

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2414685" id="-2414685">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2414686" id="-2414686">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2414687" id="-2414687">Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414688" id="-2414688"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414689" id="-2414689">Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi shuni koʻrsatadiki, sudlar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni asosan toʻgʻri hal etishmoqda. Ayni paytda mazkur toifaga oid ishlarni koʻrishda sud amaliyotida nikohning tugatilishi, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek iqtisodiyot erkinlashuvi sharoitida er-xotin mulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar kelib chiqmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414690" id="-2414690">Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlarni koʻrishda qonunchilikning toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68532#-70640">17-moddasiga </a>tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414691" id="-2414691"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689785" id="edi-6689785"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-6689784">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689785" id="-6689785"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689786" id="-6689786">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi <a href="/mact/-6445145#-6445717">76-moddasida </a>oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi, nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi kafolatlanganligi bois nikoh-oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishda sudlar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689787" id="-6689787">(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli <a href="/mact/-6683636?ONDATE=20.11.2023 00#-6685096">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414693" id="-2414693">Sudlar oila toʻgʻrisidagi qonunchilik vazifalaridan kelib chiqib, qonunda nazarda tutilgan hamda oilani mustahkamlash, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni koʻrishlari lozim;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6689789" id="edi-6689789"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-6689788">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6689789" id="-6689789"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6689827" id="-6689827">Nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizalar sudga kelib tushganda sudya har bir daʼvo ariza boʻyicha taraflar bilan mediatsiya koʻrinishidagi suhbat oʻtkazishi kerakligiga sudyalarning eʼtibori qaratilsin. Bunda sudya muayyan ishning holatlarini muhokama qilmasdan, nikohdan ajratishning salbiy oqibatlarini, jumladan, farzandlarning tarbiyasiga taʼsirini, moddiy va huquqiy holatlarni tushuntirishi, er va xotinni yarashtirish choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6689830" id="-6689830">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli <a href="/mact/-6683636?ONDATE=20.11.2023 00#-6685115">qaroriga </a>asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414694" id="-2414694">2. Tushuntirilsinki, Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158833">37-moddasiga</a> muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414695" id="-2414695">Er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga koʻra nikohdan ajratish yoʻli bilan tugatilishi mumkin. Zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414696" id="-2414696">3. Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158845">42-moddasiga </a>koʻra, voyaga yetmagan umumiy bolalari boʻlmagan er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlgan taqdirda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida (bundan buyon matnda-FHDY organlari) amalga oshiriladi, er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414697" id="-2414697">4. Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158848">43-moddasiga</a> muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan birining arizasi boʻyicha, ular oʻrtasida voyaga yetmagan umumiy bolalar borligidan qatʼi nazar, FHDY organlarida amalga oshiriladi, agar er-xotindan biri sud tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414698" id="-2414698">bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414699" id="-2414699">ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414700" id="-2414700">sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414701" id="-2414701">Qayd etilgan asoslardan birortasi mavjud boʻlganda FHDY organi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talabni rad etishga haqli emas. Er-xotin oʻrtasida bolalar toʻgʻrisida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish yoki umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414702" id="-2414702">5. Tushuntirilsinki, OK 42-moddasi <a href="/mact/-104720#-158847">ikkinchi qismi</a> va 43-moddasi <a href="/mact/-104720#-158853">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan barcha hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414703" id="-2414703">Nikohdan ajratish masalasi FHDY organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan ayrim hollarda ham u sud tartibida amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, agar er-xotindan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDY organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir boʻlmasa. Bunday holatlar mavjudligi FHDY organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼlumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414705" id="-2414705">Shuni nazarda tutish lozimki, OK 43-moddasi <a href="/mact/-104720#-158849">birinchi qismida</a> belgilangan nikohdan FHDY organlarida ajratish tartibi spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish hollariga tatbiq etilmaydi. Bunday shaxslarga nisbatan berilgan, shuningdek bunday shaxslar tomonidan berilgan daʼvolar boʻyicha nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200040" id="edi-4200040"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414706">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200040" id="-4200040"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200049" id="-4200049">6. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158838">39-moddasiga </a>muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tugʻilganidan soʻng bir yil mobaynida nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga, garchi u tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan boʻlsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola oʻlik tugʻilgan yoki bir yoshga toʻlmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7338825" id="edi-7338825"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.04.2021 00#-5571102">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338825" id="-7338825"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338826" id="-7338826">Xotinning nikohdan ajratish toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga roziligi boʻlmagan hollarda, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan boʻlsa, sud FPK 122-moddasining <a href="/mact/-3517337#-3521024">8-bandiga </a>asosan arizani koʻrmasdan qoldiradi. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza xotinning roziligi bilan qoʻzgʻatilgan ishni sud majlisida koʻrish vaqtida u nikohdan ajratishga eʼtiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yoʻqligi ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida koʻrish vaqtida maʼlum boʻlganda koʻrmasdan qoldirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7338827" id="-7338827">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308924">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200060" id="-4200060">Nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasining koʻrmasdan qoldirilishi, agar Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158838">39-moddasida </a>koʻrsatilgan holatlar barham topgan boʻlsa, takroriy ravishda sudga nikohdan ajratish haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200068" id="-4200068">Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158838">39-moddasida </a>koʻrsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo xotin tomonidan qoʻzgʻatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200074" id="-4200074">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124940">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414712" id="-2414712"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406769" id="edi-6406769"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-6406768">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406769" id="-6406769"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406770" id="-6406770">7. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvolar, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga, FPK <a href="/mact/-3517337#-3518369">34-moddasida</a> <a href="/mact/186105#234403"> </a>nazarda tutilgan hollarda esa, daʼvogarning xohishi boʻyicha taqdim etiladi. Xususan, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406771" id="-6406771">(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6403078">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414715" id="-2414715">jazo muddatidan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudning sudloviga taalluqli boʻlsa) — mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414716" id="-2414716">yashash joyi nomaʼlum boʻlgan shaxs bilan-uning maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, daʼvogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa,-daʼvogarning yashash joyida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414718" id="-2414718">Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan uning mol-mulki turgan joyda yoki Oʻzbekiston Respublikasida maʼlum boʻlgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7534618" id="edi-7534618"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-7534616">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7534618" id="-7534618">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/mact/-7521398">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414723" id="-2414723">9. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el fuqarolari bilan tuzilgan, chet el fuqarolarini oʻzaro tuzilgan nikohdan ajratish, shuningdek mazkur shaxslarning oilaviy-huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa nizolar Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158542">9-moddasi</a> hamda <a href="/mact/-104720#-159914">VIII-boʻlimida</a> nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200081" id="edi-4200081"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414724">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200081" id="-4200081"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200111" id="-4200111">10. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi FPK <a href="/mact/-3517337#-3522138">189</a> va <a href="/mact/-3517337#-3522207">190-moddalari </a>talablariga javob berishi kerak. Unda, jumladan nikoh qachon va qayerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yoʻqligi, ularning yoshi, er-xotin oʻrtasida voyaga yetmagan bolalarni taʼminoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari, nikohdan ajratish haqidagi daʼvo bilan birga koʻrilishi mumkin boʻlgan boshqa talablar koʻrsatiladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406773" id="edi-6406773"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=30.11.2018 00#-4200114">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406773" id="-6406773"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406774" id="-6406774">Nikohdan ajratish haqidagi arizaga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va oʻzga daromadlari haqidagi, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, daʼvo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi daʼvogarning yashash joyidagi fuqarolar yigʻini yarashtirish komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406775" id="-6406775">(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6403080">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414728" id="-2414728"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200138" id="edi-4200138"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-4200135">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200138" id="-4200138"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200142" id="-4200142">11. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgach, sudya har bir ish boʻyicha uni <a href="/mact/-3517337#-3522417">FPK 21-bobida </a>nazarda tutilgan tartibda sudda koʻrishga tayyorlashi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200147" id="-4200147">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124951">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414732" id="-2414732">Jumladan, ishni sudda koʻrishga tayyorlash tartibida, qoida tariqasida, ikkinchi tarafni chaqirishi, uning arizaga nisbatan munosabatini aniqlashi kerak. Shu maqsadlarda sudya taraflar bilan oilani saqlab qolish masalasida suhbat oʻtkazadi. Sudya, shuningdek er-xotin oʻrtasida nikohdan ajratish daʼvosi bilan bir vaqtda hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa nizolar bor-yoʻqligini aniqlaydi, taraflarga voyaga yetmagan bolalari taʼminoti uchun buyruq tartibida aliment undirish huquqini tushuntiradi, ishning koʻrilishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalarni aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414733" id="-2414733">12. Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158854">44-moddasiga </a>muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda er-xotin sudga quyidagi masalalar yuzasidan kelishuv taqdim etishlari mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414734" id="-2414734">nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414735" id="-2414735">voyaga yetmagan bolalar va (yoki) mehnatga layoqatsiz muhtoj er(xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash tartibi va miqdori toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414736" id="-2414736">er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish toʻgʻrisida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414737" id="-2414737">Bunday kelishuv mavjud boʻlmagan yoki mazkur masalalar yuzasidan er-xotin oʻrtasida nizo boʻlgan hollarda ular nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab bilan bir vaqtda mazmunan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406776" id="edi-6406776"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=30.11.2018 00#-4200148">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406776" id="-6406776"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406777" id="-6406777">Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan bir vaqtda nikoh shartnomasini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab ham, basharti bunday talablar oʻzaro bogʻliqligi sababli, koʻrib chiqilishi mumkin (FPK <a href="/mact/-3517337#-3522326">196-moddasi</a>). Sud mazkur ishda javobgarning nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qarshi daʼvosini ham koʻrishga haqli (FPK <a href="/mact/-3517337#-3522405">200-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406778" id="-6406778">(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6403082">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406783" id="edi-6406783"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414739">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406783" id="-6406783"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406784" id="-6406784">13. Agar daʼvo arizasida nikohdan ajratish ishi bilan bir vaqtda koʻrilishi mumkin boʻlmagan talab qoʻyilgan boʻlsa (masalan, nikoh tuzilgunga qadar topilgan mol-mulkni olib berish, uyga kiritish, bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolar va h.k.), bunday daʼvo alohida ish yuritishga ajratiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406785" id="-6406785">(13-band  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6403085">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414740" id="-2414740">14. Nikohdan ajratishga doir ishlar boʻyicha qonuniy va asosli hal qiluv qarori qabul qilinishi uchun sud ishning haqiqiy holatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona tekshirib chiqishi, jumladan, er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xususiyatini, nikohdan ajratish masalasi qoʻyilishiga asos boʻlgan sabablar, er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilikning asl sabablarini aniqlashi shart. Shu maqsadlarda, sud ishni ikkala taraf ishtirokida koʻrishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200807" id="edi-4200807"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414741">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200807" id="-4200807"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200809" id="-4200809">Daʼvogar va javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelmaslik sabablari uzrli yoki uzrsizligidan qatʼiy nazar, sud ishni koʻrishni keyinga qoldiradi. Daʼvogar va javobgar sud majlisiga ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli. Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli (FPK <a href="/mact/-186105#-232688">221-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200816" id="-4200816">(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124953">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200818" id="edi-4200818"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414742">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200818" id="-4200818">(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124953">qaroriga </a>asosan chiqarilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414743" id="-2414743">Er-xotindan biri doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketgan va uning sud majlisiga kelish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq taraflarni xabardor qilish choralarini koʻradi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200822" id="edi-4200822"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414744">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200822" id="-4200822"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200828" id="-4200828">15. Sudlarga tushuntirilsinki, Oila kodeksi 1-moddasining ikkinchi qismi talabiga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar koʻrishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrilishini keyinga qoldirishga va Oila kodeksi 40-moddasining <a href="/mact/-104720#-158842">ikkinchi qismiga </a>muvofiq er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-159829">218-moddasi </a>talablarini inobatga olgan holda yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam boʻlishi samarasiz hisoblanadi. Er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning koʻrilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200830" id="-4200830">Ishning koʻrilishi koʻrsatilgan asos boʻyicha keyinga qoldirilganda, sud Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-159266">112-moddasi </a>va FPK <a href="/mact/-3517337#-3522129">187-moddasiga </a>muvofiq bolalar taʼminoti uchun aliment undirish masalasini muhokama qilishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200831" id="-4200831">Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 40-moddasining uchinchi qismiga asosan er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlangan taqdirda, sud uch kundan kechiktirmasdan er-xotinning birgalikdagi yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, ularning har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini yozma ravishda (taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon raqamlari koʻrsatilgan tegishli xat bilan) xabardor qilishi lozim. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406786" id="edi-6406786"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=30.11.2018 00#-4200832">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406786" id="-6406786"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406787" id="-6406787">Ayni vaqtda, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan tegishli fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasiga yuborilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406793" id="-6406793">(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6403087">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200842" id="-4200842">Er-xotinga yarashish uchun muhlat berilishi munosabati bilan ishning koʻrilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi taraflarning tushuntirishlari tinglangandan soʻng, zarur hollarda esa, boshqa dalillar tekshirilganidan soʻng alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi sababli uning ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas (FPK <a href="/mact/-3517337#-3525900">400-moddasi</a>). </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7618108" id="edi-7618108"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=30.11.2018 00#-4200843">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7618108" id="-7618108"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618109" id="-7618109">Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga koʻra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar mavjud boʻlgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar koʻrishga haqli. Agar arizada shaxsning oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganligi asos sifatida koʻrsatilib, bu haqda sud hujjati taqdim etilsa, sud yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartiradi va ishni koʻrishga tayinlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618110" id="-7618110">Yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yoʻli bilan hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7618111" id="-7618111">(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 15-sonli <a href="/mact/-7615148?ONDATE=23.06.2025 00#-7615159">qaroriga </a>asosan oltinchi va yettinchi xatboshilari bilan almashtirilgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7618113" id="edi-7618113"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-7618112">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7618113" id="-7618113"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618114" id="-7618114">15<sup>1</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 40-moddasining <a href="/mact/-104720#-7475247">toʻrtinchi qismiga </a>koʻra, sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618115" id="-7618115">Nikoh erkak va ayolning oʻzaro birgalikda yashash va oila qurishga qaratilgan ittifoqi hisoblanishi sababli oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holati faqatgina er yoki xotin tomonidan sodir etilgan boʻlishi lozimligi eʼtiborga olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618117" id="-7618117">Bunda oilaning boshqa aʼzolari tomonidan zoʻravonlikka yoʻl qoʻyilganligi yarashish uchun muhlat tayinlamaslikka asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618118" id="-7618118">Yarashish uchun muhlat tayinlamasdan nikohdan ajratish haqidagi talab oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxsning daʼvo arizasida, shuningdek sud muhokamasi davomida taqdim etilgan yozma arizasida koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618119" id="-7618119">Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik deb — Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/mact/-97664#-6437241">59<sup>2</sup>-moddasi</a> va Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-6438712">126<sup>1</sup>-moddasida</a> nazarda tutilgan qilmishlar tushunilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618120" id="-7618120">Shaxsning oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganligi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishi boʻyicha chiqarilgan sud hujjati bilan tasdiqlanishi bois, sud bunday holatni tekshirishda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoiy qilmish yuzasidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi hamda uni talab qilib olishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618123" id="-7618123">Muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/mact/-97664#-6437241">59<sup>2</sup>-moddasi</a> va Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-6438712">126<sup>1</sup>-moddasida</a> nazarda tutilgan qilmish sodir etilgandan soʻng taraflar oilaviy munosabatlarni davom ettirib, keyinchalik ulardan biri sudga nikohdan ajratish haqidagi daʼvo ariza bilan murojaat qilgan va oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan taraf muddat tayinlamasdan nikohdan ajratish talabini ilgari surgan boʻlsa, sud er-xotin birga yashagan davrida zoʻravonlik holati qayta sodir boʻlgan yoki boʻlmaganligini tekshirishi va bu holatga boshqa dalillar majmui bilan baho berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7618125" id="-7618125">Tushuntirilsinki, arz qiluvchiga himoya orderi berilganligining oʻzi taraflarga yarashish uchun muhlat bermaslikka asos boʻlmaydi. Bunda, sudlarning eʼtibori himoya orderining mavjudligi oila barbod boʻlgan deb hisoblash uchun yetarli asos boʻlmasligi va mazkur holatga ham ishdagi boshqa dalillar majmui bilan birgalikda baho berilishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7618131" id="-7618131">(15<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 15-sonli <a href="/mact/-7615148?ONDATE=23.06.2025 00#-7615162">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414750" id="-2414750">16. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yoʻqligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim (OK <a href="/mact/-104720#-158843">41-moddasi</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414751" id="-2414751">Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga koʻra er-xotin oʻrtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos boʻla olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414752" id="-2414752">Nikohdan ajratishga asoslar boʻlmaganda, sud daʼvoni rad etadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414753" id="-2414753"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200894" id="edi-4200894"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-4200854">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200894" id="-4200894"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200897" id="-4200897">17. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo rad etilgan taqdirda, mazkur daʼvo bilan birga berilgan boshqa talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilishi lozim (FPK <a href="/mact/-3517337#-3522346">198-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200898" id="-4200898">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124987">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414754" id="-2414754">Agar daʼvogar nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvodan voz kechsa, ishning shu qismi ish yuritishdan tugatilishi, er yoki xotinning mazkur daʼvo bilan birga bergan boshqa talablari esa, mazmunan koʻrilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414755" id="-2414755">18. Sudlarga tushuntirilsinki, aynan oʻsha taraflar tomonidan aynan oʻsha asoslar boʻyicha nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi takroriy daʼvo arizasi sudning ish yurituviga bunday daʼvoni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori yoki daʼvogarning daʼvodan voz kechganligi yoxud taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, kamida olti oy oʻtgandan soʻng qabul qilinishi mumkin. Bunday daʼvo yangi asoslarga koʻra taqdim etilganda, takroriy daʼvo arizasi mazkur muddatga rioya qilinmasdan berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414756" id="-2414756">19. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan bir vaqtda er-xotin oʻrtasidagi umumiy mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi nizoni koʻrishda, sudlar bunday nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilish-qilmasligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414757" id="-2414757">Agar nizo uchinchi shaxslar huquqlariga daxl qilsa (masalan, mol-mulk dehqon (fermer) xoʻjaligi mulki boʻlib, uning tarkibida er-xotin va ularning voyaga yetmagan bolalaridan tashqari boshqa aʼzolar ham boʻlsa) sud taraflarga ularning umumiy tartibda alohida daʼvo taqdim etish huquqlarini tushuntirishi lozim, chunki qonun (OK 44-moddasi <a href="/mact/-104720#-158870">uchinchi qismi</a>) bunday hollarda nikohdan ajratish va mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi talablarni bitta ish yurituvda hal etishga yoʻl qoʻymaydi. Bu qoida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari (AJ, MCHJ va h.k.) ustav fondi omonatlariga, shuningdek ishlab chiqarish va matlubot kooperativlari paylariga nisbatan huquq toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishga ham tatbiq etiladi. Bunday shirkatlar va jamiyatlar mulkini boʻlish masalalari fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414758" id="-2414758">Oila kodeksi 44-moddasi <a href="/mact/-104720#-158870">uchinchi qismida </a>nazarda tutilgan qoida er-xotin tomonidan banklar yoki boshqa kredit-moliya tashkilotlariga qoʻyilgan omonatlarni boʻlish hollariga (pul mablagʻlari er-xotindan qaysi birining nomiga qoʻyilganligidan qatʼi nazar) tatbiq etilmaydi, chunki bunday omonatlarni boʻlishda banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari huquqlariga daxl etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414759" id="-2414759">Agar er yoki xotinga uchinchi shaxslar pul mablagʻlari bergan va uni er yoki xotin oʻz nomiga bank yoki boshqa kredit-moliya tashkilotiga qoʻygan boʻlsa, <a href="/mact/-111189">FK</a> normalariga muvofiq uchinchi shaxslar pul summasini qaytarish toʻgʻrisida (omonatni boʻlish toʻgʻrisida emas) daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, u alohida ish yurituvda hal etilishi lozim. Dehqon (fermer) xoʻjaligi aʼzolarining va boshqa shaxslarning dehqon (fermer) xoʻjaligi aʼzosi boʻlgan er yoki xotinga nisbatan talablari ham shu tartibda hal etilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405002" id="edi-6405002"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414760">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405002" id="-6405002">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405004" id="edi-6405004"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414764">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405004" id="-6405004">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405006" id="edi-6405006"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414768">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405006" id="-6405006">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405008" id="edi-6405008"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414770">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405008" id="-6405008">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405010" id="edi-6405010"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414771">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405010" id="-6405010">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405012" id="edi-6405012"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414775">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405012" id="-6405012">(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405015" id="edi-6405015"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414777">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405015" id="-6405015">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405018" id="edi-6405018"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414779">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405018" id="-6405018">(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6405019" id="edi-6405019"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414780">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6405019" id="-6405019">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli <a href="/mact/-6402541?ONDATE=20.02.2023 00#-6402623">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200900" id="edi-4200900"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414781">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200900" id="-4200900"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200902" id="-4200902">29. Nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy va sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillarga asoslangan boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200903" id="-4200903">Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchilik sabablari, sudning oilani saqlab qolish imkoniyati borligi yoki uning uzil-kesil barham topganligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asos boʻlgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalillarni rad etish uchun asos boʻlgan vajlar, shuningdek sud qoʻllangan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200904" id="-4200904">Nikohdan ajratish haqidagi daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200906" id="-4200906">taraflarning barcha talablari boʻyicha, shu jumladan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo bilan birgalikda koʻrish uchun birlashtirilgan talablari boʻyicha ham sud xulosalarini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200907" id="-4200907">fuqarolik holatlarini qayd etish daftarida nikohdan ajratishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (nikoh qayd qilingan sana, dalolatnoma yozuvining raqami, nikohni qayd qilgan organning nomi); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200908" id="-4200908">nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq er-xotinning familiyalari (nikohga kirish vaqtida familiya oʻzgartirilgan boʻlsa, nikohgacha boʻlgan familiya ham); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200909" id="-4200909">er-xotinning har biridan undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori haqida koʻrsatma (davlat boji miqdorini belgilashda sud ulardan har birining moddiy ahvolini, oilaning buzilishida aybi darajasini va boshqa holatlarni, jumladan voyaga yetmagan bolalar er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200910" id="-4200910">mol-mulk qiymati ― er-xotindan biriga mol-mulk asl holida berilganda.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200914" id="-4200914">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4124989">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414789" id="-2414789">30. Sudlarga tushuntirilsinki, nikohga kirish vaqtida oʻz familiyasini oʻzgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli. Biroq, uning xohishiga binoan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilayotganda sud tomonidan unga nikohgacha boʻlgan familiyasi qaytarilishi mumkin. Agar mazkur masala sud tomonidan qaror chiqarish paytida hal qilinmagan boʻlsa, familiyani oʻzgartirish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi (OK <a href="/mact/-104720#-159837">220-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414790" id="-2414790">31. Nikohdan ajratishni rad etganda, shuningdek ish yuritish tugatilgan barcha hollarda, sud daʼvogarning arizasiga koʻra unga nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414791" id="-2414791">32. Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-1682874">47-moddasiga</a> muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414792" id="-2414792">Mazkur qoida nikoh tugatilishi payti qonunga koʻra sudning hal qiluv qarori kuchga kirgan paytdan boshlanishi tan olingan (1998-yil 30-apreldan 2010-yil 15-sentabrgacha) davrga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414793" id="-2414793">33. Sudlarga tushuntirilsinki, OK 50-moddasining <a href="/mact/-104720#-158904">birinchi qismiga</a> muvofiq nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200915" id="edi-4200915"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414794">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200915" id="-4200915"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200916" id="-4200916">Nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda, sudya nikohning haqiqiyligi qanday asos boʻyicha nizolashilayotganligini va daʼvogar OK <a href="/mact/104720#158909">51 — 54-moddalariga </a>koʻra aynan daʼvo arizasida koʻrsatilgan asos boʻyicha nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi masalani qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasiga kirish-kirmasligini aniqlashi lozim. Agar arizachi bunday shaxslar doirasiga kirmasa, sudya uning daʼvo arizasini qabul qilishni FPK 194-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-3517337#-3522262">1-bandiga </a>asosan rad etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200926" id="-4200926">(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4125005">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414795" id="-2414795">34. Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158898">49-moddasida </a>koʻrsatilgan nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirib talqin etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414796" id="-2414796">Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158625">14 — 16-moddalarida </a>belgilangan shartlar buzilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414797" id="-2414797">soxta nikoh tuzilishi, yaʼni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini koʻzlamay nikoh qayd qildirsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414798" id="-2414798">nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV/OITS kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirsa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414799" id="-2414799">Jumladan, agar nikohni tuzish vaqtida shaxs oʻz harakati mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi natijasida nikohga kirishga nisbatan oʻzining haqiqiy roziligini bermaganligi aniqlansa, nikoh OK <a href="/mact/-104720#-158625">14-moddasida </a>nazarda tutilgan shartlar buzilgan degan asos bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414800" id="-2414800">Shuni nazarda tutish lozimki, soxta nikoh tuzgan shaxslar ish sud tomonidan koʻrilgunga qadar amalda oila qurgan boʻlsalar, bunday nikoh er-xotin huquqlarini qoʻriqlash maqsadida soxta deb topilishi mumkin emas.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414801" id="-2414801"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4200928" id="edi-4200928"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-4200927">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4200928" id="-4200928"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4200929" id="-4200929">35. Agar nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo nikohdan sud tartibida ajratilgandan soʻng berilgan boʻlsa, sudya daʼvo arizasini qabul qilishni u sudda koʻrishga tegishli emasligi sababli rad etadi (FPK 194-moddasi birinchi qismining <a href="/mact/-3517337#-3522262">1-bandi</a>). Bunday daʼvo faqat nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi belgilangan tartibda bekor qilingan holda koʻrilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4200930" id="-4200930">(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/mact/-4120363#-4125006">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414802" id="-2414802">Agar nikohdan FHDY organlarida ajratilgan boʻlib, keyinchalik nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talablar qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talablarni bir vaqtning oʻzida koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414803" id="-2414803">36. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sudlar oilaning buzilishi sabablarini aniqlashlari va oila buzilishida aybdor boʻlgan er-xotin va boshqa shaxslarning nomunosib xulq-atvorlaridan dalolat beruvchi faktlarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5571127" id="edi-5571127"><a href="/mact/-2414114?ONDATE=30.11.2018 00#-4200931">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5571127" id="-5571127"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5571130" id="-5571130">37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari nikohdan ajratishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5571133" id="-5571133">(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli <a href="/mact/-5437823?ONDATE=20.04.2021 00#-5437914">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414805" id="-2414805">38. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 22-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1446902?ONDATE=11.09.1998 00#-1447222">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2414806" id="-2414806">Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2414807" id="-2414807">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2414808" id="-2414808">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2414809" id="-2414809">2011-yil 20-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2414810" id="-2414810">06-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
