Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini yanada oshirib borish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchillik bilan bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish, shuningdek NNT tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda tartib- taomillarni takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida:
1. 2014-yilning 1-yanvaridan NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravar, ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori 2,5 baravar kamaytirilib, ularning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan NNTning alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari)ni, shu jumladan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish]
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlari adliya organlari tomonidan amaldagi normativ- huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganidek ikki oy muddat o‘rniga bir oy muddatda ko‘rib chiqilishi belgilansin.
Belgilansinki, yuridik shaxslar olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda ularni tugatish uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi qoidasi nodavlat notijorat tashkilotlariga joriy etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilsin, unda, xususan:
NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatga olish, tugatish, ularning ta’sis hujjatlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish, ular tomonidan soliq, statistika va ro‘yxatga oluvchi organlarga hisobotlar taqdim etilishining tartibini unifikatsiya qilish va soddalashtirishni;
katta ijtimoiy ahamiyatga molik dolzarb muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq, mintaqaviy va hududiy, avvalambor davlat NNTning faol qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan sohalardagi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan NNT o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari]
sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, bandlikni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda NNT ishtirokining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, mazkur sohalarning sotsial, ijtimoiy, gumanitar rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, takomillashtirish choralari ko‘rilishini nazarda tutsin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, “O‘zA” Milliy axborot agentligiga O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli hamda ahamiyatini oshirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni muntazam ravishda keng yoritilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
markazdagi hamda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash choralarini ko‘rsin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi N.M. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
PQ-2085-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-sonli qaroriga ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari, shuningdek ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar
MIQDORLARI
T/r
Nodavlat notijorat tashkilotining turi
Davlat boji stavkalari
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari
1.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari
bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari miqdorida
2.
Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
3.
Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
4.
Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdorlari
1.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
2.
Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
3.
Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 07/19/4473/3864-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 51-son, 660-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 07/19/4473/3864-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)