

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1455961">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7554"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1455961">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1456504">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1456505">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1456506">QASDDAN ODAM OʻLDIRISHGA OID ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1456507"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456509">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/acts/-20596">Konstitutsiyasiga </a>muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi boʻlib, unga tajovuz qilish eng ogʻir jinoyatdir.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2375512"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456510">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2375512"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2375513">Qonunda javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyati uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilganligi tufayli, ushbu ishlar boʻyicha jinoyat qonunlarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash zarurligi alohida ahamiyat kasb etadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2375518">(muqqadimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli <a href="/acts/-2370087?ONDATE=14.11.2007 00#-2370120">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456524">“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456526">1. Sudlar qasddan odam oʻldirishga oid ishlarni koʻrayotganda, ish holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish lozimligi toʻgʻrisidagi qonun talablariga qatʼiy amal qilishlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456527">Har bir ish boʻyicha ayb shakli, qotillik sabablari, maqsadi va usuli aniqlanishi, shuningdek, qilmishni toʻgʻri huquqiy baholash va aybdorga adolatli jazo tayinlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar tekshirilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456528">2. Shuni eʼtiborda tutish lozimki, qasddan odam oʻldirish jinoyati ham toʻgʻri, ham egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish qasdi bilan harakat qiladi, qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlariga koʻzi yetadi, oʻlim yuz berishini istaydi (toʻgʻri qasd) yoki bunga ongli ravishda yoʻl qoʻyadi (egri qasd).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456529">3. Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish faqat toʻgʻri qasd bilan sodir etilishi mumkin, chunki, bunda aybdor oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, jabrlanuvchining oʻlimiga koʻzi yetgan va uning oʻlimini istagan boʻladi, biroq oʻlim aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra (jabrdiydaning faol qarshiligi, boshqa shaxslarning aralashuvi, jabrlanuvchiga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilganligi va h.k tufayli) yuz bermaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456530">Shu sababli, aybdorning jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish niyatida harakat qilgan-qilmaganligini, oʻlim yuz berishini istagan-istamaganligini va qanday holatlar istalgan natija yuz berishiga toʻsqinlik qilganligini aniqlash zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456531">4. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning oʻz harakatlari oqibati, yaʼni jabrlanuvchining oʻlimiga nisbatan subyektiv munosabatini inobatga olish darkor.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456532">Qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga ogʻir shikast yetkazish shaxsning oʻlimiga sabab boʻlgan hollarda esa, oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456533">Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli, tan jarohatlari soni, xususiyati va oʻrni (masalan, odam hayoti uchun muhim aʼzolarning jarohatlanganligi), jinoiy harakatlar toʻxtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining jinoyat sodir etilgunga qadar boʻlgan feʼl-atvori, oʻzaro munosabatlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xususiyati eʼtiborga olinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456534">5. Agar qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining <a href="/acts/-111453#-233855">ikkinchi qismida </a>koʻrsatib oʻtilgan kvalifikatsiya belgilari, shuningdek, mazkur Kodeksning <a href="/acts/-111453#-233909">98–101-moddalarida</a> nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmasa, masalan, qotillik bezorilik tuygʻulari bilan emas, balki oʻzaro janjal yoki urishish natijasida, rashk tufayli, oʻch olish, hasad, adovat, nafrat oqibatida sodir etilgan boʻlsa, qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasining <a href="/acts/-111453#-233852">birinchi qismi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456535">6. Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirish, agar aybdorning harakatlari yagona qasd bilan qamrab olingan va, odatda, bir vaqtning oʻzida sodir etilgan boʻlsa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456538">Ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirishga nisbatan qasd mavjud boʻlganda jabrlanuvchilardan faqat bittasi oʻlib, boshqalari aybdorga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻlmay qolgan boʻlsa, qilmishni JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a” bandi </a>bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirish tariqasida kvalifikatsiya qilib boʻlmaydi. Bunday hollarda, aybdorning harakatlari JK <a href="/acts/-111453#-179930">25</a>, 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a” bandi </a>va <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddasining </a>tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456544">Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan oʻldirish, garchi bu jinoiy harakatlar bir vaqtning oʻzida sodir etilgan boʻlsa-da, lekin aybdorning yagona qasdi bilan qamrab olinmagan boʻlsa, qilmish takroran qasddan odam oʻldirish tariqasida JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233907">“r” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456543">7. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233859">“b” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor jabrlanuvchining homiladorligini (tashqi belgilar va boshqa faktik maʼlumotlar mavjudligi) bilganligi aniqlangan boʻlishi kerak. Homiladorlik muddati, shuningdek, homilador ayol oʻldirilishi natijasida uning homilasi nobud boʻlgan-boʻlmaganligi qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456550">Agar aybdor yanglish taxmin asosida, aslida homilador boʻlmagan ayolni homilador, deb qasddan oʻldirgan boʻlsa, basharti uning harakatlarida JK 97-moddasining <a href="/acts/-111453#-233855">ikkinchi qismida </a>koʻrsatib oʻtilgan javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlmasa, qilmish JK 97-moddasining <a href="/acts/-111453#-233852">birinchi qismi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1456545"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6077784"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-6077783">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6077784"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6077786">8. Aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233861">“v” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilishda, ojiz ahvol, deb jabrlanuvchining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy jihatdan (jismoniy nuqsonlari, ruhiyati buzilganligi, juda yosh yoki keksaligi, qattiq ogʻriq yoki behush holatda yoxud uyquda boʻlganligi, alkogol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa kuchli taʼsir qiluvchi moddalar taʼsirida ogʻir darajada mastligi tufayli) oʻzini himoya qilishga, aybdorga faol qarshilik koʻrsatishga qodir emaslik yoki oʻziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushuna olmaslik yoxud oʻz harakatlarini boshqara olmaslik holati tushunilishi kerak. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan boʻlishi shart.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6077787">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6067246">qarori</a> tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456546">Jabrlanuvchining alkogolli ichimlik, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda taʼsirida atrofdagi vaziyatni anglay olmaydigan darajada mastligi, uning ojiz ahvolda boʻlgan, deb tan olinishiga asos boʻlishi mumkin. Bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga solganligi ahamiyatga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456547">9. Shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan qasddan oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233862">“g” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3124317"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456657">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3124317"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3124318">Yaqin qarindoshlar deganda, qarindosh yoki quda tomonidan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari tushuniladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3124321">(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli <a href="/acts/-3121337?ONDATE=27.12.2016 00#-3121827">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456658">Xizmat burchini bajarish deganda, shaxsning oʻz xizmat (mehnat) vazifalari doirasiga kiradigan harakatlari, fuqarolik burchini bajarish deganda esa, fuqaro tomonidan uning zimmasiga qonun bilan maxsus yuklatilgan majburiyatlarning amalga oshirilishi, shuningdek, boshqa ijtimoiy foydali harakatlar sodir etilishi (huquqbuzarlikning oldini olganligi, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisida yoxud qidirilayotgan shaxs turgan joy haqida hokimiyat organlariga xabar berganligi, guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida shaxsning jinoyat sodir etganligini fosh etuvchi koʻrsatuvlar berganligi va h.k.) tushunilmogʻi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456665">Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish bilan bogʻliq holda uni qasddan oʻldirish JK <a href="/acts/-111453#-266616">219-moddasining </a>tegishli qismida hamda 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233862">“g” bandida </a>nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456553">10. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233896">“d” bandi </a>boʻyicha, yaʼni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilish uchun, aybdor muayyan shaxsga nisbatan oʻldirish qasdini amalga oshirish chogʻida boshqa shaxslar hayotiga ham chinakam xavf tugʻdiruvchi usul qoʻllayotganligini (masalan, odamlar gavjum joylarda oʻq otish, portlatish, oʻt qoʻyish, jabrlanuvchidan oʻzga odamlar ham foydalanadigan suvni va ovqatni zaharlash, gaz vositasida boʻgʻish va h.k.) anglab yetganligi aniqlangan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456556">Usulning chinakam xavfliligi, har bir muayyan vaziyatda ishning barcha holatlaridan, chunonchi, aybdor ishlatgan jinoyat qurolining shikast yetkazish xususiyati, voqea joyida jabrlanuvchidan tashqari oʻzga shaxslar ham boʻlganligi va shu kabilardan kelib chiqqan holda aniqlanishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456557">Agar aybdorning mazkur harakatlari oqibatida oʻzga shaxslar badaniga shikast yetkazilgan boʻlsa, qilmish, Jinoyat kodeksining qasddan badanga shikast yetkazish uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalari bilan ham kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456559">11. Ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233897">“e” bandi</a> bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456659">Agar ommaviy tartibsizliklar vaqtida aybdor tomonidan qasddan odam oʻldirishdan tashqari qirgʻin solish, vayron qilish, oʻt qoʻyish va shunga oʻxshash boshqa jinoyatlar sodir etilgan boʻlsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456660">12. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233898">“j” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirishga qaratilgan boʻlganligini aniqlash shart. Bu oʻrinda shuni nazarda tutish kerakki, qonun oʻta shafqatsizlik tushunchasini odam oʻldirish usuli bilangina emas, balki, aybdor tomonidan oʻta shafqatsizlik namoyon etilganligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar bilan ham bogʻlaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456661">Oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish usullariga, jumladan, hayotdan mahrum etishdan oldin yoki qotillik sodir etish jarayonida jabrlanuvchini qiynoqqa solish yoki unga qattiq azob yetkazish bilan bogʻliq (kuchli ogʻriq beruvchi zahardan foydalanish, tiriklayin yoqib yuborish, uzoq muddat ovqat, suv bermaslik) hollarni ham kiritish mumkin. Badanga koʻplab shikast yetkazish orqali odam oʻldirish, faqat aybdor buni jabrlanuvchiga qattiq azob-uqubat yetkazishga qaratilgan toʻgʻri qasd bilan sodir etgan boʻlsa, oʻta shafqatsizlik koʻrinishi, deb baholanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456663">Jabrlanuvchining yaqin kishilari koʻz oʻngida odam oʻldirish, agar aybdor oʻz harakatlari bilan ularga kuchli iztirob berayotganligini anglagan boʻlsa, aybdor tomonidan oʻta shafqatsizlik namoyon etilganligidan dalolat beruvchi holat sifatida baholanmogʻi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456664">Jabrlanuvchining yaqin kishilari qatoriga, uning yaqin qarindoshlaridan tashqari, jabrlanuvchi bilan alohida shaxsiy doʻstona munosabatda boʻlgan shaxslar ham kirishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456667">Murdani tahqirlash, yoʻq qilish yoki boʻlaklab tashlash qotillikning oʻta shafqatsizlik bilan sodir etilganligini anglatuvchi holat sifatida baholanishi mumkin emas. Bunday harakatlar Jinoyat kodeksining murdani tahqirlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi <a href="/acts/-111453#-262152">134-moddasi</a> bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456674">Jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida qasddan oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish toʻgʻrisida oldindan til biriktirilmagan taqdirda, qotillikni bajaruvchi shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233898">“j” bandi </a>boʻyicha, boshqa ishtirokchilarning harakatlari esa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining<a href="/acts/-111453#-233898"> “j” bandi </a>istisno etilgan holda, ushbu moddaning tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456666">13. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda qasddan odam oʻldirish deganda, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar sodir etish jarayonida jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish tushunilmogʻi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456675">Bunda ikkita mustaqil jinoyat sodir etilishini inobatga olib, qilmish JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233899">“z” bandi </a>hamda, ishning muayyan holatlariga qarab, Jinoyat kodeksi <a href="/acts/-111453#-240507">118</a> yoki <a href="/acts/-111453#-240529">119-moddasining </a>tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456681">Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati sodir etilgandan keyin ushbu jinoyatni yashirish maqsadida jabrlanuvchini qasddan oʻldirish JK <a href="/acts/-111453#-240507">118</a> yoki <a href="/acts/-111453#-240529">119-moddasida </a>hamda 97-moddasi ikkinchi qismining<a href="/acts/-111453#-233905"> “o” bandida </a>nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456680">14. Aybdorning oʻzi yoki boshqa shaxslar uchun moddiy naf koʻrish (pul, mol-mulkni yoki unga egalik huquqini, turar joyga nisbatan va shu kabi huquqlarni qoʻlga kiritish) yoki moddiy xarajatlardan (mol-mulkni, qarzni qaytarishdan, xizmatga haq toʻlashdan, mulkiy majburiyatlarni bajarishdan, aliment toʻlash va shu kabilardan) qutulish maqsadida qasddan odam oʻldirishi taʼmagirlik niyatida sodir etilgan jinoyat sifatida (JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>bilan) kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456683">Qotillik uchun haq vaʼda qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning harakatlari u qaysi sabablarga koʻra shunday qilganligidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-179941">28</a>, <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddasining </a>tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456684">Jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida qasddan taʼmagirlik niyatida odam oʻldirish toʻgʻrisida oldindan til biriktirilmagan taqdirda, qotillik jinoyatini bajaruvchi shaxsining harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>bilan, boshqa ishtirokchilarning harakatlari esa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>istisno etilgan holda, ushbu moddaning tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456686">Bosqinchilik, tovlamachilik bilan bogʻliq holda qasddan odam oʻldirish harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>hamda Jinoyat kodeksining bosqinchilik va tovlamachilik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456688">Agar aybdorda moddiy naf koʻrishga nisbatan qasd qotillik sodir etilganidan keyin paydo boʻlgan boʻlsa, qilmish JK <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddasining </a>tegishli qismi bilan hamda Jinoyat kodeksining oʻzganing mulkini talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456682">15. Milliy yoki irqiy adovat zamirida, yaʼni boshqa millatga, irqqa mansub shaxsga, uning turmush tarziga, madaniyatiga, urf-odatlariga, oila tutumiga nisbatan gʻayirlik yoki nafrat tuygʻulari bilan yoxud millatlararo, irqlararo adovat yoki nifoq solish maqsadida qasddan sodir etilgan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233901">“k” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456685">16. Bezorilik oqibatida, yaʼni jamiyatga va umum eʼtirof etilgan axloq qoidalariga roʻy-rost hurmatsizlik zamirida sodir etilgan (masalan, hech bir sababsiz yoki arzimagan sabab tufayli) qasddan odam oʻldirish JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233902">“l” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning feʼl-atvorida jamoat tartibiga oshkora boʻysunmaslik, atrofdagilarga nisbatan oʻzini qarshi qoʻyish, bepisandlik namoyish etish istagi mavjud boʻladi. Bu holda aybdorning harakatlarini Jinoyat kodeksining<a href="/acts/-111453#-271203"> 277-moddasi </a>boʻyicha qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456687">Agar jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzish va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik bildirish, shuningdek, oʻzganing mol-mulkini yoʻq qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bogʻliq harakatlar aybdor tomonidan bezorilik oqibatida odam oʻldirish jinoyatidan soʻng qasddan sodir etilgan boʻlsa, qilmish JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233902">“l” bandi </a>hamda Jinoyat kodeksi <a href="/acts/-111453#-271203">277-moddasining </a>tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456689">Bezorilik oqibatida qasddan odam oʻldirish jinoyatini oʻzaro janjal yoki urushish oqibatida sodir etilgan qotillikdan (JK 97-moddasi <a href="/acts/-111453#-233852">birinchi qismi</a>) farqlash uchun urush-janjal tashabbuskori kim ekanligini, nizo odam oʻldirishda bahona sifatida foydalanish maqsadida aybdor tomonidan ataylab uyushtirilgan-uyushtirilmaganligini aniqlash lozim. Agar urush-janjal jabrlanuvchi tomonidan boshlangan boʻlsa yoki nizoga uning gʻayrihuquqiy xulq-atvori sabab boʻlgan boʻlsa, aybdor bezorilik oqibatida odam oʻldirish jinoyati uchun javobgar boʻlmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456690">17. Diniy taassublar zamirida, jabrlanuvchining diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq holda, koʻpincha, muayyan bir konfessiyaning qadr-qimmatini kamsitish, diniy adovat yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining<a href="/acts/-111453#-233903"> “m” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456692">Diniy taassublar deganda, diniy fanatizmga asoslangan gʻoyalarga ishonish, ularga kundalik hayotda ogʻishmay amal qilishda, boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar va boshqacha fikrlovchilarga nisbatan murosasizlikda namoyon boʻladigan xohish-istaklarni tushunmoq lozim.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6689584"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456691">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6689584"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6689585">18. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/111453#233904">“n” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilish uchun inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish yoki murdadan olingan qism (boʻlak)lardan foydalanishga nisbatan toʻgʻri qasd mavjudligini aniqlash zarur. Bunda aybdor qotillikdan koʻzlangan maqsadga erishgan boʻlishi shart emas. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6689586">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli <a href="/acts/-6683593?ONDATE=20.11.2023 00#-6683841">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456693">19. Boshqa jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233905">“o” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456696">Qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233905">“o” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinganda, aybdorning harakatlarini mazkur modda ikkinchi qismining boshqa maqsad va sabablarni nazarda tutuvchi yana biron bir bandi bilan kvalifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, agar jabrlanuvchi taʼmagirlik niyatida yoki bezorilik oqibatida oʻldirilganligi aniqlansa, qilmish ayni bir vaqtning oʻzida JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233905">“o” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456694">20. Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoxud oʻsha guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233906">“p” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilishda, har qaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok etganlik darajasi va xususiyatini aniqlash, oldindan til biriktiruv boʻlgan-boʻlmaganligini va ular oʻrtasida vazifalar oʻzaro taqsimlangan-taqsimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456695">Jabrlanuvchiga nisbatan zoʻrlik ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233906">“p” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda oʻlimga sabab boʻlgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan boʻlishi shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini bartaraf etib, uni oʻzini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan, boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456699">Qasddan odam oʻldirishda bevosita ishtirok etmagan hamda jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy zoʻrlik ishlatmagan, biroq oʻzgalar tomonidan qotillik sodir etilishida koʻmaklashgan boshqa shaxslarning harakatlari Jinoyat kodeksi <a href="/acts/-111453#-179941">28</a>,<a href="/acts/-111453#-233850"> 97-moddasining </a>tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456705">Odam oʻldirish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan taqdirda, jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari, ularning jinoyatni amalga oshirishdagi rolidan qatʼi nazar, Jinoyat kodeksining<a href="/acts/-111453#-179941"> 28-moddasiga </a>havola qilinmagan holda <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddasining </a>tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456706">Qasddan odam oʻldirish ishtirokchilikda sodir etilganda, jinoyat subyektini tavsiflovchi kvalifikatsiya belgilari (qotillik oʻta xavfli retsidivist yoki ilgari ham qasddan odam oʻldirgan shaxs tomonidan sodir etilganligi) faqat ushbu belgilar bevosita taalluqli boʻlgan ishtirokchilarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda eʼtiborga olinishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456697">21. Ikki yoki undan ortiq odamni qasddan oʻldirgan aybdorning harakatlari, basharti bu jinoyat yagona qasd bilan sodir etilmagan va, odatda, turli vaqtda sodir etilgan boʻlsa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233907">“r” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456698">Qasddan odam oʻldirish jinoyatini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor ilgari tamom boʻlgan qotillik jinoyati yoki odam oʻldirishga suiqasd sodir etganligining, jinoyatning bajaruvchisi yoki boshqa ishtirokchisi boʻlganligining ahamiyati yoʻq.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456701">Agar muqaddam sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan boʻlsa, shuningdek, agar qotillik jinoyati sodir etilgan paytga kelib ilgarigi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari oʻtgan boʻlsa, qilmish JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233907">“r” bandi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456702">22. Qasddan odam oʻldirish jinoyati sodir etilgunga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarning harakatlari, agar sudlanganlik holati tugallanmagan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan boʻlsa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233908">“s” bandi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi. Sudlar sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilishga taʼsir etuvchi shaxsiga oid maʼlumotlarni sinchkovlik bilan tekshirishlari lozim.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3771674"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456703">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3771674"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3771680">23. Sud JPK <a href="/acts/-111460#-256313">415-417-moddalari </a>talablariga rioya qilgan holda aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi <a href="/acts/-111453#-233855">birinchi qismidan ikkinchi qismiga</a> va <a href="/acts/-111453#-233855">ikkinchi qismining </a>bir bandidan boshqa bandiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3771682">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli <a href="/acts/-3761369?ONDATE=19.05.2018 00#-3761600">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456707">24. Qonun mazmuniga koʻra, agar qasddan odam oʻldirish toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa chegarasidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan boʻlsa, bunday jinoyat JK 97-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a”</a>, <a href="/acts/-111453#-233859">“b”</a>, <a href="/acts/-111453#-233861">“v”</a>, <a href="/acts/-111453#-233896">“d”</a>, <a href="/acts/-111453#-233898">“j”</a>, <a href="/acts/-111453#-233907">“r”</a>, <a href="/acts/-111453#-233908">“s” bandlarida </a>nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari boʻyicha sodir etilgan deb baholanmasligi lozim.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1456709">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7558"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456709">25. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan holda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan mansabdor shaxsning harakatlari Jinoyat kodeksining qasddan odam oʻldirish jinoyati uchun javobgarlik belgilangan moddalari hamda <a href="/acts/-111453#-266285">206-moddasining </a>tegishli qismida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1456710">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7558"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.05 Hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456710">26. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxs tomonidan jazoni ijro etish muassasasi xodimini, shuningdek, mahbusni uning axloqan tuzalishiga toʻsqinlik qilish yoxud jamoat vazifasini bajarganligi uchun oʻch olish maqsadida qasddan oʻldirish JK <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddasining </a>tegishli qismidan tashqari, Jinoyat kodeksining ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi <a href="/acts/-111453#-266633">220-moddasi </a>boʻyicha ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456711">27. Qasddan odam oʻldirish uchun jazo tayinlashda ushbu jinoyat sodir etilishidagi barcha holatlar: qasd turi, qotillik sabablari, maqsadi, usuli, jinoyat sodir etilgan vaziyat va jinoyat bosqichi, shuningdek, aybdorning shaxsi, uning oʻz qilmishiga munosabati, jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar eʼtiborga olinishi zarur. Ayni paytda jabrlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlar, uning sudlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari, shuningdek, qotillik sodir etilmasdan oldingi xulq-atvori oʻrganilishi lozim.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6077788"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456712">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6077788"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6077790">Ayblanuvchining (sudlanuvchining) ruhiy jihatdan sogʻlomligiga shubha tugʻilgan taqdirda, ambulatoriya yoki statsionar sharoitida sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazilishi kerak.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6077792">(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6067250">qarori</a> tahririda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2375522"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=24.09.2004 00#-1456713">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2375522">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli <a href="/acts/-2370087?ONDATE=14.11.2007 00#-2370121">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456716">29. Qasddan odam oʻldirishga oid har bir ish boʻyicha jinoyat sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanishi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ularga nisbatan protsessual qonunda nazarda tutilgan tartibda munosabat bildirilishi lozim.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7341272"><a href="/acts/-1455961?ONDATE=14.05.2022 00#-6077793">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7341272"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7341273">30. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari qasddan odam oʻldirishga oid jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudlari tomonidan qonun talabiga qatʼiy rioya etgan holda koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar, hukmlarning qonuniy, asosli va adolatliligini sinchiklab tekshirsinlar, yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlik va xatolarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etsinlar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7341274">(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307838">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1456718">31. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 40-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1456719"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1456720"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1456721">2004-yil 24-sentabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1456722">13-son</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
