1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
O‘zbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron bo‘lmagan) toifalarining ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
Fuqarolari uchun ishbilarmonlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji to‘lovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining Vaqtinchalik qoidalario‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-noyabr,
408-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari
TARTIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — chet el fuqarolari) shaxsiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
2. Chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari chet el fuqarolarining barcha toifalariga beriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma’lum toifadagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kirish vizalari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyuldagi PQ-3836 son “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga ko‘p martalik uch yillik investitsiya vizasi (investitsiya vizasi) beriladi va uning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan ko‘p martalik “IT-visa” (keyingi o‘rinlarda — “IT-visa”) beriladi;
(2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son)
Bunda, investitsiya vizasi va “IT-visa” egalarining oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari)ga ularning vizalari amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtiriladi.
(2-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalarida yoki xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi bo‘linmalarida vizalarni rasmiylashtirish uchun taklif etuvchi tashkilotning arizasiga ko‘ra beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ruxsatnomasi asos bo‘ladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
“Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) davlat boji to‘lamasdan uch yil muddatgacha ko‘p marta foydalaniladigan vizalarni olish huquqiga ega.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bo‘linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni chet el fuqarolarining quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
b) rasmiy va parlament delegatsiyalari a’zolariga;
v) diplomatik maqomga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;
g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan chet el fuqarolarining taklifi bo‘yicha kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo‘lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan chet el fuqarolariga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va personallashtirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilmagan chet el fuqarolari uchun amalga oshiradilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar uch yilgacha muddatga vakolatli organ tomonidan chet el fuqarolarining quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
b) chet el fuqarosining xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
v) O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga ular O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olganlaridan so‘ng, agar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
d) xorijiy investitsiyali korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
61. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji to‘lanmasdan uch yil muddatgacha ko‘p martalik kirish-chiqish vizalari beriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan ularning muddati uzaytiriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
62. “IT-visa” va investitsiya vizasi elektron bo‘lmagan shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga “IT-visa” va investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda, uning muddati vakolatli organ tomonidan uzaytiriladi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarosi “IT-visa” va investitsiya vizasini olish uchun vakolatli organga belgilangan shakldagi talabnoma bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
(62-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) “IT-visa”ni olish uchun — IT-park direksiyasining tavsiyasi. Mazkur tavsiyada “IT-visa”ning amal qilish muddati ko‘rsatiladi;
b) investitsiya vizasini olish uchun — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomalardan biri va milliy pasportini ko‘rsatgan holda.
Ma’lumotnoma:
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi.
“IT-visa” va investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani “IT-visa” yoki investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yangi (almashtirishda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vakolatli organga murojaat qilishga haqlidir.
(62-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
“IT-visa”ni olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va chet el fuqaroga rasmiylashtirish muddati 3 sutkadan oshmasligi kerak.
(62-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlari va mutaxassislariga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan beriladigan, amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan ko‘p martalik “IT-visa” o‘rniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ra tenglashtiriladi.
(62-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
63. Investitsiya vizasi berilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni va tegishli reyestrni yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasiga har oyda tegishli ma’lumotlarni yuboradi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ishtirokchilar ulushlari o‘zgarganligi bilan bog‘liq ustav hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi keyinchalik investitsiya vizasining amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot yuboradi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
“IT-visa” berilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni hamda tegishli reyestrni yuritish uchun IT-park direksiyasiga har oyda tegishli ma’lumotlarni yuboradi.
“IT-visa”ning amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish IT-park direksiyasining xabarnomasiga binoan amalga oshiriladi. Bunda, IT-park direksiyasi uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot yuboradi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
64. O‘zbekiston Respublikasiga ma’lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelib, shu muddat ichida baxtsiz hodisa (jarohat olganligi yoki boshqa og‘ir kasallik) sababli davolash muassasalariga joylashtirilgan va belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketish imkoni bo‘lmagan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan har bir holat bo‘yicha tegishli davolash muassasasi chet el fuqarosining davolanish muddati ko‘rsatilgan holda bergan xulosasiga asosan ma’muriy choralar qo‘llanilmasdan, “chiqish” (EXIT) vizasi rasmiylashtirib beriladi.
Chet el fuqarosi yoki uning qonuniy vakili davolanish muddati tugagach, uch ish kunida “chiqish” (EXIT) vizasini rasmiylashtirish uchun vakolatli organga belgilangan tartibda ariza va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan 2021-yil 10-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/549/0837-son)
65. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Vatandosh” kartasi amal qilish davrida “Vatandosh” kartasi egalarining oila a’zolari (ota-onasi, eri (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari)ga amaldagi viza muddatini uzaytirishda ko‘p martalik vizalari O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirilib beriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
7. O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, chet el fuqarolarining borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
8. O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun chet el fuqarolaridan:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yig‘imlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yig‘imlar undiriladi;
b) Vakolatli organ tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
9. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
91. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashuvchilarning davlatlarida bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilariga beriladigan muddatlarga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilarning bo‘lish muddatlariga hamda respublika hududida uzoq muddat bo‘lish uchun ruxsatnoma faqat asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etilishiga nisbatan choralarni ko‘rish huquqiga ega.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
10. Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el fuqarolarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni (keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet el fuqarolari — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari chet el fuqarolariga taklifnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el fuqarolarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo‘yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan chet el fuqarolariga IT-park rezidentining xorijiy mutaxassislari bundan mustasno, vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Mazkur Tartibning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga ham xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida vizalar uzaytiriladi. Bunda ushbu konsullik harakati chet el fuqarosi faqat keyingi reysga jo‘nab ketish uchun berilgan aviachiptaga ega bo‘lgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Agar keyingi reysda joy bo‘lmasa, tasdiqlovchi hujjatlar (aviachipta yoki jo‘nash sanasi ko‘rsatilgan aviakompaniyaning xati) taqdim etilganda uzaytirilishiga ruxsat beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Viza berish hujjatlarini ko‘rib chiqish va chet el fuqarosiga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning chet el fuqarosini taklif qilgan arizasi 2 ish kunidan, “IT-visa” berilganda esa 3 sutkadan oshmasligi kerak.
(10-bandning sakizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
101. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining yoki xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik, savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning yozma so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalarida yoki xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi bo‘linmalarida chet el fuqarolariga kirish vizalarini berish uchun viza ta’minoti bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
102. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan muddat tugagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalariga yoxud xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi bo‘linmalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi, ular asosida chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun viza beriladi.
Viza ta’minoti bo‘yicha yordam ko‘rsatish muddati — 3 oy.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
11. O‘zbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi bo‘yicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Chet eldan chet el fuqarolarini taklif qilmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Fuqarolarning taklifnomasi bo‘yicha xorijiy fuqaroga O‘zbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan chet el fuqarolari uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
111. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit o‘tishga viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan sanadan kamida 7 kun oldin murojaat qilishlari lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
12. Chet el fuqarolari turist sifatida kelish vizalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyuldagi PQ-3836 son “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan chet el fuqarolariga kelish-ketish vizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va ko‘p martalik kirish uchun “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-VISA.UZ” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin. Elektron vizani rasmiylashtirish va olish tartibi Elektron viza to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni ko‘rib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
13. Chet el fuqarolari tranzit vizasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga jo‘nab ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlarini taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yo‘lovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan o‘tib ketadigan chet el (haydovchilari) fuqarolari (72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Tranzit vizani O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
131. Xorijda bo‘lgan chet el fuqarolariga “IT-visa” va investitsiya vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(131-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Xorijda bo‘lgan chet el fuqarolariga investitsiya vizasini rasmiylashtirish uchun iltimos qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomalardan birini ilova qilib belgilangan namunadagi anketa bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.
(131-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Ma’lumotnoma:
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi.
(131-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Xorijda bo‘lgan chet el fuqarolariga “IT-visa”ni rasmiylashtirish uchun IT-Park Direksiyasi o‘zining tavsiyasini, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, belgilangan namunadagi anketa bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.
(131-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
“IT-visa” va investitsiya vizasi O‘zbekiston Respublikasining chet eddagi konsullik muassasalari tomonidan milliy pasport ilova qilingan holda belgilangan shakldagi viza anketasini to‘ldirishda yoxud kelganidan keyin — xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida beriladi.
(131-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmagan davlatlardan kelgan shaxsga iltimosnomani rasmiylashtiruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona investitsiya vizasini kelganidan keyin xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiylashtirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari bilan oldindan ishlab chiqadi.
“IT-visa” va investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani“IT-visa” yoki investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yangi (almashtirilganda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishga haqlidir.
(131-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
14. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yo‘llaydilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
II1. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
151. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish viza muddatlari O‘zbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron bo‘lmagan) toifalarining ro‘yxatida belgilangan muddatdan oshmagan holda uzaytiriladi.
Belgilangan muddatda uzaytirilgan vizalar ushbu vizalar muddatini uzaytirish uchun qayta murojaat qilishni cheklamaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
152. Chet el fuqarolarini taklif qilgan jismoniy va yuridik shaxslar chet el fuqarolarini hamda ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatlarini uzaytirish uchun viza muddati tugashidan o‘n kun avval murojaat qilishi lozim.
Bunda chet el fuqarosini taklif qilgan jismoniy shaxslar yashash joyi, yuridik shaxslar o‘zlarining yuridik manzili bo‘yicha vakolatli organga murojaat qiladi.
(152-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
153. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari (jumladan, ishbilarmonlik doiralari vakillari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati (boshqa hujjatlar bilan solishtirib olingandan so‘ng nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
amaldagi vizasining nusxasi;
O‘zbekistonga kirish viza talabnomasi (birinchi marta viza muddatini uzaytirish uchun hujjat topshirganda (teleks);
chet el fuqarosi o‘zini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan yuridik shaxsdan boshqa yuridik shaxsga o‘tib ishlayotgan bo‘lsa, uni taklif qilgan yuridik shaxsdan rozilik xati;
chet el fuqarosi nomidan hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning mas’ul xodimi murojaat qilgan taqdirda, unga berilgan ishonchnoma.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
154. O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el banklari yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlarining akkreditatsiya guvohnomasi nusxasi taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
155. Korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma nusxasi taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
156. Vatandoshlarning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma, taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlari (nikoh tuzilganligi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar nusxasi) taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
157. Oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davrida kelgan talabalarning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomalari taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
158. Oliy, professional yoki umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ta’lim muassasasining talaba va o‘quvchilari bilan tuzilgan shartnoma (to‘lov-kontrakt) nusxasi va buyruqdan ko‘chirma taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
159. O‘qituvchilik faoliyatini yuritayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomalari hamda ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxalari taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
1510. Ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to‘plash) va o‘qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni xohlaydigan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralarning iltimosnomalari taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
1511. O‘zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari davolash-profilaktika muassasalari taklifi hamda chet el fuqarosining davolanishi uchun qo‘shimcha muddat talab etilishi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
1512. “IT-visa”sini uzaytirish uchun chet el fuqarolari tomonidan vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari IT-park direksiyasining tavsiyasi taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
1513.Chet ellik investor va uning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonasidan iltimosnoma, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomalardan biri taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma:
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilgani to‘g‘risida beriladi.
1514. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari “Faxriy fuqaro” maqomi berilgani to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etiladi.
1515. Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari chet el fuqarosi bilan tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxalari taqdim etiladi.
1516. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet el fuqarolari taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarosining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Tartibga 2-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
taklif etuvchi shaxs, chet el fuqarosining milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
taklif qilingan chet el fuqarosining amaldagi viza nusxasi;
agar chet el fuqarosi taklif etuvchi shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh guvohnomasi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma)dan nusxalar;
chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa chet el fuqarolarining taklifiga asosan mehmon sifatida kelganida, ularni taklif qilgan shaxsning doimiy akkreditatsiya qilinganlik hujjati va amaldagi vizasining nusxasi.
Shuningdek, chet el fuqarosi tomonidan vizani uzaytirishga asos bo‘luvchi (doimiy yashashga hujjat topshirganligi, maktabda tahsil olishi, davolanishi va shu kabilarni tasdiqlovchi boshqa) hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
1517. Chet el fuqarosi yuridik yoki jismoniy shaxslarning taklifiga binoan kelganda, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan majburiyatni va javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
Bundan tashqari, taqdim etilgan tegishli talabnomalarga asosan quyidagi hollarda chet el fuqarolariga viza rasmiylashtirib beriladi:
chet el fuqarolari turli sabablarga ko‘ra pasportlarini (harakatlanish hujjatini) almashtirganda (eski pasportida (harakatlanish hujjatida) mavjud bo‘lgan vizaning amal qilish muddatiga yangi viza rasmiylashtirib beriladi);
chet el fuqarosining farzandi O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilganda (agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub bo‘lmaganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va tegishli davlatning O‘zbekiston Respublikasida joylashgan elchixonasi tomonidan berilgan milliy pasport (harakatlanish hujjati) taqdim etilganda);
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirib kelgan 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi respublika hududida 16 yoshga to‘lganda;
amaldagi vizaning safarlar soni tugaganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan chet el fuqarosiga;
ko‘chirib berilayotgan amaldagi viza vakolatli organ tomonidan uzaytirilganda (ko‘chirib berilgan viza uchun davlat boji undirilmaydi).
1518. Qabul qilinayotgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligiga ishonch hosil qilgach, mas’ul xodim tomonidan talabnomaning ikkala nusxasiga vakolatli organ tomonidan belgilangan shtamp bosilib, imzolanadi va bir nusxasida hujjatlar qabul qilingan sana ko‘rsatilib, bir nusxasi chet el fuqarosining milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati bilan birga murojaat qiluvchiga qaytariladi.
1519. Quyidagi hollarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi:
hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki unda noaniqliklar bo‘lganda;
chet el fuqarosini yuridik shaxs chaqirganda va talabnoma uning mansabdor shaxsi tomonidan imzolanmaganda;
hujjatlardagi imzo yoki muhrning qalbakiligi aniqlanganda;
hujjatlar talabnomada ko‘rsatilgan mas’ul shaxsdan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda;
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) taqdim etilmaganda, shuningdek, ular hujjat topshirayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lganda;
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) yaroqsiz holga kelganligi aniqlanganda, amal qilish muddati tugagan yoki viza rasmiylashtirish uchun bo‘sh varaqlari bo‘lmaganda;
chet el fuqarosi vizada ko‘rsatib o‘tilgan safarlar sonidan ortiq O‘zbekiston Respublikasiga kirib chiqqanda;
chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish viza muddati tugaganda, vaqtincha ro‘yxati bo‘lmaganda (16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarodan tashqari);
chet el fuqarosi milliy pasporti (harakatlanish hujjati)ning amal qilish muddati uch oydan kam qolganda.
1520. Hujjatlarni qabul qilish vaqtida chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari buzilgani aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidasini buzgan chet el fuqarolariga amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli choralar ko‘rilganidan so‘ng viza muddatini uzaytirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.
1521. Chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirishni so‘rab bergan talabnomalari qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Talabnoma o‘rganish natijalariga ko‘ra ijobiy deb topilganda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga davlat bojini to‘lash uchun hisobvaraq beriladi.
Ariza beruvchi hisobvaraq berilgan kundan uch ish kuni davomida davlat bojini to‘lashi lozim.
Davlat boji to‘liq to‘langani axborot tizimida tasdiqlangandan so‘ng vakolatli organ tomonidan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati asosida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati hamda safarlar soni aks etgan viza rasmiylashtiriladi.
1522. O‘zbekiston Respublikasiga elektron bo‘lmagan viza bilan investor, vatandosh sifatida, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish yoki ta’lim olish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari)ga viza muddatlari ularning viza muddatiga qadar uzaytirib beriladi.
1523. Mas’ul xodim chet el fuqarolariga uzaytirilgan viza muddatlari hamda safarlar soni yuzasidan izoh berishga majbur emas.
(II1 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
17. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan so‘ng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi yashash joyiga qaytmasa;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VA UNDAN KETISH HUQUQIDAGI CHEKLASHLAR
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
19. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
a) milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida;
b) agar bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador bo‘lsa;
(19-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
g) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
d) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu yerda bo‘lish qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo‘lsa;
(19-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
e) agar shaxs kasal bo‘lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog‘lomligiga xavf tug‘dirsa hamda ushbu kasallik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa.
(19-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
j) agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 497-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan)
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 22-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga kelish cheklangan bo‘lsa, unga O‘zbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi]
20. Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasidan ketishiga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid bo‘lsa — ketishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga to‘sqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — ushbu majburiyatlar to‘xtatilgunga qadar;
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni to‘liq bajarib bo‘lgunga qadar;
e) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa;
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
V. CHET ELGA KETISH HUQUQI RAD ETILGANLIGI USTIDAN SHIKOYAT QILISH TARTIBI
21. Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan chet el fuqarolari yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga 1-ILOVA
_____________ IIV-IIBB-IIB
Migratsiya va personallashtirish
boshqarmasi boshlig‘iga
Chiqish raqami ________
Sana ________
TALABNOMA
_____________________________________________ quyidagi shaxs(lar) vizasining amal qilish
7. Kelishdan maqsadi ______________________________________________________
8. Milliy pasporti (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami _________ berilgan sanasi va amal qilish muddati __________________________________________________________
9. O‘zbekiston Respublikasiga oxirgi kirib kelgan sanasi __________________________
10. Mavjud viza kim tomonidan rasmiylashtirilgan (amal qilish muddati)
17. Hujjatni rasmiylashtirish va topshirishga mas’ul bo‘lgan shaxsning F.I.O. (ishonchnoma ilova qilinadi)__________________________________________________________
Milliy pasport (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami_________________________
xizmat telefon raqami: _________________ mobil telefon raqami: _________________
Talabnomani topshiruvchi tashkilot
rahbarining lavozimi________(M.O‘.)______imzo (yoki QR-kod)______F.I.O.
Izoh. Viza talabnomasi tashkilot blankasida rasmiylashtiriladi yoki oq qog‘ozning o‘ng burchagida qabul qiluvchi tashkilotning muhri, chiqish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda qo‘yiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga 2-ILOVA
_____________ IIV-IIBB-IIB
Migratsiya va personallashtirish
boshqarmasi boshlig‘iga
TALABNOMA
Menga ______________ gacha viza muddatini uzaytirib berishingizni so‘rayman.
Xususiy taklif asosida ______________________________________________________________
6. Milliy pasporti (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami _________ berilgan sanasi va amal qilish muddati __________________________________________________________
13. Telefon raqami ___________________________ shaxsiy ____________________________
Sana _________________________
Imzo ________________________.
(1 va 2-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 3-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari
QOIDALARI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — chet el fuqarolari)ning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud bo‘lgan taqdirda, haqiqiy pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
2. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘zlari boradigan mamlakatga havo, temir yo‘l va suv transporti bilan tranzit o‘tishlariga O‘zbekiston Respublikasi bilan qo‘shni bo‘lgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli o‘tish hujjatlari (ularda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga o‘tirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit o‘tishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni bo‘lgan davlatga o‘tish uchun haqiqiy bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
4. Tranzit vizalar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘xtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda chet el fuqarolariga qo‘shni davlatga o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda to‘xtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
5. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit o‘tishga ruxsat beriladi:
a) havo transporti yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali qo‘nmasdan uchib o‘tganlarida;
b) xalqaro aviayo‘nalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga o‘tib uchishda hamda yo‘lovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud bo‘lganda, ularda samolyotdan samolyotga o‘tish sanasi tasdiqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yo‘lovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
v) O‘zbekiston Respublikasi tegishli hukumatlararo bitimlarga ega bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga.
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga passajirlar to‘g‘risida oldindan o‘z vaqtida ma’lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o‘tadigan fuqarolariga besh sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
6. O‘zining shaxsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kelgungacha O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, to‘xtash joylarini ko‘rsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega bo‘lishi shart, o‘zlariga nisbatan viza rejimi qo‘llanmaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yuradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda ko‘rsatilgan punktlarda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit o‘tuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi chet el fuqarolari faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq bo‘lgan yo‘llar va yo‘nalish varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha yurishlari mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yo‘nalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit o‘tayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan yo‘nalishdagi punktlarda to‘xtash mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasidan temir yo‘l orqali o‘tayotgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tayotgan poyezdlarda o‘tayotgan chet el fuqarolari poyezd to‘xtab turishining amaldagi jadvalda ko‘rsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega bo‘ladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yoki bir necha punktda to‘xtash ko‘rsatilgan tranzit vizaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari ushbu punktlarga kelganlaridan keyin chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishga yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishga va ular uchun belgilangan bo‘lish muddatidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketishga majburdirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
11. Tranzit o‘tuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy to‘xtagan chet el fuqarolari to‘xtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Majburiy to‘xtash quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini to‘xtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga ko‘ra bemorning yo‘lda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila a’zolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
g) yo‘llar tutashgan joyda bir transport turidan boshqasiga o‘tirish kechikkanda.
Majburiy to‘xtash chet el fuqarolariga bunday to‘xtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy to‘xtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar bo‘lish huquqini beradi.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Bo‘lishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yo‘nalish yo‘lida to‘xtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning ma’lumotnomasi ko‘rsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar to‘xtash vaqtida chet el fuqarolari yashaydigan joylar bo‘lishi mumkin:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
b) o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.
(12-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
v) tranzit yo‘lovchi u bilan birga bo‘ladigan vakolatxonadagi aniq shaxs ko‘rsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
To‘xtash vaqtida chet el fuqarolarining yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy to‘xtagan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi, yo‘nalishni va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi chet el fuqarolari buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolariga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Chet el fuqarolariga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga ma’lum qilishlari shart.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
16. Chet el fuqarolari mazkur Qoidalar buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan hal etiladi.
Mazkur qoidalarning chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish shartlariga rioya qilishlarini ta’minlovchi yoxud ularga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son)
Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi.
2.
D-2
Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 3 oygacha muddatga beriladi.
3.
DT
Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik)
O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 1 oygacha muddatga beriladi.
4.
S-1
Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
5.
S-2
Xizmat kirish vizasi (vaqtincha)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi.
6.
S-3
Xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha )
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi chet el fuqarolariga 1 yil muddatgacha beriladi.
7.
O
Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar o‘tkazish muddatiga beriladi.
8.
V-1
Ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun)
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
9.
V-2
Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza)
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi.
10.
T
Turistik kirish vizasi
O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga 1 oy muddatgacha beriladi.
11.
TG
Guruhli turistik kirish vizasi
O‘zbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat bo‘lgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga 1 oy muddatgacha beriladi.
12.
PLG
Ziyorat kirish vizasi
Turistik faoliyat subyektlari va O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining so‘rovnomalari bo‘yicha O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi, an’analarini o‘rganish uchun chet el fuqarolariga 2 oy muddatgacha beriladi.
13.
E
Ishchi kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma asosida)
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan chet el fuqarosiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi.
14.
J-1
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
15.
J-2
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (“Dunyo” AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.
16.
PV-1
Mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
17.
PV-2
Mehmon kirish vizasi (chet el fuqarolarining taklifi bo‘yicha)
O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan chet el fuqarolari taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
18.
VTD
Vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha)
O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud bo‘lganda 2 yilgacha muddatga beriladi.
19.
STD
Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
20.
A-1
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
21.
A-2
O‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda)
Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlariga pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, o‘z tasarrufida ta’lim tashkilotiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
22.
A-3
Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda)
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to‘plash) va o‘qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni xohlaydigan chet el fuqarolari uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
23.
MED
Tibbiy kirish vizasi
Davolash-profilaktika muassasalari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan chet el fuqarolari uchun 3 oygacha muddatga beriladi.
24.
S-1
Ekipaj uchun kirish vizasi
Havo kemalari va temir yo‘l tarkiblari ekipajlarining xorijiy a’zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
25.
S-2
Haydovchilar uchun kirish vizasi
Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi.
26.
EXIT
Chiqish vizasi
Chet el fuqarolari tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi.
27.
TRAN
Tranzit vizasi
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tuvchi chet el fuqarolariga 3 kungacha muddatga beriladi.
28.
INV
Ko‘p martalik investitsiya vizasi
Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy to‘lov kattaligidan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida bo‘lgan korxonalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning so‘rovnomalari bo‘yicha beriladi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.
29.
IT
Ko‘p martalik “IT-visa”
axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o‘rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo‘lgan startap loyihalar ta’sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta’lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 5-ILOVA
Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar
86. Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi.
Izoh:
1. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.
2. Ushbu Izohning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilmagan qolgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
3. Vizasiz rejim yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.
Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar chet el fuqarosi respublikadan chiqib ketishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida chet el fuqarosi ushbu qarorga 4-ilovada bayon etilgan, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.
4. Ro‘yxatda 66 dan 85 gacha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan belgilanadi.
5. Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 7 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda 2020-yil 1-yanvardan belgilanadi.
6. Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kirishda amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 6-ILOVA
Fuqarolari uchun ishbilarmonlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar
RO‘YXATI
2 ish kuni mobaynida:
1. Avstriya Respublikasi
2. Belgiya Qirolligi
3. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi
4. Germaniya Federativ Respublikasi
5. Ispaniya Qirolligi
6. Italiya Respublikasi
7. Latviya Respublikasi
8. Malayziya
9. Fransiya Respublikasi
10. Chexiya Respublikasi
11. Shveysariya Konfederatsiyasi
12. Yaponiya
3 ish kuni mobaynida:
13. Birlashgan Arab Amirliklari
14. Eron Islom Respublikasi*
15. Pokiston Islom Respublikasi*
* Ishbilarmonlik vizalari O‘zbekiston Respublikasining Pokiston va Eron Islom Respublikalari bilan tuzilgan Ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda turistik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Istisno hollarda, qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa, Pokiston va Eron Islom Respublikalari fuqarolari uchun vizani rasmiylashtirish 10 kundan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)