Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar oʻz fuqarolik huquqlariga oʻz erklariga muvofiq ega boʻladilar va bu huquqlarini oʻz manfaatlarini koʻzlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.
Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda boʻladi.
Xavfsizlikni taʼminlash, insonlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur boʻlsa, tovarlar va xizmatlar harakatda boʻlishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bogʻliq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari boʻladilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qoʻllaniladi.
Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan oʻzgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qoʻllaniladi.
Bir tarafning ikkinchi tarafga maʼmuriy boʻysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa maʼmuriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun hujjatlaridan iborat.
Boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga mos boʻlishi shart.
Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.
Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar boʻyicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy boʻlgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan boʻlsa, tuzilgan shartnomaning shartlari oʻz kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qoʻllaniladi (qonun oʻxshashligi).
Koʻrsatib oʻtilgan hollarda qonun oʻxshashligidan foydalanish mumkin boʻlmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni (huquq oʻxshashligi)ga hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi.
Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni oʻxshashlik boʻyicha qoʻllanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6-modda. Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va anʼanalar
Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qoʻllaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qatʼi nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.
Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy boʻlgan qonun hujjatlari normalariga yoki shartnomaga zid boʻlgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va anʼanalar qoʻllanilmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 1 — 5, 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 2, 3-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 14-moddasi ikkinchi qismi.
7-modda. Fuqarolik qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar hamda bitimlar
Agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonun hujjatlaridagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
2-BOB. FUQAROLIK HUQUQ VA BURCHLARINING VUJUDGA KELISHI. FUQAROLIK HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISH VA HIMOYA QILISH
8-modda. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari
Fuqarolik huquq va burchlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlmasa-da, lekin fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga koʻra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa-da, lekin unga zid boʻlmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 355, 357, 364 — 366-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Pelnumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 1-2-bandlari.
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hujjatlaridan;
4) qonun yoʻl qoʻyadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, sanʼat asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 182, 1041 — 1048, 1056-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-bobi (985 — 1004-moddalar).
7) asossiz boyib ketish natijasida;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-bobi (1023 — 1030-moddalar), Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 339–moddasi.
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bogʻlaydigan hodisalar natijasida.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart boʻlgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, unga boʻlgan tegishli huquqlar roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqarolik huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini ham oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etadilar.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻz huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar oʻz huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning maʼnaviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar esa — ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar yetkazishga, boshqacha shakllarda huquqni suiisteʼmol qilishga, shuningdek huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga qarashli huquqni himoya qilishni rad etishi mumkin.
10-modda. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish
Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, xoʻjalik sudi yoki xolislar sudi (bundan keyin — sud) tomonidan himoya qilinadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari maʼmuriy tartibda himoya qilinadi. Maʼmuriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, mazkur Kodeksning 9, 11 — 15-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 3, 4, 26, 27-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 25 — 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9, 11-moddalari.
11-modda. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
Fuqarolik huquqlari quyidagi yoʻllar bilan himoya qilinadi:
huquqni tan olish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 10-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 19.11.2010-yildagi “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113, 114, 120, 121-moddalari, Uy-joy kodeksining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 5 — 7, 11-12, 29, 31-32-bandlari.
davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.04.2000-yildagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki oʻzgartirish;
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.
12-modda. Davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish
Davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
13-modda. Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilishi
Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilish usullari huquqni buzishga mutanosib boʻlishi hamda huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9 — 11-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8, 10-moddalari.
14-modda. Zararni qoplash
Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda toʻlash nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs oʻziga yetkazilgan zararning toʻla qoplanishini talab qilishi mumkin.
Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanishini talab qilishga haqli.
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan toʻlanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 10, 11, 12, 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeksining 27, 184 — 189-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi.
2-kichik boʻlim SHAXSLAR
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qoʻllaniladi.
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tugʻilgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18, 41, 1169 va 1176-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati]
18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni
Fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega boʻlishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamgʻarmalarga ega boʻlishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xoʻjaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qoʻyilmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning toʻlanishini talab qilishlari; mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, ixtironing, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega boʻlishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro oʻz familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (toʻqilgan ismdan) foydalanishi mumkin.
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda oʻz ismini oʻzgartirishga haqli. Fuqaroning oʻz ismini oʻzgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi.
Fuqaro oʻz ismini oʻzgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni koʻrishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi oʻzgarganligi haqida maʼlumot yoʻqligi tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Ismini oʻzgartirgan fuqaro oʻzining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga oʻz hisobidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli.
Fuqaro tugʻilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek oʻzgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻz ismi bilan yashash huquqiga eʼtiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qoʻyishni va raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan boʻlsa, jabrlangan shaxs qoʻshimcha suratda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun manfaatni buzgan shaxsning daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi maʼnaviy ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega.
Ism yoki shaxsiy shaʼn egasi boʻlmagan, lekin oilaviy mavqeyiga koʻra bundan manfaatdor boʻlgan shaxs ham ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarga chek qoʻyish yoki raddiya berish haqidagi talablarni qoʻyishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning oʻlimidan keyin ham uning ismini va shaʼnini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va shaʼnni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi oʻlimdan keyin tan olinmaydi.
Fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda boʻlgan fuqarolarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda boʻlgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 va 32-moddalari, mazkur Kodeksning 18, 33-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 164-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati]
Fuqaroning oʻz harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega boʻlish va ularni amalga oshirish, oʻzi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, yaʼni oʻn sakkiz yoshga toʻlgach toʻla hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan oʻtgan fuqaro nikohdan oʻtgan vaqtdan eʼtiboran toʻla hajmda muomala layoqatiga ega boʻladi.
Nikoh tuzish natijasida ega boʻlingan muomala layoqati oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham toʻla saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab toʻla muomala layoqatini yoʻqotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16, 17-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 39-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksining 15-moddasi ikkinchi qismi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
23-modda. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yoʻl qoʻyilmasligi
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas.
Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qoʻyilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan toʻla yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
24-modda. Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati
Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.
Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonun hujjatlaridan yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, ushbu Kodeksning qoidalari qoʻllaniladi.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan ushbu moddaning birinchi qismi talablarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida oʻzining tadbirkor emasligini vaj qilib koʻrsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq majburiyatlar toʻgʻrisidagi qoidalarini qoʻllashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 25.05.2000-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5, 6, 22, 26-moddalari.
Fuqaro oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi, qonunga muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi yettinchi xatboshisi, 29-moddasi oltinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining 26.04.1996-yildagi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
26-modda. Yakka tadbirkorning nochorligi (bankrot boʻlishi)
Yakka tadbirkor kreditorlarning oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlgan talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmasa, bunday tadbirkor belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusmlarini amalga oshirish jarayonida uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari boʻyicha kreditorlari ham oʻz talablarini qoʻyishga haqli. Mazkur kreditorlarning ushbu tartibda qoʻyilmagan talablari yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusmlari tamom boʻlganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Yakka tadbirkor bankrot deb topilgan taqdirda uning, kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qondiriladi.
Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka tadbirkor oʻzini bankrot deb eʼlon qilishining asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
27-modda. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda maʼqullaganidan soʻng, u ham haqiqiy hisoblanadi.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
1) oʻz ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki sanʼat asarining, ixtironing yoxud oʻz intellektual faoliyatining qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʻyish va ularni tasarruf etish;
4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq oʻzlari tuzgan bitimlar boʻyicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar boʻladilar. Bunday voyaga yetmaganlar oʻzlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar boʻladilar.
Yetarli asoslar mavjud boʻlganida sud ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi yoki bu huquqdan mahrum qilishi mumkin, bunday voyaga yetmagan shaxs ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismiga yoki 28-moddasiga muvofiq toʻla hajmda muomala layoqatiga ega boʻlgan hollar bundan mustasno.
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, u toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari boʻyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻlmaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22, 27, 29, 42-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 324 — 326-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
29-modda. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Olti yoshdan oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat koʻrishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablagʻlarni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
Kichik yoshdagi bolaning bitimlari boʻyicha, shu jumladan oʻzi mustaqil tuzgan bitimlar boʻyicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida oʻzlarining ayblari yoʻqligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar boʻladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21, 27, 28, 117-moddalari,Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
30-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.
Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
31-modda. Fuqaroning muomala layoqatini cheklash
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilish natijasida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qoʻyilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar boʻladi.
Fuqaroning muomala layoqati cheklanishiga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlsa, sud uning muomala layoqatini cheklashni bekor qiladi. Fuqaroga belgilangan homiylik sud qarori asosida bekor qilinadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
32-modda. Vasiylik va homiylik
Vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga toʻliq layoqatli boʻlmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Vasiylar va homiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga koʻra ota-ona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
33-modda. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topishi mumkin.
Yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin boʻlmasa, bedarak yoʻqolgan deb hisoblash muddati yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin boʻlmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
34-modda. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish oqibatlari
Bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur boʻlsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi.
Ushbu mol-mulkdan bedarak yoʻqolgan shaxs qonunga muvofiq boqishi kerak boʻlgan fuqarolarga taʼminot beriladi va uning soliqlar va boshqa majburiyatlar boʻyicha qarzlari toʻlanadi.
Vasiylik va homiylik organi yoʻqolgan fuqaroning qayerdaligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan kundan boshlab bir yil oʻtganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgilashi mumkin.
Shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topishning ushbu moddada nazarda tutilmagan oqibatlari qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 141-moddasi 6, 7-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 66-moddasi ikkinchi, beshinchi qismlari, 309-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 43-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 160-moddasi birinchi, toʻrtinchi xatboshilari, 219-moddasi birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi 5a-sonli qarorining 11-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
35-modda. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi
Bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 33, 34-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 309-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 48-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
36-modda. Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida maʼlumot boʻlmasa, basharti u oʻlim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok boʻlgan deb taxmin qilish uchun asos boʻladigan vaziyatlarda bedarak yoʻqolgan boʻlib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb eʼlon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom boʻlgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil oʻtgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning oʻlgan kuni deb hisoblanadi. Oʻlim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok boʻlgan deb taxmin qilish uchun asos boʻladigan vaziyatlarda bedarak yoʻqolgan fuqaro vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning oʻlgan kuni deb topishi mumkin.
Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning oʻlimi olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni vujudga keltiradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
37-modda. Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning qayerda turganligi maʼlum boʻlgan taqdirda, uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul oʻtib qolgan mavjud mol-mulkini oʻziga qaytarib berishni uch yil mobaynida sud orqali talab qilishga haqli, ushbu Kodeksning 229-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning mol-mulki uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan boʻlib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom toʻlamagan boʻlsalar, bu holda toʻlanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga oʻtadi.
Vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning mol-mulkini haq toʻlashni nazarda tutadigan bitimlar asosida olgan shaxslar mol-mulkni vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaroning tirikligini bila turib sotib olganliklari isbotlansa, ular fuqaroga bu mol-mulkni qaytarib berishlari shart. Bunday mol-mulkni asli holida qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, uning qiymati toʻlanadi.
Agar vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning mol-mulki meros huquqi boʻyicha davlatga oʻtgan va sotib yuborilgan boʻlsa, fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin unga mol-mulkni sotishdan tushgan pul qaytarib beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36, 99, 1009-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 309-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 37, 48-moddalari, 160-moddasi birinchi, toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.08.00 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.03.00.00 Bolalarning kelib chiqishini belgilash;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.07.00.00 Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish]
38-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1) tugʻilish;
2) oʻlim;
3) nikoh tuzilganligi;
4) nikohdan ajralish.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish fuqarolik holati hujjatlarini yozish organlari tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish daftariga (hujjatlar daftariga) tegishli yozuvlarni kiritish hamda shu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ifodalanadi.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va oʻzgartirish yetarli asoslar boʻlsa hamda manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlsa yoki fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi yozuvni tuzatish yoki oʻzgartirishni rad etsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi.
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar boʻlsa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.
(38-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etuvchi organlar, bu hujjatlarni qayd etish tartibi, fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini oʻzgartirish, tiklash va bekor qilish tartibi, hujjat daftarlari va guvohnomalarning shakllari, shuningdek hujjatlar daftarlarini saqlash tartibi va muddatlarini belgilovchi organlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 1172, 1173-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13, 18, 38, 42, 43, 47, 48, 201 — 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 316-moddasi, 338, 339-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 14.04.1999-yildagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.06.2018-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3785-sonli qarori, zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi 5a-sonli qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
4-BOB YURIDIK SHAXSLAR
1-§. Umumiy qoidalar
39-modda. Yuridik shaxs tushunchasi
Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi boʻlmagan tashkilot) yuridik shaxs boʻlishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxs xoʻjalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy taʼminlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin.
(40-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Yuridik shaxs ushbu Kodeks, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek ustav va boshqa taʼsis hujjatlari asosida ish olib boradi.
Yuridik shaxs oʻzining taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega boʻladi.
Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi (ushbu Kodeks 44-moddasining toʻrtinchi qismi) va uni tugatish yakunlangan paytdan eʼtiboran tugatiladi (ushbu Kodeks 55-moddasining oʻninchi qismi).
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 125, 1176-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 26.12.1996-yildagi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 269-sonli qarorining 16-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi
Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi.
Mulkdorlar, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 43-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 06.12.2001-yildagi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 10 — 13-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 9 — 11-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
43-modda. Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari
Yuridik shaxs ustav asosida yoki taʼsis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat taʼsis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin.
Yuridik shaxsning taʼsis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa — tasdiqlanadi.
Ushbu Kodeksga muvofiq bir muassis tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs shu muassis tasdiqlagan ustav asosida ish olib boradi.
Yuridik shaxsning ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qoʻyilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi kerak. Tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar va unitar korxonalarning, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham taʼsis hujjatlarida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
(43-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Taʼsis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibini, unga oʻz mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qoʻyiladi. Taʼsis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan hollarda esa — davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ ana shunday oʻzgartishlar haqida xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga ega boʻladi. Yuridik shaxslar va ularning muassislari mazkur oʻzgartishlarni hisobga olib ish yuritgan uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ana shunday oʻzgartishlar roʻyxatga olinmaganligini vaj qilib koʻrsatishga haqli emaslar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39 — 42, 44-moddalari, 922-moddasi oltiinchi qismi, 1098-modda ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining 06.12.2001-yildagi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 10 — 13-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 — 11-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
44-modda. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qoʻyilgan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga sabab boʻladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39 — 43, 44-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 06.12.2001-yildagi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14, 49-mddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 11.12.2003-yildagi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddalari.
45-modda. Yuridik shaxsning organlari
Yuridik shaxs qonunlarga va taʼsis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan oʻz organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega boʻladi va oʻz zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-bobi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning IV bobi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 18, 29-moddalari, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning III bobi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning (Yangi tahriri) 4-moddasi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs oʻz ishtirokchilari orqali fuqarolik huquqlariga ega boʻlishi va fuqarolik burchlarini oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Qonunga yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs oʻzi vakili boʻlgan yuridik shaxs manfaatlari yoʻlida halol va oqilona ish olib borishi kerak. U yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari, aʼzolari) talabi bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini toʻlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 81-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari toʻgʻrisida”gi nizomning 20-bandi.
46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri
Yuridik shaxs oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega boʻladi. Tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini koʻrsatishi kerak.
Yuridik shaxsning nomiga toʻla yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qoʻshishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli “Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 6-moddasining oltinchi qismi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining sakkizinchi qismi.
Yuridik shaxs oʻzi bilan boʻladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim hamda oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni bilan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1762-moddasi.
Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
(46-modda beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxs oʻz firma nomiga ega boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-bobining 1-paragrifi, “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining beshinchi qismi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining uchinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi.
Yuridik shaxs oʻz firmasining nomidan foydalanish mutlaq huquqiga egadir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-bobi 1-paragrifi, “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 33-moddasi.
Oʻzga firma nomidan gʻayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish huquqi boʻlgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni toʻxtatishi hamda yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida boʻlinmasidir.
Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 5-moddasi ikkinchi qismi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi yettinchi qismi, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi.
48-modda. Yuridik shaxsning javobgarligi
Yuridik shaxs oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Davlat korxonasi va mulkdor tomonidan moliyaviy taʼminlanadigan muassasa oʻz majburiyatlari boʻyicha ushbu Kodeks 72-moddasi beshinchi qismida hamda 76-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida javob beradilar.
Yuridik shaxs muassisi (ishtirokchisi) yoki uning mol-mulkining egasi yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, yuridik shaxs esa muassis (ishtirokchi) yoki mulkdorning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, ushbu Kodeksda yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
(48-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 92 — 97-moddalari, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 49 — 54-moddalari, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 56-moddasi.
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxsni boʻlish yoki uning tarkibidan bir yoxud bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish shaklida uni qayta tashkil etish vakil qilingan davlat organlarining qarori bilan yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi.
Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular vakil qilgan organ yoki yuridik shaxsning oʻz taʼsis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil qilingan organi yuridik shaxsni vakolatli davlat organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan boʻlsa, sud mazkur davlat organining daʼvosi boʻyicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi va unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi. Boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab unga yuridik shaxsning ishlarini boshqarish vakolatlari oʻtadi. Boshqaruvchi sudda yuridik shaxs nomidan harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan taʼsis hujjatlari bilan birga koʻrib chiqish uchun sudga topshiradi. Sudning ushbu hujjatlarni tasdiqlashi yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qaytadan tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganida qoʻshib olingan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 92-moddasi ikkinchi qismi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 45-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni 48-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
50-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 93-moddasi toʻrtinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 50-moddasi beshinchi qismi.
Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshilganida, bu yuridik shaxsga qoʻshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq oʻtadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 94-moddasi toʻrtinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 51-moddasi toʻrtinchi qismi.
Yuridik shaxs boʻlingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 95-moddasi toʻrtinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 52-moddasi beshinchi qismi.
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 96-moddasi toʻrtinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 53-moddasi beshinchi-oltinchi qismlari.
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Qarang:mazkur Kodeksning 51-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 97-moddasi toʻrtinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun 54-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 12-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
51-modda. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi
Topshirish hujjati va taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha ham, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Topshirish hujjati va taqsimlash balansi yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan yoki yuridik shaxslarni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi hamda taʼsis hujjatlari bilan birga yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki mavjud yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi.
Taʼsis hujjatlari bilan birga tegishincha topshirish hujjatini yoki taqsimlash balansini taqdim etmaslik, shuningdek ularda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarning yoʻqligi yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga olib keladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
52-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganida kreditorlar huquqlarining kafolatlari
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning kreditori shu yuridik shaxsning qarzdor boʻlishiga olib kelgan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni hamda zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 92-moddasi oltinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 49-moddasi oltinchi qismi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 56-moddalari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 98-moddasi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 56-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 55-moddasi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 27-moddasi ikkinchi — uchinchi qismlari, 31-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlari.
Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki taʼsis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chogʻida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib boʻlmasa, sud yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topganida;
faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa –– uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq.
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Sudning yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 56-moddalari, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2013-yildagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizom, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
54-modda. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga darhol yozma xabar berishlari kerak, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi haqidagi maʼlumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyadi.
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatlarini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish komissiyasi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
(54-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-28-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlar uning ixtiyoriga oʻtadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
55-modda. Yuridik shaxsni tugatish tartibi
Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlar bosib chiqariladigan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar eʼlon qiladi. Bu muddat tugatish haqida xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Tugatish komissiyasi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar roʻyxati, shuningdek ularnikoʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-28-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatish komissiyasi yuridik shaxsning mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini toʻlash tugatish komissiyasi tomonidan ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilab qoʻyilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-28-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, kreditorlar oʻz talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori hisobidan qondirish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, topshiriladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yoʻqligida tugatish taomili va xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(55-modda oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgust 832-I-sonli Qonuni bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55 — 56-moddalari, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 99 — 101-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 15.01.2015-yildagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 14 — 32, 37 — 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 22.05.2008-yildagi Qarori bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni 48-moddasining beshinchi — oltinchi qismlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Yuridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari boʻyicha mukofot toʻlash haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar boʻlgan fuqarolarning talablari ham tegishli vaqtbay toʻlovlarni kapitallashtirish yoʻli bilan qanoatlantiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qanoatlantiriladi.
57-modda. Yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi)
Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qondirishga qurbi yetmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin.
Yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.
Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
(57-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sudning yuridik shaxsni bankrot deb hisoblashi asoslari, shuningdek bunday yuridik shaxsni tugatish tartibi qonunda belgilanadi.
(57-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
2-§. Tijorat tashkilotlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
58-modda. Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari toʻgʻrisidagi asosiy qoidalar
Ulushlarga (qoʻshilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga boʻlingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega boʻlgan tijoratchi tashkilotlar xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qoʻshgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xoʻjalik shirkati yoki jamiyati oʻz faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir.
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari toʻliq shirkat, kommandit shirkat, masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, aksiyadorlar jamiyati shaklida tuzilishi mumkin.
Yakka tadbirkorlar va (yoki) tijoratchi tashkilotlar toʻliq shirkatlarning ishtirokchilari hamda kommandit shirkatlarda toʻliq sheriklar boʻlishlari mumkin.
Fuqarolar va yuridik shaxslar xoʻjalik jamiyatlarida ishtirokchilar va kommandit shirkatlarda hissa qoʻshuvchilar boʻlishlari mumkin.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, davlat hokimiyati organlari xoʻjalik jamiyatlarining ishtirokchilari hamda kommandit shirkatlarga hissa qoʻshuvchilar boʻlishga haqli emaslar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi uchinchi qismi.
Mulkdorlar tomonidan moliyaviy taʼminlab turiladigan muassasalar, qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligi bilan xoʻjalik jamiyatlarining ishtirokchilari va kommandit shirkatlarga hissa qoʻshuvchilar boʻlishlari mumkin.
Qonun ayrim toifadagi fuqarolarning xoʻjalik shirkatlarida va jamiyatlarida ishtirok etishini taqiqlab yoki cheklab qoʻyishi mumkin, ochiq aksiyadorlar jamiyatlari bundan mustasno.
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari boshqa xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishlari mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi; Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining ikkinchi qismi.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qogʻozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar hissa sifatida qoʻshilishi mumkin.
Xoʻjalik jamiyati ishtirokchisining qoʻshgan hissasini pul bilan baholash jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — mustaqil ekspert tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
59-modda. Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi.
taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish;
shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari ushbu Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida, shirkat yoki jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, 30-moddasining birinchi-ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 26 — 28-moddalari.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari:
taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
shirkat yoki jamiyatning faoliyati toʻgʻrisidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining shirkat yoki jamiyat taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa burchlari ham boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 59-moddalari, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi, 9-moddasining beshinchi qismi, 30-moddasining uchinchi qismi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.03 Toʻliq shirkat]
Ishtirokchilari oʻz oʻrtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan hamda uning majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat toʻliq shirkat hisoblanadi.
Shaxs faqat bitta toʻliq shirkatning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Toʻliq shirkatning firma nomi uning barcha ishtirokchilarining nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek “toʻliq shirkat” degan soʻzlarni, yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va kompaniya” degan soʻzlar qoʻshilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “toʻliq shirkat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari boʻyicha oʻzlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (toʻliq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar doirasida javobgar boʻladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qoʻshuvchi, kommanditchi) mavjud boʻlsa, bunday shirkat kommandit shirkat hisoblanadi.
Kommandit shirkatda qatnashayotgan toʻliq sheriklarning huquqlari va ularning shirkat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi ushbu Kodeksning qoidalari bilan belgilanadi.
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻlishi mumkin.
Toʻliq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda toʻliq sherik boʻla olmaydi.
Kommandit shirkatdagi toʻliq sherik oʻsha shirkatning oʻzida hissa qoʻshuvchi va boshqa toʻliq shirkatda ishtirokchi boʻlishi mumkin emas.
Kommandit shirkatning firma nomi barcha toʻliq sheriklarning nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan soʻzlarni yoki kamida bitta toʻliq sherikning “va kompaniya” degan soʻzlar qoʻshilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qoʻshuvchining nomi kiritilgan boʻlsa, bunday hissa qoʻshuvchi toʻliq sherikka aylanadi.
Kommandit shirkatga toʻliq shirkat haqidagi qoidalar qoʻllaniladi, agar bu hol ushbu Kodeksning qoidalariga zid boʻlmasa.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
Masʼuliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “masʼuliyati cheklangan” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 58, 59-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 49-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
63-modda. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi taʼsis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha oʻz mol-mulklari bilan qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil boʻlgan, jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar boʻladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) boʻlib qolganida uning jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyatning taʼsis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa ishtirokchilar oʻrtasida ularning qoʻshgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ushbu Kodeksning masʼuliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga nisbatan qoʻllaniladi.
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga boʻlingan jamiyat aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlar jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun oʻzlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Aksiyalar haqini batamom toʻlamagan aksiyadorlar aksiyadorlar jamiyatining majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Aksiyadorlar jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi oʻz ifodasini topishi kerak.
Aksiyadorlar jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Ishtirokchilari oʻzlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz oʻzga shaxslarga berishlari mumkin boʻlgan aksiyadorlar jamiyati ochiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday aksiyadorlar jamiyati oʻzi chiqaradigan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan shartlar asosida ochiq obuna oʻtkazishga va ularni erkin sotishga haqli.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvaragʻini barchaning tanishib chiqishi uchun eʼlon qilishi shart.
66-modda. Yopiq aksiyadorlar jamiyati
Aksiyalari faqat oʻzining muassislari orasida yoki oldindan belgilab qoʻyiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan aksiyadorlar jamiyati yopiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday jamiyat oʻzi chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli emas.
Yopiq aksiyadorlar jamiyati ishtirokchilarining soni qonun bilan belgilab qoʻyilgan miqdordan oshmasligi kerak. Bu son belgilangan miqdordan oshib ketgan holda u bir yil ichida ochiq aksiyadorlar jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tamom boʻlganidan keyin esa, agar aksiyadorlar soni belgilangan darajagacha kamaymasa, sud tartibida tugatilishi lozim.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yopiq aksiyadorlar jamiyati ushbu Kodeks 65-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni barchaning tanishib chiqishi uchun eʼlon qilishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
Agar bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlsa, ushbu ikkinchi xoʻjalik jamiyati shuʼba xoʻjalik jamiyati hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari boʻyicha javob bermaydi.
Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyati nochor (bankrot) boʻlib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning aybi bilan shuʼba jamiyatga yetkazilgan zararni toʻlashni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 58-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasining birinchi — oltinchi qismlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
68-modda. Qaram xoʻjalik jamiyati
Xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xoʻjalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlsa, bunday xoʻjalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.
Xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qoʻlga kiritib olganligi haqidagi maʼlumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol eʼlon qilishi shart.
Xoʻjalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida oʻzaro qatnashishining chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida foydalanishi mumkin boʻlgan ovozlar soni qonunda belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 58-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasining yettinchi qismi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlarida uning faoliyatida aʼzolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari kooperativning majburiyatlari boʻyicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular aʼzolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 58-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar korxonalari va tarmoqlarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning umumiy shart-sharoitlari va tartibi toʻgʻrisida”gi 23.12.1993-yildagi Bitim.
70-modda. Unitar korxona
Oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki boʻlinmasdir va u qoʻshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan korxona xodimlari oʻrtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori toʻgʻrisidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari boʻlib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, ushbu Kodeks 48-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bu qoida shuʼba korxona taʼsis etgan unitar korxonaning shuʼba korxona majburiyatlari boʻyicha javobgarligiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
71-modda. Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona
Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning taʼsis hujjati uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.
Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona oʻz mol-mulkining bir qismini xoʻjalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yoʻli bilan yuridik shaxs boʻlgan boshqa unitar korxona (shuʼba korxona) tashkil etishi mumkin.
Muassis shuʼba korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi.
72-modda. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki boʻlgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning aʼzolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning aʼzolari tomonidan oʻz mulkiy (pay) badallarini qoʻshish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: kooperativ aʼzolari qoʻshadigan pay badallarining miqdori toʻgʻrisidagi; kooperativ aʼzolari pay badallarining tarkibi va ularni qoʻshish tartibi hamda ularning badalni qoʻshish majburiyatini buzganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning malakali koʻpchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar toʻgʻrisidagi; kooperativ koʻrgan zararlarni kooperativ aʼzolari tomonidan toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi.
Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi koʻrsatilishi, shuningdek “kooperativi” soʻzi yoki “matlubot uyushmasi” yoxud “matlubot jamiyati” degan soʻzlar boʻlishi kerak.
Matlubot kooperativining aʼzolari koʻrilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobaynida qoʻshimcha badallar toʻlash yoʻli bilan qoplashlari shart. Ushbu burch bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi mumkin.
Matlubot kooperativining aʼzolari uning majburiyatlari boʻyicha har bir kooperativ aʼzosi toʻlaydigan qoʻshimcha badalning toʻlanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar boʻladilar. Bu holda kooperativ aʼzolari solidar javob beradilar.
Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan ushbu Kodeksning tijoratchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi.
Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqeyi, shuningdek ular aʼzolarining huquq va burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 74 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 14.06.1991-yildagi “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi birinchi qismi, 8-moddasi ikkinchi qismi, 12-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Maʼnaviy yoki oʻzga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun oʻz manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki oʻzga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (aʼzolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan aʼzolik badallariga boʻlgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular aʼzo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 73, 75 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 03.04.1992-yildagi “Oʻzbekiston respublikasi jamoat birlashmalari qonunga xilof ravishda mablagʻ bilan taʼminlanishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori.
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb eʼtirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan oʻtkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga toʻgʻri keladigan doirada shugʻullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat fondi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi shart.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 73, 74, 76 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11 — 13-moddalari.
(75-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va toʻla yoki qisman moliyaviy taʼminlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.
Muassasaning oʻziga biriktirib qoʻyilgan va oʻzi sotib olgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi.
Muassasa oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Bu mablagʻlar yetarli boʻlmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi.
Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 73 — 75, 77, 78, 329-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 13-moddasi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
Tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va oʻzga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va oʻzga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʼzolari oʻz mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʼzolari ularning majburiyatlari boʻyicha uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini koʻrsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” soʻzlari yoki birlashma turini koʻrsatadigan boshqa soʻz kiritilgan boʻlishi kerak.
Qonun hujjatlarida yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 73 — 76, 78, 329-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, 15-moddasining ikkinchi qismi.
(77-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.07 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00, 02.05.00.00larga qarang)]
78-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqiy mavqeyi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2013-yildagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.11.00 Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida]
5-BOB DAVLAT FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHISI SIFATIDA
79-modda. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi
Davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan baravar asoslarda ishtirok etadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Davlat oʻzining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki boʻlgan mablagʻlari bilan javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi ikkinchi qismi, 3-moddasi uchinchi qismi, 12, 15, 80-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari toʻgʻrisida”gi Nizom.
80-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qoʻyilishi
Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi ikkinchi qismi, 3-moddasi uchinchi qismi, 12, 15, 70 — 72, 80-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari toʻgʻrisida”gi Nizom.
3-kichik boʻlim OBYEKTLAR
6-BOB UMUMIY QOIDALAR
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar]
81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82 — 96, 182, 1041 — 1048, 1056-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 — 8-moddalari.
82-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada boʻlishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.02.00 Muomaladan olingan va muomalada cheklangan mol-mulk]
Muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.02.00 Muomaladan olingan va muomalada cheklangan mol-mulk]
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli boʻla oladigan yoki muomalada boʻlishiga maxsus ruxsatnoma bilan yoʻl qoʻyiladigan fuqarolik huquqlari obyektlarining (muomalada boʻlishi cheklangan obyektlarning) turlari qonunda koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 83 — 96, 182, 1041 — 1048, 1056-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 — 8-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 12-moddalari.
7-BOB MODDIY NEʼMATLAR
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar]
83-modda. Mol-mulkning turlari
Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida koʻchmas mulkka va koʻchar mulkka boʻlinadi.
Koʻchmas mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, koʻp yillik dov-daraxtlar, shuningdek binolar va inshootlardan iboratdir.
Koʻchmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk koʻchar mulk hisoblanadi. Koʻchar mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
84-modda. Koʻchmas mol-mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Koʻchmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga koʻra amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazishni roʻyxatdan oʻtkazilgan huquq yoki bitim toʻgʻrisida hujjat berish yoxud roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi qismi.
Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, roʻyxatdan oʻtkazish qayerda amalga oshirilganidan qatʼi nazar, koʻchmas mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
Butun korxona mulkiy kompleks sifatida koʻchmas mulk hisoblanadi.
Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qoʻyish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa bitimlarning obyekti boʻlishi mumkin.
Mulkiy kompleks boʻlgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun moʻljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari) boʻlgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kiradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
86-modda. Ashyolarning tasnifi
Ashyolar fuqarolik huquqlarining obyektlari sifatida quyidagilarga boʻlinadi:
xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
87-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
Alohida, faqat oʻzigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa xususiy alomatlarga ega boʻlgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, yaʼni oʻzi bir dona boʻlgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qoʻyilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib boʻlmaydigan ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega boʻlgan hamda soni, ogʻirligi, oʻlchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa boʻladigan ashyolardir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
88-modda. Boʻlinadigan va boʻlinmaydigan ashyolar
Boʻlish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini oʻzida saqlab qoladigan va shu bilan birga oʻzining xoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini yoʻqotmaydigan ashyo boʻlinadigan ashyo hisoblanadi.
Boʻlish natijasida qismlari dastlabki ashyoning xossalarini yoʻqotadigan, uning xoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini oʻzgartiradigan ashyo boʻlinmaydigan ashyo hisoblanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
89-modda. Isteʼmol qilinadigan va isteʼmol qilinmaydigan ashyolar
Bir karra foydalanish natijasida yoʻqolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud boʻlmay qoladigan ashyolar (xom ashyo, yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) isteʼmol qilinadigan ashyolar hisoblanadi.
Qayta-qayta foydalanishga moʻljallangan, bunda oʻzining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar, transport vositalari) isteʼmol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 14.04.1999-yildagi “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 01.12.2011-yildagi “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
90-modda. Asosiy va mansub ashyolar
Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogʻliq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak boʻlgan va u bilan umumiy xoʻjalik vazifasi orqali bogʻliq ashyo mansub ashyo hisoblanadi.
Mansub ashyo, agar qonunlar yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bogʻliq boʻladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
91-modda. Murakkab ashyolar
Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi boʻyicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi.
Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli boʻladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
92-modda. Hosil va daromadlarga boʻlgan huquq
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
93-modda. Hayvonlar
Qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, mol-mulk toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Huquqlarni amalga oshirish chogʻida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
94-modda. Pul (valyuta)
Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri)Qonuni 39-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 16.07.1994-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida”gi PF-870-son Farmoni.
Soʻm yozib qoʻyilgan qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart boʻlgan qonuniy toʻlov vositasidir.
Toʻlovlar naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-bobi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunning 45-moddasi.
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
95-modda. Valyuta qimmatliklari
Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86, 228 — 233-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogʻozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin boʻladi.
Qimmatli qogʻozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham oʻsha shaxsga oʻtadi.
Qimmatli qogʻozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamgʻarma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamgʻarma daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.04.00 Nomoddiy neʼmatlar]
8-BOB NOMODDIY NEʼMATLAR
97-modda. Intellektual faoliyat natijalari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaxsning bu natijalarga tenglashtirilgan oʻziga xos vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi eʼtirof etiladi.
Mutlaq huquq obyekti boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin.
Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri boʻlgan axborotni, basharti bu axborot uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin bahramand boʻlish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan hollarda himoya etadi.
99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar
Shaxsning hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obroʻsi, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga boʻlgan huquqi, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tugʻilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
100-modda. Shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Fuqaro oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxslarning talabiga koʻra fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 21-son “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida”gi qarori.
Basharti, fuqaroning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy-axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 21-son “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida”gi qarori.
Basharti, bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 21-son “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida”gi qarori.
Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi maʼlumotlar eʼlon qilinganda u ayni oʻsha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega.
Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani toʻlash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
Oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi 21-son “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida”gi qarori.
Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi qoidasi yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsini himoya etishga nisbatan ham tegishli yoʻsinda tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi.
4-kichik boʻlim BITIMLAR VA VAKILLIK
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-sonli qarorining 3-bandi.
102-modda. Bitim turlari
Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama (shartnomalar) boʻlishi mumkin.
Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli boʻlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.
Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan koʻp taraf (koʻp taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-sonli qarorining 2-bandi.
103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish
Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar uchun qonunlarda yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar keltirib chiqarishi mumkin.
Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonun hujjatlariga, bitimning tabiati va mohiyatiga zid boʻlmasa, majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III boʻlimi) tegishincha qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-sonli qarorining 2-bandi “a” kichik bandi.
104-modda. Shartli bitimlar
Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi nomaʼlum boʻlgan holatga bogʻliq qilib qoʻysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar huquq va burchlarning bekor boʻlishini yuz berishi yoki bermasligi nomaʼlum holatga bogʻliq qilib qoʻysalar, bunday bitim bekor boʻlish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor boʻlmagan taraf insofsizlik bilan qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor boʻlgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan boʻlsa, bu shart sodir boʻlmagan hisoblanadi.
Qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qoʻyilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan bitim ogʻzaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga boʻlgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yoʻli bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ogʻzaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq ogʻzaki tuzilishi mumkin.
Yozma shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak.
Agar qonun hujjatlariga yoki ishtirokchilardan birining talablariga zid boʻlmasa, bitim tuzish chogʻida imzodan faksimile usulida nusxa koʻchirish vositalaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ikki taraflama bitimlar har birini berayotgan taraf imzolaydigan hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 101, 102-moddalari, 366-moddasining toʻrtinchi, beshinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi.
Qonun hujjatlarida va taraflarning kelishuvida bitim shakli mos kelishi shart boʻlgan qoʻshimcha talablar (muayyan shakldagi blankada tuzilishi, muhr bosib tasdiqlanishi va boshqalar) belgilab qoʻyilishi va bu talablarga rioya etmaslik oqibatlari nazarda tutilishi mumkin.
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan oʻzi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaxsan oʻzi imzolay olmasligining sabablari koʻrsatilishi shart.
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Ogʻzaki tadbirkorlik bitimini bajargan taraf ham ana shunday huquqqa ega, tuzilgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 101 - 105-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 23-moddasi birinchi qismining 9-bandi, 28-moddasi birinchi qismining 10-bandi, 34-moddasining ikkinchi qismi.
2) fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qatʼi nazar, boshqa bitimlar.
109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari
Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 269-son qarorining 10-bandi.
110-modda. Bitimlarni notarial tasdiqlash
Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart:
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 3-bandi.
111-modda. Bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021-yildagi 389-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021-yildagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
Qonun hujjatlarida muayyan turdagi koʻchar mol-mulk xususida tuziladigan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilab qoʻyilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 101, 105-moddalari, 1088, 1089-moddalari, 1106-moddasining birinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 07.03.2006-yildagi 38-son Qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 2-bandining uchinchi xatboshisi.
112-modda. Bitimning notarial shakliga va uni roʻyxatdan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslikning oqibatlari
Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi birinchi xatboshisi.
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni toʻla yoki qisman bajargan boʻlsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi boʻyicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi.
Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan boʻlib, ammo taraflardan biri uni roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11.2-bandi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlashi lozim.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 4-bandi.
2-§. Bitimlarning haqiqiy emasligi
113-modda. Nizoli va oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlar
Bitim ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslarga koʻra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qatʼi nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim).
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni ushbu Kodeksda koʻrsatilgan shaxslar qoʻyishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandining birinchi xatboshi.
Oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qoʻllanish toʻgʻrisidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qoʻyishi mumkin. Sud bunday oqibatlarni oʻz tashabbusi bilan qoʻllashga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 21 — 23, 30, 31-bandlari.
114-modda. Bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 14-son qarorining 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 7, 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 9, 20, 22 — 25-bandlari, 27-bandining birinchi xatboshisi, 28-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasi ikkinchi qismi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
116-modda. Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi
Qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarori 17-bandining birinchi-ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 12, 20-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 21.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 13/150-son qoʻshma qarorining 21-bandi ikkinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-12.1-bandlari, 12.2-bandining ikkinchi xatboshisi.
117-modda. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno.
Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim boʻyicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa — uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tarafga u koʻrgan haqiqiy zararni toʻlashi shart.
118-modda. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismi va 28-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
119-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12.12.2008-yildagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
120-modda. Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarni suiisteʼmol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tuzilgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan mayda maishiy bitimlarga taalluqli boʻlmaydi.
121-modda. Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Garchi muomalaga layoqatli boʻlsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda boʻlgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan boʻlsa, uning vasiysi qilgan daʼvoga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Agar bitim ushbu modda asosida haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, bitim tuzish paytida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni boshqara olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar u oʻzi bilan bitim tuzgan fuqaroning bunday holatda ekanligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, qilingan xarajatlarni, yoʻqotilgan mol-mulkning yoki unga yetkazilgan shikastning haqini toʻlashi kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 12.12.2008-yildagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi.
122-modda. Yanglishish taʼsirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim yanglishish taʼsirida harakat qilgan tarafning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bitimning tabiati, uning narsasining oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan oʻxshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari xususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas.
Agar bitim yanglishish taʼsirida tuzilganligi tufayli haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, oʻz daʼvosiga koʻra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan oʻziga yetkazilgan haqiqiy zararni toʻlashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, oʻz daʼvosiga koʻra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti hatto yanglishish yanglishgan tarafga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra yuz bergan boʻlsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga toʻlashi shart.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
123-modda. Aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi taʼsirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro ogʻir holatlar yuz berishi tufayli oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur boʻlgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar bitim yuqorida koʻrsatilgan asoslardan biriga koʻra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim boʻyicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak, olingan narsani asl holida qaytarishning iloji boʻlmaganida esa — uning qiymatini pul bilan toʻlashi kerak. Jabrlanuvchi bitim boʻyicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga oʻtkazish mumkin boʻlmasa, uning qiymati pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan xarajatlarini, uning mol-mulki yoʻqotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 10-bandi uchinchi — yettinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 14 — 14.5, 28-bandlari.
124-modda. Qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan boʻlsa (koʻzboʻyamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sud Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 15-bandi.
125-modda. Yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimning haqiqiy emasligi
Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16 — 16.3-bandlari.
126-modda. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash oqibatlari
Agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 13-bandi.
127-modda. Bitimning haqiqiy emas deb hisoblanish payti
Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi. Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan toʻxtaydi.
128-modda. Bitimning bir qismi haqiqiy emasligining oqibatlari
Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qoʻshilmasa ham u tuzilgan boʻlar edi, deb taxmin qilish mumkin boʻlsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmaydi.
Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.
Oʻz xarakteriga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vakil oʻziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan oʻziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili boʻlgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi boʻlgan hollar bundan mustasno.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.05.2010-yildagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12.2-bandi.
130-modda. Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish
Muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim oʻz xarakteriga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.05.2010-yildagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12.2-bandi.
132-modda. Vakolatsiz vakillik
Vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik maʼqullagan taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim maʼqullangan hisoblanadi.
Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs tomonidan bitimning keyinchalik maʼqullanishi uni tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy bitimga aylantiradi.
Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari koʻrsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar koʻrsatilmagan taqdirda esa — ishonchnoma asosida ham ish olib boradi.
Tijorat vakili oʻzining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi mumkin.
Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tijorat vakili shartlashilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda toʻlashni shartnomadagi taraflardan talab qilishga haqli.
Tijorat vakili oʻziga berilgan topshiriqni bajarib boʻlganidan keyin ham savdo bitimlari toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni sir saqlashi shart.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 129 — 132, 817, 818-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 08.06.1994-yildagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 10-bandining birinchi xatboshi.
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Qarang: mazkur Kodeksning 110, 129, 134-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 47-moddasi.
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism boʻyicha oʻrinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qoʻshilmalar, muassasalar hamda harbiy oʻquv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar boʻlmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining shu qism, qoʻshilma, muassasa va oʻquv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʻlgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari.
Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va kashfiyotchilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki oʻqiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat koʻrsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, oʻzining yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda boʻlgan davolash muassasasining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaxsning bosh (katta) buxgalteri tomonidan ham imzolanishi kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma berish tartibi va uning shakli qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 110, 129, 134, 135, 137-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasi.
139-modda. Ishonchnomaning muddati
Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.
140-modda. Ishonchnoma boʻyicha vakolatlarni boshqa shaxsga berish (boshqa shaxsga oʻtkazish)
Ishonchnoma berilgan shaxs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas.
Vakolatlarini boshqaga bergan shaxs ishonchnoma bergan shaxsga buni maʼlum qilishi hamda mazkur shaxs va uning yashash joyi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, oʻz vakolatlarini boshqaga bergan shaxs undan vakolat olgan shaxsning harakatlari uchun xuddi oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.
6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi;
7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi.
Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa — undan voz kechishi mumkin. Bu huquqdan voz kechish haqidagi bitim haqiqiy emas.
Ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlishi bilan uni boshqa shaxsga oʻtkazish ham oʻz kuchini yoʻqotadi.
142-modda. Ishonchnomaning bekor boʻlganligi haqida shaxslarga xabar berish
Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor boʻlganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan oʻziga maʼlum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining 4-7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.
143-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor boʻlganidan keyin qilgan harakatlari
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor boʻlganligini bilguncha yoki bilishi lozim boʻlgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor boʻlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
11-BOB MUDDATLARNI HISOBLASH
145-modda. Muddat belgilash
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan oʻlchanadigan vaqt davrining oʻtishi bilan belgilanadi.
146-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning boshlanishi
Vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan oʻta boshlaydi.
147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom boʻlishi
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi. Bunda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u oʻn besh kunga teng boʻladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom boʻlishi tegishli raqam boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.
148-modda. Muddatning oxirgi kunida harakatni amalga oshirish tartibi
Agar muddat biron-bir harakatni amalga oshirish uchun tayinlangan boʻlsa, bu harakat muddatning oxirgi kunidagi soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi mumkin.
Agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar toʻxtatiladigan soatda tamom boʻladi.
Muddatning oxirgi kunida soat yigirma toʻrtga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar, pul oʻtkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 3-bandi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 5-bandi.
151-modda. Maxsus daʼvo muddatlari
Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeks 152-162-moddalarining qoidalari maxsus daʼvo muddatlariga ham joriy qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150, 152 — 163-moddalari, 724-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 24-moddasining ikkinchi qismi, 63-moddasining ikkinchi qismi, 117, 118-moddalari, Uu-joy kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismi, Mehnat kodeksi 576-modda, Soliq kodeksining (yangi tahriri) 88-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunning 62-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 23.10.2008-yildagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi.
152-modda. Daʼvo muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi
Daʼvo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Daʼvo muddatlari oʻtishini toʻxtatish va uning uzilish asoslari ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 6-bandi.
153-modda. Daʼvo muddatini qoʻllash
Buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddatining oʻtganligidan qatʼi nazar, sudda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi.
Qoʻllanish toʻgʻrisida nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʻtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 7 — 10-bandlari, Oliy Sud Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 14-son qarori 22-bandining ikkinchi xatboshisi.
Daʼvo muddati shaxs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Muayyan ijro muddatiga ega boʻlgan majburiyatlar boʻyicha daʼvo muddati ijro muddati tamom boʻlganidan keyin oʻta boshlaydi.
Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar boʻyicha daʼvo muddati kreditorda majburiyatni bajarish toʻgʻrisida talab qoʻyish huquqi paydo boʻlgan vaqtdan oʻta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, daʼvo muddati imtiyozli muddat tamom boʻlganidan keyin hisoblana boshlaydi.
Regress majburiyatlar boʻyicha daʼvo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan oʻta boshlaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 16.04.1993-yildagi “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxatdan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi 5-13-son qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 20.07.2011-yildagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 6-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 11-bandi.
155-modda. Majburiyatdagi shaxslar almashinganida daʼvo muddati
Majburiyatdagi shaxslarning almashinishi daʼvo muddati va uni hisoblash tartibining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli Qarorining 11.2-bandi.
156-modda. Daʼvo muddati oʻtishining toʻxtatilishi
Daʼvo muddatining oʻtishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
1) agar daʼvo qoʻzgʻatilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan favqulodda hodisa (yengib boʻlmas kuch) toʻsqinlik qilgan boʻlsa;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
3) agar daʼvogar yoki javobgar harbiy holatga oʻtkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlar tarkibida boʻlsa;
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʻlmasa;
5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amal qilishi toʻxtatilgan boʻlsa.
Agar ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan boʻlsa, daʼvo muddatining oʻtishi toʻxtatiladi.
Muddatning toʻxtatib turilishiga asos boʻlgan holat barham topgan kundan boshlab daʼvo muddatining oʻtishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, daʼvo muddati olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatiga qadar uzaytiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 131, 145 — 148-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 28.10.2022-yildagi 625-son qarori bilan tasdiqlangan “Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning”gi Maʼmuriy reglamenti.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 12-bandi.
157-modda. Daʼvo muddati oʻtishining uzilishi
Daʼvo muddatining oʻtishi belgilangan tartibda daʼvo qoʻzgʻatilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini koʻrsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi.
Uzilishdan keyin daʼvo muddatining oʻtishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha oʻtgan vaqt esa — yangi muddatga qoʻshilmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 11.1, 13 — 15-bandlari.
158-modda. Daʼvo koʻrilmasdan qoldirilgan taqdirda daʼvo muddatining oʻtishi
Agar daʼvo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatilganga qadar oʻta boshlagan daʼvo muddati umumiy tartibda davom etadi.
Agar jinoyat ishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan daʼvo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatilgunga qadar oʻta boshlagan daʼvo muddati daʼvoni koʻrmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha toʻxtatib turiladi, daʼvo muddati toʻxtatib turilgan vaqt daʼvo muddatiga qoʻshilmaydi. Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa, u olti oygacha uzaytiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 15, 15.1-bandlari.
159-modda. Daʼvo muddatini tiklash
Basharti, sud daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Daʼvo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 16, 16.3-bandlari.
160-modda. Maxsus daʼvo muddatining toʻxtatilishi, uzilishi va tiklanishi
Daʼvo muddatining toʻxtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi qoidalar (ushbu Kodeksning 156, 157 va 159-moddalari), agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, maxsus daʼvo muddatiga nisbatan ham qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150, 156 — 159-moddalari, 724-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 24-moddasining ikkinchi qismi, 63-moddasining ikkinchi qismi, 117, 118-moddalari, Uy-joy kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismi, Mehnat kodeksi 576-moddasining toʻrtinchi qismi, Soliq kodeksining 88-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunning 62-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 23.10.2008-yildagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavi.
161-modda. Daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatni bajarish
Daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatini bajargan shaxs ijro etish paytida daʼvo muddatining oʻtib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganligidan qatʼi nazar, bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 17-bandi.
162-modda. Qoʻshimcha talablarga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllash
Asosiy talab boʻyicha daʼvo muddati oʻtishi bilan qoʻshimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) boʻyicha daʼvo muddati ham oʻtgan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli Qarorining 17.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qoʻshma Qarori 36-bandining ikkinchi xatboshisi.
163-modda. Daʼvo muddati joriy qilinmaydigan talablar
Daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.04.2000-yildagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-son qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.06.992 yildagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi 5-PL-92-son qarorining 12-bandi.
omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga. Daʼvo muddati oʻtganidan keyin qoʻzgʻatilgan talablar daʼvo qoʻzgʻatilishidan oldingi koʻpi bilan uch yil boʻyicha qondiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 576-moddasi toʻrtinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.2003 “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 18-son qarori 6-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 276-moddasi, 281-moddasining ikkinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan buzishlarni (ushbu Kodeksning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-son qarorining 18.1-bandi.
mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasining ikkinchi qismi.
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oila kodeksining 12-moddasiga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1183-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 12-moddasining birinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 282-son qarori 18-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 18.2-bandi.
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
II BOʻLIM MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi birinchi qismi, 66-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 11-moddasining uchinchi qismi.
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasi.
servitutlar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasi.
Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, agar qonun hujjatlarida oʻzga tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 482-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32-moddasi.
Mulkdor boʻlmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
166-modda. Mulkning daxlsizligi
Mulk daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 60, 61-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 10-bobi, 172, 173, 295, 296-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32, 33-moddalari.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan oʻzlarini saqlashlaridan iboratdir.
Mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi uchinchi qismi, mazkur Kodeksning 199, 203, 204-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 29-moddasi, 36-moddasining uchinchi qismi, 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 289-moddalari, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasi 2-bandi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16, 17-moddalari.
167-modda. Mulk shakllari
Oʻzbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida boʻladi.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 210-moddasi, “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 83, 84-moddalari, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 43, 44-moddalari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
169-modda. Mulk huquqining obyektlari
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk obyektlari mulk boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 171, 1031-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
170-modda. Yerga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar
Yerga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 68-moddasi, mazkur Kodeksning 214-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 11–14-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 4-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 8-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
171-modda. Uy-joyga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni amalga oshirish xususiyatlari
Uy-joyga boʻlgan mulk huquqini amalga oshirish xususiyatlari va boshqa ashyoviy huquqlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
172-modda. Mulk huquqini amalga oshirish shartlari
Mulkdorning oʻz huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Konstitutsiyaning 66-moddasi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi.
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishga majbur.
Qarang: mazkur Kodeksning 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi ikkinchi qismi.
Mulkdor oʻzining ustunlik mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan oʻzga harakatlarni qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi.
Mulkdor oʻz huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sogʻligʻiga va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish choralarini koʻrishga majbur.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun 1-moddasining 5-bandi.
173-modda. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi
Koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasi qoʻshni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.
Oʻzganing yer uchastkasidan piyoda va transportda oʻta olishni taʼminlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini oʻtkazish va ulardan foydalanish, suv bilan taʼminlash uchun, shuningdek koʻchmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib taʼminlanishi mumkin boʻlmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.
Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan oʻzga yer uchastkasining egasi oʻrtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan hal etiladi.
Uchastka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yoki doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi bilan berilgan shaxsning manfaatlari va talabi boʻyicha ham ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda va tartibda servitut belgilanishi mumkin.
Servitut belgilangan uchastkaning egasi, agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, servitut kimning foydasini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir.
Qarang: mazkur Kodeksning 195-moddasining uchinchi qismi, 391-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonun 17-moddasining ikkinchi qismi.
175-modda. Mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki buzilish xavfi
Mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki buzilish xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulk egasining zimmasidadir.
Xoʻjalik yuritish huquqi asosida ixtiyorida mol-mulk boʻlgan unitar korxona bu mol-mulkka ushbu Kodeksda belgilanadigan doirada egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
177-modda. Xoʻjalik yuritishida boʻlgan mol-mulkka nisbatan mulkdorning huquqlari
Xoʻjalik yuritishida boʻlgan mol-mulkning egasi qonunga muvofiq korxona tashkil etish, uning faoliyat sohasini va maqsadlarini aniqlash, uni qayta tashkil etish va tugatish masalasini hal qiladi, korxona direktorini (rahbarini) tayinlaydi, korxonaga qarashli mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va uning saqlanishini nazorat qiladi.
Mulkdor korxonaning xoʻjalik yuritishida boʻlgan mol-mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini olish huquqiga ega.
Unitar korxona xoʻjalik yuritish huquqi asosida oʻziga qarashli boʻlgan koʻchmas mulkni mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga berishga, garovga qoʻyishga, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli emas.
Korxonaga qarashli boshqa mol-mulkni u mustaqil tasarruf etadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
Davlat korxonasi, shuningdek muassasasi oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilab qoʻyilgan doirada, oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradilar.
Davlat korxonasi yoki muassasasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkning egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki nooʻrin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qoʻyish hamda uni oʻzi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.
179-modda. Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish
Davlat korxonasi oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni uning mulkdorining roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Davlat korxonasi oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotni, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, oʻzi mustaqil tasarruf etadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
180-modda. Muassasa mol-mulkini tasarruf etish
Muassasa oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni va smeta boʻyicha unga ajratilgan mablagʻlarga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki oʻzgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Agar taʼsis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilgan boʻlsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga oʻtadi va alohida balansda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 76, 329-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 13-moddasi.
181-modda. Xoʻjalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va bekor boʻlishi
Mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki muassasaga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni xoʻjalik usulida yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi, basharti qonun hujjatlarida yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa.
Xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqarishida boʻlgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma boʻyicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida mulk huquqining vujudga kelishi uchun belgilab qoʻyilgan tartibda korxona yoki muassasaning xoʻjalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga oʻtadi.
Mol-mulkni xoʻjalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi mulkdorning qarori bilan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda bekor qilinadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi]
15-BOB MULK HUQUQINING VUJUDGA KELISHI VA UNING BEKOR BOʻLISHI
182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar asosida qoʻlga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa asoslar.
Qarang: mazkur Kodeksning 183, 184, 187-moddalari, 69-bobi, Mehnat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi.
183-modda. Mulkni yaratish va koʻpaytirish
Mulk huquqi yangi mol-mulkni yaratish hamda mulkdor ixtiyoridagi mol-mulkni koʻpaytirish natijasida vujudga kelishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan xoʻjalik usulida va oʻzgacha usulda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, hosil va boshqa daromadlar mulkdorga tegishli boʻladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 272-moddasining ikkinchi qismi, 536-moddasi, 964-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasi.
184-modda. Bitim boʻyicha mol-mulkni olish
Mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin.
Basharti, qonunlarda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, mol-mulk yangi mulkdorga oʻtganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʻtadi.
185-modda. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti
Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak boʻlsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur boʻlganida esa — roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Ashyolarni oluvchiga topshirish, shuningdek yetkazib berish majburiyatini olmagan holda boshqa shaxsga berilgan ashyolarni oluvchiga joʻnatish uchun transport tashkilotiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish ashyolarni topshirish hisoblanadi.
Ashyo oluvchining yoki u koʻrsatgan shaxsning ixtiyoriga amalda tushgan paytdan boshlab oluvchiga topshirilgan hisoblanadi.
Ashyoni tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilayotgan paytgacha u oluvchining ixtiyoriga oʻtib boʻlgan boʻlsa, ashyo unga shu paytdan eʼtiboran topshirilgan hisoblanadi.
Konosamentni yoki ashyoga tegishli boshqa tasarruf etuvchi hujjatni topshirish ham ashyoni topshirishga tenglashtiriladi.
Mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka oʻn besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 14-son qarorining 27-bandi.
Koʻchmas va boshqa mol-mulkka davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart boʻlgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olganga qadar mol-mulkka oʻziniki kabi egalik qilib turgan shaxs oʻz egaligini mol-mulkning egalari boʻlmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra egalik qilish huquqi boʻlmagan uchinchi shaxslardan himoya qilish huquqiga ega.
Egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini oʻzining egalik qilish vaqtiga qoʻshishi mumkin.
Shaxs ixtiyorida boʻlib, ushbu Kodeksning 228, 229, 230 va 232-moddalariga muvofiq uning egaligidan talab qilib olinishi mumkin boʻlgan ashyolarga doir egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tegishli talablar boʻyicha daʼvo muddati tamom boʻlganidan keyin oʻta boshlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 150, 151-moddalari, 1185-moddasining uchinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 21.01.2006-yildagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
188-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi
Fuqarolar va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda yuzaga keladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasi.
189-modda. Hamma yigʻib olishi mumkin boʻlgan ashyolarni mulkka aylantirish
Qonun hujjatlarida yovvoyi mevalar, yongʻoq, zamburugʻlar, rezavor mevalar hamda oʻsimlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin boʻlgan boshqa obyektlarini yigʻish yoʻli bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi, 30, 34, 36-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi, 29, 34, 35-moddalari.
190-modda. Tarix va madaniyat yodgorliklarini xoʻjasizlarcha saqlash
Agar mulkdor oʻziga qarashli tarix va madaniyat yodgorligiga xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlsa va uning yaxshi saqlanishini taʼminlamasa, zimmasida yodgorliklarni saqlash vazifasi boʻlgan davlat organlari mulkdorni yodgorlikka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishni toʻxtatish haqida ogohlantiradilar.
Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning daʼvosiga koʻra sud yodgorlikni olib qoʻyish haqida qaror chiqarishi mumkin, bu yodgorlik davlat mulkiga oʻtadi. Olib qoʻyilgan tarix va madaniyat yodgorligining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan miqdorda toʻlanadi.
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tarix va madaniyat yodgorligini olib qoʻyish haqidagi daʼvo oldindan ogohlantirmasdan ham qoʻzgʻatilishi mumkin.
Egasi boʻlmagan yoki egasi nomaʼlum boʻlgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi.
Agar bu hol topilma toʻgʻrisidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina toʻgʻrisidagi qoidalarda rad etilmagan boʻlsa, egasiz koʻchar ashyolarga egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qoʻlga kiritilishi mumkin.
Egasiz koʻchmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasiga muvofiq koʻchmas mol-mulkni davlat roʻyxatiga oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi.
Egasiz koʻchmas ashyo hisobga olinganidan keyin uch yil muddat oʻtgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati boʻlgan organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 34-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi.
Sudning hal qiluv qaroriga binoan davlat mulkiga oʻtmagan deb hisoblangan egasiz koʻchmas ashyo uni tashlab ketgan mulkdorning egaligiga, foydalanishiga va tasarrufiga yana qabul qilinishi yoki egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qoʻlga kiritilishi mumkin.
Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 36-moddasining oltinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 21.01.2006-yildagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-son “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Yoʻqolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yoʻqotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega boʻlgan oʻzga maʼlum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.
Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan boʻlsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi boʻlmish shaxsga topshirilmogʻi lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qoʻlga kiritadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomaʼlum boʻlsa yoki uning manzili maʼlum boʻlmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma toʻgʻrisida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishi shart.
Ashyoni topib olgan shaxs uni oʻzida saqlab turishga yoki saqlash uchun militsiya, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoxud ular koʻrsatgan shaxsga topshirishga haqlidir.
Basharti, topilma toʻgʻrisida militsiyaga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida yoʻqolgan ashyoni olishga haqli boʻlgan shaxs aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud militsiya, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ana shu ashyoga boʻlgan oʻz huquqi toʻgʻrisida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.
194-modda. Topilma bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash va ashyoni topib olgan shaxsni taqdirlash
Ashyoni topib olgan hamda uni olishga haqli boʻlgan shaxsga qaytarib bergan shaxs ana shu shaxsdan, ashyo davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtgan hollarda esa — tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan ashyoni saqlash, topshirish yoki sotish bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek ashyoni olishga haqli boʻlgan shaxsni topish uchun ketgan xarajatlarni undirish huquqiga ega.
Ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli boʻlgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining yigirma foiziga qadar miqdorida mukofot talab qilishga haqlidir.
Basharti, topib olingan hujjatlar yoki oʻzga ashyolar ularni olishga haqli boʻlgan shaxsning oʻzi uchungina qimmatga ega boʻlsa, mukofot miqdori shu shaxs bilan kelishuv asosida, kelishuvga erishib boʻlmagan taqdirda esa — sud orqali belgilanadi. Topilgan ashyoni qaytarib berishni talab qilishga haqli boʻlgan shaxs topilma uchun koʻpchilik oʻrtasida mukofot vaʼda qilgan boʻlsa, u koʻpchilik oʻrtasida vaʼda qilingan mukofotni oʻsha shartlarga muvofiq toʻlaydi.
Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilma haqida xabar qilmagan boʻlsa yoki uni yashirishga uringan boʻlsa, mukofot olish huquqi vujudga kelmaydi.
Qarovsiz yoki adashgan chorva mollarini yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qoʻlga oʻrgatilgan hayvonlarni tutib olgan shaxs ularni egasiga qaytarishi shart, basharti hayvonlarning egasi yoki uning qayerdaligi nomaʼlum boʻlsa, tutib olgan paytdan boshlab uch kundan kechiktirmay topilgan hayvonlar toʻgʻrisida militsiyaga, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qilishi shart, ular hayvonlarning egasini qidirish choralarini koʻradilar.
Hayvonlarning egasi qidirilayotgan vaqtda ularni saqlash hamda ulardan foydalanish uchun tutib olgan shaxsda qoldirilishi yoxud zarur sharoiti boʻlgan boshqa shaxsga saqlash va foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga koʻra hayvonlarni boqishi uchun zarur sharoiti boʻlgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirishni militsiya, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi amalga oshiradi.
Qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxs hamda bu hayvonlar saqlash va foydalanish uchun berib turilgan shaxs ularni lozim darajada saqlashlari shart va hayvonlar nobud boʻlishi yoki shikastlanishi uchun aybdor boʻlsalar, hayvonlarning narxi doirasida javobgar boʻladilar.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Ichki ishlar vazirligining 29.03.2012-yildagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori.
Egasi aniqlanishi mumkin boʻlmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yoʻqotgan xazina, yaʼni yerga koʻmilgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoxud qimmatbaho buyumlar xazina yashirib qoʻyilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va shu kabilar) mulkdori boʻlgan shaxs va xazinani topgan shaxs mulkiga, agar ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, teng ulushlarda oʻtadi.
Xazina u yashirib qoʻyilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi kerak.
Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga topshirilishi kerak. Bunda xazina yashirib qoʻyilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulkning egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadirlar. Agar ular oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, mukofot bu shaxslar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Bunday xazinani u yashirib qoʻyilgan mol-mulk egasining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs topib olsa, bu shaxsga mukofot toʻlanmaydi va xazina batamom mulkdorning ixtiyoriga oʻtadi.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslarga nisbatan ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
197-modda. Mulk huquqining bekor boʻlish asoslari
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 198 — 206-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 36-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 211, 289-moddalari.
198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish
Mol-mulkni yoʻq qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Mulkdor tomonidan tarixiy yoki madaniy boylik boʻlgan mol-mulkning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yoʻq qilingan boʻlsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasining ikkinchi qismi.
199-modda. Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyish
Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻla olmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65 -moddasi uchinchi qismi, mazkur Kodeksning 202 — 204-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 11-moddasining beshinchi, oltinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5 — 7-boblari, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16, 17-moddalari.
200-modda. Qarzni nizosiz tartibda undirib olish
Majburiyatlar boʻyicha qarzni, shu jumladan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni nizosiz tartibda undirib olishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Mulkdor nizosiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi qarorga rozi boʻlmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) 121-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 09.08.1996-yildagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1504-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshisi, Prezidentning 01.11.2007-yildagi PQ-722-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
201-modda. Qimmatbaho metallar va toshlarga mulk huquqining vujudga kelish hamda bekor boʻlish xususiyatlari
Xom va ishlov berilgan qimmatbaho metallar va toshlarga (zargarlik va boshqa maishiy buyumlardan tashqari) mulk huquqining vujudga kelish hamda bekor boʻlish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 167 — 169-moddalari, 13.02.2003-yildagi 75-son qaror bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning VIII boʻlimi.
202-modda. Natsionalizatsiya
Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq toʻlash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga oʻtkazishdan iborat.
Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonunlarda oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.
Qarang: mazkur Kodeksning 285-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi.
203-modda. Rekvizitsiya
Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishi mumkin (rekvizitsiya).
Rekvizitsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kokeksning 285-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 289-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq toʻlamasdan mulkdordan olib qoʻyilishi mumkin (musodara).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kokeksining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 289-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009-yildagi 200-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom.
205-modda. Mol-mulkni olib qoʻyish chogʻida uning qiymatini aniqlash va zararlarni undirib olish huquqi
Mulk huquqi bekor qilinganida olib qoʻyilayotgan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor boʻlgan paytda amal qilib turgan shu yoki shunga oʻxshash mol-mulkning bahosi asosida belgilanadi.
Olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymatini mulkdorga toʻlash bahosi haqida mulkdor sudga eʼtiroz bildirishi mumkin.
Mulkdor mol-mulkining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarni toʻlashni ham talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 199, 202 — 204-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi beshinchi qismi.
206-modda. Mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunlarda belgilangan hollar va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va uning koʻrgan boshqa zararlari toʻlanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar toʻla hajmda toʻlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-modda birinchi qismi.
Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni koʻrib chiqish vaqtida mulkdorga yetkazilgan zararni toʻlash bilan bogʻliq barcha masalalar ham hal qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 3-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-yildagi “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 22-son qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 30 — 32-bandlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
16-BOB XUSUSIY MULK
207-modda. Xususiy mulk huquqi
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 11-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun 7-moddasining 1-bandi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 2-moddasining birinchi-ikkinchi qismlari.
208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli boʻlmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar.
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16, 169-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasi.
210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi
Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilish tamom boʻlguncha va roʻyxatdan oʻtkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aʼzosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 13-moddasi, 14-moddasining birinchi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 3-son qarori.
211-modda. Koʻp kvartirali uydagi kvartira egalarining mol- mulki
Uyning bir necha kvartiralarga xizmat qiladigan umumiy xonalari, xususan ustun va toʻsinlar, mexanik, elektr, sanitariya-texnika va kvartira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi oʻzga qurilmalari koʻp kvartirali uydagi kvartira egalariga ulushli mulk huquqi tarzida tegishlidir.
Uyning umumiy mol-mulkiga egalik huquqidagi kvartira egalari ulushining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash boʻyicha xarajatlarni mulkdorlar oʻrtasida taqsimlash tartibi uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Kvartira egasi uy-joy umumiy mol-mulkiga egalik huquqidagi oʻz ulushini tasarrufdan chiqarishga, shuningdek bu ulushning kvartiraga boʻlgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga oʻtishiga olib keluvchi oʻzga harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
212-modda. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
Oʻzboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining daʼvosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim, ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Shaxs oʻziga qarashli boʻlmagan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan boʻlsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa eʼtirof etilishi mumkin.
(212-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Basharti, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab boʻlsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirsa, yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishi mumkin emas.
Respublika mulki va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan davlat mulki ommaviy mulkdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkchilik munosabatlari, shu jumladan ommaviy mulk munosabatlari ushbu Kodeks bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169, 214, 215-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
214-modda. Respublika mulki
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablagʻlari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, oʻquv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning oʻzga mablagʻlari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan boʻlsa, boshqa mol-mulk respublika mulki boʻlishi mumkin.
Respublika mulki boʻlgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tasarruf qiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi.
Respublika mulki boʻlgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qoʻyilishi mumkin.
Respublika mulki respublika budjetiga tushadigan soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlardan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
215-modda. Munitsipal mulk
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xoʻjalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq taʼlimi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk boʻladi.
Munitsipal mulk boʻlgan mol-mulkni, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.
Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlardan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169-moddalari, 14-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 22, 23-moddalari, Uy-joy kodeksining 41-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qoʻyilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qoʻyilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk boʻlishi mumkin.
Umumiy mulk boʻlgan mol-mulk ulushlarga boʻlinadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy birgalikdagi mulk oʻz vazifasini oʻzgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin boʻlmagan (boʻlinmaydigan ashyolar) yoki qonunga koʻra taqsimlanishi mumkin boʻlmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga oʻtgan paytda vujudga keladi.
Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasi.
217-modda. Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash
Agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin boʻlmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Ulushli mulk barcha ishtirokchilarning kelishuvi bilan ishtirokchilardan har birining ulushini ularning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va koʻpaytirishga qoʻshgan hissasiga qarab aniqlash va oʻzgartirish tartibi belgilanishi mumkin.
Umumiy mol-mulkdan foydalanishning belgilab qoʻyilgan tartibiga amal qilgan holda ushbu mol-mulkni oʻz hisobidan ajratib olish mumkin boʻlmaydigan tarzda yaxshilagan ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushining tegishli darajada koʻpaytirilishiga haqli boʻladi.
Umumiy mol-mulkdagi ajratib olish mumkin boʻladigan yaxshilashlar, agar ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu yaxshilashlarni amalga oshirgan ishtirokchining mulkiga qoʻshiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
218-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish
Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi oʻz xohishiga qarab oʻz ulushini sotishga, sovgʻa qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chogʻida ushbu Kodeksning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli boʻladi.
219-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish
Ulushli mulkdagi mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa –– sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng boʻlgan qismi oʻzining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji boʻlmagan taqdirda esa — oʻz ulushi boʻlgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
220-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar
Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar umumiy mol-mulk tarkibiga qoʻshiladi va ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ular oʻrtasida ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
221-modda. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash
Har bir mulkdor umumiy mol-mulk boʻyicha soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.
Zarur boʻlmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolganlarning roziligisiz qilingan xarajatlar uning oʻz zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi kerak.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
222-modda. Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma boʻyicha oluvchiga oʻtish payti
Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma boʻyicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab oʻtadi.
Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtish payti ushbu Kodeks 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
223-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar oʻrtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
Ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli.
Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli va shartlari toʻgʻrisida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi oʻz ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli.
Agar ulushni asl holida ajratib olishga qonun yoʻl qoʻymasa yoki uni umumiy mulk boʻlgan mol-mulkka nomutanosib zarar yetkazmasdan ajratib olish mumkin boʻlmasa, ajralib chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan ulushining qiymati toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.
Ushbu modda asosida ulushli mulk ishtirokchisiga asl holida ajratib berilayotgan mol-mulkning uning mulk huquqidagi ulushiga nomutanosibligi tegishli pul summasini toʻlash yoki boshqacha kompensatsiya toʻlash yoʻli bilan bartaraf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisiga uning ulushini asl holida ajratib berish oʻrniga boshqa mulkdorlar tomonidan kompensatsiya toʻlanishiga ishtirokchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mulkdorning ulushi arzimas boʻlgan, amalda ajratib berilishi mumkin boʻlmagan va u umumiy mol-mulkdan foydalanishdan katta manfaatga ega boʻlmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin.
Ushbu moddaga muvofiq mulkdor kompensatsiya olganidan keyin umumiy mol-mulkdagi ulushiga boʻlgan huquqini yoʻqotadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-yildagi “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 22-son qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 14-son qarorining 11 — 16, 18, 19-bandlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
224-modda. Imtiyozli sotib olish huquqi
Mulkdorlardan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno.
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi oʻz ulushini oʻzga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorlarga yozma ravishda maʼlum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini koʻrsatishi shart.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran koʻchmas mulkka nisbatan bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa — oʻn kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini oʻzlariga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Ulushni sotib olishning imtiyozli huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organi yoki boshqa yuridik shaxs umumiy mulk boʻlgan uy-joy (xonadon)dagi oʻz ulushini sotgan vaqtida uyning (xonadonning) tegishli qismida ijaraga oluvchilar sifatida yashayotgan shaxslar ushbu modda qoidalari asosida imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻladilar, ular bu huquqdan voz kechsalar yoki uni amalga oshirmasalar — boshqa mulkdorlar bu huquqqa ega boʻladilar.
Ushbu moddaning qoidalari ayirboshlash shartnomasi boʻyicha ulushni boshqa shaxsga berish chogʻida ham qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 16.04.1993-yildagi “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida” 5-13-son qarori 13-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 14-son qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 17-son qarorining 22, 23-bandlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
225-modda. Birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuv bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ular umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan foydalanadilar.
Birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi, mol-mulkni tasarruf etish xususidagi bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan boʻlishidan qatʼi nazar, bunday rozilik talab qilinadi.
Birgalikdagi mulkning har bir ishtirokchisi, agar barcha ishtirokchilarning kelishuvidan boshqacha tartib anglashilmasa, umumiy mol-mulkni tasarruf etish xususida bitimlar tuzishga haqli. Birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan biri tuzgan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bilan bogʻliq bitim uni tuzgan ishtirokchining zarur vakolatlari yoʻqligi sababli, bitimdagi ikkinchi taraf buni bilgan yoki bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan taqdirdagina qolgan ishtirokchilarning talabiga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169, 216, 226, 379, 497-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23, 24, 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi yettinchi qismi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk]
226-modda. Birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish
Umumiy mol-mulkni birgalikdagi mulk ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash, shuningdek ulardan birining ulushini ajratish dastlab ishtirokchilardan har birining umumiy mulk huquqidagi ulushi aniqlanganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy mulk taqsimlanganida va undan ulush ajratilganida, agar qonunda yoki ishtirokchilarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning ulushlari teng hisoblanadi.
Umumiy mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish asoslari hamda tartibi ushbu Kodeks 223-moddasi bilan, birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun esa — boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
227-modda. Undiruvni umumiy mol-mulkdagi ulushga qaratish
Ulushli yoki birgalikdagi mulk ishtirokchisining kreditori mulkdorda boshqa mol-mulk yetarli boʻlmaganida undiruvni qarzdorning umumiy mol-mulkdagi ulushiga qaratish uchun bu ulushni ajratishni talab qilishga haqli.
Agar bunday hollarda ulushni asli holida ajratish mumkin boʻlmasa yoki ulushli yoxud birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga eʼtiroz bildirsalar, kreditor qarzdor oʻz ulushini umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib narxda sotib, sotishdan tushgan mablagʻlarni qarzni uzishga qaratishini talab qilishga haqli.
Umumiy mulkning qolgan ishtirokchilari qarzdorning ulushini sotib olishdan voz kechgan taqdirda kreditor undiruvni qarzdorning umumiy mulk huquqidagi ulushiga ushbu ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish yoʻli bilan qaratishni sud orqali talab qilishga haqli.
Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli (vindikatsiya).
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164-moddasi, 166-moddasi ikkinchi qismi, 168, 169-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 23-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasi.
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega boʻlmagan shaxsdan haq toʻlab olingan boʻlsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin boʻlmagan (insofli egallovchi) boʻlsa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan yoʻqotib qoʻyilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan oʻgʻirlangan yo boʻlmasa, ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yoʻl bilan ularning egaligidan chiqib ketgan boʻlsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli.
Agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan boʻlsa, mol-mulkni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha talab qilib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega boʻlmagan shaxsdan haq toʻlamasdan olingan boʻlsa, mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli.
Pul, shuningdek taqdim etuvchiga deb yozilgan qimmatli qogʻozlar insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
oʻz egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan shaxsdan (insofsiz egallovchi) ushbu shaxs mol-mulkka egalik qilgan butun vaqt davomida olgan yoki olishi lozim boʻlgan barcha daromadlarni qaytarib berishni yoki toʻlashni;
insofli egallovchidan esa — u oʻzining egaligi qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan boshlab yoxud mulkdorning mol-mulkni talab qilib olish haqidagi daʼvosi boʻyicha talab kelgan paytdan boshlab olgan yoki chiqarib olishi lozim boʻlgan hamma daromadlarni.
Oʻz navbatida insofli egallovchi ham, insofsiz egallovchi ham mol-mulkdan qancha vaqt davomida olingan daromad mulkdorga qaytarilishi kerak boʻlsa, shuncha vaqt davomida mol-mulkka qilingan zarur xarajatlarini toʻlashni mulkdordan talab qilishga haqli.
Basharti, ashyoni yaxshilaydigan narsalarni ashyoga shikast yetkazmasdan ajratib olish mumkin boʻlsa, insofli egallovchi mazkur narsalarni oʻzida qoldirishga haqli. Agar bunday narsalarni ajratib olish mumkin boʻlmasa, insofli egallovchi ashyoni yaxshilash uchun qilingan xarajatlarni talab qilib olish huquqiga ega, lekin bu xarajatlar ashyoga qoʻshilgan qiymatdan koʻp boʻlmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92, 229, 231 — 233-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 62-moddasi ikkinchi qismi.
231-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan huquq- buzarliklardan himoya qilish (negator daʼvo)
Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi mumkin (negator daʼvo).
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169, 230, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 33-moddasining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasi.
232-modda. Mulkdor boʻlmagan eganing huquqlarini himoya qilish
Garchi mulkdor boʻlmasa ham, lekin mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra egalik qilayotgan shaxs ham ushbu Kodeksning 228-231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
Qarang: mazkur Kodeksning 164, 168, 169, 230, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni 33-moddasining 4-bandi.
233-modda. Mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlish oqibatlari
Mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu Qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan toʻlanadi. Zararni toʻlash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 164, 168, 169, 197-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 29 — 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II boʻlimining 2-kichik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasi.
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
III BOʻLIM MAJBURIYAT HUQUQI
1-kichik boʻlim MAJBURIYATLAR TOʻGʻRISIDA UMUMIY QOIDALAR
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
20-BOB MAJBURIYAT TUSHUNCHASI VA TARAFLARI
234-modda. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati boʻlib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pul toʻlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa — qarzdordan oʻzining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Majburiyatning taraflari — kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning oʻzida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan biriga kreditor bildirgan talablarning haqiqiy emasligi, shuningdek bunday shaxsga talab qoʻyishga doir daʼvo muddati oʻtib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga boʻlgan talablariga oʻzicha daxl etmaydi.
Agar taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli boʻlsa, taraflardan har biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi jihatidan uning qarzdori va ayni bir paytning oʻzida undan nima talab qilishga huquqli ekanligi jihatidan uning kreditori hisoblanadi.
Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi.
Qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda majburiyat uchinchi shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga nisbatan huquq vujudga keltirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.01 Neustoyka]
21-BOB MAJBURIYATLARNI BAJARISH
236-modda. Umumiy qoidalar
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
237-modda. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi
Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
238-modda. Majburiyatning kelishilgan va maqbul usulda bajarilishi
Majburiyat kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishi shart.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa va qonun bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, shartnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
239-modda. Majburiyatning qismlarga boʻlib bajarilishi
Basharti boshqacha tartib qonun hujjatlarida, shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor majburiyatning qismlarga boʻlib bajarilishini qabul qilmaslikka haqli.
240-modda. Majburiyatning tegishli shaxs uchun bajarilishi
Agar boshqacha tartib taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boʻlmasa va ish muomalasi odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor majburiyatni bajarish chogʻida ijroni kreditorning oʻzi yoki bu ish uchun u vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli boʻladi va bunday talabni qoʻymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida boʻladi.
241-modda. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatni toʻla hajmda yoki uning bir qismini bajarish, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek agar uchinchi shaxs taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bogʻliq boʻlsa, uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsan oʻzi ijro etishga majburligi qonun hujjatlari, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonun hujjatlari yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar boʻlishi nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomadagi taraf javobgar boʻladi.
Agar majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilab qoʻyilgan boʻlsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa — ijroni har qachon amalga oshirishga haqli boʻladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
243-modda. Majburiyatni muddatidan ilgari bajarish
Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyatning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor majburiyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa –– ijroni muddatidan ilgari qabul qilishi shart.
244-modda. Majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib bajarish
Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Pul majburiyatida u soʻmlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summaga ekvivalent boʻlgan summada yoki shartli pul birliklari bilan (ekyu, “maxsus qarz olish huquqlari” va boshqalar) toʻlanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda soʻmlar bilan toʻlanishi lozim boʻlgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining toʻlov kunidagi rasmiy kursi boʻyicha belgilanadi, basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida belgilab qoʻyilgan boʻlmasa.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiyatlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi.
Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
1) koʻchmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — mol-mulk turgan joyda;
2) tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan oʻzga majburiyatlari boʻyicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga maʼlum boʻlgan boʻlsa;
4) pul majburiyati boʻyicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan boʻlsa — ijro etish joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
5) boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
247-modda. Fuqaroning taʼminoti uchun toʻlanadigan summani koʻpaytirish
Pul majburiyati boʻyicha bevosita fuqaroning taʼminoti uchun toʻlanadigan summa (hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash, umrbod taʼminlash shartnomasi boʻyicha va boshqa hollarda) mehnatga toʻlanadigan haqning qonun tomonidan belgilab qoʻyilgan eng kam miqdori oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytirib boriladi.
248-modda. Pul majburiyati boʻyicha talablarni qondirish navbati
Amalga oshirilgan toʻlov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli boʻlmaganida, boshqa kelishuv boʻlmasa, u eng avvalo kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, soʻngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi.
249-modda. Qarzni depozitga qoʻyish yoʻli bilan majburiyatni bajarish
Qarzdor oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan pul yoki qimmatli qogʻozlarni notariusning depozitiga, qonunda belgilangan hollarda esa — sudning depozitiga qoʻyishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin boʻlmasa:
1) majburiyat bajarilishi lozim boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs boʻlmasa;
2) kreditor muomalaga layoqatsiz boʻlsa va uning vakili boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa;
3) majburiyat boʻyicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, xususan bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
4) kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki uning tomonidan boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
Pul summasini yoki qimmatli qogʻozlarni notarius yoxud sudning depozitiga qoʻyish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
Depozitiga pul yoki qimmatli qogʻozlar qoʻyilgan notarius yoxud sud kreditorni bundan xabardor qiladi.
250-modda. Muqobil majburiyatni bajarish
Agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini qilishi yoxud kreditorga bir yoki boshqa mol-mulkni topshirishi lozim boʻlsa, basharti qonun hujjatlari, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida boʻladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 23.12.2016-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 306-sonli qarorining 18-bandi.
251-modda. Bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etadigan majburiyatni bajarish
Agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Qarzdorlar sherik boʻlib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga qarzni toʻla yoki uning bir qismini bajarishni ham talab qilishga haqli.
Solidar qarzdorlarning biridan toʻliq qanoatlanmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga ega.
Solidar qarzdorlar majburiyat toʻla bajarilgunicha burchli boʻlib qolaveradilar.
253-modda. Solidar qarzdorlarning kreditor talablariga qarshi eʼtirozlari
Qarzdor solidar boʻlib majburiyat olgan taqdirda boshqa qarzdorlarning kreditor bilan mazkur qarzdor qatnashmaydigan munosabatlariga asoslangan eʼtirozlarni kreditorning talablariga qarshi qoʻyishga haqli emas.
254-modda. Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan bajarilishi
Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan toʻliq bajarilishi qolgan qarzdorlarni kreditor oldidagi majburiyatni bajarishdan ozod qiladi.
Agar qonunlarda yoki shartnomalarda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, solidar majburiyatni bajargan qarzdor oʻz ulushini chegirib tashlab, boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda regress talabi qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Solidar majburiyatni bajargan qarzdorga toʻlanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng ulushlarda tushadi.
Talab solidar boʻlib qoʻyilganida har qanday solidar kreditor qarzdorga toʻla hajmda talab qoʻyishga haqli boʻladi.
Qarzdor solidar kreditorlardan birining talabiga qarshi oʻzining ushbu kreditor qatnashmaydigan boshqa solidar kreditorlar bilan munosabatlariga asoslangan eʼtirozlarni qoʻyishga haqli emas.
Majburiyatni solidar kreditorlardan biriga nisbatan toʻla bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan solidar kreditor, basharti ular oʻrtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa, boshqa kreditorlarga tegishli boʻlgan ulushlarni ularga toʻlashi shart.
Taraflardan biri shartnomaga muvofiq boshqa tarafning oʻz majburiyatlarini bajarishiga bogʻliq qilib qoʻyilgan majburiyatni bajarishi muqobil bajarish hisoblanadi.
Burchli taraf shartnomada belgilab qoʻyilgan majburiyatni bajarmagan yoki majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasligini ochiq koʻrsatib turgan vaziyat mavjud boʻlgan taqdirda, muqobil ijroni oʻz zimmasiga olgan taraf oʻz majburiyatini bajarmay turishga yoki bu majburiyatni bajarishdan bosh tortishga va koʻrilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Agar shartnomada koʻrsatilgan majburiyat toʻla hajmda bajarilmagan boʻlsa, muqobil ijroni oʻz zimmasiga olgan taraf oʻz majburiyatining ikkinchi tarafning toʻla hajmda bajarilmagan majburiyatiga mos keladigan qismini bajarishni toʻxtatib qoʻyishga yoki bajarishdan bosh tortishga haqli.
Agar bir taraf shartnomada belgilab qoʻyilgan oʻz majburiyatini bajarmagan boʻlishiga qaramay, ikkinchi taraf majburiyatning muqobil ijrosini amalga oshirgan boʻlsa, birinchi taraf oʻz majburiyatini bajarishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar shartnoma yoki qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 23.12.2016-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 306-sonli qarorining 18-bandi.
257-modda. Majburiyatning bajarganligini tasdiqlash
Kreditor majburiyatning bajarilishini qabul qilib olgan vaqtida, qarzdorning talabi bilan unga majburiyatning toʻla yoki qisman bajarilishini qabul qilib olganligi haqida tilxat berishi shart. Ogʻzaki bitimlar yuridik shaxslar bilan fuqarolar oʻrtasida bajarilganida tovarlar yoki xizmatlar haqini toʻlagan yuridik shaxs boshqa tarafdan pul toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatni va toʻlov asosini olishi kerak.
Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan boʻlsa, kreditor ijroni qabul qilib olayotgan vaqtida ushbu hujjatni qaytarib berishi, qaytarib berishning imkoni boʻlmaganida esa — buni oʻzi berayotgan tilxatda koʻrsatishi kerak. Tilxat oʻrniga qaytarib berilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozilishi mumkin. Qarz hujjatining qarzdorda boʻlishi, boshqa bir hol isbotlanmaguncha, majburiyatning bekor boʻlganligini tasdiqlaydi.
258-modda. Majburiyat bajarilganligini tasdiqlash haqidagi talabni bajarmaslik oqibatlari
Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib berish imkoni yoʻqligini tilxatda koʻrsatishdan bosh tortgan taqdirda, qarzdor ijroni toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bunday hollarda kreditor muddatni kechiktirgan hisoblanadi.
Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini taʼminlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 13-bandi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.01 Neustoyka]
1-§. Neustoyka
260-modda. Neustoyka tushunchasi
Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka toʻlash haqidagi talab boʻyicha kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor neustoyka toʻlashni talab qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 162, 260 — 263, 325 — 326, 330, 436, 454-moddalari, 720-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 160-modda va 159-modda, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 142-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining 26.04.1996-yildagi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi, 19-moddasi toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 14, 34-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarori: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda toʻlaydigan va qoida tariqasida, qatʼiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida toʻlaydigan va oʻtkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 3-bandi.
262-modda. Neustoyka toʻgʻrisidagi kelishuvning shakli
Neustoyka toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak.
Neustoyka toʻlash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni toʻlashni talab qilishga haqli.
Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi Qonunini xoʻjalik sudlari amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 11-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 4-bandining uchinchi xatboshisi.
2-§. Garov
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
264-modda. Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Garovga koʻra qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha oʻz talabi garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi boʻlgan shaxs (garovga qoʻyuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda belgilab qoʻyilgan chegirishlardan keyin, haqli boʻladi.
Garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoʻqotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sugʻurta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sugʻurta qilingan boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yoʻqotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar boʻlgan sabablarga koʻra yuz bergan boʻlmasa.
Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarori 14-bandi, 18-bandining birinchi xatboshi.
265-modda. Garov turlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.06 (Кучини йўқотган) Garov (zaklad) / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Koʻchmas mulkni garovga qoʻyish ipoteka hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 264, 266 — 289-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
266-modda. Garovga qoʻyuvchi
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 15-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
267-modda. Garov narsasi
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talabnomalar, xususan hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Fuqarolarning undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonun hujjatlari bilan man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 13-bandi birinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
268-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talab
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
269-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoladi.
Ipoteka deb belgilangan mol-mulk, shuningdek garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar ham garovga oluvchiga topshirilmaydi.
Garov narsasi garovga qoʻyilganligini bildiruvchi belgilar qoʻygan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov).
Garovga qoʻyuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qoʻyilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
270-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa — notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Basharti, garov narsasi qonunga yoki shartnomaga asosan garovga qoʻyuvchida boʻlishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytdan, basharti bunday topshirish shartnoma tuzilishidan avval amalga oshgan boʻlsa — shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
271-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻpsatilishi shart.
Garov toʻgʻpisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shapt.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Qarang: mazkur Kodeksning 264, 265, 267, 269, 272-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 11-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 15-16, 23-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son Qarorining 14-bandining birinchi, ikkinchi xatboshlari, 16-bandi, 18-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
272-modda. Garovga oluvchining huquqlari joriy qilinadigan mol-mulk
Garov narsasi boʻlgan ashyoga garovga oluvchining huquqlari (garov huquqi), agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoning kimga mansubligiga qarab joriy qilinadi.
Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan hosil, mahsulot va daromadlarga garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda joriy qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Butun korxona yoki boshqa mulkiy kompleks ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi koʻchmas va koʻchar mol-mulkning hammasiga, shu jumladan talab qilish huquqi va mutlaq huquqlarga, shu bilan bir qatorda ipoteka davrida olingan huquqlarga ham, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, joriy qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning oʻzida oʻsha shartnoma boʻyicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlashini taʼminlaydigan qismini yoki garovga qoʻyuvchiga qarashli boʻlgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qoʻygan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Yer uchastkasini ipotekaga qoʻyishda garov huquqi, agar shartnomada boshqacha shart nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining ushbu uchastkada boʻlgan yoki qurilayotgan binolari va inshootlariga joriy qilinmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Shartnomada bunday shart boʻlmasa, undiruv garovga qoʻyilgan yer uchastkasiga qaratilgan taqdirda garovga qoʻyuvchi yer uchastkasi uning bino yoki inshootdan oʻz oʻrnida foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi. Uchastkaning bu qismidan foydalanish shartlari garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvi asosida, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Agar garovga qoʻyuvchiga emas, balki boshqa shaxsga qarashli binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga ipoteka belgilangan boʻlsa, garovga oluvchi undiruvni ushbu uchastkaga qaratganida va u kimoshdi savdosida sotilganida garovga qoʻyuvchining ushbu shaxsga nisbatan huquq va burchlari uchastkani sotib oluvchiga oʻtadi.
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida paydo boʻladigan garovga nisbatan esa — qonunda, garovga qoʻyuvchi kelajakda ega boʻladigan ashyolarni va mulkiy huquqlarni garovga qoʻyish nazarda tutilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 18-bandining birinchi — uchinchi xatboshilari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
273-modda. Navbatdagi garov
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk boshqa talablarni taʼminlash uchun yana bir garov narsasiga aylansa (navbatdagi garov), navbatdagi garovga oluvchining talablari oldingi garovga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin ushbu mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi.
Agar garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda navbatdagi garov taqiqlab qoʻyilgan boʻlmasa, navbatdagi gapovga yoʻl qoʻyiladi.
Garovga qoʻyuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud boʻlgan barcha garovlari haqida maʼlum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
274-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash va asrash
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab (ushbu Kodeksning 269-moddasi):
1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi;
2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;
3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tarafni darhol ogohlantirishi shapt.
Garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qoʻyilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli.
Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan burchlarni garovga qoʻyilgan mol-mulkning yoʻqolish yoki shikastlanish xavfini tugʻdiradigan darajada qoʻpol suratda buzganida garovga qoʻyuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
275-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u oʻziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yoʻqolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi.
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolishi yoki shikastlanishi tufayli garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlgan garovga qoʻyuvchi garov narsasining yoʻqolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
276-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi yo xoʻjalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa — sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
277-modda. Garov narsasidan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qoʻyuvchi garov narsasidan uning vazifasiga koʻra foydalanishga, shu jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qoʻyuvchi faqat garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshipishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.
Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina foydalanishga haqli boʻlib, garovga qoʻyuvchiga undan foydalanish toʻgʻrisida muntazam hisobot bepib turadi. Shartnomaga muvofiq garovga oluvchi zimmasiga asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, garov narsasidan hosil va daromadlar olish burchi yuklab qoʻyilishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
278-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi
Garovga oluvchi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki boʻlishi lozim boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228, 229, 230, 232-moddalari).
Shartnoma shartlariga koʻra garovga oluvchiga oʻziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan ham, oʻz huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning 231, 232-moddalari), talab qilishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgap boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish mumkin.
Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
280-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan notarial tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud qaroriga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 18 — 20-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 22 — 24-bandlari.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
281-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish
Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garovdagi mol-mulkni sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Garovga qoʻyuvchining iltimosiga koʻra, sud undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi qarorda uni kimoshdi savdosida sotishni bir yilgacha muddatga kechiktirishga haqli. Kechiktirish ushbu mol-mulkni garovga qoʻyish bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha tapaflarning huquq va bupchlariga taʼsir qilmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida koʻpaygan zarari va neustoykani undirishdan ozod qilmaydi.
Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan vaqtdagi boshlangʻich sotish bahosi undiruv sud tartibida mol-mulkka qaratilgan hollarda sud qarori bilan yoki boshqa hollarda garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvi natijasida belgilanadi.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida eng yuqori bahoni taklif qilgan shaxsga sotiladi.
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganida garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishib, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan olish-sotish shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganida garovga oluvchi garov narsasini takroriy kim oshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan oʻn foiz kamaytirgan summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli.
Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻzida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplashga yetarli boʻlmasa, u qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma boʻlmaganida, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa garovga oluvchining garov bilan taʼminlangan talabidan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytarib beriladi.
Qarzdor yoki uchinchi shaxs boʻlgan garovga qoʻyuvchi garov narsasi sotilguncha xohlagan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning ijrosi kechiktirib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni unga qaratishga va uni sotishga barham berishi mumkin. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.
Qarang: mazkur Kodeksning 264, 265, 267, 269, 274 — 279, 380-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun 54-moddasining toʻrtinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son Qarorining 25-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
282-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni quyidagi hollarda muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli:
1) agar garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan boʻlib, garov toʻgʻrisidagi shartnoma buzilgan holda uning egaligidan chiqqan boʻlsa;
2) garovga qoʻyuvchi garov narsasini almashtirish qoidalarini buzgan boʻlsa (ushbu Kodeksning 276-moddasi);
3) garov narsasi garovga oluvchi javob bermaydigan vaziyatlarda yoʻqolgan boʻlsa, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa.
Garovga oluvchi quyidagi hollarda garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratishga haqli:
1) garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov qoidasini buzgan boʻlsa (ushbu Kodeksning 273-moddasi);
2) garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash va asrash yuzasidan ushbu Kodeks 274-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida hamda ikkinchi qismida nazarda tutilgan burchlarni bajarmasa;
3) garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni tasarruf etish qoidalarini buzsa (ushbu Kodeks 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari);
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
283-modda. Garovning bekor boʻlishi
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:
1) garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;
2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻlganida garovga qoʻyuvchining talabi bilan;
3) garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, basharti garovga qoʻyuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlmasa;
4) garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotilgan taqdirda, shuningdek uni sotish mumkin boʻlmagan taqdirda (ushbu Kodeks 281-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari). Ipoteka bekor boʻlgani haqida ipoteka toʻgʻpisidagi shartnoma roʻyxatga olingan reyestrga belgi qoʻyilishi kerak;
Garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qoʻyuvchining talabi bilan garov bekor boʻlganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qoʻyilgan mol-mulk boʻlgan garovga oluvchi uni darhol garovga qoʻyuvchiga qaytarib berishi shart.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 27-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
284-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga bepish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi.
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda oʻzgacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma burchlarini bajaradi.
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning gapovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 26-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
285-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qoʻyishning oqibatlari
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi (haqini toʻlab olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq toʻlanadi. Bunday holda oʻrniga-oʻrin berilgan mol-mulkka garov huquqi tadbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qoʻyuvchiga tegishi kerak boʻlgan haq summasidan oʻz talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida yoki jinoyat yoxud boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun (ushbu Kodeksning 204-moddasi) garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qoʻyilishi bekor boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
286-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Garovga oluvchi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga berish haqidagi qoidalarga (ushbu Kodeksning 313-321-moddalari) rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga berishga haqli.
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi.
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishini ham anglatadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
287-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan boʻlmasa (ushbu Kodeksning 322-moddasi), garov bekor boʻladi.
Tovarlarni garovga qoʻyib, ularni garovga qoʻyuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻpsatilganidan kamaymasligini shart qilib qoʻygan holda garovga qoʻyuvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) oʻzgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi.
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yoʻl qoʻyiladi.
Garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga, xoʻjalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi boʻlmay qoladi, garovga qoʻyuvchi tomonidan olingan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar esa — garovga qoʻyuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan eʼtiboran garov narsasiga aylanadi.
Garovga qoʻyuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — litsenziyasi boʻlgan lombardlar tomonidan tadbipkoplik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda (ushbu Kodeks 281-moddasining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi.
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shaptnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shaptlapi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Qarzdorga yoki qarzdor koʻrsatgan shaxsga topshirilishi lozim boʻlgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bogʻliq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga toʻlash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.
Garchi ashyoning haqini toʻlash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni toʻlash bilan bogʻliq boʻlmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish koʻrayotgan majburiyatdan kelib chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan taʼminlanishi mumkin.
Ashyo kreditor egaligiga oʻtganidan keyin unga boʻlgan huquqlar uchinchi shaxs tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditor oʻz qoʻlidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin.
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu moddaning qoidalapi qoʻllaniladi.
291-modda. Talablarni ushlab qolingan ashyo hisobidan qondirish
Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan taʼminlangan talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qondiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 259, 290, 639-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 59-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik]
Kafillik shartnomasi boʻyicha kafil boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni taʼminlash uchun ham tuzilishi mumkin.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 28, 29-bandlari.
293-modda. Kafilning javobgarligi
Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilgan boʻlmasa.
Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.
Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birgalashib kafil boʻlgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 30-bandi.
294-modda. Kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda uning huquq va burchlari
Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin boʻlgan hamma eʼtirozlarni qoʻyishga haqli. Hatto qarzdor oʻz eʼtirozlaridan voz kechgan yoki oʻz majburiyatini tan olgan taqdirda ham kafil ushbu eʼtirozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotmaydi.
Agar kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi oʻzining barcha eʼtirozlarini kafilning qarshi talabiga qarama-qarshi qoʻyish huquqiga ega.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 31-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
295-modda. Majburiyatni bajargan kafilning huquqlari
Majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli boʻlgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha hajmda oʻtadi. Kafil kreditorga toʻlangan summaga foizlar toʻlashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan koʻrgan boshqa zararini toʻlashni qarzdordan talab qilishga haqli.
Kafil majburiyatni bajarganidan keyin kreditor qarzdorga boʻlgan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni kafilga topshirishi va bu talabni taʼminlaydigan huquqlarni berishi shart.
Ushbu moddada belgilangan qoidalar agar qonunda yoki kafilning qarzdor bilan shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 2, 3-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 32-bandi.
296-modda. Qarzdor majburiyatini bajarganligi haqida kafilni xabardor qilish
Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni darhol xabardor qilishi shart. Aks holda oʻz navbatida majburiyatni bajargan kafil asossiz olinganni kreditordan undirib olishga yoki qarzdorga regress talab qoʻyishga haqli. Regress talab qoʻyilgan taqdipda qarzdor asossiz olingannigina kreditordan undirib olishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 33-bandi.
297-modda. Kafilning xizmatlariga haq toʻlash
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil qarzdorga koʻrsatgan xizmatlari uchun haq olish huquqiga ega.
Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda oʻzgartirilgan taqdirda kafillik bekor boʻladi.
Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar boʻlish haqida kreditorga rozilik bergan boʻlmasa, shuningdek kafil taʼminlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor boʻladi.
Shartnomada koʻrsatilgan kafillik muddati oʻtganidan keyin kafillik bekor boʻladi. Agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, kreditor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan va belgilanishi mumkin boʻlmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 35, 36-bandlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sugʻurta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga koʻra kafil oʻz zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga toʻlash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 37, 38-bandlari.
300-modda. Prinsipalning majburiyatlarini kafolat bilan taʼminlash
Kafolat prinsipalning benefitsiar oldidagi oʻz majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim darajada bajarishini taʼminlaydi.
Kafolat berilgani uchun prinsipal kafilga haq toʻlaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 37, 38-bandlari.
301-modda. Kafolatning asosiy majburiyatdan mustaqilligi
Kafilning benefitsiar oldidagi kafolatda nazarda tutilgan majburiyati ular oʻrtasidagi munosabatlarda bajarilishini taʼminlash uchun shu kafolat berilgan asosiy majburiyatga, garchi kafolatda ushbu majburiyatga havola qilingan boʻlsa-da, bogʻliq emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 39-bandi.
302-modda. Kafolatning chaqirib olinmasligi
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, u kafil tomonidan chaqirib olinishi mumkin emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-son qarorining 40-bandi.
303-modda. Kafolat boʻyicha huquqlarning boshqa shaxsga oʻtkazilmasligi
Kafolat boʻyicha benefitsiarga tegishli boʻlgan kafilga talab qoʻyish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 10-bandining beshinchi xatboshisi.
304-modda. Kafolatning kuchga kirishi
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, u berilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Benefitsiarning kafolat boʻyicha pul summasini toʻlash haqidagi talabi kafolatda koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi kerak. Talabda yoki unga ilovada benefitsiar prinsipalning taʼminlash uchun kafolat berilgan asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini koʻrsatishi kerak.
Benefitsiarning talabi kafolatda belgilangan muddat tugaguncha kafilga taqdim etilishi kerak.
306-modda. Benefitsiarning talabini koʻrib chiqishda kafilning majburiyatlari
Kafil benefitsiarning talabini olganidan soʻng bu haqda darhol prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli hujjatlar bilan topshirishi kerak.
Kafil benefitsiarning talabini unga ilova qilingan hujjatlar bilan bipga kafolatda koʻrsatilgan muddatda koʻrib chiqishi, muddat koʻrsatilmaganda esa — mutanosib muddatda bu talab hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik koʻrsatishi kerak.
307-modda. Kafilning benefitsiar talabini qondirishni rad etishi
Agar benefitsiarning talabi yoki unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelmasa yoxud kafilga kafolatda belgilab qoʻyilgan muddat tamom boʻlganidan keyin taqdim etilgan boʻlsa, kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etadi.
Kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etganligi haqida uni darhol xabardor qilishi shart.
Agar benefitsiarning talabi qondirilgunga qadar kafolat bilan taʼminlangan asosiy majburiyat batamom yoki uning tegishli qismi bajarilganligi yoxud boshqa asoslarga koʻra bekor boʻlganligi yoinki haqiqiy emas deb topilganligi kafilga maʼlum boʻlib qolsa, u bu haqda darhol benefitsiarga va prinsipalga xabar berishi shart.
Kafolatda nazarda tutilgan kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati kafolat berilgan summani toʻlash bilan cheklanadi.
Kafolat boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun kafilning benefitsiar oldidagi javobgarligi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat berilgan summa bilan cheklanmaydi.
Kafilning kafolat boʻyicha benefitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor boʻladi:
1) kafolat berilgan summa benefitsiarga toʻlanishi;
2) kafolatda belgilangan muddatning tamom boʻlishi;
3) benefitsiar kafolat boʻyicha oʻz huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berishi oqibatida;
4) benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza berish yoʻli bilan kafolat boʻyicha oʻz huquqlaridan voz kechishi oqibatida.
Kafil majburiyatining ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi unga kafolat qaytarib berilgan yoki qaytarib berilmaganligiga bogʻliq boʻlmaydi.
Kafolat bekor boʻlganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda prinsipalni xabardor qilishi kerak.
Kafilning prinsipaldan kafolat boʻyicha benefitsiarga toʻlangan summalarni regress tartibida toʻlashni talab qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan kelishuvida belgilab qoʻyiladi.
Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun toʻlangan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas.
Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini taʼminlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi.
Zakalat toʻgʻrisidagi kelishuv zakalatning summasidan qatʼi nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak.
Shartnomadagi taraf amalga oshirishi kerak boʻlgan toʻlovlar hisobidan toʻlangan summa zakalat ekanligiga, xususan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tugʻilgan taqdirda, bu summa, agar boshqa hol isbotlangan boʻlmasa, boʻnak sifatida toʻlangan deb hisoblanadi.
312-modda. Zakalat bilan taʼminlangan majburiyatni bekor qilish va bajarmaslik oqibatlari
Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki bajarishning imkoni yoʻqligi oqibatida (ushbu Kodeksning 349-moddasi) bekor qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilishi kerak.
Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Bundan tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar boʻlgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni toʻlashi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
23-BOB MAJBURIYATDAGI SHAXSLARNING OʻZGARISHI
313-modda. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga oʻtish asoslari va tartibi
Majburiyat asosida kreditorga tegishli boʻlgan huquq (talab) uning tomonidan bitim boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga oʻtishi mumkin.
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi.
Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtganligi haqida yozma ravishda xabardor qilingan boʻlmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi.
Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga oʻtishi haqidagi qoidalar regress talablarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 2, 7-bandlari, 8-bandining birinchi, toʻrtinchi, beshinchi xatboshilari.
314-modda. Boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin boʻlmagan huquqlar
Kreditorning shaxsi bilan chambarchas bogʻlangan huquqlarning, xususan alimentlar toʻgʻrisidagi va hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi talablarning boshqa shaxsga oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
315-modda. Boshqa shaxsga oʻtadigan kreditor huquqlarining hajmi
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq oʻtish paytida mavjud boʻlgan hajmda va shartlar asosida oʻtadi. Xususan yangi kreditorga majburiyatning bajarilishini taʼminlaydigan huquqlar, shuningdek talab bilan bogʻliq boshqa huquqlar, shu jumladan toʻlanmagan foizlarga huquq ham oʻtadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 8-bandi.
316-modda. Yangi kreditor huquqlarining isboti
Oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni bildirishi kerak.
Qarzdor talablar yangi kreditorga oʻtganligini isbotlovchi hujjatlar oʻziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
317-modda. Qarzdorning yangi kreditor talabiga qarshi eʼtirozlari
Qarzdor majburiyat boʻyicha huquqlar yangi kreditorga oʻtganligi haqida ogohlantirish olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi eʼtirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻyishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 8-bandining uchinchi xatboshi.
318-modda. Kreditor huquqlarining qonun asosida boshqa shaxsga oʻtishi
Kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda oʻtadi:
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida;
2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga muvofiq;
3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlmagan kafil yoki garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida;
4) sugʻurta holati boshlanishi uchun javobgar boʻlgan qarzdorga nisbatan kreditor huquqlarining sugʻurta qiluvchiga subrogatsiyasi (oʻtishi) natijasida;
Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan majburiyat boʻyicha talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 1, 10, 11-bandlari.
320-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli
Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish oʻsha shaklda amalga oshirilishi kerak.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinadigan bitim boʻyicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimni roʻyxatga olish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatga olinishi kerak.
Orderli qimmatli qogʻoz boʻyicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu qimmatli qogʻozga indossament (talab qilish huquqini oʻtkazish yozuvi) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 9-bandi.
321-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning javobgarligi
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor bu talabni bajarmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun oʻz zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 5-bandi.
322-modda. Qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha eʼtirozlarni kreditor talabiga qarshi qoʻyishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qoʻyuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi boʻlmasalar, qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor boʻladi.
Qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish shakliga ushbu Kodeks 320-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi qoidalar tegishincha qoʻllaniladi.
323-modda. Qarzni va ijroni bir paytda boshqa shaxsga oʻtkazish
Qarzdorni qarzni toʻlash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi uchun solidar javobgar boʻladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatning bajarilishi boʻyicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli boʻladi.
Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
325-modda. Neustoyka va zarar
Agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi.
Qonunda yoki shartnomada zararni emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yoʻl qoʻyiladigan; zarar ham neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkin boʻlgan; kreditorning tanloviga koʻra yoki neustoyka yoxud zarar undirib olinishi mumkin boʻlgan hollar belgilanishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 236 — 258, 325 — 339-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi.
326-modda. Neustoykani kamaytirish
Agar toʻlanishi lozim boʻlgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish oqibatlariga nomutanosibligi koʻrinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari eʼtiborga olinishi kerak.
Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib, kreditorga toʻlanishi lozim boʻlgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Qarang: mazkur Kodeksning 236 — 258, 324, 325, 327 — 339-moddalari, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 4-bandi.
327-modda. Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik
Boshqa shaxslarning pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgʻarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablagʻlar summasiga foiz toʻlanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs boʻlganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud boʻlgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud kreditorning talabini daʼvo qoʻzgʻatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan boʻlmasa qoʻllaniladi.
Kreditorning pul mablagʻlaridan qonunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak boʻlgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha boʻlgan qismini toʻlashni talab qilishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-son qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 5 — 11-bandlari, 12-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, 18-bandining ikkinchi xatboshisi.
328-modda. Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi
Qarzdor ashyoni tayyorlash va kreditorga mulk qilib, xoʻjalik yuritishga yoki operativ boshqarishga topshirish yoxud ashyoni foydalanish uchun kreditorga berish yoxud uning uchun muayyan ishni bajarish yoki unga xizmat koʻrsatish majburiyatini bajarmagan taqdirda kreditor, agar qonun hujjatlaridan, shartnomadan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, uchinchi shaxslarga majburiyatni oqilona muddatda oqilona baholarda ijro etishni topshirishga yoinki uni oʻz kuchlari bilan bajarishga hamda qarzdordan qilingan zarur xarajatlarni va boshqa zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda javobgar boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak.
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin.
Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan qondirilishi mumkin boʻlsa.
Subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi eʼtirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.
330-modda. Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka toʻlash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka toʻlash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
Kechiktirib yuborish oqibatida oʻzi uchun ahamiyatini yoʻqotgan (ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismi) ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani toʻlash (ushbu Kodeksning 342-moddasi) qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 236 — 258, 324 — 329, 331 — 339, 436-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasining uchinchi qismi.
331-modda. Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari
Xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, uning xoʻjalik yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qoʻyishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida oʻziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega boʻlgan uchinchi shaxsga topshirilgan boʻlsa, bekor boʻladi. Agar ashyo hali topshirilmagan boʻlsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan boʻlsa, oʻsha kreditor ustunlikka ega boʻladi, basharti buni aniqlash mumkin boʻlmasa, oldin daʼvo qoʻzgʻatgan kreditor ustunlikka ega boʻladi.
Majburiyatlarning ayrim turlari boʻyicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha qonunda zararni toʻla qoplashga boʻlgan huquq cheklab qoʻyilishi mumkin (cheklangan javobgarlik).
Qoʻshilish shartnomasi yoki kreditor isteʼmolchi sifatida ish olib boruvchi fuqaro boʻlgan boshqa shartnoma boʻyicha qarzdorning javobgarlik hajmini cheklash toʻgʻrisidagi kelishuv haqiqiy emas, basharti majburiyatlarning ushbu turi yoki ushbu tartibbuzarlik uchun javobgarlik hajmi qonun bilan belgilab qoʻyilgan boʻlsa va agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni keltirib chiqaradigan vaziyatlar yuz berguncha kelishuvga erishilgan boʻlsa.
333-modda. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari
Qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Aybning yoʻqligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon boʻlmaganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yoʻqligi, qarzdorda zarur pul mablagʻlarining boʻlmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi.
Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash toʻgʻrisidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 11-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi.
334-modda. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi
Basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
Agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin boʻlmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar miqdorining koʻpayishiga koʻmaklashgan boʻlsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli koʻrmagan boʻlsa, sud ishning holatlariga qarab toʻlanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq toʻlashni batamom rad etishga haqli.
336-modda. Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari
Agar ikki taraflama shartnomada bir taraf oʻzi javobgar boʻlgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin boʻlmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.
337-modda. Ijroning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirib yuborilishi
Ijroni kechiktirib yuborgan qarzdor kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zarar uchun va kechiktirib yuborish davrida tasodifan ijroni bajarish mumkin boʻlmasligi vujudga kelganligi uchun kreditor oldida javob beradi.
Agar qarzdor ijroni kechiktirib yuborganligi tufayli kreditor uchun uning ahamiyati qolmagan boʻlsa, u ijroni qabul qilishdan bosh tortishi va zararni toʻlashni talab qilishi mumkin.
Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi ijroni qabul qilishdan bosh tortgan boʻlsa yoki oʻzi amalga oshirishi kerak boʻlgan va amalga oshirilgunicha qarzdor oʻz majburiyatini bajara olmagan harakatlarni qilgan boʻlmasa, kreditor muddatni kechiktirib yuborgan hisoblanadi.
Kreditorning shartnoma boʻyicha oʻziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini beradi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin boʻlmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno.
Pul majburiyati boʻyicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz toʻlashga majbur emas.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarori 17-bandi.
339-modda. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod qilish
Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq yoki kreditorning topshirigʻi bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish oʻrniga voz kechish haqini berish (pul toʻlash, mol-mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin. Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar belgilaydilar.
Muddati toʻlgan yoki muddati koʻrsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil oʻxshash talab hisobga oʻtkazilishi bilan majburiyat toʻliq yoki qisman bekor boʻladi.
Hisobga oʻtkazish uchun bir tarafning arizasi kifoya qiladi.
345-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida hisobga oʻtkazish
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan taqdirda qarzdor oʻzining dastlabki kreditorga muqobil talabini yangi kreditorning talabiga qarshi hisobga oʻtkazishga haqli.
Agar talab qarzdor bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilgani toʻgʻrisidagi bildirishni olgan paytgacha mavjud boʻlgan asosga koʻra vujudga kelgan boʻlsa va talab qilish muddati ana shu bildirish olinguncha kelgan boʻlsa yoki ushbu muddat koʻrsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan boʻlsa, hisobga olish amalga oshiriladi.
Taraflar oʻz oʻrtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor boʻladi.
Hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash va alimentlarga nisbatan majburiyatlar xususida yangilashni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar taraflarning kelishuviga muvofiq boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni yangilash dastlabki majburiyat bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatlarni bekor qiladi.
Kreditor qarzdorni uning zimmasidagi majburiyatlardan ozod qilishi bilan, agar bu hol boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa, majburiyat bekor boʻladi.
349-modda. Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor boʻlishi
Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin boʻlmay qolsa, u bekor boʻladi.
Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin boʻlmasa, kreditor oʻzining majburiyat boʻyicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.
350-modda. Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor boʻlishi
Agar davlat organining hujjati chiqishi natijasida majburiyatni bajarish toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmay qolsa, majburiyat toʻliq yoki uning tegishli qismi bekor boʻladi. Buning natijasida zarar koʻrgan taraflar ushbu Kodeksning 12 va 15-moddalariga muvofiq uni toʻlashni talab qilishga haqlidirlar.
Davlat organining majburiyat bekor boʻlishiga asos boʻlgan hujjati belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilganida, agar taraflarning kelishuvidan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan boʻlsa, majburiyat tiklanadi.
351-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor boʻlishi
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin boʻlmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor boʻladi.
Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun moʻljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa, kreditor vafot etishi bilan majburiyat bekor boʻladi.
352-modda. Yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor boʻlishi
Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor boʻladi, qonun hujjatlari bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan (hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash talabi va boshqa talablar boʻyicha) hollar bundan mustasno.
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va koʻp taraflama bitimlar toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari toʻgʻrisida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatlar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning 234-352-moddalari) qoʻllaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning koʻptaraflamalik xususiyatiga zid boʻlmasa, shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 354 — 363-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini oʻz ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma boʻyicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada boʻlgan shartnomalar toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida koʻrsatib qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qoʻyilmaganligi tufayli qoʻllaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar oʻzaro kelishib, uning qoʻllanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv boʻlmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, tegishli shartlar taraflar oʻrtasidagi munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
355-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar
Shartnoma boʻyicha taraf oʻz burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil toʻlov toʻlanishi lozim boʻlsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma boʻladi.
Shartnoma boʻyicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil toʻlov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 353, 354, 356 — 363, 502, 617, 898-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi.
356-modda. Baho
Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq toʻlanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega boʻlgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qoʻllaniladi.
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni oʻzgartirishga qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
Haq toʻlashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari boʻyicha belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun oʻxshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho boʻyicha haq toʻlanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 355, 357 — 363-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 19.08.1999-yildagi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 6-bandi.
357-modda. Shartnomaning amal qilishi
Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi.
Taraflar oʻzlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyishga haqlidirlar.
Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma boʻyicha majburiyatlari bekor boʻlishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin.
Bunday shart yozib qoʻyilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qoʻyilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 356, 358 — 363-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son qarorining 9-bandi.
358-modda. Ommaviy shartnoma
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra oʻziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart boʻlgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoʻlovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan taʼminlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qoʻyadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal koʻrishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma isteʼmolchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun hujjatlarida isteʼmolchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.
Tashkilotning isteʼmolchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar koʻrsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati boʻla turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortganida ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Ommaviy shartnomaning ushbu modda ikkinchi va beshinchi qismlari bilan belgilab qoʻyilgan talablarga mos kelmaydigan shartlari haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 357, 359 — 363, 425, 558-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 26.05.2015-yildagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 25.04.1997-yildagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 16.04.2009-yildagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 15-moddalari.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin.
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qoʻllaniladi.
Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa hujjat shaklida ifodalanishi mumkin.
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda taʼriflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qoʻshilish yoʻli bilan qabul qilishi mumkin boʻlgan shartnoma qoʻshilish shartnomasi deyiladi.
Agar qoʻshilish shartnomasi garchi qonun hujjatlariga zid boʻlmasa-da, biroq qoʻshiluvchi tarafni odatda ana shunday turdagi shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa, ikkinchi tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa yohud unda qoʻshilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq ogʻir boʻlgan, bu tarafda shartnoma shartlarini belgilashda qatnashish imkoniyati boʻlganida u oʻzining manfaatlarini koʻzlab qabul qilmaydigan shartlar yozib qoʻyilgan boʻlsa, shartnomaga qoʻshilgan taraf shartnomani bekor qilishni yoki oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganida oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qoʻshilgan taraf qanday shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, shartnomaga qoʻshilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida qoʻygan talabi qondirilmaydi.
Dastlabki shartnoma boʻyicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan boʻlsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻladi.
Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilab qoʻyish imkonini beradigan shartlar boʻlishi kerak.
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi koʻrsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim boʻlgan muddatning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma tuzish haqida taklif yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor boʻladi.
Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan, qarzdordan majburiyatni oʻz foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb belgilab qoʻygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻz huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar oʻzlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki oʻzgartirishlari mumkin emas.
Qarzdor kreditorga qarshi qoʻyishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarini shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qoʻyishga haqli.
Uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqdan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonun hujjatlari va shartnomaga zid boʻlmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 203-son qarorining 17-bandi.
363-modda. Shartnomani sharhlash
Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi soʻz va iboralarning asl maʼnosini eʼtiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq boʻlmasa, uning asl maʼnosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning maʼnosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning oʻzaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik oʻzlarini qanday tutganligi eʼtiborga olinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
27-BOB SHARTNOMA TUZISH
364-modda. Shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi asosiy qoidalar
Agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning narsasi toʻgʻrisidagi shartlar, qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga koʻra kelishib olinishi zarur boʻlgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.
Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yoʻllashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoʻli bilan tuziladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 353 — 363, 366-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son Qarorining 5-bandi.
365-modda. Shartnomaning tuzilish payti
Oferta yoʻllagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur boʻlsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu Kodeksning 185-moddasi).
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 203-son qarori 6-bandining birinchi — ikkinchi xatboshilari.
366-modda. Shartnomaning shakli
Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun maʼlum bir shakl belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart boʻlgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran, notarial tasdiqlanishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur boʻlganda esa — shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan boʻlsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan boʻlmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yoʻli bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining toʻrtinchi qismidanazarda tutilgan tartibda olingan boʻlsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq boʻlgan va taklifni kiritgan shaxsning oʻzini taklif yoʻllangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan boʻlishi kerak.
Oferta uni yoʻllagan shaxsni oferta yoʻllangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bogʻlaydi.
Agar ofertani chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirish ofertaning oʻzidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan boʻlsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 203-son Qarori 4-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
368-modda. Ofertaning chaqirib olinmasligi
Qabul qiluvchi taraf olgan oferta uni akseptlash uchun belgilab qoʻyilgan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas, basharti boshqacha tartib ofertaning oʻzida shart qilib qoʻyilgan boʻlmasa yoki taklifning mohiyatidan yoxud u yoʻllangan paytdagi vaziyatdan anglashilmasa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 364, 365, 367-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016-yildagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalarining 28-bandi.
369-modda. Ofertaga taklif etish. Ommaviy oferta
Nomuayyan shaxslar doirasiga yoʻllangan reklama va boshqa takliflar, agar taklifda boshqacha hol toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlmasa, ofertaga taklif etish deb qaraladi.
Shartnomaning barcha asosiy shartlarini oʻz ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaxsning javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga boʻlgan xohish-irodasi bilinib turgan taklif oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi.
Aksept toʻliq va pisandasiz boʻlishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish boʻyicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept boʻlmaydi.
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda koʻrsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni joʻnatish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish, tegishli summani toʻlash va h. k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki koʻrsatilmagan boʻlsa, aksept hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 2-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 203-son qarori 7-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
371-modda. Akseptni chaqirib olish
Agar akseptni chaqirib olish haqidagi bildirish oferta yuborgan shaxsga akseptdan oldinroq yoki u bilan bir vaqtda yetib kelgan boʻlsa, aksept olinmagan hisoblanadi.
372-modda. Aksept muddati koʻrsatilgan oferta asosida shartnoma tuzish
Ofertada aksept muddati koʻrsatilgan boʻlsa, aksept oferta yoʻllagan shaxs tomonidan unda koʻrsatilgan muddat mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
373-modda. Aksept muddati koʻrsatilmagan oferta asosida shartnoma tuzish
Yozma ofertada aksept muddati koʻrsatilmagan aksept oferta yoʻllagan shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qoʻyilgan boʻlmasa — buning uchun normal zarur boʻlgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oferta aksept uchun muddat koʻrsatmasdan ogʻzaki tarzda qilinganida boshqa taraf uni akseptlaganini darhol aytgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
374-modda. Kechikib olingan aksept
Aksept toʻgʻrisida oʻz vaqtida yoʻllangan bildirish kechikib olingan hollarda oferta yoʻllagan taraf boshqa tarafga aksept kechikib olinganini darhol bildirib qoʻymasa, aksept kechikkan hisoblanmaydi.
Agar oferta yoʻllagan taraf boshqa tarafga uning kechikib olingan akseptini qabul qilganini darhol maʼlum qilsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish haqidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Agar shartnomada uning tuzilgan joyi koʻrsatilgan boʻlmasa, shartnoma oferta yoʻllagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
377-modda. Majburiy tartibda shartnoma tuzish
Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yoʻllangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy boʻlgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept toʻgʻrisida yoki akseptdan bosh tortishi toʻgʻrisida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi toʻgʻrisida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yoʻllashi kerak.
Oferta yoʻllagan hamda shartnoma tuzishi majburiy boʻlgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash toʻgʻrisida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chogʻida yuz bergan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yoʻllagan taraf uchun majburiy boʻlgan va unga oʻttiz kun mobaynida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Kelishmovchiliklar bayonnomasi rad etilganida yoki uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bildirish koʻrsatilgan muddatda olinmaganida kelishmovchiliklar bayonnomasini yoʻllagan taraf shartnoma tuzish chogʻida yuz bergan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar toʻgʻrisidagi qoidalar, agar qonun hujjatlarida boshqa muddatlar belgilangan boʻlmasa yoki taraflar ularni kelishib olgan boʻlmasalar, qoʻllaniladi.
Agar ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzishi majburiy boʻlgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shartnoma tuzishdan asossiz boʻyin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga toʻlashi kerak.
Shartnoma tuzish chogʻida yuz bergan kelishmovchiliklar ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq qarab chiqish uchun sudga berilgan hollarda shartnomaning taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar chiqishiga sabab boʻlgan shartlari sud qaroriga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 365, 367 — 377-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 — 19moddalari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
379-modda. Kimoshdi savdosida shartnoma tuzish
Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tartib anglashilmasa, u kim oshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan tuziladi.
Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi yoxud ixtisoslashgan tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi boʻlishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi va ular nomidan yoki oʻz nomidan harakat qiladi.
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda koʻrsatilgan hollarda ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish toʻgʻrisidagi shartnomalar faqat kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Kimoshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida oʻtkaziladi.
Kimoshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan mulkiy huquqning egasi tomonidan belgilanadi.
Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion va tanlov oʻtkazilmagan hisoblanadi.
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sud qarorini ijro etish tartibida oʻtkaziladigan kimoshdi savdosiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
380-modda. Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni oʻtkazish tartibi
Auksionlar va tanlovlar ochiq va yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq auksionda va ochiq tanlovda xohlagan shaxs qatnashishi mumkin. Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun maxsus taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tashkilotchi kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisida kamida oʻttiz kun oldin xabar qilishi kerak. Xabarda, har qanday holda ham, kimoshdi savdosining vaqti, joyi va shakli, kimoshdi savdosiga nima qoʻyilayotgani va uni oʻtkazish tartibi, shu jumladan kim oshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi, shuningdek boshlangʻich narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qoʻyilayotgan boʻlsa, boʻlajak kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi xabarda bunga beriladigan muddat koʻrsatilishi kerak.
Agar qonunda yoki kimoshdi savdosi oʻtkazilishi haqidagi xabarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xabar bergan kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion oʻtkazishdan xohlagan vaqtida, lekin u oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov oʻtkazishdan esa — tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida oʻttiz kun oldin bosh tortishga haqli.
Kimoshdi savdosining tashkilotchisi uni oʻtkazishdan mazkur muddatlarni buzib bosh tortgan hollarda ishtirokchilarning koʻrgan haqiqiy zararlarini toʻlashi shart.
Yopiq auksion yoki yopiq tanlov tashkilotchisi xabar yuborilganidan keyin aynan qancha muddatda kimoshdi savdosidan bosh tortganligidan qatʼi nazar, oʻzi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini toʻlashi shart.
Kimoshdi savdosining qatnashchilari kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli toʻlaydilar. Agar kimoshdi savdosi oʻtkazilmasa, zakalat qaytarib berilishi kerak. Zakalat kimoshdi savdosida qatnashgan, lekin unda gʻolib chiqmagan shaxslarga ham qaytarib beriladi.
Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan shartnoma tuzishda u toʻlagan zakalat summasi tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.
Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion yoki tanlov oʻtkazilgan kuni kim oshdi savdosining natijalari toʻgʻrisida bayonnoma imzolaydilar, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, toʻlagan zakalatidan mahrum boʻladi. Bayonnomani imzolashdan bosh tortgan kimoshdi savdosining tashkilotchisi zakalatni ikki hissa qilib qaytarishi, shuningdek kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxsga kimoshdi savdosida qatnashish tufayli oʻziga yetkazilgan zararning zakalat pulidan ortiq boʻlgan qismini toʻlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi sakkizinchi qismi.
Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qoʻyilgan boʻlsa, bunday shartnomani taraflar kimoshdi savdosi tamom boʻlganidan hamda bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin kechi bilan yigirma kunda yoki xabarda eʼlon qilingan boshqa muddatda imzolashlari kerak. Ulardan biri shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi taraf sudga murojaat qilib, shartnoma tuzishga majbur etishni, shuningdek uni tuzishdan bosh tortish natijasida yetkazilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55, 281, 311, 379, 381-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 56-moddasi oʻninchi xatboshisi.
381-modda. Kimoshdi savdosini oʻtkazish qoidalarini buzish oqibatlari
Qonunda belgilangan qoidalar buzib oʻtkazilgan kimoshdi savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sababchi boʻladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
28-BOB SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
382-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish asoslari
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yoʻl qoʻyilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan hisoblanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 353, 354, 357, 364, 367, 370, 377, 383 — 385-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 2, 10 — 16-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 66-moddasining birinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 9-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 25, 26-bandlari.
LexUZ sharhi
383-modda. Vaziyat jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Vaziyatning taraflar oldindan koʻra bilganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari mumkin boʻlgan darajada oʻzgarishi uning jiddiy oʻzgarishi hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani jiddiy oʻzgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan boʻlsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra esa — oʻzgartirilishi mumkin, agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa:
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday oʻzgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar;
2) vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo boʻlganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga koʻra oʻzidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan boʻlishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan boʻlsa;
3) shartnomani uning shartlarini oʻzgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning oʻzgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini ular oʻrtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaning oʻzgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 9-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 20-bandi.
384-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.
Bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 9-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
385-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishning oqibatlari
Shartnoma oʻzgartirilganida taraflarning majburiyatlari oʻzgartirilgan holda saqlanib qoladi.
Shartnoma bekor qilinganida taraflarning majburiyatlari bekor boʻladi.
Shartnoma oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar kelishuvdan yoki shartnomani oʻzgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida oʻzgartirilgan yoki bekor qilinganida esa — sudning shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab majburiyatlar oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, taraflar shartnoma oʻzgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat boʻyicha oʻzlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.
Agar shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishga taraflardan birining shartnomani jiddiy buzishi asos boʻlgan boʻlsa, ikkinchi taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish tufayli yetkazilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 9-bandi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 22 — 24-bandlari.