toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasi 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-32, 371-modda, 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 7-moddasining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaxs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi qismlari deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xat boshisidagi “viloyatlar xoʻjalik sudlarining” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 479-I-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 235-modda)
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda):
1) 48-modasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 50-modasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;
v) oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoxud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Afv etilib, oʻlim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) oʻta ogʻir jinoyat uchun va oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
b) ehtiyotsizlik oqibatida uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga jazoni manzil-koloniyalarda;
v) boshqa jinoyatlar uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi”.
3) 72-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartli jazo belgilash tartibi oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno”;
4) 80-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi”;
5) 82-moddasining birinchi qismidan birinchi gap chiqarib tashlansin;
6) 83-moddasining birinchi qismidan “oʻn olti yoshga toʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 84-moddasidan “hukm chiqarilgan paytdan oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarga nisbatan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yilgacha” degan soʻzlar “oʻn yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yildan” degan soʻzlar “oʻn yildan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 248-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli ruxsatnomasiz oʻqotar qurol, shuningdek oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib oʻtish yoki joʻnatish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda):
1) 38-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazo ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha”;
2) 243-moddasining birinchi qismidagi “ushlab turilgan” degan soʻzlardan keyin qoʻyilgan vergul olib tashlansin;
3) 244-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan boshqa yerga koʻchiriladi. Boshqa yerga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklatiladi”;
4) 290-moddasining toʻrtinchi qismidagi “prokurorning roziligini olib chiqargan qaror boʻyicha” degan soʻzlar “qarori boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 377-moddasining birinchi qismidagi “Gumon qilinuvchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 378-moddasining matnidagi “gumon qilinuvchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 388-moddasining birinchi qismi “Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi” degan jumla bilan toʻldirilsin;
8) 395-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“395-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash yoxud boshqacha qaror qabul qilish tartibi
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi:
1) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisida;
2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
3) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin”;
sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi qaror”;
birinchi xatboshisidagi “ajrimda” degan soʻz “qarorda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “ayblanuvchining” degan soʻzlar “sudlanuvchining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 403-moddasining matnidagi “ajrimida” degan soʻz “qarorida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 405-moddasining matnidagi “ajrimi” degan soʻz “qarori” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi “hukm bekor qilinishi” degan soʻzlar “kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “uch kundan kechiktirmay” degan soʻzlar “oʻn kundan kechiktirmay” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14) 511-moddasining ikkinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori — garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan”;
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda):
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻzgʻorda elektr, issiqlik energiyasi yoki gaz tarmoqlarini oʻzboshimchalik bilan ulab olish —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismi jazo bandidagi “bir baravardan uch baravarigacha” degan soʻzlar “ikki baravardan toʻrt baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 103-moddasining birinchi qismi jazo bandidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “ikki baravardan uch baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 146-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini taʼminlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
4) 163-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“163-modda. Vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini oʻzboshimchalik bilan ulab olish va vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini buzish
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek, yer uchastkalarini vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddasining birinchi qismi “142-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “146-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 248-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining 1-bandidagi “145, 146” raqamlari “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, 250, 251, 252 va 254-moddalarining birinchi qismidagi “145, 146-moddalarida” degan soʻzlar “145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 48-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatish mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrotlik) boʻlib qolishni oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Banklar oʻz mijozlari boʻlgan korxonalarning operatsiyalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni ular soliq toʻlovlarni toʻliq va toʻgʻri toʻlayotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining soʻroviga binoan taqdim etadilar”.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5 - 6, 61-modda) 4-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar jamiyatning jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatidagi shaxsning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy koʻrsatma berish huquqiga ega boʻladi.
Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini olindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi”;
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 475-I-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
357-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda; 9-son, 233-modda, 235-modda; 4-5-songa ilova, 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)