“Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Halokatga uchragan kemalarning dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidan bo‘lmish yaradorlari, bemorlari va shaxslarining qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
“Urush vaqtida fuqaro aholini himoya qilish to‘g‘risida” 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga;
Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga doir 1977-yil 26-sentabrdagi qo‘shimcha protokolga (1 protokol);
Xalqaro bo‘lmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasiga doir 1977-yil 26-sentabrdagi qo‘shimcha protokolga (II protokol) qo‘shilinsin.