Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda iqtisodiy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik buyruqqa, daʼvo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130 — 140-moddalari, mazkur Kodeksning 135 – 147-moddalari, 148 — 203-moddalari, 204 — 238-moddalari.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining beshinchi qismi, 242-moddasi.
2-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmatda boʻlish munosabatini shakllantirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
3-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va murojaatning shakli
Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga (sudga) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135, 136-moddalari, 148-moddasi birinchi qismining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudga boshqa shaxslar ham murojaat qilishga haqli.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar boʻyicha hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
Oldingi tahrirga qarang.
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
(3-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 143-moddasining toʻrtinchi qismi, 188-moddasining birinchi qismi, 336-moddasining yettinchi qismi.
4-modda. Iqtisodiy ish
Iqtisodiy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrish jarayonida sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda sudga taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Iqtisodiy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi iqtisodiy ishni boshqa sudga yoki boshqa organga oʻtkazish telekommunikatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan iqtisodiy ishning qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5, 75, 77-moddalari.
5-modda. Sud hujjatlari
Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145, 176 — 179, 195, 196-moddalari.
Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalari sudlari qaror qabul qiladi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 200-moddasi.
Kreditorning soʻzsiz talablariga doir arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud tomonidan sud buyrugʻi chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143 — 145-moddalari.
Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
2-bob. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish prinsiplari
6-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Iqtisodiy ishlar boʻyicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi, mazkur Kodeksning 25 va 26-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
7-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligidan, kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
8-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 136-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshi, 4, 5-bandlari, 7-bandining birinchi xatboshisi, 8-bandi, 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 12-bandning birinchi xatboshisi.
9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining beshinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Iqtisodiy sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tilda tuziladi.
11-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi.
Davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur boʻlgan taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq sud majlisida videokonferensaloqa rejimida eshitishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvlari amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida oʻtkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi koʻrsatilmagan tarzda eʼlon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
12-modda. Sud muhokamasining bevositaligi
Sud ishni muhokama qilishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 168-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud ishni koʻrishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining birinchi qismi, 136-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar ham mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqishda qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Sud Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qoʻllaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI boʻlimi (“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).
14-modda. Chet davlat huquqi normalarini qoʻllash
Chet davlat huquqi normalarini qoʻllashda sud ushbu normalarning mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qoʻllanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida sud koʻmaklashishni va tushuntirib berishni soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda koʻmaklashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi.
Agar koʻrilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa, iqtisodiy sud Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qoʻllaydi.
15-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasi, mazkur Kodeksning 334-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 181, 1981-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining va Oliy xoʻjalik sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-son “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qarori.
3-bob. Sudning tarkibi
16-modda. Ishlarning yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi
Birinchi instansiya boʻyicha ishlar barcha sudlarda sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi ishtirokida hayʼatda amalga oshiriladi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135, 153, 269 — 273, 279 — 281 va 290 — 297-moddalari.
Ishni koʻrishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda koʻrish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasining beshinchi qismi, 23-moddasining ikkinchi qismi, 190-moddasining toʻrtinchi qismi.
17-modda. Sud tarkibini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri:
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda;
sudya yoʻqligi sababli ishni koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda almashtirilishi mumkin.
Sudya almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22 — 24-moddalari.
18-modda. Masalalarni sudyalar hayʼati tarkibi tomonidan hal qilish tartibi
Sud tomonidan ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalardan birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi.
Koʻpchilikning fikriga qoʻshilmagan sudya sud hujjatiga imzo qoʻyishi shart va u oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
19-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4-bob. Sudyani va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini rad qilish
20-modda. Sudyani rad qilish
Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda hakamlik sudi sudyasi, arbitr, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
(20-moddaning ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19, 21 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
21-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini va tarjimonni rad qilish
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi yoki tarjimon quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos boʻladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe boʻlganligi;
2) u oʻtkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab boʻlib xizmat qilgan boʻlsa yoxud ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19, 20, 22 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
22-modda. Rad qilish haqidagi arizalar
Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi lozim.
Ishni koʻrish davomida oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga oʻzini oʻzi rad qilish yoki rad qilish uchun asos oʻzini oʻzi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan koʻrish boshlanganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 21, 23, 24-moddalari, 42-moddasining birinchi xatboshisi, 165-moddasining birinchi, oltinchi xatboshilari.
23-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal etish tartibi
Rad qilish toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini eshitadi.
Ishni yakka tartibda koʻrayotgan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi.
Ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir nechta sudyani yoki ishni koʻrayotgan sudning butun tarkibini rad qilish toʻgʻrisidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning oʻzini oʻzi rad qilishi yoki ularni rad qilish toʻgʻrisidagi masala ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Sudyaning oʻzini oʻzi rad qilishi toʻgʻrisidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 22, 24, 195-moddalari.
24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi yoki sudyani yoxud bir necha sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida koʻriladi.
Agar oʻzini oʻzi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni oʻsha sudda koʻrish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni boʻlmasa, ish boshqa sudga oʻtkazilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 23-moddalari, 39-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi.
5-bob. Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
1-§. Sudga taalluqlilik
25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Iqtisodiy sudga:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar boʻyicha ishlar koʻrilayotganda taraflar boʻlgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 135-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10, 24, 39, 40-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 — 7-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar;
(25-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4) hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
41) arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan 42-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolar boʻyicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
51) ushbu Kodeksning 301-moddasida koʻrsatilgan investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar;
52) ushbu Kodeksning 302-moddasida koʻrsatilgan raqobatga oid ishlar;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan 51 va 52-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi, 32-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 258-moddasi.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli boʻladi.
Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2451-moddasi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud oʻziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi.
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi lozim.
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 41, 5 va 51-bandlarida koʻrsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar boʻlishidan qatʼi nazar, sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(25-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
26-modda. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar
Iqtisodiy sud:
1) tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 377-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi, oltinchi qismlari.
2) shartnoma taraflari tomonidan koʻrib chiqilishi sudga oʻtkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi;
3) shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 382-moddasining ikkinchi qismi, 383-moddasining uchinchi — beshinchi qismlari, 384-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 16 — 25-bandlari.
4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 11-moddasining 1, 4-bandlari, 113-moddasining ikkinchi qismi.
5) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20, 21, 24-boblari.
6) mulk huquqini tan olish haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 11-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
7) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning gʻayriqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
8) intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031 — 1040, 1179-1180-moddalari.
9) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 21-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
91) oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi;
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuniga asosan 91-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
10) zararning oʻrnini qoplash haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 15, 206, 233, 324-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 14, 22-moddalari.
11) ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
12) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi, bundan maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab boʻyicha ijro hujjati yoki boshqa hujjat mustasno;
(26-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
13) agar qonunda jarimalarni soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi;
14) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi.
Sud qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga yuridik yoki jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar va yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 37-moddalari, mazkur Kodeksning 154-moddasi.
28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar
Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) daʼvoni taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari.
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 223-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi.
3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 228-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari.
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8, 28 va 29-boblarida koʻrsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
281-modda. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar
Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi:
1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi;
5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi;
7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi;
8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi;
9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha ushbu Kodeksning 291-bobida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, koʻrib chiqiladi.
(281-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
29-modda. Nizolarni hal etishni hakamlik sudiga topshirish
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqib, yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, iqtisodiy sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar hakamlik sudiga koʻrish uchun topshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 10-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi, oʻn birinchi xatboshilari, 5 — 7, 9, 11-moddalari.
30-modda. Korporativ nizolar boʻyicha ishlar
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq nizolar;
2) xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar, bundan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi daʼvolari boʻyicha nizolar;
4) qimmatli qogʻozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha ravishda chiqarish) natijalari boʻyicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq nizolar;
5) qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi nizolar;
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar.
Qonunga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar
Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) investitsiya shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq nizolar;
2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;
3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bogʻliq nizolar;
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bogʻliq nizolar;
5) investitsiya shartnomasi boʻyicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma boʻyicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar.
302-modda. Raqobatga oid ishlar
Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ oʻrtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi.
(301 va 302-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
31-modda. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar
Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga:
tadbirkorlik faoliyatini va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet davlat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet el arbitrajlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 25-moddasi, 32-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 239, 258-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish
Talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Agar daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Iqtisodiy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
(311-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
2-§. Sudlovga tegishlilik
32-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo iqtisodiy sudlar tomonidan koʻriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari:
taraflardan biri Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi boʻlgan ishlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni;
(32-moddaning ikkinchi kismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.
Investitsiyaviy nizolar boʻyicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻriladi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
Yuridik shaxslarga nisbatan daʼvolar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida boʻlinmalari faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinmalar davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
Fuqarolarga nisbatan daʼvolar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.
34-modda. Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgarlardan biri davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki joylashgan yerdagi yoki uning maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeridagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogar joylashgan yerda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan yerda taqdim etilishi mumkin.
Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan daʼvolar majburiyat ijro etiladigan joy boʻyicha taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvolar javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin.
(34-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvolar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.
(34-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
35-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar arizachi davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar koʻchmas mulk joylashgan yerdagi sudda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37, 204, 205-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
36-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudda, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sudda koʻriladi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 37-moddalari, mazkur Kodeksning 210-moddasi.
37-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi daʼvolar, koʻchmas mulk haqidagi nizolar, shu jumladan koʻchmas mulkni boshqa shaxsning gʻayriqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi yoxud mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilishini bartaraf etish haqidagi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi boshqa daʼvolar koʻchmas mulk joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 206 — 209-moddalari.
Tashuvchiga nisbatan yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar, shu jumladan, agar javobgarlardan biri tashuvchi boʻlsa, transport tashkilotining organi joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 224-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi.
Hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoki qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi yoxud agar qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 229-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga koʻmaklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi yoki, agar u davlat roʻyxatidan oʻtgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan oltinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj joylashgan yerdagi yoki qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar ushbu Kodeksning 30-moddasida koʻrsatilgan yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
Qarshi daʼvolar dastlabki daʼvo koʻrilayotgan joydagi sudga taqdim etiladi.
38-modda. Shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanishi mumkin.
Eksterritorial sudlovga tegishlilik boʻyicha kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 33 yoki 34-moddalarida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
39-modda. Ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazish
Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda oʻz ish yurituviga qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, oʻzi tomonidan mazmunan koʻrilishi kerak.
Sud ishni quyidagi hollarda boshqa sudga oʻtkazadi, agar:
1) ish sudlovga tegishlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda koʻrish chogʻida maʼlum boʻlsa;
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa sudda koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar oʻrtasida sudlovga tegishlilik toʻgʻrisida nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 32 — 38-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi.
6-bob. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari
1-§. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari
40-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi
Sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 41 — 60-moddalari.
41-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga koʻra, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar boʻyicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 47 — 50-moddalari.
42-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, koʻchirma nusxa olish, rad qilish toʻgʻrisida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda oʻzlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining uchinchi qismi, 80, 93-moddalari, 160-moddasining birinchi qismi, 259, 270-moddalari, 275-moddasining birinchi qismi, 282, 293-moddalari, 298-moddasining birinchi — uchinchi qismlari.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular oʻzlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining birinchi qismi, 47-moddasi, 48-moddasining ikkinchi qismi, 49-moddasining oltinchi qismi, 50-moddasining birinchi qismi, 68-moddasining birinchi qismi, 69-moddasining uchinchi — yettinchi qismlari, 129, 136, 150-moddalari, 167-moddasining birinchi — beshinchi qismlari, 220-moddasi, 239-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda koʻrilayotgan ishga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
43-modda. Taraflar
Daʼvogar (arizachi) va javobgar iqtisodiy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
Oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etgan yoki manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar daʼvogarlardir.
Daʼvo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir.
Alohida toifadagi ishlar hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan yuridik shaxslar va fuqarolar arizachilardir.
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40 — 42-moddalari, 46-moddasining birinchi qismi, 130-moddasi.
44-modda. Ishda bir necha daʼvogar va javobgarning ishtirok etishi
Daʼvo bir necha daʼvogar (sherik daʼvogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkin.
Daʼvogarlar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil ishtirok etadi.
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning (daʼvogarlarning) roziligi bilan oʻsha javobgarni (javobgarlarni) ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan boʻlsa, sud shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusi bilan jalb etadi.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud daʼvogarning iltimosnomasi boʻyicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli.
Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 185-moddasi.
45-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish
Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor boʻlmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Agar daʼvogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni daʼvogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41 — 44-moddalari.
46-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi, fuqaroning oʻlimi va majburiyatlardagi shaxslar oʻzgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi.
Huquqiy vorislik iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin iqtisodiy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning oʻzidan davom ettiriladi.
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiy boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 40 — 45-moddalari, 101-moddasi birinchi qismining 3-bandi, 110-moddasi birinchi qismining 5-bandi, 273-moddasi birinchi qismining 7-bandi.
47-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati mustasno.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: Mazkur Kodeksning 40 — 45-moddalari, 173-moddasining uchinchi qismi.
48-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, daʼvogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvodan voz kechish, daʼvoni tan olish yoxud kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish, qarshi daʼvo taqdim etish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish huquqi mustasno.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki jalb qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40 — 45-moddalari, 173-moddasining uchinchi qismi.
49-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlararo iqtisodiy sudlarga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga daʼvo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror oʻzining daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bogʻliq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etishi mumkin.
Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ishlar mustasno.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni boʻyicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvo arizasi (arizasi) boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno.
Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror daʼvogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Prokurorning oʻz daʼvo arizasidan (arizasidan) voz kechishi daʼvogarni (arizachini) ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Prokuror tomonidan daʼvogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
50-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organi va boshqa shaxsning oʻzi taqdim etgan daʼvo arizasidan (arizadan) voz kechishi daʼvogarni (arizachini) ishni mazmunan koʻrishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvo arizasidan (arizasidan) daʼvogarning (arizachining) voz kechishi daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi, 118-moddasining yettinchi qismi, 173-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi.
51-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 53, 55, 57, 59-moddalari.
52-modda. Sud majlisining kotibi
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻi boʻyicha ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganlik sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga maʼlum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar boʻyicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa barcha topshiriqlarini bajaradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 4-moddasining toʻrtinchi qismi, 21, 202-moddalari.
53-modda. Guvoh
Sudning nizoni toʻgʻri hal etishi uchun ahamiyatga ega maʼlumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida;
(53-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida;
(53-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54, 88, 117-moddalari.
54-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, iqtisodiy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish, koʻrsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 53, 88-moddasi.
Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan oʻzi xabardor boʻlgan maʼlumotlar va holatlar haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi va 240-moddasi.
Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlar yuzasidan koʻrsatuv berishni rad qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan koʻrsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi.
55-modda. Ekspert
Fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida xulosa berish uchun zarur boʻlgan maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki oʻzga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
(55-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 21, 51, 56-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 78, 79-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismi.
56-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert: ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham xulosalarini bayon etish; oʻz xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(56-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertiza oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi.
(56-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi, 240-moddasi.
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan dalolatnoma tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
57-modda. Mutaxassis
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21, 51, 58, 87-moddalari, 168-moddasining birinchi qismi.
58-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va malakaga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini oʻzining dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda koʻmaklashish chogʻidagi harakatlari bilan bogʻliq holatlarga qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining toʻliqligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar oʻrni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, malaka va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
(58-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21, 51, 57, 87, 117-moddalari, 168-moddasining birinchi qismi.
59-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 10, 21, 51, 60, 117-moddalari.
60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi toʻgʻriligi xususida eʼtirozlar taqdim etish huquqiga ega.
Tarjimon:
sud chaqiruvi boʻyicha kelishi;
tarjimani aniq, toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi;
sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
(60-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 59, 117-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi.
2-§. Sudda vakillik
61-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 62-moddasining birinchi qismi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni oʻzlari tanlagan vakilga topshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksi 65-moddasi.
Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillar boʻlishi mumkin:
1) advokatlar;
2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari;
5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar.
Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish boʻyicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.
62-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning sudda ish yuritishga doir vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining birinchi qismi, 135-moddasi.
Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbari yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolangan va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlganda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining birinchi qismi, 135-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi.
Shartnoma boʻyicha vakil sifatida harakat qiluvchi shaxs (bundan advokat mustasno) ishonchnomadan tashqari sudga shartnoma boʻyicha vakil maqomini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining ikkinchi qismi, 136-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi.
63-modda. Vakilning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan daʼvo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, daʼvo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va daʼvoni tan olish, daʼvo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi (“Vakillik va ishonchnoma”).
Vakilning ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari u qaysi shaxs tomonidan vakil qilinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
64-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirishi shart.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tan olish va ularning sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani mazkur shaxslar sudga taqdim etgan hujjatlarni tekshirish asosida hal etadi. Mazkur shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur boʻlganda esa ularning koʻchirma nusxalari ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili oʻz vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
65-modda. Sudda vakil boʻla olmaydigan shaxslar
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmagan yoxud vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxslar sudda vakil boʻla olmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-32-moddalari, Fuqarolik protsessual kodeksining 310 — 314-moddalari.
Sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, prokurorlar va sud devoni xodimlari sudda vakil boʻla olmaydi. Mazkur shaxslar sud protsessida tegishli sudlarning, prokuratura organlarining vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etayotgan hollarga nisbatan ushbu qoida tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik yoki arbitraj muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi yoki arbitr sifatida ishtirok etgan shaxslar taraflarning vakili boʻla olmaydi.
(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil boʻlishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob. Dalillar va isbotlash
66-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining 75, 77, 86 — 89-moddalari.
67-modda. Isbotlash
Isbotlash ishni mazmunan koʻrish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tadqiq etish, tekshirish va baholashdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining 67 — 79-moddalari.
68-modda. Isbotlash majburiyati
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash (bundan buyon matnda huquqiy taʼsir choralari deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida ochib berishi lozim.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli.
Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni oʻzida ushlab turgan va sud soʻrovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan boʻlsa, undagi maʼlumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb taxmin qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66, 67, 69 — 79-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 4-bandi.
69-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qoʻshimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 68, 70 — 79-moddalari, 163-moddasining birinchi qismining 4-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi koʻrsatilishi zarur.
Dalilni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Dalilni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi ajrimda talab qilinayotgan dalilni taqdim etish muddati va tartibi koʻrsatilib, ajrim sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga yuboriladi.
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni koʻrsatgan holda xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
70-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki olib kelinishi qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ular turgan joyda bevosita koʻzdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi.
(70-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, koʻchirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qoʻllanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, maʼlumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 69, 71 — 79, 203-moddalari.
71-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ishga aloqador boʻlgan dalillarni qabul qiladi.
Agar taqdim etilgan dalillar koʻrilayotgan ishga aloqador boʻlmasa, ular ish materiallariga qoʻshib qoʻyilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 70, 72 — 79-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 261-sonli Qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi, 7, 20-bandlari.
72-modda. Dalillarning maqbulligi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
(72-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga maʼlum deb topilgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Iqtisodiy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha iqtisodiy sud uchun majburiydir.
74-modda. Dalillarga baho berish
Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yoʻqotilgan va sudga topshirilmagan boʻlsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan koʻchirma nusxalari oʻzaro bir xil boʻlmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab boʻlmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 73, 75 — 79-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
75-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan oʻzga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxada taqdim etiladi. Agar koʻrilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador boʻlsa, uning tasdiqlangan koʻchirmasi taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
(75-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sudga taqdim etiladigan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
(75-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 74, 76 — 79-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-sonli qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 269-sonli qarori 11.1-bandining ikkinchi xatboshisi.
76-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, ularning asli sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ushbu shaxslarga, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan koʻchirma nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 75, 77 — 79, 192-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
761-modda. Elektron maʼlumotlar
Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan maʼlumotlardir.
Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi xamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismni koʻzdan kechiradi.
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi.
762-modda. Raqamli dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir.
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi.
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno.
Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar xam raqamli dalillar hisoblanadi.
Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi.
(761 va 762-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
77-modda. Ashyoviy dalillar
Oʻzining tashqi koʻrinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 76, 78. 79-moddalari.
78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi.
Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim.
Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmaydigan holatda saqlash choralarini koʻradi.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 77, 79-moddalari.
79-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoxud sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 78-moddalari.
80-modda. Ekspertiza
Ishni koʻrish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 81 — 86-moddalari, 102-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim boʻlgan masalalarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan masalalar rad qilinganligini asoslab berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish toʻgʻrisida ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishga, ekspertni rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qoʻyilgan masalalarga qoʻshimcha masalalar kiritish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni boʻlmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qoʻshimcha yoxud takroriy ekspertiza oʻtkazish haqida iltimos qilishga haqli.
Sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qoʻyilgan masalalar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani oʻtkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun 17-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8 — 8.4-bandlari.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan boʻyin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud holatlarga koʻra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoni boʻlmasa, sud aynan qaysi taraf ekspertizadan boʻyin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan boʻlsa, oʻsha faktni aniqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazilishiga doir advokat soʻrovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
81-modda. Ekspertizani oʻtkazish tartibi
Ekspertiza sud majlisida yoki agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni boʻlmasa, sud majlisidan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80, 82 — 86-moddalari, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun 17-moddasining uchinchi — beshinchi qismlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 10 — 15-bandlari.
82-modda. Qoʻshimcha va takroriy ekspertizalar
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan boʻlsa yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 16-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Takroriy ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Takroriy ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80, 81, 83 — 86-moddalari, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik s udi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
83-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
(83-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ekspertizani oʻtkazish oʻziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarini oʻz maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80 — 82, 84 — 86-moddalari, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8.1, 8.2-bandlari, 8.3-bandining uchinchi xatboshisi, 10-bandi, 12-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining birinchi xatboshisi, 14-bandining birinchi xatboshisi, 16-bandining birinchi — toʻrtinchi, oltinchi xatboshilari, 19-bandi, 20-bandining ikkinchi xatboshisi.
84-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80 — 83, 85, 86-moddalari, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8.2-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
85-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi lozim.
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
(85-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80 — 84, 86-moddalari, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandining birinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari.
86-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik, ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan masalalar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; tekshirishlarning qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar aks ettirilgan boʻlishi kerak.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
(86-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17 — 21-bandlari.
87-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)
Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi.
Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi.
Mutaxassisning maslahatini oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida savollar berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 21, 57, 58-moddalari.
88-modda. Guvohning koʻrsatuvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud guvohni sud majlisida koʻrsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimos qiluvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga maʼlum qilishi shart.
Guvoh ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlarni sudga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 53, 54, 117-moddalari.
89-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganligiga sudda shubha tugʻilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40 — 46-moddalari.
90-modda. Dalillarni taʼminlash
Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 79-moddalari, 104-moddasining ikkinchi qismi.
91-modda. Sud topshiriqlari
Ishni koʻrayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi kerak boʻlgan dalillar koʻrsatiladi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va u ajrim olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kungacha boʻlgan muddatda bajarilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92, 247-moddalari.
92-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi
Sud topshirigʻi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi majlisni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u ishni koʻrayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirigʻini bajargan sudga tushuntirish yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 91, 247-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 283-sonli Qarorining 4-bandi.
8-bob. Daʼvoni taʼminlash
93-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish uchun asos boʻladi.
Daʼvoni taʼminlashga, agar shunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoxud bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undirish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud daʼvogarning arizasiga koʻra daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda sud daʼvogarning arizasi boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan koʻrilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 94 — 100, 214-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Arbitraj sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan koʻrilishi mumkin.
(93-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
94-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga tegishli mol-mulkni yoki pul mablagʻlarini xatlab qoʻyish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador boʻlgan muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash;
4) daʼvogar nizolashayotgan, undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat boʻyicha undirishni toʻxtatib turish;
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish;
6) nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) oʻtkazish.
Sud daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralarni koʻrishi mumkin, shuningdek daʼvoni taʼminlash boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta chora koʻrilishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash choralari bildirilgan talabga mutanosib boʻlishi kerak.
Daʼvoni taʼminlash choralari koʻrilayotganda sud javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini javobgarning iltimosnomasiga koʻra qoplashni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93, 95 — 100-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 262-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 283-sonli Qarorining 18-bandi.
95-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sudga daʼvo arizasi bilan bir vaqtda yoki ishni yuritish jarayonida berilishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va yashash joyi;
3) nizo predmeti;
4) daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrish zaruriyatining asosi;
5) daʼvogar qabul qilishni soʻrayotgan daʼvoni taʼminlash chorasining turi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma daʼvo arizasida bayon etilishi mumkin.
Agar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma daʼvo arizasida bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga hakamlik sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari ilova qilinadi.
96-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Daʼvo arizasi bilan birga berilgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sud majlisida berilgan taqdirda, u shu majlisda koʻrib chiqilishi lozim.
Agar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza ishni yuritish jarayonida berilgan boʻlsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqiladi.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Daʼvoni taʼminlash haqidagi yoki daʼvoni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmagan holda koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 95, 97 — 100-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi, uchinchi — beshinchi qismlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
97-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar daʼvoni taʼminlash boʻyicha belgilangan choralarni qoʻllash oʻrniga sudning depozit hisobvaragʻiga daʼvogar talab qilayotgan summani oʻtkazib qoʻyishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 96, 98 — 100-moddalari.
98-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
Daʼvoni taʼminlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 97, 99, 100-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 1-bandi, 221-moddasining ikkinchi qismi, 30-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi.
99-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish
Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra bekor qilinishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi.
Daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan, daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, daʼvoni taʼminlash choralari tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar oʻz kuchini saqlaydi. Biroq sud koʻrsatilgan sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93 — 99-moddalari, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 26-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori taʼminlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos boʻladi.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
100-modda. Daʼvoni taʼminlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Daʼvoni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin javobgar daʼvogardan daʼvoni taʼminlash tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni oʻsha sudda daʼvo taqdim etish yoʻli bilan talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi.
9-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish
101-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart:
1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
2) javobgar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi daʼvogar-fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 46-moddasi.
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
5) taraf sud tomonidan tan olinishi va ijroga qaratilishi toʻgʻrisida koʻrilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini toʻxtatib turish haqida vakolatli organga iltimosnoma berganda;
Oldingi tahrirga qarang.
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 102 — 107-moddalari.
102-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:
1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101, 103 — 107-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
4) chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 244-moddasining uchinchi qismi.
103-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish muddatlari
Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
(103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar toʻxtatib turiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101, 102, 104 — 107-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
104-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ish yuritish toʻxtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi.
(104-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 103, 105 — 107-moddalari.
105-modda. Ish yuritishning tiklanishi
Ish yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 104, 106, 107-moddalari.
106-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash tartibi
Ish yuritishni toʻxtatib turish, uni tiklash toʻgʻrisida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 — 105-moddalari.
10-bob. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish
107-modda. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldiradi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi, arbitraj sudi ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
(107-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan boʻlsa va, agar ishning iqtisodiy sudda koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar oʻzining nizoning mazmuni boʻyicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma bersa;
(107-moddaning ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 108, 109-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11 — 13-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
3) daʼvo arizasi imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 155-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) qonunchilikka yoki shartnomaga koʻra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali undirib olinishi kerak boʻlishiga qaramay, daʼvogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat etmagan boʻlsa;
(107-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
51) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
52) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
53) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa;
(107-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 51, 52 va 53-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
6) daʼvogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa;
7) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 208-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari.
8) daʼvogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan daʼvodan daʼvogar voz kechgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 157-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) javobgarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrilishi lozim boʻlsa.
(107-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
108-modda. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish tartibi
Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 107, 109-moddalari.
109-modda. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish oqibatlari
Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 107, 108-moddalari.
11-bob. Ish yuritishni tugatish
110-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa;
(110-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 111-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.11.2010-yildagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno;
3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
31) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno;
(110-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;
(110-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan 32-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
4) ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
5) ishda taraf hisoblangan fuqaroning oʻlimidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
6) daʼvogar daʼvosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa;
7) kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 130 — 134-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
8) daʼvogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qoʻllash imkoniyati boy berilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 148-moddasining ikkinchi qismi.
9) toʻplangan materiallar yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli boʻlmasa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 237-moddasining birinchi qismi.
111-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 195-moddasi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini koʻrsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan holda davlat bojini budjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi.
Ajrimning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259, 282-moddalari.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12-bob. Sud xarajatlari
112-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud chiqimlaridan iborat boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
113-modda. Davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, toʻlashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
(113-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
114-modda. Daʼvoning bahosi
Daʼvoning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda;
2) mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
3) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda;
4) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
5) yer uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — yer uchastkasining belgilangan bahosi boʻyicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud boʻlmaganda esa bozor bahosiga koʻra.
Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi.
Bir nechta mustaqil talabdan iborat daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi.
Daʼvoning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.
115-modda. Davlat bojini qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
(115-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan daʼvo arizalari (arizalar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari boʻyicha hamda davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlari boʻyicha davlat bojini qaytarish sud tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
(115-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
116-modda. Sud chiqimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlardan, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iboratdir.
(116-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim.
(116-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sud majlisini videkonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq sud xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 112, 117, 118-moddalari.
117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, xona ijarasi boʻyicha xarajatlarning oʻrni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni toʻlash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi.
(117-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”giqarori.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarng: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
118-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
Daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sud ishning natijasidan qatʼi nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli.
Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar daʼvogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli boʻlib, biroq uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatilishi lozim.
(118-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuviga koʻra, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
(118-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13-bob. Protsessual muddatlar
119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak boʻlgan voqea koʻrsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davri bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasining uchinchi qismi, 91-moddasining uchinchi qismi, 133-moddasining beshinchi qismi, 142-moddasining birinchi qismi, 143-moddasining ikkinchi qismi, 146-moddasining birinchi qismi, 147-moddasining birinchi qismi, 156-moddasining birinchi qismi, 158-moddasining ikkinchi qismi, 159-moddasining toʻrtinchi qismi, 164-moddasi, 171-moddasining uchinchi qismi, 172-moddasining ikkinchi qismi, 190-moddasining uchinchi qismi, 191-moddasining uchinchi qismi, 192-moddasining birinchi qismi, 197-moddasining birinchi qismi, 198-moddasi, 199-moddasining uchinchi qismi, 200-moddasining uchinchi qismi, 217-moddasi, 221-moddasining birinchi qismi, 229-moddasining oltinchi — sakkizinchi qismlari, 237-moddasining ikkinchi qismi, 244-moddasining ikkinchi-uchinchi qismlari, 254-moddasining birinchi qismi, 261-moddasining ikkinchi qismi, 262, 266-moddalari, 270-moddasining birinchi qismi, 271, 277-moddalari, 284-moddasining ikkinchi qismi, 285- moddalari, 310, 328, 332-moddalari, 338 — 341-moddalari, 342-moddasining ikkinchi-uchinchi qismlari, 344-moddasining uchinchi qismi, 345-moddasining uchinchi qismi, 346-moddasining ikkinchi qismi.
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
(119-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
120-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi.
Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugashi kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin.
Agar ariza, shikoyat va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar berilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoki tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 119, 121 — 124-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4 — 6-bandlari.
121-modda. Protsessual muddatlarni oʻtkazib yuborish oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat oʻtishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning oʻtishi koʻrsatilgan shaxslarni oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Protsessual muddatlar oʻtganidan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 119, 120, 122 — 124-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
122-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish
Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 103, 104, 119 — 121, 123, 124-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
123-modda. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunda belgilangan, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u oʻtkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra tiklashga haqli.
(123-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 119 — 122, 124-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8 va 9-bandlari.
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 25.07.2003-yildagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorning 8-bandi.
124-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish
Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 119 — 123-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
14-bob. Sud jarimalari
125-modda. Sud jarimalarini solish
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 58-moddasining uchinchi qismi, 69-moddasining sakkizinchi qismi, 126-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi.
(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi.
Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi.
126-modda. Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibi
Sud majlisida hozir boʻlgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi.
Sud majlisida hozir boʻlmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. Oʻziga nisbatan sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi.
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 125-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 122-123-moddalari.
15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
127-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari ajrim orqali, zarur hollarda esa sud chaqiruv qogʻozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 52-moddasining birinchi qismi, 128, 129-moddalari, 133-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari.
128-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi oʻziga yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida sud majlisi boshlanguniga qadar maʼlumotlarga ega boʻlsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yoʻllangan shaxs ajrimning koʻchirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan boʻlsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi boʻyicha yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasi oluvchi koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan boʻlsa;
ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 129-moddalari.
129-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning oʻzgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida oʻz manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, ajrimning koʻchirma nusxasi sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ularning ish yuritish vaqtida oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 128-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
16-bob. Yarashtirish tartib-taomillari
(16-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
130-modda. Taraflarning kelishuvi
Sud taraflarning kelishuvi uchun choralar koʻradi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 131 — 134-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibidagi har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
(131-moddaning Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 49-moddasining oltinchi qismi, 50-moddasining birinchi qismi, 63-moddasining birinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
132-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimida taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi qoidalar koʻrsatilishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan toʻliq yoki qisman voz kechish yoxud qarzni tan olish toʻgʻrisidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar koʻrsatilishi mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud boʻlmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 130, 131, 133, 134-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 9 — 11-bandlari.
133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala qaysi sudning ish yurituvida boʻlsa, oʻsha sud tomonidan sud majlisida koʻriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻriladi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) kelishuv bitimining shartlari;
2) kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa;
3) sud xarajatlarini taqsimlash;
4) ish yuritishni tugatish haqidagi maʼlumot.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, ish boʻyicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi koʻrsatma boʻlishi kerak.
(133-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sudning ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimining xulosa qismida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(133-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Sud tomonidan tasdiqlangan, kelishuv bitimida nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ijro etilmagan kelishuv bitimi uni tuzgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, bitimning ushbu Kodeks V boʻlimi qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 130 — 132, 134-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 12, 14 — 18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 238-sonli Qarorining 24-bandi.
134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa;
(134-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa;
3) u shart asosida tuzilgan boʻlsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 130 — 133-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH
17-bob. Sud buyrugʻi
135-modda. Sud buyrugʻi berish boʻyicha talablar
Sud buyrugʻi sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa;
2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan boʻlsa;
3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa;
4) talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
5) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa.
(135-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, oltinchi qismlari, 136 — 147-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” gi 4-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” gi 254-sonli Qarori.
136-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda, sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) kreditorning qonunchilikka asoslangan talabi;
(136-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) talabga asos boʻlgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulkka qaratilgan taqdirda esa, undirilayotgan koʻchar mol-mulkning tavsifi va toʻlanmagan toʻlovlar summasining hisob-kitobi;
(136-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
6) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
7) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, oltinchi qismlari, 136 — 147-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 3, 4-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 4-bandi.
137-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxalarini qarzdorga topshirish
Kreditor sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza berganida qarzdorga shu arizaning koʻchirma nusxasini topshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 136-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 9-bandi.
138-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) davlat boji hamda pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini;
2) sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga topshirilganligini;
3) talabga asos boʻlgan holatlarni.
Kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talablar bildirilganida sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga:
1) isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning;
2) qarzdor tan olgan qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobining;
3) penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va isteʼmolchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqida ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning;
4) isteʼmolchini tegishli kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish haqidagi yoxud yetkazib berishni texnologik yoki avariya zaxirasi darajasigacha cheklash toʻgʻrisidagi dalolatnomaning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Agar sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza kreditorning vakili tomonidan imzolangan boʻlsa, arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 136, 142-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 7.1 — 7.6-bandlari.
139-modda. Davlat boji
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilinganda nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi toʻlagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda daʼvo taqdim etilganda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 136, 138-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarori.
140-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish
Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Sudya arizani qabul qilishni rad etish haqida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 138, 141, 154-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 24-bandi.
141-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan boʻlsa;
2) ariza imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi, shuningdek ushbu Kodeksning 138-moddasida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
4) qarzdorga arizaning koʻchirma nusxasi topshirilganligiga doir dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
6) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
7) sud buyrugʻi berilguniga qadar kreditordan arizani qaytarib olish toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining 7-bandi asosida esa sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga umumiy tartibda ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 138, 140, 154-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 21-bandi.
142-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz
Qarzdor kreditorning talablariga qarshi eʼtirozini sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi unga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Qarzdorning eʼtirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan eʼtirozga ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 138, 140, 141-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarori 10-bandining birinchi xatboshisi, 21-bandlari.
143-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va muddati
Sud buyrugʻi sudya tomonidan sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdorni chaqirtirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda beriladi.
Sud buyrugʻi kreditor tomonidan arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach beriladi.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishning yigʻma jildida qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va kreditorga beriladi. Qarzdorga sud buyrugʻining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi yuboriladi.
Sud buyrugʻi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 142, 144 — 147-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 14-bandi.
144-modda. Sud buyrugʻi berishni rad etish
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berishni rad etadi, agar:
1) qarzdor bildirilgan talabga qarshi eʼtiroz taqdim qilgan boʻlsa;
2) huquq toʻgʻrisidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa.
Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrugʻini berishni rad etish oʻsha talabni daʼvo tartibida taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 143-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 13, 15.1-bandlari.
145-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) sudning nomi, joylashgan yeri va buyruq berilgan sana;
2) ishning raqami, sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(145-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi;
(145-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
5) undirilayotgan qarz hosil boʻlgan davr;
6) neustoyka, agar u toʻlanishi lozim boʻlsa va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa;
7) undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 144-moddalari.
146-modda. Sud buyrugʻining qonuniy kuchga kirishi
Sud buyrugʻi u berilganidan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega va u sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135, 138, 140, 142, 144-moddalari.
147-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qarzdor uzrli sabab bilan oʻz vaqtida kreditorning talabiga qarshi eʼtiroz bildirish imkoniyatiga ega boʻlmagan boʻlsa, sud buyrugʻining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaxslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda oʻsha sudga sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi daʼvo ishini yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
(147-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida yoki bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Sud buyrugʻini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135 — 146-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 4-sonli Qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 254-sonli Qarorining 20-bandi.
18-bob. Daʼvo taqdim etish
148-modda. Ish qoʻzgʻatish asoslari
Sud:
1) manfaatdor shaxslarning arizalari boʻyicha;
2) prokurorning arizasi boʻyicha;
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, faqat taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan keyingina sudda ish qoʻzgʻatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 3, 41, 50-moddalari.
149-modda. Daʼvo arizasining shakli va mazmuni
Daʼvo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Daʼvo arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) agar daʼvo baholanishi lozim boʻlsa, daʼvoning bahosi;
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlar;
5) daʼvo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) daʼvogarning qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, daʼvo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
(149-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari.
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Daʼvo arizasida daʼvogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Daʼvo arizasida, agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa maʼlumotlar, shuningdek daʼvogardagi mavjud iltimosnomalar koʻrsatiladi.
Daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni bitta daʼvo arizasiga birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 150 — 161-moddalari.
150-modda. Daʼvo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborish
Daʼvogar daʼvo taqdim etganda javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 149, 151-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin.
(150-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
151-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Daʼvo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini;
2) daʼvo arizasining koʻchirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini;
3) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlarni;
5) daʼvogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligini;
6) daʼvo arizasini imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.
Shartnoma tuzishga majbur etish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga shartnoma loyihasi ham ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 150, 152 — 155-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyaviy nizolar boʻyicha daʼvo arizasiga investitsiya shartnomasining koʻchirma nusxasi, yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizasiga esa uning yirik investorligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilgan, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlangan taqdirda, daʼvo arizasiga taraflarning bunday kelishuvi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
152-modda. Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani daʼvo arizasi sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud daʼvo arizasini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrimning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya daʼvo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149, 150 va 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi.
(152-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 151, 153 — 155-moddalari.
153-modda. Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasini, agar daʼvo arizasiga davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi yoki daʼvogarda mavjud boʻlmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 152, 154, 155-moddalari.
154-modda. Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa;
(154-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
2) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrimi boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
3) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining, arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
(154-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
41) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno;
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
51) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim mavjud boʻlsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno;
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan 51-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa.
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan 52-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, daʼvo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 153, 155-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” gi 203-sonli qarorining 4-bandi.
155-modda. Daʼvo arizasini qaytarish
Sudya daʼvo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) daʼvo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
11) daʼvogar sudyaning ushbu Kodeks 152-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa;
(155-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
2) daʼvo arizasi imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa;
4) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
5) javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
(155-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
7) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni daʼvogar taqdim etmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
71) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
(155-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 71-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
8) bitta daʼvo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikka yoki shartnomaga koʻra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi kerak boʻlganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
(155-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmagan qarshi daʼvoni qaytaradi.
Daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, daʼvo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Daʼvo arizasining qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin daʼvo arizasi bilan sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 154-moddalari.
156-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
(156-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Daʼvo arizasi boʻyicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 155, 170-moddalari.
157-modda. Daʼvoning asosini yoki predmetini, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish
Daʼvogar ishni birinchi instansiya sudida koʻrish chogʻida ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Daʼvogar ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda tegishli sud instansiyasida ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud daʼvoning asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishini qabul qilmaydi. Sud daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan koʻradi.
(157-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvogarning daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 46-moddasi, 50-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 63-moddasi.
158-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish
Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
Ishlarni birlashtirishga sudning ishni koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ishni koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi.
Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 149, 159-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal etish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi.
159-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish
Agar sud talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyiladi.
Talablarning qismini alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajratilgan talab boʻyicha ishni koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 148, 149, 158-moddalari.
160-modda. Qarshi daʼvoni taqdim etish huquqi
Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
Qarshi daʼvo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa;
3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etishga olib kelsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining oltinchi qismi, 155-moddasining birinchi qismi, 148, 161-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 8.2-bandi.
161-modda. Qarshi daʼvoni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish
Qarshi daʼvoni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish ushbu Kodeksda daʼvo arizalarini taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish uchun belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 37-moddasining oltinchi qismi, 155-moddasining birinchi qismi, 148, 160-moddalari.
19-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
162-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis oʻtkazilgan hollarda esa daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
(162-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudgacha majlis oʻtkazish hollari mustasno.
(162-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-541-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11, 52, 163-moddalari.
163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
(163-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
1) ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
2) manfaatdor shaxslarni ishni yuritish toʻgʻrisida xabardor qiladi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari haqida xabardor qiladi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taklif etadi, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etishni taklif etadi;
5) guvohlarni chaqirtiradi;
6) ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
7) taraflarga zarur dalillarni olishga koʻmaklashadi, taraflarning iltimosnomasi boʻyicha ularni talab qilib oladi;
8) taraflarni kelishtirish choralarini koʻradi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
9) daʼvoni va dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masalalarni taraflarning iltimosnomasi boʻyicha hal etadi;
10) boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki daʼvo talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sudning sayyor majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi.
Sudya ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishni taʼminlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar mustasno, daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis oʻtkazishi mumkin.
(163-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-541-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11, 52, 162-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
1631-modda. Sudgacha majlis
Sudgacha majlis oʻtkazish chogʻida sudya:
1) daʼvogarni oʻzi arz qilgan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur boʻlsa, daʼvogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari boʻyicha javobgarni soʻroq qiladi, daʼvogarning talablariga qarshi uning qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgarning yozma tushuntirishlarni va dalillarni taqdim etmaganligi, shuningdek sud majlisiga kelmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi;
3) taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
4) ishning murakkabligini hisobga olgan holda sud muhokamasining prognoz qilinayotgan, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan iltimosnomalar va hujjatlarni sudga topshirish, guvohlar mavjud boʻlganda ularning roʻyxatlarini almashish muddatlarini nazarda tutuvchi jadvalini aniqlaydi;
5) sud majlisida hozir boʻlgan taraflar va boshqa manfaatdor shaxslardan ular oʻrtasida ushbu ishning sudga taalluqliligi masalasi boʻyicha kelishuv, ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish zaruriyati mavjudligini aniqlaydi.
Sudgacha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida taraflar va boshqa manfaatdor shaxslar xabardor qilinganlik faktini qayd etishni taʼminlaydigan sud chaqiruv qogʻozlari, buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Sudgacha majlis oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi: sudgacha majlis oʻtkazilgan yil, oy, sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar, boshqa manfaatdor shaxslar haqidagi va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeks 163-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda sudgacha majlis bayonnomasi tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sudgacha majlisda ish yuritish toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi, daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilishi mumkin.
(1631-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-541-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
20-bob. Sud muhokamasi
164-modda. Sud muhokamasining muddati
Sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak.
Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 119 — 124, 162, 163, 165 — 175-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 283-sonli qarorining 13-bandi.
165-modda. Sud majlisi
Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish boʻyicha birinchi sud majlisi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
(165-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 3 va 7-bandlari.
Sud tashabbusiga koʻra yoki iqtisodiy sud ishlari ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
Majlisda raislik qiluvchi sudya:
1) sud majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi;
2) iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 61 — 64, 127, 128-moddalari.
3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 20 — 24-moddalari.
4) kelgan guvohlarni majlis zalidan soʻroq qilish boshlanguniga qadar chiqarib yuboradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 53, 54-moddalari.
5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42-moddalari.
6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 54, 56, 58, 60-moddalari.
7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 66, 70, 168-moddalari.
8) ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini taʼminlab, majlisga rahbarlik qiladi;
9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translyatsiya qilinishiga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
(165-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
(165-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-1084-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 164, 166 — 169-moddalari.
166-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli sudga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1047-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son)
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni koʻrayotgan sudga yuborilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1047-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin.
(166-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
167-modda. Sud majlisidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi.
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud jarayoni ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlarda oʻtkaziladi. Sud majlisi zalida hozir boʻlgan hamda sudning ruxsati bilan sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translyatsiyasini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu harakatlar sud tomonidan vaqt boʻyicha cheklanishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 164 — 166, 168 — 175-moddalari.
168-modda. Dalillarni tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud muhokamasi davomida sud ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, koʻrsatuvlar va xulosalarni oʻqib eshittiradi.
(168-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 12, 66 — 79, 80, 87, 88, 165, 167, 169, 170-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 270-sonli Qarori.
169-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi hamda ish muhokamasi bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib boʻlinganidan keyin hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 165 — 168-moddalari.
170-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr, qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelmaganida nizoni hal qilish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud daʼvo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan daʼvogar sud majlisiga kelmasa, daʼvogarning ishni uning yoʻqligida koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, nizo ularning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
(170-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 165, 167 — 169, 171-moddalari.
171-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan:
tarafning iltimosnomasi boʻyicha, u nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida suddan koʻmaklashishni soʻrab murojaat qilgan taqdirda;
agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa;
ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha;
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda;
tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha;
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda;
sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi kelmagan va koʻrsatilgan shaxsning sud muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlmagan taqdirda;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda;
nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketgan tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda;
ikkinchi javobgarni yoki uchinchi tarafni ishda ishtirok etish uchun jalb etish zarur boʻlgan taqdirda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun nazarda tutilgan muddat doirasida, biroq koʻpi bilan oʻn kunga qoldirilishi mumkin.
Sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni uch martadan oshmasligi kerak.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Agar sud majlisida taraflar hozir boʻlsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar soʻroq qilishga haqli. Bu guvohlarning koʻrsatuvlari yangi sud majlisida oʻqib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan soʻng davom ettiriladi.
Zarur boʻlgan taqdirda ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi.
(171-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-541-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 165, 167, 169, 172-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10, 11-bandlari.
172-modda. Sud majlisida tanaffus
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra sud majlisida tanaffus eʼlon qilishi mumkin.
Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga eʼlon qilinishi mumkin. Tanaffus haqida sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisida eʼlon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillarni takroran koʻrib chiqish amalga oshirilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham amalga oshirilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus eʼlon qilinguniga qadar sud majlisida hozir boʻlganligidan yoki boʻlmaganligidan qatʼi nazar, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 165, 167, 169, 171-moddalari.
173-modda. Sud muzokaralari
Barcha dalillarni tekshirish tugaganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish boʻyicha qoʻshimcha materiallar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud boʻlmagan taqdirda, sud muzokaralariga oʻtadi.
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki chiqishlaridan iborat boʻladi. Muzokaralarda ular ish boʻyicha oʻz nuqtai nazarini asoslaydi.
Sud muzokaralarida birinchi boʻlib daʼvogar, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar soʻzga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu daʼvogardan yoki javobgardan keyin soʻzga chiqadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirgi boʻlib bayon etadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 165, 167-moddalari.
174-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 12, 66 — 79, 80, 87, 88, 165, 167 — 169, 170-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 270-sonli Qarori.
175-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Sud ish boʻyicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 168, 173-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudi Plenumining, Oʻzbekiston Respublikasi oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.12.1996-yildagi “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi 1/60-sonli qarorining 8-bandi.
21-bob. Sudning hal qiluv qarori
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
176-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash taʼminlanadigan sharoitlarda, sud majlisida ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan xonada faqat ishni koʻrib chiqayotgan sud tarkibiga kiradigan sudyalar boʻlishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda boʻlishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻidagi muhokama mazmuni toʻgʻrisidagi, sud tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi maʼlumotlarni biror-bir shaxsga xabar qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining beshinchi qismi, 167-moddasining beshinchi qismi, 177 — 179-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12.1-bandi.
177-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal etiladigan masalalar
Hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sud:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va vajlariga baho beradi;
2) ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish boʻyicha qoʻllash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish boʻyicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qoʻllash zarurligini aniqlaydi;
(177-modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;
6) daʼvoni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddatini belgilash, dalillarning keyingi taqdirini belgilash, sud xarajatlarini taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni va boshqa masalalarni hal qiladi.
(177-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qoʻshimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash zarur deb tan olib, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining beshinchi qismi, 167-moddasining beshinchi qismi, 178, 179-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi.
178-modda. Hal qiluv qarorini tuzish
Hal qiluv qarori sudya tomonidan yozma shaklda tuziladi va u tomonidan imzolanadi.
Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176, 177, 179-moddalari.
179-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; nizo predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bildirilgan talablari va eʼtirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni boʻlishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida:
ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari;
sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar;
sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari;
Oldingi tahrirga qarang.
hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qoʻllamaganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.
(179-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar koʻrsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida bildirilgan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi kerak.
Agar hal qiluv qarorini ijro etish tartibini sud belgilagan yoki uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrgan boʻlsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 178-moddalari.
2-§. Daʼvo ishini yuritish tartibida hal etiladigan alohida toifadagi nizolar boʻyicha hal qiluv qarorlari mazmunining xususiyatlari
180-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish chogʻida hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining umumiy miqdorini asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning (jarima va penyaning) hamda foizlarning miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 181-moddalari.
181-modda. Mol-mulkni undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Sud mol-mulkni undirib berganida hal qiluv qarorining xulosa qismida daʼvogarga topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomini, qiymatini va turgan joyini koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 180-moddalari.
182-modda. Ijro hujjatini ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi asosida amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganida sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etish mumkin boʻlmagan hujjatning nomi, tartib raqami va sanasini hamda hisobdan oʻchirilmaydigan summani koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 182-moddalari.
183-modda. Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha xulosasini, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi talab boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishi majburligini koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 182-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonuni.
184-modda. Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Pul mablagʻlarini undirish yoki mol-mulkni topshirish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida amalga oshirilishi kerak boʻlgan harakatlarni, shu harakatlarni amalga oshirishi shart boʻlgan shaxsni, shuningdek ularning amalga oshirilish joyi va muddatini koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179-moddalari.
185-modda. Bir necha daʼvogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori
Bir necha daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi.
Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi.
Dastlabki va qarshi daʼvolar toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44, 176 — 179-moddalari.
3-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari
186-modda. Hal qiluv qarorini eʼlon qilish
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi eʼlon qilinadi, bu qism sudya tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Hal qiluv qarori besh kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi hal qiluv qarorining xulosa qismi eʼlon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tuzish va ularga yuborish muddatini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi.
187-modda. Hal qiluv qarorining oʻzgarmasligi
Ish boʻyicha hal qiluv qarori eʼlon qilinganidan soʻng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 186, 187, 189-moddalari.
188-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish
Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini sud topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmasdan yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176— 179-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 21.2-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari.
189-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa;
2) sud huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa;
3) sud xarajatlari toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan boʻlsa.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qoʻyilishi mumkin.
Qoʻshimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra qabul qilinishi mumkin.
Sud tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 22-bandi.
190-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra, hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir.
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan koʻriladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 191-moddalari.
191-modda. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni yozuvning mazmunini oʻzgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha tuzatishga haqlidir.
Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan koʻriladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 190-moddalari.
4-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi
192-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddat oʻtgach, qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 186, 187, 190-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida ariza berishi mumkin.
Arizada ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan hal qiluv qarori va uni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 192, 194-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
194-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, ushbu Kodeksning V boʻlimida nazarda tutilgan tartibda ijroga qaratiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 192 — 194, 334 — 347-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
22-bob. Sud ajrimi va qarori
195-modda. Ajrim chiqarish
Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.
Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati tarzida chiqariladi.
Uncha murakkab boʻlmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va unda u qaysi masala yuzasidan chiqarilgani, sud oʻz xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi, 11-moddasining toʻrtinchi qismi, 23-moddasining yettinchi qismi, 39-moddasining uchinchi qismi, 44-moddasining yettinchi qismi, 45-moddasining uchinchi qismi, 46-moddasining uchinchi qismi, 57-moddasining ikkinchi qismi, 69-moddasining toʻrtinchi qismi, 70-moddasining ikkinchi qismi, 79-moddasining uchinchi qismi, 106-moddasining birinchi qismi, 108-moddasining birinchi qismi, 111-moddasi, 123-moddasining ikkinchi qismi, 126-moddasining uchinchi qismi, 134-moddasining ikkinchi qismi, 144-moddasining ikkinchi qismi, 158-moddasining uchinchi qismi, 159-moddasining uchinchi qismi, 162-moddasi, 171-moddasining toʻrtinchi qismi, 196 — 200-moddalari.
196-modda. Ajrimning mazmuni
Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(196-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
Oldingi tahrirga qarang.
4) sud oʻz xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonunchilik hujjatlari;
(196-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa;
6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud majlisining oʻzida darhol oʻqib eshittiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi, 195, 197 — 200-moddalari.
197-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini yuborish
Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 99-moddasining toʻrtinchi qismi, 106-moddasining ikkinchi qismi, 108-moddasining uchinchi qismi, 111-moddasining ikkinchi qismi, 126-moddasining toʻrtinchi qismi, 128-moddasining birinchi qismi.
198-modda. Ajrimni ijro etish
Agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 195 — 197, 199, 200-moddalari.
199-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan qilingan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshib qoʻyilishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 195 — 198, 200-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 25.07.2003-yildagi “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 111-sonli qarori 13-bandining 2-xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 204-sonli qarori 19-bandining 2-xatboshisi.
200-modda. Xususiy ajrim va qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Ishni koʻrish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
(200-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin.
(200-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud nizoni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
Ishni koʻrishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qonunda sudning vakolatiga berilgan boʻlsa, sud ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud qaror qabul qiladi.
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 5, 195 — 199-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
23-bob. Sud bayonnomasi
201-modda. Bayonnoma
Sud majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) sud majlisi oʻtkazilgan yil, oy, sana va joy;
2) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi;
3) ishning nomi va raqami;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki arzlari va iltimosnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
8) ishni koʻrishda sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi maʼlumotlar;
(201-modda ikkinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning koʻzdan kechirilganligi, olib qoʻyilganligi, sxemalar tuzilganligi, video- va fototasvirga olinganligi haqidagi maʼlumotlar;
(201-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
10) alohida protsessual harakatlar bajarilganda olingan maʼlumotlar;
11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi haqidagi maʼlumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalari yuzasidan bergan ogʻzaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari quyidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashgan sudning nomi haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashgan, ishni koʻrayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashgan sudning hamda ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining toʻrtinchi qismi, 52-moddasining birinchi qismi, 64-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 87-moddasining ikkinchi qismi, 195-moddasining uchinchi qismi, 202-203-moddalari.
202-modda. Bayonnoma yuritish
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi.
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining toʻrtinchi qismi, 52-moddasining birinchi qismi, 70-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari, 172-moddasining ikkinchi qismi, 174-moddasining birinchi qismi, 195-moddasining uchinchi qismi, 201, 203-moddalari.
203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki undagi maʼlumotlarning toʻliq emasligini koʻrsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishga haqli.
Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qoʻshilsa, ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq ularning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni oʻtkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining koʻchirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilariga ishni koʻrib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 201, 202-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
231-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
2031-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
2032-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar
Oldingi tahrirga qarang.
Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — yuz baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim.
(2032-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 30-apreldagi OʻRQ-1142-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilmaydi.
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida uchinchi shaxsning ishga kirishish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan qarshi daʼvo qabul qilingan boʻlsa yoxud agar sud quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra quyidagilar xususida xulosaga kelsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi:
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa;
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa.
Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ushbu harakatlarni bajarish muddatlari koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan, boshqalari esa ularga taalluqli boʻlmagan taqdirda, barcha talablar daʼvo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari boʻyicha koʻrilishi lozim.
Ishni koʻrish muddati ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
2033-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
(2033-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2034-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni koʻrib chiqish xususiyatlari
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrilishini hamda ish koʻrib chiqiladigan sanani koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
(2034-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Daʼvo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudga kelib tushgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni boʻlmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kelib tushgan boʻlsa, qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi.
2035-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2035-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim.
(2035-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
(231-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
232-bob. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
2036-modda. Daʼvo arizasini berish
Prokuror, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
2037-modda. Daʼvo arizasining mazmuni
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ushbu Kodeksning 149 va 2038-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi.
2038-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;
2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi;
3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
2039-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Daʼvo arizasining sudga yuborilishi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20310-modda. Sudning hal qiluv qarori
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 179-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili);
2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak.
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 179-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi;
2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak.
Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
(232-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
24-bob. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
204-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda belgilangan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar eʼtiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish ushbu Kodeksning 206-moddasida koʻrsatilgan manfaatdor shaxslarning arizalari asosida qoʻzgʻatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 35-moddasi, 107-moddasi birinchi qismining 7-bandi, 205 — 209-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori.
205-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar
Sud yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiyot sohasidagi huquqlarining yuzaga kelishi, oʻzgartirilishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlaydi.
Sud:
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning koʻchmas mulkka oʻz xususiy mulki sifatida egalik qilishi va undan foydalanishi faktini;
yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning maʼlum vaqtda va maʼlum joyda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi faktini;
Oldingi tahrirga qarang.
agar yuridik shaxsning hujjatda koʻrsatilgan nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi yuridik shaxsning taʼsis hujjatida koʻrsatilgan nomiga, yakka tartibdagi tadbirkorning pasportida yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasida yoxud tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan familiyasiga, ismiga, otasining ismiga toʻgʻri kelmasa, iqtisodiyot sohasida amalda boʻlgan huquqni belgilaydigan hujjatning yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tegishliligi faktini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
(205-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham, agar qonunchilikda ularni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, aniqlashi mumkin.
(205-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204, 206 — 209-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 1, 2 bandlari.
206-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga, faqat oʻzida ushbu faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni olish yoki tiklash imkoni boʻlmagan taqdirda va, agar qonunchilikda tegishli faktlarni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, haqlidir.
(206-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza arizachining joylashgan yeri yoki yashash joyi boʻyicha sudga beriladi, bundan koʻchmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga oid yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalar hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlar mustasno boʻlib, ular koʻchmas mulk joylashgan yerdagi sudga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204, 205, 207 — 209-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 5-bandi.
207-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt;
Oldingi tahrirga qarang.
2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari;
(207-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi;
4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 149, 151, 204 — 206, 208, 209-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 5-bandi.
208-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar arizachi va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻriladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori oʻz huquqlariga daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan manfaatdor shaxslar doirasini aniqlaydi, ish yuritish toʻgʻrisida ushbu shaxslarni xabardor qiladi, ularni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sud qonunchilikda ushbu faktni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan-tutilmaganligini, arizachida zarur hujjatlarni olish yoki tiklash uchun boshqa imkoniyat boʻlgan-boʻlmaganligini tekshiradi, arizachi iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishi munosabati bilan ushbu fakt uning uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan oqibatlarni keltirib chiqarishini yoki chiqarmasligini belgilaydi, talab etilayotgan faktning aniqlanishi boshqa shaxslarning huquqlariga taʼsir etishi yoki etmasligini, huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan-chiqmaganligini aniqlaydi.
(208-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud muhokamasida huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa, sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ajrimda arizachiga va ish boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslarga ularning sudga daʼvo tartibida murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204 — 207, 209-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 6 — 21-bandlari.
209-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Sud tomonidan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida aniqlangan fakt bayon etiladi.
Sudning yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi va ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 204 — 208-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
25-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
210-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar eʼtiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining 3-bandi, 27, 36, 211-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
211-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqi
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga muvofiq qarzdor, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Arizaga toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
(25-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining 3-bandi, 27, 36, 210-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 10-moddalari.
26-bob. Korporativ nizolar boʻyicha ish yuritish
212-modda. Korporativ nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining 1, 5-bandlari, 30-moddasi, 37-moddasining beshinchi qismi, 213, 214-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-sonli qarori.
213-modda. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar
Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining 1, 5-bandlari, 30-moddasi, 37-moddasining beshinchi qismi, 212, 214-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-sonli qarorining 7 — 23-bandlari.
214-modda. Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari
Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 93 — 100, 212, 213-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-sonli qarorining 8-bandi.
27-bob. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
215-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida murojaat qilish huquqi
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizalar bilan sudlarga nazorat qiluvchi organlar murojaat etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 68-moddasining ikkinchi qismi.
216-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215, 217 — 222-moddalari.
217-modda. Huquqiy taʼsir choralari
Huquqiy taʼsir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, shuningdek yuridik shaxsning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olganligi va moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatning) amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
(217-moddaning birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini oʻttiz kundan ortiq boʻlgan muddatga toʻxtatib turish.
(217-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son). Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy taʼsir choralarini ham qoʻllashi mumkin.
(217-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215, 216, 218 — 222-moddalari.
218-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etayotgan shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) hamda ularning joylashgan yeri (pochta manzili) va yashash joyi;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) bildirilgan talabga asos boʻlgan holatlar;
5) bildirilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) yuridik shaxsning yoki fuqaroning sudga murojaat qilishga asos boʻlgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;
8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
(218-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215 — 217, 219 — 222-moddalari.
219-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos boʻladigan dalillar;
2) faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash uchun asos boʻladigan dalillar;
Oldingi tahrirga qarang.
3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizaga — soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil;
(219-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga — tekshirish oʻtkazilishiga asos boʻlgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bundan shunday qarorni olish qonunchilikda nazarda tutilmagan hollar mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida oʻtkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq; tekshirish oʻtkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlsa; qarorning koʻchirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
(219-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; normativ-huquqiy hujjatlar talablari va litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini toʻxtatib turish, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos boʻladigan tarzda yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
(219-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215 — 218, 220 — 222-moddalari.
220-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xabarlar va chaqiruvlar
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 128, 215 — 219, 221, 222-moddalari.
221-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud muhokamasi
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, bundan ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi boʻlgan-boʻlmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yoʻqligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi.
(221-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda sud moliyaviy sanksiyalar summasining hisob-kitobi qanchalik toʻgʻriligini ham tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(221-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 164 — 175, 215 — 219, 221, 222-moddalari.
222-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisida yoki bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisida bildirilgan talab qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qoʻllanilgan huquqiy taʼsir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilgan taqdirda esa — uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) faoliyat cheklanadigan, toʻxtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi toʻxtatib turiladigan muddat; amal qilishi toʻxtatib turilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) hamda tugatilgan, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) uchun olingan tasdiqnomaning nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan, xabardor qilingan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, toʻxtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar toʻxtatib qoʻyilganligi.
(222-modda uchinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Sudning huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda sudning hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 215 — 221-moddalari, 262-moddasining ikkinchi qismi, 277-moddasining ikkinchi qismi.
28-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
223-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
(223-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
Hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish iqtisodiy sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 29-moddasi, 37-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 224 — 227-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 6-bandi, 12-bandining birinchi — toʻrtinchi, yettinchi xatboshilari.
224-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi ushbu hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 29-moddasi, 37-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 224 — 227-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46, 47-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaxsdan talab qilib olinadi.
(224-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
225-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda iqtisodiy sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilib olishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19-bobi (“Ishni sudda koʻrishga tayyorlash”)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 226-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 224, 226, 227-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 8 — 10-bandlari.
226-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 224, 225, 227-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi, 15 — 15.7-bandlari, 16-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari.
227-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori va mazkur qaror qabul qilingan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoki unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan toʻliq yoxud qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 224 — 226-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 48-moddasining ikkinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 16-bandining birinchi xatboshisi, 17-bandi, 25-bandi.
29-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
228-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 229 — 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi.
229-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji, agar arizachi uni toʻlashdan ozod qilingan boʻlmasa, hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu Kodeks 228-moddasining ikkinchi qismi talablariga rioya etilmaganda, shuningdek ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining toʻrtinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganda, shuningdek ariza olti oylik muddat oʻtgach berilgan taqdirda va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 228, 230 — 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50, 51-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8, 9-bandlari, 19-bandining birinchi xatboshisi, 20-bandlari.
230-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilib olishi mumkin.
Iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 231-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun iqtisodiy sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 228, 229, 231, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 10, 22-bandlari.
231-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, iqtisodiy sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻxtatib turilganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarorini qabul qilgan boʻlsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 228 — 230, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 18-bandlari.
232-modda. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasi haqidagi maʼlumotlar;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 195 — 197, 228 — 231-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, 22, 23, 25-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
291-bob. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni yuritish
1-§. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni yuritish
2321-modda. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar arbitraj muhokamasi taraflarining arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, taʼminlash choralarini koʻrish, dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
2322-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida koʻrsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joylashgan yeri va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) talabga asos boʻlgan holatlar;
5) talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizada ish uchun ahamiyatli boʻlgan qaysi holatlar ushbu dalil bilan aniqlanishi mumkinligi ham koʻrsatilgan boʻlishi, dalil belgilanishi va uning turgan yeri koʻrsatilishi kerak.
Arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa maʼlumotlari koʻrsatilishi mumkin.
Agar ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi ariza “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16, 18 va 21-moddalarida koʻrsatilgan muddat ichida berilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 2323-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
2323-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida koʻrsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) arizaning koʻchirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitr oʻz vazifalarini bajarishi mumkin emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning oʻz vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga — arbitraj sudining oʻz yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudining taʼminlash choralari koʻrilganligi haqidagi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari;
7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudining ish yurituvida nizo mavjud boʻlib, uni hal etish uchun dalillar zarurligi va bu dalillarni olish uchun koʻmaklashish haqida ariza berilganligining dalili.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etishda ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.
2324-modda. Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud muhokamasi
Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi, taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.
Arbitraj muhokamasiga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha mazkur bobda koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlarni koʻrib chiqish chogʻida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining roʻyxatiga kiritilgan arbitrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan ish bilan bogʻliq boʻlgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni soʻrov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Iqtisodiy sud ishlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi hamda taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
2-§. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
2325-modda. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish
Arbitraj muhokamasining tarafi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan iqtisodiy sudga arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani berish orqali shikoyat qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar ham arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan eʼtiboran, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonunning 49-moddasiga muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma boʻyicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani berish uchun asos boʻlgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgach berilishi mumkin emas.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan taqdirda, iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi masala boʻyicha ish yuritishni arbitraj sudiga arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikriga koʻra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun oʻzi belgilagan muddatga, tegishli holatda va taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishi mumkin.
2326-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar yoki ularning vakili tomonidan imzolanadi.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joyi va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan taraf shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va ushbu qaror ustidan qanday asoslar boʻyicha shikoyat qilinayotganligi.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa maʼlumotlari koʻrsatilishi mumkin.
Arbitraj muhokamasi tarafining arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
2) arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
3) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Chet tilida tuzilgan hujjatlar iqtisodiy sudga taqdim etilayotganda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu modda toʻrtinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Agar arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 2325-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilishi lozim.
Ushbu Kodeks 37-moddasining beshinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra arizachiga qaytariladi.
2327-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
2328-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim:
1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka boʻysundirgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik boʻyicha, bunday qonunchilik mavjud boʻlmaganda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha haqiqiy emasligi dalilini;
2) “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini;
3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini;
4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda arbitraj kelishuvini qoʻllash doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda, agar arbitrajda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlarni arbitrajga tegishli boʻlmagan masaladan ajratib olish mumkin boʻlsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalar boʻyicha qarori mavjud boʻlgan qismigina bekor qilinishi mumkin;
5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining taraflar chekinishi mumkin boʻlmagan har qanday qoidasiga zid boʻlmasa yoki bunday kelishuv mavjud boʻlmasa, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emasligi dalilini.
Agar iqtisodiy sud:
1) nizo predmeti Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini;
2) arbitrajning hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zidligini aniqlasa, arbitrajning hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.
2329-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim
Iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarorini qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
1) arbitrajning shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori va u qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar;
2) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan arbitrajning nomi va tarkibi haqidagi maʼlumotlar;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) arbitrajning hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga oid koʻrsatma.
Arbitraj hal qiluv qarorining bekor qilinganligi, agar arbitrajga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, arbitraj muhokamasi taraflarining arbitraj kelishuviga muvofiq arbitrajga yangitdan murojaat etishi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra iqtisodiy sudga murojaat etishi uchun monelik qilmaydi.
Agar arbitrajning hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan arbitraj kelishuvi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoki unda arbitraj kelishuvida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, arbitraj muhokamasining taraflari bunday nizoni hal etish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(291-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
292-bob. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
23210-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar mediativ kelishuv tuzgan taraflarning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
23211-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi mediativ kelishuvning boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining oltinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan, shuningdek ariza olti oylik muddat tugagach berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
23212-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Iqtisodiy sud mediativ kelishuv tuzgan taraflarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 23213-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganligini yoxud bajarilmaganligini aniqlaydi.
Iqtisodiy sud arizani sud majlisida koʻrib chiqayotganda mediativ kelishuvni tuzishga sabab boʻlgan nizoni mazmunan koʻrib chiqishga haqli emas.
23213-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa;
mediativ kelishuvning ijrosi talab etilayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa;
mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa;
mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.
Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilgan boʻlsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
23214-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Iqtisodiy sud mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
1) mediativ kelishuvni tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim.
Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(292-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
30-bob. Yoʻqolgan sud ishini va ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
233-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash tartibi
Iqtisodiy ish boʻyicha yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning, davlat ijrochisining arizasiga, shuningdek sudning tashabbusiga koʻra sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Yoʻqolgan sud ishi yoki ijro ishini yuritish toʻliq tiklanadi yoxud uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, albatta tiklanishi shart.
Arizachi yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sud tomonidan sarf qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilgan boʻlsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 234 — 238-moddalari.
234-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisida ariza berish
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrgan sudga, yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza esa ijro etish joyidagi sudga beriladi va tegishli sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Arizada ish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233, 235 — 238-moddalari.
235-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Iqtisodiy sud yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan yuridik shaxslar va fuqarolarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, sud qarorini ijro etgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini koʻrgan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233-234, 236 — 238-moddalari.
236-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha hal qiluv qarori
Sudning yoʻqolgan sud ishini tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida tiklanayotgan hujjatlarning mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi.
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida yoʻqolgan sud ishi boʻyicha sud tomonidan qanday dalillar tekshirilganligi va qanday protsessual harakatlar bajarilganligini isbot qiluvchi sud xulosalari ham koʻrsatiladi.
Yoʻqolgan ijro ishi, agar sud hujjatining ijrosi amalga oshirilgan boʻlsa, tiklanadi.
Ijro hujjatining ijro etilishi toʻgʻrisidagi hujjat davlat ijrochisi tomonidan ijro etish chogʻida amalga oshirilgan va hujjatda aks ettirilgan harakatlarning mazmuni koʻrsatilgan holda sudning hal qiluv qarori bilan tiklanadi.
Ijro varaqasining dublikati berilishi mumkin boʻlgan ijro ishi u ijro etilguniga qadar yoʻqolgan taqdirda, sud yoʻqolgan ijro ishini tiklash toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni asoslantirilgan ajrim bilan rad etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233 — 235, 237, 238-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandi.
237-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ish yuritishni ajrim bilan tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Yoʻqolgan sud ishi boʻyicha sud hujjatini tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uni saqlash muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq, yoʻqolgan sud ishini ijro etish maqsadida uni tiklash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilingan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati oʻtgan boʻlsa va u sud tomonidan tiklanmasa ham sud ishni yuritishni tugatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233 — 236, 238-moddalari.
238-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233 — 237-moddalari.
III BOʻLIM. CHET ELLIK SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI ISHLARNI YURITISH
31-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni koʻrib chiqishning umumiy qoidalari
239-modda. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) ishtirokida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlarni quyidagi hollarda koʻrib chiqadi, agar:
1) javobgar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida javobgarning mol-mulki boʻlsa;
2) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
3) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarilishi lozim boʻlgan yoki bajarilgan shartnomadan kelib chiqqan boʻlsa;
4) talab chet ellik shaxs tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan boshqa holat bilan mol-mulkka zarar yetkazilishi tufayli yuzaga kelgan yoxud zarar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan boʻlsa;
5) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida asossiz boylik orttirishdan yuzaga kelgan boʻlsa;
6) ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasida turgan boʻlsa;
7) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning muomalasi bilan bogʻliq munosabatlardan yuzaga kelgan boʻlsa;
8) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha arizachi ushbu faktning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjudligini koʻrsatayotgan boʻlsa;
9) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida nomlar va boshqa obyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Internet jahon axborot tarmogʻida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq munosabatlardan yuzaga kelgan boʻlsa;
10) bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs oʻrtasida ushbu Kodeksning 241-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuzilgan bitim mavjud boʻlsa.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida yuzaga kelgan nizolar boʻyicha ishlarni va nizoli huquqiy munosabatning Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan aloqasi mavjud boʻlgan boshqa hollardagi ishlarni koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari, shuningdek iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida yuzaga keladigan va ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq ularning mutlaq vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham koʻradi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqish uchun iqtisodiy sud tomonidan qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning joylashgan yeri yoki yashash joyi oʻzgarishi yoxud boshqa holatlar munosabati bilan ish chet davlat sudining vakolatiga taalluqli boʻlsa-da, mazmunan koʻrilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasi, Mazkur Kodeksning 240 — 243-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1167-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori.
240-modda. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha mutlaq vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga chet ellik shaxslar ishtirokidagi quyidagi nizolar boʻyicha ishlar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan nizolar boʻyicha, shu jumladan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda jamoat ehtiyojlari uchun mulkni olib qoʻyish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha ishlar;
(240-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
2) predmeti koʻchmas mol-mulk boʻlgan nizolar boʻyicha, agar bunday mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa, yoki bunday mol-mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha ishlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida chet ellik shaxslar ishtirokidagi boshqa ishlar ham iqtisodiy sudlarning mutlaq vakolatlariga kiritilishi mumkin.
(240-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasi, Mazkur Kodeksning 239, 241 — 243-moddalari.
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha vakolatlarini belgilash toʻgʻrisidagi bitim
Agar taraflardan hech boʻlmaganda biri chet ellik shaxs boʻlgan taqdirda va ular Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ularning iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoni koʻrish boʻyicha vakolatga ega deb belgilangan bitimni tuzsa va, basharti, bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini oʻzgartirmasa, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni koʻrish boʻyicha mutlaq vakolatlarga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining vakolatlarini belgilash toʻgʻrisidagi bitim yozma shaklda tuzilgan boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 239, 240, 242-243-moddalari.
242-modda. Sudning immuniteti
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudida chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etishga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash hamda unga nisbatan daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralarni qoʻllashga, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(242-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Sud immunitetidan voz kechish chet davlatning qonunida yoki xalqaro tashkilotning qoidalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi kerak. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ishni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 239 — 241, 243-moddalari.
243-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishlarni koʻrishning protsessual oqibatlari
Agar chet davlat sudining ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, mazkur ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi daʼvo arizasini ushbu Kodeksning 10-bobi qoidalari boʻyicha koʻrmasdan qoldiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi, agar chet davlat sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, ushbu ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa yoki koʻrsatilgan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 248-moddasiga muvofiq tan olinsa va ijro etilsa, ushbu Kodeks 11-bobining qoidalari boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10, 11-boblari, 239 — 242, 248-moddalari.
32-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni koʻrish xususiyatlari
244-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni koʻrish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi tomonidan chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeks qoidalari boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda koʻriladi.
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar bu shaxslar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari yoxud ularning ish yuritishga vakolatli boʻlgan vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda koʻriladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan tartibda xabardor qilingan hollarda, ishni koʻrish muddati sud topshiriqlarini yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan muddatga, bunday muddat shartnomada mavjud boʻlmaganda yoki koʻrsatilgan shartnoma mavjud boʻlmaganda esa olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 91, 92, 164 — 175, 245 — 247-moddalari.
245-modda. Chet ellik shaxslarning protsessual huquqlari va majburiyatlari
Chet ellik shaxslar iqtisodiyot sohasida oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ushbu Kodeksda belgilangan sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari bilan teng protsessual huquqlardan foydalanadi va protsessual majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar oʻzining yuridik maqomini va iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi dalillarni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklovlarga yoʻl qoʻyilayotgan davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan javob tariqasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida cheklovlar belgilanishi mumkin.
(245-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 40 — 42, 54, 244, 246, 247-moddalari.
246-modda. Chet elga mansub hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatlar muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi muassasalari, tashkilotlari va fuqarolariga yoki chet ellik shaxslarga nisbatan chet el huquqi normalari boʻyicha belgilangan shakl boʻyicha berilgan, tuzilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hamda bu hujjatlar kelib chiqqan muassasalar va tashkilotlarning davlati ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan faqat konsullik legallashtiruvi mavjud boʻlganda yoxud ularga apostil qoʻyilgan boʻlsa, qabul qilinadi.
(246-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qoʻshib topshirilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 244, 245, 247-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
247-modda. Ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi sud topshiriqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda chet davlatlar sudlari tomonidan oʻziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qogʻozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar olish, ekspertiza oʻtkazish, joyni koʻzdan kechirish va hokazo) bajaradi.
(247-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Chet davlat sudining topshirigʻi quyidagi hollarda ijro etilmaydi, agar:
1) sud topshirigʻini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid solsa;
2) sud topshirigʻini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining vakolatiga kirmasa;
3) ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi sud topshirigʻini oʻz ichiga olgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanmasa.
Ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi sud topshiriqlarini Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi tomonidan ijro etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari chet davlatlar sudlariga yoki chet davlatlarning vakolatli organlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi sud topshiriqlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 91, 92, 244 — 246-moddalari.
33-bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
248-modda. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar hamda boshqa ishlar boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, agar bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligida nazarda tutilgan boʻlsa, ular Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan tan olinadi va ijroga qaratiladi.
(248-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo boʻyicha hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafning arizasi boʻyicha hal etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlari uchun chet davlat sudi deganda chet davlatning taraflar oʻrtasidagi nizoni hal etuvchi vakolatli organi tushuniladi, chet el arbitraji deganda chet davlatning taraflar oʻrtasidagi nizoni hal etish uchun doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat koʻrsatadigan nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 31-moddasi, 32-moddasining ikkinchi qismi, 249 — 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 22.12.1995-yildagi 184-I-sonli qarori bilan Birlashgan Millatlar tashkilotining 10.06.1958-yildagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish masalalari, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda hal etiladi.
(248-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi OʻRQ-769-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
249-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza arizachi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi boʻyicha yoxud, agar qarzdorning joylashgan yeri yoki yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy boʻyicha beriladi.
(249-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
250-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va u arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri hamda uning tarkibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) arizachi tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) arizachining chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Arizada arizachi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 3, 31, 248, 249, 251 — 258-moddalari.
251-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arizachi tan olish va ijroga qaratishni soʻrayotgan chet davlat sudining hal qiluv qarori yoki uning chet davlatning yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) agar hal qiluv qarori matnining oʻzida koʻrsatilmagan boʻlsa, hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar u tegishli chet davlat hududida ilgari ijro etilgan boʻlsa;
4) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va sud protsessida ishtirok etmagan taraf ishni koʻrish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
8) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 248 — 250, 252 — 258-moddalari.
252-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) chet el arbitrajining hal qiluv qarori yoki uning chet davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
2) arbitraj muhokamasi toʻgʻrisidagi bitimning asli yoki uning chet davlatning yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar u ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan boʻlsa;
4) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni koʻrish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
8) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 248 — 251, 253 — 258-moddalari.
253-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal etishda, u ushbu Kodeks 249 — 252-moddalarining talablari buzilgan holda taqdim etilganligini aniqlasa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻz ajrimi bilan qaytaradi.
Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar arizachiga yoki uning vakiliga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Arizani qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs umumiy tartibda ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga yangidan murojaat etishga haqli.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza iqtisodiy sudga dastlabki murojaat etilgan kunda berilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 248 — 251, 253 — 258-moddalari.
254-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza, agar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning qoidalari boʻyicha u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran olti oydan oshmagan muddatda sud majlisida koʻriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni koʻrishda ushbu Kodeksning 255-256-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim etilgan, bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni koʻrishda chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19, 20-boblari, 248 — 253, 255 — 258-moddalari.
255-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda rad qiladi, agar:
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuni boʻyicha u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, bundan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmasdan ijro etilishi lozim boʻlgan hollar mustasno;
2) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan taraf ishni koʻrish vaqti va joyi haqida oʻz vaqtida va tegishli tarzda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz tushuntirishlarini sudga taqdim eta olmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga yoki qonunchiligiga muvofiq ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga taalluqli boʻlsa;
(255-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa;
5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan chet davlat sudida ish yuritish qoʻzgʻatilgunga qadar qoʻzgʻatilgan ish Oʻzbekiston Respublikasining sudida koʻrilayotgan boʻlsa;
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan va ushbu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa;
7) taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalil taqdim qilingan boʻlsa;
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa;
9) hal qiluv qarori chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
10) chet davlat sudi hal qiluv qarorining ijro etilishi Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchiligining asosiy prinsiplariga zid boʻlsa.
(255-modda birinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 248 — 254, 256 — 258-moddalari.
256-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad qilish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi hal qiluv qarori oʻziga qarshi qaratilgan tarafning arizasiga koʻra, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad qiladi, agar taraf:
1) arbitraj bitimining taraflari oʻzlariga nisbatan qoʻllaniladigan qonun boʻyicha qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz boʻlganligini yoki arbitraj bitimini uning taraflari qaysi qonunga boʻysundirgan boʻlsalar, oʻsha qonun boʻyicha, bunday koʻrsatma mavjud boʻlmaganda esa — hal qiluv qarori chiqarilgan mamlakatning qonuni boʻyicha haqiqiy emasligini;
2) hal qiluv qarori oʻziga qarshi qaratilgan taraf arbitr tayinlanganligi toʻgʻrisida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
3) arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma shartida nazarda tutilmagan yoki ularning shartiga tegishli boʻlmagan nizo boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilganligini yoxud arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma shartidan tashqari chiqadigan masalalar boʻyicha qaror mavjudligini, bundan arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma sharti doirasidagi masalalar boʻyicha qarorlar qamrab olinmagan masalalar boʻyicha qarorlardan ajratib olinishi mumkin boʻlgan hollar mustasno;
4) arbitraj organining tarkibi yoki arbitraj protsessi taraflarning kelishuviga muvofiq kelmaganligini yoki bunday shart boʻlmasa, arbitraj boʻlib oʻtgan mamlakat qonuniga mos kelmaganligini;
5) hal qiluv qarori taraflar uchun yakuniy boʻlmaganligini yoki u qabul qilingan va qonuni qoʻllanilayotgan davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilinganligini yoxud ijrosi toʻxtatilganligini;
6) nizo vakolatli boʻlmagan chet davlat arbitraji tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsa.
Shuningdek chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) nizo obyekti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha arbitraj muhokamasining predmeti boʻla olmasa;
(256-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) ushbu hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zid boʻlsa yoki unga tahdid solsa;
3) chet el arbitrajining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish muddati oʻtgan boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 248 — 255, 257, 258-moddalari.
257-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimda:
1) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri;
2) arizachi va qarzdorning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) arizachi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish yoxud uni tan olishni va ijroga qaratishni rad qilish toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlishi kerak.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22-bobi, 248 — 256, 258-moddalari.
258-modda. Chet davlat sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini ijroga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini ijroga qaratish chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(258-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 192 — 194, 248 — 257-moddalari.
IV BOʻLIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH BOʻYICHA ISH YURITISH
34-bob. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish
259-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli.
(259-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno.
Sudning hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(259-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
260-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar
Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tumanlararo iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan;
(260-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
(260-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
261-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 23.1-bandi.
262-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
(262-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin.
(262-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259 — 261-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 23, 25 — 25.3-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan apellyatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
(262-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
263-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxs ish holatlari va dalillarga, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259 — 262, 265-moddalari.
264-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini yuborish
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259 — 263, 265-moddalari.
265-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya protestining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha ushbu Kodeks 259-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaatlarining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno.
(265-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Daʼvo arizasini qaytarish yoki daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan daʼvo arizasi va sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 63, 112, 113, 127, 128, 259 — 265-moddalari.
266-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 63, 112, 113, 127, 128, 259 — 265-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 23.1-bandi.
267-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259, 266, 268-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, 29-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 33-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 36-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari.
268-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 41, 42-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
(268-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 123-moddasi.
5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 275-moddasi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga shikoyatni (protestni) bergan shaxsga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(268-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 259, 266, 269-moddalari, 273-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
269-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoinki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
11) apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha keltirilgan protestga tarafning murojaati koʻchirma nusxasi ilova qilinmagan boʻlsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno;
(269-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa;
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
6) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 197-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(269-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi bekor qilingan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 62, 123, 259 — 268-moddalari.
270-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
(270-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42, 61, 62, 259, 264, 265-moddalari.
271-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilganda va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilingunga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 259, 264, 265-moddalari.
272-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish
Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(272-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 62, 197, 259-moddalari.
273-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
(273-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
6) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
7) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(273-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42, 46, 269-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 275-moddalari.
274-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha birinchi sud majlisi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
(274-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya instansiyasi sudida: ishlarni birlashtirish toʻgʻrisidagi; daʼvoning predmetini yoki asosini, daʼvo talablarining miqdorini oʻzgartirish haqidagi; qarshi daʼvo taqdim etish; ishda ishtirok etish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holati mustasno.
(274-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
(274-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va uning yuzasidan berilgan yozma fikrni bayon qiladi.
Sud maʼruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellyatsiya shikoyatida (protestida) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
(274-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi eʼlon qilinadi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Qaror besh kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi eʼlon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning toʻliq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntiradi.
(274-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
275-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellyatsiya protestini chaqirib olish
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(275-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 268-moddasi birinchi qismining 5-bandi, 273-moddasi birinchi qismining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunining 35, 36-moddalari.
276-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish chegaralari
Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 259, 267, 274-moddalari.
277-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
(277-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-997-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(277-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
278-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha:
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
(278-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69, 177, 259, 267, 274, 277, 279-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
6) ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
(278-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
(278-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
279-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi;
2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunchilik hujjatining qoʻllanilganligi;
3) qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi.
(279-modda ikkinchi qismining 1 — 3-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa;
2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;
3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi munosabati bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi;
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yoʻqligida koʻrilganligi;
3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi.
(279-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 69, 177, 259, 267, 274, 277, 278-moddalari.
280-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) apellyatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) nizo predmeti;
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman oʻzgartirilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari;
Oldingi tahrirga qarang.
(280-modda ikkinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(280-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 177, 259, 267, 274, 277 — 279-moddalari.
281-modda. Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)
Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) qarorni, ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) qarorni, ajrimni oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishga;
(281-modda uchinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
(281-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
35-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
282-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.
(282-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan, agar ish boʻyicha prokuror ishtirok etgan boʻlsa yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.
(282-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno.
(282-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(282-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
283-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar
Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli tumanlararo iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan;
(283-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
(283-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
284-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
(284-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
285-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
(285-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
(285-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 283, 284-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 24 — 24.2-bandlari.
286-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi;
(286-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizo predmeti;
(286-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 284, 285, 287, 288-moddalari.
287-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxasini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 284, 286, 288-moddalari, 292-moddasi birinchi qismining 3-bandi, 293-moddasining birinchi qismi.
288-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaatlarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno.
(288-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Daʼvo arizasini qaytarish haqidagi, daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan, qabul qilish rad etilgan daʼvo arizasi va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
(288-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2881-modda. Ishni talab qilib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.
(2881-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oldingi tahrirga qarang.
289-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(289-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
290-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi.
(290-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
291-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
(291-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
(291-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan boʻlsa;
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim mavjud boʻlsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
(291-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
292-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
(292-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 286-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 288-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha protestga ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinmagan boʻlsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno;
(292-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
(292-moddaning birinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
7) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa.
(292-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 7-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(292-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(292-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 62, 113, 123 (Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish).
293-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
(293-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42, 61, 62, 287, 290-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
294-modda. Sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi.
Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
(294-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2941-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
295-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(295-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(295-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 62, 182, 184, 197-moddalari.
296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
(296-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
4) kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
(296-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
5) kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
7) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(296-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(296-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
(296-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 41, 42, 46, 283 — 285-moddalari.
297-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ishni birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi.
(297-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
(297-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; daʼvoning predmetini yoki asosini, daʼvo talablarining miqdorini oʻzgartirish haqidagi; qarshi daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holati mustasno.
(297-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining, apellyatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan soʻng sud sud majlisida hozir boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha dalillar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan soʻng kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
(297-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi eʼlon qilinadi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Qaror besh kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi eʼlon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning toʻliq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntiradi.
(297-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
298-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(298-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, kassatsiya protesti chaqirib olinganligi sababli ish yuritishning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa kassatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
(298-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
299-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish chegaralari
Oldingi tahrirga qarang.
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
(299-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
300-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyati (protesti) u ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
(300-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(300-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
301-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha:
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
(301-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
302-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat:
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi;
2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunchilik hujjatining qoʻllanilganligi;
3) qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa;
2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan boʻlsa yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;
3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi;
2) ish sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yoʻqligida koʻrilganligi;
3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab boʻyicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi.
(302-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
303-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) nizo predmeti;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
(303-modda ikkinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
(303-modda ikkinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asoslantirilganligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar;
(303-modda ikkinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllamaganligiga doir sabablar;
Oldingi tahrirga qarang.
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qoʻshilmaganligining sabablari;
(303-modda ikkinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(303-modda ikkinchi qismining 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(303-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 301, 304-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(304-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
Oldingi tahrirga qarang.
305-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini oʻzgartirishga yoki bekor qilishga;
3) daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini, ishni koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
(305-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(3051-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son)
Oldingi tahrirga qarang.
306-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan, shuningdek kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan boshqa ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(306-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish
307-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha tumanlararo iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
(307-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda.
(307-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, ushbu sudlarning taftish instansiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda.
(307-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda.
(307-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
308-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻradigan sudlar
Taftish tartibidagi shikoyat (protest):
ushbu Kodeks 307-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan;
ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan protest keltirilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi.
309-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ish bilan birga yuborishi shart.
Ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
310-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan boʻlsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan boʻlsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 307-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda kiritilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi.
311-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning ishdagi protsessual holati;
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va nizo predmeti;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan mazkur shaxsning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻrsatilishi kerak.
Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Protest protestni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
312-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasini yuborish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxasini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
313-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati koʻchirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno.
(313-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
314-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
315-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlanadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi.
316-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan sud tomonidan ilgari taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;
7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protestni chaqirib olganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi munosabati bilan taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shuningdek shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
317-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 11-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 313-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha protestga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinmagan boʻlsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno;
(317-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
3) shikoyatga (protestga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
4) shikoyatga davlat boji hamda pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
5) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
6) shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa;
7) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 309-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtib yuborilgan boʻlsa.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
318-modda. Ishni talab qilib olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida, ushbu Kodeksning 307-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.
(318-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-968-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)
319-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish
Ushbu Kodeksning 307 — 313-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan oʻrganiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda oʻrganadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi:
1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeksning 316-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
2) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 317-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida;
3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida;
4) shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida esa shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ajrimning koʻchirma nusxasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
320-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish sabablari.
Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar sudda qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimiga qoʻshilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasi asosida uni bekor qilish va ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
321-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni;
7) ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladigan vaqt va joy.
322-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
323-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
324-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida koʻrilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
3241-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish
Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan, yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
3242-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
4) shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
5) protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
6) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;
7) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3243-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddati
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan taftish tartibidagi protest Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
3244-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish tartibi
Taftish tartibida ish sud majlisida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
Taftish tartibida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; daʼvoning predmetini yoki asosini, daʼvo talablarining miqdorini oʻzgartirish haqidagi; qarshi daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar qoʻllanilmaydi.
Taftish tartibida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Maʼruzachi ishning holatlarini, sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyat (protest) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan soʻng sud sud majlisida hozir boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi.
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish prokurorning protesti boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilganidan soʻng sud qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi eʼlon qilinadi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Qaror besh kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi eʼlon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning toʻliq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi.
3245-modda. Taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechish. Taftish tartibidagi protestni chaqirib olish
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
3246-modda. Taftish tartibida ishni koʻrish chegaralari
Sud ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida quyi instansiya sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
3247-modda. Ishni taftish tartibida koʻradigan sudning vakolatlari
Ishni taftish tartibida koʻradigan sud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha:
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;
5) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
7) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
3248-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar boʻyichagina bekor qilinishi mumkin emas.
3249-modda. Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarori
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;
6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligini va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar;
7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;
10) ishni koʻrgan sudning oʻz xulosalariga kelishiga sabab boʻlgan vajlar, sud amal qilgan qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola;
11) shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud xulosalari;
12) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
32410-modda. Ishni taftish tartibida koʻrgan sud koʻrsatmalarining majburiyligi
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida bayon etilgan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
32411-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest)
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan taftish shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mohiyatan hal etishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga hamda daʼvo arizasini va ishni koʻrish uchun tegishli instansiya sudiga yuborishga;
4) birinchi instansiya sudining ajrimini, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
32412-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan taftish tartibidagi shikoyatni berish muddati ichida shikoyatni bergan shaxsning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibidagi protestni berish muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan boshqa ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin.
(36-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
37-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish
325-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish huquqi
Sud oʻzi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 146, 192, 326 — 333-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 25.07.2003-yildagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi Qarori.
326-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari va ajrimlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoxud yangi sud hujjati qabul qilgan instansiya tomonidan amalga oshiriladi.
(326-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-888-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
327-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan boʻlsa va mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 325, 328, 329-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6 va 7-bandlari.
328-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani berish tartibi va muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan beriladi.
(328-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgach berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha berilgan arizalar mustasno.
(328-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
329-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, nizo predmeti;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri boʻyicha sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(329-modda uchinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
3) ariza va hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
4) sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 328, 330 — 332-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 2-bandlari.
330-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, agar u oʻzining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 328, 329, 331-332-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi qismi, 10-bandi.
331-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 328 va 329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan boʻlsa;
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan soʻng berilgan boʻlsa va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
3) ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib, shunga koʻra ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashga asos mavjud boʻlmasa.
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 328 — 330, 332-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 2-bandlari.
332-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
(332-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 328 — 330, 332-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
333-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqariladigan ajrim
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda koʻradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 328 — 332-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14 — 17-bandlari.
V BOʻLIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH.
334-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno.
(334-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi lozim.
(334-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-1089-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 146, 192, 335 — 347-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 2-bandi.
335-modda. Ijro varaqasi
Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 336 — 338-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, 7-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 4-bandining birinchi xatboshisi.
336-modda. Ijro varaqasini berish
Sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga koʻra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi boʻyicha ijro etilishi lozim boʻlgan qismini koʻrsatgan holda bir nechta ijro varaqasini beradi.
Pul summalarini bir necha javobgardan undirish toʻgʻrisidagi sud hujjati asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va solidar javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan soʻng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi.
(336-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
Budjetga mablagʻlarni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan soʻng besh kun ichida yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 334, 335, 337 — 347-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 3-bandi.
337-modda. Ijro varaqasining mazmuni
Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ijro hujjatini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
(337-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) ijro varaqasini ijro etish tartibi va usuli, agar bu haqda sud hujjatida koʻrsatilgan boʻlsa;
7) sud hujjati kuchga kirgan sana;
8) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda sud hujjati asosida beriladigan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa, u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin.
(337-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 334, 335, 337 — 347-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 6-bandi.
338-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, muddat tugagan kundan eʼtiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 334, 335, 337 — 347-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
339-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:
ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;
ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
Ijro varaqasi uni toʻliq yoki qisman ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 334 — 338, 340 — 347-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi.
340-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 334 — 339, 341 — 347-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 7, 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
341-modda. Ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish
Ijro varaqasi (sud buyrugʻi) yoʻqotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga koʻra ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berishi mumkin.
Ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrugʻini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrugʻi) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yoʻqotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrugʻini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng maʼlum boʻlgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrugʻi) yoʻqotilganligi undiruvchiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 335 — 337-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandi.
342-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish
Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlar mavjud boʻlganda sud davlat ijrochisining, undiruvchining yoki qarzdorning arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, agar vakolatli davlat organining qarori yoki taraflarning kelishuvi bilan boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bir yildan oshmagan muddatga berilishi mumkin.
Sud qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish imkonini berganda sud hujjatining ijro etilishini ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Sud hujjati ijrosini kechiktirish haqidagi yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda sud tomonidan sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, undiruvchi, qarzdor va davlat ijrochisi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 343, 344-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
343-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha daʼvogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 342, 344-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
344-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablagʻlarini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 342, 343-moddalari.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
345-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish
Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga koʻra toʻxtatib turishi yoki tugatishi mumkin.
Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233 — 235, 238-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 34 — 39-moddalari.
346-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Ijro ishini yuritishni toʻxtatgan sud ijro ishini yuritishni uni toʻxtatishga asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha tiklaydi.
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233 — 235, 238-moddalari.
347-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish
Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 128, 191-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 27.12.2023-y., 03/23/888/0976-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son; 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son; 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son; 12.03.2025-y., 03/25/1047/0233-son; 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son; 26.09.2025-y., 03/25/1084/0874-son; 20.10.2025-y., 03/25/1089/0953-son; 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son; 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son; 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son; 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son; 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son; 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)