toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining UY-JOY KODEKSI
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. ASOSIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik
Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Agar uy-joy munosabatlari uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, yerga oid qonunchilik hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonunchilikning ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22, 23, 26, 27-moddalari, 39-moddaning birinchi qismi 6-bandi, 41-moddaning to‘rtinchi qismi, 55-moddasi, 62-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 60, 78-moddalari.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi masalalar bo‘yicha munosabatlarini tartibga soladi:
(2-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, o‘zgarishi hamda bekor bo‘lishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11 — 14, 17, 19 — 136-moddalari.
uy-joy fondini hisobga olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 20-moddasi.
uy-joy fondini saqlash, qarash va ta’mirlashni ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 5-moddasining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 6-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 16-moddasining ikkinchi qismi, 21, 24-moddalari, 49-moddasining ikkinchi qismi, 50-moddasining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 62 — 64, 83-moddalari, 86-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi, yettinchi xatboshilari, 96-moddasining birinchi qismi, 109-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 130-moddasining birinchi qismi, 126, 132, 134, 135, 137 va 139-moddalari.
fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 6-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari, 21-moddasi, 24-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va o‘zgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi xatboshilari, 28, 30, 31-moddalari, 96-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23, 26, 27-moddalari, 39-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 41-moddasining to‘rtinchi qismi, 55-moddasi, 62-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 39, 54-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy xo‘jaligi va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari bo‘yicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash tizimini tartibga soladi;
kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(5-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlash;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish;
o‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;
uy-joy fondini hisobga olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi.
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni berish)”, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 600-moddasining birinchi qismi, 601 — 603-moddalari.
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 600-moddasining ikkinchi qismi.
uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi.
aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 21-moddasining birinchi qismi.
fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;
(5-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash;
davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyni bronlashtirish)”.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(5-moddaning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasining ikkinchi qismi, 25-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, ikkinchi, uchinchi qismlari.
6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisi, 16-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
(6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasi uchinchi qismining birinchi, o‘n sakkizinchi xatboshilari.
2-bob. UY-JOY FONDI. TURAR JOY
7-modda. Uy-joy fondi
Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat bo‘lgan fond.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 9-moddasining birinchi qismi, 10-moddasi, 75-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi.
Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yo‘nalishidagi o‘zga ehtiyojlarga mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi.
8-modda. Uy-joy fondi turlari
Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.
Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq to‘langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);
(8-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan va ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.
(8-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II-bo‘limi (“Xususiy uy-joy fondi”), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182 — 187-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;
(8-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraviy uy-joy fondi;
(8-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.
(8-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning III-bo‘limi (“Davlat uy-joy fondi”), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 3-bandi.
9-modda. Turar joy, undan foydalanish maqsadi
Fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 83-moddasining ikkinchi qismi.
Ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda o‘tkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-iyundagi O‘RQ-36-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 225-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik to‘g‘risida”gi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshisi.
10-modda. Turar joylarning turlari
Turar joylarga quyidagilar kiradi:
uylar;
ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar;
boshqa imoratlardagi yashash uchun mo‘ljallangan xonalar va o‘zga turar joylar.
11-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy xususiy yoki davlat mulki bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o‘tishi mumkin.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182, 184, 185-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining birinchi qismi, 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga bo‘lgan mulk huquqining subyektlaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16, 39, 79, 168-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi muddatsiz bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o‘ziga tegishli turar joyga o‘z xohishi va manfaatlariga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-950-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasi, 207-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 127-sonli “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) bo‘lgan xususiy mulk miqdor, o‘lcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 207-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-950-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199, 200, 202 — 206-moddalari.
Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qo‘yilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199, 200, 202 — 206-moddalari.
12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining o‘zgarishi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga o‘tganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan bo‘lsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga o‘tkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo‘lib qoladi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50, 176, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
13-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, 111-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 210-moddasining birinchi qismi, 488-moddasining ikkinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi, 504-moddasining beshinchi qismi va 513-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida hujjat beradi yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozib qo‘yadi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustilan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
14-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o‘tishining xususiyatlari
Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining birinchi qismi, 488-moddasining ikkinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi, 504-moddasining beshinchi qismi, 513-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yo‘li bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining birinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning ro‘yxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari ko‘rsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 111-moddasi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 531-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 497-moddasining ikkinchi qismi.
Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 504-moddasining beshinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatga qarashli uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
(14-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarori.
Kooperativ uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari a’zolari pay badallarini to‘liq to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to‘lash yo‘li bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi kredit to‘liq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mulkiga o‘tkazilishi mumkin.
(14-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191, 502, 1120, 1157-moddalari.
Uyga, kvartiraga bo‘lgan meros tariqasida o‘tadigan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi (“Vorislik huquqi”).
15-modda. Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
16-modda. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish
Fuqarolar va yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart.
Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur ta’mirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash choralarini ko‘rishlari shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, 11-moddasining ikkinchi qismi.
Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilova (“Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxati”).
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga nosanoat yo‘nalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlarni, ofislarni qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
Oldingi tahrirga qarang.
161-modda. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bo‘lishi mumkin.
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 211-moddasi, 216-moddasining birinchi — uchinchi qismlari.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, joylarni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi, ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7, 9-bandlari.
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo‘ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
(161-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12, 13-bandlari.
17-modda. Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish
Oldingi tahrirga qarang.
Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega bo‘lgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haqlidirlar. Bu imoratlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish
Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga ko‘ra yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish
Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 9-bandi.
20-modda. Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish
Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida”gi qarori.
21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom.
II BO‘LIM. XUSUSIY UY-JOY FONDI
3-bob. UMUMIY QOIDALAR
22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari
Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yo‘llar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:
yakka tartibda uy-joy qurish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining birinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish;
uy-joy obligatsiyalarini olish;
uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96, 97, 99, 102-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi.
oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-bobining 1 (“Oldi-sotdi to‘g‘risida umumiy qoidalar”), 7-paragraflari (“Ko‘chmas mulkni sotish”), 30 (“Ayirboshlash”) va 31-boblari (“Hadya”).
umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-bobi (“Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish”).
meros olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi (“Vorislik huquqi”).
qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182, 187-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 556-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan o‘zlari va oila a’zolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda o‘zga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi.
Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 34-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”), 4-paragraflari (“Binolar va inshootlar ijarasi”), 35-bobi (“Uy-joy ijarasi”).
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
(23-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari
Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usulini tanlash huquqiga egadir.
Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, ularni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi shart.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori o‘ziga qarashli joyga ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta’minlashi shart.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari o‘ziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta’minlashi shart. Kvartira mulkdori yo‘qligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta’mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
25-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish
Uy, kvartira mulkdori o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 535, 538, 600-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, to‘lov haqi miqdori va boshqa shartlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 540 — 542, 544, 547, 553 — 556, 578, 600 — 616-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 574, 603-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 34-bobining 1 (“Umumiy qoidalar”), 4-paragraflari (“Binolar va inshootlar ijarasi”), 35-bobi (“Uy-joy ijarasi”).
26-modda. Turar joyni almashtirish
Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan vaqtincha bo‘lmagan oila a’zolarining yozma roziligiga binoan o‘zlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining a’zosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan a’zolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Mulkida uyi, kvartirasi bo‘lgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi a’zosi bilan almashtirishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 105, 115-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-bobi (“Ayirboshlash”).
27-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turar joy bilan ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati to‘liq hajmda to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 8-bandi.
Buzilayotgan uylar o‘rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 206-moddasining birinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bobi.
28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini o‘zlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va ko‘chirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bozor qiymatlari o‘rtasidagi farqlar to‘liq hajmda qoplanadi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti.
29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash
Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar o‘rni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zarar to‘laligicha qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-bobi.
30-modda. Buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarning ko‘chirilishi
Fuqarolar va yuridik shaxslarning xohishiga ko‘ra ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar hamda inshootlar ko‘chirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin.
Uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bobi.
31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish
Oldingi tahrirga qarang.
Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi bo‘yicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda ko‘chirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda berilayotgan va olib qo‘yilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bozor qiymatlari o‘rtasidagi farq pul bilan to‘liq hajmda qoplanadi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
4-bob. TURAR JOY MULKDORI OILA A’ZOLARINING, IJARAGA VA ARENDAGA OLUVCHILARNING TURAR JOYDAN FOYDALANISHI
32-modda. Mulkdor oila a’zolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
Uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164, 207-moddalari, 18-bobi (“Umumiy mulk”), O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 5 (“Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari”), 6 (“Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi”), 13-boblari (“Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari”).
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xo‘jalik yuritayotgan va uning turar joyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsalar, uning oila a’zosi deb topilishlari mumkin.
Mulkdorning voyaga yetmagan oila a’zolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining to‘rtinchi qismi.
Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki bo‘lmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega bo‘ladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 18-bobi (“Umumiy mulk”), O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24, 92-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda, sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri ko‘chirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki uyning tegishli qismi uchun ko‘chirilgan mulkdorga sud ishni ko‘rib chiqqan kundagi bozor bahosida pulini to‘lash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a’zosi o‘rtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. Turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.
(32-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-apreldagi O‘RQ-1053-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 03/25/1053/0317-son)
33-modda. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uydan, kvartiradan turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi o‘zi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira mulkdorining roziligidan qat’i nazar, voyaga yetmagan farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan bo‘lsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini ko‘chirib kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy, kvartiradagi turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila a’zolari ijaraga yoki arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ijaraga, arendaga oluvchining o‘zi bilan teng ravishda ega bo‘ladilar.
Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan ko‘chirib kiritish mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan o‘z oila a’zosi sifatida ko‘chirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar ko‘chirib kiritishda ular o‘rtasida boshqacha kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega bo‘ladilar.
Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchining (mulkdorning) roziligi bilan egallab turgan turar joyini almashtirishga haqlidir. Ijaraga beruvchi — fuqaroning rad javobi ustidan nizolashib bo‘lmaydi. Ijaraga beruvchi — yuridik shaxsning rad javobi ustidan sud tartibida nizolashish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 69 va 93-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”), 551, 552, 615-moddalari.
34-modda. Turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish haqi taraflar kelishuviga binoan shartnomada belgilanib qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544, 577, 611-moddalari.
III BO‘LIM. DAVLAT UY-JOY FONDI
5-bob. UMUMIY QOIDALAR
35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qo‘yiladi. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shartnomada ana shunday ko‘rsatmalar bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxslarni ko‘chirib kiritish fuqarolik qonunchiligida va ushbu Kodeksning 51-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 600, 601-moddalari.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi obyekti bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 602-moddasi.
Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bog‘langan xona (tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yo‘lak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil obyekti bo‘la olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi ko‘chmas mulkning yagona majmuiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir.
(35-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o‘rtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo‘lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114, 115, 603-moddalari.
Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan turar joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgarishiga yoki bekor bo‘lishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo‘lib qoladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 604-moddasi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
36-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddati
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining birinchi qismi.
Bir yilgacha muddatga tuzilgan turar joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalari qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining ikkinchi qismi.
Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining uchinchi qismi.
Ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi.
Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 612-moddasining to‘rtinchi qismi.
37-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasining ijaraga oluvchining holatini qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlari haqiqiy emas.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYLARNI BERISH
38-modda. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari
Fuqarolarni munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari, shuningdek turar joy berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
39-modda. Fuqarolarning turar joy olish huquqiga ega bo‘lish yoshi
Fuqarolar o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan nikoh tuzganlar, emansipatsiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipatsiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘ladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 28-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13, 15-moddalari.
40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar.
41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi
Oldingi tahrirga qarang.
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining o‘zi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 556-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarori.
42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 1060, 10.08.2001-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalarining ro‘yxati, qo‘shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(42-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 13-bandi.
43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga ko‘chib kirish
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlariga ko‘chib kirish uchun beriladi. Bunday ko‘chib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qat’i nazar, qo‘llanadi.
(43-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 14-bandi.
44-modda. Kvartirada bo‘shagan turar joyga ko‘chib kirish
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida bo‘lmagan va shu turar joyga tutash xona bo‘shab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak.
Agar kvartiradagi alohida xona bo‘shasa, u belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan bir necha ijaraga oluvchi bo‘lsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan ijaraga oluvchi bo‘shagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) bo‘shagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi.
45-modda. Turar joy hujjati (orderi)
Oldingi tahrirga qarang.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi fuqaroga berilgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjat (order) faqat bo‘sh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.
Order shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
46-modda. Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi
Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan turar joyga bo‘lgan huquqlari buzilganda, turar joy berish to‘g‘risidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 15-bandi, 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan ko‘chiriladi. Agar hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan bo‘lsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak.
Agar hujjat (order) boshqa asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari o‘zlari egallab turgan turar joy berilgan holda ko‘chiriladilar.
7-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDINING UYLARIDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH
48-modda. Ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanish
Ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart.
Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 615-moddasining uchinchi, beshinchi, oltinchi qismlari.
49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlari
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi bo‘sh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar ko‘rsatishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki ta’mirlanishini ta’minlashi shart.
(49-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 605-moddasi.
50-modda. Ijaraga oluvchining, uning oila a’zolarining hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila a’zolari va o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.
Ushbu Kodeks 32-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar turar joyni ijaraga oluvchining oila a’zolari deb tan olinadi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan maydonga ega bo‘lsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas.
Oila tarkibining o‘zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining o‘zgarishiga olib keladi.
Ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari to‘g‘risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar.
Ijaraga oluvchining sobiq oila a’zolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega bo‘lgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar:
ko‘p kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, o‘zga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi;
turar joylarning asralishini ta’minlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi;
avariya yuz bergan taqdirda, o‘zlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari kirishlarini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yong‘inga qarshi talablarni bajarishi;
(50-modda sakkizinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ijara shartnomasi bo‘yicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
(50-modda sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 607-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 16-bandi.
51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila a’zolari va boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritish huquqi
Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila a’zolarini, oilaning voyaga yetgan barcha a’zolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan a’zolarini ko‘chirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyga boshqa shaxslarni ko‘chirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga mo‘ljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolg‘iz ota-onalarni ko‘chirib kiritish hollari bundan mustasno.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.
Turar joyga ijaraga oluvchining oila a’zosi sifatida ko‘chib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular ko‘chib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida boshqacha kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, boshqa oila a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida ko‘chib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 608-moddasi.
52-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:
harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri mobaynida;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri mobaynida;
Oldingi tahrirga qarang.
ish sharoitlari va xususiyati bo‘yicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha jo‘nab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishning butun davri mobaynida;
(52-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramog‘ida bo‘ladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu xona bolalarning muassasada bo‘lishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramog‘idan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom bo‘lguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan jo‘nab ketilganda – ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;
davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga jo‘nab ketilganda – davolanishda bo‘lgan butun davr mobaynida;
qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda bo‘lishning yoki jazoni o‘tashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar ko‘rsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod bo‘lguncha yoki jazoni o‘tab kelguncha bo‘lgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Vaqtincha bo‘lmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib qoladi.
Agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra turar joyda olti oydan ortiq muddat bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 18-bandi.
53-modda. Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi
Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyi saqlanishi muddatlari ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining o‘zaro kelishuvi bilan qisqartirilishi mumkin emas.
54-modda. Fuqarolarni turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish
Fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
55-modda. Vaqtincha bo‘lmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila a’zolarining huquq va majburiyatlari
Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha bo‘lmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila a’zolari o‘zlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Vaqtincha bo‘lmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi.
56-modda. Ijaraga oluvchining o‘zi egallab turgan turar joy o‘rniga kichikrog‘ini olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega bo‘lsa, voyaga yetgan oila a’zolarining roziligiga binoan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni so‘rashi mumkin.
(56-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.
57-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan hamda o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolarining, o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga haqlidir. Ijaraga oluvchi o‘zi egallab turgan turar joyning bir qismini, vaqtincha ko‘chib ketayotganda esa — barchasini (uning foydalanish huquqi saqlanadigan butun davr uchun) ikkilamchi ijaraga topshirishi mumkin, bunda ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qoladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari.
Ijaraga oluvchining turar joyida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi asosida yashayotgan shaxslar ushbu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.
Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining to‘rtinchi qismi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda u bilan bir vaqtda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining beshinchi qismi.
Yangi muddatga shartnoma tuzishga bo‘lgan imtiyozli huquq to‘g‘risidagi qoida turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining oltinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi uylarda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(57-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydigan shart-sharoitlar
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:
agar ikkilamchi ijaraga oluvchining ko‘chib kirishi oqibatida har bir yashovchiga to‘g‘ri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining ikkinchi qismi.
agar unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan bo‘lsa;
ijaraga beruvchining roziligi bo‘lmasa;
ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bo‘lmasa;
turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda.
59-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi tomonidan to‘lanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining uchinchi qismi.
60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan so‘ng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham bo‘shatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko‘chiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko‘chiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko‘rsatilmay tuzilgan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart.
Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin.
61-modda. Vaqtincha yashovchilar
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘zaro kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining birinchi qismi.
Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining ikkinchi qismi.
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi, uning oila a’zosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida turar joyni bo‘shatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”) va IV bo‘limi (“Sudhujjatlarini qayta ko‘rish”).
Oldingi tahrirga qarang.
Bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonunchilik talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin.
(61-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.
62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi.
Ijaraga berilgan turar joyni kapital ta’mirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi.
Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, o‘zgartirishga, agar bunday qayta qurish va o‘zgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan o‘zgartirsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 610-moddasi.
63-modda. Uyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy kapital ta’mirlanayotganda, ta’mirlashni ijaraga oluvchini ko‘chirmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, ijaraga beruvchi ta’mirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital ta’mirlash o‘tkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga ko‘chib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning ko‘chib o‘tishini sud tartibida talab qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Kapital ta’mirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan bo‘lishi kerak.
Ijaraga oluvchini, uning oila a’zolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga ko‘chib o‘tishi va (ta’mirlash tugagach) ilgarigi joyiga qayta ko‘chib o‘tishi ta’mirlanishi kerak bo‘lgan turar joy tasarrufida bo‘lgan ijaraga beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijaraga oluvchi kapital ta’mirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital ta’mirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq to‘laydi.
Kapital ta’mirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish o‘rniga ijaraga oluvchiga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin.
Turar joy ta’mirlab bo‘lingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 21-bandi.
64-modda. Rekonstruksiya yoki kapital ta’mirlash natijasida uy-joy maydoni o‘lchami tubdan o‘zgargan taqdirda ijaraga oluvchiga boshqa turar joy berish
Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital ta’mirlash natijasida saqlab qolish mumkin bo‘lmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila a’zolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital ta’mirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak.
65-modda. Turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirish
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, o‘zgartirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bunga ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 610-moddasining uchinchi qismi.
Ijaraga beruvchining, ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish yoki o‘zgartirishni rad etishi bilan bog‘liq nizolar sud tartibida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy va yordamchi xonalarni ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan ijaraga oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirish man etiladi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 22-bandi.
66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382 — 384-moddalari.
Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi bo‘yicha shartnoma voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turar joydan ko‘chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuziladi.
Oila a’zosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining birinchi, beshinchi xatboshilari.
67-modda. Ijaraga oluvchi oila a’zosining talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining o‘zgartirilishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila a’zosi, agar oilaning boshqa a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi bo‘lsa hamda uning ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin bo‘lsa, o‘zi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir.
Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”).
68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining o‘zgartirilishi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda o‘zlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Turar joyni ijaraga oluvchi oila a’zolarining hamda o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini to‘lashi shart.
Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga ko‘chib o‘tganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi jo‘nab ketgan yoki ko‘chib o‘tgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi bo‘yicha:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, shuningdek u avariya holatida bo‘lsa;
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
(69-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini to‘lamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan to‘lov muddatini o‘tkazib ikki martadan ortiq to‘lamasa;
ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan bo‘lsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan bo‘lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmaganda turar joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382 — 384, 615-moddalari.
70-modda. Turar joydan ko‘chirish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan ko‘chirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71, 73, 74-moddalari.
Ko‘chirish sud tartibida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishni yuritish”).
Turar joylarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar.
Ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.
71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ko‘chirish
Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda ko‘chiriladi:
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo‘lsa;
turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa;
turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilayotgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilishi kerak bo‘lsa yoxud turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, ushbu turar joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan turar joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, ushbu turar joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa obod turar joy beradi.
(71-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni berish”).
Ko‘chirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu Kodeksning 9-moddasida belgilangan turar joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob berishi, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik bo‘lmasligi kerak.
Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan bo‘lsa, unga tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim.
Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, turar joy bir kishi hisobiga uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan hajmda, qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki uning oila a’zolariga – qo‘shimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.
Ko‘chirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini ko‘chirish to‘g‘risidagi sud qarorida, ma’muriy tartibda ko‘chirilayotganda esa, prokuror qarorida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 11-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
72-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran ko‘chib kirish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Milliy gvardiyasiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran ko‘chib kirish ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(72-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
73-modda. Boshqa obod turar joy bergan holda harbiy shaharchalardan ko‘chirish
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek ular bilan yashovchi shaxslar harbiy shaharchalardagi o‘zlari egallab turgan turar joydan boshqa obod turar joy berilgan holda ko‘chirilishlari mumkin. Harbiy tashkilotlar bilan aloqasini uzgan boshqa shaxslar ham harbiy shaharchalardan xuddi shu tartibda ko‘chiriladilar.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son,553 -modda)
74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan ko‘chirish
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan bo‘lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta’sir choralari natija bermagan bo‘lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy to‘lamagan bo‘lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to‘lov muddati o‘tganidan so‘ng ikki martadan ortiq to‘lanmagan holda ijaraga beruvchi yoki o‘zga manfaatdor shaxslarning talabi bo‘yicha aybdorlarni ko‘chirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganliklari uchun o‘z farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79, 80, 81-moddalari.
Birga yashash imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishi lozim bo‘lgan shaxslar o‘zlari egallab turgan turar joydan ko‘chirilish o‘rniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf ko‘rsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin.
Turar joyni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu Kodeks 70-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ko‘chiriladilar.
IV BO‘LIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISH, ULARDAN FOYDALANISH
8-bob. XIZMAT TURAR JOYLARINI BERISH VA ULARDAN FOYDALANISH
75-modda. Xizmat turar joylari
Xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan, mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarning ayrim toifalariga, shuningdek qonunchilikda belgilangan ro‘yxatdagi boshqa shaxslarga beriladigan turar joylar ham xizmat turar joylariga kiritilishi mumkin.
(75-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi.
Belgilangan tartibda oilaviy bolalar uyi tashkil etilganda tarbiyasiga olingan bolalar bilan birgalikda yashashi uchun tarbiyachi – ota-ona etib tayinlangan fuqarolarga xizmat uyi yoki xizmat kvartirasi beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar uylari to‘g‘risida”gi nizom.
Xizmat turar joylaridan o‘z maqsadida foydalaniladi.
Xizmat turar joylari mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga, saylab qo‘yiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 110-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi.
Xizmat turar joylarini berish tartibi, shuningdek ularni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar toifalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
76-modda. Ijara shartnomasini tuzish
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o‘rtasida tuziladi.
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 603-moddasi.
77-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish
Xizmat turar joylaridan foydalanish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish
Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda bekor bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155 — 170-moddalari.
Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi.
79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan ko‘chirish
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan ko‘chiriladilar.
(79-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni bo‘shatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko‘chiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 25-bandi.
80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan ko‘chirish
Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar ko‘chiriladilar:
I va II guruh nogironlari;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;
harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar;
tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
o‘zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolari;
voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg‘iz shaxslar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar joy beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 26-bandi.
9-bob. MAXSUS UYLARDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISH
81-modda. Maxsus uylar
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun mo‘ljallangandir.
(81-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yotoqxonalar;
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari;
nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar;
bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar.
82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish
Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki o‘qish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shug‘ullanishlari va dam olishlari uchun zarur bo‘lgan mebel, boshqa uy-ro‘zg‘or asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uylarni yotoqxonalarga o‘tkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(82-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
83-modda. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organning qarori bo‘yicha tashkil qilinishi mumkin. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylari ijaraga berish shartnomasi asosida fuqarolar egallab turgan turar joylar kapital ta’mirlanishi, rekonstruksiya, modernizatsiya qilinishi munosabati bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ularning vaqtincha yashab turishiga mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya, yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob berishi lozim.
(83-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vaqtinchalik uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga turar joyi kapital ta’mirlanishi lozim bo‘lgan, lekin unda yashab turgan fuqarolarni ko‘chirmasdan ta’mirlashning imkoni bo‘lmagan turar joyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi.
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
84-modda. Maxsus maqsadli uylardan turar joylar berish
Nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylardan, bolalar uylaridan hamda boshqa maxsus maqsadli uylardan, ularni tuzgan organ qaroriga binoan turar joylar beriladi.
85-modda. Maxsus uylardan ko‘chirish
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus uylardan ko‘chirish ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
(85-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat, xizmat munosabatlarini tugatgan fuqarolar, shuningdek o‘quv yurtlarida o‘qishni tamomlagan shaxslar ularga ishi, xizmati yoki o‘qishi munosabati bilan berilgan yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan ko‘chiriladilar.
Ushbu Kodeksning 80-moddasida qayd etib o‘tilgan fuqarolar boshqa turar joy bermasdan yotoqxonadan ko‘chirilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylaridan va boshqa maxsus uylardan ko‘chirish ushbu turar joy berilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilganligi (kapital ta’mirlash tugaganligi, boshqa turar joy berilganligi yoki olinganligi va hokazo) munosabati bilan, shuningdek ushbu Kodeksda va o‘zga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 27-bandi.
V BO‘LIM. TURAR JOY ARENDASI
86-modda. Turar joy arendasi shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin.
(86-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-313-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 108, 366-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(86-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
turar joy arendasining muddatlari;
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to‘lash muddatlari;
arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnoma muddati o‘tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi;
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari;
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;
taraflarning javobgarligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 89-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 555, 556-moddalari.
87-modda. Turar joyni arendaga berish
Arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart.
Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 541, 542-moddalari.
88-modda. Arendaga olingan turar joyni tasarruf etish
Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘lib qoladi.
Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 546-moddasi.
89-modda. Turar joyni keyinchalik sotib olish sharti bilan arendaga berish
Oldingi tahrirga qarang.
Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni to‘laligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 556-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, o‘zgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
90-modda. Turar joyning arenda haqi
Arenda haqini to‘lash tartibi, shartlari va muddatlari turar joy arendasi shartnomasida belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy arenda haqining miqdori taraflarning kelishuviga ko‘ra qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 544, 577-moddalari.
91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi o‘zgartishlar qilish, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati o‘tganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qoplanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 555-moddasi.
92-modda. Arendaga beruvchi o‘zgargan taqdirda turar joy arendasi shartnomasining saqlanib qolishi
Arendaga berilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqning o‘zga shaxsga o‘tishi arenda shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 549-moddasi.
93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining o‘zgarishi yoki bekor qilinishi asoslari
Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”).
Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ketma-ket ikki martadan ortiq to‘lanmayotgan bo‘lsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan ko‘chirilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
94-modda. Arenda shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining bekor bo‘lishi
Turar joy arendasi shartnomasining muddatidan ilgari bekor qilinishi, agar turar joy arendasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasining ham bekor bo‘lishiga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 550-moddasi.
Agar turar joy arendasi shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga binoan haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi ham haqiqiy emas deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafi (“Bitimlarning haqiqiy emasligi”).
95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash
Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati o‘tganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati o‘tgunga qadar bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma xuddi o‘sha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Turar joy arendasi shartnomasining muddati o‘tganidan keyin shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
VI BO‘LIM. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINING UYLARIDAGI TURAR JOYLAR
10-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARINI TASHKIL ETISH
96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari
Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o‘z mablag‘lari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yo‘li bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha a’zolari turar joylarning mulkdorlari bo‘lsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega bo‘ladilar.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi.
97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi
Fuqarolar o‘zlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi qismi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan o‘z pay badallari qismini to‘lagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning a’zosi deb tan olinadi.
Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini to‘lagan fuqarolar faoliyat ko‘rsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi bo‘lishlari mumkin.
98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi va davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
ariza;
umumiy (ta’sis) yig‘ilishning bayonnomasi;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(98-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi, shuningdek “kooperativ” so‘zi bo‘lishi kerak.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati to‘g‘risida;
(98-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(98-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
11-bob. UY-JOY QURISH VA UY-JOY KOOPERATIVLARI UYLARIDAN TURAR JOY OLISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosiga kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat bo‘lgan alohida kvartira beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi beradigan orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
(99-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng bo‘lgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi a’zolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin to‘lash huquqiga egadir.
100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir.
(100-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo‘lmagan a’zosi o‘zi bilan birga yashovchi, pay jamg‘armasiga bo‘lgan huquqi tan olingan oila a’zolarining, shu jumladan vaqtincha bo‘lmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo‘lgan boshqa a’zosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ a’zoligiga qabul qilingan bo‘lishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini to‘lash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.
(100-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining payga bo‘lgan huquqi
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos bo‘ladigan pay badaliga bo‘lgan huquqqa hamda pay badali hisobiga o‘zi to‘lagan summaga bo‘lgan mulk huquqiga egadir.
Payga bo‘lgan huquq bir necha shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan belgilanadi.
Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi bo‘lmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar.
102-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosida turar joyga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
Agar uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi o‘zi egallab turgan turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘ladi, paychining pay jamg‘armasi qismiga huquqi bo‘lgan oila a’zolari esa, pay badalining barcha summasi to‘langan kundan boshlab umumiy mulk huquqiga ega bo‘ladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi.
103-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni bo‘lish
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar o‘rtasida bo‘lishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Alohida bo‘lmagan turar joylarni qayta qurish yoki o‘zgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin bo‘lganda ham turar joylarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Turar joyni bo‘lish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zoligidan chiqarish
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi umumiy yig‘ilish qarori bo‘yicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos bo‘lgan bo‘lsa;
turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ a’zoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
(104-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan a’zo turar joydan ko‘chirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.
VII BO‘LIM. TURAR JOYDAN FOYDALANISH HUQUQI
12-bob. TURAR JOYNI ALMASHTIRISH VA AYIRBOSHLASH
105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti
Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti bo‘lishi mumkin:
bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy;
ijaraga oluvchi, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi, turar joy mulkdori ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda, xonaning qismi.
106-modda. Turar joyni almashtirish
Ijaraga oluvchilar, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zolari yoxud ularning oila a’zolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari o‘z ulushlariga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi yoxud ularning oila a’zolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida ko‘chib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila a’zosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida ko‘chib kirishlari kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 216-moddasining ikkinchi qismi.
Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o‘zaro o‘tkazish tarzida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(106-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar o‘rtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a’zolari o‘zlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila a’zolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 107, 108-moddalari.
Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 109 — 114-moddalari.
107-modda. Oila a’zolarining roziligi bo‘lmagan taqdirda turar joyni almashtirish
Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi.
Sud turar joyni majburan almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarganda turar joyga bo‘lgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida ushbu turar joydan foydalanishga bo‘lgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan bo‘lsa;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va uning oila a’zolarining pay jamg‘armasiga bo‘lgan huquqlari teng bo‘lmasa;
turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng bo‘lmasa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qaror 7-bandining birinchi xatboshisi.
108-modda. Homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish
Homiylikka yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida bo‘lgan turar joyni almashtirish uchun tegishli homiylik va vasiylik organining roziligi talab qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi.
Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
109-modda. Turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydigan shart-sharoitlar
Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan bo‘lsa;
jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish taqiqlab qo‘yilgan) bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi.
almashtirish soxta tusda bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 124-moddasi.
turar joy texnik nosoz holatda bo‘lib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan bo‘lsa;
turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki o‘zgartirish bilan kapital ta’mirlanishi lozim bo‘lsa;
almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida bo‘lsa;
joy xizmat turar joyi bo‘lsa yoki yotoqxonada bo‘lsa;
almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lib qolsalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
(109-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
(110-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar turar joylar turli aholi punktlarida bo‘lsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga ko‘ra) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, 497-moddasining ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
111-modda. Turar joylarni almashtirish to‘g‘risida ariza
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joylarni almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar.
(111-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joyga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi;
Oldingi tahrirga qarang.
(111-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi;
turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda bo‘lganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha bo‘lmagan a’zolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi;
homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi;
turar joyini kooperativ a’zosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining qaroridan ko‘chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi;
bitta kooperativ a’zolari o‘rtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi.
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi.
112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
(112-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.
Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining a’zosi turar joyga ko‘chib kirishining asoslari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan bo‘lsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(112-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 7-bandi.
113-modda. Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnomani ijro etish
Almashtirish bo‘yicha olingan turar joyga ko‘chib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila a’zolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilgani to‘g‘risida belgi qo‘yilgan hujjatlari ko‘rsatiladi. Hujjat (order) qat’iy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi.
Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish
Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa;
bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 112 — 128-moddalari.
Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qo‘yilishi mumkin.
Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga ko‘chib o‘tishlari kerak.
Turar joylarni almashtirish taraflardan birining g‘ayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart.
115-modda. Turar joyni ayirboshlash
Turar joy mulkdori o‘ziga tegishli turar joyni boshqa turar joyga yoki o‘zga mol-mulkka O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga binoan ayirboshlashga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 184-moddasining birinchi qismi, 224, 497 — 501-moddalari.
13-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYNI BRONLASHTIRISH
116-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarning saqlash guvohnomasini (bron) olish huquqi
Ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari va ular bilan doimiy yashayotgan fuqarolar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan turar joylarni chet elga ishga, o‘qishga ketganlarida – chet elda bo‘lgan butun vaqt mobaynida, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga jo‘nab ketganlarida – mehnat shartnomasi amal qilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirishga haqlidirlar.
Vaqtincha bo‘lmaganida turar joyga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar saqlash guvohnomasi (bron) berilishini talab qilishga haqlidirlar.
Saqlash guvohnomasi (bron) vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarga turar joyga bo‘lgan huquqining saqlanib qolganini tasdiqlovchi hujjatdir.
Saqlash guvohnomasi (bron) tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligi tomonidan beriladi.
Saqlash guvohnomasini (bronni) berishni rad etish ustidan sud tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish talabi kimga nisbatan bildirilgan bo‘lsa, shu shaxslarga nizo sud tartibida hal etilgunga qadar saqlash guvohnomasi (bron) berilmaydi.
Turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan turar joyni bronlashtirish, ular jo‘nab ketgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Agar turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar saqlash guvohnomasining (bronning) amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida turar joyni o‘zlariga qaytarib berilishini talab qilmasalar, turar joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining da’vosi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Turar joylarni bronlashtirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish to‘g‘risida ariza
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga bo‘lgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga bo‘lgan huquqi o‘zi bo‘lmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi.
Saqlash guvohnomasi (bron) berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joy hujjatining (orderining) nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(117-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan ma’lumotnoma;
saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi.
118-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) berish
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy uchun saqlash guvohnomasi (bron) fuqaroga ariza berilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida bir nusxada beriladi.
119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish
Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ko‘chirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir.
Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qat’i nazar, darhol bo‘shatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni bo‘shatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga ko‘ra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko‘chiriladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
120-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish
Saqlash guvohnomasi (bron) berilishiga asos bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlardagi vaqtincha bo‘lmaslik sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan hollarda saqlash guvohnomasi (bron) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
14-bob. TURAR JOYLARDAN UMRBOD FOYDALANISH HUQUQI
121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari
Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi:
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530-moddasi.
vasiyat qiluvchi turar joyga bo‘lgan xususiy mulk huquqi o‘tadigan merosxo‘r zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1132-moddasining yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari, 1133-moddasi.
122-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berilgan turar joydan foydalanish
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 512, 530 — 534-moddalari.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining predmeti bo‘lgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qo‘yilishi yoki belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish yoki qonun yo‘l qo‘yadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin.
123-modda. Vasiyat majburiyati bo‘yicha turar joydan foydalanish
Vasiyat qiluvchi turar joy o‘tadigan merosxo‘rga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada yozib qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1132-moddasining yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari, 1133-moddasi.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga o‘tganida ham umrbod foydalanish huquqi o‘z kuchida qoladi.
Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar o‘rtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII BO‘LIM. KO‘P KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYLAR VA YASHASH UCHUN MO‘LJALLANMAGAN JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI. UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATI
(VIII bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
124-modda. Turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqi
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va to‘siq konstruksiyalarni, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yerto‘lalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaxsga berishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
(124-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 211, 216, 219, 221-moddalari.
125-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.
Turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi yangi mulkdorga o‘tganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 217-moddasi.
126-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi o‘ziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda o‘z zimmasiga oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 211-moddasining ikkinchi qismi.
127-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”).
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaxslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
128-modda. Uy-joy mulkdorlarining shirkati
Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) ko‘p kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Shirkat turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(128-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IX BO‘LIM. TURAR JOYLAR HAQINI, UY-JOYNI SAQLASH XARAJATLARINI VA KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TO‘LASH
(IX bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha to‘lash
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga to‘lanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha to‘lanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashni ta’minlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi.
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi.
(129-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
130-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar haqini to‘lash
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun to‘lanadigan haq ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha uyga qarash, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun ketadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘lashi shart.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi.
131-modda. Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq olish tartibi
Yotoqxonalarda yashaganlik uchun haq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
132-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori o‘ziga qarashli turar joyni o‘z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashi kerak.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Mulkdorning ko‘p kvartirali uydagi o‘ziga qarashli turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to‘liq yoki qisman ozod qilmaydi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori o‘zining umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma bo‘yicha ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazishi mumkin, bunda haqning o‘z vaqtida to‘lanishi mas’uliyati turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni to‘lashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazilganligi haqida xabardor qilishi shart.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
133-modda. Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
(133-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o‘zlariga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to‘lovlar to‘laydi.
(133-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy obyektining manzili bo‘yicha doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonunchilikka va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi.
(133-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
(133-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash” metodikasi va “Kommunal xizmatlarga tariflarini shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha” nizom (ro‘yxat raqami 2198, 19.02.2011-y.).
Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 23-bandi.
134-modda. Ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Davlat uy-joy fondining ko‘p kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar to‘lash o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari mustasno.
(134-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshirilishi kerak.
(134-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko‘p kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi bo‘lsa, ularga penya miqdorlari bo‘yicha ushbu moddaning beshinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qo‘llaniladi.
(134-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish majburiy to‘lovlar uch oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda to‘xtatib turiladi, bundan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno.
(134-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi O‘RQ-1044-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq to‘lash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
(134-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi O‘RQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda majburiy to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
(134-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-500-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son)
135-modda. Uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash xarajatlarini qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(135-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari ro‘yxati”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-sonli “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2175, 30.12.2010-y.).
136-modda. Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini to‘lashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qo‘llab-quvvatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini to‘lashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qo‘llab-quvvatlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(136-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135-moddasiga berilgan sharh.
Oldingi tahrirga qarang.
X BO‘LIM. UY-JOY FONDINI SAQLASH
137-modda. Uy-joy fondini saqlash faoliyati
Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga xizmat ko‘rsatishga (tegishli texnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni ta’mirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi o‘z tasarrufida hamda balansida turgan davlat muassasalari va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(137-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron bo‘lgan uy-joy fondini tiklash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash uchun mablag‘larni jamlash (yig‘ish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
138-modda. Uy-joy fondini boshqarish
Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonunchilikka muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.
(138-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ko‘p kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
(138-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash shartnomalari
Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan bo‘lsa, ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir.
(139-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv amalga oshiriladigan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasi saqlanishini ta’minlash bo‘yicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari;
(139-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq to‘lash tartibi va miqdori;
(139-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
(139-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari ko‘p kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining o‘tgan yilgi bajarilishi to‘g‘risida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi.
(139-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir.
(139-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnoma (kontrakt)”.
XI BO‘LIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
140-modda. Uy-joyga oid nizolarni hal etish
Uy-joyga oid nizolar sud tartibida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustilan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 1-bandi, 1997-yil 2-maydagi 3-sonli “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi, 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 27-bandining birinchi, ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
141-modda. Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 157 — 163-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 4-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2006-y., 25-26-son, 225-modda; 2007-y., 1-2-son, 3-modda, 14-son, 132-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda, 2009-y., 52-son,553 -modda; 2011-y., 52-son, 556-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son; 09.04.2025-y., 03/25/1053/0317-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)