1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/206/0406-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
4. Komissiya ikki hafta muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar:
ikki oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;
idoraviy mansub tashkilotlar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga 3-ILOVA
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom litsenziya talablari va shartlari doirasida pirotexnika buyumlaridan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) tomonidan texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanishga mo‘ljallangan joyni, vaqtni va shart-sharoitlarni oldindan kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari harbiy, shuningdek, maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning I klassi) foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-dekabrdagi 724-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 09/21/724/1118-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida pirotexnika buyumlaridan foydalanishda mazkur Nizomda belgilangan oldindan kelishish talab etilmaydi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq beriladigan ommaviy tadbirni o‘tkazishga doir ruxsatnoma bo‘yicha ommaviy tadbir dasturi asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-dekabrdagi 724-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 09/21/724/1118-son)
2-bob. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish, uni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qaror qabul qilish
4. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish (keyingi o‘rinlarda — oldindan kelishish) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) (keyingi o‘rinlarda — pirotexnika buyumlari) foydalanish joyi joylashgan hudud bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Oldindan kelishish arizachiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Oldindan kelishish yuridik shaxs tomonidan arizada ko‘rsatilgan muayyan joyda (obyektda), vaqtda va shart-sharoitlarda pirotexnika buyumlaridan bir marotaba foydalanish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
6. Yuridik shaxs oldindan kelishishni olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasidan kamida yigirma ish kuni oldin quyidagilarni ilova qilgan holda ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza taqdim etadi:
yuridik shaxsning pirotexnika buyumidan foydalanishga jalb etilgan xodimlari Toshkent davlat texnika universitetining malaka oshirish kurslarida “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qo‘llash” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari;
otish maydonchasi joylashgan joy va xavfli hudud doirasi ko‘rsatilgan holda obyektga tutash hududning xaritasi, shuningdek, fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar ro‘yxati ilova qilingan pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi.
Arizachidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Arizachi tomonidan oldindan kelishish to‘g‘risidagi ariza va mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).
8. Oldindan kelishish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
9. Oldindan kelishish yoki oldindan kelishishni rad etish haqidagi qaror arizachining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan olingan kundan boshlab o‘n besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) ariza va mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tekshiruv va baholash tadbirlarini amalga oshirish uchun so‘rovnoma yuboradi.
So‘rovnomaga ariza va ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari ilova etiladi.
11. Vakolatli organlar arizani (so‘rovnomani) olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachida pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat doirasida o‘z mablag‘lari hisobidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqish va baholash huquqiga ega.
O‘rganib chiqish, qoida tariqasida, vakolatli organlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
12. Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi so‘rovnomani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga tegishli xulosani yuboradi.
13. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limining xulosasi olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida oldindan kelishish to‘g‘risidagi dastlabki xulosani (keyingi o‘rinlarda — dastlabki xulosa) tayyorlaydi hamda ariza va ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
O‘rganish va baholash natijalari bo‘yicha oldindan kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachi bu haqda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan bir ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xabardor qilinadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida oldindan kelishish to‘g‘risida yakuniy xulosa tayyorlaydi hamda ariza va ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha oldindan kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, bu haqda bir ish kuni ichida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga kelgusida arizachini xabardor qilish uchun rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi besh ish kuni ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tayyorlangan xulosani Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi olingan xulosani bir ish kuni ichida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga yuboradi.
16. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limining tegishli xulosasi asosida bir ish kuni ichida arizachiga oldindan kelishishni beradi (yuboradi) yoki oldindan kelishishni berishni rad etish haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda elektron shaklda xabardor qiladi.
17. Oldindan kelishishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi yoxud taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni aniqlash uchun o‘tkazilgan o‘rganishlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Oldindan kelishishni berishni boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Vakolatli organlar oldindan kelishish hamda xulosa uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
19. Arizachi oldindan kelishishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, vakolatli organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Oldindan kelishishning dublikatini berish tartibi
20. Oldindan kelishish yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yuridik shaxsning arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi. Dublikatni berishda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan unga “Dublikat” belgisi qo‘yiladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) yuridik shaxsning arizasi, shuningdek, dublikat yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusxasi olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda oldindan kelishishning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
21. Oldindan kelishishning dublikatini berish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan yig‘im undirilmaydi.
4-bob. Berilgan oldindan kelishishlar reyestri
22. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmari (bo‘limlari) berilgan oldindan kelishishlar reyestrini (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritishni amalga oshiradi. Reyestrda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni);
pirotexnika buyumlaridan foydalanish bo‘yicha faoliyat turini amalga oshirishga litsenziya seriyasi va tartib raqami;
oldindan kelishish berilgan pirotexnika buyumlaridan foydalanish maqsadi, joyi (obyekti), sanasi (boshlanish va tugallanish vaqti), shart-sharoitlari;
pirotexnika buyumlaridan foydalanishga jalb qilingan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma berilgan sana, seriyasi va raqami;
oldindan kelishish berilgan sana va uning raqami;
oldindan kelishishning dublikatini berish asosi va sanasi.
23. Oldindan kelishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga yuridik shaxsga oldindan kelishishni berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qo‘yiladi hamda ular tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) mas’ul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Reyestr qog‘ozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qog‘oz manbadagi reyestr tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip o‘tkazib tikiladi, tartib raqami qo‘yiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) ko‘rsatiladi hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) rahbarining imzosi qo‘yiladi va muhri bosiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish chog‘ida oldindan kelishish yuridik shaxsning pirotexnika buyumidan foydalanishga jalb etilgan xodimi yonida saqlanishi lozim.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1851-moddasi.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanishga mo‘ljallangan joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishishni berish
Pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanishga mo‘ljallangan joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga ikki nusxada ariza taqdim etadi.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasidan 20 ish kuni oldin
2-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)
1. Arizani qabul qiladi, uning ikkinchi nusxasini qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga jo‘natadi (taqdim etadi).
2. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqish va baholash tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limiga so‘rovnoma yuboradi.
3. Zaruratga ko‘ra, joyiga chiqqan holda pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralarni o‘rganadi va baholaydi.
Ariza qabul qilingan kunda
1 ish kuni ichida
Ariza qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida
3-bosqich
Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi
1. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitlarni hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqish va baholashni amalga oshiradi.
2. O‘rganish va baholashni natijalari yuzasidan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga xulosani yuboradi.
3 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)
1. Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi xulosasini inobatga olgan holda oldindan kelishish to‘g‘risida dastlabki xulosani tayyorlaydi.
2. Oldindan kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachini bu haqda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xabardor qiladi.
3. Dastlabki xulosani va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga o‘rganib chiqish va yakuniy xulosa tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
5-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
1. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha oldindan kelishish to‘g‘risida yakuniy xulosa tayyorlaydi
2. Yakuniy xulosani ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
3. Oldindan kelishishni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, bu haqda kelgusida arizasini xabardor qilish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboradi.
3 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
6-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
1. Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
2. Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xulosa tayyorlaydi.
3. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosani Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
7-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan xulosani tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga yuboradi.
1 ish kuni ichida
8-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)
Vazirlar Mahkamasi xulosasi asosida arizachiga oldindan kelishishni beradi (yuboradi) yoki uni oldindan kelishishni berishni rad etish haqida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ushbu orqali _______________________________________________________________________________
(yuridik shaxs nomi)
________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ manzili bo‘yicha joylashgan hudud (obyekt)da quyidagi pirotexnika buyumlaridan ______________________________________
(sinfi, turi, miqdori
________________________________________________________________________________ alohida-alohida ko‘rsatib o‘tiladi) ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga ___________________________________________________________________________________________ jalb etilayotgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi) ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ __________________________________________ tomonidan foydalanish huquqiga ega ekanligi tasdiqlanadi. ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ favqulodda vaziyatlar
(ijobiy xulosa bergan hududiy favqulodda vaziyatlar organining nomi)
bo‘limining 20 ____ yil “____” ____________ dagi _______-son xulosasi
Ichki ishlar organi boshlig‘i
__________________ (imzo)
m.o‘.
_______________________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari)
Ro‘yxat raqami _________________
Berilgan sanasi 20____ yil “_____” ____________.
Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyini, vaqtini va shart-sharoitlarini oldindan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
_______________________________________ (ichki ishlar organi nomi) ________________________________________ boshlig‘i________________________________ga (familiyasi, ismi, otasining ismi)
ARIZA
1. Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________, joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________________________________________________________________________ _________________________, telefon: ___________, faks: __________, el.pochta, veb-sayt (mavjud bo‘lganda): ________________________, pirotexnika buyumlaridan foydalanish bo‘yicha faoliyat turini amalga oshirishga litsenziya seriyasi va tartib raqami _________________. 2. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish maqsadi va ulardan foydalanish nazarda tutilgan tadbir turi ___________________________________________________________________________________________ _____________________________________________________________, tadbir qatnashchilaring kutilayotgan soni:________________. 3. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyi (obyekt) nomi, aniq joylashuvi (manzili)__________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ 4. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish sanasi (boshlanishi va tugallanishi vaqti): ____________________. 5. Foydalaniladigan pirotexnika buyumlarining sinfi, turi va miqdori __________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ 6. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: __________________________________________________________________________________________
(maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma berilgan sana, seriyasi va raqami)
_________________________________________________________________________________________. 7. Boshqa ma’lumotlar (arizachining xohishiga ko‘ra): _________________________________________________________________________________________
(pirotexnika buyumlaridan
_______________________________________________________________________________________ foydalanishning xususiyatlaridan kelib chiqib ko‘rsatiladi)
Ilova: 1. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxalari, _____var.; 2. Otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi ko‘rsatilgan holda obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar ilova qilingan pirotexnika buyumlaridan foydalanish dasturi, _____var.; ______________________________________________________________________________________,__var. Cana: 20___ yil “___”_______________ Yuridik shaxs rahbari _______________ __________________________________________________________________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari).
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/206/0406-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 363-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 32-son, 398-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 10.04.2020-y., 09/20/206/0406-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 09/21/724/1118-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)