Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda sugʻurta sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
2-modda. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali;
sugʻurta — muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, tovonlar va boshqa toʻlovlar toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar;
sugʻurta badali — sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan bir qismi;
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 942-moddasi.
sugʻurta summasi — muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
sugʻurta tavakkalchiligi — taxmin qilinayotgan voqea boʻlib, ushbu voqea yuz bergan taqdirda sugʻurta amalga oshiriladi;
sugʻurta tarifi — sugʻurta obyektini va sugʻurta tavakkalchiligining xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadigan, shuningdek sugʻurta shartlariga muvofiq sugʻurta summasi birligidan olinadigan sugʻurta mukofoti stavkasi;
sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;
sugʻurta turi — sugʻurta tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta sugʻurta klasslari doirasida ishlab chiqilgan va taqdim etiladigan aniq sugʻurta xizmati;
sugʻurta faoliyati — sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining sugʻurtani va qayta sugʻurtani amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyati;
sugʻurta qiymati — agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasini tuzish chogʻida taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadigan, sugʻurtaga topshiriladigan mol-mulkning qiymati;
franshiza — sugʻurta qildiruvchi zararlarining bir qismi boʻlib, sugʻurta shartnomasiga muvofiq uning oʻrni sugʻurtalovchi tomonidan qoplanmaydi;
qayta sugʻurta — sugʻurta shartnomasi boʻyicha qabul qilingan sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash tavakkalchiligini boshqa sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) bilan tuzilgan qayta sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan toʻliq yoki qisman sugʻurta qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasi.
qayta sugʻurtalovchi — boshqa sugʻurta tashkilotidan qayta sugʻurta qilish uchun sugʻurta tavakkalchiliklarini qabul qiladigan sugʻurta yoki qayta sugʻurta tashkiloti;
qayta sugʻurta shartnomasi — sugʻurtalovchi oʻzining sugʻurta shartnomasiga doir barcha majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sugʻurtalovchiga qaysi shartnomaga muvofiq oʻtkazsa oʻsha shartnoma.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlarning sugʻurta faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida ish yuritishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning mulkiy manfaatlarini sugʻurta qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan sugʻurta tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
5-modda. Transchegaraviy sugʻurta va qayta sugʻurta
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta tashkiloti tomonidan boshqa davlat hududida sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq sugʻurta transchegaraviy sugʻurtadir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkiloti tomonidan oʻzi qabul qilgan sugʻurta tavakkalchiliklarini qayta sugʻurtaga oʻtkazish prudensial normativlarni hisoblash tartibiga doir talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan sugʻurta tashkiloti nomidan sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha vositachilik faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan sugʻurta tashkiloti nomidan tuzish boʻyicha vositachilik faoliyatini vakolatli davlat organining tegishli sugʻurta klassi koʻrsatilgan litsenziyasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan sugʻurtalovchilar amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Sugʻurta faoliyatini tashkil etish
6-modda. Sugʻurta sohalari va turlari (klasslari)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta quyidagi sohalarga boʻlinadi:
hayotni sugʻurta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati va pul taʼminoti bilan bogʻliq manfaatlarini sugʻurta qilish, bunda shartnoma boʻyicha sugʻurtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sugʻurta summalarining sugʻurta shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan oshirilgan foizni oʻz ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy toʻlovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sugʻurta (shaxsiy, mulkiy sugʻurta, javobgarlikni sugʻurta qilish hamda hayotni sugʻurta qilish sohasiga taalluqli boʻlmagan boshqa sugʻurta turlari).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 915 va 921-moddalari.
Sugʻurta tavakkalchiliklarining yoki ular guruhlarining va ular bilan bogʻliq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sugʻurta sohalari sugʻurta turlariga (klasslariga) boʻlinadi. Sugʻurta turlari (klasslari) qonunchilikda belgilanadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilovaning 12-bandi.
7-modda. Sugʻurta shakllari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Sugʻurta ixtiyoriy va majburiy sugʻurta shakllarida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 914-moddasi.
Ixtiyoriy sugʻurta ixtiyoriy sugʻurtani amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi sugʻurta shartnomasi hamda qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy sugʻurta shartnomasida sugʻurta qoidalarining asosiy tushunchalarini aks ettiruvchi sugʻurtaning muhim shartlari koʻrsatilishi kerak.
Majburiy sugʻurtani amalga oshirish shartlari va tartibi majburiy sugʻurtaning aniq turlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Majburiy sugʻurta obyekti bir vaqtning oʻzida bir xil turdagi bir nechta majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin emas. Bunda faqat dastlabki tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta obyektiga yetkazilgan zarar qoplanadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasi.
8-modda. Sugʻurtalovchining qayta sugʻurtaga doir sugʻurta faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faqat qayta sugʻurtani amalga oshirishga doir faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda litsenziyalanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilova.
Sugʻurta tashkiloti sugʻurta faoliyatining turlari (klasslari) boʻyicha sugʻurta tavakkalchiliklarini qayta sugʻurtaga oʻtkazishni va qabul qilishni sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun olingan litsenziyaga muvofiq, qonunchilikda belgilangan prudensial normativlarga rioya etgan holda, qayta sugʻurtaga oid litsenziyani olmasdan turib amalga oshirishi mumkin.
Qayta sugʻurtani qayta sugʻurtaga oid litsenziya asosida faoliyatning alohida turi sifatida amalga oshiruvchi qayta sugʻurta tashkiloti “hayotni sugʻurta qilish” va “umumiy sugʻurta” sohalarida sugʻurtaning barcha klasslari boʻyicha qayta sugʻurtani amalga oshirishga haqli.
Rezident boʻlgan sugʻurtalovchilarning tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonlariga (sugʻurta toʻlovlariga) doir majburiyatlarini (bunday majburiyatlarning bir qismini) qayta sugʻurta qilish, oʻzi taʼsis etilgan mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq qayta sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan chet el sugʻurta tashkilotlari, qayta sugʻurta va (yoki) brokerlik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
9-modda. Birgalikdagi sugʻurta faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Birgalikdagi sugʻurta deganda bitta sugʻurta shartnomasi boʻyicha ayni bir obyektni bir nechta sugʻurtalovchi tomonidan birgalikda sugʻurta qilish tushuniladi.
Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, bunday shartnomada koʻrsatilgan istalgan sugʻurtalovchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilishga haqli.
Litsenziyasida tegishli sugʻurta klassi koʻrsatilmagan sugʻurta tashkilotining birgalikdagi sugʻurta faoliyatida ishtirok etishi taqiqlanadi.
10-modda. Sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta (qayta sugʻurta) sherikchiligi deganda sugʻurtaning ayrim turlari yoki sugʻurta tavakkalchiliklari boʻyicha sugʻurta faoliyatini birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida birgalikda amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar birlashmasi tushuniladi.
Sugʻurta sherikchiligi oʻz ishtirokchilarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ular tomonidan miqdori bitta sugʻurta tashkilotining oʻz mablagʻlaridan (kapitalidan) oshib ketishi mumkin boʻlgan sugʻurta tovonlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi hamda birgalikdagi sugʻurta yoki qayta sugʻurta prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Qayta sugʻurta sherikchiligi sherikchilik aʼzolari tomonidan qayta sugʻurtani sugʻurta shartnomasi boʻyicha ularda qoldirilgan mablagʻlaridan oshadigan qismi boʻyicha amalga oshirish orqali sherikchilik aʼzolarining moliyaviy imkoniyatlarini koʻpaytirish uchun tashkil etiladi.
11-modda. Sugʻurta obyektlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Jismoniy shaxslarning maʼlum bir yoshgacha yoki muddatgacha yashashi yoxud jismoniy shaxslarning hayotida boshqa voqealar yuz berishi, shuningdek ularning oʻlimi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar yoki jismoniy shaxslarning sogʻligʻiga zarar yetkazilishi, shuningdek baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida ularning oʻlimi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar hayotni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin.
Tibbiy xizmatlar (tibbiy yordam, dori-darmonlar bilan taʼminlash) hamda boshqa xizmatlar tashkil etilishini va koʻrsatilishini talab etayotgan shaxs sogʻligʻining yoki holatining buzilishi oqibatida bunday xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatish uchun, shuningdek shaxsning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan tahdidlar darajasini kamaytiradigan va (yoki) ularni bartaraf etadigan profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun haq toʻlash bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar tibbiy sugʻurta obyektlari boʻlishi mumkin.
Mol-mulkning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kamomadi yoki shikastlanishi tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar mol-mulkni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 917-moddasi.
Sugʻurta qildiruvchining (sugʻurtalangan shaxsning) daromadlar ololmaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning kutilmagan xarajatlari yuzaga kelishi tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari mulkiy sugʻurtada moliyaviy tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin.
Tadbirkorning kontragentlari tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tadbirkorlik faoliyatidan zararlar yuzaga kelishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra ushbu faoliyatning shartlari oʻzgarishi tavakkalchiligi, shu jumladan kutilayotgan daromadlarni ololmaslik tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 920-moddasi.
Quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin:
jismoniy shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga, yuridik shaxslarning, davlatning mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishi tavakkalchiligi;
shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishi tavakkalchiligi.
12-modda. Sugʻurta faoliyatining subyektlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sugʻurta faoliyatining subyektlaridir.
Sugʻurtalovchilar, sugʻurta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sugʻurta syurveyerlari, assistans sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori bilan tasdiqlangan “Sugʻurta bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisida”gi Nizom.
Sugʻurta brokeri, qayta sugʻurta brokeri va sugʻurta agenti sugʻurta vositachilaridir.
13-modda. Sugʻurtalovchi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs sugʻurtalovchi deb eʼtirof etiladi.
Sugʻurtalovchilar sugʻurtani amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
14-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilishga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʻurta qilishga;
investitsiya faoliyatini amalga oshirishga;
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
sugʻurta (qayta sugʻurta) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga;
sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) ishlab chiqishga va tasdiqlashga;
sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan tegishli axborotni va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrashga va olishga;
sugʻurta agentlari, sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari hamda sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzishga;
qonunchilikda va (yoki) sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashni rad etishga, sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilishga;
sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishga, sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarining bajarilishi ustidan nazorat olib borishga;
chet el sugʻurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʻrsatishga;
ilgari sugʻurtalovchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olingan yoki sugʻurta shartnomasini amalga oshirish natijasida oʻz ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni realizatsiya qilishga yoki ijaraga berishga;
Oʻzbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va xorijiy reyting tashkilotlaridan axborot olishga;
oʻzining alohida boʻlinmalarini tashkil etishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchi qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini qonunchilik talablariga muvofiq taʼminlashi;
oʻzi vakolat bergan sugʻurta agentlarining reyestrini yuritishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonunchilikda yoki sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni va sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlovlarini amalga oshirishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, bu haqda vakolatli davlat organini va sugʻurta qildiruvchilarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabardor qilishi;
sugʻurta zaxiralarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar koʻrsatish uchun jalb etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 7-apreldagi 42-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi (roʻyxat raqami 1975, 26.06.2009-y.).
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2564, 28.02.2014-y.).
sugʻurta agenti jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs rahbarining yoxud xodimining malakasini oʻz mablagʻlari hisobidan oshirishi;
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
15-modda. Sugʻurta brokeri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta qildiruvchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs sugʻurta brokeridir.
Sugʻurta brokerining faoliyati sugʻurta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qoʻshib olib borilishi mumkin emas, bundan qayta sugʻurta brokerining faoliyati mustasno.
Sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas.
Sugʻurta brokeri oʻzi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
16-modda. Qayta sugʻurta brokeri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Oʻz nomidan va qayta sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi sugʻurtalovchining topshirigʻiga binoan qayta sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs qayta sugʻurta brokeridir.
Qayta sugʻurta brokeri oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Qayta sugʻurta brokerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Qayta sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sugʻurta brokeri oʻzi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
17-modda. Sugʻurta hamda qayta sugʻurta brokerlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har qanday turi boʻyicha vositachilik faoliyatini vakolatlari doirasida amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sugʻurtalovchini tanlash;
sugʻurtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sugʻurta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida maʼlumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari qonunchilikka hamda oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasini tuzish va bajarish boʻyicha toʻliq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning soʻrovlariga koʻra taqdim etishi;
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan yeri oʻzgargan taqdirda, bu haqda vakolatli davlat organini hamda sugʻurtalovchilarni xabardor qilishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlarining zimmasida qonunchilikka hamda oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Sugʻurtalovchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni vositachilik haqi evaziga amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs sugʻurta agentidir.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta agenti bir vaqtning oʻzida sugʻurtalovchining boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari hamda rahbarlari, shuningdek xodimi sifatida ish yuritishi mumkin emas.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta agenti oʻz faoliyatini sugʻurtalovchilar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta agenti faqat oʻzi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sugʻurtalovchining reyestriga kiritilganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Quyidagilarga:
sugʻurta agentining tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta shartnomalari tuzishiga;
yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agentlari sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sugʻurta shartnomalarida sugʻurta agenti sifatida ish yuritishiga;
sugʻurta agentining qonunchilik bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirishiga.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta boʻyicha sugʻurta agentining Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalari tuzish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Jismoniy shaxs boʻlgan sugʻurta agenti oʻz nomiga, yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari, eri, xotini, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erining, xotinining ota-onasi, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari) nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga hamda bunda mazkur sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta agenti sifatida ish yuritishga haqli emas.
Insofsiz sugʻurta agentlarining reyestri vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan yettinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
19-modda. Sugʻurta agentining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
sugʻurtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sugʻurtaning har qanday turi, shu jumladan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha ham vositachilik faoliyatini amalga oshirish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurtaga qabul qilinayotgan sugʻurta tavakkalchiligini baholashda, sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashda va sugʻurta qildiruvchining sugʻurta mukofotini toʻliq hajmda hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlashida zarur koʻmak koʻrsatish;
litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sugʻurta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligiga va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida sugʻurtalovchidan maʼlumotlar olish;
sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
sugʻurta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga toʻliqroq axborot berish maqsadida hamma uchun ochiq boʻlgan manbalardan tavakkalchilik va sugʻurta qildiruvchi haqida sugʻurta qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda maʼlumotlar toʻplash.
Sugʻurta agenti qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Sugʻurta agenti:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta shartnomasini tuzish va sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash chogʻida hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirishga koʻmaklashishi;
(19-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurta tariflari, sugʻurtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sugʻurta shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining, sugʻurta zaxiralarining hamda qabul qilingan majburiyatlarning miqdorlari toʻgʻrisida, shuningdek sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa koʻrsatkichlar haqida axborotga ega boʻlishi;
sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirish chogʻida sugʻurta qildiruvchi toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi, unga sugʻurta tavakkalchiligini pasaytirishga va sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirishni taklif etishi;
sugʻurta qildiruvchilarning soʻroviga koʻra ularni sugʻurtaning amaldagi shartlari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
sugʻurta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga oʻz vaqtida qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sugʻurta shartnomalari va olingan sugʻurta mukofotlari summalari hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sugʻurta hujjatlarining but saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati ichida tavakkalchilik shartlari jiddiy ravishda oʻzgarganligiga taalluqli axborot sugʻurtalovchi tomonidan oʻz vaqtida olinishini, shuningdek sugʻurta eʼtirozlari yuzaga kelganda hamda ularni tartibga solish jarayonida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida axborotning oʻz vaqtida almashinishini taʼminlashi;
tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda, sugʻurtalovchining topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) toʻlanishini tashkil etishi shart.
Sugʻurta agentining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
20-modda. Adjaster
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Adjaster sugʻurtalovchining, sugʻurta qildiruvchining va boshqa buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha quyidagi xizmatlarni koʻrsatadigan, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:
sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
sugʻurta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;
sugʻurta obyektining shikastlanish sabablarini va sugʻurta hodisasi mavjudligini aniqlash;
sugʻurta hodisasi mavjud boʻlgan taqdirda — sugʻurta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasini va zarar miqdorini aniqlash;
toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) summasini aniqlash;
Adjaster oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Adjasterning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Adjaster oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi va boshqa buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta operatsiyalarini oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga;
sugʻurta qildiruvchining vakili sifatida sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) summasini olishga haqli emas.
Adjaster xizmati koʻrsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, sugʻurtalovchi undan zararlarning oʻrnini qoplash va nizolarni hal qilish chogʻida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotidagi xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
21-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:
adjaster xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini, sugʻurta qildiruvchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
sugʻurta voqeasini (sugʻurta hodisasini) oʻrganish uchun sugʻurtalovchidan, sugʻurta qildiruvchidan va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni soʻrash hamda olish;
sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurta obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
oʻzi sugʻurta obyektini sirtdan (zarur boʻlganda — texnika vositalarini qoʻllagan holda) koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdorini aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborotni va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish.
Adjaster qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Adjaster:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta hujjatlarining but saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;
sugʻurta hodisasiga taalluqli maʼlumotlarni oʻz vaqtida tahlil qilish uchun choralar koʻrishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Adjasterning zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
22-modda. Aktuar tashkilot va aktuariy
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Aktuar tashkilot quyidagilarni oʻz ichiga oladigan aktuar xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir:
sugʻurta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitoblarini amalga oshirishni, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sugʻurta majmui boʻyicha zarar yetkazilishining takroriyligini va uning oqibatlarining ogʻirlik darajasini belgilashni;
sugʻurtalovchining zarur sugʻurta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilishni, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqishni;
sugʻurtalovchining investitsiyalar sifatida toʻplangan badallardan foydalanishida kapital qoʻyilma normasi va netto-stavka miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga imkon beradigan tarzda aniqlashni;
sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilar kapitalining yetarlilik koʻrsatkichini hisoblashni, shuningdek aktivlar sifatini taʼminlash mexanizmlarini belgilashni;
sugʻurta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslashni va sugʻurta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilishni;
sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har bir turi boʻyicha tarif stavkalarini sugʻurtalovchilar uchun ularni oʻtkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilashni;
sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholashni;
sugʻurtalovchining daromadlarini sugʻurtaning (qayta sugʻurtaning) har xil turlari boʻyicha rejalashtirishni;
aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni;
sugʻurta bilan bogʻliq boshqa aktuar xizmatlarini koʻrsatishni.
Aktuar tashkilot oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Aktuar tashkilotning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq toʻlov asosida faqat aktuar xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Aktuariy qonunchilikda belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 11-ilova.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini koʻrsatganlik, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan oʻzga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar boʻladi.
Aktuar tashkilot oʻz shtatida kamida bitta aktuariyga ega boʻlishi kerak.
Aktuariy:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta operatsiyalarini oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.
Aktuariy faoliyatining natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariyning hisobotidagi xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
23-modda. Aktuar tashkilotning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Aktuar tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
aktuar xizmatlari koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan axborot sugʻurtalovchi va boshqa buyurtmachilar tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, aktuar xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
boshqa aktuar tashkilotlarni va oʻzga mutaxassislarni aktuar xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb qilish.
Aktuar tashkilot qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Aktuar tashkilot:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
aktuar xizmatlari koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchiliklari faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Aktuar tashkilotning zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi(roʻyxat raqami 1975, 26.06.2009-y.).
24-modda. Sugʻurta syurveyeri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta syurveyeri quyidagilar boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:
sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasi tuzilguniga qadar sugʻurta (qayta sugʻurta) obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
tekshirilayotgan sugʻurta obyekti boʻyicha xulosa tuzish.
Sugʻurta ekspertizasini oʻtkazishga vakolatli boʻlgan mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sugʻurta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Sugʻurta syurveyerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi yoki sugʻurta qildiruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sugʻurta syurveyeri:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta operatsiyalarini oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.
Sugʻurta syurveyeri ishining natijalari boʻyicha hisobot taqdim etilib, sugʻurtalovchi yoki sugʻurta qildiruvchi bu hisobotdan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomasini tuzish chogʻida foydalanishi mumkin.
Sugʻurta syurveyerining hisobotidagi xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
25-modda. Sugʻurta syurveyerining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta syurveyeri:
xizmatlar koʻrsatiladigan sugʻurtalovchini yoki sugʻurta qildiruvchini erkin tanlashga;
sugʻurta obyektini oʻrganish uchun sugʻurta qildiruvchidan yoki sugʻurtalovchidan zarur axborotni soʻrashga va olishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sugʻurta obyektlariga daxldor boʻlgan boshqa tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrashga va olishga haqli.
Sugʻurta syurveyeri qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Sugʻurta syurveyeri:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta ekspertizasini oʻtkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan maʼlumotlarning maxfiyligini saqlashi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Sugʻurta syurveyerining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
26-modda. Assistans
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Assistans sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sugʻurtalovchilarga sugʻurta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy koʻmak beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Assistans oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Assistans oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Assistansning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Assistans xizmatlariga sugʻurta qildiruvchilarning (sugʻurtalangan shaxslarning) ishtirokisiz faqat sugʻurtalovchilar tomonidan haq toʻlanadi.
Assistans:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta operatsiyalarini oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.
27-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha sugʻurtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha axborot sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari koʻrsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb qilish.
Assistans qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Assistans:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sugʻurta qildiruvchilardan (sugʻurtalangan shaxslardan) sugʻurta voqealari (sugʻurta hodisalari) toʻgʻrisidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga) sugʻurta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sugʻurta polisi asosida zarur yordam koʻrsatishi;
sugʻurta hodisalarini koʻrib chiqish va tartibga solish choralarini koʻrishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Assistansning zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
28-modda. Sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining uyushmalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Agar sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining uyushmalarini va boshqa birlashmalarini tashkil etish qonunchilik talablariga zid kelmasa, sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi tadbirlarni (choralarni) amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalar tashkil etishi mumkin.
3-bob. Sugʻurta shartnomasi va qoidalari
29-modda. Sugʻurta shartnomasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta qilish sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladigan sugʻurta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim boʻlib, sugʻurta qildiruvchi unga muvofiq sugʻurta mukofotini (sugʻurta badalini) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda toʻlaydi hamda sugʻurta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sugʻurtalovchi esa sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan muayyan voqea (sugʻurta hodisasi) yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Sugʻurta shartnomalarida franshiza nazarda tutilishi mumkin.
Franshiza ham sugʻurta summasining foizlarida, ham muayyan summada belgilanishi mumkin hamda shartli va shartsiz franshizaga boʻlinadi. Sugʻurta shartnomasida franshizaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
Sugʻurta shartnomasining yozma yoki elektron shaklini tuzishga doir talablarga rioya etmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 943-moddasi.
Vakolatli davlat organi sugʻurta shartnomasi shartlariga qoʻyiladigan eng kam talablarni belgilash huquqiga ega.
30-modda. Sugʻurta qoidalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurta qoidalari (bundan xalqaro sugʻurta tizimlari doirasida qabul qilinadigan sugʻurta qoidalari mustasno) sugʻurtalovchi yoki sugʻurtalovchilarning birlashmasi tomonidan qabul qilinadi hamda tasdiqlanadi va sugʻurtaning asosiy qoidalarini oʻz ichiga olishi kerak.
Sugʻurtaning asosiy qoidalari quyidagi tushunchalarni oʻz ichiga olishi kerak:
sugʻurta subyektlari;
sugʻurta obyektlari;
sugʻurta hodisalari;
sugʻurta tavakkalchiliklari;
sugʻurta summasi, sugʻurta tarifi va sugʻurta mukofotini (sugʻurta badallarini) aniqlash tartibi;
sugʻurta shartnomalarini tuzish, bajarish va tugatish tartibi;
taraflarning huquq va majburiyatlari;
zararlarning yoki ziyonning miqdorini aniqlash tartibi;
sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) aniqlash tartibi;
sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) amalga oshirish muddatlari, shuningdek sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) rad etish asoslarining batafsil roʻyxati va boshqa qoidalar.
31-modda. Sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasini tuzish, oʻzgartirish, muddatidan oldin tugatish uchun, sugʻurta qoidalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) olish uchun elektron shakldagi axborotni (sugʻurta shartnomasini tuzish, oʻzgartirish, muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi arizani, sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqidagi bildirishnomani, sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash toʻgʻrisidagi arizani va (yoki) boshqa hujjatlarni) yaratish hamda joʻnatish sugʻurtalovchining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytidan, shuningdek mobil ilovalardan, elektron pochtadan va axborot almashishning boshqa usullaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Sugʻurtalovchining rasmiy veb-saytidan ushbu axborot tizimining operatori boʻlgan sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron shakldagi axborot almashinuvini taʼminlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun sugʻurtalovchining rasmiy veb-saytiga kirishni sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimidan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Sugʻurtani elektron shaklda amalga oshirish chogʻida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan yoxud elektron raqamli imzosiz taqdim etilgan elektron shakldagi axborot sugʻurta shartnomasi, shu jumladan sugʻurtalovchining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan qaysi sugʻurta shartnomasi (polisi) shartlariga sugʻurta qildiruvchi ofertani (sugʻurta shartnomasi tuzish taklifini) qabul qilish va sugʻurta mukofoti toʻlash orqali oʻz roziligini bergan boʻlsa, oʻsha sugʻurta shartnomasi (polisi) shartlariga muvofiq qogʻozdagi hujjatga teng hujjat deb eʼtirof etiladi.
Ixtiyoriy sugʻurtani amalga oshirish chogʻida sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron hujjatlardan foydalanishga doir talablar hamda elektron shaklda axborot almashish tartibi sugʻurta qoidalarida va (yoki) mazkur shaxslar oʻrtasidagi boshqa kelishuvda belgilanadi.
32-modda. Sugʻurta shartnomasi ishtirokchilari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchilar, sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar va manfaatdor shaxslar sugʻurta shartnomasining ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
Sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzuvchi va sugʻurta mukofotini (sugʻurta badallarini) toʻlovchi yuridik shaxs yoki muomalaga layoqatli jismoniy shaxs sugʻurta qildiruvchidir.
Sugʻurta qildiruvchilar uchinchi shaxslarni (sugʻurtalangan shaxslarni) sugʻurta qilish toʻgʻrisida faqat ularning roziligi mavjud boʻlgan taqdirdagina sugʻurtalovchilar bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sugʻurtada ishtirok etayotgan, mulkiy manfaatlari sugʻurta himoyasining obyekti boʻlgan jismoniy shaxs sugʻurtalangan shaxsdir.
Sugʻurtalangan shaxs, agar oʻziga nisbatan sugʻurta shartnomasini tuzsa va hisoblangan sugʻurta mukofotini toʻlasa, sugʻurta qildiruvchi ham boʻlishi mumkin.
Sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs) tomonidan sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini oluvchi sifatida tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs naf oluvchidir.
Naf oluvchi sugʻurta shartnomasi haqidagi axborotni sugʻurta qildiruvchidan, sugʻurtalangan shaxsdan yoki sugʻurtalovchidan olishga haqli.
33-modda. Sugʻurta mukofoti
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotining miqdorini belgilashda oʻzi ishlab chiqqan sugʻurta tariflarini qoʻllashga haqli boʻlib, bu tariflar sugʻurta obyekti va sugʻurta tavakkalchiligining xususiyati hisobga olingan holda sugʻurta summasi birligidan undiriladigan mukofotni belgilaydi.
Sugʻurtaning ayrim turlari boʻyicha sugʻurta mukofotining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan sugʻurta tariflariga muvofiq aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son “Obyektlarni davlat mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qarori.
Sugʻurta shartnomasiga yoki sugʻurta qoidalariga asosan belgilangan sugʻurta mukofotining toʻlanganligini va sugʻurtalovchining sugʻurtaga oid majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat sugʻurta polisi hisoblanadi.
Sugʻurta mukofoti toʻlanmasdan sugʻurta polisi berilgan hollarda sugʻurtalovchi sugʻurtaga oid majburiyatlar bajarilishini toʻliq taʼminlashi lozim.
(331-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan shaxsga faqat sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashi shart.
Sugʻurtalovchi quyidagilarga haqli emas:
agar u sugʻurta shartnomasida yoki qonunda koʻrsatib oʻtilgan sugʻurta hodisasi yuz berganligi toʻgʻrisidagi dalillarni olgan boʻlsa, sugʻurta shartnomasida belgilangan muddatda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashni rad etishga;
agar sugʻurta hodisasining yuz berishi sugʻurta qildiruvchining (sugʻurtalangan shaxsning va (yoki) naf oluvchining) sugʻurta hodisasi yuz berishiga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan boʻlsa, sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlashga. Bunday holda sugʻurtalovchi toʻlangan sugʻurta mukofotini qaytarmaydi.
Taraflarning kelishuviga koʻra, sugʻurtalovchi zararlarni toʻliq hisob-kitob qilguniga qadar sugʻurta tovonining bir qismini taraflardan birortasi ham nizolashmaydigan miqdorda toʻlashi mumkin.
4-bob. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan talablar
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 18-iyul)
35-modda. Umumiy talablar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning), sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari, basharti ular ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlsa, tayinlanadi.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) va sugʻurta brokeri nomzodning ushbu Qonunda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni nomzod vakolatli davlat organiga sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining, shuningdek ularning alohida boʻlinmalarining rahbari yoki bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanguniga qadar taqdim etishi shart.
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning), sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalari rahbarlarining va bosh buxgalterlarining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
36-modda. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining rahbari quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak:
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
iqtisodiy, moliyaviy, yuridik ixtisoslikka ega boʻlgan mutaxassislar uchun sugʻurta sohasida kamida uch yillik ish stajining (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi;
boshqa ixtisoslikka ega boʻlgan mutaxassislar uchun sugʻurta sohasida kamida yetti yillik ish stajining (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi;
sugʻurtaga oid qonunchilik hujjatlari boʻyicha yetarlicha bilimga va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining bosh buxgalteri “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga hamda buxgalteriya va sugʻurtaga oid qonunchilik hujjatlari boʻyicha yetarlicha bilimga va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishga doir talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
37-modda. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining alohida boʻlinmasi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining alohida boʻlinmasi rahbari quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak:
oliy maʼlumotga ega boʻlish;
sugʻurta sohasida kamida bir yillik ish stajining (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining alohida boʻlinmasi bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak:
oliy (buxgalterlik, auditorlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlish;
buxgalter sifatida kamida bir yillik ish stajining mavjudligi.
38-modda. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Quyidagi shaxslar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib tayinlanishi, shuningdek sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining), sugʻurta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushiga ega boʻlgan mulkdori va benefitsiari boʻlishi mumkin emas:
(38-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinishiga olib kelganligi haqidagi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu yuridik shaxs bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytga qadar bir yil davomida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlgan;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushga ega boʻlgan mulkdorlariga hamda benefitsiarlariga qoʻyiladigan talablarni amalga oshirish mexanizmi, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) va sugʻurta brokeri ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
5-bob. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning faoliyatini litsenziyalash, ularni qayta tashkil etish va tugatish
39-modda. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) sugʻurta tashkilotining muassislari tomonidan kiritilgan pul mablagʻlaridan tashkil topadi hamda milliy valyutada ifodalanadi.
Sugʻurtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish toʻgʻrisida ariza beriladigan paytga qadar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) taʼsischilari tomonidan shakllantirilgan boʻlishi kerak.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqa sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan sugʻurtaning boshqa tarmoqlaridagi sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) oʻzaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish hollari mustasno.
41-modda. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining firma nomiga doir talablar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining filiallari nomlari mustasno.
Firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) va sugʻurta brokeri ommaviy axborot vositalari orqali bu haqda sugʻurta qildiruvchilarni xabardor qilishi, oʻzi bajarayotgan, bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan shartnomalar boʻyicha esa yozma shaklda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat shaklida xabardor qilishi shart.
“Sugʻurta” atamasidan yoki bu atama qoʻshib yasalgan soʻz birikmalaridan faqat sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoki tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida) foydalaniladi.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar “sugʻurta” atamasini oʻz firma nomiga kiritishi shart.
42-modda. Sugʻurta faoliyatini litsenziyalash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilova.
Litsenziya sugʻurtalovchiga hayotni sugʻurta qilish sohasida yoki umumiy sugʻurta sohasida yoxud faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.
Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, bundan umumiy sugʻurta sohasining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari (klasslari) mustasno. Umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilovaning 12-bandi.
Litsenziyada sugʻurtalovchi amalga oshirishni moʻljallayotgan sugʻurta turlari (klasslari) koʻrsatiladi.
43-modda. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turishning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uning yangi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini tuzishini, shu jumladan amaldagi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini uzaytirishni taqiqlashga sabab boʻladi. Litsenziyasi toʻxtatib turilgan sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) ilgari tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
44-modda. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasi bekor boʻlishining oʻziga xos xususiyatlari
(44-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida vakolatli davlat organi sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi shart.
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ilgari faoliyat koʻrsatgan boshqaruv organlarining vakolatlari toʻxtatib turiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadigan muvaqqat maʼmuriyatga oʻtadi. Muvaqqat maʼmuriyat oʻz faoliyatini sud qaror chiqarguniga qadar boʻlgan davrda amalga oshiradi.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyatining hisoboti vakolatli davlat organiga va sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) tugatish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining arizasi yuborilgan sudga taqdim etiladi.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyati oʻz faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, bundan sugʻurtalovchining boshqaruv xarajatlari (maʼmuriy xarajatlari), sugʻurtalovchiga (qayta sugʻurtalovchiga) kelib tushayotgan pullarni hisobga olish va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta hodisalari yuz berganda sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) toʻlash bilan bogʻliq operatsiyalar mustasno.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) muvaqqat maʼmuriyatining ish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida belgilangan qoidalar sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) arizasiga binoan litsenziya bekor boʻlishi hollariga nisbatan, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) taʼsischilarining yoxud taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan ushbu sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqaruv organining qaroriga koʻra qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda tatbiq etilmaydi.
(44-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) litsenziyasini ixtiyoriy bekor qilishga oid, shuningdek sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) taʼsischilarining yoxud taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan ushbu sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqaruv organining qaroriga koʻra qayta tashkil etish yoki tugatish munosabati bilan litsenziyani bekor qilishga oid arizalarni taqdim etish hamda koʻrib chiqish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
45-modda. Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish vakolatli davlat organining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislar (ishtirokchilar) yoki qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis hujjatlarida qayta tashkil etish vakolati berilgan sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqaruv organining qarorini;
tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) balansini va uning faoliyatining moliyaviy natijalari prognozini;
qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasini (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etishni amalga oshirishga doir ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
Vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) yozma ravishda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat shaklida xabardor qilishi shart.
Vakolatli davlat organi sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berishni quyidagi hollarda rad etishga haqli, agar:
sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin boʻlsa;
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) qayta tashkil etilishi sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berilishini soʻrab taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa yoki bu hujjatlar qonunchilikka muvofiq boʻlmasa;
sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etish qonunchilikka zid boʻlsa.
Sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etishni amalga oshirish uchun berilgan arizani takroran koʻrib chiqishda sugʻurtalovchilarni (qayta sugʻurtalovchilarni) qayta tashkil etishni ushbu qayta tashkil etishni amalga oshirishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchi (sugʻurtalovchilar) (qayta sugʻurtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangidan tuzilgan sugʻurtalovchilarga (qayta sugʻurtalovchilarga) litsenziyalar berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan vaqt uchun va yangidan tuzilgan sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan litsenziya olinadigan paytga qadar ular yangi sugʻurta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sugʻurta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, bundan ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha ushbu sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) oʻz zimmasiga olgan, huquqiy vorislik tartibida ularning oʻziga oʻtgan majburiyatlarni bajarish hollari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilovaning 12-bandi.
Agar qoʻshib olish natijasida litsenziya shartlari oʻzgarmasa, qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganda oʻziga boshqa sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) qoʻshilgan sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi.
Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sugʻurtalovchilarda (qayta sugʻurtalovchilarda) yangidan vujudga kelgan sugʻurtalovchini (qayta sugʻurtalovchini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sugʻurtalovchining asosiy vazifalarini taʼminlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar toʻlanganidan keyin quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning talablari;
ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
toʻrtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlariga doir talablar. Koʻrsatilgan talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar hamda jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
6-bob. Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish, tartibga solish hamda prudensial nazorat boʻyicha vakolatlarni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Vakolatli davlat organi:
bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp yoki eng kam miqdorini va majburiyatlarning jami miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlovga qobiliyatliligiga doir axborotni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1806, 12.05.2008-y.).
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va ularning moliyaviy barqarorligining boshqa talablari taʼminlanishini nazorat qiladi;
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalaydi, qayta sugʻurta brokeri, sugʻurta syurveyeri, adjaster, aktuar tashkilot va assistans faoliyati yuzasidan xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi hamda ularning reyestrini yuritadi;
(47-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlarning hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
sugʻurta zaxiralari mablagʻlarining eng kam miqdorini belgilaydi;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-sonli “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1945, 20.04.2009-y.) va “Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2564, 28.02.2014-y.).
qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi va ularga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, shu jumladan sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarining buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida ijro qilinishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar buzilganligi uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorida, belgilangan tartibda jarima soladi;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq yoki ayrim sugʻurta klasslariga nisbatan toʻxtatib turadi, bekor qiladi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
(47-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomning 40 – 52-bandlari.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlangan taqdirda, sugʻurtalovchilarga (qayta sugʻurtalovchilarga) hamda sugʻurta vositachilariga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qoʻllaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793-moddasi, Jinoyat kodeksining 1553, 243-moddalari.
sugʻurta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat toʻgʻrisida yillik hisobotlarni, shuningdek sugʻurta bozorining moliya yili davomidagi faoliyati haqidagi statistik maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida eʼlon qiladi;
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
sugʻurta agentlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
sugʻurtalovchilarga nisbatan choralar va sanksiyalarni qoʻllash tartibini belgilaydi;
sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibini belgilaydi;
oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi;
(47-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
aktuar xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1975, 26.06.2009-y.).
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihonini oʻtkazadi;
belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylar reyestrini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 11-ilova.
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan nazorat qilish vazifalariga oid axborotni soʻrab oladi;
(47-modda ikkinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
Vakolatli davlat organi va uning xodimlari sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida (ustav kapitalida) hamda boshqaruv organlarida ishtirok etishga, shuningdek sugʻurta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(47-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
48-modda. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan prudensial normativlarga rioya etilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) belgilangan prudensial normativlarga rioya etishi shart, ushbu normativlarni hisoblab chiqarish tartibi va yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdorini;
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlari normativini;
sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish boʻyicha normativni;
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan boshqa prudensial normativlarni.
Prudensial normativlarga kelgusidagi oʻzgartishlar ushbu oʻzgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin vakolatli davlat organi tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash uchun sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda milliy valyutada ham, chet el valyutasida ham toʻlangan sugʻurta mukofotlaridan sugʻurta zaxiralarini shakllantiradi va joylashtiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1882, 15.12.2008-y.).
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) oʻz sugʻurta zaxiralariga muvofiq boʻlgan aktivlari olib qoʻyilmaydi.
50-modda. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Davlat sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) mulkiy huquqlariga va boshqa huquqlariga hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini, sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdagi erkin raqobat sharoitlarini kafolatlaydi.
Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) faoliyatiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan aralashish, agar bu sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) faoliyati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari bilan bogʻliq boʻlmasa, taqiqlanadi.
51-modda. Ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Vakolatli davlat organining talablari sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, oʻziga xos xususiyatini, koʻlami va murakkabligini inobatga oladi.
Vakolatli davlat organining ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablari jumlasiga quyidagilar kiradi:
prudensial talablar uchun moliyaviy, nazoratga oid hisobotlarning va boshqa hisobotlarning toʻliqligini, ishonchliligini hamda oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash;
muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-testdan oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan siyosatning, shuningdek muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarga hamda kapitalga doir hisobotlar tizimining mavjudligi;
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) uchun muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini baholashga doir siyosatning izchil amalga oshirilishi hamda unga rioya etilishi;
ichki hujjatlarda belgilangan tavakkalchiliklarning va kapitalning cheklangan miqdorlariga rioya etilishi, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha qoʻllayotgan tartib-taomillar samaradorligi ustidan kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) foydani quyidagi hollarda taqsimlashga haqli emas:
prudensial normativlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda;
toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganda.
(511-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
52-modda. Monopolistik faoliyatga yoʻl qoʻyilmasligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta bozorida raqobatni cheklashga yoki bartaraf etishga, bir sugʻurtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sugʻurta qildiruvchilarning va boshqa shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilariga oʻz uyushmalari va boshqa birlashmalaridan sugʻurta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish uchun foydalanish taqiqlanadi.
7-bob. Vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar
53-modda. Choralar va sanksiyalarning qoʻllanilishi
Vakolatli davlat organi sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotiga, sugʻurta brokeriga, ilgari ularga nazorat tarzida javob qaytarish chora-tadbirlari qoʻllanilganidan qatʼi nazar, quyidagi choralar va sanksiyalarni qoʻllashga haqli:
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarining buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berishga;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar qoʻllashga;
litsenziyaning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turishga;
agar litsenziat litsenziya berishga doir qaror qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlamagan boʻlsa, litsenziya berishga doir qarorni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
sugʻurta portfelini boshqa sugʻurta tashkilotlariga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tarzidagi sanksiyani qoʻllashning maqsadga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
tavakkalchilikning darajasi, qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning xususiyati hamda ularning oqibatlari;
yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning koʻlami hamda ahamiyati va ularning oqibatlari;
qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning muntazamligi (ikki va undan koʻp marta) hamda davomiyligi;
yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning moliyaviy holatga taʼsiri;
aniqlangan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan sabablar;
sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkiloti va sugʻurta brokeri tomonidan faoliyatda aniqlangan kamchiliklarni, tavakkalchiliklarni yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar koʻrish.
54-modda. Qoʻpol qoidabuzarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun:
litsenziat uchun qonunchilikda taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
sugʻurta polislarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik;
(54-modda birinchi qismining “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan maxfiy axborotni sugʻurta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
b) sugʻurta brokerlari uchun:
mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan maʼlum boʻlgan sugʻurta shartnomasini tuzish va bajarish;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish chogʻida olingan maxfiy axborotni mijozning ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdordan va jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoridan ortiq majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi mumkin emas, bundan ularning ushbu majburiyatlarni bajarish qobiliyati toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlariga va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sugʻurta qilingan hollar mustasno.
56-modda. Aktuar xulosa
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta zaxiralari boʻyicha aktuar xulosa sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkiloti yillik moliyaviy hisobotlarining ajralmas qismi boʻlib, vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
Aktuar xulosani taqdim etishning mazmuniga va tartibiga qoʻyiladigan talablar vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari sugʻurtaning barcha yoki ayrim turlarini (klasslarini) amalga oshirishda oʻz faoliyatini tahlil qilish maqsadida zararni tavsiflovchi koeffitsiyentlar (zararlilik koeffitsiyenti, xarajatlar koeffitsiyenti, birlashtirilgan koeffitsiyent) hisob-kitobini amalga oshiradi.
Zararlilikni tavsiflovchi koeffitsiyentlar (zararlilik koeffitsiyenti, xarajatlar koeffitsiyenti, birlashtirilgan koeffitsiyent) — sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkiloti faoliyatining sugʻurtaning barcha yoki ayrim turlarini (klasslarini) amalga oshirish chogʻidagi zararliligini aks ettiruvchi nisbiy koʻrsatkichlardir.
Zararlilikni tavsiflovchi koeffitsiyentlarni (zararlilik koeffitsiyentini, xarajatlar koeffitsiyentini, birlashtirilgan koeffitsiyentni) hisob-kitob qilish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
58-modda. Moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari moliyaviy hisobotlarni vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan shaklda eʼlon qiladi.
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari oʻz mablagʻlari holatiga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlilikka, tavakkalchiliklarning katta-kichikligiga va boshqa muhim koʻrsatkichlarga (normativlarga) bogʻliq boʻlgan axborotni oshkor etishi kerak.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining yillik moliyaviy hisoboti auditorlik xulosasisiz eʼlon qilinmaydi.
9-bob. Hisobotlar, hujjatlarni saqlash va axborot olish
59-modda. Buxgalteriya hisobining oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar), sugʻurta brokerlari va qayta sugʻurta brokerlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadi.
60-modda. Sugʻurta faoliyatiga doir hujjatlarni saqlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari hujjatlarni oʻzining idoraviy arxivida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda saqlashi shart.
61-modda. Axborot olish huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sugʻurta hodisalarining roʻy berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdorlarini sugʻurtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur boʻlgan tegishli axborotni hamda hujjatlarni sugʻurtalovchilarning va adjasterlarning soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Vakolatli davlat organi sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablagʻlari va majburiyatlarning miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni oʻz vakolati doirasida talab qilishga haqli. Bunday axborotni soʻrash soʻrov sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda amalga oshirilishi kerak.
Vakolatli davlat organi oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi hamda oʻzi olgan axborotga nisbatan maxfiylikka rioya etishi shart, bundan qonunga muvofiq axborotning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar mustasno.
(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
62-modda. Sugʻurta siri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar toʻgʻrisidagi, sugʻurta qildiruvchilar hamda sugʻurtalangan shaxslar sogʻligʻining holati, sugʻurtalangan mol-mulk, sugʻurta summasi haqidagi, bank hisobvaraqlarining mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinmaydi.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, taklif etilayotgan sugʻurta bitimlari va operatsiyalarining roʻyxati, sugʻurta tariflari, sugʻurta turlari hamda muddatlari ochiq axborot boʻlib, sugʻurta siri predmeti boʻlishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar sugʻurta qildiruvchining, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning va naf oluvchilarning oʻziga taalluqli maʼlumotlarga doir yozma roziligi asosida uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Sugʻurtalovchilar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga sugʻurta qildiruvchining roziligini olmagan holda, belgilangan tartibda taqdim etadi.
Sugʻurtalovchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni sudga, prokurorga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda esa surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sugʻurta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochilariga, shuningdek qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga sugʻurta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda, belgilangan tartibda taqdim etadi.
(62-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Sugʻurtalovchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni, bundan sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi maʼlumotlar mustasno, qonunchilikda majburiy sugʻurta boʻyicha belgilangan majburiyatlarning sugʻurta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sugʻurta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda, belgilangan tartibda taqdim etadi.
Vakolatli davlat organi barcha sugʻurta shartnomalarini roʻyxatga oluvchi va sugʻurta polislarini rasmiylashtiruvchi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida sugʻurta sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi.
(62-moddaning Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar sugʻurta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda quyidagilarga beriladi:
sugʻurta qildiruvchi oʻz vasiyatnomasida koʻrsatgan shaxsga;
sudga va notariusga — ularning ish yurituvida boʻlgan merosga oid ishlar boʻyicha sudning qarori yoki notariusning oʻz muhri bilan tasdiqlangan yozma soʻrovi asosida. Notariusning yozma soʻroviga sugʻurta qildiruvchi vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilingan boʻlishi kerak;
konsulga — uning ish yurituvida boʻlgan merosga oid ishlar yuzasidan.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etadi.
(62-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 933-moddasi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
63-modda. Sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta xizmatlarining isteʼmolchilari sugʻurtalovchini va sugʻurta xizmatlarini tanlashda erkindir. Sugʻurtalovchilar isteʼmolchining talabiga binoan unga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart.
Sugʻurtalovchi shaxsni sugʻurta xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida sugʻurtalovchining yoxud oʻzga uchinchi shaxsning boshqa sugʻurta xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majburlamasligi kerak.
Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilariga sugʻurtalovchi tomonidan quyidagilar haqida haqqoniy va toʻliq axborot taqdim etilishi shart:
sugʻurtalovchi (oshkora axborotni) va uning sugʻurta agenti haqida (vositachi ishtiroki mavjud boʻlganda);
sugʻurta xizmati, uning narxi (sugʻurta mukofoti), sugʻurta mukofotini qaytarib berish shartlari, sugʻurta xizmatining isteʼmolchi uchun afzalliklari va kamchiliklari haqida;
sugʻurta bilan himoyalangan tavakkalchiliklar, sugʻurta hodisasi hisoblanadigan va hisoblanmaydigan (istisno) holatlar, sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) miqdori, sugʻurtalovchi va sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining majburiyatlari hamda ularni bajarmaslik oqibatlari va sugʻurta daʼvolarini hal etish tartibi haqida.
(63-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
64-modda. Sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish choralari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Vakolatli davlat organi sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun quyidagi choralarni koʻradi:
sugʻurta tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilaydi;
sugʻurta tashkilotlari faoliyatidagi ular koʻrsatadigan xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, shuningdek ularning oldini olish choralarini koʻradi;
oʻz xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻygan sugʻurta tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllaydi;
sugʻurta tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining buzilgan huquqlarini tiklash borasida maslahatlar beradi va koʻmaklashadi;
aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi.
Vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozori toʻgʻrisidagi axborotni aniqlaydi va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Sugʻurta bozori professional ishtirokchilari isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarda oʻz faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etishini tekshirish uchun vakolatli davlat organi oʻz xodimlari sugʻurta bozori professional ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni sotib olishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirishga haqli.
Nazorat tadbirlari sugʻurta bozorining professional ishtirokchilarini oldindan xabardor qilmasdan oʻtkaziladi.
65-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
66-modda. Vakolatli davlat organining qarori ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Vakolatli davlat organining qarori va harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
67-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarini, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni va chet el yuridik shaxslarini sugʻurta qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sugʻurta himoyasi huquqidan foydalanadi.
68-modda. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
69-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 359-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 69-modda;
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 32-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-108-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 415-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-156-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 192-modda) 3-moddasi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-192-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 635-modda);
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-223-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 337-modda) 10-moddasi;
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-267-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 467-modda);
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 11-aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-323-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 107-modda);
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 38-moddasi;
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 25-moddasi;
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-373-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 22-moddasi;
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-396-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 22-moddasi;
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-429-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 12-moddasi;
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-448-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 10, 605-modda) 14-moddasi;
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvarda qabul qilingan “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-516-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 1, 5-modda) 16-moddasi;
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 137-moddasi.
70-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
71-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
72-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV