1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.18.00 Xalq maslahatchilari;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SUD DEPARTAMENTINING SUD QARORLARINI IJRO ETISh, MODDIY-TEXNIKA JIHATIDAN VA MOLIYAVIY TA’MINLASh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlari jarayonida qabul qilingan sud qarorlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan sud ijrochilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Departament (keyingi o‘rinlarda — Sud departamenti)ning faoliyatini takomillashtirish va javobgarligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qarorini ijro etish yuzasidan sud ijrosi tizimini tashkiliy va tuzilmaviy jihatdan o‘zgartish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.
Sud departamentining tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi, uning tarkibida undiruvlarning turlari bo‘yicha: xo‘jalik sudlari; umumiy yurisdiksiya sudlari; soliq, bojxona va boshqa organlar qarorlarini ijro etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘limlar tashkil etildi. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi, statistika va tahlil bo‘limi tashkil etildi, hududiy bo‘linmalar tuzilmasiga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi, sud ijrochisi lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish tartibi joriy etildi.
Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida sud ijrochilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Ushbu sohadagi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida oliy yuridik ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga “Ijro ishi yurituvi” mustaqil fani kiritildi.
Oshkoralikni ta’minlash, suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida xatlangan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni birjalarda ochiq kimoshdi savdolari orqali sotishning yangi tartibi, ushbu mol-mulk sotuvini amalga oshiruvchi baholovchilarni va savdo tashkilotlarini tanlov asosida saralab olish mexanizmi joriy qilindi.
Biroq, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Adliya vazirligi va Sud departamentining faoliyati sud qarorlarini o‘z vaqtida va to‘liq ijro etish bo‘yicha belgilangan talablarga lozim darajada javob bermaydi, ishni tashkil etishda jiddiy kamchiliklar mavjud, ijro intizomi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmagan, korrupsiya va ta’magirlik holatlariga lozim darajada baho berilmayapti.
Natijada joriy yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha qoldiq sifatida ijro hujjatlarining umumiy summasi 228,1 mlrd. so‘mlik 246 ming (19,4%) donani, muddati buzilib ijro qilinganlari esa — 238,4 dona yoki 24,6%ni tashkil etdi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish uchun mo‘ljallangan yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish jarayoni kechiktirilmoqda, bu esa ushbu sohadagi hisobga olish va nazorat qilish samaradorligida namoyon bo‘lmoqda.
Sud qarorlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarni moddiy javobgarlikka tortishning ta’sirchan huquqiy mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi sababli ixtiyoriy ravishda ijro qilish ko‘rsatkichlari eng past darajada bo‘lib qolmoqda.
Sud ijrochilari bo‘limlarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash qoniqarsiz darajada bo‘lib qolmoqda. Sud departamenti bo‘linmalarining 143 tasi yoki 67 foizi ma’muriy binolari kapital va joriy ta’mirlashga muhtoj, hududiy bo‘linmalarning 16 tasi yoki 7,5 foiz ma’muriy binolari esa ijaraga olingan binolarda joylashgan. Bularning barchasi sud qarorlarini majburiy ijro etish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sud qarorlarini so‘zsiz ijro etishni ta’minlovchi ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish, sud ijrochilari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek Sud departamentining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan vazifalarni ijro etish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda majburiy ijro etish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilsin va ikki oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga majburiy ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish, shuningdek sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash va to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun hujjati loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
ijro intizomini mustahkamlash va tarkibiy tuzilmalar faoliyatini samarali tashkil etish ustidan tizimli tahlil va nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan holda Sud departamenti tarkibida Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasini tuzsin;
Sud departamenti xodimlari o‘rtasida tashkiliy-kadrlar ishlarini tubdan yaxshilash, qonuniylik va intizomni mustahkamlash, profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
3. 2007-yil 1-dekabrdan davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi bo‘yicha harakatlarning bajarilishi uchun ijro yig‘imi joriy etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Belgilab qo‘yilsinki, ijro yig‘imi qarzdordan ixtiyoriy ijro etish muddati tugaganidan keyin quyidagi miqdorlarda undiriladi:
mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda — undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
nomulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan 10 baravari miqdorida.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
4. Belgilansinki:
budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha, shuningdek aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ijro yig‘imi undirilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Sud departamentining moddiy-texnika jihatidan bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2007—2010-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini (YaAKT) yaratish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi; Sud departamentida axborotni yig‘ish va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi; Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratishga ketadigan prognoz xarajatlari 3—5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatilgan dasturlarni amalga oshirish Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
7. Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish uchun olib kiriladigan jihozlar va dasturiy ta’minot bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 6-ilovaga muvofiq ozod etilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 1-noyabr,
PQ-722-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ijro yig‘imi mablag‘larini undirish, o‘tkazish va foydalanish tartibini belgilab beradi.
2. Mazkur Nizomda mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablag‘larini to‘lashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
Mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari deyilganda qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
3. Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatini majburiy ijro etish choralari qo‘llanilganda qarzdordan quyidagi miqdorlarda ijro yig‘imi undiriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda — undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda. Mulkiy xarakterdagi ijro hujjatini ijro etishda undiruvchiga belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk berilsa, ijro yig‘imi summasi ushbu mulk qiymatidan belgilanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4. Ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugaganidan keyingi kunda davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qaror ijro yig‘imini undirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq alohida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilmasdan majburiy ijro etilishi lozim.
5. Ijro yig‘imi qarzdordan ijro hujjatida ko‘rsatilgan undiruv summasiga qo‘shimcha ravishda undiriladi. Bunda, undiruv:
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — qarzdordan undirilgan pul summasi yoxud undiruvchiga topshirilgan, qonunda belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk qiymatiga mutanosib ravishda;
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — majburiy ijro etish bo‘yicha choralar qo‘llashni boshlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi. Bunda, mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari, shuningdek mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.
budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni undirish. Bunda, tashkilotning budjet tashkiloti deb topilishini tasdiqlovchi hujjat qarzdor tomonidan davlat ijrochisiga taqdim qilinadigan mazkur tashkilotning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olgan tegishli moliya organining xati hisoblanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
davriy to‘lovlarni (aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi va boshqa ishlar bo‘yicha) undirish bo‘yicha.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52 va 69-moddalariga muvofiq ijro yig‘imi undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan pul summasidan, shuningdek mol-mulklardan undirilmaydi.
7. Ijro yig‘imi undirish to‘g‘risidagi qarorlarning hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
16. Ijro yig‘imini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori yoki boshqa organ qarorining yoxud qonun bo‘yicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;
qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining o‘zgartirilishi, agar ushbu o‘zgartirish natijasida to‘langan ijro yig‘imi miqdorini qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘lsa;
qarzdor yoki ijro yig‘imi undirilgan boshqa shaxsning arizasiga yoxud davlat ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yig‘imi miqdorini noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligi;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
sud hujjatlariga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda;
Ijro yig‘imini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.
17. Undirilgan ijro yig‘imi miqdorini qaytarish uchun ijro yig‘imini to‘lagan shaxs majburiy ijro harakati kim tomonidan amalga oshirilganidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
sud qarori yoki boshqa organ qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqidagi hujjatning tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi mazkur Nizom 16-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro yig‘imi miqdori noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjati yoki boshqa hujjat — ijro yig‘imi mazkur Nizom 16-bandining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha qaytarilganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi mazkur Nizomning 16-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda.
18. Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi yoki markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ariza berilgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzog‘i bilan ikki kun ichida qaytarish uchun Majburiy ijro byurosi markaziy apparatiga yuboriladi. Ijro yig‘imini qaytarish qaror olingan kundan boshlab besh bank kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
19. Ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
V. Ijro yig‘imi mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish
20. Ijro yig‘imi mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olish Jamg‘arma uchun belgilab qo‘yilgan tartibda Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan olib boriladi.
21. Ijro yig‘imi mablag‘lari to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqsimlanishini, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 102-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Sud departamentining moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2007—2010-yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar
dasturi
T/r
Tadbirning nomi
Xarajatlarning hisob summasi (mln. so‘m)
Ajratiladigan mablag‘ni o‘zlashtirish hajmi va muddati
Mas’ul ijrochilar
1.
Sud departamentining hududiy bo‘linmalari uchun xonalar yoki alohida binolar ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish
5256,0
2008-y. — 516,2 mln. so‘m 2009-y. — 2369,9 mln. so‘m 2010-y. — 2369,9 mln. so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari, Adliya vazirligi, Sud departamenti
2.
Sud departamentining markaziy apparati uchun bino sotib olish
800,0
2007-yil yakuniga qadar
Sud departamenti
3.
Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish
2660
2008-yil yakuniga qadar
Adliya vazirligi, Sud departamenti, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4.
Sud departamentining hududiy bo‘linmalarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar, seyflar) bilan ta’minlash
562,0
2007-yil IV chorak
Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari
5.
Sud departamentining hududiy bo‘linmalarini orgtexnika (shaxsiy kompyuterlar, fakslar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, telefon apparatlar) bilan ta’minlash
1549,2
2008-y. — 774, 6 mln. so‘m 2009-y. — 774,6 mln. so‘m
Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari
6.
Sud departamentining hududiy bo‘linmalari uchun avtotransport sotib olish
1773,6
2008-y. — 1000,0 mln. so‘m 2009-y. — 773,6 mln. so‘m
Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari
Jami mablag‘lar
12600,8
Izoh: xarajat miqdori hisob-kitob bo‘yichadir va bozor konyunkturasi hamda haqiqiy xarajatlarga qarab o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Sud departamentida yagona axborot-kompyuter tizimini yaratish bo‘yicha tashkiliy choralar
dasturi
T/r
Tadbirning nomi
Amalga oshirishning shakli va mexanizmi
Ijro muddati
Mas’ul ijrochilar
1.
YaAKT Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Konsepsiya
2007-yil noyabr
Adliya vazirligi
2.
YaAKT loyihalashtirish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash
Loyihalashtirish uchun topshiriq
2007-yil noyabr
Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
3.
YaAKT yaratishning dastlabki texnik-iqtisodiy hisobini (TIH) ishlab chiqish va tasdiqlash
Dastlabki TIH
2008-yil yanvar-fevral
Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4.
Asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni va ishlarni bajaruvchilarni aniqlash
Tenderga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, tender komissiyasi bayonnomasini rasmiylashtirish
2008-yil yanvar-fevral
Adliya vazirligi, tender komissiyasi
Shartnomalar tuzish va ularni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish
2008-yil mart
Adliya vazirligi, tender g‘olibi
5.
YaAKT yaratishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqish va tasdiqlash
TIH
2008-yil mart-may
Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, tender g‘olibi
6.
Asbob-uskunalarni yetkazish va ishlarni bajarish
Reja-jadval
2008-yil mart-sentyabr
Tender g‘olibi
7.
Sud departamentining ijro ish yurituvi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash va yuborish uchun ishlatiladigan shifrlash kalitlari va elektron-raqamli imzolar sertifikatlarini tayyorlash va ta’minlash
Reja-jadval
2008-yil may-iyun
Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
8.
Foydalanuvchilarni o‘qitish
Reja-jadval
2008-yil sentyabr-noyabr
Adliya vazirligi, tender g‘olibi
9.
Tajribali foydalanish (testdan o‘tkazish)
2008-yil oktyabr-noyabr
Adliya vazirligi, tender g‘olibi
10.
YaAKTni foydalanishga kiritish
2009-yil yanvar-fevral
Adliya vazirligi, tender g‘olibi
11.
Dastur va apparat ta’minotini kuzatish
2010-yil yakuniga qadar
Adliya vazirligi, tender g‘olibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 4-ILOVA
Sud departamentida axborotni yig‘ish va ishlash bo‘yicha tashkiliy- funksional sxemasi
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 5-ILOVA
Sud departamentining yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish bo‘yicha xarajatlar prognozi*
Bir marotabalik xarajatlar
ming so‘m
T/r
Nomi
Bahosi
1.
Server uskunalari: — Asosiy server va zaxira server (jami 2 komplekt) — Operatsiya tizimining dastur ta’minoti va SUBD
493 040,00
2.
Tizimning ishlashi uchun dastur mahsuloti: — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License, 4 ta litsenziya — BM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License SW Maintenance Renewal, 8 ta litsenziya
184 890,00
3.
Ishchilar o‘rni uchun uskunalar: — Shaxsiy kompyuterlar (minimal konfiguratsiya bilan: Celeron 2.93, I915, RAM 512, HDD 80Gb, CRT 17”, CD ROM), 700 dona — Printer – ko‘p funksiyali qurilma, 700 dona — Uzluksiz ta’minot manbai, 700 dona
736 624,0
4.
Energiya ta’minoti: — IBP (60 KVA) — Dizel-generator
359 919,2
5.
YaAKT amaliy dastur ta’minotini ishlab chiqish (PO IBM WebSphere asosida)
295 824,0
6.
Telekommunikatsiya va aloqa vositalariga bir marotabalik to‘lov hisobida 984,8 ming so‘m (bir bino uchun 1ta ulanish, jami 214 bino)
209 809,5
7.
LVSni montaj qilish (bir binoga o‘rtacha 7 ta LVS joy hisobida, jami 214 bino)
279 900,0
8.
Elektron identifikator ruToken (USB-kalit) soni 1270 dona 49,3 ming so‘mdan
62 616,0
Jami
2 622 622,7
Davriy xarajatlar
T/r
Nomi
Bir yillik bahosi
1.
Server uskunalarini texnik qo‘llash
3 yil davomida talab qilmaydi
2.
Dastur mahsulotlarini litsenziyalash
1 yil davomida talab qilmaydi
3.
Hisoblash texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish
1 yil davomida talab qilmaydi
4.
Dizel-generatorlariga texnik xizmat ko‘rsatish
1 yil davomida talab qilmaydi
5.
Amaliy dastur ta’minotini axborot kuzatuvi
1 yil davomida talab qilmaydi
6.
Aloqa kanallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi
37 323,1
JAMI tizimning birinchi yilda ishlatilgani uchun
37 323,1
* Hisoblar loyihaoldi o‘rganishlar asosida tuzilgan. Xarajatlarga YaAKTni yaratish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tender yakunlari bo‘yicha aniqlik kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 6-ILOVA
Sud departamentining yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish uchun olib kiriladigan jihozlar va dasturiy ta’minot ro‘yxati*
T/r
Jihoz nomi
1.
Server jihozi: — Asosiy server va zaxira server (jami 2 komplekt) — Operatsiya tizimining dasturiy ta’minoti va SUBD
2.
Tizimning faoliyat olib borishi uchun zarur dasturlar: — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License, 4 dona litsenziya — IBM WebSphere Application Server Network Deployment Processor License SW Maintenance Renewal, 8 dona litsenziya
3.
Ish o‘rinlari uchun jihozlar: — Shaxsiy kompyuterlar (eng oddiy konfiguratsiyasi bo‘yicha: Celeron 2.93, I915, RAM 512, HDD 80 Gb, CRT 17, CD ROM), 700 dona miqdorida — Printer — Ko‘p funksiyali qurilma, 700 dona miqdorida — Uzluksiz ishlovchi manba, 700 dona miqdorida
4.
Energiya ta’minoti: — IBP (60KVA) — Dizel-generator
5.
Telekommunikatsiya va aloqa vositalari (214 komplekt miqdorida)
6.
LVSni montaj qilish uchun asbob-uskunalar va materiallar (bir binoda o‘rtacha 7 joyda LVS joylashtirishni hisobga olgan holda, jami bo‘lib 214 bino uchun)
7.
Elektron identifikatorlar (USB-kalitlar) — 1270 komplekt miqdorida
* Jihozlar va dasturiy ta’minot ro‘yxati, shuningdek ularning alohida xususiyatlari Sud departamentining YaAKTni yaratish bo‘yicha tender natijalari bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 451-modda; 2010-y., 14-15-son, 102-modda, 44-45-son, 378-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda; 2017-y., 22-son, 425-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)