

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1636810" id="onLBC-1636810">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6222"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.01 Neustoyka;</span></div><div id="LBC6233"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1636810" id="onLS-1636810">[<b>TSZ:</b><div id="LS3721"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1636814" id="-1636814">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1636815" id="-1636815">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1636816" id="-1636816">MAJBURIYATLARNI BAJARMAGANLIK YOKI LOZIM DARAJADA BAJARMAGANLIK UCHUN MULKIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1636817" id="-1636817"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3885247" id="edi-3885247"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-1636818">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3885247" id="-3885247"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3885254" id="-3885254">Iqtisodiy sudlar tomonidan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini bir xilda shakllantirish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-68532#-70985">47-moddasiga</a> asosan Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3885255" id="-3885255">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3782128">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3885258" id="edi-3885258"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-1636819">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3885258" id="-3885258"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3885260" id="-3885260">1. Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-111189">Fuqarolik kodeksi</a> (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-18942">Qonuni </a>va boshqa qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3885261" id="-3885261">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3782128">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636820" id="-1636820">2. Shartnomada jarima yoki penya shaklida belgilanadigan neustoyka taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan biri hisoblanadi. Sudlar neustoykani undirish toʻgʻrisidagi daʼvolarni hal qilishda neustoyka miqdorining qonun talablariga muvofiq hisoblanganligi, uning asosliligi, majburiyat buzilishi oqibatlariga mutanosibligi kabi holatlarni har tomonlama va chuqur muhokama qilib, talab qilingan neustoykaning adolatli miqdorini belgilashlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636821" id="-1636821">3. Agar shartnomada aynan bitta majburiyatning buzilishi uchun neustoykani ham jarima, ham penya koʻrinishida toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, daʼvogar faqatgina bir shakldagi neustoyka qoʻllashni talab qilishga haqli.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341000" id="edi-7341000"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-7340998">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341000" id="-7341000"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341001" id="-7341001">3<sup>1</sup>. Shartnoma tuzilmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda bunday shartnoma boʻyicha mulkiy javobgarlik chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirishni rad etish lozim boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341002" id="-7341002">(3<sup>1</sup>-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309386">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341005" id="edi-7341005"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-7341003">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341005" id="-7341005"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341006" id="-7341006">3<sup>2</sup>. Agar qonun hujjatlari bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni faqat elektron doʻkon orqali, tanlov yoki tender, shuningdek Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan tuzilishi nazarda tutilgan boʻlib, shartnoma esa koʻrsatilgan talablarga amalga qilinmasdan tuzilgan boʻlsa, bunday bitim FKning 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emas boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341007" id="-7341007">Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar qonun hujjatlarida shartnoma tuzishda tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday shartnoma shartlarini oʻzgartirish yuzasidan qoʻshimcha kelishuv tuzish uchun tanlov (tender) komissiyasining belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan va rasmiylashtirilgan bayonnomasi asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341008" id="-7341008">Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlarini taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341009" id="-7341009">Sudlarning eʼtibori ushbu talablarga rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341010" id="-7341010">Tanlov (tender) savdolari natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomaga taraflarning kelishuviga asosan kiritilgan oʻzgartirishlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341012" id="-7341012">(3<sup>2</sup>-band Oʻzbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309390">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636822" id="-1636822">4. FKning <a href="/mact/-111189#-155297">326-moddasiga</a> muvofiq sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajarilish darajasini, majburiyatda ishtirok etuvchi taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek kreditorning manfaatlarini eʼtiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636823" id="-1636823">Shu bilan birga sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, neustoykaning eng kam miqdori FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasida</a> koʻrsatilgan foizlar miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636824" id="-1636824">FKning 263-moddasi <a href="/mact/-111189#-154455">ikkinchi qismiga</a> muvofiq taraflarning kelishuvi bilan qonunda aniqlangan neustoyka (qonuniy neustoyka) miqdorining oshirilishi oʻz-oʻzidan undirilayotgan neustoykani kamaytirishga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636825" id="-1636825">5. FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasida</a> nazarda tutilgan boshqa shaxslarning pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgʻarish pul majburiyatini bajarmaganlik uchun qoʻllaniladigan mulkiy javobgarlik boʻlib hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636826" id="-1636826">Mazkur moddada qarzdorga pul toʻlash majburiyatini yuklash kuchiga ega boʻlgan pul majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kechiktirganlik oqibatlari koʻzda tutilganligini inobatga olib, ushbu moddada belgilangan qoidalar, agar ular puldan toʻlov vositasi, pullik qarzni qoplash vositasi sifatida foydalanish bilan bogʻliq boʻlmasa, taraflar oʻrtasidagi munosabatlarga tatbiq qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636827" id="-1636827">Xususan, pul belgilaridan pullik qarzni qoplash vositasi sifatida foydalanilmaydigan (kassa xizmati koʻrsatish shartnomasi boʻyicha mijozning bankka naqd pulni topshirish majburiyati, pul belgilarini tashiydigan yuk tashuvchining majburiyati va h.k.), majburiyatlar pul majburiyatlari hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636828" id="-1636828">Pul majburiyati boʻlib, majburiyat bir butun holda (qarz shartnomasida) boʻlgani kabi majburiyatdagi taraflardan birining tovarlarga (ish yoki xizmatlar) haq toʻlash majburiyati ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1636829" id="-1636829"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3885274" id="edi-3885274"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-3885273">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3885274" id="-3885274"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3885276" id="-3885276">6. Iqtisodiy sudlarda soliq, moliyaviy va maʼmuriy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqishda fuqarolik qonun hujjatlari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3885277" id="-3885277">(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3782128">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636830" id="-1636830">Binobarin, yuridik shaxslarning soliq, bojxona va boshqa davlat organlari tomonidan mulkiy jarimalar sifatida asossiz undirilgan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi talablari qanoatlantirilganda, bu mablagʻlardan foydalanilganlik uchun foizlar hisoblanmaydi va bunday hollarda pul majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasi </a>qoidalari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636831" id="-1636831">Bunday hollarda yuridik shaxslar FKning <a href="/mact/-111189#-150438">14-moddasiga</a> muvofiq pul mablagʻlarini asossiz undirish oqibatida ularga yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636832" id="-1636832">7. FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasida</a> nazarda tutilgan foizlar boshqa shaxslarning pul mablagʻlari shartnomaga asosan yoxud shartnomaviy munosabatlarsiz qabul qilinganligidan qatʼi nazar, toʻlanishi shart, ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636833" id="-1636833">8. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, agar taraflarning kelishuvida, taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalarda, shuningdek ish muomalasi odatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan foizlarni hisoblashda yildagi (oydagi) kunlar 360 (30) kunga teng deb qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636834" id="-1636834">9. Foizlar toʻlov tartibi, hisob-kitob shakli va FKning <a href="/mact/-111189#-154367">246-moddasidagi</a> pul majburiyatlarini bajarish joyi haqidagi qoidalar toʻgʻrisidagi shartlaridan kelib chiqib, agar qonunda yoxud taraflar oʻrtasidagi bitimda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va majburiyat mohiyati yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa qoʻyilgan oddiy talabdan kelib chiqmasa, pul majburiyati haqiqatda bajarilgan vaqtga qadar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636840" id="-1636840">Qarz summasi sud tartibida undirilganda va shartnomada foizlar toʻgʻrisida kelishuv boʻlmaganda, sud FK 327-moddasining <a href="/mact/-111189#-155310">ikkinchi qismiga</a> muvofiq daʼvo taqdim etilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizi hisob stavkasini qoʻllashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636841" id="-1636841">Bunday hollarda tegishli bank foizi hisob stavkasini tanlashda, xususan pul majburiyati qancha vaqt ichida bajarilmaganligi, bu davr mobaynida hisob stavkasining miqdori oʻzgarganligi, hisob stavkasining oʻzgarmasdan qolganligiga uzoq vaqt boʻlganligi kabilar eʼtiborga olinishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636842" id="-1636842">Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, agarda pul majburiyatlari bajarilmagan vaqtlarda bank foizi hisob stavkasi oʻzgargan boʻlsa, toʻlov kechiktirilgan barcha davr mobaynida mavjud boʻlgan hisob stavkasiga ahamiyati boʻyicha yaqinroq boʻlgan (daʼvo taqdim etilgan yoki qaror chiqarilgan kundagi) bank foizi stavkasiga afzallik berish maqsadga muvofiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636843" id="-1636843">Agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, foizlar faqat tegishli pul mablagʻlariga toʻlanishi mumkin, pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun oʻrnatilgan foizlarga esa foizlar hisoblanmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636844" id="-1636844">10. FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasida</a> nazarda tutilgan foizlar oʻz tabiatiga koʻra, qarz shartnomasi (FKning <a href="/mact/-180552#-190130">734-moddasi</a>), kredit shartnomasi (FKning <a href="/mact/-180552#-190304">744-moddasi</a>) yoxud tijorat krediti shartnomasi (FKning <a href="/mact/-180552#-190387">748-moddasi</a>) boʻyicha berilgan pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlardan farqlanadi. Shu sababli, sud bank foizlarini undirish haqidagi nizolarni hal qilishda daʼvogar qarz yoki kredit yoxud tijorat krediti sifatida berilgan pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar undirishni talab qilyaptimi yoxud talabning mohiyati pul majburiyatlarini bajarmaganlik uchun yoki ijroni kechiktirganlik uchun javobgarlikni (FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasi</a>) qoʻllashdan iboratmi, shularni aniqlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636875" id="-1636875">11. Agar pul majburiyatini bajarmaganlik yoki uning bajarilishini kechiktirganlik uchun FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasiga</a> muvofiq belgilangan foizlar miqdori (stavkasi) pul majburiyati bajarilishini kechiktirish oqibatlariga ochiqdan-ochiq nomutanosib boʻlsa, sud foizlarning qoplash tabiatini hisobga olib, FKning <a href="/mact/-111189#-155297">326-moddasiga</a> mos holda, FKning 335-moddasiga asosan foizlar miqdorini (stavkasini) kamaytirishga yoki kreditorga uni undirishni butunlay rad etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636876" id="-1636876">12. Sudlar shunga eʼtibor berishlari lozimki, FKning <a href="/mact/-111189#-155348">333-moddasiga</a> asosan, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636891" id="-1636891">Majburiyatlar boʻyicha qarzni toʻlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarining qarzdorda mavjud emasligi, uning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun kerak tovarlarning bozorda yoʻqligi qarzdorni FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasida</a> nazarda tutilgan foizlarni yoki qonun hujjatlarida yoxud shartnomada kelishilgan neustoykalarni toʻlashdan ozod etish uchun asos boʻla olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636900" id="-1636900">13. Shartnomalardan kelib chiquvchi pul majburiyatlarida, xususan qarzdorning tovarlar, ishlar, xizmatlar toʻlovini amalga oshirish yoxud pul mablagʻlarini qaytarish, toʻlov kechiktirilgan summani toʻlash sharti bilan olingan majburiyatlarda FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasiga</a> asosan foizlar hisoblanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636906" id="-1636906">Qonunda yoxud taraflar kelishuvida pul majburiyatlarini bajarishni kechiktirganlik uchun qarzdorning neustoyka (penya) toʻlash majburiyati koʻzda tutilishi mumkin. Bunday holatlarda sud shundan kelib chiqishi kerakki, agar qonunda yoki shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditor pul majburiyatini bajarmaganligi uchun zarar yetkazilganligi holatini va zararning miqdorini isbotlamasa ham, ushbu choralardan birini qoʻllash haqidagi talabni qoʻyishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636908" id="-1636908">14. FK 419-moddasining <a href="/mact/-180552#-182683">uchinchi qismiga</a> muvofiq, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasi asosida unga topshirilgan tovar haqini oʻz vaqtida toʻlamasa, sotuvchi tovar haqini va FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasiga</a> asosan boshqa shaxsning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlashni talab qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636927" id="-1636927">15. Tovarlarni ularning qiymatidan kamida 15 foizi oldindan toʻlanmasdan berib yuborilganligi (ishlar va xizmatlar bajarilishining boshlanganligi) berib yuborilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovining kechiktirilganligi uchun talab qilingan neustoykani yoki bank foizini undirishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636928" id="-1636928">16. Majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun penya, jarima yoki foizlarning hisoblanishi majburiyatni bajarish muddati tugagan kunning ertasidan, bunday muddat belgilanmagan hollarda esa, kreditor tomonidan majburiyatlarni bajarish talab qilingan kundan yetti kunlik muddat oʻtishi bilan boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636929" id="-1636929">17. Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi ijroni qabul qilishdan bosh tortgan boʻlsa yoki oʻzi amalga oshirishi kerak boʻlgan va amalga oshirilgunicha qarzdor oʻz majburiyatini bajara olmagan harakatlarni bajarmagan boʻlsa (mablagʻlar oʻtkazilishi lozim boʻlgan hisob raqami haqidagi maʼlumotlarni xabar qilmagan boʻlsa va h.k.), kreditorning oʻzi muddatni kechiktirib yuborgan hisoblanadi va FK 338-moddasining <a href="/mact/-111189#-155365">ikkinchi qismiga</a> asosan, qarzdor pul majburiyati boʻyicha kreditor kechiktirgan vaqt uchun foiz toʻlashga majbur emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636950" id="-1636950">18. Agar sotuvchi oldindan haqi toʻlangan tovarni topshirish boʻyicha majburiyatini bajarmasa va oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oldindan toʻlangan summa uchun tovarni topshirishi lozim boʻlgan kundan boshlab tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan toʻlagan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar toʻlanishi lozim (FK 420-moddasining <a href="/mact/-180552#-182690">toʻrtinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636966" id="-1636966">Oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini u sotuvchiga topshirilganidan keyin maʼlum vaqt oʻtgach toʻlash yoki tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan hollarda, sotib oluvchi topshirilgan tovar haqini toʻlash majburiyatini shartnomada belgilangan muddatda bajarmayotgan boʻlsa, kechikib toʻlangan summa uchun FKning <a href="/mact/-111189#-155305">327-moddasiga</a> muvofiq shartnomaga binoan tovar haqi toʻlanishi lozim boʻlgan kundan boshlab sotib oluvchi tovar haqini toʻlagan kungacha foizlar toʻlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636972" id="-1636972">19. Zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan tarafning qilgan xarajatlari, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganda taraf olishi mumkin boʻlgan, lekin uning ololmay qolgan daromadlari, huquqi buzilgan shaxsning huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari ham kiradi (FK 14-moddasining <a href="/mact/-111189#-150440">ikkinchi qismi</a>). Bunday xarajatlarning zaruriyligi va ularning taxminiy miqdori asoslantirilgan hisob-kitob, tovar, ish, xizmat koʻrsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ketadigan xarajatlar smetasi (kalkulyatsiya) sifatidagi dalillar, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik darajasini belgilovchi shartnoma va boshqalar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636980" id="-1636980">Ololmay qolgan daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agar majburiyat bajarilganida, kreditor qilishi lozim boʻlgan oqilona xarajatlarni hisobga olib aniqlanishi shart. Xususan, xom ashyo yoki butlovchi buyumlarni yetkazib bermaslik natijasida ololmay qolgan daromad tarzidagi zararni qoplash haqidagi talab boʻyicha bunday daromadning miqdori ushbu tovarlarning xaridorlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tayyor mahsulotlarni sotish bahosidan kelib chiqqan holda, yetkazib berilmagan xom ashyo yoki butlovchi buyumlar qiymati, transport-tayyorlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarni chegirib tashlash yoʻli bilan aniqlanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636985" id="-1636985">Shartnoma majburiyatini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash alohida daʼvo talabi asosida koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4707177" id="edi-4707177"><a href="/mact/-1636810?ONDATE=15.06.2007 00#-1636987">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4707177" id="-4707177"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707178" id="-4707178">Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda yoki shartnomada boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4707180" id="-4707180">(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 27-sonli <a href="/mact/-4698312?ONDATE=24.12.2019 00#-4703627">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1636990" id="-1636990">20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 1999-yil 5-fevraldagi 77-sonli va “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining boshqa shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar haqidagi qoidalarini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi 2001-yil 27-iyuldagi 97-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1636991" id="-1636991"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1636992" id="-1636992">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1636993" id="-1636993">2007-yil 15-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1636994" id="-1636994">163-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
