2-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
jabrlanuvchi — sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sugʻurta tovoni olish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi;
sugʻurta summasi — muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
(3-moddaning toʻqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi OʻRQ-794-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son — 2023-yil 20-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2015-yildagi 266-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 2-bandi.
4-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish boshlanguniga qadar, ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 2-bobi (“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi”).
Agar tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish yuzasidan belgilangan sugʻurta summasidan kam boʻlmagan miqdorda sugʻurtalangan boʻlsa, ularga nisbatan tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 3-bandining birinchi xatboshisi va 4-bandlari.
2-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi
5-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti va subyektlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chogʻdagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyektidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchi, sugʻurtalovchi, yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 5 va 6-bandlari.
6-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga koʻra, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini mazkur shartnoma boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tashuvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun tashuvchining yozma yoki elektron shakldagi arizasi asos boʻladi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchining zimmasida boʻladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(6-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son — 2018-yil 28-oktabrdan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Yoʻlovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha boʻlgan muddatga tuzilishi mumkin.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuniga asosan oltinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son — 2018-yil 28-oktabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
(6-modda yettinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
shartnomaning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
taraflarning huquq va majburiyatlari;
taraflarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin tugatish tartibi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
(6-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Tashuvchining sugʻurta hodisasi hisoblanmaydigan fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Quyidagilar oqibatida tashuvchi fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi ushbu Qonunga muvofiq sugʻurta hodisasi boʻlmaydi:
maʼnaviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash majburiyati yuzaga kelganligi;
nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga, sanʼat asarlariga, qoʻlyozmalarga, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa natijalariga, qimmatli qogʻozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi;
yoʻlovchining sugʻurta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida uning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 7-bandi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda yuzaga kelgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni tashuvchi tomonidan qoplanishi va (yoki) u ushbu zararni kompensatsiya qilishi kerak.
8-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilganda sugʻurtalovchi hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofoti tashuvchi tomonidan toʻlanganidan keyin unga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlgan sugʻurta polisini beradi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) qonunchilikka muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Sugʻurta polisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
sugʻurtalovchi toʻgʻrisidagi;
tashuvchining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi;
sugʻurtalovchining, uning barcha filiallarining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), ular bilan aloqa bogʻlash vositalari hamda ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davri haqidagi;
(8-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
tashuvchining transport vositasi (vagonlari) (turi, markasi, modeli, raqamli (tanituvchi) belgisi, ishlab chiqaruvchi zavod pasporti boʻyicha yoʻlovchi sigʻimi) toʻgʻrisidagi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining boshqa muhim shartlari haqidagi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son — 2018-yil 28-oktabrdan kuchga kiradi)
Sugʻurta polisining namunasi va uni tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
(8-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 13 va 14-bandlari, 4-ilovasi.
9-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 1-bandi, qoidalarning 28-bandi birinchi xatboshisi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (bundan buyon matnda sugʻurta tovoni deb yuritiladi) sugʻurtalovchi tomonidan toʻlansa, sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sugʻurta summasini tiklash uchun tashuvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sugʻurta mukofotini sugʻurtalovchining tegishli bildirishnomasi olinganidan keyin yetti ish kuni ichida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
10-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sugʻurta tariflarining tuzilishi va ularning sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 23-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflarining oʻzgarishi tashuvchi toʻlash sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga koʻra toʻlagan sugʻurta mukofoti miqdori tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati ichida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
11-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta summasini sugʻurta tarifiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti bir yoʻla toʻlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining bank hisobvaragʻiga kelib tushgan sana tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 21, 26-bandlari.
3-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash
Sugʻurta tovoni yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasi miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning VI-bobi (“Yoʻlovchining hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi”).
Sugʻurtalovchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan tashuvchining tashabbusiga yoki sugʻurtalovchining talabiga koʻra kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchining yuzaga kelgan barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlari oʻrnini hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi. Bunda sugʻurta tovonining va tashuvchi mazkur xarajatlarining umumiy summasi sugʻurta summasi miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta tovoni sud xarajatlarining, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarning oʻrnini qoplamaydi.
13-modda. Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda tashuvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan quyidagilarning aslini yoki koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda, sugʻurtalovchiga murojaat etadi:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabini oʻz ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasining;
zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning (vakolatli organning tashish chogʻidagi hodisa toʻgʻrisidagi xulosasi yoki qarori, tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotnoma yoxud yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);
yoʻlovchining mol-mulkiga zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning (bagaj pattasi — mavjud boʻlgan taqdirda; tashish chogʻida shikast yetkazilgan yoki yoʻqotilgan mol-mulkning taxminiy vazni koʻrsatilgan, yoʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan roʻyxati; yoʻqotilgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar — mavjud boʻlgan taqdirda va hokazo);
tashuvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qarorining;
agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa, yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarorining;
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning;
agar sugʻurta tovoni yoʻlovchining merosxoʻrlariga toʻlanishi kerak boʻlsa, meros huquqi olinganligini, shuningdek merosxoʻrlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning.
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 35-bandi.
Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori tashuvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay chiqarilishi hamda tashuvchiga xabar qilinishi kerak. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bevosita jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi.
Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu moddada belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda penya toʻlaydi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma yoki elektron shakldagi roziligiga koʻra oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurtalovchi tashuvchiga sugʻurta tovonini mazkur zararning oʻrnini qoplash tartibida tashuvchi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar tashuvchi tomonidan taqdim etilganidan keyin toʻlaydi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma yoki elektron shakldagi roziligisiz har qanday usulda qoplagan boʻlsa yoki yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni vaʼda qilgan boʻlsa, tashuvchining bu harakatlari sugʻurtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan olingan toʻlovlar sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlarini kamaytirmaydi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti bir vaqtning oʻzida ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha ham sugʻurtalangan boʻlsa, ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovoni majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash shartlaridan qatʼi nazar toʻlanadi.
Yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori toʻliq aniqlanguniga qadar, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq boʻlgan qismini tashuvchining arizasiga koʻra toʻlashga haqli.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yuzaga kelgan zararlari oʻrni, agar jabrlanuvchi yoki naf oluvchi mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida sudga zararlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan murojaat etgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning VII-bobi (“Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi”).
15-modda. Sugʻurtalovchining regress talabi qoʻyish huquqi
Sugʻurtalovchi tashuvchiga oʻzi toʻlagan sugʻurta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress talabi qoʻyish huquqiga ega, agar zarar:
yoʻlovchilarni belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yoʻnalish boʻyicha tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa, bundan yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashish mustasno;
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni ushbu transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan holda tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
nosozliklari mavjudligi yoki muayyan sharoitlar tufayli transport vositasidan foydalanish qonunchilikda taqiqlangan transport vositasida yoʻlovchilarni tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
(15-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi.
tashuvchining, tashuvchi xodimlarining yoki vakilining sugʻurta hodisasi sodir boʻlishiga qaratilgan yoxud uning sodir boʻlishiga koʻmaklashadigan qasddan qilingan harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
(15-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabrdagi OʻRQ-794-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son)
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud shaxsning aql-irodasiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxsning mehnat va dam olish rejimi tashuvchi tomonidan buzilganligi oqibatida yetkazilgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning VIII-bobi (“Sugʻurtalovchining regress talabi qoʻyish huquqi”).
4-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlarining huquq va majburiyatlari
16-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qonunga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi;
(16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining III bobi.
tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
tashish kunida amalda boʻlgan sugʻurta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi;
(16-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son — 2018-yil 28-oktabrdan kuchga kiradi)
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchini tashish chogʻidagi hodisa haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
(16-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha toʻlangan boʻlsa, bu haqda sugʻurtalovchiga maʼlum qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart.
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 10, 29 va 30-bandlari.
17-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini tashuvchi tomonidan koʻrib chiqishda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish;
sugʻurta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish;
tashuvchiga ushbu Qonunning 15-moddasida belgilangan hollarda regress talabi qoʻyish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchi:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma tuzishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(17-moddaning uchiinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 31 va 32-bandlari.
18-modda. Yoʻlovchining, jabrlanuvchining va naf oluvchining huquqlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari toʻgʻrisidagi axborotni hamda sugʻurtalovchi haqidagi zarur maʼlumotlarni tashuvchidan bepul olish huquqiga ega.
Jabrlanuvchi va naf oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan tashuvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish.
(18-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 3-bobi (“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining VII bobi.
5-bob. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurtalovchi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
19-modda. Sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda raqobatni cheklashga yoki bartaraf etishga, ayrim sugʻurtalovchilarga boshqalariga nisbatan asossiz afzalliklar berishga yoki ayrim sugʻurtalovchilarning boshqalariga nisbatan asossiz afzalliklar olishiga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
20-modda. Sugʻurta sherikchiligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurtalovchilar oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning kasbiy birlashmasi boʻlgan sugʻurta sherikchiligi tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Sugʻurta sherikchiligining ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning IX-bobi (“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi”).
Sugʻurta sherikchiligi tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha xavflar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda mazkur daromadlarning besh foizidan ortiq boʻlsa, sugʻurtalovchi ortiq summani tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish uchun yoʻnaltiradi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1882, 15.12.2012-y.).
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat organlari
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish transport sohasidagi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish qonunchilikka muvofiq tegishli vakolatga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 66-bandi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.12.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1461-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 924, 933, 985, 1021, 1022-moddalari.
25-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(25-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 15.09.2015-yildagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”ning 3 — 5-bandlari.
26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2015-yil 27-maydagi 105 (6288)-sonida eʼlon qilingan
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-may,
OʻRQ-386-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 268-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.10.2022-y., 03/22/794/0939-son; 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)