O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Saylov to‘g‘risidagi qonunchilik
Saylov to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004-son qarori.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 128-moddasi ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 4 — 8-moddalari.
4-modda. Umumiy saylov huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 128-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, mazkur Kodeksning 3-moddasi.
5-modda. Teng saylov huquqi
Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, mazkur Kodeksning 3-moddasi.
6-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 3-moddasi.
7-modda. Yashirin ovoz berish
Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 3-moddasi, 24-moddasi birinchi, oltinchi xatboshilari, 33-moddasi to‘rtinchi qismi birinchi, to‘rtinchi xatboshilari, beshinchi qismi birinchi, ikkinchi xatboshilari, 49-moddasi birinchi qismi, 50-moddasi birinchi qismi birinchi, to‘rtinchi, beshinchi xatboshilari, 53-moddasi ikkinchi qismi birinchi, ikkinchi xatboshilari, 55-moddasi birinchi qismi, 56-moddasi ikkinchi qismi, 57-moddasi to‘rtinchi qismi, 75-moddasi ikkinchi qismi, 80 — 82-moddalari, 85-moddasi ikkinchi qismi.
8-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi oltinchi qismi.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor etadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 10, 12, 19, 21-moddalari, 22-moddasi birinchi, beshinchi xatboshilari, 23-moddasi, 48-moddasi ikkinchi qismi.
Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi sakkizinchi qismi, 35, 36-moddalari.
Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga ma’lum qilinadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi yettinchi qismi, 35-moddasi birinchi qismi, 54-moddasi ikkinchi qismi, 56-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Saylov o‘tkazilishini cheklash
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar o‘tkazilmaydi.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
2-bob. Saylov okruglari va uchastkalari
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi.
Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati (bundan buyon matnda partiya ro‘yxati deb yuritiladi) asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda tuziladi.
Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari soni Senat tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining soni esa ushbu Kodeks 88-moddasining talablari inobatga olingan holda tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining taqdimnomasiga binoan tegishli viloyat va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda har besh yilda bir marta tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
Bir mandatli saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.
Bir mandatli saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi
Saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan besh yil muddatga tuziladi. Zarur bo‘lgan hollarda, saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan qayta tuzilishi, amaldagi saylov uchastkalarining chegaralari o‘zgartirilishi yoki tugatilishi mumkin.
Saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davriga tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari ular joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari boshqa saylov okruglarining chegaralarini kesib o‘tmasligi kerak.
Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ushbu muassasalar va organlar boshliqlarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va partiya ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalarining soni okruglar sonidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hududiy saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda tegishli uchastka saylov komissiyasining telefon raqamlarini, joylashgan yerini va ovoz berish binosini ko‘rsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari to‘g‘risida xabardor etishni tashkil qiladi.
Saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari uchun yagona hisoblanadi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
3-bob. Saylov komissiyalari
11-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:
Markaziy saylov komissiyasi;
hududiy saylov komissiyalari;
tuman va shahar saylov komissiyalari;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi);
uchastka saylov komissiyalari.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512-moddasi.
Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Masalalarni ko‘rib chiqish va qarorlar qabul qilish saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
Saylov komissiyalari o‘z faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi.
Saylov komissiyasining majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi beshinchi qismi.
Saylov komissiyalari nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlarni, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov yakunlarini chiqarishning halol bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46 — 48, 99, 100-moddalari.
12-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi birinchi qismi 15-bandi, 129-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi birinchi qismi 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi birinchi qismi 14-bandi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emas.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning o‘rinbosarining guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa a’zolarining guvohnomasi esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi.
13-modda. Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik
Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaro Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 15-moddasining to‘rtinchi, beshinchi qismlari, 77-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi uchinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-bobi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod etib, Senat a’zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan bevosita yoki uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasi.
u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
qonunga ko‘ra u Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning sakkizinchi qismi.
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoki vafot etgan deb e’lon qilinganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 33-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
(13-modda beshinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi.
u vafot etganda.
Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
(13-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Markaziy saylov komissiyasi a’zolariga Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga nisbatan qo‘llaniladigan daxlsizlik to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 129-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 6-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 6-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004-son qarori 3-bandi “b” kichik bandi, 4, 5, 7-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;
saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qiladi;
saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yo‘riqnomalar hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi;
Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatidan (bundan buyon matnda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati bo‘yicha umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun saylov okruglarini tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
hududiy saylov komissiyalarini tuzadi, ularga tegishli hududni (okrugni) biriktiradi hamda hududiy saylov komissiyalarining tarkibi va joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini e’lon qiladi;
yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi;
saylov komissiyalarining a’zolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari uchun o‘qishlarni tashkil etadi;
qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning saylovdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;
saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
siyosiy partiyalarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni, shuningdek partiya ro‘yxatini belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi va ular haqidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilinishini tashkil etadi;
ro‘yxatga olingan nomzodlarga, shu jumladan partiya ro‘yxati asosida nomzodlarga guvohnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi hamda ularga guvohnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga, shuningdek siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalari hamda shakllarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;
saylov byulletenlarini tayyorlash va saylov uchastkalariga yetkazish tartibini belgilaydi;
saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
saylovning yakunlarini chiqaradi, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni, har bir nomzod va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar soni to‘g‘risidagi xabarni matbuotda e’lon qiladi;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlarining yoki Senat a’zolarining takroriy saylovi va bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida takroriy ovoz berish va takroriy saylov o‘tkazilishini tashkil etadi;
saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarini hamda Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi, shuningdek ularning ro‘yxatini matbuotda va boshqa manbalarda e’lon qiladi;
saylovdan keyin Qonunchilik palatasining, Senatning birinchi majlisini chaqiradi;
saylangan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida guvohnoma topshiradi;
Qonunchilik palatasi deputatiga va Senat a’zosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
boshqa mamlakatlarning saylov organlari, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning vakillari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, uchrashuvlar tashkil etadi, bitimlar va memorandumlar tuzadi;
xorijiy mamlakatlardagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini saylovlarni kuzatish uchun taklif etadi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi;
ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
15-modda. Markaziy saylov komissiyasining Raisi
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi birinchi qismi.
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarini taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi beshinchi qismi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari.
tegishincha Qonunchilik palatasining va Senatning birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘z vakolatlarini bajarishi imkoni bo‘lmaganda, shuningdek Rais bo‘lmagan taqdirda, Raisning vazifalari Rais o‘rinbosarining yoki Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 129-moddasi to‘rtinchi qismi.
16-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari va qarorlari
Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning majlislari bo‘lib, ular zaruratga qarab o‘tkaziladi. Agar majlisda komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, majlis vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘linib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritilib, u raislik qiluvchi va Markaziy saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari alohida fikr bildirishga haqli bo‘lib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o‘sha kunning o‘zida, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
(16-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
17-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini ta’minlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining tartibi Markaziy saylov komissiyasining majlisida qabul qilinadigan Reglamentida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish
Hududiy saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga kamida sakson kun qolganida hududiy saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning o‘n ikki — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.
Tuman, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Hududiy saylov komissiyasi saylovga kamida yetmish besh kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda hududiy saylov komissiyasi Senatning tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga binoan hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida o‘z tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari
Hududiy saylov komissiyasi:
tegishli hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar soni, saylov okruglarining ro‘yxati hamda okrug saylov komissiyalari joylashgan yer to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tegishli tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi;
saylov uchastkalarini tuzadi, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, agar ularning qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi va ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilinishini tashkil etadi;
ro‘yxatga olingan nomzodlarga guvohnomalar beradi;
nomzodlar va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Qonunchilik palatasi deputatligiga hamda xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;
saylovlarni viloyat, Toshkent shahri miqyosida yorituvchi mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi va tegishli guvohnoma beradi;
siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni ro‘yxatga oladi;
pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi;
deputatlarga viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida tegishli hudud bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga axborot beradi;
mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga hisobot beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq hududiy saylov komissiyalarining vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Tuman, shahar saylov komissiyasi:
tegishli hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylov okruglarining ro‘yxatini e’lon qiladi;
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
agar uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid bo‘lsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;
deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;
nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, o‘z muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;
tegishli tuman yoki shahar hududidagi siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini nazorat qiladi;
uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovida saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatlarini matbuotda e’lon qiladi;
deputatlarga tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi;
tuman, shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan uchastka saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
ushbu Kodeks talablari buzilganligi to‘g‘risidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga axborot beradi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari to‘g‘risida hududiy saylov komissiyasiga hisobot beradi.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish
Okrug saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning olti — sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Okrug saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Okrug saylov komissiyasi:
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishli hududiy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
23-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib tasdiqlanadi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bo‘lgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini ushbu vakolatxonalarning rahbari amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
24-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Uchastka saylov komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni tashkil etadi;
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini aniqlaydi va tasdiqlaydi;
(24-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 28-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
(24-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56-moddasi.
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi birinchi qismi.
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49, 50-moddalari.
saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52, 54-moddalari.
ovozlarni sanab chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 94-moddasi.
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
(25-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat a’zosi;
boshqa saylov komissiyasining a’zolari;
siyosiy partiyalarning a’zolari va vakolatli vakillari;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari;
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;
nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan hududiy saylov komissiyasining uch nafargacha a’zosi komissiyada doimiy, qolgan a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Tuman va shahar saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Saylov komissiyasining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
Saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
qonunga ko‘ra u saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
u vafot etganda.
Zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi a’zosi saylanadi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolatlari muddati
Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli bo‘ladi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari alohida fikrini bayon etishga haqli bo‘lib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa jarayonlar elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
Komissiyaning jamoatchilik asosida ishlovchi a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan saylov komissiyasining qaroriga binoan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zolari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kunlik muddatda ko‘rib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
4-bob. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish
27-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.
Saylovchilar ro‘yxatlari Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuziladi.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolarining va boshqa saylovchilarning ro‘yxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashasa, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalar bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida tuziladi.
(27-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-moddasi, 94-moddasi birinchi, oltinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
271-modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi.
Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan o‘n besh kun oldin yozma shaklda yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga darhol taqdim etadi.
(271-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun darhol taqdim etadi.
(271-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
28-modda. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot negizida shakllantiriladi va yangilab turiladi, shuningdek saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtiriladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan keyin uch kun ichida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki ro‘yxatini oladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki ro‘yxatini olganidan keyin uni mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan aniqlashtirish choralarini ko‘radi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini aniqlashtirish bo‘yicha ishda ishtirok etish uchun jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlar hokimliklari saylovchilarning ro‘yxatlarini aniqlashtirish ishlariga ko‘maklashadi.
Saylov komissiyalari aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari bo‘yicha saylovchining Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidagi familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid tuzatishlar qilib, saylovchilar ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Saylovchilarning ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi hamda uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Saylov kuni saylov uchastkalarida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan olingan saylovchilar ro‘yxatlaridan foydalaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3961-son Qarori.
29-modda. Fuqarolarni saylovchilarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar ro‘yxatidagi o‘ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa saylovga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati hamma tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan holda taqdim etiladi. Bunday ro‘yxatda saylovchilarning faqat familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor etadi.
Saylov komissiyalari saylovchilarning ro‘yxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham ularga o‘zgartishlar kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilarning ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish saylovga besh kun qolganida to‘xtatiladi.
(29-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 30-moddalari.
30-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv
Har bir fuqaro saylovchilarning ro‘yxatlaridagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 102-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 142-moddasi.
5-bob. Saylov byulleteni
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovida saylov byulleteniga unda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi, ramziy belgisi ularning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga muvofiq ketma-ketlikda kiritiladi.
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli hudud aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etiladi.
Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
32-modda. Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini tuman, shahar va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan saylovchilar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(32-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi, 52-moddasi birinchi qismi, 55, 94-moddalari.
6-bob. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari
33-modda. Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar o‘z faoliyatini tegishli komissiyalar tomonidan berilgan mandatlar asosida amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning uchinchi qismi, 34-moddasi ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n kun oldin ariza bilan ma’lum qiladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida saylov komissiyasi kuzatuvchi uchun mandat beradi. Boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi to‘rtinchi, beshinchi qismlari, 16-moddasi birinchi qismi, 26-moddasi birinchi qismi, 58-moddasi to‘rtinchi, beshinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning va siyosiy partiyalarning (vakillarining) saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
(33-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi ikkinchi qismi, 70-moddasi ikkinchi qismi, 79, 80, 91-moddalari.
saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi yettinchi qismi, 54-moddasi ikkinchi qismi, 56-moddasi ikkinchi qismi, 58-moddasi birinchi, beshinchi qismlari.
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi birinchi, beshinchi qismlari, 82, 94-moddalari.
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi beshinchi qismi.
agar tegishli saylov uchastkasida ushbu Kodeksning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
Kuzatuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55-moddasi birinchi qismi.
fuqarolarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi ikkinchi qismi.
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7-moddasi.
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
34-modda. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini o‘z yonida olib yurishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi oltinchi qismi, 39-moddasi uchinchi qismi, 58-moddasi beshinchi qismi, 63-moddasi ikinchi qismi, 69-moddasi ikkinchi qismi, 89-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida nizom”.
35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari
Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi, 11-moddasi yettinchi qismi, 54-moddasi ikkinchi qismi, 55-moddasi birinchi qismi, 56-moddasi ikkinchi qismi, 58-moddasi birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
7-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi
36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 741-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
37-modda. Nomzodlar ko‘rsatish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 68-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi birinchi qismi birinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
38-modda. Imzolarni to‘plash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarga belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha siyosiy partiya o‘zining saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyingina saylovchilarning imzosini to‘plashga haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli. Bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadi. Mazkur ma’lumotlar qo‘lda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga o‘z imzosini qo‘yadigan saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining iltimosiga ko‘ra imzo to‘plashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.
Saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va o‘ziga og‘dirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi birinchi qismi, 63-moddasi ikkinchi qismi, 68-moddasi birinchi, uchinchi xatboshilari, 69-moddasi birinchi qismi birinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
39-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida o‘n besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi lozim.
Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi. Agar qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bo‘lib chiqsa, mazkur imzo varaqalari to‘lig‘icha haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur holda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni yoki Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish huquqini rad etadi.
(39-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini, partiyalar ro‘yxatini ro‘yxatga olish, ularning huquqiy maqomi
(8-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
40-modda. Nomzodlarni ro‘yxatga olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi, mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni esa tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi amalga oshiradi.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Nomzod etib ro‘yxatga olingan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 64, 72, 92-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
401-modda. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish
Partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun tegishli hujjatlar siyosiy partiyaning vakolatli vakili tomonidan ro‘yxatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Partiya ro‘yxatini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Partiya ro‘yxatida nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.
Partiya ro‘yxati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni siyosiy partiyaning nomi, ro‘yxatga olingan nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
Partiya ro‘yxati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi.
Ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 421-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(401-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Nomzodlar va siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari
(41-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga olingan barcha nomzodlar, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40, 64, 72, 92-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlar, siyosiy partiyalarning vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida, televideniye va radio orqali so‘zga chiqish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod bo‘lish huquqiga ega.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin saylov okrugi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar esa O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (bundan shahar yo‘lovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari mustasno) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod saylov okrugiga borish va yashash joyiga qaytish uchun ularda tekinga yurish huquqidan foydalanadi.
Nomzodlarning xizmat safari va boshqa xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki ularga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Bunday rozilik berilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Markaziy saylov komissiyasini bu haqda darhol xabardor etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni majburiy keltirishga, xuddi shuningdek ularning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joyi va xizmat xonalarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40, 42-moddalari.
42-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi, shu jumladan partiya ro‘yxati bo‘yicha o‘z qarorini saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar tegishli saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.
(42-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum bo‘lgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda chop etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr o‘chiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida haqiqiy emas deb topiladi.
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
421-modda. Deputatlikka nomzodni partiya ro‘yxatidan chiqarish
Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu ro‘yxatdan quyidagi asoslarga ko‘ra chiqarilishi mumkin:
1) nomzodning o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan;
2) nomzod ixtiyoriy ravishda siyosiy partiya a’zoligidan chiqqan taqdirda;
3) ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda nomzodlik maqomidan mahrum etilganda;
4) ushbu Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda;
5) nomzodning boshqa partiya ro‘yxatida ham nomzodi ko‘rsatilganligi aniqlanganda;
6) nomzod boshqa siyosiy partiyaning a’zosi ekanligi aniqlanganda;
7) nomzod vafot etganda;
8) nomzodning bir mandatli saylov okrugidan ham nomzodi ko‘rsatilganligi aniqlanganda.
(421-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
43-modda. Nomzodning ishonchli vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod o‘n besh nafarga qadar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod o‘n nafarga qadar, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod besh nafarga qadar, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishga haqli, ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi, saylash uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi, Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi va ular haqida tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.
Nomzod saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda istalgan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istalgan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Nomzodlar ishonchli vakillarining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan “Nomzodning ishonchli vakillari to‘g‘risida nizom”.
9-bob. Saylovoldi tashviqoti
44-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar va ularning vakillari saylovoldi tashviqotini (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) qonunda belgilangan shakllarda va usullarda amalga oshirish huquqiga ega.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashviqot nomzodlarni va partiya ro‘yxatini belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
(44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Noto‘g‘ri axborotni tarqatish, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45 — 48-moddalari, 100-moddasi to‘rtinchi qismi birinchi, ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
saylov komissiyalari a’zolarining;
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga o‘z mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
45-modda. Tashviqot olib borish turlari, shakllari va usullari
Tashviqot quyidagicha tarzda olib boriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
(45-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
nomzod va siyosiy partiya to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
(45-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Tashviqot omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yig‘ilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Tashviqot:
ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Tashviqot davrida uni olib borishning ushbu Kodeksda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46 — 48-moddalari.
46-modda. Tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonunchilikka muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(46-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi uchinchi — beshinchi qismlari, 35, 45, 47, 48-moddalari.
47-modda. Tashviqotni bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish
Nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘tkazish joyi va vaqti haqida tegishli hududiy, tuman, shahar yoki uchastka saylov komissiyasiga ma’lum qilinadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
(48-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
10-bob. Ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish
 LexUZ sharhi
49-modda. Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari
Ovoz berish binolari maxsus ajratilgan joylar bo‘lib, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari o‘rnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ularning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali o‘tib keladigan qilib o‘rnatiladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasining zimmasida bo‘ladi.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Lozim bo‘lgan darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan ta’minlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, aloqa vositalari bilan ta’minlash esa raqamli texnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi zimmasiga yuklatiladi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Jamoat tartibini saqlash, saylov o‘tkaziladigan binolar va joylarni qo‘riqlash, shuningdek saylov natijalariga doir hujjatlarni tashish chog‘ida uchastka saylov komissiyalari a’zolarini kuzatib borish tegishli vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi.
50-modda. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar
Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;
yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
saylov qutilari;
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;
saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;
Oldingi tahrirga qarang.
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ro‘yxatga olingan barcha nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan chop etilgan tarjimai holi va dasturlarining asosiy yo‘nalishlari;
(50-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan dasturi, partiya ro‘yxati;
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);
yong‘inga qarshi vositalar.
Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi.
51-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 57-moddalari.
52-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 24-moddasi.
53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda ochiladi.
Uchastka saylov komissiyalari:
yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
komissiyaning ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulletenlarini tayyorlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi beshinchi qismi, 23, 24-moddalari, 28-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlari, 32, 49, 50, 54, 58-moddalari.
54-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati
Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida:
ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi;
saylov qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;
uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda muddatidan oldin ovoz berganlar haqida ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi;
ovoz berish tugallanganligini e’lon qiladi;
binoda hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.
Uchastka saylov komissiyasining a’zolari:
Oldingi tahrirga qarang.
saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro‘yxatidagi ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi;
(54-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi beshinchi qismi, 23, 24-moddalari, 28-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlari, 32, 49, 50, 53, 54, 58-moddalari.
55-modda. Ovoz berish tartibi
Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Saylov byulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi, siyosiy partiyaning nomi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
(55-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3-moddasi birinchi qismi, 7, 50, 51, 53, 54, 57-moddalari.
56-modda. Saylovchining turgan joyida ovoz berish
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51, 53, 55-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
561-modda. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surg‘uchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Saylov byulletenlari solingan qop surg‘uchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
(561-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
57-modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
(57-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 32-moddasi birinchi qismi, 54-moddasi, 58-moddasi oltinchi qismi.
58-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati
Ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida e’lon qiladi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari komissiya a’zolari bilan birgalikda:
plombalarning raqamlarini tegishli dalolatnoma bilan solishtiradi;
oldindan yozuv ashyolarini yig‘ishtirib qo‘yib, saylov byulletenlarini sanab chiqish uchun joy (stol) tayyorlaydi;
foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlarini sanab chiqadi va bekor qiladi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga tashlaydi;
statsionar va ko‘chma saylov qutilarini ochadi;
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
har bir nomzod va siyosiy partiya bo‘yicha saylov byulletenlarini o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi;
(58-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
(58-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
yakuniy bayonnomaga ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi.
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqish natijalari bo‘yicha majlis o‘tkazib, unda ovoz berish yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda rais, rais o‘rinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Shundan so‘ng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili, kuzatuvchilar uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida hududiy saylov komissiyalariga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida okrug saylov komissiyalariga, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida esa tegishli tuman, shahar saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida tegishli hududiy saylov komissiyalariga (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida), okrug saylov komissiyalariga (xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida), tuman, shahar saylov komissiyalariga (xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida) olib borib topshiriladi.
(58-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi beshinchi qismi, 24-moddasi, 28-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlari, 51-moddasi ikkinchi qismi, 54, 58-moddalari.
11-bob. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov
59-modda. Takroriy ovoz berishni o‘tkazish asoslari va tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikki nafardan ortiq nomzod ishtirok etayotgan bo‘lsa va agar ulardan hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilardan yarmidan ko‘pining ovozini olmagan bo‘lsa, takroriy ovoz berish o‘tkaziladi, unda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasi takroriy ovoz berish kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berish o‘tkazilishi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
 LexUZ sharhi
60-modda. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bo‘lsa va u zarur miqdorda ovoz to‘play olmagan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(60-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur kodeks 60-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi ham ushbu Kodeksda asosiy saylovni o‘tkazish uchun belgilangan ayni tartibda va ayni shartlarga rioya etgan holda o‘tkaziladi. Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
(60-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi asosiy saylov o‘tkazilganidan keyin yetmish kun ichida o‘tkaziladi.
(60-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov o‘tmagan yoxud saylov okrugi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
deputatlar saylovlarida nomzodlarga eng ko‘p yoqlab berilgan ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda.
(60-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi tegishli saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
(60-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oylik muddat ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(60-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
 LexUZ sharhi
12-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari
61-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi mumkin.
Quyidagilar:
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
62-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
63-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
64-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod ko‘rsatishi mumkin.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyaning rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(64-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaviyligi ko‘rsatiladi;
(64-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
(64-modda beshinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir foizining imzosi bo‘lishi kerak. Bunda siyosiy partiya bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) imzolar umumiy sonining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
65-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
66-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
13-bob. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari
67-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi
Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlarining:
yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylanadi;
yetmish besh nafari yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya ro‘yxati asosida saylanadi.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
68-modda. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.
Belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin.
 LexUZ sharhi
69-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
imzo varaqalari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjat qabul qilib olingan sana va vaqt qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
70-modda. Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalar:
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha deputatlikka yetmish besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga;
partiya ro‘yxati bo‘yicha yetmish besh nafardan kam bo‘lmagan, yuz nafardan ko‘p bo‘lmagan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir.
Bir mandatli saylov okruglarida ayni bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin.
Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas.
Ayni bir nomzod faqat bitta partiya ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘rsatilgan nomzodlar partiya ro‘yxatiga kiritilishi mumkin emas.
Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.
Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida qirq foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim.
Siyosiy partiyalar o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish hamda partiya ro‘yxatini shakllantirish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
(70-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
71-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir.
Quyidagilar:
sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
72-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni va partiya ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
(72-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Siyosiy partiyaning rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiya yuqori organi majlisining bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish, shuningdek partiya ro‘yxati asosida ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi;
deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan shaxsning o‘z nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga yoki partiya ro‘yxatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.
(72-modda birinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
73-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish
Markaziy saylov komissiyasi bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha hududiy saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi.
Yagona saylov okrugidan saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish ushbu Kodeksning 961-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Qonunchilik palatasi deputatlariga ular ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi.
(73-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74-modda. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish
Bir mandatli saylov okruglaridan saylangan deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi.
Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida bir mandatli saylov okrugidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, ushbu bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
741-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(741-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
742-modda. Partiya ro‘yxati asosida shakllantirilgan va bo‘shab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rnini to‘ldirish
Partiya ro‘yxati asosida shakllantirilgan va bo‘shab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rni tegishli siyosiy partiyaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan partiya ro‘yxatidagi mandatga ega bo‘lmagan nomzodlari hisobidan to‘ldiriladi.
Deputatlik o‘rni bo‘shab qolganidan keyin besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqami bo‘yicha mandat olmagan birinchi nomzodga deputat sifatida ro‘yxatga olinishi haqida xabarnoma yuboradi.
Xabarni olgan nomzod ushbu Kodeks 961-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida ro‘yxatga oladi hamda besh kun ichida guvohnoma va ko‘krak nishonini beradi.
Agar nomzod deputat bo‘lishdan voz kechsa yoki ushbu Kodeks 961-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmasa, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqami bo‘yicha mandat olmagan keyingi nomzodga xabarnoma yuboradi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartib bo‘shab qolgan deputatlik mandati to‘ldirilgunga qadar amalga oshiriladi.
(742-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
14-bob. Senatni shakllantirish tartibi
75-modda. Senatni shakllantirish
Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
(75-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PF-5918-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
Senatning vakolat muddati — besh yil.
76-modda. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati
Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
77-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
78-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini o‘tkazish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlisini (bundan buyon matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) chaqirish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qo‘shma majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari e’lon qilinganidan (hammaga ma’lum qilinganidan) keyin uch kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun qo‘shma majlislar o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining qo‘shma majlislarni o‘tkazish sanasi, vaqti hamda joyi ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida, shuningdek uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi ochib, eng obro‘li, tajribali, katta yoshli deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritadi. Qo‘shma majlisning ishini olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali uch kishidan besh kishigacha miqdorda ishchi hay’at saylanadi, shuningdek tushgan takliflarni hisobga olish va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat Kotibiyat tuziladi.
79-modda. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish
Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish qo‘shma majlisda amalga oshiriladi.
Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun raislik qiluvchining taqdimnomasiga binoan ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Maslahat kengashi saylanadi.
Maslahat kengashi katta tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li, katta yoshli deputatlar orasidan, qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bittadan vakil saylanadi.
Maslahat kengashi o‘z raisini saylaydi.
Maslahat kengashi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li deputatlar orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatadi va ko‘rib chiqadi hamda saylov byulleteniga kiritish uchun taklif kiritadi.
Nomzodlarning alohida-alohida eshituvi va muhokamasi natijalariga ko‘ra qo‘shma majlisda ularni saylov byulleteniga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan Senat a’zoligiga nomzod saylov byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov byulleteniga to‘rt nafardan kam bo‘lmagan Senat a’zoligiga nomzodlar kiritiladi.
(79-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
80-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish
Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi:
Senat a’zoligiga saylov bo‘yicha ovoz berishni tashkil etadi va o‘tkazadi;
qo‘shma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o‘tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi;
saylov byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda, familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish orqali tayyorlaydi;
ovoz beruvchilarning ro‘yxatini aniqlashtiradi, ularga saylov byulletenlarini topshiradi;
saylov byulletenining yuz tomoniga muhr qo‘yadi va unda Sanoq komissiyasining kamida ikki nafar a’zosining imzosi qo‘yilgan bo‘lishini ta’minlaydi;
ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi;
yashirin ovoz berish natijalarini qo‘shma majlisga tasdiqlash uchun kiritadi.
81-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi
Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni o‘tkazish tartibini e’lon qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalaydi.
Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi orqali o‘tib boradigan qilib o‘rnatiladi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi, shundan keyin unga saylov byulleteni topshiriladi.
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yish orqali to‘ldiriladi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini ko‘rinarli joyda turishi kerak bo‘lgan saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.
Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori burchakni qirqib qo‘yish orqali) va alohida saqlanadi.
82-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash
Ovozlarni sanab chiqish Sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar tanaffussiz o‘tkaziladi.
Saylov qutisidagi saylov byulletenlari asosida Sanoq komissiyasi:
ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini;
Senat a’zoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, ovoz berish chog‘ida bitta ham kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qo‘yilmagan saylov byulletenlari, shuningdek yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo‘lmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Yashirin ovoz berish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, bayonnoma Sanoq komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda to‘ldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
83-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan mahalliy Kengashlar deputatlarining ellik foizidan ko‘prog‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
84-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi
Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha ana shu qo‘shma majlisning o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.
Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
85-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari
Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi, ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi 1418-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
86-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shma majlislarning, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
(86-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
87-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovini o‘tkazish
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovi tegishli qo‘shma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
871-modda. Senat a’zolarining muddatidan ilgarigi saylovi
Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi.
Senat tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda bir oy ichida o‘tkaziladi.
(871-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
15-bob. Mahalliy Kengashlarga saylovning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
88-modda. Mahalliy Kengashlarga saylov
Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:
aholi soni ikki million nafargacha bo‘lgan hududlarda — o‘ttiztadan qirqtagacha;
aholi soni ikki milliondan uch million nafargacha bo‘lgan hududlarda — qirqtadan elliktagacha;
aholi soni uch million nafardan ortiq bo‘lgan hududlarda — elliktadan oltmishtagacha.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:
aholi soni o‘ttiz ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — o‘ntadan o‘n beshtagacha;
aholi soni o‘ttiz mingdan yuz ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — o‘n beshtadan yigirmatagacha;
aholi soni yuz mingdan uch yuz ming nafargacha bo‘lgan hududlarda — yigirmatadan yigirma beshtagacha;
aholi soni uch yuz ming nafardan ortiq bo‘lgan hududlarda — yigirma beshtadan o‘ttiztagacha.
Hududiy va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari soniga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan norma doirasida Senat tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda, ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq bo‘ladi. Bunday hollarda deputatlik o‘rinlari soni ushbu modda ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan normadan oshishi yoki kamayishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga saylov xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi.
(88-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
89-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga, mahalliy Kengashlarga saylovlar Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bilan bir vaqtda o‘tkazilganda esa Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
(89-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida siyosiy partiya rahbari yoki partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari tomonidan imzolangan ariza;
(89-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddatda partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushish navbati tartibiga qarab matbuotda e’lon qilinadi.
(89-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
90-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga ega.
Quyidagilar:
sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadi.
 LexUZ sharhi
91-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
Mahalliy Kengashlarning deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan mahalliy Kengashlar deputatligiga bittadan nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir.
Bir shaxs tegishli mahalliy Kengashga saylov o‘tkazish bo‘yicha faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar umumiy sonining kamida qirq foizini tashkil etishi kerak.
(91-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatadi. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
92-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiya tegishli organining rahbari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(92-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
siyosiy partiya tegishli organining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiya tegishli organi majlisining mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha saylov okrugining nomi va raqami ko‘rsatiladi;
mahalliy Kengash deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxsning o‘z nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi, ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning, basharti ular mahalliy Kengashlar deputatlari etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.
(92-modda birinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
(92-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
(92-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
(92-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalar rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni tegishli saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
(92-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
921-modda. Mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish
Hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida, tuman va shahar saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida tegishli mahalliy Kengashga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi.
Deputat etib saylangan shaxslar tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran tegishli mahalliy Kengash deputati maqomiga ega bo‘ladi.
Ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan, mahalliy Kengash deputati etib saylangan shaxslar tegishincha hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi shart.
Mahalliy Kengashlar deputatlariga tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi.
(921-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
93-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi.
(93-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(93-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Tegishli mahalliy Kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
931-modda. Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida e’lon qilinadi.
(931-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(931-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida o‘n besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida o‘ttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
(931-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
16-bob. Saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)
94-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
(94-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod va siyosiy partiya bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
(94-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(94-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;
buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
(94-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni to‘ldirish vaqtida xatoga yo‘l qo‘yilgan va uning o‘rniga yangi saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar ro‘yxatida hamda bekor qilingan buzilgan saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo‘yilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1343-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bobi
Oldingi tahrirga qarang.
95-modda. Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalarini va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash
Okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi:
okrug (hudud) bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
har bir nomzod va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi o‘z majlisida uchastka saylov komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.
Tegishli okrug (hudud) bo‘yicha saylov natijalari hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma hududiy, tuman, shahar va okrug komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga oid bayonnomalar hududiy saylov komissiyasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga okrug bo‘yicha saylov natijalariga oid bayonnomalar okrug saylov komissiyasi tomonidan hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
96-modda. Saylov natijalarini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi hududiy saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, tuman va shahar saylov komissiyasi esa kelib tushgan uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida:
(96-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yoki viloyat, tuman va shahar bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
Oldingi tahrirga qarang.
har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(96-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
(96-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodga nisbatan ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning o‘limi, nomzod sog‘lig‘ining saylovda ishtirok etishni istisno etuvchi holati yoki qonunda belgilangan boshqa sabablarga ko‘ra uning nomzodi olinganligi va hokazo) tufayli bitta nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylovda:
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi;
Qonunchilik palatasiga saylovda yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan siyosiy partiyalar belgilangan tartibda mandatga ega bo‘ladi.
(96-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi. Shuningdek, Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha o‘tkazilgan saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning hech biri saylovda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini to‘plamagan bo‘lsa, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan deb topiladi.
(96-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov davomida yo‘l qo‘yilgan, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari (hududlari) bo‘yicha yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
(96-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(96-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun — hududlar bo‘yicha ham) saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shunday uchastkalar (hududlar, okruglar) bo‘yicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham saylov umuman bo‘lib o‘tgan deb topilishi mumkin bo‘lsa, tegishli saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Tegishli saylov komissiyasi ovoz berish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.
(96-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
961-modda. Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi
Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan kamrog‘i yoqlab ovoz bergan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini faqat bitta siyosiy partiya to‘plagan bo‘lsa, unda deputatlik o‘rinlari saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini to‘plagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi.
Taqsimlanadigan deputatlik o‘rinlari quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
1) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik o‘rinlari taqsimlanadigan siyosiy partiyalar uchun yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni aniqlanadi;
2) ushbu qismning 1-bandiga muvofiq aniqlangan ovozlar soni yetmish beshga bo‘linadi. Olingan natija saylov koeffitsiyenti hisoblanadi;
3) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik o‘rinlari taqsimlanadigan har bir siyosiy partiya uchun yoqlab berilgan ovozlar soni saylov koeffitsiyentiga bo‘linadi va shu orqali aniqlangan sonning butun qismi har bir siyosiy partiyaga taqdim etiladigan deputatlik o‘rniga teng bo‘ladi.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlari taqsimlangandan keyin, taqsimlanmagan deputatlik o‘rinlari mavjud bo‘lsa, qolgan deputatlik o‘rinlari ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Taqsimlanmagan deputatlik o‘rinlari ushbu modda to‘rtinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibda aniqlangan sonning qoldiq qismi (verguldan keyin oltita raqamgacha) kattaroq bo‘lgan siyosiy partiyalarga bittadan mandat berish orqali taqsimlanadi. Qoldiq qismi teng bo‘lgan taqdirda, ustuvorlik ko‘proq ovoz to‘plagan siyosiy partiyaga beriladi.
Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar o‘rtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani imzolaganidan so‘ng bu haqda deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalarni va saylangan deputatlarni darhol xabardor qiladi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar xabarni olgandan so‘ng besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmagan yoki mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.
Keyingi nomzod ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida ro‘yxatga oladi.
Ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib ro‘yxat bo‘yicha taqsimlangan deputatlik o‘rni to‘ldirilgunga qadar amalga oshiriladi.
(961-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
97-modda. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.
17-bob. Saylovni moliyalashtirish
98-modda. Saylovni davlat tomonidan moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga, shu jumladan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar har yili qabul qilinadigan mahalliy budjetlarning xarajatlari qismida nazarda tutiladi.
(98-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Chet davlatlarning, ular jismoniy va yuridik shaxslarining hamda xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan saylovni moliyalashtirish hamda nomzodlar va siyosiy partiyalarni moddiy jihatdan boshqacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda berishi mumkin. Bu mablag‘lar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi jarayonida ulardan foydalanish uchun qabul qilib olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”.
99-modda. Saylov komissiyalarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasini, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalarini, okrug va uchastka saylov komissiyalarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan amalga oshiriladi.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
 LexUZ sharhi
Markaziy saylov komissiyasini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutiladi.
Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov komissiyalarining a’zolariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan a’zolariga, shu jumladan pensionerlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
100-modda. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish
Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda, mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bu haqdagi axborot Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek zarur hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinadi.
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘lari shu partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari:
tashviqot olib borishga;
nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanadi.
Siyosiy partiyalar o‘zining saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi axborotni saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin bir oy ichida o‘z rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrlarida e’lon qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ning 3-bobi.
18-bob. Yakunlovchi qoidalar
101-modda. Saylov komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
(101-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Saylov komissiyasining raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaat qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
(101-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Murojaatni ko‘rib chiqqan saylov komissiyalari a’zolari uni ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
102-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni esa darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
(102-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1021-modda. Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining transportdan foydalanish huquqi
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yo‘l vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi o‘z guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin temir yo‘l vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.
(1021-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
103-modda. Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(103-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512 — 5111-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari va referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)