Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2026
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA PORTLOVCHI MATERIALLARNI TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1493-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Transport IIB hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
5-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
80-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 201-modda)