Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
OGʻIR KASALLIKKA CHALINGAN MAHKUMLARNI TIBBIY TEKSHIRUVDAN OʻTKAZISH VA ULARNI KASALLIGI TUFAYLI JAZONI OʻTASHDAN OZOD QILISHGA TAQDIM ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75, Jinoyat-ijroiya kodeksining 165 va Jinoyat-protsessual kodeksining 534 va 542-moddalari talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kiritilgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 18-dekabrdagi 260-sonli “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1002, 2001-yil 27-yanvar) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust,
12-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust,
9-son
Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12 va 9-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qoidalar ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish tartibini belgilaydi.
(Muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
I. Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sud hukmi bilan jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar jazoni oʻtash davrida ogʻir kasallikka chalinsalar yoki ularda sudlanishdan oldin bor boʻlgan kasalliklar jazo muddatini oʻtash davrida kuchayib ketib, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq, Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar Roʻyxati (bundan keyin matnda kasalliklar Roʻyxati deb yuritiladi)da koʻrsatilgan kasalliklardan birining yoki bir nechtasining tusini olsa, ular Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi (bundan buyon matnda IIV maxsus tibbiy komissiyasi deb yuritiladi), joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari maxsus tibbiy komissiyalari (bundan keyin matnda joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar deb yuritiladi) tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
2. IIV maxsus tibbiy komissiyasi va joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar quyidagi tarkibda tuziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
rais — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari boshliqlari);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
aʼzolari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektor-shifokorlari, joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari mutaxassis shifokorlari (jami uch kishidan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi).
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
IIV maxsus tibbiy komissiyasi bemor mahkumlarni (joylardagi maxsus tibbiy komissiya esa, faqat joyidan qoʻzgʻatib boʻlmaydigan ogʻir bemor mahkumlarni, IIV maxsus tibbiy komissiya aʼzolaridan biri ishtirokidagina), tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi va ularda kasalliklar Roʻyxatida qayd etilgan kasalliklar borligi tasdiqlangan holatlarda ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod etish uchun sudga tavsiya kiritish haqida qaror qabul qiladi va mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq mahkumni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar tarkibi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga hamda ushbu Qoidalarga asosan faoliyat yuritadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IIV maxsus tibbiy komissiyasi aʼzolari jazoni ijro etish muassasalariga kirib chiqishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda Jazoni ijro etish departamenti deb yuritiladi) tomonidan oʻrnatilgan tartibda doimiy ruxsatnoma bilan taʼminlanadilar.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IIV maxsus tibbiy komissiyasiga oʻz majlislarini oʻtkazishi uchun qulay xonalar ajratish, zarur xollarda avtotransport bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasasi boshligʻiga yuklatiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
IIV maxsus tibbiy komissiyasi faoliyatiga aralashish, komissiya aʼzolariga tazyiq oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
4. IIV maxsus tibbiy komissiyasi kasalliklar Roʻyxatida qayd etilgan ogʻir kasallikka chalinganligi haqidagi qarorni, bemor mahkum davolash muassasalarida statsionar sharoitda chuqur tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, undagi klinik tashxis sogʻliqni saqlash idoralarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tasdiqlanganidan soʻng qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada davolanayotgan ogʻir bemorlar tashxisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektor-shifokorlari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim.
Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan mahkumlar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki ruhiy kasalliklarni davolash boʻlinmasida statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladilar.
Ushbu statsionarlarda ularga qoʻyilgan klinik tashxis Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriya boʻyicha yetakchi mutaxassisi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining bosh inspektor shifokor-psixiatri tomonidan maslahat koʻrigida tasdiqlanishi lozim.
(4-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Klinik tashxisi tasdiqlangan va bemorning ruhiy holati boʻyicha kamida ikkita shifokor-psixiatr ishtirokida psixiatriya tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan bemorlar komissiya koʻrigiga taqdim etiladilar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni ijro etish muassasalari kasalxonalarida davolanayotgan bu toifadagi mahkumlar tomonidan sodir etilgan har bir oʻz joniga yoki oʻzga shaxsning sogʻligi va joniga suiqasd qilish, shuningdek jazoni ijro etish muassasasining ichki tartib intizomini buzish holatlari tegishli nazoratchi-navbatchi guruh xodimlari tomonidan hujjatlashtirib borilishi lozim.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mutaxassis-shifokorlar tomonidan klinik tashxis qoʻyilishi jarayonida tibbiy koʻrik bayoni toʻliq, aniq dalillar bilan yoritilishi, klinik simptomlar va laboratoriya tahlillari bilan isbotlanishi lozim. Bemor qoʻyilgan klinik tashxisga binoan zaruriy adekvat (konservativ, radikal, xirurgik va baʼzi kasalliklar uchun maxsus) davo muolajalarini imkon boricha olgan boʻlishi lozim.
Agar mahkumni sogʻliqni saqlash tizimidagi kasalxonalarda qoʻshimcha tarzda tekshirish va statsionar sharoitda davo muolajalarini oʻtkazishga zarurat boʻlsa jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi ushbu masalani shifokorlar tomonidan kiritilgan bildirgida koʻrsatilgan vaqtdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan avvaldan kelishilgan tartibga muvofiq hal qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bemorga nisbatan davo muolajalarining oʻz vaqtida toʻliq oʻtkazilayotgani, oʻtkazilgan adekvat davo muolajalari natijasida bemorning holatida ijobiy natijalarga erishilmayotganligi hamda bemorning sogʻligi holatida hayoti uchun xavfli alomatlar paydo boʻlayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etish bilan bir qatorda kasallik tarixini sifatli, aniq va toʻgʻri toʻldirilishiga davolovchi shifokor va boʻlinma (kasalxona) boshligʻi javobgar boʻladi.
Bunday ogʻir bemorlarni oʻz vaqtida, oʻrnatilgan tartibda IIV maxsus tibbiy komissiyasi koʻrigiga taqdim etish Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona, joylarda tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining (shu jumladan, manzil-koloniyalarning) tibbiyot boʻlimlari va ushbu muassasalarning boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
7. Mahkumga nisbatan oʻtkazilgan tekshiruv va davolash natijalariga asosan IIV maxsus tibbiy komissiyasi uni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
Bemor mahkumlarda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Roʻyxatida qayd etilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasining tusini olganligi va ular jazoni oʻtashga monelik qilishi maʼlum boʻlgan hollarda, IIV maxsus tibbiy komissiyasi ularga nisbatan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa IIV maxsus tibbiy komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi va unga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining (joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining) gerbli muhri qoʻyiladi. Imzolangan va muhr qoʻyilgan xulosa jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga komissiya majlisi oʻtkazilgan paytdan boshlab 12 soatdan kechiktirilmay topshirilishi shart.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
8. Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Roʻyxatidagi kasalliklarga toʻgʻri kelmaganligi va komissiya bemor mahkumga nisbatan tegishli tibbiy xulosa tuzishni rad etish haqida qabul qilgan qarori bemorning kasallik tarixiga yozib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu rad etish haqidagi qaror mahkumga davolovchi shifokor yoki turkum boshligʻi ishtirokida komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Joylarda, rad etish haqidagi qaror IIV maxsus tibbiy komissiyasi vakili tomonidan eʼlon qilinadi. Komissiya koʻrigidan oʻtgan mahkumlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq maxsus daftarda qayd qilinadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
9. Mahkumdagi kasallik jazo muddatini oʻtash davrida oʻziga-oʻzi ataylab shikast yetkazish natijasida paydo boʻlganligi aniqlansa, hamda bemor mahkum davo muolajalaridan bosh tortgan hollarda (bu holat tegishli dalolatnomalar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak) u kasalligi tufayli jazo muddatini oʻtashdan ozod qilinishga tavsiya etilmaydi.
Mahkumlarning oʻtkir ruhiy holatda oʻziga-oʻzi shikast yetkazganligi yoki oʻzini boshqara olmay davo muolajalarini toʻliq olmaganligi mutaxassis-shifokorlar tomonidan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
10. Mahkumlarni kasalligi tufayli oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasi u saqlanayotgan joydagi sud tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud majlisida bemor mahkum, uning qonuniy vakili, prokuror, qonunda belgilangan holatlarda himoyachi, taqdimnoma kiritgan jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi va kasalxona (tibbiyot boʻlimi) masʼul xodimi hamda bemorni davolovchi (ruhiy holati buzilgan shaxs masalasi koʻrilayotganda — psixiatr) shifokor ishtirok etadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 49-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Himoyachi qatnashishi majburiy boʻlgan hollarda uning ishtirok etishi jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan taʼminlanadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mahkumni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqidagi taqdimnoma boʻyicha qabul qilingan sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga prokuror tomonidan protest kiritilishi, mahkum, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
12. Kasallikning kechishidagi oʻzgarishlar toʻxtamay, bemor mahkumning salomatligi yomonlashishi davom etsa, bunday bemor mahkum taqdimnomani rad etish haqida sudning ajrimi chiqqan kundan qancha vaqt oʻtishidan qatʼi nazar, oʻrnatilgan tartibda, qaytadan komissiya koʻrigiga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Joylardagi maxsus tibbiy komissiya qaroriga norozilik bildirilgan hollarda IIV maxsus tibbiy komissiyasiga murojaat kiritiladi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga norozilik bildirish belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud, bemor mahkumga nisbatan berilgan IIV maxsus tibbiy komissiyasining xulosasi bilan kelishmagan yoki xulosada koʻrsatilgan holatlar ishning haqiqiy holatiga mos kelmagan yoxud shubha tugʻdirgan taqdirda, xulosaning asosliligini tekshirib koʻrish maqsadida, koʻrilayotgan ish boʻyicha qonunda belgilangan tartibda tegishli sud-tibbiyot, sud-psixiatriya yoki boshqa turdagi ekspertiza tayinlash huquqiga ega.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ekspertiza tayinlangan holda uning xulosasi olingunga qadar ishni koʻrish muddati vaqtincha toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OIV), orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga chalingan bemor mahkumlarning tahlil uchun olinadigan qoni jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati tomonidan tuzilgan, kamida ikki kishilik guruh, xususan jazoni ijro etish muassasasi va kasalxona (tibbiyot boʻlimi) vakili ishtirokida olinishi shart.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tahlil uchun olingan qon va uning natijasi maxsus kitobda hamda kasallik tarixida qayd etiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya koʻrigiga orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi — OITS klinik tashxisi qoʻyilgan bemor mahkum taqdim etiladi. Bunday bemorning qon tahlili Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) OITSga qarshi kurash markazi laboratoriyasida tekshirilgan boʻlishi shart.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Bemor mahkum tomonidan kasallik alomatlari boʻrttirib koʻrsatilayotganligi yoki bemor noqonuniy yoʻl bilan komissiyaga taqdim etilayotganligi haqida maʼlumotlar boʻlsa jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu holatlar toʻgʻrisida IIV maxsus tibbiy komissiyasiga (joylardagi maxsus tibbiy komissiyaga) darhol bildirishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Roʻyxatida qayd etilgan kasalliklar tusini olganligi, IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, tibbiy xulosa tuzilgan hollarda, jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani mazkur tibbiy xulosa bilan birgalikda uning shaxsiy yigʻma jildi va boshqa zarur hujjatlarni komissiya xulosa tuzib bergan paytdan boshlab 24 soat mobaynida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdim etishi shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ogʻir kasallikka duchor boʻlgan mahkumdagi tashxisga aniqlik kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida va boshqa tibbiy muassasalarda zamonaviy tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish hamda bemor mahkumdagi kasallik, kasalliklar Roʻyxatidagi kasallik tusini olganligini tasdiqlash uchun uni yetakchi mutaxassislarning maslahat koʻrigidan oʻtishini taʼminlash masʼuliyati qayd etilgan markazlar, tibbiy muassasalarning boshliqlariga yuklatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
Bu holatda qoʻshimcha tekshirish va maslahat koʻriklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan pul toʻlash yoʻli bilan hal qilish belgilangan boʻlsa, bemor mahkum saqlanayotgan jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi ushbu masalani oʻrnatilgan tartibda hal qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ogʻir kasallikka duchor boʻlganligi tufayli sud ajrimiga koʻra jazoni oʻtashdan ozod etilgan shaxs davolanishni davom ettirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan avvaldan belgilab qoʻyilgan, u ozod etilgan jazoni ijro etish muassasasiga yaqin joylashgan, uning kasalligi xususiyatiga mos boʻlgan, tegishli kasalxonaga kechiktirilmasdan yotqizilishi shart, bundan bemorning qarindoshlari iltimosiga koʻra, uning roziligi bilan, umumiy salomatlik holati u yashaydigan yoki tanlagan manzilga yetib borishi mumkinligi shifokor maʼlumotnomasi bilan kafolatlangan holatlar mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
II. Yakuniy qoidalar.
19. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori 1-darajali davlat adliya maslahatchisi R. QODIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalariga
1-ILOVA
Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar
1. Sil kasalligi.
a) Infiltrativ oʻpka sili (kazeoz pnevmoniya), tez rivojlanuvchan davri, oʻpka-yurak yetishmovchiligining II-III-darajasi bilan.
Bir yoki ikkala oʻpkaning subtotal yalligʻlanishi, ulkan yoki koʻplab kavernalarning hosil boʻlishi, adekvat antibakterial davolash oʻtkazilishiga qaramay bemor ahvolining ogʻirlashib borishi, intoksikatsiyaning yaqqol belgilari va oʻpka-yurak yetishmovchiligining II-III-darajasi bilan ajralib turadi. Bunda bir yoki ikkala oʻpkada bronxogen disseminatsiya oʻchoqlari paydo boʻlishi, oʻpkadan qon ketishi yoki qon tufurish holatlari, doimo balgʻamda sil mikobakteriyalarini aniqlanishi kuzatiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator (oʻpkani rentgen-tomografiyasi, qon va balgʻamning klinik-laborator tahlili) tekshiruvlari oʻtkaziladi.
b) Oʻtkir disseminatsiyali oʻpka sili (generalizatsiyalashgan formasi), meningizm yoki oʻpkaning kazeoz yalligʻlanishi bilan.
Kasallikning bu koʻrinishida bemor ahvolining oʻta ogʻirligi, keskin umumiy holsizlik, adinamiya holati boʻlishi mumkin, xamda intoksikatsiyaning yaqqol koʻrinishlari bilan kechadi. Umumiy intoksikatsiyadan tashqari meningit va meningoensefalitning klinik koʻrinishlari namoyon boʻladi. Oʻtkir disseminatsiyali oʻpka silining maxsus formalaridan biri disseminatsiya oʻchoqlari yirik boʻlib, lobulyar kazeoz yalligʻlanish koʻrinishida boʻladi. Rentgenologik suratdagi bunday koʻrinish “qorli toʻfon” deb ham yuritiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi.
v) Fibroz-kavernali oʻpka sili, tez rivojlanuvchan davri, oʻpka yetishmovchiligining II-III-darajasi bilan.
Bu jarayon kasallikning asosiy oʻchogʻi boʻlgan fibrozli kaverna va asosiy oʻchoq joylashgan oʻpkada yoki ikkinchi oʻpkada hosil boʻlgan boshqa fibrozli kavernalar mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu shaklda oʻchoqlarning ikki tomonlama bronxogen disseminatsiyasi, koʻp yoki kam rivojlangan fibroz (sirroz), plevralarning yopishib, bitib qolib dagʻallashishi, ikkilamchi emfizema, bronxoektaz, pnevmoskleroz, oʻpkaning surunkali boshqa oʻzgarishlari, bronxogen disseminatsiyaning yangi oʻchoqlari paydo boʻlish hollari kuzatiladi. Bu jarayon oʻpka sili turli formalarining oxirgi bosqichi boʻlib, kasallikning noxush kechayotganligidan dalolat beradi, II-III-darajali oʻpka faoliyati yetishmovchiligi bilan asoratlanganligini, oʻqtin-oʻqtin qon tufurish yoki oʻpkadan qon ketishini, doimosil mikobakteriyasining balgʻam bilan ajralib chiqishini oʻz ichiga oladi.
Tez rivojlanuvchan fibroz-kavernali oʻpka silini aniqlashda bemor hayoti davomida kasallikning uzoq vaqtdan beri kechayotganligini, kasallikning oʻqtin-oʻqtin qoʻzgʻalishi, mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishi bilan kechishini hisobga olmoq kerak.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi.
g) Sirrotik oʻpka sili, tez rivojlanuvchan davri, shakllanayotgan “oʻpka yuragi” koʻrinishlari yoki, II-III-darajali oʻpka-yurak yetishmovchiligi yoki bronxoektazlar va oʻqtin-oʻqtin qon tufurish yoki oʻpkadan qon ketishi bilan.
Bunda kasallik bir oʻpkani butunlay qamrab olishi, boshqa oʻpkada emfizema rivojlanishi bilan yoki kasallikning ikkala oʻpkada rivojlanishi bilan namoyon boʻladi. Birinchi navbatda bemorda xansirash, nafas olish imkoniyatining, va ayniqsa oʻpka hayot hajmining keskin kamayishi kuzatiladi. “Oʻpka yuragi”ning subkompensatsiya va dekompensatsiya sindromi rivojlanadi. Bemorda xansirashdan tashqari sianoz, taxikardiya, yurak tonlarining boʻgʻiqligi kuzatiladi.
Shakllangan bronxoektazlarning klinik koʻrinishida qaytalanuvchi qon tufurish yoki oʻpkadan qon ketishlar oʻrin olgan boʻladi. Asoratlarning bu koʻrinishi bemor hayoti uchun oʻta xavfli hisoblanadi.
Bunday bemorlarning rentgenologik suratida kavernalar tirqishsimon, deformatsiyalangan boʻladi, katta oʻchoqli oʻzgarishlar bitta-ikkita yoki koʻplab boʻlishi, disseminatsiya oʻchoqlari bir yoki ikkala oʻpkada boʻlishi kuzatiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi (rentgen, tomografiya, qon va balgʻamning klinik-laboratoriya tekshiruvlari).
d) Surunkali subtotal plevra empiyemasi tez rivojlanuvchan davri, oʻpka yetishmovchiligining II-III-darajasi, bronx va yoki torakal oqma yarasi asoratlari bilan.
Plevral boʻshliqda yiring, bronx yoki torakal oqma yara mavjudligi, fibroz, ikkilamchi emfizema, oʻpkadagi destruktiv oʻzgarishlar hosil boʻlishi, bemor ahvolining oʻta ogʻirligi, intoksikatsiya belgilarining yaqqolligi bilan tavsiflanadi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi. Plevral boʻshliqdagi suyuqlikning tahlili alohida ahamiyatga ega boʻladi.
e) Miya pardalari va markaziy nerv sistemasi sili. Sil meningiti.
Kasallikning bu koʻriishida bemor komatoz holatgacha boʻlgan oʻta ogʻir ahvolda boʻlishi, keskin umumiy holsizlik, adinamiya, umumiy intoksikatsiya, nevrologik sindrom va nevrologik belgilar kuzatiladi. Bundan tashqari bemorda oʻpka va miya shishi kabi asoratlari boʻlishi mumkin.
Lyumbal punksiya orqali orqa miya suyuqligini tekshirilishi alohida ahamiyatga ega.
Tashxisini asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi.
j) Umurtqa, yirik suyaklar va boʻgʻimlarning tez rivojlanuvchan destruktiv sili, ichki aʼzolar amiloidozi asoratlari bilan.
Kasallikni bu koʻrinishida shikastlangan joylarda katta yemirilishlar hamda barcha toʻqima va aʼzolarda distrofik oʻzgarishlar kuzatiladi.
Boʻgʻim atrofida chandiqli paylar hosil boʻlishi, uning xaltachasida roʻy berayotgan chandiqli buzilishlar artrogen kontrakturalarga olib keladi. Sil spondilitida koʻpincha sil abssesslari, orqa miya faoliyati buzilishlari va spastik falajliklar kuzatiladi.
Tashxisni asoslash uchun qonning klinik va bioximik laboratoriya tekshiruvlari, sil abssessidan, shikastlangan boʻgʻimlardan olingan yiringni laboratoriya sharoitida ekib oʻstirish yoʻli bilan sil mikobakteriyasini aniqlash, boʻgʻim suyuqligi va regionar limfa tugunlarini sitologik tekshiruvlari, ikki (old va yon) tomondan koʻrinishdagi rentgenografiya tekshiruvlari oʻtkaziladi. Imkoniyat boricha kompyuter-tomografiya (KT) va magnit-rezonas tomografiya (MRT) tekshiruvlarini oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi.
z) Ichak, qorin pardasi sili, tez rivojlanuvchan davri, kaxeksiya bosqichidagi ichakda soʻrilishning yaqqol buzilishi sindromi bilan.
Kasallikning bu koʻrinishida bemor ahvolining oʻta ogʻirligi, umumiy intoksikatsiyaning yaqqol belgilari, keskin umumiy holsizlik, apatiya, qorin sohasidagi ogʻriq “oʻtkir qorin” koʻrinishlarigacha, distrofiyadan kaxeksiyaga oʻtish davri, ichakda soʻrilish faoliyati buzilishi sindromi kuzatiladi. Ichak tutilishi, peritonit, ichakda soʻrilish faoliyati buzilish sindromi koʻrinishlari va boshqa asoratlar eʼtiborga olinadi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi. Bunda laparoskopiya (laparotomiya), endoskopiya, gistologik taxlilar bilan, qorin boʻshligʻi sohasini ultratovush tekshiruvlari oʻtkaziladi.
i) Siydik chiqarish va tanosil aʼzolari sili, tez rivojlanuvchan davri, asoratlari bilan.
Kasallikning bu koʻrinishida adekvat antibakterial davolanishga qaramay bemor ahvolining oʻta ogʻirligi, keskin umumiy holsizlik, umumiy intoksikatsiya, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichga oʻtishi, bemor ish qobiliyatining butunlay va doimiy yoʻqolishi bilan kechadi. Ikki tomonlama buyraklar kavernoz sili mavjudligi, ayollarda pelvioperitonit asoratlari eʼtiborga olinadi.
Siydik chiqarish va tanosil aʼzolarining tez rivojlanuvchan silini aniqlashda siydikning klinik taxlilida izostenuriya-siydik solishtirma ogʻirligini birdek boʻlib qolishi, piuriya-yiring, proteinuriya-oqsil, silindruriya-silindrlar borligiga va tanosil aʼzolaridan chiqayotgan oqmalarda sil mikobakteriyalarini topilishiga asoslaniladi. Buyrak va siydik pufagi atrofini qamragan rentgen, ekskretor urografiya, indigokarminli sistoskopiya va retrograd piyelografiya, gisterosalpingografiya, ultratovush tekshiruvlari (UZI), zarur boʻlganda laparoskopiya, KT yoki MRT tekshiruvlari oʻtkaziladi.
2. Xavfli oʻsmalar.
2.1. Xavfli oʻsmalar (barcha turlari, asosiy oʻchogʻi aniqlanmagan holatlar ham). Xalqaro TNM klassifikatsiyasi boʻyicha IV-bosqich davri.
Klinik tashxis odatda gistologik tekshiruv asosida quyiladi (gistologik tekshiruvga toʻqima parchalaridan namuna olish imkoniyati boʻlmagan: oʻpka markaziy raki, bosh, orqa miya va boshqa toʻqima olinishi qiyin joylar bundan mustasno). Rentgen, laboratoriya, sitologiya, zarur hollarda kompyuter, magnito- rezonans tomografiya tekshiruvlari oʻtkaziladi .
2.2. Limfa va qon toʻqimalarining xavfli oʻsmalari. Miyeloproliferativ oʻsmalar:
a) oʻtkir kechadigan leykoz (hamma koʻrinishlari);
b) surunkali miyeloleykoz, kaxeksiya, kamqonlik, splenomegaliya, gemorogiya belgilarining kuchayib borishi bilan;
v) surunkali eritromiyeloz, terminal bosqichda.
g) eritremiya, bosh miyada qon quyulishi yoki bosh miya qon tomirlari trombozi bilan asoratlangan holatlari;
d) surunkali limfoleykoz, aplastik anemiyalar, agranulotsitozlarning ogʻir formalari kamqonlik, trombotsitopeniya va uzluksiz qaytalanadigan infeksiyalar bilan asoratlangan holatlari;
e) surunkali monotsitar leykoz. Kamqonlik va gemorragiya alomatlari bilan kechadigan terminal bosqichi;
j) koʻp sonli miyeloma. Osteodestruktiv asoratlari (umurtqa va oyoq suyaklarining patologik sinishi) bilan;
z) limfagranulematoz. IV-bosqichi. Limfa tugunlarining jarohatlanishi bilan kechayotgan, bir yoki undan koʻproq ekstrolimfa aʼzolarining diffuzli jarohatlanish bilan;
i) retsidiv xavfli oʻsmalar IV-bosqichi, generalizatsiya jarayoni bilan. Periferik limfa tugunlarda va ichki aʼzolarda metastazlar bilan kechayotgan holatlar.
3. Endokrin tizimi kasalliklari.
Adekvat davo taʼsir qilmayotgan holatlar:
a) qandli diabet. I-II turlari, insulinga talab xili (insulin miqdori bir kecha-kunduzda 60 oʻlchov birligi va undan koʻp) ogʻir kechayotgan va yaqqol ifodalangan mikroangiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya belgilari bilan;
b) qandli diabet. I-II turlari, (insulin miqdori bir kecha kunduzda 60 oʻlchov birligidan kam boʻlgan yoki insulinsiz) dekompensatsiya holati, ketoatsidoz, labil kechishi, gipoglikimik va giperglikimik holatlarning almashib turishi bilan diabetik retinopatiya (preproliferativ yoki proliferativ bosqichda koʻrish oʻtkirligining korreksiya qilib boʻlmaydigan pasayishi) bilan diabetik polineyropatiya(avtonom polineyropatiya, diabetik enteropatiya, siydik chiqarish yoʻllari va siydik qopining atoniyasi), diabetik nefropatiya-V, diabetik oyoq cindromi (ishemik, neyropatik, yoki aralash shakli uzoq vaqt bitmayotgan trofik yaralar rivojlanishi bilan, oyoq panjalarining “quruq” yoki “hoʻl” gangrenasi, shakllanayotgan Sharko boʻgʻimining osteoartropatiyalari bilan;
v) Itsenko-Kushing kasalligi (sindromi) yaqqol ifodalangan asoratlari bilan: umurtqa yoki naysimon suyaklarning patologik sinishlari; mushaklar atrofiyasi; kardiomiopatiya III-darajali qon aylanishi yetishmovchiligi bilan; miya qon aylanishining buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq oyoq, qoʻllar harakatlarining chuqur, turgʻun va tiklab boʻlmaydigan buzilishlari bilan;
g) Gipofizar yetishmovchilik. (Simonds kasalligi), kaxeksiya bosqichi.
Agar kasallikning kelib chiqishiga bosh miyaning gipofizar qismida oʻsma rivojlanayotganligi sabab boʻlgan boʻlsa-koʻrish funksiyalarining buzilishi, nevrologik va ruhiy buzilishlar, buyrak usti bezi qobigʻi ikkilamchi yetishmovchiligining ogʻir kechishi;
d) diffuzli toksik buqoq. Tireotoksikozning ogʻir shakli quyidagi asoratlari bilan: endokrin oftalmopatiyasi, tireotoksik yurak, mersal aritmiya va yurak-qon tomir yetishmovchiligining III-bosqichi, kasallikning jarrohlik yoʻli bilan davolab boʻlmaydigan barcha turlari;
e) buyrak usti bezining surunkali yetishmovchiligi, ogʻir shakli, doimiy oʻrin bosuvchi gormonlar terapiyasi oʻtkazilishiga qaramay kompensatsiya holatining yoʻqligi, ozish, miasteniya, gipotoniya, buyrak usti bezi krizi rivojlanishi mumkin boʻlgan holatlari bilan;
j) qandsiz diabet, vazopressin gormoni yetishmovchiligi sabab boʻlgan, doimiy oʻrin bosuvchi gormon terapiyasi oʻtkazilishiga qaramay bemor ahvolining yaxshilanmayotganligi. (neyroendokrin yetishmovchiligining ogʻir bosqichi).
Bunda bemorda poliuriya (meʼyordan ortiq siyish), polidipsiya, jismoniy va psixologik astenizatsiya, oshqozonning kengayishi, teri va shilliq pardalarning qurishi, haroratning koʻtarilishi, qonning quyuqlashishi, eritrotsitlarda natriy miqdori, gemoglobin va qoldiq azotning koʻpayishi kuzatiladi.
z) gipoparatireoz, tez-tez qoʻzgʻalib turadigan tetanik sudorogalar, laringo va bronxospazmlar, disfagiya, qusish ruhiy buzilish kabi ogʻir asoratlar bilan;
i) giperparatireoz: suyak shakli- son, tos, yelka, qovurgʻa suyaklarining patologik sinishi, yolgʻon boʻgʻimlar hosil boʻlishi; rivojlanib borayotgan siydik tosh kasalligining buyrak shaklida- buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, aralash shaklida — yuqorida qayd etilgan simptomlarning qay biri yaqqol koʻrinishda ekanligi eʼtiborga olinadi;
k) gipofiz va gipotalamus oʻsmalari, ogʻir asoratlari: koʻrish funksiyasining qayta tiklanmas buzilishi, yaqqol nevrologik va ruhiy buzilishlari bilan;
l) buyrak usti bezi kasalliklari: Feoxromotsitoma yoki giperaldosteronizm (oʻsma sabab boʻlgan ammo xirurgik yoʻli bilan davolashning imkoniyati boʻlmagan holatlar) ogʻir asoratlari: gipertonik krizlarning tez-tez qaytalanishlari, miasteniya, tetaniya, periodik falajlar bilan; Giperaldosteronizm (oʻsma sabab boʻlmagan) yuqorida qayd etilgan ogʻir asoratlari bilan.
4. Ruhiy kasalliklar.
4.1. Shizofrenik psixozlar: uzluksiz (oddiy; gebefrenik; katatonik; paranoid) va xurujsimon-progrediyent kechayotgan shakllari, noxush oqibatlari bilan.
4.2. Maniakal-deperessiv psixoz, sirkulyar xili. Aralash psixotik holatli, tez-tez almashib kechadigan maniakal va deperessiv fazali uzluksiz kechayotgan turi.
4. 3. Bosh miyaning organik shikastlanishi oqibatidagi psixotik oʻzgarishlari:
a) senil demensiyaning barcha shakllari: oddiy; galyutsinator-paranoid buzilishlari; senil demensiyasi kasalligi boshlanishidan oldingi ilk senil demensiya shakli; Alsgeymer va Pik kasalliklarida kuzatiladigan bosh miyaning oʻchogʻli atrofiyasi oqibatidagi demensiyalar;
b) aterosklerotik aql zaifligi. Psixozsiz; depressiya; galyutsinator-paraniod buzilishlari; oʻtkir fikr chalgʻishi singari koʻrinishlari bilan;
v) Korsakov psixozi (ichkilikbozlik, miya zaxmi yoki jarohatlanish oqibatida);
g) organik demensiya (ensefalit, meningoensefalit, miya zaxmi, miya jarohatlanish oqibatida).
4.4. Surunkali reaktiv psixozlar. Progrediyent kechayotgan, somatik organlarni ham jalb qilib, surunkali ruhiy kasalliklar xususiyatini olayotgan holatlar.
4.5. Surunkali psixozlar (kelib chiqishiga turli xil holatlar sabab boʻlgan):
a) simptomatik psixozlar, sistemali infeksiya sabab boʻlgan progrediyent yoki qaytalanib kechayotgan holatlar;
b) intoksikatsion psixozlar, qaytalanib yoki uzoq davom etayotgan, kasal ruhiyatidagi buzilishlar kuchayib, tiklab boʻlmaydigan holatga oʻtishi bilan;
v) surunkali psixozlar, bosh miya jarohatlanishi oqibatida kasal ruhiyatidagi turgʻun oʻzgarish belgilari bilan.
4.6. Shaxsning patologik rivojlanishi, qaytalanib va uzoq muddat davom etayotgan dekompensatsiya bosqichidagi buzilishlari bilan (psixopatiyalar).
4.7. Epilepsiya:
a) epileptik psixoz, surunkali jarayon tusini olayotgan, uzoq muddat davom etayotgan, davolash taʼsir qilmayotgan holatlar;
b) paroksizmal buzilishlarning murakkablashishi va tarqalishi (generalizatsiya), kasal ruhiyatidagi oʻzgarishlarning kuchayib borishi bilan;
v) epileptik aql zaiflik;
5. Asab tizimi va sezgi aʼzolari kasalliklari.
5.1. Bosh va orqa miya qon tomirlari kasalliklari: emboliyalar; bosh miya qon aylanishining gemorragik, ishemik yoki aralash oʻtkir buzilishlari: III-bosqichdagi surunkali ensefalopatiya va miyelopatiya, birlamchi (jarohat sabab boʻlmagan) subaraxnoidal qon quyilishi tufayli, miyada oʻchoqli shikastlanishning yaqqol ifodalangan turgʻun belgilari (gemi-paraplegiyalar, chuqur gemi va paraparezlar, bemor oʻzini qayerdaligini va qaymahal ekanligini anglay olmasligi, akinetiko-rigid sindromi) bilan.
5.2. Bosh va orqa miyaning organik shikastlanishi bilan kechayotgan markaziy nerv sistemasining yuqumli, demiyelinlovchi kasalliklari, miya faoliyatining chuqur, turgʻun buzilishlari (ogʻir darajadagi falajlar, nerv sezgirligi faoliyatining buzilishlari, trofik buzilishlar, yaqqol ifodalangan akinetiko-rigid sindromi bilan) va kasallik jarayonining kuchayib borishi bilan:
a) ikkilamchi yiringli meningitlar;
b) birlamchi virusli ensefalitlar;
v) bosh miya abssessi;
g) orqa miya qattiq pardasi abssessi va sil kasalligi sabab boʻlmagan granulyomalar;
d) neyrozaxm;
e) nerv sistemasining sil kasalligidan shikastlanishi;
j) tarqalgan skleroz;
z) tarqalgan ensefalomiyelit. Bosh miya funksiyalarining turgʻun, chuqur buzilishlari bilan;
i) leykoensefalitlarning tez avj oluvchi shakllari;
k) oʻtkir va surunkali yalligʻlangan demiyelinlovchi poliradikulonevropatiyalar.
5.3. Jarohatlanish oqibatida roʻy bergan markaziy asab tizimining kasalliklari, miyada oʻchoqli shikastlanishning yaqqol, turgʻun belgilari (gemi- va paraplegiyalar; chuqur gemiparezlar) bilan.
5.4. Tez kechib kuchayib borayotgan kasalliklar, harakat, sezgi va vegetativ trofik faoliyatining turgʻun yaqqol ifodalangan buzilishi va oʻtkazilayotgan davo taʼsir qilmayotgan hollari:
a) bosh miya oʻsmalari;
b) bosh-orqa miya oʻsmalari;
v) orqa miya oʻsmalari;
g) siringomiyeliya, “kurtka” turidagi tarqoq gipesteziyali va yaqqol ifodalangan vegetativ-trofik buzilishlar bilan kechadigan shakli;
d) gepatotserebral distrofiya (gepatolentikulyar degeneratsiya, Vilson-Konovalov kasalligi);
e) orqa va bosh miya ataksiyalari;
j) yonlanma amiotrofik skleroz;
z) miasteniyaning tarqalgan shakli, avj oluvchi kechishi.
5.5. Butunlay koʻrlik, shuningdek yaxshi koʻradigan koʻzdagi koʻrish ravshanligi, kasalliklar tufayli boʻlgan oʻzgarishlardan soʻng 0, 03 dan oshmay qolgan va uni tuzatib boʻlmaydigan yoki ikkala koʻzdagi koʻrish burchagi bir xilda 10 darajaga torayib qolgan hollar.
5.6. Parkinsonizm, yaqqol akinetiko-regidli sindromi va vegetativ buzilishlar bilan (ortostatik gipesteziya).
6. Qon aylanish aʼzolarining kasalliklari.
6.1. Yurak kasalliklari: tez rivojlanuvchan davri, qon aylanishi yetishmovchiligining II-III-bosqichi bilan va davolash taʼsir etmayotgan holatlar:
a) konstruktiv perikardit, jarrohlik yoʻli bilan davolab boʻlmaydigan holatlar.
b) yurakning tugʻma va orttirilgan nuqsonlari;
v) bakterial endokardit, uzoq davom etuvchan shakli;
g) kardiomiopatiya (qon aylanishi harakatining susayib qolgan, gipertrofik, obstruktiv va dilyatatsion shakllari);
d) endomiokardial fibroz;
e) miokarditik kardioskleroz;
j) yurak ishemik kasalligi. Nostabil stenokardiya. Infarktdan keyingi kardioskleroz, SYUYE III-IV funksional sinf, asoratlari va murakkab yurak qorinchasi aritmiyalari bilan;
z) yurak ritmi va oʻtkazuvchanligining turgʻun buzilishi (qisman, politopik, juft qorinchali ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, atrioventrikulyar blokada-Morgan-Edems-Stoks sindromi bilan) ;
i) infeksion-allergik miokardit.
6.2. Gipertoniya kasalligining III-bosqichi:
a) yurak ritmining turgʻun buzilishi va qon aylanishining kuchayib boruvchi yetishmovchiligi boʻlgan oʻtkir transmural yoki katta oʻchoqli qaytalangan miokard infarkti bilan;
b) qon aylanishi yetishmovchiligining III-bosqichi bilan;
v) surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi bilan.
6.3. Arteriya kasalliklari gangrenoz-nekrotik bosqichi, kamida ikkita qoʻl-oyoq magistral qon tomirlarining shikastlanishi bilan.
a) obliteratsiyalovchi endoarterit;
b) Obliteratsiyalovchi ateroskleroz.
6.4. Oʻtkir revmatik isitma:
a) revmatizm faol davri (yurak nuqsonlarini qon aylanishi yetishmovchiligining II B-III-bosqichlari bilan);
b) revmatizm nofaol davri (yurak nuqsonlarini qon aylanishi yetishmovchiligining II B-III-bosqichlari bilan).
7. Nafas olish aʼzolari kasalliklari.
Oʻpkaning surunkali nospetsifik kasalliklari, tarqalgan pnevmoskleroz, emfizema, surunkali “oʻpka yuragi” ning dekompensatsiya davridagi II-III-bosqich nafas yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bilan asoratlangan holatlar:
a) surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari, ogʻir shakli;
b) bronxial astma IV darajasi, Status astmaticus bilan;
v) ikki tomonlama bronxoektaz kasalligi, ogʻir shakli, asoratlari bilan;
g) surunkali oʻpka abssessi, ogʻir kechishi;
d) plevra empiyemasi;
e) turli sababdan kelib chiqqan pnevmokoniozlar II B-III-darajali oʻpka-yurak yetishmovchiligi bilan;
j) idiopatik fibrozlovchi alveolit;
z) sarkoidoz, ogʻir kechishi;
i) birlamchi emfizema;
k) ikkala oʻpkaning tarqalgan exinokokkoz kasalligi;
l) ikkala oʻpkaning yalpi polikistoz (alviokistoz) kasalligi.
8. Ovqat xazm qilish aʼzolari kasalliklari.
a) Ichak va boshqa ovqat xazm qilish aʼzolarida soʻrilish buzilishi sindromining yaqqol koʻrinishi bilan kechuvchi, kaxeksiya bosqichidagi kasalliklar.
b) Jigar sirrozlari — dekompensatsiya bosqichidagi, kuchli ifodalangan portal gipertenziya, gipersplenizm va jigar yetishmovchiligi ensefalopatiyasi bilan.
v) Qorin boʻshligʻi aʼzolarining tarqalgan exinokokkoz va alveokokkoz kasalligi, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bilan.
9. Buyrak kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi bilan.
a) Surunkali glomerulonefrit.
b) Surunkali piyelonefrit.
v) Gidronefroz.
g) Buyrakning kista kasalligi.
10. Suyak-muskul tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari.
Kasallik jarayonning toʻxtovsiz oʻta kuchayib boruvchi va surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi yoki III-darajali qon aylanishi yetishmovchiligi yoki markaziy nerv sistemasining turgʻun oʻchoqli shikastlanishi (gemiparaplegiya, gemiparaparezlar) yoki koʻndalang targʻil muskullarni keng tarqalgan shikastlanishi disfagiya, dizartriya alomatlari bilan:
a) seropozitiv va seronegativ revmatoid artrit;
b) sistemali gemorragik vaskulit;
v) ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi);
g) sistemali qizil “volchanka”;
d) dermatomiozit;
e) tugunchali periartrit;
j) sistemali sklerodermiya;
z) koksoartroz (tos-son boʻgʻimi artrozi, funksional boʻgʻim yetishmovchiligi — FBE II-III-darajasi);
i) sistemali nekrozlovchi vaskulopatiyalar.
11. Moddalar almashinuvi kasalliklari.
Podagra kasalligi, buyrak yetishmovchiligining terminal boschqichi bilan.
12. Anatomik nuqsonlar.
Jazo oʻtash davrida kasallanish yoki jarohatlanish oqibatida:
a) ikkala qoʻl yoki ikkala oyoqning yuqori qismidan amputatsiya qilinishi;
b) bir oyoq va bir qoʻlning yuqori qismidan amputatsiya qilinishi.
13. Nurlanish kasalligi:
13.1. Oʻtkir nurlanish kasalligi:
a) oʻtkir nurlanish kasalligining barcha (I—IV) ogʻir bosqichlari;
b) nurlanish oqibatida teri kuygan joylarida oʻzgarishlar va kasallikning I—IV ogʻir darajadagi xuruj qilgan bosqichi;
v) oʻtkir nurlanish kasalligining asoratlari:
astenik alomatlar, birinchi navbatda boshqaruv tizimiga kiruvchi nerv va qon tomirlari tizimlarining tez charchashi va funksional yetishmovchigi bilan;
asab va qon tomirlari tizimlarining organik shikastlanishi, miya va periferik qon aylanishining buzilishlari bilan;
tahlildagi qon koʻrsatkichlarining turgʻun emasligi yaqqol ifodalangan sitopenik koʻrinishlar, ilikning giperplazik koʻrsatkichlari bilan (leykotsitlar soni 3,0 x 10 dan kam, trombotsitlar soni 1,5 x 10 dan kam);
odam tanasidagi chuqur trofik, degenerativ va sklerotik oʻzgarishlar, keyinchalik paydo boʻlgan radiatsion yaralar, ogʻriq sindromi bilan; kontrakturalar va amputatsion nuqsonlar;
nurlanish kataraktasi III-bosqichi (koʻrish ravshanligi yaxshi koʻrayotgan koʻzda 0, 1-0, 5).
13.2. Surunkali nurlanish kasalligi, uzoq muddat kechayotgan va II—IV ogʻir darajadagi bosqichlari (xuruj davri).
13. 3. Nurlanish taʼsiri natijasida nurlanish oqibatlari (qon ishlab chiqaruvchi toʻqimalarda, suyak toʻqimalarida, oʻpkada, jigarda xavfli oʻsmalar) paydo boʻlishi.
Nurlanish kasalligi va nurlanish taʼsiri koʻrinishlari haqidagi tashxis tibbiyot radiologiyasi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
14. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS).
(OITS) ning quyidagi turgʻun klinik belgilari paydo boʻlgan hollarda: VICH-kaxeksiya; pnevmotsist pnevmoniya (klinik); surunkali diareya; oʻpkadan tashqari kriptokokkoz; sitomegalovirus infeksiya boshqa aʼzolarni zararlanishi bilan (jigar, taloq va limfa tugunlarini zararlanishi bundan mustasno); oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalar, ichki aʼzolar zararlanishi yoki teri va shilliq qavatlarini surunkali (1 oydan ortiq) zararlanishi; disseminirlangan endemik mikoz (gistoplazmos, koksidioidoz); qiziloʻngach, traxeya, bronx va oʻpka kandidozi; atipik mikrobakteriyalar chaqirgan disseminirlangan infeksiyalar; salmonellez septitsemiya; oʻpkadan tashqari sil; limfoma; sarkoma Kaposhi, VICH-ensefalopatiya.
15. Moxov kasalligining hamma koʻrinishlari.
16. Ushbu roʻyxatda qayd etilmagan tashxisi aniqlangan yoki aniqlanmagan kasalliklar, ogʻir asoratlari bilan:
Kasallik jarayoni kuchayib borib, oʻtkazilayotgan adekvat davo taʼsir qilmay, bemor holatining oʻta ogʻirligi, tananing bir yoki bir nechta aʼzolarida qaytarib boʻlmaydigan buzilishlar paydo boʻlishi, kasallik oqibati noxushlikdan darak berishi bilan kechayotgan holatlar.
Bunday kasallik va uning asoratlarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli Respublika ilmiy tekshirish instituti(markazi)ning xulosasi boʻlishi shart.
Izoh: Sogʻliqni saqlash idoralari tibbiy muassasalarining barcha masʼul rahbarlari kasalliklar Roʻyxatida qayd etilgan kasalliklarni aniqlashda, davolashda, tashxis qoʻyishda, (pullik tekshirish va davolash muolajalari oʻrnatilgan tartibda toʻlanadi) bosh, yetakchi mutaxassislarning maslahat koʻrigidan oʻtkazishda va sud hukmi bilan kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod etilgan ogʻir bemorlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi kasalxonalarga yotqizishda amaliy yordam berishlari shart.
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalariga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi IIV maxsus tibbiy komissiyasi


‎‎‎Mahkumni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi haqida

‎‎XULOSA

‎‎Familiyasi ________________________________________________________
‎‎Ismi, sharifi ______________________________________________________
‎‎Tugʻilgan yili va joyi ______________________________________________
‎___________________________________________________________________
Kim tomondan va qachon hukm qilingan _________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎OʻzR JK _________ moddasi
‎Jazo muddati ____________________________________
‎‎Muddat boshlangan vaqti ___________________________
‎Muddatning tugash vaqti ___________________________
‎‎Shaxsiy hujjatlarning yigʻma jildi № _______________________________
Sudlanguncha kim boʻlib ishlagan ______________________________________

‎‎(ishlamagan boʻlsa sababi koʻrsatilsin)

‎‎Jazo muddatini oʻtash davrida kasal boʻlguncha kim boʻlib ishlagan
‎__________________________________________________________________

(ishlamagan boʻlsa sababi koʻrsatilsin)

‎‎Hozirgi kunda saqlanayotgan (davolanayotgan) muassasaning nomi ___________
‎___________________________________________________________________
‎‎Sogʻligʻiga shikoyatlar ________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

‎‎
‎Anamnez

‎‎Hayoti davomida qanday kasalliklarga chalingan va qayerda davolangan
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
Qanday jarohatlar olgan va operatsiya boʻlgan ___________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎Asosiy kasallikning boshlanishi va kechishi, asosiy kasalliklari boʻyicha qayerda va qancha vaqt davolangan, oʻtkazilgan davolanish muolajalari
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎Obyektiv tekshirish maʼlumotlari:
‎‎1. Boʻyi _______sm. Vazni ______kg.
‎‎2. Tana terisi va shilliq pardalari holati _____________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎3. Muskul va suyak tizimi, boʻgʻinlar holati ______________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎4. Nafas olish aʼzolari ______________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
5. Yurak, qon-tomir aʼzolari _________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
6. Ovqat hazm qilish aʼzolari _________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎7. Siydik yoʻllari va jinsiy aʼzolar tizimi ___________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎8. Asab tizimi va ruhiy holati _______________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎9. Koʻrish holati ____________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎10. Quloq, tomoq va burun aʼzolari holati ______________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎11. Rentgen tekshiruvi natijalari ____________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎12. Laboratoriya tekshiruvlari natijalari _____________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
Yakuniy tashxis: _____________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12 va 9-sonli hamkorlikdagi qarori bilan tasdiqlangan “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos boʻladigan kasalliklar Roʻyxati”ning _______bandiga asosan mahkum_____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi)

‎‎jazo muddatini oʻtashdan ozod qilishga tavsiya etiladi.
‎‎Komissiya raisi OʻzR IIV
‎‎Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari ____________________________

‎‎(imzosi, familiyasi)

‎‎Komissiya aʼzolari: ________________________________________________

‎‎(lavozimi, imzosi, familiyasi)

‎‎__________________________________________________
‎__________________________________________________
‎__________________________________________________
‎__________________________________________________
‎‎‎‎Davolovchi shifokor ________________________________________________

‎M.Oʻ. ‎‎

‎200____yil “____” ________________
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalariga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV maxsus tibbiy komissiyasi

Tibbiy koʻrikdan oʻtgan mahkumlarni qayd etish

‎‎DAFTARI

Tartib soni‎Bemor mahkumning familiyasi, ismi-sharifi, tugʻilgan yili‎Bemor mahkumni joʻnatgan muassasa ‎Bemor mahkumni kasalxonaga kelgan kuni ‎OʻzR JK moddasi, jazo muddati va boshlangan kuni ‎Bemor kasalxonaga kelgandagi tashxis ‎Maxsus tibbiy komissiya koʻrigiga taqdim etilgan tashxis ‎Maxsus tibbiy komissiya majlisi oʻtgan kun va chiqarilgan qaror ‎Sud majlisi oʻtgan kun va chiqarilgan qaror ‎
1‎2‎3‎4‎5‎6‎7‎8‎9‎
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1854-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 385-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)