O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqqa oid qonunchilik takomillashtirilganligi, shuningdek, sud amaliyotida soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka doir qonunchilikni qo‘llashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi).
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ijtimoiy xavfliligi soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lashga oid majburiyatni qasddan bajarmaslikdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga pul mablag‘lari tushmay qolishiga olib keladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) 174-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash tushunilishi lozim.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan ko‘rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini buzish.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni kamaytirib ko‘rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti hujjatlarida soliq solinadigan obyekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish (kamaytirish) tomoniga o‘zgartirishda ifodalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslik yoki soliq hisoboti taqdim etilganidan so‘ng sodir etilgan, soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida to‘lov qobiliyatsizligi holatini sun’iy ravishda vujudga keltirishga qaratilgan qilmishlarda ifodalanadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. MJtK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo‘lib, shu sababli “daromadlar”, “foyda”, “soliq solinadigan obyektlar”, “soliqlar”, “yig‘imlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi) normalaridan kelib chiqish lozim.
SK 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq, soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar ham belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi SK hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi SK bilan tartibga solinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qonunda soliqlar va yig‘imlarni (bundan buyon matnda — soliqlar) to‘lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda qasddan bo‘yin tovlash yoki birinchi marta ancha (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan MJtK 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Agar shaxs soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun MJtK 174-moddasining ikkinchi qismi bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Shuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik natijasida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya’ni shaxsning muqaddam soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi yoki uchinchi qismi bo‘yicha kelib chiqadi.
5. Shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv, tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar to‘lanmaganligi oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi mazmuniga ko‘ra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan soliq solinadigan obyekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan moliyaviy sanksiya (jarima va penya) summalarini qo‘shmagan holda) tushunilishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
6. MJtK 174-moddasi, JK 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u harakatda ham, harakatsizlikda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni (soliq bazasini) qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish belgilari, jumladan, quyidagilar:
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish yoxud ularni tekshirish uchun taqdim etishni rad etish;
qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;
nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish;
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;
tovarlarni sotish (xizmat ko‘rsatish)dan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromad (foyda)ni qasddan kamaytirish);
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash;
ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;
qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish va h.k.
Sudlarga tushuntirilsinki, SK 223-moddasining to‘rtinchi qismi talabiga muvofiq, mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi yoki realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish hollarida soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi aniqlanishidan tashqari, shaxsning qilmishida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga nisbatan to‘g‘ri qasd (JK 21-moddasi) mavjudligi isbotlangan bo‘lishi shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha shuni e’tiborga olish kerakki, agar soliq to‘lovchi subyektlarning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) JK 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish jinoyati (JK 19211-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (JK 205 — 209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Sudlarga tushuntirilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda davlat boji tariqasidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ifodalangan harakatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qonunga ko‘ra (SK 213-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi (masalan, agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi soliqlar uchun to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa (SK 103 — 105-moddalari);
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi (masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan o‘z harakatlarini o‘zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan bo‘lsa va SK 215-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda);
soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor shaxsining) soliqni (yig‘imni) hisoblab chiqarish, to‘lash tartibi to‘g‘risida yoki soliq to‘g‘risidagi qonunchilik qo‘llanilishining boshqa masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida soliq to‘lovchiga (yig‘im to‘lovchiga, soliq agentiga) yoxud noma’lum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari soliq to‘lovchi (yig‘im to‘lovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
soliq monitoringini o‘tkazish davrida soliq organining soliq to‘lovchiga (yig‘im to‘lovchiga, soliq agentiga) yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchi (yig‘im to‘lovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganligi (SK 215-moddasi).
(8-bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan birinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Qonunga ko‘ra (SK 103 — 105-moddalari), agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi soliqlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan xolda hal etiladi.
O‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni to‘lash muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan bo‘lsa va bunda ushbu hisobot soliq to‘lovchi tomonidan soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan bo‘lsa va ushbu hisobot taqdim etilgunga qadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni to‘lagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi javobgarlikdan ozod qilinadi (SK 83-moddasi).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash tariqasidagi jinoyat tegishli soliq davri uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda soliq to‘lanmasligi holati kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (agar bunda soliqlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish imkoniyati (SK 103 — 105-moddalari) yoki soliqqa oid huquqbuzarlik uchun shaxsning javobgarligini istisno etuvchi holatlar (SK 213-moddasi) mavjud bo‘lmasa.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
SK 73-moddasiga ko‘ra soliq davri kalendar yiliga mos keladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
10. MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning subyekti 16 yoshga to‘lgan, soliq solinadigan daromad (foyda)ga ega bo‘lgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblanadi.
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq to‘lovchi-yuridik shaxs rahbari va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek buxgalteriya, bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega bo‘lgan va buxgalteriya hujjatlariga daromad yoki xarajatlar to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritgan yoxud soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirgan o‘zga xizmatchilari tortilishlari mumkin.
11. Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda ko‘rishda bunday jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilishi shart.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu jinoyatni sodir etishga soliq to‘lovchi tashkilot boshlig‘i, bosh (katta) buxgalteri, boshqa xizmatchilarini undagan yoxud o‘zining maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida JK 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat-kassa texnikasi fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq to‘lovchiga ko‘maklashgan shaxslar ham soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda ko‘maklashgan bo‘lsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205, 209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK 1929, 19211, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
12. JK 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba yagona qasd bilan qamrab olmagan holda sodir etgan shaxsning harakati soliq to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd bo‘lganligining ahamiyati yo‘q.
Shaxsning harakatlarida soliqlarni to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qilmishni soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, huquqbuzarlik tugallangan vaqtda amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqish lozim. Bunda SK 4-moddasi, MJtK 9-moddasi va JK 13-moddasi talablariga rioya etilishi shart.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etiladi (SK 13-moddasi).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
(131-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Tushuntirilsinki, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan, shu jumladan, mazkur modda bo‘yicha sudlanganligi tugallangan yoki olib tashlangan shaxs ushbu asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasini muhokama qilishda, o‘ttiz kunlik muddat ichida yetkazilgan zararni qoplash masalasiga (SK 86-moddasi), shuningdek uning to‘liq qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (to‘lov topshiriqnomalar chiptalar va sh.o‘.) mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
(131-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash shaxs tomonidan soliqqa oid qonunchilikning muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq. Shu tufayli, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e’tibori shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov dalolatnomasida, ayblov xulosasi va ayblov hukmida ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan soliqqa oid qonunchilikning jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan aynan qaysi normasi talablari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga qaratilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi bilan bog‘liq holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, soliq tekshiruvi dalolatnomasi, taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma, davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarorlari asosida ham aniqlanishi mumkin. Sudlar, zarurat tug‘ilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilishlari lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning aybdorligiga oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining foydasiga hal qilinadi (JPK 23-moddasi).
16. Sudlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga oid har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining dalillar maqbulligini tartibga soluvchi normalariga rioya etilganligini sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dalillarni to‘plash uchun belgilangan tartibni buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlar shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
17. Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha hukm chiqarishda fuqarolik da’vosini hal etishlari zarur.
Sud fuqarolik da’vosini qanoatlantirish to‘g‘risida xulosaga kelganda, o‘z hukmida mahkumdan undirilishi lozim bo‘lgan pul summasi miqdorini (penya va shtraf summasini qo‘shgan holda), to‘lanmagan soliqlar turiga qarab, tegishli davlat budjeti (respublika, mahalliy), budjetdan tashqari maqsadli jamg‘arma, shuningdek soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi nomini ko‘rsatishi kerak.
18. Tushuntirilsinki, soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish MJtK 271-moddasining 5 va 7-bandlariga muvofiq tugatilgan taqdirda, mazkur to‘lovlar to‘lanmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
19. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda, sudlar soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
191. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida) bo‘lgan;
(191-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
192. Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instansiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
193. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
(191,192 va 193-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini vaqti - vaqti bilan umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
21. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 6-iyundagi “Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida”gi 6-sonli qarori bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-may,
08-son