1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.05.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2591]
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
1. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994-yil 20-oktabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni giyohvandlikdan majburiy davolashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-may,
65-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrugʻiga ILOVA
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.05.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
2. Hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ularni davolash maqsadida qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
3. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
31. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar majburiy davolanishda boʻlishi davrida davolash maqsadida va ularning jismoniy holati hisobga olingan holda, shuningdek tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq ularga nisbatan mehnat terapiyasi qoʻllaniladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
2-bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
4. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining qabul boʻlimida shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan roʻyxatga olinadi va 3 kun ichida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
Manzil-koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan hukm qilingan shaxslarga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
5. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar klinik, anamnestik, psixopatologik, somatonevrologik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkaziladi va ularga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan tashxis qoʻyiladi hamda individual ravishda davolash rejasi belgilanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
6. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga muvofiq davolash rejasiga asosan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
7. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllashga hukm qilingan shaxslarni tekshirish va davolash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan standartlar va klinik bayonnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
Hukm qilingan shaxsni majburiy davolash davomiyligi oʻn sakkiz oydan oshmasligi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
8. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarda faol sil kasalligi mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash faol sil kasalligiga ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
9. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga asosan statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi tayinlanadi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
10. Statsionar davolanish uchun yotqizilgan alkogolizm bilan kasallangan hukm qilingan shaxslarning narkologik statsionar boʻlimidagi minimal davolanish muddati qirq besh kundan, giyohvand yoki zaharvandlarni esa oltmish kundan kam boʻlmasligi lozim.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
Har bir hukm qilingan shaxsga tibbiy karta (kasallik tarixi) toʻldiriladi, unga hukm qilingan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
11. Statsionar kuzatuv yakunlangandan soʻng, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga ambulator kuzatuv tayinlanadi va tegishli davolash, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ishlari amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
12. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar bilan tegishli davolash ishlarini tashkil etish hamda samarali tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyani yoʻlga qoʻyish maqsadida jazoni ijro etish muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan tibbiy komissiya (bundan buyon matnda tibbiy komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Tibbiy komissiya tarkibi ichki ishlar organlari xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Bunda, jazoni ijro etish muassasasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi tibbiy komissiya raisi hamda shifokor-narkolog, shifokor-psixiatr va shifokor-terapevtlari komissiya aʼzolari hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
Statsionar yoki ambulator kuzatuv davrida shaxsda unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga toʻsqinlik qiluvchi kasallik mavjudligi aniqlangan taqdirda, tibbiy komissiya tomonidan berilgan xulosaga muvofiq tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash vaqtinchalik toʻxtatib turiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
13. Hukm qilingan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortsa, tibbiyot boʻlimi boshligʻi jazoni ijro etish muassasasi boshligʻini bu haqda yozma ravishda darhol xabardor qiladi. Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortgan hukm qilingan shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻrilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yettinchi boʻlimi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
14. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash jazoni ijro etish muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasiga asosan yakunlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
15. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tibbiy komissiya xulosasiga asosan oʻn kun ichida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatishni soʻrab tegishli sudga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda tibbiy xulosa va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi mazkur murojaatga ilova qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
16. Tibbiy xulosadagi maʼlumotlar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator varaqasiga qayd etiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
17. Majburiy davolash kursi tugallanmagan hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan taqdirda, ushbu muassasa maʼmuriyati hukm qilingan shaxs yashaydigan manzildagi narkologiya muassasasi hamda ichki ishlar organlarini mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq quyidagi muddatlarda xabardor qiladi:
sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlganligi munosabati bilan ozod etilishidan oʻn kun oldin;
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, amnistiya akti yoki afv etish munosabati bilan ozod etilgan kundan boshlab uch kun ichida.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
Bunda, narkologiya muassasasiga hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator kartasidan koʻchirma ham yuboriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Xabarnomaning bir nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Tibbiyot boʻlimiga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
3-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
____________________________
(shahar yoki viloyat)
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boʻlimi boshligʻiga
____________________________
(shahar yoki viloyat)
narkologiya dispanseri bosh shifokoriga
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentning Tibbiyot boʻlimi boshligʻiga
XABARNOMA
____ yil “___” _________ da tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ____________ _________________________________-moddasi(lari) bilan ____ yil ____ oy muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan __________________________ ______________________________________ hukm qilingan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga binoan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash belgilangan.
Hukm qilingan shaxs ________________ __________ ____yil “___” ____________ kuni jazoni ijro etish muassasasidan ___________________________ asosida ozod etilgan. Hukm qilingan shaxs ____________________________ _________________________ qamoqqa olinishdan avval _________________________________________ _______________________________________________________________________ manzilda yashagan. ________________________________ jazo muddatini oʻtayotgan davrida narkologik kasallikdan majburiy davolash kursini tugatmaganligi va ___________ _________________ (shahar yoki viloyat) narkologiya muassasasida majburiy davolashni davom etish lozimligi maʼlum qilinadi.
___-son ______ boshligʻi
______________
__________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 2-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)