OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(1-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer umummilliy boylikdir, Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
(2-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
Qarang: mazkur Kodeksning 40-moddasi birinchi qismi 3, 7-bandlari, 79-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi birinchi qismi, 16, 17-moddalari.
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 48-moddasining 1, 2-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash;
Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI boʻlimi (Yer soligʻi).
yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 16-moddasi.
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini taʼminlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
Qarang: mazkur Kodeksning 17 — 20, 24-moddalari.
yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlash;
Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi).
yerlarning holati haqidagi axborotning toʻliq boʻlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilishini taʼminlash.
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi ikkinchi qismi, 15-moddasi beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 23, 24-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Togʻ, oʻrmon va suv bilan bogʻliq munosabatlar, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Oʻrmon toʻgʻrisida”(yangi tahriri)gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida normativ hujjatlar qabul qilish;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi oʻtkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi OʻRQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining ikkinchi qismi, 13-moddasining uchinchi qismi, 14-moddasi uchinchi qismi, 15-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi, 24-moddasi ikkinchi, oʻninchi qismlari, 25-moddasi uchinchi qismi, 36-moddasi toʻrtinchi qismi, 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 45-moddasi uchinchi qismi, 87-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, 28-moddasi toʻrtinchi qismi, 41-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, 11-moddasi ikkinchi qismi, 13 moddasi uchinchi qismi, 20-moddasi ikkinchi qismi, 23-moddasi ikkinchi qismi.
5-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
(5-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, 33-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini, davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish;
(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
7-modda. Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini, davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish;
(7-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
2-BOB. YER FONDI
8-modda. Yer fondi toifalari
Oʻzbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq turlarga boʻlinadi;
(8-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi.
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 68-moddalari.
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 71 — 74-moddalari.
(8-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar;
Qarang: mazkur Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismi, 75-moddasi.
(8-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi.
7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi.
8) zaxira yerlar.
Qarang: mazkur Kodeksning 78-moddasi.
9-modda. Yerlarni toifalarga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish
Yerlar asosiy foydalanish maqsadiga qarab yer fondi toifalariga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni koʻzlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash yoʻli bilan aniqlashtiriladi.
Yer uchastkalarining huquqiy rejimi ularning yer fondining muayyan toifasiga mansubligidan va ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga oʻtkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi oʻzgargan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni yer fondi toifalariga boʻlish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mustasno.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish ushbu modda oltinchi qismining talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish esa ushbu Kodeksning 441-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualarini va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalarini, savdo-koʻngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda yer toifasini boshqa toifaga oʻzgartirish uchun asos boʻladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17 martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Egalikda, foydalanishda yoki ijarada boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish mazkur yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganidan keyin va ular takroran berilguniga (realizatsiya qilinguniga) qadar amalga oshiriladi, bundan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar qonunda belgilangan tartibda eʼtirof etilgan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish hollari mustasno.
Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatlarda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishini belgilovchi hujjatlarda hamda davlat yer kadastri hujjatlarida, shuningdek Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirmalarda koʻrsatiladi.
(9-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 15, 33-moddalari.
Yerlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazishning belgilangan tartibini buzish bunday oʻtkazish faktlarini gʻayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etishga asos boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasi.
10-modda. Yer uchastkasi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir.
Qarang: mazkur Kodeksning 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning oʻzida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning oʻzida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Yer uchastkasi boʻlinadigan va boʻlinmaydigan boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirmagan va yongʻinga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga boʻlish mumkin boʻlgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil boʻlgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin boʻlgan yer uchastkasi boʻlinadigan yer uchastkasi hisoblanadi.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga koʻra mustaqil yer uchastkalariga boʻlinishi mumkin boʻlmagan yer uchastkasi boʻlinmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi.
(10-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi, 62-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
21-bob. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari, ularni oʻzgartirish tartibi va ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qatʼi nazar yer uchastkalaridan foydalanish
101-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari yer uchastkasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyatning yoʻl qoʻyiladigan turlaridir.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari bilan asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turi sifatida belgilanadi.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq koʻrsatiladi.
102-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasi qaysi faoliyatni yuritish maqsadlari uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha faoliyatning asosiy turini aks ettiradi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
103-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkasidagi faoliyat turi boʻlib, uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish va shaharsozlik reglamentida belgilangan shartlarga rioya etish talab qilinadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
104-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga yoki yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga nisbatan qoʻshimcha hisoblanadigan, mustaqil boʻlishi mumkin boʻlmagan va faqat ushbu turlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan yer uchastkasidagi faoliyat turidir.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi.
Ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlariga muvofiq foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni mazkur yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turiga muvofiq foydalaniladigan maydonidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy (shartli ruxsat etilgan) va yordamchi turlarining chegaraviy nisbati har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
105-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini oʻzgartirish tartibi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uning huquq egasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun ariza davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turini oʻzgartirish uning huquq egasi tomonidan shaharsozlik reglamentida nazarda tutilgan yordamchi turlar orasidan faoliyat turlarini tanlash yoʻli bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
106-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartibi
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uning huquq egasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga doir ariza davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma jamoatchilik muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining qarorlariga asosan beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament, shu jumladan yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning ayrim turlariga ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda toʻlov undirilishi mumkin.
107-modda. Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qatʼi nazar yer uchastkalaridan foydalanish
Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qatʼi nazar yer uchastkasidan:
geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini servitut shartlarida joylashtirish;
muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish;
binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun zarur boʻlgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruksiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish;
shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joylashtirish;
yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
3-BOB. YER TUZISH
11-modda. Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish
Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda boʻlinishidir.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xoʻjalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining topshirigʻiga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda ichki xoʻjalik yer tuzish turlariga boʻlinadi.
Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;
2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;
3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.
(12-modda toʻrtinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Xoʻjaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:
1) joyning oʻzida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;
(12-modda beshinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
5) yer uchastkalarini naturada (joyning oʻzida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;
6) yangi yerlarni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, koʻchkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish boʻyicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;
7) barcha yerlarni roʻyxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;
8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;
9) yerlarni baholash tadbirlarini oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan oʻzaro bogʻliq qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining maʼmuriy chegaralari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli boʻlgan hollarda, ularning chegaralarini oʻzgartirish masalalari maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilash tartibida hal qilinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi OʻRQ-635-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning oʻziga) koʻchirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki xoʻjalik yer tuzish turi qishloq xoʻjaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xoʻjalik negizida belgilab olishni, qishloq xoʻjalik ekinlarini va koʻp yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xoʻjalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bogʻlar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni), shuningdek sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni oʻz ichiga oladi.
(12-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Ichki xoʻjalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi boʻlgan mualliflik nazorati olib boriladi.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yoʻnalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
13-modda. Yer tuzish loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning oʻzida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga moʻljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalari esa viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga oʻzgartirishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi. Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarining turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer tuzishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi organlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xoʻjalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
14-modda. Yer monitoringi
Yer monitoringi yer tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan taʼminlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisida nizom”.
15-modda. Davlat yer kadastri
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat koʻrsatkichlari va bahosi, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari, yer uchastkalarining joylashgan manzili va oʻlchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
Davlat yer kadastri Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, xoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangandir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi.
Davlat yer kadastrining maʼlumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qoʻyishda, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini oʻtkazishda, xoʻjalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 23-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yoʻnalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini roʻyxatga olish bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(15-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-BOB. YERGA BOʻLGAN MULKCHILIK, YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNING YER UCHASTKALARIGA BOʻLGAN HUQUQLARI
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yerga boʻlgan mulkchilik
Oldingi tahrirga qarang.
Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, mazkur Kodeksning 18-moddasi, 90-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 170-moddasi, 214-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-sonli “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisi .
17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari oʻz kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 487-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq:
(20-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shahar va posyolka quriladigan yerlarning maʼmuriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar;
(20-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
oʻrmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
21-modda. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini ushbu Kodeks 10-moddasining beshinchi qismiga asosan boʻlishning imkoniyati boʻlmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu hol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonaga, binoga, inshootga, koʻp yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Uy-joyga, koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros boʻyicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga boʻlgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga oʻtayotganda uy-joy, koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham oʻtadi.
Uy-joy, korxona, bino, inshoot, koʻp yillik dov-daraxtlar yoki boshqa koʻchmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga oʻtishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga oʻtgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, koʻp yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa koʻchmas mulkning ulushiga mutanosib boʻlgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi oʻtadi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasining boʻlinishi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Kodeks 10, 21 va 62-moddalarining talablariga muvofiq amalga oshirilib, keyinchalik yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinadi hamda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan tegishli elektron koʻchirmalar beriladi. Ushbu masalalar boʻyicha nizolar sud tartibida hal etiladi.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;
(23-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ijaraga berish — elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.
(23-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Sanoat korxonalari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa va elektr oʻtkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoxud qishloq xoʻjaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). Oʻrmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan oʻrmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(23-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 488-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli ““Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 1, 5-moddalari.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) elektron onlayn-auksion natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
(24-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra — davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda ikkinchi qismi 2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻ ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlashi kerak.
(24-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga ijara huquqining bozor qiymatiga nisbatan tegishli koeffitsiyentini belgilashda yer uchastkasining tuproq bonitirovkasi, maʼmuriy-hududiy tuzilishi va infratuzilma obyektlari mavjudligi inobatga olinadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilangan miqdordagi mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi shart.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
(24-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qoʻyishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar va xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno.
(24-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga boʻlgan oʻz ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qoʻyishga haqli.
(24-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlar ushbu Kodeksning 245-moddasida belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda oʻttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.
Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.
Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi), Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasi birinchi, ikkinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 551, 552-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-iyuldagi 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning vaqtinchalik tartibi”.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga oʻttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(241-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qoʻllaniladi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(241-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
242-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi bir yilgacha boʻlgan muddatga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari esa qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun oʻn yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(242-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi va u qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga koʻra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(242-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga koʻra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
243-modda. Yer uchastkasini unga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish
Dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi.
(243-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
244-modda. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda, boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini xabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini yoki faqat zararning oʻzi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan eʼtirozlar boʻlmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma oʻsha shartlar asosida xuddi oʻsha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan eng koʻp (oxirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak.
(244-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
245-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin, bundan ushbu Kodeks 24-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bunda:
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil oʻzi foydalangan boʻlishi shart, mazkur muddat yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi;
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran besh yildan keyin yoʻl qoʻyiladi;
ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga koʻra ijara muddati boʻyicha teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijarachisi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻziga ijaraga berilgan ikki yoki undan ortiq yer uchastkalaridan biri yoki bir nechtasi boʻyicha oʻz huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda qayta ijaraga beriladigan va ijaraga oluvchining oʻzida qoladigan yer uchastkalari maydoni ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi, yer tuzish loyihasiga muvofiq konturlar yaxlitligi saqlab qolinishi kerak.
(245-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi OʻRQ-1120-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng qayta ijaraga berish natijasida vujudga kelgan ijara huquqi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yer uchastkasining ijaraga oluvchisi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborot (huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron tarzda yuboriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan oʻz huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(245-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
25-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda ommaviy servitut asosida amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan yoki ushbu ruxsatnomani bergan tashkilotning murojaatiga asosan viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻoriladigan haydov yerlarida, bogʻlarda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi, zarur hollarda bu muddatni uzogʻi bilan yana bir yilga uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun oʻz hisoblaridan yaroqli holatga keltirishlari va yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga topshirishlari, yerlar, ekinzorlar, dov-daraxtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, truboprovodlar, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari, melioratsiya tarmoqlari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishlari, shuningdek yer uchastkalarini vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga hamda mulkdorlariga yetkazilgan zararni (shu jumladan boy berilgan foydani) qoplashlari shart.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
26-modda. Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda oʻzlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 54 — 60-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3 — 5, 8, 24, 25-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12 — 14-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
28-modda. Yer uchun haq toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olganlik va yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlanadi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Kodeksga muvofiq elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra yoki baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadigan miqdorda haq toʻlaydi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplaydi.
Oʻz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yerlardan foydalanganlik uchun haq toʻlaydi. Yerdan foydalanganlik uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer soligʻining stavkalari, uni hisoblash va toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi).
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga toʻlaydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va toʻlov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi oʻrtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
Oldingi tahrirga qarang.
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan taʼminlanishi mumkin:
(29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash, bundan xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining boshqa shaxsga oʻtkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining oʻn uchinchi qismida hamda 245-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(29-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishni taqiqlash;
(29-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz koʻchmas mol-mulkning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni oʻzlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob oʻsimliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini asrash.
(29-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtganida saqlab qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(29-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasining qoʻshni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish uchun suv olish;
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 81-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma
Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
(301-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
302-modda. Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;
(302-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qoʻriqlashi, taʼmirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatishi shart.
(302-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan toʻsqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs:
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
servitutdan faqat servitut toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;
servitut uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab borishi (haq belgilangan taqdirda);
oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga koʻra oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni toʻxtatishi;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran yozma shaklda javob berishi shart.
303-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi
Servitut yer uchastkasiga boʻlgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egalari boʻlmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaxslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.
304-modda. Servitutni bekor qilish
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsning asoslangan talabiga koʻra;
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib xizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.
Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
305-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)
Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki boʻlmagan bino, inshoot va koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:
sugʻoriladigan yerlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan;
oʻrmon fondi yerlarida — oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda — tegishli sohalardagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan.
Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha shartlar koʻrsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga koʻra yoki ulardan birining talabiga koʻra sud tartibida oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish huquqini bermaydi. Bunda ommaviy servitut maqsadlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur.
(305-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.
306-modda. Servitut uchun haq toʻlash
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart.
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
tunnellarda avtomobil yoʻllari yoki temir yoʻllari qurish, shuningdek avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
muhandislik-texnik jihatdan taʼminlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda.
(301 — 306-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida belgilash
Yer uchastkasining plani — yer uchastkasining topografik plani boʻlib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng soʻnggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq soʻnggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relyef koʻrsatiladi.
Yer uchastkasining chegaralarini joyning oʻzida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning oʻzida uning chegaralarini belgilash ishlari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi boʻlib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini oʻrnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi oluvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(32-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeks 10-moddasining ikkinchi qismi.
33-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi, viloyat va Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarori, ijara shartnomasi, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi boʻlinmalarining yer uchastkasini boʻlish haqidagi hujjatlari, sud qarori, oldi-sotdi shartnomasi, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qarori asosida beriladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
(33-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 84-moddasi ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
35-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatiga olinishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
(35-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
1) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yer uchastkasining tavsifi (yerlarning toifasi, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
(35-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
3) yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
4) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari;
(35-modda ikkinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar.
(35-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.
(35-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.
(35-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
36-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi
Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno;
(36-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
3) yuridik shaxs tugatilganda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa;
(36-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanilganida;
(36-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda;
(36-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
8) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganda;
(36-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
91) yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda — muddati oʻtgan qarzdorlik uning mavjudligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan eʼtiboran olti oy ichida bartaraf etilmaganda;
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan 91-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-modda birini qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda.
(36-modda birinchi qismining 10, 11 va 12-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuniga asosan 10, 11, 12 va 13-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son — 2019-yil 6-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
5) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish yoʻli bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(36-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga joʻnab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan koʻproq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonunchilik bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi.
(36-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 10 va 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinganda, mazkur yer uchastkasi zaxira yerlar toifasiga oʻtkazilmaydi hamda tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinadi.
(36-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkalari oʻn besh kunlik muddatda tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinishi hamda ushbu yerlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish (realizatsiya qilish) choralari koʻrilishi kerak.
(36-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(371-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qoʻyish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVCHI, IJARACHI VA YER UCHASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yer uchastkasida undan ruxsat etilgan foydalanishning turlariga muvofiq mustaqil xoʻjalik yuritish;
(39-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasi.
2) qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga boʻlgan mulk huquqi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasi.
3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining (Yangi tahriri) 31 — 32-moddalari.
4) yerlarni sugʻorish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari oʻtkazish;
5) qishloq xoʻjalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sugʻorish hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 16-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning turlari va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
(39-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 79-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
7) yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilish;
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xoʻjalik ijarasiga berish;
(39-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeks 20-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari, 24-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
9) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish;
(39-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish);
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan 10-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer egasi boʻlgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xoʻjaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qoʻyishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining 1 — 26, 30, 32, 43-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 9-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart:
Oldingi tahrirga qarang.
1) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
(40-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlash;
12) asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlash;
(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;
3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer soligʻini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI boʻlimi (Yer soligʻi), Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin oʻz hisobidan qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi yoki baliq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;
(40-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: mazkur Kodeks 25-moddasining toʻrtinchi qismi, 79-moddasi toʻrtinchi qismining birinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
7) foydali qazilma konlarini ishlatish chogʻida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida oʻzlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xoʻjalik ekinzorlari, oʻrmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
(40-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash;
(40-modda birinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11) yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻrish.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuniga asosan 10 va 11-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
41-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xoʻjalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 84 va 85-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining toʻrtinchi xatboshisi, 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishi kerak.
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻla hajmda berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar xavfsizligini koʻzlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeks 29, 30-moddalari, 72-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 73-moddasining birinchi qismi, 74-moddasining birinchi qismi, 75-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 48-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 25-moddasining toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi qismlari, 28-moddasining birinchi qismi, 32-moddasining birinchi qismi, 33-moddasining beshinchi qismi, 37-moddasi, 39-moddasining ikkinchi qismi, 41-moddasi, 43-moddasining birinchi qismi, 44-moddasining toʻrtinchi qismi, 46-moddasining birinchi qismi.
6-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
43-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning tarkibi
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisoblanadi.
Qarang: mazkur Kodeks 8-moddasining 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar:
foydalanish turiga koʻra — qishloq xoʻjaligi yerlariga va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlarga;
suv bilan taʼminlanish darajasiga koʻra — sugʻoriladigan yerlarga va sugʻorilmaydigan yerlarga boʻlinadi.
Qishloq xoʻjaligi yerlari haydaladigan yerlarga (sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlari), koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik dov-daraxtlar) egallagan yerlarga, tashlandiq yerlarga, pichanzorlarga va yaylovlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.
Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar ihota daraxtzorlari, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan binolar va inshootlar egallagan yerlarga boʻlinadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur yerlar ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinadi.
Agar qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, yer fondining boshqa toifalariga taalluqli boʻlgan yerlar tarkibidagi haydaladigan yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar, tashlandiq yerlar, pichanzorlar va yaylovlar davlat yer kadastrida qishloq xoʻjaligi yerlari sifatida hisobga olinadi hamda maxsus muhofaza qilinadi.
(43-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligidan oʻzga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga oʻtkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
(43-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeks 9-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 44-moddasining uchinchi qismi, 45-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tizimiga asoslangan sunʼiy sugʻorish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir.
(43-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
44-modda. Sugʻoriladigan yerlar
Qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer fondining boshqa toifalariga taalluqli boʻlgan sugʻoriladigan yerlar ham davlat yer kadastrida sugʻoriladigan yerlar sifatida hisobga olinadi. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur yerlarga nisbatan ushbu Kodeksda sugʻoriladigan yerlar uchun belgilangan barcha talablar va shartlar tatbiq etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xoʻjaligi organlari sugʻoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar boʻyicha suv toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda suv bilan taʼminlashi shart.
(44-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻoriladigan yerlardan faqat qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻp yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.
(44-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilgʻor texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qoʻllaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qoʻllash taqiqlanadi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
441-modda. Sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish
Sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Ushbu yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan taʼminlanganligi darajasi, shuningdek suv resurslarining mavjudligi hamda ularga doir limitlar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining xulosalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xulosalarni olish uchun viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar taqdim etiladi:
1) yer uchastkasining joylashgan joyi, maydoni, kadastr raqami, konturlari soni va raqami, tuproq tipi, tarkibi, sifati va unumdorligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, yerga boʻlgan huquq egasi;
2) yer uchastkasini boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami, bundan yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida foydalanish hollari mustasno;
3) yer uchastkasidan keyingi besh yil ichida foydalanish holati, bundan buyon undan sugʻoriladigan yerlar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, suv bilan taʼminlanish darajasidagi oʻzgarishlar, shuningdek ushbu vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan va ularni bartaraf etishga toʻsqinlik qiladigan holatlar;
4) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori, ularning oʻrnini qoplash manbalari va muddatlari, qoplashdan tushgan mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari;
5) tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish tadbirlari, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
6) oʻsha hududning oʻzida yoki boshqa maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan, sugʻoriladigan yerlar oʻrniga ularning maydonidan kam boʻlmagan miqdorda ikki yil ichida yangidan oʻzlashtiriladigan va sugʻoriladigan yerlarga oʻtkaziladigan yer uchastkalari toʻgʻrisida ushbu qismning 1-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar, ushbu tadbirlarni amalga oshirish muddatlari, ijrochilari va moliyalashtirish manbalari;
7) yer uchastkasidan kelgusida foydalanish maqsadi. Bunda sugʻoriladigan yerlarni sanoat obyektlari, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratishga ushbu maqsadlar uchun ilgari ajratilgan hududlarda boʻsh turgan yer uchastkalari qolmagan taqdirda hamda renovatsiya va rekonstruksiya qilish orqali mavjud quvvatlarni oshirish choralari koʻrilganidan keyin, shuningdek sanoat maqsadlarida koʻp qavatli ishlab chiqarish maydonlarini ustuvor tartibda qurish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda har bir organ bildirilgan taklifni amalga oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqida bir oy ichida oʻz xulosasini taqdim etadi. Sugʻoriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida kamida ikkita organ tomonidan xulosalar taqdim etilgan hollarda mazkur masala koʻrib chiqilmaydi.
Xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi va koʻrib chiqish uchun yarim yilda bir marta farmoyish loyihasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilishi kerak.
(441-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
45-modda. Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tuproq unumdorligiga koʻra oʻrtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
451-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinishi munosabati bilan tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga qaytarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir.
(451-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tuman, shahar hokimining qaroriga asosan davlat yer kadastrida hisobga olinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hamda zaxira fondi yerlari hisobidan amalga oshiriladi.
(451-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
46-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:
(46-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1) qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
(46-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;
(46-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun;
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xoʻjaliklarini, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(46-modda birinchi qismining 5 va 6-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
461-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan oʻlchamlari
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagi oʻlchamlarda ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 11-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
11) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha;
(461-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-876-sonli Qonuniga asosan 1 va 11-bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)
2) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bogʻdorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
Oldingi tahrirga qarang.
gʻallachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
(461-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-toʻqimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
gʻallachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bogʻdorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sugʻoriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
(461-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar.
(461-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
48-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
2) zona sharoiti va xoʻjalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini taʼminlashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
5) xoʻjalikning butun ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
6) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini sugʻoriladigan yerlarning shoʻr bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;
7) qishloq xoʻjalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishlari shart.
(48-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining toʻrtinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
(49-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi — qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qoʻshimcha yer uchastkalari olishi mumkin.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalaniladi.
(49-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga elektron onlayn-auksion orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi raisi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi oʻrtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi.
(49-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.
(49-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga yer uchastkalarini berish
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
(491-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
51-modda. Yer uchastkalarini xoʻjalik ichida taqsimlash. Oila (jamoa) pudrati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarida yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun kamida besh yil muddatga foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida beriladi.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativlari aʼzolarining va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari xodimlarining guruhlariga ham kamida besh yil muddatga foydalanishga jamoa pudrati shartnomasi shartlari asosida berilishi mumkin.
(51-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila pudrati — qishloq xoʻjaligi kooperativi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi hamda tashkiloti tomonidan oilaga vaqtincha foydalanishga oila pudrati shartnomasi shartlari asosida berilgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda oila aʼzolarining bevosita ishtirok etishiga asoslangan ishlab chiqarish va mehnatni xoʻjalik ichida tashkil etish shaklidir.
(51-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xoʻjaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi boshqaruv organlari orqali shu kooperativ, jamoa korxonasi bilan yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining ish beruvchisi (maʼmuriyati) bilan oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.
(51-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan yeri va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq yerning hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish borasidagi majburiyatlari;
yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qatʼiy ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga muvofiq foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(51-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq toʻlash yakuniy natijalarga koʻra — yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga koʻra amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila aʼzolari (pudratchilar) — pay egalari xoʻjalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga koʻra aniqlanadigan dividendlar oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasi uchun pudratchidan yer haqi undirilmaydi. Bu uchastkalardan olinadigan yer soligʻini qishloq xoʻjaligi kooperativi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari belgilangan tartibda toʻlaydi.
(51-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar va boshqa xarajatlar ushbu Kodeks 86-moddasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
(51-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
52-modda. Xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativi, boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonasi yuqori boshqaruv organining, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari ish beruvchisining (maʼmuriyatining) qaroriga binoan, ushbu Kodeksning 58-moddasida belgilangan tartib va shartlarda beriladi.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
53-modda. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaligi oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
(53-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi.
(53-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qoʻshimcha ijaraga olishi mumkin.
(53-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(53-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
Kreditlar olish uchun fermer xoʻjaligi oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini garovga qoʻyishga haqli. Fermer xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Dehqon xoʻjaligini yuritish, shuningdek yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish
(55-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(55-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56-modda. Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalari
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat berilishi mumkin.
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(56-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(57-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish
(58-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
(58-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish xoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, oʻzga yerlarga suqulib kirgan boʻlishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xoʻjaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi
(58-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (SHAHARLAR, POSYOLKALAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI
59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Shaharlar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.
2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi.
3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi.
4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 66-moddasi.
5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi.
(59-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlar.
60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari boʻlib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari boʻyicha belgilanishi lozim.
Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining toʻrtinchi — oltinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining VII bobi (“Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri”).
Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xoʻjalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni oʻz ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 72-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
(60-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish), olib qoʻyish va qayta sotib olish tartibi
(61-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Fuqarolar egaligidagi, koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan uy-joylarni buzish bilan bogʻliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari
Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-maʼrifiy, sanoat, savdo, maʼmuriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish va oʻzga ehtiyojlar uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, oqova suvlarni chiqarib yuborish, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda oʻzicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(62-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Agar yer uchastkasiga xoʻjalik binolari (garaj, otxona, ogʻilxona, omborxona, yertoʻla va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari qoʻllaniladi.
(62-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Qarang: mazkur Kodeksning 23, 27-moddalari.
63-modda. Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun moʻljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi OʻRQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:
maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va shu kabi yerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (oʻrmon-bogʻlar, skverlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
(64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektlarni saqlash vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday obyektlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita tasarrufida boʻladi.
(64-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil boʻyi yerlari va qirgʻoq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda faqat yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(64-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻllar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, doʻkonchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
(64-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mulki boʻlgan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar, shuningdek obodonlashtirish va muhandislik infratuzilmasi obyektlari mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek ushbu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanadi.
(64-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
(65-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar
Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilishga moʻljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.
67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim boʻlgan imoratlar va inshootlar roʻyxati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi.
(67-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari
Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qoʻyilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining chegarasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va oʻzgartiriladi.
(68-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(68-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq aholi punktlarining qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga koʻra oʻzlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan toʻlanadi.
(68-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MOʻLJALLANGAN YERLAR
69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga temir yoʻl, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yoʻl transporti obyektlari, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi 27-moddasi, 58-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining toʻrtinchi xatboshisi, 22-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat obyektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi.
(69-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari oʻtgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi.
(69-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy oʻquv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moʻljallangan yerlar deb eʼtirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek oʻrmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(69-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(70-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISH, SOGʻLOMLASHTIRISH, REKREATSIYA MAQSADLARIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA TARIXIY-MADANIY AHAMIYATGA MOLIK YERLAR
71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat boʻladi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(71-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(72-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini taʼminlashga zararli taʼsir etadigan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 47-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy bogʻlarning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(72-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(72-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7, 12-moddalari, 18-moddasining birinchi qismi, 19-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 21-moddasining birinchi qismi, 22-moddasi, 23-moddasining birinchi qismi, 24 — 28, 30-moddalari, 31-moddasining beshinchi qismi, 32, 33-moddalari, 36-moddasining birinchi qismi, 37-moddasi, 38-moddasining birinchi qismi, 39 — 46-moddalari.
73-modda. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(73-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sogʻlomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(73-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 36, 37-moddalari.
74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(74-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(74-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 68-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 38, 39-moddalari.
75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
(75-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(75-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-moddasining birinchi, ikkinchi, yettinchi xatboshilari, 23-moddasining ikkinchi qismi, 26-moddasining uchinchi qismi, 29 — 33-moddalari.
(9-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
10-BOB. OʻRMON FONDI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR
76-modda. Oʻrmon fondi yerlari
Oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻxtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda oʻrmon fondi yerlari tarkibiga oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonunchilik bilan belgilanadi.
(76-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuning 8-moddasi, 28-moddasi uchinchi qismi, 31-moddasi oltinchi qismi, 33-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi xatboshlari, 43-moddasi.
77-modda. Suv fondi yerlari
Suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi suv xoʻjaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va roʻzgʻor suv taʼminoti, aholining davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirgʻogʻi boʻylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoq boʻyi mintaqalari ajratiladi.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasi.
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirgʻoq boʻyi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.
Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(77-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 14-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
78-modda. Zaxira yerlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.
(78-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Zaxira yerlar yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berishga moʻljallanadi.
(78-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISH
79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, oʻrmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xoʻjalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qoʻyilishi oldini olish, ularni zararli antropogen taʼsirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 2 — 4, 14, 15, 17, 41 — 45-moddalari.
(79-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.
Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida boʻlishi hamda tuproqning saqlanishini, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga taʼsir oʻtkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.
Yerlarning muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
hududni oqilona tashkil etadilar;
tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;
yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta shoʻr bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
qishloq xoʻjalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi oʻtlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;
hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji boʻlmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;
buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;
yerlarni buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni amalga oshirish chogʻida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallashga va (yoki) oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻradi.
(79-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hosildan qolgan qishloq xoʻjalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(79-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
(80-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi.
Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chogʻida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.
Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan obyekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy taʼsirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida oʻtkaziladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan taʼminlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlarning holatiga taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.
(80-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish taʼminlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga oʻtkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
(82-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi oʻzlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sugʻoriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish;
(82-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI boʻlimi (Yer soligʻi).
yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;
yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni ragʻbatlantirish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat boʻlgan taqdirda, respublika budjetidan yoki mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratish, agrotexnika, oʻrmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar oʻtkazish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi boʻlmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
(82-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi (Yer soligʻi)., Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 37-moddasining birinchi — uchinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-BOB. YER UCHASTKALARINI AJRATISH, ULARDAN FOYDALANISH HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISH USTIDAN NAZORAT
(12-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini taʼminlashdan iboratdir.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
831-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirmaslikka, oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini oʻzgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan begʻaraz asosda soʻrash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar soʻralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak.
(831-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati
(84-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli.
(84-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 18-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadilar.
(84-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aʼzolari boʻlgan fermer, dehqon xoʻjaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishga haqli.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan normalardan ortiqcha tarzda gʻayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof obyektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiisteʼmolliklar toʻgʻrisida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati subyektlari ragʻbatlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish, mazkur masalalar boʻyicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr maʼlumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar (yozma buyruqlar) berish;
Oldingi tahrirga qarang.
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallangan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha daʼvolar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar yuborish;
(85-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va toʻxtatib qoʻyishga doir materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sudga taqdim etish;
(85-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;
yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan yerlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;
(85-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishlari;
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatmalar berishlari shart.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda koʻpi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar bergan boʻlsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar oʻz faoliyatlarining toʻgʻri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI-1 bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
13-BOB. YER EGALARI, YERDAN FOYDALANUVCHILAR, YER UCHASTKALARI IJARACHILARIGA VA MULKDORLARIGA YETKAZILGAN ZARAR HAMDA QISHLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHI NOBUDGARCHILIKLARINING OʻRNINI QOPLASH
86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda toʻla hajmda qoplanishi kerak:
yerlar olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
(86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning taʼsiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Zararlarning oʻrnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning I, II boʻlimlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
87-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xoʻjaligi yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining taʼsiri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar oʻrnini qoplashdan tashqari qoplanadi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:
qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega boʻlmagan yerlar qatoriga oʻtkazgan holda obyektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va oʻrmon fondi yerlarida ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtiradigan (quradigan) yuridik va jismoniy shaxslar.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasi boʻlingan hamda bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan (realizatsiya qilingan) taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni boʻlingan yer uchastkalarining maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi.
Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion vositasida realizatsiya qilinganda, shuningdek baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori alohida koʻrsatilishi va toʻlanishi kerak.
(87-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni quyidagi hollarda qoplanmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
(87-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat taʼlim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari suv xoʻjaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;
yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;
yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
(87-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan barcha hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni toʻliq qoplanishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun xarajatlar smetalarida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar nazarda tutilishi kerak.
(87-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim boʻlgan oʻrni miqdori va uni aniqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(87-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
88-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlardan quyidagi moʻljallangan maqsadga koʻra foydalaniladi:
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xoʻjalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan taʼminlanish darajasini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirishga, qishloq xoʻjalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablagʻlar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirgʻoq boʻyi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek oʻrmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
(88-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-BOB. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISH HAMDA YER TOʻFRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
(14-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
89-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(89-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(90-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar.
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 60-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 65-moddasi birinchi qismi.
yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 60-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2291-moddasi.
qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 193-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasi.
yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasi.
yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 65-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini qaytarish muddatini buzganlikda yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 67-moddasi.
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yoʻq qilganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 69-moddasi.
davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʻrsatganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 68-moddasi.
oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrganlikda va chorva mollar boqqanlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 77-moddasi.
yovvoyi oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 107-moddasi.
yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 65-moddasining birinchi — uchinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;
(90-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 66-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlikda.
(90-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
91-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
911-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari
Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
(911-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi OʻRQ-708-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son — 2021-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 82-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 51-son, 514-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 36-son, 452-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son; 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 11.06.2026-y., 03/26/1149/0581-son)