O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini Vataniga sodiq, harbiy xizmatga har tomonlama tayyor bo‘lgan fuqarolar bilan butlash, ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi va sharoitlarini, qo‘shinlarning davlatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doimiy jangovar shayligini ta’minlash, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
PQ-4447-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) harbiy xizmatni o‘tash tartibini belgilaydi;
fuqarolar tomonidan davlatning hududiy yaxlitligini, mustaqilligini va xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi o‘rinlarda — Qurolli Kuchlar) safida, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarda (keyingi o‘rinlarda — vazirliklar) chaqiruv va kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashi, shuningdek, Qurolli Kuchlar rezervi (zaxirasi)dagi fuqarolar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Qurolli Kuchlarni shaxsiy tarkib bilan butlash tartibi, turli toifadagi harbiy xizmatchilar tomonidan xizmat vazifalari sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
harbiy xizmatni o‘tashning shaffofligi va har bir harbiy xizmatchining professional o‘sish istiqbolini ta’minlaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
harbiy xizmat — fuqarolar tomonidan Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi;
haqiqiy harbiy xizmat — chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmat;
harbiy xizmatchi — haqiqiy harbiy xizmatdagi fuqaro;
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi — Qurolli Kuchlar safida oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida majburiy xizmatni o‘tayotgan chaqiruv yoshidagi fuqaro, shuningdek zaxiradan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan ofitser;
Oldingi tahrirga qarang.
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — harbiy xizmatni kasb sifatida tanlagan va harbiy xizmat majburiyatlarini kontrakt asosida bajarayotgan fuqaro;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
rezervdagi ofitser — ofitserlik unvoniga ega bo‘lgan, muqaddam harbiy xizmatni o‘tagan va rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majbur fuqaro;
zaxiradagi ofitser — ofitserlik unvoniga ega bo‘lgan, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan va bevosita ofitserlik unvoni berilganidan so‘ng zaxiraga o‘tkazilgan harbiy xizmatga majbur fuqaro;
Oldingi tahrirga qarang.
kursant (tinglovchi) — haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan va harbiy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan fuqaro;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus talablar — haqiqiy harbiy xizmatga saralash, tanlash va qabul qilish jarayonida nomzodning fuqaroligi, ma’lumoti, mutaxassisligi, yoshi, bo‘yi, vazni, sog‘lig‘i, jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq boshqa shartlar;
harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar — harbiy xizmatchilarning amalga oshirishga haqli bo‘lmagan harakatlari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy unvon — har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga uning xizmat mavqeyi, harbiy yoki maxsus tayyorgarligi, xizmat yillari, Qurolli Kuchlar yoki qo‘shin turi yoxud maxsus qo‘shinlarga mansubligiga muvofiq beriladigan unvon;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kontrakt — vazirliklar orqali davlat bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan hamda uning o‘z ixtiyori bilan haqiqiy harbiy xizmatga kirishi va uni o‘tashini (haqiqiy harbiy xizmatni davom ettirishini) belgilab beruvchi bitim bo‘lib, unda xizmat muddati, o‘zaro huquqlar, majburiyatlar va tomonlarning javobgarligi hamda harbiy xizmatni o‘tashning boshqa shartlari tartibga solinadi;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
harbiy-kasbiy saralash — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qo‘yilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan boshqa sifatlar);
attestatsiya — harbiy xizmatchining kasbiy malakasini (tayyorgarligini) tizimli asosda aniqlash jarayoni (usuli);
Oldingi tahrirga qarang.
tashkiliy-shtat tadbirlari — shtat birligi (shu jumladan, harbiy xizmatchi lavozimini xodim (xizmatchi) lavozimiga yoki aksincha), harbiy unvon, lavozimning nomi, lavozim bo‘yicha harbiy-hisob ixtisosligi va tarif razryadining o‘zgarishi, tarkibiy yoki hududiy bo‘linmalarni (ushbu bo‘linmalarning tuzilmaviy birliklarini) qayta nomlash, qayta tashkil etishni (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lib yuborish, qayta tuzish, ajratish) yoki tugatishni, shuningdek yangi shtatga o‘tkazishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmui;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat — xizmatda va turmushda harbiy xizmatchilar xulqining ma’naviy-axloqiy normalarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hamda idoraviy ichki hujjatlarda belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzuvchi, harbiy intizom talablariga zid, harbiy xizmatchining or-nomusi va qadr-qimmatini, harbiy bo‘linma yoki butun Qurolli Kuchlarning nufuzini obro‘sizlantiruvchi qasddan sodir etilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik);
(2-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yozma ko‘rsatma — harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majbur fuqaroning) zimmasiga belgilangan muddatda tegishli harbiy qismga (mudofaa ishlari organiga) yetib borish majburiyatini yuklovchi rasmiy hujjat. Uning shakli, rasmiylashtirish tartibi va talablari vazirliklar tomonidan belgilanadi.
(2-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
2-bob. Harbiy xizmatni o‘tash
1-§. Harbiy xizmatni o‘tash mazmun-mohiyati va harbiy xizmatchilarga qo‘yilgan talablar
3. Harbiy xizmatni o‘tash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish;
harbiy lavozimga tayinlash va uni bajarish;
harbiy unvon berish;
haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish;
rezervdagi xizmatga olish;
harbiy xizmatga majburlarni iste’foga chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizomga, shuningdek mazkur sohadagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq harbiy xizmatchilarning xizmat va ijtimoiy-huquqiy mavqeyini belgilab beruvchi boshqa holatlar (vaziyatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari egallab turgan lavozimi bo‘yicha harbiy ixtisoslikni sifatli o‘zlashtirishi, ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani ishlata bilish ko‘nikmalarini egallashi, mustahkam hayotiy pozitsiya, vatanparvarona dunyoqarash, yuksak ma’naviy-axloqiy va jismoniy sifatlarga ega bo‘lishi, harbiy burchni bajarishga tayyor turishi zarur;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga taalluqli bo‘lgan sifatlarni egallash bilan bir qatorda, harbiy kasbni chuqur o‘zlashtirishi, o‘zaro bog‘liq mutaxassisliklarni o‘rganishi, vaziyatning turli sharoitlarida jangovar va xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani qo‘llashning mustahkam ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ma’nan yetuk, harbiy burchni bajarishga ruhan tayyor bo‘lishi, harbiy kasbni mukammal bilishi, qurol-aslaha va harbiy texnikani mohirona qo‘llay olishi hamda uni saqlash va undan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Ularga bo‘linmalarda yuksak jangovar ruh, sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit yaratish, bo‘ysunuvchilarda Vatanga sodiqlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini doimiy ravishda tarbiyalab borish, zarur ko‘nikmalarni hosil qilish va harbiy bilimlarini oshirib borish vazifalari yuklatiladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar professional tayyorgarlikka ega komandir (rahbar), harbiy bo‘linmalarga komandirlik (rahbarlik) qilish, murakkab vaziyatlarda tezkor moslashish va mustaqil harakat qilish, nostandart qarorlarni qabul qilish hamda shaxsiy namunasi bilan bo‘ysunuvchilarni jangovar va xizmat vazifalarini hal etishga yo‘naltira olishga qodir, harbiy ishga oid chuqur bilimlar, yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlar, keng dunyoqarash, intellekt, yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega, ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikadan to‘g‘ri foydalanish va uni saqlashni biladigan mutaxassis bo‘lishlari zarur.
Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlar o‘zini harbiy xizmatga, Vatanga xizmat qilishga bag‘ishlagan har bir fuqaro uchun hayotiy maqsad bo‘lib qolishi va mashaqqatli mehnat asosida shakllana borishi, nafaqat ekstremal sharoitlarda, balki tinchlik davrida kundalik xizmat davomida ham singdirilib, namoyish etilib borilishi lozim.
Ishlar tajribasi vorisiyligini ta’minlash, yosh harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatga moslashuvi, kasbiy shakllanish va yuklatilgan xizmat vazifalarini mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni tezlashishini ta’minlash maqsadida harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.
Murabbiylik tartibi vazirliklarning idoraviy ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
5. Qurolli Kuchlardagi harbiy xizmatga vatanparvarona dunyoqarash, yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlar, zaruriy intellektual saviya, bilim doirasi keng, shuningdek jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qurolli Kuchlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan butlash nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash yo‘li bilan amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarining qaroriga ko‘ra harbiy-kasbiy saralashdan o‘tkazmasdan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish mumkin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Fan, madaniyat va sport arboblari orasidan nomzodlar hamda tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar belgilangan tartibda saralashdan o‘tmasdan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish uchun ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar harbiy-kasbiy saralashdan o‘tmasdan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tibbiyot sohasidagi yuqori malakali fuqaro mutaxassislar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra dastlabki va harbiy-kasbiy saralashdan o‘tkazilmay, shuningdek, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligidan qat’i nazar, professor-o‘qituvchi va ilmiy xodim lavozimlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi hamda ularga ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari berilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
7. Qurolli Kuchlarni butlash territorial va eksterritorial tamoyillari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Territorial (eksterritorial) tamoyil bo‘yicha butlanadigan bo‘linmalar va/yoki mutaxassisliklar ro‘yxati vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
2-§. Harbiy xizmat turlari
8. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida quyidagi harbiy xizmat turlari joriy etilgan:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
9. Muddatli harbiy xizmat — chaqiruv yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar lavozimlaridagi, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
10. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat — muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar o‘taydigan harbiy xizmat turidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini safarbarlik chaqiruvi rezerviga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
12. Rezervchilar xizmati — Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar butlash, shuningdek urush davri tuzilmalarini kengaytirish maqsadida haqiqiy harbiy xizmatni hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlardan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar davlat bayrog‘i oldida O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
3-§. Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashi
14. Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:
a) muddatli xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar va zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar harbiy xizmatchilar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
v) vazirliklarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursant lavozimiga hamda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.
15. Haqiqiy harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:
a) muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va ofitserlar lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — o‘n ikki oy;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — kontraktda ko‘rsatilgan muddat;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror yoki farmoyishiga muvofiq vazifalarni bajarish davri etib belgilanadi.
Harbiy xizmat muddati haqiqiy harbiy xizmat boshlangan kundan hisoblanadi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan fuqarolar harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan davrda haqiqiy harbiy xizmatni o‘taydilar.
16. Fuqarolarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olinganidan so‘ng, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan talabalarga oliy ta’lim muassasani bitirganidan so‘ng shaxsiy raqam, belgilangan namunadagi jetonlar va shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralarning harbiy qismi, qo‘shilma, harbiy boshqaruv organi, korxona, muassasa, tashkilot va harbiy tuzilmalari hamda ularda ishlash yoki o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan tashkilot va muassasalarda (keyingi o‘rinlarda — harbiy qism) harbiy xizmatchi rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kun uning uchun haqiqiy harbiy xizmatning tugashi (oxirgi kuni) deb hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
18. Kalendar hisobida kamida o‘n yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limidagi bir oy o‘qish muddati bir oy xizmat muddati hisobida;
oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlardagi bir oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilarga xizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda hamda pensiyani hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat davri (ish staji) maxsus unvon (martaba darajasi) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga harbiy xizmatga olishda ularning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish muddatlari va oldingi ish joylaridagi mehnat staji haqiqiy harbiy xizmat muddatiga hamda pensiyani hisoblashda o‘qishning (ishning) bir oyi xizmatning bir oyiga hisoblangan holda qo‘shiladi.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oliy yuridik ma’lumotga ega harbiy prokuraturaning ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga ularning oliy ta’lim muassasasidagi o‘qish, ichki ishlar vazirligi organlaridagi va Milliy gvardiya organlaridagi xizmat, shuningdek, sudlardagi, prokuratura hamda adliya organlari va muassasalaridagi va boshqa davlat organlaridagi huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ish staji qo‘shib hisoblanadi.
(18-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
19. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi (ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno):
a) harbiy xizmatchining intizomiy harbiy qismda bo‘lish davri;
b) sudning ayblov hukmi chiqqan harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyatning oldini olish chorasi sifatida qamoqda ushlab turilgan davri;
Oldingi tahrirga qarang.
v) xizmat bo‘yicha cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tash davri, ushbu davrni harbiy xizmat muddatiga qo‘shish to‘g‘risida harbiy sud ajrimi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno;
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
g) harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketilgan muddat.
20. Intizomiy qismda jazoni o‘tab, belgilangan muddati tugagandan so‘ng yoki muddatidan ilgari ozod etilgan, harbiy ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchiga, shuningdek xizmat bo‘yicha cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tagan, umumharbiy nizomlar talablarini qat’iy bajarayotgan, xizmatni benuqson o‘tayotgan harbiy xizmatchiga uning intizomiy harbiy qismda bo‘lgan yoki xizmat bo‘yicha cheklov davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi mumkin.
21. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi, harbiy xizmatchining ham chaqirilishi bo‘yicha va ham kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatning jami vaqtini, shu jumladan haqiqiy harbiy xizmatga qaytadan kirishni o‘z ichiga oladi.
Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi kalendar va imtiyozli hisobdagi harbiy xizmatdan iborat bo‘ladi.
Kalendar hisob — bu harbiy xizmatchining yil, oy va sutkalarda ifodalangan haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan rasmiy umumiy davridir.
Pensiya, ijtimoiy imtiyozlar tayinlash yoki to‘lash uchun imtiyozli hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Harbiy xizmatchilar uchun quyidagi davrlarning bir kuni imtiyozli ravishda harbiy xizmatning uch kuniga teng hisoblanadi:
jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazishda yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;
jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazishda yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz bo‘lgan davri;
qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga — ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
3-bob. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi
23. Muddatli harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shuningdek muqaddam haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar chaqiriladi.
Fuqarolarni chaqirish, yig‘ish va ularni muddatli harbiy xizmatga jo‘natish va harbiy qismlarda qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.
24. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish yoki undan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda — Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom) muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchining tibbiy ko‘rik natijalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son)
25. Muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamagan hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ularga chaqirish muddatini kechiktirish taqdim qilinishi uchun asoslarga ega bo‘lmagan qirq yoshgacha bo‘lgan zaxiradagi ofitserlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishi mumkin.
26. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan zaxiradagi ofitserlar tibbiy ko‘rik to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlarga shaxsiy yig‘majildlar va boshqa zarur hujjatlar mudofaa ishlari organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserga mudofaa ishlari organi tomonidan harbiy xizmatni o‘tash joyi va yetib borish muddati ko‘rsatilgan yozma ko‘rsatma va zaruratga ko‘ra harbiy tashish hujjatlari taqdim etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mudofaa ishlari organi boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga muvofiq harbiy xizmatni o‘tash joyiga yetib kelgan zaxiradagi ofitser shu kunning o‘zida harbiy qism komandirining buyrug‘iga muvofiq shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritiladi va barcha ta’minot turlariga qo‘yiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
29. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserlar uni o‘tayotganlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan o‘ziga xos jihatlarni hisobga olgan holda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan teng ravishda majburiyatlarni bajaradilar va barcha huquq, imtiyoz va ta’minot turlaridan foydalanadilar.
4-bob. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash
1-§. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan nomzodlarga qo‘yilgan talablar
30. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlarning professional asosini tashkil etadi hamda qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini belgilab beradi.
31. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar qabul qilinadi:
a) oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga — o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar;
b) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga — muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar;
v) oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlariga — muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar;
Oldingi tahrirga qarang.
g) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga — o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha (O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti uchun o‘ttiz yoshgacha) bo‘lgan va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari;
(31-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
d) ofitserlar tarkibi lavozimlariga — qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi bo‘lgan hamda vazirliklarning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan yettinchi-sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan nomzodlarga qo‘yilgan maxsus antropometrik parametrlar vazirliklar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
32. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun harbiy-kasbiy saralash (keyingi o‘rinlarda — saralash) tashkillashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tanlov asosida o‘tkaziladi va vazirliklar zimmasiga yuklanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
33. Nomzodlarni saralashni amalga oshirish uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash komissiyalari tuziladi. Saralash komissiyalarini tuzish bo‘yicha vazirlik mansabdor shaxslarining vakolatlari va ularga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarda saralashni o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
34. Nomzod Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha nomzodning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
2-§. Rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibi
35. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro o‘zi yashab turgan joyidagi vazirlikning hududiy vakolatli organiga yoki unga bo‘ysunuvchi harbiy qismga ariza bilan murojaat qiladi.
36. Muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan fuqaro o‘z arizasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shaganligining sababi va holatlarini ko‘rsatib o‘tadi. Bunda vazirlikning kadrlar organi tomonidan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shash sabablariga aniqlik kiritilganidan so‘ng nomzodga saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinadi.
37. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
38. Arizasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan fuqaro kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun nomzod hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda — nomzod).
Vazirliklar boshqaruv organlarining rasmiy so‘rovnomasi (yozma ko‘rsatmasi)ga binoan nomzodlarning zarur bo‘lgan hujjatlari mudofaa ishlari organlari tomonidan vazirliklarning tegishli bo‘linmalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Nomzodga o‘rganish va saralash o‘tkazilishining istalgan bosqichida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan, shuningdek boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish imkonini beruvchi qonunda belgilangan yosh chegarasidan o‘tganda;
v) agarda erkak fuqaro harbiy xizmatga majbur bo‘lmasa;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
d) fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bu holatlarda nomzodni qayta ko‘rib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi);
(39-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
e) jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’iy nazar sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud bo‘lsa;
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli bo‘shatilgan bo‘lsa;
z) vazirliklarning maxsus talablariga javob bermasa;
i) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
k) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
40. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism belgilangan muddatlarda nomzodlarni o‘rganish va saralash ishlarini tashkillashtiradi.
3-§. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha xizmatga nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi muddatli harbiy xizmatning kalendar hisobi bo‘yicha muddati tugashidan kamida uch oy oldin bevosita komandiri (boshlig‘i) nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Harbiy qismlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarining bildirgilarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladilar.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Bildirgisi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun nomzod deb hisoblanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodga o‘rganish va saralash o‘tkazilishining istalgan bosqichida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) nomzodga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
(44-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qo‘llangan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganidan yoki olib tashlanganidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanganidan qat’i nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan bo‘lsa;
(44-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi haqida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
g) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
(44-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
45. Harbiy qismning kadr organi qabul qilingan bildirgini belgilangan muddatda ko‘rib chiqadi va nomzodlarni o‘rganish ishlarini tashkillashtiradi.
46. Harbiy xizmatchining keyingi saralash tadbirlarida qatnashishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan bir oy muddatda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Harbiy qismning kadr organi harbiy qism qo‘mondonligining qaroriga asosan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisiga oid materiallarini tegishli saralash komissiyalariga taqdim etadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
4-§. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
48. Saralash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat);
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
v) psixologik o‘rganish (intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligi baholanadi);
g) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
d) nomzodning kasbiy nuqtai nazardan muhim sifatlarini o‘rganish bo‘yicha vazirlik tomonidan belgilanadigan sinov (tekshiruv)ning boshqa turlari.
(48-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
49. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlar orasidan nomzodlarni saralash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) nomzodni o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat);
b) attestatsiya (malaka) komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlarni attestatsiya (malaka) komissiyalari majlisida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga mos kelishi haqida xulosa chiqariladi.
50. Saralash natijalari umumlashtirilib, uning yakunlariga ko‘ra nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi va bu to‘g‘risida saralash komissiyasining bayonnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Saralash komissiyasining bayonnomasi u tasdiqlangan vaqtdan boshlab kadrlar organlari tomonidan bir yil davomida, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan chiqarilgan xulosa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan boshlab olti oy davomida amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi.
Saralash natijalari nomzodni saralashning o‘rnatilgan shakldagi kartasida aks ettiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga harbiy qism yoki mudofaa ishlari organi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud harbiy guvohnoma) nusxasi;
ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan ma’lumotnomalar;
ambulator ravishda davolangan bemorning tibbiy varaqasidagi oxirgi besh yil davomida olib borilgan qaydlardan ko‘chirma.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
53. Saralash komissiyasi tomonidan nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga mos emasligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda nomzod ushbu qaror bilan imzo ostida xabardor qilinadi.
54. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism komandirlari saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirmani (nusxani) olgach, nomzodni u bilan tanishtirishni amalga oshiradi.
55. Nomzod ma’lumoti va mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga ko‘ra saralashni o‘tkazgan vazirlikning talablariga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Nomzod kasbiy tayyorgarlik darajasining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotganlar uchun belgilangan talablarga mosligini aniqlash saralashni o‘tkazgan vazirliklar zimmasiga yuklanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Nomzod vazirliklar tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtirishdan (davlat sirlaridan foydalanish uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) yoki maxsus tekshiruvdan o‘tadi, zarurat tug‘ilganda esa-davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma rasmiylashtiriladigan harbiy xizmatchilar lavozimlarining ro‘yxati va maxsus tekshiruvni o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
58. Nomzod quyidagi hollarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga javob bermaydi deb hisoblanadi:
a) u tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilsa;
b) saralash natijalariga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga mos emas deb topilsa;
v) agarda u vazirlikning maxsus talablariga noloyiq bo‘lsa.
59. Saralash natijalariga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan nomzodga shaxsiy yig‘majild rasmiylashtiriladi.
Yig‘majildlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
60. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi.
61. Saralashdan o‘tgan nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilish uchun bo‘ysunuv bo‘yicha yuqori turuvchi kadr organlariga jo‘natiladi.
62. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida vazirlik rahbarlarining yoki harbiy xizmatga qabul qilish, lavozimga tayinlash, xizmat joyi va lavozimini o‘zgartirish hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatish tartibi va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilovchi nomenklaturaga muvofiq boshqa mansabdor shaxsning buyrug‘i (shaxsiy tarkib bo‘yicha) chiqariladi.
63. Kadr organlarining mansabdor shaxslari buyruq imzolangandan keyingi besh ish kunidan kechikmasdan komandirlar (boshliqlar)ning buyruqlaridan ko‘chirmalar yoki yozma xabarnomalarni mudofaa ishlari organlari (vazirliklarning hududiy vakolatli organlari) va nomzodlar tayinlangan harbiy qismlarga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqlardan ko‘chirmalar yoki yozma xabarnomalar asosida nomzodga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash joyiga jo‘nash uchun yozma ko‘rsatma va harbiy tashish hujjatlari (zarurat bo‘lganda) beriladi.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqdan (shaxsiy tarkib bo‘yicha) ko‘chirma asosida harbiy xizmatchi harbiy qismga kelgandan so‘ng, harbiy qism komandiri u bilan uch kunlik muddatda vazirlik nomidan dastlabki (yangi) kontraktni tuzadi va bu haqda harbiy qism komandirining buyrug‘i chiqariladi.
65. Kontraktning qonuniy kuchga kirgani to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma shaxsiy yig‘majildga qo‘shib qo‘yiladi.
66. Nomzodning shaxsiy yig‘majildi yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi yozma xabarnoma uni harbiy hisobdan chiqarish uchun mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
5-§. Fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish munosabati bilan alohida vakolatli organlarning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
67. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish tadbirlarini o‘tkazish vaqtida quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
(67-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
a) mudofaa ishlari organlariga:
vazirliklar va harbiy qismlarning fuqarolarni saralash uchun talabnomalarini to‘plash va umumlashtirish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarni vazirliklarning talabnomalariga asosan xizmat joylari va lavozimlar to‘g‘risida xabardor qilish;
zarur nomzodlar mavjudligi haqida vazirliklarni xabardor qilish;
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish uchun ularning vazirlik vakillari bilan uchrashuvini tashkillashtirish (mudofaa ishlari boshqarmalarida);
nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlarini kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun jo‘natish;
nomzodlarni xizmatni o‘tash uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga jo‘natish;
b) vakolatli hududiy organga, harbiy qism qo‘mondonligiga:
harbiy qismda mavjud bo‘sh lavozimlarni butlash uchun harbiy hisobdagi ixtisoslikni ko‘rsatgan holda komandirlik pog‘onasi bo‘yicha talabnomalarni taqdim etish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish to‘g‘risida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar hamda rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar orasidan nomzodlar tanlovini tashkillashtirish;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarning hujjatlarini qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa materiallarini rasmiylashtirish, ularni harbiy xizmatga qabul qilish to‘g‘risida qaror chiqarish va kontraktlar tuzish uchun yuborish ishlarini tashkillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan tanlangan nomzodlar bilan kontraktlar tuzish ishlarini tashkillashtirish;
(67-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
v) vazirliklar rahbarlariga:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
kadrlar organlarining zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarni (harbiy xizmatchilarni) saralash tadbirlaridan o‘tish uchun jo‘natish ishlarini tashkillashtirish;
mansabdor shaxslarning vazirlik nomidan fuqarolar (harbiy xizmatchilar)ni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash va ular bilan kontraktlar tuzish vakolatlarini belgilash;
fuqarolar (harbiy xizmatchilar)ni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash va ularga harbiy unvonlar berish;
alohida toifadagi fuqarolar (harbiy xizmatchilar) bilan kontraktlar tuzish.
68. Bo‘sh lavozimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (harbiy-hisob ixtisosligi ko‘rsatilgan holda) vazirliklarning butlash organlari tomonidan belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
69. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash va qabul qilish masalalarida vazirliklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkillashtiradi.
Qonunchilikka muvofiq vazirliklar zimmasiga fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bilan bog‘liq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Kontrakt tuzish va uni bekor qilish
1-§. Kontraktni tuzish va uning amal qilishini to‘xtatish tartibi
70. Qurolli Kuchlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.
Oddiy askarlar tarkibi — “oddiy askar” unvoniga ega bo‘lgan harbiy mutaxassislardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Serjantlar tarkibi — “kichik serjant”, “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant”, “katta serjant” (kema tarkibidagi ularga tenglashtirilgan) harbiy unvonlarga ega bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar.
(70-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Ofitserlar tarkibi — “leytenant”dan “armiya generali”gacha harbiy unvonlarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Kontrakt yozma shaklda mazkur Nizomga ilovalarda keltirilgan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi namunaviy kontraktlarga muvofiq quyidagi tartibda tuziladi:
1-ilovaga muvofiq — ofitserlar tarkibi bilan;
2-ilovaga muvofiq — oddiy askar va serjantlar tarkibi bilan;
3-ilovaga muvofiq — kursantlar tarkibi bilan.
Harbiy xizmat uchun tuzilgan kontraktning kuchga kirgani komandirning (boshliqning) buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
72. Kontrakt shartlari bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi shart va tomonlarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksi III bo‘limining 2-kichik bo‘limi.
73. Kontrakt dastlabki yoki yangi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
(73-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
74. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish, shuningdek u bilan bog‘liq boshqa munosabatlar ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
75. Kontrakt quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning chegara yoshidan o‘tgan, shu jumladan ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda;
(75-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan;
muqaddam o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, jazo chorasidan, sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan va amnistiya qo‘llanganidan qat’iy nazar;
Oldingi tahrirga qarang.
attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra.
(75-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
76. Quyidagi holatlar ham nomzod bilan dastlabki kontrakt tuzishni rad etishga asos bo‘ladi:
a) nomzodning kasbiy tayyorgarligiga mos keluvchi vakant lavozimlarning yo‘qligi;
b) muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga mos kelmasligi to‘g‘risida attestatsiya (malaka) komissiyasining qarori.
77. Kontrakt tuzishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yozma ravishda rasmiylashtiriladi, tegishli komandir (boshliq) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Qaror fuqaroga (harbiy xizmatchiga) imzo ostida yetkaziladi va hisob hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. Qarorda kontrakt tuzishni rad etish sabablari ko‘rsatiladi.
78. Kontraktda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) kontrakt tuzuvchi nomzodning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni va oyi;
b) davlat manfaatlarini himoya qiluvchi vazirlikning nomi, mazkur vazirlik nomidan kontraktni imzolovchi mansabdor shaxsning lavozimi, harbiy unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
v) nomzod va vazirlik nomidan imzolovchi mansabdor shaxs tomonidan kontrakt imzolangan sana.
Nomzod va mansabdor shaxsning imzolaridan keyin quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) kontrakt qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida e’lon qilingan buyruqning sanasi va raqami;
b) kontrakt bekor qilinishining sababi, buyruqning sanasi va raqami (u bekor qilingandan keyin).
79. Kontrakt shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) fuqaro (harbiy xizmatchi)ning majburiyatlari vazirlikning harbiy qismlarida kontraktda belgilangan muddat mobaynida harbiy xizmatni o‘tash, harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan umumiy, lavozim va maxsus majburiyatlarini vijdonan bajarish;
b) davlatning harbiy xizmatchi oldidagi majburiyatlari, harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda saqlash va himoya qilish;
v) kontrakt amal qiladigan muddatda harbiy xizmatchi va vazirlikning (idoraning) huquqlari;
g) kontrakt shartlarini buzganliklari uchun tomonlarning javobgarligi.
80. Tomonlarning kelishuvi asosida va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha qo‘shimcha shartlar belgilanishi mumkin.
81. Vazirlik nomidan kontraktni imzolash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning ro‘yxati uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
82. Kontrakt ikki nusxada, davlat yoki rus tilida (nomzodning xohishiga ko‘ra) tuziladi, har biri uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Kontraktni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi, uning qonuniy kuchga kirishi to‘g‘risida komandir (boshliq)ning tegishli buyrug‘i chiqariladi.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
84. Kontrakt qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kontraktlarni qayd etish kitobida ro‘yxatga olinib, birinchi nusxasi harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shiladi, ikkinchi nusxasi esa harbiy xizmatchiga beriladi.
85. Kontrakt muddati u qonuniy kuchga kirgan kundan (kalendar sanadan) boshlab hisoblanadi.
86. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinadi:
a) harbiy xizmatchining kontrakt muddati tugamasdan harbiy xizmatdan bo‘shashi sababli harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chirilgan kundan boshlab;
b) harbiy xizmatchining halok bo‘lishi (vafoti), bedarak yo‘qolgan deb tan olingan yoki vafot etgan deb e’lon qilingani sababli harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chirilgan (chiqarilgan) kundan boshlab;
v) kontrakt muddati tugaganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan holatlar bundan mustasno;
g) mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda harbiy xizmatchi bilan yangi kontrakt tuzilgan kundan boshlab.
87. Mazkur Nizomda belgilangan asoslarda kontrakt tomonlardan birining tashabbusi bilan muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.
88. Tabiiy va texnogen xarakterga ega favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish va aksilterror tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatchi bilan tuzilgan kontrakt ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tugaguniga qadar tomonlardan birining tashabbusi bilan muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin emas.
89. Kontraktning muddatidan ilgari bekor qilingani haqida tegishli buyruq chiqariladi, bu to‘g‘rida kontraktda uni bekor qilish sanasi va asoslari to‘g‘risidagi yozuvlar ko‘rsatiladi. Yozuvlar kontraktning ikkala nusxasida ham ko‘rsatiladi va komandir (boshliq)ning imzosi hamda harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
90. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan harbiy xizmatchi kontrakt tuzmasdan harbiy xizmatni o‘taydi.
Bunda, ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxsning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining barcha huquqlari saqlanib qoladi. Mansabdor shaxs ko‘rsatib o‘tilgan lavozimdan ozod etilganida, u xizmatni oldingi kontrakt bo‘yicha davom ettiradi, agar lavozimda bo‘lish davrida belgilangan kontraktning muddati tugagan yoxud u yo‘q bo‘lgan taqdirda, u bilan bir oy muddatda yangi kontrakt tuziladi yoki uni bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
2-§. Dastlabki kontraktni tuzish tartibi
91. Dastlabki kontrakt ilgari kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan fuqarolar (harbiy xizmatchilar) bilan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Kontrakt oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan fuqarolar bilan ular ushbu ta’lim muassasasining shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan kuni tuziladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘qishga qabul qilingan yili boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik dasturi bo‘yicha yig‘inlarni o‘tagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘qish muddati davomida muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar orasidan bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining oilali yoki qaramog‘ida shaxslari bo‘lgan kursantlarida oila a’zolari va qaramog‘idagi shaxslarning ular bilan birgalikda yashash sharti bilan, turarjoy xonalarining ijarasi uchun har oyda to‘lanadigan pul badalini o‘qish joyi bo‘yicha olish huquqi saqlanib qoladi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
93. Ayollar ushbu Nizomning 127-bandi talablarini hisobga olgan holda ayol harbiy xizmatchilar egallashi mumkin bo‘lgan vakant lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu lavozimlarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olinishlari mumkin.
94. Vazirlik nomidan dastlabki kontrakt:
a) vazirlik rahbarining qarori bilan belgilangan mansabdor shaxslar bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmat besh yil muddatga tuziladi. Agar shaxsning haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishining chegara yoshigacha besh yildan kam muddat qolgan bo‘lsa, u bilan kontrakt chegara yoshiga yetish muddatigacha tuziladi;
b) oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursant lavozimiga besh yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida majburiy xizmatni o‘tash sharti bilan o‘qish muddati — oliy harbiy ta’lim muassasa boshlig‘i tomonidan tuziladi.
95. Dastlabki kontrakt quyidagilar bilan tuziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olingan fuqaro bilan — yozma ko‘rsatma bilan harbiy qismga kelgandan so‘ng uch kun mobaynida;
(95-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirgan fuqaro bilan — ushbu ko‘rsatilgan muassasaga kursant lavozimiga olingan kuni;
Oldingi tahrirga qarang.
v) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olingan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi bilan — muddatli harbiy xizmatning muddati tugashi bilan uch kun mobaynida.
(95-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
96. Harbiy xizmatning dastlabki kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin xizmat muddati yangi kontrakt tuzilishi bilan navbatdagi muddatga uzaytirilishi mumkin.
3-§. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburlar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi
97. Harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bilan quyidagi hollarda yangi kontrakt tuziladi:
a) oldingi kontrakt muddati tugaganda;
b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganida (ofitserlar tarkibidan tashqari);
v) oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng xizmatni o‘tash joyiga kelganda (ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tayotganda);
g) harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida va uni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
d) oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga boshlang‘ich ofitserlik harbiy unvoni berilganda;
(97-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
e) oliy harbiy ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chetlashtirilgan:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga kelganda;
kursantlar bilan — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga kelganda;
(97-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
j) harbiy xizmatchilar uch oydan ortiq bo‘lgan muddatda xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olib kelganda.
(97-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uch oydan ko‘p bo‘lgan muddatga o‘qishga yuborilayotganda ular bilan o‘qish shartlari hisobga olingan va o‘qish tugagandan so‘ng belgilangan muddat mobaynida harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlari aks ettirilgan 4-ilovaga muvofiq maxsus kontrakt tuziladi.
(97-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
98. Muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun belgilangan talablarga mos keladigan fuqarolar yangi kontrakt tuzadi.
99. Yangi kontrakt quyidagi muddatlarga tuziladi:
a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (rezervdagi harbiy xizmatga majbur) bilan — besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetishiga besh yildan kam vaqt qolgan bo‘lsa undan kam muddatga;
b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (harbiy xizmatga majbur) bilan — mazkur ta’lim muassasasida o‘qish vaqtiga va u tugagandan so‘ng besh yil mobaynida harbiy xizmatni o‘tash sharti bilan.
100. Vazirlik nomidan yangi kontraktni vazirlik rahbarining qarori bilan belgilangan mansabdor shaxslar quyidagi muddatlarda imzolaydi:
a) amaldagi kontrakt muddati tugayotgan harbiy xizmatchi bilan — kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) avval kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan rezervdagi harbiy xizmatga majbur bilan — yozma ko‘rsatma bilan harbiy qismga kelgandan so‘ng uch kunlik muddatda;
(100-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) boshlang‘ich ofitserlik harbiy unvoni berilgan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy unvon berilganligi to‘g‘risida shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq harbiy qismga kelgandan so‘ng uch kun muddatda;
(100-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
g) oliy harbiy ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chetlashtirilgan:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan — harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga yetib kelgandan so‘ng uch kun muddatda;
kursantlar bilan — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismga yetib kelgandan so‘ng uch kun muddatda;
(100-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
d) xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida uch oydan ortiq bo‘lgan muddatda tahsil olib kelgan harbiy xizmatchilar bilan — o‘qishni tugatib harbiy qismga yetib kelgandan so‘ng uch kun muddatda.
(100-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
101. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki harbiy xizmatga majbur bilan kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kuni tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
102. Kontrakt muddati tugashiga olti oydan kam bo‘lmagan vaqt qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bu haqda komandir (boshliq) tomonidan ogohlantiriladi. Ular bilan harbiy xizmatchining Qurolli Kuchlar saflarida harbiy xizmatni davom ettirish masalalarini kelishish uchun suhbatlar o‘tkaziladi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
103. Yangi kontrakt tuzish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi amaldagi kontraktning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin o‘zining bevosita komandiri (boshlig‘i) nomiga yozma shaklda bildirgi topshiradi. Bildirgida kontrakt qaysi muddatga tuzilishi ko‘rsatiladi. Bildirgilarni o‘z vaqtida topshirish ustidan nazorat tegishli kadrlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
104. Yangi kontraktni tuzish bo‘yicha hujjatlar bir oy mobaynida attestatsiya (malaka) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, u mazkur harbiy xizmatchi bilan kontrakt tuzishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiya (malaka) komissiyasining qarori vakolatli komandir (boshliq) tomonidan kontrakt tuzish uchun asos bo‘ladi.
(104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
105. Komandirning (boshliqning) qarori mazkur Nizomning 177-bandi talablariga muvofiq harbiy xizmatchiga yozma ravishda yetkaziladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
106. Yangi kontrakt tuzish bo‘yicha qaror qabul qilingan harbiy xizmatchi amaldagi kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga kontrakt tuzish va uni imzolash uchun komandir (boshliq) huzuriga taklif etiladi.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
107. Yangi kontrakt tuzishni xohlamagan yoki yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi.
108. Yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi komandir (boshliq) qabul qilgan qaror ustidan yuqori turuvchi instansiya yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Yangi kontrakt tuzish imkoniyatini istisno qiluvchi quyidagi obyektiv holatlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oldingi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni davom ettiradi:
asirda bo‘lgan yoki garovda ushlab turilgan davrda;
xizmat safarida bo‘lganda yoki jangovar-xizmat vazifalarini bajarayotganda;
statsionar davolanishda bo‘lgan davrda;
qonunchilikda belgilangan va tomonlarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlarda.
Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tugagandan so‘ng ushbu kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan ikki oy muddat davomida belgilangan tartibda yangi kontrakt tuziladi yoki ular harbiy xizmatdan bo‘shatiladi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga o‘tagan xizmat yillaridan (kalendar hisobida) kelib chiqqan holda, kontrakt bo‘yicha uzluksiz harbiy xizmati uchun birinchi uch yilga, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki oylik pul ta’minoti maoshlari (harbiy unvon bo‘yicha maoshi va lavozim maoshi yig‘indisi) miqdorida va uzluksiz xizmatning keyingi yillaridagi har ikki yili uchun xuddi shu miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
4-§. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan yangi kontrakt tuzish
111. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:
a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) uchun — 45 yosh;
b) kichik ofitserlar uchun — 45 yosh;
Oldingi tahrirga qarang.
v) katta ofitserlar uchun — 50 yosh, polkovniklar (I rang kapitanlar) uchun — 55 yosh;
(111-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
g) “general-mayor”, “general-leytenant” va “general-polkovnik” harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — 60 yosh;
“Armiya generali” harbiy unvonidagi ofitserlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi o‘rnatilmaydi.
112. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan, egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarlik va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchi bilan, uning komandirlari (boshliqlari) tomonidan yozilgan iltimosnoma asosida vazirlik rahbari yoki shunday vakolatlar berilgan mansabdor shaxsning qaroriga ko‘ra yoshining chegarasidan tashqari harbiy xizmatda bo‘lish muddatini besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish to‘g‘risida kontrakt tuzilishi mumkin.
113. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi yangi kontrakt tuzish uchun o‘rnatilgan tartibda amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida to‘rt oy oldin bildirgi bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishi kerak. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi ushbu harbiy xizmatchining harbiy xizmat muddati tugashidan kamida uch oy oldin harbiy qismga kelib tushishi zarur.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
115. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan kontrakt tuzish, yangi kontrakt muddati yoki kontrakt tuzishni rad etish to‘g‘risidagi qaror amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida ikki oy oldin qabul qilinishi lozim.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
6-bob. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi
1-§. Harbiy lavozimga tayinlash tartibi
116. Harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan harbiy lavozimlar va ushbu lavozimlarga muvofiq harbiy unvonlar vazirliklarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ro‘yxatlar bilan belgilanadi va shtatlarda nazarda tutiladi.
117. Generallar tarkibi lavozimlarini egallashi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxati vazirliklar rahbarlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tasdiqlashning boshqa tartibi o‘rnatilgan ofitserlar tarkibi lavozimlarining alohida toifasi bo‘yicha ro‘yxatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
118. Alohida toifadagi ofitserlarni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan harbiy rahbarlik lavozimlariga tayinlash (alohida ro‘yxat bilan belgilanadi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlarining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
119. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan lavozimga tayinlovlar vazirliklar rahbarlarining buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.
120. Boshqa harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlash yakka tartibda vazirliklarning rahbarlari yoxud lavozimga tayinlash bo‘yicha vakolatlarga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni lavozimga tayinlash vakolatli mansabdor shaxsning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
121. Buyruq chiqarish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxati vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlarining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish huquqiga ega.
122. Harbiy xizmatchi yuqori, teng va quyi harbiy lavozimga tayinlanishi mumkin.
Agar lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozimga nisbatan yuqoriroq harbiy unvon nazarda tutilgan, harbiy unvonlar teng bo‘lganda esa egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq ko‘proq lavozim okladi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim yuqori lavozim hisoblanadi.
Lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozim bilan bir xil harbiy unvon va egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq teng lavozim okladi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim teng lavozim hisoblanadi.
Lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozimga nisbatan pastroq harbiy unvon nazarda tutilgan, unvonlar teng bo‘lganda esa egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq kamroq oklad ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim quyi lavozim hisoblanadi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirganligi sababli shtat bo‘yicha egallagan lavozimidan ozod etilib, kursantlar yoki tinglovchilar, shuningdek o‘qishni tugatganidan so‘ng boshqa lavozimlarga ham tayinlanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
123. Harbiy xizmatchilarni yuqori harbiy lavozimlarga tayinlash ularning kasbiy va axloqiy sifatlari, ishchanlik qobiliyatlari, jangovar-xizmat faoliyatida erishgan natijalariga muvofiq izchillik bilan amalga oshiriladi.
(123-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Harbiy xizmatchi lavozim majburiyatlarini o‘zlashtirib olishi uchun u tayinlangan kunidan boshlab uch oylik lavozimda shakllanish davri belgilanadi. Bunda komandir va boshliqlar yangi tayinlangan harbiy xizmatchi bilan muayyan lavozimda uning shakllanishini ta’minlovchi alohida ish olib boradi, unga zarur amaliy yordam ko‘rsatadi. Ushbu davr mobaynida xizmat vazifalarini bajarishdagi kamchiliklari uchun unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
124. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar teng harbiy lavozimlarga tayinlanadi:
a) xizmat zaruriyati yuzasidan;
b) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;
v) qiziqishlari va xizmat tajribasidan kelib chiqqan holda uning roziligi yoki tashabbusi bilan harbiy xizmatchidan harbiy xizmatda yanada maqsadga muvofiqroq foydalanish uchun;
g) harbiy xizmatchining asoslantirilgan bildirgisiga binoan oilaviy sharoitiga ko‘ra;
d) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra.
125. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar quyi harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin:
a) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchini teng yoki yuqori harbiy lavozimga tayinlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda;
b) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra;
v) harbiy xizmatchining asoslantirilgan bildirgisiga binoan oilaviy sharoitiga ko‘ra;
g) harbiy xizmatchining roziligi yoki uning tashabbusi bilan harbiy xizmatchidan harbiy xizmatda yanada maqsadga muvofiqroq foydalanish uchun;
d) attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan ishchanlik va axloqiy sifatlariga qarab;
e) “lavozimda pastlatish” intizomiy jazo chorasini qo‘llash tartibida.
126. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy lavozimga tayinlash, u haqida bevosita boshliqlarning fikri va attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 169-bandiga muvofiq holatlarda tegishli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
127. Harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlashda quyidagi shartlarga rioya qilinadi:
a) oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlari zarur ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va yetarlicha axloqiy-ishchanlik sifatlarga ega bo‘lgan tegishli tarkib harbiy xizmatchilari bilan butlanadi. Ushbu lavozimlarga boshqa toifadagi harbiy xizmatchilarni tayinlashga vazirlik rahbari tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
b) harbiy hisob ixtisosligiga ko‘ra asosiy yoki unga yaqin mutaxassislik bo‘yicha yoxud amaliy ish tajribasiga muvofiq lavozimga tayinlash ta’minlanadi, harbiy xizmatchilar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha lavozimlarga, qoida tariqasida, ular tegishli kurslarda (yig‘inlar, amaliy stajirovkalar) qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng tayinlanadi;
v) jangovar-xizmat faoliyatida yoki O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishdagi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yuksak darajadagi kasbiy va ma’naviy-axloqiy xususiyatlar va tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatgan hamda xizmatda ko‘tarilishga tavsiya qilingan harbiy xizmatchilar yuqori lavozimlarga birinchi navbatda tayinlanadigan nomzodlar hisoblanadi;
g) tegishli komandirlar (boshliqlar)ning ixtiyorida bo‘lgan harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash imkoni boricha qisqa muddatda, biroq ular avvalgi lavozimidan bo‘shatilgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki oy ichida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetmagan, harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan holda yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilarni ular sog‘lig‘ining holati, tayyorgarligi va xizmat tajribasini hisobga olgan holda vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lgan boshqa lavozimlarga tayinlashning zaruriyati va muddati bevosita tegishli komandirlar (boshliqlar) tomonidan belgilanadi. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan holda yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilarni ushlab turishga ruxsat etilgan harbiy lavozimlar ro‘yxati vazirliklar tomonidan belgilanadi;
(127-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) ayol harbiy xizmatchilar tinchlik vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan vazirliklar rahbarlarining qo‘shma qarori bilan belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlangan ishlar ro‘yxatini inobatga olgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanadi;
(127-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 393-moddasi.
j) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, oilaviy sharoitiga ko‘ra quyi harbiy lavozimlarga tayinlangan va avvalgi lavozimlarga teng lavozimlarni egallash uchun zarur bo‘lgan talablarga javob beruvchi harbiy xizmatchilar xizmat bo‘yicha ko‘tarilishda imtiyozli huquqdan foydalanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
z) intizomiy jazo qo‘llash tartibida lavozimi pastlatilgan harbiy xizmatchilar lavozimi pastlatilgan kundan kamida bir yil o‘tib, tegishli komandir (boshliq)larning iltimosnomasiga asosan ijobiy tavsifnoma bo‘lgan taqdirda, pastlatilganidan oldin egallagan lavozimidan yuqori bo‘lmagan lavozimlarga tayinlanishlari mumkin;
(127-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
i) harbiy xizmatchilarni tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, sog‘lig‘ining holati yoki oilaviy sharoitiga ko‘ra quyi harbiy lavozimlarga tayinlash mansabdor shaxslar tomonidan harbiy lavozimga tayinlash bo‘yicha o‘zlariga berilgan huquqlar doirasida, agar ularni tegishli mutaxassislik bo‘yicha avvalgi harbiy lavozimiga teng yoki undan yuqori harbiy lavozimga tayinlashning imkoni yo‘q bo‘lsa, amalga oshiriladi;
k) vakant lavozimni zudlik bilan to‘ldirish zarurati tug‘ilganda alohida harbiy qism komandiri va undan katta lavozimdagi bevosita boshliqqa ushbu harbiy lavozimga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan boshliqning roziligi bilan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini lavozim bo‘yicha majburiyatlarni vaqtincha bajarishga tayinlashga ruxsat etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
l) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra uchish ishlariga, daryo katerlaridagi xizmatga, maxsus inshootlarda ishlashga yaroqsiz deb topilgan, lekin haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yoshi chegarasiga yetmagan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli yoki harbiy xizmatga cheklangan holda yaroqli kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchish ishlari, daryo katerlaridagi xizmat yoxud maxsus inshootlarda ishlash vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimlarga tayinlanadilar;
(127-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
m) o‘zaro yaqin qarindoshligi va quda-andaligi bo‘lgan (ota-ona, er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar (shu jumladan asrab olingan farzandlar), shuningdek er-xotinlarning aka-ukalari, opa-singillari va ota-onalari va farzandlari) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni, agar ularning haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashi birining ikkinchisi qo‘l ostida yoki nazoratida bo‘lishini taqozo etsa, qo‘shilma darajasidagi va, shu jumladan unga tenglashtirilgan bir harbiy qismga tayinlashga ruxsat etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
n) harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq va ularning roziligi bilan ish hajmi kamroq bo‘lgan yoki tegishli xizmat sharoitlariga ega lavozimlarga tayinlanishi mumkin.
(127-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
128. Ofitserlar tarkibini lavozimlarga tayinlashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
a) bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha oliy (oliy harbiy) ta’lim muassasalari bitiruvchilari ushbu muassasalarni tamomlaganlaridan so‘ng tegishli vakant harbiy lavozimlarga tayinlanadi;
b) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning oliy (oliy harbiy) ta’lim muassasalarini tugatgan yoki oliy ta’limdan keyingi ta’limni tugatib, doktorlik dissertatsiyasini (PhD, DSc) himoya qilgan ofitserlar tarkibiga mansub shaxslar mazkur ta’lim muassasalariga kirgunga qadar egallagan lavozimini hisobga olgan holda, vazirliklar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, asosan magistr ma’lumotiga yoki ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslar egallashi lozim bo‘lgan harbiy lavozimlarga tayinlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan harbiy lavozimlarga tayinlashning imkoni bo‘lmaganda, bunday harbiy xizmatchilar boshqa, ammo avval egallagan lavozimlardan past bo‘lmagan harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin;
v) zaxiradan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan va tegishli komandirlar (boshliqlar) ixtiyoriga yuborilgan ofitserlar mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasida ko‘rsatilgan harbiy xizmatni o‘tash joyiga jo‘nagan kundan boshlab bir oydan kechikmagan muddatda harbiy lavozimlarga tayinlanadi.
(128-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
129. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) oliy harbiy ta’lim muassasasi (ta’limning sirtqi shakliga o‘qishga qabul qilinganlar bundan mustasno), oliy ta’limdan keyingi institutga qabul qilingan harbiy xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan bo‘shatiladi (mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno) hamda kursant, tinglovchi, doktorant yoki ta’lim olayotganlar uchun nazarda tutilgan boshqa lavozimga tayinlanadi;
(129-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) respublika va xorijiy davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek oliy ta’limdan keyingi institutga qabul qilingan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarda o‘qish muddati mobaynida ular oxirgi egallagan lavozimiga ko‘ra belgilangan ta’minotning barcha turlari va normalari saqlanib qoladi.
(129-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
130. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilingan fuqaro kursant lavozimiga tayinlanadi.
131. Harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning shakli va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
132. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari bir xizmat joyidan boshqasiga ularning roziligisiz o‘tkaziladi. Bunda xizmat joyini o‘zgartirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) harbiy qism doirasida — harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan;
b) qo‘shilma doirasida — qo‘shilma komandirining buyrug‘i bilan;
v) birlashma doirasida — birlashma shtabi boshlig‘ining buyrug‘i bilan;
g) bir birlashmadan boshqasiga va Qurolli Kuchlarning bir turidan boshqasiga (bir vazirlik tizimida) — vazirlik rahbari tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan;
d) bir vazirlikdan boshqasiga — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
e) Qurolli Kuchlar miqyosida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan.
(132-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
133. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini oilaviy sharoitiga ko‘ra yangi xizmat joyiga o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq harbiy xizmatchi oila a’zolarining (eri, xotini, farzandlari va harbiy xizmatchining qaramog‘idagilar) ushbu joyda yashash imkoniyati bo‘lmaganda;
b) yashash joylaridagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi organi komissiyasining xulosasiga muvofiq doimiy o‘zgalar parvarishiga (yordamga, nazoratga) muhtoj va harbiy xizmatchining parvarish qilish imkoni bo‘lgan boshqa aka-ukalari bo‘lmagan taqdirda, alohida yashovchi otasi, onasini (shu jumladan eri, xotini) doimiy parvarishlash uchun.
134. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazilayotganda oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘lsa, unda harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. Xizmat joyini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilar ishlari va lavozimini topshirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilangan muddatdan kechikmay, biroq harbiy qism uning harbiy xizmat joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida buyruq yoki yozma xabarnoma olgan kundan boshlab ko‘pi bilan yigirma sutkada yangi xizmat joyiga yuborilishi kerak, harbiy xizmatchi ta’til yoki davolanishda bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
(135-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
136. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan, shuningdek, o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar rezervga bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
O‘qishning ikkinchi va keyingi yillarida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar bundan mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirishi mumkin.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
137. Oliy harbiy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan (intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) va harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga yuboriladi.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
138. Harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklarda maxsus unvonga ega xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin. Ushbu xodimlarning xizmat joyini bir vazirlikdan boshqasiga o‘zgartirish davomida ularni bo‘linmalar tarkibida harbiy lavozimlarga tayinlashda ham aynan shu tartib tatbiq etiladi.
2-§. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
139. Barcha toifadagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi va ularning xizmat martabasi haqiqiy harbiy xizmatning butun muddati davomida uzluksiz ravishda tahsil olish va malaka oshirish bilan kechishi lozim.
140. Birinchi xizmat yili tugashi bilan oliy harbiy ta’lim muassasa boshlig‘iga komandir va boshliqlar tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining barcha ta’lim predmetlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga bahodan iborat taqrizlar taqdim etiladi.
3-§. Lavozim bo‘yicha majburiyatlarni vaqtincha bajarishni yuklash tartibi
141. Xizmat zaruriyati yuzasidan harbiy xizmatchiga quyidagilar yuklatilishi mumkin:
a) o‘zi egallamagan vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb). Bu holda harbiy xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan ozod etiladi;
b) o‘zi egallamagan lavozim (uni egallagan harbiy xizmatchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki lavozimdan chetlatilgan bo‘lsa) majburiyatlarini vaqtincha bajarish (lmvb). Bu holda harbiy xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan ozod etilmaydi.
142. Vakant lavozimni vaqtincha bajarishning (lvb) uzluksiz muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng lavozimni vaqtincha bajarib turgan harbiy xizmatchini yoki boshqa harbiy xizmatchini ushbu lavozimga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozim.
143. Harbiy xizmatchiga lavozimni (majburiyatni) vaqtincha bajarishni yuklatish va uni egallagan lavozimni (majburiyatni) bajarishdan ozod etish vakolatli mansabdor shaxsning buyrug‘i (farmoyishi) bilan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan lavozim vazifalarini vaqtincha bajarishni harbiy xizmatchiga yuklatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
144. Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) o‘zi vaqtincha bo‘lmagan vaqtda lavozimi bo‘yicha vazifalarni vaqtincha bajarishni o‘rinbosarlaridan biriga yuklaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa hollarda harbiy xizmatchining lavozim majburiyatlarini vaqtincha bajarishni boshqa harbiy xizmatchiga yuklash harbiy qism komandiri yoki bevosita yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan amalga oshiriladi.
(144-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
4-§. Komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish tartibi
145. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazilishi mumkin.
Komandir (boshliq) ixtiyoriga o‘tkazish ushbu harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning buyrug‘i (farmoyishi) bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
146. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish hamda tegishli to‘lovlarni to‘lash quyidagi holatlarda va muddatlarga amalga oshiriladi:
a) tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan lavozimdan bo‘shatilganda — ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda harbiy xizmatchiga quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: harbiy unvon maoshi, oxirgi egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yo‘la to‘lanadigan pul ta’minoti, qonunchilikda belgilangan tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, shuningdek, Mudofaa vazirligida xizmatni o‘tayotganligi uchun ustama;
(146-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
b) bir oydan ortiq vaqt davomida bedarak yo‘qolganida — harbiy xizmatchi harbiy qismga qaytgunicha (agarda uning harbiy xizmatni davom ettirishi to‘g‘risida boshqa qaror qabul qilinmagan bo‘lsa) yoki uning bedarak yo‘qolgan deb tan olingani yoki vafot etgan deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar (o‘sha kunni ham qo‘shib hisoblaganda).
Bunda pul ta’minoti harbiy xizmatchining oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha, harbiy xizmatchi harbiy qismga qaytgunicha (agarda uning harbiy xizmatni davom ettirishi to‘g‘risida boshqa qaror qabul qilinmagan bo‘lsa) yoki uning bedarak yo‘qolgan deb tan olingani yoki vafot etgan deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunga qadar (o‘sha kunni ham qo‘shib hisoblaganda) harbiy xizmatchiga (uning oila a’zolariga) o‘n ikki oydan oshmagan muddatda to‘liq to‘lanadi;
v) harbiy xizmatchi asirda yoki garov sifatida ushlangan hollarda — asirda bo‘lgan yoki garov tariqasida ushlab turilgan butun davr davomida.
Bunda pul ta’minoti harbiy xizmatchiga (uning oila a’zolariga) oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan davr uchun to‘liq to‘lanadi (o‘z ixtiyoriga ko‘ra asirda bo‘lgan (garov tariqasida ushlab turilgan) yoki O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan jinoyat sodir etgan hollar bundan mustasno);
g) harbiy xizmatchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan kundan boshlab.
Bunda harbiy xizmatchiga nisbatan sudning qarori qabul qilingan kungacha pul ta’minoti to‘lanmaydi;
d) harbiy xizmatchi bola parvarishi ta’tilida bo‘lganligi munosabati bilan — ushbu ta’til tugagunga qadar.
Bunda ko‘rsatilgan davrda harbiy xizmatchiga pul ta’minoti to‘lanmaydi. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) harbiy xizmatchi olti oydan ko‘proq muddatga tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka oshirish kurslariga, O‘zbekiston Respublikasi oliy (oliy harbiy) ta’lim muassasalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘qishga yuborilganda:
Bunda o‘qishning butun muddati davomida quyidagi to‘lovlar saqlanib qoladi: harbiy unvon maoshi, oxirgi egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi, xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan ustama (15 foizgacha), bir yo‘la to‘lanadigan pul ta’minoti, qonunchilikda belgilangan tartibda oziq-ovqat payogi uchun kompensatsiya puli va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, shuningdek, Mudofaa vazirligida xizmatni o‘tayotganligi uchun ustama.
(146-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
j) sud tomonidan harbiy xizmatchini egallagan lavozimidan chetlatish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan holatda — ko‘rsatilgan ajrim bekor qilingunga yoki jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar.
Bunda pul ta’minotini to‘lash mazkur Nizomning 148-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
z) harbiy xizmatchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganda — qamoqqa olingan kundan boshlab ushbu ehtiyot chorasi bekor qilingunga qadar.
Bunda ko‘rsatilgan davrda harbiy xizmatchiga pul ta’minoti to‘lanmaydi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5035-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2021-y., 07/21/5035/0228-son)
147. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchilar tergov olib borilayotgan butun davrda tegishli komandirlarning (boshliqlarning) ixtiyoriga o‘tkaziladi va jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilinmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi, mazkur Nizomda belgilangan holatlar bundan mustasno.
148. Sud ajrimi asosida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi sud ajrimining nusxasi komandirga (boshliqqa) kelib tushgan kundan boshlab uning ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komandir (boshliq) sud ajrimining nusxasini olgan vaqtdan boshlab shaxsiy tarkib bo‘yicha (harbiy xizmatchini komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida) buyruq chiqmagunga qadar harbiy xizmatchini lavozim majburiyatlarini bajarishdan chetlashtiradi.
(148-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Sud ajrimiga asosan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan harbiy xizmatchiga komandirning (boshliqning) ixtiyorida bo‘lish vaqtida qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy unvoni bo‘yicha okladi (harbiy unvon bo‘yicha okladning ustamalarini hisobga olgan holda), oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.
149. Komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkazilgan harbiy xizmatchiga nisbatan sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilganda yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo‘yicha jinoyat ishi tugatilgan holatda u oldingi lavozimiga yoki unga teng lavozimga tayinlanadi, pul ta’minoti, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash esa qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-§. Harbiy lavozimdan ozod etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
150. Harbiy xizmatchi yangi lavozimga (shu jumladan tinglovchi va kursant lavozimiga) tayinlanganda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda — organlar va tashkilotlar) xizmat safariga yuborilganda, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa holatlarda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
151. Harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs yoki yuqori turuvchi komandir (boshliq) ushbu Nizomning 118, 119 va 120-bandlariga muvofiq uni egallab turgan lavozimidan ozod etish huquqiga ega.
6-§. Rejalashtirilgan almashtirish tartibida boshqa joyga o‘tkazish
152. Iqlim sharoitlari noqulay joylarda harbiy xizmatni o‘tayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar reja asosida boshqa joyga o‘tkaziladi.
Ko‘rsatilgan joylarda harbiy xizmatni o‘tash muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi (ushbu muddat vakolat muddatlari qonunchilik bilan belgilanadigan mansabdor shaxslar uchun — ularning vakolat muddatiga teng).
Xizmat zaruriyati va o‘zining roziligi bilan harbiy xizmatchi ko‘rsatib o‘tilgan joyda harbiy xizmatini davom ettirishi mumkin.
153. Harbiy xizmatchilarni reja asosida boshqa joyga o‘tkazishni tashkillashtirish va o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
7-§. Harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish tartibi
154. Qurolli Kuchlarda tashkiliy-shtat tadbirlarini o‘tkazishda harbiy xizmatchilar harbiy qism (bo‘linma) tarkibida harbiy xizmatni davom ettirish uchun bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
155. Lavozimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining nomenklaturasiga kirmaydigan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish manfaatdor vazirliklarning rahbarlari bilan kelishilgan holda yakka tartibda amalga oshiriladi.
(155-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
156. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi o‘tkazishga rozilik bermagan taqdirda, u vaqtincha, bir oygacha bo‘lgan muddatga harbiy qism (bo‘linma) tarkibida bo‘linmaga rahbarlik qilish, ish va lavozimini topshirish uchun boshqa vazirlikka xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchi bilan tuzilgan oldingi kontrakt davom ettiriladi, ammo harbiy xizmatchi u bajarayotgan lavozim uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha xizmat safariga yuborilgan vazirlik tomonidan ta’minotning barcha turlari bilan ta’minlanadi.
Xizmat safari muddati tugagandan so‘ng harbiy xizmatchi xizmatni davom ettirish uchun xizmat safariga yuborgan vazirlikka qaytib keladi. Ushbu harbiy xizmatchi xizmat safariga yuborilgan vaqtgacha egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga o‘rnatilgan tartibda tayinlanishi lozim. Tegishli lavozimga tayinlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda harbiy xizmatchi quyi yoki yuqori harbiy lavozimga tayinlanishi yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan (boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda) Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilishi mumkin.
157. Harbiy xizmatchilar bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazilganlarida oldingi xizmat joyining shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqariladi va o‘tkazilgan vazirlikning shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritiladilar. Harbiy xizmatchi o‘tkazilgan vazirlik bilan yangi kontrakt tuzilmaydi.
158. Shu bilan birga, ushbu harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyi shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan kunga qadar o‘zi ketayotgan vazirlikda harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lib hisoblanadilar.
8-§. Harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborish tartibi, ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
159. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatda qoldirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan boshqaruv xodimi lavozimlariga tayinlanishi, shuningdek, tegishli organlar va tashkilotlar rahbarlarining so‘rovnomalariga asosan organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilishi mumkin.
(159-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
160. Harbiy xizmatchilarni tegishli organlar va tashkilotlar rahbarlarining so‘rovnomalari asosida xizmat safariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarda xizmat safarigacha egallab turgan lavozimiga mos (tenglashtirilgan) harbiy lavozimlar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari bilan ta’minlanishi, kafolatlari va imtiyozlari saqlanadi.
(160-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
161. Xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchi bilan oldin tuzilgan harbiy xizmat uchun kontraktning amal qilish muddati butun xizmat safari davrida to‘xtatib turiladi.
162. Organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar berilishi, oldin egallagan lavozimidan qat’i nazar, ularni yuborgan vazirliklar rahbarlari tomonidan o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Harbiy unvonlarni berish va taqdirlash ular xizmat safariga yuborilgan organlar va tashkilotlarning taqdimnomalari bo‘yicha umumiy asosda amalga oshiriladi.
163. Organlar va tashkilotlarga yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ta’tillar harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda beriladi.
164. Organlar va tashkilotlarga ilgari yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ko‘rsatilgan lavozimlardan ozod etilganidan so‘ng harbiy xizmatni davom ettirish uchun ularni xizmat safariga yuborgan vazirliklarga qaytariladi.
Bunda kontrakt muddati tugagan yoki harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan va harbiy xizmatni davom ettirishni istamagan ushbu harbiy xizmatchilar xizmat safari davrida ular ta’minotda bo‘lgan oxirgi lavozimidan rezervga yoki iste’foga bo‘shatiladilar.
Ushbu harbiy xizmatchilarning harbiy xizmati tugagan kun ularning vazirlik shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
165. Harbiy xizmatchilarni organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborish va ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ular harbiy xizmatni o‘tayotgan vazirliklar tomonidan belgilanadi.
(165-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
9-§. Harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
166. Harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining samarali boshqaruv tizimini yaratish, qo‘mondonlik lavozimlariga Vataniga sodiq, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash vazifalarini hal etishga qodir malakali yosh mutaxassislarni jalb etish hisobiga eng avvalo, Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyati va jangovar shayligini oshirish, ularning harbiy san’atning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda qurilishini tashkillashtirish, nizomga oid tartib va intizomni mustahkamlashga qaratilgan kadrlar bilan ishlashning tarkibiy va ajralmas qismi hisoblanadi.
167. Harbiy xizmatchilarning attestatsiyasi xolisona tarzda quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
ularning xizmat faoliyati va xizmatda erishgan natijalarini baholash;
harbiy xizmatchilarning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini belgilash;
harbiy xizmatchilarning kasbiy va axloqiy-ishchanlik sifatlarini baholash.
Harbiy xizmatchilar attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra attestatsiyaning maqsadlaridan kelib chiqib tegishli qarorlar qabul qilinadi.
168. Harbiy xizmatchilarning attestatsiyasi haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning butun davri mobaynida davriy ravishda amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
169. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tkaziladi:
davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun taqdim etilganda;
yangi kontrakt tuzish uchun taqdim etilganda (o‘z xohishiga ko‘ra kontrakt tuzishni rad etganlar bundan mustasno);
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun taqdim etilganda;
mazkur Nizomning 125-bandi “d” kichik bandiga asosan quyi lavozimga tayinlash uchun taqdim etilganda;
tomonlardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan hamda harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganlar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish uchun taqdim etilganda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi talablariga muvofiq lavozimda pastlatish hamda harbiy unvonda bir pog‘ona pastlatish intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Homiladorlik va tug‘ish, bola parvarishlash ta’tillaridan qaytgan, xizmat joyiga (reabilitatsiya etilganligi munosabati bilan) tiklangan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi ilgari tuzilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettiradi. Bunda kontrakt muddati tugagan yoki mazkur Nizomning 97-bandi “b”, “v”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda yangi kontrakt attestatsiya o‘tkazilmasdan tuziladi.
Harbiy prokuratura organlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining attestatsiyasi ushbu idora xodimlari uchun mo‘ljallangan tartibda amalga oshiriladi.
(169-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
170. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan har qanday toifadagi harbiy xizmatchilar muddatidan ilgari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.
171. Attestatsiya o‘tkazish uchun attestatsiya komissiyalari tuzilib, ularning tarkibi, faoliyati va ish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Markaziy attestatsiya komissiyasi vazirlikning oliy attestatsiya organi hisoblanadi.
172. Attestatsiya attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs ishtirokida o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi raisining qaroriga binoan attestatsiya harbiy xizmatchining ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin.
Attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs uzrli sabablarsiz attestatsiya komissiyasi majlisiga bir necha marta kelmagan taqdirda, komissiya attestatsiyani uning ishtirokisiz bevosita boshlig‘i (komandiri) tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida o‘tkazishi mumkin bo‘lib, bu haqidagi kelmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda bayonnomaga yozuv kiritib qo‘yiladi.
173. Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik asosida o‘tkazilishi kerak.
174. Attestatsiya komissiyalari vazirliklarning belgilangan nomenklaturasiga muvofiq bir xil tipdagi va ularga tenglashtirilgan lavozimlarni egallagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazadi.
175. Harbiy xizmatchini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi egallab turgan lavozimiga munosib yoki munosib emas degan qarorlardan birini chiqaradi, shuningdek uni harbiy xizmatda keyinchalik qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni beradi.
176. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tegishli komandir (boshliq) tomonidan tasdiqlanadi. Agarda komandir attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lsa, u noroziligining sabablarini ko‘rsatishi va attestatsiya komissiyasining qarorini ko‘rib chiqish uchun yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasiga yuborishi kerak.
177. Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan qarori, attestatsiya bayonnomasidan ko‘chirmalar bo‘linmaga (harbiy qismga) kelib tushgandan so‘ng o‘n kun muddat ichida kadr organlari (komandirlar, boshliqlar) tomonidan harbiy xizmatchilarga imzo ostida yetkaziladi. Xizmat safarida, ta’tilda yoki davolanishda bo‘lgan harbiy xizmatchiga attestatsiya komissiyasining qarori u xizmat joyiga qaytganida yetkaziladi.
178. Attestatsiyadan o‘tkazilayotgan shaxs attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, harbiy xizmatchi qaror unga yetkazilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida yuqori turuvchi instansiyaga (komissiyaga) shikoyat bilan murojaat etish huquqiga ega.
179. Attestatsiyadan o‘tkazilayotgan shaxsning shikoyatini yuqori turuvchi instansiya (komissiya) ko‘rib chiqishi davrida attestatsiyada aks ettirilgan qaror va tavsiyalarning ijrosi to‘xtatib turiladi.
Yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasining qarori va tavsiyalari komissiya majlisining bayonnomasi tasdiqlangan kundan boshlab ijro qilinishi kerak.
Yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasining qarori va tavsiyalari ustidan ularni sud tartibida ko‘rib chiqishni so‘rab sudga shikoyat bilan murojaat qilingan hollarda qabul qilingan qaror va tavsiyalarning ijrosi to‘xtatilmaydi.
180. Attestatsiya komissiyalarining qarorlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunining 63-moddasi.
7-bob. Harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari
181. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklardan to‘liq foydalanadilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining barcha majburiyatlarini bajaradilar.
Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va o‘zlariga topshirilgan uchastkalarda ularning erishgan natijalari qo‘mondonlik tomonidan intizomiy va moddiy rag‘batlantirish choralari bilan taqdirlanishi mumkin.
Harbiy burchni ado etishdagi mardligi va jasorati, jangovar-xizmat faoliyati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdagi yuqori ko‘rsatkichlari, yangi, murakkab jangovar texnikani a’lo darajada egallagani, qo‘shinlarga namunali rahbarlik qilgani hamda Vatan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi boshqa mislsiz xizmatlari uchun harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim qilinishlari mumkin.
182. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra bunday vakolatga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari hech kim harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
183. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurolni saqlash, olib yurish va qo‘llash huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
184. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy ta’minoti bilan ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy ta’minot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga:
yil yakunlariga ko‘ra yanvar oyida qo‘shinlar jangovar shayligini saqlab turgani, xizmat majburiyatlarini vijdonan bajargani uchun mukofot pulini to‘lash to‘g‘risidagi buyruq imzolangan kunda belgilangan me’yorlarga ko‘ra, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki oylik pul ta’minoti maoshi (harbiy unvon bo‘yicha maoshi va lavozim maoshi yig‘indisi) miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti to‘lanadi;
bir yilda bir marta bir oylik pul ta’minoti maoshi (harbiy unvon bo‘yicha maoshi va lavozim maoshi yig‘indisi) miqdorda moddiy yordam puli to‘lab beriladi.
Bunda lavozim maoshlari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan oshirishlarsiz hisobga olinadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining sanatoriylardagi sanatoriy-kurort davolanishi hamda dam olish uylarida (pansionatlarda) profilaktik dam olishini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar, shuningdek, harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy ta’minotdan, shu jumladan, dori vositalari va boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqidan foydalanadilar.
(184-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
185. Erkin harakatlanish huquqi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qismlarning jangovar shayligini saqlab turish va xizmat joyiga o‘z vaqtida kelishni ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarning harbiy qism tashqarisida harakatlanishi, ularning harbiy xizmatni o‘tayotgan garnizon hududidan tashqariga chiqish qoidalari vazirlik tomonidan belgilanadi.
186. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning bir haftalik harbiy xizmat vaqtining umumiy davomiyligi qonunchilikda belgilangan bir haftalik ish vaqtining normal davomiyligidan oshib ketmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
To‘liq sutkalik rejimda xizmatni o‘tash uch mahal ovqatlanish va kamida to‘rt soatgacha dam olish uchun vaqt ajratgan holda yigirma to‘rt soat mobaynida amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘tashning to‘liq sutkalik rejimida harbiy xizmatchilarga, ularning xohishiga ko‘ra oziq-ovqat payogi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha belgilangan tartibda qozon ta’minotiga qo‘yish yo‘li bilan xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha tekin uch mahal ovqat taqdim qilinishi mumkin.
187. Dam olish va bayram kunlari harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish uchun jalb etilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haftaning boshqa kunlari dam olish vaqti beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
188. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari xizmat vaqtining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablariga muvofiq ravishda harbiy qism kun tartibi bilan belgilanadi.
(188-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
189. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) yangi harbiy xizmat joyida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha yashash uchun turar joy beriladi.
Harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda, ularga har oyda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
190. Vazirlik tomonidan uy-joy bilan ta’minlanmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi (kalendar hisobida o‘n yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdoridagi dastlabki badal pulini Davlat budjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lash yo‘li bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti berish tizimi bo‘yicha turarjoylar berilishi mumkin.
(190-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son)
191. “Polkovnik”, unga tenglashtirilgan yoxud undan yuqori harbiy unvondagi harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar belgilangan normadan ortiq bir xona yoki umumiy maydonning kamida o‘n olti kvadrat metr miqdorida qo‘shimcha turar joy maydoni olish huquqiga ega.
192. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) boquvchisini yo‘qotgan taqdirda ularga boshqa qulay va shinam turar joy bepul ajratilgunga qadar egallab turgan turar joydan majburan ko‘chirib yuborilishi mumkin emas. Harbiy xizmatchi halok bo‘lgandan (vafot etgandan) so‘ng ularda qonunchilikka muvofiq turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqi saqlanib qoladi.
193. Harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy yordam olish, shu jumladan tish protezlarini yasatish va ta’mirlatish (qimmatbaho metall va boshqa qimmat turuvchi materiallardan tayyorlangan protezlar bundan mustasno), dori vositalari, boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni o‘tash, yashash joylarida harbiy-tibbiy muassasalar yoki ularda tegishli bo‘limlar yoxud maxsus tibbiy asbob uskunalar bo‘lmagan hollarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan (shoshilinch) holatlarda tibbiy yordam mulkchilik shaklidan qat’i nazar tibbiy muassasalarda ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mazkur sog‘liqni saqlash muassasalariga sarflangan xarajatlar vazirliklar tomonidan qoplanadi.
Xarajatlarni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda vazirliklar tomonidan belgilanadi.
194. Quyidagi hollarda harbiy-tibbiy muassasalardagi bepul tibbiy ta’minot huquqidan sobiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ham foydalanadilar:
a) katta ofitserlar tarkibi va generallar harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lganda, umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lganda esa bu huquq ularning turmush o‘rtoqlariga ham tatbiq etiladi;
b) kichik ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibi harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lganda;
v) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar.
Oldingi tahrirga qarang.
195. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra sanatoriya-kurort muassasalarida bepul davolanish bilan ta’minlanadilar.
(195-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
196. Katta ofitserlarning oila a’zolari (eri, xotini, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasidan oldin nogiron bo‘lib qolgan o‘n sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, ta’lim muassasalarida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan farzandlari) harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqiga egalar.
Oldingi tahrirga qarang.
197. Harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatdan (harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan) bo‘shatilgandan so‘ng halok bo‘lgan (vafot etgan) hamda harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallarning boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolarida harbiy xizmatchining hayotligida bo‘lganidek tibbiy yordam ko‘rsatish, sanatoriy-kurortlarda davolanish, ushbu davolanish joyiga borish va qaytishda havo, temir yo‘l va avtomobil (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) transportidan imtiyozli foydalanish bo‘yicha amaldagi huquqlari saqlanib qoladi.
(197-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
198. Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va farzandlariga (yigirma uch yoshgacha) harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
199. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlari yashash joyi, shu jumladan vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli ro‘yxat asosida, o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek vazirliklarning bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga navbatsiz qabul qilinadi.
(199-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
200. Vazirliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalarni belgilash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Harbiy xizmatchilar harbiy tashish hujjatlari orqali quyidagi transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega:
a) havo yo‘llari transportida:
“biznes klass”da — vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
“ekonom klass”da — boshqa toifadagi barcha harbiy xizmatchilar;
b) temir yo‘l transportida:
yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “VIP klass” (“lyuks”), tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — generallar va polkovniklar;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning “ekonom klass”, tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “kupe” vagonlarida — “podpolkovnik” va undan quyi harbiy unvondagi ofitserlar, oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
v) avtomobil transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) — shaharlararo va viloyatlararo yo‘nalishlarda muntazam qatnovchi avtobuslarda barcha toifadagi harbiy xizmatchilar;
g) harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va harbiy pensionerlar harbiy xizmatdan bo‘shatilgan vaqtdagi harbiy unvoniga muvofiq mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan tartibda;
d) yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “ekonom klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning umumiy yoki platskart vagonlarida — yuqoridagi kichik bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa harbiy xizmatchilar.
Bundan tashqari, oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari, shuningdek, oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
202. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga borishda va harbiy xizmatdan bo‘shatilganda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda oldingi turar joyidan yangisiga temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga egalar. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlari qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
203. Harbiy tashish hujjatlari quyidagi tartib va asoslarga ko‘ra beriladi:
a) harbiy xizmatchilarga respublika hududida va respublika hududidan tashqariga xizmat safariga (o‘qishga) borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga (eri, xotini va farzandlariga) turar joyidan yangi xizmat joyiga yetib borishi uchun;
v) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning bir nafar oila a’zosiga O‘zbekiston Respublikasi hududida bir yilda bir marta asosiy (kanikulyar) va qo‘shimcha ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun;
g) harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga (eri, xotini va farzandlariga) o‘zi tanlagan yashash yoki chaqiruv joyiga borishi uchun;
d) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash joyiga yetib borishi uchun;
e) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarga harbiy xizmatni o‘tash joyiga borish, harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilganida chaqiruv (yashash) joyiga qaytish uchun;
j) muddatli harbiy xizmatchilarga ta’til va xizmat safari joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun;
z) harbiy xizmatga majburlarga harbiy yig‘inni o‘tkazish joyiga borish va ortga qaytishi uchun;
i) harbiy xizmatchilarga davolanish joyiga borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
k) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra harbiy xizmatchini kuzatib boruvchi shaxsga harbiy xizmatchi bilan birga davolanish yoki sanatoriy-kurort muassasasi, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda tanlangan yashash joyiga kuzatib borish va doimiy xizmat joyiga qaytishi uchun;
l) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchini dafn etish joyiga yetkazishda uning jasadi solingan tobutning transport vositasidagi joyi uchun;
m) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining jasadi solingan tobutni dafn etish joyigacha kuzatib borish (tashish) va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun harbiy qism komandiri yoki garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlangan to‘rt nafar shaxsga;
n) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchini respublika hududidagi dafn etish joyiga borishi va ortga qaytishi uchun uning oila a’zolariga;
o) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining respublika hududidagi dafn etilgan joyiga ziyorat uchun borishi va ortga qaytishi uchun uning oila a’zolariga (yilda bir marta);
p) harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallar uchun harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga (ko‘rsatib o‘tilgan ofitser va generallar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lganda ularning oila a’zolariga ham)borish va ortga qaytishga (yiliga bir marta);
r) Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi harbiy uchuvchi-ko‘tariluvchi tarkib harbiy xizmatchilarining oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida yiliga bir marta asosiy (kanikulyar) ta’tilni va qo‘shimcha ta’tillarni o‘tkazish joyiga (harbiy xizmatchining bildirgisiga asosan oila a’zolari bilan birgalikda yoki alohida) borish va doimiy xizmat joyiga qaytish uchun.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan toifadagi harbiy xizmatchilarga havo, temir yo‘l va avtomobil (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) transportida yurishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, harbiy tashish hujjatlari bo‘yicha chiptalarni oldindan rasmiylashtirish uchun komission yig‘imlar va choyshab puli qonunchilik hujjatlariga muvofiq harbiy xizmatchilar va bo‘linmalarni saqlash manbalaridan kelib chiqqan holda vazirliklarga har yili ajratiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(203-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
204. Harbiy xizmatchining oila a’zolari harbiy xizmatchining halok bo‘lganligi (vafoti etganligi) munosabati bilan tanlangan yashash joyiga ko‘chib borishda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga ega. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlar qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
205. Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan, harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash vaqtida vafot etgan yoki tinchlik davrida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallik natijasida vafot etgan harbiy xizmatchilarni, fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, kontrakt muddatining tugagani yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng vafot etgan fuqarolarni dafn etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
206. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitserlar tarkibi harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga borish va qaytishda (yiliga bir marta) temir yo‘l, havo va avtomobil (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) transportidan bepul foydalanish huquqiga ega. Ko‘rsatib o‘tilgan ofitserlar tarkibi harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan taqdirda ularning oila a’zolari ham transportdan foydalanishda shunday huquqqa egadir.
(206-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
207. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi joriy yilgi navbatdagi ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va ortga qaytishda harbiy tashish hujjatlaridan foydalanmagan bo‘lsa, keyingi yildagi navbatdagi ta’tilni berish vaqtida ushbu harbiy tashish hujjatlari uning yana ikki nafar oila a’zolariga (ota-onasi, eri, xotini va farzandlariga) qo‘shimcha ravishda rasmiylashtirib beriladi.
(207-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
208. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab bepul yuborish huquqiga egadirlar.
(208-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
209. Favqulodda holat va favqulodda vaziyat sharoitlarida hamda jangovar harakatlar olib borilayotgan davrda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining oila a’zolariga (ota-onasi, eri, xotini, farzandlari va qaramog‘idagi shaxslarga) urush davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
(209-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
210. Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul borish va qaytish;
(210-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy ravishda sug‘urtalanadi.
211. Fuqarolarning haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning umumiy ish staji va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
212. Harbiy xizmatchilar quyidagilarga haqli emas:
harbiy qismning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek, davlatning boshqa mulkini harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatish;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq chiqishlar (ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bundan mustasno) va nutqlar uchun gonorar olish;
jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan xorijiy xizmat safarlariga borish, xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki davlat hokimiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli davlat hokimiyati organlari yoki xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuvlari asosida amalga oshiriladigan xizmat safarlari bundan mustasno;
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta harbiy qismda (aynan bitta boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasi) birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, bundan farzand tug‘ilishi, nikoh, to‘y va dafn marosimlari mustasno;
harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirishga, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno.
Mazkur nizomda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi.
(212-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
213. Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari va yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibda intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy va moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
8-bob. Harbiy unvonlar
1-§. Harbiy unvon turlari
214. Harbiy unvon:
a) harbiy xizmatchining xizmatdagi va huquqiy mavqeyini, xizmat burchi bo‘yicha unga yuklatilgan mas’uliyat darajasini belgilaydi hamda uning kasbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy burchni bajarish ko‘rsatkichi, shaxsiy tarkib tomonidan harbiy xizmatni o‘tash va kadrlarni joylashtirishni samarali tashkillashtirishning muhim sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) harbiy yoki maxsus tayyorgarligi, xizmat yillari, qo‘shin turiga mansubligi, shuningdek harbiy xizmat tajribasiga mos ravishda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilariga shaxsan beriladi;
(214-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
v) harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda mavqening katta-kichikligini belgilaydi.
215. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonun bilan harbiy xizmatchilarning (harbiy xizmatga majburlarning) quyidagi tarkiblari va ularga tegishli harbiy unvonlar joriy etilgan:

Harbiy xizmatchilar tarkibi

Harbiy unvonlar

qo‘shin unvonlari

kema tarkibidagi unvonlar

Oddiy askarlar tarkibi

oddiy askar

matros

Serjantlar tarkibi

kichik serjant

III darajali serjant

II darajali serjant

I darajali serjant

katta serjant

starshina

III darajali starshina

II darajali starshina

I darajali starshina

bosh starshina

Kichik ofitserlar tarkibi

leytenant

katta leytenant

kapitan

leytenant

katta leytenant

kapitan-leytenant

Katta ofitserlar tarkibi

mayor

podpolkovnik

polkovnik

III rang kapitani

II rang kapitani

I rang kapitani

Generallar tarkibi

general-mayor

general-leytenant

general-polkovnik

armiya generali

216. Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisob ixtisosligi bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga mos ravishda “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.
217. Rezerv, zaxira yoki iste’fodagi shaxslarning harbiy unvoniga mos ravishda “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
218. Harbiy unvon boshlang‘ich yoki navbatdagi bo‘lishi mumkin.
2-§. Boshlang‘ich harbiy unvonni berish tartibi
219. Harbiy unvonlarni berish uchun taqdimnomalar, boshqa hujjat va buyruqlarning shakl va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi (generallar tarkibi bundan mustasno) vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Navbatdagi harbiy unvonning berilishini asossiz ravishda kechiktirgan komandirlar (boshliqlar) belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
220. Quyidagilar boshlang‘ich harbiy unvonlar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) boshqa harbiy unvoni bo‘lmagan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun — “oddiy askar (matros)”;
(220-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
b) serjantlar tarkibi uchun — “kichik serjant (starshina)”;
v) ofitserlar tarkibi uchun — “leytenant”;
g) generallar tarkibi uchun — “general-mayor”.
221. “Oddiy askar (matros)” harbiy unvoni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish vaqtida harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga beriladi.
222. “Kichik serjant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) vazirliklar tasarrufidagi (yoki xorijiy) ta’lim muassasalarining (o‘quv bo‘linmalarining) tegishli ta’lim olish dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
(222-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishni talab qilmaydigan serjantlar tarkibi lavozimlaridagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
(222-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
v) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlariga — o‘qishdagi yuqori natijalar va namunali harbiy intizom uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
g) intizomiy rag‘batlantirish tartibida.
(222-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
223. “Leytenant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) harbiy xizmatchilarga — O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasasini tamomlab tegishli harbiy ixtisoslikni olgandan so‘ng;
(223-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) oliy harbiy ta’lim muassasalarida tayyorlanmaydigan, tegishli harbiy-hisob mutaxassislikka yaqin oliy fuqarolik ma’lumotga ega bo‘lgan hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilingan fuqarolar — ofitserlar tarkibining lavozimiga tayinlanganidan so‘ng;
(223-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitserlar tarkibi lavozimiga tayinlangan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — vazirliklar qoshidagi tegishli dasturlar bo‘yicha ofitserlarni tayyorlash kurslarini tamomlaganidan so‘ng;
(223-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida tahsil olgan, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatning to‘liq kursini muvaffaqiyatli yakunlagan ilgari haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan fuqarolarga (zaxiradagi leytenant);
(223-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) tegishli harbiy hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi ofitserlar tarkibini tayyorlash kurslarini tamomlagach hamda o‘quv dasturi bo‘yicha belgilangan imtihonlarni topshirgandan so‘ng.
(223-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
3-§. Navbatdagi harbiy unvonni berish tartibi
224. Navbatdagi harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon ular egallab turgan shtat lavozimi bo‘yicha ko‘zda tutilgan harbiy unvonga mos bo‘lsa va harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddati tugagandan keyin beriladi.
Yuqori turuvchi vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb) yuklatilgan harbiy xizmatchilarga harbiy unvonlar avval egallab turgan lavozimiga muvofiq beriladi.
225. Harbiy xizmatchini navbatdagi harbiy unvonni berishga taqdim qilishda uning shaxsiy, kasbiy, ishchanlik, ma’naviy-ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi, u mas’ul bo‘lgan uchastkadagi ishlar holati hisobga olinadi.
226. Harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:
“oddiy askar” harbiy unvonida — belgilanmagan;
“kichik serjant” harbiy unvonida — ikki yil;
“III darajali serjant” harbiy unvonida — uch yil;
“II darajali serjant” harbiy unvonida — to‘rt yil;
“I darajali serjant” harbiy unvonida — besh yil;
“katta serjant” harbiy unvonida – belgilanmagan;
“leytenant” harbiy unvonida — ikki yil (o‘qish davomiyligi besh yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun — bir yil);
Oldingi tahrirga qarang.
“katta leytenant” harbiy unvonida — uch yil;
(226-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-avgust dagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“kapitan” harbiy unvonida — to‘rt yil;
(226-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-avgust dagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“mayor” harbiy unvonida — besh yil;
(226-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-avgust dagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“podpolkovnik” harbiy unvonida — olti yil.
(226-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-avgust dagi PQ-296-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son)
227. “Polkovnik” va undan yuqori bo‘lgan harbiy unvonlarda xizmat muddati belgilanmaydi.
228. Harbiy xizmatchilarning berilgan harbiy unvondagi xizmat muddati harbiy unvon berilgan (shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarilgan) kundan boshlab hisoblanadi.
229. Harbiy unvon berilgan xizmat muddatiga harbiy xizmatda bo‘lishning butun vaqti qo‘shiladi. Ko‘rsatilgan muddatga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
a) harbiy xizmatchi asossiz tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan, harbiy xizmatdan noqonuniy bo‘shatilgan va keyinchalik harbiy xizmatga tiklangan hollarda harbiy xizmatdagi uzilish vaqti;
b) Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida) bo‘lgan davri.
Oldingi tahrirga qarang.
230. Berilgan harbiy unvonda xizmatning belgilangan kamida ikki muddatini o‘tagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga xizmat yuzasidan ijobiy tavsiflar berilgan va uning harbiy-hisob ixtisosligi bo‘yicha vakant lavozim yo‘qligi sababli uni yuqori turuvchi lavozimga tayinlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shtatga ko‘ra unga o‘zi egallab turgan harbiy lavozim uchun ko‘zda tutilgan harbiy unvondan bir pog‘ona yuqori harbiy unvon quyidagi tartibda beriladi:
ofitserlar tarkibiga “podpolkovnik” va ungacha bo‘lgan harbiy unvonlar — vazirliklar rahbarining qaroriga binoan;
serjantlar tarkibiga “katta serjant” va ungacha bo‘lgan harbiy unvonlar — vazirliklar miqyosida harbiy unvon berish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning qaroriga binoan.
Jangovar harakatlarda yoki terroristik tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarish vaqtida halok bo‘lgan yoki yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarda qatnashish davrida olingan shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlarining qaroriga binoan, ushbu Nizomning 224-bandida nazarda tutilgan talablardan qat’i nazar, navbatdagi harbiy unvon berilishi mumkin.
(230-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
231. “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “1 darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlari oldingi harbiy unvonda belgilangan xizmat muddatini o‘tagan, komandirlik va harbiy ish mutaxassisi, bo‘ysunuvdagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, shtat toifasiga ko‘ra tegishli harbiy unvonni berish mumkin bo‘lgan lavozimni egallagan harbiy xizmatchilarga vazirliklar tasarrufidagi (yoki xorijiy) ta’lim muassasalarining (o‘quv bo‘linmalarining) mutaxassislarni tayyorlash kurslarini, agarda bunday kurslarda tegishli mutaxassislarni tayyorlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlaganidan keyin beriladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
232. Navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistrlik o‘quv dasturini, xorijiy davlatlarning harbiy akademiyalarini yoki magistrlik o‘quv dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonlarga (tegishli yo‘nalish bo‘yicha), shuningdek, chuqur kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitserlarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni hamda harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni beriladi.
Mazkur Nizomning 226-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan bir yillik harbiy unvonda bo‘lish muddatini to‘g‘ri qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tarkibidagi institutlarning bakalavriat bosqichida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan va o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mazkur oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davri ushbu universitet va uning tarkibidagi institutlardagi o‘qishga tenglashtiriladi.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
233. Oliy harbiy ta’lim muassasasidagi kurslarda o‘qiyotgan ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon egallab turgan lavozimidagi shtat toifasini hisobga olgan holda ofitserni o‘qishga yuborgan komandirlarning (boshliqlarning) taqdimnomasiga asosan harbiy unvondagi xizmat muddati tugagandan so‘ng beriladi.
234. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlar harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlarni berishga vazirliklar kadr organlarining boshliqlari tomonidan taqdim qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
235. Xizmat va harbiy burchini bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkin. Bunda ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarini muddatidan oldin berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(235-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
236. Istisnoli holatlarda serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning harbiy unvonini bir pog‘onaga tushirish intizomiy jazo chorasi sifatida yoki attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra ushbu harbiy unvonni berish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
237. Harbiy burchni ado etishdagi jiddiy xatoliklar, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilgani, favqulodda vaziyatlarda qonunlar va Umumharbiy nizomlari bilan zimmasiga yuklangan talab va majburiyatlarni bajarmaganligi uchun generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan harbiy unvonlaridan pastlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy unvonda bir pog‘ona pastlatilgan harbiy xizmatchilar harbiy unvonda pastlatilgandan kamida bir yil o‘tgach, ijobiy tavsifnoma bo‘lgan taqdirda, tegishli komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasiga asosan harbiy unvonda pastlatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan boshliqlar, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi boshliqlarning buyruqlari bilan oldingi harbiy unvonda qayta tiklanishlari mumkin.
(237-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Harbiy xizmatchini oldingi harbiy unvoniga tiklamay va navbatdagi harbiy unvon berilmay turib uni ikkinchi marta harbiy unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Harbiy unvoni pasaytirilgandagi xizmat muddati harbiy unvoni qayta tiklangandagi xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
238. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilishda uning maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin.
(238-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Harbiy unvonda xizmat qilish muddatiga (martaba darajasidagi ish stajiga) maxsus unvonda xizmat qilish muddati ham qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega, harbiy xizmatga kirish paytida mavjud maxsus unvonga (martaba darajalariga) mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga maxsus unvonda xizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisoblanishi mumkin.
(238-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi bilan generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan, harbiy yoki maxsus unvoni bo‘lmagan shaxslarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “polkovnik” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida holatlarda ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha yuqori professional tayyorgarlikka, ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan va ofitserlar tarkibi lavozimlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilingan fuqarolarga “mayor” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.
(238-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:
fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) — “kapitan”;
fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) — “mayor”;
professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga (DSc) — “podpolkovnik”.
(238-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
4-§. Mansabdor shaxslarning harbiy unvonlar berish bo‘yicha huquqlari
239. Harbiy xizmatchilarga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “oddiy askar” harbiy unvoni — harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga, ular:
muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi oylik harbiy yig‘inlarini o‘tashga chaqirilganda — harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish vaqtida — vakolatli mansabdor shaxslarning buyrug‘i bilan;
(239-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
b) serjantlar tarkibining harbiy unvonlari — shunday vakolatlar berilgan mansabdor shaxslar tomonidan;
v) kichik va katta ofitserlar tarkiblarining harbiy unvonlari — vazirlik rahbari va shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
g) “polkovnik” harbiy unvoni — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlarining buyruqlari bilan beriladi.
(239-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
Harbiy unvon berish bo‘yicha mansabdor shaxslarning vakolatlari vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Generallar tarkibining harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
240. Yuqori turuvchi mansabdor shaxs quyi turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) harbiy unvonlar berish bo‘yicha berilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
5-§. Harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish va fuqarolarni harbiy unvonda tiklash tartibi
241. Ofitserlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan mahrum etish faqatgina ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlanganida sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
242. Serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirlik rahbarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
243. Ofitserlar yoki serjantlar tarkibining harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqarolar oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hisoblanadi hamda oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha (zaxiradagi, rezervdagi) harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
244. Noqonuniy sudlanganligi sababli harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqaro, uning oqlanganligi yoki noqonuniy hukm bekor qilingani to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda harbiy unvondan mahrum etilgan kundan boshlab avvalgi harbiy unvoniga qayta tiklanadi.
Fuqaroni oldingi harbiy unvoniga tiklash uchun asoslar mavjud bo‘lganda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarish uchun uni harbiy unvondan mahrum etgan vazirlikka yuboradi.
Bunday holatda fuqaroni harbiy unvonda tiklash uni harbiy unvondan mahrum qilgan vazirlik rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.
245. Harbiy unvonda tiklangan fuqaro tiklangan harbiy unvoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
9-bob. Ta’tillar
1-§. Ta’til turlari
246. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarga quyidagi ta’tillar beriladi:
a) navbatdagi;
b) kasalligi tufayli;
v) kanikulyar;
g) oliy harbiy ta’lim muassasalarini bitirish munosabati bilan;
d) qo‘shimcha;
e) homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bola parvarishlash munosabati bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
j) qisqa muddatli (muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun).
(246-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.
2-§. Navbatdagi ta’tilni berish tartibi
247. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tilni berish ularning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy va axloqiy-ruhiy kuchini tiklash hamda har tomonlama dam olishining muhim va zarur omili sifatida qaraladi.
248. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til har yili ta’tillar rejasiga muvofiq harbiy qism komandiri (boshlig‘i)ning buyrug‘iga asosan beriladi.
249. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga har yili muddati o‘ttiz sutkaga teng navbatdagi ta’til berilib, bunda pul ta’minoti saqlanadi hamda ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur, biroq uch kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt beriladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta’tiliga qo‘shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko‘ra:
o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh sutkalik;
o‘n besh yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n sutkalik;
yigirma yillik va undan ko‘p harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh sutkalik qo‘shimcha ta’til beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha ta’tilning muddatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, sud, prokuratura va adliya organlaridagi xizmat ham harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
(249-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
Oldingi tahrirga qarang.
250. Kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatga kirgan yilda navbatdagi ta’tilning davomiyligi kontrakt kuchga kirgan kundan boshlab yilning oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ta’tilning ikki yarim sutkasi hisobida ta’til muddatini to‘liq bir kungacha yetkazish tomoniga yaxlitlash yo‘li bilan hisoblanadi. Muddati o‘n sutkadan kam bo‘lgan ta’til harbiy xizmatchining xohishiga ko‘ra keyingi yili navbatdagi ta’til bilan birga qo‘shib berilishi mumkin.
(250-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
251. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holati yoki kontrakt muddatining tugagani sababli kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan yili harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til taqdim qilinmaydi va foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasin Mehnat kodeksiing 406-moddasi.
Boshqa asoslarga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda navbatdagi ta’tildan foydalanmagan harbiy xizmatchilarga foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.
252. Uzrli sabablarsiz, biroq ko‘pi bilan o‘n sutka muddat davomida xizmatda bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til kelmagan kunlari soniga qisqartiriladi. Ta’tilni qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni ta’til berish huquqiga ega bo‘lgan komandir (boshliq) harbiy qism bo‘yicha buyruq chiqarish orqali qabul qiladi.
253. Navbatdagi ta’til muddatini uzaytirish uchun asoslar bo‘lgan hollarda, ta’til muddati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tegishli ta’til sutkalariga uzaytiriladi.
254. Muddatli harbiy xizmatni tugatib (haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shamasdan turib) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy qism komandiri tomonidan, ish va lavozimni qabul qilib olgandan so‘ng umumiy asoslarda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
255. Harbiy xizmatchilarga oliy harbiy ta’lim muassasalarini tugatish munosabati bilan beriladigan ta’tillar ular xizmatni o‘tash joylariga kelmasdan turib beriladi. Davomiyligi o‘ttiz sutkadan kam bo‘lmagan ushbu ta’tillar joriy yilning navbatdagi ta’tili sifatida hisobga olinadi.
(255-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
256. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tillar ulardan foydalanish davrlarining almashinib turish zaruriyatini, shuningdek harbiy qism jangovar shayligini ta’minlashni hisobga olgan holda va ta’tillar rejasiga muvofiq yilning istalgan vaqtida beriladi.
257. O‘qishga yuborishga, xizmat muddati belgilangan joylarga almashishga nomzod sifatida tasdiqlangan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til u yerga ketgunga qadar ta’tildan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga esa o‘quv yili tugagandan so‘ng beriladi.
258. Komandirlarning (boshliqlarning) ta’tillarni berish huquqi, shuningdek ta’tillarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Vazirliklar rahbarlariga ta’tillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq beriladi.
259. Navbatdagi ta’til quyidagi toifadagi harbiy xizmatchilarga ularning xohishi bo‘yicha qulay vaqtda beriladi:
a) jangovar harakatlar ishtirokchisi;
b) nogironligi bo‘lgan farzandi bor harbiy xizmatchilarga;
v) o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz harbiy xizmatchilarga;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega boshqa harbiy xizmatchilarga.
Harbiy xizmatchining iltimosiga ko‘ra va komandirning (boshliqning) roziligi bilan harbiy xizmatchiga navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar ketma-ket, ular o‘rtasidagi uzilishlarsiz berilishi mumkin.
260. Xotini homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy xizmatchilarning xohishini hisobga olgan holda ta’tillarni berish huquqiga ega bo‘lgan komandirning (boshliqning) qaroriga ko‘ra beriladi.
261. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining kasalligi tufayli yoki boshqa istisno holatlar sababli o‘tgan yil uchun navbatdagi ta’til berilmagan bo‘lsa, ushbu ta’til kelgusi yilning birinchi choragida beriladi.
262. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan er-xotin harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til ularning xohishiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida beriladi.
263. Navbatdagi yoki qo‘shimcha ta’til vaqtida kasal bo‘lib qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ta’til ular tuzalganlaridan so‘ng foydalanilmagan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi. Bu holda ta’tilni uzaytirish davolovchi shifokor va davolash muassasasining boshlig‘i (bosh shifokor) tomonidan tasdiqlangan tegishli ma’lumotnomaga asosan ta’tilni bergan komandir (boshliq) tomonidan amalga oshiriladi.
264. Ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchi yaqin qarindoshlarining (xotini, eri, ota-onasi, farzandlari, tug‘ishgan aka-ukalari, opa-singillari, erining yoki xotinining ota-onasi, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) sog‘lig‘i holati yomonlashganligi yoki vafot etganligi, shuningdek harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshi yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatga duchor bo‘lgan holatlarda harbiy xizmatchi ta’tilda bo‘lgan hudud mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i unga xizmat joyiga borish uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga oilaviy ahvolga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan ta’til berish huquqiga ega. Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i berilgan ta’til to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan harbiy xizmatchi harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qism komandiriga zudlik bilan xabar beradi. Bunda ta’til unga oilaviy ahvoliga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan berilgan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi.
3-§. Kasalligi tufayli ta’til berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
265. Kasalligi tufayli ta’til muddati kasallikning xususiyatiga qarab belgilanadi. Tinchlik davrida davolash muassasalarida uzluksiz davolanish va kasalligi tufayli ta’tilda bo‘lishning muddati hammasi bo‘lib to‘rt oydan oshmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan alohida kasalliklar bo‘yicha uzoqroq muddat davolanishda bo‘lish hollari bundan mustasno. Bu muddat davolash muassasasi harbiy-tibbiy komissiyasining tibbiy xulosasiga asosan vazirliklar rahbarlari yoki ularning birinchi o‘rinbosari qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Uzluksiz davolanishda va kasalligi tufayli ta’tilda bo‘lishning belgilangan muddati tugashi bilan harbiy xizmatchilar ularning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tishi lozim.
(265-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
266. Kasalligi tufayli ta’til navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi.
267. Jangovar harakatlarda qatnashish, terrorchi tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajarish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish vaqtida jarohatlangan (yarador bo‘lgan, travma olgan, kontuziya bo‘lgan) harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rik statsionar davolanishning muddatidan qat’i nazar, u tugagandan so‘ng o‘tkaziladi.
4-§. Kanikulyar ta’tillar berish tartibi
268. Kanikulyar ta’tillar oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv semestrlari tugagandan so‘ng quyidagi muddatlarga beriladi:
a) yozgi kanikulyar ta’til — o‘ttiz sutka;
b) qishki kanikulyar ta’til — o‘n besh sutka.
Yozgi kanikulyar ta’til asosiy, qishkisi esa qo‘shimcha hisoblanadi.
269. Kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Asosiy kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga (o‘qish yakunlanadigan yili — ta’tilni o‘tkazish va harbiy xizmatni o‘tash joyiga) bepul borish va qaytib kelish huquqi har yili beriladi.
5-§. Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
270. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan bir marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.
(270-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
271. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etilgan harbiy xizmatchilarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni topshirish uchun o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga o‘quv ta’tili beriladi.
Doktoranturaga qabul qilinayotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv ta’tili berilmaydi.
Harbiy xizmatchining kirish imtihonlarini topshirishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ta’lim muassasasi boshlig‘i tomonidan imzolangan xabarnoma o‘quv ta’tili berish uchun asos hisoblanadi.
272. O‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.
273. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga dam olish va bayram kunlaridan tashqari haftada bitta bo‘sh kun beriladi. Beriladigan bo‘sh kunlar harbiy qism komandirining (boshliqning) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarga malakaviy imtihonlarni topshirish uchun xizmat joyidan ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot joylashgan joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda o‘ttiz sutka beriladi.
(273-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
274. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli ravishda birga qo‘shib olib borish sharti bilan, u ilmiy daraja izlanuvchisi bo‘lgan ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan komandir (boshliq) tomonidan vazirlik rahbari belgilagan tartibda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
(274-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
a) fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun olti oygacha;
b) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun uch oygacha.
275. Uchuvchilar tarkibi va ayrim boshqa mutaxassislar orasidan bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning alohida toifalari uchun, ular tomonidan inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi vazifalar (ish, mashqlar) bajarilgandan so‘ng tibbiy reabilitatsiya olib boriladi, ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklarning sanatoriylari, dam olish uylari va bazalarida profilaktik dam olish tashkillashtiriladi.
Bunday sog‘lomlashtirish tadbirlarining zaruriyati tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha harbiy-tibbiy xizmatlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qo‘shimcha sutkalarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
276. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchiga o‘n sutkagacha, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga yig‘inlar davomida uch sutkagacha bo‘lgan muddatga, ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelishga ketadigan vaqtni hisobga olmagan holda, oilaviy sharoiti munosabati bilan ta’til beriladi:
a) yaqin qarindoshi sog‘lig‘i holatining og‘irlashgani yoki vafot etishi (halok bo‘lishi);
b) harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshining boshiga tushgan yong‘in yoxud boshqa tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) harbiy xizmatchi oilasining yonida bo‘lishi zarur bo‘lgan boshqa alohida holatlarda — harbiy qism komandirining qarori bilan.
(276-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Bunday ta’til berilishiga sabab bo‘lgan sharoitlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
277. Jangovar harakatlarda qatnashgan, qurollangan noqonuniy tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajargan, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 219-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
278. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga rag‘batlantirish tariqasida ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun zarur vaqtni hisobga olmagan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga bitta ta’til berilishi mumkin.
(278-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
279. Qo‘shimcha ta’tillar navbatdagi ta’tillar hisobiga qo‘shilmaydi.
6-§. Homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarishlash uchun ta’tillar berish tartibi
280. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish, bolani parvarishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’til beriladi. Bunda ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
281. Bola (bolalarni) asrab olgan ayol harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 406-moddasi.
282. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pul ta’minoti saqlangan holda, bolani parvarishlash ta’tili esa pul ta’minoti saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda beriladi. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili ularning bildirgisi va tegishli tibbiy muassasalarning ma’lumotnomalariga asosan beriladi. Ayol harbiy xizmatchilar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Qonunchilikda belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash ta’tili erkak harbiy xizmatchilarga ham berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
283. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga xizmat yillari uchun foizli ustama haq to‘lash, uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lash, shuningdek iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan joylarda xizmat qilganini hisobga olgan holda pensiyani hisoblash uchun xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Ayol harbiy xizmatchilarning farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun jami olti yildan ko‘p bo‘lmagan ta’tilda bo‘lish vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga xizmat yillari uchun foizli ustama haq to‘lash, shuningdek ik/1im sharoiti og‘ir bo‘lgan joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblash uchun xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda ularga uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lash uchun xizmat muddati qo‘shib hisoblanmaydi.
(283-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
284. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol harbiy xizmatchilarga ularning xohishiga ko‘ra joriy yil uchun navbatdagi ta’til beriladi.
285. Bolani parvarishlash uchun ta’til tugaydigan yildagi navbatdagi ta’til kalendar yilning oxirigacha bu ta’til tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ikki yarim kun hisobida hisoblanadi va ushbu Nizomning 250-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi.
286. Ayol harbiy xizmatchilar kasal bolani parvarishlash uchun tibbiy muassasaning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan butun davr uchun maoshi saqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
287. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan erkak harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘i tug‘ruq vaqtida vafot etgan taqdirda, shuningdek agar u o‘n to‘rt yoshgacha (nogironligi bo‘lgan bolani o‘n olti yoshgacha) bo‘lgan bir yoki bir nechta bolalarni onasisiz (u vafot etgan yoki halok bo‘lgan, onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat davolash muassasasida bo‘lgan va bolalarga onalik parvarishi berilmagan boshqa holatlarda) tarbiyalayotgan bo‘lsa, uning iltimosiga ko‘ra uch oygacha muddatga bir marta qo‘shimcha ta’til beriladi.
7-§. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tartibi
288. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olishga faqatgina favqulodda xizmat zarurati yuzaga kelgan holatda vazirlik rahbarining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
289. Harbiy xizmatchi ta’tildan chaqirib olinganda uning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi.
10-bob. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish
290. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan taqdirda esa iste’foga bo‘shatiladi.
Rezervda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
291. Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lishining belgilangan yosh chegarasiga yetganda, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugashi bilan yoki uzaytirilgan xizmat muddati mobaynida harbiy xizmatchi harbiy xizmatni davom ettirishni istamaganda;
(291-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
b) muddatli harbiy xizmatning muddati tugashi bilan — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddati tugashi bilan (bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda);
Oldingi tahrirga qarang.
b1) muddatli harbiy xizmatning muddati tugamay turib — oilaviy sharoitiga ko‘ra;
(291-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
v) kontrakt muddati tugashi bilan — bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda, agar amaldagi kontraktning tugash vaqtida harbiy xizmatchi yoki vazirlik tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
g) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanishning imkoni va uni bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;
d) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan;
e) tomonlardan birining (harbiy xizmatchi yoki vazirlik) tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
j) intizomsizligi sababli kursantlar oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan, bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;
z) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
i) davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomadan mahrum qilingan taqdirda;
(291-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
k) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
l) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
m) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etmaganda.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qaroriga asosan “m” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda vazirliklar, ularning tegishli boshqaruv organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari jangovar shaylikning yuqori darajalarida alohida rejimda xizmat faoliyatini amalga oshirishi davrida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi, mazkur bandning “d”, “i”, “k” va “l” kichik bandlariga asosan rezervga (iste’foga) bo‘shatish bundan mustasno.
(291-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son )
Oldingi tahrirga qarang.
292. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga nisbatan aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan, ozodlikdan (harbiy unvondan) mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini yoki jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoxud uning aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilgan yoki yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan bo‘lsa, uni harbiy xizmatda qoldirish yoki qoldirmaslik to‘g‘risidagi masala attestatsiya komissiyasining qarorini ko‘rib chiqqan holda, haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan hal qilinadi.
Ko‘rsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, dastlabki tergov yoki surishtiruv organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
Jinoyat sodir etganlik vaqtidan qat’i nazar, harbiy xizmatni o‘tash davrida jinoiy javobgarlikka tortilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining buyrug‘i bilan muddatli harbiy xizmatni o‘tashdan ozod etiladi va belgilangan tartibda harbiy ro‘yxatga qo‘yish uchun mudofaa ishlari organlariga yuboriladi, sud tomonidan intizomiy qismga jo‘natish jazosi tayinlangan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari bundan mustasno.
(292-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
293. Sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosini olgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan asoslarda hukmda belgilangan jazo muddati tugagunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday holatda komandir (boshliq) jazo muddatining qolgan qismini boshqa jazoga almashtirish yoxud jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun sudga materiallarni taqdim etadi.
294. Agar sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlangan harbiy xizmatchiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirguniga yoxud komandirning (boshliqning) hukm ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqquniga qadar jazoni o‘tashdan ozod etilgan holda amnistiya akti qo‘llanilgan bo‘lsa, harbiy xizmatchini bo‘shatish masalasi attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda qo‘mondonlik tomonidan hal etiladi.
295. Harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan davrda, agar bo‘shatishning sabablari jinoiy ta’qib bilan bog‘liq bo‘lmasa, u qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin.
296. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklar rahbarlari, shuningdek vazirliklar rahbarlari tayinlagan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
297. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar bu huquqdan faqat o‘zining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarga nisbatan foydalanishlari mumkin.
298. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchida harbiy xizmatdan bo‘shash uchun bir necha asoslar bo‘lsa (yosh bo‘yicha, kontrakt muddati tugashi bilan, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi, harbiy xizmatchining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan), u o‘zi tanlagan asosda xizmatdan bo‘shashi mumkin.
299. Huquqlarini buzmagan holda xizmatdan bo‘shatish imkoniyatini obyektiv istisno qiluvchi sharoitlarda (tibbiy muassasada statsionar davolanish, homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarishlash ta’tilida, asirlikda, garovga olingan holatda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa vaziyatlarda bo‘lish) bo‘lgan harbiy xizmatchilar mazkur holatlar bartaraf etilmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas.
300. Sud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ayblanuvchi yoki sudlanuvchi harbiy xizmatchini lavozimidan chetlatish huquqiga ega.
Sudning qaroriga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bo‘shatilmasa, ushbu muddat davomida tegishli komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkaziladi.
301. Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
302. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim qilishdan oldin u tomonidan harbiy xizmatni o‘talgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi, zarur hollarda kalendar hisobida va alohida imtiyozli sharoitlardagi xizmat muddatiga kiritilishi uchun uning xizmat davrlari hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchiga u bo‘shatilgunga qadar hisoblab chiqilgan xizmat muddati to‘g‘risida ma’lum qilinadi. Xizmat muddatini hisoblash bo‘yicha harbiy xizmatchining e’tirozlari komandir (boshliq) tomonidan ko‘rib chiqiladi va harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etilgunga qadar u bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
303. Harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va shu sababli bo‘shatilgan harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarish harbiy qism tomonidan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq olingan kundan boshlab bir oydan (oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini — uch kundan) kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(303-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
304. Oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) o‘tashdan bosh tortgan, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi (xodim) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini davlatga qoplab beradi.
(304-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/327/1008-son)
Oldingi tahrirga qarang.
305. Harbiy qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan, shuningdek uzrli sabablarsiz uch sutkadan ko‘p vaqt davomida xizmatga kelmagan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — o‘n sutka va undan ortiq vaqt davomida) barcha ta’minot turlaridan chiqariladi, biroq xizmatga kelmaslik sababi aniqlangunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi va harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilmaydi.
(305-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
306. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, biroq belgilangan tartibda ish va lavozimini topshirmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘shatish to‘g‘risida buyruq yoki yozma ravishda xabarnoma olingan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgach shaxsiy tarkib ro‘yxatlaridan chiqariladi. Bunda hisob hujjatlari harbiy hisobga qo‘yish joyiga yuboriladi. Harbiy qismdan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda uni undirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
307. Havo desanti yoki maxsus harbiy qism va bo‘linmalarda xizmatni o‘tab, rezervga yoki iste’foga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlaridagi maxsus hisobga qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi hisobda turgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mudofaa ishlari organlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalariga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
308. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi chaqiruv bo‘yicha belgilangan harbiy xizmat muddati tugamay turib harbiy xizmatdan muddatidan avval bo‘shatilishi mumkin emas, ushbu Nizomning 291, 293 — 295-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar bundan mustasno.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi ushbu Nizomning 291-bandi “b1” kichik bandiga muvofiq yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘limi komissiyasining xulosasiga asosan oilaviy sharoitiga ko‘ra (yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etganda) belgilangan xizmat muddati tugamasdan rezervga bo‘shatilishi mumkin.
Bu hollarda harbiy qism qo‘mondonligining iltimosnomasiga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan asoslantiruvchi hujjatlarga asosan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Bunda, harbiy xizmatchining roziligi bilan u xizmat muddati tugagunga qadar xizmatni o‘tashni davom ettirishi mumkin.
(308-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
309. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan harbiy xizmatchini qonunda ko‘zda tutilgan asosda bo‘shatish oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i yoki ushbu harbiy xizmatchini bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
310. Harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan hamda harbiy xizmatni benuqson o‘tagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi.
Haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchilar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmat qilgani uchun shunday vakolatga ega boshliqlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Ularni bo‘shatish va rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi buyruq harbiy qism komandiri tomonidan tantanali ravishda e’lon qilinadi.
(310-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Fuqaroni haqiqiy harbiy xizmatga qayta tiklash harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish buyruqni chiqargan mansabdor shaxs yoki uning bevosita boshlig‘i tomonidan mustaqil ravishda yoxud sud qarori yoki prokuror protestiga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
312. Nogironligi bo‘lgan farzandlari yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilarni ushbu farzandlari o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar, shuningdek o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(312-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
313. Vafot etgan (halok bo‘lgan) harbiy xizmatchi vafot etgan (halok bo‘lgan) kunning ertasiga, belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan harbiy xizmatchi esa tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunning ertasiga harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqariladi.
314. Sodir etgan jinoyati uchun sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish yoki harbiy unvondan mahrum etish jazosini olgan harbiy xizmatchi sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab tegishli asosga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatiladi.
11-bob. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat
1-§. Qurolli Kuchlar rezervini shakllantirish
315. Qurolli Kuchlar rezervi O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq shakllantiriladi.
Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan, shuningdek boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi.
316. Qurolli Kuchlar rezervi harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan quyidagi fuqarolar orasidan shakllantiriladi:
a) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari;
(316-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar;
g) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tamomlaganlar.
317. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra harbiy xizmatga majburlar Qurolli Kuchlar rezervida bo‘lishining quyidagi yosh chegaralari belgilangan:

Tarkib

1-daraja rezervi

2-daraja rezervi

Oddiy askarlar va serjantlar

35 yoshgacha

45 yoshgacha

Kichik ofitserlar

40 yoshgacha

50 yoshgacha

Katta ofitserlar

50 yoshgacha

55 yoshgacha

Generallar

55 yoshgacha

60 yoshgacha

318. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan salomatligiga ko‘ra urush davrida harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy hisobdan chiqariladi va iste’foga chiqariladi.
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.
319. Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi toifadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi.
Birinchi toifali rezervning birinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar eng yaxshi tayyorlangan rezervchilar bilan butlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular Qurolli Kuchlarning ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalari hisobiga o‘tkaziladi hamda ularning jangovar tayyorgarligi ushbu tarkibda olib boriladi va jangda qo‘llash rejalashtiriladi.
Birinchi toifali rezervning ikkinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga kiritilmagan rezervchilar orasidan butlanadi va zarurat tug‘ilganda birinchi toifali rezervning birinchi navbatini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Birinchi toifali rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga o‘tkaziladi.
Birinchi toifali rezerv bilan butlangan bo‘linma, harbiy qism va qo‘shilmalarning eng muhim vazifasi Qurolli Kuchlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirish hollarida hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda jangovar qo‘llanishga doimiy shay turishdir.
320. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervdan foydalanish har bir muayyan holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Birinchi toifali rezerv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga binoan tegishli vazirliklar rahbarlari tomonidan qo‘yilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Maxsus vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervni chaqirish mazkur Nizomning tegishli bo‘limlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
321. Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar orasidan butlanadi. Ikkinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasiga qadar butlash uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda — urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan.
Zarur hollarda Qurolli Kuchlarning front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma, harbiy qism va jangovar ta’minot bo‘linmalari hisobiga o‘tkazilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan urush davri shtatlari darajasiga qadar butlashga yo‘l qo‘yiladi.
322. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan rezervchilarni saralab olish harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlarining buyruqlari bilan tuziladigan saralash komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Saralash komissiyalari tarkibiga harbiy okruglar shtablari, butlanayotgan bo‘lgan qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalar qo‘mondonligi, mudofaa ishlari organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari, shuningdek tegishli turdagi qo‘shin va xizmatlar mutaxassislari kiradi.
323. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun rezervchilarni saralash, qoidaga ko‘ra, harbiy xizmatga majburlarning harbiy-hisob ixtisosligi, oilaviy ahvoli, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasi, intellektual va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hududiy prinsip asosida yakka tartibda amalga oshiriladi.
324. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar butlash, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun zarur bo‘lgan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolgan taqdirda rezervga oliy ta’lim muassasalarining tegishli harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini o‘tgan, eng ko‘p tayyorgarlikka ega zaxiradagi ofitserlar tanlab olinishi mumkin. Saralashdan o‘tgach, ushbu toifadagi shaxslar rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash bo‘yicha harbiy yig‘inlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilganda ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning rezerviga kiritiladi yoki yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlariga ro‘yxatga olish uchun yuboriladi.
(324-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
2-§. Qurolli Kuchlar rezervini tayyorlash
325. Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mazmuni ular ro‘yxatga olingan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik bo‘yicha individual bilim, malaka va mahoratlarni oshirish, harakatlar taktikasini puxta o‘rganishdan iborat.
326. Rezervchilarni tayyorlash, qoidaga ko‘ra, hududiy prinsip bo‘yicha harbiy qismlar, o‘quv markazlari qoshida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quvlari va mashqlarini o‘tkazish davomida amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili tasdiqlanadigan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi asosida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy yig‘inlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirmaga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi joriy yilning 1-avgustiga qadar tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan takliflar asosida har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tuziladi.
327. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hisobida turuvchi rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish tartibi ushbu idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi.
328. Rejimli harbiy qismlardagi harbiy yig‘inlarda qatnashish, shuningdek batalyon (divizion) komandiri o‘rinbosaridan tortib ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi lavozimlarga tayyorlash uchun nomzod sifatida tanlab olingan rezerv ofitserlari vazirliklarning vakillari bilan kelishilgan holda mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining ruxsatnomasi talab etiladigan rejimli va boshqa harbiy qism, muassasa va harbiy ta’lim muassasalaridagi harbiy yig‘inlarga yuboriladigan rezervdagi barcha harbiy xizmatga majburlar o‘rnatilgan tartibda nazorat organlari bilan kelishib olinadi.
Kelishib olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda harbiy guvohnomalar va rezervdagi (zaxiradagi) ofitserlarning guvohnomalari, rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa harbiy-hisob hujjatlariga kiritilib, ularning harbiy yig‘inlarda o‘ta maxfiy va maxfiy ishlar, texnika va hujjatlar bilan ishlashiga ruxsat berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
329. Harbiy yig‘inlarga chaqirish uchun nomzod etib tanlab olingan rezervdagi harbiy xizmatga majburlar hisob ma’lumotlarini tekshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida ular oldindan xabardor qilinib, harbiy yig‘inlarda qatnashish uchun yetib borish vaqti va ularning davomiyligi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi chaqiruv qog‘ozi taqdim etiladi. Tashkilot rahbarining nomiga yuboriladigan bildiruv xatida rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy yig‘inlarda bo‘lish vaqti yig‘inlarda qatnashish, harbiy qismga yetib borish va yig‘inlardan qaytish vaqtini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga yuborish mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy okruglar shtablaridan olingan ko‘rsatmalar va harbiy qism komandirlaridan olingan talabnomalarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga olib borish va qaytarib olib kelish harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan tegishli vazirlik va muassasalarning mablag‘lari hisobiga temir yo‘l yoki avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi.
330. Mudofaa ishlari organlari qo‘shilma, harbiy qism va muassasalarning komandirlariga o‘quv harbiy yig‘inlarini o‘tashga chaqirilgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga doir quyidagi hujjatlarni yuboradi:
a) rezervdagi ofitserlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat va shaxsiy yig‘ma jildlar;
b) rezervdagi serjant va oddiy askarlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat;
v) uchuvchilar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat, shaxsiy yig‘majildlar, parvoz va tibbiy daftarchalari.
Nomma-nom tuzilgan ro‘yxatlar, parvoz va tibbiy daftarchalari muhrlangan holda komanda boshlig‘iga tilxat bilan topshiriladi.
Parvoz daftarchalari bo‘lmagan shaxslarni uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha yig‘inlarga chaqirish man etiladi.
Harbiy xizmatga majburlarni harbiy qism qabul qilib olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxatlarning ikkinchi nusxalarini tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshliqlari mudofaa ishlari boshqarmalariga taqdim etadi.
331. Birinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar bir yilda ko‘pi bilan uch marta o‘quv harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil mobaynida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil mobaynida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
332. Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil davomida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb qilinadi.
333. Harbiy yig‘inlarning boshlanish vaqti deb rezervchining mudofaa ishlari organidan harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga jo‘nagan kun, ularning tugash vaqti deb esa rezervchining harbiy qism komandiri tomonidan berilgan yozma buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga yetib kelgan kun hisoblanadi.
334. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
335. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
336. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish, harbiy unvondan bir pog‘ona pasaytirish, harbiy unvoniga qayta tiklash to‘g‘risidagi taqdimnomalar vazirliklarning hududiy vakolatli organlari rahbarlari tomonidan kiritiladi va tegishli vazirlikning rahbariga qaror qabul qilish uchun yuboriladi.
3-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi
337. “Rezervdagi leytenant” boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga berilishi mumkin:
a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush davrida harbiy xizmatga cheklangan yaroqli) deb topilgan, bevosita oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan bitiruvchilarga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida tahsil olgan fuqarolarga — harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirgan va bakalavriatning to‘liq kursini muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng;
(337-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) ofitserlar tarkibining harbiy unvoniga ega bo‘lmagan oliy fuqarolik ma’lumoti bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga — o‘quv harbiy yig‘inlarini tugagach va o‘quv dasturi bo‘yicha belgilangan imtihonlarni topshirganidan so‘ng.
(337-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
338. Ushbu Nizomning 341-bandida ko‘rsatilgan Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga ofitserlar tarkibining boshlang‘ich harbiy unvonlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan berilishi mumkin.
339. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:
“oddiy askar” — belgilanmagan;
“kichik serjant” — uch yil;
“III darajali serjant” — to‘rt yil;
“II darajali serjant” — to‘rt yil;
“I darajali serjant” — besh yil;
“katta serjant” — belgilanmagan;
“leytenant” — uch yil;
“katta leytenant” — to‘rt yil;
“kapitan” — to‘rt yil;
“mayor” — besh yil;
“podpolkovnik” — belgilanmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
340. Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga tinchlik davrida ushbu Nizomning 339-bandida belgilangan oldingi harbiy unvondagi xizmat muddatlari tugagandan so‘ng ular o‘quv-mashq harbiy yig‘inlaridan o‘tgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, “rezervdagi podpolkovnik” va ungacha bo‘lgan navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin.
(340-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-259-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son)
Mansabdor shaxslarning rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berish bo‘yicha huquqlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilab berilgan.
341. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlar ketma-ketlikda beriladi. Harbiy xizmatda foydalanish mumkin bo‘lgan ixtisoslik bo‘yicha yuqori tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega bo‘lgan rezervdagi (zaxiradagi) alohida ofitserlarni haqiqiy harbiy xizmatga olish vaqtida ularga, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 339-bandida ko‘zda tutilgan xizmat muddatlaridan qat’i nazar amaldagi unvonga nisbatan bir-ikki daraja yuqori ofitserlik unvoni berilishi mumkin.
342. Rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlarning harbiy unvonini bir darajaga pasaytirish ushbu Nizomning 236-bandga muvofiq 239-bandida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Rezervda turgan davrda harbiy unvoni pasaytirilgan hamda ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydali ishda o‘zini oqlagan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonda pastlatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan mansabdor shaxslar tomonidan oldingi harbiy unvoniga tiklanishi mumkin, biroq bunda harbiy unvon pasaytirilgandan so‘ng kamida uch yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
Harbiy xizmatni o‘tash davrida ushbu Nizomning 239-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan harbiy unvoni pasaytirilgan rezervda turuvchi harbiy xizmatchilarga mazkur shartlarda oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.
343. Rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy unvonda pasaytirilishi, keyinchalik esa ijobiy tavsiflar berilgan taqdirda harbiy unvonida tiklanishi mumkin (ushbu shaxslarga harbiy unvonlar berish tartibiga muvofiq). Harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy unvonda pasaytirilgan rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslarga oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.
12-bob. Urush davrida harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
344. Harbiy xizmatchilar urush davrida ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarda ko‘zda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda harbiy xizmatni o‘taydilar.
Safarbarlik e’lon qilinganda:
a) haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarga jalb qilingan harbiy xizmatga majburlar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatda ushlab turiladi. Shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilmagan harbiy xizmatchilarni bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlar bekor qilinadi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra iste’foga bo‘shatilgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan buyruqlar bundan mustasno. Bo‘shatish to‘g‘risida buyruqlari bekor qilingan harbiy xizmatchilar oldingi lavozimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishadi, bu lavozimlar boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan band qilingan taqdirda esa boshqa vakant lavozimlarga tayinlanadi;
b) safarbarlik e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar bilan tuzilgan kontraktlarning harakati urush davri tugagunga qadar to‘xtatib turiladi, bunda harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganda, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgani munosabati bilan, ozodlikdan mahrum qilish yoki harbiy unvondan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganda kontrakt harakatdan to‘xtatiladi. Harbiy xizmatchilarning ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan urush davri normalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Urush davri tugagandan so‘ng to‘xtatilgan kontraktlar harakati qayta tiklanadi, bunda kalendar va imtiyozlarni hisoblashda urush davrining butun haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi;
v) tuzilgan kontraktlar harbiy xizmatchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin emas;
g) kasalligi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish ta’tillaridan tashqari boshqa barcha ta’tillar to‘xtatiladi hamda ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchilar zudlik bilan xizmat joylariga qaytib kelishlari shart;
d) xizmat muddatlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning rejali almashinuvi amalga oshirilmaydi;
e) rezervdagi harbiy xizmatga majburlar o‘z safarbarlik yo‘llanmasi, chaqiruv qog‘ozlari yoki mudofaa ishlari organlarining buyruqlarida ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lishi shart;
j) urush davri shtatlari bo‘yicha lavozimga mo‘ljallangan harbiy xizmatchilar hamda rezervdagi harbiy xizmatga majburlar safarbarlik vazifasiga muvofiq lavozim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga kirishadi.
Uzrli sabablarsiz ta’tildan o‘z vaqtida xizmat joyiga qaytmagan harbiy xizmatchilar hamda safarbarlik bo‘yicha ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lmagan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
345. Urush davrida Qurolli Kuchlar quyidagilar bilan to‘ldiriladi:
a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;
b) safarbarlik bo‘yicha chaqiriladigan rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar;
v) o‘z ixtiyoriga ko‘ra harbiy xizmatga olingan harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan ayollar.
Urush davrida harbiy xizmatga majburlarni haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish va keyingi chaqiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan chiqarilgan mudofaa vazirining buyruqlariga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
346. Urush davrida boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga beriladi:
a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining, shu jumladan qisqartirilgan ta’lim dasturi asosidagi bitiruvchilariga;
b) kichik ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha kurslarning bitiruvchilariga;
v) oliy ma’lumotli, jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga.
347. Urush davrida boshlang‘ich serjantlik unvoni quyidagilarga beriladi:
a) kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga;
b) jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) kichik komandirlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga.
348. Urush davrida boshlang‘ich va navbatdagi harbiy unvonlar ushbu Nizomning 239 va 240-bandlarida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladi.
349. Jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, yuksak darajadagi kasbiy va vatanparvarlik xislatlarini namoyon etgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon mavjud harbiy unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar muddatidan avval berilishi mumkin.
350. Harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:

Harbiy unvonlar

Harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun

Harbiy okrug boshqarmalari, okrug bazalari

va muassasalarining ofitserlari uchun

leytenant harbiy unvonida

6 oy

1 yil

katta leytenant harbiy unvonida

8 oy

1 yil 6 oy

kapitan harbiy unvonida

8 oy

1 yil 6 oy

mayor harbiy unvonida

1 yil

1 yil 6 oy

podpolkovnik harbiy unvonida

1 yil

1 yil 6 oy

Urush davrida harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarda bo‘lmagan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va rezervdagi ofitserlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berishda mazkur Nizom 8-bobining 3-paragrafida va 11-bobining 3-paragrafida belgilangan harbiy unvonlardagi xizmat muddatlari qo‘llaniladi.
351. Mansabdor shaxslarning urush davrida harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash bo‘yicha huquqlari mazkur Nizom 6-bobining 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.
352. Urush davrida harbiy lavozimlarga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar vakant lavozimlarni o‘z vaqtida butlash maqsadida xizmat bo‘yicha yuqori lavozimga tayinlash uchun serjant va ofitserlar tarkibiga munosib nomzodlar rezerviga doim ega bo‘lishi shart. Urush davrida qo‘shinlarni boshqarish va ularning jangovar faoliyatini ta’minlashda yuksak kasbiy sifatlar hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etgan, jangovar vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar birinchi navbatda xizmat bo‘yicha yuqori lavozimlarga tayinlanishi lozim. Jangovar vazifalarni bajarayotgan harbiy qism, qo‘shilma hamda boshqaruv organlari birinchi navbatda va eng to‘liq butlanishi lozim.
353. Oliy harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan, rezerv va zaxiradan chaqirilgan, harbiy-davolash muassasalarida davolanishni tugatgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish va lavozimlarga tayinlash, shuningdek xizmat joyini o‘zgartirish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
354. Zarur hollarda urush davrida qo‘shilma komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchilarga o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga ta’til berilishi mumkin. Urush davrida qo‘shilmalar komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ta’tillar belgilangan tartibda vazirliklar rahbarlari tomonidan berilishi mumkin.
355. Harbiy xizmatchilarni davolash jarayoni davolash muassasasida yakuniga yetkazilishi lozim. Istisnoli holatlarda harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan harbiy qism komandiri tomonidan (harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilgan holda — harbiy-davolash muassasasi boshlig‘i tomonidan) o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga kasalligi tufayli ta’til berilishi mumkin. Bu muddat o‘tgandan so‘ng harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra kasalligi tufayli beriladigan ta’til yana shuncha muddatga uzaytirilishi, tegishli tibbiy ko‘rsatkichlarda esa yana bir bor uzaytirilishi mumkin. Kasalligi tufayli beriladigan ta’tilning umumiy muddati uch oydan oshmasligi kerak. Kasalligi tufayli ta’til tugagandan keyin harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatchining harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
356. Urush davrida harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy hisobdan o‘chirilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
357. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilar safdan tashqari xizmat lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
358. Urush davrida harbiy xizmatchilarni iste’foga chiqarish vazirlik rahbari yoki u tomonidan tayinlangan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
359. Harbiy xizmatchilar sodir etgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
360. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida

KONTRAKT

Seriya AA №000000

 

1._____________________________________________________________________________________

fuqaroning (harbiy xizmatchining) harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

____________________________________________________________________________________________

tug‘ilgan kuni, oyi va yili

______________________________________________________________________________________ bilan

vazirlikning (idoraning) nomi

________________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)

vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi

_______________________________________________________________________________ vakilligida

vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

________________________________________________________________________da ixtiyoriy ravishda

vazirlikning (idoraning) nomi

___________________________________________________________________________ muddat davomida

kontrakt muddati

harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.

2. ____________________________________________________________________________________

harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va otasining ismi

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;

b) ushbu kontraktda belgilangan muddat davomida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, turli sharoitlarda unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar talablarini mukammal bilish va so‘zsiz bajarish, komandir va boshliqlarning buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlash;

v) bo‘ysunuvchilarni kundalik xizmat faoliyatida va jangda mohirona boshqara bilish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va oqilona qaror qabul qilish, bo‘linma va shaxsiy tarkibni boshqarish va rahbarlik qilishda butun mas’uliyatni chuqur anglash va o‘z zimmasiga olish, bo‘ysunuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish;

g) bo‘linmalarning yuqori jangovar shayligi va sifatli jangovar tayyorgarligi, yuqori harbiy intizomi, ichki tartibga rioya etishi, shuningdek, qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutishni ta’minlash;

d) jangovar-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda o‘zining professional, liderlik, axloqiy-ishchanlik va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llash;

e) o‘z bilimlarini takomillashtirish va kasb mahoratini oshirishga doimo intilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;

j) qonunchilik hujjatlariga rioya etish, o‘z mansab yoki harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini beg‘araz, xolisona, vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyish;

z) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda ko‘maklashish;

i) qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmaslik;

k) xizmatni o‘tash vaqtida kun tartibi, xizmat (ish) vaqti reglamentida nazarda tutilmagan boshqa har qanday tadbirlarni o‘tkazmaslik;

l) Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirmaslik, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno;

m) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilmaslik;

n) o‘ziga tegishli bo‘lmagan va boshqarish huquqi berilmagan yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan holda avto va mototransport vositalarini boshqarmaslik;

o) xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

p) harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etmaslik, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlamaslik, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;

quyidagi huquqlarga ega:

a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;

b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;

v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;

g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;

d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;

e) sog‘lig‘ini saqlash;

j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.

3. ____________________________________________________________________________________

vazirlikning (idoraning) nomi

qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlash;

b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tash, professional jihatdan shakllanish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha ko‘tarilishida zarur sharoitlar yaratish;

v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;

g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;

d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash;

quyidagi huquqlarga ega:

a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklardan cheklash;

b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

v) harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;

d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.

4. Vazirlik, qo‘mita, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:

a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;

b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklovlar haqida ogohlantirish.

5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.

7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.

 

9. Tomonlar

______________________________________

 

______________________________________

harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi

 

vakolatli mansabdor shaxsning

lavozimi, imzosi,

______________________________________

(M.O‘.)

______________________________________

sana

 

harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

 

 

______________________________________

 

 

sana

Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq _____________________________

____________________________________________________________________________________________

tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami

Mazkur kontrakt ________________________________________________________sababli

kontraktni amalda bekor qilish uchun asos

_______________________________________________________________________________bekor qilindi.

 kontraktni bekor qilish sanasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida

KONTRAKT

Seriya VA №000000

1. ____________________________________________________________________________________

harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

____________________________________________________________________________________________

tug‘ilgan kuni, oyi va yili

______________________________________________________________________________________ bilan

vazirlikning (idoraning) nomi

_______________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)

vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi

_________________________________________________________________________________vakilligida

vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

_______________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda

vazirlikning (idoraning) nomi

____________________________________________________________________________ muddat davomida

kontrakt muddati

harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar

2. ____________________________________________________________________________________

harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va otasining ismi

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;

b) o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan harbiy va maxsus bilimlarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal bilish;

v) ushbu kontraktda belgilangan muddatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari talablarini yaxshi bilish va ularni so‘zsiz bajarish;

g) o‘z harbiy kasbini bosqichma-bosqich o‘rganish, bo‘ysunuvchilarni jangda va kundalik xizmat faoliyatida boshqarishga o‘rganish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va asosli qaror qabul qilish;

d) qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rish, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutish;

e) o‘z bilimlarini takomillashtirish, kasb mahoratini oshirish, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga muntazam intilish;

j) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni so‘zsiz bajarish;

z) qonunchilik hujjatlariga rioya etish, o‘z mansab yoki harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini beg‘araz, xolisona, vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyish;

i) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish;

k) qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmaslik;

l) xizmatni o‘tash vaqtida kun tartibi, xizmat (ish) vaqti reglamentida nazarda tutilmagan boshqa har qanday tadbirlarni o‘tkazmaslik;

m) Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirmaslik, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno;

n) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilmaslik;

o) o‘ziga tegishli bo‘lmagan va boshqarish huquqi berilmagan yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan holda avto va mototransport vositalarini boshqarmaslik;

p) xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

r) harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etmaslik, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlamaslik, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;

quyidagi huquqlarga ega:

a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklardan foydalanish;

b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;

v) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;

g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;

d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;

e) sog‘lig‘ini saqlash;

j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.

3. ____________________________________________________________________________________

vazirlikning (idoraning) nomi

qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;

b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tashi, yashashi va maishiy ta’minoti uchun zarur sharoitlarni yaratish;

v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;

g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;

d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash;

quyidagi huquqlarga ega:

a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklardan cheklash;

b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

v) harbiy xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq holda harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;

d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.

4. Vazirlik, qo‘mita, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:

a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;

b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklovlar haqida ogohlantirish.

5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.

7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.

9. Tomonlar

_____________________________________

_____________________________________

harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi,familiyasi, ismi, otasining ismi,

vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, imzosi,

_____________________________________

_____________________________________

_____________________________________

(M.O‘.)

harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

sana

_____________________________________

sana

Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq _____________________________

____________________________________________________________________________________________

tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami

Mazkur kontrakt ________________________________________________________________sababli

kontraktni amalda bekor qilish uchun asos

_____________________________________________________________________________bekor qilindi.

kontraktni bekor qilish sanasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-yanvardagi PQ-21-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oliy harbiy ta’lim muassasasida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida

KONTRAKT

Seriya DA №000000

1.____________________________________________________________________________________

kursantning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

____________________________________________________________________________________tug‘ilgan

kun, oy va yili

O‘zbekiston Respublikasi bilan (keyingi o‘rinlarda — Davlat)

___________________________________________________________________________________boshlig‘i

oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi

_______________________________________________________________________________ vakilligida

oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘ining harbiy unvoni, ismi va otasining ismining bosh harflari, familiyasi

_______________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda

oliy harbiy ta’lim muassasasi

___________________________________________________________________________ muddat davomida

kontrakt muddati

o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.

2.____________________________________________________________________________________

kursantning ism va otasining ismining bosh harflari, familiyasi,

o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligining himoyachisi — keyinchalik ofitser sifatida xizmatni davom ettirishda harbiy va maxsus zaruriy bilim hamda malakalarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal o‘zlashtirish;

b) ushbu kontraktda belgilangan o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasa bo‘ysunadigan vazirlik yoki idora rahbarining buyruqlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;

v) o‘qish muddati tugagach, u yuborilishi lozim bo‘lgan vazirlik yoki idora bilan ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash uchun besh yil muddatga kontrakt tuzish yoki besh kalendar yil davomida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o‘tash;

g) qonunchilik hujjatlariga rioya etish, o‘z mansab yoki harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini beg‘araz, xolisona, vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyish;

d) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish;

e) qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmaslik;

j) xizmatni o‘tash vaqtida kun tartibi, xizmat (ish) vaqti reglamentida nazarda tutilmagan boshqa har qanday tadbirlarni o‘tkazmaslik;

z) Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirmaslik, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno;

i) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilmaslik;

k) o‘ziga tegishli bo‘lmagan va boshqarish huquqi berilmagan yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan holda avto va mototransport vositalarini boshqarmaslik;

l) xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

m) harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etmaslik, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlamaslik, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;

quyidagi huquqlarga ega:

a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;

b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;

v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;

g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;

d) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan standartlar talablariga muvofiq ta’lim olish;

e) hayotini va sog‘lig‘ini saqlash;

j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

z) texnik xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi xizmat sharoitlariga ega bo‘lish;

i) davlat tomonidan sug‘urtalanish;

k) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

l) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.

3. Davlat qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) ushbu kontraktni tuzgan kursant va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;

b) kursantning zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi harbiy va maxsus ta’lim olishini ta’minlash;

v) kursantning o‘qishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish;

g) kursantning sug‘urtalanishini ta’minlash;

d) kursantni belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;

e) kursantning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash;

j) kursantning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratish;

quyidagi huquqlarga ega:

a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda kursantni qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklardan cheklash;

b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;

v) kursant bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;

g) kursantni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;

d) oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, kursantni Qurolli Kuchlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga ofitser sifatida harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.

4. Davlat manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxsning majburiyatlari:

a) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiruvchi nomzodni o‘qish va keyinchalik harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;

b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklovlar haqida ogohlantirish.

5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6. Ushbu kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.

7. Kontrakt qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.

9. Tomonlar

_____________________________________

_____________________________________

harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi,familiyasi, ismi, otasining ismi

vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi,

_____________________________________

(M.O‘.)

_____________________________________

sana

harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi

_____________________________________

sana

Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq _____________________________

___________________________________________________________________________________________

tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami

Mazkur kontrakt _____________________________________________________________ sababli

kontraktni amalda bekor qilish uchun asos

_____________________________________________________________________________bekor qilindi.

kontraktni bekor qilish sanasi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 07/25/327/1008-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Uzoq muddatli kurslar va dasturlar doirasida harbiy xizmatchilarni xorijda tayyorlash to‘g‘risida

MAXSUS KONTRAKT

Seriya SA №000000

Ushbu kontrakt keyingi o‘rinlarda “vazirlik” deb nomlanuvchi bir tomondan,

______________________________________________________________________________________ bilan

harbiy xizmat ko‘zda tutilgan vazirlikning, idoraning nomi

_______________________________________________________________________________ vakilligida

egallab turgan lavozimi, harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi

va ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda “tahsil oluvchi” deb nomlanuvchi harbiy xizmatchi

____________________________________________________________________________________________

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsiy guvohnomasi (pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartasi) raqami, qachon va kim tomonidan berilgan

bilan quyidagilar to‘g‘risida tuzildi:

1. KONTRAKTNING PREDMETI

1.1. Ushbu kontraktga muvofiq vazirlik tahsil oluvchini oldindan kelishib olingan muddat va ixtisoslik bo‘yicha ________________________________________________________________________ ga

harbiy xizmatchi o‘qishga yuborilayotgan o‘quv muassasa va davlatning nomi

o‘qishga yuborilishini tashkillashtirish, o‘qish tugaganidan so‘ng tahsil oluvchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ixtisosligi bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini berish majburiyatini oladi.

1.2. Tahsil oluvchi o‘ziga ta’lim olish, tadbir tashkilotchilari tomonidan ko‘zda tutilgan o‘quv dasturini samarali o‘zlashtirish, harbiy-hisob ixtisosliklar bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ko‘nikma va bilimlarni olish, shuningdek, o‘qish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida besh yil harbiy xizmatni o‘tash, to‘rt va undan ortiq kalendar yili davomida tayanch ma’lumotini olgan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida o‘n yil harbiy xizmatni o‘tash majburiyatini oladi.

2. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

2.1. Tahsil oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

a) davomi va muddatlari ta’lim muassasasining dasturi bilan belgilangan kanikulyar ta’tillar;

b) vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda tahsil olayotgan davlat hududida o‘z hisobidan ta’tilni o‘tkazish;

v) ta’lim muassasasida o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq turarjoy xonalaridan (yotoqxonalaridan) foydalanish;

g) ta’lim olish davrida ushbu davlatning harbiy xizmatchilari tegishli toifasi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha ovqatlanish;

d) ta’lim muassasasining tibbiy bo‘linmasida bepul tibbiy va ambulator davolanish.

2.2. Tahsil oluvchining majburiyatlari:

a) ta’lim dasturini to‘liq o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan ixtisoslik bo‘yicha dastur bilan ko‘zda tutilgan ko‘nikma va bilimlarni egallash;

b) xorijiy davlatning hududida tahsil olish vaqtida qonunlarga amal qilish, ushbu mamlakat xalqlarining an’analarini hurmat qilish, ko‘rsatilgan davlatda chet el fuqarolarining yashash va harakatlanish qoidalariga rioya etish, harbiy intizom va ta’lim muassasasida o‘rnatilgan ichki kun tartibining talablariga amal qilish;

v) vazirlik tomonidan tayinlangan milliy guruh sardorining qonunchilikka zid bo‘lmagan talablarini so‘zsiz bajarish;

g) belgilangan tartibda va tasdiqlangan muddatlarda qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tash;

d) o‘qish boshlanishiga qadar va ta’tillardan ta’lim muassasasiga kechikmasdan yetib kelish;

e) o‘qish boshlanishiga qadar ta’lim muassasasiga yetib kelganda o‘zi bilan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID karta hamda tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarni olib kelish;

j) unga o‘qish jarayonida ishonib topshirilgan vazirlik va ta’lim muassasasining mulki, shuningdek, boshqa mulkka nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va but saqlanishini ta’minlash;

z) o‘qish tugagach, O‘zbekistonga kelgan kuni xizmatni davom ettirish uchun vazirlikka yetib kelish;

i) qonunchilik hujjatlariga rioya etish, o‘z mansab yoki harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini beg‘araz, xolisona, vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyish;

k) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish;

l) qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmaslik;

m) xizmatni o‘tash vaqtida kun tartibi, xizmat (ish) vaqti reglamentida nazarda tutilmagan boshqa har qanday tadbirlarni o‘tkazmaslik;

n) Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek, harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirmaslik, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno;

o) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilmaslik;

p) o‘ziga tegishli bo‘lmagan va boshqarish huquqi berilmagan yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan holda avto va mototransport vositalarini boshqarmaslik;

r) xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

s) harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etmaslik, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlamaslik, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;

2.3. Vazirlik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

a) harbiy xizmatchi xorijga o‘qishga yuborilgan butun davr uchun o‘qitish qiymatini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;

b) tahsil oluvchining qo‘shinlardagi amaliyotini (ishlab chiqarish amaliyotini) ta’minlash;

v) zaruriyat tug‘ilganda ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lmagan harbiy-tibbiy muassasalarda tahsil oluvchining davolanishini to‘lash.

2.4. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:

a) tahsil oluvchi o‘qishining borishi, o‘zlashtirishi va harbiy intizomi holatini nazorat qilish;

b) tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan o‘qitish shartlariga ko‘ra tahsil oluvchidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoki o‘qish joyi bo‘yicha qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tashni talab qilish;

v) tahsil oluvchini ta’lim muassasasidan vaqtincha chaqirib olish;

g) tahsil oluvchidan baholash vedomostlari va sinov sessiyalarini topshirish natijalarini taqdim etishni talab qilish.

3. O‘QISHNI MUDDATIDAN OLDIN TUGATISH SHARTLARI

3.1. Tahsil oluvchining ta’lim olishi quyidagi holatlarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:

a) tahsil oluvchining o‘zlashtirmasligi;

b) tahsil oluvchida mazkur kontraktning 2.2-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning yo‘qligida;

v) o‘qishning boshlanishiga 7 kundan ortiq kechikib kelish;

g) o‘qish vaqtida tahsil oluvchi sog‘lig‘ining yomonlashishi, natijada sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kelgusida ixtisosligi bo‘yicha xizmatni o‘tashga (o‘qishga) yaroqsiz deb topilsa yoki tahsil oluvchining kasalligi oqibatida, agar kasallik muddati 2 oydan ortiq bo‘lsa;

d) tahsil oluvchi mazkur kontraktning 2.2-bandi “b” kichik bandida bayon etilgan talablarni bajarmaganida.

3.2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari qabul qilingan holatda tahsil oluvchining ta’lim olishi muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

4. KONTRAKT SHARTLARINI BUZISH YUZASIDAN JAVOBGARLIK

4.1. Mazkur kontraktning 3.1-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek, tahsil oluvchi sog‘lig‘ining yomonlashishi yoki kasalligi uning aybi bilan olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar natijasida kelib chiqqan, oilaviy sharoitiga ko‘ra ta’lim olish muddatidan oldin tugatilgan hollarda tahsil oluvchi tomonidan vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi, shu jumladan, transport va boshqa xarajatlar uch barobar miqdorida qoplanadi. Bunda xalqaro harbiy hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari xorijiy hamkor davlat tomonidan bepul yoki imtiyozli asosda o‘qitilsa (tayyorlansa), u holda mazkur xorijiy davlat tomonidan o‘qitish uchun sarflangan barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining xarajatlari hisoblanib, ta’lim oluvchidan tegishli vazirliklar tarkibidagi ta’lim muassasasi tomonidan o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar summasiga teng pul mablag‘larining uch barobar miqdori undiriladi.

4.2. Agar o‘qish tugagandan so‘ng harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida besh yillik, to‘rt va undan ortiq kalendar yil davomida tayanch ma’lumotni olgan taqdirda esa — o‘n yillik muddat yakunigacha xizmatni tugatsa, tahsil oluvchi vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan xarajatlarni uch barobar miqdorida qoplaydi, sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli (agar kasalligi uning aybisiz olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar bo‘yicha kelib chiqmagan bo‘lsa); shtatlarning qisqartirilishi munosabati bilan (kelgusi harbiy xizmatda undan foydalanish imkoni bo‘lmasa); davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomani berish rad etilganda yoki ushbu ruxsatnomadan mahrum qilinganda xizmatdan bo‘shatish holatlari bundan mustasno.

Qoplash summasi o‘qish yoki tayyorgarlik muddati tugagandan so‘ng xizmat vaqtini hisobga olgan holda majburiy xizmat vaqtining qolgan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblab aniqlanadi.

Agar ta’lim oluvchi xorijiy hamkor davlat tomonidan bepul yoki imtiyozli asosda o‘qitilsa (tayyorlansa), u holda mazkur xorijiy davlat tomonidan o‘qitish uchun sarflangan barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining xarajatlari hisoblanib, ta’lim oluvchidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag‘lari undiriladi.

5. QO‘SHIMCHA SHARTLAR

5.1. Mazkur kontrakt tomonlar uni imzolagan vaqtdan kuchga kiradi va ular o‘z majburiyatlarini to‘la ijro etishiga qadar amal qiladi.

5.2. Mazkur kontraktni muddatidan oldin bekor qilish 4.1 va 4.2-bandlari bilan belgilangan oqibatlarga olib keladi.

6. TOMONLARNING MANZILLARI VA REKVIZITLARI

Vazirlik uchun

Tahsil oluvchi

_____________________________________

_____________________________________

egallab turgan lavozimi,

harbiy unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari

_____________________________________

_____________________________________

harbiy unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari

imzo va sana

_____________________________________

imzo va sana

(M.O‘.)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-257-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1449-son qaroriga 31-ilovaning 1-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi PQ-3537-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son; 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 24.03.2021-y., 07/21/5035/0228-son; 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 05.08.2023-y., 07/23/259/0563-son; 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son; 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son; 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son; 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son; 04.11.2025-y., 07/25/327/1008-son)