimiy toʻq sariq rangdagi chiroqlarga ega avtonom quvvatli ikkita fonar;
yongʻinni oʻchirish uchun belkurak va qum zaxirasi;
ekipajning har bir aʼzosi uchun yorqin rangdagi kiyim;
ekipajning har bir aʼzosi uchun choʻntak fonarlari;
avariya kartochkasi va tashish shartlariga muvofiq — tashiladigan xavfli yukni neytrallash vositalari, ekipaj aʼzolari va yukni kuzatib boruvchi xodimlarning individual himoya vositalari;
avariya kartochkasida koʻrsatilgan xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus vositalar bilan jihozlanishi kerak.
184. Xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasining elektr zanjirlari (akkumulyator batareyasi — dvigatelni sovuq ishga tushirish va toʻxtatish tizimi; akkumulyator batareyasi — generator; generator — eriydigan saqlagichlar yoki oʻchirgichlar bloki; akkumulyator batareyasi — dvigatel starteri; akkumulyator batareyasi — yeyilishga chidamli tormoz tizimini yoqish tizimi korpusi; akkumulyator batareyasi — telejka balansiri oʻqini koʻtarish uchun elektr mexanizmi zanjirlaridan tashqari) sanoat ishlab chiqaruvchilarining eruvchan saqlagichlari yoki avtomatik oʻchirgichlari bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
185. Avtotransport vositasida tasodifiy ishga tushishdan himoya elementlari, shuningdek, akkumulyator batareyasini avtotransport vositasining elektr uskunasidan ajratish uchun oʻchirgichning belgisi boʻlishi kerak.
186. Elektr uskunaning nominal kuchlanishi 24 V dan oshmasligi kerak.
187. Yerga ulash qurilmasining yerga ulash konturi bilan birgalikdagi qarshiligi 100 Om dan oshmasligi kerak.
188. Xavfli yuklarni doimiy tashish bilan band boʻlgan avtotransport vositalari kuzovlari, avtotsisternalar, tirkamalar va yarimtirkamalar—sisternalar ushbu yuklar uchun belgilangan tanitish ranglarga boʻyalgan va tegishli yozuvlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
189. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
xavfli yuklarni tashish uchun tarkibida bittadan ortiq tirkama yoki yarimtirkamaga ega avtotransport vositasidan foydalanish;
avtotransport vositasini yongʻinga qarshi tarkibi zaharli gazlar chiqaradigan oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash;
kuzov panellari va taxtalarining buzilishi, yopiq va tent bilan qoplangan kuzovlardagi yoriqlar va teshiklar;
yonuvchan va portlovchi moddalar hamda buyumlarni tashish uchun avtotransport vositasida himoya elementlarining ishlash paytida qizishi, mahkamlanishining buzilishi va demontaj qilinishi;
avtotransport vositasi konstruksiyasida nazarda tutilgan, dvigatel susturgichi bilan chiqarish trubasi chiqarilgan joyni oʻzgartirish;
chiqarish trubasidan olinadigan uchqun tutuvchisini demontaj qilish;
yoqilgʻi bakini akkumulyator batareyasi, dvigatel, elektr simlar yoki susturgichli chiqarish trubasidan uzoqlashtirilishini kamaytiruvchi joylashuvini oʻzgartirish;
yoqilgʻi baki va akkumulyator batareyasi orasidagi himoya germetik toʻsigʻini demontaj qilish;
yoqilgʻining yerga emas, balki tashiladigan yukka, elektr uskuna detallariga yoki dvigatel chiqarish tizimiga tushishi imkoniyatini yaratadigan yoqilgʻi baki va yoqilgʻi berish tizimining boshqa uzellari joylashuvini oʻzgartirish;
yoqilgʻi bakining tubi ostidagi va yon tomonlaridagi himoya qopqogʻini demontaj qilish;
sisterna yoki yuk bilan kabina orqa devori ortida joylashgan, ekspluatatsiya vaqtida qiziydigan agregatlar (dvigatel, transmissiya, tormoz-sekinlashtirgich) orasidagi himoya ekranini demontaj qilish yoki mahkamlanishini boʻshashtirish;
avtotransport vositasiga yongʻinga chidamli modda bilan singdirilmagan yogʻoch detallarni oʻrnatish va kuzov ichki qoplamasining bunday modda singdirilmagan yoki uchqun chiqaradigan materiallardan tarkib topgan elementlarini oʻrnatish;
bort kuzovlaridagi eshiklar va tentlar qulflarini demontaj qilish yoki ularning ishlamay qolishi;
avtotransport vositasining tomida yoki tom ustida sariq (toʻq sariq) rangda nur chiqaradigan maxsus yorugʻlik signal beruvchi qurilmani demontaj qilish, uning ishlamay qolishi, joylashuv oʻrnini oʻzgartirish yoki koʻrish burchagini cheklash;
akkumulyator batareyasini avtotransport vositasining elektr uskunasidan ajratish uchun oʻchirgichni, shuningdek, uning haydovchi kabinasidan bevosita yoki masofadan hamda avtotransport vositasi tashqarisidan boshqarish privodlarini demontaj qilish yoki uning ishlamay qolishi;
dvigatel kapoti ostidagi boʻshliqdan tashqarida joylashgan akkumulyator batareyalarini izolyatsiyalovchi ichki devorlarga ega shamollatish boʻlimidan chiqarish;
avtotransport vositasida vintli patronli choʻgʻlanma lampalarni qoʻllash;
shatakchi-avtomobil va tirkama (yarimtirkama) orasida tasodifiy ajralishdan himoyaga ega boʻlmagan elektr ulagichlarini qoʻllash;
avtotransport vositasida changga chidamli va portlashdan himoyalangan elektr uskuna apparatlarini himoyalanmagan apparatlarga almashtirish;
texnologik uskuna boʻlimi va uning boshqaruv pultidagi portlashdan himoyalangan elektr uskuna apparatlarini kamroq himoyalangan uskunaga almashtirish;
elektr simlarini metall qobiqdan tashqarida, tashqi elektr simlarini kuzov ichida yotqizish yoki elektr uskunasini texnologik uskuna bilan aloqa qilishdan izolyatsiya qilish choralarini buzgan holda yotqizish;
elektr simlarining qizishi, ularning izolyatsiyasi, mahkamlanishining buzilishi, himoya detallarining shikastlanishi yoki olib tashlanishi;
avtotransport vositasi kuzovi ichidagi choʻgʻlanma lampalar atrofidagi toʻsuvchi toʻr va panjaralarni demontaj qilish yoki tashqi elektr simlarini kuzov ichida yotqizish;
shassi (tara, rama) bilan ulangan, yuklanmagan avtotransport vositasida kamida 200 mm uzunlikdagi oʻtkazgich (metall zanjir)ning yerga tegib turishini taʼminlaydigan hamda yerga botirish yoki yerga ulash konturiga ulash uchun uchida ninasimon qisqichga ega yerga ulash trosining yerga ulash zanjirining elektr oʻtkazuvchanligini buzish;
rezervuarning yuqori qismida oʻrnatilgan quvurlar va yordamchi uskunalarni avtotsisterna agʻdarilib ketganda shikastlanishdan himoya qilish elementlarining demontaj qilinishi yoki ishga yaroqsiz holati;
avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqasida joylashgan xavf haqida maʼlumot beruvchi jadvallarni mahkamlash uchun kronshteynlarni demontaj qilish yoki shikastlash.
§ 8. Avtotransport vositalari — sisternalarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
190. Sisterna yuklash lyukining berkitish qurilmasi yopiq va ochiq holatlarda mahkamlanishi kerak.
191. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yuklash lyuklarining qopqoqlari, ularning qulflari va zichlash detallarining shikastlanishi;
oziq-ovqat suyuqliklarini tashish uchun sisternalarda yerga ulash qurilmalarining yoʻqligi;
quvurlar va armaturalar ulanishlaridagi oqishlar, nasoslar, ventillar, zadvijkalar zichlagichlari, rezbali ulanishlar, tiqinlar va uchki zichlagichlar prokladkalari orqali oqishlar, sisterna va shlanglar ulanishlarining zichlanmaganligi orqali tashiladigan suyuqliklar (materiallar)ning oqib chiqishi va yoʻqotilishi.
§ 9. Neft mahsulotlarini tashish va quyish uchun avtotransport vositalari — sisternalar va konteyner-sisternalarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
192. Ekspluatatsiya vaqtida elektr xavfsizligini taʼminlash uchun sisterna maxsus uskunasining barcha uzellari yerga ulangan boʻlishi kerak.
193. Oʻtkazgich va shlang qulfi orasidagi elektr oʻtkazuvchi qoplama orqali hosil boʻladigan elektr zanjirining qarshiligi 1 Om dan oshmasligi kerak. Antistatik shlanglar bilan jihozlangan sisternalarda, koʻrsatilgan zanjirning qarshiligi ekspluatatsiya hujjatida koʻrsatilganidan oshmasligi kerak. Zanjirning alohida qismlari qarshiligi 10 Omdan oshmasligi kerak.
194. “Shassi ramasi — shtir”, “sisterna-shassi ramasi”, “shassi ramasi — yerga ulash simi vilkasi kontaktlari” elektr zanjirlarining har bir boʻgʻini qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak.
195. Rezina-mato shlanglarining shtutserlari elektr zanjirining yopiqligini taʼminlaydigan payvandlangan metall oʻzaro ulagich bilan bir-biriga ulangan boʻlishi kerak.
196. Sisternada quyidagi ogohlantiruvchi yozuvli lavha boʻlishi kerak: “Yoqilgʻi bilan toʻldirish (boʻshatish) vaqtida avtotsisterna yerga ulangan boʻlishi kerak”.
197. Taraning yon tomonlarida va orqa tubida “Yonish xavfi bor” yozuvi aniq oʻqilishi kerak.
198. Sisternada ikkita “Xavfli” belgisi, “Tezlikni cheklash” belgisi, qizil rangdagi chaqnovchi chiroq yoki favqulodda toʻxtash belgisi, namat (koshma), massasi kamida 25 kg boʻlgan qum uchun tara joylashgan boʻlishi kerak.
199. Avtotsisterna toʻq sariq rangli chaqnovchi mayoq bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
200. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
avtotransport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan nazarda tutilgan, avtotsisternani statik elektrdan himoya qilish uchun yerga ulash simi, troslar va boshqa himoya elementlarini ulash uchun qisqichlarni demontaj qilish yoki ularning ishlamay qolishi;
yerga ulash boltigacha boʻlgan, metall va elektr oʻtkazuvchan metall boʻlmagan uskuna, jumladan, sisterna quvurlari orqali hosil boʻladigan elektr zanjiri elektr oʻtkazuvchanligining buzilishi;
sisterna va texnologik uskuna boʻlimi zonasiga tegib turadigan yoki shu zonada joylashgan elektr simlar himoya qobigʻini olib tashlash yoki buzish;
elektr simlar ulanish joylari va kontaktlarini himoya qilish elementlarini demontaj qilish yoki buzish;
yoqilgʻi oqib chiqishining oldini oluvchi shlanglardagi tiqinlarning yoʻqligi.
§ 10. Suyultirilgan uglevodorod gazlarini tashish va quyish uchun avtotransport vositalari — sisternalarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
201. Taraning ikkala tomonida old tub chokidan orqa tub chokigacha taraning boʻylama oʻqidan pastga kengligi 200 mm boʻlgan qizil rangdagi farqlovchi chiziqlar tushirilgan boʻlishi kerak.
202. Taraning orqa tubidagi “Yonish xavfi bor” yozuvi va farqlovchi chiziqlar ustidagi qora rangdagi “Propan — yonish xavfi bor” yozuvi aniq oʻqilishi kerak.
203. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
gazni tashish va saqlash vaqtida shtutserlarga tiqinlarning yoʻqligi;
gazni avtotsisternalarda tashish va saqlash vaqtida berkitish armaturasini plombalash imkonini taʼminlaydigan himoya qopqoqlarining yoʻqligi yoki ularning ishlamay qolgan holati;
harakat boshlanish paytida shatakchining egar-tirkash qurilmasi ishlamay qolganda sisternaning old qismi agʻdarilib tushishining oldini olish uchun sisterna ishlab chiqaruvchisi tomonidan nazarda tutilgan xavfsizlik zanjirlarini (troslarini) demontaj qilish.
§ 11. Furgon-avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
204. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
gorizontal maydonchaga oʻrnatilgan avtotransport vositasi furgonining qulfi ochilgandan soʻng eshiklarning oʻz-oʻzidan ochilishi;
eshiklar, rampa, eshik-traplarning ochiq va yopiq (transport) holatlarida mahkamlash mexanizmlari ishlashining buzilishi;
tashish vaqtida yukning siljishini oldini olish uchun qurilmalarning yoʻqligi yoki shikastlanishi;
kuzovning olinadigan va statsionar toʻsiqlarini, jumladan, hayvonlarni bogʻlash uchun halqalar bilan jihozlanganlarini, shuningdek, ularni transport holatida mahkamlash qurilmalarini demontaj qilish yoki shikastlash;
furgon tomidagi lyuklar yoki lyuklarni yopish mexanizmlari ishlashining buzilishi.
§ 12. Odamlarni tashish uchun joylarga ega furgon-avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
205. Ochiq eshiklarning tovushli signalizatsiya vositalari yoki yoʻlovchilar boʻlimining avtotransport vositasi kabinasi bilan aloqa vositalari ishga yaroqli holatda boʻlishi kerak.
206. Yoʻlovchilar boʻlimining eshigi erkin, qiyinchiliksiz ochilishi kerak.
207. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yoʻlovchilar boʻlimini furgonning yuk boʻlimidan ajratuvchi toʻsiqlarni demontaj qilish yoki buzish;
yoʻlovchilar boʻlimidagi oʻrindiqlar yoki ularning mahkamlanishi joylashuvini oʻzgartirish va shikastlash.
§ 13. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun avtotransport vositalariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
208. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
yenglarni, shamollatish quvurlarini, sisterna uskunalarini (nasos, nazorat asboblari, boshqaruv vositalari) ifloslanishdan himoya qilish elementlarini demontaj qilish, buzish yoki yaroqsiz holatga keltirish, shuningdek, mahsulotni haydash uchun quvurlarning ulanish joylarini ifloslantirish;
issiqlik izolyatsion qoplamali izotermik sisternalar lyuklari qopqoqlari va boʻgʻizlarining issiqlik izolyatsiyasi buzilishi.
VI bob. Ushbu Texnik reglamentga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
209. Ushbu Texnik reglamentga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati mansabdor shaxslari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
210. Texnik koʻriklarda avtotransport vositalarining elementlari, uzellari, tizimlari (obyektlari) va xususiyatlarini nazorat qilish ushbu Texnik reglamentning 8-ilovasida keltirilgan usullar bilan amalga oshiriladi.
211. Ushbu Texnik reglament talablariga mos kelmaydigan avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VII bob. Ushbu Texnik reglamentga rioya etilmasligi uchun javobgarlik
212. Ushbu Texnik reglament buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining ekspluatatsiya shartlariga koʻra xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
1-ILOVA
Avtotransport vositalarining
TASNIFLANISHI
M toifasi — kamida toʻrtta gʻildirakka ega va yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatiladigan mexanik avtotransport vositalari:
M1 toifasi: haydovchi oʻrnidan tashqari sakkiztadan ortiq boʻlmagan oʻtirish joyiga ega, yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatiladigan avtotransport vositalari.
M2 toifasi: haydovchi oʻrnidan tashqari sakkiztadan ortiq oʻtirish joyiga ega, maksimal massasi 5 t dan oshmaydigan, yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatiladigan avtotransport vositalari.
M3 toifasi: haydovchi oʻrnidan tashqari sakkiztadan ortiq oʻtirish joyiga ega, maksimal massasi 5 t dan oshadigan, yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatiladigan avtotransport vositalari.
M2 va M3 toifadagi avtotransport vositalari quyidagilarga kiradi:
a) uchta sinfdan (I, II, III) bir yoki bir nechtasiga;
b) ikkita sinfdan (A, B) biriga.
I sinf — konstruksiyasida yoʻlovchilarning salon boʻylab erkin harakatlanishi maqsadida tik turadigan yoʻlovchilar uchun joylar nazarda tutilgan avtotransport vositalari.
II sinf — konstruksiyasi asosan oʻtirgan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va yoʻlaklarda va (yoki) ikkita qoʻshaloq oʻrindiq uchun ajratilgan boʻshliqdan chiqmaydigan joylarda tik turadigan yoʻlovchilarni tashish nazarda tutilgan avtotransport vositalari.
III sinf — konstruksiyasi faqat oʻtirgan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.
A sinfi — tik turadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari; bu sinf transport vositalari oʻrindiqlar bilan jihozlangan va ularda tik turadigan yoʻlovchilarni tashish nazarda tutilgan.
B sinfi — tik turadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallanmagan avtotransport vositalari.
Mikroavtobuslar: haydovchidan tashqari sigʻimi koʻpi bilan 16 ta oʻtiruvchi yoʻlovchi boʻlgan, yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan B sinf avtotransport vositalari.
N1 toifasi — maksimal massasi 3,5 t dan oshmaydigan, yuk tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.
N2 toifasi — maksimal massasi 3,5 t dan oshadigan, lekin 12 t dan oshmaydigan, yuk tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.
N3 toifasi — maksimal massasi 12 t dan oshadigan, yuk tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.
O toifasi — tirkamalar (yarimtirkamalarni ham qoʻshib):
O1 toifasi: maksimal massasi 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar.
O2 toifasi: maksimal massasi 0,75 t dan oshadigan, lekin 3,5 t dan oshmaydigan tirkamalar.
O3 toifasi: maksimal massasi 3,5 t dan oshadigan, lekin 10 t dan oshmaydigan tirkamalar.
O4 toifasi: maksimal massasi 10 t dan oshadigan tirkamalar.
G toifasi — oʻtkazish qobiliyati yuqori avtotransport vositalari.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
2-ILOVA
Tormozlanish diagrammasi (sxemasi)
τsr — tormoz tizimining ishga tushish vaqti;
jn — sekinlashishning meʼyoriy qiymati;
just — avtotransport vositasining barqarorlashgan sekinlashishi;
τsr — tormoz tizimi ishga tushishining kechikish vaqti;
jn — sekinlashishning ortib borish vaqti;
N va K — mos ravishda tormozlanishning boshlanishi va tugashi.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
3-ILOVA
Yoʻl sinovlarida avtotransport vositalarining turli boshlangʻich tormozlanish tezliklarida tormoz yoʻli meʼyorlarini
QAYTA HISOBLASH METODIKASI
9-bandda koʻrsatilganidan farq qiluvchi boshlangʻich tormozlanish tezligi uchun meʼyoriy tormoz yoʻli — St (metrlarda) qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V0 — avtotransport vositasining haqiqiy boshlangʻich tormozlanish tezligi, km/soat;
jn — meʼyoriy sekinlashish, m/s²;
A — tormoz tizimining ishga tushish vaqtini tavsiflovchi koeffitsiyent.
Avtotransport vositalarining turli toifalari uchun A koeffitsiyenti va meʼyoriy sekinlashish qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Avtotransport vositasining turi

Avtotransport vositalari toifalari

Avtotransport vositasining toʻliq massasi

A

jn, m/s2

Yakka avtotransport vositalari

M1‎

0,10 (0,11)

5,2 (4,5)

M2‎

0,15 (0,19)

4,5 (4,0)

M3‎

0,15 (0,19)

4,5 (4,0)

N1‎

0,15 (0,19)

4,5 (4,0)

N2‎

0,15 (0,19)

4,5 (4,0)

N3‎

0,15 (0,19)

4,5 (4,0)

Shatakchilari M va N toifadagi avtotransport vositalari boʻlgan avtopoyezdlar

M1'‎

0,1

4,9

N1'‎

0,2 (0,24)

4,5 (4,0)

N2'‎

0,2 (0,24)

4,5 (4,0)

N3'‎

0,2 (0,24)

4,5 (4,0)

Izoh: qavs ichida 1981-yil 1-yanvargacha ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun maʼlumotlar keltirilgan.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
4-ILOVA
Avtotransport vositalarining tormozlanish samaradorligi va turgʻunligi koʻrsatkichlarini hisoblash metodikasi
D.1. Umumiy solishtirma tormoz kuchi — γt yakka avtomobil (shatakchi) yoki tirkama uchun alohida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
egarli avtopoyezd uchun:
Σ RT — avtotransport vositasi gʻildiraklaridagi maksimal RT tormoz kuchlari yigʻindisi (egarli avtopoyezd uchun — yarimtirkama gʻildiraklaridagi tormoz kuchlarini ham qoʻshgan holda ΣRTi), N;
M — avtomobil yoki tirkamaning toʻliq massasi, kg;
Σ Mi — avtopoyezd boʻgʻinlari toʻliq massalarining yigʻindisi, kg;
g — erkin tushish tezlanishi, m/s².
D.2. Avtotransport vositasining bir oʻqidagi gʻildiraklar tormoz kuchlarining nisbiy farqi ΔRt (foizlarda) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
RToʻng va RTchap — avtotransport vositasining nazorat qilinayotgan oʻqidagi mos ravishda oʻng va chap gʻildiraklardagi tormoz kuchlari, N.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
5-ILOVA
1981-yil 1-yanvargacha ishlab chiqarilishi boshlangan avtotransport vositalari uchun stendlarda va yoʻl sharoitida nazorat qilishda ishchi tormoz tizimi bilan tormozlanish samaradorligi normativlari

Avtotransport vositasining turi

Toifa

Boshqaruv elementidagi kuch Rp, N, koʻpi bilan

Yoʻl sinovlari

Stend sinovlari

tormoz yoʻli St, m, koʻpi bilan

meʼyoriy sekinlashish jn, m/s2, koʻpi bilan

tormoz tizimining ishga tushish vaqti τsr, s

solishtirma tormoz kuchi γt, kamida

Yoʻlovchi va yuk-yoʻlovchi avtomobillari

M1‎

490

26,9

4,5

0,6

0,46

M2‎

686

33,5

4,0

1,0

0,41

M3‎

686

33,5

4,0

1,0

0,41

Yuk avtomobillari

N1‎

686

33,5

4,0

1,0

0,41

N2‎

686

33,5

4,0‎

1,0

0,41

N3‎

686

33,5

4,0

1,0

0,41

Shatakchilari N toifadagi avtomobillar boʻlgan avtopoyezdlar

N1'‎ ‎

686

36

4,0

1,0

0,41

N2'‎ ‎‎

686

36

4,0

1,2

0,41

N3'‎ ‎‎

686

36

4,0

1,2

0,41‎

Izohlar:
1. Tormozlanishning boshlangʻich tezligi 13,88 m/s (50 km/soat).
2. Tormozlanishdagi turgʻunlik koʻrsatkichlari 1, 3, 4-jadvallarda keltirilgan.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
6-ILOVA
Yoʻl va stend sinovlarida foydalaniladigan avtotransport vositalarining tormozlanish samaradorligi va tormozlanishdagi turgʻunlik koʻrsatkichlarini qoʻllash

Tormoz xususiyatlari koʻrsatkichlari

Toifa va vazn holati

M1, M1׀, N1, N׀1, M2 s gidravlik tormoz yuritmasi bilan

M2, M3 pnevmatik tormoz yuritmasi bilan

N 2, N 3, N2׀ , N׀3

Ishchi tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

‎

‎

‎

‎

Tormoz yoʻli, St, m

+

‎

+

‎

+

Sekinlashish, j, m/s²

+

A

+

A‎

+

A

Tormoz tizimining ishga tushish vaqti, τsr, s

‎

‎

+

A

+

A

Tormozlanishdagi turgʻunlik

Harakatning meʼyoriy yoʻlagi, m

+

+

+

+

+

+

Zaxira tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

‎

‎

‎

‎

‎

Tormoz yoʻli, St, m

‎

+

‎

+

‎

+

Sekinlashish, j, m/s²

+

A

+

A‎

+

A

Yordamchi tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

‎

‎

‎

‎

‎

Sekinlashish, j, m/s²

+

+

+

+

+

+

Toʻxtab turish tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

‎

‎

‎

‎

‎

Qiyalik, %

+‎

+‎

+‎

+‎

+‎

+‎

Sekinlashish, j, m/s²

V‎

‎V

V‎

V‎

V‎

V‎

Izohlar:
“+” — ushbu parametr qoʻllanilishini anglatadi.
“A” — ushbu parametr (parametrlar guruhi) tormoz yoʻli St ni nazorat qilish oʻrniga qoʻllanilishini anglatadi.
“V” — ushbu parametr avtotransport vositasi harakatsiz holatda turadigan qiyalikni nazorat qilish oʻrniga qoʻllanilishini anglatadi.

Stendda sinovlar

Tormoz xususiyatlari koʻrsatkichlari

Avtotransport vositasi toifasi

M1, M2, M1' , N1, N1' gidravlik tormoz yuritmasi bilan

M2, M3, N2, N3, N2', N3' pnevmatik tormoz yuritmasi bilan

Ishchi tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

Umumiy solishtirma tormoz kuchi γt

+

+

Tormoz tizimining ishga tushish vaqti τsr, s*

‎

+

Tormozlanishdagi turgʻunlik

Gʻildiraklardagi tormoz kuchlarining notekisligi ΔRt, %

+

+

Zaxira tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

Solishtirma tormoz kuchi γt

+

+

Toʻxtab turish tormoz tizimi

Tormozlanish samaradorligi

Solishtirma tormoz kuchi γt

+

+

Izoh.
* Tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti tsrn ni nazorat qilishga yoʻl qoʻyiladi.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
7-ILOVA
Avtotransport vositasining tormozlanish samaradorligi va turgʻunligini aniqlashda sinov oʻtkazish
SHARTLARI
1. Avtotransport vositasi ballastlash imkoniyatini hisobga olgan holda toʻliq massada sinovdan oʻkaziladi. Avtotransport vositasini ballastlash turli xil maketlardan, uning oʻqlari yoki gʻildiraklarini mexanik yoki avtomatik qoʻshimcha yuklash qurilmalaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin. Sinovlar “sovuq” tormoz mexanizmlarida oʻtkaziladi.
2. Ishchi tormoz tizimi bilan tormozlanganda tirkama boʻgʻinlarining tormozlanish samaradorligi va tormozlanishdagi turgʻunligi avtopoyezd tarkibida tekshiriladi.
3. Tormoz xususiyatlari nazoratidan oʻtayotgan avtotransport vositalarining shinalari quruq va toza boʻlishi kerak. Shina protektori balandligi ruxsat etilganidan kam boʻlmasligi lozim.
4. Stend va yoʻl sinovlari (yordamchi tormoz tizimi sinovlaridan tashqari) dvigatel transmissiyadan ajratilgan holda, shuningdek, avtotransport vositasi konstruksiyasi imkon bersa, qoʻshimcha yetakchi koʻpriklar yuritmalari oʻchirilgan va transmissiya differensiallari blokdan chiqarilgan holda oʻtkaziladi.
5. Yoʻl sinovlari toʻgʻri, tekis, gorizontal, quruq, yuzasida moy, sochiluvchan va boshqa materiallar boʻlmagan sement yoki asfalt-beton qoplamali yoʻlda oʻtkaziladi.
6. Sinovlarni oʻtkazishda ishchi tormoz tizimi bilan tormozlanish boshqaruv elementiga bir marta taʼsir etish orqali shoshilinch toʻliq tormozlanish rejimida amalga oshiriladi. Tormoz tizimi boshqaruv elementini ishga tushirish vaqti 0,2 s dan oshmasligi kerak.
7. Yoʻl sinovlarida ishchi (zaxira) tormoz tizimi bilan tormozlanish jarayonida harakat trayektoriyasini toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi (bu sinovlar xavfsizligini taʼminlash uchun talab etilmasa).
8. Sinovlar vaqtida aniqlanayotgan parametrlar kamida ikki marta oʻlchanadi.
9. Oʻlchash xatoligi quyidagilarni aniqlashda belgilangan miqdordan oshmasligi kerak:
tormoz yoʻli ± 3 %;
trayektoriyadan ogʻish ± 5 %;
tormozlanishning boshlangʻich tezligi ± 1,5 km/soat;
tormoz kuchi ± 5 %;
boshqaruv elementlariga taʼsir kuchi ± 5 %;
tormoz tizimi (yuritmasi)ning ishga tushish vaqti — ± 0,03 s;
sekinlashish ± 4 %;
pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasidagi havo bosimi ± 5 %;avtotransport vositasi massasi ± 3 %.
10. Yoʻl sinovlarida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarining umumiy massasi 25 kg dan oshmasligi kerak.
11. Tormoz xususiyatlarini stendlarda sinashda yuqorida koʻrsatilgan 2, 3, 4, 5, 9, 10-bandlarni hisobga olgan holda stend ishlab chiqaruvchisining texnik hujjatlariga amal qilish lozim. Tormoz stendlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tegishli boʻlinmalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi, ularning yurish barabanlari esa gʻildirak shinalari bilan ilashish koeffitsiyenti kamida 0,6 ± 0,05 boʻlishini taʼminlashi kerak.
“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyich xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentga
8-ILOVA
Texnik koʻriklarda avtotransport vositalarining elementlari, uzellari, tizimlari (obyektlari) va xususiyatlarini nazorat qilish
USLUBLARI

Nazorat qilinadigan obyekt yoki xususiyatlar

Nazorat usullari

ATVdan foydalanish taqiqlanadigan texnik holat

Baholash uchun normativ hujjat

1. Tormoz boshqaruvi

Avtotransport vositasi uzellarining texnik holatini umumiy baholash

Ishchi tormoz tizimini boshqarish uzeli

Detallarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish va ish rejimida sinab koʻrish.

Izoh: kuchaytirgichli tormoz tizimi bilan jihozlangan ATV dvigatel oʻchirilgan holda nazoratdan oʻtkaziladi.

1) Pedal sharniri qattiq harakatlanadi yoki qotib qoladi;

+

2) tormoz pedali sharniri podshipnigi yeyilgan;

3) tormoz pedalining erkin yurishi ortiqcha yoki yetarli emas;

4) pedal dastlabki holatiga qaytmaydi.

Vakuum kuchaytirgich yoki nasos va gidroakkumulyator (gidravlik yuritma uchun)

Dvigatel oʻchirilgan holda tormoz pedalini bir necha marta bosish, dvigatelni ishga tushirish (pedal sezilarli ravishda oldinga siljishi kerak), dvigatelni oʻchirish va pedalni bir necha marta bosish.

1) Tormoz pedali bosilganda havo tortilishi eshitiladi;

2) dvigatel ishga tushirilganda pedal oldinga siljimaydi;

3) dvigatel oʻchirilganda havo (bosim) zaxirasi pedal qattiqlashgunga qadar ikki marta bosishga ham yetmaydi.

‎

Bosh tormoz silindri, ishchi tormoz tizimi konturlarini ajratgich (gidravlik yuritma uchun)

Tormoz tizimi ishga tushirilgan holda uzellarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish.

1) Tormoz suyuqligi sizishi mavjud;

2) bachokda yoriqlar bor, tormoz suyuqligi sathi yetarli emas, bosh tormoz silindri bachogi qopqogʻi yoʻq;

3) tormoz suyuqligining minimal sathi nazorat chirogʻi yonib turibdi yoki nosoz;

4) tormoz tizimi konturlari sozligining nazorat chirogʻi yonib turibdi yoki nosoz;

5) yuritmaning richagli tizimi shikastlangan;

6) tormozlanish yoʻq;

7) bosimni cheklash klapani nosoz.

‎

Toʻxtab turish tormozi, boshqaruv richagi, toʻxtab turish tormozi richagining xrapovik mexanizmi

Tormoz ishga tushirilgan holda qismlarni vizual koʻrikdan oʻtkazish.

1) Richag shkvoreni yoki xrapovik mexanizmi yeyilgan;

2) richagning notoʻgʻri sozlanganini koʻrsatuvchi erkin yurishi mavjud;

3) boshqa modifikatsiyadagi tormoz elementlari oʻrnatilgan.

‎

Kompressor va tizimdagi bosimni rostlash qurilmalari

Tashqi koʻrik oʻtkazish. Dvigatel oʻchirilgan holda bosimning quyi chegarasi signal qurilmasi ishga tushgunga qadar tormoz pedalini bir necha marta toʻliq bosish. Dvigatelni ishga tushirib, havo bosimi meʼyoriy qiymatga yetishi vaqtini oʻlchash. Bosim rostlagichi va saqlagich klapan ishini tekshirish.

1) Korpus shikastlangan;

++

2) moy chiqarib tashlanadi;

3) saqlagich klapan ishga tushmaydi;

4) tizimdagi bosim meʼyorlarga mos emas;

5) tizimdagi havo bosimining eng kam ruxsat etilgan qiymatga yetish vaqti meʼyoriy qiymatdan oshadi.

Bosimning quyi chegarasi datchiklari (pnevmatik yuritma uchun)

Dvigatel oʻchirilgan holda bosimni datchik ishga tushish chegarasigacha pasaytirish va uning sozligini tekshirish.

1) Datchik ishga tushmaydi;

2) nazorat chirogʻi nosoz.

‎

Ishchi tormoz tizimining tormoz krani, qoʻl tormoz krani, boshqaruv klapanlari, bosim rostlagichlari, havo taqsimlash krani (pnevmatik yuritma uchun)

Tormoz tizimi ishga tushirilgan holda uzellarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish, ish rejimida tekshirish.

1) Uzel mahkamlanishi boʻshashgan;

2) tormoz suyuqligi sizadi;

3) shikastlanish yoki havo sizishi mavjud;

4) belgilanmagan modifikatsiyadagi apparatlar bilan almashtirilgan.

‎

Shatakchini tirkama bilan ulash qurilmasi (pnevmatik yuritma uchun)

Ulash qurilmasini ajratish.

1) Ajratish krani nosoz;

2) ulash kallaklari korpusi yoki zichlagichi shikastlangan;

3) resiver mahkamlanishi boʻshashgan yoki uni oʻrnatish joyi va joylashuvi talabga mos emas;

4) havo sizishi mavjud.

‎

Pnevmatik yuritma resiverlari

Tashqi koʻrik, kondensatni toʻkish kranlari sozligini tekshirish.

1) Resiver shikastlangan, korroziyalangan yoki germetik emas;

2) kondensatni toʻkish krani nosoz;

3) resiver mahkamlanishi boʻshashgan yoki oʻrnatish joyi va joylashuvi talabga mos emas;

4) belgilanmagan modifikatsiyadan foydalanilgan.

‎

Tormoz magistrallarining qattiq quvurlari

Tormoz tizimi ishga tushirilgan holda vizual nazorat.

1) Quvurlar yoki birikmalar germetik emas;

2) shikastlanish yoki korroziya;

3) ishlab chiqaruvchi zavod talablariga mos kelmaydigan quvurlar oʻrnatilgan;

4) belgilanmagan modifikatsiyadagi quvurlardan foydalanilgan.

‎

Egiluvchan tormoz shlanglari

Tormoz tizimi ishga tushirilgan holda vizual nazorat.

1) Tormoz shlanglarida yoriqlar, shikastlanishlar, buralish yoki uzunligi yetarli emas;

2) tormoz shlanglari yoki birikmalari germetik emas;

3) bosim ostida shlanglar shishadi.

‎

Shatakchidan avariyaviy ajralganda tirkamani avtomatik tormozlash qurilmasi

Shatakchini tirkama bilan bogʻlovchi tormoz magistrallarini ajratish.

1) Ajratilganda tirkama tormozlari avtomatik ishga tushmaydi.

Pnevmatik yuritmaning germetikligi

Tormoz tizimi boshqaruv organlari erkin holatda turganda 30 ± 1 daqiqa ichida va boshqaruv organlari ishga tushirilgandan keyin 15 ± 0,5 daqiqa ichida tizimdagi havo bosimi pasayishini oʻlchash. Havo bosimining pasayishi harakatsiz ATVda nazorat chiqishlariga yoki ulash kallagiga manometrlar yoxud elektron oʻlchagichlarni ulash orqali nazorat qilinadi.

1) Tekshiruvlardan kamida birida havo bosimining pasayishi ruxsat etilgan meʼyorlardan oshadi.

++

Tormoz kuchlari rostlagichlari (TKR)

Tormoz tizimi ishga tushirilgan holda detallarni vizual nazorat qilish. TKR chiqishidagi bosimni toʻliq yuklangan va jihozlangan holatga mos pozitsiyalarda oʻlchash (faqat mexanik boshqaruvli ATV uchun).

1) Richagli mexanizm nosoz yoki notoʻgʻri sozlangan;

+

2) rostlagich qotib qoladi yoki ishga tushmaydi;

3) konstruksiyada nazarda tutilgan boʻlsa, TKR yoʻq;

4) chiqishdagi bosim meʼyorga mos emas.

Antiblokirovkalash qurilmasi (ABS)

Shatakchi va tirkamalar ABS signal qurilmasi ishini vizual nazorat qilish.

1) ATV tormozlanganda va uning tezligi (15 ± 1) km/soatdan pastga tushganda signal qurilmasi yonadi;

2) ATV toʻxtagandan keyin signal qurilmasi oʻchmaydi.

‎

Motor sekinlashtirgichi (agar konstruksiyada nazarda tutilgan boʻlsa)

Vizual nazorat**.

1) Patruboklar birikmasi ishonchsiz;

2) tizimda yaqqol nosozlik mavjud.

‎

Friksion tormoz qoplamalari, kolodkalar

Vizual nazorat (imkon qadar).

1) Qoplamalar chegaraviy darajada yeyilgan;

+

2) moylash materiallari, tormoz suyuqligi va h.k. bilan ifloslangan;

3) “shishalanish” — yuqori harorat taʼsirida qoplama yuzasi tuzilishining oʻzgarishi.

Tormoz barabanlari, tormoz disklari.

Vizual nazorat.

1) Chegaraviy yeyilish, chuqur tirnalishlar, yoriqlar, uchib ketgan joylar mavjud;

2) baraban yoki disk moylash va boshqa materiallar bilan ifloslangan.

‎

Tormoz troslari, tyagalar, richagli mexanizmlar

Ish rejimida tekshirish.

1) Troslar shikastlangan yoki buralgan;

2) korroziya yoki tros qobigʻi shikastlanishi natijasida trosning qobiq ichida harakatlanishi qiyinlashgan;

3) mexanizm detallari yeyilgan;

4) detallar birikmasi ishonchsiz.

‎

Tormoz mexanizmlari yuritmalari (energoakkumulyatorlar yoki gidravlik silindrlarni qoʻshgan holda)

Ish rejimida vizual nazorat.

1) Yuritma detallarida yoriqlar yoki shikastlanishlar;

2) yuritma germetik emas;

3) yuritma mahkamlanishi boʻshashgan yoki notoʻgʻri oʻrnatilgan;

4) detallar korroziyalangan;

5) tormoz kameralari, silindrlar yoki ishchi porshen shtoklarining yurishi ortib ketgan;

6) changdan himoya qoplamasi shikastlangan.

‎

Sekinlashtirish tizimi (agar oʻrnatilgan yoki talab etilsa)

Vizual koʻrik.

1) Ulash patruboklari yoki qurilma elementlari mahkamlanishi boʻshashgan; 2) tizimda yaqqol nosozlik mavjud.

‎

Tormoz xususiyatlarini nazorat qilish

Ishchi tormoz tizimi bilan tormozlanganda ATVning tormoz xususiyatlari

a) Yoʻl sinovlari

Nazorat asosan stend sinovlari usulida, zarur jihozlar boʻlmagan holda esa yoʻl sinovlari usulida amalga oshiriladi. Bunda tormoz tizimining vaqt tavsiflari (faqat pnevmatik tormoz yuritmali ATV uchun), koʻrsatuvchi yoki qayd etuvchi deselerometr yordamida tormozlanish samaradorligi va ATVning meʼyoriy harakat yoʻlagi chegarasida tormozlanishdagi turgʻunligi baholanadi. ATV 13,88 m/s (50 km/soat) tezlikkacha tezlashtiriladi, shundan soʻng ATV toʻliq toʻxtagunga qadar ishchi tormoz tizimi bilan shoshilinch tormozlanish amalga oshiriladi.

1) Tormozlanish samaradorligi belgilangan talablarga mos emas;

2) pnevmatik tormoz yuritmasi yoki tormoz tizimining ishga tushish vaqti ruxsat etilganidan oshadi;

3) tormoz disklari deformatsiyasi yoki tormoz barabanlarining ellipsligi tufayli tormoz kuchi tebranadi;

+

4) ATV meʼyoriy harakat yoʻlagi chegarasidan chiqib ketadi;

++

5) boshqaruv organidagi kuch meʼyordan oshadi.

++

b) Stend sinovlari

Gʻildiraklardagi tormoz kuchlarini tekshirish uchun ATV barcha oʻqlari bilan navbatma-navbat stendga oʻrnatiladi. Oʻq stendga oʻrnatilganda gʻildiraklar bloklangunga yoki boshqaruv organida meʼyoriy kuchga erishilgunga qadar ravon tormozlanish amalga oshiriladi. Sinov davomida barcha gʻildiraklarning tormoz kuchlari, aylantirish kuchlari va tormoz kuchining tebranishlari oʻlchanadi. Agar stendlar nazorat qilinayotgan gʻildiraklarga toʻgʻri keladigan ATV massasini oʻlchashni taʼminlamasa, oldindan vazn oʻlchash qurilmalari yoki ATV massasi haqidagi maʼlumotnoma maʼlumotlaridan foydalaniladi. Soʻng solishtirma tormoz kuchi koʻrsatkichlari va oʻq tormoz kuchlarining nisbiy farqi hisoblanadi. Pnevmatik yuritmali ATV tormoz tizimining ishga tushish vaqtini oʻlchash uchun boshqaruv kranidan eng uzoqdagi oʻq shoshilinch rejimda qoʻshimcha tormozlanadi.

1) Bir yoki bir nechta gʻildirakda solishtirma tormoz kuchi yetarli emas;

++

2) ATVning solishtirma tormoz kuchi meʼyordan kam;

++

3) bir oʻq gʻildiraklari tormoz kuchlari farqi ruxsat etilganidan oshadi;

++

4) tormoz kuchini ravon oʻzgartirish imkoni yoʻq;

5) gʻildiraklarni aylantirish kuchlari yoki tormoz kuchi tebranishlari ruxsat etilganidan oshadi;

+

6) tormoz tizimining ishga tushish vaqti ruxsat etilganidan oshadi.

++

ATVning zaxira tormoz tizimi bilan tormozlanish samaradorligi

ATV tormozlanish samaradorligi

Nazorat asosan ATVni stendda sinash usulida yoki tormoz xususiyatlarini nazorat qilish usullariga oʻxshash tarzda yoʻl sinovlari usulida amalga oshiriladi.

1) Solishtirma tormoz kuchi yetarli emas yoki tormoz yoʻlining ruxsat etilgan parametrlari oshgan.

2) Tormoz kuchini ravon oʻzgartirish imkoni yoʻq.

‎‎++

Yordamchi tormoz tizimi samaradorligini nazorat qilish

Toʻxtab turish tormoz tizimi samaradorligi

Tekshiruv yoʻlda (25 — 35) km/soat tezlik oraligʻida yordamchi tormoz tizimi bilan tormozlash orqali amalga oshiriladi, bunda dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi ruxsat etilgan qiymatlardan oshmasligini taʼminlaydigan uzatma ulanadi.

1) Belgilangan tormozlanish samaradorligi taʼminlanmaydi;

++

2) tormoz kuchini bosqichma-bosqich oʻzgartirish imkoni yoʻq;

3) ATV meʼyoriy harakat yoʻlagi chegarasidan chiqadi.

Toʻxtab turish tormozi samaradorligini nazorat qilish

Toʻxtab turish tormoz tizimi samaradorligi

Nazorat mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: — toʻxtab turish tormoz tizimini belgilangan tiklikdagi qiyalikda tekshirish; — yoʻl sinovlari usulida; — stend sinovlari usulida. a) Qiyalikda tekshirish. ATV belgilangan qiymatdagi qiyalikka oʻrnatiladi va boshqaruv organida belgilangan kuch bilan toʻxtab turish tormoz tizimi orqali tormozlanadi. b) Yoʻlda yoki stendda tekshirish. Toʻxtab turish tormoz tizimi bilan tormozlanadi va sekinlashish yoki solishtirma tormoz kuchi aniqlanadi.

Toʻxtab turish tormoz tizimi ATVning harakatsiz holatini taʼminlamaydi;

1) belgilangan tormozlanish samaradorligi taʼminlanmaydi;

++

2) ATVning bir tomonidagi tormoz ishga tushmaydi.

++

2. Rul boshqaruvi

Texnik holatni umumiy baholash

Rul gʻildiragi va rul kolonkasi

Rul gʻildiragi holatini vizual tekshirish. Rul gʻildiragini uning oʻqiga toʻgʻri burchak ostida turli tomonlarga va oʻq boʻylab silkitish. Boʻylama va koʻndalang lyuft mavjudligini baholash. Rul kolonkasining egiluvchan birikmalari va sharnirlarida lyuft bor-yoʻqligini hamda ularning holatini vizual tekshirish.

1) Rul gʻildiragi rul valiga ishonchsiz mahkamlangan;

2) rul gʻildiragining holati qoniqarsiz;

3) rul gʻildiragida oʻq boʻylab yoki koʻndalang lyuft mavjud;

4) egiluvchan birikmalar detallari yeyilgan.

‎

Rul mexanizmi va rul yuritmasi

Avtomobilni koʻrik chuquriga oʻrnatish yoki boshqariluvchi gʻildiraklarning yuklangan holatini taʼminlaydigan koʻtargich yordamida koʻtarish; a) rul gʻildiragini soat mili yoʻnalishi boʻyicha va unga qarshi silkitib, rul mexanizmi karteri mahkamlanishini hamda rul yuritmasi detallari va birikmalari holatini vizual baholash; b) boshqariluvchi gʻildiraklarni osib qoʻyib, rul gʻildiragini bir chekkadan ikkinchi chekkagacha aylantirish va rul mexanizmi ishini baholash; v) boshqariluvchi gʻildiraklarni tayanch yuzasiga tushirish (rul gidrokuchaytirgichli avtomobillarda dvigatelni ishga tushirish), rul gʻildiragini bir chekkadan ikkinchi chekkagacha aylantirib, yuritma ishini baholash.

1) Rul mexanizmi ogʻir aylanadi;

2) rul mexanizmi karteri mahkamlanishi boʻshashgan, tayanch yuzasida yoriqlar bor;

3) shassida rul mexanizmi mahkamlash boltlari teshiklari kengayib ketgan;

4) sharnirlar yeyilgan;

5) mustahkam mahkamlanishi kerak boʻlgan detallar orasida lyuft bor;

6) stoporlash qurilmalari yoʻq;

7) rul yuritmasi qoʻshni uzel yoki detallarga tegadi;

8) boshqariluvchi gʻildiraklar burilish cheklagichlari nosoz;

9) gidrokuchaytirgich tizimidan suyuqlik sizadi;

10) suyuqlik sathi past;

11) gidrokuchaytirgich mexanizmi ishlamaydi.

‎

Rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni nazorat qilish

Rul boshqaruvidagi umumiy lyuft

Avtomobilning boshqariluvchi gʻildiraklari tayanch yuzasida toʻgʻri chiziqli harakat holatida turishi kerak. Gʻildiraklarni burmasdan rul gʻildiragini soat mili yoʻnalishi boʻyicha va unga qarshi yengil silkitish. Rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni oʻlchash. Umumiy lyuftni oʻlchashdagi eng katta ruxsat etilgan xatolik 1° dan oshmasligi kerak.

Rul boshqaruvidagi umumiy lyuft ruxsat etilgan qiymatdan oshadi.

++

3. Koʻrinish imkoniyati

Koʻrish zonasi

Vizual nazorat va maxsus asbob bilan tekshirish.

Haydovchining koʻrish zonasida ATVning old va yon tomonlarini koʻrishni yomonlashtiradigan begona buyumlar mavjud.

‎

Old, yon va orqa oynalar

Vizual nazorat va yorugʻlik oʻtkazuvchanligini oʻlchash uchun maxsus asbob bilan tekshirish.

1) Old oynada yoriqlar mavjud;

2) old, yon va orqa oynalar qoraytirilgan (old oynaning yuqori qismidagi rangli plyonka tasmasi bundan mustasno);

3) oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligi meʼyorga mos emas.

‎

Old oynani havo bilan puflash va isitish qurilmalari

Ish rejimida tekshirish.

1) Boshqaruv krani qotib qoladi yoki nosoz;

2) oynaga havo puflanmaydi va u isitilmaydi.

‎

Orqani koʻrish koʻzgulari

Vizual koʻrik.

1) Koʻzgular soni va turi amaldagi talablarga mos emas;

‎++‎

2) koʻzguning oʻrnatilgan joyi va joylashuvi amaldagi talablarga mos emas;

3) koʻzgu ishonchsiz mahkamlangan.

+

Oyna tozalagichlar

Vizual nazorat va ish rejimida tekshirish. Elektr yuritmali oyna tozalagichlarni tekshirishda uzoqni yoritish faralari yoqilgan boʻlishi kerak. Dvigatel eng past barqaror aylanishlarda ishlashi lozim.

1) Oyna tozalagichlar nosoz;

2) oyna tozalagich choʻtkalari yoʻq yoki haddan tashqari yeyilgan;

3) choʻtkalar tozalaydigan zona yetarli emas, oynani tozalash sifati qoniqarsiz;

4) choʻtkalar harakatining maksimal chastotasi meʼyordan kam.

++

Oyna yuvgichlar

Vizual nazorat va ish rejimida tekshirish.

1) Oyna yuvgichlar nosoz;

2) soplodan chiqqan suyuqlik oyna tozalagich tozalaydigan zonaga tushmaydi.

‎

4. Tashqi yoritish asboblari

Faralar

‎

‎

‎

a) Holati va ishlashi

Vizual nazorat, faralarning ishlashi va yorugʻlik kuchini tekshirish.

1) Choʻgʻlanma lampalar kuygan;

2) faralar amaldagi talablarga mos emas;

3) qaytargichlar korroziyalangan yoki ifloslangan;

4) fara oynasi teshib shikastlangan;

5) faralar ishonchsiz mahkamlangan;

6) faralarda begona moddalar (suyuqliklar) mavjud.

‎

b) Sozlash

Faralar yaqin va uzoq yorugʻlik nurlarining gorizontal va vertikal yoʻnalishini fara yorugʻligi yoʻnalishini aniqlash asbobi yoki maxsus belgilab qoʻyilgan ekran yordamida aniqlash.

Fara yorugʻlik nurining yoʻnalishi amaldagi talablarga mos emas.

++‎

v) Almashtirib ulash

Vizual nazorat va ishlashini tekshirish.

1) Yorugʻlik almashtirgichi nosoz;

2) uzoq yorugʻlik nazorat chirogʻi yonmaydi;

3) bir vaqtda yoqilishi mumkin boʻlgan tashqi chiroqlar kombinatsiyasi talablarga mos emas.

++

Burilish koʻrsatkichlari

Vizual nazorat va maxsus asbob bilan tekshirish.

1) Choʻgʻlanma lampalar nosoz;

2) yorugʻlik tarqatgichlar shikastlangan;

3) mahkamlanishi ishonchsiz;

4) joylashuvi, rangi yoki yorugʻlik kuchi talablarga mos emas;

++

5) miltillash chastotasi talablarga mos emas;

6) avariya signalizatsiyasi ishlamaydi.

++

Podfarniklar, orqa gabarit chiroqlari, stop-signallar, yon signal chiroqlari, orqaga yurish chiroqlari, orqa davlat raqami belgisini yoritish.

Vizual nazorat va maxsus asbob bilan tekshirish.

1) Choʻgʻlanma lampalar nosoz;

2) fonarlar ishonchsiz mahkamlangan;

3) yorugʻlik tarqatgichlar shikastlangan; 4) rang, holat yoki yorugʻlik kuchi talablarga mos emas;

5) yorugʻlik tarqatgich yoki lampada yorugʻlik kuchini kamaytiradigan yoki rangini oʻzgartiradigan moddalar mavjud.

++

Old tumanga qarshi faralar va orqa tumanga qarshi fonarlar

Vizual nazorat va maxsus asbob bilan tekshirish.

1) Choʻgʻlanma lampalar nosoz;

2) yorugʻlik tarqatgichlar nosoz;

3) qaytargichlar korroziyalangan;

4) faralar ishonchsiz mahkamlangan;

5) faralarni oʻrnatish yoki ularning kommutatsiyasi talablarga mos emas.

++

Yorugʻlik qaytargichlar, yon qaytargichlar, orqa tanish belgisi markirovkasi.

Vizual nazorat.

1) Mahkamlanishi ishonchsiz;

2) qaytargichlar shikastlangan;

3) joylashuvi yoki rangi talablarga mos emas.

+

5. Elektr uskunalari

Akkumulyator batareyasi

Vizual nazorat.

1) Mahkamlanishi ishonchsiz;

2) elektrolit sizishi;

3) massa oʻchirgichi yoʻq (agar konstruksiyada nazarda tutilgan boʻlsa).

‎

Elektr simlari

Vizual nazorat. ATV koʻrik chuquriga oʻrnatiladi yoki koʻtarish mexanizmi yordamida koʻtariladi.

1) Mahkamlanishi ishonchsiz;

2) izolyatsiya yeyilgan yoki shikastlangan.

‎

Tortuvchi va tirkama (yarimtirkama) oʻrtasidagi elektr birikmalari

Vizual nazorat.

1) Rozetka shikastlangan yoki yoʻq;

2) izolyatsiya shikastlangan.

‎

6. Oʻqlar, gʻildiraklar, shinalar

Oʻqlar, oʻq balkalari

Vizual nazorat.

1) Oʻqda yoriqlar yoki deformatsiya;

2) oʻq transport vositasiga ishonchsiz mahkamlangan.

‎

Burilish sapfalari, kulaklar

Vizual nazorat, osib qoʻyilgan gʻildirakni vertikal va yon yoʻnalishlarda silkitish orqali tayanchlardagi lyuftni tekshirish.

1) Burilish sapfasida yoriq yoki deformatsiya;

2) vtulkalar yoki sharli tayanchlar yeyilgan;

3) shkvoren oʻq vilkasiga boʻsh mahkamlangan.

‎

Gʻildiraklar

Har bir gʻildirakning ikki tomonini vizual nazorat qilish, bunda ATV koʻrik chuquriga yoki koʻtargichga oʻrnatiladi. Gʻildirak disklari va obodlarini mahkamlash boltli birikmalari hamda detallarini urib koʻrish.

1) Gʻildirakni mahkamlash gayka yoki boltlari yoʻq yoki boʻshashgan;

2) obod yoki diskda yoriqlar yoki payvandlash nuqsonlari bor;

3) obodda chuqur botiqlar bor;

4) qulf halqalari ishonchsiz oʻrnatilgan;

5) gʻildirak sezilarli qiyshaygan.

‎

Shinalar

Shinalardagi bosimni oʻlchash. Nazorat shina manometrlari bilan amalga oshiriladi. Barcha shinalarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish, gʻildiraklar koʻtarish mexanizmi yordamida osib qoʻyilishi kerak. Shina protektorining qoldiq balandligini maxsus shablonlar, asboblar yoki chizgʻich yordamida oʻlchash.

1) Shinalar yuk koʻtarish qobiliyati yoki tezlik tavsifi boʻyicha mos emas;

2) bir oʻqqa oʻrnatilgan yoki qoʻshaloq gʻildirak tarkibidagi shinalarning oʻlchami, turi, konstruksiyasi yoki protektor naqshi turlicha;

3) shina shikastlangan yoki kesilgan;

4) shinalardagi bosim meʼyoriy qiymatlarga mos emas;

5) shina protektorining qoldiq balandligi ruxsat etilgan meʼyordan kam;

6) yengil avtomobillar va avtobuslarning old oʻqlarida protektori tiklangan yoki mahalliy shikastlari taʼmirlangan shinalar mavjud;

+

7) shina yuzasi ATVning boshqa elementlariga ishqalanadi.

++

7. Osma

Ressoralar, prujinalar, pnevmoballonlar

Tashqi koʻrik.

1) Uzel shassi, oʻq yoki osma elementlariga ishonchsiz mahkamlangan;

2) shikastlanishlar yoki yoriqlar;

3) pnevmoballon germetik emas.

‎

Amortizatorlar

Tashqi koʻrik, imkon boʻlsa maxsus jihoz yordamida ishlashini tekshirish.

1) Amortizator ishonchsiz mahkamlangan;

2) amortizator shikastlangan yoki sizadi.

‎

Osmaning yoʻnaltiruvchi apparati

Vizual nazorat.

1) Detallar ishonchsiz mahkamlangan;

2) detallarda shikastlanish yoki yoriqlar mavjud.

‎

Sharnirli birikmalar

Vizual nazorat.

1) Saylentblok vtulkalari, sharli tayanchlar yeyilgan;

2) sharli tayanchlarda changdan himoya gʻilofi yoʻq yoki shikastlangan.

‎

8. Shassi

Rama, kuzovning yuk koʻtaruvchi elementlari

Vizual nazorat.

1) Rama yoki yuk koʻtaruvchi elementlarda yoriqlar yoki deformatsiya;

2) birikmalar ishonchsiz;

3) mustahkamlikni pasaytiruvchi korroziya.

‎

Bamperlar, yon himoya va orqa qaytishga qarshi qurilma

Vizual nazorat.

1) Jarohatga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ishonchsiz mahkamlanish yoki shikastlanish;

2) yon himoya yoki orqa qaytishga qarshi qurilmalar amaldagi talablarga mos emas.

‎

Zaxira gʻildirak kronshteyni

Vizual nazorat.

1) Kronshteynda yoriqlar yoki deformatsiya;

2) zaxira gʻildirak ishonchsiz mahkamlangan.

‎

Tirkash qurilmalari

Yeyilish darajasi va saqlagich qurilmalar mavjudligini aniqlash maqsadida vizual nazorat.

1) Detallar chegaraviy darajada yeyilgan;

2) tirkash qurilmasi ramaga ishonchsiz mahkamlangan;

3) saqlagich qurilmalar yoʻq yoki nosoz.

++‎

Kardan vali

Vizual nazorat.

1) Mahkamlash detallari boʻshashgan yoki yoʻq;

2) kardan vali shikastlangan yoki egilgan;

3) transmissiyaning himoya elementlari yoʻq yoki shikastlangan;

4) kardan vali podshipniklari yeyilgan.

‎

Yarimtirkamalarning tayanch qurilmalari

Vizual nazorat, tayanchlarni koʻtarish, tushirish va mahkamlash mexanizmlari ishlash qobiliyatini tekshirish.

1) Mahkamlash detallari boʻshashgan yoki yoʻq;

2) tayanchlarni koʻtarish va tushirish mexanizmi qotib qoladi;

3) ATV harakatlanganda tayanchlar oʻz-oʻzidan tushib ketadi.

‎

9. Kabina va kuzov

Umumiy holati va oʻrnatilishi

Vizual nazorat.

1) Jarohatga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan, mustahkam mahkamlanmagan yoki shikastlangan kuzov paneli;

2) kuzov ustunlarida yoriqlar;

3) salon germetik emas, motor boʻlimi yoki dvigatel chiqarish tizimidan gazlar kirishi mumkin;

4) kuzov yoki kabina ramaga ishonchsiz yoki geometrik jihatdan notoʻgʻri mahkamlangan;

5) kuzovning yuk koʻtaruvchi elementlari korroziyalangan;

6) yuk kuzovi bortlari qulflari nosoz.

‎

Eshiklar va eshik qulflari

Vizual nazorat.

1) Eshik yomon ochiladi yoki yopiladi;

2) eshik yopiq holatda turmaydi;

3) eshik ilgaklari va qulflari yeyilgan.

‎

Pol qoplamasi

Koʻrik chuqurida vizual nazorat.

Pol qattiq yeyilgan yoki ishonchsiz mahkamlangan.

‎

Oʻrindiqlar

Vizual nazorat.

1) Haydovchi oʻrindigʻi yomon mahkamlangan, kreslo holatini sozlash mexanizmi ishlamaydi;

2) yoʻlovchi oʻrindiqlari nosoz yoki ishonchsiz mahkamlangan.

‎

Kabina zinapoyalari

Vizual nazorat.

Zinapoyalar ishonchsiz mahkamlangan yoki ularning holati jarohatga sabab boʻlishi mumkin.

‎

Loy toʻsgichlar

Vizual nazorat.

1) Yoʻq yoki yomon mahkamlangan;

2) loy toʻsgich bilan gʻildirak orasidagi masofa yetarli emas.

‎

10. Atrof-muhitga taʼsir bilan bogʻliq dvigatellar va tizimlar

Ishlatilgan gazlar. Uchqun bilan oʻt oldiriladigan dvigatellar (benzinli, gazli)

Amaldagi talablarga muvofiq ishlatilgan gazlardagi zaharli moddalar miqdorini oʻlchash.

1) Ishlatilgan gazlarning har qanday zaharli komponenti eng yuqori ruxsat etilgan meʼyordan oshgan;

2) ishlatilgan gazlar zaharliligini kamaytirish jihozi nosoz.

‎

Siqilishdan oʻt oladigan dvigatellar (dizel)

Ishlatilgan gazlarning tutunlashishini oʻlchash.

Ishlatilgan gazlarning tutunlashishi ruxsat etilgan meʼyorlardan oshadi.

‎

Yoqilgʻi baki, quvurlar va yoqilgʻi apparaturasi

Vizual nazorat.

1) Bak yoki quvurlar ishonchsiz mahkamlangan yoki shikastlangan;

2) quyish boʻgʻzi qopqogʻi germetik emas yoki yoʻq;

3) bakdan, birikmalardan yoki yoqilgʻi apparaturasi qurilmalaridan yoqilgʻi sizadi;

4) gaz apparaturasiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilinmaydi.

‎

Chiqarish quvurlari va soʻndirgichlar

Vizual nazorat.

1) Chiqarish tizimi ishonchsiz mahkamlangan, quvur birikmalari va soʻndirgichlar germetik emas;

2) chiqindi gazlar kabina yoki yoʻlovchilar saloniga kiradi.

‎

11. Boshqa uskunalar

Xavfsizlik kamarlari

Vizual nazorat.

1) Xavfsizlik kamarlari yoʻq yoki shikastlangan;

2) kamarning inersion mexanizmi nosoz.

‎

Oʻt oʻchirgich

Vizual nazorat.

1) Yoʻq yoki oʻt oʻchirgichlar soni talablarga mos emas;

2) plomba yoʻq yoki yaroqlilik muddati oʻtgan.

‎

Avariya holatida toʻxtash belgisi

Vizual nazorat.

Yoʻq yoki talablarga mos emas.

‎

Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish aptechkasi

Vizual nazorat.

Yoʻq yoki talablarga mos emas.

‎

Tovushli signalizatsiya tizimi

Vizual nazorat va ishlashini tekshirish.

1) Tovush signali ishlamaydi;

2) boshqaruv organi aniq ishlamaydi.

‎

Spidometr

Yoʻl sinovida tekshirish.

1) Ishlamaydi;

2) yoritgichi nosoz.

‎

Taxograf (agar ATVga oʻrnatish normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa)

Vizual nazorat.

1) Taxograf ishlamaydi;

2) plombalar yoʻq yoki buzilgan;

3) kalibrlash tablichkasi yoʻq yoki navbatdagi nazorat muddati oʻtgan;

4) uning ishiga aralashilganlik belgilari mavjud.

‎

12. Avtobuslar uchun qoʻshimcha nazorat

Eshiklar

Vizual nazorat, ishlashini tekshirish.

1) Nosoz yoki qattiq yeyilgan;

2) eshiklarni avariyaviy ochish tizimi ishlamaydi.

‎

Avariyaviy chiqishlar

Vizual nazorat, ishlashini tekshirish.

1) Nosoz; 2) markirovka yoʻq yoki oʻqib boʻlmaydi.

‎

Yoʻlovchilar oʻrindiqlari

Yoʻlovchilar oʻrindiqlari.

1) Oʻrindiqlar nosoz yoki ishonchsiz mahkamlangan;

2) oʻrindiqlarning konstruksiyasi yoki joylashuvi oʻzgartirilgan;

3) yigʻiladigan oʻrindiqni mahkamlash mexanizmi ishlamaydi.

‎

Haydovchi oʻrindigʻi (qoʻshimcha talablar)

Vizual koʻrik.

1) Quyoshdan himoya soyaboni yoki koʻzni qamashtirishga qarshi filtr kabi maxsus moslamalar nosoz;

2) haydovchining himoyasi ishonchsiz.

‎

Yoʻlaklar, tik turgan yoʻlovchilar uchun joylar

Vizual nazorat.

1) Tutqichlar shikastlangan yoki ishonchsiz mahkamlangan;

2) polning holati qoniqarsiz.

‎

Zinalar va pogʻonalar

Vizual nazorat.

Yeyilgan holat.

‎

Ventilyatsiya tizimi

Vizual koʻrik va ishlashini tekshirish.

Nosoz ishlaydi.

‎

Ichki yoritish qurilmalari va yoʻnalish koʻrsatilgan tablichka

Vizual koʻrik va ishlashini tekshirish.

Qurilma nosoz yoki amaldagi talablarga mos emas.

‎

Yoʻlovchilar uchun aloqa tizimi

Vizual koʻrik.

1) Signal shikastlangan;

2) toʻxtashni talab qilish signali yoki haydovchi uchun ogohlantirish qurilmasi shikastlangan.

‎

+ ATV ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasi.
++ Umumiy texnik reglament.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 298-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)