1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Ushbu Qonunning maqsadi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Dehqon xo‘jaligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xo‘jalikdir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik]
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini bog‘dorchilik va uzumchilikka yoki sabzavot va poliz ekinlarini yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashish asosida amalga oshiradi.
Dehqon xo‘jaligining faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, yuridik shaxs tashkil etmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.
4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.03 Er uchastkasini umrbod meros qilib qoldiradigan egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.02ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli bo‘lgan, o‘ziga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan dehqon xo‘jaligining manfaatlarini yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda ifodalaydi va dehqon xo‘jaligi nomidan shartnomalar tuzadi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt yo‘q bo‘lgan (harbiy xizmatga chaqirilish, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanish va boshqalar) taqdirda, u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu xo‘jalikning a’zolaridan biriga berishga haqlidir.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanadi. Bunda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘iga o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotganda, shuningdek harbiy xizmatga chaqirilgan, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirgan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining taklifi va dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanishi mumkin, unga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligi a’zolari yig‘ilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i haqida o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, yer uchastkasini ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i nomiga rasmiylashtiriladi, shuningdek Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
5-modda. Dehqon xo‘jaligining a’zolari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), ota-onasi, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi va nabiralari, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (farzandlari va nabiralarining eri (xotini), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning eri (xotini)) dehqon xo‘jaligining a’zolari bo‘lishi mumkin.
2-bob. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish va hisobga qo‘yish yoki dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va suv iste’moli
6-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘ida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelganidan va dehqon xo‘jaligi hisobga qo‘yilganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi esa — dehqon xo‘jaligi boshlig‘ida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelganidan va dehqon xo‘jaligi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasi.
Dehqon xo‘jaligi:
dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha yoxud ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha o‘tgan shaxslarga berilgan yer uchastkalarida;
zaxira yerlarning, shu jumladan qayta tiklangan va foydalanishga kiritilgan yerlarning tarkibidan ijaraga berilgan yer uchastkalarida;
foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlari hamda boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlari tarkibidan xavfsizlik talablariga va texnik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash sharti bilan ijaraga berilgan yer uchastkalarida;
suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘yidagi yerlar tarkibidan xavfsizlik talablariga va texnik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash sharti bilan ijaraga berilgan yer uchastkalarida;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismini oraliq ekin ekish uchun bir mavsumga ikkilamchi ijaraga berilgan yer uchastkalarida o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
7-modda. Dehqon xo‘jaligini hisobga qo‘yish yoki dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrifi vositasida yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlarining Yagona interaktiv portali orqali hisobga qo‘yiladi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Dehqon xo‘jaligini hisobga qo‘yish uchun dehqon xo‘jaligining boshlig‘i dehqon xo‘jaligi a’zolarining tarkibi to‘g‘risidagi axborotni (qarindoshlik darajasini ko‘rsatgan holda) va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan taqdirda esa — dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatni va ta’sis hujjatlarini taqdim etadi.
Hisobga qo‘yilganidan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirma beriladi.
Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmada dehqon xo‘jaligining boshlig‘i va a’zolari, dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi, dehqon xo‘jaligi hisobga qo‘yilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, dehqon xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi) shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasi muddati ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.03 Er uchastkasini umrbod meros qilib qoldiradigan egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.02ga qarang)]
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan (meros bo‘yicha o‘tgan) yer uchastkalariga nisbatan Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmada yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda mavjud bo‘lgan axborot ko‘rsatiladi.
Dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, dehqon xo‘jaliklarini hisobga qo‘yganlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik hamda Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmalar berganlik uchun davlat boji va yig‘im undirilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
8-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) beriladigan yer uchastkalari maydonining o‘lchami
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-876-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-876-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasi.
9-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan bir vaqtning o‘zida dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvida nazarda tutilmagan boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga muvofiq asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining qator oralariga ekish (o‘tqazish) yoki asosiy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini navbatlab ekish yo‘li bilan yetishtirish uchun ham foydalanilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bir vaqtda shartli 10 boshgacha chorva molni o‘tlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 39, 40-moddalari.
10-modda. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanilishi ustidan davlat nazorati.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Dehqon xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ixtisoslashuvga ko‘ra amalga oshirilmagan taqdirda, yer solig‘i uch baravar miqdorda undiriladi, bundan ushbu Qonun 9-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Dehqon xo‘jaligi tomonidan tuproq unumdorligini pasaytirish, tuproqni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslantirish, shuningdek ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullarni qo‘llash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida yengil konstruksiyali issiqxonalar va boshqa imoratlardan, shuningdek sug‘orish inshootlaridan tashqari inshootlar va imoratlar, shu jumladan yer osti inshootlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasiga ko‘ra dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mazkur inshootlar va imoratlarni vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ixtiyoriy ravishda o‘z hisobidan buzib tashlashi hamda yer uchastkasini oldingi holatiga keltirishi shart.
Vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasi dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, imoratlar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini buzib tashlash hamda yer uchastkasini oldingi holatiga keltirish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollardan biri ketma-ket uch yil davomida takrorlangan taqdirda, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasini olib qo‘yish yoki ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36 — 38-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
(10-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Dehqon xo‘jaligining suv iste’moli tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Dehqon xo‘jaligiga beriladigan sug‘orish suvining sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligi suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII bo‘limi (“Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq”) shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
3-bob. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining asoslari
12-modda. Dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi o‘z ixtisoslashuvini, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan urug‘lik, mineral o‘g‘itlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini sotib olishda, shuningdek boshqa moddiy resurslar hamda xizmatlardan foydalanishda boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan teng huquqlarga egadir. Shu maqsadda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi, birja savdolarida ishtirok etishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan va realizatsiya qilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatiga taalluqli bo‘lgan, milliy standartlarda, sanitariya qoidalari va normalarida, gigiyena normativlarida, veterinariya, yong‘inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etishi kerak.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga, shu jumladan ular tomonidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlashga, ishlab chiqariladigan hamda realizatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narx belgilashga davlat organlari va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
13-modda. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narxlar belgilaydi.
Dehqon xo‘jaligi Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirma asosida o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘shimcha hujjatlarsiz (ruxsatnomalarsiz) O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin tashish va realizatsiya qilish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dalasida, dehqon bozorlarida va savdo markazlarida, shuningdek aholi punktlarida sayyor savdo tashkil etish yo‘li bilan qo‘shimcha ruxsatnomalarsiz (litsenziyalarsiz) realizatsiya qilish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga yoki bank kartalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali cheklovlarsiz realizatsiya qilish huquqiga ega. Bunda dehqon xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun kassa operatsiyalari qoidalarida nazarda tutilgan hisob yuritishi shart emas.
Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi tomonidan o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi.
14-modda. Dehqon xo‘jaligining moliyaviy xizmatlardan foydalanishi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriylik va shartnoma shartlari asosida garov, kafolat, sug‘urta, shuningdek kredit va qarz majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashning boshqa turlarini qo‘llagan holda jalb etishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, texnika vositalari hamda asbob-uskunalarni lizing shartnomasi asosida o‘z egaligiga olish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarish obyektlarini (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari hududidan tashqarida) qurish, asosiy vositalarni xarid qilish uchun uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar olish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi kredit olish uchun o‘z tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni (egalik qilish, foydalanish), dehqon xo‘jaligi a’zolarining xususiy mulkini, kelgusida olinadigan hosilni garovga qo‘yishga haqli.
Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, ishlab chiqarilgan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kamomadi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘z javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qilishni amalga oshiradi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang)]
Kreditlash, sug‘urta va lizing bo‘yicha kichik biznes hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan imtiyozlarning barcha turlari dehqon xo‘jaliklariga ham tatbiq etiladi.
15-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat munosabatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida boshqa shaxslar vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligining a’zolari, shuningdek dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ijtimoiy soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i ijtimoiy soliqni majburiy tartibda, boshqa a’zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda to‘laydi. Ijtimoiy soliqni to‘lash dehqon xo‘jaligi a’zosining va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga ijtimoiy sug‘urta (ta’minot) bo‘yicha davlat pensiyalari va nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i dehqon xo‘jaligida mehnat shartnomasi shartlariga ko‘ra vaqtinchalik (mavsumiy) asosda ishlayotgan jismoniy shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarayotganda yetkazilgan zarar uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
16-modda. Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, o‘z faoliyati uchun materiallar va uskunalarni xarid qilish, texnika ta’minoti, suv resurslaridan foydalanish, o‘simliklarni (daraxtlarni) zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish, dehqon xo‘jaliklari faoliyati uchun zarur bo‘lgan maslahat berish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni, shu jumladan ishlab chiqarish kooperativini ixtiyoriylik asosida tashkil etish orqali amalga oshirish huquqiga ega.
17-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati natijalarining hisobini yuritadi.
Dehqon xo‘jaligi yil davomida yer uchastkasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari, shuningdek issiqxonalar soni to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi ma’lumotnomani dehqon xo‘jaligi joylashgan yerdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga hisobot davridan kelgusi yilning 15-martiga qadar taqdim etadi.
4-bob. Dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
18-modda. Dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Davlat dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Dehqon xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan yer uchastkalari maydonlarini ularning roziligisiz maqbullashtirishga (qisqartirishga, o‘zgartirishga va boshqalarga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organlari dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga va ularning faoliyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
dehqon xo‘jaliklarini imtiyozli kreditlash mexanizmlarini yaratish, shuningdek ularga lizing va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari, suv va boshqa zarur resurslar, navli urug‘lik va ko‘chatlarni uzluksiz yetkazib berish tizimini joriy etish;
dehqon xo‘jaligi faoliyati uchun zarur bo‘lgan yo‘llardan, elektr, suv ta’minotidan hamda melioratsiya inshootlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqaradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ichki va tashqi bozorlardagi talab hamda taklif to‘g‘risida ishonchli axborot, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda qo‘llanmalar taqdim etish;
dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun dehqon bozorlarida maxsus savdo rastalarini va savdo markazlarida savdo joylarini ajratish, shuningdek aholi punktlarida ko‘chma savdo tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun imtiyozlar tizimini joriy etish;
dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek ularning hajmlarini ko‘paytirishni hamda ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dehqon xo‘jaliklari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida dehqon xo‘jaliklariga imtiyozlar, subsidiyalar hamda boshqa preferensiyalar joriy etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalari maydonini, tuproq-iqlim sharoitlari va suv ta’minotini hisobga olgan holda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ulardan bepul foydalanilishini ta’minlaydi;
dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash uchun resurslarni tejovchi agrotexnologiyalarni, muqobil energiya manbalarini joriy etishda ko‘maklashadi;
dehqon xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga hamda dehqonchilik madaniyatini oshirishga doir tushuntirish ishlarini olib boradi;
manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan taklif va talab masalalari bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazadi;
kelgusi yilda talab yuqori bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati va hajmi bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalarni marketing tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqadi va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
(21-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashadi hamda zarur shart-sharoitlar yaratadi;
dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etadi, ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashadi;
dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi;
dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
(21-modda ikkinchi qismning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularni suv resurslari bilan ta’minlash, ularga zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish borasida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
5-bob. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining o‘zaro munosabatlari
22-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkasini yoki shu yer uchastkasining bir qismini dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida, mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda, yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berish;
dehqon xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda, belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish).
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari
Dehqon xo‘jaligining a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
dehqon xo‘jaligi tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hamda uni realizatsiya qilishdan olingan daromaddan o‘z ulushini olish;
dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra dehqon xo‘jaligi nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish;
ushbu Qonun 15-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ijtimoiy soliqni to‘lagan taqdirda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ega bo‘lish va ijtimoiy ta’minot olish, shuningdek dehqon xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtining mehnat stajiga qo‘shilishi (boshqa doimiy ishi mavjud bo‘lmagan taqdirda).
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Dehqon xo‘jaligining a’zolari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
24-modda. Dehqon xo‘jaligidagi mulkiy munosabatlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligiga tegishli mol-mulk, dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyati natijasida olingan mahsulotlar va ularni realizatsiya qilishdan tushgan daromad, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning umumiy birgalikdagi mulkidir.
Dehqon xo‘jaligining va uning a’zolarining mulkiy huquqlari davlat himoyasida bo‘ladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
25-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini tugatish) asoslari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq tugaganda yoki ijara (ikkilamchi ijara) muddati tugaganda tugatiladi (faoliyati tugatiladi).
Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dehqon xo‘jaligi tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquq tugatilganda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bu haqda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kunning o‘zida davlat xizmatlari markaziga elektron xabarnoma yuboradi. Dehqon xo‘jaligining faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53 — 56-moddalari.
26-modda. Nizolarni hal etish
Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
27-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligini yuritish jarayonida yuzaga keladigan majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining birgalikdagi faoliyati natijasida vujudga kelgan umumiy mol-mulk bilan javob beradi.
Dehqon xo‘jaligi a’zolarining umumiy mol-mulki yetarli bo‘lmaganda ular majburiyatlar bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
28-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.21.00 Qishloq xo‘jaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 65, 67 — 69-moddalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 605-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 89-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 23-bandi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 220-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 89-modda) XVII bo‘limi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 535-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 149-modda) XXI bo‘limi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 568-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) XXI bo‘limi;
7) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 42-bandi;
8) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-2-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) 6-moddasi;
9) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-138-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda) 10-moddasi;
10) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 22-moddasi;
11) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-199-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 7-moddasi;
12) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-240-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 9-moddasi;
13) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-254-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda) 5-moddasi;
14) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 20-moddasi;
15) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 18-moddasi;
16) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-416-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 15-moddasi;
17) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-506-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 12, 781-modda) 4-moddasi;
18) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-533-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 199-modda) 3-moddasi;
19) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-639-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 540-modda) 4-moddasi.
30-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
32-modda. Ushbu Qonun normalarining qo‘llanilishi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.03 Er uchastkasini umrbod meros qilib qoldiradigan egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.02ga qarang)]
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berish tartibi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran bekor qilinadi.
Bunda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklariga nisbatan ularga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining faoliyati 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu Qonun talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-aprel,
O‘RQ-680-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)