Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi
Umumiy qism
I boʻlim.
Umumiy qoidalar
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini (bundan buyon matnda budjet tizimi budjetlari deb yuritiladi) shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik
Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq boʻlishi kerak.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining budjet toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.2013-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.08.2017-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5147-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 12.12.2016-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli bhs) “hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 91-sonli buyrugʻi.
3-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aylanma kassa mablagʻi — moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 141-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet jarayoni — budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, budjet tizimi budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jarayoni;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 16-moddasi.
budjet jarayoni ishtirokchilari — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 16-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 31 va 88-moddalari.
budjet sohasidagi vakolatlar — budjet jarayoni ishtirokchilarining budjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 4-bobi (Budjet sohasidagi vakolatlar).
budjet ssudasi — qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablagʻlari;
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
budjet soʻrovi — oʻrta muddatli davr uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olishga boʻlgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;
(3-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 85 moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari — qonunchilikda nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablagʻlar;
(3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44 va 105-moddalari.
budjet tizimi budjetlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21 — 23-moddalari, II boʻlimi (Budjet tizimi budjetlari).
budjetlararo transfertlar — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha oʻtkaziladigan mablagʻlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134,139-moddalari.
vaqtinchalik kassa uzilishi — joriy moliya yilining muayyan davrida budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining birlamchi profitsiti — muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti profitsiti;
Davlat budjetining birlamchi taqchilligi — muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlaridan davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda hisoblanadigan Davlat budjeti taqchilligi;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 24 va 151-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati — budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda taqqoslash;
(3-moddaning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektlari — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablagʻlar jalb etilishi natijasida yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yigʻindisi;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish — aktivlarni jalb etish, bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 1, 152, 153-moddalari.
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 121-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qarzi — Oʻzbekiston Respublikasining ichki mablagʻni va xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari;
(3-moddaning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
daromadlar va xarajatlar smetasi — budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 105-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
donorlar — Oʻzbekiston Respublikasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga begʻaraz asosda mablagʻlar ajratadigan davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari;
(3-moddaning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
dotatsiya — budjet tizimi budjetlariga ularning oʻz daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 137-moddasi.
jamlanma xarajatlar smetasi — budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy fiskal balans — Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan ajratiladigan depozit, budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda ularning qaytarilishi oʻrtasidagi farqni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;
(3-moddaning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fiskal tavakkalchiliklar — budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
moliya yili — birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 131-moddasi.
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablagʻlari oluvchilarda ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 123 va 129-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
subvensiya — muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135-moddasi.
subsidiya — tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tartibga soluvchi daromadlar — budjet tizimi budjetlari oʻrtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan soliqlar, yigʻimlar va davlat bojlari, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar. Soliq boʻlmagan toʻlovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻlmagan toʻlovlar kiradi;
(3-moddaning oʻttiz oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 118-moddasining birinchi qismi.
xarajatlar moddasi — budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy yoʻnalishi va toʻlovlarning aniq turlari boʻyicha belgilovchi budjet tasnifining bir qismi;
xarajatlar smetasi — budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar xarajatlar moddalari boʻyicha aks ettiriladigan hujjat;
 LexUZ sharhi
shtat jadvali — doimiy xodimlar lavozimlari va boʻsh oʻrinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxatni oʻz ichiga oladigan, budjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan tahliliy hisob registrlari;
(3-moddaning qirqinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 113 — 115-moddalari.
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlarida va budjetdan mablagʻ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 122-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona gʻazna hisobvaragʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maxsus bank hisobvaragʻi;
(3-moddaning qirq ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
oʻtkazib beriladigan daromadlar — tegishli maʼmuriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi budjetga oʻtkaziladigan, ular qayerda shakllangan boʻlsa, keyinchalik oʻsha maʼmuriy-hududiy birlik budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 136-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti (Davlat budjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan taʼminlash uchun moʻljallangan markazlashtirilgan pul jamgʻarmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti — budjet tizimi budjetlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining barcha tushumlari va xarajatlari hamda davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga doir xarajatlar boʻyicha tuziladigan budjet;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan qirq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
gʻaznachilik boʻlinmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachilik xizmati boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻyicha gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari;
(3-moddaning qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176-moddasi.
gʻaznachilik memorial orderi — mablagʻlarni bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan boshqa shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan toʻlov hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — oʻz tasarrufida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan qirq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy iqtisodiyot va moliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari;
(3-moddaning qirq toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 30-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya — oʻrta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi hujjat.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan qirq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
4-modda. Budjet tashkiloti
Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot budjet tashkilotidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 60, 81 va 106-moddalari.
5-modda. Budjet mablagʻlari oluvchi
Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs budjet mablagʻlari oluvchidir.
Budjet mablagʻlari oluvchi budjet tashkiloti maqomiga ega boʻla olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablagʻlari oluvchini Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish shartlari budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 32, 102, 116 va 163-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.1999-yildagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Budjet daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjetga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi normalarni amalga kiritish tartibi *
Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlari daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritiladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
* 51-moddaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1104-sonli Qonuniga asosan 2025-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha toʻxtatilgan.
2-bob. Budjet tizimi tushunchasi va prinsiplari
6-modda. Budjet tizimi tushunchasi
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular oʻrtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan oʻzaro munosabatlar yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 7 — 14-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi.
7-modda. Budjet tizimi prinsiplari
Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
budjet tizimining yagonaligi;
budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6, 8 — 17-moddalari.
8-modda. Budjet tizimining yagonaligi prinsipi
Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona boʻlishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
9-modda. Budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
Budjet tizimi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq boʻlishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi, mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
10-modda. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yigʻindisining hajmiga muvofiq boʻlishi kerak.
Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablagʻlari mazkur budjetlarning balansliligini taʼminlash uchun ular oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
11-modda. Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi
Budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari boʻyicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yoʻnalishlar boʻyicha rejalashtiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 87 va 88-bandlari.
12-modda. Budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi
Budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari muayyan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga ushbu mablagʻlardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
13-modda. Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
14-modda. Budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi prinsipi
Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablagʻlaridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
15-modda. Kassaning yagonaligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kiritiladi va ularning xarajatlarini toʻlash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
16-modda. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi budjet jarayonining har bir ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida oʻz harakatlari uchun javobgar boʻlishidan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining beshinchi xatboshisi, 6 va 7-moddalari.
17-modda. Ochiqlik prinsipi
Ochiqlik prinsipi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini koʻrib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini;
(17-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari toʻgʻrisidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini (chop etilishini);
(17-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarning ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini hamda yangilab borilishini anglatadi.
(17-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
3-bob. Budjet tasnifi
18-modda. Budjet tasnifi tushunchasi
Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat boʻlib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma.
19-modda. Budjet tasnifining tarkibi
Budjet tasnifi:
budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifini;
budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini oʻz ichiga oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18, 20 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning 2-bandi.
20-modda. Budjet tasnifining asosiy prinsiplari
Budjet tasnifining asosiy prinsiplari toʻliqlik, yagonalik va oʻzaro muvofiqlikdan iboratdir.
Budjet tasnifining toʻliqlik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Budjet tasnifining yagonalik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona budjet tasnifi qoʻllanilishini anglatadi.
Budjet tasnifining oʻzaro muvofiqligi prinsipi budjet tasnifining kodlari bir vaqtning oʻzida budjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qoʻllanilmasligini anglatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 va 19-moddalari.
21-modda. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablagʻlar manbalariga va ushbu budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Daromadlarning turi boʻlim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar boʻlimi daromadlarni ularni olish manbalari boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daromadlar paragrafi soliqlarni, yigʻimlarni va davlat bojini, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlarni ularni undirish bazasi boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Daromad tipi budjet tizimi budjetlari daromadining aniq turidan iborat boʻladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni maʼmuriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud oʻtkazib berilayotgan tegishli maʼmuriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning II boʻlimi.
22-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat boʻladi va ularning yoʻnalishini aks ettiradi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat:
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif;
Oldingi tahrirga qarang.
dasturiy tasnif;
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
tashkiliy tasnif;
iqtisodiy tasnif;
hududiy tasnif.
Budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablagʻlar manbalari va budjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Xarajatlarning tashkiliy tasnifi budjet tizimi budjetlarining mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha kodlashdan iborat boʻladi.
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yoʻnalishiga koʻra kodlashdan iborat boʻladi.
Hududiy tasnif budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tegishli maʼmuriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning III boʻlimi.
23-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar boʻyicha xarajatlari
Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar boʻyicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini oʻz ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi guruh — kapital qoʻyilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarga muvofiq);
(23-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
toʻrtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari boʻyicha aniq moddalar budjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning 139 va 142-bandlari.
24-modda. Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 18 — 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning IV boʻlimi.
4-bob. Budjet sohasidagi vakolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnomani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻtgan moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek joriy moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
(25-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
(25-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
(25-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti daromadlari prognozini choraklar va hududlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
(25-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;
(26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklarning, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlangʻich maʼlumotlar boʻyicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi;
(26-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(26-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi boʻyicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
(26-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining ijrosi toʻgʻrisida taqdim etilgan choraklik hisobotni Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan hamda boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy va boshqa maʼlumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash usuli orqali amalga oshiriladigan oʻrganishlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tezkor xulosa taqdim etadi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;
(26-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 174-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3093-sonli Farmoni.
27-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqadi va qabul qiladi;
(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini maʼlumot uchun qabul qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliqlar hamda yigʻimlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida belgilaydi;
(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori.
28-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
budjet soʻrovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga koʻrib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;
(28-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(28-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjet soʻrovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
(28-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish toʻgʻrisida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.
(28-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham taʼminlaydi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari prognozining oʻz hududiga tegishli qismining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimotini tasdiqlaydi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:
navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini koʻrib chiqish hamda tegishli xulosani taqdim etish uchun;
oʻtgan moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun yuboradi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari
(29-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(29-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va hududlar kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(29-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (shakllantirish va tuzish) amalga oshirish boʻyicha yagona uslubiy qoʻllanmalar toʻplamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(29-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida oʻzining ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga 10 va undan ortiq foiz miqdorda oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi;
(29-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning loyihalarini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar yuboradi;
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi;
(29-modda birinchi qismining ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlarni, yigʻimlarni va davlat bojlarini, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlarni ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
(29-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hamda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
(29-modda birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;
Davlat budjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
budjet ssudalarini beradi;
davlat tomonidan mablagʻlar jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini boshqaradi;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablagʻlar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra toʻlovlarni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
(29-moddaning birinchi qismi yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi, davlat kafolatini bajaradi;
(29-modda birinchi qismining oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini taʼminlaydi;
(29-modda birinchi qismining oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq sud muhokamalarida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi hamda budjet manfaatlarini koʻzlab sudlarga arizalar, daʼvo arizalari va shikoyatlar kiritadi, jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi;
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuniga asosan oʻttiz uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 30 va 31-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari
(30-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari:
(30-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(30-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlarning, yigʻimlarning, davlat bojlarining va soliq boʻlmagan toʻlovlarning ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
(30-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini yetkazadi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi;
tegishli budjetlarning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;
(30-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
(30-moddaning birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:
Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;
budjet ssudalarini beradi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 88-sonli buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan).
31-modda. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun budjet soʻrovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;
(31-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
budjet buyurtmalarini tuzish uchun koʻrsatkichlarni va materiallarni oʻz tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi;
xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun oʻz tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablagʻlari hajmlarini yetkazadi;
oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi;
(31-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻz tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;
oʻz tasarrufidagi tashkilotlarda budjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
oʻz tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.
(31-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar oʻzining joriy xarajatlarini, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni bir rivojlantirish dasturidan iqtisod qilingan mablagʻlar doirasida boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq oʻzlariga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va ulardan samarali foydalanishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan majlislarda ishtirok etadi hamda ushbu masalalar boʻyicha hisobot beradi.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning tashabbusiga koʻra, ularga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalari ishlab chiqilganda, zarur hollarda mazkur loyiha tashabbuskorlari tomonidan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang Mazkur Kodeksning 32 va 88-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet buyurtmasini budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi;
(32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni moʻljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;
ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga taqdim etadi.
(32-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek:
Oldingi tahrirga qarang.
shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻlmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi;
(32-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga oʻzgartirishlar kiritadi;
muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, gʻaznachilik boʻlinmalariga oʻz vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 4, 5, 102 — 104 va 163-moddalari.
33-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi;
(33-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida yetkazadi;
ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlar, davlat bojlari, soliq boʻlmagan toʻlovlar va boshqa tushumlar toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
(33-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;
(33-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaxiralarni aniqlaydi;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining Yagona gʻazna hisobvaragʻi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini boshqaradi;
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi;
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
II boʻlim.
Budjet tizimi budjetlari
5-bob. Davlat budjeti
34-modda. Davlat budjeti tuzilmasi
Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 35, 51, 70 va 71-moddalari.
35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tuzilmasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 34, 52, 93, 94, 99, 142 va 168-moddalari.
6-bob. Davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari
36-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mablagʻlari soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari, soliq boʻlmagan toʻlovlar va jarimalar, homiylik mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan boshqa daromadlardan, shuningdek budjet transfertlari va subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat maqsadli jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan shu jumladan vazirliklar va idoralar huzurida tuzilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
44-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari quyidagilardir:
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
(44-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
budjet tashkilotlarining undiriladigan toʻlovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodekeksning 36-moddasi, 11 va 15-boblari, 105-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bobi.
III boʻlim.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti. Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini tuzish maqsadlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari boʻyicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining barcha tushumlari va xarajatlarini (ular oʻrtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda) hamda davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlarni hisobga olib borish uchun tuziladi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 46-moddasi.
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Davlat budjeti;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;
(46-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan, biroq uning tarkibiga kirmaydigan jamgʻarmalarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 34 — 36, 45, 47 — 49-moddalari.
8-bob. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
47-modda. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablagʻlarni jamlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organi boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi organi va mablagʻlarini taqsimlovchidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:
(47-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari loyihasini;
(47-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 45 — 49-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3751-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2012-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1725-sonli qarori.
48-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari:
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarining boʻsh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(48-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻlar tushgan sanadagi almashuv kursi boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga kiritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 45 — 49-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3751-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2012-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1725-sonli qarori.
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;
(49-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish;
yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
davlat tomonidan tashqi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;
grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yoʻli bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish;
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;
ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish;
qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini koʻpaytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qoʻshilgan qiymat oʻsishini taʼminlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini) tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 45 — 48-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3751-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2006-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2012-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1725-sonli qarori.
IV boʻlim.
Budjet tizimi budjetlarining daromadlari
9-bob. Davlat budjeti daromadlari
50-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
Davlat budjeti daromadlari:
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar, yigʻimlar va davlat boji, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar;
(50-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Oldingi tahrirga qarang.
rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va chet davlatlarga ajratilgan kreditlar mablagʻlari boʻyicha foizli tushumlar;
(50-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
(50-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 51 va 52-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018-yildagi “Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlashning hamda davlat budjeti daromadlarini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 720-sonli qarori.
51-modda. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlarini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda soligʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarib berilgan daromad soligʻi summasi chegirilgan holda);
(51-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
aksiz soligʻi;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
Oldingi tahrirga qarang.
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi (qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlar chegirilgan holda);
(51-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar, tovon pullari, kompensatsiya toʻlovlari, jarima sanksiyalari va belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini joylashtirishdan va foydalanishga berishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident boʻlgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari va chet davlatlarga berilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari, aksiyalarning davlat ulushi (payi) boʻyicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi.
(51-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 50 va 52-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori.
52-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda soligʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarib berilgan daromad soligʻi summasi chegirilgan holda);
(52-modda birinchi qismi 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
aksiz soligʻi;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk soligʻi;
4) yer soligʻi;
5) qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim;
Oldingi tahrirga qarang.
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan, belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yigʻimlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni, huquq boʻyicha davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
(52-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
(52-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 50 va 51-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5075-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
11-bob. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari
60-modda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari:
hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar;
homiylikdan olingan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44, 61 — 63-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 va 5-boblari.
61-modda. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari:
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi miqdorida, respublika va viloyat darajasidagi boshqa sogʻliqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi miqdorida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
(61-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
hisobot choragining soʻnggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno;
tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar;
homiylikdan olingan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga tibbiyot tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44, 60 va 81-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
62-modda. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlarini shakllantirish
(62-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari belgilangan tartibda davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.
(62-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44 va 82-moddalari.
63-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlarini undiriladigan toʻlovlar hisobidan shakllantirish
Budjet tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlarida va boshqa davlat taʼlim tashkilotlarida saqlab turilganligi uchun;
(63-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda davlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganligi uchun;
(63-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy va oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganlik uchun;
(63-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi undiriladigan toʻlovlar hisobidan shakllantiriladi.
(63-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44-moddasi.
12-bob. Begʻaraz yordam
64-modda. Begʻaraz yordam turlari
Begʻaraz yordam insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari tarzida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqat, xalq isteʼmoli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tarzida beriladi. Tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, harbiy maqsad uchun moʻljallangan tovarlar, shuningdek olib kirilishi taqiqlangan tovarlar insonparvarlik yordami sirasiga kiritilishi mumkin emas.
(64-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 06.05.1993-yildagi “Chet eldan kelayotgan insonparvarlik yordami borasida hamkorlikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi 827-XII-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari asbob-uskunalar va texnologiyalarni sotib olish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni oʻtkazish, xodimlarni davolash, oʻqitish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun natura koʻrinishdagi va pul shaklidagi grantlar tarzida beriladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar tegishli donorlar bilan kelishuvlar yoki qonunchilik asosida aniqlanadi.
(64-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Mablagʻlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning begʻaraz yordamga mansubligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkar Kodeksning 65 — 68-moddalari.
65-modda. Insonparvarlik yordamini jalb etish
Oldingi tahrirga qarang.
Insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
(65-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi insonparvarlik yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31-iyuldan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(65-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Insonparvarlik yordamini jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan insonparvarlik yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtma asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkar Kodeksning 64, 66 — 68-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 06.05.1993-yildagi “Chet eldan kelayotgan insonparvarlik yordami borasida hamkorlikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi 827-XII-sonli qarori.
66-modda. Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish
Oldingi tahrirga qarang.
Kelgusi yil uchun texnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning roʻyxati vazirliklar va idoralarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining (loyiha tashabbuskorlarining) takliflari asosida joriy yilning 31-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Kelgusi yil uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Texnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati asosida amalga oshiriladi.
Texnik koʻmaklashish boʻyicha ustuvor loyihalarning ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun donorlar bilan ishlab chiqilgan roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kelgusi yilning 10-fevraligacha tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkar Kodeksning 64 — 68-moddalari.
67-modda. Begʻaraz yordam oluvchilarning majburiyatlari
Begʻaraz yordam oluvchilar:
Oldingi tahrirga qarang.
begʻaraz yordam loyihalari boʻyicha donorlar bilan kelishuvlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olishi hamda ularda nazarda tutilgan, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishi;
(67-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
olingan begʻaraz yordamdan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlashi;
olingan begʻaraz yordamning hisob va hisobotlarda aks ettirilishini taʼminlashi;
begʻaraz yordam doirasida kelgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻz vaqtida amalga oshirishi;
begʻaraz yordam kelganligi va foydalanilganligi yuzasidan hisobot taqdim etishi shart.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini oluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar bilan bir qatorda, shuningdek:
texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini va uni oʻzlashtirish jadvalini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi;
texnik koʻmaklashish mablagʻlari kelib tushishi uchun vakolatli banklarda maxsus hisobvaraqlar ochishi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etishi shart.
(67-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkar Kodeksning 64 — 68-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
68-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatiladigan begʻaraz yordam
Oʻzbekiston Respublikasining begʻaraz yordam koʻrsatishi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan begʻaraz yordam koʻrsatgan vakolatli organ hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.
(68-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkar Kodeksning 64 va 67-moddalari.
V boʻlim.
Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari
13-bob. Davlat budjeti xarajatlari
69-modda. Davlat budjeti xarajatlarining tarkibi
Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
(69-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
(69-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari hisobga olinadi.
(69-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 70 — 82-moddalari.
70-modda. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, qoʻshimcha taʼlim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tashkilotlari, bolalar uylari, davlat taʼlim tashkilotlarini axborot-uslubiy jihatdan taʼminlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi davlat taʼlim tashkilotlari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va oʻta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va davlat oliy taʼlim tashkilotlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini toʻlash xarajatlari;
(70-modda birinchi qismining 1-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar koʻrsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining oʻrnini qoplash (subsidiyalar);
(70-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar taʼminoti va ularga haq toʻlash, hukumatning alohida qarorlariga koʻra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar boʻyicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat koʻrsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini oʻtkazish hamda qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini toʻlash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga va bola tugʻilganda beriladigan nafaqalarni, qonunchilikda ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni toʻlash uchun vakolatli organga mablagʻlar ajratish xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni toʻlash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;
(70-modda birinchi qismi 1-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kam taʼminlangan oilalarga toʻlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam.
(70-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va oʻrmon xoʻjaligi xarajatlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq toʻlash xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlarga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida budjetdan ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
(70-modda birinchi qismi 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish toʻlovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
(70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar.
(70-modda birinchi qismi 3-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) respublika vazirliklari va idoralari buyurtmachi boʻlgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
(70-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
(70-modda birinchi qismi 5-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini;
(70-modda birinchi qismi 5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;
(70-moddaning birinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devonini;
(70-modda birinchi qismi 5-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlaridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;
(70-modda birinchi qismi 5-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
adliya va prokuratura organlarini.
(70-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69-moddasi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning (yangi tahriri) 51-moddasining birinchi qismi, 54-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari;
(70-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:
siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(70-modda birinchi qismi 8-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchi boʻlgan xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qarzi boʻyicha foiz toʻlovlari va davlat kafolatini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar;
(70-modda birinchi qismi 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat buyurtmasi boʻyicha statistika ishlariga haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
(70-moddaning birinchi qismi 8-bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(70-modda birinchi qismi 8-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablagʻlar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida, bojxona organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar;
(70-modda birinchi qismi 8-bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar.
(70-modda birinchi qismi 8-bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(70-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
71-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy oʻrta taʼlim, qoʻshimcha taʼlim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy taʼlim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, koʻp tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tugʻruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qoʻyish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti filialini, hududiy sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarini hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq toʻlash xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman tibbiyot birlashmalarini, tuman markaziy poliklinikalarini va yotoq joysiz dispanserlarni, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini, oilaviy poliklinikalarni hamda qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
(71-moddaning birinchi qismi 1-bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 1-bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻlovchilarni va bagajni cheklangan tariflar boʻyicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.
(71-modda birinchi qismi 1-bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq toʻlash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish;
(71-modda birinchi qismi 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish;
suv yoʻllarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
aholi punktlarini obodonlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga koʻrsatilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararlarining oʻrnini qoplash xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-modda birinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan oʻrmon xoʻjaligini, oʻsimliklar karantinini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 2-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi boʻlgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesini;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va boʻlimlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining hududiy organlarini saqlab turish xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
6) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash xarajatlari;
(71-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
61) harbiy-maʼmuriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
(71-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan 61-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
(71-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan 62-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
7) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
8) advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun haq toʻlash xarajatlari;
9) koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni taʼmirlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik taʼminoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal taʼmirlash xarajatlari;
10) davlat qarzi boʻyicha foiz xarajatlari va davlat kafolatini bajarish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
(71-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan 8, 9 va 10-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 22, 23, 69, 73, 98-moddalari, 99-moddasining ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, umumiy oʻrta taʼlim, qoʻshimcha taʼlim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
(72-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarini saqlab turish xarajatlari;
(72-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
(72-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam toʻlash xarajatlari;
(72-modda 1-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini, laboratoriyalarni saqlab turish;
(72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish;
(72-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarni, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;
uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning boʻlimlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini saqlab turish xarajatlari;
(72-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
51) jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari;
(72-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan 51-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
(72-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44 va 60-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
73-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlar oʻz vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash uchun tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalarining miqdori Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.
(73-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining taqsimlovchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi iqtisodiyot va moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.
(73-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda koʻrsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat budjetida ham mablagʻlar nazarda tutilgan boʻlsa, u holda tegishli zaxira jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar faqat ilgari tegishli budjetda nazarda tutilgan mablagʻlar sarflab boʻlinganidan keyingina kiritiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, u holda foydalanilmay qolgan mablagʻlar tadbirlarni oʻtkazish muddati tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli zaxira jamgʻarmasiga tiklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan budjetdan ajratilgan mablagʻlar moliya yili tugagach tegishli budjetga tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga tegishli zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot taqdim etadi.
(73-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son)
15-bob. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari xarajatlari
81-modda. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi xarajatlari
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini toʻlash;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;
budjet tashkiloti xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.
Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va muddati oʻtgan kreditorlik qarz mavjud boʻlgan taqdirda, Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari birinchi navbatda ushbu qarzlarni toʻlash uchun sarflanadi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlanadigan mablagʻlar ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatilgan homiylik mablagʻlarining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari xarajatlari
(82-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan:
(82-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan xodimlarning qoʻshimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(82-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44-moddasining toʻrtinchi xatboshisi, 105-moddasining ikkinchi qismi, 122-moddasining ikkinchi qismi.
Maxsus qism
VI boʻlim.
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish hamda tasdiqlash
16-bob. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet moʻljallari oʻrta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
budjet soʻrovini tuzish tartibini yuborishni;
budjet soʻrovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish va jamlashni;
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
84-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihalarini tuzish uchun masʼul organlar
Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun masʼul organlar quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
(84-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar loyihalarini tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan soʻralgan axborot va maʼlumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi boʻyicha.
(84-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun masʼul organlardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 25 — 29-moddalari.
85-modda. Budjet soʻrovi
Budjet soʻrovi:
budjet tashkilotining, budjet mablagʻlari oluvchining va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oluvchi, oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos boʻladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari koʻrsatilgan reyestrini;
budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bogʻliq holda tuzilgan kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini oʻz ichiga oladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar budjet soʻrovi bilan bir vaqtda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet soʻrovini tuzish tartibi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(85-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
86-modda. Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot
Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining har bir faoliyat turi boʻyicha oʻtgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat koʻrsatkichlari haqidagi axborotni oʻz ichiga oladi.
Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega boʻlmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos boʻlgan tegishli qonunchilik hujjati koʻrsatilgan roʻyxatidir.
(87-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun budjet tasnifiga muvofiq tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 85-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi.
88-modda. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam boʻlmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari vazifalarini, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini;
(88-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;
maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni taʼminlaydigan, muddatlari va turlari boʻyicha kelishilgan kutilayotgan natijalar koʻrsatkichlari tizimini.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
89-modda. Budjet buyurtmasi
Budjet buyurtmasi budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkiloti yoxud budjet mablagʻlari oluvchi tomonidan tuzilgan budjet buyurtmasi tegishli budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli iqtisodiyot va moliya organi va davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organga budjet soʻrovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
(89-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet buyurtmasida oʻtgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet buyurtmalari asosida jamlanma budjet buyurtmasini tuzadi.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining jamlanma budjet buyurtmasi budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bogʻliq holda tuziladi.
Budjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini oʻtgan yillarga nisbatan koʻpaytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati boʻlgan taqdirda va mazkur koʻpaytirish budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 32-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 85-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
90-modda. Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish tartibi
Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya (bundan buyon matnda Fiskal strategiya deb yuritiladi):
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini;
soliq va budjet siyosatining oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda hisoblangan oʻrta muddatli davr uchun prognozlarini;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari daromadlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni;
kelgusi moliya yili uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlari prognozini va ular asosida kelgusi ikki yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli moʻljallarni;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy fiskal balans prognozlarini;
(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjetining birlamchi profitsiti yoki birlamchi taqchilligi prognozlarini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlilini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15-aprelga qadar oʻrta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi.
(90-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(90-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan — har yili 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar roʻyxati hisobga olingan holda zarur boʻlgan mablagʻlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi dastlabki takliflar;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — har yili 1-mayga qadar navbatdagi oʻrta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozlari va xarajatlarning dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur boʻlgan mablagʻlar bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari boʻyicha takliflar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1-mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda oʻrta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(90-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fiskal strategiyani ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
(90-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
(90-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
901-modda. Fiskal strategiyani tasdiqlash
Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;
(901-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga maʼlumot uchun kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(901-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
902-modda. Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
(902-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlarini oluvchilarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
(902-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
(902-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga yetkazadi.
(902-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
91-modda. Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan;
(91-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
(91-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarining obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
(91-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(91-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha budjet soʻrovlarini koʻrib chiqadi.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
92-modda. Budjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kelgusi yil uchun budjet soʻrovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga;
(92-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlari — joriy yilning 15-avgustiga qadar ishlab chiqiladi.
(92-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining prognozi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi.
(92-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining yangilangan prognozi boʻyicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:
(92-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet soʻrovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:
(92-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud boʻlmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past boʻlgan, budjet daromadlarining tegishli oʻsishi bilan taʼminlanmagan xarajatlarni kamaytirish toʻgʻrisida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlarning va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
(92-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining yozma bildirishlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda koʻrsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet soʻrovlarini taqdim etishi shart.
(92-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
93-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash muddatlari
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyulidan kechiktirmay;
(93-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joriy yilning 1-avgustidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(93-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(93-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 35, 52, 94, 95, 99, 142-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” gi PQ-3042-sonli qarori.
94-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan:
(94-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
(94-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari asosida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan:
(94-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
(94-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
(94-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 35, 52, 93, 95, 99, 142-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” gi PQ-3042-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlangan xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar budjetlari zaxira jamgʻarmalarining mablagʻlari mustasno) 5 foiziga teng miqdordagi mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
95-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:
(95-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
daromadlarning tashkil topish manbalari boʻyicha Davlat budjeti daromadlari prognozi;
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari va Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
(95-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat budjetining loyihasi:
ushbu Kodeksning 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat budjetining daromadlar manbalari boʻyicha daromadlari va yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlari prognozidan;
Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar va yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari bilan qoplanmasa, yoʻl qoʻyilmaydi.
(95-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 35, 52, 93, 94, 99, 142-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” gi PQ-3042-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
96-modda. Budjetnoma
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet moʻljallarini;
sohalar boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini;
davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlarining yillik cheklangan miqdorini.
(96-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17-bob. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish tartibi
(17-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va budjetnoma:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
(97-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha xulosani joriy yilning 5-oktabridan kechiktirmay taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda eʼlon qilinadi.
(97-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
98-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilish
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabriga qadar koʻrib chiqilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay maʼqullanadi.
(98-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tegishli xulosani taqdim etishi uchun joriy yilning 20-sentabriga qadar yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha xulosani joriy yilning 1-oktabridan kechiktirmay taqdim etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 10-oktabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi;
ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 25-oktabridan kechiktirmay tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining masʼul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan bir hafta ichida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinadi.
Navbatdagi yil uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan:
joriy yilning 10-oktabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi;
ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta koʻrib chiqiladi hamda joriy yilning 1-noyabridan kechiktirmay tegishincha xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari ushbu qarorlarga muvofiqlashtirilgan holda tegishincha tumanlarning va shaharlarning budjetlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari toʻgʻrisidagi tegishli qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
(99-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 148-moddasi, Mazkur kodeksning 27, 28, 35, 52, 93, 94-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori.
100-modda. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini yetkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(100-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini ularning eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning eʼtiboriga — oʻn ish kuni ichida yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
(100-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.
(100-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
101-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti
Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga koʻra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan budjetdir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi toʻxtatib turiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.
18-bob. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
 LexUZ sharhi
Qarang: “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2634, 15.12.2014-y.).
102-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini tuzish
Xarajatlar smetalari budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan, yil oylari boʻyicha taqsimlangan holda:
xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari boʻyicha xarajatlarning moddalariga koʻra ajratib;
xarajatlarning toʻrtinchi guruhi boʻyicha xarajatlarning moddalariga koʻra ajratmasdan tuziladi.
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari boʻyicha toʻrtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining roʻyxati boʻyicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.
(102-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha uch nusxada tuziladi.
(102-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya organlari va budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
(102-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida koʻrib chiqadi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.
(102-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining oʻttiz beshinchi xatboshisi, 103 — 105-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 — 4-boblari.
103-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini tasdiqlash
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi budjet mablagʻlarini taqsimlovchining bosh buxgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun yillik jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 20-dekabriga qadar tasdiqlanadi.
(103-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 25-dekabriga qadar tasdiqlanadi.
(103-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli roʻyxatlari va obyektlarning titul roʻyxatlari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, budjet mablagʻlarini taqsimlovchining kelgusi moliya yil uchun jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(103-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(104-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
105-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda roʻyxatdan oʻtkazish
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetalari ushbu Kodeksning 107-moddasida xarajatlar smetalari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(105-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablagʻlar qoldigʻi hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, budjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga koʻrsatilgan xodimlar soni boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shtat jadvali ilova qilinadi.
(105-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining oʻttiz beshinchi xatboshisi, 102 — 104-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 — 4-boblari.
106-modda. Budjet tashkilotining shtat jadvalini tuzish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotining shtat jadvali 1-dekabr holatiga koʻra har bir budjet tashkiloti boʻyicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha tuziladi.
(106-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangidan tuzilayotgan budjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, budjet tashkiloti faoliyat koʻrsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi.
(106-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda hamda qonunchilik bilan tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif razryadlarida, bazaviy stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga;
(106-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan budjet tashkilotlarining budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan saqlab turilgan boshqaruv xodimlari soniga;
davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, xizmatlar koʻrsatuvchi va texnik xodimlari sonining oʻzaro nisbati normativlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya roʻyxatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi boʻyicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi koʻrsatilgan, tarifikatsiya roʻyxati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim budjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud boʻlmaganda, ularning shtat jadvallariga kiritiladigan lavozimlarning nomi va xodimlar soni hamda ularning mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
(106-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarida nazarda tutilgan, ustamalar, qoʻshimcha haq toʻlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan, bir yil uchun hisob-kitob qilingan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi budjet tashkilotining shtat jadvalida alohida satr bilan koʻrsatiladi.
Budjet mablagʻlari oluvchilar — kapital qurilish boʻyicha buyurtmachilar xizmatlarining shtat jadvali ushbu moddaga muvofiq tuziladi.
Budjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buxgalteri (uning oʻrinbosari) va moliya-iqtisod boʻlinmasi boshligʻi (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining kelgusi moliya yili uchun shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(106-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
107-modda. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelgusi moliya yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari ular iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin amalga kiritiladi.
(107-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Joriy yilning 25-dekabrigacha:
(107-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida;
(107-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida;
(107-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(107-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari, shuningdek tegishli budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan xarajatlari tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
(107-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin iqtisodiyot va moliya organlari:
(107-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
budjet tashkilotlari xodimlarining xarajatlar smetalari boʻyicha tasdiqlangan ish haqi summalarining shtat jadvallari boʻyicha tasdiqlangan ish haqiga muvofiqligini;
shtat jadvalida nazarda tutilgan lavozimlar nomlarining va xodimlar sonining, mehnatga haq toʻlash razryadlarining, bazaviy miqdorlarining belgilangan normativlarga muvofiqligini;
Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasining toʻgʻri shakllantirilganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional davlat taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi toʻgʻri shakllantirilganligini;
(107-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini;
toʻrtinchi guruhning moddalar boʻyicha yoyilmasidagi xarajatlar summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summaga muvofiqligini tekshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 102 — 106-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
108-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy boʻlingan holda tuziladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(108-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini kelgusi yil uchun tasdiqlash joriy yilning 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(108-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 25-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(108-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
VII boʻlim.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi
19-bob. Budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibi
109-modda. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini taʼminlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
(109-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼminlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan taʼminlanadi.
Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining ijrosi budjet tashkilotlari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan gʻazna ijrosi yoʻli bilan amalga oshiriladi. Gʻazna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
(109-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
(109-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar oʻz xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli.
Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash, ichki tartibni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
110-modda. Budjet tizimi budjetlarini ijro etish muddatlari
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
(110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 18-moddasining birinchi qismi, 23-moddasining ikkinchi qismi, 28-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 104, 109 va 130-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlari
(111-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona gʻazna hisobvaragʻi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaragʻi boʻlib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur budjetlarning xarajatlari toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida hamda boshqa banklarda oʻzga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
(111-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Yagona gʻazna hisobvaragʻi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablagʻlarning soʻzsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(111-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatilganligi uchun haq olinmaydi.
(111-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
112-modda. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar va xarajatlar yoyilmasi deb yuritiladi):
budjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;
daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini taʼminlash maqsadida tuziladi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli budjet daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli budjet xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, budjet tasnifiga muvofiq oyma-oy boʻlingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.
(112-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining yakuniy maʼlumotlari, budjetlararo transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik budjetda qabul qilingan summalarga mos kelishi lozim.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
(112-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
(112-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlari boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan;
(112-modda beshinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi.
Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismiga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydigan quyidagi:
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ijro etish jarayonida boʻshaydigan;
tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari boʻyicha hisobga olingan;
advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan toʻlanishi nazarda tutiladigan;
qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini soliq toʻlovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan;
davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash uchun nazarda tutiladigan, budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno;
(112-modda oltinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini toʻlash uchun nazarda tutiladigan;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar toʻlash uchun nazarda tutiladigan;
transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchi boʻlgan xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun moʻljallangan;
(112-modda oltinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;
saylov va referendumlar oʻtkazish uchun nazarda tutiladigan;
budjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;
tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va koʻpaytirish uchun nazarda tutiladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari ajratish va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan;
(112-modda oltinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat budjeti xarajatlarini koʻpaytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun moʻljallangan;
davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladigan;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kiritiladi.
(112-moddaning oltinchi qismi oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(112-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
113-modda. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining turlari
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi turlar boʻyicha ochiladi:
budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(113-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
114-modda. Budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
Budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
(114-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
(114-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlari boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan;
(114-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112, 113, 115, 116-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari.
115-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ochiladi.
(115-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112 — 114, 116-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari.
116-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
(116-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
(116-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan;
(116-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112 — 115-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari.
117-modda. Budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi
Budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi:
tushumlarni Yagona gʻazna hisobvaragʻiga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritishni;
tushumlarni budjet tizimining budjetlari oʻrtasida taqsimlashni;
ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni toʻlash evaziga hisobga olishni;
Oldingi tahrirga qarang.
hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.
(117-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlarni yigʻishga vakolatli boʻlgan organlar va tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari bundan mustasno, daromadlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
(117-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
118-modda. Budjet tizimi budjetlari oʻrtasida tushumlarni taqsimlash
Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlari oʻrtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
(118-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(118-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tartibga soluvchi daromadlarni budjet tizimining budjetlari oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(118-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda Davlat budjetiga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa (bundan ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno), bu turdagi daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(118-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlariga ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan tushum summalarini qaytarish ularni qaytarish vaqtida amalda boʻlgan ajratmalarning normativlariga muvofiq tegishli budjet tizimi budjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan amalga oshiriladi.
(118-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli iqtisodiyot va moliya organlarining taklifiga koʻra mahalliy soliqlar toʻliq hajmda kiritiladigan budjet darajasini belgilaydi.
(118-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi.
(118-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112 — 116-moddalari, 125-moddasi.
119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining qoʻshimcha manbalari
Davlat budjetining qoʻshimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablagʻlaridan;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(119-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(119-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablagʻlardan;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qoʻshimcha aniqlangan daromadlardan respublika budjetiga undirilgan mablagʻlardan.
(119-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
(119-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
ushbu Kodeksning 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, tegishli budjet daromadlarini undirishga vakolatli organlar oʻrtasida rasmiylashtiriladigan solishtirma dalolatnomalarga asosan Davlat budjeti darajalari kesimida alohida aniqlanadi.
Har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishli moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida shakllangan qoʻshimcha manbalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining erkin qoldiq mablagʻlari ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi budjet mablagʻlari qoldigʻining ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
(119-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(119-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Quyi turuvchi budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi budjetda markazlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining qoʻshimcha manbalari quyidagilardir:
yil boshidagi holatga koʻra davlat maqsadli jamgʻarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning yil boshiga tasdiqlangan mablagʻlar miqdoridan ortiq boʻlgan qoldiqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha, ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi;
(119-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod qilinishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisi, 28-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi.
120-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi
Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi:
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni;
kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni oʻtkazishni;
Oldingi tahrirga qarang.
hisob va hisobotni;
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi.
(120-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlari oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar:
1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning:
Oldingi tahrirga qarang.
(120-modda toʻrtinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(120-modda toʻrtinchi qismi 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar moliya yili yakuni boʻyicha toʻliq oʻzlashtirilmaganligi;
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilar faoliyati toʻxtatib turilganligi — toʻxtatib turilgan davr uchun;
2) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati boʻyicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning summalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga;
(120-modda toʻrtinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga;
5) dotatsiyalar va subsidiyalarni toʻlash uchun moʻljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(120-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 109 va 112-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablagʻlarning ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
(120-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
121-modda. Davlat xaridlari
Davlat xaridlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobati va ochiqlikni taʼminlash asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xaridlari amalga oshirilishi va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar belgilangan tartibda operatorning maxsus axborot portalida joylashtirilishi kerak.
(121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(121-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqobat va ochiqlik cheklangan holdagi davlat xaridlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
(121-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-3464-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-3953-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-mayda 3013-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida nizom.
122-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olish
Yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobga olinadi.
(122-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim etadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
(122-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning birinchi hamda ikkinchi guruh xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan buyurtmalar shaklida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari joriy moliya yili doirasida amal qilish muddati bilan tuzilishi lozim, kapital qoʻyilmalar boʻyicha shartnomalar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qoʻshimcha bitim tuzilmagan boʻlsa, yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha yuridik majburiyatlarni bajarish tugatiladi.
(122-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar asosida belgilangan yuridik majburiyatlarni qabul qilish uchun limit birinchi navbatda tegishli moddalar boʻyicha moliya yili boshida mavjud boʻlgan, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan va gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzi summasiga band qilib qoʻyiladi.
Mablagʻlarni:
budjet tashkilotining iqtisod qilingan budjetdan ajratiladigan mablagʻlari hisobidan oʻz budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga, shuningdek tibbiyot muassasasi tomonidan — xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadli budjetdan ajratiladigan mablagʻlari hisobidan oʻzining tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga;
har bir obyekt boʻyicha kelishilgan manzilli va titul roʻyxatlarda hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida kapital qoʻyilmalar boʻyicha buyurtmachi xizmatini saqlab turishga;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlarni, yigʻimlarni, davlat bojlarini va soliq boʻlmagan toʻlovlarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xizmatlari uchun haq toʻlashga;
(122-modda oʻninchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
yuridik majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladigan xarajatlarni toʻlashga oʻtkazish shartnoma tuzilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisida nizomning 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyrugʻi.
123-modda. Moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish
Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʻlash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek ushbu Kodeksning 122-moddasi oʻninchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari asosida gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(123-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Amal qilish muddati tugagan shartnomalar boʻyicha yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini toʻlash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy moliya yili doirasida hamda ushbu Kodeks 122-moddasining sakkizinchi qismida koʻrsatilgan hollarda hisobvaraq-faktura va oʻzaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 124, 125-moddalari, 127-moddasining ikkinchi qismi, 129-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisida nizomning II boʻlimi (“Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariga qaratish”).
124-modda. Kassa xarajatlarini amalga oshirish
Gʻaznachilik boʻlinmalari budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning buyurtmalari boʻyicha toʻlovlarni ularda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlarni toʻlash uchun toʻlov hujjatlarini gʻaznachilik boʻlinmalariga toʻlov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etadi.
Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan budjet tashkilotlari (budjet mablagʻlari oluvchilar) oʻrtasidagi, budjet tizimi budjetlarining turli darajalari oʻrtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari oʻrtasidagi toʻlovlar gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning chet el valyutasidagi toʻlovlari hamda pul oʻtkazmalari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi.
(124-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan oʻtgan moliya yilida hosil boʻlgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qoʻshimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli budjet daromadlariga oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 120-moddasining uchinchi qismi.
125-modda. Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni Davlat budjeti daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yoʻli bilan amalga oshiradi.
(125-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar yetishmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar beradi.
(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi budjet tizimi budjetlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini boshqaradi.
(125-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin boʻlgan mablagʻlarning hajmini belgilaydi.
(125-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(125-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligining gʻaznachiligi toʻgʻrisida nizom 8-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilinishi mumkin.
Yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(125-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
126-modda. Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish
(126-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga, qolgan qismi esa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
(126-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari birinchi navbatda joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari tegishli budjet hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turishga yoʻnaltirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablagʻlari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.
(126-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
(126-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qoʻshimcha manbalarni yoʻnaltirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
(126-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
127-modda. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Joriy moliya yili uchun moʻljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
(127-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirishda xarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligi budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari oʻz budjetlarining balansliligi buzilishiga va Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori oshishiga olib keladigan tegishli budjet daromadlarini qisqartirishga yoki xarajatlarini koʻpaytirishga qaratilgan biror-bir qaror qabul qilishga haqli emas.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli budjet daromadlari qisqarishiga olib keladigan qarorlari tegishli budjet xarajatlari qisqartirilgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari parametrlarini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmlariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni koʻpaytirish yoki qisqartirish barcha darajadagi budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(127-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432–II-son Konstitutsiyaviy qonunining 8-moddasi birinchi qismining 11-bandi, 18-moddasi birinchi qismining 4-bandi.
128-modda. Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlariga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni Davlat budjeti mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(128-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlari boʻyicha tegishli budjetdan mablagʻlar olish uchun ijro hujjatida kimning foydasiga budjet mablagʻlari oʻtkazilishi nazarda tutilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar yoxud ularning vakillari (bundan buyon matnda undiruvchilar deb yuritiladi) tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga ijro hujjatining asl nusxasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. Arizada budjet mablagʻlari oʻtkazilishi talab qilinayotgan undiruvchining bank hisobvaragʻi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(128-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(128-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
128-moddaning uchinchi qism 2016-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya organi ijro hujjati kelib tushgan kundan eʼtiboran belgilangan tartibda uning ijro etilishini taʼminlaydi.
(128-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Undiruvni davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning II boʻlimi (“Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariga qaratish”).
129-modda. Ijro hujjatlari boʻyicha budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlaridan ijro yigʻimi undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(129-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (bundan “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mustasno);
(129-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
toʻlanishi lozim boʻlgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning III boʻlimi (“Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni qaratish”).
130-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari mavjud boʻlmaganda budjetni ijro etish tartibi
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda ijro etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻtgan moliya yilida amalda boʻlgan soliqlar, yigʻimlar va davlat bojlari, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlarni taqsimlash normativlari saqlab qolinadi;
(130-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(130-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmasa, boshlanayotgan moliya yilida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining oʻtgan moliya yilining oxirgi choragidagi ajratilgan mablagʻlar doirasida xarajat qilinadi.
(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda, moliya yili mobaynida xarajatlarning umumiy summasi qabul qilingan Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 129, 131-moddalari.
131-modda. Joriy moliya yilini yakunlash
Joriy moliya yilining budjet tizimi budjetlariga tushumlarni kiritish bilan bogʻliq boʻlgan barcha operatsiyalari joriy moliya yilining oxirgi ish kunida yakunlanadi.
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlariga kelgusi yilda kiritilgan daromadlar yangi boshlangan yil daromadlari hisoblanadi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari daromadlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlariga joriy yilning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar kiritilgan va yangi boshlangan yilning uch ish kuni mobaynida Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilgan daromadlar oʻtgan yilning daromadlari hisoblanadi.
Joriy yilning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan barcha toʻlovlar moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri tugaganidan soʻng yakunlanadi.
Qoʻshimcha vaqt davrida joriy moliya yili uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini ijro etish boʻyicha operatsiyalar, shu jumladan:
budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash;
budjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablagʻlar summalarini budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmalariga (tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalariga) oʻtkazish;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari mablagʻlari hisobidan boshqa ruxsat etilgan toʻlovlar amalga oshiriladi.
Budjetlararo munosabatlarni tartibga solish yuqori va quyi turuvchi budjetlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari oʻrtasidagi oʻzaro qarzdorlikning jami summasi toʻlanishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻtgan yilni yakunlash boʻyicha qoʻshimcha vaqt davrida muayyan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(131-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
20-bob. Budjetlararo munosabatlar
132-modda. Budjetlararo munosabatlar tushunchasi
Budjetlararo munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar budjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari oʻrtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlashga doir munosabatlardir.
Budjet jarayonida:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa maʼmuriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 131-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 133 — 142-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda 2850-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarining 221-bandi.
133-modda. Budjetlarning darajalari oʻrtasida daromadlar va xarajatlarni oʻtkazish
Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini ijro etish jarayonida ushbu Kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, quyi turuvchi budjetlarning daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud koʻpaytirishga olib keladigan hollarda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni ajratish yoki olib qoʻyish orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 131 va 132-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
134-modda. Budjetlararo transfertlar
(134-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetlararo transfertlar subvensiyalar, oʻtkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, budjet ssudasi oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi.
(134-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Budjetlararo transfertlarning hajmlari:
Oldingi tahrirga qarang.
joriy moliya yilida turli darajadagi budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻzgarishiga sabab boʻluvchi qonunchilik hujjatlari qabul qilinganda;
(134-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli barcha soliqlarning, yigʻimlarning, davlat bojlarining va soliq boʻlmagan toʻlovlarning toʻliq tushishidan hamda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning oʻzlashtirilishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(134-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetlararo transfertlarni moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablagʻlar oʻtkazib berilgan budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlarini shakllantirish manbasi hisoblanmaydi.
Budjetlararo transfertlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi, ularning hisobi alohida yuritiladi hamda ular Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
Budjetlararo transfertlarni hisobga olish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
(134-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi budjet quyi turuvchi budjet oldidagi budjetlararo transfertning bir shakli boʻyicha majburiyatlari quyi turuvchi budjetning yuqori turuvchi budjet oldidagi budjetlararo transfertning boshqa shakli boʻyicha majburiyatlarini kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin.
(134-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 112-moddasining toʻrtinchi qismi, 120-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi, 139, 140-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarinining 12-bobi.
135-modda. Subvensiyalar
Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.
(135-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(135-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
136-modda. Oʻtkazib beriladigan daromadlar
Tegishli maʼmuriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga oʻtkaziladigan daromadlar ular qaysi maʼmuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan boʻlsa, oʻsha maʼmuriy-hududiy birlik budjetiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Oʻtkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(136-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi.
(136-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga tushumlari oʻtkazib beriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
(136-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushumlari oʻtkazib beriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
(136-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi budjetga tushishi lozim boʻlgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Oʻtkazib beriladigan daromadlarni oʻtkazish ular boʻyicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 12.05.2010-yildagi 2102-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 12.05.2010-yildigi 27-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom.
137-modda. Dotatsiya
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga dotatsiya quyi turuvchi budjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subvensiyalar va oʻtkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur budjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlariga dotatsiya jamgʻarmalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamgʻarmalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin.
Dotatsiyaning miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga ajratilganda — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(137-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(137-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 12.05.2010-yilda 2102-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 12.05.2010-yildagi 27-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandi.
138-modda. Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar
Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari oʻzgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasida yuzaga keladigan oʻzaro pul munosabatlaridir.
Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi;
(138-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning boʻysunuvi oʻzgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga oʻtkazilganligi;
kapital qoʻyilmalar limitlari budjetlar darajalari oʻrtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim boʻlgan summa yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan aniqlanadi.
(138-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10 va 20-moddalari, 127-moddasining beshinchi qismi, 131-moddasi oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 522-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
1381-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Oldingi tahrirga qarang.
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
(1381-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(1381-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(1381-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
(1381-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134, 139, 140-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
1382-modda. Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar
Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar qaytarilmaslik sharti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozlaridan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.
Tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini, quyi turuvchi budjetlarning daromadlari prognozlarining ijrosidan qatʼi nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(1382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
139-modda. Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan tumanlar, shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Budjetlararo transfertlar boʻyicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qoʻshimcha vaqt davri hisobga olingan holda tugallanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134 -moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarining 12-bobi.
140-modda. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining toʻliq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini taʼminlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foiz toʻlash sharti bilan beriladi.
Budjet ssudasi:
bir moliya yilida prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar oʻrtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda;
Oldingi tahrirga qarang.
daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — tegishli moliya yili yakunigacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi.
(140-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Rejali budjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan budjetlararo transfertlar, aylanma kassa mablagʻlaridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablagʻ jalb qilish, tegishli tasdiqlangan budjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlarning qoplanishini taʼminlamagan hollarda beriladi.
Budjet ssudasi:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari hisobidan — tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari oʻrtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlar toʻliq tushmagan yoki ularning moliya yili uchun tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlarni muddatidan oldin amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan, tegishli budjet daromadlari va xarajatlarini muvozanatlashtirish boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish budjet ssudasi ajratilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
(140-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Ajratiladigan budjet ssudalarining miqdorlari kelgusi moliya yili uchun alohida choraklardagi daromadlar va xarajatlar oʻrtasida yuzaga keladigan rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun tegishli budjetning yillik rejali daromadlari hamda xarajatlari har chorakda qayta taqsimlanayotganda belgilanadi.
Budjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatga muvofiq ularni oʻz vaqtida qoplashdan iboratdir.
Budjet ssudasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organ rahbarining budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan soʻrovi asosida beriladi.
Budjet ssudasi olish toʻgʻrisidagi soʻrovda soʻralayotgan budjet ssudasining miqdori va u soʻralayotgan davr, shuningdek budjet ssudasini qaytarishning kafolatlangan manbalari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi soʻrovni koʻrib chiqishda iqtisodiyot va moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborot va hisob-kitoblarni soʻrab olish huquqiga ega.
(140-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Taqdim etiladigan axborot va hisob-kitoblarda kassa uzilishi sabablarining quyidagi batafsil tahlili keltiriladi:
a) tegishli budjetning yil boshidan oxirgi hisobot davrigacha boʻlgan ijrosi toʻgʻrisidagi axborot;
b) hisobot davri uchun kassa uzilishlarining yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi daromadlarning belgilangan prognoz koʻrsatkichlari;
v) soliq toʻlovlari boʻyicha budjet oldidagi qarzdorlik miqdori va uning shakllanish sabablari, hudud boʻyicha qarzdorlikning oʻsib borishi;
g) tegishli davr uchun budjetda nazarda tutilgan budjet tasnifining tegishli kodlari boʻyicha birinchi navbatdagi xarajatlar miqdori;
d) kutilayotgan daromadlar tushumi, shu jumladan soliq turlari boʻyicha va tegishli hisobot davri uchun kutilayotgan xarajatlar;
e) kassa uzilishi yuzaga kelishi sabablarining izohi, soʻrovning asoslanganligi va budjet ssudasining oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi murojaat tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan murojaat olingan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va uning natijasi toʻgʻrisida murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
(140-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini olish toʻgʻrisidagi soʻrovni koʻrib chiqish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda tegishli iqtisodiyot va moliya organi bir ish kuni ichida arizachini ajratiladigan budjet ssudasining miqdori, uni ajratishdan maqsad va belgilangan qaytarib berish muddatlari toʻgʻrisida xabar qiladi.
(140-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini berish rad etilgan taqdirda tegishli iqtisodiyot va moliya organi bir ish kuni ichida budjet ssudasi berish rad etilganligi toʻgʻrisida aniq sabablar va asoslarni koʻrsatgan holda arizachiga xabar qiladi.
(140-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Axborot va hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki toʻliq taqdim etilmagan taqdirda budjet ssudasini olish uchun soʻrov koʻrib chiqilmaydi hamda budjet ssudasini berish rad etilganligi toʻgʻrisida arizachiga ikki ish kuni ichida xabar qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan axborot va hisob-kitoblar:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy iqtisodiyot va moliya organlari hamda soliq boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi;
(140-modda oʻn oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tayyorlanadi va ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan budjet ssudasini ajratish uchun taqdim etiladigan axborot hamda hisob-kitoblar tumanlar va shaharlar hokimlari yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jamgʻarmasini taqsimlovchi organ rahbarining soʻrovini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha besh ish kuni ichida quyidagilardan:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi qaror — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan;
(140-modda oʻn sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan budjet ssudasini berish toʻgʻrisidagi qaror — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul qilinadi.
(140-modda oʻn sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan iqtisodiyot va moliya organi va budjet ssudasini oluvchi iqtisodiyot va moliya organi (davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organ) oʻrtasida tuziladigan budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(140-moddaning oʻn toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini berish uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda, budjet ssudalarining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida toʻlov belgilanadi va budjet ssudalari qaysi tegishli budjetlardan berilgan boʻlsa, oʻsha budjetlarga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasini oluvchi tegishli iqtisodiyot va moliya organiga budjet ssudasini toʻlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan uni toʻlash muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin murojaat qiladi.
(140-moddaning yigirma uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet ssudasini toʻlash budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda:
mablagʻlarni oʻtkazish;
quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan budjetlararo transfertlar evaziga oʻzaro hisobga olish;
ish haqini toʻlash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya toʻlovlari va nafaqalar toʻlash xarajatlari qoplanganidan keyin quyi turuvchi budjetlarning hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan mablagʻlarni soʻzsiz undirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(140-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
141-modda. Aylanma kassa mablagʻlari
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar, shaharlar budjetlarining aylanma kassa mablagʻlari ularning daromadlari bilan xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash maqsadida shakllantiriladi.
Aylanma kassa mablagʻlarining miqdorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan;
(141-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlari uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(141-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Yil mobaynida aylanma kassa mablagʻlaridan jalb qilingan summalar yil oxirigacha tiklanishi lozim. Aylanma kassa mablagʻlarining yil oxiridagi miqdori belgilangan summaga mos kelishi kerak.
Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlari:
tegishli budjetlarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning yil boshidagi qoldiqlari;
joriy yilning birinchi — uchinchi choraklari yakunlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi summalari hisobidan toʻldiriladi.
Tumanlar va shaharlar budjetlarining ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan manbalari yetarli boʻlmaganda tumanlar va shaharlar budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarini toʻldirish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qaror qabul qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining ikkinchi xatboshisi, 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida"gi PQ-3042-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi, 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
142-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qoʻllaniladigan cheklovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlarni hisobga olgan holda balanslashtirilgan boʻlishi lozim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(142-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
mablagʻlar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno;
tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli budjetlar mablagʻlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mol-mulki hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
(142-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmasdan boshlangan tadbirlarni moliyalashtirishga va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirilgan qurish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirishga;
(142-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 27, 28, 35, 71-moddalari.
21-bob. Budjet tizimi budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish
143-modda. Budjet tizimi budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlari daromadlari va (yoki) xarajatlarini kamaytirishni yoki koʻpaytirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari oʻzgargan;
(143-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilib, mos ravishda boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilgan;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar xarajatlarning bir moddasidan boshqa moddasiga oʻtkazish zaruriyati yuzaga kelgan;
Davlat budjeti mablagʻlarining moliya yili boshidagi erkin qoldiqlari ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan;
budjet tasnifiga oʻzgartirishlar kiritilgan;
ushbu Kodeks 120-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan tushgan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(143-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu budjetlarga tushgan mablagʻlar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan xarajatlar tegishli budjetlarga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tizimi budjetlarini ijro etishda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olinadi.
(143-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlari doirasida birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish xarajatlari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni koʻpaytirish yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
(143-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonunchilik hujjatlari asosida oʻzgartirishlar kiritish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi.
(143-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan koʻpaytirish, ularning oʻrnini qoplash manbalari mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21 — 23-moddalari, II boʻlimi (Budjet tizimi budjetlari), Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi 88-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarining 3-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(144-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
145-modda. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno):
Oldingi tahrirga qarang.
10 va undan ortiq foiz miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan;
(145-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizdan kam miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(145-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablagʻlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni, shuningdek Davlat maqsadli jamgʻarmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni koʻpaytirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi. Bunda qayta taqsimlangan mablagʻlar hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(145-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida bir ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablagʻlarni boshqa ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish:
Oldingi tahrirga qarang.
10 va undan ortiq foiz miqdorda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda;
(145-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
(145-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni joriy xarajatlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
(145-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlarni ajratish hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni qayta tashkil etish Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
(145-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(146-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
147-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarini boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:
10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan;
10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(147-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
148-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarni boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining:
10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;
10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(148-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
149-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foiz va undan ortiq miqdorga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foizdan kam miqdorda koʻpaytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi taqsimlovchi organlarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlarini ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan koʻpaytirish ularni qoplash manbalari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy hajmlarini koʻpaytirmasdan yoki kamaytirmasdan oʻzgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamgʻarmalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining taqsimlovchi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
(149-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
150-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotining yoki budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlari xarajatlarning boshqa moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar teng miqdorda kamaytirilgan hamda budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning tasdiqlangan umumiy hajmi saqlab qolingan holda koʻpaytirilishi mumkin. Mazkur oʻzgartirishlar:
(150-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan;
(150-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
(150-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan;
(150-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(150-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotining va budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga koʻra kamaytirish tomonga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydigan xarajatlar moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(150-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan oʻzgartirishlar iqtisodiyot va moliya organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
(150-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tegishli iqtisodiyot va moliya organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno.
(150-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
22-bob. Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish
151-modda. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish. Davlat budjeti profitsiti
Davlat budjeti taqchilligi:
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan normativlar boʻyicha davlat aktivlarini sotishdan olingan daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ajratmalari;
(151-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarining moliya yili boshidagi qoldiqlari;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(151-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat budjetining daromadlari uning xarajatlaridan ortishi Davlat budjeti profitsitidir.
Davlat budjeti profitsiti faqat Davlat budjeti boʻyicha aniqlanadi.
152-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishdan iborat.
Davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablagʻlarni jalb etish boʻlib, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablagʻlarni jalb etish davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish boʻlib, bu mablagʻ boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
Davlat tomonidan mablagʻ jalb etish boʻyicha qarorlar belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash;
ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;
davlat qarzini qayta moliyalashtirish;
davlat qarzini boshqarish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish;
pul mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan vaqtinchalik kassa uzilishining oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalarni bajarish;
toʻlov balansini qoʻllab-quvvatlash uchun amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi.
(152-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanmaydi.
Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qarz toʻlovlarini moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish hisobidan amalga oshiriladi hamda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Davlat qarzining hisobi alohida yuritiladi va Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
(152-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
153-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish turlari
Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qarz oluvchi sifatida chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa rezidentlari va norezidentlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha qarz majburiyatlari tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Qarz majburiyatlari qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan muddatga), oʻrta muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi, davlat kafolatini bajaradi.
(153-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
154-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar)
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy banklardan, davlatlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish jumlasiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga yoki birgalikda moliyalashtirishga;
(154-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni bajarishga doir tadbirlarni moliyalashtirish uchun kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashga yoʻnaltiriladi.
(154-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan kreditlashda kredit (qarz) boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan ehtimoldagi tavakkalchiliklarni qoplashda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi marjasi belgilanishi mumkin. Kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlangan taqdirda kredit (qarz) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan summasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi daromadiga kiritiladi.
(154-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
155-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati qarz oluvchi-rezident oʻzidan undiriladigan summani qarz (kredit) boʻyicha bitimlarda belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni toʻliq yoki qisman toʻlab berish majburiyatidir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar oʻzi olgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha majburiyatlarni bajarishining taʼminoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish boʻyicha vakolatli organdir.
(155-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qoʻyilgan toʻlovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan toʻlovlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan soʻzsiz undirib olish huquqiga ega.
(155-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ular boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
156-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(156-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda;
(156-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha qiymatni, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlashda;
(156-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat gʻaznachilik obligatsiyalari boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.
(156-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(156-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
23-bob. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar
157-modda. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar berish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin. Bunda ushbu berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar tegishli hisobotlarda alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
(157-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlarni berish qonunchilik hamda shartnoma bilan belgilanadigan muddatlilik, qaytarish, maqsadli foydalanish shartlariga va boshqa shartlarga asoslanadi.
(157-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
158-modda. Rezident-yuridik shaxslarga beriladigan (ochiladigan) budjet ssudalari va kredit liniyalari
Budjet ssudalari va kredit liniyalari rezident-yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilishi (ochilishi) mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi foiz stavkalari boʻyicha beriladi.
Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalarini va kredit liniyalarini chet el valyutasida berish taqiqlanadi.
(158-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudalari budjet tashkilotlariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan beriladi.
(158-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit liniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rezident-yuridik shaxslarga ularga xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek bevosita tijorat banklariga ochiladi.
(158-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
159-modda. Budjet ssudasi va kredit liniyasini oʻz vaqtida qaytarmaslik
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlar budjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(159-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi;
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
160-modda. Chet davlatlarga beriladigan kreditlar
Chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda beriladi.
VIII boʻlim.
Budjet hisobi va hisoboti
24-bob. Budjet hisobi va hisobotini yuritish tartibi
161-modda. Umumiy qoidalar
Budjet hisobi budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Budjet hisoboti budjet hisobi maʼlumotlari asosida belgilangan shakllar boʻyicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, budjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Budjet hisobining standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(161-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyatiga rioya etilgan holda budjet hisobining batafsil boʻlishini taʼminlaydigan ichki idoraviy hujjatlar qoʻllanilishi mumkin.
Budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobi:
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va moliya organlari;
(161-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
gʻaznachilik boʻlinmalari;
davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari;
budjet tashkilotlari;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi boʻyicha budjet hisobi kassa usuli boʻyicha yuritiladi.
162-modda. Budjet hisoboti turlari
Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini oʻz ichiga oladi:
budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik va choraklik hisobotlar;
(162-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot.
163-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari
Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga koʻra tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
(163-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga;
(163-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga taqdim etiladi.
(163-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(163-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
(163-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan budjet mablagʻlari oluvchilar davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
(163-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
(163-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaxslarning va bosh buxgalterlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(163-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(163-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
164-modda. Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot
Tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga hisobot davri uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar, yigʻimlar, davlat bojlari va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi hamda tushumi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Soliqlar, yigʻimlar, davlat boji va soliq boʻlmagan toʻlovlarning hisoblanishi va tushumi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar hamda muddatlarda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlarining tushumlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
(164-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
165-modda. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini oʻz ichiga oladi:
Davlat budjeti ijrosining balansini;
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni;
Davlat qarzi toʻgʻrisidagi hisobotni.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shakllar boʻyicha Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tuzadi.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi;
foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va miqdori;
hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha toʻlovlar;
Davlat budjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot;
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablagʻlar ijrosi;
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
yuqori budjetdan quyi budjetlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan budjet ssudalari.
(165-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1651-modda. Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shakllar boʻyicha Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni tuzadi.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi;
foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va ularning miqdori;
hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha toʻlovlar;
Davlat budjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablagʻlar ijrosi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot;
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
yuqori budjetdan quyi budjetlarga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan budjet ssudalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etadi.
1652-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisoboti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
budjet ijrosining balansini;
budjet daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
budjetdan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoqlarga, shtatlarga va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining nomoliyaviy aktivlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
budjet daromadlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar boʻyicha gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha:
yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga — hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraligacha;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni yuqori turuvchi Iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gʻaznachilik xizmati boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan tegishli budjetlarning kassa ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha, hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraligacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
mahalliy budjet ijrosining borishi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi;
b) hisobot davri uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda tegishli hokimliklarga taqdim etiladi.
(1651 va 1652-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
166-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(166-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosining balansini;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
(166-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(166-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
davlat maqsadli jamgʻarmalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini;
davlat maqsadli jamgʻarmalari nomoliyaviy aktivlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;
(166-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni.
(166-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi.
(166-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(166-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:
(166-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar;
(166-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraliga qadar taqdim etadi.
(166-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar;
davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar taqdim etadi.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1661-modda. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibi
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytlariga:
oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida budjet mablagʻlarining taqsimoti;
davriy moliyaviy hisobotlar;
davlat maqsadli jamgʻarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;
oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi.
(1661-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotni joylashtiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, har chorak yakunlariga koʻra esa nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi maʼlumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet mablagʻlarini tegishli taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotni birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar kesimida oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.
(1661-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi soliq va bojxona imtiyozlari roʻyxatini, shuningdek soliq toʻlovchilar kesimida taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlariga koʻra esa kelgusi yilning 1-apreliga qadar joylashtiradi.
(1661-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
(1661-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
(1661-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼlumotni ushbu moddaning birinchi — sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(1661-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1662-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlariga koʻra shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha taqdim etadi.
(1662-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25-bob. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash
(25-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
(167-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
(167-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(167-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
(167-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
(167-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda eʼlon qilinadi.
(167-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1671-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni baholash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida taqdim etadi.
(1671-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
168-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qoʻmitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan soʻng tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar Kengashlari tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
(168-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining masʼul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
(168-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
169-modda. Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi. Uni koʻrib chiqish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi hamda hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining majlisida koʻrib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorak yakunlari boʻyicha eshitib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarning oʻzlariga ajratilgan budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli hisobotlarga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(169-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
IX boʻlim.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosini nazorat qilish
26-bob. Davlat moliyaviy nazorati
170-modda. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(170-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat moliyaviy nazorati:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
(170-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.
(170-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
171-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
(171-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari qismi boʻyicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
172-modda. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari
Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.
173-modda. Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va oʻrganish shaklida amalga oshiriladi.
(173-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
Oldingi tahrirga qarang.
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar gʻaznachilik boʻlinmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan;
(173-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida gʻaznachilik boʻlinmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
(173-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan soʻng ushbu Kodeksning 171-moddasida koʻrsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yoʻnaltirilganligi va predmetiga qarab:
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks nazorat — davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining barcha yoʻnalishlarini nazorat qilish;
(173-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mavzuli nazorat — davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;
(173-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan va turli davlat moliyaviy nazorati obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni oʻz ichiga olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik subyektlari mustasno.
(173-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
174-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni;
(174-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini;
budjet tizimi budjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumining toʻliqligini oʻrganish va nazorat qilishni;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilishni;
(174-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan oʻtkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish boʻyicha imkoniyatlarni aniqlashni;
(174-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
budjet tizimi budjetlari mablagʻlari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, budjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish va oʻrganish orqali joriy etishni;
(174-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan oʻzini oʻzi taʼminlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni tashqi auditdan oʻtkazishni hamda baholashni;
(174-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
(174-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
(174-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni;
(174-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi pul-kredit va valyuta siyosatining, Oʻzbekiston Respublikasi aktivlari va majburiyatlari holatining, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishning, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tashqi auditini amalga oshiradi.
(174-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
175-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
(175-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida.
(175-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosining taʼminlanishi ustidan;
(175-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
ijtimoiy nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan smeta-shtat intizomiga rioya etilishining taʼminlanishi ustidan;
aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan;
aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan toʻliq tamgʻalanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet hisobotini tuzishning toʻgʻriligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
(175-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
176-modda. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Gʻaznachilik boʻlinmalari davlat moliyaviy nazoratini:
budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
xarajatlar smetalarida va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi:
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi;
budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va toʻliqligi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
pensiyalar va nafaqalar toʻgʻri tayinlanishi, hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
budjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi;
hisobot yili yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
(177-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
178-modda. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
(178-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
179-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlarining oʻzaro hamkorligi
Budjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari boʻlgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.
(179-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.
(179-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
27-bob. Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish
180-modda. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga koʻra amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida oʻtkaziladi.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining koʻchirma nusxasiga va xizmat guvohnomasiga ega boʻlishi kerak.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslariga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
181-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish
Davlat moliyaviy nazorat organlari maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etishga haqli.
182-modda. Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish davriyligi va muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati ushbu Kodeksning 170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan davlat moliyaviy nazorati obyektlarini nazorat qilish rejasiga koʻra yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
(182-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin.
183-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan:
tekshirish va taftish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma;
davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma dalolatnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat — maʼlumotnoma yoki xulosa tarzida rasmiylashtiriladi.
(183-moddaning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
184-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi:
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;
tekshirish oʻtkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;
davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos;
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni oʻtkazish davri;
davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining toʻliq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun masʼul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta koʻrsatilgan holda;
(184-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;
(184-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni oʻtkazish uchun davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy maʼlumotlar;
(184-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonunchilik hujjatlari koʻrsatilgan holda.
(184-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni oʻtkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning soʻroviga koʻra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki davlat moliyaviy nazorati obyekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan maʼlumotlarni va davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslari tergov organlariga bergan koʻrsatuvlarga havolalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(184-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.
(184-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar maʼlumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi.
(184-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor va masʼul shaxslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi boʻlmagan taqdirda, hujjatni oʻz eʼtirozlari bilan imzolaydi hamda oʻn kunlik muddat ichida eʼtirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
(184-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan eʼtirozlar oʻn kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari koʻriladi.
(184-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, oʻzining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni oʻn kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati obyektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi boʻyicha amalga oshirilishini toʻxtatib turadi.
(184-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
185-modda. Davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga;
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qoʻymaslikka;
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligi uchun shaxsan javobgar boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda foydalanilgan mablagʻlarning oʻrni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlashi shart.
(185-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat moliyaviy nazorati obyektining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(185-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishdagi cheklovlar
Davlat moliyaviy nazoratini:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi boʻlgan;
(186-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat moliyaviy nazorati obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari boʻlgan;
(186-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati obyektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkazish taqiqlanadi.
(186-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
28-bob. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
(28-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
187-modda. Budjet intizomini buzish
Quyidagilar budjet intizomini buzishdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq boʻlmagan maqsadlarga moliya yili davomida yoʻnaltirish;
(187-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki roʻyxatdan oʻtkazilishi rad qilingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga asosan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olish;
(187-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha ijro etish navbatlariga rioya qilmaslik;
(187-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatga haq toʻlash boʻyicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qoʻshimchalar va boshqa toʻlovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida toʻlovlarni amalga oshirish;
(187-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablagʻlari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
188-modda. Smeta-shtat intizomini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya yili davomida sarflashdir:
notoʻgʻri maʼlumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib koʻrsatilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik.
(188-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
189-modda. Budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish
Boshlangʻich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobot maʼlumotlarining boshlangʻich hisob hujjatlarining maʼlumotlariga nomuvofiqligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning toʻliq aks ettirilmaganligi budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
190-modda. Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Iqtisodiyot va moliya organlariga budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzishdir.
(190-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1901-modda. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish
Maʼlumotning ushbu Kodeks 1661-moddasida nazarda tutilgan muddatlar buzilgan holda tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjud emasligi, toʻliq joylashtirilmaganligi va (yoki) joylashtirilmaganligi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzishdir.
(1901-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
191-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelib tushgan tovarlardan foydalanish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelib tushgan tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yoʻnaltirish ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
192-modda. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son; 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son; 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son; 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son; 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son; 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son; 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son)