

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443000" id="onLBC-1443000">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6774"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1443000" id="onLS-1443000">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1443635" id="-1443635">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1443637" id="-1443637">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1443638" id="-1443638">XUSUSIYLASHTIRILGAN TURAR JOYLARGA EGALIK QILISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI TASARRUF QILISH BILAN BOGʻLIQ ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1443639" id="-1443639">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443640" id="-1443640"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397915" id="edi-6397915"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443641">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397915" id="-6397915"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397918" id="-6397918">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-111189">Fuqarolik </a>va <a href="/mact/-104720">Oila kodekslari </a>qabul qilinganligi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-98430">Qonunini </a>qoʻllash jarayonida baʼzi tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397919" id="-6397919">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393640">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443643" id="-1443643"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397921" id="edi-6397921"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-6397920">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397921" id="-6397921"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397922" id="-6397922">1. Xususiylashtirilgan turar joylar bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar bu uy-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish <a href="/mact/-111189">Fuqarolik </a>va <a href="/mact/-106136">Uy-joy kodeksi </a>mezonlari, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-98430">Qonun </a>bilan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 180-sonli qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga koʻra tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqida”gi, <a href="/mact/-843799#-846436">“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi </a>nizomlar bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397925" id="-6397925">(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393641">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7323546" id="edi-7323546"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443644">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7323546" id="-7323546"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7323547" id="-7323547">FKning <a href="/mact/-111189#-154158">210-moddasiga </a>binoan davlatga qarashli turar joyga xususiy mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda xususiylashtirish natijasida vujudga keladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7323553" id="-7323553">(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308402">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443645" id="-1443645">2. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqaro va mulkdorlarning huquqini himoya qilish munosabati bilan vujudga keluvchi nizolar sudlarga taalluqlidir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397929" id="edi-6397929"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443646">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397929" id="-6397929"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397930" id="-6397930">Xususiylashtirilishi mumkin boʻlgan turar joylarga — mahalliy davlat organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasa va tashkilotlarining toʻliq xoʻjalik tasarrufidagi yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondlari kiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397939" id="-6397939">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393646">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443647" id="-1443647">“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi <a href="/mact/-98430#-98602">1-qismiga </a>binoan xususiylashtirish obyektlariga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443648" id="-1443648">fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443649" id="-1443649">qayta tiklash va taʼmirlash ishlari tugallangan, lekin odamlar koʻchib kirmagan, hamda boʻshatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartiralik uylar (uylarning bir qismi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443650" id="-1443650">yangi qurilgan uylardagi kvartiralar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443651" id="-1443651">“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi <a href="/mact/-98430#-98609">3-bandiga </a>muvofiq ikki yoki undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar barcha ijarachilarning roziligi boʻlmasa, xususiylashtirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443652" id="-1443652">Barcha ijarachilarning roziligi bilan ular egallab turgan kvartira xususiylashtirilishi mumkin, bunda xususiylashtirishning har bir ishtirokchisida (ijarachida) kvartiraga nisbatan umumiy hissali mulk huquqi vujudga keladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397945" id="edi-6397945"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443653">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397945" id="-6397945"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397947" id="-6397947">3. Sudlar nazarda tutmoqlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 16-moddasiga koʻra fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur taʼmirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash choralarini koʻrishlari shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397956" id="-6397956">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393649">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397961" id="edi-6397961"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443654">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397961" id="-6397961"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397964" id="-6397964">4. Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida yashovchi fuqarolar “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-98430">Qonunda </a>koʻrsatilgan xususiylashtirish huquqiga ega emaslar. Shu bilan birga jamoat uy-joy fondi egasi yoki u tomonidan tegishli vakolat berilgan organ fuqarolarga egallab turgan turar joylarini sotish, jumladan imtiyozli asosda sotish yoki bu turar joylarni fuqarolarga bepul berish masalalari boʻyicha mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari ham mumkin. Koʻrsatilgan holatda nizo kelib chiqqan taqdirda ularni mulk egasi tomonidan belgilangan turar joyni unda yashovchi fuqarolarga berish sharti va tartiblaridan kelib chiqib, hal etish lozimdir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397965" id="-6397965">(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393658">qaroriga</a> asosan birinchi xatboshiga oʻzgartirilgan)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443656" id="onLBC-1443656">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6308"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1443656" id="onLS-1443656">[<b>TSZ:</b><div id="LS3723"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Meros huquqi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443656" id="-1443656">5. Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan uylarning buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni toʻlanmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralari qachon ajratilganidan qatʼi nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397970" id="edi-6397970"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443657">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6397970" id="-6397970"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6397972" id="-6397972">Vorislar qatoriga FKning <a href="/mact/180552#198666">1118</a>, <a href="/mact/180552#199039">1135 — 1141-moddalarida </a>belgilangan shaxslar kiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397975" id="-6397975">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393660">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443658" id="-1443658">6. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98562">muqaddimasi </a>hamda <a href="/mact/-98430#-98565">1</a> va <a href="/mact/-98430#-98571">3-moddalarining </a>mazmuniga koʻra, fuqarolar oʻzlari egallab turgan turar joylarini xususiylashtirishni soʻrab murojaat etgan boʻlsalar, ularning bunday talablari ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlar asosida rad qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443659" id="-1443659">Qayd etilgan Qonunning <a href="/mact/-98430#-98650">16—20-moddalarida </a>belgilangan turar joylarni xususiylashtirishni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish fuqarolar uchun ham, davlat va mahalliy uy-joy fondidagi turar joylarni fuqarolar egaligiga oʻtkazish majburiyat va vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406161" id="edi-6406161"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=26.06.2015 00#-6397977">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406161" id="-6406161"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406162" id="-6406162">Sudlarga tushuntirilsinki, fuqaro egallab turgan turar joyni xususiylashtirish rad qilinishi ustidan shikoyat maʼmuriy sudlar sudloviga taalluqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406163" id="-6406163">(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/mact/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402916">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443661" id="onLBC-1443661">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6308"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1443661" id="onLS-1443661">[<b>TSZ:</b><div id="LS3723"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Meros huquqi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443661" id="-1443661">7. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98658">19-moddasiga </a>muvofiq alohida uy, kvartira va xonaga boʻlgan egalik huquqi turar joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va egalik huquqi haqida davlat orderi olingan paytdan boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443662" id="-1443662">Agar fuqaro kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun pay badalini toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq arizasini mahalliy hokimiyat organlarida roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlsa-yu, ammo egalik huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etsa, uning merosxoʻrlarida mazkur turar joyga vorislik huquqi paydo boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443663" id="-1443663">8. Sudlar turar joylarni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan berilgan daʼvo arizalarni qabul qilishda davlat uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tuman (shahar) hokimining, korxona, tashkilot, muassasa maʼmuriyatining turar joyni xususiylashtirish haqidagi tegishli farmoyishi va egalik huquqini beruvchi davlat orderi borligini tekshirishlari, bunday hujjatlar mavjud boʻlsa, ularni ish materiallariga qoʻshish uchun talab qilib olishlari kerak. Shuningdek, fuqaro turar joyni xususiylashtirish huquqiga ega ekanligi, unga xususiylashtirishning imtiyozli asoslari qoʻllanishi mumkinligi aniqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443664" id="-1443664">9. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ikki taraflama shartnoma boʻlganligi sababli uni bir tomonlama bekor qilish mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443665" id="-1443665">FKning <a href="/mact/-111189#-155989">382—385-moddalariga </a>muvofiq shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish faqat taraflar (xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar va hokimiyat organi) kelishuvi asosida amalga oshirilishi mumkin, kelishuv boʻlmagan taqdirda — sud qarori bilan hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443666" id="-1443666">Taraflar kelishuvi asosida shartnomani bekor qilish oʻsha shartnomada bir taraf boʻlib qatnashgan organ, yaʼni tuman (shahar) hokimiyati, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda davlat orderi oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6397990" id="edi-6397990"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443667">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6397990" id="-6397990">(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393698">qaroriga</a> asosan chiqarilgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443668" id="-1443668"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7323557" id="edi-7323557"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-7323555">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7323557" id="-7323557"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7323558" id="-7323558">10. Xususiylashtirishni haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi bilan turar joyning xususiylashtirilishi natijasida huquqi buzilgan shaxslar, hokimiyatlar, tashkilotlar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining turar joy masalalari boʻyicha boʻlimlarining hududiy organlari va prokuror murojaat qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7323559" id="-7323559">(10-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308404">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443669" id="-1443669">Yuqorida koʻrsatilgan toifadagi ishlarni koʻrib chiqishdan oldin sudya zarur hujjatlarni, jumladan, hokimning xususiylashtirishga ruxsat berganligi haqidagi qarorini va shu qarorni qabul qilishga asos boʻlgan hujjatlarni, shuningdek, turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderining asl nusxasini talab qilib olishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7323560" id="edi-7323560"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443670">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7323560" id="-7323560"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7323561" id="-7323561">Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar ishda xususiylashtirilgan turar joy egasining oila aʼzolari, hamda turar joy maydoniga haqli boʻlgan va uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar, shuningdek hokimiyat, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining turar joy boʻyicha hududiy boʻlinmalari ishtirok qilishlarini taʼminlashlari zarur.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7323562" id="-7323562">(10-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/mact/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308406">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443671" id="-1443671"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7534569" id="edi-7534569"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=26.06.2015 00#-6398057">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7534569" id="-7534569"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7534572" id="-7534572">11. Turar joyni egalikka, shu jumladan foydalanuvchilardan birining egaligiga berish toʻgʻrisidagi shartnomaning qonuniyligi xususida nizo vujudga kelgan holda, bu shartnoma, shuningdek egalik huquqini beruvchi davlat orderi manfaatdor shaxslarning daʼvo arizalari boʻyicha sud tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilangan asoslarga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7534580" id="-7534580"><em>(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli </em><a href="/mact/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521750">qarori</a><em> tahririda)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443672" id="-1443672">Turar joyni xususiylashtirish amalda asosan oila aʼzolaridan birining nomiga rasmiylashtirilishi va davlat orderi ham oʻsha shaxs nomida boʻlishini nazarda tutib, bu shaxs bilan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan oila aʼzolari oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bosqichida sudlar tuman ichki ishlar boshqarmalaridan nizoli uyda roʻyxatda boʻlganlar haqida maʼlumotnomani, hamda shu xonadonda yashagan barcha shaxslar imzo qoʻygan va hokimiyatda saqlanadigan xususiylashtirishni soʻrab yozilgan arizani va nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa tegishli hujjatlarni talab qilib olishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443673" id="-1443673">12. Egalik huquqi haqidagi aktni va uning asosida berilgan orderni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar turar joyni imtiyozli asoslarga koʻra xususiylashtirish huquqini beruvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etilganligi, shuningdek turar joyni xususiylashtirish haqidagi masalani hal qilishda mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari, fuqarolarning huquqlari buzilganligi, shu bilan birga turar joyni xususiylashtirish qoidalarini boshqa tarzda buzilishligi huquq beruvchi hujjatni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishini nazarda tutishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443674" id="-1443674">13. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi <a href="/mact/-98430#-98626">3-bandi </a>talabiga koʻra egallab kelayotgan turar joyni egalikka sotib olish uchun turar joyga nisbatan huquqlari boʻlgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va boshqa shaxslar rozilik bergan boʻlishlari shartligini eʼtiborga olib, bunday rozilik berilmaganligi asosida orderni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolarni hal etishda, sudlar haqiqatdan ham qayd qilingan shaxslarning roziligi qonunda belgilangan tartibda olingan-olinmaganligini tekshirishlari shart. Turar joydan foydalanish huquqiga ega shaxslar doirasi FKning 606-moddasi bilan belgilanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443675" id="onLBC-1443675">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6199"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.02.00 Daʼvo muddati]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443675" id="-1443675">14. Orderni haqiqiy emas deb topish va mulkdorning tegishli aktini bekor qilish toʻgʻrisidagi talablarga FKning <a href="/mact/-111189#-153702">150-moddasida </a>koʻrsatilgan 3 yillik daʼvo muddati tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443676" id="-1443676">15. Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, sud FKning <a href="/mact/-111189#-153461">114-moddasi </a>talablari asosida taraflarni dastlabki holatga keltirish masalasini hal qilmogʻi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443677" id="-1443677">Xususiylashtirish hujjatlari (akti)ni haqiqiy emas deb topish haqidagi sud qarori, ijarachini keyinchalik shu uy-joyni “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98580">4-moddasiga </a>binoan xususiylashtirish huquqidan mahrum qilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443680" id="onLBC-1443680">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6209"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;</span></div><div id="LBC6318"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.03.00 Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari;</span></div><div id="LBC6327"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.03.00 Bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1443680" id="onLS-1443680">[<b>TSZ:</b><div id="LS3695"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443680" id="-1443680">16. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98620">13-moddasiga </a>muvofiq xususiylashtirilgan turar joyda uni xususiylashtirilishiga rozilik bergan uy egasining boshqa oila aʼzolari yashayotgan boʻlsalar, ularning hammasi shu turar joyning egasi hisoblanadilar, egallab kelinayotgan turar joy esa xususiylashtirish natijasida umumiy mulkka aylanadi. Bu qoida turar joy egasining vaqtincha bu yerda yashamayotgan oila aʼzolariga ham tatbiq qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443681" id="-1443681">Ijarachi bilan birga yashayotgan va uning oila aʼzosi yoki sobiq oila aʼzosi boʻlib hisoblangan voyaga yetmagan shaxslar ijaraga olish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha huquqlardan teng foydalanishlari sababli ular egallab turgan turar joylari xususiylashtirilgan taqdirda voyaga yetgan foydalanuvchilar bilan teng ravishda shu turar joyga nisbatan umumiy egalik huquqiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443684" id="-1443684">Turar joy oila aʼzolarining biri tomonidan bepul xususiylashtirilgan taqdirda ham yuqorida koʻrsatilgan shaxslar shu asoslarga koʻra umumiy mulkning teng huquqli ishtirokchilari boʻlib qoladilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398060" id="edi-6398060"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443685">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398060" id="-6398060"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398061" id="-6398061">17. Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga oʻtkazish bilan bogʻliq er-xotinlar oʻrtasidagi nizoni hal qilishda sudlar Oila qonunchiligi mezonlarini, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining <a href="/mact/-104720#-158694">23</a>, <a href="/mact/-104720#-158708">24-moddalarini </a>emas, balki “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi <a href="/mact/-98430#-98628">4-bandi </a>va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi Nizom <a href="/mact/-843799#-846817"> </a>qoʻllamoqlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398063" id="-6398063">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393703">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443686" id="onLBC-1443686">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6245"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1443686" id="onLS-1443686">[<b>TSZ:</b><div id="LS3721"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443686" id="-1443686">18. Sotilayotgan turar joy sotilganidan keyin qonunga muvofiq uy-joydan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti — bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan uy-joydan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iborat ekanligiga sudlar eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443687" id="-1443687">FKning <a href="/mact/-180552#-183838">488-moddasida </a>xususiylashtirilgan kvartira, uy — uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi koʻrsatilgan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398064" id="edi-6398064"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443688">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398064" id="-6398064"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398065" id="-6398065">Turar joy boʻyicha sotish, hadya va almashtirish bitimlari amalga oshirilgach, shuningdek qonunda belgilangan tartibda uy meros sifatida qabul qilingach, kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) xususiylashtirilgan turar joy maqomini yoʻqotadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398068" id="-6398068">(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli <a href="/mact/-6391107?ONDATE=26.06.2015 00#-6393705">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443689" id="-1443689">19. Sudlar shartnomalarni bekor qilishdan kelib chiqadigan nizolarni turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlardan farqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443690" id="-1443690">FKning <a href="/mact/-111189#-153454">113-moddasiga </a>muvofiq bitim shu kodeksning <a href="/mact/-111189#-153523">115—126-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443691" id="-1443691">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining <a href="/mact/-98325#-98351">9-bandiga </a>koʻra bu qoida 1997-yil 1-martga qadar tuzilgan turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarga ham qoʻllaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443692" id="-1443692">20. Xususiylashtirilgan turar joylar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, shuningdek, bunday turar joylarga bogʻliq boshqa nizolarni koʻrishda sudlar, nizoli turar joyning huquqiy holatini belgilovchi hujjatlarni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443693" id="-1443693">a) Prezident Farmoni boʻyicha fuqarolarning egaligiga bepul berish haqidagi hokimning qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443694" id="-1443694">b) olish-sotish, hadya, ayirboshlash shartnomalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443695" id="-1443695">v) fuqarolarning egalik huquqi haqidagi davlat orderi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443696" id="-1443696">g) vorislik huquqi haqidagi guvohnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443697" id="-1443697">d) sudning hal qiluv qarori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443698" id="-1443698">e) egalikka berish haqidagi idoralar, tashkilotlarning buyruqlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443699" id="-1443699">j) kvartira, uy (uyning bir qismi) rejasi, shuningdek daʼvogarning talablari va javobgarning eʼtirozlarini tasdiqlovchi boshqa dalillarni talab qilib olishlari lozim.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443700" id="onLBC-1443700">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6247"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);</span></div><div id="LBC6764"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443700" id="-1443700">21. Sudlar turar joylarni almashtirish shartnomasini ayirboshlash shartnomasidan farq qilishlari lozim. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf ayirboshlanayotgan mulkka nisbatan egalik huquqiga ega boʻladi. Xususiylashtirish natijasida fuqarolarning umumiy egalik huquqiga oʻtgan turar joyning ayirboshlanishi faqatgina umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi asosida amalga oshirilishi mumkindir. Ayirboshlash shartnomasi tuzilishida Fuqarolik <a href="/mact/-111189">kodeksi </a>normalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443701" id="-1443701">“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98631">14-moddasi </a>5-bandiga koʻra xususiylashtirilgan turar joyning egasi uni har qanday uy-joyga, kvartiraga, jumladan kooperativ kvartiraga almashtirish huquqiga egadir. Almashtirish shartnomasi tuzilishida <a href="/mact/-106136">Uy-joy kodeksi </a>normalari qoʻllaniladi. Xususiylashtirilgan turar-joyning almashtirilishiga umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443702" id="-1443702">Xususiylashtirilgan turar joyni almashtirish masalasida turar joy egasi bilan yuqorida qayd qilingan shaxslar oʻrtasida bir bitimga kelinmagan hollarda, ular turar joyni majburan almashtirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443703" id="-1443703">Turar joy egasining sobiq oila aʼzosi oʻziga tegishli hissaning ajratib berilishiga roziligi boʻlganda daʼvogar koʻchirilayotgan shaxsga uning umumiy mulkdagi hissasiga teng boshqa turar joy olib berish va javobgarni shu turar joyga koʻchirishni talab qilish huquqidan mahrum emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443704" id="-1443704">Umumiy mulk egalarining bir turar joyda yashashlari mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, sud taraflardan biriga koʻchirib chiqarilayotgan shaxsning uydagi hissasini pul barobarida unga toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin. Taraflar narx boʻyicha kelishuvga kelolmagan taqdirda bu narx mutaxassislar tomonidan belgilanishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3044902" id="edi-3044902"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443705">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044902" id="-3044902">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/mact/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036934">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443707" id="onLBC-1443707">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6776"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Koʻchirib chiqarish va boshqa joyga koʻchish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443707" id="-1443707">23. Xususiylashtirilgan turar joyning egasi boʻlib hisoblanmaydigan, bu uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmagan, yaʼni turar joy xususiylashtirilganidan keyin unga kiritilgan ijarachilar, mulkdorning sobiq oila aʼzolari va boshqa shaxslar mulkdor tomonidan faqat qonunda koʻrsatilgan hollar va asoslar boʻyicha koʻchirib chiqarilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443708" id="-1443708">Turar joy xususiylashtirilguniga qadar u yerda yashagan va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-98430#-98620">13-moddasiga </a>binoan umumiy mulkning ishtirokchisi boʻlish huquqiga ega boʻlgan, lekin undan voz kechgan shaxslarni xususiylashtirilgan turar joydan koʻchirish haqidagi ishlarni koʻrishda qayd etilgan shaxslarning qanday shart-sharoitda oʻz nomlariga egalik huquqini rasmiylashtirishdan voz kechganliklari bilan bogʻliq holatlarni tekshirish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443709" id="-1443709">Agar fuqaro yangilishtirilganligi sababli yoki oʻz xatti-harakatlarining oqibatini tushuna olmaganligi natijasida turar joyni xususiylashtirishdan voz kechganligi, yoxud xususiylashtirilgan turar joyning egasi tomonidan uyga nisbatan egalik huquqidan voz kechish bilan bogʻliq taraflar oʻrtasida boʻlgan kelishuv shartlari buzilganligi aniqlansa, sud tomonidan bu fuqaroga turar joyni xususiylashtirish haqidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qarshi daʼvo keltirish huquqlari tushuntirilmogʻi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443710" id="-1443710">24. Xususiylashtirilgan va alohida kvartirani tashkil qiluvchi turar joyning umumiy egalik ishtirokchisi hissasini ajratib berishga alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni (oshxona, yoʻlak, sanitariya tarmogʻi va boshqalarni) ham olib berishning va alohida kirish-chiqish yoʻlini jihozlashning texnik imkoniyati mavjud boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda, sud daʼvogarning iltimosiga koʻra, kvartiradan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi mumkin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1443711" id="onLBC-1443711">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8855"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]</span></div></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1443711" id="-1443711"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6398075" id="edi-6398075"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=26.06.2015 00#-6398069">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6398075" id="-6398075"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6398076" id="-6398076">25. Turar joyga nisbatan davlat orderini haqiqiy emas deb topish, xususiylashtirilgan turar joydan oila aʼzosining hissasini ajratish, shartnomalarni haqiqiy va haqiqiy emas deb topish va boshqa daʼvo arizalar boʻyicha davlat boji nizoli mulk yoki uning hissasi qiymatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq undiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6398084" id="-6398084">(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli <a href="/mact/-4756696?ONDATE=21.02.2020 00#-4757034">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7534584" id="edi-7534584"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443712">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7534584" id="-7534584"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7534586" id="-7534586">Agar daʼvogar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, daʼvoning qanoatlantirilgan qismidan kelib chiqib uning belgilangan miqdori javobgardan davlat foydasiga undiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7534589" id="-7534589"><em>(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli </em><a href="/mact/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521752">qarori</a><em> tahririda)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3044907" id="edi-3044907"><a href="/mact/-1443000?ONDATE=02.05.1997 00#-1443713">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044907" id="-3044907"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044908" id="-3044908">Taraflarning bitimni rasmiylashtirishda turar joy sotilish qiymatini kamaytirib koʻrsatganliklari aniqlangan hollarda, sud undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdorini bitim boʻyicha haqiqatda toʻlangan summadan kelib chiqib hisoblashi va bitimni tuzish vaqtida toʻlanmay qolgan davlat bojini undirishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044910" id="-3044910">(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/mact/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036937">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1443714" id="-1443714">26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 21-sonli 1994-yil 9-sentabrdagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qoʻllashdagi baʼzi masalalar haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1443715" id="-1443715"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1443716" id="-1443716"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1443717" id="-1443717">1997-yil 2-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1443718" id="-1443718">3-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
