O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 5-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 4-dekabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2015-yil 31-dekabrdagi 252 (6435)-sonida e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-dekabr,
O‘RQ-397-son
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Veterinariya to‘g‘risida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi veterinariya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik
Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining veterinariya to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
biologik chiqindilar — hayvonlarning jasadlari, veterinariya-sanitariya jihatidan xavfli deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariyaga oid biologik sanoat chiqindilari;
veterinariya — hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishini amalga oshirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari — veterinariya sohasidagi talablarni belgilovchi, davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart bo‘lgan hujjatlar;
veterinariya dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sintetik bo‘lgan dori moddalaridan (substansiyalardan) yoki dori moddalarining (substansiyalarning) aralashmasidan olingan, hayvonlar kasalliklari profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek hayvonlar organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan vositalar;
veterinar osoyishtalik — hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy omillarning zararli ta’sirlari, epizootiya mavjud bo‘lmagan, shuningdek hayvonlarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlar ta’minlanadigan holat;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, veterinariya texnika vositalari, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari;
kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot — go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, tuxum va tuxum mahsulotlari, shuningdek asalarichilik mahsulotlari;
kelib chiqishi hayvonotga mansub xom ashyo — hayvonlardan olinadigan, qayta ishlashga mo‘ljallangan mahsulotlar;
nobop punkt — hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘chog‘i aniqlangan hudud;
ozuqa — hayvonlarni oziqlantirish uchun foydalaniladigan, kelib chiqishi o‘simlik va hayvonotga mansub mahsulotlar;
ozuqabop qo‘shimchalar — hayvonlar ratsionida yetishmaydigan ozuqaviy va mineral moddalar hamda vitaminlarning manbalari sifatida foydalaniladigan, kelib chiqishi organik, mineral va sintetik moddalar;
cheklovchi tadbirlar (karantin) — hayvonlar yuqumli kasalliklari o‘choqlarining doirasi kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka va ularni tugatishga, ular tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakati cheklanishini nazarda tutuvchi ma’muriy, epizootiyaga qarshi chora-tadbirlar hamda boshqa chora-tadbirlar;
epizootiya — tegishli hududda hayvonlarning o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi;
epizootiyaga qarshi tadbirlar — epizootiyaning oldini olishga, uni aniqlashga yoki tugatishga doir tashkiliy va maxsus veterinariya tadbirlari tizimi;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari — paydo bo‘lishiga hayvonlarga kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ta’siri sabab bo‘ladigan, tarqalishi hamda boshqa hayvonlarga va odamga o‘tishi ehtimoli mavjud bo‘lgan kasalliklar.
2-bob. Veterinariya va veterinar osoyishtalikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
4-modda. Veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
veterinariya sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat tomonidan veterinariya sohasidagi normalarni belgilash;
davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish;
veterinariya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining veterinariya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
veterinariya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
profilaktikasi, tashxis qo‘yilishi va tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan Hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan Hayvonlarning kasalliklari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 27-moddasi ikkinchi qismi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining veterinariya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” Qonunining 3-bobi.
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining veterinariya sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
veterinariya sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
tegishli hududda veterinar osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
epizootiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining vakolatlari
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (bundan buyon matnda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi deb yuritiladi):
(7-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 5-bobi (Veterinar osoyishtalikni va davlat veterinariya nazoratini ta’minlash).
davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
davlat veterinariya xizmatining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
veterinariya sohasidagi faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi hamda tadbirlar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi hamkorligini muvofiqlashtirib boradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 14-ilovasi (“Veterinariya faoliyatini litsenziyalash pasporti”).
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori Bilan tasdiqlangan “Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizom”.
veterinar osoyishtalikni ta’minlash, hayvonlar yuqumli kasalliklarini erta aniqlash, ularga tashxis qo‘yish va ular tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 22-moddasi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari.
mamlakat hududi hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilinishini, hayvonlar sog‘lig‘ini profilaktika qilish va davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini, veterinariya dori vositalarining mahalliy hamda xorijiy ilm-fan yutuqlarini joriy etishga asoslangan yangi turlari va shakllari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
(7-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni va ularga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi;
veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli asosda o‘z vaqtida ishlab chiqishni va sifatli amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi;
idoraviy hamda ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatining hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyati har tomonlama rivojlantirilishini, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari belgilanishini, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rahbariyatning hamda mutaxassislarning ish uslubi hamda shakllarini takomillashtirish, shu jumladan tuzilmaviy bo‘linmalarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish tizimini tashkil etadi;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi, xalqaro veterinariya tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi.
8-modda. Veterinariya tadbirlarini o‘tkazishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
veterinariya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududda veterinariya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi.
tegishli hudud aholisini epizootiya va nobop punkt to‘g‘risida xabardor etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-bobi (Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari).
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar veterinar osoyishtalikni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat organlariga va boshqa organlarga ko‘maklashishi hamda zarur yordam ko‘rsatishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun.
3-bob. Veterinariya tizimi va uni boshqarish
9-modda. Veterinariya xizmati tizimi
Veterinariya xizmati tizimi davlat, idoraviy va ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlaridan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 10, 14 va 16-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Davlat veterinariya xizmatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat veterinariya xizmati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasidan, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalaridan, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasidan, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlaridan, laboratoriyalardan, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazidan, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazidan, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutidan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, uning akademik litseyidan, shuningdek veterinariya uchastkalaridan, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalaridan, chegara va transportdagi veterinariya punktlaridan (uchastkalaridan) hamda boshqa muassasalardan iboratdir.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 2-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga rais boshchilik qiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining mansabdor shaxslari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(10-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining 10-kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-890-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(10-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari boshliqlari tegishincha tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobining 4-paragrifi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazining, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining, shuningdek chegara va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat veterinariya xizmatining boshqa muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobdordir.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom.
11-modda. Davlat veterinariya xizmatining vazifalari
Davlat veterinariya xizmati:
a) epizootik monitoringni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 26-moddasi.
b) hayvonlar kasalliklarining paydo bo‘lishi va ularning nobud bo‘lishi sabablarini tahlil qiladi, ushbu kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
v) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalarni tayyorlash, olib o‘tish (tashish), eksport va import qilish;
hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018-yil 12-yanvardagi 3-sonli “Sut yetishtiruvchi qoramolchilik fermalarida veterinariya-sanitariya qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori.
g) hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
d) sog‘liqni saqlash organlari va boshqa organlar bilan birgalikda hayvonlar va odam uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini tugatadi, shuningdek o‘zaro axborot almashishni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi beshinchi qismi.
e) barcha chorvachilik obyektlarining, kushxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi korxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni realizatsiya qiladigan va saqlaydigan savdo shoxobchalarining, omborlarning veterinariya-sanitariya holatini nazorat qiladi, bu obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning, shuningdek yer qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 45-moddasi oltinchi qismi.
j) hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik obyektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari hamda boshqa tekshiruvlar o‘tkazadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 21-moddasi.
z) yuridik va jismoniy shaxslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi.
i) hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlarning kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni so‘yishga yoki yo‘q qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
k) davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi, shuningdek belgilangan talablar va shartlarga xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(11-moddaning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
l) veterinariya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Davlat veterinariya inspektorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining raisi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektoridir, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlaridir (bundan iqtisodiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari mustasno), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining, Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari — o‘z vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlaridir.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning o‘rinbosarlari — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlaridir, ularning o‘rinbosarlari — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining o‘rinbosarlaridir.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining boshliqlari tegishli tumanlarning (shaharlarning) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining mudirlari tegishli uchastkalardagi va bozorlardagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari hamda veterinar vrachlari tegishli chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
13-modda. Davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlari
Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari o‘z vakolatlari doirasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni so‘yish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni yo‘q qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va xom ashyodan o‘zgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi obyektlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kiradi va veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
(13-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-avgustdagi O‘RQ-864-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 03/23/864/0639-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 56-bandi.
temir yo‘l vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlaydi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik obyektlaridan, go‘sht va sut sanoati korxonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalardan foydalanishni taqiqlaydi;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korxonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni ishga tushirishni to‘xtatib turadi;
Oldingi tahrirga qarang.
hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(13-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chegaraoldi tumanlarda, qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat to‘g‘risida tegishli organlar va tashkilotlarni xabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshiradi hamda zarur tavsiyalar beradi;
veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qiladi, ularning hayvonlar sog‘lig‘iga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo sifatiga ta’sirini baholaydi;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 28-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va boshqa shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini ko‘radi.
(13-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi, mazkur Qonunning 22, 23-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 56-bandi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish).
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandi.
14-modda. Idoraviy veterinariya xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy veterinariya xizmati veterinariya nazorati va veterinariya xizmati talab qilinadigan vazirliklar hamda idoralar tasarrufidagi xizmatdir.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy veterinariya xizmati o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. Idoraviy veterinariya xizmati faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
15-modda. Idoraviy veterinariya xizmati veterinariya mutaxassislarining huquq va majburiyatlari
Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari:
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy veterinariya nazorati obyektlariga moneliksiz kirish va veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
idoraga qarashli muassasalar va tashkilotlardan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qilish;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarni hamda boshqa xodimlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish haqida idoraga qarashli muassasalar va tashkilotlar rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritish huquqiga ega.
(15-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari:
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda epizootiyaga qarshi tadbirlarni, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishi;
idoraviy veterinariya nazoratini hamda kelib chiqishi hayvonotga va o‘simlikka mansub mahsulotning, xom ashyoning veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazilishini amalga oshirishi;
hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi;
belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritish uchun davlat veterinariya xizmatiga axborot taqdim etishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy veterinariya xizmatining veterinariya mutaxassislari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari
Faoliyati chorvachilikni tashkil etish va yuritish, hayvonlarni saqlash, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni hamda hayvonlarni davolash uchun mo‘ljallangan veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlarining veterinariya mutaxassislari:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonaning, muassasaning, tashkilotning rahbaridan veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatishni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek epizootik vaziyatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborot taqdim etilishini talab qilishi;
(16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 5-bobi (Veterinar osoyishtalikni va davlat veterinariya nazoratini ta’minlash).
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda epizootiyaga qarshi tadbirlarni, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishi;
hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi;
epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlarining veterinariya mutaxassislari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Xususiy veterinariya faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 14-ilovasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun (bundan veterinariya davolash-profilaktika faoliyati mustasno) yuridik va jismoniy shaxslar — tadbirkorlik subyektlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan beriladigan litsenziyaga ega bo‘lishi shart.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomning 14-ilovasi.
Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
hayvonlarni kasallanishdan saqlash maqsadida emlash tadbirlari o‘tkazish, shuningdek hayvonlarning egalariga maslahat berish;
veterinariya dori va texnika vositalarini, ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari:
hayvonlarda yuqumli kasallik borligi xususida shubha mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda davlat veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishi va kasallik doirasi kengayib ketmasligi yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi;
epizootiya paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalariga binoan veterinariya tadbirlarini o‘tkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo egalarining huquq va majburiyatlari
18-modda. Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo egalarining huquqlari
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoning egalari:
veterinariya xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida tegishli veterinariya xizmatlari, shuningdek xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzish;
hayvonlarning kasallikka chalinishi holati, epizootik vaziyat to‘g‘risida, shuningdek hayvonlarda, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoda o‘tkazilgan maxsus tekshirishlar natijalari haqida veterinariya xizmatidan axborot olish;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, ozuqalarni, ozuqabop qo‘shimchalarni, veterinariya dori va texnika vositalarini veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq olish hamda realizatsiya qilish, shu jumladan xorijda olish va realizatsiya qilish;
davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoning egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo egalarining majburiyatlari
Hayvonlarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoning egalari:
Oldingi tahrirga qarang.
veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 22, 23-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
davlat veterinariya xizmatining ko‘rsatmalarini bajarishi;
o‘zlariga tegishli hayvonlar kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va veterinariya tadbirlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tadbirlar mustasno;
kasal hayvonni davolatishi, zarur bo‘lgan hollarda, tegishli davlat veterinariya inspektorining ko‘rsatmasiga ko‘ra uning so‘yilishini yoki yo‘q qilib tashlanishini belgilangan tartibda ta’minlashi;
hayvonlarning to‘satdan nobud bo‘lganligi yoki g‘ayriodatiy xatti-harakati faktlari to‘g‘risida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi davlat veterinariya xizmatini zudlik bilan xabardor qilishi;
hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish bo‘yicha tegishli karantin tadbirlari va boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini, shuningdek to‘liq hajmda davolash-profilaktika ishlovlari o‘tkazilishini ta’minlashi;
chorvachilik binolarini hamda hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni saqlash uchun mo‘ljallangan boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq saqlashi;
chorvachilik binolarida va boshqa obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazishi;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etgan holda realizatsiya qilishni amalga oshirishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli “Davlat veterinariya nazorati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni chorvachilikda qo‘llamasligi;
(19-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
hayvonlarni so‘yishga doir veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 386-son “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo egalarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari, Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari (ro‘yxat raqami 2373, 21.06.2012-y.)
5-bob. Veterinar osoyishtalikni va davlat veterinariya nazoratini ta’minlash
20-modda. Profilaktika, tashxis qo‘yish va davolash tadbirlari
Profilaktika tadbirlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgandir.
Tashxis qo‘yish tadbirlari hayvonlar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarning manbalarini, ularning hayvonlarga va odamga o‘tishi omillarini aniqlash, shuningdek profilaktika hamda davolash tadbirlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Davolash tadbirlari hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishga, davolash-profilaktika ta’siriga ega bo‘lgan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar qo‘llanilishini nazarda tutadigan muolajalardan foydalangan holda hayvonlarning mahsuldorligini saqlash va oshirishga qaratilgandir.
21-modda. Laboratoriya tekshiruvlari
Laboratoriya tekshiruvlari:
veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalarini tayyorlash maqsadida;
davlat veterinariya nazoratini amalga oshirishda;
hayvonning sog‘lig‘i holatini aniqlash, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar va biologik chiqindilarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalarida belgilangan talablarga muvofiqligini baholash maqsadida;
ilmiy-tadqiqot maqsadlarida o‘tkaziladi.
Veterinariya sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari belgilangan tartibda davlat veterinariya laboratoriyalari va boshqa veterinariya laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Veterinariya laboratoriya-tashxis qo‘yish ishlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
22-modda. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarish va ularning muomalada bo‘lishi chog‘idagi veterinariya talablari
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarish veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga mos keladigan ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshirilishi kerak.
Bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo obyektlarida kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilish veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi beshinchi va oltinchi qismlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalarining 54-bandi ikkinchi xatboshisi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-sentabrdagi 379-sonli “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli “Davlat veterinariya nazorati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati (ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani berish to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish faqat ular Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
23-modda. Biologik chiqindilarning muomalada bo‘lishi va yo‘q qilib tashlanishi chog‘idagi veterinariya talablari
Biologik chiqindilar faqat ularning veterinariya jihatidan xavfsizligini tasdiqlovchi veterinariya-sanitariya ekspertizasi natijalariga ko‘ra muomalaga qo‘yiladi yoki yo‘q qilib tashlanadi, bundan chorvachilik chiqindilari mustasno.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi shart.
Epizootik jihatdan osoyishta bo‘lgan boshqa davlatlardan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida joylashgan chegara veterinariya punktlari (uchastkalari) orqali olib o‘tiladi.
Boshqa davlatlar hududida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo bo‘lgan taqdirda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib o‘tishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib o‘tishni tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan qabul qilinadi.
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslar eksport va tranzit qiluvchi mamlakatlardagi epizootik vaziyat to‘g‘risida davlat veterinariya xizmatidan bepul axborot olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
25-modda. Davlat veterinariya nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat veterinariya nazorati obyektlari jumlasiga kiradi:
hayvonlar, ularning jinsiy va somatik hujayralari;
hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar;
kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, bozorlarda realizatsiya qilinadigan o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlari, veterinariya dori va texnika vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar, patologik material, biologik chiqindilar, shuningdek suv, havo va tuproq namunalari;
hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarni yuqtirish omillari bo‘lishi mumkin bo‘lgan transport vositalari, idishlar, joylash-o‘rash materiallari;
yuridik va jismoniy shaxslarning veterinariya sohasidagi faoliyati;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtiradigan, tayyorlaydigan, ishlab chiqaradigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan, tashiydigan, realizatsiya qiladigan yoki ulardan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslarning hududlari hamda ishlab chiqarish binolari;
hayvonlar haydab o‘tiladigan yo‘llar, yo‘nalishlar, biotermik o‘ralar, hayvonot qabristonlari, hayvonlar boqiladigan yaylovlarning va sug‘oriladigan joylarning hududlari;
veterinariya hisobi va hisoboti bo‘yicha hujjatlar;
veterinariya dalolatnomalari, litsenziyalari, ruxsatnomalari, ma’lumotnomalari, guvohnomalari va sertifikatlari;
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqarish, tayyorlash (so‘yish), saqlash va qayta ishlashga doir normativ-texnik hujjatlar.
26-modda. Epizootik monitoring
Epizootik monitoring hayvonlar yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash bo‘yicha axborotni tizimli ravishda yig‘ish va ishlovdan o‘tkazishdir.
Epizootik monitoring davlat veterinariya xizmati tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar tarqalishini cheklash bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
cheklovchi tadbirlarni (karantinni) belgilash yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
faoliyati hayvonlarni saqlash, so‘yish, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardagi, muassasalardagi hamda tashkilotlardagi epizootik vaziyatni xo‘jalik faoliyati xavfsiz amalga oshirilishi uchun aniqlash;
xalqaro savdo-sotiq va davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun mamlakatdagi epizootik vaziyatni aniqlash.
27-modda. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib qo‘yish, yo‘q qilib tashlash, zararsizlantirish (yuqumsizlantirish) va qayta ishlash
Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo ularning xavflilik darajasiga qarab veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga ko‘ra majburiy ravishda olib qo‘yilishi hamda yo‘q qilib tashlanishi yoxud olib qo‘yilmagan holda majburiy ravishda zararsizlantirilishi (yuqumsizlantirilishi) va qayta ishlanishi shart.
Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan Hayvonlarning kasalliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hayvonlar va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xom ashyolar olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan hayvonlarning kasalliklari ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlarning va odamning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda xom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qo‘shimchalar olib qo‘yilmagan holda zararsizlantiriladigan (yuqumsizlantiriladigan) hamda qayta ishlanadigan Hayvonlar kasalliklarining ro‘yxati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan Hayvonlar va odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan va bunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xom ashyolar olib qo‘yiladigan hamda yo‘q qilib tashlanadigan hayvonlarning kasalliklari ro‘yxati.
28-modda. Hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘choqlari aniqlangan chog‘dagi cheklovchi tadbirlar (karantin)
Hayvonlar yuqumli kasalliklarining o‘choqlari aniqlangan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, tumanlarning, shaharlarning, shaharchalarning, qishloqlarning, ovullarning muayyan hududlarini nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Belgilangan muddatlar o‘tganidan va hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari tugatilganidan keyin, shuningdek zarur veterinariya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, tumanlarning, shaharlarning, shaharchalarning, qishloqlarning, ovullarning muayyan hududlaridagi cheklovchi tadbirlar (karantin) tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra cheklovchi tadbirlarni (karantinni) belgilagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati (ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Davlat veterinariya xizmatining ta’minoti va moliyalashtirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat veterinariya xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta’minlanadi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 71-moddasi birinchi qismining 2-bandi ikkinchi xatboshisi.
30-modda. Davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
Davlat veterinariya nazorati organlarining faoliyatiga aralashish, davlat veterinariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida ularga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi.
31-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Veterinariya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 22.08.2023-y., 03/23/864/0639-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)